logo

PSIXIK RIVOJLANISh VA UNI DAVRLAShTIRISh MUAMMOSI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

111.1123046875 KB
PSIXIK RIVOJLANISh VA UNI DAVRLAShTIRISh MUAMMOSI
Reja:
1. Psixik rivojlanish  h a q ida tushuncha .  Jahon psixologlari asarlarida yosh 
davrlari muammosi
2.  Yosh davrlarini tabaqalash nazariyalari
3.   Yosh davrlari psixologiyasiga yangicha yondashish 1. Psixik rivojlanish haqida tushuncha. Jahon psixologlari asarlarida yosh
davrlari muammosi
O’tgan buyuk ajdodlarimiz Yosh va pedagogik   psixologiyaning muammolarini
izchil   va   atroflicha,   muayyan   yo’nalishda,   ma’lum   konsepsiya   asosida
o’rganmagan   bo’lsalar   ham,   allomalarning   asarlarida   mazkur   holatlarning   aks
etishi,   namoyon   bo’lishi,   rivojlanishi   va   o’zgarishlari   to’g’risida   qimmatli   fikrlar
bildirilgan.   Bular   to’rt   xil   manbalarda   uchraydi.   Ularning   biri   —   xalq   ijodiyoti:
rivoyatlar,   maqollar,   matallar   va   masallar;   ikkinchisi   —   maxsus   ijodkor   kishilar
(hatto   hukmdorlar)   muayyan   shaxsga   bag’ishlab   yozgan   o’git-nasihat   va
hikoyatlar;   uchinchisi   —   qomusiy,   O’rta   Osiyo   mutafakkirlarining   ilmiy-nazarny
qarashlari; to’rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining
mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.
Abu   Nasr   Forobiyning   inson   va   uning   psixikasi   haqidagi   axloqiy-falsafiy
mushohadalari “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va
ularga   javoblar”,   “Jism   va   aksidensiyalarning   shakllariga   qarab   bo’linishi”,
“Sharhlardan”,   “Hikmat   ma’nolari”,   “Aql   ma’nolari   to’g’risida”   kabi   qator
asarlarida   bayon   etilgan.   Abu   Rayhon   Beruniy   o’ziniig   “O’tmish   yodgorliklari”
kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. Shu jumladan, olim
kishilarning   jismoniy   tuzilishi,   umrlarining   uzun-qisqaligi   to’g’risida   bildirgan
mulohazalar   diqqatga   sazovordir.   Beruniy  odam   uzoq   vaqt   yashashining   sababini
biologik   va   irsiy   omillar   bilan   bog’laydi.   Bu   jihatdan   uning   “Hindiston”,
“Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.
Ibn   Sinoning   5   tomlik   “Tib   qonunlari”   asarida   organizmning   tuzilishi,   undagi
nervlar va nerv yo’llari, fiziologik jarayonlar bilan bog’liq psixik jarayonlar haqida
ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi  ham inson shaxsini
shakllantirish   to’g’risidagi   jiddiy   asardir.   Ibn   Sinoning   fan   oldida   eng   muhim
hissasi   psixoterapiyani   ilmiy amaliy   jihatdan   boyitgandir.   Muallif   pedagogik
psixologiya,   ontogenez   psixologiya,   umumiy,   ijtimoiy   psixologiyaga   munosib
hissa   qo’shgan   olimdir.   Shuni   faxr   bilan   ta’kidlash   joizki,   Ibn   Sino
neyropsixologiya fanining asoschisidir.  Yusuf Xos  Hojibning “Qutadg’u Bilig” asaridagi   bosh   masalalardan biri  komil
insonni   tarbiyalashdir.   A dib   o’z   asarida   eng   komil,   jamiyatning   o’sha   davrdagi
talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda
o’z prinsiplarini  bayon   etadi. A.Jomiyning “Bahoriston”, “Xiradnomai Iskandariy”,
“Tuhfatul ahror”, “Silsilatuz zahob” boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya,
qasb-hunar o’rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
Davoniy   o’zining   “Axloqi   Jaloliy”   nomli   asari da   insoniy   fazilatlarni   to’rtga
bo’ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Shoir, ayniqsa donolik fazilatini
chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o’zining aqliy qobiliyati va aqliy iste’dodini
shakllantirish   uchun   zukko,   zehnli,   fahm-farosatli   bo’lishi   va   bilimlarni   tez
egallashi lozim.
A.Navoiyning   “Xazoyinul   maoniy”,   “Mahbubul   qu lub”   va   boshqa   asarlarida
yetuk,   barkamol   insonning   axloqi,   ma’naviyati,   odamlarga   munosabati,   iste’dodi
va   qobiliyati   to’g’risida   qimmatli   mulohazalar   yuritilgan.   Ana   shu   psixologik
kategoriyalar   ijtimoiy   adolat   qaror   topishi   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   ekani
ta’kidlangan.   Shuningdek,   Navoiy   asarlarida   shaxsning   kamol   topishida   ota-
onaning   roli,   ayollarning   iffatliligi,   insonlarning   kamtarligi   masalalari,   alohida
o’rin egallaydi. Navoiy “Hamsa”sining har bir dostonida bukilmas iroda, irodaviy
sifatlar,   qat’iyatlilik,   shijoat,   insonparvarlik   tuyg’ulari,   ijodiy   xayolot,   insonning
murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan.
A.Navoiy tasavvufning yirik namo ya ndalaridan biri bo’lgan. Alloma aqlning 28
tarkibini tahlil, talqin, tavsif qilgan. 
Yuqoridagilardan   tashqari,   Bobur,   Farog’iy,   Majlisiy,   Mashrab,   Gulxaniy,
Nodira,   Uvaysiy,   Muqimiy,   Furqat,   Bedil,   Zavqiy,   Hamza,   Avloniy   va
boshqalarning   yoshlar   tarbiyasiga,   axloq-odob,   fe’l-atvor,   oilaviy   hayot
masalalariga,   shaxslararo   munosabatlarga   doir   qarashlari   ham   turli   janrlardagi
asarlarda ravon va ixcham bayon qilib berilgan.
Rossiyada   psixologik   tadqiqot   namunalari   Sharq   va   G’arb   madaniyati   ta’sirida
inson   ruhiyati   bilan   bog’liq   qator   og’zaki   va   yozma,   amaliy   va   ilmiy   asar larda
paydo bo’la boshladi. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII— XVIII   asrlarda   diniy-axloqiy   negizda   yozilgan   edi.   XVIII   asrdan   boshlab   bolalar
psixologiyasi bo’yicha muayyan tartibga, yo’nalishga va uslubga ega bo’lgan ilmiy
fikrlar vu judga keldi. Rus tarixchisi V.N.Tatishchev (1686—1750)ning “Fanlar va
bilim yurtlarining foydasi to’g’risida suhbat” kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarni
egallash   zarurligi,   tilning   xosiyati,   yozuvning   ahamiyati,   yosh   davrlarining
xususiyati  nuqtai  nazardan bayon qilingan. N.I.Novikov (1744—1818) bashariyat
farovonligini   ko’zlab   yoshlar   va   bolalar   o’rtasida   foydali   bilimlarnn   keng   yoyish
uchun   ularni   o’ziga   xos   yo’sinda   tarbiyalash   kerakligi   g’oyasini   ilgari   suradi.
Uning   asarlarida   insonning   kamoloti   uchun   tafakkur,   xotira,   axloq,   his-tuyg’u   va
taqlidchanlik   alohida   ahamiyatga   ega   ekani   ta’kidlanadi.   A.N.Radishchevning
(1748—1802)   “Peterburgdan   Moskvaga   sayohat”   kitobi   ham   aslida   pedagogik-
psixologik   asar,   deyish   mumkin.   Rus   ma’rifatparvarlari   A.N.Gersen,
N.G.Chernishevskiy,   I.A.Dobrolyubov,   V.G.Belinskiylarning   inson   kamoloti
to’g’risidagi qarashlari psixologiyani jonlantirishda muhim rol o’ynadi.
Rossiyada   ilmiy   psixologiyani   rivojlantirishda   K.D.Ushinskiy,   N.F.Kapterev,
I.A.Sikorskiy,   A.P.Nechayev,   A.F.Lazurskiy,   P.F.Lesgaft   kabi   olimlar   katta   hissa
qo’shdilar.   K.D.Ushinskiyning   “Inson   tarbiya   predmeta”,   N.F.Kapterevning
“Pedagogik   psixologiya”,   I.A.Sikorskiyning   “Bola   ruhi”,   A.P.   Nechayevning
“Hozirgi   zamon   eksperimental   psixologiyasi   va   uning   maktab   ta’limiga
munosabati”, A.F.Lazurskiyning “Maktab o’quvchisining tavsifi”, P.F.Lesgaftning
“Oilada   bola   tarbiyasi   va   uning   ahamiyati”,   K.Yelniskiyning   “Qizlar   tavsifi”
asarlari psixologik ilmiy tadqiqotni jadallashtirishga xizmat qildi.
Rossiyada   G.I.Rossolinoning   “Yosh   psixologiyasi   va   nevrologiyasi”
laboratoriyasi   ishga   tushdi.   “Tarbiya   xabarlari”,   “Rus   maktabi”,   “Erkin   tarbiya”,
“Kundaliklar”   kabi   jurnallar   chop   etila   boshlandi.   Ana   shuning   zamirida   “Oila
tarbiyasi  qomusi” dunyo yuzini ko’rdi. Bularning barchasi  shaxs psixologiyasi  va
dif ferensial psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga keng imkoniyat yaratdi.
Yuqorida aytilgan asarlarda har xil qarashlarga xayrixohlik, ijtimoiy muhitning
ahamiyatiga   e’tiborsizlik   ko’zga   tashlanadi.   Ularda   insonning   ijtimoiy
mavjudotligi   tan   olinib,   unga   ilmiy nazariy   nuqtai   nazardan   yondashilsa-da,   lekin insondagi   psixologik,   fiziologik   va   biologik   jihatlar,   tarki biy   qismlar
tabaqalanmaydi, tashqi muhitni bosh omil deb tushuntiriladi.
Rus   fiziologi   I.M.Sechenov   psixikaning   reflektor   xususiyatini   kashf   qilib,
shuningdek,   bilish   jarayoni,   inson   his-tuyg’usi,   o’zini   o’zi   (o’zini)   anglashining
fiziologik   mexanizmini   tushuntirishi   fan   olamida   keskin   o’zgarish   yasadi.
I.P.Pavlov   kashf   etgan   qator   qonuniyatlar,   xossalar,   ikkinchi   signallar   sistemasi
eksperimental ishlarni olib borishga puxta zamin hozirladi.
I.M.Sechenov,   P.P.Pavlov   g’oyalariga   asoslangan   P.O.Efrusi,   N.Ye.Ribakov,
K.N.Kornilov, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy va boshqa olimlar Yosh va pedagogik
psixologiya   bo’yicha   qimmatli   tadqiqotlarni   amalga   oshirdilar   va   yangidan-yangi
qonuniyatlarni yaratdilar.
XIX   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida   G’arbiy   Yevropa   mamlakatlari   va   AQShda
Yosh   va   pedagogik     psixologiya   va   pedago gik   psixologiya   fanlarida   ilmiy
tadqiqotlarga asos langan qator asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems
“O’qituvchilar bilan psixologiya to’g’risida suhbat” (1902) asarida yosh davrining
xususiyatlari   haqidagi   ilmiy   va   amaliy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   ma’lumotlarni
chuqur   tahlil   qildi.   K.Byuler   xonim   (1879—1963)   o’zining   ilmiy   tadqiqotlarida
faoliyatning har  xil  yosh davrlaridagi  rolini, faoliyat  turlarida fantaziya, tafakkur,
nutq   jarayonlarining   rivojlanishini,   aqliy   faoliyat   hamda   uning   rivojlanish
bosqichlari   (instinkt,   dressura,   intel lekt)ni,   shaxsning   shakllanishida   biologik   va
ijti moiy omillarning ahamiyatini izchil o’rgandi.
Mazkur   sohada   tubdan   farqlanuvchi   g’oyalar,   nazariyalar   yuzaga   keldi.
Masalan,   amerikalik   psixolog   S.Xoll   (1844—1924)   Gekkelning   evolyusiya
qonuniyatini   psixologiyaga   bevosita   ko’chiradi.   Uning   fikricha,   “irsiyat”
filogenezni   ontogenezda   takrorlaydi,   xolos.   Shveysariyalik   psixolog   E.Klapared
(1873—1940)   S.Xolldan   farqli   o’laroq,   ontogenez   va   filogenezda   psixik
funksiyaning   o’sishini   o’rganish   uchun   quyidagi   holatlarga   e’tibor   beradi:   a)
organizm   ehtiyojini   qondirish;   b)   reflektor   harakat   to’siqqa   duch   kelsa,   ongli
harakat   vujudga   keladi;   v)   unga   nisbatan   ehtiyoj   sezsa,   u   holda   ma’lum   faoliyat
turiga yo’naltiriladi. E.Klapared “Bola psixologiyasi va eksperi mental pedagogika” kitobida qiziqish, motiv, extiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining
xususiyatlari   va   rivojlanish   qonuniyatlari,   ularda   dastlabki   umumlashtirishning
sinkretligi   (ara lash   holatdaligi),   o’xshashlik   va   farqlanishning   bola   ongida   aks
etishi to’g’risida mulohaza yuritadi.
Fransuz   psixologi   E.Dyurkgeym   (1858—1917)   o’sish   —   kishilarning   his-
tuyg’usini   o’zlashtirish   ekanini,   shu   boisdan,   idrok   qilingan   tashqi   fikrlar   va
emosiyalar   bolaning   ruhiy   faoliyatini   ifodalashini,   bola   tajriba,   an’ana,   urf-
odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo’lsa,
taqlid ham  jamiyatda shunday  o’rin tutishini  uqtiradi. E.Dyurkgeymning fikricha,
bola taqlid qilish qobiliyati bilan tug’iladi.
Fransuz   psixologi   P.Jane   (1857—1947)   psixik   rivojlanishning   biologik   va
ijtimoiy munosabatlar muammosi bilan shug’ullandi.
Uning   nazariyasiga   binoan   inson   psixikasi   ijti moiy   munosabatlarga   bog’liq,
zotan jamiyat  va tabiat o’rtasidagi  turli aloqalar tizimining shakllanishi  insonning
o’sishini belgilaydi. U aloqa deb, xatti-harakatni tushunadi. Bu esa kishining atrof
muhitga   shaxsi   munosabatidan   boshqa   narsa   emas,   albatta.   P.Janening   fikricha,
eng   qimmatli,   ahamiyatli,   ijtimoiy   harakat   hamkorlikdagi   faoliyatda   o’z   ifodasini
topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivoj lanishning prinsipi hisoblanadi. P.Jane
o’z   tadqiqotlarida   psixikaning   to’rt   darajasi:   a)   harakat   reaksiyasining   o’sishi;   b)
idrok qilish harakatining o’sishi;   v ) shaxsiy-ijtimoiy harakatning o’sishi  (o’zining
harakatini boshqa kishilarga moslashtirish); g) aqliy sodda xatti-harakatning o’sishi
(nutq va tafakkurning rivojlanishi) mavjud ekanligini asoslagan. 
Shveysariyalik   psixolog   J.Piaje   (1896—1980)   insonning   kamol   topishini   bir
necha davrlarga ajratib o’rganishni tavsiya qiladi:
1. Bola — tashqi muhit - ma’lumotlarni qayta ishlash.
2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimoiy davr. 
3. Intellekt (aql): a) sensomotor — 2 yoshgacha; b) operasional davrgacha — 2
— 7(8); v) yaqqol operasiya davri — 7(8) —11(12) yoshgacha; g) rasman (formal)
ope rasiya davri —11(12) —15 yoshgacha. AQShlik   psixolog   Dj.Bruner   (1915)   shaxsning   tarkib   topishi   bilan   ta’lim
o’rtasida   ikkiyoqlama   aloqa   mavjudligini   aytib,   insonning   kamolot   sari   intilishi
bilim   olish   samaradorligini   oshirsa,   o’qitishning   takomillashuvi   uning
ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.
Shu tariqa Yosh va pedagogik  psixologiya fani qator rivojla nish bosqichlaridan
o’tib,   bugungi   darajasiga   erishdi.   Uning   rivojlanishiga   O’rta   Osiyo   allomalari,
yaqin   va   uzoq   chet   ellar   psixologlari   munosib   hissalarini   qo’shdilar.   Yuqorida
aytilgan   nazariyalar,   amaliy   va   ilmiy   ma’lumotlar,   tadqiqotchilar   yaratgan
metodikalar o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
2. Yosh davrlarini tabaqalash nazariyalari
Psixologiya   fanida   ontogenezni   davrlarga   tabaqalash   bo’yicha   qator   mustaqil
nazariyalar   mavjud,   ular   inson   shaxsini   tadqiq   qilishga   har   xil   nuqtai   nazardan
yondashadi   va   muammoning   mohiyatini   turlicha   yoritadi.   Ularga   biogenetik,
sosiogenetik,   psixogenetik,   kognitivistik,   psixoanalitik,   bixevioristik   nazariyalarni
kiritish mumkin.
Quyida   mazkur   nazariyalar   va   ularning   ayrim   namoyandalari   ifodalagan   yosh
davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko’rib chiqamiz.
Biogenetik   nazariyada   insonning   biologik   yetilishi   bosh   omil   sifatida   qabul
qilingan,   qolgan   jarayonlarning   rivojlanishi   ixtiyoriy   bo’lib,   ana   shu   omil   bilan
o’zaro   bog’liqdir.   Mazkur   nazariyaga   binoan,   rivojlantirishning   bosh   maqsadi
biologik   determinantlarga   (aniqlovchilarga)   qaratiladi   va   ulardan   ijtimoiy-
psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Rivojlanish jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi
sifatida talqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun tana
a’zolarining   rivojlanishi   nazariyasini   tashviq   qilishda   hamda   antidarvinchilarga
qarshi   kurashda   muayyan   darajada   tarixiy   rol   o’ynagan.   Biroq   unda   tana
a’zolarining   individual   va   tarixiy   rivojlanishi   munosabatlarini   tushuntirishda
qo’pol   xatolarga   yo’l   qo’yilgan.   Jumladan,   biogenetik   konun ga   ko’ra,   shaxs psixologiyasiniig   individual   rivojla nishi     (ontogenez)   butun   insoniyatning   tarixiy
rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi.
Nemis   psixologi   V.Shternning   fikricha,   chaqaloq   (yangi   tug’ilgan   bola)   hali
odam hisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan oshgach, u
psixik rivoji jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida oddiy
odam   holiga   keladi,   besh   yoshlarida   ibtidoiy   gala   holidagi   odamlar   darajasiga
yetadi,   maktabga   kirganidan   boshlab   ibtidoiy   davrni   boshidan   kechiradi,   kichik
maktab   yoshida   uning   ongi   o’rta   asr   kishilari   darajasiga,   nihoyat,   yetuklik   davri
(16—18 yoshlari)dagina hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.
S.Xoll “rekapitulyasiya qonuni”ni (filogenezn i  qisqacha takrorlashni) psixologik
o’sishning   bosh   qonuni   deb   hisoblaydi.   Uning   fikricha,   ontogenez   filogenezning
muhim   bosqichlarini   takrorlaydi.  Olimning   talqinicha,   go’daklik  hayvonlarga   xos
rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalak esa asosiy mashg’uloti ovchilik
va   baliqchilik   bo’lgan   qadimgi   kishilarning   davriga   aynan   mos   keladi.   8—12
yoshlardagi   o’sish   davri   yovvoyilikning   oxiri   va   sivilizasiyaning   boshlanishidagi
kamolotga   tengdir.   O’spirinlik   esa   jinsiy   yetilishdan   (12—13   yoshdan)   boshlanib
yetuklik   davrigacha   (22—25   yoshgacha)   davom   etib,   romantizmga   barobardir.
S.Xollning   talqinicha,   bu   davrlar   “bo’ ron   va   tazyiqlar”,   ichki   va   tashqi   nizolar
(ziddiyatlar)dan   iborat   bo’lib,   odamda   “individuallik   tuyg’usi”   vujudga   keladi.
Yosh davrlarini tabaqalashning bu turi o’z navbatida tanqidiy mulohazalar manbai
vazifasini o’taydi, chunki inson zotidagi rivojla nish bosqichlari filogenezni aynan
takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik   konsepsiyaning   boshqa   bir   turi   nemis   “konstitusion   psixologiyasi”
(insonning   tana   tuzilishiga   asoslangan   nazariya)   namoyandalari   tomonidan   ishlab
chiqilgan.  E.Krechmer   shaxs   (psixologiyasi)   tipologiyasining   negiziga   bir   qancha
biologik   omillarni   (masalan,   tana   tuzilishining   tipi   va   boshqalarni)   kiritib,
insonning   jismoniy   tipi   bilan   o’sishining   xususiyati   o’rtasida   uzviy   bog’liqlik
mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga:  sikloid  (tez
qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta beqaror) va   shizoid   (odamovi, munosabatga qiyin
kirishuvchi,   his-tuyg’usi   cheklangan)larga   ajratadi.   Bu   taxminini   yosh   davrlari xususiyatlariga   ham   tatbiq   etib,   o’smirlar   sikloid   xususiyatli,   o’spirinlar   esa
shizoid   xususiyatliligini   ta’kidlaydi.   Lekin   inson ning   kamol   topishida   biologik
shartlangan   sifatlar   hamisha   yetakchi   va   hal   qiluvchi   rol   o’ynay   olmaydi,   chunki
shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik   nazariyaning   namoyandalari   amerikalik   psixologlar   A.Gezell   va
S.Xoll   rivojlanishning   biologik   modeliga   tayanib   ish   ko’radilar,   bu   jarayonda
muvozanat,   integrasiya   va   yangilanish   sikllari   o’zaro   almashinib   turadi,   degan
xulosaga keladilar.
Psixologiya   tarixida   biologizmning   eng   yaqqol   ko’rinishi   Zigmund   Freydning
shaxs   talqinida   o’z   ifodasini   topgan.   Uning   ta’limotiga   binoan   shaxsning   barcha
xatti-harakatlari  (xulqi)   ongsiz  biologik mayllar  yoki   instinktlardan kelib  chiqadi,
birinchi   navbatda,   jinsiy   (seksual)   maylga   bog’liqdir.   Bunday   biologizatorlik
omillari   inson   xulqini   belgilovchi   birdan-bir   mezon   yoki   betakror   turtki   rolini
bajara olmaydi.
Biogenetik  nazariyaning  qarama-qarshi  ko’rinishi   sosiogenetik   nazariyadir.  Bu
nazariyada   shaxsda   ro’y   beradigan   o’zgarishlarni   jamiyatning   tuzilishi,
ijtimoiylashish   (sosializasiya)   usullari,   atrofdagi   odamlar   bilan   o’zaro   munosabat
vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko’ra, inson biologik
tur   sifatida   tug’ilib,   hayotdagi   ijtimoiy   shart-sharoitlarning   bevosita   ta’siri   ostida
shaxsga aylanadi. 
G’arbning eng muhim nazariyalaridan biri − rollar   n azariyasidir. Bu nazariyaga
ko’ra   jamiyat   o’zining   har   bir   a’zosiga   status   (haq-huquq)   deb   nomlangan   xatti-
harakatning barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi
shart   bo’lgan   maxsus   rollar   uning   xulq-atvorida,   boshqalar   bilan   munosabatida
sezilarli iz qoldiradi.
AQShda individual tajriba va bilimlarni o’zlashtirish (ko’nikish) nazariyasi keng
tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va voqyelikka munosabati,
ko’nikmalarni   egallashi   va   bilimlarni   o’zlashtirishi   qo’zg’atuvchining
barqarorligiga bog’liqdir. K.Levin tavsiya qilgan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi o’z davrida muhim
ahamiyat  kasb etgan.   K.Le vin nazariyasiga ko’ra, shaxsning  xulqi (xatti-harakati)
psixologik   kuch   vazifasini   o’tovchi   ishtiyoq   (intilish),   maqsad   (niyat)   bilan
boshqarilib   turadi,   bu   kuchlar   fazoviy   zarurat   maydonining   ko’lamida   tayanch
nuqtasiga yo’nalgan bo’ladilar. 
Yuqorida ifodalangan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o’zgalar uchun
yopiq   yoki   maxfiy   muhitning   xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   tushuntiradi,
bunda   u   odam   xohishi   yoki   xohlamasligidan   qat’i   nazar,   mazkur   sharoitga
moslashmog’i (ko’nikmog’i) zarur, degan qoidaga amal qiladi.
Bizningcha,   barcha   nazariyalarda   inson   hayotining   ijtimoiy-tarixiy,   obyektiv
shart-sharoitlari mutlaqo   e’tiborga olinmagan.
Psixologiyada   psixogenetik   yondashish   ham   mavjud   bo’lib,   u   biogenetik   va
sosiogenetik   omillarning   qiymatini   kamsitmaydi,   balki   psixik   jarayonlarning
rivojlanishini   birinchi   darajali   ahamiyatga   ega   deb   hisoblaydi.   Mazkur
yondashishni   uchta   mustaqil   yo’nalishga   ajratib   tahlil   qilish   mumkin   va   bu
yo’nalishlar o’z mohiyati, kechishi va mahsuli jihatidan keskin farqlanadi.
Psixikaning   irrasional   (aqliy   bilish   jarayonlaridan   boshqa)   tarkibiy   qismlari:
emosiya,   mayl   yordamida   shaxsning   xulqini   tahlil   qiluvchi   nazariya   psi -
xodinamika,   deyiladi.   Bu   nazariyaning   yirik   namoyandalaridan   biri   amerikalik
psixolog   E.Eriksondir.   U   insonning   umrini   o’ziga   xos   betakror   xususiyatlarga
molik 8 ta davrga ajratadi.
Birinchi davr  − go’daklikda tashqi dunyoga ongsiz “ishonch” tuyg’usi vujudga
keladi.   Buning   bosh   sababi   ota-onaning   mehr-muhabbati,   g’amxo’rligi   va
jonkuyarligidir.   Agar   go’dakda   ishonchning   negizi   paydo   bo’lmay,   borliqqa
ishonchsizlik   hissi   tug’ilsa,   voyaga   yetgan   odamlarda   mahdudlik,   umidsizlik
vujudga kelishi shubhasizdir.
Ikkinchi   davr   −   ilk   bolalikda   yarim   mustaqillik   va   shaxsiy   qadr-qimmat
tuyg’usi shakllanadi yoki, aksincha, ularning teskarisi — uyat va shubha hissi hosil
bo’ladi.   Bolada   mustaqillikning   o’sishi   unga   o’z   tanasini   boshqarish   uchun   keng imkoniyat   yaratib,   bo’lg’usi   shaxs   xususiyatlaridan   tartib   va   intizom,   mas’uliyat,
javobgarlik, hurmat tuyg’ulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr   −   o’yin yoshi deb ataladi va unga 5 − 7 yo shli bolalar kiradi. Bu
davrda   tashabbus   tuyg’usi,   qandaydir   ishlarni   amalga   oshirish,   bajarish   mayli
tarkib   topadi.   Mabodo   boladagi   xohish-istakni   ro’yobga   chiqarish   yo’li   to’sib
qo’yilsa, buning uchun u o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya’ni
guruh   o’yinlarga,   tengqurlari   bilan   muloqotga   kirishish   muhim   ahamiyat   kasb
etadi: bola turli rollar bajarib ko’rishiga, uning xayoloti o’sishiga imkon yaratadi.
Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi.
To’rtinchi   davr   −   maktab   yoshi   boladagi   asosiy   o’zgarishlar:   ko’zlagan
maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib turadi.
Uning   eng   muhim   qadriyati   omilkorlik   va   mahsuldorlikdan   iboratdir.   Bu   yosh
davrining   salbiy   jihatlari   (illatlari)   ham   bo’lib,   ular   ijobiy   xislatlari   yetarli
bo’lmasligi,   ong   hayotning   barcha   qirralarini   qamrab   ololmasligi,   muammolarni
hal qilishda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni o’zlashtirishdagi qoloqlik
va   hokazolardir.   Xuddi   shu   davrda   shaxsning   mehnatga   munosabati   shakllana
boshlaydi.
Beshinchi davr  −  o’spirinlik betakror xislati, o’ziga xosligi, boshqa odamlardan
keskin   farqlanishi   bilan   tavsiflanadi.   Shuningdek,       o’spirinlik   shaxs   sifatida
noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qat’iyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham
egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati “rolini kechiktirish”ning o’zgarishi
hisoblanadi.   U   ijtimoiy   hayotda   bajarayotgan   rollarning   ko’lami   kengayadi,   lekin
ular ning   barchasini   jiddiy   egallash   imkoniyatiga   ega   bo’lmaydi,   shuningdek,
rollarda   o’zini   sinab   ko’rish   bilan   cheklanadi,   xolos.   Erikson   o’spirinlarda   o’zini
o’zi   anglashning   psixologik   mexanizmlarini   batafsil   tahlil   qiladi,   unda   vaqtni
yangicha   his   qilish,   psixoseksual   qizikish,   patogen   (kasallik   qo’zg’atuvchi)
jarayonlarni va ularning turli ko’rinishlari namoyon bo’lishini  bayon qiladi.
Oltinchi  davr   −   yoshlik boshqa  jinsga psixologik  intim  yaqinlashuv  qobiliyati
va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy mayl alohida o’rin   tutadi.   Bundan   tashqari,   yoshlik   tanholikni   yoqtirish   va   odamovilik   kabi
yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi.
Yettinchi   davr   −   yetuklik   davrida   hayotiy   faoliyatning   barcha   sohalarida
(mehnatda,   ijodiyotda,   g’amxo’r likda,   pusht   qoldirishda,   tajriba   uzatish   va
boshqalarda)  mahsuldorlik tuyg’usi  uzluksiz hamroh bo’ladi  va ezgu niyatlarning
amalga   oshishida   turtki   vazifasini   bajaradi.   Shuningdek,   mazkur   davrda   ayrim
jihatlarda turg’unlik tuyg’usi salbiy xususiyat sifatida hukm surishi ham mumkin.
Sakkizinchi davr , ya’ni qarilik inson sifatida o’z burchini uddalay olganligidan,
turmushning   keng   qamrovliligidan   qanoatlanish   tuyg’ulari   bilan   tavsiflanadi.
Salbiy   xususiyat   sifatida   esa   hayot   faoliyatidan   noumidlilik,   ko’ngil   sovish
tuyg’ularini   aytish   mumkin.   Donolik,   soflik,   gunohlardan   forig’   bo’lish   har   bir
holatga shaxsiy va umumiy nuqtai nazardan qarash bu yoshdagi odamlarga xos eng
muhim jihatlardir.
E.Shpranger   “O’spirinlik   davri   psixologiyasi”   nomli   asarida   bu   davrga   13−19
yoshli qizlarni, 14−22 yoshli yigitlarni kiritishni tavsiya qiladi. Uningcha, bu yosh
davrida   yuz   beradigan   asosiy   o’zgarishlar:   a)   shaxsiy   “Men”ni   kashf   qilish;   b)
refleksiyaning   (o’zini   o’zi   va   o’zgalarni   anglash)   o’sishi;   v)   o’zining
individualligini   anglash   va   shaxsiy   xususiyatlarini   e’tirof   qilish;   g)   hayotiy   ezgu
rejalarning paydo bo’lishi; d) o’z shaxsiy  turmushini ongli xolda qurishga intilish
va hokazolardir. 14−17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o’smirlarda o’zlariga
kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutulish tuyg’usi paydo bo’lishidan
iboratdir. 17−21 yoshlilarning yana bir xususiyati ularda tengqurlaridan “ajralish”
inqirozi   va   tanholik   istagining   paydo   bo’lishidir.   Bu   holat   tarixiy   shart-
sharoitlardan kelib chiqadi.
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik
namoyandalari hisoblanadilar.
Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kelli va boshqalarni
kiritish mum kin.
J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari (vazifalari) hamda uning
davrlari   haqidagi   ta’limotni   o’z   ichiga   oladi.   Aql-idrokning   asosiy   funksiyalari (vazifalari)   uyushqoqlik   va   moslashish,   ko’nikishdan   iborat   bo’lib,   aql-idrokning
funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif intellektni (aqlni) quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi: 1) sensomotor
(hissiy harakat)   intellekti   (tug’ilishdai   2   yoshgacha);   2)   operasiyalardan   (fikriy
harakatlardan)   ilgarigi   tafakkur   davri   (2   yoshdan   7   yoshgacha);   3)   yaqqol   xatti -
harakat davri (7−8 yoshdan 11−12 yoshgacha); 4) rasmiy sa’y harakatlar davri.
J.Piajening   g’oyalarini   davom   ettirgan   psixologlarning   bir   guruhini   kognitiv-
genetik   nazariyachilarga   qo’shish   mumkin.   Bu   yo’nalishning   namoyandalari
L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalardan iboratdir.
A.Vallon   (Fransiya)   nuqtai   nazaricha ,   yosh   davr lari   quyidagi   bosqichlarga
ajratiladi:   1)   homilaning   ona   qornidagi   davri;   2)   impulsiv   harakat   davri   −
tug’ilgandan   6   oylikkacha;   3)   emosional   (his-tuyg’u)   davri   −   6   oylikdan   1
yoshgacha;   4)   sensomotor   (idrok   bilan   harakatning   uyg’unlashuvi)   davri   −   1
yoshdan   3   yoshgacha;   5)   personologizm   (shaxsga   aylanish)   davri   −   3   yoshdan   5
yoshgacha;   6)   farqlash   davri   −   6   yosh dan   11   yoshgacha;   7)   jinsiy   yetilish   va
o’spirinlik dav ri  −  12 yoshdan 18 yoshgacha. Tug’ilishdan avvalgi rivojlanish bosqichlari.
a urug’langandan bir necha soat o’tgach sodir bo’ladigan hujayralar bo’linishi
b-terminal davr
v-21 kunli embrionda orqa miya shakllanishi
g-to’rt haftalik embrionda bosh, tana va dumning shakllanishi. Bu davrda yurak
hamda asab tizimi o’z faoliyatini boshlab yuboradi.
d-besh haftalik embrionda qo’l va oyoqning shakllanishi.
ye-to’qqiz   haftalik   embrionda   kindik   bilan   plasenta   birlashishining   namoyon
bo’ladi.  
j-olti   haftalik   embrionda   barcha   ichki   a’zolar   shakllanib   bo’lgan   bo’lsa   ham,
biroq ularning hammasi o’z faoliyatini bajara olmaydi.
z-yigirma   haftalik   embrionda   aksariyat   ichki   a’zolar   faoliyatini   boshlaydi.
Embrion harakatlanishi, yuz ifodasini o’zgartira olishi mumkin.   
Yana   bir   fransiyalik   yirik   psixolog   R.Zazzo   o’z   vatanidagi   ta’lim   va   tarbiya
tizimining   prinsiplaridan   kelib   chiqqan   holda,   mazkur   muammoga   boshqacharoq
yondashib   va   uni   boshqacha   talqin   etib,   insonning   ulg’ayib   borishini   quyidagi
bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi:
1. Birinchi bosqich  −  bolaning tug’ilganidan 3 yosh gacha davri.
2. Ikkinchi bosqich  −  3 yoshidan 6 yoshigacha.
3. Uchinchi bosqich  −  6 yoshidan 9 yoshigacha. 
4. To’rtinchi bosqich  −  9 yoshidan 12 yoshigacha.
5. Beshinchi bosqich  −  12 yoshidan 15 yoshigacha.
6. Oltinchi bosqich  −  15 yoshidan 18 yoshigacha.
Yosh   davrlariga   ajratishidan   ko’rinadiki,   R.Zazzo   inson   rivojlanishining
bosqichlariga shaxs sifatida tarkib topish, takomillashuv nazariyasidan kelib chiqib
yondashgani   shaxs   shakllanishi   pallasining   yuqori   nuqtasi,   ya’ni   ijtimoiylashuvi bilan   cheklanishga   olib   kelgan.   Shuning   uchun   uning   ta’limoti   insonning
tug’ilganidan   umrining   oxirigacha   psixologik   takomillashuvi,   o’zgarishi,
rivojlanishi   xususiyatlari   va   qonuniyatlari   to’g’risida   mulohaza   yuritish   imkonini
bermaydi.
G.Grimm ontogenezda insonning kamolotini quyidagi davrlarga ajratishni lozim
topadi:   1)   chaqaloqlik   −   tug’ilgandan     10   kunlikkacha;   2)       go’daklik   −   10
kunlikdan 1 yoshgacha; 3) ilk bolalik  −  1 yoshdan 2 yoshgacha; 4) birinchi bolalik
−   3   yoshdan   7   yoshgacha;   5)   ikkinchi   bolalik   −   8   yoshdan   12   yoshgacha;   6)
o’smirlik   −   13   yoshdan   16   yoshgacha   o’g’il   bolalar,   12   yoshdan   15   yoshgacha
qizlar;   7)   o’spirinlik   −   17   yoshdan   to   21   yoshgacha   yigitlar,   16   yoshdan   20
yoshgacha   qizlar;   8)   yetuklik   −   birinchi   bosqich:   22   yoshdan   35   yoshgacha
erkaklar,   21   yosh dan   35   yoshgacha   ayollar;   ikkinchi   bosqich:   36   yoshdan   60
yoshgacha erkaklar, 36 yoshdan 55 yoshgacha ayollar; 9) keksayish (yosh qaytishi)
−  61 yoshdan 75 yoshgacha erkaklar, 55 yoshdan 75 yoshgacha ayollar; 10) qarilik
−   76   yoshdan   90   yoshgacha   (jinsiy   tafovut   yo’q);   11)   uzoq   umr   ko’ruvchilar   91
yoshdan yuqorisi.
Dj.Birrer   yosh   davrlarini   quyidagicha   tasavvur   etadi:   1)   go’daklik   −
tug’ilgandan 2 yoshgacha; 2) maktabgacha   −   2 yoshdan 5 yoshgacha; 3) bolalik 5
yoshdan   12   yoshgacha;   4)   o’spirinlik   davri   −   12   yoshdan   17   yoshgacha;   5)   ilk
yetuklik   −   17 yoshdan 20 yoshgacha;  6) yetuklik   −   20 yoshdan 50 yoshgacha;  7)
yetuklikning oxiri  −  50 yoshdan 75 yoshgacha; 8) qarilik  −  76 yoshdan yuqorisi.
D.Bromleyning tasnifi boshqalarnikiga mutlaqo o’xshamaydi, chunki unda yosh
davrlarining   o’zi   ham   davr   va   bosqichlarga   ajratilgan:   birinchi   davr   −   ona
qornidagi   muddatni   o’z   ichiga   oladi   (zigota   −   embrion   −   homila   −   tug’ilish),
ikkinchi   davr   (bolalik):   a)   go’daklik   −   tug’ilgandan   18   oylikgacha;   b)
maktabgacha bosqichdan oldingi  −  19 oylikdan 5 yoshgacha; v) maktab bolaligi  −
5 yoshdan 11 − 13 yoshgacha;   uchinchi davr   (o’spirinlik)   −   1) ilk o’spirinlik   −   11
yoshdan 15 yoshga cha; 2) o’spirinlik  −  15 yoshdan 21 yoshgacha;  to’rtinchi davr
(yetuklik)   −   1   ilk   yetuklik   −   21   yoshdan   25   yoshga cha;   2)   o’rta   yetuklik   −   25
yoshdan   40   yoshgacha;   3)   yetuk likning   so’nggi   bosqichi   −   40   yoshdan   55 yoshgacha;   beshinchi   davr   (qarilik)   −   1)   iste’fo   bosqichi   −   55   yoshdan   65
yoshgacha;  2) qarilik bosqichi   −   65 yoshdan 75 yosh gacha;  3)  eng keksalik   −   76
yoshdan yuqorisi.
Biz   uzoq   xorij   mamlakatlar   psixologiyasidagi   yosh   davrlarini   tabaqalashning
yo’nalishlari va nazariyalariga qisqacha to’xtalib o’tdik. Ulardan ko’rinib turibdiki,
bu sohada bitta umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan.
Rus   psixologiyasidagi   ontogenezni   davrlarga   tabaqalash   muammosi   dastlab
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananyev singari yirik psixologlarning asarlarida
o’z aksini  topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug’ullanuvchilar safi
kengayib bordi, shu boisdan tabaqalanish kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish
jarayonlariga   yondashilishi   nuqtai   nazaridan   o’zaro   keskin   farqlanadi.   Hozir
ontogenezni davrlarga tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy
qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning moxiyatini ochish maqsadga
muvofiqdir.
L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy
tahlil   qilib,   muayyan   rivojlanishni   vujudga   keltiruvchi   ruhiy   yangilanishlarga
tayanib quyidagi bosqichlarga ajratadi: 
1. Chaqaloqlik davri inqirozi.
2. Go’daklik davri  −   2   oylikdan 1 yoshgacha.
    Bir yoshdagi inkiroz.
3. Ilk bolalik davri  −  1 yoshdan 3 yoshgacha. 
    3 yoshdagi inqiroz.
4. Maktabgacha davr  −   3 yoshdan 7 yoshgacha. 
    7 yoshdagi inqiroz.
5. Maktab yoshi davri  −  8 yoshdan 12 yoshgacha.
    13 yoshdagi inqiroz.
6. Pubertat  (jinsiy yetilish)    davri  −  14 yoshdan 18 yoshgacha. 
    17 yoshdagi inqiroz.
Olim   o’z   asarlarida   har   bir   davrning   o’ziga   xos   xususiyatlarini   chuqur   ilmiy
ta’riflay   olgan.   Eng   muhim   shaxs   ruhiyatidagi   yangilanishlar   haqida   ilmiy   va amaliy   ahamiyatga   molik   mulohazalar   bildirgan.   Biroq   bu   mulohazalarida   ancha
munozarali,   bahsli   o’rinlar   ham   uchraydi.   Umuman   L.S.Vigotskiyning   yosh
davrlarini   tabaqalash   nazariyasi   ilmiy-tarixiy   ahamiyatga   ega,   uning   rivojlanishni
amalga   oshiruvchi   inqirozlar   roli   to’g’risidagi   mulohazalari   va   olg’a   surgan
g’oyalari hozirgi kunning talabiga mosdir.
L.S.Vigotskiyning   shogirdi   L.I.Bojovich   insonning   kamol   topishini   yosh
davrlariga   bo’lishda   motivlarni   asos   qilib   oldi,   shuning   uchun   bu   bo’lishni
motivasion   yondashish,   deb   atash   mumkin.   L.I.Bojovichning   mulohazasiga   ko’ra
yosh davrlari quyidagi bosqichlardan iborat:
birinchi   bosqich   −   chaqaloqlik;   tug’ilgandan   1   yoshga cha;   ikkinchi   bosqich   −
motivasion tasavvur: 1 yoshdan 3 yoshgacha; uchinchi bosqich  −  “Men”ni anglash
davri:   3   yoshdan   7   yoshgacha;   to’rtinchi   bosqich   −   ijtimoiy   jonzotlikni   anglash
davri;  7 yoshdan  11 yoshgacha;  beshinchi  bosqich   −   a)  o’zini  o’zi  anglash davri:
12  yoshdan   14   yoshgacha;   b)   o’z   o’rnini   belgilash   (topish)   davri:   15   yoshdan   17
yoshgacha.
L.I.Bojovich har bir bosqichni psixologik tavsiflashda unda namoyon bo’ladigan
o’zgarishlarni,   bu   o’zgarishlarning   sabablari,   omillari,   manbalari,   turtkilari,
mexanizmlarini ham bayon qiladi.
D.B.Elkoninning   tasnifi   yetakchi   faoliyat   (A.N.Leontyev)   nazariyasiga,   har
qaysi   rivojlanish   pallasida   faoliyatning   biror   ustunlik   qilishi   mumkinligiga
asoslanadi.   Yetakchi   faoliyatning   inson   shaxs   sifatida   kamol   topishidagi   roli
nazariyaning negizini tashkil qiladi. 
D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi:
1)   go’daklik   davri   −   tug’ilgandan   1   yoshgacha:   asosiy   faoliyat   −   bevosita
emosional muloqot;
2) ilk bolalik davri   −  1 yoshdan 3 yoshgacha: asosiy faoliyat   −  jism bilan nozik
harakatlar qilish;
3) maktabgacha davr  −  3 yoshdan 7 yoshgacha: asosiy faoliyat  −  rolli o’yinlar;
4)   kichik   maktab   yoshi   davri   −   7   yoshdan   10   yoshgacha:   asosiy   faoliyat   −
o’qish; 5)   kichik   o’smirlik   davri   −   10   yoshdan   15   yoshgacha:   asosiy   faoliyat   −
shaxsning intim muloqoti;
6) katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik davri   −   16 yoshdan 17 yoshgacha:  asosiy
faoliyat  −  o’qish, kasb tanlash.
D.B.Elkonin   tasnifini,   ko’pchilik   psixologlar   ma’qullashiga   qaramay,   unda
ayrim   munozarali   jihatlar   ham   bor.   Umuman   esa   D.B.Elkoninning   mazkur
nazariyasi  psixologiya   fanida,   ayniqsa  Yosh   va  pedagogik    psixologiyada   muhim
o’rin tutadi.
Bolalar   psixologiyasi   fanining   yirik   namoyandasi   A.A.Lyublinskaya   inson
kamolotini   yosh   davrlariga   ajratishda   pedagogik   psixologiya,   faoliyat   nuqtai
nazaridan unga yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi:
1. Chaqaloqlik davri  −  tug’ilganidan bir oylikkacha.
2. Kichik maktabgacha davr  −  1 oylikdan   1 yoshgacha.
3. Maktabgacha tarbiyadan oldingi davr  −  1 yoshdan 3 yoshgacha.
4. Maktabgacha tarbiya davri  −  3 yoshdan 7 yoshgacha.
5. Kichik maktab yoshi davri  − 7 yoshdan 11 (12) yosh gacha.
6. O’rta maktab yoshi davri (o’smirlik)  −  13 yoshdan 15 yoshgacha.
7. Katta maktab yoshi davri  −  15 yoshdan 18 yoshgacha. 
Pedagogik   psixologiyaning   taniqli   namoyandasi   V.A.Kruteskiy   insonning
ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi:
1. Chaqaloqlik (tug’ilganidan 10 kunlikkacha).
2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha).
3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha).
4. Bog’chagacha yoshi (3 yoshdan 5 yoshgacha).
5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha).
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha).
7. O’smirlik (11 yoshdan to 15 yoshgacha).
8. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 − 18 yosh).
Har   ikkala   tasnif   ham   puxtaligidan,   ularga   qanday   nuqtai   nazardan
yondashilganidan qat’i nazar inson kamolotini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi. Mazkur   nazariyalar   insonning   shaxs   sifatida   shakllanishi   bosqichlari   haqida
ko’proq   ma’lumot   beradi,   xolos.   Ularda   yoshlik,   yetuklik,   qarilik   davrlarining
xususiyatlari, qonuniyatlari to’g’risida nazariy va amaliy ma’lumotlar yetishmaydi.
Shunga   qaramay,   ular   o’rta   maktab   pedagogik   psixologiya   fani   uchun   alohida
ahamiyat kasb etadi.
XXI   asr   psixologiyasining   yirik   vakili   A.V.Pet rovskiy   inson   kamolotiga,
shaxsning   tarkib   topishiga   sosial-psixologik   nuqtai   nazardan   yondashib,   yosh
davrlarining   o’ziga   xos   tasnifini   yaratdi.   A.V.Petrovskiygacha   psixologlar
shaxsning   bir   tekis   kamol   topishini   o’rgangan   bo’lsalar,   u   shaxs   shakllanishining
prososial  (ijtimoiy qoidalarga muvofiq)  va  asosial  (aksilijtimoiy)  bosqichlari  ham
bo’lishi   mumkinligini   isbotlab   berishga   harakat   qiladi:   shaxsning   kamol   topishi
uchta   makrofazadan   iboratligini   qayd   etib,   birinchisi   −   bolalik   davriga   to’g’ri
kelishini, unda ijtimoiy muhitga moslashish, ko’nikish (adapta siya) ro’y berishini;
ikkinchisi   −   o’smirlarga   xos   individuallashish;   uchinchisi   −   o’spirinlikda,   ya’ni
yetuklikka   intilish   davrida   o’ziga   xos   holatlarni   muvofiqlashtirish   (birlashtirish)
xususiyatlari   paydo   bo’lishini   bayon   qiladi,   shaxsning   shakllanishi   quyi dagi
bosqichlarda amalga oshishini ta’kidlaydi:
1.   Ilk   bolalik   (maktabgacha   tarbiya   yoshidan   oldin gi   davr)   −   tug’ilganidan   3
yoshgacha.
2. Bog’cha davri  −  3 yoshdan 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshi davri  −  7 yoshdan 11 yoshgacha.
4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri  −  11 yoshdan to 15 yoshgacha.
5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri  −  15 yoshdan 17 yoshgacha.
A.V.Petrovskiyning   tasnifi   mukammal   bo’lsa-da,   kamolotning   oraliq
bosqichlarini,  ularning  o’ziga  xos   xususiyatlarini  ifodalamaydi.  Vaholanki,  o’sish
ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksilijtimoiymi, baribir, har ikki yo’nalishning
ham   oraliq   jabhalari   bo’lishi   ehtimoldan   holi   emas.   Lekin   bu   g’oyani   chuqur
ifodalab berish joiz. 
D.I.Feldshteyn tasnifi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan bo’lsa-da,
A.V.Petrovskiy   tasnifidan   keskin   farq   qiladi.   Uning   fikricha,   inson   shaxs   sifatida shakllanishda   ikkita   katta   bosqichdan   o’tadi,   ulardan   biri   −   “Men   jamiyat   bilan”
nuqtai nazardan iborat bo’lib, quyidagi yosh pallalarini qamrab oladi: 1) ilk bolalik
−  1 yoshdan 3 yoshgacha; 2) ki chik maktab yoshi davri  −  6 yoshdan 9 yoshgacha;
3) katta maktab yoshi davri  −  15 yoshdan 17 yoshgacha.
Shaxs   kamolotidagi   ikkinchi   nuqtai   nazar   −   “Men   va   jamiyat”   deb   nomlanib,
quyidagi yosh bosqichlaridan iborat: 1) go’daklik   −   tug’ilganidan 1 yoshgacha; 2)
maktabgacha   davr   −   3   yoshdan   6   yoshgacha;   3)   o’smirlik   −   10   yoshdan   15
yoshgacha.
D.I.Feldshteyn   boshqa   tadqiqotchilardan   farqli   ravishda   o’smirlik   davrini   uch
bosqichga   ajratadi:   birinchi   bosqich   (10−11   yosh)   o’ziga   munosabatni   kashf
qilishdan iborat bo’lib, o’zini shaxs sifatida his qilish va qat’iy qarorga kelish bilan
yakunlanadi. Ik kinchi bosqich (12–13 yosh) bir tomondan o’zini shaxs sifatida tan
olish,  ikkinchi  tomondan  o’ziga  salbiy  munosabatda  bo’lishdir.  Uchinchi   bosqich
(14–15 yosh) tezkorlik, o’zini o’zi baholashga moyillik bilan farqlanadi.
Bolalarda   “Men   jamiyat   bilan”   nuqtai   nazari   ilk   bolalik,   kichik   maktab   yoshi,
katta maktab yoshi davrlarida faol va keng tus oladi, faoliyatning amaliy-predmetli
jihatlari   jadal   o’sish   jarayonida   bo’ladi.   Ularda   “Men   va   jamiyat”   nuqtai   nazari
vujudga   kelishi   maktabgacha   va   o’smirlik   dvvrlariga   to’g’ri   kelib,   ularning
ijtimoiy   xatti-harakat   majburiyatlarini,   qoidalarini   o’zlashtirishlari   va   boshqa
shaxslar   bilan   munosabat   o’rnatishlari,   o’zaro   muloqotga   kirishishlari   bilan
ifodalanadi.   Ana   shu   murakkab   ijtimoiy-psixologik   harakatlarga   asoslangan
D.I.Feldshteyn bolaning ijtimoiy o’sishdagi  jamiyatga munosabatini asosiy (bosh)
va   oraliq   munosabatlarga   ajratadi.   Bolada   jamiyatga   munosabatning   shakllanishi
ijtimoiylashuv,   individuallashuvning   tarkibiy   qismlarini   egallash   va   bir   davrdan
ikkinchi davrga o’tish orqali amalga oshadi. Asosiy (bosh) munosabat  −  insonning
kamol   topishida   keskin   siljish   nuqtalari   paydo   bo’lishi,   ichki   sifat   o’zgarishlari
vujudga kelishi va yangi xislatlar tarkib topishining mahsulidir.
Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   D.I.Feldshteynning   yosh   davrlariga   ajratish
nazariyasi   ontogenezdagi   barcha   psixologik   holat   va   fazilatlarni   ifodalash imkoniyatiga ega emas, ammo u ta’lim-tarbiyaning sifatini oshirishga ijobiy ta’sir
ko’rsatishi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.
Umuman   psixologlar   tomonidan   ontogenezni   davrlarga   tabaqalashtirishning
puxta   ilmiy-metodologik   negizga   ega   bo’lgan   qator   nazariyalari   ishlab   chiqilgan.
Ular   ontogenetik   qonuniyatlarni   yoritishga   katta   hissa   bo’lib   qo’shildi,   amaliy   va
nazariy   muammolarni   hal   qilishda   keng   qo’llanmoqda.   Ammo   hozir   ontogenezni
to’la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyani yaratish zarurati tug’ildi.
3. Yosh va pedagogik  psixologiyaga yangicha yondashish
Jahon   psixologiyasi   fanida   shaxs   muammosi   yuzasidan   ko’plab   nazariyalar,
konsepsiyalar,   yondashuvlar,   qarashlar   mavjud   bo’lishiga   qaramay,   komil   inson
kamoloti,   o’ziga   xosligi   bo’yicha   hanuzgacha   umumiy   bir   fikrga,   to’xtamga
kelinganicha yo’q. Xuddi shu bois, insonshunoslik fanlari (sohalari)da shaxsga oid
bir   qator   terminlar,   tushunchalar,   atamalar   qo’llanilishi   an’ana   tusiga   kirgan,
chunonchi,   shaxs   inson,   odam,   kishi,   subyekt,   individ,   idividuallik,   komil   inson,
shuningdek,   unga   taalluqli   tipik   va   tipologik   xususiyatlar   shular   jumlasidandir.
Psixologiya   fani da   munosabatlar   nuqtai   nazaridan   “subyekt   —   obyekt   —
subyektlararo”,   “subyekt   —   subyekt   —   obyektlararo”   singari   sxematik
yondashuvlar mavjud bo’lib, ularning barcha tabiiy — biologik va ijtimoiy (sosial)
shartlanganlik   manbalaridan   kelib   chiqqan   holda   tahlil   hamda   talqin   qilishga
asoslangandir.
Shaxsga   oid   psixoanaliz,   analitik   psixologiya,   individual   psixologiya,
neofreydizm,   begonalashish   nazariyasi,   rollar   nazariyasi,   gumanistik   psixologiya,
epigenetik   nazariya,   frus trasiya   nazariyasi,   ekzistensial   psixologiya,   tushunuv
psixo logiyasi,   fransuz   sosiologik   maktabi,   sobiq   sovet   psixologlarining   har   xil
nazariyalari mavjuddir. 
Uzoq va yaqin chet el psixologlarining qarashlarida kamolot ontogenetik nuqtai
nazardan muayyan, qat’iy bosqichlarga ajratilgan holda juda kam tadqiq qilingan.
Shuning   uchun   biz   shaxsan   o’zimiz   taklif   qilayotgan   sxema   bo’yicha   mulohaza
yuritamiz va kamol topish bosqichlari hamda ularning o’ziga xos xususiyatlarining
mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz. Ularni quyidagi davrlarga bo’lib tahlil qilish   maqsadga   muvofiq:   murtaklik   (embrional),   odam   (individ),   inson,   shaxs,
subyekt, komil inson.
Shaxsning   kamoloti   murtaklik   davridan   boshlanishi
to’g’risida asosli fikrlar A.Vallon, D.Bromley tadqiqotlarida ayrim   psixologlar
va psixofiziologlarning   maqolalarida uchraydi, xolos. Shu narsani ta’kidlab o’tish
joizki,   murtaklik   davrining   o’ziga   xos   xususiyatlarini   aks
ettirish   imkoniyati   muayyan   darajada   mavjud   ekanligi   nafaqat
psixologlar,   balki   tabiatshunoslar,   biologlar,   fiziologlar
tomonidan   tavsiflab   berilganligi,   tibbiyot   mutaxassislarining
esa bu borada o’zlarining qarashlari, yondashuvlari   shakllanganligi   nazariy
mulohaza yuritish uchun asos bo’lib xizmat qila oladi.
Murtaklik   davrini   kamolot   bosqichiga   kiritgan   tadqiqotchilar   A.Vallon   va
D.Bromley   bo’lib   hisoblanadi.   Jumladaan,   D.Bromley   mazkur   davrni   quyidagi
bosqichlarga ajratib tahlil qilishni tavsiya qiladi: zigota — embrional — homila —
tug’ilisholdi.   A.Vallon   esa   ontogenezning   tarkibiy   qismi   sifatida   uni   kamolot
bosqichi qatoriga kiritadi.
Biz (E.G’oziyev) yaratgan komil inson konsepsiyasi o’ziga xosligi bilan ajralib
turadi.   Bizning   ta’kidlashimizcha   homilalik   —  embrional   davr   bosqichi   bo’lg’usi
shaxs uchun muhim ahamiyat kasb etib, jismoniy barkamollikning, nerv sistemasi,
bosh   miya   katta   yarim   sharlari,   hissiy   bilish,   tana   a’zolari   paydo   bo’lishining   va
o’sishining   manbai   vazifasini   bajaradi.   Ushbu   bosqichda   quyidagilarga   e’tibor
berish maqsadga muvofiq:
 homilaning   jismoniy   o’sishini   uzluksiz   ravishda   ta’minlash   uchun   oqsillar,
vitaminlar va boshqa turdagi oziqalarga nisbatan tabiiy ehtiyojini qondirib turish;
 unga   salbiy   ta’sir   etuvchi   qo’zg’atuvchilardan   saqlanish   ijobiiy   his tuyg’u
uyg’otuvchi hodisalar to’g’risida ko’proq o’ylash;
 qaltis   jismoniy   va   somatik   harakatlardan   o’zini   tiyib   turib,   zo’riqishning
uzluksiz ravishda oldini olish;
 homilaga sensor ta’sir o’tkazishni odatiy psixologik holatga aylantirish;
 kontakt va distant moslama vositalaridan foydalanish;  shaxslararo munosabatda muloqot maromlariga rioya qilish;
 bioritmika va psixometriya qoidalaridan og’ishmay foyda lanish;
 ijtimoiy xodisalarga nisbatan loqaydroq munosabatda bo’lish va hokazo;
Odam         (individ)lik  davri   tug’ilganidan  to   unda  nutq   paydo  bo’lguncha   qadar
vaqt   birligini   qamrab   oladi.   Uning   muhim   tomonlari   mana   bunday   holatlarda
ko’zga yaqqol tashlanadi :
 embrional davridagi plansentar sistemasi o’rnini oral (mustaqil hazm qilish)
egallaydi,   ya’ni   mustaqil   nafas   olish,   qon   aylanish   va   boshqalar   tabiiy   ravishda
chaqaloqda yuz bera boshlaydi;
 tabiiy   holatlarga   va   muhitga   moslashish   (adaptasiya)   tevaraк̶ atrofini   bilish
boshlanganligidan dalolat beradi;
 har xil turdagi harakatlarni amalga oshirish, jismlarni ushlash, ularga intilish,
narsalarni bilishga nisbatan harakatini bildiradi;
 ota onani       va   qarindosh urug’larni   tanish,   sezgi   idrok,   xotira   jarayonlari
o’sishini anglatadi;
 jismlarga   razm   solish,   uning   tuzilishi   va   rangi   bilan   qiziqishi   yaqqol
tafakkurning ifodasidir;
 unda   emosiya     va   hissiyotning   paydo   bo’lishi   muomalaga     kirishish
ehtiyojini namoyon etadi;
 emaklash,   tik   turishga   intilish   uquvining   paydo   bo’layotganligi   fazoviy
tasavvurni aks ettiradi va boshqalar.
Inson   davri   o’ zini   o’zi   anglashdan   boshlanib,   jismoniy,
aqliy   va   ijtimoiy   kamolotga   erishuv   jarayoni   amalga   oshishi
bilan tugallanadi.
Ushbu davrda alohidalikka oid xususiyatlar  quyidagilarda o’z aksini topadi:
I. Nutqning paydo bo’lishidan to 6-7 yoshgacha:
 bolada fazoviy muvozanatning vujudga kelganligi;
 o’zini o’zi anglashdan iborat “Men” davrining mavjudligi;
 nutqda ona tili boyligidan unumli foydalanish imkoniyatining tug’ilishi;  milliy urf odatlarga, xulq atvor qoidalariga rioya qila olishi;
 muomala maromi, ijtimoiy qadriyatlarning egallashi;
 o’yin   hamda   faoliyatning   boshqa   turlarini   o’zlashtirish   negizida   milliy   va
umumbashariy fazilatlarning shakllanganligi;
 individual — tipologik xususiyatlarning aniq namoyon bo’lishi;
 barcha jihatlari bilan maktab ta’limiga tayyorgarligi;
 guruhiy hamkorlik uquvidan xabardorligi.
II. O’smirlik davri xususiyatlarining aks etishi:
 jismoniy jihatdan mukamallikka intilishning mavjudligi;
 faoliyat   xulq   va   muomala   jarayonlarida   tipologik   xususiyatlarga
erishilganligi;
 aqliy, axloqiy, xarakterologik xususiyatlari shakllanganligi;
 turli   shakldagi   va   tuzilishdagi   (tengqurlari,   katta   yoshdagilar,   rasmiy   va
norasmiy, (real) guruhlarda o’zini o’zi anglashning namoyon qilishi;
 ijtimoiy hayotda va faoliyatda o’zini o’zi tasdiqlashga imkoni borligi;
 ijtimoiy turmushning har bir jabhasida faollik ko’rsatishi;
 o’quv fanlarida differensial munosabatning qaror topishi;
 muayyan e’tiqod, dunyoqarash, shaxsiy munosabatning mavjudligi;
 tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi, xulq atvorga qat’iyatlik yetishmasligi;
 fantaziya va o’ziga bino qo’yishning ustuvorligi va boshqalar.
Inson kamolotining  shaxs davri  yetuklikning muayyan bosqichi hisoblanib, 
ijtimoiy hayotda alohida ahamiyat kasb etadi va o’zining ko’rsatkichi bilan muhim 
rol o’ynaydi. Shaxs davri bir necha taraqqiyot bosqichlarini aks ettirib, u ilk 
o’spirinlik va yoshlikni qamrab oladi.
Uning   birinchi   bosqichi   balog’at   deb   nomlanib,   15-16   yoshdagi   o’g’il-qizlarni
o’zida jamlaydi. Bu bosqichda ushbu xususiyatlar ko’zga bevosita tashlanadi:
 jismoniy barkamollikning ifodalanishi;
 ruhiy jihatdan muayyan ko’rsatkichga erishganligi;
 xulq, faoliyat va muomala jarayonlarida individuallikning shakllanishi;
 e’tiqod, dunyoqarash va pozisiyada barqarorlikning mavjudligi.  Shaxs  tarkib  topishining  ikkinchi   bosqich  ixtisos  egallash   deb atalab,  17-18
va   21-23   yoshdagi   barkamol   yigitlar   va   bokira   qizlardan   tashkil   topadi,   kasbiy
faoliyatni   egallashning   o’ziga   xosligi   bilan   boshqa   taraqqiyot   pallalaridan   ajralib
turadi. Ushbu holatlarda ularning o’ziga xosligi namoyon bo’ladi:
 bilimlar, ko’nikmalar va malakalar egallashdagi individuallik;
 faoliyatning individual uslubining paydo bo’lishi;
 kasbiy motivasiyaning ustuvorligi;
 ma’naviy ehtiyojning, barqaror qiziqishning, qat’iyan yetakchiligi;
 mutaxassislikka munosabatning shaxsiy  pozisiyaga bo’ysunganligi;
 kollej   va   oliy   maktab   muhitining   o’ziga   xosligining   ular   shaxsiyatida
ifodalanishi;
 amaliyotga va muhitga moslashishning sifat jihatidan tafovutlanishi.
Shaxs   shakllanishining   uchinchi   bosqichi   yoshlik   davridan   iborat   bo’lib,
ixtisosiy   yetuklikni   o’zida   aks   ettiradi.   Ko’pincha   barkamollik   alomatlari
quyidagilarda ifodalanadi:
 kasbiy, ixtisosiy individuallik, betakrorlik, o’ziga xoslik yuzaga kelishi;
 kasbiy, ixtisosiy mahorat darajasiga erishuv;
 o’z sohasida novatorlik xususiyatini namoyish etish;
 ijtimoiy baholash ekspertizasi mezonlariga batamom mos tushishlik.
Inson   kamolotining   navbatdagi   davri   subyekt   deb   nomlanib,   o’ziga   xos
xususiyatlari   bilan   umrning   boshqa   pallalaridan   ajralib   turadi.   Har   qaysi   shaxs
subyekt   darajasiga   o’sib   o’tishi   mumkin   emas,   lekin   uning   ayrim   xususiyatlarini
egallash imkoniga egadir. Subyekt o’zining mana shu xususiyatlari bilan shaxsdan
tafovutlanadi:
 xulq - atvorda, faoliyatda, muomalada mustaqillik ustuvorligi;
 ijtimoiy hayotning har bir jabhasida shaxsiy pozisiyaga egalik;
 ilg’or   insonparvarlik   g’oyalarini   ilgari   surishning   originalligi,   innovasion
ekanligi bilan ajralib turishlik;
 g’oyalarini   qaror   toptirishda   obyektiv   va   subyektiv   to’siqlarni   yengish   va
ijtimoiy - siyosiy yetuklikni namoyish qilishdir. Biz   muammoga   hozirgi   zamon   nuktai   nazaridan   yondashib,   komil   insonlikni
to’rt bosqichga ajratishni maqsadga muvofiq topdik: 
1. Inson   kamolotining   bu   bosqichiga   kelib   o’zining   sohasi
bo’yicha   piri   ixtisos   darajasiga   erishadi.   Buning   natijasida   yetuk
inson   hayot   va   faoliyatda   ijtimoiy-tarixiy   psixologik   namuna
bosqichiga   o’sib   o’tadi,   o’zining   salohiyati   bilan   sohani   taraqqiy
ettirish   manbaiga   aylanadi.   Bu   bosqichdagi   insonlarning   asosiy
xususiyatlari quyidagilarda o’z aksini topadi:
 yuksak aql - zakovatga egalik, intellektual faoliyatda mahsuldorlik;
 antisipasiya   kundalik   faoliyat   mahsulasiga   aylanganligi,   ya’ni   amalga
oshirish rejalashtirilgan faoliyat natijasining oldindan modelini yaratish;
 xulq,  faoliyat,  muomala   jarayonlarida   o’z  imkoniyatini   oqilona   baholash   va
o’zgalar tomonidan xuddi shunday darajaga erishish;
 sohaga oid talant va salohiyatning amaliy ifodalanishini ta’minlash.
2. Ixtisoslararo   bilimdonlik   komil   inson   kamolotining
navbatdagi   yuksak   bosqichi   bo’lib,   hozirgi   davrda   bir   necha   soha
bo’yicha   mukammal   bilimlarga,   qarashlarga   egaligi   bilan
tavsiflanadi.
Ixtisoslararo   bilimdonlik   o’ziga   xos   ikki   xususiyati   bilan   boshqa   kamolot
bosqichlaridan ajralib turadi:
 uzluksiz ravishda kashfiyotlarni amalga oshirishga qobillik;
 xar   bir   ixtisos   predmetiga   oid   qarashlarda   mukammallikka,   sermahsullikka
va dinamizmga erishish.
3.   Komil   insonning   navbatdagi   kamolot   bosqichi   aqliy   donishmandlik   deb
atalib,   tabiatga   va   jamiyatga,   biosfera   va   neosferga   nisbatan   super   onglilik
ko’rsatkichiga erishish bilan  tavsiflanadi. Aqliy donishmandlik axloqiy madaniyat,
yuksak   his - tuyg’ular,   muomala   maromi   tabiat   va   jamiyat   normalariga   rioya
qilishlik   bilan   uzviy   uyg’unlik   hukm   suradi.   Axloqiy   yetuklik   siyosiy,   huquqiy,
iqtisodiy ong ko’rinishlariga oqilona yondashishni ta’minlaydi. 4. Umumbashariy daholik jamiyat va taraqqiyot taqozosi bilan vujudga keluvchi
imkoniyat   yoki   zaruriyatni   mahsulidir.   Fan,   texnika,   siyosat,   din,   davlat   qurilishi
sohasida keskin o’zgarishni amalga oshiruvchi tarixiy shaxslar kamolotning oxirgi
bosqichiga erishishi mumkin.
Komil inson subsensor,  subseptiv xususiyatlari  bilan zamondoshlaridan yuksak
darajada   ustunlikka   ega.   Subsensorika   imkoniyatlariga   daxldorlik   komillikning
yuksak darajasini o’zida aks ettiradi. Ilmiy asoslarga suyanib buyuk bashoratlarni
ro’yobga chiqarish uning yangi xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi 
Komil   insonlik   to’g’risidagi   mulohazalar   ideal   sharoitni   aks   ettirishga
qaratilganligini   ta’kidlab   o’tish   joiz.   Chunki   reallikdan   uzoklashish   unga   erishish
imkoniyati mavjud emasligini bildirmaydi, aksincha, inson o’zini o’zi kashf qilish,
o’zini   ro’yobga   chiqarish,   qulay   shart-sharoitlar   yaratish   orqali   yuksak   darajaga
erishsa   bo’ladi.   Lekin   komil   insonlikka   qo’yiladigan   talablar   darajasiga   nisbiy
yondashish,   mezonlarni   ixchamlashtirish   yordamida   komil   insonni   shakllantirish
mumkin.
Metodikaning mohiyati
Barkamol   (komil)   insonni   baholash   testi   biz   tomonimizdan   ishlab   chiqilgan
bo’lib, u yettita blokdan tashkil topgandir. Ma’lumki, har bir blok komil insonning
muayyan   fazilatlari   va   xususiyatlarini   aniqlashga   xizmat   qiladi   hamda   o’ziga   xos
funksiyani bajaradi. Yettita blokning beshtasi asosiy blok hisoblanib, ularning har
qaysisi   10   tadan   fazilat   (xislat)ni   qamragandir.   Birinchi   va   yettinchi   bloklar
yordamchi deb nomlanib, o’ziga xos murakkab tuzilishlarga ega bo’lib, shaxsning
individual   xususiyatlari   serqirraligini   chukurroq   yechish   uchun   yordam   beradi.
Bizning ushbu metodikamiz 1995 yildan beri amaliyotga tatbiq etib kelinadi, xuddi
shu   boisdan   uning   ishonchliligi,   validligi   va   reprezentativligiga   hyech   qanday
shak-shubha yo’q.
Quyida   uning   (metodikaning)   ma’noviy   funksional,   shakliy   tomonlarini
yoritishga   harakat   qilamiz.   Metodika   mohiyatidan   joy   olgan   har   bir   vaziyat
“Kuchsiz”,   “O’rtacha”,   “Kuchli”,   “O’ta   kuchli”   shkalalarga   asoslanib   javob
berilishiga mo’ljallangandir. Umumiy tuzilishiga binoan berilgan tartibdagi vaziyat “1”, “2”, “3”, “4” ballar bilan baholanadi hamda “3”, “4”, “5”, “6” grafalar bilan
belgilanadi. Bir davrning o’zida ikkita vaziyatni  belgilash qat’iyan man etiladi va
varaqa buzilgan deb tan olinadi.
Asosiy   bloklarda   komil   insonga   mutanosib   deb   tavsiya   qilinayotgan   fazilat
(xislat)   bor   yoki   yo’qligi   aniqlanish   bilan   birga,   uning   ustuvorligi   sinaluvchi
tomonidan   ta’kidllb   o’tilishi   kutiladi.   Bu   bilan   biz   qaysi   fazilatlar   qo’llab-
quvvatlanishi   va   sinaluvchilar   tomonidan   yana   qanday   xislatlar   mavjud   bo’lishi
shartligi ta’kidlanadi.
Shuni   alohida   ta’kidlab   o’tish   joizki,   birinchi   blok   vaziyatlariga   baho   (ball)
qo’yilmaydi,   shuning   uchun   u   sinaluvchi   to’g’risida   ma’lumot   olishga   xizmat
qiladi,   xolos.   Birinchi   blok   “Shaxs   haqida   umumiy   ma’lumot”   deb   nomlanib,
ishtirokchining   familiyasi,   ismi   sharifi,   jinsi,   yoshi,   ish   va   o’qish   joyi   yuzasidan
material to’plashga imkon beradi.
Metodikaning ikkinchi  bloki   “Shaxsning  ijtimoiy shartlangan xususiyatlari”
deb   atalib,   o’nta   fazilatni   o’zida   mujassamlashtiradi   (iymon-e’tiqodlilik,
sobitqadamlilik,   hamiyatlilik,   beg’arazlik,   haqgo’ylik,   kamtarlik,   adolatlilik,
insonparvarlik,   fidoiylik,   vatanparvarlik).   Uchinchi   blok   “Shaxsning   umumiy
xususiyatlari”   deb   nomlanib,   u   quyidagi   xislatlarni   qamrab   oladi:
muloqotmandlik,   tashabbuskorlik,   harakatchanlik,   zukkolik,   sinchkovlik,
mehnatsevarlik,   qat’iyatlilik,   qulaylikka   intiluvchanlik,   mustaqillik,   o’zini
boshqaruvchanlik.   Metodikaning   to’rtinchi   bloki   “Shaxsning   o’ziga   xos
xususiyatlari” dan   iborat   bo’lib,   “O’zga   kishilarning   psixologik   xususiyatlari   va
holatlarini   tez   ilg’ashga   qobillik”   “O’zgalar   ichki   kechinmalari   va   hislarini
o’zinikiday   qabul   qilishga   moyillik”   singari   o’nta   murakkab   vaziyat   hamda
holatlarga nisbatan munosabatni xolisona bildirishga (aniqlashga) qaratilgan shaxs
uchun   betakror   xususiyatlar   bo’yicha   ma’lumotlar   to’plashga   xizmat   qiladi   Hatto
uning   tarkibiga   “Shaxslararo   muomalada   shaxsiy   pozisiyaga   egalik”,   “Xulq,
faoliyat va muomalada odoblilik” kabi o’ziga xoslikni o’zida mujassamlashtirishga
yo’naltirilgan   holatlar   mavjuddir.   Shaxsning   o’ziga   xos   xususiyatlarining   roli, ahamiyati   to’g’risidagi   ma’lumotlar   tadqiqot   uchun   qanchalar   muhim   ekanligini
takrorlash ayni muddaodir.
Tahlil   qilinayotgan   metodikaning   beshinchi   bloki   “Ijtimoiy   ta’sir
etuvchanlik” dan   tashkil   topgan   bo’lib,   ijtimoiy   voqyelikka   nisbatan   shaxsning
munosabatini   o’zida   aks   ettiradi.   O’zidan   ko’rinib   turibdiki,   ijtimoiy   ta’sir
etuvchanlik   shaxsning   faolligi,   o’zining   “Men”ligini   yuksak   darajada   his   qilishni
anglatib   keladi.   Xuddi   shu   bois,   ushbu   blok   yordamida   komillikning   murakkab
ko’rsatkichini   yoritish   imkoniyati   vujudga   kelishi   mumkin.   Bu   vosita   orqali
“Men”lik   bilan   “Biz”lik   o’rtasidagi   masofa,   oraliq   o’ta   qisqarganligini   aniqlash
borasida   ma’lumot   to’plasa   bo’ladi.   Mazkur   blokning   ba’zi   bir   tarkiblaridan
namuna   keltirish   fikrimizni   dalillashga   yordam   beradi.   Chunonchi,   “Boshqa
e’tiqodli kishilarga, o’ziga xos omillarga va mantiqiy dalillashga ta’sir o’tkazishga
topqirlik”,   “O’zining   hissiyoti   va   emosiyasi   bilan   o’zgalarga   ta’sir   etishga
uquvchanlik” yoki “Milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasiga sadoqatlilik” shular
jumlasidandir.
Oltinchi   blok   “Tashkilotchilikka   qobiliyatlilik”   deb   atalib,   u   o’z   tarkibiga
o’nta vaziyatni qamrab olgandir. Uning nomidan ko’rinib turibdiki, tashkilotchilik
shaxsning   muayyan   qobiliyati   sifatida   polimodallik   (ko’p   ko’rinishlik)
xususiyatiga   egadir.   Shuning   uchun   uning   turli   xususiyatlari,   tarkiblari,
ko’rinishlari, bosqichlar, shakllari yuzasidan muayyan darajada ma’lumot to’plash
muhim   ahamiyat   kasb   etishiga   hyech   qanday   shak - shubha   yo’q.   Ulardan   ayrim
namunalar   keltirish   tufayli   ko’zlagan   maqsad   sari   siljishni   ro’yobga   chiqarish
mumkin.   Jumladan,   “Tashkilotchilikka   nisbatan   ehtiyoj   sezishlik”   (ichki   omil),
“Tashkilotchilik   faoliyatini   suiiste’mol   qilmaslik”   (tashqi   omil)   yoki
“Tashkilotchilikda   ijodiylik   va   aql - zakovatlilik”   shular   sarasiga   kiradi.   Unga
nisbatan layoqatlilik, muvaqqatlilik yoki barqarorlik sifatlarining mavjudligi uning
murakkab tarkiblardan tuzilganligidan dalolat beradi.
Va   nihoyat   metodikaning   yana   bir   yordamchi   bloki   (yettinchi)   boshqalardan
farqli   o’laroq   “ Tashkilotchilik   qobiliyatining   individual   farqlari”   mohiyatini
ochishga bag’ishlangandir. Ushbu blok quyidagi tarkiblardan iboratdir. 1. Tashkilotchilikka nisbatan qobiliyatliligi:
a) ko’pgina faoliyat turlariga;
b) faqat yagona faoliyat turlariga;
2. Faoliyat   ishtirokchilarining   yosh   davrlari   bo’yicha   tashkilotchilik
qobiliyatida tafovutchanlik:
a) o’zidan katta yoshdagilarga;
b) o’zining tengqurlariga; 
3. Shaxslararo munosabatga mutanosiblik;
a) distansiya;
b) kontakt;
v) har ikkalasi ham;
4. Faoliyatini   boshqarish   uslubi   bo’yicha:
a) harakatli davomiy;
v) faol, jonli;
g) sustkash, xotirjam;
5. Boshqaruv tipologiyasiga ko’ra:
a) demokrativ;
b) liberal;
v) avtokrativ;
s) aralash;
Ko’rinib   turibdiki,   mazkur   blok   shaxsning   individual   farqlari   to’g’risida   aniq
ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo’lib, haqiqatga yaqinlashish, adolatga nisbatan
intilish, uni qaror toptirish uchun irodaviy zo’r berishlik mezonlari orqali yetuklik
(komillik) bosqichlariga erishganlik yuzasidan materiallar to’plash mumkin.
To’laligicha   ushbu   metodikadan   foydalanish   komillik   mezonlariga   nisbat
hozirgi   zamon   kishilari   (odamlari)   munosabatlari   bo’yicha   amaliy   natijalarni
umumlashtirish,   to’plash   imkoniyati   yuzaga   keladi.   Bundan   oldingi   boblarda
yuritilgan   nazariy   mulohazalar   va   mushohadalarga   asoslangan   holda   o’zlarining
shaxsiy munosabatlarini bildirish, ishtirokchilarning komillik to’g’risidagi tasavvur darajalarini   aniqlash   hamda   takomillashtirish   imkoni   mavjudligi   bo’yicha
munosabatlarini tahlillash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni   ham   ta’kidlash   joizki,   sinaluvchilar   tomonidan   to’planadigan   maksimal
ball “220”, minimal  “ 1 1 0 ” ,  shuningdek, “55” ball, “165” ball miqdorlarini o’zida
mujassamlashtiradi.   Bundan   tashqari,   har   qaysi   blok   va   uning   har   bir   vaziyatiga
nisbatan   munosabatini   aniqlash   maqsadida   matematik   statistika   formulalaridan
foydalangan   holda   ishonchlilik,   validlik,   reprezentativlik   mezonlarini   o’rnatish
imkoniyati   vujudga   keladi.   Empirik   ma’lumotlarning   o’rtacha   arifmetik   qiymati,
kvadrat   og’ishi,   korrelyasiya,   dispersiya,   styudent   mezoni   orqali   ishonchlilik
darajasini   o’rnatish   imkoni   tug’iladi.   Shuni   unutmaslik   lozimki,   har   bir   blok
yuzasidan   miqdor   va   sifat   tahlilini   o’tkazish   natijalarining   qiymatini   belgilaydi,
miqdorlar,   vaziyatlar   o’rtasidagi   munosabatlarni   aniqlaydi   hamda   komillik
belgilarini tan olish, e’tirof etish yuzasidan mulohazalar umumlashtiriladi.                 Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy
qadriyatlar tarbiya manbai.  Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar   uchun   psixologiyasidan   topshiriqlar.     L.P.Xoxlova.   -T.,   O’qit.   -
1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

PSIXIK RIVOJLANISh VA UNI DAVRLAShTIRISh MUAMMOSI Reja: 1. Psixik rivojlanish h a q ida tushuncha . Jahon psixologlari asarlarida yosh davrlari muammosi 2. Yosh davrlarini tabaqalash nazariyalari 3. Yosh davrlari psixologiyasiga yangicha yondashish

1. Psixik rivojlanish haqida tushuncha. Jahon psixologlari asarlarida yosh davrlari muammosi O’tgan buyuk ajdodlarimiz Yosh va pedagogik psixologiyaning muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o’rganmagan bo’lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to’rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri — xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi — maxsus ijodkor kishilar (hatto hukmdorlar) muayyan shaxsga bag’ishlab yozgan o’git-nasihat va hikoyatlar; uchinchisi — qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazarny qarashlari; to’rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir. Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy mushohadalari “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo’linishi”, “Sharhlardan”, “Hikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to’g’risida” kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o’ziniig “O’tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. Shu jumladan, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi to’g’risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog’laydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, “Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega. Ibn Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo’llari, fiziologik jarayonlar bilan bog’liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to’g’risidagi jiddiy asardir. Ibn Sinoning fan oldida eng muhim hissasi psixoterapiyani ilmiy amaliy jihatdan boyitgandir. Muallif pedagogik psixologiya, ontogenez psixologiya, umumiy, ijtimoiy psixologiyaga munosib hissa qo’shgan olimdir. Shuni faxr bilan ta’kidlash joizki, Ibn Sino neyropsixologiya fanining asoschisidir.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u Bilig” asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. A dib o’z asarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda o’z prinsiplarini bayon etadi. A.Jomiyning “Bahoriston”, “Xiradnomai Iskandariy”, “Tuhfatul ahror”, “Silsilatuz zahob” boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, qasb-hunar o’rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan. Davoniy o’zining “Axloqi Jaloliy” nomli asari da insoniy fazilatlarni to’rtga bo’ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Shoir, ayniqsa donolik fazilatini chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o’zining aqliy qobiliyati va aqliy iste’dodini shakllantirish uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli bo’lishi va bilimlarni tez egallashi lozim. A.Navoiyning “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qu lub” va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, odamlarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota- onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari, alohida o’rin egallaydi. Navoiy “Hamsa”sining har bir dostonida bukilmas iroda, irodaviy sifatlar, qat’iyatlilik, shijoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. A.Navoiy tasavvufning yirik namo ya ndalaridan biri bo’lgan. Alloma aqlning 28 tarkibini tahlil, talqin, tavsif qilgan. Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Farog’iy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza, Avloniy va boshqalarning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi asarlarda ravon va ixcham bayon qilib berilgan. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G’arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog’liq qator og’zaki va yozma, amaliy va ilmiy asar larda paydo bo’la boshladi. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII—

XVIII asrlarda diniy-axloqiy negizda yozilgan edi. XVIII asrdan boshlab bolalar psixologiyasi bo’yicha muayyan tartibga, yo’nalishga va uslubga ega bo’lgan ilmiy fikrlar vu judga keldi. Rus tarixchisi V.N.Tatishchev (1686—1750)ning “Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to’g’risida suhbat” kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarni egallash zarurligi, tilning xosiyati, yozuvning ahamiyati, yosh davrlarining xususiyati nuqtai nazardan bayon qilingan. N.I.Novikov (1744—1818) bashariyat farovonligini ko’zlab yoshlar va bolalar o’rtasida foydali bilimlarnn keng yoyish uchun ularni o’ziga xos yo’sinda tarbiyalash kerakligi g’oyasini ilgari suradi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg’u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. A.N.Radishchevning (1748—1802) “Peterburgdan Moskvaga sayohat” kitobi ham aslida pedagogik- psixologik asar, deyish mumkin. Rus ma’rifatparvarlari A.N.Gersen, N.G.Chernishevskiy, I.A.Dobrolyubov, V.G.Belinskiylarning inson kamoloti to’g’risidagi qarashlari psixologiyani jonlantirishda muhim rol o’ynadi. Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda K.D.Ushinskiy, N.F.Kapterev, I.A.Sikorskiy, A.P.Nechayev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft kabi olimlar katta hissa qo’shdilar. K.D.Ushinskiyning “Inson tarbiya predmeta”, N.F.Kapterevning “Pedagogik psixologiya”, I.A.Sikorskiyning “Bola ruhi”, A.P. Nechayevning “Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasi va uning maktab ta’limiga munosabati”, A.F.Lazurskiyning “Maktab o’quvchisining tavsifi”, P.F.Lesgaftning “Oilada bola tarbiyasi va uning ahamiyati”, K.Yelniskiyning “Qizlar tavsifi” asarlari psixologik ilmiy tadqiqotni jadallashtirishga xizmat qildi. Rossiyada G.I.Rossolinoning “Yosh psixologiyasi va nevrologiyasi” laboratoriyasi ishga tushdi. “Tarbiya xabarlari”, “Rus maktabi”, “Erkin tarbiya”, “Kundaliklar” kabi jurnallar chop etila boshlandi. Ana shuning zamirida “Oila tarbiyasi qomusi” dunyo yuzini ko’rdi. Bularning barchasi shaxs psixologiyasi va dif ferensial psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga keng imkoniyat yaratdi. Yuqorida aytilgan asarlarda har xil qarashlarga xayrixohlik, ijtimoiy muhitning ahamiyatiga e’tiborsizlik ko’zga tashlanadi. Ularda insonning ijtimoiy mavjudotligi tan olinib, unga ilmiy nazariy nuqtai nazardan yondashilsa-da, lekin

insondagi psixologik, fiziologik va biologik jihatlar, tarki biy qismlar tabaqalanmaydi, tashqi muhitni bosh omil deb tushuntiriladi. Rus fiziologi I.M.Sechenov psixikaning reflektor xususiyatini kashf qilib, shuningdek, bilish jarayoni, inson his-tuyg’usi, o’zini o’zi (o’zini) anglashining fiziologik mexanizmini tushuntirishi fan olamida keskin o’zgarish yasadi. I.P.Pavlov kashf etgan qator qonuniyatlar, xossalar, ikkinchi signallar sistemasi eksperimental ishlarni olib borishga puxta zamin hozirladi. I.M.Sechenov, P.P.Pavlov g’oyalariga asoslangan P.O.Efrusi, N.Ye.Ribakov, K.N.Kornilov, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy va boshqa olimlar Yosh va pedagogik psixologiya bo’yicha qimmatli tadqiqotlarni amalga oshirdilar va yangidan-yangi qonuniyatlarni yaratdilar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda Yosh va pedagogik psixologiya va pedago gik psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga asos langan qator asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems “O’qituvchilar bilan psixologiya to’g’risida suhbat” (1902) asarida yosh davrining xususiyatlari haqidagi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni chuqur tahlil qildi. K.Byuler xonim (1879—1963) o’zining ilmiy tadqiqotlarida faoliyatning har xil yosh davrlaridagi rolini, faoliyat turlarida fantaziya, tafakkur, nutq jarayonlarining rivojlanishini, aqliy faoliyat hamda uning rivojlanish bosqichlari (instinkt, dressura, intel lekt)ni, shaxsning shakllanishida biologik va ijti moiy omillarning ahamiyatini izchil o’rgandi. Mazkur sohada tubdan farqlanuvchi g’oyalar, nazariyalar yuzaga keldi. Masalan, amerikalik psixolog S.Xoll (1844—1924) Gekkelning evolyusiya qonuniyatini psixologiyaga bevosita ko’chiradi. Uning fikricha, “irsiyat” filogenezni ontogenezda takrorlaydi, xolos. Shveysariyalik psixolog E.Klapared (1873—1940) S.Xolldan farqli o’laroq, ontogenez va filogenezda psixik funksiyaning o’sishini o’rganish uchun quyidagi holatlarga e’tibor beradi: a) organizm ehtiyojini qondirish; b) reflektor harakat to’siqqa duch kelsa, ongli harakat vujudga keladi; v) unga nisbatan ehtiyoj sezsa, u holda ma’lum faoliyat turiga yo’naltiriladi. E.Klapared “Bola psixologiyasi va eksperi mental pedagogika”