“Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlar. Parazitning xo’jayinga ta’siri”
“Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlar. Parazitning xo’jayinga ta’siri” REJA: 1. Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlarning asosiy ko’rinishlari. 2. Parazitning xo’jayinga ta’siri va uning asosiy shakllari: a) mexanik ta’sir va uning salbiy oqibatlari; b) parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi va uning zarari; v) parazitning xo’jayinga zaharli ta’siri; g) parazitning xo’jayin tanasiga boshqa kasallik qo’zg’atuvchilarning kirishi uchun yo’l ochishi.
Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlar “Parazit-xo’jayin” tizimidagi organizmlarni o’zaro munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz, ushbu tizim organizmlarining nafaqat bir-biriga ko’rsatadigan ta’sirini, balki tizmdagi harbir organizmni sherigi tomonidan ko’rsatayotgan ta’sirini sezishi va qabul qilaolish darajasini ham hisobga olish lozimdir. Aslida , parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlar darajasini R.Xegner (1927) va Moshkovskiy Sh.D. (1946) mulohazalariga binoan umumiy parazitologiyaning funksional parazitologiya bo’limi o’rganadi. Ushbu xususiy bo’limning predmeti parazitning xo’jayin tanasiga kirishidan boshlab, uning xo’jayindan chiqib ketishigacha bo’lgan vaqt davomida parazit bilan xo’jayin orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o’rganishdan iboratdir. Umuman olganda ma’lum tashqi muhit omillari ta’sirida parazit bilan xo’jayin orasida yuzaga keladigan munosabatlarni uch tomonlama tahlil qilish mumkin, ya’ni 1. parazitning xo’jayinga ta’siri; 2. xo’jayinning parazitga ta’sir; va 3. tashqi muhit omillarining parazit va xo’jayinga ta’siri. 1. Parazitning xo’jayinga ta’siri. Parazitning o’z xo’jayiniga ko’rsatayotgan ta’sir darajasi birqator sharoitlarga bog’liqdir. Ushbu ta’sir bir tomondan parazit turiga hamda uning morfo-fiziologik xususiyatlari va kasallik qo’zg’ataolish qobiliyatiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan xo’jayin turi, uning tuzilish va rivojlanganlik darajasi, parazitning xo’jayin tanasidagi lokalizasiyasi va nihoyat xo’jayinning parazit ta’sirini qabul qilaolish qobiliyati hamda unga javob qaytarish tezligiga bog’liqdir. Umuman parazit o’z xo’jayinining turli organ, hujayra va to’qimalarida urnashib, o’z faoliyati tufayli xo’jayinga salbiy ta’sirlarni ko’rsatar ekan, bu ta’sirlarni asosan to’rt xilga ajratish mumkin; a) mexanik ta’sir; b) parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi; v) zaharli (toksinli) ta’sir; g) xo’jayin tanasiga boshqa kasallik qo’zg’autvchilarning kirishi uchun yo’l ochishi.
a) Mexanik ta’sir. O’z-o’zidan ma’lumki organizmda biron -bir yot tanachaning bo’lishi organizmga mexanik ta’sir ko’rsatadi. Buning ustiga parazit o’zining birikuvchi organlari bilan yoki oziqa qabul qilish vaqtida xo’jayin tanasiga mexanik ta’sir ko’rsatadi, hatto ektoparazitning tana bo’ylab harakati ham organizmga mexanik jihatdan salbiy ta’sir etadi. Masalan, juda ko’p miqdordagi Trichodina yoki Chilodon infuzoriyalarining baliq qoplag’ichlarida harakatlanishi ta’sirida baliq terisining rangini bo’zilishi yoki teridagi bezlar funksiyasi o’zgarib juda ko’p shilimshiq ajratishi va boshqa salbiy holatlarni namoyon bo’lishiga olib keladi. Ayrim katta ulchamdagi ichak parazitlari ichak yo’lini to’sib qo’yishi va uning o’tkazuvchanlik darajasini keskin pasayishi yoki yo’q qilishi mumkin. Masalan, odamning ingichka ichagida ko’p sondagi askaridalar ( Ascaris lumbricoides ) bo’lganda shunday holat yuzaga kelishi mumkin. Ba’zan esa ichakdagi askaridalar bir-biriga o’ralib, qattiq va yirik tugunlar hosil qilganda ichak devori yorilib ketish hollari kuzatiladi. Shuningdek ayrim ichki organlardagi suyuqlik o’tkazuvchi kanalar ham bekilib qolishi mumkin. Masalan, jigarning o’t yo’llarini jigar qurti ( Fasciola hepatica ) bekitib qo’yadi. Xuddi shuningdek o’pka nematodalari ( Dictyocaulus, Muelleries, Metastrongylus ) bronx va tomoq yo’llarini bekitib quyishi hollari ham kuzatiladi. Ko’pgina parazitlar xo’jayinining to’qimalari va organlarini siqib qo’yishi hamda ularning hajmi va funksiyalarini keskin o’zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, oraliq xo’jayin jigaridagi exinokokk ( Echinococcus granulosus ) ning pufaklari (finkalari) kattalashaborishi tufayli, jigar va unga yondosh bo’lgan to’qima va organlarni mexanik ravishda siqib quyishi mumkin. Bunday paytda ushbu organlarda qattiq og’riq paydo bo’lishi yoki ularda qon aylanish jarayonining bo’zilishi ko’zatiladi. Parazitning ma’lum bir organga mexanik ta’sirining haddan tashqari kuchli bo’lishini qo’ylarda uchraydigan senuroz (multiseps - Multiceps multiceps ning lichinkasi- Coenurus cerebralis) kasalligida ko’rish mumkin. Senur lichinkasi pufagi miyada joylashib olib, o’sishi tufayli unga katta bosim bilan ta’sir etib, qattiq og’riq paydo bo’lishi va aylanma kasalligini
yuzaga kelishi qo’yni (shuningdek oraliq xo’jayin bo’laolishi mumkin bo’lgan echki, ot, qoramol, tuya, cho’chqa, ba’zan odamni ham) o’limgacha olib boradi. Yirik endoparazit trematodalar, sestodalar, tikanboshlilar o’zlarining so’rg’ichlari, ilmoqlari va boshqa birikish organlari bilan ichakning yuza qismini, ichki organlarni yuzasini mexanik shikastlaydi. Masalan, qon so’rg’ichlisi, qoramol gijjasi, cho’chqa gijjasi, baliqlarda parazitlik qiluvchi tikanboshli chuvalchang (skrebni- Echinorhynchus salmonis ) va boshqalarni yopishish organlarini salbiy rolini aytib o’tish mumkin. Ichakda parazitlik qiluvchi ankilostoma yoki askarida lichinkalarining xo’jayinini qon aylanish sistemasi bo’ylab migrasiyasida qon tomirlari, o’pka alveollari, kapillyarlari devorini bo’zishi, o’pkadagi nerv uchlariga mexanik ta’sir ko’rsatishi kabilar ham xo’jayin organizmiga ko’rsatilgan mexanik ta’sirlar hisoblanadi. Shuningdek, ektoparazitlardan monogenoidlar, zuluklar, bo’g’imoyoqlilarning turli guruhlari xo’jayin tanasining tashqi qoplag’ichlariga joylashib olishi xo’jayin hisobidan oziqlanishi maqsadida terini teshishi yoki ayrim guruh turlarining teri ostida parazitlik qilishi va hakozalar xo’jayin tanasiga, uning gavda qoplag’ichlariga mexanik jihatdan ta’sir etib, terini yaxlitligini bo’zadi. Umuman parazitning xo’jayinga ko’rsatgan mexanik ta’siri tufayli ushbu organizmning ma’lum bir hayotiy zarur bo’lgan organini funksiyasini bo’zilishiga yoki u orqali butun organizm faoliyatini izdan chiqishiga olib keladi. b) Parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi. Parazitning ushbu shakldagi ta’siri, birinchi navbatda xo’jayin oziqasining ma’lum bir qismini olishi bo’lsa, ikkinchidan xo’jayin qoni hisobida oziqlanuvchi parazitlarning ajratgan birikmalari qon xujayralarini eritishi hamda gemoglobin tarkibini kamayishi ham sodir bo’ladi. Oqibatda esa xo’jayin organizmida jiddiy salbiy o’zgarishlar namoyon bo’ladi. Xo’jayin oziqasi tarkibidagi ayrim zaruriy moddalarning parazit tomonidan istemol qilinishi ko’pgina ichak parazitlari uchun xosdir, lekin uning salbiy oqibatlari hardoim ham aniq namoyon bo’lavermaydi. Ichak parazitlari qanchalik yirik bo’lsa yoki mayda ichak parazitlarining ichakdagi individlaridan
tashkil topgan to’plamlari qanchalik ko’p bo’lsa, salbiy oqibatlar shunchalik aniq yuzaga chiqadi. Haqiqatdan ham yirik chuvalchanglardan qoramol solityori, keng tasma, moniyeziya (Taeniarhynclus saginatus, Difhyllobothrium latum, Moniezia expansa) kabilar ichakda yashab, xo’jayinini ko’p miqdordagi oziqasini istemol qilib, juda og’ir kasalliklarga duchor qiladi. Ushbu chuvalchanglar juda tez o’sish xususiyatiga ega. Masalan, odam ichagidagi qoramol solityori bir sutkada 6-10 sm o’zayadi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday shiddat bilan o’sish juda katta miqdordagi to’yimli oziqa mahsulotlari hisobida bo’ladi. Bu mahsulotlarni solityor butun tana sathi orqali osmotik usul bilan so’rib oladi. Ayrim ichak parazitlari nafaqat xo’jayinining ma’lum bir qism oziqasini qabul qiladi, balki organizm uchun zarur bo’lgan vitaminlarni ham ko’plab so’rib oladi. Masalan, keng tasma o’zining tanasida juda ko’p miqdorda vitamin V 12 to’playdi. Ushbu vitamin aslida ichakda esherixiya (Escherichia coli) bakteriyalarining faoliyati tufayli hosil bo’ladi. Keng tasma gijjasi xo’jayin organizmini zarur antianemiya vitaminidan mahrum qilishi tufayli organizmda kamqonlik (anemiya) kasalligi paydo bo’ladi. Ba’zi nematodalar, shuningdek trematodalar ham qon so’ruvchi hasharotlar va kanalar singari xo’jayinining ko’p miqdordagi qonini so’rishi oqibatida ancha og’ir kasalliklarni namoyon bo’lishiga olib keladi. Masalan, ichakda gematofag parazit nematodalardan ankilostoma va nekatorlar (Ancylostoma duodenale, Necator americanus) ichak devorini bo’zib, qon bilan oziqlanishlaridan tashqari, ichak bo’shlig’iga ko’p miqdorda qon oqib tushishiga ham sabab bo’ladilar. Ichakda ushbu nematodalar ko’p bo’lgan vaqtda xo’jayinda kamqonlik paydo bo’ladi, chunki bitta ankilostoma bir sutkada xo’jayinining (odamning) 0,37 mm 3 qonini so’rib istemol qiladi. Xo’jayinda paydo bo’lgan anemiya kasalligida eritrositlar soni ba’zan 800000 donagacha va gemoglobin miqdori esa 12-15% gacha pasayadi. Bunday alomatlar askaridoz va trixosefalezda ham ko’zatiladi. Parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi va organizmning normal faoliyati uchun zarur bo’lgan qimmatli moddalarning yetishmasligi ko’p hollarda uning jinsiy bezlari faoliyatining keskin bo’zilishiga sabab bo’ladi. Jinsiy bezlar uchun