logo

PYTHON DASTURLASH TILIDA CHIZIQLI JARAYONLARNI DASTURLASH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

533.466796875 KB
PYTHON DASTURLASH TILIDA CHIZIQLI JARAYONLARNI 
DASTURLASH 
                                         Reja: 
1. Python tilida chiziqli dasturlar; 
2. type() va help() funksiyalari. 
3. Masalalar. Tayanch so‘zlar:   type, help, operator, chiziqli dastur, o’zgaruvchi. 
Programmalash tilida tuzilgan dasturlar odatda uchta jarayonga 
asoslanib tuziladi.     Dasturlash tili operatorlari yechilayotgan masala 
algoritmini amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
  Operatorlar chiziqli va boshqaruv operatorlariga bo’linadi.   
Aksariyat boshqa dasturlash tillarida operatorlar nuqtali vergul (‗;‘) 
belgisi bilan tugallanadi python dasturlash tilida esa ; nuqtali vergulni 
quyish shart emas. Dastur tuzish vaqtida buyruqlar ketma-ketligi  
uzluksiz bajarilib  boshqa shartlar talab etilmasa, dastur chiziqli 
hisoblanadi. 
Tarif:    Chiziqli algoritmlarga asoslanib python dasturlash tilida 
tuzilgan dasturlar chiziqli dasturlar deyiladi. 
 Chiziqli dasturlar tarkibiy qismi bo’lgan operator va buyruqlarda hech 
qanday shart yoki takrorlanish bajarilmaydi.   Chiziqli dasturlar 
tarkibidagi bo’yruqlar, albatta, bir marta bajariladi. 
Misol:  Quyidagi funksiyani hisoblang  ((a+x)>0).
Yuqoridagi masalaga e‘tibor bersak a va x o’zgaruvchilar qiymati 
berilganda y funksiyani natijasi hisoblandi, algoritm dastur tarkibidagi 
operatorlar ham bir marta bajarilyapti. Python dasturlash tilida chiziqli dasturlar tuzilganda uning tarkibida 
matematik funksiyalar ishtirok etsa, albatta, matematik funksiyalar 
paketini chaqirish kerak. Ifodalarni ketma-ket ijro etish strukturasi 
Python  tomonidan ta'minlanadi. Normal sharoitda python ifodalari 
dasturdagi bo’yruqlar yozilishiga ko’ra bajariladi. type() va help() 
funksiyalari Dastur bajarilish vaqtida pythonda o’zgaruvchilar turi e‘lon 
qilinmasligi sababli ba‘zi o’zgaruvchilar natijasi qanday turda ekanligini
aniqlash kerak bo’ladi.   Python dasturlash tilida o’zgaruvchilar turini 
aniqlash uchun  type()   funksiyasi aniqlangan,  type()  funksiyasining 
umumiy  ko’rinish quyidagicha. 
type()  – bu funksiya o’zgaruvchining qanday turda ekanligini aniqlab 
beradi. Type funksiyasini ishlash jarayoni tushunarli bo‗lishi uchun, 
ularni interaktiv rejimda sinab ko’ramiz.   Chunki interaktiv rejim bir 
vaqtning uzida natija qaytaradi.
                      
                                 Amaliy qism
1-Masala:   Berilgan a, b, c sonlarining yig’indisi, ko’payt-masi, 
ayirmasi, o'rta arifmetigi va o’rta geometrigini topuvchi dastur tuzing.
Dasturda kodi va natijasi 2-Masala:  Teng tomonli uchburchakning berilgan a tomoni bo'yicha 
yuzini hisoblovchi dastur tuzing. 
Dasturda kodi va natijasi
3-
Masala:    Aylananing d diametri	 berilgan	 bo'lib,	 uzunligini	 topuvchi	 
dastur	
 tuzing.	 L= π *d. Dasturda kodi va natijasi
4-Masala:  To'rt xonali son berilgan bo'lib, uning birinchi va oxirgi 
raqamlari yig'indisini topuvchi dastur tuzing.
Dasturda kodi va natijasi
5-
Masala:  Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzing:   Dasturda kodi va natijasi
6-
Masala:  Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzing:  
Dasturda kodi va natijasi
  
  PYTHON DASTURLASH TILIDA TARMOQLANUVCHI               
JARAYONLARNI DASTURLASH 
                                       Nazariy qism
                                          Reja: 
1. Qisqa shartli operator va uning umumiy ko’rinishi; 
2. To’liq shartli operator va uning umumiy ko’rinishi; 
3. Masalalar;
Tayanch so‘zlar .  If ,  else,   elif,  qisqa shartli, to’liq shartli.
 Python dasturlash tilida chiziqli jarayonlar buyruqlar ketma-ketligi 
asosida bajariladi, tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlashda esa, 
buyruqlar ma‘lum bir shartlar asosida tarmoqlanish bo’yicha bajariladi. 
Python dasturlash tilida tarmoqlanuvchi(shartli) jarayonlarni bir necha 
turlarga bo’lingan holda amalga oshirish mumkin. 
Qisqa shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi  Tarmoqlanuvchi 
jarayonlarni amalga oshiruvchi operatorlarni qisqacha qilib shartli 
operatorlar deb yuritamiz. Shartli operatorlar ham qisqa, to‗liq va 
umumiy shartli operator ko’rinishlarida, tarmoqlanishni amalga oshiradi.
if operatori Tarmoqlanuvchi jarayonlarni python dasturlash tilida amalga
oshirish uchun, albatta, tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi. 
Algoritm bajarilish vaqtida ma‘lum bir shartlar asosida algoritmning u 
yoki bu qismi bajarilishini ta‘minlash maqsadida shartli operatorlardan 
foydalaniladi. 
Tarif:  Algoritm tarkibidagi shart asosida algoritmning tarmoqlarga 
bo’linishiga xizmat qiluvchi operatorlar shartli operatorlar deyiladi.  Hayotdagi asosiy ko’p masalalarni dasturlash vaqtida, albatta, 
tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi.
 Tarmoqlanuvchi algoritmlar ham ikki xil holatni o’z ichiga oladi, ya‘ni 
shart rost bo’lganda ma‘lum bir vazifani yolg‘on bo‗lganda hech qanday
vazifani bajarmaydi va shart rost bo’lganda ma‘lum bir vazifani yolg‘on 
bo’lganda boshqa vazifani bajaradi.
 Demak, yuqoridagi ikki holatni e‘tiborga olib, shartli operatorlar ham 
qisqa va to‗liq ko‗rinishga ega. Qisqa shartli operatorning umumiy 
ko‗rinishi quyidagicha 
if :  operatorlar   if  operatori tarkibida shartlar ikki va undan ortiq bo‗lsa 
oldingi bobdagi mantiqiy ifodalar asosida birlashtiriladi. if operatori 
tarkibidagi shart faqat chin bo‗lgandagina : dan keyingi opertorlar 
bajariladi.
Misol:  Berilgan sonning juft yoki toq ekanligini aniqlang.
Berilgan masala yechimida faqat bitta shart tekshirildi, bu yerda blok 
yoki begin end vazifalari hech qanday buyruqsiz amalga oshiriladi. Agar
shartdan keyin bir nechta operator bajarilish uchun : belgisidan keyin 
ENTER tugmasi bosilib yozilaveradi yani bir soha bo’yicha. To‘liq shartli operator va uning umumiy ko‘rinishi 
Python dasturlash tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni to’liq shartli 
ko‗rinishida ifodalash uchun if else operatoridan foydalaniladi. 
Algoritm tarkibidagi shartlar chin qiymat qabul qilganda ma‘lum bir 
operatorlar, yolg‘on qiymat qabul qilganda boshqa operatorlar bajarilishi
ham mumkin. 
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni python dasturlash tilida to’liq shartli 
operatorning umumiy ko’rinishi quyidagicha
  if  : operatorlar1 
else: 
operatorlar2 
if
 else
 operatori tarkibidagi shartlarning chin qiymat qabul qilganda 
operatorlar1 bajariladi, aks holda operatorlar2 bajariladi.
                                    
                             Amaliy qism
1-Masala:    x va y sonlari kiritilganda ularni bir-biri bilan 
taqqoslaydigan dastur tuzing; Dasturda kodi va natijasi
2-Masala;  Ax2 +Bx+C=0 kvadrat tenglamaning ildizlarini toping.
Dasturda kodi va natijasi
3-Masala:  a. Ikki butun musbat son M va N larning eng katta umumiy 
bo‘luvchisi (EKUB) ni aniqlang. Dasturda kodi va natijasi
4-Masala;  Ikkita X va Y sonlarning kattasini tanlash (EKT) dasturini 
tuzing.
Dasturda kodi va natijasi
5-Masala;  X va Y haqiqiy sonlar berilgan. Z ni hisoblang:  Dasturda kodi va natijasi
6-Masala;  Quyidagi funksiyani hisoblang: x>0 bo‘lganda 1 ga teng; x=0
da nolga teng; x<0 da -1 ga teng. Berilgan funksiya y    sign(x) bilan 
belgilanadi.
Dasturda kodi va natijasi

PYTHON DASTURLASH TILIDA CHIZIQLI JARAYONLARNI DASTURLASH Reja: 1. Python tilida chiziqli dasturlar; 2. type() va help() funksiyalari. 3. Masalalar.

Tayanch so‘zlar: type, help, operator, chiziqli dastur, o’zgaruvchi. Programmalash tilida tuzilgan dasturlar odatda uchta jarayonga asoslanib tuziladi. Dasturlash tili operatorlari yechilayotgan masala algoritmini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv operatorlariga bo’linadi. Aksariyat boshqa dasturlash tillarida operatorlar nuqtali vergul (‗;‘) belgisi bilan tugallanadi python dasturlash tilida esa ; nuqtali vergulni quyish shart emas. Dastur tuzish vaqtida buyruqlar ketma-ketligi uzluksiz bajarilib boshqa shartlar talab etilmasa, dastur chiziqli hisoblanadi. Tarif: Chiziqli algoritmlarga asoslanib python dasturlash tilida tuzilgan dasturlar chiziqli dasturlar deyiladi. Chiziqli dasturlar tarkibiy qismi bo’lgan operator va buyruqlarda hech qanday shart yoki takrorlanish bajarilmaydi. Chiziqli dasturlar tarkibidagi bo’yruqlar, albatta, bir marta bajariladi. Misol: Quyidagi funksiyani hisoblang ((a+x)>0). Yuqoridagi masalaga e‘tibor bersak a va x o’zgaruvchilar qiymati berilganda y funksiyani natijasi hisoblandi, algoritm dastur tarkibidagi operatorlar ham bir marta bajarilyapti.

Python dasturlash tilida chiziqli dasturlar tuzilganda uning tarkibida matematik funksiyalar ishtirok etsa, albatta, matematik funksiyalar paketini chaqirish kerak. Ifodalarni ketma-ket ijro etish strukturasi Python tomonidan ta'minlanadi. Normal sharoitda python ifodalari dasturdagi bo’yruqlar yozilishiga ko’ra bajariladi. type() va help() funksiyalari Dastur bajarilish vaqtida pythonda o’zgaruvchilar turi e‘lon qilinmasligi sababli ba‘zi o’zgaruvchilar natijasi qanday turda ekanligini aniqlash kerak bo’ladi. Python dasturlash tilida o’zgaruvchilar turini aniqlash uchun type() funksiyasi aniqlangan, type() funksiyasining umumiy ko’rinish quyidagicha. type() – bu funksiya o’zgaruvchining qanday turda ekanligini aniqlab beradi. Type funksiyasini ishlash jarayoni tushunarli bo‗lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko’ramiz. Chunki interaktiv rejim bir vaqtning uzida natija qaytaradi. Amaliy qism 1-Masala: Berilgan a, b, c sonlarining yig’indisi, ko’payt-masi, ayirmasi, o'rta arifmetigi va o’rta geometrigini topuvchi dastur tuzing. Dasturda kodi va natijasi

2-Masala: Teng tomonli uchburchakning berilgan a tomoni bo'yicha yuzini hisoblovchi dastur tuzing. Dasturda kodi va natijasi 3- Masala:   Aylananing d diametri  berilgan  bo'lib,  uzunligini  topuvchi   dastur  tuzing.  L= π *d.

Dasturda kodi va natijasi 4-Masala: To'rt xonali son berilgan bo'lib, uning birinchi va oxirgi raqamlari yig'indisini topuvchi dastur tuzing. Dasturda kodi va natijasi 5- Masala: Quyidagi ifodani hisoblovchi dastur tuzing: