logo

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSLARI. INNOVATSION PEDAGOGIKA. TA’LIMNING INTERFAOL METODLARI. O‘YIN TEXNOLOGIYALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

263.5908203125 KB
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSLARI .  INNOVATSION PEDAGOGIKA.
TA’LIMNING INTERFAOL METODLARI. O‘YIN TEXNOLOGIYALARI  
REJA
1. “Pedagogik texnologiya”, “metodika”, “metod” tushunchalari. 
2. Pedagogik texnologiyaning mezonlari. 
3. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish bosqichlari. 
4. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi, maqsadi, vazifalari, metodologik asoslari. 
5. Ta’lim texnologiyasining darajalari. 
6. Ta’lim texnologiyasining turkumlanishi. 
7. Taksonomiya tushunchasi.  Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati
XXI asr   globallashuv,   axborot-kommunikasiya   texnologiyalari   va   internet   asri,   ilg‘or
pedagogik   texnologiyalar   hamda   barcha   sohalarda   raqobat   asri   hisoblanadi.   Shu   bois,   XX
asrning   oxirlariga   qadar   pedagog,   metodist   olimlar   kimni,   nimani   va   qanday   o‘qitamiz   degan
savollar doirasida tadqiqot ishlari olib borgan bo‘lsalar, XXI asrdagi shiddatli ijtimoiy-iqtisodiy,
fan-texnika taraqqiyoti ta’lim tizimini shaklan va mazmunan modernizasiya qilishni taqozo etdi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida zamonaviy pedagogik
texnologiya   hamda   axborot-kommunikasiya   tenologiyalaridan   unumli   foydalanishga   ehtiyoj
paydo bo‘ldi.
Darhaqiqat texnologiya- (yunoncha ”techne”- mahorat san’at, “logos”-tushuncha, ta’limot)
ishlab   chiqarishning   biror   sohasida   xomashyo   material,   yarim   fabrikat   va   shu   kabilarga   ishlov
berish   yoki   qayta   ishlash   ularning   holati,   xossalari   va   shaklini   o‘zgartirishda   qo‘llaniladigan
usullar (metodlar) majmui demakdir. i
Jumladan,   qishloq   xo‘jaligi,   sanoat   ishlab   chiqarishda   yangi   texnika   va   texnologiyalarni
qo‘llash natijasida yuqori sifat va miqdor o‘zgarishida samarali natijaga ega bo‘linadi.
Pedagogik   texnologiyalar   g‘oyasining   asoschilari   AQShning   pedagog,   psixolog   olimlari
B.Blum,   L.Larsen,   B.Skinner,   D.Finn,   D.Kratval   hisoblanadi.   Ularning   bu   sohaga   qo‘shgan
ulushlari:   o‘quv   maqsadlari   taksanomiyasi   (1956y.   B.Blum)   audiovizual   ta’lim   (1946   y.
L.Larsen), dasturli o‘qitish tizimi (1954 y . B.Skinner), o‘qitish texnologiyalari (1961y. D.Finn),
dasturlashtirilgan ta’lim (LOGO) ,1968y.S.Peypert), tarbiya texnologiyalari (----D.Kratval) ning
nazariy asoslarini yaratdilar.
          60-70   yillarda   pedagogik   texnologiyalar   sohasidagi   turli   ilmiy-nazariy     g‘oyalarning
paydo   bo‘lishi,   shakllanishi   va   amaliyotga   tadbiq   etilishining   geografiyasi   yanada   kengaydi.
AQSh, Italiya, Angliya, Fransiya, Yaponiya,
Kanada,   Koreya,   Rossiya,   Vengriya   va   boshqa   mamalakatlarda   maxsus   pedagogik
nashrlar, markazlar, Assosiasiyalar, ilmiy tadqiqot institutlari va ularda bo‘limlar tashkil etildi.
80-yillardan   boshlab   Rossiyada   ham   pedagog   olimlar   tomonidan   pedagogik
txnologiyalarning   ilmiy-nazariy   asoslari   keng   tadqiq   etila   boshlandi.   Jumladan,   V.P.Bespalko
(Shaxsga   yo‘naltirilgan   ta’lim)   ,V.M.Monaxov   (Aksiomatik   yondashuv),   M.A.Choshanov
(Muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasi), V.F.Shatalov (O‘quv materialining belgili modellari
asosida   ta’limni   jadallashtirish   texnologiyasi),   I.P.Volkov   (Rejalashtirilgan   o‘qitish),
G.K.Selevko   (Pedagogik   texnologiyalar   tasnifi),   N.F.Galizina   ilmiy   pedagogik   jixatdan   tadqiq
qilindi.
90- yillardan  boshlab  O‘zbekistonda  ham  pedagogik   texnologiyalarga   oid dastlabki  ilmiy
tadqiqot   ishlari   paydo   bo‘ldi.   Shundan   buyon   pedagogik   texnologiyalarning   ilmiy-nazariy
jihatlari   N.S.Saidahmedov,   J.Yo‘ldoshev,   R.Jo‘rayev,   U.Nishonaliyev,   B.L.Farberman,
N.Azizxo‘jayeva,   U.Tolipov,   A.Abduqodirov,   A.Pardayev,   R.Ishmuhammedov   va   boshqalar
tomonidan   tadqiq   etib   kelinmoqda.   Respublikamizda   “Innavasion   texnologiyalar   markazlari”,
“Zamonaviy ta’lim”, “Fan va texnologiyalar” jurnallari tashkil etilgan.
Ushbu   atamaning   mohiyati   turli   olimar   tomonidan   turlicha   izohlanadi.   Lekin   u   turlicha
izohlansada biri ikkinchisini inkor etmaydi, balki bir birini ma’qullaydi, to‘ldiradi, uning yangi-
yangi qirralarini asoslaydi.
Bespalkoning   fikricha   pedagogik   texnologiya-o‘quv   jarayonini   amalga   oshirishning
mazmunli texnikasi. Bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan pedagogik muvaffaqiyatlarini
kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash-loyihalashdir. ngdeq
    Педагогик  технология - педагогик  мақсадларга  эришишда  фойдаланиладиган
шахсий   имкониятлар,   жиҳозлар   ва   методологик   воситаларда   амалда
бўлишнинг   тизимли   йиғиндиси   ва   тартибини   билдиради.
(М.В.Кларин)
Педагогик технология -  зарур шароит яратиш орқали ўқувчи ва ўқитувчининг 
ўқув жараёнини лойихалаштириш, ташкил этиш ва ўтказиш бўйича педагогик 
фаолиятнинг ҳар томонлама ўйлаган моделидир.  (В.М.Монахов).
Педагогик технология -  бу ўқитувчи (тарбиячи)нинг ўқитиш (тарбия) 
воситалари ёрдамида ўқувчи (талаба)ларга муайян шароитда таъсир кўрсатиш 
ва акс таъсир маҳсули сифатида уларда олдиндан берилган шахс сифатларини 
жадал шакллантиришни кафолатлайдиган жараёндир.  (Н.Сайидаҳмедов)
Педагогик   технология -   илмийликка   асослангани   ҳолда,   вақти   ва   маконга
нисбатан   дастурлаштирилган,   олдиндан   аниқ   белгиланган   натижага   олиб
келувчи,   педагогик   жараёнларга   оид   компонентларнинг   барчасини   бирдек
ишга сола олувчи тизимдир.  (Р.Жўраев)Педагогик   технология-   ўзида   турли   муаллифлар   (манбалар)нинг   барча
таърифлари   мазмунини   қамраб   олган   мазмуний   умумлашма   ҳисобланади.
(Г.К.Слевко).
Педагогик   технология-   таълим   мақсадларига   ва   шахснинг   ривожланишига
қаратилган педагогик фаолиятни муттасил равишда ривожлантириш тизимини
лойиҳалашдир.  (Н.Азизхўжаева)       Pedagogik   texnologiya   atamasiga   berilgan   yuqoridagi   ta’riflar   “YuNESKO”   ta’rifidan
kelib chiqqan holda shakllantirilgan bo‘lib, barchasining negizida o‘quv va tarbiya jarayonining
natijalarini aniq bashorat qilgan holda uni loyihalashtirish va yuqori samaradorlikka erishishning
kafolati yotadi.
Ta’lim   tizimi   iste’molida   “Pedagogik   texnologiyalar”,   “Zamonaviy   pedagognik
texnologiyalar”,   “Ilg‘or   pedagogik   texnologiyalar”   kabi   atamalardan   foydalanilmoqda.   Ushbu
tushunchalarning   maqsad   va   mazmuni   bir   xil   bo‘lsada,   ularning   xususiy   ishlatilish   jarayoni
turlicha bo‘lishi mumkin.
Pedagogik   texnologiyalar   ta’limni   tashkil   etishning   an’anaviy   shakllariga   nisbatan
quyidagi konseptul ijtimoiy xarakterdagi imkoniyatlarni yaratilishi bilan xarakterlanadi:
- O‘zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonuni   hamda   Kadrlar   tayyorlash
milliy   dasturi   talablari   asosida   hukumatimiz   va   davlatimizning   ma’naviy,   jismoniy   kamol
topgan,   erkin   va   mustaqil   fikrlaydigan,   respublikamizni   jahon   hamjamiyatiga   yanada
integrasiyalashuviga   munosib   hissa   qo‘shadigan,   ilg‘or   texnika   va   texnologiyaga   oid   bilim,
ko‘nikma   va   malakaga   ega   bir   nechta   kasb   sirlarini   egallagan   chet   tillarda   erkin   so‘zlasha
oladigan,   raqobatbardosh   mutaxassislarni   tarbiyalash   bo‘yicha   olib   borilayotgan   muhim   chora-
tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologgiyalaridan foydalangan holda
o‘qitishning ilg‘or uslublarini amaliyotga joriy etish uchun shart-sharoit imkoniyatlar yaratiladi;
- zamonaviy   o‘quv-uslubiy   materiallardan   foydalanish   zamirida   ta’lim-tarbiya   jarayoni
puxta rejalashtiriladi, bashoratlanadi, loyihalashtiriladi, natija kafolatlanadi;
- ta’lim-tarbiya   jarayoni   subyektlari   mavjud   ilmiy-nazariy,   metodik   zaxiralaridanoqilona
foydalanadilar,   vaqtni   unumli   sarflaydilar,   pedagogik   ijodiy   faoliyat   vujudga   keladi,
kommunikativ kompetentligi namoyon bo‘ladi;
- jamoada   iqtisodiy-ma’naviy   muhit   barqaror   bo‘ladi,   uni   innovasion   boshqarishga
erishiladi; Педагогик   технология -   дунё   фан-техника   тараққиёти   талаблари   асосида
кадрлар  тайёрлаш сифат  самарадорлигини  таъминлаш  мақсадида   ўқитувчи  ва
ўқувчининг   интеллектуал   имкониятлари,   маҳорати   илғор   педагогик
тажрибалар,   фан   ютуқларидан   унумли   фойдаланган   ҳолда   ўқув-тарбия
жараёнини   модернизация   қилиш,   лойиҳалаштириш,   олдиндан
режалаштирилган, юқори натижага эришиш кафолатидир. (О.Мусурманова)
  Педагогик   технология -   таълим   шаклларини   такомиллаштириш   вазифасини
кўзлаган   ўқитиш   ва   бошқаларни   ўзлаштиришнинг   барча   жараёнларини
техника ва инсон омилларида, уларнинг биргаликдаги ҳаракатлари воситасида
яратиш, татбиқ этиш ва аниқлашнинг изчил методи демакдир . (ЮНЕСКО)   -   “O‘qituvchi   global   internet   tarmog‘i,
multimedia   tizimlari   va   masofadan   o‘qitish
usullaridan   foydalangan   holda,   zamonaviy
innovasion pedagogika, axborot kommunikasiya
texnologiyalarini   egallash   va   ularni   o‘quv
jarayoniga   faol   tatbiq   etish”   bo‘yicha   o‘z   kasb
mahoratini,   ilmiy-pedagogik   faoliyatini   doimiy
oshirib borishga ma’suliyat bilan yondoshadi.
        Pedagogik   texnologiyani   o‘ziga   xos
xususiyatlari   ham   mavjud   bo‘lib,   ular
quyidagilardan iboratdir:
- dars   jarayonida   beriladigan   materiallarning
ilmiy-nazariy qimmatga egaligi;
- o‘quv   tarbiya   jarayonini   puxta   loyihalashtirilishi,
dasturlanishi;
- o‘qituvchi   va   o‘quvchida   subyekt-subyekt   sifatidagi   kommunikativ   qobiliyatining   to‘liq
safarbar etilishi;
- o‘quv   tarbiya   jarayonida   o‘qituvchi   ijodkorligi,   kasbiy   kompetentligi,   tashabbuskorligi,
navatorligining  yaxlit  namoyon  etishi   yuzasidan  umumpedagogiq   psixologik  hamda  o‘quv  fani
chuqur bilimga, amaliy tayyorgarlik bo‘yicha bilim, ko‘nikma vamalakalarga ega bo‘lishi;
- ta’lim-tarbiya   jarayonini   tashkil   etishga   innovasion   yondoshuv,   AKTdan   unumli
foydalanish,yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarning amaliyotda tatbiq etilishi;
- ta’lim-tarbiya jarayonini innovasion boshqarish va unga rahbarlik;
- ta’lim-tarbiya maqsadiga yetish, yuqori natijani qo‘lga kiritish uchun inson imkoniyatlari
bilan texnik quvvatning yakdil xarakatga keltirilishi;
- har bir texnologiyaning metodi jihatdan individualligi lekin metodologiyaning ko‘zlagan
maqsadning bir xilligi, pedagogik muvaffaqiyatlarning kafolatlanganligi;
- “o‘quv   tarbiya   jarayoni   takrorlanuvchanligini   ta’minlanishi   va   tezkor   qaytuvchan
aloqaning mavjudligi”;
- pedagogik faoliyatning qiziqarliligi, sinfning yoppasiga faolligini ta’minlanishi, o‘quvchi
bilimini to‘liq namoyon etishga, qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilganligi, vaqtdan unumli
foydalanilishi, har ikkala subyektning o‘z ustida ishlash motivining yuqoriligi;
- o‘quvchidagi   bilish   faoliyatini,   o‘zlashtirish   darajasini   samaradorligini   ta’minlashga
yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi.
        Pedagogik   texnologiyalarning   negizida   o‘quvchi   va   o‘qituvchining   ijodiy   pedagogik
faoliyati yotadi.
Ilmiy   -   nazariy   faoliyat   jarayonida   o‘qituvchi
ilmiy, nazariy, metodik xarakterdagi manbalarni
o‘rganadi   va   o‘z   faoliyati   jarayonida   undan
ijodiy   foydalanadi.   O‘quvchi   esa   yangi   ilmiy-
nazariy   bilim   egallaydi.   O‘z   tajribalari   asosida
ilmiy-metodik   materiallar   (tezis,   ma’ruza,
maqola,   uslubiy   qo‘llanma,   o‘quv   qo‘llanmasi,
darslik   va   b.q)   tayyorlashi   va   chop   etilishi
mumkin.   V.Ye.Pisarev   va   T.Ye.Pisarevalarning
fikricha   ilmiy   pedagogik   faoliyat   nazariy   va
tajriba-sinov ko‘rinishlaridan iboratdir.
Pedagogik   faoliyatning   amaliy   jihati   esa
o‘qituvchining   ilmiy-nazariy,   metodik   bilimni
o‘quv-tarbiya   jarayonida   o‘quvchi   bilan   bo‘ladigan   kommunikativ   faoliyatida   ijodkorlik   va
mahorat   bilan   namoyon   etishdir.   Har   ikkala   subyektning   ham   o‘quv   fani   bo‘yicha
samaradorlikka     erishish   mezonlari   aynan   shu   bosqichda   o‘zini   namoyon   etadi.   Ruhiy- Ижодий фаолият  –  бу
ўқитувчи ва ўқувчидаги аниқ
ягона мақсадга қаратилган
руҳий, интеллектуал
салоҳият, қобилият,
маҳоратни бирлаштириш
замирида
илмийкашфиётлар,ихтиролар
яратиш демакдир .
Ижодий   педагогик
фаолият   мазмунан   3   та
турга бўлинади. Яъни,
- илмий-назарий;
- амалий;
- руҳий-коммуникатив .    kommunikativ   jarayon   o‘qituvchi   va   o‘quvchining   ichki   ruhiyati,   dunyoqarashi,   ma’naviy
dunyosi, hatti-xarakati, ongi, tafakkuri bilan bog‘liq.
O‘qituvchi   ham   o‘quvchi   ham   dars   jarayoniga   aynan   ruhiy-kommunikativ   holatda   ijodiy
yondoshadi.   Ya’ni,   fanga   munosabat,   darsga   tayyorgarliq   unda   faollikni   namoyon   etish,   ijodiy
yondoshish,   izlanish,   yangiliklarni   ma’qullash,   progressiv   g‘oyalarni   tezkor   qabul   qilish,
ma’suliyatliliq   tashabbuskorlik   va   boshqa   pedagogik   va   psixologik   holatlar   aynan   ruhiy-
kommunikativ   vaziyat   bilan   bog‘liqdir.Ijodiy   pedagogik   faoliyat   mazmunan     ta’lim   berish,
tarbiyalash,   rivojlantirish,   boshqarish   natijani   analiz   va   sintez   qilish,   monitoring   olib     borish,
xulosa va tavsiyalar yaratish va baholash kabi tarkibiy qismlardan iboratdir.
Metatexnologiya -   mohiyatan   ijtimoiy-siyosiy,   ta’lim-tarbiyaviy   jarayonning
geografiyasini   kengligi   bilan   xarakterlanadi.   Ya’ni   mamalakat,   mintaqa,   ta’lim   muassasi
miqyosida   tatbiq   etiladigan   rivojlantiruvchi   ta’lim   texnologiyasi,   mintaqaviy   ta’lim   sifatini
boshqarish   texnologiyasi,   ta’lim   muassasida   tashkil   etiladigan   tarbiyaviy   ishlar   texnologiyasi
tarzida bo‘lishi mumkin.
Makrotexnologiya -   ma’lum bir o‘quv tarmog‘i, ta’lim-tarbiya yo‘nalishi, o‘quv fanlariga
xos   bo‘lgan   pedagogik   texnologiyalar   demakdir.   Masalan   u   yoki   bu   o‘quv   fanini   o‘qitish
texnologiyasi, to‘ldiruvchi ta’lim texnologiyasi.
Mezotexnologiya   moduli -   lokal   texnologiyalar   ta’lim-tarbiya   jarayonini   ma’lum   bir
qismining   didaktiq   tarbiyaviy,   metodik   vazifalarini   hal   etishga   yo‘naltiriladi.   Masalan,   subyekt
va   obyektning   alohida   faoliyat   turlari,   bilimlarni   o‘zlashtirish,   materiallarini   takrorlash,
o‘quvchilar bilimini, tarbiyalanganlik darajasini nazorat qilish texnologiyasi.
Mikrotexnologiya-   kichik   hajm,doiradagi   tezkor   vazifalarni   bajarishga   subyektlarning
individual   va   o‘zaro   maqsadli   harakatini   samarali   tashkil   etishga   qaratiladi.   Masalan,   yozuv
ko‘nikmalarini   shakllantirish   texnologiyasi,   shaxsning   u   yoki   bu   sifatlarini   shakllantirishga
qaratilgan texnologiya.  
Pedagogik texnologiyaning gorizontal tuzilmasi esa mohiyatan bir-biri bilan aloqador uch
asosiy jihatdan iboratdir:
1. Ilmiylik   -   u   yoki   bu   texnologiyaning   pedagogika   va   boshqa   turdosh   fanlarning
ilmiy-nazariy g‘oyalari asosida ifodalanishidir.
2. Rasmiy   tavsifiy-texnologiya   oldindan   bashorat   qilingan   natijaga   erishish   uchun
maqsad,   vazifa   mazmun,   shakl,   metod   va   vositalar,   faoliyat   algoritmi,   qo‘llanilgan   modellar
majmuasi ifodalanishidir.
3. Jarayonli   faoliyat-   ta’lim-tarbiya   maqsadiga   erishish   faoliyat   jarayonida   amalga
oshadi.O‘quvchi   va   o‘qituvchining   kommunikativ   munosabatlari,   ta’lim-tarbiyaviy   faoliyatni
puxta   rejalashtirish,   tashkil   etish,   yakuniy   xulosa   chiqarish.   Boshqarish,   natijani   taxlil   etish   va
baholash aynan amaliy faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi. 
       Shunday qilib, pedagogik texnologiyalarning fanga va ta’lim-tarbiya  amaliyotiga  kirib
kelishi   davr   talabi,   pedagogika   va   metodika   fanlarining   rivoji,   kadrlar   tayyorlash   borasida
bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mahsulidir.
Pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari, tamoyillari va turlari
Pedagogik   texnologiyaning   o‘ziga   xos   qonuniyatlari   ham   mavjud   bo‘lib,   ularga   o‘quv-tarbiya
jarayonida   amal   qilinishi   zamirida   pedagogik   faoliyat   natijalarida   ijobiy   sifat   o‘zgarishi
kafolatlanadi. “Ta’lim qonuniyatlari ta’lim jarayonida ro‘y beradigan xodisalar o‘rtasidagi o‘zaro Педагогик фаолиятни яхлит қамраб олишга қаратилган педагогик
технологияни вертикал тузулмасини 4 гуруҳга ажратиш мумкин.
(Г.К.Селевко)  bog‘lanishlar,   ularning   mohiyatini
ifodalovchi shart-sharoit, asosdir”  1
Pedagogik   texnologiyaning
qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
-   o‘quv-tarbiya   jarayonini   puxta
loyihalashtirish,   bashoratlash,
dasturlashtirish   zamirida   o‘qituvchi   va
o‘quvchi bilimi, imkoniyatlari, qobiliyatini
metodik-texnik   vositalar   bilan
birlashtirgan holda sifat va samaradorlikka
erishish;
-     o‘quv-tarbiya   jarayonini   jamiyat
taraqqiyoti   talablari,   asosida   tashkil   etish,
vaqtdan   unumli   foydalanish,   natijaning
kafolatlanganligi;
-   o‘quv-tarbiya   jarayonida   fan-texnika
taraqqiyoti   yutuqlaridan   samarali
foydalanishda   subyekt-subyekt   faolligi
navatorligi,   ijodkorligining   ustuvorligi,
pedagogik hamkorligi;
- ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, metod va
vositalarining   progressiv   xarakterga
egaligi;
-   ta’lim-tarbiya   jarayonini   boshqarishning
innovasion xarakterdaligi;
-   o‘zlashtirishning   puxtaligi,   natijaning
amaliy xarakterdaligi;
- o‘tiladigan mavzu mazmunining mohiyati texnologik vositalar (interfaol metodlar, AKT,
texnologiyalar) asosida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda
tanlanishi.
        Pedagogik   texnologiyaning
metodologik   asosi   bo‘lib,   umuminsoniy   va
milliy   qadriyatlarda,   O‘zbekiston
Republikasining yoshlar ta’limi va tarbiyasiga
oid   qonuniyatlarida,   ratifikasiya   qilingan
xalqaro   qonun   xujjatlarida,   O‘zbekiston
Prezidentining   ma’ruzalari,   asarlari,   Farmon,
qaror   va   farmoyishlarida,   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
huquqiy-me’yoriy   hujjatlarida,     Davlat
dasturlarida,   mamalakatimiz   hamda   dunyo
miqyosida   ta’lim   texnologiyalariga   oid
ixtirolar,   novatorlik   g‘oyalari,   mutaxassis
olimlarning   ushbu   soha   yuzasidan   olg‘a
surgan ilmiy-nazariy g‘oyalari, qarashlari, xulosa va tavsiyalari xizmat qiladi.
Metodologik   asos   esa-   muayyan   nazariya   va   ta’limotlarning   yetarlicha   ilmiy   asoslanishi,
shaxs   faoliyatini   to‘g‘ri   uyutirish   uchun   asos   (negiz)   bo‘lib   xizmat   qiladigan   muhim,   yetakchi
g‘oyalardir. 2
1
Иноятов У.И.ва бошқалар, Педагогика: 1000та саволга 1000та жавоб.-Т.: ТДПУ,2012.-147 бет.
2
Иноятов У.И.ва бошқалар, Педагогика: 1000та саволга 1000та жавоб.-Т.: ТДПУ,2012.-62 бет. Методология   (юнонча   “”methodos-йўл,
усул,   “logos”-   таълимот)-   шахснинг
амалий   ва   назарий   фаолиятини   тўғри
уюштириш,   тузиш   тўғрисидаги   таълимот:
илмий   билиш   ва   дидактик   тараққиёт
моҳиятини   ёритувчи   устувор   ғоя,   етакчи
тамойил,   муҳим   қонуниятлар,   назарий
ҳамда амалий ёндошувлар мажмуидир. Таълим-тарбия   жараёнини
лойиҳалашга   ва   уни   амалга
оширишга, технологик ёндашув бир
неча босқичдан иборатдир.
I   босқич-   таълим-тарбия
жараёнининг   умумий   ва   хусусий
мақсад,   вазифаларини   белгилаб
олиш.
II   босқич-   натижани
башоратлаш, педагогик психологик,
методик тасхишлаш.
III   босқич-   таълим-тарбия
жараёнини лойиҳалаштириш.
IV   босқич-   пухта   режа,
лойиҳалаштириш   асосида   ўқув-
тарбиявий жараённи ташкил этиш .
V   босқич -   натижани   баҳолаш,
умумлаштириш,   хулосалаш,   қарор
қабул   қилиш,   фаолиятнинг   келгуси
янги йўналишларини белгилаб олиш.     Demaq   pedagogik   texnologiyaning   ijtimoiy   hayot   taraqqiyotiga   ta’siri,   jamiyat   talablari
asosida   inson   kapitalini   yaratishdagi   o‘rni   unga   metodologik   yondoshuvga   bog‘liqdir.   Chunki
ta’lim muassasalari kadrlar tayyorlashda jamiyat va davlat buyurtmasini bajaradi.
  Pedagogik   texnologiyaning   mohiyatini   ta’lim-tarbiya   jarayonini   texnologik   yondoshuv
ya’ni,   qo‘yilgan   maqsadni   amalga   oshirish   uchun   o‘quv   vositalaridan   aniq   va   samarali
foydalanish,   mavjud   texnik   hamda   metodik   imkoniyatlarni   to‘liq   safarbar   etishdan   iboratdir.
Texnologik yondashuv jarayonni loyihalashning metodik muvaffaqiyati garovidir.
   Ushbu bosqichlar mantiqan bir - birini davom ettiradi, shaklan va mazmunan to‘ldiradi.
Bunday   yondashuv   ta’lim-tarbiya   samaradorligini   oshirishda   izchillik   va   sistematiklikni
ta’minlaydi.
 Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologik yondashuv asosida loyihalashtirish va uni amaliyotga
tatbiq etishda bir qator ta’limiy-tarbiyaviy vzifalar o‘z-o‘zidan hal etiladi. Jumladan, umumiy va
xususiy   maqsadlar,   ta’lim-tarbiya   tamoyillari,   qonuniyatlari     aniqlanadi,   jarayon
loyihalashtiriladi   (shakl,   metod,   vosita,   mazmun,   vaqt   me’yorlari,   bilim,   malaka,   ko‘nikma
mezonlari, ilg‘or tajriba, fan-texnikaning zamonaviy yutuqlari, xalqaro ta’lim-tarbiya natijalariga
qo‘yiladigan   talablar,   pedagogik   ijodiy   hamkorlik   va   b.q),   tashxislanadi,   ta’lim-tarbiyaning
mazmunan va tematik yangi yo‘nalishlri belgilanadi, jarayonni boshqarishning innovasion shakli
aniqlanadi,   natijalar   standartlashtiriladi,   ta’lim-tarbiya   jarayonining   ham   obyekti   ham   subyekti
hisoblangan   o‘qituvchi   va   o‘quvchining   kommunikativ   faoliyatining   shakli   va   mazmuni
rejalashtiriladi.O‘qituvchi va o‘quvchining ichki va tashqi resurslaridan oqilona foydalaniladi.
          Ta’lim-tarbiya   jarayonining   muvaffaqiyatini   kafolatlovchi   pedagogik   omillardan   biri
tamoyillar hisoblanadi. 
  “Ta’lim   tamoyillari-   ta’lim   nazariyasining   asosiy   yetakchi   qoidalari   bo‘lib,   o‘qitish
asosidagi  ta’lim  va uni tashkil  etish jarayonini  tashkil  etish mazmuni,  shakli,  metodi,  vositalari
tanlaishini belgilaydigan boshlang‘ich asoslar hisoblanadi” 3
       Darhaqiqat, pedagogik texnologyaning umumpedagogik (didaktiq tarbiya, boshqarish)
tamoyillari   bilan   bir   qatorda   aynan   o‘ziga   xos   bo‘lgan   xususiy   tamoyillari   ham   mavjud.   (1-
shakl).   Ta’lim-tarbiya   jarayonida   foydalaniladigan   tamoyillar   loyihalashtirilgan   dars
mavzusining   xarakteri,   o‘quvchi   shaxsi   hamda   sinf   jamoasining   o‘quv  fanga   bo‘lgan   qiziqishi,
qobiliyati,   ehtiyoji,   dunyoqarashi,   psixologik   xususiyatlari,   motivasiyasi,   faolligi   va   boshqa
xususiyatlariga   qarab   tanlanadi.   Bir   o‘quv-tarbiyaviy   mashg‘ulot   jarayonida   bir   necha
tamoyillardan foydalaniladi.
Pedagog   olimlarning   tasnifiga   ko‘ra   pedagogik   texnologiyalarni   mazmun,   mohiyat,
yo‘nalishiga qarab 12 ta turga ajratiladi. 4
3
Иноятов У.И.ва бошқалар, Педагогика: 1000та саволга 1000та жавоб.-Т.: ТДПУ,2012.-125 бет.
4
Г.К.Селевко, Современн ые образовательные технологии, М.1988. Хусусий тамойиллар
- ижодкорлик, ташаббускорлик;
- таълим-тарбия жараёнига дастурий муносабат;
- ўвув-тарбия жараёнини олдиндан лойиҳалаш;
- узвийлик ва узвийсизлик;
- технологик ёндашувнинг устуворлиги;
- субъект-субъект муносабатларнинг устунлиги;
- илмий-техник ютуклар, илғор тажрибалар, педагогик ғоялар яхлитлиги;
- қизиқарлилик, фаоллик;
- натижанинг устуворлиги, кафолатлилиги;
- мотивациянинг юқорилиги.  1. Qo‘llanish   darajasi   bo‘yicha   (umumiy   pedagogik;   xususiy   predmetli;   lokalli,
modulli, tor pedagogik).
2. Falsafiy   asos   bo‘yicha   (materializm,   idealizm,   dialektiq   metafiziq   insonparvar,
noinsonparvar, antroposofiya, teosofiya, pragmatizm, ekzistensializm, sionizm).
3. Ruhiy rivojlanishning yetakchi omillari bo‘yicha (biogenli, sosiogenli, psixogenli,
idealistik).
4. O‘zlashtirish   konsepsiyasi   bo‘yicha   (assosativ-reflektorli,   rivojlantiruvchi,
bixevioristiq geshtalttexnologiya, suggestiv, neyrolingivistik).
5. Shaxs   tuzilmasiga   yo‘naltirilganlik   bo‘yicha   (informasion,   operasion,   hayajonli-
ahloqiy, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi, evristik va amaliy).
6. Mazmknli va tuzilish xarakteri bo‘yicha (ta’limiy va tarbiyaviy, dunyoviy vadiniy,
umumta’lim va kasbga yo‘naltirilgan, gumanitar va texnokartiq turlicha sohaviy texnologiyalar,
xususiy predmetli hamda monotexnologiyalar va politexnologiyalar).
7. Tashkiliy shakllar bo‘yicha (sinf-dars, muqobilli, akademiq yakka tartibli, guruhli,
jamoa bo‘lib o‘qish usullari, tabaqalashtirilgan ta’lim).
8. Bilish   faoliyatini   tashkil   etish   va   boshqarish   turi   bo‘yicha   (ma’ruzali   klassik
o‘qitish;   audiovizual   texnik   vositalar   yordamida   o‘qish;   “maslahatchi   tizim”;   kitob   yordamida
o‘qitish; “repetitor” tizimi; “dasturli ta’lim” V.P.Bespalko).
9. Bolaga   yondashish   bo‘yicha   (avtoritar,   didaktosentriq   shaxsga   yo‘nalgan
texnologilar, hamkorlik texnologiyasi, erkin tarbiyalash texnologiyasi, ezoterik texnologiyalar).
10.   Ustuvor metodlar  bo‘yicha  (reproduktiv, tushuntirish-ko‘rsatish, rivojlantiruvchi
ta’lim,   muammoli   ta’lim,   ijodiy;   dasturli   ta’lim,   dialogli,   o‘yinli   ta’lim,   o‘z-o‘zini   o‘qitish
ta’limi,  bilan ishlash informasion ta’lim).
11.   Mavjud   an’anaviy   tizimlarni   yangilash   yo‘nalishlari   bo‘yicha   (munosabatlarni
insonparvarlashtirish   va   demokratlashtirish   asosida;   bolalar   faoliyatini   faollashtirish   va
jadallashtirish asosida; tashkillashtirish va boshqarish samaradorligi asosida; o‘quv materiallarini
metodik va didaktik rekonstruksiyalash asosida; tabiatan monandliq muqobillik texnologiyalari;
mualliflik maktabining yagona texnologiyasi).
12.   Tahsil   oluvchilar   toifasi   bo‘yicha   (ommaviy   texnologiya,   olg‘a   odimlovchi
ta’lim,   to‘ldirvchi;   o‘zlashtirmovchilar   bilan   ishlash   texnologiyalari,   iqtidorlilar   bilan   ishlash
texnologiyalari).
Innovasion texnologiyalar va interfaol uslublar. Умумпедагогик тамойиллар
- илмийлик;
- изчиллик;
- системалилик;
- ижтимоий-ғоявийлик;
- кўргазмалилик;
- таълим-тарбия бирлиги;
- назариянинг амалиёт билан боғлиқлиги;
- инсонпарварлик;
- таълим-тарбиянинг ўқувчилар ёш психологик хусусиятларига мослиги;
- бола шахсини ҳурмат қилиш;
- педагогик ҳамкорлик;
- коммуникативлик;
- фанлараро алоқадорлик;
- интерфаол шакл, метод яхлитлиги, устуворлиги.    Innovasion texnologiyalar- ta’lim-tarbiya jarayoniga yangilik kiritish zamirida uning sifat
samaradorligini   ta’minlashga   erishish   demakdir.   Innovasion   texnologiyalar   interfaol   uslublar
orqali amalga oshiriladi. 
Innovasion ta’lim tushunchasi ilk bor 1979 yilda Rim klubida “Ta’lim
olishning   chegarasi   yo‘q”   (“Net   predelov   obucheniyu”)
mavzusida o‘qilgan ma’ruzada ilgari surilgan bo‘lib, u
ta’lim sohasidagi ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tatbiq
etish,   rag‘batlantirish,   saralash,   mukammalligi
ta’minlash, ommalashtirish imkonini beradi.
  Interfaol   (“inter”   bu   o‘zaro,   -   “akt”-
harakat   qilmoq)-   o‘zaro   harakat   qilish,   o‘zaro
kommunikativ   aloqa,   motavasiya,   (ta’lim
motivasiyasi,   tarbiya   motivasiyasi)   asosida   ta’lim-
tarbiya   jarayonini   tashkil   etishning   samarali
uslubidir.   Ushbu   jarayonda   ta’lim-tarbiya   motivasiyasi-
ilmiy-nazariy   bilim   egallash,   qonuniyatlarni   o‘rganishi
hamda   o‘rgatish  bo‘yicha  subyektlar   maqsadlari  yakdilligi,
qiziqishi, ehtiyoji, istak va hohishi muhim ahamiyatga egadir.
  U   ta’lim-tarbiya   jarayoni   subyektlari   o‘rtasidagi   ijodiy
hamkorliq   yakdil   qaror   qabul   qilish,   erkin   fikrlash,jamoada   ma’naviy   do‘stona   muhit
vujudga keltirish, yagona maqsadga qaratilgan kommunikativ hamkorlikni ta’minlaydi.
  Ta’lim-tarbiya   jarayonini   interfaol   usullar   vositasida   texnologiyalashtirilishida
kommunikativ harakat quyidagi zanjir asosida bo‘lishi mumkin:
          O‘qituvchi   (o‘qituvchi)-   o‘quvchi   (talaba);   o‘quvchi   (talaba)-   o‘qituvchi   (o‘qituvchi);
o‘qituvchi (o‘qituvchi);  sinf jamoasi (guruh); sinf jamoasi (guruh)- o‘qituvchi (o‘qituvchi);
- o‘quvchi (talaba)- ta’lim muassasi jamoasi- o‘qituvchi (talaba);
- o‘quvchi (talaba)- o‘quvchi (talaba);
- o‘quvchi,   o‘qituvchi,   sinf   jamoasi   (talaba,   o‘qituvchi,   guruh   jamoasi)-   fuqarolik   jamiyati
institutlari;
- o‘quvchi (talaba); o‘qituvchi (o‘qituvchi) - ota-onalar; ota-onalar- o‘qituvchi (talaba), o‘qituvchi
(o‘qituvchi);
- maktab (OO‘Yu) jamoasi – keng jamoatchilik; jamoatchilik- maktab (OO‘Yu).
         Interfaol uslublar xilma-xil bo‘lib, ulardan amaliyotda ko‘p qo‘llaniladigani quyidagilardir:
“Ajurli arra”, “Keys-stadi”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Zanjir”, “Markazda talaba”, “Markazda
murabbiy”,  “Kichik   guruhlarda  ishlash”,  “Algoritmlarni   qo‘llash”,  “Tahlil  qilish”,   “Taqdimot”,
“Blis so‘rov”, “Debat”, “Qora quti”, “Qarorlar shajarasi”, “Zig-zag” va b.q
      Bizning   nazarimizda   innovasion   pedagogik   texnologiyalar   atamasi   eng   zamonaviy,   eng
samarali, eng natijali, eng ta’sirli noyob imkoniyatlarga ega pedagogik texnologiyalarga nisbatan
ishlatiladi.
         Pedagog olimlarning  tasnifig ko‘ra ta’lim-tarbiya amaliyotda  pedagogik texnologiyalarning
juda ko‘plab turlaridan foydalaniladi.
         Pedagogik texnologiyalardan  ilmiy-texnik resurslar bazasi, o‘quv fani xarakteri,  maqsad va
vazifalari,  mazmuni,  didaktik  jarayonning mohiyati,  subyektlar  imkoniyati,  motivasiyasi,  muhit
va sharoit inobatga olinadi.
    Ularning ba’zilari:
- munozara texnologiyasi;
- pedagogik o‘yin texnologiyasi;
- dasturli ta’lim texnologiyasi;
- muammoli o‘qitish texnologiyasi;
- kompyuterli- axborot texnologiyasi;
- boshqaruv texnologiyasi texnologiyasi;
- masofadan o‘qitish texnologiyasi; Инновация- (ингл.innovationas-
in- киритиш, novatsiya- янгилик,
янгилик киритиш) – илмий-техник
ресурслар, педагогика фани ютуқлари,
илғор тажрибалардан унумли
фойдаланган ҳолда таълим-тарбия
жараёнини тизимли, ижодий ташкил
этиш натижасидир.  - “bumerang” texnologiyasi;
- mustaqil ta’lim texnologiyasi;
- tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiya ;
- modulli texnologiya;
- “3 4” texnologiyasi;
- “muammo” texnologiyasi;
- FSMU texnologiyasi;
- “Muloqot” texnologiyasi;
- “Munosabat” texnologiyasi;
- “Tanishuv” texnologiyasi;
- “Zinama-zina” texnologiyasi;
- “Master klass” texnologiyasi;
- “Dasturiy” ta’lim texnologiyasi;
- Individual ta’lim texnologiyasi;
- Trening   texnologiyasi   va   boshqalardan
iboratdir.
O‘quv maqsadlarini texnologik
loyihalash
            Ta’lim   texnologiyasida   o‘quv
maqsadlarini   loyihalash,   uning
bosqichlari   sifatini   ta’minlash,   ta’lim
subyektlarini   kognitiv   jarayonga
tayyorlash,   innovasion   didaktik
materiallar   yaratish,  ta’limni   tashkil  etish
va   uning   samarali   natijasini   ta’minlash,
o‘quvchining   chuqur   bilim,   ko‘nikma   va
malakasini egallashiga erishishiga alohida
e’tibor   qaratiladi.   Buning   uchun   esa
ta’lim   texnologiyasi   tarkibiy
tuzilmasining   izchilligi,   muhim
ahamiyatga   egadir.   K.Ishmatovning
tasnifiga   ko‘ra   u   quyidagi   tarkibiy
qirralardan iboratdir.
- o‘quv   maqsadlarini   ketma-ketlik   qatorini   ishlab   chiqish   yoki   pedagogik   maqsadlar
taksanomiyasi tizimini yaratish;
- o‘quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish;
- maqsadlarga erishish yo‘llarini qo‘llash;
- korreksiya (tuzatish);
- natijani baholash; 5
Taksanomiya   (grekcha-tartib   bilan   joylashish)   asosan   biologiya   fanida   obyektlarni   tabiiy
o‘zaro   bog‘liqligiga   asoslanib,   tobora   murakkablashib   boradigan   ketma-ketlikda   turkumlash,
sistemalashtirish degan ma’noda ishlatilib kelinadi. Aynan shu mazmundan kelib chiqqan holda
pedagogika   fanlari   turkumida   ham   taksanomiya   atamasi   ta’lim   maqsadlarini   turkumlash,
sistemalashtirish va ularning ketma-ketligini ta’minlash maqsadida ishlatiladi. 
Ta’lim   maqsadlarini   turkumlash   muammosi   ilk   bor   AQSh   psixolog   olimi   B.Blum
tomonidan   1956   yil   “Taksanomiya”   ilmiy   asarida   iste’molga   kiritilgan.   U   o‘quv   maqsadlarini
kognitiv   sohasini   trtibli   tizimini   ilmiy-nazariy   asosladi,   uning   bu   tizimi   dunyo   pedagog   va
psixolog olimlari shuningdeq YuNESKOtomonidan ham tan olindi. 
Kognitiv (bilishga oid) soha.   Bu o‘qituvchining bilim, ko‘nikma malakani egallashgacha
bo‘lgan   pedagogik-psixologik   talablarni   o‘z   ichiga   oladi.   Ya’ni,   yangi   bilimlarni   o‘zlashtirish,
5
Ишматов К. Илғор педагогик технологиялар.Наманган, 2000 й. 58-бет. 1956   йилда   ЮНЕСКО   томонидан
Б.Блум   таксаномиясининг   40   йиллиги
ҳалқаро   миқиёсда   нишонланди.   Бутун
дунё   педагог-психолог   олимлари
томонидан   яна   қатор   таксаномиялар
ишлаб   чиқилган   бўлиб,   амалиётда   фвқат
Б.Блум таксаномиясидан фойдаланилади.
Б.Блум   таксаномияси   ўқитувчи   учун
учта соҳада ёрдам беради .
1. Когнитив (билишга оид) соҳа.
2.   Аффектив   (ҳиссиётли-қадриятли)
соҳа.
3. Психомотор (харакатга оид) соҳа.  uning   mazmun   va   mohiyatini   chuqur   anglash,   hayotda   qo‘llay   bilish,   turli   nazariy   g‘oyalarni
qiyosiy   tahlil   etish   zamirida   xulosalar   chiqarish,   axborotlarni   to‘g‘ri   qabul   qilish   va   baholash
kabilarni   o‘zida   namoyon   etadi.   Bilish   falsafiy   nuqtai   nazardan   “ma’naviy-ruhiy   hodisa”
insonning   olamini   anglash   qobiliyati,   saralangan,tartibga   solingan,   muayyan   usul   (metod)
yordamida   olingan,   ma’lum   mezonarga   (me’yorlarga)   muvofiq   tartibga   solingan,   ijtimoiy
ahamiyatga   ega   bo‘lgan,   odamlar   va   butun   jamiyat   tomonidan   aynan   bilish   sifatida   tan
olinadigan   axborot.   U   amal   qilinish   darajasiga   ko‘ra   kundalik   yoki   odatdagi   va   maxsus;
sohalarga   ko‘ra   kasbiy   va   amaliy;   shaxsga   doir   aqliy   bilish   va   hissiy   bilish   turlariga   bo‘linishi
mumkin. 6
  DTS,   darsliklar,   dasturlar,   o‘quv   metodik   qo‘llanmalar,   ilmiy-nazariy   adabiyotlar,   AKT
yangiliklari,  ilg‘or amaliy tajriba natijalari bilish uchun vositadir. Kognitiv maqsadlarga asosan
dars jarayonida erishiladi.
Affektiv   (hissiyotli-qadriyatli)soha.   Bunga,   ilmiy-nazariy   bilimlarni   oddiy   idrok   etish,
ularni chuqur o‘zlashtirish va o‘z munosabatlarini bayon etish bosqichlaridan to o‘qitiuvchining
atrof-muhitga,   bo‘layotgan   voqyea-xodisalarga   nisbatan   hissiy-shaxsiy   nuqtai-nazarini
shakllantiruvchi   maqsadlar   majmuasi   kiradi.   O‘quvchining   u   yoki   bu   nuqtai   nazarga,   voqyea-
xodisaga qiziqish, o‘z munosabatini bildirishi, mohiyatan anglab yetishi, xulosa chiqarishi, qaror
qabul qilishini shakllantirish kabi maqsadlar shular jumlasidandir.
Bu   o‘rinda   hissiyotni   ijobiy   natija   uchun   yo‘naltirish,   uni   jilovlay   bilish,   qo‘yilgan
maqsadga   yetish   uchun   zamindir.   Affektiv   maqsadlar   shaxsning   ichki   hissiy   holati,   rivojlanish
darajasi bilan bog‘liq. Bu taksanomiya asosan tarbiya natijasini tashxislashda qo‘llaniladi. 
Psixomotor (xarakatga oid) soha. Bu o‘qituvchining psixologiq ma’naviy xatti-xarakatini
maqsad   sari   yo‘naltirish   bilan   bog‘liq   holatdir.   Ya’ni,  unga   harakat   yo‘nalishini   ongli   ravishda
boshqarish,   harakatlarning   o‘z   o‘rnida,   o‘qituvchi-o‘quvchi   eteketi   doirasida   bo‘lishini
ta’minlash,   chaqqonliq   aktyorlik   mahoratini   namoyon   etish,   tartibli,   estetik   harakatni
muvofiqlashtirish shakllantirishga oid maqsadlar kiradi.
Psixomotor   soha   o‘quv   maqsadlari   aniq   namoyon   bo‘ladigan   hatti-xarakatlar   bilan
xarakterlanadi.     B.Blum taksanomiyasining tarkibiy qismlari: bilish,tushunish, qo‘llash, analiz,
sintez, baholash kabilardan iboratdir.
Bilish- ilmiy-nazariy  bilimlarni  g‘oyalar,  aniq  dalillar,  xulosa va tavsiyalar,  amaliy  tajriba
asosida   xotirada   saqlab   qolishdan   iboratdir.   Egallangan   bilim   takror   alash   zamirida
mustahkamlanadi,   darslikdan   tashqari   uslubiy,   o‘quv   qo‘llanmalar,   OAV,   internet   materiallari
vositasida to‘ldiriladi, boyitiladi. Bilish ma’naviy komillik poydevoridir. B.Blum taksanomiyasi
bo‘yicha kognitiv sohada quyidagi talablarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:
- ilmiy-nazariy dalillar, atamalarni bilish;
- dalillarni tanlash vaanglash usulini bilish;
- voqyea-xodisalarning taraqqiyot dinamikasini bilish;
- guruhlash, tabaqalash, turkumlashni bilish;
- nazorat qilish, xulosalash, baholash mezonlrini bilish;
- qo‘llaniladigan usul va yo‘llarnibilish;
- voqyea-xodisalar borishi, natijasi, mohiyatini oldindan bashoratlashni bilish;
- egallangan   nazariy   bilimlarni   amaliy   faoliyatda   qanday   jarayon   va   holatda   qo‘llashni
bilish.
Tushunish -   dars jarayonida o‘rganiladigan nazariy tushunchalarni mazmun va mohiyatini
ongli ravishda anglash, ularga nisbatan o‘z munosabatini shakllantirishdir. Shuningdeq o‘quvchi
tomonidan egallangan nazariy bilimlarni og‘zaki yoki yozma ravishda tushuntirib berish, bayon
etishi,   voqyea   va   xodisalarning   borishi   natijasi,   oqibatini   oldindan   tasavvuretish,   shunga   qarab
o‘z-o‘zininig faoliyatini algoritmlashtirishdan iboratdir. 
      Qo‘llash -  o‘rganilgan materiallarni zarur vaziyat bo‘lgan vaqtda qo‘llashdan iboratdir.
Bunga   g‘oyalar,   tushunchalar,   qonun-qoidalar,   atamalar,   metodlar,   qonuniyatlar,   tamoyillar,
6
Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати.-Т.: Ғофур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2009
й. 79-бет. xulosa   va   tavsiyalar   amalda   qo‘llash   nazarda
tutiladi.   Bu   o‘quv   maqsadlari
taksanomiyasining   materialini   bilish,
tushunishga nisbatan materialni yuqori darajada
egallanganligini   amalda   namoyon   etuvchi
ma’suliyatli bosqich hisoblanadi.
Tahlil- Bu   materialni   yaxlit   yoki   qismlarga
bo‘lib   bilishni   anglatadi.   Bu   jarayon   mantiqiy
tafakkurni   talab   etadi.   O‘quvchining   bilim
darajasi,   materialni   mazmun   va   mohiyatan
chuqur   anglab   yetishi,   tushunishi,   amaliyotda
qo‘llay olishi tahlilni asosli va ishonchli bo‘lishi
uchun   zamindir.   Tahlillar   asosida   xulosa   va
tavsiyalar  ishlanadi,  o‘quv maqsadlarining  fan yoki
alohida bo‘lim, mavzular bo‘yicha kelgusi faoliyat uchun maqsadlar belgilab olinadi.
Sintez-   ushbu toifa  o‘quv materialini  alohida  qismlarga  ajratilgan  tahlillari  asosida yaxlit
maqsadli natijani ifodalaydi.
Baholash-   O‘quvchi   tomonidan   u   yoki   bu   material   (badiiy   asar,   qonuniyat   va   qonunlar,
ilmiy   izlanish   natijalari,   egallangan   bilim
darajalari) ning o‘zlashtirish natijalarini indeks
va   indikatorlariga   qarab   aniq   maqsad   nuqtai
nazaridan   baho   berishdan,   munosabat
bildirishdan, o‘lchashdan iboratdir. 
Baholash   jarayoni   bilish   natijalarini
baholash   mezonlariga   asoslanilanishdan
iboratdir. 
O‘quv   maqsadlarini   topshiriqlarga
aylantirish.
O‘quv   jarayonini   texnologiyalashtirishda
o‘quv   maqsadlarini   aniqlashtirish,   uning
natijasini   belgilovchi   nazorat   topshiriqlarini
ham ishlab chiqishni taqozo etadi. 
Og‘zaki   nazorat -   o‘quv   maqsadlaridan
kelib chiqqan holda o‘quvchining u yoki bu fan
modul,   mavzu   bo‘yicha   o‘zlashtirgan   bilimi,
ko‘nikmasi,   malakasi   o‘quvchi-o‘quvchi;
o‘qituvchi-sinf   jamoasi   tarzida   savol-javob,
jonli   kommunikativ   muloqot,   verbal
munosabatlar tarzida baholanadi.   
Og‘zaki nazoratda o‘quvchi o‘zining bilim saviyasi, tayyorgarlik darajasi, fanga qiziqishi,
iqtidorini   namoyon   qilish   imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.   O‘qituvchi   o‘quvchiga   bergan   savol   va
qo‘shimcha   savollar   orqali   uning   ilmiy   bilish   qobiliyatining   psixologik   jihatlarini,   pedagogik
shart-sharoitlarini   bilib   oladi.   Shuning   bilan   bir   qatorda   o‘zining   mehnati   natijalari
samaradorligiga baho beradi. 
Og‘zaki nazoratning kamchiligi vaqtning chegaralanganligi; bitta mavzu bo‘yicha sinfdagi
barcha   o‘quvchilar   bilimini   bir   vaqtning   o‘zida   baholash   imkonining   yo‘qligi;   ko‘p   mehnat
sarflanishi; butun bir jamoaning faolligini ta’minlay olmaslik shular jumlasidandir.
Yozma   nazorat- o‘quv   maqsadini,   unda   qo‘yilgan   vazifalarning   o‘zlashtirish   darajasini
turli   shakllardagi   yozma   nazorat   ishlari   orqali   baholashdan   iboratdir.Yozma   nazorat   turlari
bayon,   diktant,   insho,   ijodiy   ish,   referat,   taqdimot,   test   va   boshqalardan   iborat   bo‘lib,
o‘quvchining   mavjud   o‘zlashtirish   darajasi,   dunyoqarashi,  shaxsiy  munosabatlari,  nuqtai-nazari Ўқув   мақсадлари   аниқ
белгилангач   унга   монанд
назорат   топшириқлари   ҳам
ишлаб   чиқилиши   мақсадга
мувофиқ бўлиб, унинг  шакллари
хилма-хилдир.
     Жумладан улар:
- оғзаки назорат;
- ёзма назорат;
- тестназорати.
Тестлар   фанларнинг   характери,
мақсаднинг   қўйилишига   қараб  хилма-
хилдир.   Педагогика   фанида   эса
тестларни   3   гуруҳга   ажратиб
туркумлаш мумкин:
1. Ў қувчининг   интеллектуал
ривожланиш   даражасини
аниқловчи тестлар.
2. Педагогик тестлар.
3. Муайян   касбга   яроқлиликни
аниқловчи тестлар.
4. Мутахассислик фанларида эса:
- ёпиқ тест топшириқлари;
- очиқ тест топшириқлари;
- лаёқатни аниқлаш тестлари;
- тўғри   кетма-кетликни   аниқлаш
тестлари кенг қўлланилади .   to‘liq   ifoda   etiladi.   Yozma   nazorat   o‘quvchining   bilimi,   ko‘nikma   va   malakalarini   haqqoniy,
adolatli baholashning samarali usuli hisoblanadi.
Lekin,   ushbu   nazorat   shaklida   o‘qituvchi   va   o‘quvchining   subyekt-subyekt   tarzidagi
kommunikativ   muloqoti   bo‘lmaydi;   ba’zi   hollarda   o‘quvchidagi   iqtidor   o‘zini   namoyon   eta
olmaydi; yozma nazorat natijalari haqida birdan o‘quvchiga ma’lumot berilmaydi; o‘qituvchidan
ko‘p vaqt va mehnat talab etadi; o‘quvchining pedagogik-psixologik xususiyatlari, holati yaqqol
jonli namoyon bo‘lmaydi.
        Test (inglizcha   “test”   –sinash,   tekshirish,   o‘rganish)   -   aniq   maqsad   asosida   muayyan
holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda imkon beruvchi sinov vositasi sanaladi. 7
Test ilk bor 1864 yildat Buyuk Britaniyalik psixolog olim J.Fisher tomonidan o‘quvchilar
bilim   darajasini   tekshirish   uchun   qo‘llanilgan   bo‘lib,   uning   nazariy   asoslarini   ingliz   psixologi
F.Gamelton   ishlab   chiqqan.   Psixologik   testlar   esa   ilk   martta   amerikalik   psixologik   E.Torndaik
tomonidan ishlab chiqilgan.
          XIX   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida   test   sinovlari   o‘quvchilarning   o‘quv-bilimi
qobiliyatlarini   baholash   maqsadida   keng   foydalanila   boshlandi.   1992   yilda   O‘zbekiston   MDH
mamalakatlari   ichida   birinchi   bo‘lib,   oliy   o‘quv   yurtiga   kiruvchilar   uchun   pedagogik   testlarni
amaliyotga joriy etdi.
Yopiq   test   topshiriqlari   bir   nechta   javoblardan   iborat   bo‘lib,   barcha   javoblar   to‘g‘riga
o‘hshaydi, lekin ulardan bittasi to‘g‘ri bo‘ladi. Yopiq test topshiriqlari javoblari son jihatidan 2-5
tagacha bo‘lishi mumkin.  
Ikkita   javobi   bo‘lgan   (“to‘g‘ri”,   “noto‘g‘ri”)   yopiq   test   shaklidagi   topshiriqlar   o‘qituvchi
tomonidan   dastlabki   tezkor   ma’lumotlarni   olish   maqsadida   foydalaniladi.   Ya’ni,   o‘quv   fani
bo‘yicha   o‘quvchining   dastlabki   umumiy   tayyorgarligi,   qiziqishi,   bilim   darajasi   va   boshqa
maqsadlarda foydalaniladi. Masalan:
1. Kim sizda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishga qiziqish uyg‘otdi?
A) Ingliz tili o‘qituvchim
B) O‘zimning qiziqishim kuchli.
Ochiq   test   topshiriqlarida   o‘quvchining   bir-ikki   so‘zdan   iborat   qisqa   va   aniq   javoblari
talab   etiladi.   Test   so‘rovnomasida   faktlarga   asoslangan   javob   uchun   maxsus   joy   qoldiriladi.
Masalan:
1. Pedagogik   texnologiya   atamasi----------------yilda,   ------------lik   pedagog   olim
tomonidan ilk bor fanga kiritilgan.
Ochiq testlarda bitta yoki bir nechta so‘z matndan tushib qoldiriladi.
O‘quvchilar   bilimini   baholashda   test   topshiriqlarining   shakllari   va   mazmuni   o‘qituvi
tomonidan maqsadning qo‘yilishiga qarab tanlanadi. Pedagog olimlar tomonidan pedagogik test
topshiriqlari shakllari ilmiy asoslangan. Ular quyidagicha tasnif etilgan:
- birdan-bir to‘g‘ri javobi bo‘lgan yopiq topshiriqlar:
- bir necha to‘g‘ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar:
- bitta so‘z (yoki so‘zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil topgan ochiq topshiriqlar;
- to‘g‘ri   ketma-ketlikni   aniqlash   uchun   topshiriqlar   (ularni   bajarishda   betartib   holdagi
so‘zlardan gap tuzish zarur);
- o‘zaro bog‘lanishni (muvofiqlikni) aniqlash uchun topshiriqlar;
- ayrim fanlar bo‘yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash bo‘yicha topshiriqlar;
- sonni   to‘ldirishga   mo‘ljallangan   topshiriqlar,bunda   sonlar   seriyasini   topish   usulini
aniqlash testlari;
- masalalar yechishga qaratilgan (matematiq fizik va b.q) topshiriqlar;
- chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar;
- olingan axborotni o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun topshiriqlar;
- sinonimlar va antonimlarni farqlashga topshiriqlar;
- analogiya (aynan o‘xshashlik)ga oid topshiriqlar;
- o‘qilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar;
7
У.Иноятов ва б.қ. 157-бет - ko‘rsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar;
- bilimdonlikni aniqlashga oid topshiriqlar;
- tafakkurni aniqlovchi testlar;
- orfografik testlar;
- til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar;
Test  nazoratining  boshqa  nazorat  turlariga  nisbatan  o‘ziga   xos   afzalliklari  mavjud   bo‘lib.
Ular quyidagilardan iboratdir:
- imtihon biletlari 3 ta savol bilan chegaralanadi, lekin 5 ballik baho tizimidan butun o‘quv
fani   bo‘yicha foydalaniladi,   lekin   test   yoki   bo‘limi   mazmuni   bo‘yicha
bilish o‘quvchi darajani aniqlovchi savollarga javob beriladi;
- o‘quvchining bilim darajasi obyektiv, adolatli baholanadi;
- vaqtdan unumli foydalaniladi;
- barcha o‘quvchilar uchun bir xil sharoit yaratiladi;
- test   natijalarining   baholash   mezonlari,   beriladigan
javoblar oldindan aniqligi;
- test nazorati AKT lar vositasida avtomatlashtiriladi;
test topshiriqlarining ba’zi kamchiliklari ham mavjud.
1. Test   nazoratida   o‘quvchining   hissiy-emosional   holati,   qobiliyati,   kommunikativ
faoliyati namoyon bo‘lmaydi.
2. O‘quvchi tomonidan test javoblarini to‘liq, erkin yozma yoki og‘zaki bayon etish
chegaralangan.
Reyting tizimi.
–   muayyan   xodisani   oldindan   belgilaydigan   shkala   bo‘yicha   baholash   sanaladi.   Reyting
tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli hisoblanadi. 8
Reyting tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iboratdir:
- nazoratning uch bosqichliligi ya’ni, joriy, oraliq, yakuniy;
- nazorat topshiriqlarining og‘zaki. Yozma, test tarzida doimiyligi, yalpiligi, izchilligi;
- nazorat topshiriqlari natijalarini inobatga olishning yaxlitligi;
- bilim, ko‘nikma, malakalarni baholashning uzksizligi, haqqoniyligi, xosliligi, adolatliligi;
- o‘quvchini   doimiy   o‘z   ustida   ishlashga   undashi   (5   ballik   baho   mezoni   asosida   biletli
nazoratda o‘quvchi faqat imtihon jarayonida tayyorlanadi);
- o‘quvchilarga   erkin,   mustaqil,   ijodiy   ishlash,   bilimlarni   ihtiyoriy   o‘zlashtirishlari   uchun
shart-sharoit yaratilishi;
          O‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalari   4   ta   o‘zlashtirish   darajasiga   binoan
reyting foizlari mezonlariga asoslanib o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi:
0-54- qoniqarsiz
55-70- qoniqarli
71-85- yaxshi
86-100- a’lo
Ushbu   reyting   tizimi   o‘quv   maqsadlari   natijasini   baholash   uchun   qo‘llaniladi.   Tarbiya
natijalari,   o‘quvchilarning   tarbiyalanganlik   natijasini   baholashda   esa   tarbiya   texnologiyasi
maqsadlaridan kelib chiqqan holda alohida dasturiy mezonlar asosida baholanadi.
Te xnologik xarita
Darsning muvaffaqiyati uni o‘qituvchi tomonidan puxta rejalashtirishga, loyihalashtirishga
bog‘liq.   Bunda   o‘qituvchidan   o‘quv   fanining,   o‘tiladigan   mavzuning   xususiyatlaridan,   o‘z
imkoniyatlaridan,   o‘quvchilarning   talab   va   ehtiyojlaridan   kelib   chiqqan   holda   har   bir   darsning
texnologik xaritasini yaratishi taqozo etiladi.
8
У.Иноятов. 157-бет. Рейтинг (инглизча
“rating”- баҳолаш.
Тартибгакелтири
ш,даража)  Texnologik   xarita   tuzishda   shaklan   va   mazmunan   quyidagi   talablar   inobatga   olinadi:
o‘qituvchi o‘tiladigan   dars mavzuning o‘quvchi tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlashni
qanday samarali tashkil etadi?
Maqsadni   amalga   oshirishda   o‘qituvchining   o‘z   ustida   ishlashi,   metodik   bazaga   ega
bo‘lishi;  o‘quvchilarning  bilim  darajasi,   intellektual   salohiyati,   fanga  bo‘lgan  qiziqishi,   mavjud
muhit;   yosh   va   psixologik   xususiyatlari;   darsga     ajratilgan   vaqtni   uning   bosqichlari     bo‘yicha
to‘g‘ri taqsimlanishi;darsning interfaol usullari, innovasion   shakllarini o‘z o‘rnida tanlash; dars
mazmunidan kelib chiqqan holda texnologik vositalarni aniqlash; kutiladigan   natijani oldindan
tashxislash.
Darsning texnologik xaritasi rang-barangligi, puxtaligi, qiziqarliligi, o‘quvchilar faolligini
ta’minlashi o‘quvchilar bilim,ko‘nikma va malakalarining kafolati omilidir.
Texnologik   xarita  darsning  pasporti  hisoblanadi.   Unda  darsga  ajratilgan  vaqt  muddatidan
unumli   foydalanish,   maqsad   va   vazifaning   aniq   belgilanishi,   natijaning   kafolati   asosiy   mezon
hisoblanadi.   O‘qituvchi   har   bir   darsning   texnologik   xaritasini   tayyorlashda   alohida   ijodiy
yondoshadi,   shuning   uchun     texnologik   faoliyat   jarayoni   o‘quvchidan   ham,   o‘qituvchidan   ham
ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, faollikni talab etadi.
Masalan,  O‘zekiston  davlat jahon tillari  universiteti  magistratura  1-bosqichida  o‘tiladigan
“Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat”   fani   misolida   tuzilgan   texnologik   xarita
quyidagicha bo‘lishi mumkin.
Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol usullar va ularga qo‘yiladigan didaktik
talablar
Mavzuga ajratilgan vaqt – 2 soat Magistrlar soni – 50
O‘quv mashg‘ulotining shakli – ma’ruza - taqdimot
O‘quv   mashg‘ulotining
texnologik tuzilmasi 1. O‘qitiladigan   mavzuning   mohiyatini   dolzarbligini   ilmiy-nazariy
asoslash
2. Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol usullarning o‘ziga xos
ijobiy   tomonlari,   ularga   qo‘yiladigan   didaktik   talablar   haqida
magistrlarga ma’luot berish
3. Ma’ruza asosida tayyorlangan tarqatma materiallarni berish
4. Ma’ruzani taqdimot texnologiyasi asosida yoritish
5. Mavzuga oid interfaol  usullarni aniqlash
6. Magistrlarni   qiziqtirgan   savollarga   javoblar   asosida   darsni
mustahkamlash
7. Ma’ruzani yakunlash
O‘quv   mashg‘ulotining
maqsadi Magistrlarni   innovasion   ta’lim   texnologiyasi   samaradorligini
ta’minlashda   interfaol   usullarning   ahamiyati,   turlari   va   ularga
qo‘yiladigan didaktik talablar haqida ilmiy-nazariy bilimlar bilan
qurollantirish   zamirida   ularni   innovasion   pedagogik   jarayonga
tayyorlash
Pedagogik vazifalar
1.Ta’lim   samaradorligini   oshirishda
interfaol   usullarning   ahamiyatini   ochib
berish.
2.   Interfaol   usullarga   qo‘yiladigan
didaktik talablar haqida ma’lumot berish. O‘quv faoliyati natijalari
1.Magistrlar   ta’lim   jarayonining     natijasi
kafolati interfaol usullar ekanligi anglab yetadilar.
2.   Interfaol   usullarning   ta’limiy,   tarbiyaviy
ahamiyatini bilib oladilar.
3.   Interfaol   usullarning   dars   mazmunini 3.   Interfaol     usullardan   ta’lim
jarayonida   foydalanishdan   kutiladigan
natijalar borasida tushuncha berish.
4.   “Aqliy   hujum”,   “Keys-stadi”,
“Klaster”,   “Video-topishmoq”,   “Qora
quti”, “Zig-zag”, “Dumaloq stol atrofida”,
“Piramida”   va   boshqa   interfaol
usullarning   tuzilishi   va   ahamiyatini
yoritish. o‘zlashtirishdagi   ijobiy     roli   haqida   ma’lumotga
ega  bo‘ladilar.
4.   Mazkur   interfaol   usullarning     qo‘llanish
jarayoni,   mazmuni,   mohiyati,   amaliy   ahamiyati
haqida yetarlicha  xabardor bo‘ladilar.
Ta’lim metodi. Ma’ruza,   kuzatish,     tushuntirish,   savol-javob,
namoyish, bayon etish, klaster
Ta’limni tashkil etish shakli  Ma’ruza-taqdimot
Didaktik vositalar  Mavzuga oid ilmiy-nazariy, metodik  adabiyotlar,
slayd-taqdimot,   ma’ruza   matni   va   tarqatma
materiallar
Ta’limni tashkil etish uchun sharoit AKT   bilan   jihozlangan,   magistlar   bilim   olishi
uchun   barcha   sharoitlar   mavjud   “Pedagogik
texnologiya” xonasi
Nazorat turi Joriy nazorat
Mashg‘ulot bosqichlari va vaqt me’yorlari Faoliyat mazmuni
1 bosqich:
Tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi 
(5 daqiqa) O‘qituvchi faoliyati Magistr faoliyati
Ma’ruzaga   magistrlarning
tayyorgarligi,
auditoriyaning,   AKTning
tayyorgarligi,   o‘quv
jihozlarining  mavjudligini
nazorat   qiladi.   Ma’ruza
mavzusi   e’lon   qilinadigan
maqsad   va   vazifalar,
kutiladigan   natija   bayon
etiladi. Ma’ruzaga   zarur
bo‘lgan   barcha
texnik   jihozlarni
tayyorlaydi,   muhit
yaratadi,   diqqatni
jamlaydi.
Ma’ruza   mavzusi
rejasida   kutiladigan
ilmiy-nazariy
g‘oyalarni
o‘zlashtirishga
o‘zini   psixologik-
pedagogik
tayyorlaydi.
II bosqich:
Asosiy   - yangi bilimlarni bayon etish   va
o‘zlashtirish bosqichi
(60 diqiqa) Magistrlar   taqdimot
vositasida   o‘quv   materiali
bilan   izchil,   sistemali
ravishda   tanishtiriladi.
Ularga ilmiy-nazariy bilim
beriladi.
Taqdimotdan foydalanadi.
Magistrlar   faolligini
ta’minlaydi.
Magistrlar   bilan
kommunikativ   hamkorlik
asosida   yangi   materialni
yaxlit     o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi. Taqdimotda
keltirilgan   ilmiy-
nazariy   bilimlarni
o‘zlashtiradilar.
Asosiy tushuncha va
ma’lumotlarni   yozib
oladilar.
Taqdimot
materialari   bo‘yicha
o‘z   fikr-
mulohazalarini
bayon etadilar.
Slaydlar   bilan
tanishadilar.
O‘zlarini   qiziqtirgan
savollarni tayyorlaydilar. 
III-bos qich 
Bilimlarni   mustahkamlash,   fikrlar
korreksiyasi bosqichi
(10 daqiqa) Yangi   material   bayoni
asosida   magistrlar   bilan
ijodiy fikr almashadi.
“Klaster”   ususlidan
foydalanib,   yangi   darsni
mustahkamlaydi.
Savollarga   javob   beradi.
Hamkorlikda   muammolar
yechimini topadi.
IV -bosqich
Yakuniy,   xulosalash,   kelgusi   rejalarni
aniqlash bosqichi
(5 daqiqa) Magistrlarning   o‘quv
mashg‘ulotiga   ishtirokini
joriy   baholaydi,
xulosalaydi,   uyga
topshiriq beradi.
Darsning   tashkiliy,
ta’limiy,   tarbiyaviy,
rivojlantiruvchiliq
magistrlarning   faolligi
yuzasidan   umumiy
xulosalar chiqaradi. Har   bir   magistr
o‘quv   mashg‘uloti
bo‘yicha   o‘z-o‘zini
baholaydi.   Uyga
berilgan
topshiriqlarni   yozib
oladi.
Shunday   qilib,   texnologik   xarita   o‘qituvchi   faoliyatini   loyihalash,   samarali   tashkil   etish
uchun   metodik   poydevor   hisoblansa,   o‘quvchi   uchun   esa   chuqur   bilim   egallashida   zamin
yaratadi.
INNOVASION PEDAGOGIKA VA TA’LIM  INNOVASIYALARI. TA’LIM
INNOVASIYALARINING TURLARI
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining
barcha   sohalarida   taraqqiyotining   yangi   istiqbollarini   ochib   berdi.   Insoniyatning   davlat   va
jamiyat qurilishiga doir asriy tajribalari ijtimoiy munosabatlarni yangicha yondashuvlar asosida
tartibga   solish   borasidagi   ilg‘or   yondashuvlarning   qaror   toptirilishiga   olib   keldi.   Mazkur
yondashuvlarning   mohiyati   so‘nggi   yillarda   umumiy   tarzda   “modernizasiyalash”   tushunchasi
yordamida ifodalanib kelinmoqda. Xo‘sh, “modernizasiya” tushunchasi lug‘aviy jihatdan qanday
ma’noni anglatadi? Ushbu tushuncha negizida qanday holat tavsiflanadi? 
Modernizasiya   (ingl.   “modern”   –   zamonaviy,   ilg‘or,   yangilangan)   –   obyektning   yangi
talablar   va   me’yorlar,   texnik   ko‘rsatmalar,   sifat   ko‘rsatkichlariga   mos   ravishda   yangilanishi
sanaladi. 
Ta’lim tizimining modernizasiyalashda quyidagi ustuvor vazifalar hal qilinadi: 
-   har   bir   shaxsning   to‘laqonli   ta’lim   olishida   boshqalar   bilan   teng   huquqliligi   va   ta’lim
olishning ochiqligini ta’minlash; 
- uzluksiz ta’lim tizimida yangi sifat ko‘rsatkichlariga erishish; 
-   yangi   ta’lim   resurslarini   jalb   qilish   va   ulardan   samarali   foydalanish   asosida   uzluksiz
ta’lim tizimida samarali me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni shakllantirish; 
-   davlat   va   jamiyatning   qo‘llab-quvvatlashi   negizida   ta’lim   tizimi   xodimlarining   ijtimoiy
maqomi va kasbiy kompetentligini rivojlantirish; 
- ta’lim tizimining davlat va jamoatchilik boshqaruviga asoslanganlik tamoyiliga muvofiq
ta’lim   jarayoni   ishtirokchilari   –   talabalar,   pedagoglar,   ota-onalar   va   ta’lim   muassasalarining
rolini   oshirishdan   iborat.   Ta’limni   modernizasiyalash   jarayoni   o‘z-o‘zidan   innovasiyalarga
bog‘liq bo‘ladi. “Innovasiya  ...  ta’limda  “miqdor”ning  “sifat”ga  o‘zgarishi   ya’ni  kuchli  darajadagi
sifat   bu-sinfda   o‘zaro   interfaol   harakatlar,   fikrni   ifodalash   uchun   imkoniyatlar   yaratish,
hayotiy   tajribalarni   o‘rganish   kabi   yangi     va   samarali   yondoshuv   va   strategiyalar   orqali
ifodalanadigan atamalarning jamlanmasidir” 9
 ( Aleks Muur.  40-bet).
Pedagogik   innovasiyalar   tegishli   sohada   ijobiy   o‘zgarishlarni   sodir   etish,   sifat   jihatdan
yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniladi. Bu turdagi innovasiyalarni asoslash muayyan
bosqichlarda amalga oshadi. Ular quyidagilar: 
Pedagogik innovasiyalar o‘z xususiyatiga ko‘ra quyidagi tarkibiy tuzilishga ega bo‘ladi:
1.Sohada namoyon bo‘layotgan yangilikni ajratib ko‘rsatuvchi blok (unda pedagogikadagi
yangi   g‘oyalar,   pedagogik   yangiliklarning   tasnifi,   ularni   asoslashga   xizmat   qiladigan   shart-
sharoitlar,   yangilik   darajasini   belgilovchi   me’yorlar,   pedagoglarning   yangiliklarni   o‘zlashtirish
va undan amaliyotda samarali foydalanishga tayyorliklari, an’analar va novatorlik tashabbuslari,
sohada yangiliklarni yaratish bosqichlari aks etadi). 
2.   Pedagoglar   tomonidan   yangilikning   idrok   qilinishi,   o‘zlashtirilishi   va   baholanishi
ifodalovchi   blok   (unda   pedagogik   jamoalar   tomonidan   yangiliklarning   baholanishi   va
o‘zlashtirilishi   –   turli   innovasion   jarayonlar,   konservatorlik   va   novatorliq   innovasiya   muhiti,
pedagogik jamoalarning yangilikni idrok etish va baholashga tayyorliklari aks etadi. 
3. Yangilikdan foydalanish va uni joriy etish bloki (unda yangilikni amaliyotga tadbiq etish
va ulardan samarali foydalanish hodisasi ro‘y beradi). 
Novasiya (yangilanish). Novasiya va innovasiyaning  farqli jihatlari
Lug‘aviy jihatdan  “innovasiya”  tushunchasi ingliz
tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish”
degan ma’noni anglatadi. “Innovasiya” tushunchasi
mazmunan aniq holatni ifodalaydi. 
“O‘zbekiston   Milliy   ensiklopediyasi”da
ko‘rsatilishicha,   innovasiya   quyidagicha   mazmun   va
tushunchalarga   ega:   “Innovasiya   (ingl.   “innovationas”   –
kiritilgan   yangiliq   ixtiro)   –   1)   texnika   va   texnologiya
avlodlarini   almashtirishni   ta’minlash   uchun   iqtisodiyotga
sarflangan   mablag‘lar;   2)   ilmiy-texnika   yutuqlari   va   ilg‘or
tajribalarga   asoslangaan   texnika,   texnologiya,   boshqarish   va
mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdeq ularning turli sohalar va faoliyat
doiralarida qo‘llanishi” 10
. 
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovasiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy
birlik   –   tashkilot,   aholi,   jamiyat,   guruhga   nisbatan   munosabatga   yangicha   yondashish,   bu
9
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012.  40-бет.
10
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 11 том.1-босқич. 	Янги 	
ғоянинг 
туғилиши, 
(кашфиёт 
босқичи) 	
2-босқич. 
Янги ғояга 
таянган 
ҳолда 
янгиликни 
асосланиши 	
3-босқич. 
Асосланган 
янгиликнинг 
амалиётда 
қўлланилиши 	
4-босқич. 
Янгиликнинг 
ёйилиши ва 
кенг кўламда 
амалиётга 
тадбиқ 
этилиши	
5-босқич. 
Янгиликнинг 
тегишли 
соҳада 
ҳукмронлик 
қилиши 	
6-босқич. 
Муқобиллик Инновация   –
муайян   тизимнинг
ички   тузилишини
ўзгартиришга
қаратилган фаолият  munosabatni   bir   qadar   turg‘un   elementlar   bilan   boyitib   borish   tushunilishi   lozim.   Bu   o‘rinda
anglanadiki,   muallifning   qarashlari   bevosita   ijtimoiy   munosabatlar,   ularga   nisbatan   innovasion
yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis,
rahbar,   xodim,   qolaversa,   turli   ijtimoiy   munosabatlar   jarayonining   ishtirokchisi   sifatida   o‘ziga
xos innovatsion faoliyatni tashkil etadi. 
Amerikalik   psixolog   E.Rodjers   o‘z   tadqiqotlarida   innovasion   xarakterga   ega   ijtimoiy
munosabatlarning   ijtimoiy-psixologik   jihatlari,   ijtimoiy   munosabatlarga   yangilik   kiritish,   bu
jarayonda   ishtirok   etuvchi   shaxslarning   toifalari,   ularning   yangilikka   bo‘lgan   munosabatlari,
yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar
toifalari   o‘rtasidagi   innovasion   xarakterga   ega   ijtimoiy   munosabatlarning   tasnifi   masalalarini
o‘rgangan. 
Innovasion   ta’lim   (ingl.   “innovation”   –
yangilik   kiritish,   ixtiro)   –   ta’lim   oluvchida   yangi
g‘oya,   me’yor,   qoidalarni   yaratish,   o‘zga   shaxslar
tomonidan   yaratilgan   ilg‘or   g‘oyalar,   me’yor,
qoidalarni   tabiiy   qabul   qilishga   oid   sifatlar,
malakalarni   shakllantirish   imkoniyatini   yaratadigan
ta’lim.
“Innovasion  ta’lim”  tushunchasi   birinchi   bor
1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan. 
Innovasion   ta’lim   jarayonida   qo‘llaniladigan
texnologiyalar   innovasion   ta’lim   texnologiyalari
yoki   ta’lim   innovasiyalari   deb   nomlanadi.
Innovasiyalar turli ko‘rinishga ega. 
Ta’lim   tizimida   yoki   o‘quv   faoliyatida
innovasiyalarni   qo‘llashda   sarflangan
mablag‘   va   kuchdan   imkon   qadar   eng
yuqori natijani olish  maqsadi  ko‘zlanadi.
Innovasiyalarning   har   qanday
yangilikdan  farqi shundaki, u boshqarish
va   nazorat   qilishga   imkon   beradigan
o‘zgaruvchan   mexanizmga   ega   bo‘lishi
zarur.   Mohiyatiga   ko‘ra   innovasiyalar
munosabat   yoki   jarayonga   yangilik
kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-
o‘zidan   tizim   sifatida   yangilik   kiritirish
munosabat   yoki   jarayonning,
birinchidan,   ichki   mantig‘ini,
ikkinchidan,   kiritilayotgan   yangilikning   muayyan   vaqt   oralig‘ida   izchil   rivojlanishi   va   atrof-
muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi. 
Ta’lim innovasiyalari bir necha turga ajratiladi.  Ular: Таълим инновациялари  –
таълим соҳаси ёки ўқув
жараёнида мавжуд муаммони
янгича ёндашув асосида ечиш
мақсадида қўлланилиб,
аввалгидан анча самарали
натижани кафолатлай оладиган
шакл, метод ва технологиялар
Инновацияларнинг 
асосий кўринишлари :
- янги ғоялар; 
-тизим   ёки   фаолият   йўналишини
ўзгатиришга қаратилган аниқ мақсадлар;
- ноанъанавий ёндашувлар; 
- одатий бўлмаган ташаббуслар; 
- илғор иш услублари ;  Barcha   sohalarda   bo‘lgani   kabi   ta’limda   ham   “novasiya”,   “innovasiya”   hamda   ularning
mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Ilmiy   adabiyotlarda   “novasiya”   (yangilanish,   yangilik)   hamda   “innovasiya”   (yangilik
kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I.
Zagvyazinskiyning  e’tirof  etishicha,  “yangi”,   “yangilik”  tushunchasi  nafaqat   muayyan  g‘oyani,
balki   hali   amaliyotda   foydalanilmagan   yondashuv,   metod   hamda   texnologiyalarni   ifodalaydi.
Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib, o‘zgarib
turuvchi sharoit  va vaziyatda  ta’lim  va tarbiya  vazifalarini  samarali  hal etish g‘oyalarini  o‘zida
aks ettiradi. 
Darhaqiqat,   yangilik   –   vosita   sanalib,   u   aksariyat   holatlarda   yangi   metod,   metodika,
texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Mohiyatiga   ko‘ra   novasiya   va   innovasiya   o‘rtasida   muayyan   farqlar   mavjud.   Ular
quyidagilardir :
Novasiya InnovasiyaАсосий турлари	
Фаолият йўналишига кўра	
Педагогик жараёнда қўлланиладиган 	
инновациялар	
Таълим тизимини бошқаришда қўлланиладиган 	
инновациялар	
Киритилган 	
ўзгаришларнинг тавсифига 	
кўра	
Радикал инновациялар	
Комбинацияланган инновациялар
Модификацияланган инновациялар	
Ўзгаришларнинг кўламига 	
кўра	
Тармоқ (локаль) инновациялар	
Модул инновациялар
Тизим инновациялари	
Келиб чиқиш манбаига 	
кўра	
Жамоа томонидан бевосита яратилган 	
инновациялар	
Ўзлаштирилган инновацияларБорди-ю,   фаолият   маълум
концептуал   ёндашув   асосида   амалга
оширилиб,   унинг   натижаси   муайян
тизимнинг   ривожланишига   ёки   уни
тубдан   ўзгартиришга   хизмат   қилса,   у
инновация   (янгилик   киритиш)   деб
аталади.Агар   фаолият   қисқа
муддатли, яхлит тизим хусусиятига
эга   бўлиб,   фақатгина   тизимдаги
айрим   элементларни   ўзгартиришга
хизмат   қилса   у   новация
(янгиланиш)  деб юритилади 1) amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi; 
2) ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi; 
3) metodlar yangilanadi; 
4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi  1) tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi; 
2)   ma’lum   amaliyotda   yangi   faoliyat
tizimini loyihalaydi; 
3) subyektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi; 
5)   faoliyatda   yangi   sifat   natijalariga
erishiladi; 
6) amaliyotning o‘zi ham yangilanadi 
I.P.Podlas ы yning   fikriga   ko‘ra,   ta’lim   innovasionlari   quyidagi   o‘zgarishlar ga   olib
keladi: 
- pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi; 
- o‘quv jarayonining o‘zgarishi; 
- pedagogik nazariyaning o‘zgarishi; 
- o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi; 
- talaba  faoliyatining yangilanishi; 
- pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi; 
- ta’lim mazmunining yangilanishi; 
- o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi; 
- ta’lim tizimi boshqaruvning o‘zgarishi; 
- ta’lim maqsadi va natijalarning o‘zgarishi 11
Bu   o‘rinda   M.M.Potashnik   tomonidan   e’tirof   etilgan   innovasiya   jarayonlar   mohiyatini
ifodalovchi talqin alohida ahamiyatli ekanligini ko‘rsatish o‘tish maqsadga muvofiqdir. Mazkur
talqinga ko‘ra innovasion jarayon quyidagi tuzilmalarga ega:
Innovasiya   jarayoni   tarkibiy   tuzilmalardan   iborat   bo‘lish   bilan   birga   muayyan
qonuniyatlarga   ham   bo‘ysunadi.   Mazkur   jarayon   uchun   quyidagi   to‘rtta   qonuniyat   xarakterli
sanaladi.
11
И.П.Подласый.  Мотив – мақсад – вазифа – мазмун – шакл – методлар – методика компонентлари йиғиндиси Фаолият тузилмаси
Инновацион жараёнда иштирок э тувчи субъектларСубъектив тузилма.     
Инновацион фаолият субъектларининг халқаро, минтақавий, туман, шаҳар ва б. даражалари  Даражали  тузилмаси
Ўқув жараёни, маънавий-маърифий ишлар, бошқарув ва ҳ.к.да янгиликнинг пайдо бўлиши Ғоявий  тузилма
Янгиликнинг пайдо бўлиши – жадал ривожланиши – камолот чўққиси – ўзлаштириш – 
диффузия  – янги ғоялар билан бойитилиши Даврийлик тузилмаси
Бошқарув жараёни (режалаштириш – ташкил этиш – раҳбарлик қилиш – назорат) 
элементларининг ўзаро алоқаси Бошқарув тузилмаси
Диагностик, прогностик, ташкилий, амалий, умумлаштирувчи ва татбиқ этувчи инновациялар Ташкилий тузилмаси.        1- qonuniyat. Pedagogik innovasion muhitining keskin beqarorlik 
2-qonuniyat. Amalga  oshish
3-qonuniyat. Qoliplashtirish
4-qonuniyat .  (stereotiplashtirish)  Pedagogik innovasiyalarning davriy takrorlanishi
Keskin beqarorlik qonuniyatiga ko‘ra pedagogik jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi yaxlit
tasavvurlar o‘zgaradi, shakllangan pedagogik yangilik baholanadi va bu yangilikning ahamiyati,
qiymati e’tirof etiladi.
Amalga   oshish   qonuniyati   yangilikning   hayotiyligini   ifodalaydi,   unga   ko‘ra   yangi
pedagogik innovasiyalar stixiyali yoki ongli ravishda o‘ta tezkor yoki tezkor ravisha amaliyotga
tatbiq etilai. 
Qoliplashtirish   (stereotiplashtirish)   qonuniyati   aksariyat   pedagoglarda   yangicha
tafakkurning   qaror   topganligini   va   ularning   innovasiyalarni   amaliyotga   tatbiq   etish   yo‘lida
faollik ko‘rsatishlarini tavsiflaydi. Bu jarayonda dastlab innovasion xarakter kasb etgan g‘oyalar
yanada ilg‘or yangiliklarni amalga oshirishsh yo‘lida to‘siq bo‘la boshlaydi. 
Pedagogik   innovasiyalarning   davriy   takrorlanishi   va   qaytarilishi   qonuniyati
yangiliklarning yangi, yanada qulay sharoitlarda qayta tiklanishini ifodalaydi. 
Odatda pedagogik innovasiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi ikki xil kechadi:
1.   Pedagogik   innovasiyalarning   amaliyotga   tatbiqi   stixiyali   kechadi,   ya’ni,   innovasion
jarayonda   pedagogik   yangiliklarga   bo‘lgan   ehtiyoj   hisobga   olinmaydi,   ularni   amaliyotga   tatbiq
etishda mavjud shart-sharoitlar, usul va yo‘llariga ongli munosabat bildirilmaydi. 
2.   Pedagogik   innovasiyalarning   amaliyotga   tatbiqi   tizimli   kechadi,   ya’ni,   pedagogik
yangiliklar   innovasion   jarayonda   ongli,   maqsadga   muvofiq,   ilmiy   asoslangan   faoliyat   mahsuli
sifatida amaliyotga joriy etiladi.
  Innovasion faoliyat mazmuni. Pedagogning innovasion faoliyati
Pedagogik   innovasion   jarayon   mohiyati.   Zamonaviy   ta’limga   xos   muhim   jihatlardan
biri   –   pedagog   faoliyatining   innovasion   xarakter   kasb   etishiga   erishish   sanaladi.   Rivojlangan
xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovasion xarakter kasb etishiga erishish masalasi
o‘tgan   asrning   60-yillaridan   boshlab   jiddiy   o‘rganila   boshlagan.   Xususan,   X.Barnet,   J.Basset,
D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvloq D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M.
Godnin,   V.I.Zagvyazinskiy,   V.A.Kan-Kaliq   N.V.Kuzmina   hamda   V.A.Slastenin   kabi
tadqiqotchilar   tomonidan   olib   borilgan   ishlarda   innovasion   faoliyat,   pedagogik   faoliyatga
innovasion   yondashish,   innovasion   g‘oyalarni   asoslash   va   ularni   amaliyotga   samarali   tadbiq
etish,   xorijiy   mamlakatlar   hamda   respublikada   yaratilgan   pedagogik   innovasiyalardan   xabaror
bilish   orqali   pedagog   faoliyatida   ulardan   faol   foydalanish   borasidagi   amaliy   harakatlar
mazmunini yoritilgan.
Har qanday innovasiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli
munosabat   va   jarayonlarga   kiritilayotgan   yangilik   mazmunan   xususiy,   subyektiv,   mahalliy   va
shartli g‘oyalar tarzida namoyon bo‘ladi.
Xususiy   yangilik   munosabat,   obyekt   yoki   jarayonga   tegishli   elementlardan   birini
o‘zgartirish, yangilashni nazarida tutadi. 
Subyektiv yangilik ma’lum obyektning o‘zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi. 
Mahalliy   yangilik   alohida   olingan   obyekt   uchun   kiritilayotgan   yangilikning   amaliy
ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi.  В.А.Сластенин   инновацияни   янгилик   яратиш,   кенг   ёйиш   ва
фойдаланишга   қаратилган   мақсадга   мувофиқ,   йўналтирилган   жараёни
мажмуи   деб   билади.   Муаллифнинг   фикрига   кўра   ҳар   қандай   инновация
янги   воситалар   ёрдамида   ижтимоий   субъектларнинг   эҳтиёжини
қондириш ва интилишларини рағбатлантириш мақсадини кўзлайди.  Shartli   yangilik   esa   munosabat,   obyekt   yoki   jarayonda   murakkab,   progressiv
yangilanishning   sodir   etilishini   ta’minlovchi   ma’lum   elementlarning   yig‘indisini   yoritishga
xizmat qiladi. 
Rossiyalik   olimlar   –   A.I.Prigojin,   B.V.Sazonov,   V.S.Tolstoy,   N.P.Stepanov   va   b.   esa
innovasion  jarayon  hamda   uning tarkibiy  qismlarini  o‘rganishga  e’tiborni   qaratgan.   Bu o‘rinda
ular   innovasion   jarayonning   tashkil   etilishiga   nisbatan   quyidagi   ikki   yondashuv   mavjud
ekanligini e’tirof etadi: 
1) yangilikning individual mikro darajasi (unga ko‘ra qandaydir yangi g‘oya amaliyotga
joriy etiladi); 
2) alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi makro daraja (bu
o‘rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirlanishi, birligi, raqobati va birining
o‘rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli sanaladi). 
A.I.Prigojin,   B.V.Sazonov   va   V.S.Tolstoylar   o‘z   tadqiqotlarida   yangilik   kiritishning
tizimli   konsepsiyani   asoslashga   uringan.   Bu   o‘rinda   mualliflar   innovasion   jarayonlarning
quyidagi ikki muhim bosqichini bir-biridan ajratib ko‘rsatishadi: 
1. Yangilik sifatida namoyon bo‘ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish (m: korxona, tashkilot
tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqishning rejalashtirilishi). 
2. Yangilik (muayyan mahsulot)ni kengko‘lamda ishlab chiqish. 
Oliy   ta’lim   muassasalarida   innovasion   jarayonlarni   tashkil   etishda   o‘ziga   xos
yondashuvlar kuzatila d i. Ular: 
« Innovasion   faoliyat   –   bu   yangi   ijtimoiy   talablar   bilan   an’anaviy   me’yorlarning   mos
kelmasligi,   yoxud   amaliyotning   yangi   shakllanayotgan   me’yorining   mavjud   me’yor   bilan
to‘qnashuvi   natijasida   vujudga   kelgan   muammolarni   yechishga   qaratilgan   faoliyatdir»,-deb
ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov 12
. 
12
В.И.Слобадчиков. Учитель и инновации. Москва. 2006. 215 ст. 1. Гностик-динамик ёндашув  (унга кўра педагоглар педагогик инновациялар,
уларнинг   турлари,   яратилиши,   амалиётга   татбиқ   этилиши,   хориж   мамлакатларида
яратилган   илғор   педагогик   (таълимий)   инновациялар   ва   уларни   ўрганиш,   маҳаллий
шарт-шароитларни   инобатга   олган   ҳолда   амалиётда   улардан   фойдаланишга   доир
билим,   кўникма,   малакаларни   изчил   ўзлаштирадилар,   ўз   фаолиятларида   педагогик
инновацияларни фаол қўллаш борасидаги тажрибаларни ўзлаштирадилар). 
2. Индивидуал фаолиятли ёндашув   (бунда педагоглар  ўзларининг  индивиуал
имкониятлари, қобилиятлари, тажрибаларига таянган ҳола амалиё фаолиятда педагогик
инновацияларни қўллашда муайян изчилликка эришадилар). 
3. Кўп субъектли  (диалогик)  ёндашув   (мазкур  ёндашув  педагогик  жараёнда
инновацияларни   ҳамкасбларнинг   ўзаро,   хусусан,   кўп   йиллик   иш   тажрибаси,   касбий
маҳорат   ва   тажрибага   эга   педагогларнинг   фаолиятлари   билан   танишиш,   уларнинг
таълим   инновацияларини   самарали,   мақсадли   ва   узлуксиз   қўллашга   доир   тавсия
4.   Инсонпарварлик   ёндашуви   (ушбу   ёндашув   педагогик   жараёнда
инновацияларни   қўллашда   таълим   олувчиларнинг   имкониятлари,   хоҳиш-истаклари,
қизиқишлари,   билим,   кўникма   ва   малакалари   даражасини   инобатга   олиш   мақсадга
мувофиқлигини ёритишга хизмат қилади). 
5.   Индивидуал-ижодий   ёндашув   (унга   кўра   ҳар   бир   педагог   фаолиятини
ўрганилаётган   мавзу,   ўқув   материалининг   моҳияти,   шунингдек,   ўз   имкониятлари,
салоҳияти,   маҳорати,   иш   тажрибасидан   келиб   чиққан   ҳолда   таълим   ва   тарбия
жараёнларини ижодий ишланмалар асосида ташкил этади).   Inson  faoliyati  o‘z  oldiga  qo‘ygan     maqsadlariga   ko‘ra  bir-biridan  farq  qiladi.   Masalan,
ijodiy   faoliyat,   ilmiy   faoliyat,   pedagogik   faoliyat,   tadbirkorlik   faoliyati,   o‘quv-biluv   faoliyati,
boshqaruv   faoliyati   va   innovasion   faoliyat   kabilar.   Faoliyatning   mazmuni,   shart-sharoitlari,
vositalari o‘zgarib borishi natijasida  insonning  ahloqiy madaniyati takomillashib boradi. 
«Pedagogik   faoliyat   -   jamiyatning   ta’lim-tarbiyaga   bo‘lgan   ehtiyojini   qondirish
maqsadida   umuminsoniy   sifatlar   va   milliy   fazilatlarni   shakllantirishni   ilmiy   asoslangan   reja-
dasturga   muvofiq   amalga   oshirish,   ya’ni   yosh   avlodni   hayotga   tayyorlaydigan     ijtimoiy   zarur
faoliyat»,-deya ta’riflaydi B.Ziyomuhammedov 13
.
Bugungi   kunda   pedagogika   sohasida     yangi   ilmiy   yo‘nalish   -   pedagogik   innovasiya   va
ta’lim   jarayonini   yangilash   g‘oyalarining   paydo   bo‘lishi   natijasida   o‘qituvchining   pedagogik
faoliyatida ham yangi yo‘nalish «o‘qituvchining innovasion faoliyati» tushunchasi paydo bo‘ldi.
Ta’lim   tizimidagi   innovasiyalar,   ularni   amaliyotga   kiritish,   innovasion   jarayonlarni
boshqarishni   tahlil   qilish   orqali   innovasion   faoliyat   tushunchasini   ta’riflash   imkoniyati   paydo
bo‘ldi. Innovasion faoliyat - pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy
ettiruvchi   kuchdir.     Innovasion   faoliyat   bu   amaliyot   va   nazariyaning   muhim   qismi   bo‘lib,
ijtimoiy-madaniy   obyekt   sifatlarini   yaxshilashga   qaratilgan   ijtimoiy   subyektlarning   harakat
tizimi  bo‘lib,  u  ma’lum   doiradagi  muammolarni   yechish  qobiliyatigina   emas,  balki  har  qanday
vaziyatdagi   muammolarni   yechish   uchun   motivasion   tayyorgarlikka   ega   bo‘lishdir.   O‘qituvchi
innovasion   faoliyatining   markaziy   masalasi   o‘quv   jarayonini   samarali   tashkil   etishdan   iborat.
“Barcha   amaliyotdagi   o‘qituvchilar   bilganideq   o‘qituvchining   eng   asosiy   vazifasi
o‘quvchilarning   o‘qishga   bo‘lgan   ishtiyoqi   pasayganda   uni   ko‘tarish   va   mavjud   bo‘lgan
motivasiyani   o‘qitishning   o‘zi   orqali   (masalan,   tanqidiy   qarash   o‘qituvchi   tomonidan
beriladigan vazifa va materiallarga) zaiflashtirmaslik yoki buzmaslikdan iborat” 14
.
Innovasion  faoliyatni   ma’lum  bir  ijtimoiy  amaliyot  maydonida  ko‘rib   chiqish  zarur.   Bu
amaliyotning   konkret   subyekt   nuqtai   nazaridan,   amaldagi   an’anaga   nisbatan   jiddiy
o‘zgarishlarga olib keladigan  yangi faoliyatni innovasion deb hisoblash mumkin.
Innovasion   faoliyatning   infratuzilmasini   innovasion   faoliyatni   amalga   oshirish   uchun
zarur   bo‘lgan   xizmatlarni   innovasion   faoliyat   subyektlariga   taklif   etuvchi   tashkilotlar   tashkil
etadi.   Demaq   malaka   oshirish   institutlari,   tuman   (shahar)   metodika   kengashlari,   maktab   metod
birlashmalari   o‘qituvchilar   innovasion   faoliyat   yuritishlari   uchun   zarur   bo‘ladigan   xizmatlarni
tashkil etishlari kerak.
Shunga   ko‘ra   «innovasion   o‘zgarishlarni   sezish,   anglash   har   qanday   o‘qituvchiga   ham
xos   bo‘lavermaydi,-deb   yozadi     U.Nishonaliyev,-   bu   yerda   eng   asosiysi   o‘qituvchining     o‘zi
yangilikni sezishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishidir».  
Innovasion   faoliyat   -uzluksiz   ravishda   yangiliklar   asosida   ishlash   bo‘lib,   u   uzoq   vaqt
davomida shakllanadi va takomillashib boradi. 
O‘qituvchi   innovasion   faoliyati   xususiyatlarini   o‘rganib   chiqqan   pedagog   olimlar
fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni   innovasion faoliyatning asosiy belgilari   deb hisoblash
mumkin:
13
14
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012.  25-бет O‘qituvchilarni   innovasion   faoliyatga   tayyorlash   muammosiga   murojaat   etish   jamiyatda
innovasion jarayonlar dinamikasining o‘sib borayotganligini tushunish natijasida vujudga keldi.
Uning   tahlili   faqat   fan   va   texnika   erishgan   zamonaviy   yutuqlardan   foydalanishni   o‘z   ichiga
olmasdan,   balki   yangiliklarni   izlash,   yaratish,   moslashtirish,   tatbiq   etish   va   olingan   natijalarni
qayta tekshirish kabi jarayonlarni ham qamrab oladi. 
Innovasion   faoliyatning   tuzilishini   o‘rganib   chiqqan   olimlardan   biri   V.Slastenin   uni
quyidagicha   tuzilishga   ega   deb   ko‘rsatib   o‘tadi:   «Innovasion   faoliyatning   tuzilishi-ijodiy
yondashuv, ijodiy faolliq yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarliq yangicha
fikrlash,   muomala   madaniyati.   Innovasion   faoliyatning   darajalari:   reproduktiv,   evristiq   kreativ
bo‘lishi mumkin». 
  Innovasion   faoliyat   davrida   yangiliklar,   innovasiyalar,   tom   ma’noda   ta’lim   jarayoniga
kirib keladi. 
Innovasion faoliyatga tayyorlashdan maqsad-o‘qituvchining yangilikka intiluvchanligini,
mustaqil   o‘z   ustida   ishlash   ko‘nikmasi   va   malakasini   shakllantirish,   yangi   pedagogik
texnologiyalar,   interfaol   metodlardan   foydalanib,   dars   va   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlarni
o‘tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat.
«Innovasion   faoliyat   o‘qituvchining   o‘z   faoliyatidan   qoniqmasligidan   kelib   chiqadi.   U
o‘qituvchi tomonidan u yoki bu pedagogik vazifani hal qilishda qandaydir to‘siqqa duch kelinib,
uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida yuzaga keladi». 
Innovasion   faoliyat   yangi   g‘oyani   izlashdan   boshlanadi.   Pedagogik   innovasiya   ta’lim-
tarbiya   jarayonidagi   muhim   va   murakkab   masala   yechimiga   yo‘nalitirilganligi   sababli
o‘qituvchidan  yangicha yondashuvni talab qiladi. 
O‘qituvchini   innovasion   faoliyatga   tayyorlashda   bir   qator   psixologik   to‘siqlar   mavjud.
Bularning birinchisi o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyat chegarasidan tashqariga chiqishi juda
qiyinligi,   ya’ni     o‘qituvchilarda   ijodkorlikning   yetarli   emasligi   bo‘lsa,   yana   bir   sabab   yangi   va
noma’lum narsalar har doim odamlarda cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir.
A.M. Xon o‘qituvchilarda innovasion faoliyatni shakllantirishda  uchraydigan psixologik
to‘siqlarning   ikki   turini   ajratadi:   kognitiv   psixologik   to‘siqlar   va   muntazam   paydo   bo‘ladigan
to‘siqlar.   Kognitiv   psixologik   to‘siqlar   yangilik   haqidagi   bilimlarning   yetishmasligi,   yangilikni
his   qilmaslik   va   nofaol   xatti-harakatlar   hisoblansa,   muntazam   psixologik   to‘siqlar     yangilikka
nisbatan   ishonchsizliq   rahbariyatga   ishonmasliq   tashabbuskorlarni   qo‘llab-quvvatlamaslik   va
odatda yangilik kirituvchilarga qarshi kurashish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. - ижодий фаолият 
фалсафасини 
эгаллашга интилиш; -педагогик тадқиқот 
методларини 
эгаллаш;
-муаллифлик 
концепцияларини 
яратиш қобилияти; -тажриба-синов 
ишларини 
режалаштириш ва 
амалга ошира    
олиш;-ўзидан бошқа 
тадқиқотчи-
педагоглар 
тажрибаларини 
қўллай олиш;
-ҳамкасблар билан 
ҳамкорлик; -фикр алмашиш ва 
методик ёрдам 
кўрсата олишлик; -зиддиятларнинг 
олдини олиш ва 
бартараф этиш;
-янгиликларни 
излаб топиш ва 
уларни ўз шароитига 
мослаштириб бориш          Ta’lim innovasiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bosqichlari
Odatda pedagogik innovasiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi ikki xil kechadi:
1.   Pedagogik   innovasiyalarning   amaliyotga   tatbiqi   stixiyali   kechadi,   ya’ni,   innovasion
jarayonda   pedagogik   yangiliklarga   bo‘lgan   ehtiyoj   hisobga   olinmaydi,   ularni   amaliyotga   tatbiq
etishda mavjud shart-sharoitlar, usul va yo‘llariga ongli munosabat bildirilmaydi. 
2.   Pedagogik   innovasiyalarning   amaliyotga   tatbiqi   stixiyali   kechadi,   ya’ni,   pedagogik
yangiliklar   innovasion   jarayonda   ongli,   maqsadga   muvofiq,   ilmiy   asoslangan   faoliyat   mahsuli
sifatida amaliyotga joriy etiladi
Ta’lim   innovasiyalarini   pedagogik   jarayonga   tatbiq   etish   bir   necha   bosqichlarda
kechadi.Ular quyidagilardir:
Bugungi   kunda   pedagoglarning   innovasion   faoliyat   ko‘nikma,   malakalariga   ega
bo‘lishlari   muhim   ahamiyatga   ega.   Pedagoglar   tomonidan   innofasion   faoliyat   ko‘nikma,
malakalarini o‘zlashtira olishlarida ularning innovasion yondashuvga ega bo‘lishlari talab etiladi.
O‘z   mohiyatiga   ko‘ra   pedagoglar   tomonidan   innovasion   faoliyat   ko‘nikma,   malakalarining
o‘zlashtirilishi   ularda   innovasion   yondashuvni   qaror   topishi   asosida   kechadi.   Pedagoglarda
innovasion   yondashuvning   qaror   topishi   ham   murakkab   jarayon   bo‘lib,   u   bir   necha   bosqichda
kechadi
Demaq ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim tizimida
ham   tub   o‘zgarishlar   sodir   bo‘lishiga   olib   keladi.   Ta’lim   tizimining   modernizasiyasi   davlat   va
jamiyat   malakali   kadrlarga,   shaxsning   esa   sifatli   ta’lim   olishga   bo‘lgan   ehtiyojlaridan   kelib
chiqqan holda ro‘y beradi. 
Ta’lim   amaliyotida   pedagogik   texnologiyalarning   qo‘llanilishi   ta’lim   tizimi
modernizasiyasining   tarkibiy   elementi   hisoblanadi.   Zamonaviy   sharoitda   ta’lim-tarbiya
jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga
kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. 
Pedagogik   innovasiyalar   pedagogik   faoliyatga   yangiliklarning   izchil   olib   kirilishini
tavsiflaydi. Pedagogik innovasiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni
rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovasion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi,
olg‘a   undovchi,   bunyodkorlikka   rag‘batlantiruvchi   kuch   sifatida   namoyon   bo‘lib,   ta’lim
jarayonining   sifatini   kafolatlaydi.   Shu   sababli   har   bir   o‘qituvchi   innovasiyalarning   mohiyatini
to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
O‘qituvchi   innovasion   faoliyatining   mezonlari   va   uni   shakllanish   bosqichlari.
Innovasion faoliyat  o‘qituvchining  hamma  muvaffaqiyatini  belgilovchi  asosiy faoliyat  bo‘lib, u
shaxsning kasbiy, metodik  mahoratini sifatli qayta qurish demakdir.    O‘qituvchilarning
innovasion   faoliyatga   tayyorgarligini   tahlil   qilishni   3   bosqichda   amalga   oshirish   maqsadga
muvofiq bo‘ladi:
1.   Yangilikni   pedagogik   faoliyatda   qo‘llashdan   oldingi   davrdagi   o‘qituvchi   faoliyatini
tahlil qilish.
2. Innovasion faoliyatning faol shakllanish davrini tahlil qilish.1-босқич. 	Муаммони  	
таҳлил  асосида аниқлаш	
2-босқич. 	Мўлжалланаётган 	
 таълим тизимини 	
лойиҳалаш 	
3-босқич. 	Ўзгаришлар ва 	
янгиликларни 
режалаштириш	
4-босқич. 	Ўзгаришларни 	
амалга  ошириш     3.   Pedagogik   jarayonga   yangilik   kiritilib   bo‘lgandan   keyingi   davrdagi   faoliyatni   tahlil
qilish.
Ma’lumki,   shaxsning   xislat   va   fazilatlari   faoliyat   ko‘rsatish   jarayonida   shakllanadi   va
faoliyatning   natijasi   hisoblanadi.   Shu   sababli     o‘qituvchilarda   yangilikka   intiluvchanlik   va
mustaqil   mutolaa   qilishga   doimo   zaruriyat   sezish   psixologiyasini   singdirish     lozim.   Chunki
yangilik - insonga ulug‘vorlikdan ko‘ra ko‘proq zavq  bag‘ishlaydi.  
Innovasion   faoliyatning   asl   mazmuni   amalda   yangi   texnologiyani   paydo   bo‘lishi
demakdir.
O‘qituvchi innovasion faoliyatining shakllanish bosqichlari quyidagilar:  
Skinnerning g‘oyalariga ko‘ra bugungi kunda  ijtimoiy, ta’lim olishning o‘zaro tabiatida
o‘quvchilarga   faqat   qabul   qilishdan   ko‘ra   ko‘proq  tajriba   orqali   bilim   berishni   ishlab   chiqish
kerakligiga e’tibor qaratish lozim 15
.
Hozirgi   kunda   ta’lim   jarayonida   interaktiv   metodlar,   innovasion   texnologiyalar,
pedagogik   va   axborot   texnologiyalarini   qo‘llashga   bo‘lgan   e’tibor   kundan-kunga   kuchayib
bormoqda. Buning sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor
bilimlarni   egallashga   o‘rgatilgan   bo‘lsa,   zamonaviy   texnologiyalar   ular   egallayotgan   bilimlarni
o‘zlari   qidirib   topishlariga,   mustaqil   o‘rganib,   tahlil   qilishlariga,hatto   xulosalarni   ham   o‘zlari
keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi va
bilim   olish   orkali   tarbiyalanishiga   sharoit   yaratadi   va   shu   bilan   birga     boshqaruvchilik   va
yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. 
Innovasion   texnologiyalarning   asosiy   negizi-bu   o‘qituvchi   va   o‘quvchining   belgilangan
maqsaddan   kafolatgan   natijaga   hamkorlikda   erishishlari   uchun   oldindan   ta’lim   jarayonini
loyihalashdir.   Demaq   innovasiya   o‘quv   jarayoniga   yangilik   olib   kirish,   o‘quv   jarayonini
o‘quvchi ehtiyoji, hohoshi va istaklariga moslashtirish, o‘quvchini mustaqil mutolaaga o‘rgatish,
bilimlarni   tayyor   holda   berish   emas,   o‘quvchilarning   bilim   olish   malakalarini   shakllantirishga
harakat qilish demakdir
Ta’lim   tizimidagi   islohotlarning   taqdiri   DTS   ishlab   chiqilib,   yangi   darsliklar   avlodi
yaratilgan,   dastur   va   metodik   qo‘llanmalar,   tavsiyalar   ishlab   chiqilgan   bugungi   kunda   asosan
o‘qituvchi   faoliyatiga   bog‘liq   bo‘lib   qolmoqda.   Chunki   o‘qituvchi   faoliyati   yangilanmasa
ta’limda samaradorlikka erishib bo‘lmaydi.
15
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия.  Рутледж. Иккинчи нашр. 2012.  5-бет.1-босқич.
2-босқич.
3-босқич.
4-босқич.
Биринчи босқич- тайёр методик 	
тавсияномалар   аниқ қилиб кўчирилади.
Иккинчи босқич-мавжуд тизимга айрим   
янги   мосламалар (модификациялар),  	
методик усуллар киритилади.	
Учинчи босқич- янги ғояни амалга ошириш    
мазмуни,   методлари, шакли тўла  ишлаб 
чиқилади.
Тўртинчи босқич- ўқитувчи ўқитиш ва   
тарбиялашнинг  ўз концепциясини    ишлаб 
чиқади (янги   технология яратилади).     Ma’lumki pedagogik faoliyat tug‘ma talant emas, yoki nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat
emas, balki uning asosida izlanish, ijodiy mehnat yotadi.
Ta’lim-tarbiya   jarayonidagi   innovasiyalar,   ilg‘or   pedagogik   texnologiyalar,   yangiliklar,
dars   o‘tishning   interfaol   usullari   o‘z-o‘zidan   yoki   yuqoridan   buyruq,   kursatma   bilan   ta’lim
jarayoniga   kirib   kelmaydi,   bu   o‘qituvchi   faoliyati   va   uning   motivasiyasiga   bog‘liq   bo‘lgan
jarayondir.
«Innovasion   faoliyat»   bu   –ma’lum   doiradagi   muammolarni   yechish   uchun   yangilikni
kiritishga   yo‘naltirilgan   harakatgina   emas,   balki   har   qanday   vaziyatdagi   muammolarni   yechish
uchun motivasion tayyorgarlikka ega bo‘lish hamdir”.
  “Motivasiyaning   turli   xil   qo‘shimcha   mukammalligida   Skot   Barmen   4   ta   asosiy
kategoriyani aniqlaydi:
1. Faoliyatning o‘zidagi qiziqishdan kelib chiqadigan xolat– ichki motivasiya. 
2. Boshqa odamlarni hursand qiladigan xolat yoki vazifa – ijtimoiy motivasiya.
3.   Yutuq   motivasiyasi   –   bunda   boshqalar   bilan   raqobatlashish   maqsadida   vazifalarni
yaxshi bajarish.
4. Ko‘makchi motivasiya – bunda motivasiya rag‘batlantirish yoki jazolash orqali paydo
qilinadi” 16
.
O‘qituvchilarni   innovasion   faoliyatga   tayyorlash   bir   necha   bosqichda,   uzluksiz   malaka
oshirish orqali amalga oshiriladi.
  Dastlab   o‘qituvchilarni   innovasion   faoliyatga   psixologik   jihatdan   tayyorligini
shakllantirish   kerak.   Bunda   o‘qituvchi   yetakchi   didaktik   prinsiplardan   quyidagilarni   bilishi
kerak:   pedagogik   ko‘nikmalarni   egallashga   ehtiyoj   bilan   o‘z   faoliyatini   o‘zgartirishga   ehtiyoj
o‘rtasidagi   mutanosibliq   pedagogik   jarayonda   subyek   va   obyektning   birgalikdagi   ijodiyoti,
yangi, shu davrgacha ma’lum bo‘lmagan vaziyatlardan chiqib keta olishlik prinsiplari.
Ikkinchi bosqichda psixologik-pedagogik bilimlar va pedagogik mahorat shakllantiriladi. 
Demaq ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim tizimida
ham   tub   o‘zgarishlar   sodir   bo‘lishiga   olib   keladi.   Ta’lim   tizimining   modernizasiyasi   davlat   va
jamiyat   malakali   kadrlarga,   shaxsning   esa   sifatli   ta’lim   olishga   bo‘lgan   ehtiyojlaridan   kelib
chiqqan holda ro‘y beradi. 
Ta’lim   amaliyotida   pedagogik   texnologiyalarning   qo‘llanilishi   ta’lim   tizimi
modernizasiyasining   tarkibiy   elementi   hisoblanadi.   Zamonaviy   sharoitda   ta’lim-tarbiya
jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga
kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. 
Pedagogik   innovasiyalar   pedagogik   faoliyatga   yangiliklarning   izchil   olib   kirilishini
tavsiflaydi. Pedagogik innovasiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni
rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovasion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi,
olg‘a   undovchi,   bunyodkorlikka   rag‘batlantiruvchi   kuch   sifatida   namoyon   bo‘lib,   ta’lim
jarayonining   sifatini   kafolatlaydi.   Shu   sababli   har   bir   o‘qituvchi   innovasiyalarning   mohiyatini
to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
 
16
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012.  26-бет Adabiyotlar
1. Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Ikkinchi
nashr. - Rutledj. 2012. 202-bet. 
2.  Azizxulayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.:   2020y. 183 bet.
3.   Begmatova   D.M.   O‘zbek   oilalarida   yoshlarning   kasbiy   ijtimoiylashuvi.   Моnografiya.   –
Samarqand, 2020. -142 bet.
4.   Daminova   N.K.,   Jamalova   N.U.   Та’limni   tashkil   etish   shakllari   mоdulini   o‘qitishda
interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. – Samarqand, 2021. – 116 bet.
5 . Mavl o nova R. A.   va boshqalar. Umumiy   pedagogika.- T.: 2010 y. “Fan va texnologiya”
nashriyoti.  
6.  Махmudova  М.М.  Оila  tarbiyasi  asoslari.   O‘quv  qo‘llanma.  –  Samarqand,   2021.  -  183
бет.
7.   Pedagogika.   Toxtaxodjaeva   M.   umumiy   tahriri   ostida.   –T.:   O‘zbekiston   Faylasuflari
milliy jamiyati. 2010 y. 
8. Begmatova D.M., Daminova N.K. Pedagogik ta’limotlar. O‘quv qo‘llanma. - Samarqand,
2022. i

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSLARI . INNOVATSION PEDAGOGIKA. TA’LIMNING INTERFAOL METODLARI. O‘YIN TEXNOLOGIYALARI REJA 1. “Pedagogik texnologiya”, “metodika”, “metod” tushunchalari. 2. Pedagogik texnologiyaning mezonlari. 3. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish bosqichlari. 4. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi, maqsadi, vazifalari, metodologik asoslari. 5. Ta’lim texnologiyasining darajalari. 6. Ta’lim texnologiyasining turkumlanishi. 7. Taksonomiya tushunchasi.

Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati XXI asr globallashuv, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda barcha sohalarda raqobat asri hisoblanadi. Shu bois, XX asrning oxirlariga qadar pedagog, metodist olimlar kimni, nimani va qanday o‘qitamiz degan savollar doirasida tadqiqot ishlari olib borgan bo‘lsalar, XXI asrdagi shiddatli ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika taraqqiyoti ta’lim tizimini shaklan va mazmunan modernizasiya qilishni taqozo etdi. Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida zamonaviy pedagogik texnologiya hamda axborot-kommunikasiya tenologiyalaridan unumli foydalanishga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Darhaqiqat texnologiya- (yunoncha ”techne”- mahorat san’at, “logos”-tushuncha, ta’limot) ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo material, yarim fabrikat va shu kabilarga ishlov berish yoki qayta ishlash ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirishda qo‘llaniladigan usullar (metodlar) majmui demakdir. i Jumladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash natijasida yuqori sifat va miqdor o‘zgarishida samarali natijaga ega bo‘linadi. Pedagogik texnologiyalar g‘oyasining asoschilari AQShning pedagog, psixolog olimlari B.Blum, L.Larsen, B.Skinner, D.Finn, D.Kratval hisoblanadi. Ularning bu sohaga qo‘shgan ulushlari: o‘quv maqsadlari taksanomiyasi (1956y. B.Blum) audiovizual ta’lim (1946 y. L.Larsen), dasturli o‘qitish tizimi (1954 y . B.Skinner), o‘qitish texnologiyalari (1961y. D.Finn), dasturlashtirilgan ta’lim (LOGO) ,1968y.S.Peypert), tarbiya texnologiyalari (----D.Kratval) ning nazariy asoslarini yaratdilar. 60-70 yillarda pedagogik texnologiyalar sohasidagi turli ilmiy-nazariy g‘oyalarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va amaliyotga tadbiq etilishining geografiyasi yanada kengaydi. AQSh, Italiya, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Koreya, Rossiya, Vengriya va boshqa mamalakatlarda maxsus pedagogik nashrlar, markazlar, Assosiasiyalar, ilmiy tadqiqot institutlari va ularda bo‘limlar tashkil etildi. 80-yillardan boshlab Rossiyada ham pedagog olimlar tomonidan pedagogik txnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari keng tadqiq etila boshlandi. Jumladan, V.P.Bespalko (Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim) ,V.M.Monaxov (Aksiomatik yondashuv), M.A.Choshanov (Muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasi), V.F.Shatalov (O‘quv materialining belgili modellari asosida ta’limni jadallashtirish texnologiyasi), I.P.Volkov (Rejalashtirilgan o‘qitish), G.K.Selevko (Pedagogik texnologiyalar tasnifi), N.F.Galizina ilmiy pedagogik jixatdan tadqiq qilindi. 90- yillardan boshlab O‘zbekistonda ham pedagogik texnologiyalarga oid dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari paydo bo‘ldi. Shundan buyon pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy jihatlari N.S.Saidahmedov, J.Yo‘ldoshev, R.Jo‘rayev, U.Nishonaliyev, B.L.Farberman, N.Azizxo‘jayeva, U.Tolipov, A.Abduqodirov, A.Pardayev, R.Ishmuhammedov va boshqalar tomonidan tadqiq etib kelinmoqda. Respublikamizda “Innavasion texnologiyalar markazlari”, “Zamonaviy ta’lim”, “Fan va texnologiyalar” jurnallari tashkil etilgan. Ushbu atamaning mohiyati turli olimar tomonidan turlicha izohlanadi. Lekin u turlicha izohlansada biri ikkinchisini inkor etmaydi, balki bir birini ma’qullaydi, to‘ldiradi, uning yangi- yangi qirralarini asoslaydi. Bespalkoning fikricha pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi. Bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan pedagogik muvaffaqiyatlarini kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash-loyihalashdir.

ngdeq Педагогик технология - педагогик мақсадларга эришишда фойдаланиладиган шахсий имкониятлар, жиҳозлар ва методологик воситаларда амалда бўлишнинг тизимли йиғиндиси ва тартибини билдиради. (М.В.Кларин) Педагогик технология - зарур шароит яратиш орқали ўқувчи ва ўқитувчининг ўқув жараёнини лойихалаштириш, ташкил этиш ва ўтказиш бўйича педагогик фаолиятнинг ҳар томонлама ўйлаган моделидир. (В.М.Монахов). Педагогик технология - бу ўқитувчи (тарбиячи)нинг ўқитиш (тарбия) воситалари ёрдамида ўқувчи (талаба)ларга муайян шароитда таъсир кўрсатиш ва акс таъсир маҳсули сифатида уларда олдиндан берилган шахс сифатларини жадал шакллантиришни кафолатлайдиган жараёндир. (Н.Сайидаҳмедов) Педагогик технология - илмийликка асослангани ҳолда, вақти ва маконга нисбатан дастурлаштирилган, олдиндан аниқ белгиланган натижага олиб келувчи, педагогик жараёнларга оид компонентларнинг барчасини бирдек ишга сола олувчи тизимдир. (Р.Жўраев)Педагогик технология- ўзида турли муаллифлар (манбалар)нинг барча таърифлари мазмунини қамраб олган мазмуний умумлашма ҳисобланади. (Г.К.Слевко). Педагогик технология- таълим мақсадларига ва шахснинг ривожланишига қаратилган педагогик фаолиятни муттасил равишда ривожлантириш тизимини лойиҳалашдир. (Н.Азизхўжаева)

Pedagogik texnologiya atamasiga berilgan yuqoridagi ta’riflar “YuNESKO” ta’rifidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan bo‘lib, barchasining negizida o‘quv va tarbiya jarayonining natijalarini aniq bashorat qilgan holda uni loyihalashtirish va yuqori samaradorlikka erishishning kafolati yotadi. Ta’lim tizimi iste’molida “Pedagogik texnologiyalar”, “Zamonaviy pedagognik texnologiyalar”, “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar” kabi atamalardan foydalanilmoqda. Ushbu tushunchalarning maqsad va mazmuni bir xil bo‘lsada, ularning xususiy ishlatilish jarayoni turlicha bo‘lishi mumkin. Pedagogik texnologiyalar ta’limni tashkil etishning an’anaviy shakllariga nisbatan quyidagi konseptul ijtimoiy xarakterdagi imkoniyatlarni yaratilishi bilan xarakterlanadi: - O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida hukumatimiz va davlatimizning ma’naviy, jismoniy kamol topgan, erkin va mustaqil fikrlaydigan, respublikamizni jahon hamjamiyatiga yanada integrasiyalashuviga munosib hissa qo‘shadigan, ilg‘or texnika va texnologiyaga oid bilim, ko‘nikma va malakaga ega bir nechta kasb sirlarini egallagan chet tillarda erkin so‘zlasha oladigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan muhim chora- tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. - zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologgiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini amaliyotga joriy etish uchun shart-sharoit imkoniyatlar yaratiladi; - zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallardan foydalanish zamirida ta’lim-tarbiya jarayoni puxta rejalashtiriladi, bashoratlanadi, loyihalashtiriladi, natija kafolatlanadi; - ta’lim-tarbiya jarayoni subyektlari mavjud ilmiy-nazariy, metodik zaxiralaridanoqilona foydalanadilar, vaqtni unumli sarflaydilar, pedagogik ijodiy faoliyat vujudga keladi, kommunikativ kompetentligi namoyon bo‘ladi; - jamoada iqtisodiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘ladi, uni innovasion boshqarishga erishiladi; Педагогик технология - дунё фан-техника тараққиёти талаблари асосида кадрлар тайёрлаш сифат самарадорлигини таъминлаш мақсадида ўқитувчи ва ўқувчининг интеллектуал имкониятлари, маҳорати илғор педагогик тажрибалар, фан ютуқларидан унумли фойдаланган ҳолда ўқув-тарбия жараёнини модернизация қилиш, лойиҳалаштириш, олдиндан режалаштирилган, юқори натижага эришиш кафолатидир. (О.Мусурманова) Педагогик технология - таълим шаклларини такомиллаштириш вазифасини кўзлаган ўқитиш ва бошқаларни ўзлаштиришнинг барча жараёнларини техника ва инсон омилларида, уларнинг биргаликдаги ҳаракатлари воситасида яратиш, татбиқ этиш ва аниқлашнинг изчил методи демакдир . (ЮНЕСКО)

- “O‘qituvchi global internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovasion pedagogika, axborot kommunikasiya texnologiyalarini egallash va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish” bo‘yicha o‘z kasb mahoratini, ilmiy-pedagogik faoliyatini doimiy oshirib borishga ma’suliyat bilan yondoshadi. Pedagogik texnologiyani o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: - dars jarayonida beriladigan materiallarning ilmiy-nazariy qimmatga egaligi; - o‘quv tarbiya jarayonini puxta loyihalashtirilishi, dasturlanishi; - o‘qituvchi va o‘quvchida subyekt-subyekt sifatidagi kommunikativ qobiliyatining to‘liq safarbar etilishi; - o‘quv tarbiya jarayonida o‘qituvchi ijodkorligi, kasbiy kompetentligi, tashabbuskorligi, navatorligining yaxlit namoyon etishi yuzasidan umumpedagogiq psixologik hamda o‘quv fani chuqur bilimga, amaliy tayyorgarlik bo‘yicha bilim, ko‘nikma vamalakalarga ega bo‘lishi; - ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga innovasion yondoshuv, AKTdan unumli foydalanish,yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarning amaliyotda tatbiq etilishi; - ta’lim-tarbiya jarayonini innovasion boshqarish va unga rahbarlik; - ta’lim-tarbiya maqsadiga yetish, yuqori natijani qo‘lga kiritish uchun inson imkoniyatlari bilan texnik quvvatning yakdil xarakatga keltirilishi; - har bir texnologiyaning metodi jihatdan individualligi lekin metodologiyaning ko‘zlagan maqsadning bir xilligi, pedagogik muvaffaqiyatlarning kafolatlanganligi; - “o‘quv tarbiya jarayoni takrorlanuvchanligini ta’minlanishi va tezkor qaytuvchan aloqaning mavjudligi”; - pedagogik faoliyatning qiziqarliligi, sinfning yoppasiga faolligini ta’minlanishi, o‘quvchi bilimini to‘liq namoyon etishga, qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilganligi, vaqtdan unumli foydalanilishi, har ikkala subyektning o‘z ustida ishlash motivining yuqoriligi; - o‘quvchidagi bilish faoliyatini, o‘zlashtirish darajasini samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Pedagogik texnologiyalarning negizida o‘quvchi va o‘qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati yotadi. Ilmiy - nazariy faoliyat jarayonida o‘qituvchi ilmiy, nazariy, metodik xarakterdagi manbalarni o‘rganadi va o‘z faoliyati jarayonida undan ijodiy foydalanadi. O‘quvchi esa yangi ilmiy- nazariy bilim egallaydi. O‘z tajribalari asosida ilmiy-metodik materiallar (tezis, ma’ruza, maqola, uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanmasi, darslik va b.q) tayyorlashi va chop etilishi mumkin. V.Ye.Pisarev va T.Ye.Pisarevalarning fikricha ilmiy pedagogik faoliyat nazariy va tajriba-sinov ko‘rinishlaridan iboratdir. Pedagogik faoliyatning amaliy jihati esa o‘qituvchining ilmiy-nazariy, metodik bilimni o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchi bilan bo‘ladigan kommunikativ faoliyatida ijodkorlik va mahorat bilan namoyon etishdir. Har ikkala subyektning ham o‘quv fani bo‘yicha samaradorlikka erishish mezonlari aynan shu bosqichda o‘zini namoyon etadi. Ruhiy- Ижодий фаолият – бу ўқитувчи ва ўқувчидаги аниқ ягона мақсадга қаратилган руҳий, интеллектуал салоҳият, қобилият, маҳоратни бирлаштириш замирида илмийкашфиётлар,ихтиролар яратиш демакдир . Ижодий педагогик фаолият мазмунан 3 та турга бўлинади. Яъни, - илмий-назарий; - амалий; - руҳий-коммуникатив .