logo

Qadimgi Yunoniston fani.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.693359375 KB
5-Mavzu: Qadimgi Yunoniston fani.
Reja:
1. Qadimgi Yunoniston fani rivojining tarixiy sharoitlari.
2. Qadimgi yunon fanining  tug’ilishi va dastlabki ilmiy jamiyatlar.
3. Qadimgi yunon fani rivojlanishining birinchi ioniya bosqichi.  Melit maktabi.
4. Qadimgi yunon fanining ikkinchi Afina bosqichi.
5. Qadimgi yunon fanining uchinchi ellinistik davri.
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda   tadqiqotchilar   tomonidan   Yunoniston   tarixi   faniga   berilgan
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars   o’tish   vositalari:   doska,   plakat,   Fan   yuzasidan   manba   va   adabiyotlar,
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralar:
Yunoniston klassik madaniyati, yunon polislari, A. Makedonskiyning taxtga
chiqishi   va   uning   harbiy   yurishlari,   Gomer,   «Iliada   va   Odiseya»,   ilmiy   jamiyat,
milet   maktabi,   platon   akademiyasi,   peripatetiklar,   idealistlar   va   materialistlar,
Fales,   Geraklit,   Demokrit,   Gippokrat,   Suqrot,   Ploton,   Aristotel,   Arximed,   suv,
olov, atom, materiya, apeyron, sillogizm, dexotomiya.
Ilk   temir   davrida   Misr   va   Bobildan   Yunonistonga   o’tgan   sivilizasiya
insoniyat   tarixining   erkin   va   ajoyib   safihalarini   yaratdi.   Yunonlar   o’sha   Misr   va
Mesopatamiyada   to’plangan bilimlarni qabul qilgan davrlardanoq fanning tashkil
topishi va rivojlanishi uzluksiz ravishda takomillashib bordi. 
Taxminan   er.avv.   X   asrlardanoq   Qadimgi   Yunoniston   (Elladada)da   klassik
madaniyat mavjud edi va bu kishilarning keyingi rivojiga ulkan tasir ko’rsatdi.Bu
davr mobaynida jamiyatning tashkil topish shakllari o’zgaradi. Eramizdan avvalgi
VIII-VI   asrlarda   quldorlik   shahar   davlatchalari   (bunday   quldorlik   davlatlarni
yunonlar   -  polislar   deb atashgan)  vujudga  keladi. Bu  shahar-davlatlar    eramizdan
avvalgi   V-IV   asrlarda   gullab   yashnaydi.   Eramizdan   avvalgi   V   asrlarda     Eron-
Yunon   urushlarida   yunonlarning   g’alaba   qilishi   natijasida   Afina   davlati   qudrati
ayniqsa   Perikl   (   er.av.   443-429)   davrida     kuchayadi.   Shundan   so’ng   Afina   va
ittifoqchilari   bilan   Sparta   boshchiligidagi   Janubiy   Yunonistonning   shahar-
davlatlari   o’rtasidagi   uzoq   davom   etgan   urush   (tarixda   «Pelonones   urushi»   deb
nom olgan ) natijasida har ikkala tomon juda kuchsizlanib, ularning iqtisodi izdan
chiqadi.   Yunonistonning   shimolida   joylashgan   Makedoniya   bundan   foydalanib,
eramizdan   avvalgi   IV   asr   urtalarida   (er.avv.337   yilda)   butun   Yunonistonni   bosib oldi   va   buni   Korinfs   kongressida   yuridik   jihatdan   rasmiylashtirdi.   Aleksandr
Makedonskiyning   bosqinchilik   yurishlari   natijasida   ulkan   monarxiya   vujudga
keldi.   Keyinchalik,   eramizdan   avvalgi   II   asrlarda   Rim   bilan   bo’lgan   urushda
Makedoniya  mag’lubiyatga uchradi va Rimga tobe bo’lib qoldi.
Aleksandr Makedonskiy (er.avv. 356-323 y) otasi Filipp-II (er.av. 359-336)
o’limidan so’ng 20 yoshida taxtga chiqadi. Eramizdan avvalgi 336 yilda Iskandar
Eron Ahmoniylariga qarshi urushga   tayyorgarlik ko’radi. Eramizdan avvalgi 334
yilda   Dardanel   (o’sha   paytda   Gellespont)   bo’g’ozidan   o’tib,   37   minglik   qo’shin
bilan   forslar   ustiga   yurdi.   Eramizdan   avvalgi   334   yil   Granik   daryosi   bo’yida   40
minglik   fors   qo’shinlarini   tor-mor   etdi.   Eramizdan   avvalgi   333   yilda   Iss   shahri
yonida va eramizdan avalgi 331 yilda Gavgamel ostonalarida ham Ahmoniylar tor-
mor   etildi.   Doro   III   Kodomon   jang   maydonini   tashlab   qochadi   va   keyinchalik
harbiy   isyonchilar   tomonidan   zaharlanib   o’ldirildi.   Shunday   qilib   eramizdan
avvalgi   330   yilda   butun   Eron   hududi   egallandi.   So’ngra   Makedonlar   Misr,
Mesopotamiya   va   O’rta   yer   dengizi   qirg’oqlaridagi   juda   katta   hududni   bosib
oldilar. Misrda Aleksandr Makedonskiy quyosh xudosi Ammonning o’g’li va Misr
fir’avni deb e’lon qilindi.
Eramizdan   avvalgi   329-327   yillarda   Iskandar   O’rta   Osiyoga,   eramizdan
avvalgi   327-324   yillarda   G’arbiy   Hindistonga   harbiy   yurishlar   uyushtirdi.
Eramizdan   avvalgi   324   yilda   Iskandar   o’z   imperiyasining   poytaxti   qilib   Bobilni
tanladi va eramizdan avvalgi 323 yilda shu yerda vafot etdi.
Ana shu davrlarda klassik madaniyat yunon haykaltaroshlari va me’morlari
ijodi   bilan   yanada   rivojlandi.   Xuddi   shu   klassik   sivilizasiyasining   dastlabki
bosqichlaridayoq  yaratilgan,  buyuk yunon  shoiri  Gomerning  «Ilida  va Odesseya»
dostoni bizgacha yetib kelgan.
Shunday   qilib,   qadimgi   yunon   olimlarining   faoliyati   natijasida   tarixda
birinchi bor fan aniqlaydigan kriteriyalarga javob berila boshlandi. Fan – bu faqat
bilimlar   yig’indisi   emas,   balki   u   bilimlar   sistemasini   xam   o’zida   aks   ettiradi.
Shuningdek fan yangi bilimlarni olish uchun faoliyat natijasidir. Bir guruh maxsus
kishilar   tomonidan   amalga   oshiriladigan   bu   faoliyat   –   ilmiy   jamiyat   deb   ataladi.
Barcha   bu   xarakteristikalar   qadimgi   yunon   sivilizasiyasidan   oldingi   markazlar,
ya’ni   Misr,   Bobil   va   Assuriya   sivilizasiyalarida   uchramaydi.   Faqat   eramizdan
avvalgi   VI   asrlarda   Yunonistonda   yangi   bilimlarni   to’plash   uchun   aktiv   faoliyat
boshlanib,   birinchi   ilmiy   jamiyatlar:   Milet   maktabi,  
Aflotun akademiyasi; perepatetiklar (sayr qilmoq)  va boshqalar vujudga keladi.
Yunon   olimlari   va   faylasuflarining   matematika,   geometriya,   mexanika   va
boshqa   fanlar   sohasidagi   xizmati   juda   ulkan   ahamiyatga   ega.   Lekin   shunday
bo’lsa-da,   hozirgi   zamon   fanining   asosi   faqat   eramizning   XV-XVII   asrlaridagina
ko’riladi   va   bu   avvalo   Galiley   va   Nyuton   nomlari   bilan   bog’liq.   Qadimgi Yunoniston   fani   bu   vazifalarni   yecha   olmasdi,   chunki   u   hayotdan   uzoqlashgan,
juda ham mavhum (abstrak) tasavvurga ega edi.
Qadimgi   Yunoniston   fani   va   texnikasi   rivojlanishining   asosiy   yo’nalishlari
quyidagicha:
Masalan   uzoq   davrlar   mobaynida   Yunoniston   ham   siyosiy,   ham   iqtisodiy
munosabatlarda   bo’lingan   edi,   ya’ni   Yunoniston   yagona   markazlashgan   davlat
bo’lmay,   u   har   biri   mustaqillikka   intilayotgan   shahar-davlatchalardan   iborat   edi.
Bu   shahar-davlatchalarning   har   biri   o’ziga   xos   siyosiy   va   ma’naviy   hayotiga   ega
bo’lib,   bu   albatta   Qadimgi   Yunonistonning   falsafiy   va   tabiiy   fanlar   sohasidagi
g’oyalarga ta’sir etmasdan qolmadi.
Yana   shuni   ta’kidlash   lozimki,   ya’ni   o’sha   davrda   tabiiy   fanlar   va   falsafa
endi   kurtak   otayotgandi.   Falsafa   va   tabiat   haqidagi   fan   bir   butun   qarashlar
sistemasidan   iborat   edi   va  uning   ijodkorlari   faylasuf-tabiatshunoslar   edi.   Shuning
uchun   ham   qadimgi   yunon   fani   abstraktlikka   moyil   edi.   Bu   qadimgi   yunon
fanining kuchsiz    tomoni bo’lsa,  shu bilan birga uning kuchli. ijobiy tomoni ham
bo’lib, bu fikrlar va qarashlarning mustaqil va o’ktamligida edi.
Eramizdan   avvalgi   VI   asrlarga   kelib   quldorlik   shahar-davlatlarining
shakllanishi   asosan   tugallanadi.   Bu   davrda   Qadimgi   yunon   sivilizasiyasi   Kichik
Osiyoga,   O’rtayer   dengizi   qirg’oqlaridan   Rona   daryosi     quyi   oqimlarigacha,
Sisiliya va kora dengiz qirg’oqlarining bir qismiga tarqalgan edi. Bu davrda Kichik
Osiyodagi   –   Milet,   Apenin   yarim   orolidagi   Komi   va   Neapol,   Sisiliya   orolidagi
Naksos   va   Sirakuza,   Rona   daryosi   quyi   oqimidagi   –   Messaliya,   Kora   dengiz
sohillarida Olviya, keyinchalik Xersones, Pantikapey, Fanagoriya, Feodosiya kabi
bir qator polislar ( yunon manzilgohlari) vujudga keladi.
Eramizdan   avvalgi   VI   asr   Qadimgi   Yunon   fanining   tug’ilish   davri   bo’lib
hisoblanadi   va   uning   rivojlanishini   birinchi   ioniy   bosqichini   tashkil   etadi.   Kichik
Osiyoning   g’arbiy   sohilidagi   Ioniya   viloyati   va   undagi   Milet   shahri   ilm-fan
taraqqiyotining markaziga aylangan edi. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining
ilmiy bilimlaridan xabardor bo’lib, o’sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar.
Qadimgi   Yunon   falsafasining   eng   dastlabki   bosqichlaridanoq,   ikki   asosiy
qarama-qarshi   pozisiyalar   kurashi,   ya’ni   –   idealistlar   va   materialistlar   oqimi
vujudga keladi.
Birinchi   ioniy   faylasuf   manbalarda   Fales   (taxminan   er.av.   625-547   yillar)
hisoblanadi. U Milet maktabining asoschisi bo’lib, qaysikim bu maktab antik davr
falsafasining   ilk   kurtagi   bo’lib   hisoblanadi.   Fales   tug’ilgan   Milet   shahri   o’sha
davrda yirik savdo va hunarmandchilik markazi edi. Falesning hayot va qarashlari
to’g’risida   kam   ma’lumot   saqlangan.   Bu   ma’lumotlarni   Aflotun   va   Arastu
asarlaridan   topish   mumkin.   Fales   fikri   bo’yicha   suv-butun   borlikning   asosidir,
ya’ni   yer,   havo   va   barcha   jonivorlar   suvdan   paydo   bo’lgan.   Falesning   faylasuf, matematik,   astronom,   injener,   siyosiy   arbob,   va   hatto   savdogar   bo’lganligi
manbalarda   eslatiladi.   Fales   quyosh   tutilishining   sabablarini   kashf   etgan,
piramidalarga va unga o’xshash baland binolarning soyalariga qarab, balandligini
aniqlagan deb hisoblanadi.
Falesning   ko’plab   shogirdlari   va   o’quvchilari   bo’lgan.   Shulardan   biri
Anaksimandr (er.av. 610-546 y.) hisoblanadi. Anaksimandr butun borliqning asosi
Fales aytganidek, suv emas, balki konkret shaklga ega bo’lmagan materiyadir deb
hisoblaydi va bu materiyani u «apeyron» deb atadi.
Qadimgi   yunon   faylasuflaridan   biri   Geraklit   Effesskiy   (er.av.530-470   y.)
qadimgi   Yunon   dealektikasining   tashkil   etuvchisi   bo’lib,   u   Milet   maktabining
materialistik   qarashlarini   rivojlantiradi.   Geraklit   olamning   asosi   olov   deb
hisoblaydi. (Yemu prinadlejat slova: «Na ogon obmanivayetsya vse, i ogon-na vse,
kak   na   zoloto-tovar ы -i   na   tovar ы -zoloto»).   Geraklit   birinchilardan   bo’lib
bilimlarning nisbiyligiga e’tibor bergan. U aytganidek: «Daryoda har doim yangi-
yangi   suvlar   oqadi.   O’sha   bitta   daryodagi   suvga   xech   qachon   ikki   marta   kirish
mumkin emas».
Qadimgi Yunon fanida alohida o’rinni egallagan yana bir olim bu Pifagordir.
(er.av.   582-500   y.)   Pifagor   va   uning   shogirdlari   matematika,   geometriya,
astronomiya   va   fizika   sohasida   juda   ko’p   ishlarni   amalga   oshirganlar.
Matematikadagi   irrasional   tushunchasi,   Pifagor   teoremasi   o’sha   davrlardan
hozirgacha   qo’llaniladi.   Pifagor   yerning   shar   shaklida   ekanligi   va   uning   o’z   o’qi
atrofida   aylanishini   aytgan.   Pifagor   va   uning   shogirdlari   Pifagor   idealistik
maktabiga asos solganlar. 
Qadimgi Yunon fannining ikkinchi – Afina bosqichi shahar-davlatchalarning
gullab yashnagan  davri  bilan bog’liq bo’lib, u er.av. V-IV asrlarga  to’g’ri  keladi.
Bu  davr   shahar-davlatchalar  orasida  Afinaning  qudratga  erishuvi  bilan  Aleksandr
Makedonskiy   tomonidan   yunon   polislarining   bo’ysundirilishi   oralig’idagi   davrga
to’g’ri   keladi.   Bu   davrda   forslar   bilan   urushda   g’alaba   qilgan   Afina   iqtisodiy,
savdo   va   harbiy   flot   sohasida   katta   yutuqlarga   erishadi.   Bu   ko’tarinkilik   ilm-fan
rivojiga xam turtki berdi.
Qadimgi   Yunon   materializmining   vujudga   kelishi   er.av.   460-340   yillarda
yashab   o’tgan   Demokrit   nomi   bilan   bog’liq.   Demokrit   Frakiyadagi   savdo
shaharchasi   Abderada   tug’iladi.   Yirik   savdogar   va   quldorning   o’g’li   bo’lgan
Demokrit bir qator mamlaktlarga sayohat qilib, Misr, Mesopatamiya, Hindistonda
bo’lib, so’ngra Afinaga ham tashrif buyuradi va Suqrot bilan uchrashadi.
Demokrit   fanga   atom   tushunchasini   kiritadi.   (atom-yunoncha   bo’linmas).
Butun   koinot   atom   zarrachalaridan   tashkil   topib,   u   eng   kichik   va   bo’linmasdir.
Demokrit   fikricha   butun   borliq   atomlardan   va   bo’shliqlardan   tashkil   topgan.
Demokrit   xam   Geraklit   kabi   tabiatni   abadiy   o’zgaruvchan   deb   hisoblaydi. Demokrit   koinotni   «Abadiy   mavjuddir,   uning   na   boshi   va   na   oxiri   bor»   –   deb
aytdi.   Shuningdek   Demokrit   falsafa,   etika,   psixologiya,   matematika,   fizika,
tibbiyot,   san’at   va  texnika   sohasida   ham   faoliyat   ko’rsatgan.   U   dialektik  faylasuf
bo’lib,   haqiqat   qarama-qarshi   fikrlar   to’qnashuvi   natijasida   vujudga   keladi   deb
hisoblardi.
Eramizdan   avvalgi   481-411   yillarda   Abderada   yashagan   faylasuf,   yirik
davlat arbobi bo’lgan Pratogor ham Demokrit qarashlari yo’lidan boradi. pratogor
ateist   bo’lib,   xudosizlikda   ayblanadi.   Uning   «O   bogax»   «Xudolar   hakida»   nomli
asari yoqib yuboriladi. Bu asarning bizgacha yetib kelgan fragmentlarida quyidagi
so’zlar yozilgan:
«O bogax ya ne mogu znat  ni  togo chto oni sushyestvuyut, ni  togo chto ix
net; ni togo, kakov ы  oni po vidu. Ibo mnogoye prepyatstvuyet znat eto: i neyasnost
voprosa, i kratkost chelovecheskoy jizni».
      "   Men   xudolar   haqida   ularning   borligini   ham,   ularning   yo’qligini   ham   va
ularning   qanday   ko’rinishda   ekanligini   ham   bilmayman.   Chunki   masalaning
noaniqligi   va   inson   hayotining   qisqaligi   buni   bilishga   to’sqinlik   qiladi".   (Istoriya
filosofii. M., 1957 y, T. 1, s.103).
Taxminan   ea.av.   460-370   yillarda   kichik   Osiyoga   yaqin   Kos   orolida
Qadimgi   Yunonistonning  buyuk  vrachi   afsonaviy  Gippokrat   yashagan.   Gippokrat
faoliyati   natijasida   Kos   medisina   maktabi   tashkil   topadi.   Gippokrat   bemorlarni
kuzatish   va   o’rganish   sistemasini   tashkil   etadi,   davolashning   bir   qator   yangi
usullarini   yaratadi.   Uning   "Gippokrat   tuplami"   yoki   «Korpus   Hippokratikum»
nomli   tibbiy   asari   72   kitobdan   iborat   bo’lgan.   Uning   asarlarida   dorivor
o’simliklarning 236 ta xili tasvirlanib, xususiyatlari bayon etilgan. Buyuk shifokor
qalamiga   mansub   «Gippokrat   qasamyodi»   hali   ham   o’z   ahamiyatini   yo’qotgani
yo’q.   «Gippokrat   qasamyodi»da   tabib   bilan   bemor   orasida   bo’ladigan   munosabat
bayon etilgan. Gippokrat er.av. 375 yilda 85 yoshida vafot etgan.
Eramizdan   avvalgi   470-399   yillarda   yashagan   Suqrot   –   Qadimgi
Yunonistonning   yetuk   faylasufi   va   oratori   edi.   Suqrot   Afinada   tosh   kesuvchi
(kaminotes)     safronik   oilasida   tug’ildi.   Yosh   Suqrot   dastlab   otasining   kasbi   bilan
shug’ullanadi.   Keyinchalik   bir   qancha   vaqtlar   skulptor   -   haykaltarosh   bo’lib
ishladi.   Afina   akropoli   yonidagi   go’zallik   ma’budalari   –Aglaya,   Yevfrosiniya   va
Taliya haykallarini Suqrot yasagan deyiladi. Bizgacha Suqrotning biron bir yozma
manbalari yetib kelmagan, demak u o’z fikrlarini og’zaki bayon qilgan. Suqrot o’z
ta’limini   to’g’ri   kelgan   joyda,   ko’chalarda,   maydonlarda   targ’ibot   qilib,   yurgan.
Suqrot va uning ta’limoti haqidagi barcha bilimlarni biz uning o’quvchilari Aflotun
va Ksenafont asarlaridan bilishimiz mumkin. Suqrot   qarashlarining   asosini     o’zligini   anglash   yo’li   bilan   baxtga   erishish,
jahlga ixtiyor bermaslik, bilim va aql birligi tashkil etadi. Masalan: «Ma’lumot va
tarbiya-aql bilan foyda keltiradi», «Xotirjamlik – bu kuchdir».
Eramizdan   avvalgi   399   yilda   Suqrot   xudolarga   hurmatsizlik   va   yoshlarni
buzishda   ayblanib,   Afina   sudining   qarori   bilan   zaharlab   o’ldiriladi.   U   o’z
qarashlarida   Suqrot   idealist   bo’lgan,   chunki   u   tabiatni   ilmiy   o’rganishga   qarshi
bo’lib, bu ishni xudosizlar ishi deb hisoblagan.
Suqrotnig shogirdi va izdoshi, qadimgi Yunonistonning yirik faylasuflaridan
biri – bu Aflotun edi. (er.av. 428-347 y.) Aflotun birinchi klassik obyektiv idealizm
namoyondalaridan hisoblanadi. O’zining siyosiy karashlariga ko’ra Aflotun Afina
reaksion   aristokratlarining   himoyachisi   edi.   Suqrot   o’limidan   so’ng   Aflotun
vaqtincha Afinani tark etib, bir necha bor Janubiy Italiyaga bordi.
Aflotun tomonidan Afinada falsafa maktabi ochildi. «Aflotun akademiyasi»
deb   nom   olgan   bu   maktab   ming   yillarcha   faoliyat   ko’rsatdi.   Aflotunning   falsafa
maktabi   bog’da   joylashgan   bo’lib,   unga   afsonaviy   qahramon   «Akadem»   nomi
berilgandi. Shuning uchun ham bu maktab akademiya deb atalgan edi. Taxminan
40 yillar  davomida Aflotun akademiyada tanlab olingan o’quvchilar  guruhiga o’z
ta’limoti   haqida   dars   o’tdi.   Shuni   ta’kidlash   joizki   Aflotun   o’z   fikrlarini   o’ta
mahorat bilan chiroyli va ishonarli tarzda bayon kiluvchi orator bo’lgan.
Aflotun idealist faylasuf bo’lib, butun borliqni ikkita olamga: g’oyalar olami
va buyumlar olamiga bo’lgan. Uning fikricha «abadiy va o’zgarmas g’oyalar» – bu
haqiqat hayotdir, moddiy olam buyumlari esa – bu g’oyalar aksining soyasidir».
Aflotun   dialektikasi   «qalb»   va   «sof   sevgi»   tushunchalarini   ham   o’z   ichiga
olib,   bunda   Aflotun   «qalb»ni   g’oyalar   dunyosiga   yaqin   va   o’lmasdir.   Shuning
uchun   ham   inson   olamni   qalbida   yashiringan   bilimlari   bilan   o’zining   sezgi
organlari   bilan   bilib     oladi,   anglab   yetadi     deb   tushuntiradi.   Aflotun   o’zining
«Davlat va Qonun» asarida ideal davlat qurish haqida so’z yuritadi. Uning fikricha
yangi   takomillashgan   davlat   quyidagi   sinflarga   bo’linishi   shart:   hukumdorlar   va
faylasuflar,   (U   jamiyatni   boshqarishda     faylasuflar   ahamiyatiga   juda   katta   e’tibor
beradi),   harbiylar   hamda   aholining   quyi   tabaqasi   bo’lgan,   hunarmadlar   va
dehqonlar.   Aflotunning   aytishlaricha   jismoniy   mehnat   –   bu   qullar,   hunarmandlar
va dehqonlar  ishi  bo’lib, hukumdorlar  va faylasuflar  alohida  sharoitlarda  yashash
lozim bo’lgan. 
Qadimgi   Yunon   fani   shakllanishi   va   rivojlanishida   Plotonning   xizmati
kattadir.   Ayniqsa   Aflotun   qarashlarida   antik   davr   kosmosining   klassik   ravishda
tushunilishi   muhim   ahamiyatga   egadir.   Aflotunning   aytishicha   (kosmos   zrem
osyazayem   i   materialem   -   on   sushyestvoval   ne   vsegda,   a   poyavilsya   v   rezultate
tvorcheskogo   akta)   kosmos   har   doim   ham   mavjud   bo’lmagan,   ya’ni   u   ijodiy   akt
natijasida paydo bo’lgan. Kosmos yer shari atrofida aylanuvchi Quyosh va boshqa planetalardan   iborat   yettita   osmon   doirasidan   iboratdir.   Shuningdek   Aflotun
matematika   va   astronomiya   bilan   ham   shug’ullanib,   akademidagi   o’z
o’quvchilaridan matematikani yaxshi o’rganishni talab kilgan.
Shunday qilib, Aflotun akadimiyasini oliy o’quv yurtlarining ilk kurtagi deb
aytish mumkin.
Eramizdan   avvalgi   404-323   yillarda   yashagan   Sinoplik   faylasuf   Diogen
haqida   ham   aytib   o’tmaslik   mumkin   emas,   chunki   Diogen   hayotning   barcha
lazzatlaridan   voz   kechib,   o’ta   asketik   (zohidona)   hayot   kechirgan,   ya’ni   u   o’ta
primitiv   kiyim   kiyib,   faqat   suv   ichib,   to’g’ri   kelgan   joyda   tunab   ketavergan.
Diogen   ibtidoiy   hayotga   qaytishni   targ’ib   qilgan.   U   biron-bir   progressiv   ijobiy
dasturni ilgari surmagan.
Qadimgi   Yunonistonning   yirik   faylasufi   va   tabiatshunosi   bo’lgan   Arastu
(er.avv.   384-322   y)   qadimgi   yunon   fanining   ensiklopedist   olimi   bo’lgan,   chunki
bizgacha yetib kelgan Arastu asarlari o’sha davr fanining barcha jabhalarini: tabiiy
fanlar   –   matematika,   mexanika,   fizika,   astronomiya,   biologiya,   tibbiyot,   mantik,
psixologiya,   tarix,   iqtisod,   falsafa   va   boshqalarni   o’z   ichiga   oladi.   Arastu   yunon
koloniyasi   bo’lgan   Frakiyada,   vrach   oilasida   tug’iladi.   Eramizdan   avvalgi   367
yilda 17 yoshidan Arastu Aflotun akademiyasiga ma’lumot olish uchun keladi va
shu yerda faoliyat ko’rsata boshlaydi.
Aflotun   o’limidan   so’ng   Arastu   akademiyada   20   yilcha   bo’ldi,   so’ng   uni
tashlab mustakil faoliyat ko’rsata boshladi. Er.avv. 343 yilda Makedoniya podshosi
Filippning   o’g’li   Aleksandrga   o’qituvchilik   va   ustozlik   qildi.     Er.av.   335   yilda
Arastu   Afinada   o’zining   Likey   maktabini   tashkil   etdi.   Uning   bu   maktabi   -
peripatetik  maktab deb ham atalardi. (yunoncha -  peripatio – proxajivatsya-sayr
qilmoq) .    Arastu o’z leksiyalari va suhbatlari vaqtida o’quvchilar bilan sayr qilib
yurishni yoktirardi.)
    Er.avv.  323 yil A.Makedonskiy o’limidan so’ng Arastu Afinani tashlab ketishga
majbur bo’ladi va bir yildan so’ng Evbeya orolidagi Xalqida shahrida 62 yoshida
vafot etadi.
           Sharq dunyosida uni “   birinchi muallim ” deb baholaganlar, chunki u g’oyat
keng bilimga ega bo’lgan. Uning “Metafizika” (yoki “Birinchi falsafa”), “Fizika”,
“Jon   to’g’risida”,   “Analitika”,   “Kategoriyalar”,   “Siyosat”,   “   Ritorika”   va   boshqa
asarlari bizgacha yetib kelgan. 
            Arastu   antik   davrda   yig’ilgan   bilimlarning   buyuk   to’plovchisi   va
tizimlashtiruvchisi   (sistematizator)   bo’lgan.   Uning   fandagi   va   bilimlarni
tasniflashtirish (klassifikasiyalash) sohasidagi xizmatlari ham juda buyukdir. 
   Uning “Fizika” nomli asarida tabiat falsafasi  muammolari, hayot, materiya,
harakat, zamon va makon, borliq va vaqt muammolari muhokama qilinadi.
          Arastu   Aflotunning   “g’oyalar”   nazariyasiga   qarshi   chiqib,   u   tabiatni   moddiy asosga   ega   bo’lgan   narsalar   yig’indisidan   iborat,   u   har   doim   harakatda   va
o’zgarishdadir deb hisoblaydi. Arastu o’zining “Osmon haqida”, “Meteorologika”
asarlarida   yer   va   osmon   o’rtasidagi   hodisalarni,   planetalar,   kometalar,   meteorlar
masalasi,   hamda   rangning   hosil   bo’lishi,   kamalak   hodisalari   kabi   muammolar
ustida so’z yuritadi. 
To’rtinchi   kitobda,   aniqrog’i   Arastuning   shogirdi   Strabon   tomonidan
yozilgan bu kitobda dastlabki kimyoviy tasavvurlar haqidagi hikoyani bilib olamiz.
Arastu   tabiiy   fanlar   sohasida   biologiyada   ham   katta   yutuqlarga   erishgan.   U
zoologiyani   uch   qismga   bo’lgan:   anatomiya,   umumiy   fiziologiya   va
embrologiya ga.   O’zining   izlanishlarida   Arastu   500   dan   ortiq   hayvonlar   haqida
aniq   va   to’la   ma’lumot   beradi.   Ayrimlarini   hatto   o’zi   o’z   qo’li   bilan   kesib,
operasiya  qilib  o’rgangan.   Hayvonlar  klassifikasiyasida  (tasnifida)   Arastu   ilgarigi
dixotomiya   prinsipini   (yunon:   -   dichotomia   -   razdeleniya   nadvoye)   rad   qiladi.
Bunga ko’ra hayvonlar yerda va suvda yashovchi, qanotli va qanotsiz kabi qarama-
qarshi   guruhlarga   bo’linadi.   Arastuning   aytishicha   bunday   prinsip   bir-biriga   juda
o’xshash hayvonlarni ham ajratib qo’yishga olib keladi, masalan qanotli va qanotli
bo’lmagan chumolilarni ajratib qo’ygandek. 
            Arastu   sillogizmlari   (ikkita   mustaqil   fikrdan   kelib   chiqadigan   xulosa   Mas:
barcha   metallar   elektr   o’tkazuvchi,   mis-metal,   demak   mis   elektr   o’tkazuvchi)
uning mantiq sohasida ham faoliyat ko’rsatganidan  dalolat  beradi. Xozirgi nuqtai
nazardan   qaraganda   Arastu   fizika   va   astronomiya   sohasida   kamroq   yutuqqa
erishgan. Chunki Arastu yerni shar shaklida ekanligini tasdiqlasada, ammo u yerni
butun   koinotning   markazidir,   Quyosh   va   yulduzlar   yer   atrofida   aylanadi   degan
geosentrik  nazariyani ilgari surgan.
   Aleksandr   Makedonskiyning   shahar   davlatlarni   bo’ysundirishidan   to
Rimning kuchayishigacha  bo’lgan vaqt, taxminan er.avv.330 yildan to er  avv. 30
yillargacha   bo’lgan   davr   qadimgi   Yunon   fani   rivojining   uchinchi   ya’ni   ellinistik
davri   bo’lib   hisoblanadi.   Qadimgi   Yunon   fanining   bu   bosqichi   birinchi   navbatda
matematika,   mexanika,   astronomiya   fiziologiya   fanlarining   rivojlanishi   bilan
xarakterlanadi, shu bilan birga falsafa sohasida bu davrda ancha kam ish qilinadi. 
Mustaqil   polislar   va   davlatlarning   A.Makedonskiy   imperiyasiga   qo’shib
olinishi   yunon   savdosi   uchun   yangi   imkoniyatlarni,   yanada   kengroq   bozorlarni
ochilishiga   olib   keldi.   Bu   o’z   navbatida   hunarmandchilik   ishlab   chiqaruvchi   va
shaharlar   o’suviga,   dengiz   transport   savdosining   rivojlanishiga   olib   keldi.   Shuni
ta’kidlash   joizki   bu   jarayon,   ya’ni   savdoning   rivojlanishi   va   harbiy-texnika
vositalariga   bo’lgan   ehtiyoj   sababli   hunarmandchilik   ishlab   chiqaruvining
yangidan texnik takomillashuviga bo’lgan zaruriyat Makedoniya hukmdorlarining:
Aleksandr, Ptolomey va ular avlodlarining yunon faniga alohida e’tibor va hurmat
bilan   qarashga   majbur   etdi.   Shu   bilan   birga   ularning   alohida   topshiriqlari   bilan amaliy   fan   bilan   shug’ullanishga     keng   imkoniyatlar   yaratildi.   A.Makedonskiy
tomonidan er.av. 332 yilda  qurilgan Misrning yangi poytaxti bo’lgan Aleksandriya
shahri Ptolomeylar davrida (er.av. 305-30 yillar) ilm-fan va madaniyat markaziga
aylandi.   Balkim,   xuddi   shu   Makedoniya   hukmdorlari   birinchilardan   bo’lib   fanni
davlat   miqyosida   tashkil   qilish   va   moddiy   ta’min   etishga   uringan   bo’lishlari
mumkin. 
      Er.av.III - asr boshlarida Aleksandriyada museyon (yunoncha-museion-ruscha-
xram muz, o’zbekcha-muzalar saqlanadigan joy) tashkil etiladi. Museyon fan rivoji
uchun ham katta ahamiyat kasb etib, bir vaqtning o’zida ilmiy muassasa, muzey va
ilmiy maktab rolini ham o’ynagan. Museyon Arastu tashkil etgan Afinadagi Likey
maktabi   bilan    ham   bog’liq  bo’lib,  unga  Likeyda   xam,  Aleksandriya  museyonida
ham dars beruvchi mashhur olim Strabon boshchilik qilardi. 
Qadimgi   yunon   fani   ellin   bosqichining     yirik   matematik   olimlaridan   biri
er.av.   III   asrda   Aleksandriyada   yashagan   Yevklid   hisoblanadi.   Uning   yirik   va
mashhur   asarlaridan   biri   "Nachala"   bo’lib,   unda   o’sha   davr   matematika   ilmining
barcha   yutuqlari   jamlangan   va   sistemalashtirilgan.   "Nachala"dagi   hamma   ishlar
faqat Yevklidga tegishli emas, balki boshka yunon olimlari, shuningdek er.av. 406-
355   yillarda   yashagan   mashhur   antik   davrning   matematik   va   astronom   olim
Yevdoksga   ham   tegishli.   "Nachala"   15   kitobdan   iborat   bo’lib,   uning   XIV-XV
kitoblari   Yevklid   tomonidan   yozilmagan   bo’lib,   keyinchalik   shu   to’plamga
qo’shilgan.   "Nachala"da   antik   davr   matematikasi   va   geometriyasi   asoslari,
maydonlar, turli figura va jismlar hajmini aniqlash, son-sanoq nazariyasi, aksioma
usuli   (Yevklid   tomonidan   tuzilgan   bo’lib- axioma -yunonchada,   ruschada-
polojeniye,   prinimayemoye   bez   dokazatelstvo   vsledstviye   yego   ubeditelnosti.)   va
boshqalar haqida yozilgan. 
       Qadimgi Yunoniston   fani rivojining ellinistik davrida mexanika sohasida ham
katta yutuqlarga erishilgan. Bu davr mexanik - olimlari orasida alohida obro’ga va
sharafga   erishgani   er.av.   287-212   yillarda   yashagan   Arximed   hisoblanadi.   Bu
buyuk   olim   Sisiliya   orolidagi   Sirakuza   shahrida   tug’iladi.   U   Rim   va   Karfagen
o’rtasida   O’rta   yer   dengizida   hukmronlik   kilish   uchun   bo’lib   o’tgan   birinchi   va
ikkinchi   Puni   urushlari   davrida   yashagan.   Arximedning   otasi   matematik   va
astranom   Fidiy   bo’lib,   u   o’z   o’g’liga   yaxshi   ma’lumot   beradi.   Arximed   o’sha
vaqtda   Aleksandriya   ilmiy   markazining   ko’pchilik   olimlari   bilan   yaqindan   tanish
edi.   Arximed   Sirakuza   shohi   Giyeron     II   ning     qarindoshi   va   yaqinlaridan   edi.
Ikkinchi Puni urushi ( er.av. 218-201 yillar) davrida Arximed Sirakuza mudofasiga
rahbarlik   qiladi.   Uning   boshchiligida   o’sha   davr   uchun   mukammal   hisoblangan
otiladigan   snaryadlar   yasaladi,   natijada   rim   legionlari   shaharni   shturm   bilan
ololmay   uni   qamal   qilishga   majbur   bo’lishadi.   Nihoyat   er.av.   212   yilda   Sirakuza
rimliklar   tomonidan   egallanib,   Arximed   o’ldiriladi(   taxminlarga   qaraganda   Rim qo’mondoni Marsellning buyrug’isiz u o’ldirilgan) . Ma’lumotlarga ko’ra Arximed
o’limi oldindan Rim soldatiga  "Mening chizmalarimga tegma"  deb aytgan.
  Arximed og’irlik markazi tushunchasini fanga kiritadi va uni turli jismlarda
aniqlashning   usullarini   yaratadi."   Day   mne,   gde   stat,   i   ya   sdvinu   Zemlyu"-degan
so’zlar   Arximedga   tegishli.   Arximedning   ilmiy   yutuqlari   amaliyot   bilan   uzviy
bog’liq   bo’lib,   u   hayotda   o’sha   davrning   barcha   mashina   va   texnikalarida,
irrigasiya   va   harbiy   sohalarda   qo’llanilgan.   Arximed   tomonidan   ko’plab
kashfiyotlar   qilingan.   Masalan   suvni   balandlikka   chiqaruvchi   qurilma   uchun   -
arximed vinti, juda og’ir yuklarni ko’tarish uchun polistpastlar va  vintlar, snaryad
otuvchi harbiy mashinalar va hokazo injenerlik qurilmalari.
           Arximed falsafiy qarashlarining ham ilg’or xarakterda ekanligini aytib o’tish
zarur.   Bu   sohada   u   materialist     tabiatshunos   -   faylasuf   Demokrit   pozisiyasini
qo’llab   -   quvvatlaydi   va   taxminan   er.av.   320-250   yillarda   yashagan   Aristarx
Samosskiy   fikrlariga   qo’shiladi.   Aristarx   birinchi   bo’lib   geliosentrizm   g’oyasini
ilgari surgan, ya’ni - Kuyosh Yer atrofida emas balki Yer Quyosh atrofida
aylanadi - deb hisoblagan. F . Engels uni Qadimgi   dunyo "Koperniki" deb atagan
edi.   Shuni   aytish   kerakki,     ya’ni     Demokrit   ta’limoti   va   Aristarx   Samosskiy
qarashlari   o’sha   vaqtlarda   rasmiy   tanqidga   va   muhokamaga   uchragan   edi.   Xato
bo’lmasa   kerak,   agar   biz   Arximedni   so’ngi   yirik   tabiatshunos   va   shu   bilan   birga
birinchi muhandis  - olim deb aytsak, chunki uning ishlari tabiiy fanlarni mustaqil
sohaga   aylanishini   boshlab   berdi.   Keyingi   yillarda   uning   ishlari   uzoq   vaqt
davomida o’z bahosini topmadi va amalda qo’llanilmadi.
  Fakat   Uyg’onish   Davriga   kelibgina   Arximed   ishlari   o’z   qiymatini   topdi   va
yanada rivojlantirildi. Arximed asarlari birinchi bor 1543 yilda (lotin tiliga) tarjima
qilinadi. Shu yili N.Kopernikning "Ob obrasheniyax nebesnix sfer" nomli mashhur
asari nashr etildi.
      Agar   Arximed   qadimgi   yunon   tabiatshunoslarining   so’ngi   buyuk   vakili   bo’lsa,
Qadimgi   Yunonistonning   so’ngi   yirik   faylasufi   bu   er.av.   342-270   yillarda
yashagan   Epikur   hisoblanadi.   O’z   qarashlarida   Epikur   materialist   bo’lgan.   U
"hyech narsa yo’qdan vujudga kelmaydi va olam abadiydir" deb hisoblaydi. Epikur
ham   demokrit   kabi   olam   atomlardan   va   bo’shliqlardan   iborat   deb   hisoblaydi.
Epikurning dinga bulgan munosabati ham qiziq, chunki u xudolarning borligini tan
olsada,   lekin   xudolar   odamlar   hayotiga   aralashmagan   va   hyech   qanday   ta’sir
o’tkazmaydi,   deb   hisoblaydi.   Keyingi   yuz   yillikda   Epikur   xudosiz   -   faylasuf   deb
hisoblangan.
   Shunday   qilib   Qadimgi   Yunonistonda   fan   yunon   shahar   -   davlatlarining
savdo-sanoat va madaniy markaz sifatida rivojlanishi uchun muhim omil bo’ldi. 
   Shuni   ta’kidlash   joizki,   ya’ni   Qadimgi   Misr,   Bobil   va   Kichik   Osiyo
xalqlarining bilimlari,   ya’ni  qisqacha  qilib aytganda, Qadimgi  Sharq fani  Yunon dunyosida ilm-fanning rivodlanishiga barakali ta’sir etgan.
Mavzu bo’yicha savollar:
1. Qadimgi Yunoniston fani rivojining tarixiy sharoitlari nimada?
2. Qadimgi   yunon   fanining     tug’ilishi   va   dastlabki   ilmiy   jamiyatlar   to’g’risida
qisqacha ma’lumot bering.
3. Qadimgi   yunon   fani   rivojlanishining   birinchi   ioniya   bosqichi.   Melit   maktabi
xususiyatlari qanday? 
4. Qadimgi yunon fanining ikkinchi Afina bosqichini tahlil etib bering.
5. Qadimgi yunon fanining uchinchi ellinistik davri qaysi yillarga to’g’ri keladi?
Adabiyotlar ro’yhati
1) Bernal D.J. “Nauka v istorii obshyestva”. M.1956.
2) Bernal D.J.  «Nauka i obshyestvo». M. 1953.
3) Kuzanskiy K. Istoriya kultur ы  Drevney Gresii i Rima. M. 1990.
4) Lukoshin R.K. Organon Aristotelya  M. 1984.

5-Mavzu: Qadimgi Yunoniston fani. Reja: 1. Qadimgi Yunoniston fani rivojining tarixiy sharoitlari. 2. Qadimgi yunon fanining tug’ilishi va dastlabki ilmiy jamiyatlar. 3. Qadimgi yunon fani rivojlanishining birinchi ioniya bosqichi. Melit maktabi. 4. Qadimgi yunon fanining ikkinchi Afina bosqichi. 5. Qadimgi yunon fanining uchinchi ellinistik davri. Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Yunoniston tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. Dars o’tish vositalari: doska, plakat, Fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar Tayanch iboralar: Yunoniston klassik madaniyati, yunon polislari, A. Makedonskiyning taxtga chiqishi va uning harbiy yurishlari, Gomer, «Iliada va Odiseya», ilmiy jamiyat, milet maktabi, platon akademiyasi, peripatetiklar, idealistlar va materialistlar, Fales, Geraklit, Demokrit, Gippokrat, Suqrot, Ploton, Aristotel, Arximed, suv, olov, atom, materiya, apeyron, sillogizm, dexotomiya. Ilk temir davrida Misr va Bobildan Yunonistonga o’tgan sivilizasiya insoniyat tarixining erkin va ajoyib safihalarini yaratdi. Yunonlar o’sha Misr va Mesopatamiyada to’plangan bilimlarni qabul qilgan davrlardanoq fanning tashkil topishi va rivojlanishi uzluksiz ravishda takomillashib bordi. Taxminan er.avv. X asrlardanoq Qadimgi Yunoniston (Elladada)da klassik madaniyat mavjud edi va bu kishilarning keyingi rivojiga ulkan tasir ko’rsatdi.Bu davr mobaynida jamiyatning tashkil topish shakllari o’zgaradi. Eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda quldorlik shahar davlatchalari (bunday quldorlik davlatlarni yunonlar - polislar deb atashgan) vujudga keladi. Bu shahar-davlatlar eramizdan avvalgi V-IV asrlarda gullab yashnaydi. Eramizdan avvalgi V asrlarda Eron- Yunon urushlarida yunonlarning g’alaba qilishi natijasida Afina davlati qudrati ayniqsa Perikl ( er.av. 443-429) davrida kuchayadi. Shundan so’ng Afina va ittifoqchilari bilan Sparta boshchiligidagi Janubiy Yunonistonning shahar- davlatlari o’rtasidagi uzoq davom etgan urush (tarixda «Pelonones urushi» deb nom olgan ) natijasida har ikkala tomon juda kuchsizlanib, ularning iqtisodi izdan chiqadi. Yunonistonning shimolida joylashgan Makedoniya bundan foydalanib, eramizdan avvalgi IV asr urtalarida (er.avv.337 yilda) butun Yunonistonni bosib

oldi va buni Korinfs kongressida yuridik jihatdan rasmiylashtirdi. Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari natijasida ulkan monarxiya vujudga keldi. Keyinchalik, eramizdan avvalgi II asrlarda Rim bilan bo’lgan urushda Makedoniya mag’lubiyatga uchradi va Rimga tobe bo’lib qoldi. Aleksandr Makedonskiy (er.avv. 356-323 y) otasi Filipp-II (er.av. 359-336) o’limidan so’ng 20 yoshida taxtga chiqadi. Eramizdan avvalgi 336 yilda Iskandar Eron Ahmoniylariga qarshi urushga tayyorgarlik ko’radi. Eramizdan avvalgi 334 yilda Dardanel (o’sha paytda Gellespont) bo’g’ozidan o’tib, 37 minglik qo’shin bilan forslar ustiga yurdi. Eramizdan avvalgi 334 yil Granik daryosi bo’yida 40 minglik fors qo’shinlarini tor-mor etdi. Eramizdan avvalgi 333 yilda Iss shahri yonida va eramizdan avalgi 331 yilda Gavgamel ostonalarida ham Ahmoniylar tor- mor etildi. Doro III Kodomon jang maydonini tashlab qochadi va keyinchalik harbiy isyonchilar tomonidan zaharlanib o’ldirildi. Shunday qilib eramizdan avvalgi 330 yilda butun Eron hududi egallandi. So’ngra Makedonlar Misr, Mesopotamiya va O’rta yer dengizi qirg’oqlaridagi juda katta hududni bosib oldilar. Misrda Aleksandr Makedonskiy quyosh xudosi Ammonning o’g’li va Misr fir’avni deb e’lon qilindi. Eramizdan avvalgi 329-327 yillarda Iskandar O’rta Osiyoga, eramizdan avvalgi 327-324 yillarda G’arbiy Hindistonga harbiy yurishlar uyushtirdi. Eramizdan avvalgi 324 yilda Iskandar o’z imperiyasining poytaxti qilib Bobilni tanladi va eramizdan avvalgi 323 yilda shu yerda vafot etdi. Ana shu davrlarda klassik madaniyat yunon haykaltaroshlari va me’morlari ijodi bilan yanada rivojlandi. Xuddi shu klassik sivilizasiyasining dastlabki bosqichlaridayoq yaratilgan, buyuk yunon shoiri Gomerning «Ilida va Odesseya» dostoni bizgacha yetib kelgan. Shunday qilib, qadimgi yunon olimlarining faoliyati natijasida tarixda birinchi bor fan aniqlaydigan kriteriyalarga javob berila boshlandi. Fan – bu faqat bilimlar yig’indisi emas, balki u bilimlar sistemasini xam o’zida aks ettiradi. Shuningdek fan yangi bilimlarni olish uchun faoliyat natijasidir. Bir guruh maxsus kishilar tomonidan amalga oshiriladigan bu faoliyat – ilmiy jamiyat deb ataladi. Barcha bu xarakteristikalar qadimgi yunon sivilizasiyasidan oldingi markazlar, ya’ni Misr, Bobil va Assuriya sivilizasiyalarida uchramaydi. Faqat eramizdan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda yangi bilimlarni to’plash uchun aktiv faoliyat boshlanib, birinchi ilmiy jamiyatlar: Milet maktabi, Aflotun akademiyasi; perepatetiklar (sayr qilmoq) va boshqalar vujudga keladi. Yunon olimlari va faylasuflarining matematika, geometriya, mexanika va boshqa fanlar sohasidagi xizmati juda ulkan ahamiyatga ega. Lekin shunday bo’lsa-da, hozirgi zamon fanining asosi faqat eramizning XV-XVII asrlaridagina ko’riladi va bu avvalo Galiley va Nyuton nomlari bilan bog’liq. Qadimgi

Yunoniston fani bu vazifalarni yecha olmasdi, chunki u hayotdan uzoqlashgan, juda ham mavhum (abstrak) tasavvurga ega edi. Qadimgi Yunoniston fani va texnikasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlari quyidagicha: Masalan uzoq davrlar mobaynida Yunoniston ham siyosiy, ham iqtisodiy munosabatlarda bo’lingan edi, ya’ni Yunoniston yagona markazlashgan davlat bo’lmay, u har biri mustaqillikka intilayotgan shahar-davlatchalardan iborat edi. Bu shahar-davlatchalarning har biri o’ziga xos siyosiy va ma’naviy hayotiga ega bo’lib, bu albatta Qadimgi Yunonistonning falsafiy va tabiiy fanlar sohasidagi g’oyalarga ta’sir etmasdan qolmadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, ya’ni o’sha davrda tabiiy fanlar va falsafa endi kurtak otayotgandi. Falsafa va tabiat haqidagi fan bir butun qarashlar sistemasidan iborat edi va uning ijodkorlari faylasuf-tabiatshunoslar edi. Shuning uchun ham qadimgi yunon fani abstraktlikka moyil edi. Bu qadimgi yunon fanining kuchsiz tomoni bo’lsa, shu bilan birga uning kuchli. ijobiy tomoni ham bo’lib, bu fikrlar va qarashlarning mustaqil va o’ktamligida edi. Eramizdan avvalgi VI asrlarga kelib quldorlik shahar-davlatlarining shakllanishi asosan tugallanadi. Bu davrda Qadimgi yunon sivilizasiyasi Kichik Osiyoga, O’rtayer dengizi qirg’oqlaridan Rona daryosi quyi oqimlarigacha, Sisiliya va kora dengiz qirg’oqlarining bir qismiga tarqalgan edi. Bu davrda Kichik Osiyodagi – Milet, Apenin yarim orolidagi Komi va Neapol, Sisiliya orolidagi Naksos va Sirakuza, Rona daryosi quyi oqimidagi – Messaliya, Kora dengiz sohillarida Olviya, keyinchalik Xersones, Pantikapey, Fanagoriya, Feodosiya kabi bir qator polislar ( yunon manzilgohlari) vujudga keladi. Eramizdan avvalgi VI asr Qadimgi Yunon fanining tug’ilish davri bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishini birinchi ioniy bosqichini tashkil etadi. Kichik Osiyoning g’arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan edi. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan xabardor bo’lib, o’sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar. Qadimgi Yunon falsafasining eng dastlabki bosqichlaridanoq, ikki asosiy qarama-qarshi pozisiyalar kurashi, ya’ni – idealistlar va materialistlar oqimi vujudga keladi. Birinchi ioniy faylasuf manbalarda Fales (taxminan er.av. 625-547 yillar) hisoblanadi. U Milet maktabining asoschisi bo’lib, qaysikim bu maktab antik davr falsafasining ilk kurtagi bo’lib hisoblanadi. Fales tug’ilgan Milet shahri o’sha davrda yirik savdo va hunarmandchilik markazi edi. Falesning hayot va qarashlari to’g’risida kam ma’lumot saqlangan. Bu ma’lumotlarni Aflotun va Arastu asarlaridan topish mumkin. Fales fikri bo’yicha suv-butun borlikning asosidir, ya’ni yer, havo va barcha jonivorlar suvdan paydo bo’lgan. Falesning faylasuf,

matematik, astronom, injener, siyosiy arbob, va hatto savdogar bo’lganligi manbalarda eslatiladi. Fales quyosh tutilishining sabablarini kashf etgan, piramidalarga va unga o’xshash baland binolarning soyalariga qarab, balandligini aniqlagan deb hisoblanadi. Falesning ko’plab shogirdlari va o’quvchilari bo’lgan. Shulardan biri Anaksimandr (er.av. 610-546 y.) hisoblanadi. Anaksimandr butun borliqning asosi Fales aytganidek, suv emas, balki konkret shaklga ega bo’lmagan materiyadir deb hisoblaydi va bu materiyani u «apeyron» deb atadi. Qadimgi yunon faylasuflaridan biri Geraklit Effesskiy (er.av.530-470 y.) qadimgi Yunon dealektikasining tashkil etuvchisi bo’lib, u Milet maktabining materialistik qarashlarini rivojlantiradi. Geraklit olamning asosi olov deb hisoblaydi. (Yemu prinadlejat slova: «Na ogon obmanivayetsya vse, i ogon-na vse, kak na zoloto-tovar ы -i na tovar ы -zoloto»). Geraklit birinchilardan bo’lib bilimlarning nisbiyligiga e’tibor bergan. U aytganidek: «Daryoda har doim yangi- yangi suvlar oqadi. O’sha bitta daryodagi suvga xech qachon ikki marta kirish mumkin emas». Qadimgi Yunon fanida alohida o’rinni egallagan yana bir olim bu Pifagordir. (er.av. 582-500 y.) Pifagor va uning shogirdlari matematika, geometriya, astronomiya va fizika sohasida juda ko’p ishlarni amalga oshirganlar. Matematikadagi irrasional tushunchasi, Pifagor teoremasi o’sha davrlardan hozirgacha qo’llaniladi. Pifagor yerning shar shaklida ekanligi va uning o’z o’qi atrofida aylanishini aytgan. Pifagor va uning shogirdlari Pifagor idealistik maktabiga asos solganlar. Qadimgi Yunon fannining ikkinchi – Afina bosqichi shahar-davlatchalarning gullab yashnagan davri bilan bog’liq bo’lib, u er.av. V-IV asrlarga to’g’ri keladi. Bu davr shahar-davlatchalar orasida Afinaning qudratga erishuvi bilan Aleksandr Makedonskiy tomonidan yunon polislarining bo’ysundirilishi oralig’idagi davrga to’g’ri keladi. Bu davrda forslar bilan urushda g’alaba qilgan Afina iqtisodiy, savdo va harbiy flot sohasida katta yutuqlarga erishadi. Bu ko’tarinkilik ilm-fan rivojiga xam turtki berdi. Qadimgi Yunon materializmining vujudga kelishi er.av. 460-340 yillarda yashab o’tgan Demokrit nomi bilan bog’liq. Demokrit Frakiyadagi savdo shaharchasi Abderada tug’iladi. Yirik savdogar va quldorning o’g’li bo’lgan Demokrit bir qator mamlaktlarga sayohat qilib, Misr, Mesopatamiya, Hindistonda bo’lib, so’ngra Afinaga ham tashrif buyuradi va Suqrot bilan uchrashadi. Demokrit fanga atom tushunchasini kiritadi. (atom-yunoncha bo’linmas). Butun koinot atom zarrachalaridan tashkil topib, u eng kichik va bo’linmasdir. Demokrit fikricha butun borliq atomlardan va bo’shliqlardan tashkil topgan. Demokrit xam Geraklit kabi tabiatni abadiy o’zgaruvchan deb hisoblaydi.

Demokrit koinotni «Abadiy mavjuddir, uning na boshi va na oxiri bor» – deb aytdi. Shuningdek Demokrit falsafa, etika, psixologiya, matematika, fizika, tibbiyot, san’at va texnika sohasida ham faoliyat ko’rsatgan. U dialektik faylasuf bo’lib, haqiqat qarama-qarshi fikrlar to’qnashuvi natijasida vujudga keladi deb hisoblardi. Eramizdan avvalgi 481-411 yillarda Abderada yashagan faylasuf, yirik davlat arbobi bo’lgan Pratogor ham Demokrit qarashlari yo’lidan boradi. pratogor ateist bo’lib, xudosizlikda ayblanadi. Uning «O bogax» «Xudolar hakida» nomli asari yoqib yuboriladi. Bu asarning bizgacha yetib kelgan fragmentlarida quyidagi so’zlar yozilgan: «O bogax ya ne mogu znat ni togo chto oni sushyestvuyut, ni togo chto ix net; ni togo, kakov ы oni po vidu. Ibo mnogoye prepyatstvuyet znat eto: i neyasnost voprosa, i kratkost chelovecheskoy jizni». " Men xudolar haqida ularning borligini ham, ularning yo’qligini ham va ularning qanday ko’rinishda ekanligini ham bilmayman. Chunki masalaning noaniqligi va inson hayotining qisqaligi buni bilishga to’sqinlik qiladi". (Istoriya filosofii. M., 1957 y, T. 1, s.103). Taxminan ea.av. 460-370 yillarda kichik Osiyoga yaqin Kos orolida Qadimgi Yunonistonning buyuk vrachi afsonaviy Gippokrat yashagan. Gippokrat faoliyati natijasida Kos medisina maktabi tashkil topadi. Gippokrat bemorlarni kuzatish va o’rganish sistemasini tashkil etadi, davolashning bir qator yangi usullarini yaratadi. Uning "Gippokrat tuplami" yoki «Korpus Hippokratikum» nomli tibbiy asari 72 kitobdan iborat bo’lgan. Uning asarlarida dorivor o’simliklarning 236 ta xili tasvirlanib, xususiyatlari bayon etilgan. Buyuk shifokor qalamiga mansub «Gippokrat qasamyodi» hali ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. «Gippokrat qasamyodi»da tabib bilan bemor orasida bo’ladigan munosabat bayon etilgan. Gippokrat er.av. 375 yilda 85 yoshida vafot etgan. Eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan Suqrot – Qadimgi Yunonistonning yetuk faylasufi va oratori edi. Suqrot Afinada tosh kesuvchi (kaminotes) safronik oilasida tug’ildi. Yosh Suqrot dastlab otasining kasbi bilan shug’ullanadi. Keyinchalik bir qancha vaqtlar skulptor - haykaltarosh bo’lib ishladi. Afina akropoli yonidagi go’zallik ma’budalari –Aglaya, Yevfrosiniya va Taliya haykallarini Suqrot yasagan deyiladi. Bizgacha Suqrotning biron bir yozma manbalari yetib kelmagan, demak u o’z fikrlarini og’zaki bayon qilgan. Suqrot o’z ta’limini to’g’ri kelgan joyda, ko’chalarda, maydonlarda targ’ibot qilib, yurgan. Suqrot va uning ta’limoti haqidagi barcha bilimlarni biz uning o’quvchilari Aflotun va Ksenafont asarlaridan bilishimiz mumkin.