logo

PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING METODLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.7705078125 KB
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING METODLARI 
Reja 
1.Pedagogik psixologiya fanining  asosiy metodlari .
2. Pedagogik psixologiyaning  prinsiplari.
3. Pedagogik psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari. 
4.Amaliy pedagogik psixologiyaning yo’nalishlari.  Psixologiyaning   asosiy   metodlari.   Aniq   izlanish   predmetiga   ega   bo’lgan
har   qanday   fan   o’sha   predmetining   mohiyatini   yoritish   va   materiallar   to’plash
uchun maxsus  usullar  va vositalardan  foydalanadi  va ular  fanning   metodlari   deb
yuritiladi.   Fanning   salohiyati   va   obro’si   ham   birinchi   navbatda   o’sha   metodlar
yordamida   to’plangan   ma’lumotlarning   ishonchliligi   va   validliligiga   bog’liq
bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi
bu   fanda   juda   katta   ahamiyatga   molik   masala   sifatida   haraladi.   Chunki   yuqorida
ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab,
quloq   bilan   sezish   qiyin.   Lekin   juda   ko’plab   fanlar   bilan   faol   hamkorlik   shunga
olib   kelganki,   psixologiyaning   har   bir   tarmog’i   o’z   vazifalarini   yechish   va
ma’lumotlarga   ega   bo’lish   uchun   ko’plab   metodlarni   sinovlardan   o’tkazib,   eng
ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik   statistika   va   ehtimollar   nazariyasining   psixologiya   sohasida
qo’llanilishi   va   unda   erishilgan   muvaffaqiyatlar   avvalo   har   bir   metodning
ishonchlilik   darajasini   aniqlash,   qolaversa,   to’plangan   ma’lumotlarning   qay
darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
1 -jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan.
                 Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u
yoki   bu   psixik   jarayon,   xolat   yoki   shaxs   xususiyatlari   to’g’risida   birlamchi
ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana taxlil qilinadi  va maxsus tarzda
ishlatilishi mumkin.
1- jadval .
PSIXOLOGIY A NING ASOSIY METODLARI
Asosiy metodlar Asosiy metodlarning variantlari
Kuzatish metodi         Tashqi (obyektiv kuzatish)
Ichki  (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatuv                                        
Standartlashtirilgan Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish
So’roq metodlari Og’zaki so’roq 
Yozma so’roq 
Erkin so’roq (suhbat)                             
Standartlashtirilgan so’roq
Testlar metodi Test - so’rov
Test - topshiriq
Proyektiv test                               
Sosiometrik test
Eksperiment Tabiiy eksperiment                                 
Laboratoriya eksperimenti
 Modellashtirish       
                                  
  Matematik modellashtirish                              
Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish                                
Kibernetik modellashtirish
 
Kuzatish   metodi   tabiiy   metodlar   jumlasiga   kiradi.   Tashqi   kuzatuv
mohiyatan   kuzatiluvchi   xulq   -   atvorini   bevosita   tashqaridan   turib,   kuzatish   orqali
ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z - o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan
biror   o’zgarish   yoki   hodisani   o’zi   o’rganish   maqsadida   ma’lumotlar   to’plash   va
qayd etish usulidir.
Erkin   kuzatuv   ko’pincha   biror   ijtimoiy   hodisa   yoki   jarayonni   o’rganish
maqsad   qilib   qo’yilganda   qo’llaniladi.   Masalan,   bayram   arafasida   aholining
kayfiyatini   bilish   maqsadida   kuzatuv   tashkil   qilinsa,   oldindan   maxsus   reja   yoki
dastur   bo’lmaydi,   kuzatuv   obyekti   ham   qat’iy   bo’lishi   shart   emas.   Yoki   dars
jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu  yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish
uchun   ham   ba’zan   erkin   kuzatish   tashkil   etilishi   mumkin.   Standartlashtirilgan
kuzatuv   esa,   buning   aksi   bo’lib,   nimani,   qachon,   kim   va   kimni   kuzatish   qat’iy
belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq
-   atvoriga   ta’sirini   o’rganish   maqsadida   bevosita   ichkaridan   kuzatuv   tashkil
qilinadi,   bunda   kuzatuvchi   shaxs   o’sha   guruh   yoki   oila   hayotiga   tabiiy   ravishda
qo’shiladi   va   zimdan   kuzatish   ishlarini   olib   boradi.   Bu   bir   qarashda
kontrrazvedkachilarning   faoliyatini   ham   eslatadi.   Shu   yo’l   bilan   olingan
ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi
tomondan,   agar   kuzatuvchida   konformizm   xislati   kuchli   bo’lsa,   o’zi   ham   guruh
hayotiga   juda   kirishib   ketib,   undagi   ayrim   hodisalarni   subyektiv   ravishda   qayd
etadigan   bo’lib   qolishi   ham   mumkin.   Guruhiy   fenomenlarni   tashqaridan   kuzatish
buning   aksi   -   ya’ni   kuzatuvchi   guruhga   yoki   kuzatilayotgan   jarayonga   nisbatan
chetda   bo’ladi   va   faqat   bevosita   ko’zi   bilan   ko’rgan   va   eshitganlari   asosida
xulosalar chiqaradi.
Umuman, kuzatish   metodining  ijtimoiy  hayot, professional  ko’rsatgichlarni
qayd   qilishda   so’zsiz   afzalliklari   bor,   lekin   shu   bilan   birga   kuzatuvchining
professional   mahorati,   kuzatuvchanligi,   sabr   -   qanoatiga   bog’liq   bo’lgan   jihatlar,
yana   to’plangan   ma’lumotlarni   subyektiv   ravishda   taxlil   qilish   xavfi   bo’lgani
uchun   ham   biroz   noqulayliklari   ham   bor,   shuning   uchun   ham   u   boshqa   metodlar
bilan birgalikda ishlatiladi. 
So’rov   metodi   ham   psixologiyaning   barcha   tarmoqlarida   birlamchi
ma’lumotlar   to’plashning   an’anaviy   usullaridan   hisoblanadi.   Unda   tekshiriluvchi
tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak
bo’ladi.
Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi,
o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi.
Agar   mabodo   uning   professional   mahorati   yoki   tajribasi   bunga   yetarli   bo’lmasa,
so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod
yordamida   inson   ruhiy   kechinmalariga   aloqador   bo’lgan   noyob   ma’lumotlarni
to’plash imkoniga ega bo’ladi.
Yozma   so’roq   yoki   anketaning   afzalligi   shundaki,   uning   yordamida   bir
vaqtning   o’zida   ko’pgina   odamlar   fikrini   o’rganish   mumkin   bo’ladi.   Unga kiritilgan   savollar,   ulardan   kutiladigan   javoblar   (yopiq   anketa),   yoki   erkin   o’z
fikrini   bayon   etish   imkoniyatini   beruvchi   (ochiq   anketa)   so’rovnomalar   aniq   va
ravon   tilda   javob   beruvchilar   tushunish   darajasiga   monand   tuzilgan   bo’lsa,
shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi.
So’roqning   ham   erkin   va   standartlashtirilgan   shakllari   mavjud   bo’lib,
birinchisida   oldindan   nimalar   so’ralishi   qat’iy   belgilab   olinmaydi,   ikkinchi
shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir
xil talablar doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi.
Testlar   oxirgi   paytda   hayotimizga   dadil   kirib   kelgan   tekshiruv   usullari
sirasiga   kiradi.   Ular   yordamida   biror   o’rganilayotgan   hodisa   xususida   ham   sifat,
ham  miqdor  xarakteristikalarini  olish,  ularni  ko’pchilikda qayta  -  qayta  sinash   va
ma’lumotlarni korrelyasion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo’ladi.
Ayni   testga   qo’yilgan   talab   hyech   qachon   o’zgarmaydi,   xattoki,   shunday   testlar
borki,   ular   turli   millat   va   elat   vakillarida,   turli   davrlarda   ham   o’zgarmagan  holda
ishlatilaveradi.   Masalan,   Ravenning     aqliy   intellektni   o’lchash,   Kettelning   va
Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir.
Test   -   so’rov   oldindan   qat’iy   tarzda   qabul   qilingan   savollarga   beriladigan
javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi
introversiya - ekstroversiyani o’lchaydi, savollarga “ha” yoki “yo’q” tarzida javob
berish so’raladi.
Test   -   topshiriq   odam   xulqi   va   xolatini   amalga   oshirgan   ishlari   asosida
baholashni   nazarda   tutadi.   Masalan,   shaxs   tafakkuridagi   kreaktivlilikni   aniqlash
uchun   ko’pincha   bir   qarashda   oddiygina   topshiriq   beriladi:   berilgan   20   ta   doira
shaklidagi   shakllardan   o’zi   xoxlagancha   rasmlar   chizish   imkoniyati   beriladi.
Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga
qarab   shaxs   fikrlashi   jarayonining   naqadar   nostandart,   ijodiy   va   kreaktivligiga
baho berilib, miqdoriy ko’rsatgich   aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi
ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo’llashning qulayligi, bir guruhda
natija   bermasa,   boshqa   guruhda   yana   qayta   tekshiruv   o’tkazish   imkoniyatining
borligi   bo’lsa,   kamchiligi   -   ba’zan   tekshiriluvchi   agar   testning   mohiyatini   yoki kalitini   bilib   qolsa,   sun’iy   tarzda   uning   kechishiga   ta’sir   ko’rsatishi,   faktlarni
falsifikasiya qilishi mumkinligidir.
Testlar ichida  proyektiv testlar  deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning
asl   maqsadi   tekshiriluvchiga   sir   bo’ladi.   Ya’ni   shunday   topshiriq   beriladiki,
tekshiriluvchi   topshiriqni     bajarayotib,   nimani   aniqlashi   mumkinligini   bilmaydi.
Masalan,   mashhur   Rorshaxning   “siyoh   dog’lari”   testi,   yoki     TAT(tematik
appersepsion   test),   tugallanmagan   xikoyalar   kabi   testlarda   bir   narsaning
proyeksiyasidan go’yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. O’sha 1921
yilda kashf  etilgan “siyoh  dog’lari” va ularga qarab tekshiriluvchining   nimalarni
eslayotganligi, dog’lar nimalarga o’xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi
yo’nalishlari,   hayotiy   tamoyillari,   qadriyatlariga   munosabati,   ishni   bajarish
paytidagi emosional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni
faqat professional psixologgina qo’llashi va natijalarni mohirona taxlil qilishi talab
qilinadi.
Psixologik   eksperimentning   mohiyati   shundaki,   unda   ataylab   shunday
sun’iy   bir   vaziyat   shakllantiriladi   va   tashkil   etiladiki,   aynan   shu   vaziyatda
qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi
va baholanadi. 
Agar tabiiy eksperiment o’sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun
tabiiy   hisoblangan   sharoitlarda   (masalan,   mehnat   jarayonida,   kanikulda   yozgi
lagerda,   lisey   auditoriyasida   va   shunga   o’xshash)   maqsadli   tashkil   etilib,
o’rganilsa,   laboratoriya   eksperimenti   maxsus   joylarda,   maxsus   asbob   -   uskunalar
vositasida   ataylab   o’rganiladi.   Masalan,   diqqatingizning   xususiyatlarini   bilish
kerak   bo’lsa,   psixologiya   laboratoriyasida   maxsus   taxistoskop   deb   atalgan
moslama   yordamida   yoki   “Landolt   xalqachalari”   deb   nomlangan   jadvallar
yordamida o’rganish mumkin bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham
o’zaro   hamjihatlik,   liderlik   va   konformlilik   hodisalarini   tekshirish   uchun
gruppaviy integratorlar va gomeostat   deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va
ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar o’lchangan. Modellashtirish    metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar
yordamida   o’rganilayotgan   hodisaning   tub   mohiyati   ochilmagan   sharoitlarda
qo’llaniladi.   Bunda   o’sha   hodisaning   umumiy   xossasi   yoki   asosiy   parametrlari
modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi va
xulosalar chiqariladi.
Modellar   texnik,   mantiqiy,   matematik   yoki   kibernetik   bo’lishi   mumkin.
Matematik   model   asosida   o’rganilgan   hodisaga   mashhur   tadqiqotchilar   Veber   -
Fexnerlarning   sezgirlikning   quyi   va   yuqori   chegarasini   aniqlashga   qaratilgan
matematik   formulasi   va   shu   asosda   to’plangan   ma’lumotlar   taxlilini   misol   qilish
mumkin.   Mantiqiy   modellar   yordamida   ko’pincha   inson   aqli   va   tafakkuri
jarayonlari   va   qonunlarini   hisoblash   mashinalari     ish   prinsiplari   bilan   qiyoslash
orqali   tuzilgan   g’oyalar   va   simvollar   ishlatiladi.   Kibernetik   modellashtirishda   esa
g’oyalar psixologiyasini   E H M dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga
moslashtirish   nazarda   tutiladi.   hozir   ko’pgina   murakkab   shaxs   xususiyatlari   ham
programmalashtirilgan   bo’lib,   ular   algoritmlar   asosda   qisqa   fursatda   ko’pgina
sifatlarni   ko’plab   parametrlar   nuqtai   nazaridan   hisoblab   natijalarni
umumlashtirishga   imkon   bermoqda.   Ko’pincha   matematik   o’yinlar   g’oyasi
odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sohasini o’rganishda ham qo’llanilmoqda.
Ma’lum   bo’lishicha,   odamning   fikrlash   operasiyalari   bilan     E H M   larning   ishlash
prinsiplari   o’rtasida   ma’lum   uyg’unlik   bor   ekan,   bu   esa   murakkab   psixik
jarayonlarni   modellashtirish   orqali   inson   aqlu   -   zakovati   chegarasini   yanada
kengaytirish  istiqbolini beradi.
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o’ziga xos
metodlari   bor.   Ular   ijtimoiy   xulq   va   alohida   individ   ichki   dunyosini   kompleks
tarzda o’rganish imkonini beradi. 
Gap   shundaki,   ularni   o’z   vaqtida   va   professional   tarzda   qo’llay   bilish   va
olingan natijalardan to’g’ri xulosalar chiqara olishdir.
Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari .   H ozirgi zamon ilm - fanining
qadri va ahamiyati uning nechog’li amaliyotga kirib borib, tadbiqiy salohiyati ortib borishi  bilan  baholanadi.  Psixologiyaning oxirgi  yillardagi  taraqqiyoti  ham   aynan
ana shu mezon talablariga javob berishi bilan xarakterlanadi.
Amaliy hamda tadbiqiy psixologiya sohalarining o’ziga xos jihatlari avvalo
shundan   iboratki,   ular   jamiyatning   bevosita   bugungi   kundagi     talablari     va
buyurtmalariga     ko’ra   ish   yuritadi.   Jamiyatimizda   esa   psixologik   bilimlarni
bevosita   amaliyotga   tadbiq   etishga   ehtiyoj   katta.   Birgina   O’zbekistonda   kadrlar
tayyorlashning   milliy   dasturini   oladigan   bo’lsak,   uning   bajarilishi   va
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologiyaning aralashuvi zarur. Joylarda
tash k il   etilgan     tashxis   markazlarida   faoliyat   ko’rsatayotgan   mutaxassislar
o’quvchilardagi rivojlanish tendensiyalari, aqliy o’sish omillari va iqtidoriga qarab
ta’lim   -   tarbiyani   tashkil   etishlari   uchun   qator   diagnostik   tadbirlarni   o’tkazishlari
zarurki,   bu   tadbirlar   oxir   -   oqibat   real   samara   berishi   lozim.   Ta’kidlash   zarurki,
tadbiqiy   psixologiyadagi   “samara”ni   o’lchash   mezonlari   bilan   nazariy
psixologiyadagi   samara   tushunchalari   biroz   farq   qiladi.   Ya’ni,   bu   yerda   bevosita
buyurtmaning   bajarilishi   sifatiga   buyurtmachining   o’zi   baho   beradi.   Shuning
uchun   ham   amaliy   psixologiyaning   alohida   tarmog’i   bo’lmish   sosial   psixologiya
bilimlarga amaldagi ehtiyojni uch asosiy sabab bilan tushuntirishi mumkin: 
a)   kichik   korxona   yoki   yirik   firmalardan   tortib,   toki   xukumat   darajasidagi
idoralar ham o’z faoliyati samaradorligini oshirish uchun tobora insonlar faoliyati
va   ulardagi   rezervlardan   omilkorona   foydalanishning   psixologik   manbalarini
qidirish lozimligini tushunib yetmoqdalar; 
b)   professional   psixologlarning   o’zi   ham   o’z   ishlaridan   keladigan   obro’   -
e’tiborning   amaliy   sohalarida   ishlay   olish   qobiliyatlariga   bog’liq   ekanligini
tushunib yetmoqdalar; 
v)   amaliyotda   ishlayotgan   boshqa   soha   vakillari   ham   agar   psixologik
tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsalar, ishni tashkil qilishga uquvlari yaxshiroq va ishlari
unumliroq   bo’lishini   tushunib   yetmoqdalar.   Shuning   uchun   ham   ko’plab   yangi
turdagi   markaz   va   firmalar,   qo’shma   korxonalarda   amaliyotchi   psixologlar
ishlamoqdalar. Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari. Sanoat va ishlab chiqarish
sohasi.   Sanoat   va   mahsulotlar   ishlab   chiqarish   sohasida   tadbiqiy   ishlar   birinchi
navbatda   konkret   tashkilotda   kadrlar   zaxirasini   to’g’ri   va   oqilona   tashkillashdan
tortib,   xodimlar   ish   sharoitlari   va   mehnat   unumdorligiga   ta’sir   etuvchi   omillar
kompleksini   ilmiy   ravishda   o’rganib,   hayotda   natija   olishga   karatilgan   harakatlar
majmuidir.   Hozirgi   bozor   munosabatlari   sharoitida   ushbu   yo’nalishdagi   tadbiqiy
ishlarning ikki sohasini ajratish mumkin:
1. Marketing xizmatlari
2. Xodimlar (personal) bilan ishlash.
Birinchisi   eng   zamonaviy   va   muhim   ish   bo’lib,   bu   yerda   psixologning
vazifasi   “Nimani?”   va   “Kim?”   xarid   qilib   olishga   ehtiyoji   borligini   o’rganishga
ko’maklashishdir. Chunki, talab bilan ehtiyoj bevosita shaxsga va uning psixologik
munosabatlari   tizimiga   aloqador   kategoriyalar   bo’lib,  bozor   va  raqobat   sharoitida
korxona   yoki   tashkilotlarning   samarali   ishlab   ketishi   eng   avvalo   xaridorgir   tovar
mahsulotlarni ajratib, ularning odamlar talab - ehtiyojiga qanchalik mosligini aniq
taxlil qilishdan boshlanadi. Marketing munosabatlari aslida odamlar o’rtasidagi sof
psixologik munosabatlar  bo’lib, uning negizida odamlar  o’rtasidagi  jonli muloqot
va   ta’b   va   didlar   tarbiyasi   yotadi.   Shuning   uchun   biz   bugun   odamlarda   to’g’ri
marketing   tafakkurini   shakllantirish   vositalarini   qidirishimiz   va   talab   -   taklif
munosabatlarini real ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirishda inson
psixologiyasi xususiyatlarini inobatga olib ishlashga o’rganishimiz kerak. Masalan,
shunday   “Case   Study” ni   olaylik:     Psixologiyani   qanday   qilib   sotish
mumkin(ya’ni, Psixologik ma’lumotlar va bilimlarni)? Biz aniq va to’g’ri javoblar
olishimiz kerak bo’lgan savollar quyidagilar bo’ladi: 
Nima sotiladi?  - Test natijalari
Nima   uchun?     -     nima   qilib   bo’lsa   ham,   pul   ishlash,   o’z   imkoniyatlarni
tekshirish, shaxsiy ish ochish ;    
Kim ?  - firma yoki konkret kishilar;
Nima ? -  xilma - xil testlar batareyasi;
Kimga ?  - turli kasb egalari, o’quvchilarga, xodimlarga; Qayerda? Qachon?  - zarurat bo’lgan har qanday joyda;
Qanday qilib?   - minimal vaqt sarflab, tez va soz;
Qancha?  - test o’tkazuvchilarning soni va imkoniyatiga   qarab;
Kim bilan?  - shu firma xodimlari bilan ..... 
Demak,   marketing   xizmatida   javob   berilishi   zarur   bo’lgan   savollardan
ko’rinib turibdiki, har bir savolga beriladigan javobning orqasida konkret odamlar,
ularning qobiliyatlari, manfaatlari va ish unumi yotadi. Shuning uchun bu sohada
psixologik xizmat zarur.
Ikkinchi   soha   -   kadrlar   va   ular   bilan   bevosita   ishlash   sohasi.   Bu   kadrlarni
ishga   jalb   etishda   bilish   zarur   bo’lgan   qobiliyatlar   va   shaxsiy   fazilatlardan   tortib,
ularni   to’g’ri   yo’naltirish,   o’z   joyiga   qo’yish,   tashkilot   doirasida   guruhlarni
shakllantirish,   xodimlarga   ma’lumotlarni   o’z   vaqtida   yetkazish   bilan   bog’liq
kadrlar   siyosatini   olib   borishga   aloqador   xizmatdir.   Psixolog   bu   o’rinda   asosan
maslahatchi - konsultant va ekspert sifatida rol o’ynaydi.
P sixologiya ning   prinsiplari .   Xar   bir   davr   o’z   kishilari   ongida   beixtiyor
siyosiy ongni shakllantiradi va odamlar uning tamoyillariga bo’ysunadilar. Siyosat
borasidagi   psixologik   masalalarga   psixolog   aralashuvining   zarurati   har   doim
bo’lmasa - da, ayrim paytlarda - yirik islohotlar boshlanishi arafasida, saylov oldi
kompaniyalarda,   yangi   siyosiy   liderlarning   xalq   tomonidan   qabul   qilinishi
jarayonlari,   ko’pchilik   auditoriyaga   zarur   ma’lumotlarni   yetkazish,   ijtimoiy
ustanovkalarni   o’zgartirish,   siyosiy   arboblar   imidjini   omma   ongiga   singdirish
paytlarida psixologik ta’sir vositalaridan o’rinli foydalanish, maslahatlar berish va
ayrim guruhlar e’tiqodiga ta’sir etish kerak bo’lganda kerak bo’ladi.
Siyosiy  sohada  ishlayotgan  psixolog  ishining  o’ziga  xos   jihatlari   bo’lib,
unga quyidagilar kiradi: 
a)siyosatda   psixolog   aralashuvi   ko’pchilik   ommaga   bevosita   aloqador
bo’lmaydi;  
b)   zarurat   tug’ilganda,     psixolog   shunday   tez   va   ishonchli   o’lchaydigan
metodikalarni   ishlatadiki,   ularning   natijalari   sir   saqlanib,   o’sha   buyurtmachi   -
siyosatchining talabiga ko’ra izlanishlar olib boriladi; v)     psixolog   har   bir   siyosatchi   uchun   shunday   ishonchli   shaxs   bo’lishi
lozimki, undan odamlarning kayfiyatlari, reaksiyalari, xis - kechinmalari xususida
aniq ma’lumotlar so’raladi;     
g) o’ziga xos qiyinchilik shundan iboratki,  jamoatchilik psixolog qiyofasida
ko’pincha liderning bevosita “odamini” ko’rishga moyil bo’lib, liderning o’zi ham
ba’zan o’ta professional psixologdan xadiksirab qolishi mumkin. 
Shuning   uchun   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   zarur   paytlarda   siyosiy
arboblar   psixolog   xizmatiga   murojaat   qilishlari   va   undan   asosan   biror   jiddiy
ijtimoiy   proyektlarni   qabul   qilish   jarayonida   yordam   berishini   so’rash   mumkin.
Buning   uchun   psixologdan   jamoatchilik   fikrini   psixologik   taxlil   qilib   berish,   va
shu asosda fuqarolarning ustanovkalari va kayfiyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi
omillarni   birgalikda   ajratish   vazifasini   hal   qilishlari   mumkin.   Saylov   oldi
kompaniyalarda   esa,   psixologning   asosiy   vazifasi   odamlarning   kayfiyatini
o’rgangan   holda   da’vogar   imidjini   shakllantirishga,   odamlarga   yoqtirishga   sabab
bo’ladigan shaxsiy fazilatlar algoritmini tuzish, omma oldiga chiqishga psixologik
tayyorlash, raqiblarning baxslashish madaniyati va etikasi borasida psixologik yo’l
- yo’riq va usullar borasida ma’lumotlar almashinish kerak bo’ladi.
O’zbekiston   sharoitida   siyosiy   psixologiyaning   o’zi   juda   zaif   rivojlangan
tarmoq   bo’lgani   sababli   ham   uni   rivojlangan   davlatlar   tajribasiga   tayangan   holda
rivojlantirish davr talablaridan biridir.
Pedagogik   psixologiyaning   tadbiqiy   ishlar i.     O’zbekistonda   endi
shakllanayotgan,   lekin   nazariy   nuqtai   nazardan   ma’lum   an’analarga   ega   bo’lgan
soxadir.   1998   yilning     O’zbekitonning   birinchi   Prezidenti   tomonidan     “Oila   yili”
deb e’lon qilinishi joylarda psixologik xizmat o’choqlarining paydo bo’lishiga va u
yerlarda psixologik xizmatidan foydalanishni anglashga turtki bo’ldi. Psixolog bu
yerlarda   yoshlardagi   oila   va   nikoh   borasidagi   tasavvurlarning   to’g’ri
shakllanishidan   tortib,   toki   muammoli,   xattoki,   ajrim   bo’lgan   oila   a’zolariga
psixologik   maslahatlar   berish,   “ishonch   telefonlari”   orqali   maslahatlar
uyushtirishni o’z zimmasiga oladi. Maorif   sohasidagi   amaliy   ishlar     boshqa   sohalarga   nisbatan   anchagina
yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturi
qabul   qilingandan   so’ng   tashkil   qilingan   yangi   tipdagi   ta’lim   muassasalari   -
akademik   liseylar   va   kasb   -   hunar   kolledjlariga   bir   nechtadan   psixologlar   shtati
kiritilgan   va   ular   aynan   tadbiqiy   muammolar   -   bolaning   o’quv   jarayoniga
psixologik   jihatdan   tayyorligini   diagnostika   qilishdan   tortib,   professional   va   kasb
mahoratini   rivojlantirishgacha   bo’lgan   barcha   muammolarni   hal   qilishga
“aralashadi”.
Huquqbuzarlikning   oldini   olish     va   qonunga   zid   harakat   qilganlarni
psixologik reabelitasiya qilish muammosi ham har doim ham psixolog aralashuvini
talab   qilib   kelgan.   Chunki   jinoyatchi   yoki   xuquqbuzar   shaxsi   o’z   -   o’zidan
shakllanib   qolmaydi,   uni   shakllantiruvchi   omillar,   motivlar   va   bolani   qayta
tarbiyalash   va   reabelitasiya   masalalari   ijtimoiy   psixologik   jarayonlar   mohiyatini
bilish   va   ularga   faol   ta’sir   ko’rsatish   talab   qiladi.   Shuning   uchun   ham
mamlakatimizda   yoshlar   o’rtasida   xuquqiy   ma’rifat   va   xuquqiy   madaniyatni
shakllantirishga   juda   katta   e’tibor   qaratilgan   va   bu   ishda   amaliyotchi   xodim   -
psixologning  o’rni va roli katta bo’ladi.
Yuqorida   e’tirof   etilgan   psixologiyaning   tadbiqiy   sohalari   uchun   umumiy
narsa   shuki,   bu   sohalarda   ishlaganlar   avvalo   yaxshi   psixodiagnost,   ya’ni
psixologiya   metodlarini   o’z   o’rnida   samarali   ishlatishni   bilishi,   va   yaxshigina
psixoterapevt   va   psixokorrektor   -   ya’ni,   aniqlangan   muammo   yoki   “kasallikni”
tuzatuvchi mohir professional bo’lishi kerakligini taqozo  etadi. A DABIYOTLAR RO’YXATI
1. Айсмонтас   Б.Б.   Педагогическая   психология:   Схемы   и   тесты.   –   М.:
Изд-во ВЛАДОС-ПРЕСС, 20 1 2. – 208 с.
2. Бадмаев Б.С. Методика преподавания психологии. – М., 20 14 .
3.Бадалев А.А. Общая психодиагностика. Санкт-Петербург 2000 й
4.Зимняя   И.А.   Педагогическая   психология:   Учеб.   пособие.   -     Ростов
Н/Д, 2007. 
5.Ismoilova   N.,   Abdullayeva   D.   Ijtimoiy   psixologiya.T,2013
O'zb.fay.mil.jam.nashr.
6. Карандашев В.Н. Методика преподавания психологии. - СПб, 20 1 5.
7. Ляудис В.Я. Методика преподавания психологии. - М.,  2012 .
8.Марсинковская Т.Д.. История психология. М. 2001  
10.Otajonov M. Psixoanaliz asoslari. T,2004 O’zbekiston
11.Педагогическая   психология:   Хрестоматия/Сост.   В.Н.Карандашев,
Н.В.Носова, О.Н.Щепелина. – СПб.:Питер, 2016. – 412 с.
12. Rasulov A.I.  Psixodiagnostika. T. 2010 Mumtoz so`z
13. Столяренко   Л.Д.   Педагогическая   психология.   –   2-е   изд.,   перераб.и
доп. – Ростов н/Д: «Феникс», 2003. – 544 с.

PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING METODLARI Reja 1.Pedagogik psixologiya fanining asosiy metodlari . 2. Pedagogik psixologiyaning prinsiplari. 3. Pedagogik psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari. 4.Amaliy pedagogik psixologiyaning yo’nalishlari.

Psixologiyaning asosiy metodlari. Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida haraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi. 1 -jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan. Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana taxlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin. 1- jadval . PSIXOLOGIY A NING ASOSIY METODLARI Asosiy metodlar Asosiy metodlarning variantlari Kuzatish metodi Tashqi (obyektiv kuzatish) Ichki (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish) Erkin kuzatuv Standartlashtirilgan

Guruh ichida kuzatish Guruh tashqarisida kuzatish So’roq metodlari Og’zaki so’roq Yozma so’roq Erkin so’roq (suhbat) Standartlashtirilgan so’roq Testlar metodi Test - so’rov Test - topshiriq Proyektiv test Sosiometrik test Eksperiment Tabiiy eksperiment Laboratoriya eksperimenti Modellashtirish Matematik modellashtirish Mantiqiy modellashtirish Texnik modellashtirish Kibernetik modellashtirish Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq - atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z - o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo’lmaydi, kuzatuv obyekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.

Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq - atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni subyektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi - ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi. Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatgichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr - qanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni subyektiv ravishda taxlil qilish xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi. So’rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi. Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni to’plash imkoniga ega bo’ladi. Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga

kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi. So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi. Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o’rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko’pchilikda qayta - qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyasion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo’ladi. Ayni testga qo’yilgan talab hyech qachon o’zgarmaydi, xattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o’zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o’lchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir. Test - so’rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya - ekstroversiyani o’lchaydi, savollarga “ha” yoki “yo’q” tarzida javob berish so’raladi. Test - topshiriq odam xulqi va xolatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko’pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o’zi xoxlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko’rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo’llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o’tkazish imkoniyatining borligi bo’lsa, kamchiligi - ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki