Qadimgi Misr fani va madaniyati.






3-Mavzu: Qadimgi Misr fani va madaniyati. REJA: 1. Misrda yozuv va ilm dargohlarini yuzaga kelishi. 2. Ilmiy bilimlarning shakllanish shart- sharoitlari. 3. Misrda astronomiya va matematika fanlari rivoji 4. Medi s ina va veterinariya fanlari. Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. Dars o’tish vositalari: doska, plakat, Fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar Tayanch iboralari: Misr, madaniyat, yozuv, iyeroglif, «Nasihatnomalar», «Mirzalar maktabi», mate matika, «Matematika papirusi», belgilar, Astronomiya , yulduzlar , beshta sayyora , Misr kalen dar yili , Misr medisinasi , t abiblar , ge nekologiya, xirurgiya va kuz kasalliklari . Eramizdan 4000 yil ilgari vujudga kelgan Misr madaniyati jahondagi eng qadimgi madaniyatlardan biri bo’lib, Qadimgi Misr madaniyati bir qator rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan. Uning gullab yashnash davri asosan, (er.avv.28-23asrlar), O’rta(er.avv 21-18asrlar.) va Yangi Podsholiklar (er.avv 16- 11asrlar)davriga to’g’ri keladi Qulay tabiiy sharoitlar bu erda moddiy madaniyat va texnikaning juda barvakt taraqqiy etishiga yordam bergan. Sun’iy sug’orish ishlariga bo’lgan benixoya zo’r extnyoj juda qadim zamonlardayoq kanallar, to’ђonlar, dambalar va dastlabki vaktlarda oddiy pishang bi lan ko’tariladigan bosmalar, keyinchalik esa charxpalaklariing murakkab sistemasini barpo etishga majbur qilgan. Bularning barchasi asta sekin yozuv, ilmiy bilimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Shumer, qadimgi hind, qadimgi xitoy yozuvi va boshqa shu kabi eng qadimgi yozuv sistemasiga o’xshab Misrning qadimgi ieroglif yozuvi ham o’z holicha ibtidoiy davrdagi eng oddiy rasm va shakllardan paydo bo’lgan. Keyinchalik ieroglif sifatida taraqqiy etib keng qo’llanila boshlandi. Ilm-bilimlar to’planib borgan va alohida maktablarda avloddan-avlodga utib borgan. Bu maktablarning ko’pchiligi yo mirzalar tayyorlab chiqaradigan saroy
maktablari bo’lib, unda aristokrat-quldorlarning bolalari o’kigan, yoki markaziy mahkama qoshidagi alohida maktablar bo’lib, unda muayyan mahkama, masalan, podsho xazinasi uchun amaldor-mirzalar tayyorlangan. Bu maktablarda intizom juda kattiq bo’l gan va bu intizom tan jazosi vositasi bilan mustahkamlangan, maxsus «Nasihatnomalar» vositasi bilan uqtirilgan. Masalan, bir «Nasihatnoma» ning avtori bunday deydi: «Ey mirza, dangasalik kilma, yo’qsa qattiq jazoga duchor bo’lasan. huzur-halovatga ko’ngil qo’yma, yuz tuban ketasan. Ko’lingda doim kitob bo’lsin, uni ovoz chiqarib o’qigil va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahatlashib ish tut. O’z sohasini suvdek ichib olgan mirza baxtlidir... Bir kunni ham yalqovlik bilan o’tkazma, yo’qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulo ђ i elkasida bo’ladi-da, qachon ursang, shunda qulog’iga gap kiradi. Doim maslahat bilan ish qil va buni esingdan chiqarma. Yoz va yozuvdan sira zerikma». O’ quvchilarni asosan og’ir va murakkab savodga o’rgatganlar, ularni maxsus husnixat namunasiga karab har kuni sal kam uch sahifa yozishga majbur etganlar. O’quvchi imlo qoidalarinigina emas, balki murakkab husnixat va stilistikani ham chuqur o’zlashtirishga majbur bulgan. Endi savod o’rgana boshlagan mirzalarning mashqlari yozilgan tekstlar bizning zamonamizgacha saklanib dolgan, bular aso san tarbiyaviy maqsadni kuzatgan nasihatlardan iborat, *unda puxta yozilgan va ibrat bo’ladigan gaplar yozilgan. namunalar ham saqlanib qolgan. Nihoyat, Misrda oliy tipdagi «Mirzalar maktabi» ham bo’lgan, ular «turmush uyi» yoki «hayot uyi» ( peranx») deb atalgan. Bunday «turmush uyi» xarobalari fir’avn Exnatonning qadimgi poytaxtidan topilgan. Kundalik hayotdagi extiyojlar, xo’jalik va ayirbosh savdosining rivojlanishi va tabiatni kuzatib borish natijasida dastlabki ilm-bilimlar to’plangan. Jami bu bilimlarning hammasi ham amaliy xarakterda bo’lgan. Masalan, tematika sohasidagi eng qadimgi bilimlar shunday turmushdagi amaliy ishlar bilan chambarchas bog’langan bo’lib, tanobchi va binokorlarning ishini osonlashtirishda xizmat kilgan. Masalan, Amenemxet II ning nomlar chegarasini «kitoblarda aytilgan va qadimgi yozuvlarda ko’rsatilgan» asospanib belgilanganligini bilamiz. Chegaralarni maxsus tanobchilar ma’lum hisoblarga asoslanib belgilaganlar va so’ngra ularni yozib qo’yganlar. Maqbaralarda saqlanib qolgan va er o’lchaydigan maxsus arg’amchi bilan er o’lchab berilayotganligini tasvirlovchi rasmlar bundan dalolat beradi. Mate matika masalalarining mazmuniga qaraganda arifmetika va geometriya sohasidagi bilimlardan er maydonini aniqlash, g’alla uyumining qancha kelishini yoki don saqlanadigan ombor sig’imini aniqlash uchun foydalanilgan. Nihoyat, misrliklar matematika sohasida orttirgan bilimlari tufayli, joyning sxematik kartasini va primitiv chertyoj chizishni bilganlar. Ko’pdan-ko’p muhtasham binolar, ayniqsa piramidalar matematikaning, xususan geometriyaning binokorlikda, qurilish ishlarida juda katta ahamiyatga ega bo’lganligini ko’rsatadi,
chunki piramidalarni fakat bir qancha aniq hisoblar asosidagina ko’rish mumkin bo’lgan. 2.Matematika . Qadimgi Misrda, ayniqsa O’rta Podsholik davrida mate - matika bilimlarining rivojlanganligidan o’sha zamondan qolgan juda ko’p matematik tekstlar, xususan Moskvada saq lanadigan «Matematika papirusi» dalolat beradi. Misrda matematika sohasida erishilgan katta muvaffaqiyatlardan biri o’nlik sanoq sistemasining taraqqiy qilganligidir. Misr yozuvida, 1, 10, 100, 1000, 10000, 100000 va hatto millionni ham bildiruvchi alohida alomatlar bo’lgan; hayron bo’ lib qo’lini ko’tarib turgan kishi surati millionni bildirgan. Misrliklardagi uzunlik o’lchovining o’ziga xos birligi misrliklar matematikasi uchun juda xarakterlidir. Barmoq, kaft, tovon, tirsak ana shunday uzunlik o’lchovi birligi bo’ - lib, Misr matematigi ular orasida ma’lum munosabatlar belgilagan. San’atda matematika bilimlaridan keng ravishda foydalanilgan. Misr rassomi tekislik yuzasiga kishining rasmini chizmoqchi bo’lsa, dastlab to’rt burchak qilib tur chizgan va matematikadan foydalanib, kishi tanasidagi a’zolar uzunligining nisbatini aniqlagandan keyin, shu asosda haligi tur ustiga kishining rasmini chizgan. Arifmetikada sodda to’rt amalni qo’llanish usuli misrliklar matematikasining bir qadar primitiv bo’lganligini ko’rsatadi. Masalan, ko’paytirishda amallarni ketma-ket bajarish usulidan foydalanilgan. Chunonchi, misrlik sakkizni sakkizga ko’paytirmoqchi bo’lsa, sakkizni paydar-pay to’rt marta ikkiga ko’paytirgan. Bo’luv ko’paytirish yo’li bilan qilingan. Masalan, 77 sonini 7 ga bo’lganda, 77 sonini hosil qilmoq uchun 7 ga ko’paytiriladigan sonni topish lozim bo’lgan. Misrda amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan geo metriya juda ham tarakqiy qilgan. Misr matematiklari to’g’ri to’rt burchak uch burchaq xususan teng yonli uch burchaq trapesiyaning yuzini va hatto doiraning yuzi P ga teng bulib, u 3,14 qiymatni qabul qilishini ham hisoblay bilganlar. Moskvada saqlanadigan «Matematika papirusi» da kesik piramida va yarim sharning hajmini hisoblab chiqarish yuzasidan ishlangan murakkab masala saqlangan. Qadimgi misrliklar algebradan ham ba’zi bir eng oddiy bilimlarga ega bo’lganlar, ular bir noma’lumli tenglamani hisoblab chiqara bilganlar; noma’lumni misrlik lar «uyum» («don uyumi» bo’lsa kerak) so’zi bilan ta’riflaganlar. P -belgisi ulkan inshootlar piramidalar bunyod etishda qo’llanilib, P -belgisi mil.avv 1700 yil oldinoq qo’llanila boshlangan. Zero P -belgisi uchragan Rinda papirusi ham shu davrga oid bo;lib u 1855 yilda shotland arxeologi Genri Rinda tomonidan topilgan. Astronomiya so h asida ham q adimgi misrliklar ba’zi bir bilimlarga e ga b o’ lganlar. Osmondagi yulduzlarni doim kuzatish natijasida planetalarni yulduzlardan ajrata bil ganlar va hatto ular yulduzlar osmonining kartasini ham tuzganlar. Yulduzlarning shunday kartalari har xil binolarning, ko’proq maqbara va ibodatxonalarning shiplarida saqlanib qolgan, XVIII dinastiya a’yonlaridan
Senmut maqbarasining naqshlangan shipi qadimgi misrliklarda bo’lgan bunday «astronomiya kartalari» ning eng yaxshi namunalaridan biridir. Shipning shimoliy qismi markazida Katta va Kichik Ayiq yulduzlari hamda misrliklarga ma’lum bo’lgan Qutb Yulduzini ajratish mumkin, osmonning janubiy qismida esa simvolik figuralar tarzida Orion va Sirius (So-tis) yulduzlar turkumi ko’rsatilgan, qadimgi Misr rassomlari yulduzlar turkumi va yulduzlarni doim shunday simvo lik figuralarda tasvir etganlar. XIX va XX dinastiyalarga mansub podsho maqbaralarining shiplarida ham yulduzlarning ajoyib kartalari va Yulduzlarning joylanishi ko’rsa tilgan ajoyib jadvallar saqlanib qolgan. Meridian tomonida o’tirgan ikkita misrlik kuzatuvchi Yulduzlarning joylanishini ko’rsatadigan bunday jadvallar vositasi bilan hamda mo’ljalga oladigan, passaj asbobidan foydalanib, kechasi vaqtni belgilagan. Misrliklarga beshta sayyora ma’lum bo’lib, bular Yupiter, Saturn, Mars, Merkuriy i Veneradir. Yupiter, Kunduzi esa vaktni quyosh soati yoki suv soati (eng keyingi «klepsidra») vositasi bilan bilganlar. Yulduzlarning joylanishini ko’rsatadigan qadimgi kartalardan ancha keyingi davrlarda, grek-rim davrida ham foydalanganlar; bunday kartalar keyingi Edfu va Dender ibodatxonalarida saqlanib dolgan. Astro nomiya bilimlari asosida misrliklar alohida kalendar tuzganlar. Misrliklarning kalendar yili 12 oyga bo’lingan va har bir oy 30 kundan iborat bo’lgan, yil oxiriga esa yana 5 ta bayram kuni qo’shilgan, shunday qilib, bir yilda jami 365 kun bo’lgan. Shu tariqa Misr kalen dar yili tropik kalendardan chorak sutkaga qolib borgan. U hatto 1460 yil davomidz 365 kunga, ya’ni rosa bir yilga teng bo’lgan. Misrda medisina va veterinariya Misr medisinasi rivojiga Messopotamiya medisinasi katta ta’sir ko’rsatib o’z navbatida Misr tibbiyoti Gresiya va Rim tibbiyoti rivojiga ta’sir o’tkazgan . Misr medisinasi haqida bizgacha qadimgi Gresiya olim va faylasuflari jumladan Gerodot, Diodor, Polibiy, Plutarx, Strabon asarlarida, shuningdek misrlik Manefon asarlaridan parchalar etib kelgan. Bundan tashqari O’rta Podsholik zamoniga oid bir qancha tekstlarda har xil kasalliklarni davolash uchun reseptlar ro’yxati berilgan yozuvlar topilib, u shbu to’plam kasal bolalarni davolovchi tabiblarga, onalarga va tarbiyachilarga atalgan. Bu to’plamda juda ko’p sehr-jodular bilan birga, o’ziga xos g’alati reseptlar, jumladan, ona sutini saqlash va ko’paytirish vositalari uchraydi. Ularni o’rganishda bostonlik farmakolog Uors Istis tadqiqotlari muhimdir. Shunday qilib, davolashda dori-darmon bi lan birga sehr-duolar o’qittirish, qaytariq qildirish kabi rasmlar ham qo’llanilgan. Ammo odam a’zolarining o’rganilishi (mo’miyolash vaqtida murdani yorish munosabati bilan odam a’zosini o’rganish ancha osonlashgan) tabiblarga kishi organizmining
tuzilishi va ishlashi to’g’risidagi masalaga ozmi-ko’pmi to’g’ri yondoshish imkonini bergan. Shu tariqa, anatomiya sohasidagi dastlabki bilimlar paydo bo’lgan va bu bilimlar bir qancha anatomiya terminlarida qayd etilgan. Manefon ma’lumotiga ko’ra dastlabki odam anatomiyasi Atotis (II- sulolaning ikkinchi hukmdori) tomonidan tuzilgan. Ba’zi medisina tekstlarida davolashning o’ziga xos metodikasi ham berilgan, bunda tabibdan kasalni atroflicha ko’rish, kasal alomatlarini bilish, diagnoz qo’yish va davolash usulini aniqlashni talab qilgan. Aftidan, kasalning tuzalishi mumkinligini tabibning unga ochiq aytishini talab qilgan tabiblik etikasi ham bo’lgan; bunda tabib kasalga nisbatan quyidagi uch formuladan bittasini qo’llanishi lozim bo’lgan: «1) Bu kasalni men tuzatishim mumkin; 2) bu kasalni ehtimol tuzatishim mumkin bo’lar; 3) Bu kasalni men tuzata olmayman». Tabiblar ayrim guruh kasallar yuzasidan ixtisoslashgan. Ginekologiya, xirurgiya va ko’z kasalliklarini davolash to’g’risida alohida tib kitoblari paydo bo’lgan. Ba’zi bir kasalliklarning, ularning alomat va ko’rinishlarining ancha aniq bayon etilganligi misrliklarda diagnostika sohasida bir qadar bilimlar bo’lganligi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Masalan, Misr medisina tekstlarida me’da-ichak kasalliklari (dizenteriya), nafas yullaridagi kasalliklar (eski yo’tal, ziqnafas), qon ketishi, bod, skarlatina, ko’z kasalliklari (katarakt •—«ko’z-da suv ko’tarilishi»), teri kasalliklari (gangrena, oyog’dagi shishlar, suvli temiratki), «bir kunlik shish» (buning asosiy alomati shu bo’lganki, «butun badanni yoki badandagi shish bor joyni qattiq qichuv bosgan») va boshqa har xil kasalliklar mufassal bayon etilgan. Ginekologiyadan alohida qo’llanmalarda barvaqt va kechikib turish hollari tasvir etilgan, shuningdek «tug’ishi mumkin bo’l gan xotinni tug’ishi mumkin bo’lmagan xotindan farq qilish» vositasi ko’rsatilgan. Qadimgi Podsholik zamoniga mansub maqbaralardan birida har xil (qul, oyoq, tizzani) operasiya qilishni aks ettirgan tasvirlar saqlanib qolgan. Keyingiroq vaqtlarda xirurgiya ancha yuksak darajada taraqqiy qilgan. Xirurgiya to’g’risidagi muhim bir asarda badandagi turli a’zolarning: bosh suyagi, burun, iyak quloqlar, lab, bo’g’iz, hiqildoq, o’mrov suyaklari, elka suyagi, ko’krak qafasi, umurtqa pog’onasining shikastlanishi va jarohatlanishi mufassal bayon etilgan. Ba’zi kasalliklarning nomi va ko’p tajribaga asoslangan resepturasi Misr medisinasining ancha yuksak darajada taraqqiy qilganidan dalolat beradi; antik dunyoning medisina sohasida asar yozgan avtorlari Misr medisinasining bu muvaffaqiyatlaridan keng ravishda foydalanganlar. Qon aylanishi to’g’risidagi, yurakdan tarqalib ketadigan va misrlik tabibning fikricha, kishi organizmining hayotida va kasalliklar prosessida ma’lum rol o’ynaydigan «22 tomir» to’g’risidagi ta’limot ilmiy xulosalar chiqarish uchun dastlabki urinishlar bo’lganini ko’rsatadi.