OVQAT HAZM QILISH FIZIOLOGIYASI
OVQAT HAZM QILISH FIZIOLOGIYASI Reja: 1. Ovqat hazm qilish sistemasi va uning funksiyalari. Ovqat hazm qilish organlari ishini o‘rganish usullari. Og‘iz bushlig‘ida ovqatning hazm bo‘lishi. So‘lakning ajralashi va tarkibi. 2. Me’dada ovqat hazm bo‘lishi. Me’da shirasining ajralishi va tarkibi. 12 barmoqli ichakda ovqat hazm bo‘lishi. Me’da osti bezi shirasining tarkibi. 3. Jigarning funksiyalari, ichak bo‘shlig‘i va devorida ovqat hazm bo‘lishi haqida tushuncha. Yo‘g‘on ichakdagi hazm jarayonlari, ovqat moddalarining parchalanish mahsulotlarining so‘rilishi. 4. Ovqat hazm bo‘lishining boshqarilishi. Muskul ishining ovqat hazm bo‘lishiga ta’siri.
1. Ovqat hazm qilish sistemasi va uning funksiyalari Odam organizmida hazm – bu murakkab fiziologik jarayon hisoblanadi, ovqat fizik va kimyoviy o’zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanib, me’da va ichakdan qon va limfa tomirlariga so’riladi (5.1.1-rasm). Me’da-ichak yo’lining funksiyalari jumlasiga: motor (harakat), sekretor (tashqi sekresiya), inkretor (ichki sekresiya), ekskretor, so’rish funksiyalari kiradi. Motor, sekretor va so’rish funksiyalari hazm tizimining asosiy funksiyalaridir. Hazm tizimining mushaklari motor yoki harakat funksiyasini bajaradi, shu tufayli ovqat chaynaladi, yutiladi, hazm yo’li bo’ylab harakatlanadi va hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari chiqarib yuboriladi. Sekretor funksiya shundan iboratki, bunda tegishli bez hujayralari hazm shiralarini: so’lak, me’da shirasi, me’da osti bezining shirasi va o’t-safroni ishlab chiqaradi. Me’da va ichaklar shilliq pardalari orqali hazm bo’lgan va parchalangan oziq moddalar bevosita qon va limfaga so’riladi.
1.1.-rasm. 1-og’iz bo’shlig’i, 2-so’lak bezlari, 3-halqum, 4-qizilo’ngach, 5-jigar, 6-me’da, 7-o’t xaltasi, 8-me’da osti bezi, 9-ingichka ichak, 10-yo’g’on ichak, 11-chuvalchangsimon o’simta, 12-to’g’ri ichak, 13-o’n ikki barmoq ichak. Ovqatning fizikaviy o’zgarishlari - uning mexanik ishlanishi, maydalanishi, araiashishi va eruvchanligi oshishidan iborat. Kimyoviy o’zgarishlar deganda esa oqsillar, yog’lar va karbonsuvlarning gidroliz yo’li bilan parchalanishi bunda yuz beradigan ketma-ket bir qancha bosqichlar tushuniladi. Ovqatning kimyoviy o’zgarishlari qator gidrolitik fermentlar ta’sirida ro’y beradi: Bu fermentlar uch guruhga bo’linadi: 1) oqsillarni parchalaydigan fermentlar - proteazalar; 2) yog’larni parchalaydigan fermentlar - lipazalar; 3) uglevodlarni parchalaydigan fermentlar - karbogidrolazalar. Fermentlar hazm bezlarining sekretor hujayralarida hosil bo ’ lib , so ’ lak , me ’ da , me ’ da osti bezi va ichak shiralari tarkibida hazm yo ’ llariga kiradi . Ovqat moddalarining har bir turiga turli fermentlar ketma - ket ( ba ’ zilari oldin , ba ’ zilari keyin ) ta ’ sir etadi , natijada oziqa moddalar ma ’ lum ketma - ketlikda tobora oddiy kimyoviy birikmalargacha parchalana boradi . Shunday qilib , organizmning tirikligi uchun zarur bo ’ lgan barcha oddiy moddalar tashqi muhitda murakkab birikmalar – oqsil , yog ’ va karbonsuvlar shaklida uchraydi . Bu moddalar hazm tizimiga tushib , murakkab hazm jarayonlarida parchalanadi va keyinchalik qonga so ’ riladi . Ovqat moddalarining organizmga muntazam kirib turishi , o ’ zgarishi va o ’ zlashtirilishi organizm tuzilmalarini va ularning tiriklik faoliyatini bir butun qilib turishga imkon beradi . Ovqat moddalari organizmga so’rilgandan keyin hujayralar va to’qimalarning tuzilishi va energiya berish uchun sarf etiladi. Oqsillarning parchalanish mahsulotlari ( aminokislotalar va past molekulali peptidlar ), yog’larning parchalanish mahsulotlari ( digliseridlar va monogliseridlar, gliserin, yog’ kislotalar ) va karbonsuvlarning parchalanish mahsulotlari ( poli - va monosaxaridlar, dekstrina, disaxaridlar va monosaxaridlar ) shunday moddalar jumlasiga kiradi.
Faqat suv, mineral tuzlar va ovqatdagi ba’zi organik birikmalar o’zgarmasdan qonga so’riladi. 2. Ovqat hazm qilish organlari ishini o‘rganish usullari Hazm fiziologiyasining asoschisi buyuk rus olimi I.P.Pavlovdir. O’zining shogirdlari bilan hazm fiziologiyasiga yangicha jarrohlik usullarini tadbiq etib birinchi bo’lib hazm tizimining asab va gumoral yo’llari orqali boshqarilish nazariyasini kashf etgan. I.P.Pavlov hazm a’zolari funksiyasini tekshirishning eksperimental – jarrohlik usulini xronik tajribalarda eng yuqori darajagacha takomillashtiradi. Bu usul shundan iboratki, jarrohlik maxsus joylarda, jarrohlikning barcha qoidalariga va ehtiyoj choralariga rioya qilib o’tkaziladi va hazm yo’lining biror qismiga sun’iy yo’l – fistula o’rnatiladi. Biror a’zo (me’da, ichak, o’t xaltasi) bo’shlig’i yoki hazm bezi yo’lini tashqi muhitga tutashtirish uchun jarrohlik qilib ochilgan sun’iy yo’l fistula usuli deb ataladi. Fistula usuli jarrohlik qilingan a’zo funksiyasini uzoq muddatda, istagan vaqtda kuzatish imkonini beradi. Ayni vaqtda fistula jarrohligi shunday o’tkaziladiki, tekshirilayotgan a’zoning qon aylanishi va innervasiyasi me’yor darajasida saqlanib qolinadi. I.P.Pavlov va uning shogirdlari bu yangi xronik usullardan foydalanib, fiziologiyada yangi sintetik oqim yaratdilar. I.P.Pavlovga qadar hukm surib kelgan tahliliy oqim organizmning ayrim qismlari ishini o’rganishga va ularning barcha tabiat hodisalariga bo’lgan munosabatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lsa, sintetik oqim har bir a’zoning ahamiyatini, butun organizmda tutgan o’rnini, boshqa a’zolar bilan bog’langan holda ishlashini o’rganishga qaratiladi. Ovqat hazm qilish a’zolarining ishini o’rganish sohasida I.P.Pavlov yaratgan bu yangi sintetik oqim, a’zolar ishini bir-biri bilan va butun organizm bilan bog’langan holda o’rganishni nazarda tutadi. Tahlil va sintez uslublari bir-biriga qarama-qarshi bo’lmay, bir-biri bilan o’zaro bog’langan dialektik birlikdan iborat.
Shunday qilib, I.P.Pavlovning nazariyasiga ko’ra, tahlil bilan sintez uslublarini birligi sintetik fiziologiyaning asosiy tomonlarini tashkil qiladi. Organizm funksiyalarini bunday bir-biri bilan bog’langan holda o’rganish tahliliy usuldan, ya’ni organizmni ayrim bo’laklarga bo’lib, ularni sun’iy sharoitda o’rganish usullaridan farq qiladi, albatta. Shunday qilib ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon bo’lib, bunda ovqat fizik va kimyoviy o’zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanadi, keyinchalik parchalanish mahsulotlari me’da va ichak bo’shlig’idan qon hamda limfa tomirlariga so’riladi. Ovqat og’iz bo’shlig’ida tishlar yordamida, me’da va ichaklarlarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishiga fizik o’zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog’, uglevodlarning fermentlar ta’sirida parchalanishi kimyoviy o’zgarish deb ataladi. I.P.Pavlov ovqat hazm qilish a’zolari ishini sintetik usul bilan o’rganish uchun so’lak bezlari yo’lini tashqariga chiqarishni, me’dadan kesib kichik me’dacha hosil qilishni, o’t yo’lidan teshik ochishni va shu kabi boshqa bir qancha jarrohlik ishlarini amalga oshirishni taklif etadi. I.P.Pavlov taklif etgan xronik usullar yordamida ovqat hazm qilish tizimining ayrim qismlarida ovqat moddalarining qanday o’zgarishi, bezlardan chiqadigan shiraning ovqat turiga qarab xilma-xil bo’lishi, har xil ovqat moddasi tarkibiga qarab hosil bo’ladigan shiraning miqdori va tarkibi, ovqat hazm qilish a’zolari orasidagi o’zaro munosabat va bu a’zolarning sekret chiqarish funksiyasining o’zaro bir-biri bilan bog’lanishi kabi fiziologik jarayonlar aniqlandi. I.P.Pavlov o’zining juda ko’p tajriba va kuzatishlariga asoslanib, ovqat hazm qilish markazi, uning reflektor faoliyati haqida yangi ta’limot yaratdi. Bu ta’limotga muvofiq ovqat hazm qilish vaqtida bezlardan shiraning chiqishi va hazm a’zolarining harakati bosh miya sharlari po’stlog’i hamda po’stlog’ ostidagi yadrolar tomonidan boshqarilishi to’liq o’z isbotini topdi. Shunday qilib, I.P.Pavlov tomonidan bajarilgan barcha ishlar va u yaratgan hazmning reflektor nazariyasi fiziologiya fanida yangi sahifa ochdi, ko’p