logo

OQOVA SUVLARNI TOZALASH VA ZARARSIZLANTIRISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.1630859375 KB
OQOVA SUVLARNI TOZALASH VA ZARARSIZLANTIRISH .
Reja:
1. O qova suv to‘g‘risida tuShuncha .
2.  Oqova suvlarni tozalash usullari .
3.  Oqova suvlarni zararsizlantirish usullari . Sanoat   va   qishloq   xo‘jalik   korxonalari,   inson   va   hayvonlarning   suyuq
ahlati, hammom, kir yuvish  korxonasi, Shuningdek tomlardan oqib tushgan,
hovlilardan,   maydon   va   ko‘chalardan   oqib   keladigan   iflos   suvlarga   oqova
suvlari   deyiladi.   Oqova   suvlari   kel i b   chiqishiga   qarab   ularda   mineral ,
kimyov iy   va   organik   moddalar   bo‘ladi .   Ular   oson   chir i m a y di   va   sasiydi,
natijada sassiq  h idli gazlar hosil bo‘lib havon i   i flos lantiradi .
Sanitariya-epidem i ologik va epizootologik tomondan eng iflosi xo‘jalik
axlatlari   va   go‘ng  suyu q liklari  h i soblanadi.   Un in g  bir  litrida  80   - 150  mg  va
undan   ko‘p   ammiak,   1000   mg   gacha   xloridlar,   1   m i l lilitrda   bir   n echa
millionlab   mikroorganizmlar   bo‘ladi.   Bunday   suvlarda   doimo   patogen
mikroblar va gijjalarning tuxumi bo‘ladi.
Sanoat   korxonalaridan   chiqadigan   oqova   suvlarda   ko‘pincha   zaharli
moddalar   bo‘ladi.   Bu   suvlarda   fenol,   sianid,   mishyak,   mis,     qo‘rg‘oshin,
simob, kadmiy,   ftor,   xrom, nitro birikmalar va boshqa kimyoviy moddalar
bo‘lib,   ular   odam     va   hayvonlarni   zaharlashi   mumkin.   Go‘sht   kombinati,
kushxona va so‘yish punkti, teri va junni qayta ishlash korxonalari, chiqindi
zavodlari, biokombinat va qator veterinariya davolash punktlari, Chorvachilik
binolarining   oqova   suvlarida,   suyuq   go‘nglarida   yuqumli   va   invazion
kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar ko‘p bo‘ladi.
Tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqova suvlar erkin holida oqib
kelib   tabiiy   suv   havzalarini   ifloslantiradi   va   ulardan   foydalanishni
murakkablashtiradi.   Masalan,   xo‘jalikdan   chiqqan   ahlat   aralash   suvlar   yoki
maishiy   oqova   suvlari   tabiiy   suvlarning   fizik   va   kimyoviy   xossalarini
o‘zgartiradi.   Loyqalar   tagiga   cho‘kib,   qayta   ifloslanishga   sharoit   tug‘iladi.
Organik   moddalar   va   cho‘kmalar   chirishi   tufayli,   ko‘p   miqdorda   erigan
kislorodni   talab   qiladi.   Kislorod   asta-sekin   kamayishidan   suv   va   suv
havzalari sasiydi. Oqova suvlari bilan suv  havzalariga ichak mikroorganizm lari, yuqumli kasalliklarni  quzg‘atuvchilar va gelmintlarning tuxumi tushadi.
Chorvachilik fermalari, veterinariya-sanitariya jihozlari, go‘sht kombinatlari,
jun-teri, chiqindi va boshqa zavodlarning oqova suvlarida organik moddalar
ko‘p  bo‘ladi.     Sanoat  korxonalaridan   chiqqan  oqova  suvlari   suvning  neytral
muhitini kislotali yoki ishqoriyga o‘tkazadi yoki boshqa rangga kirgizib har
xil   ta’m   va   hidga   ega   qiladi.   Suvga   yog‘,   moy,   neft   aralashmalari   tushsa,
suvning yuzida parda hosil qilib havodan kislorodni o‘tishiga halaqit beradi.
Suv   havzalariga   oqova   suvlariing   ta’siri   uni   ifloslanish   darajasiga   va
suv   havzalarini   xususiyatiga   (oqadigan,   oqmaydigan,   oqish   tezligi)   bog‘liq
bo‘ladi.   Suv   havzalari   oqova   suvlarni   tozalash   inshooati   rolini   bajaradi.
Demak   oqova   suvlar   suv   havzalariga   qo‘shilgunga   qadar   ularni   tozalash   va
zararsizlantirish zarur.
Oqova   suvlarni   tozalash   va   zararsizlantirish   ishlari   meditsina   hamda
veterinariya-sanitariya   vrachlari   vazifasiga   kiradi.   Oqova   suvlarni   tozalash
vazifasiga   -   uning   fizik   xossalari   va   kimyoviy   tarkibini   yaxshilash,
zararsizlantirish, ya’ni mavjud patogen mikrorganizmlarni butunlay yo‘qotish
kiradi.   Suv   havzalariga   quyiladigai   oqova   suvlariga   qator   sanitariya
talablarini   qo‘yish   zarur.   Ulardan   chirigan   va   boshqa   qo‘shimcha   hidlar
chiqmasligi,  hayvon,  o‘simlik  yog‘i,  zaharli  va  zararli  moddalar  bo‘lmasligi
kerak.
Oqova suvlarni tozalash yo‘llari  -   oqova  suvlar mexanik,  kimyo viy va
biologik   usullar   bila n   tozalanadi.   Tozalash   ikki   bosqichda   ya’ni   oldindan
birinchi   bosqichda   oqova   suvlar   tarkibidan   osi g‘lik   moddalar,   qum,   yog‘,
moy, b e nzin, neft va   q isman erigan moddalar yo‘ qo tiladi. Erigan va osi g‘lik
organik   moddalarni   yo‘ qo tish   uchun   kimyo viy   moddalar   ishtirokida
koagulyasiya   qilinadi   yoki   cho‘ktiriladi.   Oqova   suvlarni   yakuniy   tozalashda
biologik usuldan foydalaniladi. Mexanik   tozalash   -   oqova   suv   rangini   yaxshilash   yoki   osi g‘lik
moddalardan   maksimal   darajada   tozalash.   Tozalash   ishi   ketma-ket   qurilgan
inshootlarda,   osi g‘lik   moddalarni   ushlashga   moslashgan   holda   bajariladi.
Ozi g‘lik   moddalardan   tozalashda   har   xil   to‘rlar ,   q um   ushlagichlar,   yog‘
ushlovchilar, cho‘kkichlar, chiri t kich   va metan ushlagichlar qilinadi.
Kimyo viy usul   –   bunda   koagulyasyaya   v a adsorbsiya dan foydalaniladi.
Buning uchun xlor, xlorli temir, gugurtli temir achchig‘i va boshqa  kimyo viy
birikmalar   i shlatiladi.   Kimyo v i y   tozalash   ishlari   kontaktli   cho‘ktirgich lar
orqali  bajariladi. 
Biologik   tozalash   -   oqova       suvlardagi   organik       moddalarni
z arars i zlant i rish va m i neral i zats i ya q i l i shdir.  B unda oqova suvlardag i  orga n ik
moddalar,   mikroorganizmlar   va   kislorod   ishtirokida   aerob   oksidlanish
jarayoni   boradi.   Biologik   tozalash   organik   moddalarni   bio kimyo viy
parchalanishiga   o‘xshash   sharoitda   o‘tadi.   Biologik   tozalash   inshoatini   S.   I.
Strogonov   ikki   guruhga   bo‘ladi:   a)   tuproq   sharoitida   q ayta   ishlash   (dalada
filtratsiya  qi lish va su g‘ orish, biologik va aerofiltrlar); b) suv sharoitida qayta
ishlash (biologik suv havzasi, aerotenklar).
Sug‘oriladigan   er   maydoni   alohida   ajratilib,   oqova   suvlar   tabiiy
f i ltratsiya yo‘li bilan tozalanadi. Er qatlamlaridan filtrlanib o‘tgan oqova suvi
yopiq   yoki   ochiq   drenaj   bilan   tabiiy   yoki   sun’iy   suv   h avzasiga   quyiladi.
Sug‘orilib   tozalash   e n g   yaxshi   usul   hisoblanadi.   Buning   uchun   eng   yaxshi
tuproq bo‘lib qumoq, qum   va qora tuproqlar hisoblanadi. Loy tuproq, torfli,
ohakli va mayda donachali tuproqlar yaroqsizdir. Er osti suvlari kamida 3 m
chuqur likda bo‘lishi za rur.  Sug‘orishga ajratilgan er aholi yashash joylaridan
kamida 0,3   -   1 km uzoqlikda bo‘lishi kerak. Sug‘oriladigan   er kichik-kichik
maydonla rga   va   q ator   ari q chalarga   a j ratiladi.   Maydonl arga   ajratil gan   er
butunlay   su v   bilan   q o plan adi.   Q ator   ariq   qilsa   bir-biridan   marza   bilan
ajratiladi.   Q ish   oy ida   oqova   suvlarni   filtratsiyasi   va   mineralizatsiyalanish jarayonlari   juda   sekin   boradi.   Suv   muzlab   qolsa,   erigandan   keyin   filtratsiya
bo‘ladiyu ,   ammo   mineralizatsiyalanish   bo‘lmaydi   va   erga   cho‘kma   bo‘lib
yig‘iladi.   Shuning   uchun   bahor   paytlarida   suv   q u yishdan   oldin   erning   ustki
qismi   haydaladi,   yumshatiladi.   Tu p ro q ni   ustki   qatlamida   filtratsiya   jarayoni
tufayli   oqova   suvlardagi oziq moddalar va mikroorganizmlar ushlanib qolib,
kolloid va erigan moddalar hamda yomon  h idlar shimiladi.
Su g‘ or i ladigan   erlarda   o‘z-o‘zidan   tozalanish   yoki
mineralizatsiyalanish jarayoni kislorod etarli darajada bo‘lsa tez o‘tadi. Agar
kislorod eti sh masa tupro q da anaerob  sharoit da organik moddalarni ng  chirishi
sekinlashadi.   Tuproq   yaxshi   ishlansa   organik   moddalar   t e zda
mineralizatsiyalanadi   (k a rbonat ,   n itratlar,   sulfatlar,   fosfatlar   va   boshqalar
hosil   bo‘ladi).   Natijada   er   o‘simliklar   uchun   zarur   bo‘lgan   oziqalar   bilan
boyiydi.   Shuning   uchun   bunday   erlarga   oziqabop   o‘simliklar   yok i   madaniy
oziqabop   sabzavotlar   (makkajo‘xori,   ildiz   mevali   ekinlar   va   har   xil
sabzavotlar) ekiladi .
Ammo   oqova   suvlar   bilan   sug‘orilgan   erlarda   o‘stirilgan   sabzavot
o‘simliklari   inson   yoki   hayvonlar   uchun   ishlatilganda   alohida   nazoratda
bo‘lishi   zarur.   Tekshirishlarda   bunday   erlarda   o‘stirilgan   sabzavotlardan
ichak   yuqumli   kasalliklarini   qo‘zg‘atuvchi   gijja   tuxumlari   topilgan.   Shuni
hisobga olish zarur.
Filtratsiya   maydonlarining   sug‘orish   maydonlaridan   farqi,   asosan
xo‘jalikdan   chiqqan   axlat   suyuqliklarini   ushlab   qolish   uchun   ishlatiladi   va
qishloq   xo‘jalik   ekinlari   ekish   uchun   ishlatilmaydi.   Filtratsiya   uchun
ajratilgan   er   navbat   bilan   sug‘oriladigan   joylarga   bo‘linadi.   Bu   erga   quyosh
nuri   etarlicha   tushishi,   hamda   tuproqning   mexanik   va   fizik   xususiyatlari
iflosliklarni mineralizatsiya qilishga qodir bo‘lishi kerak.
Biologik  filtrlar   oqova   suvlarini  tozalashda   sug‘orish   maydon lari  yoki
filtratsiya   pollari   o‘rniga   ishlatilad i .   Bunda,   maxsus   suv   u tkazmaydigan maydonlar   qiya   q ilib   quriladi.   Filtrlarning   qalinl i gi   2   m   bo‘ladi.   Bu   usulda
tuproqning   biologik   filtrga   nisbatan   iflosliklar   yaxshi   ushlanadi   va
mineralizatsiyalanish   samarali   bo‘ladi.   Biologik   hovuzlar   sun’iy   yo‘l   bilan
q uriladi. Bu suvlar  s uv oqimi bilan harakat  q iluvchi mikroflora va o‘simliklar
bilan to‘ldiriladi va ular quyosh nuri ta’sirida kislorod bilan boyiydi.
Oldindan   oqova   suvlari   mexanik   aralashmalardan   tozalanishi   uchun
cho‘kmalarga   tushirilib,   keyin   mineralizatsiyalanishi   uchun   suv   havz a lari g a
quyiladi.   Suvning   chuqurligi   0,5   -   1,5   m   bo‘lsa   yaxshi   tozalanadi.   Bunday
suv   h avza laridan   oqova   suvlarining   filtratsiya   va   sug‘orish   pollaridan   keyin
h am   yakuniy   tozalanishida   va   zararsizlantirishda   foydalanish   mumkin.
Biologik hovuzlardan faqat yozning i s si q  va q tlarida foydalanish mumkin.
Oqova   suvlarni   zararsizlantirish   -   oqova   suvlari   or q ali   tabiiy   suv
havzalariga tushgan patogen mikroorganizmlar o‘zlarining chidamliligi bilan
farq   qiladi.   Shu nin g   bilan   birga   mavjud   tozalash   usullari   suvdagi   bu
mikroorgaiizmlar   va   gijjalarni   to‘li q   tozalashga   q odir   emas.   Tozalash
inshootlaridan   to‘g‘ri   foydalanilsa   sug‘orish   va   filtratsiya   maydonlarida
oqova   suvlar   sporasiz   mikroblardan   yaxshi   tozalanadi.   Qolgan   hamma
tozalash usullarida mikroblar ma’lum miqdorda qoladi. Shuning uchun oqova
suvlarini   suv   havzalariga   quyishda   sanitariya   qoidasiga   asosan   albatta
dezinfeksiya qilinadi.
Birinchi   o‘rinda   qushxona,   teri   va   junni   qayta   ishlash,   chiqindi
zavodlaridan, biokombinat, veterinariya klinikalaridan chiqqan oqova suvlari
zararsizlantirilishi   kerak.   Zararsizlantirishning   eng   ishonchli   usuli   termik
usul,   ya’ni   yopiq   idishlarda   kamida   2   soat   davomida   qaynatish.   Ammo   bu
usul ko‘p mexnat va harajat talab etadi.
Oqova   suvlarini   zararsizlantirishda   kimyoviy   usullardan   ham   keng
foydalaniladi.   Bunda   xlori   ohak   yoki   gazsimon   xlor   hamda   20%   li   yangi
so‘ndirilgan   ohak   ishlatiladi.   Xlor   yoki   xlorli   ohakni   solish   miqdori   oqova suvlarini   mikrobiologik   tekshirishlardan   keyin   aniqlanadi.   Bunda   ichak
tayoqchasining titri 10 dan yuqori bo‘lishi kerak. Oqova suvi biologik usullar
bilan   tozalangandan   so‘ng   ham   suvga   10   -   20   mg   aktiv   xlor   qo‘shiladi.
Mexanik tozalashdan so‘ng esa 20 - 30 mg va to‘liq kimyoviy tozalanmagan
bo‘lsa 56 - 60 mg va undan ko‘p xlor qo‘shiladi. Gijjalarning tuxumiga xlor
ta’sir   qilmaydi.   Uni   yo‘qotishning   birdan-bir   yo‘li   oqova   suvlarni   filtratsiya
qilish yoki suvni qaynatish hisoblanadi.
Oqova suvlaridagi spora hosil qiluvchi mikroblarni yo‘qotishning aniq
yo‘llari   hali   topilmagan.   Keyingi   yillarda   Chorvachilikni   rivojlanishi   bilan
juda   ko‘p   Chorvachilik   fermer   xo‘jaliklari   tashkil   etildi   va   qayta   qurildi.
Bunday xo‘jaliklarda hayvonlar to‘shamasiz saqlanadi va juda ko‘p miqdorda
yarim   suyuq   va   suyuq   go‘nglar,   qaysiki   tarkibida   85   –   96%   suvi   bo‘lgan
go‘ng   sharbatlari   hosil   bo‘ladi.   Go‘ng   suyuqliklarini   nazoratsiz   ishlatish
qishloq   xo‘jalik   o‘simliklariga   ziyon   etkazadi,   tuproq,   er   osti   va   er   usti
suvlari ifloslanadi. Oson chiriydigan organik moddalarga boy bo‘lgan go‘ng
suyuqliklari   fermalar   hududida   yuqumli   kasalliklar   chiqishi   xavfini
tug‘diradi, bu esa yaqin atrofda yashaydigan odamlar uchun xavflidir.
Go‘ng   suyuqliklarida   patogen   mikroorganizmlarni   yashash   qobiliyati
qattiq   go‘ngga   qaraganda   yuqori   bo‘ladi.   Uning   bu   xususiyati,   fizik,
kimyoviy   va   biologik   xoosalariga   bog‘liq.   I.   D.   Grishaevni   aniqlashicha,
suyuq go‘ngda cho‘chqa saramasining qo‘zg‘atuvchisi yozda 92 kun, kuz va
qishda 157 kun; qoramol salmonellyozi yozda 85 kun, qishda va bahorda 158
kun; qoramol va cho‘chqalar brutsellezi yozda 108 va kuz va qishda 174 kun,
tuberkullyoz   qo‘zg‘atuvchisi   45   kungacha   hayotchanligini   saqlaydi.   Oqsil
virusi qoramol va cho‘chqalarning suyuq go‘ngida yozda 42 kun, qishda esa
192 kungacha kasallik chaqirishi mumkin.
Shuni ham aytish kerakki suyuq go‘ngda mikrofloralarning soni oshishi
bilan, patogen mikroblar va viruslarni yashash qobiliyati kamayadi. Suyuq   go‘nglar   saqlanadigan   joylarda   gelmintlarning   tuxumlari   bir
yilgacha yashash qobiliyatini saqlaydi. Qattiq go‘nglarda gelmintlarni tuxumi
yoz paytlarida 4 oydan keyin nobud bo‘lsa, kuz va qishda esa hammasi tirik
qoladi.
Chorvachilik   xo‘jaliklaridan   chiqqan   suyuq   go‘ng   asosan
dehqonchilikda   o‘simliklarni   sug‘orish   uchun   ishlatiladi.   Go‘ngga   ishlov
beradigan   inshootlar   aholi   yashash   joylaridan   uzoqda   quriladi.   Tozalash
inshootlari quriladigan erlarni suv bosmaydigan, suv harakati uchun qiyaroq
joylar tanlanadi. Atrofi 2 metrlik devor bilan o‘ralib, kamida 10 m kenglikda
ko‘p   yillik   daraxtlar   o‘tqaziladi.   Kengligi   3,5   metr   bo‘lgan   asfalt   yo‘l
qilinadi.
   Oqova suvlar, yomg‘ir-qor suvlari va maishiy oqova suvlari birgalikda
tozalanganda   sanitariya   me’yolariga   javob   berishi   kerak.   Veterinariya
sanitariya idoralarining keliShuvi bilan go‘ng suyuqliklari va ishlab chiqarish
oqova   suvlari   yopiq   inshootlariga   keltiriladi.   Chorvachilik   fermalaridan
chiqqan   er   usti   suvlari   ochiq   holida   maxsus   saqlaydigan   erlarga   keltirilib,
tegishli qayta ishlov berilgandan keyin erlarni sug‘orishga ishlatiladi. Suyuq
go‘nglarni   qishloq   xo‘jaligida   ishlatiladigan   erlarga   keltirishda   maxsus
transport   vositalaridan   foydalaniladi.   Doimiy   oqadigan   quvurlar   qilinsa
muzlamaydigan   darajada   chuqurlikka   o‘rnatiladi,   Suyuq   go‘ngni   tozalashda
mexanik va biologik usullardan foydalaniladi. Suyuq go‘ngga mexanik ishlov
berishda tarkibidagi qattiq bo‘laklar ajratilib, keyin suyuq qismi saqlanishga
qo‘yiladi. Mexanik tozalash inshoatiga o‘zi oqib keladigan suyuqlikni oldiga
oralig‘i 5 sm panjara o‘rnatiladi.
Suyuq   go‘ngni   biologik   tozalash   -   xo‘jaliklarning   er   maydoni   va
sug‘orish   uchun   suv   kam   bo‘lsa,   kanalizatsiya   inshoatiga   go‘ng
suyuqliklarini   oqizishga   ruxsat   etiladi.   Bunda   tozalash   aerotenklarda
bajariladi.   Aerotenklarni   loyihalashda   mexanik   va   pnevmomexanik aeratorlardan   foydalanish   tavsiya   etiladi.   Yillik   havoning   o‘rtacha   harorati
+0°S   dan   yuqori   bo‘lgan   iqlim   hududlarida   biologik   tozalanadigan   go‘ng
suyuqliklari   va   oqova   suvlar   tozalanganga   qadar   biologik   suv   havzalarida,
hovuzlarda saqlanishi mumkin. Suv havzalarida cho‘kmani yig‘adigan joylar
qilinadi.   Bunda   organik   moddalar   aerob   va   anaerob   sharoitda   parchalanib,
suyuqlik   tozalanadi.   Anaerob   sharoitda   go‘ng   suyuqligi   qisman   tozalanib,
aerob   sharoitda   esa   oxirigacha   tozalanadi.   Biologik   aerob   suv   havzalari
doimo   oqova   suvlari   bilan   to‘ldirib   boriladi.   Bunday   sharoitda   gelmintlarni
tuxumi butunlay nobud bo‘ladi.
Ko‘p bosqichli suv havzalarida suyuqlik ketma-ket biridan ikkinchisiga
quyilib boradi. Agar baliq o‘stirish rejalashtirilgan bo‘lsa ketma-ket hovuzlar
kamida 4 ta va doimo to‘ldirish uchun toza suv bo‘lishi zarur. Kunning issiq
paytlarida   suyuq   go‘ng ni   baliqchilik   sohasidagi   -   biologik   hovuzlarda
ishlatish mumkin.
4   bosqichli   suv   havzalari   eng   samarali   hisoblanib,   bunda   yig‘uvchi
hovuz ,  suv o‘tlari o‘sadigan hovuz, qisqichbaqasimon hayvonlar yashaydigan
hovuz   va   baliqlar   saqlanadigan   h ov uzlar   bo‘ladi.     I kkinchi   va   uchinchi
h ovuzlarn i ng  chuqurligi  0,6  -  0,8 m va baliq saqla n adigan hovuz  e sa 1,2  -  1,5
m bo‘ladi.
Go‘ng   suyuqliklarini   zararsizlantirishda   kasallik   qo‘zg‘atuvchilar i ni
yo‘qotish,   go‘ngning   za r arligini   kamaytirish   va   har   xil   yoqi m siz   hidlarni
yo‘qotish tuShuniladi.
   Suyuq go‘nglarni zararsizlantirishda  m exanik, fizik,  kimyo viy, biologik
va   aralash   usullardan   foydalaniladi.   Suyuq   go‘nglarni   zararsizlantirish   va
degelmingizatsiya   q ilishda   uzoq   vaqt   saqlaydigan   joylarda   tabiiy   b i ologik
yo‘l bilan ochi q   yoki yopiq holda tutib turiladi. Bu erda qoramollarni suyuq
go‘nglari   6-     8   oy,   cho‘chqalarniki   esa   12   -   14   oy   sa q lanadi.   Bundan   keyin
suyuq qismi su g‘orish  uchun chi q ariladi, quyuq cho‘kmasi esa yig‘ilib, keyin o‘g‘it   sifatida   ishlatiladi.   Shuni   esdan   chi q armaslik   zarurki,   suyuq   go‘ngni
biologik   yo‘l   bilan   zararsizlantirishda   spora   h o sil   qiluvchi   mikroblar   bo‘lsa
va havo n ing harorati past bo‘ladigan joylarda bo‘lmaydi.
YUqumli   kasalliklar   qo‘zg‘atuvchilari   va   gelmintlarni   tuxum i   bo‘lgan
go‘ng   suyuqliklari   termik   yo‘l   bilan   zararsizlaptiriladi.   Suyuq   go‘nglarn i
kimyo viy zararsizlantirishda formaldegid, paraform, tiazo n  va boshqalar keng
qo‘llaniladi.   Masalan,   go‘ n gda   salmonellyoz   va   kolibakterioz
qo‘zgatuvchilari bo‘lib, formaldegid ishlatilsa 0,04  -  0,16 %   i shqordagi go‘ng
suyuqligiga   aralashtirilib   24   soat   saqlanadi,   keyin   qolgan   go‘ng   suyuqligiga
qo‘sh i lib   3   soat   davomida   vaqt-vaqti   bilan   aralashtirilib   turiladi;   oqsil   va
Aues k i  qo‘zgatuvchilari   bo‘lsa   0,3 %   hajmidagi   go‘ngga   aralashtir i b   72   soat
saqla n adi va 6 soat davomida gomogenizatsiya qilinadi.
    Tuproq   va   suv   havzalarini   yuqumli   va   invazion   kasalliklar
qo‘zg‘atuvchilari   bilan   ifloslanmasligi   uchun   go‘ng   suyuqliklarini
zararsizlantirishda   qator   tadbir-choralar   utkazish   zarur:   a)   suyuq   go‘ngni
yopiq   sig‘imli   idishlarda   tashilib,   yaylov   davri   tugagandan   so‘ng   dalaga
chiqariladi yoki yaylov davri boshlanishdan 3 oy oldin chiqariladi; b) go‘ngni
dalaga chiqarilishi haqida veterinariya xizmatchilarini ogohlantirish; v) go‘ng
bilan o‘g‘itlangan erlardan o‘rilgan o‘tlarni silos qilish maksadga muvofiq; g)
suyuq   go‘nglarni   ma’lum   davr   davomida   saqlash   sharoiti   bo‘lishi,   ya’ni
yuqumli   kasallik   tarqatuvchi   mikroblarni   inkubatsiya   davri   o‘tishini
ta’minlash; d) epizootiya va enzootiya davrida go‘ngni ishlatishni ma’n etish
va uzoq vaqt davomida go‘ng sharbatxonasi, go‘ngxonalarda saqlash kerak.
  Go‘ng   va   uning   suyuqliklaridan   chiqqan   yoqimsiz   hidlarni   yo‘qotish
uchun   aerotenk   va   metantenklardan   foydalanish   kerak.   SHvetsiyada   buning
uchun   14   kg/m 3
  hisobida   ammoniy   sulfat   qo‘shiladi,   hosil   bo‘lgan   azot   va
vodorod  sulfatni   neytrallaydi.   Finlyandiyada  esa  temir  sulfat,   kalsiy  bisulfat
va gidrokaliyli metansulfatlar ishlatiladi. Chorvachilik   ferma larida   suyuq   go‘nglar   gomogenizatsiya,
ok s idlanish, issiqlik ta’sirida va boshqa usullar yordamida zararsizlantiriladi.
Gomogenizatsiya   usulida   go‘ng   suyuqliklari   katta   sig‘imli   joylarga   oqib
keladi,   yaxsh i lab   mexanik   yoki   gidravlik   (suv   yordamida)   usulda   bir   xil
massaga   ega   bo‘lguncha   aralasht i riladi.   Bu   massa   dalaga   chi q ariladi   yoki
navbatdagi   dalaga   yaqin   erlarda   q urilgan   chuqurga   o q iziladi.   Bu nda
zararsizlantiri sh   tuproqda   bo‘ladi.   Saprofit   mikroorganizmlar   siquvida
patogen   mikroblarni   rivojlanishi   susayadi,   gelmintlarning   tuxumi   harorat   va
q uyosh   nurining   ta’sirida   nobud   bo‘ladi.   Gomogenizatsiya   usulida
zararsizlantirishda   iloji   boricha   dezinfeksiya   qiladigan   moddalarni   kamro q
ishlatish maqsadga muvofiq.
        Go‘ng   suyuqliklarini   issiq   yo‘l   bilan   qayta   ishlash   eng   ishonchli
zararsizlantirish hisoblanadi. Chorvachilik fermalari yaqinida suv havzalarida
baliqchilikni   rivojlantirish   yordamida   go‘ng   suyuqliklarini   zararsizlantirish
iqtisodiy   tomondan   foydalidir.   Gomogenizatsiya   qilingan   yoki   suyuq   qismi
ajratilgan   go‘ng   suyuqliklari   biologik   aerob   suv   havzalariga   tushadi   va   suv
o‘tlari   (xlorella)   ta’sirida   mikroorganizmlar   va   gelmintlar   kurtaklari   nobud
bo‘ladi.   Biologik   suv   havzalarida   zoorejaktonlar   rivojlanadi,   bu   esa   baliqlar
uchun oziqa hisoblanadi.
    Keyingi   yillarda   yirik   qoramolchilik   va   parrandachilik   fermalarida
suyuq go‘nglar biologik yo‘l bilan (suyuq go‘nglarni uzoq vaqt saqlash yo‘li
bilan) zararsizlantirilmoqda.  Adabiyotlar:
1. Suvonqulov Y.A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigienasi» T. 1994
Qo‘shimcha adabiyotlar.
1. Kuznetsov   A.F. ,   Demchuk   M.V.   -   « Gigiena   selskoxozyaystvenn ыx
jivotnыx» Moskva, 1991
2. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotn ы mi».  Minsk, 2007
3. Kochish I.I., Kalujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiena»,
Moskva, 2008

OQOVA SUVLARNI TOZALASH VA ZARARSIZLANTIRISH . Reja: 1. O qova suv to‘g‘risida tuShuncha . 2. Oqova suvlarni tozalash usullari . 3. Oqova suvlarni zararsizlantirish usullari .

Sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari, inson va hayvonlarning suyuq ahlati, hammom, kir yuvish korxonasi, Shuningdek tomlardan oqib tushgan, hovlilardan, maydon va ko‘chalardan oqib keladigan iflos suvlarga oqova suvlari deyiladi. Oqova suvlari kel i b chiqishiga qarab ularda mineral , kimyov iy va organik moddalar bo‘ladi . Ular oson chir i m a y di va sasiydi, natijada sassiq h idli gazlar hosil bo‘lib havon i i flos lantiradi . Sanitariya-epidem i ologik va epizootologik tomondan eng iflosi xo‘jalik axlatlari va go‘ng suyu q liklari h i soblanadi. Un in g bir litrida 80 - 150 mg va undan ko‘p ammiak, 1000 mg gacha xloridlar, 1 m i l lilitrda bir n echa millionlab mikroorganizmlar bo‘ladi. Bunday suvlarda doimo patogen mikroblar va gijjalarning tuxumi bo‘ladi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarda ko‘pincha zaharli moddalar bo‘ladi. Bu suvlarda fenol, sianid, mishyak, mis, qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy, ftor, xrom, nitro birikmalar va boshqa kimyoviy moddalar bo‘lib, ular odam va hayvonlarni zaharlashi mumkin. Go‘sht kombinati, kushxona va so‘yish punkti, teri va junni qayta ishlash korxonalari, chiqindi zavodlari, biokombinat va qator veterinariya davolash punktlari, Chorvachilik binolarining oqova suvlarida, suyuq go‘nglarida yuqumli va invazion kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar ko‘p bo‘ladi. Tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqova suvlar erkin holida oqib kelib tabiiy suv havzalarini ifloslantiradi va ulardan foydalanishni murakkablashtiradi. Masalan, xo‘jalikdan chiqqan ahlat aralash suvlar yoki maishiy oqova suvlari tabiiy suvlarning fizik va kimyoviy xossalarini o‘zgartiradi. Loyqalar tagiga cho‘kib, qayta ifloslanishga sharoit tug‘iladi. Organik moddalar va cho‘kmalar chirishi tufayli, ko‘p miqdorda erigan kislorodni talab qiladi. Kislorod asta-sekin kamayishidan suv va suv havzalari sasiydi. Oqova suvlari bilan suv havzalariga ichak mikroorganizm

lari, yuqumli kasalliklarni quzg‘atuvchilar va gelmintlarning tuxumi tushadi. Chorvachilik fermalari, veterinariya-sanitariya jihozlari, go‘sht kombinatlari, jun-teri, chiqindi va boshqa zavodlarning oqova suvlarida organik moddalar ko‘p bo‘ladi. Sanoat korxonalaridan chiqqan oqova suvlari suvning neytral muhitini kislotali yoki ishqoriyga o‘tkazadi yoki boshqa rangga kirgizib har xil ta’m va hidga ega qiladi. Suvga yog‘, moy, neft aralashmalari tushsa, suvning yuzida parda hosil qilib havodan kislorodni o‘tishiga halaqit beradi. Suv havzalariga oqova suvlariing ta’siri uni ifloslanish darajasiga va suv havzalarini xususiyatiga (oqadigan, oqmaydigan, oqish tezligi) bog‘liq bo‘ladi. Suv havzalari oqova suvlarni tozalash inshooati rolini bajaradi. Demak oqova suvlar suv havzalariga qo‘shilgunga qadar ularni tozalash va zararsizlantirish zarur. Oqova suvlarni tozalash va zararsizlantirish ishlari meditsina hamda veterinariya-sanitariya vrachlari vazifasiga kiradi. Oqova suvlarni tozalash vazifasiga - uning fizik xossalari va kimyoviy tarkibini yaxshilash, zararsizlantirish, ya’ni mavjud patogen mikrorganizmlarni butunlay yo‘qotish kiradi. Suv havzalariga quyiladigai oqova suvlariga qator sanitariya talablarini qo‘yish zarur. Ulardan chirigan va boshqa qo‘shimcha hidlar chiqmasligi, hayvon, o‘simlik yog‘i, zaharli va zararli moddalar bo‘lmasligi kerak. Oqova suvlarni tozalash yo‘llari - oqova suvlar mexanik, kimyo viy va biologik usullar bila n tozalanadi. Tozalash ikki bosqichda ya’ni oldindan birinchi bosqichda oqova suvlar tarkibidan osi g‘lik moddalar, qum, yog‘, moy, b e nzin, neft va q isman erigan moddalar yo‘ qo tiladi. Erigan va osi g‘lik organik moddalarni yo‘ qo tish uchun kimyo viy moddalar ishtirokida koagulyasiya qilinadi yoki cho‘ktiriladi. Oqova suvlarni yakuniy tozalashda biologik usuldan foydalaniladi.

Mexanik tozalash - oqova suv rangini yaxshilash yoki osi g‘lik moddalardan maksimal darajada tozalash. Tozalash ishi ketma-ket qurilgan inshootlarda, osi g‘lik moddalarni ushlashga moslashgan holda bajariladi. Ozi g‘lik moddalardan tozalashda har xil to‘rlar , q um ushlagichlar, yog‘ ushlovchilar, cho‘kkichlar, chiri t kich va metan ushlagichlar qilinadi. Kimyo viy usul – bunda koagulyasyaya v a adsorbsiya dan foydalaniladi. Buning uchun xlor, xlorli temir, gugurtli temir achchig‘i va boshqa kimyo viy birikmalar i shlatiladi. Kimyo v i y tozalash ishlari kontaktli cho‘ktirgich lar orqali bajariladi. Biologik tozalash - oqova suvlardagi organik moddalarni z arars i zlant i rish va m i neral i zats i ya q i l i shdir. B unda oqova suvlardag i orga n ik moddalar, mikroorganizmlar va kislorod ishtirokida aerob oksidlanish jarayoni boradi. Biologik tozalash organik moddalarni bio kimyo viy parchalanishiga o‘xshash sharoitda o‘tadi. Biologik tozalash inshoatini S. I. Strogonov ikki guruhga bo‘ladi: a) tuproq sharoitida q ayta ishlash (dalada filtratsiya qi lish va su g‘ orish, biologik va aerofiltrlar); b) suv sharoitida qayta ishlash (biologik suv havzasi, aerotenklar). Sug‘oriladigan er maydoni alohida ajratilib, oqova suvlar tabiiy f i ltratsiya yo‘li bilan tozalanadi. Er qatlamlaridan filtrlanib o‘tgan oqova suvi yopiq yoki ochiq drenaj bilan tabiiy yoki sun’iy suv h avzasiga quyiladi. Sug‘orilib tozalash e n g yaxshi usul hisoblanadi. Buning uchun eng yaxshi tuproq bo‘lib qumoq, qum va qora tuproqlar hisoblanadi. Loy tuproq, torfli, ohakli va mayda donachali tuproqlar yaroqsizdir. Er osti suvlari kamida 3 m chuqur likda bo‘lishi za rur. Sug‘orishga ajratilgan er aholi yashash joylaridan kamida 0,3 - 1 km uzoqlikda bo‘lishi kerak. Sug‘oriladigan er kichik-kichik maydonla rga va q ator ari q chalarga a j ratiladi. Maydonl arga ajratil gan er butunlay su v bilan q o plan adi. Q ator ariq qilsa bir-biridan marza bilan ajratiladi. Q ish oy ida oqova suvlarni filtratsiyasi va mineralizatsiyalanish

jarayonlari juda sekin boradi. Suv muzlab qolsa, erigandan keyin filtratsiya bo‘ladiyu , ammo mineralizatsiyalanish bo‘lmaydi va erga cho‘kma bo‘lib yig‘iladi. Shuning uchun bahor paytlarida suv q u yishdan oldin erning ustki qismi haydaladi, yumshatiladi. Tu p ro q ni ustki qatlamida filtratsiya jarayoni tufayli oqova suvlardagi oziq moddalar va mikroorganizmlar ushlanib qolib, kolloid va erigan moddalar hamda yomon h idlar shimiladi. Su g‘ or i ladigan erlarda o‘z-o‘zidan tozalanish yoki mineralizatsiyalanish jarayoni kislorod etarli darajada bo‘lsa tez o‘tadi. Agar kislorod eti sh masa tupro q da anaerob sharoit da organik moddalarni ng chirishi sekinlashadi. Tuproq yaxshi ishlansa organik moddalar t e zda mineralizatsiyalanadi (k a rbonat , n itratlar, sulfatlar, fosfatlar va boshqalar hosil bo‘ladi). Natijada er o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziqalar bilan boyiydi. Shuning uchun bunday erlarga oziqabop o‘simliklar yok i madaniy oziqabop sabzavotlar (makkajo‘xori, ildiz mevali ekinlar va har xil sabzavotlar) ekiladi . Ammo oqova suvlar bilan sug‘orilgan erlarda o‘stirilgan sabzavot o‘simliklari inson yoki hayvonlar uchun ishlatilganda alohida nazoratda bo‘lishi zarur. Tekshirishlarda bunday erlarda o‘stirilgan sabzavotlardan ichak yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi gijja tuxumlari topilgan. Shuni hisobga olish zarur. Filtratsiya maydonlarining sug‘orish maydonlaridan farqi, asosan xo‘jalikdan chiqqan axlat suyuqliklarini ushlab qolish uchun ishlatiladi va qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun ishlatilmaydi. Filtratsiya uchun ajratilgan er navbat bilan sug‘oriladigan joylarga bo‘linadi. Bu erga quyosh nuri etarlicha tushishi, hamda tuproqning mexanik va fizik xususiyatlari iflosliklarni mineralizatsiya qilishga qodir bo‘lishi kerak. Biologik filtrlar oqova suvlarini tozalashda sug‘orish maydon lari yoki filtratsiya pollari o‘rniga ishlatilad i . Bunda, maxsus suv u tkazmaydigan