Raqamli iqtisodiyot va innovatsion lizing xizmatlari bozorida raqamli texnologiyalarni joriy etish
Raqamli iqtisodiyot va innovatsion lizing xizmatlari bozorida raqamli texnologiyalarni joriy etis h Reja: 1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasining mohiyati va ahamiyati . 2. Innovatsion lizing xizmatlarining nazariy asoslari. 3.Hududiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda innovatsion lizingning ahamiyati va uni moliyalashtirish vositalari. 4.Innovatsion lizing xizmatlarini raqamlashtirish jarayoni
O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanar ekan, mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasi asosida uning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida keltirilgan fikrlar doirasida innovatsiyalarni keng joriy etish va bu orqali mavjud resurslardan samarali foydalanish talab etilmoqda. Xususan, Prezidentimizning bu borada bildirgan quyidagi fikrlari diqqatga molikdir: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda... Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi”. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349 sonli Farmoni, 2018 yil 3 iyuldagi “O‘zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risidXa”gi PQ-3832 qarori va 2020 yil 28 apreldagi “ Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” PQ- 4699-sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda raqamlashtirish jarayoniga alohida e’tibor qaratilayotganligini anglatadi. Ko‘rinib turibdiki, yuqorida belgilangan maqsadlarga erishishda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Ayniqsa moliya xizmatlarini taqdim etishda raqamli iqtisodiyotdan foydalanish xo‘jalik yurituvchi sub’ekt (korxona)lar faoliyatini ham rivojlantirishga sabab bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Jumladan bir guruh olimlarimiz raqamli iqtisodiyotga jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va hizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyati sifatida ta’rif berishgan. Raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Raqamli iqtisodiyot – bu o‘ziga xos tushuncha bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Xorijiy ilmiy ishlarda ham raqamli iqtisodiyotga turli ta’riflar berilgan. Jumladan, raqamli iqtisodiyot – bu ishlab chiqarishning asosiy omillari raqamli ko‘rinishda taqdim etilgan, shuningdek, qayta ishlangan va katta hajmlarda foydalanilgan faoliyat turi tushunilib, bunda turli xil sifatli mahsulotlar, texnologiyalar, asbob-uskunalarni ko‘plab ishlab chiqarish, ularni saqlash, sotish, yetkazib berish va iste’mol qilish samaradorligi oshadi .
Ma’lumotlar, hisoblash texnikasi va aloqaning o‘zgaruvchan xususiyatlari bilan tavsiflanadigan raqamli iqtisodiyot bugungi kunda iqtisodiy o‘sish hamda ijtimoiy o‘zgarishlarning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lib hisoblanadi 1 . Iqtisodiyotning bu yangi turi nafaqat texnologik jarayonlarni, balki mavjud muammo va uni bartaraf etishning tarkibiy tuzilmasini ham o‘z ichiga olib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi chizma orqali aks ettirish mumkin: Raqamli iqtisodiyotning muhim xususiyatlari 2 . Raqamli iqtisodiyotga elektron biznes va elektron tijorat bilan bog‘liq raqamli texnologiyalarga asoslangan va ular orqali raqamli tovarlar hamda xizmatlar ishlab chiqaradigan va sotadigan iqtisodiy faoliyat sifatida ta’rif berishimiz mumkin, ya’ni raqamli iqtisodiyot bu raqamli texnologiyalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, ularni tarqatish va foydalanish bilan bog‘liq faoliyatdir. Raqamli iqtisodiyot orqali mamlakatda iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi. Aynan u orqali raqobat, investitsiya va innovatsiyalar rag‘batlantiriladi. Natijada esa xizmatlar sifati oshadi, iste’molchilar tanlovi kengayadi va qo‘shimcha ishchi o‘rinlar yaratiladi. Ilm-fan shiddat bilan taraqqiy etayotgan bir paytda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish uchun korxona aktivlari tarkibini intellektual mulk bozorini rivojlantirmasdan turib rag‘batlantirish imkonsizdir. Buning natijasida intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirishning samaradorligini oshirish masalasi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor vazifasiga aylanadi. Bu esa: - ushbu tarmoqni moliyalashtirish hajmining oshishiga; - ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini qo‘lga kiritishning shakl hamda usullarini kengaytirishni talab etadi. Shu sababli xorijiy mamlakatlarda intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirishning noan’anaviy samarali usullaridan biri bo‘lgan innovatsion 1 2Маҳсулот Инфратузилма Жараёнлар Platforma va xizmatlar
lizingni rivojlantirish talab etiladi. Aksariyat taraqqiy etgan mamlakatlarda lizing bozorining rivojlanishi va uning yuqori bosqichga ko‘tarilishi uskunalar lizingi va intellektual mulkni tijoratlashtirishning integratsiyalashuvi uchun zarur shart- sharoit yaratdi. Natijada esa lizingning yangi shakli – intellektual mulk lizingi shakllandi. Innovatsion lizingning paydo bo‘lishi lizing bozori rivojlanishining mantiqiy bosqichi bo‘lgani kabi intellektual mulk bozori rivojlanishining ham mantiqiy bosqichi hisoblanadi. Shu sababli milliy lizing bozorida innovatsion lizingni shakllantirish va undan foydalanish uchun lizingning ushbu turi rivojlanishga ulgurgan Yevropa davlatlari va AQSH tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion faoliyatda lizingning dolzarbligi, fikrimizcha, birinchidan, innovatsion faoliyatni rivojlantirishda moliya-kredit resurslarining taqchilligi, ikkinchidan, lizingning iqtisodiy faoliyat shakli sifatidagi foydaliligi hamda innovatsion jarayonning har bir bosqichida kuzatiladigan moliyalashtirishning samarali shakli sifatidagi ahamiyati bilan belgilanadi. Bunga asosiy sabab sifatida quyidagi omillarni keltirishimiz mumkin: - xo‘jalik yuritishning zamonaviy sharoitida lizingning sanoat sohasidagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning eng maqbul usuli sifatida asoslanmaganligi; - mamlakat sanoat sohasida lizing munosabatlarining rivojlanish darajasining tahlil qilinmaganligi; - mamlakat sanoat sohasida lizing munosabatlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolarni aniqlash va bir vaqtning o‘zida salbiy omillar ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning kam ta’sirchanligi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan shu narsa ma’lumki, taraqqiyotning innovatsion yo‘lini raqobatbardosh bilim va texnologiyalarga ilmiy g‘oyalarni yo‘naltiradigan mukammal innovatsion tizimsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bilan bir qatorda, innovatsion rivojlanish nafaqat innovatsion jarayonlarning natijasini amaliyotga tadbiq etish, balki innovatsion faol korxonalarni moddiy texnik baza bilan ta’minlash bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, lizing jarayoni deganda loyiha bo‘yicha konseptual g‘oyaning shakllanishidan boshlab, uning amalga oshirilishigacha bo‘lgan jarayon tushuniladi. Ushbu jarayon lizing ob’ekti bo‘lgan asosiy vositalardan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish hamda shartnomaning tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlarni o‘z ichiga olgan uchta asosiy bosqich (dastlabki, ya’ni tayyorgarlik (investitsiyadan oldingi), tashkiliy (investitsion) va ob’ektdan foydalanish bosqich)larda o‘z aksini topadi. Shunday ekan, innovatsion faoliyatda lizingdan an’anaviy foydalanishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, lizing xizmati ma’lum bir imkoniyatlar doirasida qayd etilgan uch bosqich orqali raqobatbardosh bilim va texnologiyalarni oxirgi iste’molchiga yetib borishini ta’minlovchi ishlab chiqaruvchining barcha imkoniyatlarini ishga solishga ko‘maklashadi. Aynan ana shunday holatda “innovatsion lizing” yuzaga keladi. Innovatsion lizing tushunchasi so‘nggi yillarda iqtisodchilar tomonidan keng qo‘llanilib, unga turlicha ta’rif berilgan. Xususan, N.G.Korol tomonidan
innovatsion lizingga innovatsion faoliyatni ta’minlovchi moliyaviy resurslarni jalb qilish va joylashtirish sifatida ta’rif berilgan. A.A.Ayupov o‘zining ilmiy ishlarida “innovatsion lizing”ga iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari (lizingga oluvchi, lizingga beruvchi va sotuvchi) o‘rtasida yuzaga keladigan aniq, maxsus iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida yondashadi. Bunda lizing innovatsion mahsulotni bozorga kirib borish usuli sifatida, bir paytning o‘zida innovatsion faoliyatning amalga oshirilishiga zamin yaratadi yoki lizingning o‘zi shaklan hamda mohiyatan innovatsiya sifatida yoki yuqoridagilarning kombinatsiyasi bo‘lib maydonga chiqadi. Innovatsion lizing lizingga beruvchining investitsion portfelida mavjud bo‘lgan murakkab vositalardan biri bo‘lib, undan to‘g‘ri va samarali foydalanishgina lizingga beruvchi va lizingga oluvchi uchun ijobiy bo‘lishi mumkin. Agarda lizingdan innovatsion faoliyatni ta’minlash maqsadida foydalanilsa, unda u innovatsion lizing hisoblanadi. I.A.Jilyakovaning fikricha, foyda olish uchun innovatsion mahsulotni keyinchalik uni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish maqsadida egalik qilish va foydalanish huquqi asosida sotib olish innovatsion lizing deyiladi. O.A.Kazankina innovatsion lizingga investitsion usul sifatida yondashgan. Uning fikricha, innovatsion lizing deganda innovatsion faoliyatni ta’minlaydigan yoki innovatsion mahsulotni bozorga yo‘naltiradigan investitsiyalash usuli tushuniladi. Xuddi shunga o‘xshash ta’rif N.G.Korolning ham ilmiy ishlarida keltirilgan. Uning fikricha, innovatsion lizing deganda innovatsion mahsulotni bozorga chiqarish usuli, innovatsion faoliyatni amalga oshirishga imkon beruvchi moliyaviy resurslarni jalb qilish va joylashtirish usuli tushuniladi. Yuqorida keltirilgan fikrlarga tayanib aytishimiz mumkinki, rus iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsion lizing” atamasini yoritishda uning quyidagi jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan: 1. Innovatsion faoliyatni ta’minlashga xizmat qilganligi sababli lizingning bu turi innovatsion lizing deb yuritiladi va uning moliyalashtirish ob’ekti sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish faoliyatini endigina boshlagan korxona – yangi biznes vakili maydonga chiqadi. Lizing predmeti sifatida yuqori texnologiyali uskunalarni keltirishimiz mumkinki, buning natijasida lizing shartnomasi bo‘yicha to‘lovlarni olish doirasida lizingga beruvchida risk darajasi ortadi. Bu holatda lizing innovatsion faoliyatning mustaqil shakli sifatida e’tirof etilib, “venchurli lizing” nomini oladi. 2. Innovatsion mahsulotni bozorga chiqarish usuli sifatida lizingning ushbu turi mahsulotning paydo bo‘lish vaqtida yuzaga kelib, quyidagi shartlarga ega bo‘ladi: - Mahsulot iste’molchi uchun no’malumligi, qimmatligi kabi sabablarga ko‘ra bozorda lizing orqali realizatsiya qilinishi mumkin; - Lizingdan foydalanish natijasida mahsulotni realizatsiya qilishning maksimal samaradorligi taminlanadi. 3. Intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirish shakllaridan biri ekanligi. Rus olimi S.Yu.Glazevning fikricha, raqamli iqtisodiyot sharoitida lizing kompaniyalari, banklar hamda sug‘urta tashkilotlari YAIMning o‘sishi va aholi turmush darajasining oshishiga olib keluvchi iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi