logo

Shaxsning bilish jarayonlari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

53.5 KB
Al-Bukhari university pedagogika va
psixologiya yõnalishi 1-4 guruh talabasi
Suyunova Gulzodaning psixologiya
nazariyasi va tarixi fanidan tayyorlagan
REFERATI Mavzu:Shaxsning bilish jarayonlari.
REJA:
1. Bilish faoliyatiga umumiy tavsif.
2. Asosiy bilish jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va 
o'ziga xosligi . 1. Bilish faoliyatiga umumiy  tavsif
:,   Bilish   muammosi   qadim   zamonlardan   beri   kishilik   dunyosini   qiziqtirib
keladi,   ammo   u   bugungi   kunda   fan   va   texnikaning   ri~   vojlanishi   tufayli   yanada
dolzarb   masalaga   aylanib   qoldi.   Shu   boisdan,   bilish   nazariyasi   falsafa,   tarix,
filologiya,   kibernetika,   pedagogika,   psixologiya   kabi   fanlarning   tadqiqot
predmetiga aylanib, ularning har qaysisi o'zining mohiyatidan kelib chiqib, uning u
yoki bu jabhalarini o'rganadi.
Boshqa fanlardan farqli o'laroq, psixologiya fani  insonning onto-genezida
bilishning vujudga kelishi, uning o'ziga xos psixologik mexanizmlari, unda ehtiyoj,
motiv,   emotsiya   va   irodaning   o'rni,   tanishish   zarurat   hisoblangan   obyektning
notanishligi, ko'rinishi hamda materiallar mazmunining ahamiyatini tekshiradi.
Bizningcha,   obyektiv   dunyo   to'g'risidagi   ma'lumotlar,   fan   asos-lari
bo'yicha   axborotlar,   ijtimoiy   va   individual   tajribalar,   shaxslararo   munosabat   va
muomala o'rnatish, muayyan faoliyatni  tashkil  qilish  va uni  boshqarish o'zini  o'zi
anglashga taalluqli tarkibiy qismlar bilan qurollanishga, ijod va yangilik yaratishga
qaratilgan   murakkab,   iyerarxik   hamda   integral   xususiyatli,   faqat   insoniyatgagina
xos bo'l-gan, aqliy va jismoniy negizga quriluvchi intilish va faollikning majmuasi
bilish  deb ataladi.
Bilishning psixologik bosqichlari, darajalari, ko'lami, kengligi, chuqurligi,
to'liqligi,   aniqligi,   yaqqolligi,   ifodalanish   shakllari   va   vositalari,   barqarorligi,
mustaqilligi   va   uning   ijtimoiy   psixologik   mexanizmlari   to'g'risida   ma'lumotlar
sharhlanadi.
Bizni   qurshab   turgan   obyektiv   borliqni   bilish   xususiyatiga   oid   jahon
psixologiyasi   fanida   ko'plab   ilmiy   nazariyalar,   mustaqil   kon-sepsiyalar,   o'xshash
qarashlar,   puxta   pozitsiyalar,   xilma-xil   yonda   shishlar   mavjud,   ammo   shunga
qaramasdan, bu asnoda bilishning filogenetik qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari,
ularning   bunyodkor   mexanizmlari,   muayyan   o'ziga   xoslik,   ulardagi   barqarorlikni
ta'min-lovchi   shart-sharoitlar,   harakatlantiruvchi   kuchlar,   obyektiv   va   subyektiv
omillarning   ta'sirchanlik   imkoniyati   rang-barangligi   tufayli   onitogenetik   davrning
xususiyatlari to'g'risida mulohaza yuritishning o'zi yetarlidir. Inson shaxs bo'lib shakllanishida va rivojlanishida bilish jarayon lari asosiy
funksiyani bajaradi. Bilish jarayonlari qadim zamonlardan beri olimlarning diqqat
markazida boigan muammolardan biri bo'lib kelgan. Insonning ontogenezida bilish
jarayonini   amalga   oshiruvchi,   uni   yuzaga   keitiruvchi   asosiy   manbalar   mavjud
bo'lib, bizningcha, ular taxminan quyidagilardan iborat:
1) tug'ma instinktlar;
2) shartsiz reflekslar;
3) shartli reflekslar;
4) ideomotor harakatlar;
5) predmetli harakatlar;
6) taqlid yoki imitatsiya;
7) tajriba;
8) mashq;
9) ko ' nikma ,   malaka ,   odat   ( ularni   o ' zlashtirish   imkoniyati   va   egallash
vaziyati );
10) refleksiya (xulq va ongli boshqarish).
Bilish jarayonining mohiyati va o'ziga xosligini vujudga keitiruv chi asosiy
psixologik negizlari tariqasida:
1) ehtiyoj; J
2) motiv (motivatsiya);
3) mayl; 4)moyilIik;
5) qiziqish;
6) ustanovka;
7) tug'ma, tabiiy alomatlar;
8) faollik;
9) ruhiy holatlarning barqarorligi;
10) obyektiv   va   subyektiv   xususiyatli   funksiyalar   xizmat   qilishi
mumkin. 2.   Asosiy   bilisli   jarayonlari,   uning   qonuniyatlari,   tarkibi   va   o'ziga
xosligi
Diqqat   va   uning   turlari,   xususiyatlari.   Diqqat   -   kishi   'faoliyati   -ning
barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o'quv faoliyati samarador-ligining muhim va
zarur   sharti.   Bilish   jarayonlari   kechishining   eng   muhim   xususiyati   uning
tanlaydigan,   yo'naltirilgan   shakldaligidan   iborat.   Tevarak   atrofdagi   olamning
ko'plab   ta'sirlari   orasidan   kishi   hamisha   nimanidir   idrok   etadi,   nimanidir   faraz
qiladi,   nima   haqidadir   fikr   yuritadi,   o'ylaydi.   Ongning   bu   xossasini   uning   diqqat
kabi xususiyati bilan o'zaro bogiiq, deb hisoblaydilar.
Diqqat   individning   emotsional,   aqliy   yoki   harakatlantiruvchi   fabltigi
darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo 'naltirilganligi va hir
narsaga qaratilganligidir.
Diqqatni   ma'lum   obyektga   qaratish   uchun   irodaviy   kuch,   g'ayrat   sarflash
zarurati   ishga   tushayotgan   paytda,   binobarin,   qiyinchiliklar   paydo   bo'lganida,
bilishga oid qiziqish susayganida va, shuningdek to'siqlar mavjud bo'lgan kezlarda
aniq-ravshan namoyon boiadi.
Hosil bo'lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko'ra diqqat-ning ikkita
asosiy tori mavjud:
1) ixtiyorsiz diqqat;
2) ixtiyoriy diqqat.
Ixtiyorsiz   diqqat   kishining   anglashilgan   niyatlari   va   maqsadlaridan
mustasno   tarzda   hosil   boiadi   va   qoilab-quvvatlanadi.   Ixtiyorsiz   diqqatning   paydo
boiishi   jismoniy,   psixofiziologik   va   psixik   omiliar   bilan   belgilanadi.   Individning
ehtiyojlariga   muvofiq   keladigan,   uning   uchun   ahamiyatiga   ega   boigan
qo'zg'atuvchilar   ixtiyorsiz   diqqatni   qo'zg'aydi.   Ixtiyorsiz   diqqatda   bevosita
qiziqishning   o'rni   benihoya   kattadir.   Nimaiki   qiziqarli,   maroqli,   hissiyotga   boy,
zavqli   bo'lsa,   diqqatning   uzoq   vaqt   mobaynida   to'planib   turishini   taqozo   etadi.
Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo'nalganligiga ham bogiiqdir.
11) Ixtiyoriy   diqqat   ongli   ravishda   boshqariladigan   va   tartibga   solina-
digan   diqqat-e'tibordir.   Ixtiyoriy   diqqat   ixtiyorsiz   diqqat   zamirida   hosil   boiadi. Ixtiyoriy diqqat agar kishi faoliyati jarayonida o'z oldiga maium bir vazifa qo'ygan
va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan boisa yuz beradi.
Ixtiyoriy   diqqat   diqqatning   oliy   turi   sifatida   mehnat   jarayonida   tarkib
topadi.   Ixtiyoriy   diqqatning   vazifasi   psixik   jarayonlarning   ke-chishini   boshqarib
turishdan iborat.
Kishi   aynan   ana   shot   ixtiyoriy   diqqatning   mavjudligi   tufayli   xotira*-dan
o'zi uchun zarur maiumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib olish»ga, to'g'ri qarorlar
qabul qilishga, faoliyat jarayonida paydo bo'ladigan vazifalarni amalga oshirishga
layoqatli boiadi.
Diqqatni kuchli qo'zg'atuvchilar baland ovoz, yorqin nur va bo'yoq, kuchli
hid jalb etadi.
Diqqatning   taqsimlanishi   ikki   va   undan   ko'proq   faoliyat   turlari-ning   (bir
qancha harakatlarning) bir vaqtning o'zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan
bogiiq   xususiyat.   Diqqatning   yuksak   daraja-da   taqsimlanishi   -   ko'pgina   hozirgi
zamon   mehnat   turlari   muvaffaqiyatliligining   muqarrar   shartlaridan   biridir.
Masalan, operatorlar, ko'plab dastgohlarda ishlovchilar, transport haydovchilari va
boshqalarning ishi ana shuni talab qiladi.
Diqqatning   ko'chishi   maium   obyektning   bir   faoliyatdan   ikkinchi   bir
faoliyatga,   bir   obyektdan   ikkinchi   bir   obyektga,   bir   harakatdan   ikkinchi   bir
harakatga o'tishida namoyon boiadi. Diqqatning ko'chi shi yo ongli ravishdagi xulq-
atvorga,   faoliyatning   talablariga   yoki   o'zgarib   ketayotgan   shart-sharoitlarga
muvofiq tarzda yangi faoliyatga kirishish zaruratiga bogiiq boiadi.
Faqat   obyektlar   va   jarayonlar   o'zgarib,   faoliyat   esa   uzoq   vaqt   da-vomida
o'zgarmasdan   qolgan   hollarda   diqqatning   barqarorligi   doirasi-da   uning   ko'chishi
yuz beradi. Bunday ko'chish uzoq davom etadigan ish paytida charchashning oldini
oladi   va   shu   bilan   diqqatning   barqarorligini   oshiradi.   Lekin   bu   tez-tez
takrorlanavermasligi lozim, aks holda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Diqqatning   salbiy   jihatlaridan   biri   parishonxotirlikdir.   Parishonxo-tirlik
diqqatni   uzoq   vaqt   davomida   jadal   bir   narsaga   qaratishga   layoqatsizlikda,
diqqatning   osongina   va   tez-tez   boiinib   turishida   na moyon   boiishi   mumkin. Parishonxotirlikning   bu   ko'rinishi   ko'pincha   ish   qobiliyati   susayib   ketishining   va
xulq-atvordagi   uyushmaganlik-ning   sabablaridan   biri   hisoblanadi.
Parishonxotirlikni   keltirib   chiqa-ruvchi   sabablar   nimalardan   iborat?
Parishonxotirlik   shaxsning   barqa-ror   xislati   sifatida   ixtiyoriy   diqqat   sustligining
ko'rsatkichi hisoblanadi va u   noto'g'ri tarbiya natijasida boiishi   mumkin. Bunday
pari shonxotirlikka qarshi, avvalo, shaxsda irodaviy fazilatlarni shakllan-tirish yo'Ii
bilan kurash olib borish kerak.
Tevarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, hidlar va
harorat,   miqdor   va   ko'plab   boshqa*   narsalar   to'g'risida   biz   sezgi   organlari   tufayli
bilamiz.   Kishi   sezgi   a'zolari   yordamida   tashqi   va   ichki   muhitning   holati   haqida
rang-barang axborot olib turadi.
Sezgi   haqida   tushuncha.   Sezgi   oddiy   psixik   jarayon   bo'lib,   u   moddiy
olamdagi narsa va hodisalarning ayrim  xususiyatlari  aksidan, shuningdek moddiy
qo'zg'atuvchilar   tegishli   retseptorlarga   bevosita   ta'sir   etgan   miqdorda   organizmda
hosil   bo'ladigan   ichki   holatlardan   tarkib   topadi.   Materiya   sezgi   organlarimizga
ta'sir   etib   sezgi   hosil   qiladi.   Sezgi   a'zolari   axborotni   qabul   qilib   oladi,   saralaydi,
jamlaydi va miyaga yetkazib beradi.
Sezgi   a'zolari   tashqi   olamning   kishi   ongiga   kirib   keladigan   ya-gona
yo'lidir.   Sezgilar   mohiyatiga   ko'ra   obyektiv   olamning   subyektiv   obrazidir.   Lekin
sezgilarning   hosil   boiishi   uchun   organizm   moddiy   qo'zg'atuvchining   tegishli
ta'siriga   berilishi   kifoya   qilmaydi,   balki   organizmningo'zi   ham   qandaydir   ish
bajarishi lozim.
Kishining  hayoti  va  faoliyatida  sezgilarning  ahamiyati   juda   katta,  negaki,
ular   bizning   olam   haqidagi   va   o'zimiz   to'g'rimizdagi   bilimla-rimiz   manbai
hisoblanadi.   Inson   tevarak   atrofdagi   olam   haqida   ha-misha   axborot   olib   turishi
kerak.
Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko'rsatilgan turlari mavjud:
1) ko'rish;
2) eshitish;
3) hid bilish; 4) badanning tegishi orqali sezish;
5) ta'm bilish.
Sezgilar   ma'lum   bir   qo'zg'atuvchining   muayyan   retseptorga   ta'si-ri
natijasida   hosil   boigani   uchun   ham   sezgilarning   tasnifi   ularni   hosil   qiladigan
qo'zg'atuvchilarning   va   ana   shu   qo'zg'atuvchilar   ta'sir   qiladigan   retseptorlarning
xususiyatlariga asoslanadi.
12) Aks   etish   xususiyatiga   va   retseptorlarning   joylashgan   o'rniga   qa-rab
sezgilar, odatda, uch guruhga ajratiladi:

Al-Bukhari university pedagogika va psixologiya yõnalishi 1-4 guruh talabasi Suyunova Gulzodaning psixologiya nazariyasi va tarixi fanidan tayyorlagan REFERATI

Mavzu:Shaxsning bilish jarayonlari. REJA: 1. Bilish faoliyatiga umumiy tavsif. 2. Asosiy bilish jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi .

1. Bilish faoliyatiga umumiy tavsif :, Bilish muammosi qadim zamonlardan beri kishilik dunyosini qiziqtirib keladi, ammo u bugungi kunda fan va texnikaning ri~ vojlanishi tufayli yanada dolzarb masalaga aylanib qoldi. Shu boisdan, bilish nazariyasi falsafa, tarix, filologiya, kibernetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlarning tadqiqot predmetiga aylanib, ularning har qaysisi o'zining mohiyatidan kelib chiqib, uning u yoki bu jabhalarini o'rganadi. Boshqa fanlardan farqli o'laroq, psixologiya fani insonning onto-genezida bilishning vujudga kelishi, uning o'ziga xos psixologik mexanizmlari, unda ehtiyoj, motiv, emotsiya va irodaning o'rni, tanishish zarurat hisoblangan obyektning notanishligi, ko'rinishi hamda materiallar mazmunining ahamiyatini tekshiradi. Bizningcha, obyektiv dunyo to'g'risidagi ma'lumotlar, fan asos-lari bo'yicha axborotlar, ijtimoiy va individual tajribalar, shaxslararo munosabat va muomala o'rnatish, muayyan faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarish o'zini o'zi anglashga taalluqli tarkibiy qismlar bilan qurollanishga, ijod va yangilik yaratishga qaratilgan murakkab, iyerarxik hamda integral xususiyatli, faqat insoniyatgagina xos bo'l-gan, aqliy va jismoniy negizga quriluvchi intilish va faollikning majmuasi bilish deb ataladi. Bilishning psixologik bosqichlari, darajalari, ko'lami, kengligi, chuqurligi, to'liqligi, aniqligi, yaqqolligi, ifodalanish shakllari va vositalari, barqarorligi, mustaqilligi va uning ijtimoiy psixologik mexanizmlari to'g'risida ma'lumotlar sharhlanadi. Bizni qurshab turgan obyektiv borliqni bilish xususiyatiga oid jahon psixologiyasi fanida ko'plab ilmiy nazariyalar, mustaqil kon-sepsiyalar, o'xshash qarashlar, puxta pozitsiyalar, xilma-xil yonda shishlar mavjud, ammo shunga qaramasdan, bu asnoda bilishning filogenetik qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari, ularning bunyodkor mexanizmlari, muayyan o'ziga xoslik, ulardagi barqarorlikni ta'min-lovchi shart-sharoitlar, harakatlantiruvchi kuchlar, obyektiv va subyektiv omillarning ta'sirchanlik imkoniyati rang-barangligi tufayli onitogenetik davrning xususiyatlari to'g'risida mulohaza yuritishning o'zi yetarlidir.

Inson shaxs bo'lib shakllanishida va rivojlanishida bilish jarayon lari asosiy funksiyani bajaradi. Bilish jarayonlari qadim zamonlardan beri olimlarning diqqat markazida boigan muammolardan biri bo'lib kelgan. Insonning ontogenezida bilish jarayonini amalga oshiruvchi, uni yuzaga keitiruvchi asosiy manbalar mavjud bo'lib, bizningcha, ular taxminan quyidagilardan iborat: 1) tug'ma instinktlar; 2) shartsiz reflekslar; 3) shartli reflekslar; 4) ideomotor harakatlar; 5) predmetli harakatlar; 6) taqlid yoki imitatsiya; 7) tajriba; 8) mashq; 9) ko ' nikma , malaka , odat ( ularni o ' zlashtirish imkoniyati va egallash vaziyati ); 10) refleksiya (xulq va ongli boshqarish). Bilish jarayonining mohiyati va o'ziga xosligini vujudga keitiruv chi asosiy psixologik negizlari tariqasida: 1) ehtiyoj; J 2) motiv (motivatsiya); 3) mayl; 4)moyilIik; 5) qiziqish; 6) ustanovka; 7) tug'ma, tabiiy alomatlar; 8) faollik; 9) ruhiy holatlarning barqarorligi; 10) obyektiv va subyektiv xususiyatli funksiyalar xizmat qilishi mumkin.

2. Asosiy bilisli jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi Diqqat va uning turlari, xususiyatlari. Diqqat - kishi 'faoliyati -ning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o'quv faoliyati samarador-ligining muhim va zarur sharti. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yo'naltirilgan shakldaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning ko'plab ta'sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o'ylaydi. Ongning bu xossasini uning diqqat kabi xususiyati bilan o'zaro bogiiq, deb hisoblaydilar. Diqqat individning emotsional, aqliy yoki harakatlantiruvchi fabltigi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo 'naltirilganligi va hir narsaga qaratilganligidir. Diqqatni ma'lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch, g'ayrat sarflash zarurati ishga tushayotgan paytda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo'lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va, shuningdek to'siqlar mavjud bo'lgan kezlarda aniq-ravshan namoyon boiadi. Hosil bo'lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko'ra diqqat-ning ikkita asosiy tori mavjud: 1) ixtiyorsiz diqqat; 2) ixtiyoriy diqqat. Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil boiadi va qoilab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo boiishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omiliar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga muvofiq keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega boigan qo'zg'atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo'zg'aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning o'rni benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo'lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to'planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo'nalganligiga ham bogiiqdir. 11) Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solina- digan diqqat-e'tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil boiadi.