Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit 26v
Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit Reja: 1. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot. 2. Surunkali pankreatit kasalligining etiologiyasi va patogenezi. 3. Surunkali pankreatit kasalligining klinik belgilari, davosi va oldini olish. 4. Surunkali gastrit etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, davosi va oldini olish.
Hazm tizimi kasalliklari, ichki kasalliklar orasida muhim o’rin egallaydi. Bu holat mazkur kasalliklarning ayniqsa, yosh va mehnatga qobiliyatli aholi orasida keng tarqalishi bilan bog’liq. Hazm tizimi doimo tashqiy muhit omillari, birinchi navbatda ovqatlanish tabiati, mehnat va turmush sharoitlari ta’siri ostida turadi. Yangi endoskop va ultra tovush tekshirish usullari paydo bo’lishi, hamda xastalikning oldini olish va davolashdagi yutuqlar natijasida gastroenterologiya oxirgi 30 yil ichida juda tez rivojlandi. Zamonaviy klinik gastroenterologiya fanlari o’rtasidagi mutaxassislik hisoblanadi, uni mukammal o’rganish ko’p kuch talab qiladi. Hazm a’zolari kasalliklariga qizilo’ngach, me’da, ichak, jigar, me’da osti bezi kasalliklari kiradi. Tarifi. Surunkali-pankreatit-fermentlarining o’z-o’zidan faollashishi ta’sirida me’da osti bezining autilizi (yemirilishi ) bilan ifodalanadi. Tarqalishi. Surunkali pankreatit har xil yoshda, ayniqsa 35-45 yashar ayollarda ko’p uchraydi. Bu xastalik 10000 shahar aholisi soniga o’rta hisobda 22 tadan to’g’ri keldi. Qishloqliklar shaharliklarga nisbatan kamroq xastalanadilar (10:10000). Tasnifi. a. Surunkali kalsifikatsiyalovchi pankreatit ( 49-95 foiz holatda). a. Surunkali obstruktiv pankreatit. v. Surunkali fibrozli- indurativ pankreatit g. Me’da osti bezining kislotasi (pufagi) yoki soxta kislotasi. Etiologiyasi. - O’tkir pankreatitning to’la-to’kis davolanmasligi - Alkogolizm
- O’t yo’llari, me’da va o’n ikki barmoq ichak kasalliklari (o’t tosh kasalliklari, o’n ikki barmoq diverkulasi, surunkali gastrit). - Alimentar omil-ovqatlanish tartibining buzilishi, taom tarkibida oqsil, yog’lar, antioksidantlar tanqisligi. -Gormonal va modda almashinuvi buzilishlari-giperlipidemiya, giperkalsimiya. -Har xil zaharli moddalar (kimyoviy, dori preparatlari) ta’siri. -Qon tomir sistemasi o’zgarishlari tufayli vujudga keladigan qon tomirlar spazmi, emlobiya va tombozlar ta’sirida me’da osti bezida mahalliy qon aylanishining buzilishi. -Allergik reaksiyalar -Nasliy moyillik Patogenezi. a. O’t-tosh kasalligida o’t yo’li pankreas yo’li bilan qo’shilib, umumiy yo’lini tashkil qilsa, (jigar-pankreas naychasining sfinkteri chandiqlansa yoki naycha tosh bilan bekilsa) o’t (odatda infeksirlangan) pankreas to’liga tushadi va pankreas shirasi fermentlarini faollashtiradi. b. Pankreas yo’li tosh bilan to’kilganda, uning shilliq pardasi shishganda pankreas shirasi oqimining buzilishi, (dimlanishi), fermentlar faollashuvi vujudga keladi. Buning natijasida qon qo’yilishi yoki yog’ nekrozlari bilan me’da osti bezi parenxemasining fermentativ hazm qilinishi (autolizm) rivojlanadi. v. Pankreatit rivojlanihi mexanizmida bezning ko’tarilib chiqadigan shira yo’llarining ikkilamchi infeksiyasi ham muhim rol o’ynaydi.
Moyil omillar. -Faterev so’rg’ichining spazmi, yallig’lanish stenozi yoki o’smasi- pankreas shirasini o’n ikki barmoq ichakka tushishiga to’sqinlik qiladi (shira dimlanadi). -Oddiy sfinkterining yetishmovchiligi-o’n ikki barmoq ichakdagi narsalarni me’da osti bezi yo’liga erkin tushishiga sharoit tug’diradi Patologik antomiyasi. Morfologik o’zgarishlar bezning shishishi, hol-hol qon qo’yilishi, nekroz bo’lishi, biriktiruvchi to’qima o’sib ketishi va bez hujayra elementlarining asta-sekin atrofiyaga uchrab borishi bilan ifodalanadi. Bezning ayrim bo’lakchalari orasi ham, ularning ichida ham sklerotik jarayon avj olib boradi. Kasllikning dastlabki davrida bez bir qadar kattalashadi, keyinchalik chandiqli o’zgarishlar ham ohaklanish vujudga kelib, zichlashadi va kichrayadi. Kilinik ko’rinishi. Xastalik turiga, kechishiga, a’zolar shikastlanish darajasiga bog’liq bo’lib, qo’yidagi belgilar bilan ifodalanadi. -Qorinning ustki yarmida simillab turadigan va sanchiqsimon og’riqlar bezovta qiladi. Agar potologik jarayon asosan me’da osti bezi boshini zararlasa-og’riq epigastriya sohasining o’ng tomonida, aksariyat va tanasi shikastlansa-og’riq epigastriya sohasining chap tomonida, jarayon bez dumida rivojlansa-og’riq chap qobirg’a ostida joylashadi. Og’riq ko’pincha belga beriladi va qamrab oluvchi xarakterda bo’lib, epigastriya sohasidan qobirg’a yoyi bo’ylab umurtqa pog’onasiga tarqaladi. Og’riq gohida stenokardiyaga o’xshab chap kurakka, chap yelkaga yo’nalishi mumkin. Og’riq aksari, ko’p miqdorda yog’li ovqat
yoki ichkilikdan keyin paydo bo’ladi. og’riq davomiyligi-bir necha soatda bir necha kungacha. -Despepsiya o’zgarishlari –ishtaha pasayishi yoki yo’qolishi, yog’li ovqatga nefrat, ko’ngil aynishi va qusish, so’lak oqishi, qorinning dam bo’lib turishi va quldirashi, kekirish surunkali panreatitda doimo kuzatiladi. -Najasning xastalikka xos o’zgarishi- pankteatogen ich ketishi. Surunkali pankreatitning yengil holatida naja deyarli o’zgarmaydi, ich surishining ich qotishi bilan almashinib turishi kuzatiladi. Najas qo’llansa hidli, kulrang bo’tqasimon bo’lib, unda bir talay yog’ (steatoriya-“yog’li najas”) va hazm bo’lmagan mushak tolalari (kreatoriya) bo’ladi. -Me’da osti bezining tashqi sektori, faoliyati yetishmovchiligi, hazm qilish ichakda so’rilishi jarayonining buzilishi natijasida oriqlash rivojlanadi. Bunga yana ishtahaning yo’qolishi ko’maklashadi. -Ko’p hollarda me’da osti bezi endokren apparatining buzilishlari kuzatiladi. Aksariyat karbon suv modda almashinuvi buzilishi birlamchi pankreatitda vujudga keladi. Pankretit diabetida o’ziga xos xususiyatlar mavjud: og’ir darajadagi holat juda kam uchraydi, ketonuriya kuzatilmaydi, diabet komasi rivojlanmaydi. Bunda diabet odatda pankreatit belgilari paydo bo’lgandan 1-3 yil o’tgach vujudga keladi. Qonda va siydikda qand miqdorining ko’payishi patologik jarayon zo’rayishi bilan bog’liqdir. -Ko’rishda shishib kattalashgan me’da osti bezi bosh bilan umumiy o’t yo’lining bosilishi natijasida ba’zan badan terisi va