logo

Pedagogik dasturiy vositalar. Kompyuterlarda namoyish dasturlari bilan ishlash texnologiyalari. Power Point dasturi bilan ishlash asoslari.

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

766.025390625 KB
Pedagogik dasturiy vositalar. Kompyuterlarda namoyish  dasturlari  bilan
ishlash texnologiyalari .  Power Point dasturi bilan ishlash asoslari .
Reja:
1. Pedagogik dasturiy vositalar.
2. Kompyuterlarda namoyish  dasturlari  bilan ishlash texnologiyalari .
3. Power Point dasturi bilan ishlash asoslari. 1. Pedagogik dasturiy vositalar.
Pedagogik   dasturiy   vositalar   –   kompyuter   texnologiyalari   yordamida
o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik
vosita   hisoblanadi.   Ular   ta`lim   jarayonini   samaradorligini   oshirishning   istiqbolli
shakllaridan   biri   hisoblanib,   zamonaviy   texnologiyalarning   o`qitish   vositasi
sifatida ishlatiladi. 
Pedagogik   dasturiy   vositalar   tarkibiga:   o`quv   fani   bo`yicha   aniq   didaktik
maqsadlarga   erishishga   yo`naltirilgan   dasturiy   mahsulot   (dasturlar   majmuasi),
texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi. 
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
- o`rgatuvchi   dasturlar   –   o`quvchilarning   bilim   darajasi   va   qiziqishlaridan
kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;
- test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki
baholash maqsadlarida qo`llaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi; 
- o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar .
  Pedagogik   dasturiy   vositalarni   yaratish   texnologiyasini   amalga   oshirish
maqsadida   ularning   an`anaviy   vositalardan   ustunligini   tasdiqlovchi   qator   ijobiy
omillar   mavjud.   Mazkur   omillar   didaktik,   psixologik,   iqtisodiy,   fiziologik
guruhlarga ajratildi. 
Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan   didaktik talablarga   quyidagilar
kiradi:   ilmiylik,   tushunarli,   qat`iy   va   tizimli   bayon   etilishi   bilan   birgalikda
(pedagogika,   psixologiya,   informatika,   ergonomikaning   asosiy   tamoyillarini,
zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini
qurish   imkoniyatini   ta`minlash),   uzluksizlik   va   yaxlitlik   (ilgari   o`rganilgan
bilimlarning   mantiqiy   oqibati   hamda   to`ldiruvchisi   hisoblanadi),   izchillik,
muammolilik,   ko`rgazmalilik,   faollashtirish   (o`qitish   mustaqilligi   hamda   faollilik
xususiyatining   mavjudligi),   o`qitish   natijalarini   o`zlashtirish   mustahkamliligi, muloqotning   interfaolliligi,   o`qitish,   tarbiyalash,   rivojlantirish   va   amaliyotning
yaxlit birligi. 
Metodik   talablarga   quyidagilar   kiradi:   aniq   o`quv   fanining   o`ziga   xos
xususiyatlarini   hisobga   olish,   ma`lum   bir   faning   o`ziga   xosligini   hisobga   olish,
axborotni   zamonaviy   metodlari   o`zaro   bog`liqliligi,   o`zaro   aloqadorliligi,   turli-
tumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik   talablarga   idrok   etish   (verbal-mantiqiy,   sensor-perseptiv),
tafakkur   (tushunchaviy-nazariy,   ko`rgazmali-amaliy),   diqqati   (qat`iyliligi,
boshqaga   ko`chishi),   motivasiya   (ishlashda   faol   shakllari,   yuqori   darajada
ko`rgazmalilik,   o`z   vaqtida   qayta   aloqa   yordamida   o`quvchilarning   yuqori
darajadagi   motivasiyalarini   doimiy   ravishda   rag`batlantirish),   xotira,   tasavvuri,
yoshi   va   individual   psixologik   xususiyatlarini   hisobga   olish   (egallagan   bilim,
ko`nikma   va   malakalarini   hisobga   olib,   o`quv   fani   mazmuni   hamda   o`quv
masalalari   murakkablik  darajasi   o`quvchilarning  yosh  imkoniyatlari  va  individual
xususiyatlariga   mos   kelishi,   o`quv   materialini   o`zlashtirishda   ortiqcha   his-
hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta`sirlanishdan himoyalash) kiradi. 
Texnik   talablarga   shaxsiy   kompyuterlar   va   ularning   tashqi   qurilmalari,   test
o`tkaziladigan manbalar kiradi. 
Tarmoq   talablariga   «mijoz-server»   arxitekturasi,   Internet-navigatorlar,
tarmoq   operasion   tizimlari,   telekommunikasiya,   boshqaruv   vositalari   (o`qitish
jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. 
Estetik   talablarga   quyidagilar   kiradi:   tartiblilik   va   ifodalilik   (elementlari,
joylashishi,   o`lchami,   rangi),   bezashning   funksional   vazifasi   va   ergonomik
talablarga mosligi. 
Maxsus   talablarga   quyidagilar   kiradi:   interfaollik,   maqsadga   yo`nalganlik,
mustaqillik   va   moslashuvchanlik,   audiolashtirish,   ko`rgazmalilik,   kirish   nazorati,
intellektual   rivojlanish,   differensiasiyalash(tabaqalashtirish),   kreativlik,   ochiqlik,
qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik. 
Ergonomik   talablarga   quyidagilar   kiradi:   do`stonalik,   foydalanuvchiga
moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.  Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o`qitishga mo`ljallangan
o`quv   fanining   o`ziga   xos   xususiyatlarini,   uning   qonuniyatlarini,   izlanish
metodlari,   axborotga   ishlov   berishning   zamonaviy   usullarini   joriy   qilish
imkoniyatlarini   hisobga   olishni   ko`zda   tutadi.   Fanlardan   yaratiladigan   pedagogik
dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:
1.   Pedagogik   dasturiy   vositalar   –   o`quv   materialini   taqdim   etishning
tushunchali, obrazli  va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga tayangan
holda qurilishi.
2.   Pedagogik   dasturiy   vositalar   o`quv   materialini   yuqori   tartibli   tuzilma
ko`rinishida ta`minlashi. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlikning hisobga olinishi.
3.   Pedagogik   dasturiy   vositalarda   ta`lim   oluvchiga   o`quv   materialini
bosqichma-bosqich   o`zlashtirganligini   turli   xildagi   nazoratlarni   amalga   oshirish
asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi. 
Pedagogik   dasturiy   vositalar   yaratishda   o`quvchilarning   psixofiziologik
hususiyatlarini   hisobga   olish .   Pedagogik   dasturiy   vositalarni   qo`llash   asosida
o`quvchilarning   mustaqil   ta`lim   olish   ko`nikma   va   malakalarini   shakllantirishda
o`quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart.
Pedagoglarning   pedagogik   dasturiy   vositalar   asosida   imkon   qadar   ko`proq
ma`lumotlarni   yoritishga   intilishi   o`quvchini   ortiqcha   toliqtirishga   olib   kelishi
mumkin. O`z navbatida ma`lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma`lumotlarni
o`zlashtirish   sifatiniing   pasayishiga,   xatoliklar   sonining   ortib   borishiga,
o`quvchining o`zini his qilishi va sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi.
Fiziologik-gigienik   sohada   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   kompyuterda
ishlashda   bilim   oluvchilarning   aqliy   ish   qobiliyati   o`zlashtiriladigan   ma`lumotlar
hajmiga teskari proporsional ravishda o`zgarib borishini e`tirof etadi. Bu quyidagi
sabablar bilan izohlanadi:
- ko`rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;
-   yangiliklarni   qabul   qilishda   yuzaga   keluvchi   dastlabki   ruhiy
ko`tarinkilikning tinib qolishi; -   yuzaga   kelishi   mumkin   bo`lgan   noaniqlik   va   xatoliklar   tufayli   salbiy
hissiyotlarning yig`ilib borishi;
-   katta   miqdordagi   ta`limiy   resurslarni   qabul   qilish   undan   keyingi   axborot
resurslarini faol o`zlashtirishga to`sqinlik qiladi.
Bu   holat   ta`lim   jarayonida   pedagogik   dasturiy   vositalarni   ishlab   chiqish   va
joriy   etishda   zarur   didaktik,   psixofiziologik   hamda   metodik   talablarni   hisobga
olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi. 
Pedagogik   dasturiy   vositalarning   psixofiziologik   jihatdan   samaradorligi
birinchidan: o`quvchilarning o`quv materiallarini o`zlashtirishi, tarbiyalanganlik va
intellektual   rivojlanganligi,   ishchanlik   ko`rsatkichlari,   motivasion   barqarorlik
darajalari   bilan   belgilanadi.   Ikkinchidan,   o`qituvchi   faoliyati   bilan   bog`liq   bo`lib,
o`qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta`lim  vositalaridan rasional
foydalanish   ko`rsatkichlari,   o`qituvchining   mehnat   faoliyatiga   nisbatan   barqaror
motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.
Mualliflik dasturlari
Bugungi   kunda   jahonning   rivojlangan   mamlakatlari   ta`lim   tizimlarida   turli
o`rgatuvchi  dasturiy vosi talardan keng foydalanilmoqda. O`rgatuvchi  ko`rgazmali
dasturiy   vositalar   mualliflik   dasturiy   ta`minotlari   yordamida   yaratiladi.   Ta`lim
jarayonida   bunday   dasturlardan   foydalanish   yuqori   natijalarga   olib   kelmoqda,
sababi   auditoriyada   uzatiladigan   bilimlarga   oid   axborotlarni   qabul   qilish   va
vazifalarni   bajarishda   o`quvchi   bir   vaqtning   o`zida   eshitib,   ko`rib,   o`zlashtiradi.
Mualliflik   dasturiy   ta`minoti   —   kompyuter   texnologiyalari   yordamida   o`quv
jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy vosita
hisoblanadi.   Ular   ta`lim   jarayoni   samaradorligini   oshirishning   istiqbolli
shakllaridan   biri   hisoblanib,   zamonaviy   texnologiyalarning   o`qitish   vosi tasi
sifatida   qo`llaniladi.   Mualliflik   dasturiy   ta`minotlar   yordamida   elektron   darsliklar
yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan
holda   eng   muhim   tushuncha   va   qonuniyatlarni   tushunish   hamda   yodda   saqlashni
maksimal   darajada   yengillashtiradi.   Quyida   mualliflik   dasturiy   ta`minotlarining
imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Mualliflik   dasturlariga   misol   qilib,   Articulate   Storyline,   Adobe   Captivate,
CourseLab,  iSpringPro,  Lectora   kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin.
Articulate   Storyline   kurslar
yaratish   uchun   mo`ljallangan   eng
mashhur dasturlardan biri bo`lib, u
moslashuvchan,   foydalanishda
qulay   va   turli   maqsadli   kurslar
yaratish   uchun   ishlab   chiqilgan.
Articulate   Storyline   —   uch   utilitli
(Presenter,   Quizmaker,   Engage)
paket,   o`rgatuvchi   kurslarni,
taqdimotlar,   testlar   va   kontentning   boshqa   shakllarini   iPadda   ko`rish   va   masofali
ta`lim   tizimlariga   integ rallanishi   mumkin   bo`lgan   Flash   va   HTML5   formatlarda
yaratish   imkoniyatini   beradi.   Dastur   murakkab   interfaol   senariylarni   amalga
oshirish   uchun   deyarli   cheksiz   imkoniyatlarni   taklif   etadi.   Endi   o`quv   kursining
murakkab   interfaol   senariysini   yaratish   uchun   dastur   tuzishni   yoki   flashni
qo`llashni   bilish   shart   emas   —   Storyline   buning   uchun   barcha   vositalarni   taklif
etadi.   Ushbu   dasturning   xusu siyati   oson   o`zlashtirilishida,   shuningdek,
yaratilayotgan   loyihalar ning   yorqin   vizual   uslubida:   Articulate   mahsulotlarida
ishlangan   roliklar   boshqa   e-learning   muharrirlaridan   ko`ra   yanada   zamonaviyroq
va   dinamikroq   ko`rinadi.   Dastur   Microsoft   Office   2007ga   o`xshash   interfeysga
ega,   ishlab   chiquvchilar,   foydalanuvchilar,   o`rganichlari   oson   bo`lishi   maqsadida
tashqi ko`rinishini PowerPointga maksimal o`xshashligini ta`minlangan. YUqorida
buyruqlar to`plamidan iborat klassik Ribbon-panel joylashgan.
Barcha turdagi multimediyali kontentlar: video, flash, ovoz, veb-ob`yektlarni
qo`yishni   qo`llab-quvvatlaydi.   Barcha   ko`p   tarqalgan   video   (flv,   avi,   wmv,   mov,
mpeg,   dv,   3g)   va   ovoz   (mp3,   wma,   wav,   m4a,   aac,   aiff,   ogg)   formatlari
importlanadi,   bundan   tashqari,   Internetdagi   rolikning   HTML-kodini   yoki   veb- kameradan video-yozish, ovozni esa mikrofondan yozib qo`yish mumkin. SWF   —
roliklari   ham   muammosiz   qabul   qilinadi,   bu   esa   boshqa   multimediya
muharrirlarining   loyihalari   bilan   integrasiyalash   bo`yicha   cheksiz   imkoniyatlarni
ochadi.   Veb-sahifalar   slaydlarda   freymlar   ko`ri nishida   aks   etadi.   Ulardan
foydalanish mumkin va bu ham roliklarni lo yihalash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Adobe   Captivate—   Mic rosoft
Windows va dasturiy ta`minotni namoyish
etish,   video-darslarni   yozish,   dastur
simulyasiyasini   yaratish,   o`quv
taqdimotlarni   yara tish   va   .swf   formatda
turli   testlarni   yaratish   uchun   qo`llanilishi
mumkin   bo`lgan   Mac   OS   Xning   5
versiyalari   uchun   elektron   ta`limda
qo`llaniladigan   elektron   kurslarni   yaratish   va   tahrirlash   dasturi.   Adobe
Captivatedagi generasiyalangan .swf ni .aviga videoxosting saytlarga konvertasiya
qilish   imkoniyati   mavjud.   Dastur   simulya siyalarini   yaratish   uchun   Captivateda
chap   va   o`ng   sichqoncha   tugmasini   bosish   va   klavishalarni   bosish   mumkin.
SHuningdek, Adobe   Captivateni skrinkastlarni, podkastlarni yaratish va Microsoft
PowerPoint   taqdimotlarini   Adobe   Flash   formatiga   konvertasiya   qilish   uchun
qo`llash mumkin.
Captivate   yordamida   dasturlarning   interfaol   namoyishlari,   simulyasiyalar,
yordamchi   ma`lumotlar,   skrinkastlar,   o`yinlar   va   darslar   yaratish   va   tahrirlash
mumkin.   Captivateda   yaratilgan   skrinkastlar   ekrandan   qilingan   yozuvlarga
nisbatan   ancha   kam   joy   egallaydi.   Foydalanuvchilar   Captivateda   taqdimotlarga
effektlar, faol nuqtalar, matnli sohalar, video va hokazolarni qo`shib tahrirlashlari
mumkin.   Mualliflar   mazmunini   va   u   yoki   bu   elementni   paydo   bo`lish   vaqtlarini
tahrirlashlari   mumkin.   Faol   nuqtalarni   bosish   boshqa   slaydga   o`tish,   shuningdek,
tashqi   murojaatlarga   o`tishni   ta`minlashi   mumkin.   Captivate   tasvirlarni,
PowerPoint   taqdimotlarni,   video,   .flv   va   audiolarni   loyihaga   import   qilishni
qo`llab-quvvatlaydi.   Adobe   Captivate   dasturi   materiallarni   yaratish   va   namoyish etishning   qulay   vositasidir.   Captivate   keng   doiradagi   imkoniyatlarni   taklif   etadi:
Microsoft   PowerPointda   yaratilgan   taqdimotlar   asosida   o`quv   materiallarni
yaratish, monitordagi suratni olib, savolga berilgan javobga bog`liq ravishda o`tish
imkoniyatli testlar yaratish.
CourseLab   dasturi :   CourseLab   —     bu   kuchli   va   shu   bilan   birga
foydalanuvchiga   oddiy   bo`lganb   i nternet   tizimida,   masofaviy   ta`lim   tizimlarida,
kompakt   disk   yoki   boshqa   har   qanday   saqlash   qurilmalarida   ishlatish   uchun
mo`ljallangan   interaktiv   ta`lim   materiallari   (elektron   darsliklar)   tayyorlash   uchun
mo`ljallangan kuchli va ishlatish oson bo`lgan dasturiy vositadir.
CourseLab ning  asosiy imkoniyatlari:  
 WYSIWYG   tizimida   ko`rish   va   natijalarni   olish   mumkin   bo`lgan   ta`lim
materiallarini yaratish va tahrir qilish.
 Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni ta lab qilmaydi.
 Ob e` ktiv   yondashish   har   qanday
murakkablikdagi   ta`lim   mat e riallarini
yaratish imkonini b e radi.
 S e nariylardan   foydalanish
murakkab   ko`p   «Ob e` kt»li   bog`liq -
liklarni yaratishni osonlashtiradi.
 T e stlarni   avtomatik   yaratish
m e xanizmiga ega.
 Ochiq   ob e` ktiv   int e rf e ys   ob e` kt
va   shablonlar   kutubxonasi   va   foydalanuvchi   yaratgan   kutubxonalarni   osonlikcha
k e ngaytirish imkonini b e radi.
 Ob e` ktlar anima s iyasi m e xanizmiga ega.
CourseLab  dasturining interfeysi
CourseLab   yordamida   yaratilgan   ta`lim   materiallari   ishla tilish   turiga
qarab,   elektron   ta`limning   quyidagi:   AICC   ( http://www.aicc.org ),   SCORM   1.2
( http://www.adlnet.org ) standart lariga mos keladi. iSpringPro   dasturi :   iSpringPro   dasturi   .PPT,   .PPTX,   .PPS,   .PPSX
formatdagi   fayllarni   Flash   (.swf)   va   HTML   formatiga   konvertasiyalash
imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi. 
Dastur   orqali   foydalanuvchilar   Flash-roliklar   va   YouTube-video   resurslarni
PowerPoint taqdimot slaydlariga joylashtirishlari mumkin. 
Хususan: 
•   YAratiladigan   elektron   o`quv   kontentlarni   SCORM   va   TinCan   tizimlarga
o`tkazish imkoniyatini beradi, bu esa ixtiyoriy LMS (Learning menegment system)
bilan integrasiyalashtirish mumkin degani. 
 PowerPoint   dasturida   yaratilgan   taqdimot   faylining   xajmini   97%   gacha
siqish imkoniyati mavjud  
 PowerPoint   dasturida   yaratilgan   taqdimot   faylining   himoyalanishini
ta`minlaydi
Ushbu   paket   o`z   ichiga   3   ta   dasturiy   modulni   oladi.   Ular   yordamida   audio,
video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari
va o`quv kurslari, har xil so`rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar, 3D kitob kabi
bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.
1. Elektron   o`quv   kontentlariga   qo`yiladigan   standartlar   (SCORM,
TinCan) va LMSni integrasiyalashtirish
SCORM   standart   paketlari :   SCORM   (angl.   Sharable   Content   Object
Reference   Model   -birgalikda   foydalanish   uchun   ob`yekt   tarkibidagi   namunali
model.
Bu o`quv materiallari orqali bilim oluvchining o`rganilayotgan o`quv kontent
ustida   bajaradigan   xarakatlarini   o`qitishni   boshqaruvchi   tizim   (LMS,   bizning
misolimizda Moodle)ga hisobot ko`rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi
kontentda   mavjud   bo`lgan   slayd(bet)larning   hammasi   bilan   tanishgan   yoki
tanishmaganligi,   har   bir   slayd(bet)ni   o`quvchi   qancha   vaqt   davomida
o`rganganligini,   bu   standartda   (ya`niy   SCORM   yoki   AICC)   yaratilgan   o`quv
kontentni   boshqa   LMS   tizimiga   eksport   qilish   imkoniyati   ham   mavjud.   Hozirgi
vaqtda   mavjud   bo`lgan   taniqli   mualliflik   uskunalarining   (authoring   tools) ko`pchiligi   yaratiladigan   o`quv   kontentni   aynan   SCORM   yoki   AICC   standarti
ko`rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta`lim
resurslarini   aynan   SCORM,   TinCan   API   yoki   AICC   standart   paketlari   asosida
yaratish tavsiya etiladi
Moodle    tizimida    o`quv    jarayonini    tashkillashtirish.
Moodle   –   Web   muhitida   o`qitish   va   on-line   rejimdagi   darslarni   tashkil
qiluvchi kuchli  pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o`qitish
modullari:   Forums,  Materials,  Messenger,  Chat,  Exercises,  Group  work  , Student
tracking va ancha ko`p bo`lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari
IMS,   SCORM   va   boshqa   standartlarni   qo`llab   quvvatlaydi.Tahlillar   shuni
ko`rsatadiki,   boshqa   LMS   tizimlarga   qaraganda   eng   ko`p   qo`shimcha   plagin   va
modullari   mavjud   bo`lgan   dasturiy   majmua   aynan,   Moodle   dasturiy   majmuasi
hisoblanadi.  
Ushbu   majmuaning   asosiy   vazifasi   o`qituvchi   hamda   ta`lim   oluvchi
o`rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga vazifa va masalalarni
joylashtirish orqali ta`lim berish samarasini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi   vaqtda   dunyoning   ko`p   davlatlarining   o`quv   muassasalarida
masofaviy   ta`lim   jarayonini   aynan   Moodle   dasturiy   majmuasidan   foydalangan
holda tashkillashtirilmoqda.
2. Kompyuterlarda namoyish  dasturlari  bilan ishlash texnologiyalari .
Taqdimot   ostida   bu   o’quvchilarga   yangi   ma'lumotlarni   uzatish   yoki   taqdim
etishni   anglatadi,   ya'ni.   umumiy   qabul   qilingan   taqdimot   ommaviy   nutq   uchun
namoyish   materiallari.   Ko'pchilik   uchun   ommaviy   nutqning   istiqboli   shunchaki
shov-shuvga   sabab   bo'lishini   biladi   va   taqdimotni   yaratish   uchun   kompyuter
dasturi shunchaki butun nutqni yodlamaslikka imkon beradi va taqdimot slaydlari
sizning nutqingizning mazmuni bo'ladi
Kompyuter   taqdimoti -   bu   kompyuter   slaydlari   (sahifalari)   shaklida
tayyorlangan   nutq   materiallari   yig'iladigan   fayl.   Projektor   yordamida   ushbu
slaydlarni kengaytirilgan ko'rinishda ekranga tushirish mumkin. Kompyuter   taqdimoti -   bu   kompyuter   slaydlari   (sahifalari)   shaklida
tayyorlangan   nutq   materiallari   yig'iladigan   fayl.   Projektor   yordamida   ushbu
slaydlarni kengaytirilgan ko'rinishda ekranga tushirish mumkin.
Slayd taqdimotining afzalliklari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
 taqdimotning   ketma-ketligi.   O'zgartirish   slaydlar   yordamida
tomoshabinlarning e'tiborini jalb qilish oson;
 rasmiy   cheat   varaqlaridan   foydalanish   qobiliyati. Taqdimot   nafaqat
tomoshabin   ko'radigan   va   eshitadigan   narsadir,   balki   notiq   uchun   esdan
chiqarmaslik kerak bo'lgan narsaga qanday urg'u berish kerakligi;
 multimedia   effektlari. Taqdimot   slayd   nafaqat   rasm,   balki   animatsiya
elementlari, audio va videokliplardan iborat bo'lishi mumkin;
 nusxa   ko'chirish.   Taqdimot   nusxalari   darhol   yaratiladi,   shuning   uchun   har
kim taqdimot materiallarini o'z qo'llariga olishi mumkin;
 tashish   qobiliyati. Taqdimot   disketasi   afishadagi   rolikka   qaraganda   ancha
ixchamdir   va   taqdimot   fayli   osongina   elektron   pochta   orqali   yuborilishi   yoki
Internetda e'lon qilinishi mumkin.
Ish   printsiplari   bo'yicha   prezentatsiya   yaratish   uchun   dasturlar   matn
muharrirlari va vektor grafikasi muharrirlari o'rtasida joylashgan.
Microsoft   taqdimoti   PowerPoint   dasturlari,   Corel   kompaniyasidan   Corel   va
SterDivision GMBH dan StarOffice dasturlari dunyoda taqdimotlarni tayyorlash va
namoyish qilishning asosiy vositalari.
Taqdimot   mustaqil sahifalar seriyasini ifodalaydi: agar matn va rasmlar bitta
sahifaga   to'g'ri   kelmasa,   ortiqcha   qismi   yangi   sahifaga   o'tkazilmaydi,   aksincha
yo'qoladi.   Taqdimot   sahifalarida   ma'lumotni   tarqatish   foydalanuvchi   tomonidan
amalga oshiriladi, shu bilan birga u ko'plab tayyor narsalarga ega.
Microsoftning   eng   ommabop   ofis   dasturlari   to'plami,   foydalanuv-chilar
orasida eng mashhuri, o'z taqdimotiga etarli darajada tayyorgarlik ko'rish imkonini
beradigan   MS   Power   Point   taqdimot   dasturini   o'z   ichiga   oladi.   Uning   yordamida
siz turli xil taqdimotlarni yaratishingiz mumkin: ekranda, slaydlarda va qog'ozda. Microsoft Office PowerPoint Bu kirishga muhtoj bo'lmagan mah-sulotlardan
biridir. Bu shunchaki kompyuterlar uchun (shuningdek Mac) taqdim etiladigan eng
yaxshi   taqdimot   dasturi,   buning   yordamida   hatto   tajribasiz   foydalanuvchilar   ham
professional uslubda taqdimotlar va slaydlar yaratishlari mumkin.
U Internetdan yuklab olinadigan ko'plab shablonlarni o'z ichiga oladi va har 
qanday ta'mga mo'ljallangan animatsiyalar / maxsus effekt-larga to'la. Dastur 
professional tarzda foydalanish uchun mo'ljallangan va biroz ko'proq, aytganda, 
mahalliy, ammo ikkala holatda ham ajoyib natijalarga erishishga imkon beradi.
PowerPoint   Windows   va   MacOS   versiyalarida   mavjud.   Dastur   ofis
to'plamining  bir   qismidir.   Microsoft   Office,   to'lanadigan   va   oyiga  7.00   evro  yoki
119.00   evro   (tanlangan   Office   paketining   turiga   bog'liq),   am-mo   uning   barcha
funktsiyalarini   vaqt   davomida   sinab   ko'rishga   imkon   beradigan   bepul   sinov
versiyasida   mavjud.   cheklangan.   Microsoft   Officeni   Microsoft   do'konida   sotib
olish uchun shu erni bosing, dastur-ning bepul sinov versiyasini yuklab olish uchun
siz PowerPoint-ni qanday qilib yuklab olish bo'yicha darsligimdagi ko'rsatmalarga
amal qilishingiz mumkin..
PowerPoint shuningdek ixtiyoriy ravishda smartfonlar va planshet-lar uchun
ilova   sifatida   ham   mavjud.   Bunday   holda,   dasturdan   foydala-nish   mutlaqo   bepul
(asosiy   versiyada).   Agar   sizda   iPhone   yoki   iPad   bo'lsa,   PowerPoint   Mobileni   bu
yerga bosib yuklab olishingiz mumkin to'g'ridan-to'g'ri iOS qurilmangizdan. Agar
boshqa tomondan, sizda Android smartfoni yoki planshetingiz bo'lsa, dasturni shu
erni bosib olishingiz mumkin.
Windows Phonega kelsak, PowerPoint ilovasi  odatda Microsoft-ning mobil
operatsion   tizimiga   asoslangan   qurilmalarda   oldindan   o'rna-tilgan.   Aks   holda,
dasturni   Windows   do'konidan   yuklab   olishingiz   mumkin.   Siz   uni   qidiruv   satriga
powerpoint yozib qiyinchiliksiz topishingiz mumkin. Shu bilan bir qatorda, bu erga
bosing to'g'ridan-to'g'ri qurilmangizdan.
Agar PowerPoint Windows-da taqdimotlar uchun eng yaxshi das-tur bo'lsa, 
asosiy Bu shubhasiz Mac uchun yaratilgan eng yaxshi taqdi-mot  dasturi.Muammolarga ko'ra, Microsoftning echimiga qaraganda foydalanish 
osonroq va effektlar va xususiyatlarning ko'proq sonini taqdim etadi.
Dastur, aslida, yangi boshlanuvchilarning foydalanuvchi interfeysi va rasmiy
Apple taqdimotlaridagi kabi ajoyib tomoshalar bilan tavsifla-nadi. Dastur 
shuningdek iCloud bilan integratsiyani qo'llab-quvvatlaydi, bu har qanday joyda va
har qanday Apple markali qurilmada taqdimotl-arga kirishga imkon beradi (lekin 
nafaqat).
Keynote - bu yaqinda chiqarilgan Maclarga "standart" taqdim etiladigan 
dastur, ammo uni mavjud bo'lmagan eski kompyuterlarda sotib olish va yuklab 
olish mumkin. Siz papkaga o'tib, Keynote-ni to'g'ridan-to'g'ri Mac-da topishingiz 
mumkin ilovalar yoki bu yerga bosib uni kompyuteringizga yuklab olishingiz 
mumkin.
E'tibor bering, MacOS-dan tashqari, Keynote-ni iPhone va iPad uchun ilova 
sifatida yuklab olish mumkin. Ilova hamma uchun bepul va uni to'g'ridan-to'g'ri 
App Store-dan yuklab olish mumkin 9,99 evro narxida.
LibreOffice Impress
LibreOffice bu Microsoft Office uchun eng yaxshi bepul alternativa sifatida 
tanilgan bepul va ochiq manbali ishchi dasturlarning to'plami. Shunday qilib, u 
taqdimotlar yaratish uchun juda qimmatli dasturni taklif qiladi, Ta'sir qil, bu 
mashhur PowerPoint o'rniga ishlatilishi mumkin.
Ehtimol, bu Microsoft dasturiy ta'minoti kabi bir xil qulaylik yoki ta'sir / 
shablonlarni taklif qilmaydi, ammo bepul sektorda yaxshiroq topish qiyin.
LibreOffice Windows, macOS va Linux uchun mavjud va ulardan bir dona 
sarf qilmasdan foydalanish mumkin. LibreOffice-ni kompyuteringizga yuklab olish
uchun bu erni bosing.
OpenOffice
Taqdimot dasturlari ro'yxatida mavjud bo'lmasligi kerak OpenOffice. Agar siz bu 
haqda hech qachon eshitmagan bo'lsangiz, bilingki, bu ochiq manba, 
xususiyatlardan foydalanib elektron jadvallarni tuzish va tahrir qilish va 
taqdimotlar bilan bir xil ishlarni bajarishga imkon beradigan platforma. taqdimot. Foydalanish juda oson va italyan tilida (imlo tekshirgichi bilan birga). 
Funktsionallik deyarli LibreOffice-ga o'xshash.
LibreOffice bepul va Windows, macOS va Linux bilan mukammal mos 
keladi. OpenOffice-ni kompyuteringizga yuklab olish uchun bu erni bosing.
Windows Live Movie Maker
Sizda Windows kompyuteri o'rnatilgan va men taklif qilgan taqdimot 
dasturlari sizning e'tiboringizni jalb qila olmaydimi? Xo'sh, keyin sinab 
ko'rishingiz kerak Windows Live Movie Maker. Siz bu haqda hech 
eshitmaganmisiz? G'arib! Qanday bo'lmasin, darhol uni tuzatamiz! Bu Microsoft 
tomonidan tarqatiladigan va umuman video tahrirlash va video prezentatsiyalariga 
bag'ishlangan juda mashhur bepul dastur. Uning asosiy vazifasi videolarni 
tahrirlash, tahrirlash va yaratishdan iborat bo'lsa-da, Internetdan yuklab olingan 
yoki smartfonlar, kameralar va boshqalar yordamida tayyorlangan fotosuratlar va 
videolardan foydalangan holda ajoyib taqdimotlar o'tkazishga imkon beradi.
Suratlar va videolar bilan chiroyli slayd-shoularni yaratish uchun Windows 
Live Movie Maker-dan foydalanish juda oddiy. Filmda ishlatilishi mumkin bo'lgan
rasmlar yoki videolarni asosiy dastur oynasiga sudrab tashlang va kerakli o'tish 
effektlari va musiqiy treklarni qo'shing. Oxir oqibat kompyuterga saqlanishi yoki 
to'g'ridan-to'g'ri Facebook va YouTube-da onlayn ravishda baham ko'rilishi 
mumkin.
Windows Live Movie Maker faqatgina Windows-ga tegishli va bepul. 
Dastur paketning bir qismidir. Jonli asarlar ammo undan foydalanish uchun taklif 
qilingan dasturiy ta'minotning qolgan qismini o'rnatish shart emas. Windows Live 
Movie Maker-ni kompyuteringizga yuklab olish uchun bu erni bosing (keyin 
elementni tanlang italiano ochilgan sahifadan) yoki bu erda (ingliz tilidagi 
versiya).
Onlayn taqdimotlar uchun dasturlar.
Prezi
Bir yoki bir nechta prezentatsiyalar yaratmoqchimisiz, lekin 
kompyuteringizda ushbu maqsad uchun yangi dasturlarni o'rnatishni  xohlamaysizmi yoki o'rnatolmayapsizmi? Keyin siz murojaat qilishingiz mumkin 
Prezi. Bu juda ko'p turli xil tayyor shablonlarni ishlatib to'g'ridan-to'g'ri onlayn 
rejimida prezentatsiyalar yaratishga imkon beradigan juda o'ziga xos veb-ilova.
Foydalanish juda oddiy va klassik slaydlarda bo'lgani kabi, "kengaytirilishi" 
va ko'rib chiqilmasligi kerak bo'lgan bitta sahifadan iborat taqdimotlarni yaratish 
imkoniyati bilan o'xshashlikdagi boshqa echimlardan farq qiladi.
Prezi bepul hisob yaratgandan keyin foydalanish mumkin, ammo undan Pro 
versiyasida oyiga 4,33 evro evaziga foydalanish mumkin, buning yordamida turli 
xil va foydali qo'shimcha funktsiyalardan bahramand bo'lish mumkin. Ushbu 
xizmat kompyuteringizda Flash Player o'rnatilgan vaqtgacha barcha veb-brauzerlar
va barcha operatsion tizimlar bilan to'liq ishlaydi (agar men nima haqida 
gaplashayotganimni bilmasangiz, Flash Player-ni qanday yuklab olish bo'yicha 
qo'llanmani o'qing). fikrlaringizni aniqlashtirish uchun). Prezi veb-saytiga ulanish 
uchun bu erni bosing.
Google Drive
Bir qarashda bu joyida ko'rinmasligi mumkin, ammo menga ishoning, bu 
shunday emas: Google Drive Ushbu taqdimot dasturlari ro'yxatining bir qismi 
bo'lishga loyiqdir. Menga ishonmayapsizmi? Xo'sh, endi buning sababini 
tushuntiraman. Shubhasiz, siz hali buni bilmas edingiz, lekin shuni bilishingiz 
kerakki, "oddiy" bulutli saqlash xizmati bo'lishdan tashqari, Google Drive ham 
onlayn qattiq diskning barcha xususiyatlarini (Dropbox kabi) birlashtirgan juda 
rivojlangan onlayn xizmatdir. ) Hujjatlar, jadvallar va hatto prezentatsiyalarni 
to'g'ridan-to'g'ri brauzer orqali, kompyuterga hech narsa o'rnatmasdan, hatto 
qo'shimchani yaratmasdan ham.
Turli xil funktsiyalar uchun uni PowerPoint yoki Keynote kalibrlarining 
professional echimlari bilan taqqoslab bo'lmaydi, ammo asosiy taqdimotlarni 
yaratish uchun zarur bo'lgan barcha narsalarni taqdim etadi: oldindan belgilangan 
andozalar, animatsiyalar, matn vositalari, grafik vositalar va boshqalar. Xizmat 
to'liq italyan tiliga tarjima qilingan va undan foydalanish uchun Google hisobiga 
ega bo'lish zarur (agar sizda yo'q bo'lsa va uni qanday yaratishni bilmasangiz,  Google hisobini qanday yaratish bo'yicha qo'llanmani o'qing). darhol qanday 
choralar ko'rish kerakligini bilish).
Google Drive bepul (hech bo'lmaganda asosiy versiyada) bepul, u barcha 
asosiy brauzerlarda va barcha asosiy operatsion tizimlarda ishlaydi. Taqdimot 
yaratish uchun Google Drive-dan foydalanishni boshlash uchun bu erni bosing, 
keyin tugmachani bosing nuevo chap  yuqori qismida joylashtiring va bosing 
Google taqdimotlari.
Power   Point   dasturi   prezentatsiyalar   bilan   ishlash   (tanishtirish,   taqdimotlar
qilish)   uchun   eng   qulay   dasturiy   vositalaridan   biridir.   Bu   dastur   orqali   xilma-xil
turdagi   qo‘rgazmali   qurollarni   yaratish   mumkin   va   ayrim   joylarda   esa   uni
ma’lumotlar   bazasi   sifatida   ham   qo‘llash   mumkin.Ushbu   dasturda   mulьtimediya
vositalaridan ham keng foydalanish mumkin. Bu erda asosiy tushunchalar slayd va
prezentatsiya hisoblanadi.
Microsoft   Power   Point   dasturi   Windows   qobig‘i   ostida   yaratilgan   bo‘lib,
ushbu   dastur   prezentatsiyalar   (taqdimot   qilish,   ya’ni   tanishtirish)   bilan   ishlash
uchun   eng   qulay   bo‘lgan   dasturiy   vositalardan   biri   hisoblanadi.   Bu   dastur   orqali
barcha   ko‘rgazmali   qurollarni   yaratish   va   ba’zi   joylarda   esa   ma’lumotlar   bazasi
sifatida   hamqo‘llash   mumkin.   Ayrim   xollarda   bu   dasturlarni   multimedia
vositalaridan   boshqarish   va   qo‘llab,   namoyish   etuvchi   qurilmalarga   yuborish
vazifalarini ham bajarish mumkin. 
3. Power Point dasturi bilan ishlash asoslari .
Ushbu   ma’ruzada   taqdimot   muxarrirlari,   ularning   vazifasi,   imkoniyatlari   va
standart shablonlar asosida taqdimotlarni yaratish.Taqdimot slaydlarni boshqarish.
Slaydlar   ustida   amallar(o‘zgartirish,   yangi   slaydlar   qo‘shish   va     taqdim   etish)
slaydlar shakllari va bezash. Taqdimot slaydlarida obektlardan foydalanish (Rasm,
diagramma,   jadval   va   videoroliklar)   taqdimot     namoyishlarini   boshqarish   kabi
ma’lumotlar berilgan. Dasturda   ishlash   uchun   biz   yangi   bo‘lgan   asosiy   tushunchalar   bilan   tanishaylik.  
1.   Taqdimot   muxarrirlari,   ularning   vazifasi,   imkoniyatlari.   Standart
shablonlar   asosida   taqdimotlarni   yaratish.
Maktablarda   foydalanavchilar   uchun   muntazam   ravishda   tadbirlar   o‘tkaziladi,   bu
tadbirlarda   taqdimotlar   tashkil   etiladi. Taqdimotni namoyish etish uchun maktablar
maxsus   proektorlar   bilan   ta’minlangan.     SHu   bilan   birgalikda   o‘qituvchilar
fanlardan   resurs   manbalaridan   foydalanib   dars   uchun   taqdimotlar   yaratishi
mumkin.   SHuning   uchun   prezentatsiyani   (taqdimotni)   yaratish,     uni   tahrirlash,
formatlash,   rasmlar   va   grafiklar   ni   o‘rnatish,   namoyish   kabi   zaruratlar   tug‘iladi.
Ushbu zararutni amalga oshirishda Microsoft Power Point dasturi zarurdir.
U quyidagi imkoniyatlarga ega:
 Prezentatsion slaydlarni yaratish
 Slaydlarni tahrirlash
 Slayd shablonlaridan foydalanish
 Xatolarni tekshirish.
 Rasm, grafik, diagrammalarni o‘rnatish
 Windows  ilovalari hujjatlaridan foydalanish
 Slaydlarda animatsiya effektlarini o‘rnatish
 Slaydlarga audio va video fayllarni qo‘yish
 Prezentatsiyani namoyish etish va boshqalardir.
Maktabda bu amallar yordamida quyidagi faoliyatni amalga oshirish mumkin:
 Konsulьtatsiya va darslar tashkil etish
 Tadbirlar o‘tkazish
 E’lon va ko‘rgazmali materiallar yaratish 
 Sinf xonsai ishlash tartiblari va jadvallarini yaratish
 Taklifnomalar yaratish
 Tabriknomalar yaratish
 Uslubiy qo‘llanmalar yaratish
 Slaydshou yaratish
 Reklama uchun rolik tayyorlash. Prezentatsiya   –   bu   slaydlar   va   maxsus   effektlar   to‘plami   bo‘lib,   ularni   ekranda
ko‘rsatish,   tarqatiladigan   material,   dokladni   plani   va   konspekti   shaklida   bitta
faylda saqlanadi. 
Slayd  – bu prezentatsiyaning alohida kadri bo‘lib, o‘z ichiga matnni, sarlavhalarni,
grafik va diagrammalarni olishi mumkin. 
Animatsiya ( ingl:   animation.   rus:   animatsiya).   Bir   necha   tasvir   yoki   kadrlarni
ko‘rsatishorqali   yaratiladigan   harakat   taqlidi.Televideniedagi   mul ь tfil ь mlar
animatsiyaning   bir   turidir.   Kompyuterlardagi   animatsiya   multimedia
taqdimotlarning eng asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko‘rish
mumkin   bo‘lgan   animatsiyaniyaratish   imkonini   beruvchi   ko‘plab
dasturiyqo‘llanmalar mavjud. Animatsiya va videoo‘rtasidagi farqqa e’tibor bering.
Video davom etuvchi harakatdan iborat bo‘lib, diskret kadrlarga bo‘lingan bo‘lsa,
animatsiya   mustaqil   rasmlar   bilan   boshlanib,   ularni   davom   etuvchi   harakat
tasavvurini yaratish uchun birlashtiradi.
Microsoft   Power   Point   2010   dasturini   ishga   tushirish   uchun   quyidagi
amallarni bajarish lozim (1 – rasm). 
Пуск → Все   программы →Microsoft Office→Microsoft Office PowerPoint 
2010 
  1 – rasm.  Dasturni ishga tushurish ketma – ketligi
Dastur ishga tushurilgandan so‘ng, muloqot oynasi quyidagicha ko‘rinishga 
ega bo‘ladi (2 – rasm)   2 – rasm.  Dastur ishchi oynasi
Ushbu   dasturning   menyulari   ( fayl   файл ,   главная ,   вставка ,   дизайн ,
анимация   va   h. )   Word   va   Excel   dasturlarining   menyusiga   o‘xshash   bo‘lib,
faqatgina   qo‘shimcha   tugmalar   qo‘shilgan.   Misol   uchun   Главная   menyusida
“ создать   слайд ”,   “ макет ”,   va   tugmalar   va   boshqa   kerakli   bo‘lgan   tugmalar
qo‘shilgan.  Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Aripov M. Informatika asoslari. O’quv qo’llanma. –Toshkent: 2002.
2. M.Aripov. Internet va elektron pochta asoslari. T., Universitet, 2000
3. Ayupov   R.X.   Xususiy   komputerda   ishlash.   MS   Word   matn   muharriri.   –T.:
TMI, 2002, 124 bet. 
4. Ayupov   R.X.,   Ilxomova   E.   Komputer   tarmoqlari   va   Internet   tizimi.–T.:   TMI,
2002.
5. Microsoft Assess 2002. Russkaya versiya. Shag za shagom. Prakticheskoe 
posobie. [Per. s angl.  L.V. Sazonova]. – M.: EKOM, 2002. – 352 s.
6. Microsoft Windows XP:  Shag   za   shagom .  Russkaya versiya: [Prakt. posob.]. – 
M.: EKOM, 2002. – 352 s.: il., pril.
7. Microsoft Word. Versiya 2002. Shag za shagom: [Per. s angl. L.V. Sazonova]. 
– M.:EKOM, 2002. – 336 s.: il.
8. Bondarenko S., Bondarenko M.  Word 2003. – SPb.: Piter, 2005. – 380.  (4) s.: 
il. –(Populyarnыy samouchitel).
9. Bott, Ed.  Windows XP. B ы stro i effektivno: per s angl. – SPb.: Piter, 2005. –
320 s.
10. Ye vseev, Georgiy Aleksandrovich.  Noveyshiy samouchitel rabot ы  na 
kompyutere: Effektivn ы y kurs / G. Yevseev, V. Muraxovskiy, S. Simonovich; 
Pod red.  S.
11. Nasreddinova Sh. Excel 7.0 da jadval hisoblagichlar. – T.: TMI, 2002.
12. Sagman Stiv. MS Power Point 7.0. dlya Windows.- Sankt-Peterburg, 
Izdatelstvo «Piter», 1997

Pedagogik dasturiy vositalar. Kompyuterlarda namoyish dasturlari bilan ishlash texnologiyalari . Power Point dasturi bilan ishlash asoslari . Reja: 1. Pedagogik dasturiy vositalar. 2. Kompyuterlarda namoyish dasturlari bilan ishlash texnologiyalari . 3. Power Point dasturi bilan ishlash asoslari.

1. Pedagogik dasturiy vositalar. Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi. Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: - o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi; - test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi; - mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi; - o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo`yiladigan talablar . Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an`anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi. Pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat`iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o`quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta`minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o`rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to`ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko`rgazmalilik, faollashtirish (o`qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o`qitish natijalarini o`zlashtirish mustahkamliligi,

muloqotning interfaolliligi, o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi. Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma`lum bir faning o`ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o`zaro bog`liqliligi, o`zaro aloqadorliligi, turli- tumanligi, amalga oshirilishi. Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko`rgazmali-amaliy), diqqati (qat`iyliligi, boshqaga ko`chishi), motivasiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada ko`rgazmalilik, o`z vaqtida qayta aloqa yordamida o`quvchilarning yuqori darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda rag`batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini hisobga olib, o`quv fani mazmuni hamda o`quv masalalari murakkablik darajasi o`quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o`quv materialini o`zlashtirishda ortiqcha his- hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta`sirlanishdan himoyalash) kiradi. Texnik talablarga shaxsiy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari, test o`tkaziladigan manbalar kiradi. Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar, tarmoq operasion tizimlari, telekommunikasiya, boshqaruv vositalari (o`qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o`lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi. Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo`nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko`rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiasiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik. Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do`stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.

Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o`qitishga mo`ljallangan o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko`zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak: 1. Pedagogik dasturiy vositalar – o`quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga tayangan holda qurilishi. 2. Pedagogik dasturiy vositalar o`quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko`rinishida ta`minlashi. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlikning hisobga olinishi. 3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta`lim oluvchiga o`quv materialini bosqichma-bosqich o`zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o`quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish . Pedagogik dasturiy vositalarni qo`llash asosida o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish ko`nikma va malakalarini shakllantirishda o`quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko`proq ma`lumotlarni yoritishga intilishi o`quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O`z navbatida ma`lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma`lumotlarni o`zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o`quvchining o`zini his qilishi va sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi. Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o`zlashtiriladigan ma`lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda o`zgarib borishini e`tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: - ko`rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi; - yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy ko`tarinkilikning tinib qolishi;

- yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlarning yig`ilib borishi; - katta miqdordagi ta`limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol o`zlashtirishga to`sqinlik qiladi. Bu holat ta`lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi. Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: o`quvchilarning o`quv materiallarini o`zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko`rsatkichlari, motivasion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq bo`lib, o`qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta`lim vositalaridan rasional foydalanish ko`rsatkichlari, o`qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi. Mualliflik dasturlari Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta`lim tizimlarida turli o`rgatuvchi dasturiy vosi talardan keng foydalanilmoqda. O`rgatuvchi ko`rgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta`minotlari yordamida yaratiladi. Ta`lim jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va vazifalarni bajarishda o`quvchi bir vaqtning o`zida eshitib, ko`rib, o`zlashtiradi. Mualliflik dasturiy ta`minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vosi tasi sifatida qo`llaniladi. Mualliflik dasturiy ta`minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta`minotlarining imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.