logo

Shaxsiy komputerlarda axborotlarni himoya qilish texnologiyalari. Antivirus dasturlar, turlari va ulardan foydalanish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1244.6826171875 KB
MAVZU: Shaxsiy komputerlarda axborotlarni himoya qilish texnologiyalari.
Antivirus dasturlar, turlari va ulardan foydalanish.
REJA:
      1.Komputer   tarmoqlarining   arxitekturasi,   topologiyasi   va   infratuzilmasi,
ularning texnikaviy, dasturiy va axborot ta’minotlari.
   2.Kerakli ma’lumotlarni internetdan izlash va ularni olish yo’llari. Elektron
pochta va uning imkoniyatlari .
    
 
        Antivirus dasturiy vositalari
Hozirgi   kunda   80000   dan   ortiq   kompyuter   viruslari   mavjud   bo'lib,   ular
kompyuterda   ma'lumotlarning   ishonchli   saqlanishiga   xavf   soladi   va   kompyuter
ishlashi   jarayonida   turli   muammolar   kelib   chiqishiga   sabab   bo'ladi.   Shu   bois,
kompyuter   viruslari,   ularning   turlari,   etkazadigan   zararlari   hamda   ulardan
himoyalanish uchun ko'riladigan choralar bilan tanish bo'lish muhim.
     Kompyuter   viruslari va ularni davolash .
Kompyuter   virusi   o'lchami   bo'yicha   katta   bo'lmagan,   maxsus   yozilgan   dasturdan
iborat   bo'lib,   u   o'zini   boshqa   dasturlarga   "yozib   qo’yishi",   shuningdek,
kompyuterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni
boshlaganda   dastlab   boshqaruvini   virus   oladi.   Virus   boshqa   dasturlarni   topadi   va
unga   "yuqadi",   shuningdek,   qandaydir   zararli   amallarni   (masalan,   diskdagi   fayl
yoki   fayllarning   joylashish   jadvalini   buzadi,   tezkor   xotirani   "ifloslaydi"   va   h.k.)
bajaradi. Virus o'ziga tegishli amallarni bajarib bo'lgandan so'ng boshqaruvini o'zi
joylashgan   dasturga   uzatadi.   Virus   joylashgan   dastur   odatdagidek   ishini   davom
etgiradi. Tashqaridan dasturning "kasallanganligi" bilinmaydi.
Ko'p   turdagi   viruslar   shunday   tuzilganki ,   kasallangan   dasturni   ishga
tushirganda   virus   kompyuter   xotirasida   doimiy   qoladiva   vaqt-vaqgi   bilan
dasturlarni kasallaydi va kompyuterda zararli amallarni bajaradi.  Virusning barcha
amallari etarlicha tez va hech qanday ma'lumot e'lon qilmasdan bajariladi. Shuning
uchun   foydalanuvchi   kompyuterda   qanday   jarayonlar   amalga   oshayotganligini
bilishi qiyin.
  Kompyuterdagi   dasturlarning   kamchilik   qismi   kasallangan   bo'lsa,   virus
borligi   umuman   bilinmaydi.   Lekin   aniq   vaqg   o'tgandan   so'ng   kompyuterda   qiziq
holatlar   paydo   bo'la   boshlaydi.   Masalan,   ba'zi   dasturlar   ishlamay   qoladi   yoki
noto'g’ri   ishlaydi,   ekranga   begona   ma'lumotlar   yoki   belgilar   chiqariladi,
kompyuterning   ishlash   tezligi   sezilarli   darajada   pasayadi,   ba'zi   fayllar   buzilib
qoladi va hokazo.
Shu   paytgacha   kompyuterdagi   anchagina   dasturlar ,   ba'zi   boshqa   turdagi
fayllarishdan   chiqadi.   Bundan   tashhari,   virus,   disk   yoki   lokal   hisoblash   tarmoq
orqali boshqa kompyuterlarga o'tishi ham mumkin.
Shuning   uchun   virusdan   himoyalanmasa   yoki   yuqishining   oldi   olinmasa
juda   katta   noxushliklarga   olib   kelishi   mumkin.   Masalan,   1989   yil   amerikalik
student   Morris   yozgan   virus   bilan   bir   necha   ming   kompyuter,   jumladan   AQSh
mudofaa   vazirligining   kompyuterlari   kasallangan   va   ishdan   chiqqan.   Oqibatida,
virus   muallifi   3   oy   ozodlikdan   mahrum   qilinib ,   unga   270   ming   dollar   jarima
solingan.
Virus   dasturi   ko'rinmaydigan   bo'lishi   uchun   u   juda   kichik   bo'lishi   kerak.
Shuning uchun ham ularning ko'pchiligi assembler tilida yoziladi.           Viruslarning   paydo   bo'lishiga   dastlabki   mualliflarning   "shumligi"   va   o'zlari
tushunmagan   holda   kimnidir   "tuzlashni"   maqsad   qilib   qo'yishlari   sabab   bo'lgan.
Oqibatining bu darajada yomonlashuvi ularning xayoliga kelmagan bo'lsa kerak.
          1.     Tarmoq   topologiyalari  
Kompyuter     tarmog'ining     topologiyasi    
(joylashtirilishi,     tuzilishi,     tarkibi)     deganda,     odatda,     biz     bir-
biriga     nisbatan     kompyuterlar     tarmoqda     joylashganligi     va     aloqa     yo'llarini     ulash  
  usullarini     tushunamiz.  
Muhimi   shundaki,   topologiya   tushuncha-si,   avvalambor,   mahalliy   tarmoqlar
gagina   tegishlidir,   chunki   bu   tarmoqlarda     aloqaning     tuzilishini     osongina     kuzatis
h     imkoni     mav-jud.     Global     tarmoqlarda     esa,     aloqaning   tuzilishi     foydalanuvchid
an     berkitilgan     va     bilish     juda     ham     muhim     emas,     chunki     har    
bir     ulanish     o'zining   alohida yo'li   bilan amalgaoshirilishi   mumkin.  
Tarmoq     topologiyasi     qurilmalariga     qo'yiladigan     talablarni,     ishlatiladigan    
kabel     turini   axborot   almashishning     bo'lishi     mum-kin    
bo'lgan     va     eng     qulay     boshqarish           usulini,     ishonchli     ishlashini,     tarmoqni  
kengaytirish     imkoniyatini     belgilaydi.    
Foydalanuvchida     har     doim     ham     tarmoq         topologiyasini     tanlash
imkoniyati     bo'lmasada,     asosiy     topologiya-larning     xususiyatlarini,     afzallik     va     k
am-chiliklarini,     balki   hamma bilishi   kerakdir.  
              Kompyuter   tarmoqlari   arxitekturasi.
Kompyuter   tarmog’i   (Computer   NetWork,   net–tarmoq   va   work–ish)   –   bu
kompyuterlar   o’rtasida   axborotlar   almashinuvi   tizimidir.Yoki   boshqacha   qilib
aytsak: Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va
boshqa   qurilmalarning   bir   biriga   kabellar   bilan   ulanishidan   hosil   bo‘ladigan
tarmoqdir.
Kompyuter   (hisoblash)   tarmog'i–   aloqa   kanallari   yordamida   ma`lumotlarni
tarmoqlangan   qayta   ishlashning   yagona   tizimiga   ulangan   kompyuterlar   va
terminallar   to'plami   bo'lib,   u   ko'p   mashinali   birlashmaning   eng   yuqori   shaklidir.
Kompyuter   tarmog'i   "tarmoq   abonenti",   "stansiya"   va   "fizik   uzatish   muhiti"   kabi
tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.
Elektron   pochta   –   kompyuter   tarmoqlari   bo‘ylab   elektron   xatlar   bilan   almashish
(qabul   qilish   va   yuborish)   imkonini   beruvchi   texnologiyadir.   Elektron   pochta
tuzilishi   va   ishlash   prinsipi   jihati   tomonidan   oddiy   (qog‘ozli)   pochta   tizimiga
o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol (« посылка »), pochta quti,
etkazib   berish),   unga   xos   bo‘lgan   jihatlar   –   qulayliklar,   xabarlarni   jo‘natishdagi kechikishlar,   yetarli   darajadagi   ishonchlilik   va   shu   bilan   birga   etkazib   berishning
kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
              Elektron   pochtaning   afzalliklari:
Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi matndan tashqari istalgan formatdagi
fayllarni   jo‘natish   imkoniyati;   xabarlarning   yetarli   darajada   tez   va   ishonchli
yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo.
- Internetning asosiy  xizmat  turlaridan biri  bu Elektron pochtadir. Hozirgi  paytda
internetdan   foydalanuvchilarning   aksariyati   elektron   pochtadan   foydalanishadilar.
Lekin   Elektron   pochtadan   to’g’ri   va   unimli   foydalanish   talab   etiladi.   Elektron
pochta   (e-mail-electronic   mail)   oddiy   pochta   vazifasini   bajaradi.U   bir   manzildan
ikkinchisiga   ma’lumotlar   jo’natilishini   ta’minlaydi.   Uning   asosiy   afzalligi   vaqtga
bog’liq emasligida. Elektron xatlar jo’natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi
olguniga   qadar   uning   pochta   qutisida   saqlanadi.   Matnli   xat,   grafikli   va   tovushli
fayllarni,   programm   fayllarni   o’z   ichiga   olishi   mumkin.   Elektron   xatlar   bir
vaqtning   o’zida   bir   necha   adreslar   bo’yicha   jo’natilishi   mumkin.   Internet
foydalanuvchisi  elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish
1. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish.
Dastlabki nazorat: Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari bilan tekshirish.
Profilaktika:     "Yozishdan   himoyalangan"   disketalar   bilan   ishlash,   yozish   uchun
disketadan   foydalanishni   minimallashtirish,   ilgarigi   va   amaldagi   disketalarni
alohida saqlash, dasturlarni vinchesterda arxivlangan holda saqlash. 
Taftish (Reviziya):Yangi dasturlarni maxsus dasturlar yordamida tekshirish. 
Karantin:   Har   qanday   yangi   dastur   yangi   karantin   muddatini   o'tashi   lozim.   Ular
mutaxassislar tomonidan viruslarga tekshirilgan bo'lishi kerak. 
Filtrlashtirish:   FluSbot   Plus,   MaceVaccine,   ANTIWS2   turdagi   dasturlar   orqali
ehtimoldagi viruslarni tutish.
Terapiya: (davolash). Dasturni dastlabki "sog'lom" holatga keltirish. Bu ish har bir
fayldan zararli viruslarni "tishlab olib tashlash" usuli bilan amalga oshiriladi.
Yuqorida   aytilganlardan   ko'rinib   turibdiki,   virusdan   himoyalanishning   bir   necha
turdagi   dasturiy   vositalari   mavjud:   dastur-detektorlar   (disketa   yoki   diskdagi
viruslarni   "tutadi")   va   dastur-faglar   (viruslardan   davolaydi).   Dastur-fagalar
zararlangan   dasturlarni   tiklashni   ta'minlaydi.   Ish   jarayonida   faga   virus   tanasini
"tishlaydi"   va   virus   o'zgartirib   yuborgan   buyruqlar   ketma-ketligini   tiklaydi.   Biz
tilga   olayotgan   kompyuter   viruslari   fagasi   hozirda   yaratilib   bo'lingan.   Hozir   turli
fagalarni   yig'ish   bilan   odamlar   band   bo'lishmoqda.   Bu,   bizningcha,   noto'g'ri. Asosiy   e'tiborni   zararlanishning   oldini   olishga   qaratish   lozim.   "1   gramm
profilaktika 1 kilogramm davolashga teng" maqoli naqadar to'g'ri.
Antivirus   dasturlarini   ishlatishdagi   yo'l   qo'yilishi   mumkin   bo'lgan   xatolarga
batafsil to'xtab o'tamiz.
Antivirus   vositalarini   qo'llashdagi   eng   ko'p   yo'l   qo'yiladigan   xato   -   zararlangan
kompyuterda   ularni   ishlatib   yuborishdir.   Virus   aniqlangach,   keyingi   hatti-harakat
quyidagicha   bo'ladi:   kompyuterni   o'chiring   va   uni   himoyalangan   sistemali   disket
yordamida   qayta   yuklang   (bunday   disketa   Sizda   albatta   bo'lishi   kerak).   Mazkur
disketada   antivirus   dasturlari   joylashgan   bo'lishi   kerak.   Antivirus   dasturini   ishga
tushiring.
Zararlangan   operasion   sistemalarda   amallarni   bajarish   va   dasturlarni   ishga
tushirish  qo'pol  xato  va  misli  ko'rilmagan  yo'qotishlarga  sabab  bo'ladi.  Jumladan,
bunda hali zararlanmagan dasturlar ham talofat ko'rishi mumkin. Masalan, Sizning
kompyuteringiz   RCE-1800   virusi   bilan   zararlangan   bo'lsin.   Mazkur   virusga
mo'ljallanmagan   faga   dasturni   extiyotsizlik   bilan   ishlatish   qolgan   yuklovchi
modullarni ham ishdan chiqaradi.
Yana   ko'p   uchraydigan   xatolardan   biri   antivirus   vositalarini   haddan   tashqari
ishonish.   Garchand,   bunday   dasturlarni   juda   yuqori   darajadagi   dasturchilar
yaratsalarda, ular har doim ham ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham
xatolardan holi emas. Bu detektorlarga ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz
ta'kidlashimiz   lozimki,   biz   faga   deb   atalayotgan   dasturlar   aslida   "detektor-
faga"ning   o'zi.   Shuning   uchun   ularning   ishida   viruslarni   aniqlashda   ham,   ularni
davolashda ham xatolar bo'lishi mumkin.
Ishlatilayotgan   detektorlar   ko'pincha   viruslarni   payqamay,   zararlangan   fayllarni
o'tkazib yuboradilar. Masalan, juda mashhur McAFee Associates firmasiga tegishli
SCAN   kompleks   detektori   bizning   mamlakatimizda   keng   tarqalgan   viruslarni
payqamay   o'tkazib   yuboradi   va   yangi,   bir   nechta   yolg'on   ishlanmalar   beradi.
Shuning uchun bir  nechta detektorlarni bir  yo'la qo'llash "ovoz berish yo'li  bilan"
zararli dasturlarning ro'yxatini tuzish mumkin. 
Arxivda   saqlanayotgan   dasturlarga   detektorlarni   qo'llash   samarasiz   ekanligini
ta'kid-lash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish lozim. Aks holda, detektor
mazkur   fayllarni   tekshirmaydi.   Yana   faga   noo'rin   dasturning   foydali   qismini
"tishlashi mumkin". Aynan shu yerda detektor yolg'on axborot bergan bo'ladi. Faga
ishlab   turgan   dasturni   ishdan   chiqarishi   hech   gap   emas.   Yana   bir   eng   katta,   yo'l
qo'yiladigan   xatolardan   biri   himoyalanmagan   disketaning   qo'lma-qo'l   yurishi   va
ishonchsiz disketalarni  yuklashdir. Shuning uchun disketalarni doimo himoyalash
kerak.   Faqat   ishonchli   disketalardangina   foydalanish   darkor   va   yana   bir   yo'l
qo'yiladigan xatoga maxsus to'xtalamiz. Bu A disk yuritgichda disketa bo'la turib, kompyuterni   qayta   yuklashdir.   Bunda   BIOC   aynan   disk   yuritgichdagi   disketadan
dasturni yuklaydi, natijada disketadagi boot-virus vinchesterga yuqadi.
Faganing   sifati,   eng   avvalo,   u   qayta   ishlayotgan   viruslar   soniga   bog’liq.   Bundan
tashqari,   interfeys   qulayligi   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bular   faganing
hisobotini   yaxshilaydi.   Odatda,   fagalar   bir   necha   viruslarga   mo'ljallangan   bo'lib,
qolganlari uchun samarasiz bo'lishi mumkin.  
Virusdan himoyalanish usullarini qo'llash
"Virus-himoya   vositalari"   muammosi   xuddi   "hujum   quroli   -   himoya   quroli"
muammosiga   o'xshaydi.   Himoya   vositalari   ko'paygan   sari   hujum   vositalari   ham
takomil-lashib,   uni   ishlatuvchilar   rag'batlantirilmokda.   Nachora,   hayot   shunday
kurashdan   iborat.   Shuning   uchun   aytish   darkorki,   kompyuter   viruslari   hali   ko'p
vaqt dolzarb muammo bo'lib qolaveradi, har ikki tomon ham rivojlana beradi.
Himoyalanishning   asosiy   texnologik   sxemasi.   Himoyalanishning   bunday   sxemasi
quyidagi bosqichlardan iborat:
- yangi dasturiy mahsulotning dastlabki nazorati;
- qattiq diskni bir necha mantiqiy disklarga ajratish;
-   rezident   revizor   (taftishchi)   dasturlar   bilan   davriy   ravishda   axborot   butligini
tekshirib turish;
- arxivlashtirish.
Yangi   kiritilayotgan   dasturiy   ta'minotni   nazorat   qilish:   Birinchi   va   juda   zarur
himoya   kiritilayotgan   dastur   va   disketalarni   nazorat   qilishdir.   Go'yoki,
samolyotning   muvaffaqiyatli   parvoz   qilishi   uchun   passajirlar   batafsil
tekshirilganidek,   kompyuterda   kiruvchi   axborotlarni   batafsil   tekshirish   viruslar
yuqishining oldini oladi. Har qanday "firma" disketalariga ham ishonaverish kerak
emas. 
Ularda ham virus bo'lishi mumkin
Ko'pchilik   mashhur   fayl   va   boot-viruslar   mavjudligini   kirish   nazoratining
o'zidayoq aniqlash mumkin. Bu jarayon bor-yo'g'i bir necha daqiqani oladi, xolos.
Aks   holda   ko'p   vaqt   axborotlarni   viruslardan   tozalashga   ketib   qoladi.   Kirish
nazoratini bir  nechta marta saralab, maxsus tanlab olingan detektor va fagalardan
o'tkazgan   ma'qul.   Biz   quyidagilarni   tavsiya   etamiz.   SCAN,   AIDSTEST,
DOCTOR, AV, TP48CLS. Fagalarni detektor rejimida ishlatish zarur.
Karantin   rejimi:   Agar   dasturiy   ta'minot   "begona   qo'ldan"   olingan   yoki   yot
tashkilotlardan   kelgan   bo'lsa,   mazkur   dasturlarni   ishlatishda   "karantin   muddati"ni
belgilash   foydali.   Bunda   har   bir   dastur   uchun   qat'iy   sinov   muddatini   joriy   etish
zarur. Bu muddat oy, haftaning kunlari bo'lishi mumkin.  Nega? Chunki, biz yuqorida ayganimizdek, ba'zi bir viruslar ma'lum oy yoki aynan
oyning   bir   kunida   o'z   "hunarini"   ko'rsatadi.   Zararlangan   dasturlardan   tashqari,
ba'zida   "singan"   himoyadagi   dasturlar   ham   xavf   tug'diradi   (ular   ko'proq   ofis   va
o'yin   dasturlarida   uchraydi).   Gap   shundaki,   dasturning   himoyasini   olish   viruslar
faoliyatini kuchaytirib yuboradi. Ayniqsa, "troya" viruslari faollashadi. 
Masalan, Ukrainaning Donesk shahrida noqonuniy nusxalangan Formula o'yinlari
davriy ravishda SMOS-xotirani o'chirib tashladi.
Antivirus dasturlari
Kompyuterdagi ma'lumotlar va dasturlar ma'lum virus dasturi tomonidan o'chirilib
yuborilishi   yoki   shikastlanishi   mumkin.   Virus-dasturlari   dasturchilar   tomonidan
tajriba uchun yoki yomon niyatlarda yaratilib, asosan ular quyidagi vositalar orqali
Sizning kompyuteringizga kirishi mumkin:
- noma'lum disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va boshqalar);
- internet tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida;
- elektron-pochta orqali;
- lokal tarmoq orqali;
- noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish oqibatida; 
Virus   dasturlari   asosan   Assembler   dasturlash   tilida   tuziladi   va   ular   salbiy   ta'siri
bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi: 
1.   Sodda   viruslar   -   operativ   xotirani   band   qilib,   kompyuterning   ishlashi
sekinlashtiradi.
2.   Maxsus   "stels"   viruslari,   ular   joylashishini   o'zgartirib   turadi   va   ularni   topish
ancha murakkab.
3. Ma'lumotlarga o'zgartirish kiritadigan viruslar.
4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar.
5.   Foydalanuvchining   ayrim   bir   (mahfiy)   ma'lumotlarini   Internet   tarmog'i   orqali
virusni yaratgan shaxsga yuboradigan viruslar.
Kompyuterdagi   ma'lumotlarni   viruslardan   himoya   etish   uchun   antivirus   dasturlar
ishlab   chiqarilgan.   Antivirus   dasturlar   AQSh,   Kanada,   Rossiyaning   bir   qator
firmalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. 
Antivirus   dasturlar   rezident   va   norezident   turlarga   bo'linadi:   rezident   antivirus
dasturi  kompyuter  yoqilganidan  o'chirilguncha  qadar  operativ xotira, aktiv (joriy)
dasturlarni,   fayllarni   virusga   tekshirib   turadi.   Rezident   antivirus   dasturi   o'zining
ishini   foydalanuvchiga   bildirmasdan   olib   boradi,   faqat   ayrim   hollarda
foydalanuvchidan   virusi   mavjud   faylni   davolashga   ruxsat   so'raydi.   Norezident antivirus   dasturlar   esa   faqat   foydalanuvchining   o'zi   ko'rsatgan   joylarni   va
belgilangan   vaqtda   tekshiradi   va   davolaydi.   Hozirgi   kunda   quyidagi   antivirus
dasturlar keng tarqalgan:
1. DrWeb for DOS;
2.DrWeb for Windows;
3. Antiviral Tool Kit Pro;
4. AVP Platinium;
5. Norton Antivirus;
6. McAfee; 
7. Aidstest; Doctor   Web,   AVP,   Aidstest   antivirus   dasturlari   Rossiyaning   "Kasperskiy"
laboratoriyasi   tomonidan   ishlab   chiqarilgan   va   u   MDH   davlatlarida   ko'p
uchraydigan   viruslardan   xabari   bor.   Norton   Antivirus   mashhur   Symantec   firmasi
tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib, u topa oladigan viruslar soni 100000 dan ortiq.
AVP dasturi virusdan himoyalaydigan eng ishonchli antivirus dasturi hisoblanadi.
DrWeb   dasturining   rezident   tekshiruv   dasturi   Spider   -   Windows   rejimida
tekshiruvni   olib   boradi.   Bitta   kompyuterda   bir   nechta   turdagi   antivirus   dasturlar
o'rnatmagan   ma'qul,   chunki   ularning   virusni   topish   usullari   (algoritmlari)   har   xil
hamda   ular   ham   o’zlarini   viruslar   kabi   tutadilar   va   bu   holda   ular   o'zaro   "kelisha
olmay qolishlari" mumkin.

MAVZU: Shaxsiy komputerlarda axborotlarni himoya qilish texnologiyalari. Antivirus dasturlar, turlari va ulardan foydalanish. REJA: 1.Komputer tarmoqlarining arxitekturasi, topologiyasi va infratuzilmasi, ularning texnikaviy, dasturiy va axborot ta’minotlari. 2.Kerakli ma’lumotlarni internetdan izlash va ularni olish yo’llari. Elektron pochta va uning imkoniyatlari .

Antivirus dasturiy vositalari Hozirgi kunda 80000 dan ortiq kompyuter viruslari mavjud bo'lib, ular kompyuterda ma'lumotlarning ishonchli saqlanishiga xavf soladi va kompyuter ishlashi jarayonida turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shu bois, kompyuter viruslari, ularning turlari, etkazadigan zararlari hamda ulardan himoyalanish uchun ko'riladigan choralar bilan tanish bo'lish muhim. Kompyuter viruslari va ularni davolash . Kompyuter virusi o'lchami bo'yicha katta bo'lmagan, maxsus yozilgan dasturdan iborat bo'lib, u o'zini boshqa dasturlarga "yozib qo’yishi", shuningdek, kompyuterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvini virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va unga "yuqadi", shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani "ifloslaydi" va h.k.) bajaradi. Virus o'ziga tegishli amallarni bajarib bo'lgandan so'ng boshqaruvini o'zi joylashgan dasturga uzatadi. Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom etgiradi. Tashqaridan dasturning "kasallanganligi" bilinmaydi. Ko'p turdagi viruslar shunday tuzilganki , kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladiva vaqt-vaqgi bilan dasturlarni kasallaydi va kompyuterda zararli amallarni bajaradi. Virusning barcha amallari etarlicha tez va hech qanday ma'lumot e'lon qilmasdan bajariladi. Shuning uchun foydalanuvchi kompyuterda qanday jarayonlar amalga oshayotganligini bilishi qiyin. Kompyuterdagi dasturlarning kamchilik qismi kasallangan bo'lsa, virus borligi umuman bilinmaydi. Lekin aniq vaqg o'tgandan so'ng kompyuterda qiziq holatlar paydo bo'la boshlaydi. Masalan, ba'zi dasturlar ishlamay qoladi yoki noto'g’ri ishlaydi, ekranga begona ma'lumotlar yoki belgilar chiqariladi, kompyuterning ishlash tezligi sezilarli darajada pasayadi, ba'zi fayllar buzilib qoladi va hokazo. Shu paytgacha kompyuterdagi anchagina dasturlar , ba'zi boshqa turdagi fayllarishdan chiqadi. Bundan tashhari, virus, disk yoki lokal hisoblash tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga o'tishi ham mumkin. Shuning uchun virusdan himoyalanmasa yoki yuqishining oldi olinmasa juda katta noxushliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, 1989 yil amerikalik student Morris yozgan virus bilan bir necha ming kompyuter, jumladan AQSh mudofaa vazirligining kompyuterlari kasallangan va ishdan chiqqan. Oqibatida, virus muallifi 3 oy ozodlikdan mahrum qilinib , unga 270 ming dollar jarima solingan. Virus dasturi ko'rinmaydigan bo'lishi uchun u juda kichik bo'lishi kerak. Shuning uchun ham ularning ko'pchiligi assembler tilida yoziladi.

Viruslarning paydo bo'lishiga dastlabki mualliflarning "shumligi" va o'zlari tushunmagan holda kimnidir "tuzlashni" maqsad qilib qo'yishlari sabab bo'lgan. Oqibatining bu darajada yomonlashuvi ularning xayoliga kelmagan bo'lsa kerak. 1. Tarmoq topologiyalari Kompyuter tarmog'ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi) deganda, odatda, biz bir- biriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganligi va aloqa yo'llarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki, topologiya tushuncha-si, avvalambor, mahalliy tarmoqlar gagina tegishlidir, chunki bu tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatis h imkoni mav-jud. Global tarmoqlarda esa, aloqaning tuzilishi foydalanuvchid an berkitilgan va bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o'zining alohida yo'li bilan amalgaoshirilishi mumkin. Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo'yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini axborot almashishning bo'lishi mum-kin bo'lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo'lmasada, asosiy topologiya-larning xususiyatlarini, afzallik va k am-chiliklarini, balki hamma bilishi kerakdir. Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi. Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir.Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir. Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol (« посылка »), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi

kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos. Elektron pochtaning afzalliklari: Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo. - Internetning asosiy xizmat turlaridan biri bu Elektron pochtadir. Hozirgi paytda internetdan foydalanuvchilarning aksariyati elektron pochtadan foydalanishadilar. Lekin Elektron pochtadan to’g’ri va unimli foydalanish talab etiladi. Elektron pochta (e-mail-electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi.U bir manzildan ikkinchisiga ma’lumotlar jo’natilishini ta’minlaydi. Uning asosiy afzalligi vaqtga bog’liq emasligida. Elektron xatlar jo’natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olguniga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni, programm fayllarni o’z ichiga olishi mumkin. Elektron xatlar bir vaqtning o’zida bir necha adreslar bo’yicha jo’natilishi mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish 1. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish. Dastlabki nazorat: Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari bilan tekshirish. Profilaktika: "Yozishdan himoyalangan" disketalar bilan ishlash, yozish uchun disketadan foydalanishni minimallashtirish, ilgarigi va amaldagi disketalarni alohida saqlash, dasturlarni vinchesterda arxivlangan holda saqlash. Taftish (Reviziya):Yangi dasturlarni maxsus dasturlar yordamida tekshirish. Karantin: Har qanday yangi dastur yangi karantin muddatini o'tashi lozim. Ular mutaxassislar tomonidan viruslarga tekshirilgan bo'lishi kerak. Filtrlashtirish: FluSbot Plus, MaceVaccine, ANTIWS2 turdagi dasturlar orqali ehtimoldagi viruslarni tutish. Terapiya: (davolash). Dasturni dastlabki "sog'lom" holatga keltirish. Bu ish har bir fayldan zararli viruslarni "tishlab olib tashlash" usuli bilan amalga oshiriladi. Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, virusdan himoyalanishning bir necha turdagi dasturiy vositalari mavjud: dastur-detektorlar (disketa yoki diskdagi viruslarni "tutadi") va dastur-faglar (viruslardan davolaydi). Dastur-fagalar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi. Ish jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus o'zgartirib yuborgan buyruqlar ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga olayotgan kompyuter viruslari fagasi hozirda yaratilib bo'lingan. Hozir turli fagalarni yig'ish bilan odamlar band bo'lishmoqda. Bu, bizningcha, noto'g'ri.

Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini olishga qaratish lozim. "1 gramm profilaktika 1 kilogramm davolashga teng" maqoli naqadar to'g'ri. Antivirus dasturlarini ishlatishdagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarga batafsil to'xtab o'tamiz. Antivirus vositalarini qo'llashdagi eng ko'p yo'l qo'yiladigan xato - zararlangan kompyuterda ularni ishlatib yuborishdir. Virus aniqlangach, keyingi hatti-harakat quyidagicha bo'ladi: kompyuterni o'chiring va uni himoyalangan sistemali disket yordamida qayta yuklang (bunday disketa Sizda albatta bo'lishi kerak). Mazkur disketada antivirus dasturlari joylashgan bo'lishi kerak. Antivirus dasturini ishga tushiring. Zararlangan operasion sistemalarda amallarni bajarish va dasturlarni ishga tushirish qo'pol xato va misli ko'rilmagan yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Jumladan, bunda hali zararlanmagan dasturlar ham talofat ko'rishi mumkin. Masalan, Sizning kompyuteringiz RCE-1800 virusi bilan zararlangan bo'lsin. Mazkur virusga mo'ljallanmagan faga dasturni extiyotsizlik bilan ishlatish qolgan yuklovchi modullarni ham ishdan chiqaradi. Yana ko'p uchraydigan xatolardan biri antivirus vositalarini haddan tashqari ishonish. Garchand, bunday dasturlarni juda yuqori darajadagi dasturchilar yaratsalarda, ular har doim ham ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham xatolardan holi emas. Bu detektorlarga ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz ta'kidlashimiz lozimki, biz faga deb atalayotgan dasturlar aslida "detektor- faga"ning o'zi. Shuning uchun ularning ishida viruslarni aniqlashda ham, ularni davolashda ham xatolar bo'lishi mumkin. Ishlatilayotgan detektorlar ko'pincha viruslarni payqamay, zararlangan fayllarni o'tkazib yuboradilar. Masalan, juda mashhur McAFee Associates firmasiga tegishli SCAN kompleks detektori bizning mamlakatimizda keng tarqalgan viruslarni payqamay o'tkazib yuboradi va yangi, bir nechta yolg'on ishlanmalar beradi. Shuning uchun bir nechta detektorlarni bir yo'la qo'llash "ovoz berish yo'li bilan" zararli dasturlarning ro'yxatini tuzish mumkin. Arxivda saqlanayotgan dasturlarga detektorlarni qo'llash samarasiz ekanligini ta'kid-lash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish lozim. Aks holda, detektor mazkur fayllarni tekshirmaydi. Yana faga noo'rin dasturning foydali qismini "tishlashi mumkin". Aynan shu yerda detektor yolg'on axborot bergan bo'ladi. Faga ishlab turgan dasturni ishdan chiqarishi hech gap emas. Yana bir eng katta, yo'l qo'yiladigan xatolardan biri himoyalanmagan disketaning qo'lma-qo'l yurishi va ishonchsiz disketalarni yuklashdir. Shuning uchun disketalarni doimo himoyalash kerak. Faqat ishonchli disketalardangina foydalanish darkor va yana bir yo'l qo'yiladigan xatoga maxsus to'xtalamiz. Bu A disk yuritgichda disketa bo'la turib,