logo

Qang’ va Dovon davlatlari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.314453125 KB
Qang’ va  Dovon davlatlari.
Reja 
1. Qang‘  davlatining o‘rganlish tarixi
2. Qang‘ davlati davrida O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
3. Davan  davlati haqida yozma manbalar va ularning o‘rganilish tarixi
4. Davan davlatining ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy tarixi   
  Qang‘   davlati   va   uning   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayotini     o‘rganishga
doir bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va
Xitoy   solnomalarida   keltirilgan   ma’lumotlar   yetakchi   o‘rin   tutadi.   Qang‘   davlati
uning   hududlari   haqida   S.P.Tolstov,   keyinchalik   Ya.G‘ulomov,   K.Shoniyozov,
Yu.Buryakov va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan
Qang‘ davlatiga oid ma’lumotida, uning aholisi asosan ko‘chmanchilardan iborat
bo‘lganligini   yozgan.     Lekin   uning   rivojlangan   davrida   qang‘lilar   o‘rat   Sirdaryo
bo‘ylarini   egallangan   davrlarda   dehqonchmilikni   ham   o‘zlashtirib   olganlar.   Ular
asosan,   kam   chorvaga   ega   bo‘lgan   aholining   qambag‘al   qismi   bo‘lgan   degan
fitkrlarni berishgan.   
Qang‘   davlati   haqida     yozma   manbalar   ham   mil.avv.   2   asrning   ikkinchi   yarmiga
oid.     Xitoy   elchisi   Chjan   Syanning   hisobotida   va   xitoy   tarixchisi   Si-Syanning
“Shi-szi”   asarida   Qanh   davlatining   chegaralari   qo‘rsatilib   o‘tilgan.       Qang‘
davlatiga   oid   ko‘proq   ma’lumotlar   keiyngi   davrlarga   oiddir.   Ular   Xan-shu,   Vey-
shu,   Beyshu,   Tanshu   va   bq.   asosida     davlatning   rivojlanishi   va   qulashi   haqidagi
ma’lumotlarni   olamiz.     Tadqqiotchilar   bu   davlatning   Avesto   berilgan   Kanx   bilan
bir   deb   hisoblashadi.   Qang’   davlati   Yuechjilardan   keyin   ikkinchi   yirik
ko’chmanchilar   federatsiyasi   hisoblanadi.   Xitoy   manbalariga   ko’ra,   ular
Qang’yuylar Tyanshandan shimoli-g’arbda , janubda yuechjilar bilan chegaradosh
bo’lgan.   Uning   hududi   Toshkent   vohasi,   Amudaryo   va   Sirdaryo   oralig’ida
joylashgan bo’lib, uning markazi Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lgan 1
.  
Avestoda   bu   shaxarga   turlar     boshliqlarining   joyi   sifatida   tilga   olingan.     U
Sirdaryoning   shimoli   sharqida   joylashganligi   aniqlangan.   Bu   davlat   haqida
Firdavsiyning   Shohnomasida   ham   berilgan.   Unda   U   Kangdez   sifatida   tilgan
olinadi.    
Qang‘   davlati   O‘rta   Osiyoga   kirib   kelgan   qo‘chmanchi   qabilalar   birga
mil.avv. III asrda kirib kelgan. Milodiy   V   asrning o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan.
Uning   rivojlangan   davri     milodiy   I - II   asrlar   deb   ko‘rsatiladi.     Dastlab   uning
chegarasi   faqat   Sirdaryoning   o‘ng   qirg‘og‘idan,   Orol   bo‘yigacha   xududni
1
  History of civilizations of  Central Asia .  The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 
B.C. to A.D. 250 Volume II.1996 442 р. 545 р. egallagan.     Rivojlangan   davrda     uning   xududi-   Sharqda   Farg‘ona   va   Yettisuv,
Shimoli-sharqda   Orol   dengizi,   g‘arbda     Ural   oldi   xududigacha,   ya’ni
sarmatlargacha,     shimolda   Sirdaryoning   orqa   tomonidagi   cho‘llargacha,   janubda
Sug‘dgacha   borgan.   Bu   yerda   u   Kushan   davlati   bilan   chegaradosh   bo‘lgan.   Bu
davrda   uning   tarkibiga     O‘zbekistonning   asosiy   viloyatlari     Buxoro,   Toshkent,
Xorazm xududlari kirgan.  
  Bu   ulkan   9104   li   (3,4   ming   km)   hududdagi   qang‘arlar   yerida   mil.   avv   I   –
milodiy I-II asrlarda 120000 oila yoki 600000 kishi yashagan 3
.
  Qang‘   ko‘chmanchi   chorvachilik   bilan   shug‘ullanganlari   uchun   ularda   2
markaziy shaxar bo‘lgan. Yozma manbalarda Qang‘ davlatining poytaxti   Bityan
shaxri   bo‘lib,   u   Loyueni   mamlakatida   Tayanchi   ko‘li   bo‘yida   joylashgan   deb
yozilgan.     Podshoning       qishqi     rezidensiyasi   ham   bo‘lib,   u   bu   yerdan   7   kunlik
yo‘l   bo‘lgan.     Tadqiqotchilar     Bityan   shahrini   Toshkent   viloti   Oqqo‘rg‘on
tumanida   joylashgan   Kanqa   shaxri   deb   taxmin   qilishgan.   Lekin   uning   geografik
tasviri unga to‘g‘ri kelmaydi. Buni Buxoro xududidagi Poykent  ham deyishadi. 
Ularning yozgi qarorgohi O‘tror  hisoblangan. Qishda Qanha bo‘lgan. 
    Manbalarda Qang‘ davlatining boshqaruv tizimi  haqida  ma’lumotlar kam
uchraydi.   To‘ng‘ich   Xan   sulolasi   tarixida   (mil.   avv.   202—milodiy   25   y.)   bir
ma’lumotda   Qang‘uy   (Qang‘)   podshosi   o‘z   oqsoqollari   bilan   maslahatlashib   ish
tutganligi aytiladi. Bu Qang‘ davlatida davlat boshlig‘i jamoa orasidan tanlangan
maslahat   kengashi   bilan   ish   tutganligini   ko‘rsatadi.   Oqsoqollar   kengashi   asosan
qabila   boshliqlari   va   harbiy   sarkardalardan   tashkil   topib,   kengashlarda   ularning
fikrlari   yetakchi   mavqega   ega   bo‘lgan.     Ular   boshqaruv   tizimi   konfederatsiya
bo‘lgan. 
Qang‘ davlatiga qarashli yerlar viloyatlarga bo‘linib, ularni maxsus hokimlar
boshqargan.   Viloyat   boshliqlari   jabg‘u   yoki   yobg‘u   (Xitoy   solnomalarida
chjaovu)   deb   atalgan.   Qang‘arlarga   qarashli   tub   yerlarda   jabg‘ular   hoqonlarga
yaqin   kishilardan,   ularning   qavmu-qarindoshlari,   yirik   qabila   boshliqlaridan
tayinlangan. 
3 3
 Шониёзов К.Қанг давлати ва қанглилар. –Т.: «Фан», 1990,  – Б.  35. Tarixchi Sim a -Syan mil. avv. II asr ning ikkinchi yarmiga ga oid ma’lumotida
Qang‘uy   haqida,   «Bu   ko‘chmanchi   xalqlar   mamlakat i »   de gan   fikrni   bildiradi 4
.
Biroq To‘ng‘ich   Xan sulolasining tarixi (Syanxanshuda) ma’lumotlarida milodiy
I   asrning   boshlarida   qang‘uylarning   yarim   o‘troq   xalq   bo‘lganligiga   ishora
qilinadi.   Bu   sulola   tarixi   ma’lumotlariga   ko‘ra,     qang‘uylarda   chorvachilik
rivojlangan   bo‘lib,   qoramol   va   qo‘ylar i   ko‘p   bo‘lgan.   Ular   ko‘plab   zotli   otlar
yetishtirganlar.   Bu   davrda   mulkiy   tabaqalanish   kuchayib,   ch orva   mollarining
ko‘pchiligi     podsho l ar   va   ularning   qarindosh -urug‘lari   hamda   yirik   qabila
boshliqlari   va   harbiylarga   tegishli   bo‘lgan.   Aholining   asosiy   qismi
ko‘chmanchilardan   iborat   bo‘lgan   davlatda   bahor   kelishi   bilan   xoqon   va   uning
urug‘lari   qishgi   qarorgohdan   yozgi   qarorgohga,   ya’ni   Sirdaryoning   quyi
oqimidagi   o‘tloq   yerlarga   borib   o‘rnashganlar.   Kuzda   mollarini   orqaga
qaytarishib,   Keles   cho‘liga   va   tog‘   yon   bag‘irlaridagi   yaylovlarga   joylashganlar.
Chorvasi kam bo‘lgan aholining keng yaylovlar qidirib vohadan chiqib ketishiga
ehtiyoj   bo‘lmagan.   Ular   chorvachilikdan   tashqari   dehqonchilik   va
hunarmandchilik   bilan   shug‘ullanishgan.   Bu   vaziyat   qang‘lilarning   kambag‘al
qismini   o‘troq,   yarim   o‘troq   xo‘jalik   yuritishga   majbur   etgan.   Manbalarda
ko‘rsatilishicha,   Toshkent   vohasida   yashagan   dehqonlar   arpa,   bug‘doy,   tariq,
no‘xat,   sholi   va   boshqa   donli   ekinlar   yetishtirganlar,   mevali   daraxtlar   va
uzumzorlar ko‘p, sut-qatiq mo‘l bo‘lgan. 
Miloddan   oldingi   II   asr-   milodiy   III   asr   va   undan   keyingi   davrlarga   oid
manbalarda   qang‘arlar   (qang‘uylar)   Farg‘onaning   shimoli-g‘arbida,   unga
chegaradosh   rayonlarda   joylashganligi   eslatib   o‘tiladi.   Xitoy   elchisi   Chjan   Syan
miloddan   avvalgi   128   yili   Dovon   (Farg‘ona)ning   markazi   Ershida   va   Qang‘uy
hududlarida   bo‘lgan.   Uning   ma’lumotida   «Qang‘uy   Dovon   bilan   chegaradosh»
bo‘lganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qadimgi Xitoy solnomalarida qang‘arlarga qarashli
beshta   viloyat   –   Suse   (Kesh),   Fumu   (Zarafshon   vohasida,   hozirgi   Qattaqo‘rg‘on
tumani   hududlari    Miyonqoldagi   Kushaniya   shaxri),,  Yuni  (Toshkent   vohasi)  Gi
(Buxoro vohasi), Yuegyan (Xorazm vohasi, Urgench) bo‘lganligi aytilgan.. 
4 4
  Бичурин Н.Я. Кўрсатилган асар, II-жилд, – Б. 150. Qanxa, Shoshtepa,   Qovunchitepadan topilgan arxeologik manbalar qang‘lar
tarixini o‘rganishda muxim ma’lumotalr bergan. 
Qang‘ madaniyatining gullab yashnashida Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan
xalqlarning   So‘g‘d,   Farg‘ona,   Tyanshan   tog‘ining   shimoli-sharqiy   qismida
yashagan   xalqlar   bilan   yaqin   aloqada   bo‘lganligi   samarali   ta’sir   ko‘rsatgan.
Qadimgi   manbalarda   ko‘rsatilishicha   qang‘uylarning   shimoli-sharqiy   qo‘shnisi
Yansay (alanlar) hamda Buxoro (An, Ansi) aholisining urf-odati qang‘uylarnikiga
o‘xshash   bo‘lgan.  Solnomalarda  yozilishicha   qang‘uylarning  urf-odatlari,  turmush
tarzi   Shimoliy   Xitoy   va   Sharqiy   Turkistonda   yashagan   katta   yuechjilarnikiga
o‘xshash   bo‘lgan.     Qang‘lilarning   qo‘shni   xalqlar   bilan   moddiy   va   madaniy
aloqalarining kengayib borishida «Ipak yo‘li»ning ahamiyati katta bo‘lgan.
V   asr   o‘rtalarida   Qang‘   davlati   eftaliylarning   hujumi   natijasida   yemirilgan.
Oqibatda,   Qang‘   davlati   tarkibida   bo‘lgan   ko‘chmanchi   va   yarim   ko‘chmanchi
qabilalar   (qang‘li,   pecheneg)ning   katta   qismi   Sirdaryoning   quyi   oqimlariga   borib
joylashgan.   Bu   yerda   yashagan   bir   qancha   qabilalar   birlashib,   yangi   qabilalar
ittifoqini tashkil etishgan. Yangi qabilalar ittifoqi tarixda qang‘li (qang‘aras) nomi
bilan saqlanib qolgan. 
Farg‘ona   qadimiy   tarixga   ega   bo‘lib,   o‘ziga   xos   sivilizatsiyani
shakllantirgan.   Farg‘onaning   qadimgi   davrdagi   tarixi   keyingi   yillarda   ayniqsa,
mustaqillik   yillarda   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijada   yanada   oydinlashgan.
Qadimgi   Farg‘onaning   tarixini   yoritishda       Yu.A   Zadneprovskiy,   Gorbunova,
X.Matboboev, A.Anarboevlar ishlari diqqatga sazavordir. 
Farg‘ona   haqida   dastlabki   yozma   manba   Gerodotning   "Tarix"   asarida
uchraydi. Unda Sug‘diyonaning shimoli-sharqida "parikaniylar yurti" bo‘lganligini
eslatib o‘tiladi. Geradot malumotlariga ko‘ra, Xaumavarka saklari parikaniylarning
ajdodi   bo‘lib,   «parikaniylar   yurti»   paxlaviy   tekstlarida   «Parkan   davlati»   deb
yuritilgan». 
Farg‘ona   so‘zi   so‘g‘d   manbalarida   “Fraganik”   shaklida   yozilib,   “tog‘lar
orasidagi   vodiy,   atrofi   berk   soylik”   ma’nosini   anglatadi.   Xitoy   manbalarida
“Dayyuan,   ya’ni   Davan”   deb   yuritilgan.   Dayyuan   ham   “tog‘lar   orasidagi vodiy”ma’nosini beradi.
Farg‘ona   haqida   ko‘plab   ma’lumotlar   Xitoy   manbalarida   uchraydi.
Xitoyda   yilnomalar   tuzish   an’anasi   miloddan   avvalgi   III   asrdan   keyin   ya’ni
Xitoydagi mayda davlatchalar birlashgandan keyin shakllanadi.  Unga ko‘ra har bir
imperator   devonxonasida   maxsus   bo‘lim   bo‘lib,   uni   xodimlari   davlat   boshqaruvi
bo‘yicha   hujjat-materiallarni   to‘plashgan.   Keyinchalik   ular   har   bir   imperatorning
hukmronlik   davri   yilnomasiga   asos   bo‘lib   xizmat   qilgan.   Ulardan   birortasi   hali
xitoy   tilidan   boshqa   tillarga   to‘liq   tarjima   etilmagan.   Yevropa   tillaridan   tashqari
rus   tiliga   N.Ya.   Bichurin,   N.V.   Kyuner,   V.S.   Taskin,   A.G.   Malyavkin   kabi
xitoyshunoslar   (sinologlar)   tarjimalari   ma’lum   va   mashhur.   Mamlakatimizda
keyingi   paytlarda   A.Xo‘jaev,   A.   Abdurasul   o‘g‘li   tarjimalari   va   izohlaridan
foydalanilmoqda. 
                                  Yilnomalar ichida
1. Sima   Syanning   “Tarixiy   xotiralar”-   Shi-szi   (afsonaviy   davrlardan   to
miloddan avvalgi II asr oxirigacha voqealar tafsiloti),
2. Ban   Gu   (Min   Gyan)ning   “Ilk   Xannoma”   –   Xan   shu   (miloddan   avvalgi   I
asrdan to eramizning 25 yilgacha voqealar bayoni) 
3. Fan   Ye   (Yuy-Szun)ning   “Keyingi   Xannoma”   –   Xouxan   shu   (milodiy   25
yildan to 220 yilgacha tarixiy jarayonlar tafsiloti) 
4.   Ilk   o‘rta   asrlar   tarixi   Bey-shu   (   7   asr)   va   Tan-shu   (10   asr)   yilnomalarida
yozilgan.
  Bular   ichida   Sima   Syanning   “Tarixiy   xotiralar”   asari   katta   ahamiyatga   ega.
Ushbu asarning 123-bobi Markaziy Osiyoga ikki marta (miloddan avvalgi 136-128
va   115   yillari)   tashrif   buyurgan   elchi   Chjan   Szyanni   hisoboti   asosida   bitilgan.
Aynan   shu   shaxsning   Xitoydan   Farg‘ona   orqali   Markaziy   Osiyoga   tashrifi
paytidan e’tiboran – mil. avv. II asrdan Buyuk ipak yo‘liga rasman asos solinadi.
Chjan   Szyan   o‘z   hisobotida   “g‘arbiy   o‘lkalar”   –   Ustrushona,   Sug‘d,   Baqtriya,
Choch   va   b.   to‘g‘risida   ma’lumotlar   bergan.   Xitoylik   sayyoh   Farg‘ona   vodiysi haqida   ham   yozib   qoldirgan.   U   ma’lumotlarda   Davan   yoki   Dayuan   yuksak
rivojlangan   dehqonchilik   va   hunarmandchilik   mamlakati   ekanligini,   Farg‘ona
vodiysida 70 dan ortiq katta-kichik shaharlar mavjudligi va ulardan Ershi, Yuchen,
Guyshuan (Guyshan) muhim markazlar bo‘lganligi ta’kidlanadi.   Xitoy sayyohi va
elchisi   Chjan   Syan   qadimgi   Farg‘o na   xalqi   bilan,   uning   xulq-atvori,   urf-odatlari,
kuch   va   qudrati,   tabiati   va   hayvonot   dunyosi   yoritilgan.   Xitoy   manbalarini
o‘rganishda   Bichurinning   tarjimasi   muxim   ahamiyatga   ega.   Ko‘pgina
tadqiqotchilar qadimgi davr tarixini yortishda uning asaridan keng foydalanadilar.
Bichurin   Nikita   Yakovlevich   (Iakinf)   1777   -   1853   ,   hoz.   RFning   Chuvashiya
muxtor  respublikasi  Chebok-sari  tumani  —1853.11.5, Peterburg)  — xitoyshunos.
Peterburg   FA   muxbir   a’zosi   (1828   y.dan),   14   yil   (1807—21)   Pekindagi   rus   liniy
missiyasini   boshqargan.   Rossiya   Tashki   ishlar   vazir-ligida   tarjimon   bo‘lib
ishlagan. B. ning ilmiy ishlari mo‘g‘ul va turkiy-zabon xalklar tarixi, geografiyasi
va   etnografiyasiga   oid.   Uning   Turon   xalq-lari   qad.   tarixiga   bag‘ishlangan
«Qadimgi   davrda   O‘rta   Osiyoda   yashagan   xalklar   haqida   ma’lumotlar   to‘plami »
nom-li   uch   qismdan   iborat   asari   katta   ilmiy   qimmatga   ega.   Bugungi   kunda
O‘zbekistonda ham xitoy manbalari tarjimasi bilan shug‘ullanayotgan olimlarimiz
bor.   Ular   A.Xo‘jaev   va   Abdurasul   o‘g‘lidir.     Ular     «24   tarix»ning   Markaziy
Osiyoga tegishli barcha boblarini «Qadimgi Farg‘ona tarixidan» risolasida tarjima
qilib chop etishgan.       Ana shu «24 tarix»ning 1-3 jildlaridagi Markaziy Osiyoga
tegishli   qismlari   1987   yildan   boshlab   uyg‘ur   tiliga   tarjima   qilina   boshlandi.
Natijada Farg‘ona-Xitoy munosabatlariga doir yangi   malumotlar olish imkoniyati
tug‘ilgan. Xitoy manbalarida Farg‘ona  Davan-Dayuan (Da-Van-katta Van)  tarzda
berilgan.   1756-1758   yillarda   fransuz   xitoyshunos   olimi   M.   Degin     dastlab
Davanining     Farg‘ona   ekanligini   isbotlab   bergan.   Keyingi   davrlardagi   tadqiqotlar
ham   buni   tasdiqlagan.     Xitoy   manbalarida   Farg‘ona   turli   davrlarda   turlicha
nomlangan. Milodiy 5 asrda –Lona yoki Polona, 6-7 asrlarda Baxon, 7-8 asrlarda
Ninyuan. Tadqiqotlar davomida bu nomlarlarning barchasi Farg‘ona bilan bog‘liq
ekanligini   isbotlangan.     Milodiy   VII   asrga   oid   xitoy   manbasi   Bey-shida   qadimgi
Farg‘ona   –   “Pakanna”,   “Boxan”,   "Feyxan"   nomlari   bilan   tilga   olinadi.   Bey-shida Feyxan bekligi poytaxtining aylanasi 4 li (1 li 576 m.ga teng) deyilgan. Bey-shida
"xukmdor taxti oltin qo‘chqor qiyofasida ishlangan" deb tarif beriladi. Boshqa bir
xitoy manbasi Tan-shuda (X asr) "Mamlakatni milodiy III asrdan to VII asrgacha
bir sulola boshqargan"ligi qayd qilinadi. Demak, oltin qiyofasida ishlangan taxtda
o‘tirgan   xukmdor   mahalliy   dehqonzodalardan   biri   bo‘lib,   to‘rt   asr   davomida
Farg‘ona mulkini boshqarib kelgan va nihoyat VII asrdan boshlab Farg‘ona mulki
turk sulolalari tomonidan boshqarila boshlagan (Asqarov, 2003, 3 sahifa).     Arab
tarixchilari   Yaqut   va   Kudamolarning  xabar   berishiga   qaraganda   ilk  o‘rta   asrlarda
nafaqat   Farg‘ona   mulki,   balki   uning   bosh   shahri   ham   Fraganik   deb   yuritilgan,
aniqrog‘i   viloyat   uning   bosh   shahri   nomi   bilan   yuritilgan.     Davan   davlatning
chegaralari to‘liq aniqlangan emas. Chjan Szyanning ko‘rsatmasiga binoan, uning
shimoli g‘arbida   Qangyuy bilan, janubda yuechjilar bilan, shimolda usunlar bilan
chegaradosh   bo‘lganligi   yozib   qoldirilgan.     Davan   Xitoy   poytaxtidan   10   000   li
uzoqda joylashgan. 1 li 576 m.ga teng
  Farg‘ona xududida ilk davlatchilikning shakllangan davrni mil.avv. V-IV
asrlar   bilan   bog‘lashadi.   Chunki   xuddi   shu   davrga   oid   arxeologik   yodgorlik   –
Shurabashatda   ilk   davlatchilik   elementlari   topilgan.     Shurabashad   O‘zgan   shahri
yaqinida joylashgan. 70 gektar maydonni egallagan.   Chust madaniyatining oxirgi
bosqichida esa, ilk davlatchilik elementlari - Chifdom shakllangan. 
Davan   haqida   ilk   ma’lumot   mil.avv.II   asrga   oid   bo‘lsa,   oxirgi   ma’lumot
mil.  III  asrga oid. Mil. 280-289 yillarda Xitoy elchisi Farg‘onaga kelgan.  Shundan
keiyn   ma’lumotlar   uchramaydi.   Faqatgina   imperator   Vey   Du   Van   436   yilda
Polonaga   elchisini   yuborganligi   qayd   etilgan.   Bu   davrda   qadimgi   Farg‘onada
siyosiy vaziyat  o‘zgargan. Davan davlati  400-500 yil davomida   mavjud bo‘lgan.
yozma   manbalarga   qaraganda   aholisining   25   %   shaharlarda   iste’qomat
qilgan.Qadimgi   Farg‘ona  podshosini   –Van  deb  atashgan.  Bir  necha   hukmdorning
ismlari saqlanib qolgan- Mosay, Chan Fin, Mugua, Yanlyu.  
Davlatni   boshqarishda   oqsoqollar   kengashi   muxim   o‘rin   egallagan.
Oqsoqollar Kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy Kengash oldida hukmdorning  huquqi cheklangan. Ayniqsa, urush va tinchlik,
diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquqiy oliy Kengash qo‘lida edi. Oliy
Kengash   hukmdorni   hokimiyatdan   tushirishi,   uning   urniga   yangisini   saylashi
mumkin   bo‘lgan.Hattoki   hukmdorning   taqdirini   ham   hal   etishgan.   Urushdagi
mag‘lubiyati uchun van Mosay aybdor deb topilib, qatl etilgan. Hitoy elchisi ham
jahl ustida oltin ot halkalini otib yuborganda oqsoqollarning jahlini chiqaradi. Uni
ham o‘limga mahkum etadilar. 
Davan   davlatining   siyosiy   tuzumi   shahar-davlat   yoki.   voha-davlatlarning
erkin   ittifoqidan   tashkil   topgan   konfederatsiya   edi.   Har   bir   shaxarni     mustaqil
faoliyat yurituvchi  hokim boshqargan.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda, Xitoy manbalarida qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra,
Davanda   dehqonchilik   madaniyati   avj   olgan,   yilqichilik   rivojlangan.   Chjan
Syanning   ma’lumoticha,   Davanda 70 ga yaqin katta va kichik shaharlar bo‘lgan.
Ularning har biri mustaqil o‘z xukmdoriga ega. Davanda 60 ming (300 ming kishi)
oila yashaydi, ulardan 60 ming yaxshi qurollangan otliq askar to‘planadi. Ular otda
turib   kamon   otishda,   nayza   sanchishda   mohir   jangchi   bo‘lishgan.   Qadimgi
Farg‘onada   qishloq   xo‘jaligi   taraqqiy   qilgan.   Shaharlar     sug‘orish     sistemasi
mavjud   xududlarda   shakllangan   va   rivojlangan.   Farg‘ona   aholisi   eroniy   tilda
so‘zlashgan 2
. 
Davan   aholisi   sug‘orma   dehqonchilik   va   bog‘dorchilik   bilan
shug‘ullangan.   Ular   savdoda   mohir   va   uddaburon,   yilqichilikda   "qanotli"
arg‘umoqlar   yetishtirishga   katta   e’tibor   beradilar.   Marhamat   yaqinida   joylashgan
Aravon   yaqinida   xitoylar   ta’rif   bergan   «uchqur   (samoviy)   otlar»   tasviri   solingan
qoya tosh suratlari topilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra esa bunday uchqur tulporlar
aynan Davan podsholigida yetishtirilgan.
Bog‘dorchilik,   birinchi   navbatda   uzumchilik   keng   rivojlangan.   Uzumdan
sharbat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Boy yer egalarining yerto‘lalarida bir necha
10   yillar   avval   tayyorlangan   vinolar   saqlanadi,   deydi   Chjan   Syan.   Biroq   ularda
2
  History of civilizations of  Central Asia .  The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 
B.C. to A.D. 250 Volume II.1996, p.444. Parfiya,   Baqtriya,   Xorazm,   So‘g‘dda   bo‘lgani   singari   tanga   pullar   zarb   etish
bo‘lmagan. Savdoda pulsiz mol ayirboshlash keng yo‘lga qo‘yilgan. 
  Antik   davrda   Farg‘onada   hunarmandchilik   keng   rivojlangan.
To‘qimachilik  va   kulolchilik  rivojlangan.  Ijtimoiy  va   siyosiy   hayotda   ayollarning
o‘rni katta bo‘lgan. Ularga nisbatan hurmat kuchli bo‘lgan. Xitoy tarix chilarining
yozishicha,   agar   ayol   eriga   biror   topshiriq   qilsa,   er   topshiriqni   bajarmaslikni
xayoliga ham kelti ra olmagan. Xitoy tarixchilari qadimgi Farg‘ona aholi sini tashqi
qiyofada   qang‘arlarga   o‘xshab   ketadi.   Ular   cho‘ziq   yuzli   va   qalin   soqolli
bo‘lganlar,   deb   tariflay di.   Chjan   Syan   Davandan   (Farg‘onadan)   to   An’se
(Parfiya)gacha bo‘lgan hududlarda yashovshi aholining tili xar xil bo‘lsa-da, ammo
ular   bir-   birlarini   tushunishini,   ularning   urf-odatlari   ham   bir-birlariga   o‘xshash
bo‘lganligini ta’kidlaydi.
Davan 60 ming qo‘shinga ega edi. Piyoda askarlar oddiy qurollangan, otliq
qo‘shin   harbiy   mahoratda   tengi   yo‘q   bo‘lgan.   Ularning   chopar   ot   ustida   turib,
orqaga   qayrilib   kamondan   uzgan   o‘qlari   dushmanni   dog‘da   qoldirardi.   Ularning
ayollari ham kamondan o‘q uzishda erlaridan qolishmagan.
Xitoy     yilnomalarida   tilga   olingan   shaharlarning   o‘rni   qaerda   bo‘lganligi
va uning poytaxti masalasi uzoq yillar davomida tarixchi arxeolog olimlar o‘rtasida
ko‘plab baxslarga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda bu masallarga oydinlik kiritilgan
bo‘lsa,   ba’zi   tarixiy   asarlarda   ularning   turli   xil   talqini       uchraydi.   X.   Matboboev
ularning   chuqur   taxlil   qilgan.   Shaxarlarning   joylashuvini   ham   arxeologik   ham
yozma   manbalarni   solishtirgan   holda   isbotlab   bergan.   Davan   davlati   poytaxti
masalasi   o‘zoq   yillar   davomida   bahslarga   sabab   bo‘lgan .   Manbalarda   biron   bir
shahar   poytaxt   deb   tilga  olinmagan.   Sababi   xitoyliklar   poytaxt   deganda   faqat   o‘z
poytaxtini   tushunganlar.   Qolgan   davlatlarni   poytaxtlarini   du   –   qarorgoh
(rezidensiya)   deb   ataganlar   degan   fikrni   qoldirgan   Bichurin.       Bichurin   yozma
manbalar asosida uni Guyshan deb yozgan.  Guyshan shahrining o‘rni haqida ham
bir   fikr   yo‘q.   Ya’ni   u   Mug‘qala   (hozirgi   Kosonsoy)   (Bernshtam   A.N.,
Zadneprovskiy   Yu.A.),   O‘ratepa   (Tojikiston),   O‘sh   (Qirg‘iziston)   shaharlari
(Borovkova   L.A.),   Namangan   viloyati   To‘raqo‘rg‘on   tumanidagi   Munchoqtepa (Matboboev   B.)   va   Axsiket   (Anarboev   A.)   bilan   taqqoslanadi.   Ushbu
tadqiqotchilar   keltirayotgan   dalil-isbotlarning   kuchli   tomonlari   ham   bo‘sh
tomonlari   ham   mavjud.   Ammo,   bir   narsa   aniqki,   Guyshan   vodiy   shimoliy
hududida   joylashgan   bo‘lishi   va   miloddan   avvalgi   birinchi   asrda   bosh   shahar
bo‘lgan. Sharqshunos A. Xo‘jaev yaqinda e’lon etilgan maqolasida poytaxt shahar
deb   Yuan-cheng   degan   shahar   nomini   keltiradi.     XX   asrning     70-80-yillarida
Sankt-Peterburglik farg‘onashunos Yu.A. Zadneprovskiy yozma manbalarni diqqat
bilan   o‘rganib,   Davanda   xuddi   qo‘shni   Kanguy   davlatiga   o‘xshab   ikkita   poytaxt
mavjud   edi   va   ulardan   biri   qarorgoh   (rezidensiya)   bo‘lishi   kerak   degan   fikrni
bildirgan   (Zadneprovskiy   Yu.A.,   2000).   Kanguyda   yozgi   va   qishki   qarorgohlar
mavjudligi   tarixiy   fakt.   Shu   nazardan   qaraganda   Yuan-cheng   qarorgoh   bo‘lishi
mumkin.   Chunki,   tadqiqotchilar   N.Ya.   Bichurin   tarjimalarida   Yuan-cheng
toponimi   “rezidensiya   davanskoy”   yoki   “davanskaya   rezidensiya”   deb   olinganini
ta’kid   etadilar   (Xo‘jaev   A.,   2011.   S.26).   Yuan-cheng   shahri   haqida   qiziqarli
g‘oyani  ilgari surayotgan A. Xo‘jaev uni  Andijon o‘rnida bo‘lishi  mumkin degan
fikrni   bildiradi.    Eski  shahar   qismidan   aniqlanayotgan  arxeologik  topilmalar   buni
tasdiqlaydi. Hozirda Andijon shahrining100 sm.gacha va undan ziyod qalinlikdagi
quyi   qatlamlaridan   2400-2600   yillik   arxeologik   kompleks   topib   o‘rganildi
(Matbabaev   B.X,   Mashrabov   Z.Z.,   2011).   Qadimgi   davrda   Davanning   poytaxti
Ershi   shahri   bo‘lgan.     Ershi   bu   Andijon   viloyatining   Marhamat   shahri   yonida
joylashgan Mingtepa yodgorligidir.
1.   Mingtepa   arxeologik   kompleksi   (mudofaa   devorlari,   ichki   va   tashqi   shahar,
sopol buyumlari) davriy jihatdan Xitoy yilnomalarida keltirilgan vaqt (mil. avv.  II)
– miloddan avv. 136-115 yillarga to‘g‘ri keladi va ular salmog‘i ham yetarlicha.
2.   Xitoy   manbalari   xabar   bergan   Ershining   «o‘rta   shahri»   qoldiqlari   (bu   haqda
qarang: Bichurin N.Ya., 1950. S. 165) faqat Mingtepada saqlangan (maydoni yangi
ma’lumotlarga   ko‘ra40   gektar).   O‘rta   shahar   ikki   qator   kuchli   mudofaa   devorlari
bilan   o‘ralgan,   ular   arxeologik   jihatdan   qayd   etilgan   (Bernshtam   A.N.,   1948.   S.
155-161, ris. 2). 3. Ershi xitoyliklarni vodiyga kirib kelishdagi Yu (Yuchen)dan keyingi shahar edi.
Yodgorlikning yana bir muhim jihati uni geostrategik muhim nuqtada joylashgan .
  Hozirda   bu   shaharning   faqat   15-20   foizigina   saqlanib   yetib   kelgan,   xolos.
2011 yildagi samodan olingan surat va o‘tgan asrdagi ma’lumotlar solishtirilganda
yodgorlikning maydoni 150-160 gektar bo‘lgan. Ichki qal’a 40 gektarni egallagan.
To‘rtburchak   shaklidagi   burjlar   bilan   mustahkamlangan   mahobatli   mudofaa
devorlari  bilan o‘ralgan edi. Ichki  shahar  markazida hukmdor qarorgohi bo‘lmish
ark   qad   ko‘targan   edi.   1985-1986   yillardagi   arkdagi   qazishmalarga   ko‘ra   unda
mahobatli   binolar   qoldig‘i   aniqlangan.     Arxeologik   ma’lumotlarga   qaraganda   u
miloddan avvalgi III asrda bunyod etilgan ikki qator mudofaa devori bilan o‘ralgan
ichki hamda tashqi shaharlardan iborat edi. Yodgorlik rejasini o‘rganishda yaqinda
muhim yangilik qo‘lga kiritildi. 2011 yili samodan olingan suratlar tahlil etilganda
Mingtepa   ichki   shahrini   rejasi   shu   vaqtgacha   kitoblardagi   to‘g‘ri   to‘rtburchakli
emas,   balki   parallelogramma   ko‘rinishdagi   ekanligi   ayon   bo‘ldi.   Uning   rejasida
ko‘plab   belgilariga   ko‘ra   ilk   temir   davrinng   eng   yirik   yodgorligi   Eylatan   bilan
o‘xshash   tomonlari   aniqlangan.   Buni   keng   o‘rganish   yodgorlikning   ko‘pgina
tarixiy jihatlari yanada aniqlashtiriladi. Shu maqsadda Xitoy Farg‘ona xalqi ustiga
qo‘shin tortib borishga bahona qidirardi. Miloddan avvalgi 104 yilda bahona ham
topildi.   Farg‘onaliklar   tomonidan   Xitoy   fuqarosi   She   Linning   o‘ldirilishi   ularga
Davanga  qo‘shin  tortib  borishga   bahona  bo‘ldi.  Qo‘shinga   bosh  qo‘mondon  qilib
Li   Guangli   tayinlangan.   Xitoyliklar   Davan   ustiga     birinchi   bor   harbiy   urushi,
mag‘lubiyatga uchrab,   miloddan avvalgi 102 yilda   Xitoyga qaytadilar.     Birinchi
yurishda   Xitoy   istilochilari   Ershi   shahrigaga   yetmasdanoq   qo‘shinlarining
anchasidan   ayrilgan.   Yo‘lda   charchagan,   och     qolgan   qo‘shin   O‘zgan   shaxriga
bo‘lgan     xujumda   katta   talafot   ko‘rgan.   Li   Guangli   qolgan   kuchlari   b-n
Dungxuangga qaytib kelgan. Xitoy qo‘shinining Fargonaga 1-yurishi 2 yil da-vom
etgan.   l-hujum   Xitoy   askarlari-ning   mag‘lubiyati   b-n   tamom   bo‘lgan.   U-dining
farmoniga   binoan,   zudlik   b-n   qaytadan   urush   tayyorgarligi   kurilib,     bir   yildan
so‘ng, miloddan avvalgi 101 yilda 60 ming kishilik qo‘shin bilan Farg‘ona yurtiga ikkinchi   marta   xarbiy   yurish   uyushtiradi.   Bu   safar   urushga   maxsus   tayyorgarlik
ko‘rildi. Bu yurishda xitoyliklar  60 ming askar, hamda ularni oziq-ovqat va qurol-
yaroq bilan ta’minlab turish, shuningdek, urushda ko‘maklashish  uchun yana 130
ming   kishi   jalb   qilingan   edi.   Qo‘shinga     50dan   ortiq   tajribali   lashkarboshilar
boshchilik qilgan. Armiyaga shaharlar qamal holatga o‘tganda suvsizlikdan taslim
etish   choralarini   ko‘ruvchi   mutaxassislar   arg‘umoq   otlarni   tanlay   oladigan
mutaxassislar   jalb   etildi,   otlar   uchun   quruq   yem-xashak   g‘amlandi.   Birinchi
jangdayoq xitoyliklarning qo‘li baland kelib, davanliklar chekinadilar. Yerli  aholi
ko‘p   sonli   Xitoy   askarlari   bilan   ochiq   maydonda     jang   qilishdan   qochib,   mayda-
mayda guruhlarga bo‘linib qal’alarga yashirinadilar.Tashqi shaharni bosib olgach,
ichki shaharga bostirib kira boshlaydilar. Nihoyat Xitoy qo‘shinlari   Ershini qamal
qiladilar. 40 kuncha davom etgan qamaldan so‘ng dushman shahar tashqi devorini
buzib,   shahar   ichiga   kiradi   va   uning   bir   qismini   egallaydi.   Ammo   mudofaachilar
ham bo‘sh kelmaydilar. Davan podsholigining oqsoqollar Kengashi o‘z vakillarini
xitoyliklar huzuriga yuborib, dushman oldiga o‘z shartlarini qo‘yadilar. Ular, agar
Xitoy armiyasi xarbiy harakatni to‘xtatsa o‘z hukmdori qaysar Muguani o‘ldirishni
hamda   bir   necha   “samoviy   otlarni”   va   Xitoy   armiyasi   uchun   yetarli   oziq-ovqat
berishlarini va’da qiladilar.   Agar bu shartlarga ko‘nmasa mudofaachilar qarshilik
ko‘rsatishni   davom   qildirishini   va   oldindan   kelishuvga   ko‘ra,   ularga   Qang‘uy
qo‘shinlari yordamiga yaqin kunlar ichida kelishini xabar qiladilar.  Xitoy qo‘shini,
o‘zlariga   eng   yaqin   hisoblangan   Usun   xonligidan   yordam   kelmagandan   so‘ng,
Qang‘   davlati   qo‘shini   Farg‘onaga   yordamga   ke lib   qolishidan   xavotirlanib,
farg‘onaliklar   qo‘ygan   shart   b-n   sulh   tuzishga   majbur   bo‘lganlar.   Holdan   ketib,
tinkasi   qurigan   xitoyliklar   bunga   rozi   bo‘lib,   bir   necha   arg‘umoq   otlar   va   3ming
boshqa   turdagi   otlar   olib   qaytadilar.   Xitoy   tarixchisi   Sima   Syanning   xabariga
ko‘ra, Mugua o‘ldirilib, uning o‘rniga Farg‘ona davlatining sobiq keksa hukmdori
Mosay taxtga o‘tqaziladi. Shundan so‘ng ikki oradagi urush tuxtaydi va Xitoyning
qoldiq   askarlari   yo‘l-yo‘lakay   kutilmagan   to‘sqinliklarga   uchrab,   Sharqiy
Turkistonga   yo‘l   oladilar.   O‘zgan   aholisi   xitoyliklar   qoldirib   ketgan   qo‘shinni
oziq-ovqat   va   yem-xashak   bilan   ta’minlashdan   bosh   tortib,   butun   otryadni   qirib tashlaydi.   Buni   eshitgan   Xitoy  qo‘shini   yana   orqaga   qaytib,  O‘zganni   qattiq  jang
bilai   qo‘lga   kiritadi.   Qang‘   davlatiga   qochib   ketgan   shahar   hokimi   xitoyliklarga
topshirishni talab qiladi va uni qo‘lga kiritgach boshini tanasidan judo etadi. Biroq
bu   tadbirlar   yerli   aholini   tinchitmaydi.   Xitoy   armiyasi   Davandan   chiqib   ketishi
bilanoq   aholi   Mosayni   taxtdan   tushi rib,   Muguaning   inisini,   hukmdor   qilib
ko‘taradi.   O‘rta   Osiyo   hududlarida   Efta litlar   davlati   qaror   topgach,   qadimgi
Farg‘ona davlati o‘z mustaqilligini yo‘qotgan.
QANG‘ DAVLATI DAVRIDA O‘RTA OSIYo XALQLARINING
IJTIMOIY-IQTISODIY HAYoTI
Musaev   N.U.   –   ToshDAU  professor i
Tog‘aev M. (TPTI)
Qang‘   davlati   va   uning   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayotini     o‘rganishga
doir bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va
Xitoy   solnomalarida   keltirilgan   ma’lumotlar   yetakchi   o‘rin   tutadi.   Qang‘   davlati
uning   hududlari   haqida   S.P.Tolstov,   keyinchalik   Ya.G‘ulomov,   K.Shoniyozov,
Yu.Buryakov   va   boshqalar   izlanishlar   olib   borishgan.   Akademik   K.
Shoniyozovning   fikricha,   Qang‘   davlati   taxminan   mil.   avv.   III   asr   boshlarida
qang‘arlarning O‘rta Osiyoga bostirib kelgan makedoniyalik Iskandar qo‘shinlari
va   ulardan   keyin   yunon-makedoniyaliklardan   tashkil   topgan   Salavkiylar   davlati
(mil.   avv.   312-250   yy.)ga   qarshi   uzluksiz   ravishda   olib   borgan   kurashlari
natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik, Yunon-Baqtriya davlati (mil.avv. 250-140
yy.)   hamda   qo‘shni   ko‘chmanchi   qabilalar   bilan   bo‘lgan   kurashlar   natijasida
Qang‘ davlati mustahkamlanib, O‘rta Osiyoda shakllangan yirik davlatlardan biri
qatorida   tilga   olinadi 1
.   Xitoy   tarixchisi   Sima   Syan     Qang‘   davlatiga   oid
ma’lumotida,   uning   aholisi   asosan   ko‘chmanchilardan   iborat   bo‘lganligini
yozgan.
Qadimgi   manbalarda   Qang‘   davlati   qay   darajada   idora   qilinganligi   haqida
mukammal   bo‘lmasada   ma’lumotlar   uchraydi.   To‘ng‘ich   Xan   sulolasi   tarixida
(mil.   avv.   202—milodiy   25   y.)   bir   ma’lumotda   Qang‘uy   (Qang‘)   podshosi   o‘z
1 1
 Шониёзов Канг давлати ва қанглилар. –Т.: «Фан», 1990,  – Б.  27. oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi aytiladi 2
. Bu Qang‘ davlatida davlat
boshlig‘i   jamoa   orasidan   tanlangan   maslahat   kengashi   bilan   ish   tutganligini
ko‘rsatadi. Oqsoqollar kengashi asosan qabila boshliqlari va harbiy sarkardalardan
tashkil   topib,   kengashlarda   ularning   fikrlari   yetakchi   mavqega   ega   bo‘lgan.   Bu
jamiyat   ibtidoiy   davrga   xos   bo‘lgan   turmush   tarzidan   to‘la   xalos
bo‘lmaganligidan, podsho hokimiyati to‘la shakllanib ulgurmaganligi  va ma’lum
darajada   chegaralab   qo‘yilganligidan,   jamiyatni   boshqarishda   maslahat   majlisi
ma’lum   mavqega   ega   bo‘lganligidan,   davlat   boshqaruvida   harbiy   demokratiya
prinsiplari saqlanib qolganligidan dalolat beradi. Qang‘ davlatida bu hol quldorlik
davrida ham kuzatiladi. 
Qang‘ davlatiga qarashli yerlar viloyatlarga bo‘linib, ularni maxsus hokimlar
boshqargan.   Viloyat   boshliqlari   jabg‘u   yoki   yobg‘u   (Xitoy   solnomalarida
chjaovu 3
)   deb   atalgan.   Qang‘arlarga   qarashli   tub   yerlarda   jabg‘ular   hoqonlarga
yaqin   kishilardan,   ularning   qavmu-qarindoshlari,   yirik   qabila   boshliqlaridan
tayinlangan. Qang‘arlarga tobe, biroq markazdan uzoq yerlar, jumladan Xorazm,
Yansay  (alanlar  yeri),  Yan  (ugro-fin qabilalari   yerlari)  va  boshqalar   o‘sha  yerlik
zodagonlar tomonidan boshqarilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.  
Tarixchi Sim a -Syan mil. avv. II asrga oid ma’lumotida Qang‘uy haqida, «Bu
ko‘chmanchi   xalqlar   mamlakat i »   de gan   fikrni   bildiradi 4
.   Biroq   To‘ng‘ich     Xan
sulolasining   tarixi   (Syanxanshuda)   ma’lumotlarida   milodiy   I   asrning   boshlarida
qang‘uylarning   yarim   o‘troq   xalq   bo‘lganligiga   ishora   qilinadi.   Bu   sulola   tarixi
ma’lumotlariga ko‘ra,   qang‘uylarda   chorvachilik rivojlangan bo‘lib,   qoramol va
qo‘ylar i   ko‘p bo‘lgan.  Ular   ko‘plab  zotli  otlar  yetishtirganlar.   Bu  davrda  mulkiy
tabaqalanish   kuchayib,   ch orva   mollarining   ko‘pchiligi     podsho l ar   va   ularning
qarindosh -urug‘lari hamda yirik qabila boshliqlari va harbiylarga  tegishli bo‘lgan.
Aholining asosiy   qismi  ko‘chmanchilardan  iborat   bo‘lgan  davlatda   bahor  kelishi
bilan   xoqon   va   uning   urug‘lari   qishgi   qarorgohdan   yozgi   qarorgohga,   ya’ni
Sirdaryoning quyi oqimidagi o‘tloq yerlarga borib o‘rnashganlar. Kuzda mollarini
2 2
  Бичурин   Н.Я.   Собрание   сведений   о   народах,   обитавших   в   средней   Азии   в
древние времена. –Т.  II , -М.-Л., 1950 .  –  С. 190.
3 3
  Ў ша ерда, – Б. 274-275.
4 4
 Бичурин Н.Я. Кўрсатилган асар, II-жилд, – Б. 150. orqaga   qaytarishib,   Keles   cho‘liga   va   tog‘   yon   bag‘irlaridagi   yaylovlarga
joylashganlar.   Chorvasi   kam   bo‘lgan   aholining   keng   yaylovlar   qidirib   vohadan
chiqib ketishiga ehtiyoj bo‘lmagan. Ular chorvachilikdan tashqari dehqonchilik va
hunarmandchilik   bilan   shug‘ullanishgan.   Bu   vaziyat   qang‘lilarning   kambag‘al
qismini   o‘troq,   yarim   o‘troq   xo‘jalik   yuritishga   majbur   etgan.   Manbalarda
ko‘rsatilishicha,   Toshkent   vohasida   yashagan   dehqonlar   arpa,   bug‘doy,   tariq,
no‘xat,   sholi   va   boshqa   donli   ekinlar   yetishtirganlar,   mevali   daraxtlar   va
uzumzorlar ko‘p, sut-qatiq mo‘l bo‘lgan 1
. 
Miloddan   oldingi   II   asr-   milodiy   III   asr   va   undan   keyingi   davrlarga   oid
manbalarda   qang‘arlar   (qang‘uylar)   Farg‘onaning   shimoli-g‘arbida,   unga
chegaradosh   rayonlarda   joylashganligi   eslatib   o‘tiladi.   Xitoy   elchisi   Chjan   Syan
miloddan   avvalgi   128   yili   Dovon   (Farg‘ona)ning   markazi   Ershida   va   Qang‘uy
hududlarida   bo‘lgan.   Uning   ma’lumotida   «Qang‘uy   Dovon   bilan   chegaradosh»
bo‘lganligi   ko‘rsatib   o‘tilgan 2
.   Ko‘rsatilgan   manbalar   asosida   qang‘arlar   yerlari
sharqda   Farg‘ona   vodiysi,   shimoli-sharqda   usunlar,   shimoli-g‘arbda   Sarisuv
daryosi va g‘arbda Sirdaryoning o‘rta oqimlarigacha cho‘zilgan. Bu ulkan 9104 li
(3,4   ming   km)   hududdagi   qang‘arlar   yerida   mil.   avv   I   –milodiy   I-II   asrlarda
120000 oila yoki 600000 kishi yashagan 3
.
Miloddan   avvalgi   II,   milodiy   II   asrlarda   Qang   davlatining   kuchaygan   davri
bo‘lgan.   Bu   davrda   Qang   davlatiga   uning   asosiy   yerlari   (Sirdaryoning   o‘rta
oqimlari)   dan   tashqari   boshqa   viloyatlar   ham   qaragan.   Qadimgi   Xitoy
solnomalarida   qang‘arlarga   qarashli   beshta   viloyat   –   Susye   (Kesh),   Fumu
(Zarafshon   vohasida,   hozirgi   Qattaqo‘rg‘on   tumani   hududlari),   Gi   (Buxoro
vohasi),   Yuegyan   (Xorazm   vohasi)   bo‘lganligi   aytilgan.   Ilk   temir   davrida
Toshkent   vohasida   ham   dehqonchilik   va   chorvachilik   ancha   rivojlangan.
Ohangarondagi   Burg‘uluq   manzilgohidan   topilgan   ashyolar   bunga   guvohlik
beradi.   Bu   yerda   turarjoylar   yarim   yerto‘lalardan   iborat   bo‘lib,   madaniy
qatlamdan   sopol   idish   parchalari,   bronza   o‘roqlar,   o‘q   uchlari   va   tosh   qurollar
1 1
  Кюннер Н.В. Китайские известия о народах Южной  Сибири, Центральной  Азии и Дальнего Востока. –
М., 1960. –  С.  97, 175.
2 2
 Ўша ерда,  – Б.  150.
3 3
 Шониёзов К.Қанг давлати ва қанглилар. –Т.: «Фан», 1990,  – Б.  35. topilgan 4
. Toshdan yasalgan ish qurollari bilan dehqonchilik qilish qiyin bo‘lgan.
Bu   ayni   paytda   yerning   hosildorligiga   ham   salbiy   ta’sir   ko‘rsatgan.   Milodiy   I-II
asrlarda   O‘rta   Osiyoda   mehnat   va   jang   qurollari   tayyorlashda   temirdan   keng
foydalanila   boshlangan 5
.   Hunarmandlar   Chotqol   va   Qurama   tog‘laridan
temirchilik va misgarlik uchun ma’danlar qazib olishgan.
Bu   davrda   vohada   katta   va   kichik   kanallar   qazilib,   yerlarni   sun’iy
sug‘orishga   e’tibor   kuchaygan,   chorva   mollariga   omoch   qo‘shib   yer   haydash
ommaviy tus olgan. Ekinzorlar, tokzorlarga   ishlov berishda hayvonlar  kuchidan
ham   keng   foydalanilgan 6
.   Dehqonlar   o‘rilgan   donli   ekinlarni   ot   va   ho‘kizlar
yordamida   yanchib   olganlar.   Choshtepadan   topilgan   ashyolarning   dalolat
berishicha,   dehqonlar   donni   maxsus   o‘ralarda   saqlashgan.   Odamlar   donni
cho‘zinchoq   shakldagi   enli     toshlar   orasiga   solib   ishqalashgan   va   yorma
tayyorlashgan.   Yumaloq   shakldagi   qo‘l   tegirmonlarida   un   tortish   ommaviy   tus
olgan 7
.   
Qovunchida   olib   borilgan   arxeologik   topilmalar   Qang‘   davlati   aholisining
turmush   tarzini   o‘rganishda   muhim   o‘rin   tutadi.   Qovunchi   manzilgohi
qatlamlaridan me’morchilik qoldiqlari, suyak va metalldan yasalgan buyumlar va
ish  qurollari  (o‘roq,  pichoq,  motiga),  kamon  o‘qlarining  uchlari,  matolarning  bir
necha   xil   namunalari,   shuningdek,   turli   hajmdagi   sopol   idishlar   (ko‘za,   xum,
xurmacha,   kosa,   tog‘ora,   qo‘ra   va   b.)   topilgan 8
.   Sopol   idishlar   ko‘pincha   qizil
angob bilan bo‘yalgan, ba’zi idishlarda hayvonlarning boshi tasvirlangan.
Keyingi   tadqiqotlar   sak-massaget   va   boshqa   ko‘chmanchi   qabilalarga   xos
bo‘lgan   quyoshga   sig‘inish   e’tiqodi   zardushtiylik   diniga   ham   o‘tgan,   degan
fikrlarni   o‘rtaga   tashlamoqda.   Zardusht   ta’limoti   keyinchalik   qovunchiliklar
(qang‘arlar) orasida ham keng tarqalgan. Qovunchi II qarorgohidan topilgan II-IY
asrlarga  oid   loydan  yasalgan   tumorlarda   quyosh   tasviri   solinganligi   fikrimizning
dalilidir.   Qovunchiliklar   hayvonlar   (ayniqsa,   ho‘kiz   va   qo‘chqor)   qudratiga   ham
4 4
 Кабиров Ж., Сагдуллаев А.  Ў рта Осиё археологияси. -Т.: « Ўқ итувчи», 1990. –  Б.  150; Дуке Х.И. Поселение
Бургулюкской культуры Ташкентского оазиса. –Т., 1982. 
5 5
  Литвинский Б.А. Орудия труда и утварь аз могильников Западной Ферганы. –М., 1986 .  –  С.  31-33.
6 6
  Қ аранг. Буряков Ю.Ф. Историческая топография Ташкентского оазиса. –Т., 1986. – Б. 36.
7 7
 Литвинский Б.А. Орудия труда и утварь аз могильников Западной Ферганы. –М., 1986 .  –  С.  31-36 . ishonganlar.   Ular   sopol   idishlarga   bu   hayvonlarning   tasvirlarini   ham   chizganlar.
O‘sha davr kishilari e’tiqodiga ko‘ra, ho‘kizlarning boshiga  baxtsizliklarni oldini
oluvchi   ilohiy   kuch   sifatida   qaralgan.   Zardushtiylik   dinida   qo‘chqorni
qo‘riqlovchi,   himoya   qiluvchi   sehrli   kuch   (farn,   farnax)ga   ega   deb   bilishgan.
Qovunchiliklar   uchun   qo‘chqor   to‘kinlik,   boylik   ramzi   hisoblangan 2
.   Bu
e’tiqodlar   haligacha   o‘z   ta’sirini   yo‘qotmagan.   Masalan,   O‘zbekistonning   ba’zi
viloyatlarida «Qo‘chqor ota», «Qo‘chqor mozor» degan joylar mavjud bo‘lib, bu
yerlarga   odamlar   ziyoratga   kelishgan,   qo‘chqor   so‘yishib,   qurbonlik   qilishgan.
Ziyoratgoh   joylarga   qo‘chqor   shoxlarini   osib   qo‘yishgan.   Cho‘ponota
cho‘ponlarning piri bo‘lsa, Zangiota (Toshkent shahri yaqinida) qoramolchilik va
bog‘dorchilikning piri hisoblangan.
  Qovunchi   manzilgohlari   aholisi   turli   matolar   to‘qishni   ham   o‘zlashtirib
olganlar. Matolar  asosan  jun va paxtadan  to‘qilgan. Milodiy II-III  asrlarda O‘rta
Osiyo,   jumladan,   So‘g‘dda   shoyidan   to‘qilgan   matolar   ham   keng   tarqalgan.
Qadimgi   hind   dostoni   «Mahabxarata»da   tasvirlanishicha,   podsho   Yudixashtxira
boshchiligida   ruhlarga   atab   qurbonlik   bayramlari   o‘tkazilgan.   Bu   bayramlarda
ishtirok etish uchun turli mamlakatlardan (jumladan, saklar, toharlar, qang‘alar va
b.) elchilar kelgan. Elchilar topshirgan sovg‘a-salomlar ichida jun, paxta, ipakdan
to‘qilgan   matolar   ko‘p   bo‘lgan.   Shuningdek,   elchilar   bu   matolardan   tikilgan
kiyimlar,   temir   uchli   nayzalar,   oyboltalar,   tesha   va   boshqa   buyumlar   olib
kelishgan.   Saklar,   toharlar   va   qang‘liklar   olib   kelgan   sovg‘alar   ichida
musallasning bir necha xili, turli zirovarlar hamda qimmatbaho javohirlar bo‘lgan.
Qang‘ madaniyatining gullab yashnashida Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan
xalqlarning   So‘g‘d,   Farg‘ona,   Tyanshan   tog‘ining   shimoli-sharqiy   qismida
yashagan   xalqlar   bilan   yaqin   aloqada   bo‘lganligi   samarali   ta’sir   ko‘rsatgan.
Qadimgi   manbalarda   ko‘rsatilishicha   qang‘uylarning   shimoli-sharqiy   qo‘shnisi
Yansay (alanlar) hamda Buxoro (An, Ansi) aholisining urf-odati qang‘uylarnikiga
o‘xshash   bo‘lgan.  Solnomalarda  yozilishicha   qang‘uylarning  urf-odatlari,  turmush
tarzi   Shimoliy   Xitoy   va   Sharqiy   Turkistonda   yashagan   katta   yuechjilarnikiga
2 2
  Литвинский Б.А. К ў рсатилган асар. 44-59 –б. o‘xshash   bo‘lgan 3
.   Qang‘lilarning   qo‘shni   xalqlar   bilan   moddiy   va   madaniy
aloqalarining kengayib borishida «Ipak yo‘li»ning ahamiyati katta bo‘lgan.
V   asr   o‘rtalarida   Qang‘   davlati   eftaliylarning   hujumi   natijasida   yemirilgan.
Oqibatda,   Qang‘   davlati   tarkibida   bo‘lgan   ko‘chmanchi   va   yarim   ko‘chmanchi
qabilalar   (qang‘li,   pecheneg)ning   katta   qismi   Sirdaryoning   quyi   oqimlariga   borib
joylashgan.   Bu   yerda   yashagan   bir   qancha   qabilalar   birlashib,   yangi   qabilalar
ittifoqini tashkil etishgan. Yangi qabilalar ittifoqi tarixda qang‘li (qang‘aras) nomi
bilan saqlanib qolgan. 
3 3
 Бичурин Н.Я. К ў рсатилган асар,  II -жилд, – Б. 150.   Adabiyotlar
1. Шониёзов К.Ш.Қанғ давлати ва қанғлилар.  –  Т., 1990.  10-   40-bet
2. Матбобоев Х. Фарғона қадимий шаҳарларининг ўрни муаммолари.
// “Ўзбекистонда ижтимоий фанлар” 1995.№9, 26-32 бетлар.
3. Абдурасул ўғли А. Қaдимги Фaрғoнa тaриxидaн. –Т., 2002.  25 -67
бетлар.
4. History of civilizations of  Central Asia. The development of s edentary
and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996 543-
550-pages

Qang’ va Dovon davlatlari. Reja 1. Qang‘ davlatining o‘rganlish tarixi 2. Qang‘ davlati davrida O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti 3. Davan davlati haqida yozma manbalar va ularning o‘rganilish tarixi 4. Davan davlatining ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy tarixi

Qang‘ davlati va uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishga doir bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va Xitoy solnomalarida keltirilgan ma’lumotlar yetakchi o‘rin tutadi. Qang‘ davlati uning hududlari haqida S.P.Tolstov, keyinchalik Ya.G‘ulomov, K.Shoniyozov, Yu.Buryakov va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan Qang‘ davlatiga oid ma’lumotida, uning aholisi asosan ko‘chmanchilardan iborat bo‘lganligini yozgan. Lekin uning rivojlangan davrida qang‘lilar o‘rat Sirdaryo bo‘ylarini egallangan davrlarda dehqonchmilikni ham o‘zlashtirib olganlar. Ular asosan, kam chorvaga ega bo‘lgan aholining qambag‘al qismi bo‘lgan degan fitkrlarni berishgan. Qang‘ davlati haqida yozma manbalar ham mil.avv. 2 asrning ikkinchi yarmiga oid. Xitoy elchisi Chjan Syanning hisobotida va xitoy tarixchisi Si-Syanning “Shi-szi” asarida Qanh davlatining chegaralari qo‘rsatilib o‘tilgan. Qang‘ davlatiga oid ko‘proq ma’lumotlar keiyngi davrlarga oiddir. Ular Xan-shu, Vey- shu, Beyshu, Tanshu va bq. asosida davlatning rivojlanishi va qulashi haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Tadqqiotchilar bu davlatning Avesto berilgan Kanx bilan bir deb hisoblashadi. Qang’ davlati Yuechjilardan keyin ikkinchi yirik ko’chmanchilar federatsiyasi hisoblanadi. Xitoy manbalariga ko’ra, ular Qang’yuylar Tyanshandan shimoli-g’arbda , janubda yuechjilar bilan chegaradosh bo’lgan. Uning hududi Toshkent vohasi, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, uning markazi Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lgan 1 . Avestoda bu shaxarga turlar boshliqlarining joyi sifatida tilga olingan. U Sirdaryoning shimoli sharqida joylashganligi aniqlangan. Bu davlat haqida Firdavsiyning Shohnomasida ham berilgan. Unda U Kangdez sifatida tilgan olinadi. Qang‘ davlati O‘rta Osiyoga kirib kelgan qo‘chmanchi qabilalar birga mil.avv. III asrda kirib kelgan. Milodiy V asrning o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan. Uning rivojlangan davri milodiy I - II asrlar deb ko‘rsatiladi. Dastlab uning chegarasi faqat Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idan, Orol bo‘yigacha xududni 1 History of civilizations of Central Asia . The development of sedentary and nomadic civilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II.1996 442 р. 545 р.

egallagan. Rivojlangan davrda uning xududi- Sharqda Farg‘ona va Yettisuv, Shimoli-sharqda Orol dengizi, g‘arbda Ural oldi xududigacha, ya’ni sarmatlargacha, shimolda Sirdaryoning orqa tomonidagi cho‘llargacha, janubda Sug‘dgacha borgan. Bu yerda u Kushan davlati bilan chegaradosh bo‘lgan. Bu davrda uning tarkibiga O‘zbekistonning asosiy viloyatlari Buxoro, Toshkent, Xorazm xududlari kirgan. Bu ulkan 9104 li (3,4 ming km) hududdagi qang‘arlar yerida mil. avv I – milodiy I-II asrlarda 120000 oila yoki 600000 kishi yashagan 3 . Qang‘ ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlari uchun ularda 2 markaziy shaxar bo‘lgan. Yozma manbalarda Qang‘ davlatining poytaxti Bityan shaxri bo‘lib, u Loyueni mamlakatida Tayanchi ko‘li bo‘yida joylashgan deb yozilgan. Podshoning qishqi rezidensiyasi ham bo‘lib, u bu yerdan 7 kunlik yo‘l bo‘lgan. Tadqiqotchilar Bityan shahrini Toshkent viloti Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Kanqa shaxri deb taxmin qilishgan. Lekin uning geografik tasviri unga to‘g‘ri kelmaydi. Buni Buxoro xududidagi Poykent ham deyishadi. Ularning yozgi qarorgohi O‘tror hisoblangan. Qishda Qanha bo‘lgan. Manbalarda Qang‘ davlatining boshqaruv tizimi haqida ma’lumotlar kam uchraydi. To‘ng‘ich Xan sulolasi tarixida (mil. avv. 202—milodiy 25 y.) bir ma’lumotda Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi aytiladi. Bu Qang‘ davlatida davlat boshlig‘i jamoa orasidan tanlangan maslahat kengashi bilan ish tutganligini ko‘rsatadi. Oqsoqollar kengashi asosan qabila boshliqlari va harbiy sarkardalardan tashkil topib, kengashlarda ularning fikrlari yetakchi mavqega ega bo‘lgan. Ular boshqaruv tizimi konfederatsiya bo‘lgan. Qang‘ davlatiga qarashli yerlar viloyatlarga bo‘linib, ularni maxsus hokimlar boshqargan. Viloyat boshliqlari jabg‘u yoki yobg‘u (Xitoy solnomalarida chjaovu) deb atalgan. Qang‘arlarga qarashli tub yerlarda jabg‘ular hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavmu-qarindoshlari, yirik qabila boshliqlaridan tayinlangan. 3 3 Шониёзов К.Қанг давлати ва қанглилар. –Т.: «Фан», 1990, – Б. 35.

Tarixchi Sim a -Syan mil. avv. II asr ning ikkinchi yarmiga ga oid ma’lumotida Qang‘uy haqida, «Bu ko‘chmanchi xalqlar mamlakat i » de gan fikrni bildiradi 4 . Biroq To‘ng‘ich Xan sulolasining tarixi (Syanxanshuda) ma’lumotlarida milodiy I asrning boshlarida qang‘uylarning yarim o‘troq xalq bo‘lganligiga ishora qilinadi. Bu sulola tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, qang‘uylarda chorvachilik rivojlangan bo‘lib, qoramol va qo‘ylar i ko‘p bo‘lgan. Ular ko‘plab zotli otlar yetishtirganlar. Bu davrda mulkiy tabaqalanish kuchayib, ch orva mollarining ko‘pchiligi podsho l ar va ularning qarindosh -urug‘lari hamda yirik qabila boshliqlari va harbiylarga tegishli bo‘lgan. Aholining asosiy qismi ko‘chmanchilardan iborat bo‘lgan davlatda bahor kelishi bilan xoqon va uning urug‘lari qishgi qarorgohdan yozgi qarorgohga, ya’ni Sirdaryoning quyi oqimidagi o‘tloq yerlarga borib o‘rnashganlar. Kuzda mollarini orqaga qaytarishib, Keles cho‘liga va tog‘ yon bag‘irlaridagi yaylovlarga joylashganlar. Chorvasi kam bo‘lgan aholining keng yaylovlar qidirib vohadan chiqib ketishiga ehtiyoj bo‘lmagan. Ular chorvachilikdan tashqari dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishgan. Bu vaziyat qang‘lilarning kambag‘al qismini o‘troq, yarim o‘troq xo‘jalik yuritishga majbur etgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Toshkent vohasida yashagan dehqonlar arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar, mevali daraxtlar va uzumzorlar ko‘p, sut-qatiq mo‘l bo‘lgan. Miloddan oldingi II asr- milodiy III asr va undan keyingi davrlarga oid manbalarda qang‘arlar (qang‘uylar) Farg‘onaning shimoli-g‘arbida, unga chegaradosh rayonlarda joylashganligi eslatib o‘tiladi. Xitoy elchisi Chjan Syan miloddan avvalgi 128 yili Dovon (Farg‘ona)ning markazi Ershida va Qang‘uy hududlarida bo‘lgan. Uning ma’lumotida «Qang‘uy Dovon bilan chegaradosh» bo‘lganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qadimgi Xitoy solnomalarida qang‘arlarga qarashli beshta viloyat – Suse (Kesh), Fumu (Zarafshon vohasida, hozirgi Qattaqo‘rg‘on tumani hududlari Miyonqoldagi Kushaniya shaxri),, Yuni (Toshkent vohasi) Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Xorazm vohasi, Urgench) bo‘lganligi aytilgan.. 4 4 Бичурин Н.Я. Кўрсатилган асар, II-жилд, – Б. 150.

Qanxa, Shoshtepa, Qovunchitepadan topilgan arxeologik manbalar qang‘lar tarixini o‘rganishda muxim ma’lumotalr bergan. Qang‘ madaniyatining gullab yashnashida Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan xalqlarning So‘g‘d, Farg‘ona, Tyanshan tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashagan xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi samarali ta’sir ko‘rsatgan. Qadimgi manbalarda ko‘rsatilishicha qang‘uylarning shimoli-sharqiy qo‘shnisi Yansay (alanlar) hamda Buxoro (An, Ansi) aholisining urf-odati qang‘uylarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Solnomalarda yozilishicha qang‘uylarning urf-odatlari, turmush tarzi Shimoliy Xitoy va Sharqiy Turkistonda yashagan katta yuechjilarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Qang‘lilarning qo‘shni xalqlar bilan moddiy va madaniy aloqalarining kengayib borishida «Ipak yo‘li»ning ahamiyati katta bo‘lgan. V asr o‘rtalarida Qang‘ davlati eftaliylarning hujumi natijasida yemirilgan. Oqibatda, Qang‘ davlati tarkibida bo‘lgan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar (qang‘li, pecheneg)ning katta qismi Sirdaryoning quyi oqimlariga borib joylashgan. Bu yerda yashagan bir qancha qabilalar birlashib, yangi qabilalar ittifoqini tashkil etishgan. Yangi qabilalar ittifoqi tarixda qang‘li (qang‘aras) nomi bilan saqlanib qolgan. Farg‘ona qadimiy tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xos sivilizatsiyani shakllantirgan. Farg‘onaning qadimgi davrdagi tarixi keyingi yillarda ayniqsa, mustaqillik yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijada yanada oydinlashgan. Qadimgi Farg‘onaning tarixini yoritishda Yu.A Zadneprovskiy, Gorbunova, X.Matboboev, A.Anarboevlar ishlari diqqatga sazavordir. Farg‘ona haqida dastlabki yozma manba Gerodotning "Tarix" asarida uchraydi. Unda Sug‘diyonaning shimoli-sharqida "parikaniylar yurti" bo‘lganligini eslatib o‘tiladi. Geradot malumotlariga ko‘ra, Xaumavarka saklari parikaniylarning ajdodi bo‘lib, «parikaniylar yurti» paxlaviy tekstlarida «Parkan davlati» deb yuritilgan». Farg‘ona so‘zi so‘g‘d manbalarida “Fraganik” shaklida yozilib, “tog‘lar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik” ma’nosini anglatadi. Xitoy manbalarida “Dayyuan, ya’ni Davan” deb yuritilgan. Dayyuan ham “tog‘lar orasidagi