logo

Paleolit davri san’ati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

30.5517578125 KB
    Paleolit davri san’ati
 
Reja:
1. Paleolit davri qoyatosh suratlari.
2. Ye vropa paleolit san’atining o‘rganilishi tarixi.
3. Paleolit davri ibtidoiy ajdodlarimizning diniy tasavvurlari.
  1.1   Ilk   paleolit   davri   –   bu   davr   yodgorliklarining   sanasi   700-500   ming   yil
avval   boshlanib,   miloddan   avvalgi   15000   yilliklargacha   davom   etgan   va
Ashel  davri  deb  yuritilgan.  Chunki  Ashel  davri  yodgorliklari  O‘zbekistonda
bo‘lmagan. Ashel davri oxirida Yevropani shimoliy mintaqalarini qalin muz
qoplagan. Lekin U. Ismoilov shu davr odamini qoldig‘ini (bosh suyagini bir
bo‘lagi,   yelka   suyagi   va   10   ta   tish   qoldig‘ini)   topib   o‘rgangan   Farg‘ona
vodiysini Selung‘ur g‘oridan, A.Qosimov esa Ko‘rbuloq makonini o‘rganib,
Ashel davriga oid 22 ta, muste davriga oid 24 ta madaniy qatlamni o‘rganadi.
Bunda   markaziy   Osiyoga   odamlar   juda   erta   kelib   joylasha   boshlaganlar
degan xulosaga kelish mumkin.   O‘rta paleolit (muste madaniyati) davri – bu
davrda mashhur yodgorliklar topilgan va 24 ta madaniy qatlam o‘rganilgan.
Ayniksa,   Teshiktosh   Surxondaryodagi,   Obirahmat   Toshkent   viloyatidan,
Xo‘jakent Toshkent viloyatidan, Ko‘lbuloq Toshkent viloyatidan, Samarqand
viloyatidan   Omonqo‘ton,   Qo‘tirbuloq,   Zirabuloq,   Xo‘jamazgil,   Navoiy
viloyatidan Ustut nomlari o‘rganilib O‘zbekistonning qadimgi madaniyati va
san’ati tarixiga oid manbalar topiladi. Teshiktosh g‘ori 5 ta qatlamdan iborat,
g‘orni   uzunligi   20   m,   balandligi   9   m,   chuqurligi   21   m   bo‘lgan.   2859   tosh
qurollar topilgan. 7 Teshiktoshdan 7-11 yashar (qiz bola) Neondertal odamini
topilishi  buyuk kashfiyot bo‘lgan. Odam suyaklari  atrofiga arxar  va Buxoro
bug‘usi   shoxlarini   qo‘yilishi   dastlabki   diniy   tasavvurlarni   vujudga
keltirilishini   ko‘rsatadi.   Obirahmat   makoni   va   Paltov   (tangritog‘   chotqol
tizmasidagi) makonidan 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam o‘rganilgan.
Makon   yoysimon   bo‘lgan,   og‘zi   janubga   qaragan,   ichi   keng   bo‘lgan.   U
yerdan   ohaktoshli   chaqmoqtoshdan   yasalgan   mehnat   qurollar,   parrandalar,
qirg‘ichlar,   kurakchalar,   keskichlar   topilgan.   Obirahmat   esa   hayvon
suyagidan   ishlangan   bigizlar   shuningdek   bug‘u,   tog‘   echkisi,   to‘ng‘iz,   arxar
suyaklari, gulxan, kul, ko‘mir qoldiqlari topilib, u yerda odamlar 120 - 40000
yil   ilgari   yashaganlar   va   tog‘   mevalarini   terib,   yovvoyi   hayvonlarni ovlaganlar. Qo‘tirbuloq (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘onida) 5 ta madaniy
qatlam   topilgan.   Bu   yerdan   ikki   tomoniga   ishlov   beruvchi   bargsimon
qurollar,   fil,   bug‘u,   yovvoyi   ot,   quyon   suyaklari   topilgan.   Yuqori   yoki
so‘nggi paleolit davri - miloddan avvalgi 40 - 35000 yil avval boshlangan va
12-10000   yilliklargacha   davom   etgan.   Bu   davrda   hozirgi   zamon   odami
shakllangan.   Bular   toshni   o‘yish   usullarini   (retush   qilish,   sindirib   olish,
o‘tkirlashni)   bilganlar.   Bularni   mehnat   qurollari   prizmali,   konussimon
shaklda   bo‘lgan.   Bular   tosh   bilan   birga   suyak   va   yog‘ochdan   ham
foydalanganlar.   Bu   davr   odamlarining   buyuk   yutug‘i   nayza   -   paykonlarini,
irg‘itiladigan   nayzalarni,   nayza   -   otkichlarni   ixtiro   qilganlar.   Ishlatilishiga
qarab   guruhlarga   bo‘lganlar   (ov   qilish,   go‘shtni   nimtalash,   teriga   ishlov
berish,   baliq   tutish   uchun   sanchqi   (charpun),   arralovchi   qurollar,   suyak
ignalar,   bigizlar).   Shuning   uchun   bu   davr   odamlarini   Xamosanienslar   ya’ni
aqlli,   idrokli   va   ongli   odamlar   deganlar.   Ta’sviriy   va   amaliy   san’atning
ibtidosi   yuqori   paleolitdan   boshlangan.   Suyakdan   ayollar   haykalchalari
yasalgan, taqinchoqlar yasalib ustiga turli xil tasvirlar o‘yib tushurilgan. O‘rta
Osiyoda bu  davrga oid 30  dan ortiq  yodgorliklar  topilgan, ya’ni  Samarqand
makoni, Toshkent viloyatida Oqtosh, Ko‘lbuloq makonlari o‘rganilib amaliy
san’ati   shakllanganligini   ko‘rsatadi.   Shuningdek,   8   chaqmoqtoshga   ishlov
beradigan   ustaxonalar   bo‘lgan.   Ishqalash   yo‘li   bilan   olov   hosil   qilganlar.
O‘rta tosh (mezolit) davri – 12 - 6000 yilliklarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda
insoniyat   tomonidan   ko‘p   kashfiyotlar   qilindi.   O‘q-yoy   kashf   etildi   va
ibtidoiy   san’at   rivojlandi,   ya’ni   devorga   o‘yib   rangli   bo‘yoqlar   bilan
ta’svirlangan   san’at   paydo   bo‘ldi.   Butun   ta’sviriy   san’at   na’munasi
Surxondaryoning   Zarautsoy   darasidan   topildi.   Bunda   yovvoyi   buqani   itlar
yordamida ovlash masalasi qizil bo‘yoqlar bilan berilganligi o‘rganildi. 
1.2 Dunyo   tarixida   ibtidoiy   tasviriy   san’at,   xususan,   g‘orlarning   devorlariga
turli tasvirlar chizish so‘nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g‘ori). O‘rta   Osiyoda   ungurlar   va   qoyatoshlarga   ishlangan   rasmlar   mezolit   davrida
paydo bo‘ladi. 
O‘rta   Osiyoning   tog‘lik   hududlarida   keng   tarqalgan   qoyatosh   rasmlari
ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil. Bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari
esa urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar)rasmlardir.
O‘zbekistondagi   qoyatosh   rasmlarning   eng   nodir   namunalari   Zarautsoy,
Sarmishsoy,   Bironsoy,   Ko‘ksaroy,   Takatosh,   Teraklisoy   kabilar   bo‘lib,   ular
yuzdan   ziyoddir.   Bu   yerdagi   qoyatoshlarda   O‘zbekistonning   qadimgi   va
hozirgi   hayvonot   olami   vakillarining   rasmlarini   kuzatish   mumkin.   Ular
ibtidoiy   buqalar,   sherlar   va   yo‘lbarslar,   qoplon,   tulki   va   bo‘rilar,   bug‘u   va
jayron   kabilardir.   Rasmlar   orasida   o‘q-yoy,   uzun   qilich,   xanjar,   dubulg‘a,
qopqon   kabi   narsalar   ham   ko‘pchilikni   tashkil   etadi.
Eng   qadimgi   rasmlar   Zarautsoy   (Surxondaryo)   bo‘lib,   bu   rasmlar   mezolit-
neolit,   ya’ni   mil   avv.   VIII-IV   ming   yilliklarga   oiddir.   Qoyatosh   rasmlari
orqali   o‘sha   davr   odamlarining   ov,   mehnat   va   jangovar   qurollarini   bilib
olishimiz   mumkin.   Ibtidoiy   jamoa   tuzumi   san’ati   tarixi,   odamzod   tafakkuri,
his-tuyg‘ularining   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishidan   boshlab,   yer   yuzida
birinchi   davlatlarning   yuzaga   kelishigacha   bo‘lgan   davr   san’atini   o‘z   ichiga
oladi, o‘rganadi va tahlil etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy
dalillar-mehnat   va   ov   qurollari,   uy-anjom   va   bezak   buyumlari,   odamlar
yashagan   manzil   qoldiqlari   yetib   kelgan,   Shular   ibtidoiy   jamoa   kishisining
estetik   va   diniy   qarashlarini   bilishga,   ibtidoiy   jamoaning   madaniyati   haqida
tasavvur   hosil   qilishga   yordam   beradi.   Tuproq   ostida   qolib   ketgan   moddiy
yodgorliklar   odam   va   xayvonlar   jasadining   qoldiqlari,   g‘or   va   yerto‘la
devorlariga chizilgan surat va bo‘rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini
o‘rganishning   muhim   manbai   hisoblanadi.   Bulardan   tashqari,   etnografiya,
tarix   sohasidagi   fan   yutuqlari,   antropologiya,   lingvistika,   geologiya,   xalq og‘zaki   ijodi,   saqlanib   qolgan   turli   afsonalar,   fizika,   himiya   fanlarining
yutuqlari   ham   shu   davr   tarixi   va   san’ati   haqidagi   tushunchalarning
oydinlashishiga   xizmat   qiladi.   San’at   qachon   va   qanday   paydo   bo‘lgan?
San’at   qadim-qadimda   kishilarning   mehnati   jarayonida   yuzaga   keldi   va
rivojlandi.   Odamlar   mehnat   jarayonida   shakl   tuyg‘usini   his   etib,   ritm,
simmetriya   tushunchalarini   o‘zlashtira   boshladilar.   Ular   mehnat   jarayonida
tabiat   kuchlarini   o‘zlariga   bo‘ysundira   boshladilar.   Ishlatilayotgan
buyumlarning   shakli   bajarayotgan   mehnatlarini   osonlashtirishi   yoki
qiyinlashtirishi mumkinligini tushundilar. Qulay mehnat qurollarining unumi
ularda   o‘z   qurollariga   nisbatan   mehr   tuyg‘ularini   uyg‘ota   bordi.   Ular   o‘z
qurollariga   bezak   berish   orqali   o‘z   mehrlarini   izhor   etishga   harakat   qila
boshladilar.   Odamlarda   qulaylik   va   foydalilik   tushunchalarining   yuzaga
kelishi   voqelikdagi,   hayotdagi   go‘zallik   va   xunukliklarni   his   etish
imyaoniyatini   rivojlantira   boshladi.   Inson   madaniyati   taraqqiyot   olamiga
qadam   qo‘ydi.   San’atning   yuzaga   kelishi   insonning   ob’ektiv   voqelik
to‘g‘risidagi   bilimlarining   chuqurlashishiga,   o‘z   avlodi   tajribalaridan
bahramand bo‘lishga olib keldi. Bu uni tabiat kuchlariga qarshi kurashishga
10 da’vat etdi, uning aqliy kamoloti, estetik qarashlari rivojini ja- dallashtirdi.
Ibtidoiy   jamoa   tuzumi   taraqqiyoti   bosqichlari.   Tarix   fani   ibtidoiy   jamoa
tuzumi  taraqqiyotini  uning  sotsial  tuzilishlga  ko‘ra  3  ga  ajratadi.  1)  ibtidoiy
gala   bo‘lib   yashash   davri;   2)   urug‘   jamoasi   davri   (bu   davr   ikkiga   —
matriarxat   va   patriarxat   davriga   ajraladi);   3)   harbiy   demokratiya   davri.
Arxiologiyada ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi qurol yasash uchun ishlatiladigan
materiallarga qarab, uch asosiy bosqichga ajraladi: 1. Tosh asri — eramizdan
avvalgi 3 ming yillikkacha bo‘lgan davr. 2. Mis va bronza asri— eramizdan
avvalgi 3—2 ming yillik. 3. Temir asri — eramizdan avvalgi 1 ming yillik.
Tosh asri, o‘z navbatida, uchga bo‘linadi: 1.   Qadimgi tosh asri— paleolit —
eramizdan   avvalgi   10   ming   yillikkacha   bo‘lgan   davr.   2-   Urta   tosh   asri   — mezolit — eramizdan avvalgn 10—6 ming yillik. 3. Yangi tosh asri — neolit
—  eramizdan  avvalgi  6—3  ming  yillikni  o‘z  ichiga  oladi.  Paleolit  yoki  eng
qadimgi   tosh   asri   (palaios   qadimgi,   litos   —   tosh)   insoniyat   taraqqiyotining
eng   uzoq   davom   etgan   bosqichi   hisoblanadi.   Bu   taraqqiyotni   bir   qator
davrlarga ajratish mumkin: eng qadimiy yoki quyi paleolit (er. av. 150 ming
yilliklar),   o‘rta   paleolit   (er.   av.   150—35   ming   yillik),   yuqori   yoki   so‘nggi
paleolit (er. av. 35—10 ming yillik). Arxeologlar ma’lumotiga ko‘ra, paleolit
asrida, ayniqsa, uning so‘nggi bosqichlarida tasviriy san’atning hamma turlari
paydo   bo‘ldi,   diniy   tushunchalar   shakllana   bordi.   Paleolit   asriga   oid   faktik
materiallar   Yevropa,   Osiyo   va   Afrika   qit’alaridan   topilgan,   Bu   davrda
odamlar   katta-katta   toshlarning   panasida,   g‘or   va   yerto‘lalarda   to‘da-to‘da
bo‘lib   yashaganlar,   Bu   g‘or   va   yerto‘lalar   ibtidoiy   jamoa   kishisining   «uyi»
hisoblangan.   Shu   uylarning   devor   va   shiplariga   suratlar   chizganlar,   bo‘rtma
tasvirlar ishlashga harakat qilganlar. Ana shu odamlar yashagan manzillardan
topilgan mehnat, ov qurollari, turli haykal va ramziy mazmunga ega bo‘lgan
shakllar   ibtidoiy   jamoa   kishilarining   estetik   va   falsafiy   qarashlarini
tushunishga yordam beradi. Dastlabki rasmlar primitiv va asosan, hayvonlar
ko‘rnishini  tasvirlaydi.  Mamont,  yirik  qo‘tos,  kiyik,  ot  va  boshqa  hayvonlar
kontur chiziqlarda, tabiiy bo‘yoqlarda ishlangan. Paleolit san’atining eng 11
gullagan davri madlen 1 asriga (er. av. 20-10 ming yillar) to‘g‘ri keladi. Bu
davrda,   ishlangan   hayvonlar   tasviri   aniq,   shakli   real,   proporsiyalari   to‘g‘ri
olingan. Ularning o‘ziga xos xarakterli tomonlari (kuchli va og‘ir, yengil va
ziyrak)   ko‘rsatiladi.   Ular   turli   holatda   va   ko‘rinishda   tasvirlanadi.   Rassom
ranglar   yordamidan,   nursoya   imkoniyatlaridan   ham   foydalana   boshlagani
sezilib   turadi.   Fransiyaning   Fon   de   Gom,   Lyasko,   Nio   va   Shimoliy
Ispaniyaning   Altamir   g‘orlari   devorlariga   ishlangan   suratlarda   hayvonlar
natural kattalikda, nihoyatda jonli va ta’sirchan ishlangan. Madlen davrining
so‘nggi   bosqichlarida   murakkab   kompozitsiyalar   yaratishga   intilish   ortdi, tabiat   manzaralari,   hayvonlar   to‘dasi   rasmini   ishlash,   ular   harakatini   biror
syujetga bo‘ysundirishga intilish seziladi. Shu xususida Fransiyaning Limeyl
g‘oridan   topilgan,   tosh   yuzasiga   ishlangan   «Kiyiklar   podasi»   surati,   Teyja
(Fransiya) yaqinidagi g‘ordan topilgan suyakka ishlangan hayvonlar podasini
aks ettiruvchi suratlar xarakterlidir. Yuqori paleolit davrida odamlar yashagan
manzillarda   tosh,   suyak,   shox,   loydan   yasalgan   har   xil   haykalchalar   ham
uchraydi.   Relef   (ko‘proq   uning   barelefi)   tabiiy   tosh   yuzasi   yoki   devor
sathidagi   tekisliklarga   ishlov   berish   hisobiga   yaratilgan.   Haykaltaroshlikda
ham hayvonlar tasvirini yasash keng o‘rinni egallaydn. 
1.3 Odam   tasviri,   ayniqsa,   ayollar   haykali   paleolit   davrida   keng   uchraydi.
G‘arbiy   Yevropadan   (Avstriya)   topilgan   «Villendorf   Venerasi»   deb
nomlangan   haykali   mashhurdir.   Haykal   hajmi   jihatidan   katta   emas.
(balandligi   0,06   m),   lekin   ko‘rinishi   jihatidan   monumental.   Haykalda
ortiqcha detallar yo‘q, ichki kuch- qudratga to‘la. Haykalda bosh qism bir oz
belgilangan,   yuz   deyarli   ishlanmagan,   past   tomonida   tugallik   yo‘q.   Lekin
shunga   qaramasdan,   haykal   o‘zining   to‘laqonliligi,   ichki   kuchga   to‘laligi
bilan   yaxshi   taassurot   qoldiradi.   Sharqiy   Yev-ropa,   Sibir,   Urta   Osiyoda
bunday   ayollar   haykali   ko‘plab   topilgan.   Jang   voqealari,   ovchilikni   aks
ettiruvchi   murakkab   kompozitsiyalar   yaratildi.   Ishlangan   suratlarda
voqealarni   keng,   atroflicha   bayon   etishga   intilish   ortdi.   Rassom   o‘z   fikrini
bayon etish uchun obrazlarni sxematik va shartli belgilar tarzida tasvirlagani
holda, bo‘layotgan voqeaning mohiyatini ochishga harakat 12 qildi. Sharqiy
Ispaniya,   Kavkaz,   Urta   Osiyodan   topilgan   suratlar   diqqatga   sazovordir.
«Kiyiklarni   ovlash»   (Ispaniya)   suratiga   nazar   tashlang.   Obrazlar   shartli
(kamon   otayotgan   ovchilarda   bu   shartlilik   yaqqol   seziladi),   sxematik,   o‘ta
soddalashtirilgan   holda   tasvirlangan.   Lekin   bu   shartlilik   rassom   aytmoqchi
bo‘lgan   fikrni   tushunishga   xalaqit   bermaydi.   Ov   manzarasidagi   holat   —
kiyiklarning jon holatda qochishi, bo‘lmoqda. Mezolit yoki o‘rta tosh asrida (grekcha   tezoz—o‘rta)   odamlar   katta   bo‘lmagan   to‘daga   ajralgan   holda
yashay   boshlashlari   ularga   bir   joydan   ikkinchi   joyga   erkin   ko‘chib   o‘tish,
katta   yer   maydonlaridan   foydalanish   imkoniyatini   berdi.   Qurollarning
(mehnat   va   ov   qurollari)   ixcham,   qulay   bo‘lishiga   e’tibor   kuchaydi.   O‘q
kamon-yoy,   qayiqlarning   ixtiro   qilinishi   ibtidoiy   jamoa   kishisining   hayoti
yanada yaxshilanishini ta’minladi. Odamlar yog‘och, qamishdan foydalanib,
o‘zlariga   kerakli   buyumlar   yarata   boshladilar.   Diniy   tushunchalar   keng
yoyildi.   «Narigi   dunyo»   tushunchasi   paydo   bo‘ldi,   ko‘mish   marosimi   bilan
bogliq   bo‘lgan   turli   urf-odatlar   yuzaga   kela   boshladi.   Bular   kishilarda
murakkab tasavvur va fikrlashning paydo bo‘layotganli-gidan dalolat beradi.
Odamlar   tasazvurining   kengayishi,   abstrakt   tushunchalarning   yuzaga   kelishi
san’atning shakl va mazmun xarakterida ham sezila boshladi. San’at mavzusi
kengaydi,   janrlar   ortdi.Ovchilarning   epchillik   bilan   olib   borayotgan
hujumlari,   ov   paytidagi   shijoat,   hayajon   ibtidoiy   jamoa   rassomi   tomonidan
ifodali   talqin   etilgan.   Urta   Osiyo   (Surxondaryo,   Farg‘ona),   Ozarbayjon
(Kobiston)dan   topilgan   suratlarda   ham   shu   holni   ko‘ramiz.   Zaravutsoy
(Surxondaryo),   Seymali-tosh   (Farg‘ona)   suratlari   mashhurdir.   Bu   suratlarda
ovchilarning   hayvonlarga   hujumi   aks   ettiriladi.   Zaravutsoydagi   niqob   kiyib
o‘ljasiga yaqinlashayotgan ovchilarni aks ettiruvchi surat o‘tmish hayotining
ma’naviy dunyosini bilishga xizmat qiladi. 
Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g‘oyaviy qarashlari
va   diniy   e’tiqodlarini   o‘rganishda   muhim   ahamiyatga   ega. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
1. David McDowall. An illustrated history of Britain. UK.2006.
2. Ian Shaw, Rober Jameson. A Dictionary of Archaeology.UK.1999.
3. Peter Bogucki, Pam J. Crabtree. Acient Europe. NY. 2004.
4. Anati E. Les origins de l'art et la formation de l'esprit humain. Paris, 
1989.
5. Boriskovskiy P.I. Drevneyshee proshloe chelovechestvo M. 1980. 
6. Boriskovskiy P.I. Grigorev G.P. Paleolit Afriki.  Leningrad. 1977.
7. Korobkov   I.I.   Ranov   V.A.   Paleolit   Blijnego   i   Srednego   Vostoka   .
Leningrad 1978. 
8. Boriskovskiy  P.I. Kamennыy  vek  Yujnoy i Yuga  – Vostochnaya  Azii
Leningrad. 1971 
9. Derevyanko   A.P.   Kamenn ы y   vek   Severnoy   Vostochnoy   Sentralnoy
Azii.  Novosibirsk 1975 
10. Yelinek   Ya.;   Bolshoy   illyustrirovann ы y   atlas   pervob ы tnogo
cheloveka.  Artiya Praga. 1982

Paleolit davri san’ati Reja: 1. Paleolit davri qoyatosh suratlari. 2. Ye vropa paleolit san’atining o‘rganilishi tarixi. 3. Paleolit davri ibtidoiy ajdodlarimizning diniy tasavvurlari.

1.1 Ilk paleolit davri – bu davr yodgorliklarining sanasi 700-500 ming yil avval boshlanib, miloddan avvalgi 15000 yilliklargacha davom etgan va Ashel davri deb yuritilgan. Chunki Ashel davri yodgorliklari O‘zbekistonda bo‘lmagan. Ashel davri oxirida Yevropani shimoliy mintaqalarini qalin muz qoplagan. Lekin U. Ismoilov shu davr odamini qoldig‘ini (bosh suyagini bir bo‘lagi, yelka suyagi va 10 ta tish qoldig‘ini) topib o‘rgangan Farg‘ona vodiysini Selung‘ur g‘oridan, A.Qosimov esa Ko‘rbuloq makonini o‘rganib, Ashel davriga oid 22 ta, muste davriga oid 24 ta madaniy qatlamni o‘rganadi. Bunda markaziy Osiyoga odamlar juda erta kelib joylasha boshlaganlar degan xulosaga kelish mumkin. O‘rta paleolit (muste madaniyati) davri – bu davrda mashhur yodgorliklar topilgan va 24 ta madaniy qatlam o‘rganilgan. Ayniksa, Teshiktosh Surxondaryodagi, Obirahmat Toshkent viloyatidan, Xo‘jakent Toshkent viloyatidan, Ko‘lbuloq Toshkent viloyatidan, Samarqand viloyatidan Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Xo‘jamazgil, Navoiy viloyatidan Ustut nomlari o‘rganilib O‘zbekistonning qadimgi madaniyati va san’ati tarixiga oid manbalar topiladi. Teshiktosh g‘ori 5 ta qatlamdan iborat, g‘orni uzunligi 20 m, balandligi 9 m, chuqurligi 21 m bo‘lgan. 2859 tosh qurollar topilgan. 7 Teshiktoshdan 7-11 yashar (qiz bola) Neondertal odamini topilishi buyuk kashfiyot bo‘lgan. Odam suyaklari atrofiga arxar va Buxoro bug‘usi shoxlarini qo‘yilishi dastlabki diniy tasavvurlarni vujudga keltirilishini ko‘rsatadi. Obirahmat makoni va Paltov (tangritog‘ chotqol tizmasidagi) makonidan 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam o‘rganilgan. Makon yoysimon bo‘lgan, og‘zi janubga qaragan, ichi keng bo‘lgan. U yerdan ohaktoshli chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollar, parrandalar, qirg‘ichlar, kurakchalar, keskichlar topilgan. Obirahmat esa hayvon suyagidan ishlangan bigizlar shuningdek bug‘u, tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, arxar suyaklari, gulxan, kul, ko‘mir qoldiqlari topilib, u yerda odamlar 120 - 40000 yil ilgari yashaganlar va tog‘ mevalarini terib, yovvoyi hayvonlarni

ovlaganlar. Qo‘tirbuloq (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘onida) 5 ta madaniy qatlam topilgan. Bu yerdan ikki tomoniga ishlov beruvchi bargsimon qurollar, fil, bug‘u, yovvoyi ot, quyon suyaklari topilgan. Yuqori yoki so‘nggi paleolit davri - miloddan avvalgi 40 - 35000 yil avval boshlangan va 12-10000 yilliklargacha davom etgan. Bu davrda hozirgi zamon odami shakllangan. Bular toshni o‘yish usullarini (retush qilish, sindirib olish, o‘tkirlashni) bilganlar. Bularni mehnat qurollari prizmali, konussimon shaklda bo‘lgan. Bular tosh bilan birga suyak va yog‘ochdan ham foydalanganlar. Bu davr odamlarining buyuk yutug‘i nayza - paykonlarini, irg‘itiladigan nayzalarni, nayza - otkichlarni ixtiro qilganlar. Ishlatilishiga qarab guruhlarga bo‘lganlar (ov qilish, go‘shtni nimtalash, teriga ishlov berish, baliq tutish uchun sanchqi (charpun), arralovchi qurollar, suyak ignalar, bigizlar). Shuning uchun bu davr odamlarini Xamosanienslar ya’ni aqlli, idrokli va ongli odamlar deganlar. Ta’sviriy va amaliy san’atning ibtidosi yuqori paleolitdan boshlangan. Suyakdan ayollar haykalchalari yasalgan, taqinchoqlar yasalib ustiga turli xil tasvirlar o‘yib tushurilgan. O‘rta Osiyoda bu davrga oid 30 dan ortiq yodgorliklar topilgan, ya’ni Samarqand makoni, Toshkent viloyatida Oqtosh, Ko‘lbuloq makonlari o‘rganilib amaliy san’ati shakllanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, 8 chaqmoqtoshga ishlov beradigan ustaxonalar bo‘lgan. Ishqalash yo‘li bilan olov hosil qilganlar. O‘rta tosh (mezolit) davri – 12 - 6000 yilliklarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda insoniyat tomonidan ko‘p kashfiyotlar qilindi. O‘q-yoy kashf etildi va ibtidoiy san’at rivojlandi, ya’ni devorga o‘yib rangli bo‘yoqlar bilan ta’svirlangan san’at paydo bo‘ldi. Butun ta’sviriy san’at na’munasi Surxondaryoning Zarautsoy darasidan topildi. Bunda yovvoyi buqani itlar yordamida ovlash masalasi qizil bo‘yoqlar bilan berilganligi o‘rganildi. 1.2 Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g‘orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so‘nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g‘ori).

O‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo‘ladi. O‘rta Osiyoning tog‘lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil. Bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar)rasmlardir. O‘zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o‘q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg‘a, qopqon kabi narsalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo‘lib, bu rasmlar mezolit- neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumi san’ati tarixi, odamzod tafakkuri, his-tuyg‘ularining paydo bo‘lishi va rivojlanishidan boshlab, yer yuzida birinchi davlatlarning yuzaga kelishigacha bo‘lgan davr san’atini o‘z ichiga oladi, o‘rganadi va tahlil etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy dalillar-mehnat va ov qurollari, uy-anjom va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari yetib kelgan, Shular ibtidoiy jamoa kishisining estetik va diniy qarashlarini bilishga, ibtidoiy jamoaning madaniyati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Tuproq ostida qolib ketgan moddiy yodgorliklar odam va xayvonlar jasadining qoldiqlari, g‘or va yerto‘la devorlariga chizilgan surat va bo‘rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o‘rganishning muhim manbai hisoblanadi. Bulardan tashqari, etnografiya, tarix sohasidagi fan yutuqlari, antropologiya, lingvistika, geologiya, xalq

og‘zaki ijodi, saqlanib qolgan turli afsonalar, fizika, himiya fanlarining yutuqlari ham shu davr tarixi va san’ati haqidagi tushunchalarning oydinlashishiga xizmat qiladi. San’at qachon va qanday paydo bo‘lgan? San’at qadim-qadimda kishilarning mehnati jarayonida yuzaga keldi va rivojlandi. Odamlar mehnat jarayonida shakl tuyg‘usini his etib, ritm, simmetriya tushunchalarini o‘zlashtira boshladilar. Ular mehnat jarayonida tabiat kuchlarini o‘zlariga bo‘ysundira boshladilar. Ishlatilayotgan buyumlarning shakli bajarayotgan mehnatlarini osonlashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkinligini tushundilar. Qulay mehnat qurollarining unumi ularda o‘z qurollariga nisbatan mehr tuyg‘ularini uyg‘ota bordi. Ular o‘z qurollariga bezak berish orqali o‘z mehrlarini izhor etishga harakat qila boshladilar. Odamlarda qulaylik va foydalilik tushunchalarining yuzaga kelishi voqelikdagi, hayotdagi go‘zallik va xunukliklarni his etish imyaoniyatini rivojlantira boshladi. Inson madaniyati taraqqiyot olamiga qadam qo‘ydi. San’atning yuzaga kelishi insonning ob’ektiv voqelik to‘g‘risidagi bilimlarining chuqurlashishiga, o‘z avlodi tajribalaridan bahramand bo‘lishga olib keldi. Bu uni tabiat kuchlariga qarshi kurashishga 10 da’vat etdi, uning aqliy kamoloti, estetik qarashlari rivojini ja- dallashtirdi. Ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti bosqichlari. Tarix fani ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyotini uning sotsial tuzilishlga ko‘ra 3 ga ajratadi. 1) ibtidoiy gala bo‘lib yashash davri; 2) urug‘ jamoasi davri (bu davr ikkiga — matriarxat va patriarxat davriga ajraladi); 3) harbiy demokratiya davri. Arxiologiyada ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi qurol yasash uchun ishlatiladigan materiallarga qarab, uch asosiy bosqichga ajraladi: 1. Tosh asri — eramizdan avvalgi 3 ming yillikkacha bo‘lgan davr. 2. Mis va bronza asri— eramizdan avvalgi 3—2 ming yillik. 3. Temir asri — eramizdan avvalgi 1 ming yillik. Tosh asri, o‘z navbatida, uchga bo‘linadi: 1. Qadimgi tosh asri— paleolit — eramizdan avvalgi 10 ming yillikkacha bo‘lgan davr. 2- Urta tosh asri —