logo

Parazitizmning hayvonlar olamida tarqalishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.6884765625 KB
“ Parazitizmning hayvonlar olamida tarqalishi ”
REJA:
1. Parazitizmning birxujayrali hayvonlar orasida tarqalishi.
2. Parazitizmning   turli   gelmintlarning   tiplari   va   sinflari   orasida
tarqalishi.
3. Parazitizmning bo’g’imoyoqlilar orasida tarqalishi.
4. Parazitizmning umurtqali hayvonlar orasida tarqalishi. Parazitizmning hayvonlar olamida tarqalishi
Tabiatda   parazitizm   hodisasi   o’ziga   xos   munosabat   sifatida   hayvonlar
orasida   juda   keng   tarqalgan.   Turli   tiplar   va   guruhlar,   shuningdek   sinflar   orasida
simbiozning ushbu shakli har xil raqamlarni tashkil etadi.
Bir   xujayrali   hayvonlar   kichik   olami   30   mingdan   ortiq   turni   o’z   ichiga
oladigan   bo’lsa,   shundan   9   mingga   yaqin   turi   (30%)   parazitlik   bilan   hayot
kechiradi.   Ushbu   raqam   bir   xujayrali   hayvonlar   tiplari   bo’yicha   qo’yidagicha
taqsimlanadi, ya’ni
1.  Sarkomastigaforalar tipi - 2000 tur.
2.  Sporalilar tipi   - 4000 tur.
3.  Miksosporidiyalar (knidosporidiyalar) tipi - 1000 tur
4.  Mikrosporidiyalar tipi - 1000 tur
5.  Infuzoriyalar tipi  - 1000 tur.
Bir   xujayrali   hayvonlarning   tiplaridagi   mavjud     umumiy   turlarga   nisbatan
parazitlar   soniga   nazar   tashlaydigan   bo’lsak,   sporalilar   ( Sporozoa ),
miksosporidiyalar   ( Myxosporidia )   va   mikrosporidiyalar   ( Microsporidia )   tiplari
faqat   parazit   turlardan   tashkil   topgan.   Ular   orasidagi   turlarning   birontasi   ham
tashqi muhitda erkin hayot kechirish qobiliyatiga ega emas. Ushbu uchchala tip bir
xujayralilari turli-tuman umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shuningdek odamda
parazitlik   qilib   yashashga   moslashgandir.   Ayniqsa,   koksidiyalar,   qon   sporalilari,
mikrosporidiyalar   umurtqali   hayvonlar   (ovlanadigan   baliqlar,   uy   parrandalari,
chorva hayvonlari) va odamlar orasida xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi bilan
e’tiborga sazovordir.
Sarkomastigaforalar   tipining   sarkodalilar   (soxta   oyoqlilar)   sinfi   11000
turdan   iborat   bo’lsa,   shundan   500   ga   yaqin   (4,5%)   turi   parazitlik   bilan   yashaydi.
Ushbu sinfning amyobalar (Amoebina) turkumida parazit  turlar anchaginadir.
Xivchinlilar   sinfining   9   mingga   yaqin   turlaridan   1500   turi   parazitlar
hisoblanadi.   Parazitlik   bilan   hayot   kechirish   tarzi   sinfning   zoomastigina   kenja sinfidan   kinetoplastidalar   ( Kinetoplostida ),   gipermastiginalar   ( Hypertastigina ),
ayniqsa ko’p xivchinlilar ( Polymastigina ) va opalinalar ( Opalina ) turkumlarining
turlari   orasida   keng   tarqalgandir.   O’simliksimon   xivchinlilar   kenja   sinfidan   esa
qalqondor xivchinlilar ( Peridinea ) turkumining ham 60 dan ortiq turi parazitlardir.
               Infuzoriyalar tipining 8000 dan ortiqroq turlaridan 1000 ga yaqin (12,5 %)
turi parazitlik bilan hayot kechiradi.
         Kiprikli infuzoriyalar sinfining spiral kipriklilar ( Spirotricha ) kenja sinfidan
har xil kipriklilar ( Heterotricha ), qorin kipriklilar ( Hypotricha ) va kam kipriklilar
( Oligotricha ) turkumlari anchagina parazit turlarni o’z ichiga oladi. Bu parazitlar
ignatanlilar   ichagida,   ba’zilari   amfibiyalarda   parazitlik   qiladi.   Sinfning   teng
kipriklilar kenja sinfidan ( Holotricha ) ixtiofitiriuslar, trixodinalar va balantidiylar
guruhlarining parazit turlari e’tiborga sazovordir. Ular baliqlarning ektoparazitlari
sifatida,   sut   emizuvchilar   va   odamning   ovqat   hazm   qilish   sistemasining
endoparazitlari   sifatida   amaliy   ahamiyatga   egadir.   Bulutsimonlar   yoki
g’ovaktanlilar   (Spongia et Porifera ) tipi nuqul erkin yashovchi va passiv (o’troq)
hayot kechiruvchi hayvonlardan iboratdir.
Kovakchililar ( Coelenterata ) tipining 9000 ga yaqin turlaridan faqatgina 25-
30 turi parazitlik bilan hayot kechiradi.
Ushbu   tipining   Narcomedusae   guruhiga   mansub   bo’lgan   Cunina,
Cunocantha   kabi   avlodlarning   20   ga   yaqin   turlari   boshqa   meduzalarning
gastrovaskulyar   sistemasida   parazitlik   qilishi,   shuningdek   ayrim   baliqlarning
tuxumlarida   (uvildiriqda)   parazitlik   qiluvchi   Polypodium   hydrirforme   kabilarni
aytib o’tish o’rinlidir.
Taroqlilar   ( Ctenophora)   tipidan   esa   Gastrodes   turi   salplarning   gavda
bo’shlig’ida parazitlik qiladi.
Parazitizm   hodisasi   chuvalchanglarning   turli   tiplari,   guruhlari,   sinflari   va
kenja sinflari orasida keng tarqalgan. Yassi chuvalchanglarning 5-ta sinfidan 4 tasi
faqat parazit turlarni o’z ichiga oladi. Ushbu tipning faqat kiprikli chuvalchanglar
( Turbellaria )   sinfining   3500   dan   iborat   turlaridan   100-ga   yaqini   parazitlik   qilib
hayot kechiradi. So’rg’ichlilar sinfi 7000 turdan ortiroq, monogenoidlar sinfi 2500 ga   yaqin   turdan,   lentali   chuvalchanglar   sinfi   4000   turdan,   va   nihoyat
sestodsimonlar   sinfi   birnecha   o’n   turdan   iborat   bo’lib   ularning   hammasi   faqat
parazitlar  hisoblanadi. Umuman olganda yassi  chuvalchanglarni  17 mingga yaqin
turi  ma’lum  bo’lsa,  shunda  13,5 mingdan  ko’proq turlari  (79,4%)  parazitlik bilan
yashashga moslashgan.
Nemertinalar   ( Nemertini)   tipining   ma’lum   bo’lgan   1000   turidan   10   dan
ortiqroq   turlari   parazit   hisoblanadi.   Ushbu   tipga   qarama-qarshi   ravishda,
xartumboshlilar   ( Acanthocephales )   tipi   hammasi   bo’lib   500   turni   o’z   ichiga
oladigan   bo’lsa,   ularning   barchasi   parazitlik   bilan   hayot   kechirishga
moslashgandir.
Ipsimon   chuvalchanglar   tipiga   30   mingga   yaqin   tur   kiradi.   Ushbu   tipning
nematodalar   sinfi   qariyib   8   ming   parazit   turni   o’z   ichiga   oladi.   Bu   turlar
hayvonlarda,   turli-tuman   o’simliklarda   va   odamda   parazitlik   qiladilar.   Bular
orasida   askaridalar,   ostrisa   va   qilboshlar,   ankilostoma   va   nekatorlar,   trixina   va
rishta   shuningdek   xilma-xil   o’simlik   nematodalari,   (fitogelmintlar),   hasharotlarda
parazitlik qiluvchi entomogelmintlar shular jumlasidandir.
Halqali chuvalchanglar tipi hammasi bo’lib 500 ga yaqin parizit turlarni o’z
ichiga   oladigan   bo’lsa,   ularning   aksariyati   (350   turi)   zuluklardan   iborat,
qolganlarining   100   dan   ko’prog’i   polixetalar   va   50   ga   yaqini   oligoxetalardan
iboratdir.
Mollyuskalar   tipi   140   mingga   yaqin   turlardan   iborat   bo’lsa   ham,   parazitlik
qiluvchi   turlari   100   ga   yaqindir.   Parazit   turlari   asosan   qorinoyoqlilar   sinfining
vakillaridan iborat.
Bug’imoyolilar   tipi   1300000 turdan  iborat   bo’lib,  parazit   turlar   ancha  katta
raqamni   tashkil   etadi.   Qisqichbaqasimonlar   sinfining   20   mingdan   ortiqroq
turlaridan   faqat   2   ming   turi   parazitlar   hisoblanadi.   Bu   parazit   turlar   ayniqsa
Branchiura,   Coperoda,   Cirripedia,   Isopoda   kabi   tuban   qisqichbaqasimonlar
turkumlarining parazit turlaridan tashkil topgan.
Urgimchaksimonlar   sinfining   40000   ga   yaqin   turlaridan   4,5   mingdan
ortiqrog’i parazitlik qiladi. Ushbu sinfning ayniqsa kanalar ( Acarina ) turkumining 3,5   ming   turi   hayvonlarda   va   800   turi   o’simliklarda   parazitlik   qiladi.   Parazitlik
bilan   hayot   kechirish   xususiyati   hasharotlar   sinfi   turlari   orasida   ham   ancha   keng
tarqalgan. Ushbu sinfning ayrim turkumlari, jumladan bitlar, burgalar, tivitxo’rlar
va   junxo’rlar   kabilar   nuqul   parazit   turlardan   iboratdir.   Shuning   bilan   birga
hasharotlarning   boshqa   turkumlari   orasida   ham   ma’lum   miqdorda   parazit   turlar
uchraydi. Masalan, pardaqanotlilar turkumidagi yaydoqchilarning 40 mingga yaqin
turi,   shuningdek   ushbu   turkumning   Chrysidoidea,   Mutillodea   kabi   oilalarining
5,5   mingga   yaqin   turlari   parazitlar   hisoblanadi.   Hasharotlar   sinfiga   kiruvchi
turlarga   yana   chivinlar,   iskaptoparlar,     pashshalar,   so’nalar,   bo’kalar   kabi
guruhlarni ham qo’shadigan bo’lsak, hozirgi kunga kelib ushbu sinfga 50 mingdan
ortiq parazit turlar mansub ekanligini ko’rish mumkin.
Ninatanlilar   orasida   parazit   turlar   yo’q,   lekin   ba’zi   ofiuralar   dengiz
kirpiqlarida sinoykiya (ijarachi) sifatida yashashga moslashgan.
Umurtqali hayvonlar orasida parazitizm hodisasi deyarli kam uchraydi, balki
ularning parazitizmi ko’proq yirtqichlikka o’xshab ketadi. Bunday hayot kechirish
tarzi   ayniqsa   miksinalar   va   minogalar   uchun   xosdir.   Shuningdek   parazitizmga
biroz yaqin bo’lgan yirtqichlik ko’rshapalaklarda ham uchraydi. 
Shunday   qilib,   hayvonlar   olamida   turli   guruh,   tiplar   va   sinflarga   mansub
bo’lgan   hayvonlar   turlari   orasida   parazitizm   hodisasini   son   jihatidan   tahlil
qiladigan   bo’lsak,   bu   raqam   qariyib   86   ming   turni   tashkil   etmoqda.   Agarda   yer
yuzida   hozirgi   mavjud   bo’lgan   hayvonlarni   1,5   mln   turdan   iborat   deb   oladigan
bo’lsak,   ushbu   hayvonlarning   5,8%   ni   parazit   turlar   tashkil   qilishini   ko’rish
mumkin. Parazitizm hodisasini hayvon guruhlari va tiplari bo’yicha tahlil qiladigan
bo’lsak,   eng   ko’p   parazit   turlar   yassi   chuvalchanglarda   (75%),   yumaloq
chuvalchanglarda   (27%)   va   bir   hujayrali   hayvonlarda   (30%)   bo’lishi   ma’lum
bo’ladi.
Parazit turlar deyarli aksariyat tiplar orasida uchraydi, lekin uning turli guruh
va tiplar orasida tarqalishini sinchiklab tahlil qiladigan bo’lsak, ushbu taqsimlanish
ma’lum bir filogenetik qonuniyatlar asosida borganligini sezish mumkin. Birinchi
navbatda ikkilamchi og’izlilar bo’limiga mansub bo’lgan 17 ta sinfning birontasida ham   parazitlar   uchramaydi.   Bunga   qarma-qarshi   ravishda   birlamchi   og’izlilar
bo’limiga  mansub   bo’lgan  37  ta   sinfning  20  tasida  parazit  turlar  mavjud.  Buning
ustiga     7   ta   sinf   hayvonlari   to’la-to’kis   parazit   turlardan   tashkil   topgan.   Bunday
sinflarga   so’rg’ichlilar,   monogenoidlar,   sestodalar,   xartumboshlilar,
qilchuvalchanglar, mezostomidalar va pentostomidalar mansubdir.
Birlamchi   og’izlilar   bo’limidagi   tiplar   va   sinflar   orasida   parazit   turlarning
sonini tarqalish tartibiga e’tibor beradigan bo’lsak, yana bir xususiyatni aniqlagan
bo’lamiz,   ya’ni   ikki   tomonlama   simmetriyalilar   guruhlari   orasida   nisbatan   tuban
taraqqiy   etgan   tip   va   sinflarda   parazitlar   ko’proq   bo’lish   tendensiyasini   payqash
qiyin emas. Masalan, chuvalchanglar guruhi orasida yassi chuvalchanglar bilateral
simmetriyali hayvonlar orasida tuban taraqqiy etgan tip va sinflarda parazit turlar
ko’proq uchraydi. 
Ushbu   qonuniyat   sinflar   orasidagi   guruhlarda   ham   mavjuddir.   Masalan,
qorinoyoqli   mollyuskalar   sinfidagi   old   jabralilar   kenja   sinfi   ( Prosobranchia )
qorinoyoqlilar   sinfidagi   boshqa   kenja   sinflar   mollyuskalariga   nisbatan   ancha   past
taraqqiy   etgan.   Shunga   binoan   qorinoyoqlilar   sinfidagi   mansub   deyarli   barcha
parazit turlar aynan ana shu old jabralilar kenja sinf vakillari hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar
 
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i 
zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x 
zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2.   A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x 
jivotno’x.   Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 
1990.
3 .   Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik 
dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya 
Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6.   Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.

“ Parazitizmning hayvonlar olamida tarqalishi ” REJA: 1. Parazitizmning birxujayrali hayvonlar orasida tarqalishi. 2. Parazitizmning turli gelmintlarning tiplari va sinflari orasida tarqalishi. 3. Parazitizmning bo’g’imoyoqlilar orasida tarqalishi. 4. Parazitizmning umurtqali hayvonlar orasida tarqalishi.

Parazitizmning hayvonlar olamida tarqalishi Tabiatda parazitizm hodisasi o’ziga xos munosabat sifatida hayvonlar orasida juda keng tarqalgan. Turli tiplar va guruhlar, shuningdek sinflar orasida simbiozning ushbu shakli har xil raqamlarni tashkil etadi. Bir xujayrali hayvonlar kichik olami 30 mingdan ortiq turni o’z ichiga oladigan bo’lsa, shundan 9 mingga yaqin turi (30%) parazitlik bilan hayot kechiradi. Ushbu raqam bir xujayrali hayvonlar tiplari bo’yicha qo’yidagicha taqsimlanadi, ya’ni 1. Sarkomastigaforalar tipi - 2000 tur. 2. Sporalilar tipi - 4000 tur. 3. Miksosporidiyalar (knidosporidiyalar) tipi - 1000 tur 4. Mikrosporidiyalar tipi - 1000 tur 5. Infuzoriyalar tipi - 1000 tur. Bir xujayrali hayvonlarning tiplaridagi mavjud umumiy turlarga nisbatan parazitlar soniga nazar tashlaydigan bo’lsak, sporalilar ( Sporozoa ), miksosporidiyalar ( Myxosporidia ) va mikrosporidiyalar ( Microsporidia ) tiplari faqat parazit turlardan tashkil topgan. Ular orasidagi turlarning birontasi ham tashqi muhitda erkin hayot kechirish qobiliyatiga ega emas. Ushbu uchchala tip bir xujayralilari turli-tuman umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shuningdek odamda parazitlik qilib yashashga moslashgandir. Ayniqsa, koksidiyalar, qon sporalilari, mikrosporidiyalar umurtqali hayvonlar (ovlanadigan baliqlar, uy parrandalari, chorva hayvonlari) va odamlar orasida xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi bilan e’tiborga sazovordir. Sarkomastigaforalar tipining sarkodalilar (soxta oyoqlilar) sinfi 11000 turdan iborat bo’lsa, shundan 500 ga yaqin (4,5%) turi parazitlik bilan yashaydi. Ushbu sinfning amyobalar (Amoebina) turkumida parazit turlar anchaginadir. Xivchinlilar sinfining 9 mingga yaqin turlaridan 1500 turi parazitlar hisoblanadi. Parazitlik bilan hayot kechirish tarzi sinfning zoomastigina kenja

sinfidan kinetoplastidalar ( Kinetoplostida ), gipermastiginalar ( Hypertastigina ), ayniqsa ko’p xivchinlilar ( Polymastigina ) va opalinalar ( Opalina ) turkumlarining turlari orasida keng tarqalgandir. O’simliksimon xivchinlilar kenja sinfidan esa qalqondor xivchinlilar ( Peridinea ) turkumining ham 60 dan ortiq turi parazitlardir. Infuzoriyalar tipining 8000 dan ortiqroq turlaridan 1000 ga yaqin (12,5 %) turi parazitlik bilan hayot kechiradi. Kiprikli infuzoriyalar sinfining spiral kipriklilar ( Spirotricha ) kenja sinfidan har xil kipriklilar ( Heterotricha ), qorin kipriklilar ( Hypotricha ) va kam kipriklilar ( Oligotricha ) turkumlari anchagina parazit turlarni o’z ichiga oladi. Bu parazitlar ignatanlilar ichagida, ba’zilari amfibiyalarda parazitlik qiladi. Sinfning teng kipriklilar kenja sinfidan ( Holotricha ) ixtiofitiriuslar, trixodinalar va balantidiylar guruhlarining parazit turlari e’tiborga sazovordir. Ular baliqlarning ektoparazitlari sifatida, sut emizuvchilar va odamning ovqat hazm qilish sistemasining endoparazitlari sifatida amaliy ahamiyatga egadir. Bulutsimonlar yoki g’ovaktanlilar (Spongia et Porifera ) tipi nuqul erkin yashovchi va passiv (o’troq) hayot kechiruvchi hayvonlardan iboratdir. Kovakchililar ( Coelenterata ) tipining 9000 ga yaqin turlaridan faqatgina 25- 30 turi parazitlik bilan hayot kechiradi. Ushbu tipining Narcomedusae guruhiga mansub bo’lgan Cunina, Cunocantha kabi avlodlarning 20 ga yaqin turlari boshqa meduzalarning gastrovaskulyar sistemasida parazitlik qilishi, shuningdek ayrim baliqlarning tuxumlarida (uvildiriqda) parazitlik qiluvchi Polypodium hydrirforme kabilarni aytib o’tish o’rinlidir. Taroqlilar ( Ctenophora) tipidan esa Gastrodes turi salplarning gavda bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Parazitizm hodisasi chuvalchanglarning turli tiplari, guruhlari, sinflari va kenja sinflari orasida keng tarqalgan. Yassi chuvalchanglarning 5-ta sinfidan 4 tasi faqat parazit turlarni o’z ichiga oladi. Ushbu tipning faqat kiprikli chuvalchanglar ( Turbellaria ) sinfining 3500 dan iborat turlaridan 100-ga yaqini parazitlik qilib hayot kechiradi. So’rg’ichlilar sinfi 7000 turdan ortiroq, monogenoidlar sinfi 2500

ga yaqin turdan, lentali chuvalchanglar sinfi 4000 turdan, va nihoyat sestodsimonlar sinfi birnecha o’n turdan iborat bo’lib ularning hammasi faqat parazitlar hisoblanadi. Umuman olganda yassi chuvalchanglarni 17 mingga yaqin turi ma’lum bo’lsa, shunda 13,5 mingdan ko’proq turlari (79,4%) parazitlik bilan yashashga moslashgan. Nemertinalar ( Nemertini) tipining ma’lum bo’lgan 1000 turidan 10 dan ortiqroq turlari parazit hisoblanadi. Ushbu tipga qarama-qarshi ravishda, xartumboshlilar ( Acanthocephales ) tipi hammasi bo’lib 500 turni o’z ichiga oladigan bo’lsa, ularning barchasi parazitlik bilan hayot kechirishga moslashgandir. Ipsimon chuvalchanglar tipiga 30 mingga yaqin tur kiradi. Ushbu tipning nematodalar sinfi qariyib 8 ming parazit turni o’z ichiga oladi. Bu turlar hayvonlarda, turli-tuman o’simliklarda va odamda parazitlik qiladilar. Bular orasida askaridalar, ostrisa va qilboshlar, ankilostoma va nekatorlar, trixina va rishta shuningdek xilma-xil o’simlik nematodalari, (fitogelmintlar), hasharotlarda parazitlik qiluvchi entomogelmintlar shular jumlasidandir. Halqali chuvalchanglar tipi hammasi bo’lib 500 ga yaqin parizit turlarni o’z ichiga oladigan bo’lsa, ularning aksariyati (350 turi) zuluklardan iborat, qolganlarining 100 dan ko’prog’i polixetalar va 50 ga yaqini oligoxetalardan iboratdir. Mollyuskalar tipi 140 mingga yaqin turlardan iborat bo’lsa ham, parazitlik qiluvchi turlari 100 ga yaqindir. Parazit turlari asosan qorinoyoqlilar sinfining vakillaridan iborat. Bug’imoyolilar tipi 1300000 turdan iborat bo’lib, parazit turlar ancha katta raqamni tashkil etadi. Qisqichbaqasimonlar sinfining 20 mingdan ortiqroq turlaridan faqat 2 ming turi parazitlar hisoblanadi. Bu parazit turlar ayniqsa Branchiura, Coperoda, Cirripedia, Isopoda kabi tuban qisqichbaqasimonlar turkumlarining parazit turlaridan tashkil topgan. Urgimchaksimonlar sinfining 40000 ga yaqin turlaridan 4,5 mingdan ortiqrog’i parazitlik qiladi. Ushbu sinfning ayniqsa kanalar ( Acarina ) turkumining

3,5 ming turi hayvonlarda va 800 turi o’simliklarda parazitlik qiladi. Parazitlik bilan hayot kechirish xususiyati hasharotlar sinfi turlari orasida ham ancha keng tarqalgan. Ushbu sinfning ayrim turkumlari, jumladan bitlar, burgalar, tivitxo’rlar va junxo’rlar kabilar nuqul parazit turlardan iboratdir. Shuning bilan birga hasharotlarning boshqa turkumlari orasida ham ma’lum miqdorda parazit turlar uchraydi. Masalan, pardaqanotlilar turkumidagi yaydoqchilarning 40 mingga yaqin turi, shuningdek ushbu turkumning Chrysidoidea, Mutillodea kabi oilalarining 5,5 mingga yaqin turlari parazitlar hisoblanadi. Hasharotlar sinfiga kiruvchi turlarga yana chivinlar, iskaptoparlar, pashshalar, so’nalar, bo’kalar kabi guruhlarni ham qo’shadigan bo’lsak, hozirgi kunga kelib ushbu sinfga 50 mingdan ortiq parazit turlar mansub ekanligini ko’rish mumkin. Ninatanlilar orasida parazit turlar yo’q, lekin ba’zi ofiuralar dengiz kirpiqlarida sinoykiya (ijarachi) sifatida yashashga moslashgan. Umurtqali hayvonlar orasida parazitizm hodisasi deyarli kam uchraydi, balki ularning parazitizmi ko’proq yirtqichlikka o’xshab ketadi. Bunday hayot kechirish tarzi ayniqsa miksinalar va minogalar uchun xosdir. Shuningdek parazitizmga biroz yaqin bo’lgan yirtqichlik ko’rshapalaklarda ham uchraydi. Shunday qilib, hayvonlar olamida turli guruh, tiplar va sinflarga mansub bo’lgan hayvonlar turlari orasida parazitizm hodisasini son jihatidan tahlil qiladigan bo’lsak, bu raqam qariyib 86 ming turni tashkil etmoqda. Agarda yer yuzida hozirgi mavjud bo’lgan hayvonlarni 1,5 mln turdan iborat deb oladigan bo’lsak, ushbu hayvonlarning 5,8% ni parazit turlar tashkil qilishini ko’rish mumkin. Parazitizm hodisasini hayvon guruhlari va tiplari bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, eng ko’p parazit turlar yassi chuvalchanglarda (75%), yumaloq chuvalchanglarda (27%) va bir hujayrali hayvonlarda (30%) bo’lishi ma’lum bo’ladi. Parazit turlar deyarli aksariyat tiplar orasida uchraydi, lekin uning turli guruh va tiplar orasida tarqalishini sinchiklab tahlil qiladigan bo’lsak, ushbu taqsimlanish ma’lum bir filogenetik qonuniyatlar asosida borganligini sezish mumkin. Birinchi navbatda ikkilamchi og’izlilar bo’limiga mansub bo’lgan 17 ta sinfning birontasida