Samarqand xududi o’rta asrlar arxeologiyasi
Samarqand xududi o’ rta asrlar arxeologiyasi Reja: 1.Ilk o’rta asrlarda Samarqand shahri tarixi va moddiy madaniyati. 2. Ilk o’rta asrlarda diniy e’tiqodlar.
1. Ilk o’rta asrlarda Samarqand shahri tarixi va moddiy madaniyati. Zarafshon va Qashqadaryo vohasi, xususan So’g’d diyori nafaqat Vatanimiz, balki O’rta Osiyo miqyosida qadimgi madaniyat maskanlaridan biri sanaladi. Voha kishilik tarixi taraqqiyoti turli rivojlanish bosqichlariga oid tarixiy, madaniy yodgorliklarga nihoyatda boydir. Zarafshon va Qashqadaryo vohasi tarixiy madaniy yodgorliklarga boyligi mazkur xududda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida etirof etilgan. Qashqadaryo vohasini arxeologik jixatdan o’rganilish ishlar o’tgan asr o’rtalaridan boshlangan. Bu tadqiqotlar O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix, arxeologiya va etnografiya institutining Ya.G’ulomov boshchiligidagi O’zbekiston arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Bunda ibtidoiy davr madaniyat izlari hisoblanuvchi bir qancha qiziqarli tosh qurollari kollektsiyasi Zarafshon, Quyi Qashqadaryo voxasida er sathidan terib olingan. Voxalarning bronza davri jamoalari madaniyati to’g’risida O’zbekiston arxeologik ekspeditsiya xodimlari tadqiqotlari malumot beradi. Qadimgi so’g’d sug’orish inshoatlari to’g’risida A. Muxammadjonovning izlanishlari muhim hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyati, yani ilk temir davri, antik davr yodgorliklarini o’rganishda R.H.Sulaymonovning tadqiqotlari muhim. Shuningdek, M.H. Isomiddinov, M.H. Hasanov, A. Sadullaevlarning bu borada amalga oshirgan tadqiqotlari juda ahamiyatlidir. Hususan, bu hududdagi arxeologik izlanishlar Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiyasi, Toshkent Davlat Universiteti arxeologlari faoliyati bilan bog’liq. S.B.Luninaning bir qator ilmiy ishlari Janubiy Sug’d tarixiy geografiyasiga bag’ishlangan. Qashqadaryo vodiysi sharqiy qismidagi arxeologik izlanishlarni S.K.Kabanov, V.D.Jukov, G.YA.Dresvyanskaya, Z.I.Usmonova, A.S.Sa`dullaev, N.N.Krashenninnikova, N.P.Stolyarova, P.Niyozov va boshqalar olib borishgan. V.Tomoshek o’z vaqtida antik manbalarga suyanib Qashqadaryo vodiysining sharqiy qismi «So’g’d erlari» Navtak ekanligini aytadi. Uni bir qator tadqiqotchilar qo’lab-quvvatlaydilar. V.E.Masson Qashqadaryoning quyi oqimida joylashgan, bir- biridan 20 km uzoqlikda bo’lgan ikkita shahar Erqo’rg’on va Kalai Zahoki Maron deyarli bir paytda qurilgan deb o’z tadqiqotlarida keltiradi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi tufayli ajdodlarimiz yaratgan ilmiy, tarixiy va tafakkur mahsuli bo’lgan boy tariximizni, madaniyatimizni, tilimizni, qadriyatlarimiz tarixini bilish, hamda o’zligimizni anglashda keng imkoniyatlar yaratildi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vatanimiz tarixi, ajdodlarimiz boy madaniy merosini ta`riflab, shunday degan edi: “O’zbekiston deb ataluvchi hudud yani Vatanimiz nafaqat Sharq, balki, umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan, buyuk al l omalar, fozilu fuzolalar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan” (I.A.Karimov, Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q, Toshkent, 1998, 3 b). Mustaqillik yillarida Erqo’rg’on yodgorligi R.H.Suleymonov tomonidan atroflicha tadqiq qilinib qo’lga kiritilgan manbalar Qarshi shaxrining 2700 yillik yubileyiga asos bo’ldi. Qashqadaryo voxasini arxeologik jihatdan o’rganishda 2000 yildan e`tiboran Kaliforniya universiteti xodimlari S.Mexandeli , K. Kodella S.Ganimoti, K. Villiam arxeologiya instituti xodimlari B. Matboboev , M.Xasanov, Toshkent Milliy universiteti xodimlari R.H.Suleymonov, O.N. Pushpenleo, A. V. Omelchenkolar ishtirokida arxeologik xarita borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar muhim bo’ldi. Ayniqsa M. Xasanov, S.Mexandelilar hamkorlikda Sangirtepa yodgorligi tadqiqoti natijalari ahamiyatlidir. Shuningdek 2001-2002 yillarda Shaxrisabz shaxrining yubileyi munosabati bilan M. Xasanov, A. Raimqulov kabi olimlarning olib borgan tadqiqotlari axamiyatlidir. eng muximi Qashqadaryo voxasini arxeologik jixatdan o’rganishda Qarshi shahrining 2700 yilligi yubileyi munosabati bilan o’tkazilgan xalqaro anjuman materiallari juda katta axamiyat kasb etadi. Zarafshon vohasi Vatanimiz miqyosida qadimgi shaharlar tarixi, ilk shaharsozlik madaniyatini o’rganishda o’ziga xos istiqbolli o’lka hisoblanadi. Sababi, voha ilk sug’orma dehqonchilikka asoslangan madaniy oblastlardan biri sanaladi. Shu bois ilk shaharsozlik uchun shart-sharoitlar mavjud bo’lgan. So’g’d diyori, xususan Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida Afrosiyob, Ko’ktepa,
Buxoro, Varaxsha, Panjikent, Erqo’rg’on, Uzunqir, Sangirtepa, SHahrisabz kabi qadimgi shaharlar arxeologik tadqiqoti natijalari vohalarning qadimgi tsivilizatsiya markazlaridan biri ekanligini ko’rsatdi. Zikr etilgan qadimgi shaharlar o’z tadqiqoti tarixiga ega. Xususan, Afrosiyob yodgorligi arxeologik jihatdan 19-asr 2- yarmidan e`tiboran o’rganila boshlagan. N.I.Xanikov Samarqand shahrining darvozalari, mudofaa devorlari, shahar qal`asi va asosiy arxitektura yodgorliklari to’g’risida ma`lumotlar yozib qoldirgan. Zarafshon okrugining boshlig’i A.K.Akramovning buyrug’iga muvofiq mayor Borzenkov 1874 yilda birinchi qazishma ishlarini boshlaydi. Lekin, ko’p o’tmay uning vafot etganligi tufayli qilgan ishlari to’g’risida hech qanday ma`lumot qolmaydi. Vaqt o’tishi bilan Afrosiyobda podpolkovnik V.V.Krestovskiy qazish ishlarini olib borib, bu erda ellinizm qatlamlari borligini aytdi. V.V.Krestovskiy qilgan ishlari to’g’risida «1883 yilda Samarqanddagi qazishmalar» nomli asarida yozib qoldirgan. 1883 yildan tarixchi – sharqshunos N.I.Veselovskiy ham Afrosiyobda ish boshlaydi. Samarqand shahri va viloyati, shu jumladan, Afrosiyob tarixini o’rganishda V.L.Vyatkin va V.V.Bartol’dlarning xizmati benihoya kattadir. Xususan, V.L.Vyatkin 1905 yildan 1931 yilgacha Afrosiyobda arxeologik qazish ishlarini amalga oshirgan. Bu tadqiqotlarining natijalari 1927 yilda yozilgan «Afrosiyob – ko’hna Samarqand o’rni» degan kitobida o’z aksini topgan (Vyatkin V.L. 1927). 1903 yilda V.V.Bartol’dning taklifi bilan butun Samarqand va uning atroflarini o’rab turgan mudofaa devori – Devori Qiyomat bilan birga tushirilgan topografik xaritasi chizildi. Bu xaritaga Samarqanddagi barcha masjid, madrasa va jami qadimiy obidalar tushurilgan. Bu ma`lumotlar o’z navbatida Samarqand shahri tarixini o’rganishda beqiyos ahamiyatga ega (Bartol’d V.V. L., 1961). O’tgan asr 30-40 yillari bilan Samarqand va Samarqand So’g’di hududini arxeologik o’rganishning ikkinchi bosqichini bog’lasak bo’ladi, chunki bu davrda O’rta Osiyo arxeologiyasini shakllanishi sifat jihatidan yangi qadam qo’yilgan davr hisoblanadi. Samarqand arxeologiyasining ilk qadamlarini qo’yishda va Samarqandni qadimgi madaniy qatlamlarini stratigrafiyasidagi chalkashliklarini aniqlashda arxeolog G.V.Grigor’evning xizmati juda katta bo’ldi. G.V.Grigor’ev
O’rta Osiyo arxeologiyasida birinchi bo’lib yodgorlikni o’rganishda asosiy e`tiborni stratigrafiyasiga berish kerak ekanligini amalda isbotlab berdi. Mashxur arxeolog A.I.Terenojkin 40- yillarning oxirlarida qisqa vaqt ichida Afrosiyobda uncha katta kuch talab qilmaydigan jarliklarni, ilgari qazilgan transheya va shurflarning devorlarini tozalab, undan olingan materiallar asosida birinchi marotaba Afrosiyob qatlamlaridan olingan materiallarni ilk bor davrlashtirdi (Terenojkin A.I.1972). Afrosiyob shaharchasi o’rganilishining uchinchi bosqichi, 1958 yildan boshlanadi. Afrosiyobni, shuningdek, Samarqandni O’rta Osiyo xalqlarini o’rganishdagi o’rni nihoyatda katta ekanligini hisobga olib, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya Instituti qoshida maxsus Samarqand arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil etiladi, hamda unga rahbarlik qilish taniqli olim- arxeolog V.A.SHishkinga topshiriladi. Samarqandda arxeologiya ekspeditsiyasining tarkibida turli yillarda arxeologlardan T.A`zamxo’jaev, L.I.Al’baum, A.A.Asqarov, I.Axrorov, S.K.Kabanov, G.V. Shishkina, SH. Tojxo’jaev va boshqalar qatnashdilar. V.A.SHishkin rahbarlik qilgan Samarqand arxeologiya ekspeditsiyasi 1958 -1966 yillarda asosiy e`tiborni qadimgi shaharning stratigrafiyasi va tarixiy topografiyasini o’rganishga qaratdi (SHishkin V.A.1963,1966., SHishkina G.V.1973). M.I. Filanovich tomonidan Afrosiyobning shimoli- g’arbiy qismida saqlangan hovuzning shimoliy tomoniga solingan va uncha katta bo’lmagan shurf materiallariga asoslanib boshqalardan farqli o’laroq, Afrosiyobning o’rnidagi eng qadimgi shahar xarobalarini ostida miloddan avvalgi VII asrlardan boshlab kichik turar-joy makoni yoki qishloq bo’lgan, degan xulosaga keladi (Filanovich M.I.1973). 1966 yilda V.A.SHishkin vafotidan keyin Samarqand arxeologiya ekspeditsiyasini YA.G’.G’ulomov boshqardi va u o’zining bir qancha Samarqand arxeologiyasiga bag’ishlangan maqolalarini chop etadi (Gulyamov YA.G.,1969).