Psixologning kasbiy faoliyati haqida umumiy tushuncha.
Reja: 1. Psixologning kasbiy faoliyati haqida umumiy tushuncha. 2. Maktab psixologining ish faoliyati 3. Mehribonlik uylarida psixologning olib boradigan ishlari 4. Amaliyotchi psixolog maktabda qanday bo’lishi kerak 5. Kasbiy faoliyatda psixologning o’z o’rnini topishi 6. Psixologning o’ziga xos shaxsiy sifatlari
Psixologning ota-ona qaramog’isiz qolgan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan olib boradigan ishlari Psixologning mehribonlik uylarida olib boradigan ishlarining o’ziga xosligi 1987 yildan boshlab bolalar uylariga (hozirgi mehribonlik uylari) va maktab internatlarda psixolog shtati joriy etildi. Ushbu hodisa oiladan tashqarida tarbiyalanayotgan bolalarning psixik rivojlanishi uchun maxsus psixologik yordam zarurligini tan olishni anglatadi. Mehribonlik uylari yoki maktab internatlaridagi psixolog ishinig asosiy yo’nalishlari, prinstip va metodlari ko’p jihatdan oddiy maktabdagiga o’xshash bo’ladi. Biroq shu bilan birga ushbu muassasalardagi psixologlar ishi o’ziga xosliklarga ham ega. Bu o’ziga xoslik birinchidan, bunday tip muassasalardagi ta’lim tarbiya jarayonining o’ziga xosligi: ikkinchidan bolalarning psixik rivojlanishidagi o’ziga xoslik tufayli kelib chiqadi. Shu narsa ma’lumki, ilk bolalik davridanoq (1-3 yosh) internat tipidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar bir qancha psixologik xususiyatlari bilan oilada tarbiyalanuvchi bolalardan farqlanadilar: ba’zi xususiyatlarda ushbu masalalarda tarbiyalanuvchi bolalar oddiy maktabdagi bolalar bilan barobar va hatto, ulardan ustunroq bo’lsa, ayrim xususiyatlari bilan ulardan hatto o’zidan kichik yoshdagi o’quvchilardan ham orqada qoladilar. Afsuski, bunday holat butun maktab yoshi davrida saqlanib qoladi. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, psixologik rivojlanishda orqada qolish ancha vaqtli, maktabgacha yosh davridayoq vujudga keladi. Uni bartaraf etish ishi maxsus muassasalarda etarli darajada olib borilmasligi oqibatida ular keyingi yosh bosqichlarida yanada chuqurlashib ketadi. Mehribonlik uylari yoki maktab-internatlarda ishlay boshlar ekan, psixolog me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilganidek, quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi: ota-onalar qaramog’isiz qolgan bolalar bilan mehribonlik uylari hamda internat tipidagi muassasalarda olib boriladigan psixolog ishi ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarining psixologik jihatdan to’laqonli rivojlanishini ta’minlash, shaxs sifatida va intellektual rivojlanish xususiyatlarini, ta’lim tarbiya jarayonidagi buzilishlarning psixologik sabablarini diagnostika qilish va bunday buzilishlarni
bartaraf etish uchun profilaktik tadbirlar o’tkazishga yo’naltirishi kerak. Psixolog bola hayotidagi ro’y bergan fojianing bola psixik rivojlanishiga ta’sir etishini susaytirish va tegishli psixologik metodlarni o’tkazish orqali bola shaxsi progressiv shakllanishini ta’minlash lozim. OS- bolalar qishloqchasining ish tajribasidan SOS - bolalar qishloqchasi - bu etim qolgan yoki ota-ona qarovisiz qolgan bolalar bilan ishlashning o’ziga xos usuli. Bu usulga avstriyalik pedagog German Gmayner asos solgan. Bugungi kunda u dunyoning 124 mamlakatida keng qo’llanib kelmoqda. SOS - bolalar qishloqchasi bir necha kottedj-uylardan iborat. Ularning har birida «ona» va 6-8 ta bola yashaydi. Bu bolalar yoki ota-onasidan etim qolgan, yoki ularning ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan. Qishloqda hech kim ulardan haqiqiy hayotlarini va ularga «onalik» qilayotgan odam aslida onalari emasligini yashirmaydi. Bolalar qishloqchasidagi alohida uylarda onalarning yordamchilari- «xolalari» ham yashaydi. Ular dam olish kunlari «ona» kasal bo’lib qolganda, yoki biror ish bilan uydan ketganda «ona» ning o’rnini bosadilar. Qishloqchani direktor boshqaradi. U qishloqchadagi alohida uyda oilasi bilan birga yashaydi. Direktorlik vazifasidan tashqari u qishloqchadagi barcha bolalarga ota va erkak kishining namunasidir. Albatta, qishloqchada boshqa erkak kishilar - direktor o’rinbosari, usta, haydovchi, xavfsizlikni ta’minlash xodimi ham mavjud. Shu bilan birga qishloqchaning faoliyat ko’rsatishida psixologning ishiga alohida e’tibor beriladi. U ham bolalarga, ham «ona» larga, ham xodimlarga psixologik yordam ko’rsatadi.
Mehribonlik uylari psixologinig shaxsiy fazilatlari Mehribonlik uylari shunday tarbiyaviy muassasadir-ki, ularda ishlaydigan psixolog chuqur bilimlar bilan bir qatorda ma’lum bir shaxsiy sifatlari ancha rivojlangan bo’lmog’i lozim. Bunday xususiyatlar qatorida quyidagilar asosiy o’rin tutadi: 1. Bolani sevish. 2. Odamlarga bo’lgan qiziqish. 3. Psixologik muvozanatni saqlay olish. 4. Qiyinchiliklarga bardosh berish. 5. Jamiyatda yashashni, nimanidir olib, nimanidir berishni bilish. 6. O’rganishni bilish. 7. Realizm, hamma narsaga reallik nuqtai nazaridan qarash. 8. Bolalarga yoqishni bilish. 9. O’z-o’zini yaxshi anglash va his etish. 10. Ichki kuch-quvvatga ega bo’lish. 11. Muloqatchan bo’lish. 12. Yaxshi salomatlikka ega bo’lish. 13. Optimist va hazilkash bo’lish. Ota-onasi mehridan mahrum bo’lgan bolalar bilan ishlashga kirishishdan oldin psixolog o’zidan ana shu sifatlarni qidirib ko’rmog’i lozim. Topsa - yaxshi! Topolmasa-chi? Unda izlansiz. Albatta, ota-onaning chin mehriga bo’lgan chanqoqni hech qanday sun’iy yo’l bilan qondirib bo’lmaydi. Psixolog esa bolalarning psixologik jihatdan normal rivojlanishini ta’minlashi kerak. Turli tuman bolalar muassasalarida psixolog olib boradigan ishlarning mazmuni ularga xos xususiyatlarning qisqa analizi shuni tasdiqlaydiki, haqiqatdan ham psixolog faoliyati muassasa turiga ko’ra farqlanadi.
Amaliy psixolog maktabda qanday psixolog kerak ? Nazariy psixologiyadan amaliy psixologiyagacha bir qadam, lekin uni amalga oshirish juda qiyin. ( Ikki nazariy psixologlarning suhbatidan). Haqiqatdan ham, maktabga qanday psixolog kerak? Qiziq savol. «Har-xil» psixologlar mavjudmi? Ha albatta! Har hil kasblar, ularga mos har xil psixologlar mavjud. Maktabda o’zlarini psixolog deb hisoblaydigan insonlar bilan uchrashganingizda, har-xil insonlarni ko’rishingiz mumkin. Sizning ko’z oldingizda kam gap hech bilan qo’shilmaydigan, uncha o’ziga tortmaydigan inson ko’rinishi mumkin. Shu bilan birga, hamma bilan chiqishib ketadigan, xushchaqchaq, sergap, chiroyli inson ko’rinishi ham mumkin. Natijada siz har-xil taassurot olasiz. Kutilmagan va eng yoqimli taasurotlar olishingiz mumkin. Biroq barcha insonlar har-xil kasbga, har-xil bilimga va har-xil kasbiy x ulq - atvor usullariga ega bo’lsalar-da,o’zlarini psixolog deb sanaydilar. Ba’zan «qancha inson lar mavjud bo’lsa, shuncha psixologlar mavjud», - deb ham aytishadi. Psixologiya - muallif kasbi bo’lib, unda insonning indivudualligi, ichki ruhiy dunyosini translyastiya qilish qobiliyati namoyon bo’ladi. Bulardan tashqari, har bir psixologning individual kasbiy stilistika muammosi mavjud. U qanday mavzuni tanlaydi? Kasbidagi uning qiziqishlari qanday? Umuman, u nima uchun psixologiyaga kelgan? U nima bilan shug’ullanishni istaydi. Ishda qanday usulni afzal ko’radi? Qaysi yoshdagi mijozlar bilan ishlash afzal? Har-xil psixologlarning ishdagi farqi, nafaqat har-xil psixologlarning shaxsiy xususiyatlari bilan bog’liq bo’lib qolmay, «psixologiya» deb nomlangan umumiy kasbiy sohadagi 4 nafar psixologik kasblar yotishi bilan ham bog’liqdir. Ular: nazariy psixologiya, eksperimental psixologiya, amaliy psixologiya va psixokorrekstiya.