Shaxs psixologiyasi 10v
Shaxs psixologiyasi Reja: 1. Shaxs haqida tushuncha: a) individ; b) shaxs; v) individuallik. 2. Shaxsning faolligi: a) ehtiyoj; b) motiv; v) qiziqish; g) tilak, istak, niyat. 3. Shaxsning shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar: a) irsiyat; b) ijtimoiy muhit; v) ta`lim - tarbiya; g) shaxsiy faoliyat. 4. Shaxsning malaka va odatlari
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: Faollik - tiriklik xossasi bo`lib, u ongli tanlangan harakatlarda namoyon bo`ladi. Individ - ongsiz, yangi tug`ilgan mavjudot, ruxiy kasal, odam. Individuallik - shaxs fazilatlarining qaytarilmas birikmasi (temperament, xarakter, qobiliyat). Motiv - ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq, faoliyatga undovchi ichki kuch. Motivatsiya - faollikka undovchi motivlar majmuasi. Shaxs - ongli sub`ekt, faoliyatda bo`ladigan, muloqot madaniyatiga ega bo`lgan, jamiyatda yashaydigan komil inson. Ehtiyoj - hayvon va odam faolligining asosiy manbai bo`lib, u aniq sharoitlarda namoyon bo`ladi. O`z - o`zini nazorat - shaxsning o`zini holatini boshqara olishi. O`z - o`zini baholash - shaxsning o`z xislatlarini baholay olishi. 1. Shaxs haqida tushuncha Har bir odam tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ma`lum jamoada - oilada yashaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi hamda uni o`zgartiruvchi sub`ektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz hamma kishilarni - normal odamlarni, yangi tug`ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ degan tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. Biz jamiyatda biror foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs
deymiz. Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan munosabatlardagina shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug`ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil insondir. Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yig`indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan , har xil vazifalarni bir - biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi: 1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan ko`ra olish imkonini beradi. 2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. Bu qismlarning yig`indisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el
psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy omillarning ta`siri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga ko`rinarli o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) a`zolariga bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan “endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq shaxsning tarkib topishi , tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish mumkin ekan. 2. Shaxsning faolligi Shaxs o`zining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo`ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o`zaro munosabatda bo`ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o`zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo`ladi. XX asr boshlarida yashagan avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan nasliy yo`l bilan o`tgan instinktiv mayllarning namoyon bo`lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo`ladi”. Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog`laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi
to`g`ri hal qilib beradi. Ularning fikricha, inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlaridadir. Odamning ehtiyojlari faollik ko`rsatishga undaydi. ehtiyoj - shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo`ladigan va uning aniq yashash sharoitiga bog`liqligini ifodalovchi holatdir. ehtiyojlar paydo bo`lishiga ko`ra, moddiy (tabiiy) va ma`naviy (madaniy) ehtiyojlarga bo`linadi. Moddiy ehtiyojlarga uxlash , jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq va sovuqdan saqlanish, uy - joyga bo`lgan ehtiyojlar kiradi. Ma`naviy ehtiyojlarga kishilarning ijtimoiy ong mahsulotlariga bo`lgan muhtojligi kiradi. Bunday ehtiyojlarga - o`zaro suhbatlashish, kitob o`qish, kino - teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi. Biz moddiy ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar asosida qondiramiz. Moddiy va ma`naviy ehtiyojlar albatta qondirilishi shart. Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo`ladi. Qiziqish- shaxsning oliy nerv faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan bog`liq bo`lgan munosabatidir. Qiziqishlar moddiy, ma`naviy, salbiy, ijobiy, davomli, qisqa muddatli bo`ladi. qiziqishlar asosida shaxsning dunyoqarashi va ishonch - e`tiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining o`z motivlari bo`ladi. MOTIV - ma`lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining moxiyatini tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning namoyon bo`lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog`liqdir. SHuning uchun motivlar bir - biridan ehtiyoj turiga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar yoki ma`naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar bo`lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi , ammo o`sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sabablardir. Xatti - harakatlarning muhim motivi e`tiqoddir. e`TIqOD - shaxsni o`z qarashlari , tamoyillari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar ham xatti - harakat motivlari bo`lib, bu motivlarda mazkur