Power Point dasturi haqida umumiy tushunchalar.
Mavzu: Power Point dasturi haqida umumiy tushunchalar. Reja: 1. Taqdimot haqida tushuncha 2. MS Power Point dasturi 3. MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz va bular inson ongida turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni o’rab turgan olamning ongimizdagi aksi bu axborot sanaladi. Inson hamisha ko’rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat qiladi. Buning uchun esa turli xil yo’llarni o’ylab topdi va rivojlantirdi. Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo’li juda osonlashib qolgan. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point dasturini ishlab chiqargan. Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd - ma`lum bir o’lchamga ega bo`lgan
muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish el е m е ntlari joylanadi. Ma’ruza konspekti - Power Pointda prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni ichiga olgan hujjat. Microsoft Power Point (to'liq nomi — Microsoft Office Power Point, inglizcha: power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 – yilda yaratilgan bo’lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini yoqotmagan va hali hamon yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan. Microsoft Power Point — univ е rsal, imkoniyatlari k е ng bo`lgan, ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya eff е ktlari, ovoz, vid е orolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini b е radi. MICROSOFT POWER POINT dan foydalanayotgan har har bir foydalanuvchi yoki u yangi ish boshlovchi bo’lsa, yoki tajribali bo’lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi taqdimot masalasini hal etish ham oson, ham tez va asosiysi, sarf-harajatni juda ham kam bo’lishini ta'minlaydi. Shunday dasturlar yaratildiki, saydlar tayyorlash uchun matn, grafik muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va Internet xususiyatlarini bog’lagan holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi: 1) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish; 2) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy tartibda joylashtirish; 3) taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha slaydlarga avtomatik o’tkazish; 4) taqdimotdagi har bir slaydni alohida ko’rinishda bezash; 5) taqdimotda multimediali slaydlar yaratish. Dastur tomonidan matn, rasm, grafik va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish. Taqdimot qilish t е xnologiyasining samaradorligi ko`p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog`liq ekanligini ham unutmaslik lozim. Tarixi Power Point yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskinsda paydo bo'ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini Power Point deb o'zgartirishga qaror qiladi.
1987-yil Power Point 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko'k jildli kitob shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror qiladi. 1987-yil Forethought va Power Point Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990- yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002- yildan boshlab Office XP Power Pointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi. Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko'rinishlarda saqlanishi mumkin: ➢ .ppt (pptx) — PowerPoint taqdimoti ➢ .pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti ➢ .pot — PowerPoint modeli PowerPoint 2007 o'zining macOS uchun ishlangan versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar .pptx, .ppsx, .potx ko'rinishiga ega bo'ldi. Taqdimotga audio fayl qo'shish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur. MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish Power Point dasturiga kirish:
Dastur ishga tushirilgach, eskiz va shablonlardan iborat bo’lgan oyna hosil bo’ladi: Versiyalari Yil Versiya Nom Izoh 1990 2.0 PowerPoint 2.0 Windows 3.0 uchun MS Office 1.x tarkibida 1992 3.0 PowerPoint 3.0 Windows 3.1 uchun MS Office 3.0 tarkibida 1993 4.0 PowerPoint 4.0 MS Office 4.x tarkibida 1995 7.0 PowerPoint Windows 95 uchun Office 95 tarkibida 1997 8.0 PowerPoint 97 Office 97 tarkibida 1999 9.0 PowerPoint 2000 Office 2000 tarkibida 2001 10 PowerPoint 2002 Office XP tarkibida 2003 11 PowerPoint 2003 Office 2003 tarkibida 2007 12 PowerPoint 2007 Office 2007 tarkibida 2010 14 PowerPoint 2010 Office 2010 tarkibida 2013 15 PowerPoint 2013 Office 2013 tarkibida 2016 16 PowerPoint 2016 Office 2016 tarkibida 2018 17 PowerPoint 2019 Office 2019 tarkibida
Hosil bo’lgan oynaning pastki qismida foydalanuvchi shu kungacha foydalangan hujjatlar to’plami aks etadi. Oynaning tepa qismida esa Power Point dasturining foydalanuvchiga takil etayotgan hujjat yaratiladigan dizaynlar eskizlari namoyon bo’lgan. Bulardan foydalanuvchi o’ziga maqul bo’lgan dizaynni tanlaydi va natijada Power Point dasturining quydagi ishchi sohasi namoyon bo’ladi.