logo

Son uslubiyati.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

70.5498046875 KB
Son uslubiyati.
Reja:
                       1. Son so‘z turkumiga oid so‘zlar ma’nosidagi  aniqlik ularning uslubiy
imkoniyatlarini bir qadar cheklab qo‘yishi.
2. Bir   sonining   uslubiy   imkoniyatlari.   Sonlardagi   ramziylik,   ularning   xalq
og‘zaki ijodida, so‘zlashuv uslubida qo‘llanishidagi an’anaviylik.
3.Numerativlar. Ularning o‘zaro va boshqa so‘zlar bilan sinonimiyasi.
4.Songa oid affikslar sinonimiyasi. Son.  O‘zbek tilida, garchi ot, fe’l yoki sifat so‘z turkumlari darajasida bo‘lmasa-
da, songa oid birliklarning ham stilistik imkoniyatlari haqida so‘z yuritish 
mumkin.
“O‘zbek   tili   grammatikasi”da   tilimizdagi   barcha   sonlar   va   numerativlar
hisoblanadigan   dona, nusxa, bosh, tup, nafar; parcha, varaq, og‘iz, luqma, siqim,
tilim,   chimdim,   qultum/yutum/ho‘plam,   tomchi/qatra,   chaqmoq,   nimta,   to‘g‘ram,
poy, bo‘lak, shingil; gala, to‘p, guruh, to‘da, dasta, bog‘/bog‘lam, quchoq, shoda,
hovuch;   juft;   gramm,   kilogramm,   metr,   pud,   botmon,   sentner,   tonna,   piyola,
qoshiq,   kosa,   choynak,   qop,   quti,   chamadon,   jo‘ra/kiyim,kiyimlik,   toy,
arava/mashina/tuya,   qavat/qat,   qator,   o‘rim,   tandir;     metr,   santimetr,   kilometr,
gaz,   tanob,   tosh,   qarich,   quloch,   chaqirim,   qadam,   farsah;   yosh/yashar,   oylik,
kunlik; asr, yil, oy, hafta, sutka, kun, kecha, kunduz, soat, daqiqa, minut, sekund;
so‘m, tiyin,  tanga, chaqa,  tilla, miri,  paqir,  chiqim;  marta,  navbatda,  karra,  bor,
hissa, qatla, da’fa, sidra, baravar   singarilar keltirilgan. 1
 Ularning ekspressivlik va
funksional imkoniyatlari turlicha.
Son   so‘z   turkumi   doirasidagi   birliklar   orasidan   emotsional   ekspressiv
ottenkalar va semantik-stilistik hamda funksional-stilistik ma’nolar yaqqol ko‘zga
tashlanib   turadigan   elementlarni   qarab   chiqamiz.   Bunda   birinchi   navbatda
diqqatimizni bir  so‘zi tortadi.
Darhaqiqat,   sonlar   orsida   bir     o‘zining   qo‘llanish   chastotasi   va   anglatgan
semantik-stilistik   ma’nolari   bilan   alohida   mavqega   ega.   Undagi   raqamni
anglatishdan   tashqarida   bo‘lgan   bu   qo‘shimcha   ottenkalar   ayniqsa   badiiy   matnda
o‘ziga   xos   tarzda   namoyon   bo‘ladi.   Ana   shu   alohidaliklar   nimalardan   iborat
ekanligini   ko‘rsatish   maqsadida     Zulfiya   asarlari   tili   va   uslubi   yuzasidan   olib
borgan tadqiqotlarimiz materiallaridan hamda boshqa manbalardan foydalanamiz.
1
 Ўзбек тили грамматикаси,  I  том. – Т.:Фан, 1975, 307-331-бетлар. O‘zbek   tilshunosligida   bir     so‘zining   leksik-grammatik   ma’nosi   durust
yoritilgan   deyish   mumkin. 2
  Bir     so‘zining   S.Nizomiddinova     tomonidan   20   ortiq
ma’nosi izohlangan. 3
Bir     so‘zi   Zulfiya   ijodida   442   marta   qo‘llangan. 4
  SHoira   asarlarida   bu
so‘zning semantik-stilistik  ma’nolari uning grammatik ma’nosi bilan uyg‘unlashib
ketgan.   Leksik   birlik   sifatida   bu   so‘zning   vazifasi   sonni   ifodalash,   predmet   yoki
voqea-hodisaning   yakka-yagona   ekanligini   ko‘rsatishdan   iborat   bo‘lsa,   matnda
uning   ma’nosi   jiddiy   ravishda   kengayib   ketgandir.   Jumladan:   1.   Bir   so‘zi   sonni
anglatadi:a)   yakkalik   ma’nosini   ifodalovchi   sanoq   sonni   ko‘rsatadi   va   bu   uning
asosiy   leksik   ma’nosi   hisoblanadi:   Qanday   paydo   bo‘ldi,   bilmayman   hali   /
Qarshimda   bir   barno   yigit ni     ko‘rdim     (1.66).   Bunday   vaqtda   u   matnda   yakka,
yolg‘iz     so‘zlariga   sinonim   bo‘lishi   mumkin:   Ikki   bo‘lsa   yolg‘iz   bosh ing,   /
Armonim shu bolajonim  (2.98).  Bir  daraxt  turardi yo‘l chekkasida, / SHamol urar
edi uni muttasil   (1.217). Bu so‘zlar leksik jihatdan birining o‘rnini ikkinchisi bosa
olsa-da,   stilistik   jihatdan   ularning   har   birining   ma’no   ottenkasi   farqlanib   turadi.
YUqoridagi misollarda   bir   so‘zida ma’noni ta’kidlab, ajratib ko‘rsatish xususiyati
yakka     va     yolg‘iz     so‘zlaridagidek   kuchli   emas;   b)   garchi   semantik   tabiatiga   zid
bo‘lsa-da, u matnda ko‘pchilik ma’nosini ifoda etadi. Bunda     bir     qo‘shilib kelib,
mikromatn   hosil   qilayotgan   so‘zning   ham   sezilarli   ahamiyati   bordir.   SHuning
uchun   ham   sonlar   ma’nosining   reallashuvidagi   matnning   roli   tadqiqotchilar
tomonidan   alohida   ta’kidlanadi. 5
  Birikmadagi   ikkinchi   so‘z   mazmunan   ko‘plikni
anglatib turadi,   bir     ana shu ko‘plikni reallashtirishga, bo‘rttirishga xizmat  qiladi:
Harorat ne o‘zi? / Harorat, harorat, /   Bir jahon    og‘ushida sezasan o‘zingni   (1.9)
yoki   Bir   osmon     yulduzni   qamragan   okeanday   kengmisan,   /   Har   ezgu   insonga
porlagan zarrang bor?  (1.9) parchalaridagi  bir   so‘zli birikma o‘zini alohida urg‘u
bilan   talaffuz   qilishni   talab   etadi.   SHoira   qo‘llagan   bir   olam   (1.44),   bir   daryo
(1.78),   bir dunyo   (1.146) birikmalarida ham bu so‘z o‘zi birikib kelgan so‘z bilan
2
  Шоабдураҳмонов   Ш.   ва   бошқ.   Ҳозирги   ўзбек   адабий   тили.   –   Тошкент:   Ўқитувчи,   1980;   Ўзбек   тили
грамматикаси, I том. –Тошкент:Фан, 1975; Ҳозирги ўзбек адабий тили, икки томлик, I том. – Тошкент: Фан,
1966.
3
  Низомиддинова С.    Ҳозирги замон ўзбек тилида сон. – Тошкент: Фан, 1963, 43-бет.
4
  Қўнғуров Р., Каримов С.   Зулфия поэзияси тилининг луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1981, 41-42-бетлар.
5
  Низомиддинова С.    Ҳозирги замон ўзбек тилида сон, 41-бет. birga ana shu ma’nolarni ifodalash maqsadiga bo‘ysundirilgan. Bulardan tashqari,
Zulfiya asarlarida  bir to‘da  (1.234),  bir necha  (2.91,117),  bir gala  (2.14),  bir dasta
(2.73),   bir   quchoq   (2.34)   kabi   birikmalar   ham   uchraydi.   Ammo   ko‘plik   ma’nosi
ifodalangan   bu   birikmalarda   obrazlilik   yuqorida   keltirganimiz   misollardagi   kabi
sezilib turmaydi.
2.   Men ketdim bir o‘zim,   ko‘zda surating / Qalbda xandoningdan lazzatlar
qoldi   (1.69)   parchasida   bir   so‘zi   stilistik   jihatdan   ortiqchaday   ko‘rinsa-da,   aslida
bunday emas. Bu so‘z o‘zida ma’lum stilistik yuk tashiydi. Bu o‘rinda     bir   orqali
egalik affiksidan anglashilayotgan yakkalik ma’nosi ta’kidlanmoqda. 
Mana   bu   misoldagi   takror   qo‘llanilayotgan   bir     so‘zi   shoira   uchun   she’riy
ta’kidni, poetik obrazni kuchaytirish, badiiylikni ta’minlash vositasi  bo‘lib xizmat
qilgan:  U bir  quyosh, u bir tong, go‘zal bir doston, / Aytay desam tilim lol, kim, u
yigit kim  (2.72).
Bir   gapning   o‘zida   bir     so‘zining   takroriy   qo‘llanilishi   ham   turli   semantik
ma’nolarning   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘ladi.   Masalan,   harakatni   bajaruvchilarni
alohida   ajratib   ko‘rsatiladi:   CHoyxurlar   biri   tizzasiga   shappatilab,   biri   kornini
ushlab   xoxolashadi   (O‘.   Xoshimov   Ikki   eshik   orasi),   sanash   ma’nosi:   Daladan
tuppa-tugri xasharga kelgan kolxozchilar   biri   loy otib,   biri   lumboz bosib, maktab
devorini kutaradi.  Birining  boshida kuya yalagan telpak,  yana biri  kiyikchasi bilan
kulogini   boglab   olgan   edi;   tenglik   ma’nosi:   To‘yga   borsa   bir   yoniga   Fotima
kelinini,   bir   yoniga   Zuhra   kelinini   olib   cho‘g‘day   yasantirib   oboradi   (O‘.
Xoshimov Ikki eshik orasi). 
Umuman,   bir     so‘zi   yordamida   ta’kid   ottenkasini   berish   qulayroqdir.   Bir
necha misollar keltiramiz:  nurli bir panoh  (1.293),  mehribon bir qo‘l  (1.293),  og‘ir
bir sukut   (1.294),   ajib bir qudrat   (1.296),   o‘ktam bir vazminlik   (1.299),   munis bir
latofat   (1.303),   shunday   bir   qissa   (1.299)   kabi.   Bunday   ta’kidlash   orqali
ijodkorning   tasvir   ob’ektiga   befarq   qaramayotganligi,   uning   alohida   e’tibori
kuzatiladi. Masalan:  U  bir o‘tki , seni ko‘rmasam, / Iztirobga solar jismimni  (1.19).  3.   Birgalik,   umumlashtirish   ma’nosi   anglashiladi:   Fikrlab   ko‘raman   zafar
boisin:   /   Ishchi-yu   dehqonu  olim   bir  og‘ush     (1.300).   Do‘stu   og‘aynidan,   yuz  til,
bir dildan  / O‘qilgan tahsinlar muborak bo‘lsin!   (1.301). 
4.  Bir   so‘zining uyushiq bo‘laklar tarkibida takrorlanishi yaqinlik ma’nosini
ifodalaydi   va   bunda   u   ot   yasovchi   –dosh     affiksi   bilan   vazifadosh   bo‘ladi:
SHodman:   Adib   bilan   bir   suv,   bir   tuproq,   /   Bir   el ga   farzandlik   orttirar   faxrim
(2.52).  Lekin  bir havo dan oladi nafas, /  Ko‘ki bir, suvi bir, birdir tuprog‘i   (1.101). 
5.   Birikma   ichidagi   so‘z   tarkibida   kelgan   –cha     affiksi   bilan   birgalikda
qiyoslash vositasi bo‘lib xizmat qiladi va bunda u ko‘plikni ham anglatadi:  Sizning
bir   xirmoncha   she’r   yozmasam   ham,   /   Baxt   haqqi,   qalbimdan   qilaman   ta’zim
(1.305).
6.   Kamtarlik,   oddiylik   ma’nolari   ifodalanadi   va   shu   yo‘l   bilan   faxrlanish
ottenkasi ham beriladi:  Bu – Oyjamol,  bir cho‘pon qizi , / O‘qib keldi shaharda shu
qish   (1.150).   Bu   ottenka   quyidagi   misolda   yana   ham   seziladi:   Men   oddiy   bir
o‘zbek cho‘ponning qizi , / Meni fan doktori qilgan Vatanim  (1.136).
7. Bir so‘zi yordamida tasvir ob’ektining noaniq ekanligi ifoda etiladi: Balki
allaqachon   bir   dor   tagida,   /   Menga   muntazirdir   og‘zi   qon   jallod   (1.49).   Bir
tinglovchi   qolaman  izlab  /  Va  orqaga  tortar   yuragim   (1.288).  Mana  bu misoldagi
bir  so‘zli birikma anglatgan stilistik ottenka bir oz boshqacha: -Domla, endi bizda
sizning ixtiyor!- Deydi mezbon. – Ish bas, olasiz orom.   Bir erga   boramiz! “YAna
hoynahoy   Serhasham   xonada   ming   turli   taom…”   (1.58).   Bir   erga     birikmasi
alohida olinsa noaniqlik ifodalanadi, boramiz   fe’lida esa qat’iyatlik ma’nosi  bor.
Bu   qat’iyatdan   boriladigan   joyning   so‘zlovchiga   ma’lum,   ammo   hurmat   va
kamtarlik   yuzasidan   mehmonga   aytilmaydi.   Demak,   bu   o‘rinda   shoira   stilistik
maqsadni   nazarda   tutib,   noaniqlikni   ifodalaydigan   bir   so‘zli   birikmadan   aniq
ma’noni   ifodalashda   foydalanadi.   Ba’zan   shoira   uni   narsa     so‘zi   bilan   ham
birgalikda   qo‘llab   (1.66;   2.81),   noaniqlik   ma’nosini   ifodalaydi.   Ammo   ularda
ekspressiya   yuqoridagi   bir   so‘zining   o‘zi   anglatayotganday   emas.   Zulfiya
asarlarida   uchraydigan   bir     so‘zining   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,   u   juda   ko‘p
o‘rinlarda ma’noning shakllanishida asosiy yordamchi vosita sifatida ishtirok etadi. Masalan,   bir   kun   (1.23),   bir   nafas   (1.59),   bir   zum   (1.75),   bir   zamon   (1.80),   bir
choq  (1.91),  bir dam  (1.94),  bir palla  (1.226),  bir sukut  (1.294),  bir vaqt  (2.60),  bir
pas   (1.88),   bir   lahza   (1.115),   bir   daqiqa   (2.148),   bir   soniya   (2.17),   bir   muddat
(2.66),  bir fasl  (1.96),  bir kecha  (2.167) kabi umuman vaqtni, paytni anglatayotgan
birikmalardagi   etakchi   so‘zning   stilistik   ma’nosi   bir     tufayli   reallashmoqda.   Bu
masalaning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchidan,  bir   so‘zli birikmaning qanday ma’noda
qo‘llanayotganligini   matn   hal   qiladi.   Yuqoridagi   vaqtni   bildiruvchi   birikmalarni
qo‘llashda   shoira   uchun   xos   xususiyat   shuki,   u   bu   birikmalardagi   nozik   stilistik
ma’nolarni   farqlab   ishlatadi,   ba’zan   o‘rni   bilan   ularning   biri   o‘rnida   ikkinchisini
sinonim sifatida qo‘llaydi.   Bir kun    birikmasini olaylik. SHoira uning ma’nolarini
quyidagicha farqlaydi:
a).  payti kelib, vaqti kelib  ma’nosida:  Dunyoda zulmdan qolmas  bir kun    iz, /
Butun er kurrasin g‘alabang tutar  (1.23);
b). umuman noma’lum bo‘lgan vaqt ma’nosida:  Barchasini ko‘zga surtayin-
/ O‘g‘irlamang qalamim  bir kun   (1.286);
v).   o‘tgan   kunlarning   birida   ma’nosida:   Payqab   qolib   bir   kuni   shovqin-
suronni, / Xiyol ochib chiptani tashladim nazar  (2.194);
g). bir marta ma’nosida: Tanti do‘st, mashinang  bir kun   ketsin bo‘sh, / YO u
ko‘lga tashla – yursin parilar (1.206).
Bu   birikmalar   umuman   vaqtni   anglatsa-da,   ana   shu   anglatgan   vaqtning
davomliligi   va   zamonni   anglatish   nuqtai   nazaridan   bir-birlaridan   farq   qiladi.
Masalan,   bir soniya, bir daqiqa, bir kun, bir lahza, bir nafas, bir dam    birikmalari
voqea-hodisaning   juda   qisqa   vaqt   ichida   yuz   berib   o‘tishini   bildiradi:   O‘zing
ketding,   qoldi   xayolda   /   Xumor   ko‘zlar,   issiq   boqishing.   /   Bir   lahzali   dil
ayyomidan, / Sira so‘nmas shirin yoqishing  (1.115).  Bir soniya  sinovchan boqdi-yu
go‘yo, / SHu qarashda qalbimni bexato topdi   (2.171).  Mehribon, aziz ovoz menga
bir onda   / Go‘yo baxsh etdi hayot, yangi jon, umid  (2.204).  Barisiga etadi aqlim /
Sizga   qimmat   har   bir   daqiqa     (2.149).   Bunday   paytlarda   ular   bir-biriga   sinonim
bo‘la   oladi.   Bir   nafas,   bir   dam     birikmalarini   shoira   ayrim   o‘rinlarda   biroz
boshqacha   qo‘llaydi.   Birikmaning   ma’nosidan   ma’lumki,   ularda   bir   nafas olganchalik   vaqt   nazarda   tutiladi.   Ammo   mana   bu     Bir   dam da   sahroni   tutdi
to‘polon,   Qum   to‘la   bo‘ronning   oshdi   xuruji   (1.94).   Salqinda   bir   nafas   oldi   nim
sovush,   /   Qaynoq   ko‘k   choy   berdi,   muzdek   bir   huzur   (1.229)   misollarida   voqea-
hodisaning   shuncha   qisqa   vaqt   ichida   bo‘lganligini   xayolga   keltirish   mantiqsizlik
bo‘lar   edi.   Bu   o‘rinda   shoira   voqeaning   nisbatan   qisqa   vaqt   ichida   bo‘lib
o‘tganligini   shu   birikmalar   yordamida   poetik   tarzda   ifodalamoqda,   tasvirni
bo‘rttiribroq ko‘rsatishga intilmoqda.   Bir vaqt, bir choq, bir zamon    birikmalarini
shoira asosan o‘tgan zamon voqealarini hikoya qilishda ishlatadi. Ammo ular o‘zi
bog‘lanib kelgan fe’l bilan birgalik kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan:  O‘lganlar
xotirasi   o‘chmaydi   tamom,   /   Madh   etilur   bir   chog‘lar   o‘lmas   kuylarda   (2.161).
Zulfiya   bir   oz   (2.147),   bir   hafta   (2.148),   bir   yil   (2.182),   bir   kecha   (2.167)   kabi
birikmalarni   ham   vaqtni   bildirish   uchun   qo‘llagan.   Lekin   ular   stilistik   ottenkaga
ega emas. Bir     so‘zi   ishtirok   etib   vaqtni   bildiruvchi   bu   birikmalarga   munosabatdagi
shoiraning o‘ziga xos uslubi shunda ko‘rinadiki, Zulfiya qisqa vaqtni ko‘rsatuvchi
ayrim birikmalar ma’nosini matnda butunlay o‘zgartirib yuborib, ularni tinimsizlik,
muttasillik,   doimiylik   ma’nolarida   qo‘llaydi.   Bu   shoiraning   yuksak   poetik
mahoratidan,   so‘z   qo‘llash   uquvidan   dalolatdir.   Masalan:   Qalb   seni   tanlagan,
sening   darding-la,   /   Bir   nafas   bilmaydi   orom,   farog‘at   (1.70).   Teramiz,   suratni
bo‘shatmay   bir   dam ,   /   Ishonch   zo‘r,   chiqamiz   so‘zning   ustidan   (1.145).   Moskva
ko‘chasiday nurga ko‘milgan / Mashinalar zanjiri uzilmas  bir zum   (1.175).
Bu   misollarda   yuqorida   aytganimiz   ma’nolarning   shakllanishida   fe’l   tarkibida
kelgan   bo‘lishsizlik   shakli   –ma   ning   ahamiyatini   ham   qayd   etib   o‘tishimiz   lozim
bo‘ladi. Bu shaklni olgan fe’lning ma’nosiga bog‘liq ravishda vaqtni ko‘rsatuvchi
bu     bir    so‘zli birikmalarning davomlilik ma’nosini ham anglash mumkin bo‘ladi.
Ulardan anglashilgan doimiylik, muttasillik matnda har uch zamonning birida yuz
berishi mumkindir.
YUqorida aytilganlardan tashqari  bir    so‘zi yordamida harakatning belgisini
anglatish,   predmetlarning   bir   turda   ekanligini,   ketma-ketlik,   chegaralash,   mo‘ljal,
tenglikni,   hodisaning   to‘satdan   bo‘lganligini   ko‘rsatish   kabi   ma’nolar   ham
ifodalanadi. 6
 Ammo biz bu o‘rinda e’tibor uning stilistik ottenka sezilib turadigan,
shoiraning sub’ektiv munosabatini ifodalay olgan jihatlarigagina qaratildi.
So‘zlashuv   uslubida   bir     so‘zining   imkoniyatlari   yanada   keng   ekanligi
ma’lum   bo‘ladi.   Masalan,   “Alpomish”   dostonidan   olingan   quyidagi   YAqin   keldi
birday   bo‘lib,   /   Bu   yurtga   ovoza   to‘lib;   Xizmat   qilar   sanam   dilbar,   /   Birday
o‘tiribdi   beklar;   Bari   shunday   kosa   berar,   /   Qirqin   qizlar   birday   bo‘lib
parchalarida so‘z tarkibidagi o‘xshatish vositasi   –day    ning  bir    so‘ziga qo‘shilishi
yangi   semantik   ma’noni   –   tenglik   ma’nosini   keltirib   chiqargan.   Qalmoqlarni
to‘plab oldi,  Biror maydon  urush bo‘ldi   misolida esa  bir   va   maydon   so‘zlarining
qo‘shilishidan  payt  ma’nosi  anglashilmoqda.   Bir   elementisiz     bu  so‘zlardagi   payt
ma’nosi   anglashilmaydi.   Bir   mahal   o‘zimga   kelsam   Kimsan   akam   elkasida   qop,
6
  Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқ.  Ҳозирги ўзбек адабий тили, 262-265-бетлар. bir   qo‘lida   tugun   bilan   poezd   yoniga   chopib   ketyapti   (U.   Xoshimov   Ikki   eshik
orasi) misolida ham shu holatni kuzatamiz.
Hatto   jonli   muloqot   jarayonida   ba’zan   g‘oyatda   kuchli   stilistik   vositaga
aylanadi.   Jumladan,   u   quyidagi   holatda   nozlanish,   erkalash   ma’nosini   bermoqda:
Bu   so‘zni   eshitib:   —   Ey,   zakot   olmay   o‘ling   siz   bir,   —   deb   o‘tib   jo‘nay   berdi
(Alpomish). Agar gap  Bu so‘zni eshitib: — Ey, zakot olmay o‘ling siz, — deb o‘tib
jo‘nay   berdi     tarzida   tuzilsa,   uning   stilistik   ma’nosi   ham   o‘zgaradi,   undan
yuqridagi ma’noning aksi bo‘lgan achchig‘ilanish ma’nosi anglashiladi.
Ushbu so‘z turkumi doirasidagi boshqa sonlarda emotsional-ekspressivlik va
semantik-stilistik   ottenkalar   bir   so‘zidagichalik   emas.   SHunday   bo‘lsa-da,   ularda
ham   ko‘zga   tashlanib   turadigan   jihatlarga   O.YOqubovning   “Ulug‘bek   xazinasi”
romanidan olingan misollarga tayanib mulohaza yuritamiz.
Ikki.   Bu   sonda   miqdorni   ko‘rsatishdan   tashqari   yana   quyidagi   semantik-
stilistik ma’nolar anglashiladi:
a) tasvirni aniq berishga ko‘maklashadi:  Go‘ri Amirga qaragan  ikki tabaqali
quyma   darvozaning   yon   eshigi   sekin   g‘ichirlab   ochildi.   Devonxonaning   ortida
baland devor bilan to‘silgan haram binolari oqarib ko‘rinar, o‘ng tomonda  ikki va
uch oshyonali  koshonalarning tillakori gumbazlari yal-yal yonardi;
b)   ketma-ketlikni   ifodalash   jarayonida   ishtirok   etadi:   Navkarlardan   biri
oldinda,  ikkinchisi  yonma-yon ot choptirib borardi;
v)   bir     yoki   uch     sonlari   bilan   birgalikda   kelib   umumlashtirish,   taxmin
ma’nolarini keltirib chiqaradi:  Mana,  bir-ikki   yil  bo‘ldi, olis Hirotdan Xoqoni Said
atalmish   SHohruh   Mirzo   vafoti   to‘g‘risida   mash’um   xabar   kelganidan   buyon
Movarounnahr   va   Xuroson   osmonidan   qora   bulutlar   arimay   qoldi.   Nomaga
qaraganda,   shahzoda   qo‘shinlari   ikki-uch   farsah   joyga   kelib   qolgan,   Mirzo
Ulug‘bek qanday qarorga kelmasin, bu qarorni darhol qabul qilmog‘i lozim edi!
Bu   kabi   umumlashtiruvchilik,   taxminni   bildirish   xususiyati   boshqa
sonlarning   juftlashishida   ham   ko‘rinadi:   Boyburi:   “SHu   yomonlagurning
o‘ynagani   ham   yaxshilik   emas”,   —   deb   sag‘risiga   uch-to‘rt   tayoq   tushirib,
tabladan   chiarib,   Qultoyning   qoshiga   yilqilarga   op   borib,   qo‘shib   yubordi.   U yoqdan, 6u yoqdan gap tashlashib,  besh-to‘rt og‘iz gap  boshlashib, shunda kampir
boybichaga qarab, shu qizingning boshi bo‘shmi, — deb so‘rab turgan eri. Elakka
jo‘nab ketdi, borsa,  besh-olti  xotinlar uni-buni gapirib o‘tiribdi  (Alpomish).  Ijozat
etsangiz   besh-o‘n   ming   cherik   yig‘ar   edik.   SHahar   bundan   etti-sakkiz   oy
muqaddam   qanday   bo‘lsa   shunday,   mubham   bir   hayot   kechirar,   ko‘cha   va
guzarlarda   odam   siyrak,   rastalar,   do‘konlar   yopiq,   hamma   yoq   jimjit   edi
(O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi)  kabi .
g)   shaklan   biroz   o‘zgargan   holda   ilmiy   va   rasmiy   uslublarga   xos   bo‘lgan
sanash ohangini yuzaga keltirishda ishtirok etadi:  Mirzo Ulug‘bek yuragi yana tuz
sepganday   achishib,   qizning   ikki   yuzi dan   o‘pdi.   Bu   maqbarani   tiklamoqdin   yana
bir   murodim:   birlamchi ,   qora   halqni,   ikkilamchi ,   Oltin   O‘rda   ila   Qalmoq   va
Dashti   Qipchoq   hoqonlarini   titratmoq   edi!..   Bobosi   Amir   Temur   birlamchi   –
dorussaltana Samarqandni obod qilgan bo‘lsa,  ikkilamchi  – o‘z ona shahri Keshni
obod qildirgan Qalandar Qarnoqiy o‘rnidan tura boshladi-yu, boshi xonaqohning
shiftiga tegib, ikki bukilganicha qoldi.
d)   Tasvirning   muhim   hisoblangan   ob’ektini   yanada   aniqlashtiradi:   Gul
misoli  ikki labing  la’li marjon kuydurur...  e)   FBlar   va   maqollar   tarkibida   ishtirok   etadi:   ikki   bukilmoq,   bir   gapi   ikki
bo‘lmaslik, ikki o‘t o‘rtasida yonmoq, ikki yorti bir butun va bir qinga ikki qilich
sig‘maslik  kabi. Masalan:  Ayniqsa qo‘rquvdan  ikki bukilib , titrab- qaqshab qolgan
otasining dir-dir titrashini eslasa, yodiga shu yil ko‘klamda sodir bo‘lgan boshqa
bir mudhish voqea tushib, yuragi  o‘ynab ketadi... Lekin uning oppoq bog‘langan
gavdasida,   egnidagi   qimmatbaho   sarupolari   va   nozik   zebi   ziynatlarida,   gap-
so‘zlarida bo‘lakcha bir viqor va mahobat bor edikim, hamma undan hayiqar,  bir
gapi   ikki   bo‘lmas   edi.   YAna:   Men   ham   qo‘ydan   kelayotirman,   men   ham   shu
bachchag‘arning   to‘yiga   borayin,   qo‘limdan   kelgancha   buzib   ko‘rayin,   deb
kelayotirman, sen norasta go‘dak, biz yoshi etgan “chol”,  ikki yorti biriksa, butun
degan   gap   bor   (Alpomish) .   SHunday   paytlarda   Ali   Qushchi   uning   aqlidan
ozishidan   yo   o‘lib   qolishidan   qo‘rqib   vahimaga   tushar,   go‘yo   bunga   o‘zi
aybdorday kechasi bilan mijja qoqmay qiynalib chiqar, ayni zamonda yuragidagi
sirni   ocha   olmasligini,   bu   sirni   ochishga   haqqi   yo‘q   ekanini   tushunib   ikki   o‘t
o‘rtasida yonar  edi.  Bir qinga ikki qilich sig‘maydi , deb qo‘rqadur.
Jonli   tilda   ikki     soni   ishtirok   etgan   va   gumon   ma’nosini   anglatadigan   ikki
boshdan   iborasi   ham   mavjud:   Bola-chaqang   ko‘rmay   g‘arib   qolasan,   Haydab
borsak,   ikki   boshdan   o‘lasan.   Bunga   ham   tush   desang,   tushaman,   tushgan   bilan
bundan   omon   topmayman,   lekin   bu   haddili   zo‘r,   bunga   tushsam,   ikki   boshdan
o‘laman   (Alpomish)   -   Bola-chaqang   ko‘rmay   g‘arib   qolasan,   Haydab   borsak,
balki   o‘lsang   kerak .   Bunga   ham   tush   desang,   tushaman,   tushgan   bilan   bundan
omon topmayman, lekin bu haddili zo‘r, bunga tushsam,  balki o‘lsam kerak.
Ayrim   matnlarda,   masalan   Fbli   matnlarda   bir     va   ikki     so‘zlari   o‘zaro
sinonimik   munosabatga   kirishishi   mumkin:   bir   og‘iz   gap   –   ikki   og‘iz   gap   ( juda
qisqa   gap   ma’nosida).   Ammo   bir   og‘iz   gapirgan   emasman     deyish   mumkin
bo‘lagni holda  ikki og‘iz gapirgan emasman   deb bo‘lmaydi. Bu  ikki   so‘zining  bir
ga nisbatan stilistik imkoniyatlari chegaralanganligidan dalolat beradi.
Misollar   tahlili   uch,   to‘rt,   besh,   olti   va   etti   sonlarida   stilistik
imkoniyatlarning   juda   kam   ekanligini   ko‘rsatadi.   O‘zbek   tilidagi   sakkiz,   to‘qqiz,
o‘n   sonlarining stilistik resurslari haqida gapirish qiyin.  To‘xtab-to‘xtab  uch marta tiqirladi...To‘xtab-to‘xtab  uch marta  chertdi... Odatdagiday  uch marta  chertdi. Ali
Qushchi  bu suvning  yarmini  ichib, yarmi  bilan yuz-qo‘llarini  yuvgan bular, arpa
kulchani uchga bo‘lib, bir qultum suv bilan  uch mahal  tanovul qilardi   misollarida
u   o‘zining   asosiy   leksik   ma’nosidan   tashqari   qandaydir   shartlilik,   kelishganlik
ma’nolarini   ham   anglatmoqda.   Ushbu   sondagi   shartlilik   va   an’anaviy   ayniqsa
dostonlar matnida yaqqol seziladi:  Uch shartning oldini shul o‘zbak oldi   kabi .
To‘rt     soni   ko‘zi to‘rt bo‘lmoq   iborasi tarkibida ishtirok etadi.   Toju taxtdan
voz   kechar-ku,   ammo   shu   damlarda   qo‘shni   go‘shada   ko‘zi   to‘rt   bo‘lib   uni
kutayotgan  yulduzi,   qariganda   topgan   bebaho  gavhari   –Bibi   YUlduzning   qismati
ne bo‘ladi?  (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi). Lekin uch-to‘rt qadam o‘tmasdanoq
nimagadir   qoqilib   yiqildi.   Ko‘zing   to‘rtdir   Qorajonning   yo‘liga   (Alpomish) .
To‘rtovlan   tugal   bo‘lsa,   o‘nmaganin   o‘ndirar,   oltovlan   ola   bo‘lsa,   og‘zidangin
oldirar   maqolidagi  to‘rt   xuddi matndagi  ola   so‘zi  olti  ni chaqirgani singari  tugal
ning   talabi   bilan   jumla   tarkibiga   kiritilgan,   ya’ni   maqollarga   xos   bo‘lgan
ohangdorlik zarurati shuni taqozo qilgan.
Besh    soni   besh qo‘lday bilmoq, besh kunlik dunyo   kabi turg‘un birikmalar
tarkibida ekspressivlik uchun xizmat qilgan:  Nechun hamma davri davron, hamma
davlat   va   hamma   shoh   va   fotihlarning   tarixini   besh   qo‘liday   biladigan   bu   zukko
donishmand   toj   va   hokimiyat   hech   bir   kimsaga   vafo   qilmaganini   tushunmadi
yoxud tushunsa-da, uni tark  etishga irodasi  etmadi? U toju taxtdan o‘z idroki  va
ixtiyori   bilan   voz   kechmoqqa   azm   qilganini   shahzodaga   aytmoqchi   va   undan
yolg‘iz   bir   narsani–qolgan   besh   kunlik   umr ini   ilm-ma’rifatga   bag‘ishlashiga
imkon berishini so‘ramoqchi edi.
Olti     sonida   qandaydir   ramziylik   ottenkasi   seziladi.   Buni   “Alpomish”dan
olingan   quyidagi   parsalardan   anglaymiz:   Ana   shunda   boylar   ko‘chib   jo‘nadi,
mollari   Ko‘kqamish   ko‘lidan   chiqib   borib,   to‘qson   tog‘dan   o‘tib,   yurtu   jahonni
to‘zon, chang qilib, molning oldi necha kun yo‘l yurib, bul oradan  olti oy o‘tib, olti
oy   deganda ,   boylar   to‘qson   tog‘dan   mollarini   o‘tkazib,   qalmoq   yurtiga   etkazib,
o‘zlarining   bir  xil  boylari  shul   mollarning  oldini  olib, yo‘l   boshqarib  kelayotgan
edi,   bir   vaqtida   boylar   qalmoq   yurtiga   necha   dovonlardan   oshib   etib   keldi. Boshidagi   sarjig‘ani   ko‘rib,   alplarning   zo‘ri   ekanini   bilib,   alplarga   qarab,   olti
oyga   muhlat   so‘rab,   bir   so‘z   deb   turgan   eri   ekan.   Olti   oychalik   yo‘l ga   keldim...
Alpomish   kelsin,   bo‘lmasa,   javobimni   bersin     kabi.   YAna:   “ Padarkush   ...   toju
taxt...   olti   oy dan   oshmaydur... ”   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi).   SHu   ramziylik
sabab   bo‘lsa   kerakki,     A.Oripov   ham   “O‘ylarim”   she’rida   quyidagi   misralarni
yozgan:   Olti   oy kim   she’r   yozmayman   yuragim   zada,   /   Olti   oy kim   o‘zgalarga
tilayman omad.
Xalq   og‘zaki   ijodiga   xos   bo‘lgan   shartlilik   etti   soni   orqali   ham   yuzaga
chiqqan:   Toychi viloyatinda, Qalmoq muzofotinda bir Surxayil  degan kampir bor
edi. Juda  haddili  zo‘r  kampir   edi, bu  kampirning   etti  o‘g‘li   bor  edi   Qorajonning
etti   qobirg‘asi   sindi   Xonning   CHibor   oti   poyganing   oldini   olib,   shashti   bilang
kelib, baxmal o‘tovni  etti marta  aylanib, otning tizginini ushlab Qorajon to‘xtatdi.
Etti   yil   zindonda   xor   bo‘lgan   boshim,   Hech   xabar   bilmadi   qavmi-qardoshim.
Ko‘ring nazarkarda bekning CHibori,  Etti marta  bu zindonni aylandi  (Alpomish) .
Bu   son   FBlar   tarkibida   ham   ishtirok   etadi:   Lekin   bu   dargohda   Qalandar
Qarnoqiyga  duch  kelaman, degan  o‘y   etti  uxlab  tushiga  ham kirmagan   edi.     Etti
tanga   atamoq   ni   qo‘llashda   diniy   va   milliy   urf-odatlar   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
an’analar   mavjud:   Bu   kun   yomon   tush   ko‘rib,   Xoja   Bahovuddin   hazratlariga   etti
tanga   atagan   edim.   Aqchangiz   bo‘lsa   shu   gadoga   etti   tanga   in’om   qiling ...
(O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi).
Matnlarda   yuz     soni   ham   uchrab   turadi.   Ammo   ularda   stilistik   ottenkalarni
payqash   qiyin.   Ushbu   son   YUz   xil   noz-ne’matlar   bilan   mehmon   qilib,   ko‘nglini
oldi .   YUz   marotaba   aytdim...   Bobokalon   Amir   Temur   o‘ziga   dorussaltana   qilgan
bu shahri buzruk ko‘chalaridan bir marotaba ot choptirib o‘tmoq, olomonning tiz
cho‘kib, sajdaga bosh egib turganini ko‘rmoq uchun bir emas,  yuz jon  bo‘lsa ham
tikmoqqa   arziydi!..   misollarida   o‘zining   asosiy   ma’nosidan   chetlashib,   umuman
ko‘plik,  "Qorovultepa"da ko‘ringan  yuz chog‘lik otliq lar qilich va cho‘qmorlarini
boshlari   uzra   o‘ynatib,   allaqanday   sovuq   qiyqiriq   bilan   qora   bo‘ronday   bostirib
kelardi.   qo‘lingga   yuz   tilla   sanab   beramen!..   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi)
taxmin ma’nolarini anglatmoqda. Ming     so‘zini   son   ma’nosida   qo‘llash   ilmiy  va   rasmiy   uslublarga  xos.   Ana
shu   uslublarga   daxldor   bo‘lgan   mavzular   yoritilganda   ommabop   uslubda   ham
qo‘llanilishi   mumkin.   So‘zlashuv   va   badiiy   uslublarda   esa   u   asosan   tasvir
ob’ektining   umuman   ko‘pligini   ko‘rsatishga   xizmat   qilgan.   Masalan,   Zulfiyada
uning yordamida shakllangan quyidagi birikmalarga ko‘zimiz tushadi:  ming bahor
(1.9),   ming   dil   (1.9),   ming   yillar   (1.9),   ming   avlod   (1.9),   ming   til   (1.186),   ming
g‘ulu  (1.223) va boshq.  Tuprog‘ing ko‘ksini tutadi ajib kuy, malohat, /  Ming bahor
jamoli tindirar ko‘zingni!  (1.9). 
Bu   umuman   ko‘plik   ma’nolari   ming   so‘zini   takror   qo‘llash   yo‘li   bilan
alohida   ta’kidlanadi:   Oh,   buni   men   anglab   etgunimcha   ming -   /   Ming   alamlarni
qilmadim   tortiq   (1.291).   –Faqirga   qilgan   barcha   yaxshiliklaringga   ming-ming
rahmat ,  inim!–dedi   u   ovozi   qaltirab   (O.YOqubov.   Ulug‘bek  xazinasi).   Ikki   ming
so‘zi orasida   va   bog‘lovchisning qo‘llanilishi  yoki  birinchi   ming   so‘zidan chiqish
keligi   qo‘shimchasining   kelishi   esa   ekspressiv   ma’noni   yana   ham     kuchaytiradi:
Tokay   shunday   bo‘lur,   yo   kular   taqdir,   /   Bu   zaif   qo‘llarga   ming   va   ming   la’nat
(1.306).   Mingdan-ming   rozimiz!..   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi).   Bu   so‘zni
takror   holda   qo‘llash   shoira   ijodida   nisbatan   sermahsul:   ming-ming   g‘uncha
(1.183),   ming-ming   ko‘z   (1.202),   ming-ming   yulduz   (1.267),   ming-ming   hayot
(2.52),  ming-ming chiroq  (1.53) va boshq.
Ming   so‘zi   yordamida   matnda   tavsirning   obrazliligiga   xizmat   qiladigan
zidlash  usuli   yuzaga  keladi:   Ming  ko‘z  bo‘lib yigit   boqqanday,  /  CHaqnab  qarar
qizga   ming   yulduz   (1.30).   Zulfiya   ushbu   matnda   ming   so‘zini   ko‘chma   ma’noda
qo‘llab,   ko‘zi   to‘rt   bo‘lmoq   frazeologik   birligining   orginal   ekvivalentini   hosil
qilgan.   Qiyoslaymiz:   ko‘zi   to‘rt   bo‘lmoq   –   ming   ko‘z   bo‘lib   boqmoq.   Umuman
xalq tilida bu so‘z yordamida shakllangan   ming qo‘yli  boy,  sichqonning ini  ming
tanga   bo‘lmoq,   ming   eshitgandan   bir   ko‘rgan   yaxshi     singari   perifrastik   va
frazeologik   iboralar   shakllangan.   Ular   so‘zlashuv   uslubida,   unga   bog‘liq   tarzda
xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarida   faol   qo‘llaniladi:   Sag‘rilari   yoyday   bo‘lib,     Bir
ming   qo‘yli   boy day   bo‘lib.   Jasading   o‘xshaydi   buz   qarchig‘ayg‘a,   YOnboshlab
yotishing   ming qo‘yli boy g‘a. Bunday tegina bersanglar, bir kunlari shuning nori kelar,   boshimizga   balo   bo‘lar,   bizga   chichqon   ini   ming   tanga   bo‘p   qolar
(Alpomish).   –Balli!   Ammo   tilla-tilla   deb,   ming   so‘zlagandan   bir   marta   uning
o‘zini   ko‘rmoq   yaxshidur ,   darvesh!   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi)   kabi.   Hatto
xalq og‘zaki ijodida bu so‘z ishtirokida an’anaviy odatlar ham ifoda etilgan:  Ming
qadimdan   tanga-pulni   urgan ga,   Men   tegaman   shul   qirag‘ay   merganga
(Alpomish).
Xalq og‘zaki ijodi uchun tipik bo‘lgan   ming bir     birikmasining qo‘llanilishi
ham Zulfiya poeziyasi uchun xarakterli:   ming bir tangri   (1.235),  ming bitta bahor
(1.206),  ming bir xil ne’mat   (1.235),  ming bir til   (2.56) va boshq.   Senga  ming bor
hamd lar   aytamen,   parvardigori   olam.   Mavlononi   qutqarishning   ming   bir   yo‘l ini
o‘ylab ko‘rgan Qalandar va uning do‘stlari kecha, nihoyat, shu qarorga kelishdi.
–O‘zingiz   bilasiz,   boshimda   ming   bir   tashvish ,   bonu ...   (O.YOqubov.   Ulug‘bek
xazinasi).   Matndagi   xuddi   bir     so‘zi   singari   boshqa   o‘rinlarda   kuchaytirish
ottenkasi   qatla,   chandon,   bor     birliklari   yordamida   hosil   qilinadi:   Ming   qatla
shukr,   osiy   bandangta   ne-ne   saodatli   damlarni   in’om   etding,   yaratgan   egam.   U
shogirdi   Ali   Qushchining   ming   chandon   haq   ekanini   dil-dilidan   his   etar,   ayni
zamonda   uning   boyagi   gaplari   qayta-qayta   esiga   tushib,   yuragini   o‘rtar   edi.
So‘nggi   kunlarda   mavlononing   ikkala   oyog‘i   shishib,   burungi   og‘rig‘iga   ming
chandon   og‘riq   qo‘shildi.   Faqir   sizday   shogirdlarimdin   ming   bor   rozimen.
(O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi) .
O.YOqubovning   “Ulug‘bek   xazinasi”   romanida   uning   ming   xil   reja,   ming
yil,  ming   hiylayu  nayrang,   ming  maqom     kabi   ko‘plab   birikmalar   hosil   qilganligi
so‘zning   bu   ikki   uslubda   qo‘llanish   imkoniyati   juda   keng   ekanligidan   dalolat
beradi.
Matnlarda   son   ma’nosini   anglatadigan   tuman   so‘zi   ham   ko‘zga   tashlanadi.
O‘n   ming     ma’nosini   anglatadigan   ushbu   birlik   aynan   shu   ma’noda   eskirgan   va
faqat badiiy-tarixiy asarlarda uchraydi: Amir Jondor bilan amir Sultonshoh barlos
boshchiligidagi   hirovul   qismlar   qo‘shindan   ilgarilab   ketgan,   bir   necha   tuman
chap   qanot   va   qalb   lashkari   orqada   kelar,   lashkarning   ketidan   aslaha   ortilgan
tuya   va   xachirlar,   bakovullar   bilan   saroy   mahramlarining   soyabon   aravalari sudralib   kelardi.   Butun   qo‘shin   bir-ikki   tumandan   oshmasa   ham,   keng   dasht
lashkarga   to‘lib   ketganga   o‘xshar,   sipohlar   son-sanoqsiz   tuyular,   otlarning
kishnashi,   eshak   va   xachirlarning   hangrashi,   tuyalarning   bo‘kirishi   eru   ko‘kni
larzaga   solgan   edi.   Odatda   bunday   yurishlarda   a’lohazratni   o‘rab   oladigan
amirlar,   tuman   boshliqlari   va   muqarrab-us   sultonlar   bugun   birmuncha   orqada
kelar,   go‘yo   Mirzo   Ulug‘bekning   xayolini   buzishni   istamas   edilar   (O.YOqubov.
Ulug‘bek   xazinasi).   Tuman   hozirgi   tilimida   avvalgi   rayon   so‘zi   o‘rnida
qo‘llanilmoqda.
Son   turkumi   doirasida   qaraladigan   birliklarning   ikkinchi   katta   qismini
numerativlar   tashkil   qiladi.   Ularning   ba’zilari   funksional   jihatdan   xoslangan
bo‘ladi.   Masalan,   karra,   baravar,   sutka,   sekund,   sentner,   nafar,   nusxa   kabi
numerativlar   kitobiy   xarakterda   bo‘lib,   ilmiy,   rasmiy   va   qisman   ommabop
uslublarga xoslangan. SHuningdek, ular badiiy matnda faol ishlatiladiganlari ham
bor:   bor,   daqiqa,     da’fa,   zum,   karra,   lahza,   on,   palla,   soniya,   fursat,   chimdim,
shoda, qatra  kabilar:  Ikki kungacha ustodning mahzun nigohi ko‘z oldidan ketmay
iztirob   chekdi,   bir   necha   bor   Ko‘ksaroyga   borishga   chog‘landi,   lekin   jur’at
etolmadi.   Mana   endi   ustoz   o‘zlari   uni   Ko‘ksaroyga   chorlabdilar.   Garchi,   Ali
Qushchi  va uning shogirdlari  ko‘p nodir kitob va qo‘lyozmalarni  gumdon qilgan
bo‘lsa   ham,   shahzoda   kutub xonani   ko‘zdan   kechirayotib,   bunga   yana   bir   karra
inondi! Siz bilan o‘tgan bir daqiqa visol   onlarimni   yuz yil umrga almashmaymen.
CHopar   ustiga   chopar   kelar,   arbobi   din   va   arkoni   davlat,   a’yon   va   boyonlar,
amirlar   tashrif   buyurishar,   qo‘sh   tavaqali   zalvarli   darvoza   bir   soniya   ham
yopilmas   edi   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi) .   SHunda   shivirlar   menga   kaftda
qolgan  chimdim  qum  (O.Matjon. CHorlov).  Kuntug‘mish to‘ra Mohini ko‘kragiga
olib: - SHamolni ochinglar, - deb hap ko‘zidan etmish   qatra   yoshini to‘kib, qaddi
bukilib, Mohining betiga tiklab turibdi (Kuntug‘mish). Bir  daqiqa  fursat bergaysiz
(O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi).   Men   ham   bir   zum   yashay   bir   odam   kabi
(A.Oripov).   Bir   lahzali   dil   ayyomidan, /   Sira  so‘nmas  shirin  boqishing     (Zulfiya.
Visol bayrami). Bog‘,   bosh,   bo‘lak,   gala,   og‘iz,   poy,   siqim,   tilim,   tomchi,   tosh,   tup,   to‘da,
to‘g‘ram, to‘p, qarich, quloch, qultum   singari numerativlar esa so‘zlashuv nutqida
faol   ishlatiladi.   Ular   orasida   chiqim,   chaqmoq,   chaqirim   singari   qo‘llanishi
kamayib   ketgan   numerativlar   ham   bor.   Bundan   tashqari   adabiy   tilimizning
me’yorlari   va   zamonaviy   o‘lchov   atamalarining   faollashishi   tufayli   pud,   botmon,
toy,   gaz,   tanob,   tosh,   chaqirim,   farsah,   chaqa,   miri,   tuya     kabi   numerativlarning
qo‘llanish   imkoniyatlari   toraygan   va   ularni   asosan   badiiy   matnlarda   uchratish
mumkin:   Senu   men   o‘z   toshimizga   bir   botmon   bo‘lib   yuribmiz-da,   buning   toshi
bilan   tortilsak,   posangisiga   yaramaymiz   (A.Qahhor.   Sinchalak).   Nomaga
qaraganda,   shahzoda   qo‘shinlari   ikki-uch   farsah   joyga   kelib   qolgan,   Mirzo
Ulug‘bek qanday qarorga kelmasin, bu qarorni  darhol qabul qilmog‘i  lozim edi!
Quduq   chuqur   emas,   nari   borsa   o‘n-o‘n   besh   gaz   bo‘lib,   uning   bir   tomonidan
odam   arang   sig‘adigan   tuynuk   ochilgan   edi   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi)
O‘zining ko‘chma ma’nolarida numerativlar vazifasini bajaradigan  piyola, qoshiq,
kosa,   choynak,   qop,   quti,   mashina   maishiy   hayotda   faol   ishlatiladi.   arava/
chamadon,   jo‘ra/kiyim,kiyimlik,   qavat/qat,   qator,   o‘rim,   tandir   so‘zlarining   esa
faoliyat doirasi bilan bog‘liq holda numerativ sifatida hozirgi kunda imkoniyatlari
cheklangan. 
Ayrim   numerativlar   muayyan   sonlar   bilan   turg‘un   birikma   hosil   qiladi.
Masalan,   qatla  so‘zi hamisha   ming  soni bilan birgalikda keladi:   Ming qatla shukr,
osiy   bandangta   ne-ne   saodatli   damlarni   in’om   etding,   yaratgan   egam.   Ha,
parvardigorimga ming qatla shukur  (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi),  Ming qatla
faryod aylaram    kabi.   CHaqa, miri     so‘zlari  ham inkor ma’nosida faqat   bir    soni
bilan   birgalikda   qo‘llanadi:   Bir   chaqa     ham   olomaysan.   Bir   chaqaga   qimmat
odam.    Bir miri ham puli yo‘q   kabi. Taqlidiy so‘zdan paydo bo‘lgan  qultum  birligi
faqat   suyuqlikka   nisbatan   qo‘llaniladi   va   shu   holda   turg‘unlik   kasb   etadi:   Ali
Qushchi  bu suvning  yarmini  ichib, yarmi  bilan yuz-qo‘llarini  yuvgan bular, arpa
kulchani   uchga   bo‘lib,   bir   qultum   suv   bilan   uch   mahal   tanovul   qilardi.   –Bir
qultum   may   ichasizmi?   Bonu   mayizdekkina   zaharni   og‘ziga   soldi-da,   bir   qultum
sovuq sharbat ichib o‘zini yostiqqa tashladi.  (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi). Bu turg‘un   birikmalarda   ham   ekspressiya   mavjud   va   ularni   ham     stilistik   resurslar
sifatida qarashga asoslar bor.
Numerativlar   tilimizda   son   jihatdan   ko‘chilikni   tashkil   etgishi   tufayli
ularning   ayrimlariga   misollar   keltirish   bilan   chegaralanamiz:   SHunda   sarkasini
tayinlab,   ikki  og‘iz  so‘z   aytib  turgan  ekan   (Alpomish).   Kel-e,  bu bachchalarning
og‘ziga  bir luqma  solay (Kuntug‘mish). So‘ng, rahmatlik usta Temur Samarqandiy
yasab bergan po‘lat pichog‘i bilan erni kovlab  bir siqim tuproq  oldi  (O.YOqubov.
Ulug‘bek   xazinasi).   go‘yo   masjid  gumbaziga  qadalgan  kumush  hilolday   bir  tilim
oy   yaltillab   turar   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi).   Qancha   xor   aylasang,   falak
rizoman, Bo‘ldim endi  qultum suv ning gadoyi  (Kuntug‘mish).  Garchi, Ali Qushchi
va   uning   shogirdlari   ko‘p   nodir   kitob   va   qo‘lyozmalarni   gumdon   qilgan   bo‘lsa
ham,   shahzoda   kutub xonani   ko‘zdan   kechirayotib,   bunga   yana   bir   karra   inondi!
SHahzoda   bir   necha   bor   rasadxonaga   pinhona   borib,   bu   kitoblarni   ko‘zdan
kechirgan edi.  (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi).
Endi   e’tiborimizni   sonlar   tarkibidagi   grammatik   vositalarga   qaratamiz.
A.Nurmonov   va   N.Mahmudovlar     “O‘zbek   tili   so‘z   yasalishiga   bir   nazar”
maqolasida   son   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarning   grammatik   tabiati   xususida   so‘z
yuritib,   “O‘zbek   tili   faktlarining   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,   son   turkumi   doirasida
so‘z yasalishi yo‘q va ko‘rsatilgan “son turlari”ni hosil qiluvchi qo‘shimchalar so‘z
yasovchilar   emas.   Masalan:   besh+inchi=beshinchi     yasalishida   motivlovchi   baza
(besh)   bilan   yasalma   ( beshinchi )   alohidadan   denotat   va   signifikatga   ega   emas.
Demak,   funksional   forma   yasalishi,   shuningdek,   variatsion   forma   yasalishi
o‘z mohiyatiga ko‘ra so‘z yasalishidan mutlaqo farq qiladi, ularni qorishtirish juda
ko‘p   boshqa   nazariy   yanglishishlarga   olib   kelishi   tabiiy”,   degan   fikrni   bayon
etgan. 7
  Son   tarkibidagi   funksional   va   variatsion   shakl   yasaydigan   qo‘shimchalar
yangi sonlar yasalishi nuqtai nazaridan hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa-da,
ularga stilistik resurslar sifatida qarash mumkin.
Ushbu turkum doirasida - (i)nchi,  - (i)nchidan, -ov, -ala, -ta, -tacha, -tadan, -
lab     singari   shakl   yasovchi   affikslar   kategorial   jihatdan   guruhlanadi.   Masalan,
7
  Нурмонов А., Маҳмудов Н.  Ўзбек тили сўз ясалишига бир назар // Ўзбек тили ва адабиёти, 
1987, 3-сон, 41-б. predmet,   narsa-hodisalarning   tartibini   ko‘rsatuvchi   - (i)nchi     qo‘shimchasi   barcha
funksional   uslublar   uchun   teng   bo‘lgani   holdan,   uning   –dan     qo‘shilgan   -
(i)nchidan    shaklida ilmiy va rasmiy uslublarga xos bo‘lgan uslubiy chegaralanish
mavjud.   CHunki   –(i)nchi   ga   –dan   ning   qo‘shilishi   natijasida   ta’kidlash,   sanash
ottenkasi hosil bo‘ladi va bu ottenkalar ilmiy va rasmiy bayon uslubi uchun xos va
muhim xususiyat sanaladi. Bu uslublar talab qiladigan aniqlik har bir holat, fikr va
xulosani     birinchidan,   ikkinchidan,   uchinchidan     va   hokazo   tarzida   sanash   va
ta’kidlashni taqozo etadi.
Guruhlashni, to‘dani, birgalikni ifoda etadigan - ov, -ala     xususida  ham shu
gapni aytish joiz. Ular yordamida shakllangan  ikkov, uchov, to‘rtov, beshov, oltov,
ettov     kabi   so‘zlar   og‘zaki   uslubga   xoslangan   bo‘lsa,   ikkala,   uchala,   to‘rtala,
beshala, oltala, ettala   ko‘rinishlari kitobiy uslubga xoslangan. 
Aniq   ma’noni   ifoda   etganligi   sababli   –ta,   -tadan     barcha   uslublar   uchun
umumiy   sanaladi.   Ammo   taxminni   bildiradigan   -tacha,   -lab     elementlarida
funksional   chegaralanishni   kuzatamiz.   Odatda   o‘ndan   baland   bo‘lgan   yirik
sonlarga   –tacha   ning   qo‘shilishi   natijasida   ularning   aniqliq   ma’nosi   yo‘qoladi   va
taxminiylik,   gumon,   ishonchsizlik,   mavhumlik,   faraz   ottenkalari   paydo   bo‘ladi:
o‘ntacha,  yuztacha,  mingtacha    kabi. Ammo  bu qo‘shilish  ham   sanashning  inson
tasavvuriga   sig‘adigan   darajada   amalga   oshiriladi.   SHuning   uchun   odatda
milliontacha   deyilmaydi.   –lab     ham   xuddi   shu   tarzda   qo‘shila   oladi:   o‘nlab,
yuzlab, minglab     kabi. Hatto     millionlab   deyish ham mumkin. Bu esa qo‘shimcha
qo‘shilgandan   keyingi   holatda   mavhumlikning   nisbatan   kuchli   ekanligi   hamda
raqamni   bo‘rttirib   ko‘rsatishga   intilish   mavjudligini   ko‘rsatadi.   Fnuksionallik
nuqtai   nazaridan   –tacha     og‘zaki   nutqqa,   - lab     esa   kitobiy   nutqqa   xoslangan.
Masalan:   Minglab   bemorlar   dardiga   darmon   bo‘layotgan   shifokorlar   hamda
hamshiralardan   minnatdormiz.   Mukofot   ta’sis   etilgandan   buyon   viloyatimizdan
etti  nafar  qizimiz  Zulfiyaxonim  nomidagi  Davlat   mukofotiga rasman   ega  bo‘lgan
bo‘lsalar-da,   ushbu   saralash   bahslarida   yuzlab   qizlarimiz   o‘zlaridagi   bor
qobiliyat va iste’dodlarini ishga solishdi, o‘zlarini sinab ko‘rishdi. Boisi, xaftaning
ikki-uch   kuni   –   bozorda   minglab   bozorchilar   oyog‘i   tegadi-ki   bu   hududda   bozor xizmatchilaridan   tashqari   mahallamiz   yoshlari,   faollar   ham   bevosita
obodonchilik-tozalik   ishlariga   bosh   qo‘shadilar.   O‘zining   kichikkina   oilasida
tartib   o‘rnatolmagan,   bunday   kishiga   yuzlab   yoshlar   ta’lim-tarbiya   olayotgan
o‘quv   maskani   ishonib   topshirilganligiga   hayratlanasan.   Lekin   u   kishi   hayoti
davomida qilgan ishlari, tayyorlagan   yuzlab shogirdlari   bilan urgutliklar qalbida
yashab   kelmoqda.   Natijada   o‘nlab   poezdlarning   qatnovi   bekor   qilingan.   Uning
aytishicha,   telefon   so‘zlashuvilarini   tinglash   amaliyoti   besh   yil   ilgari
qo‘llanilganida, 11 sentyabr voqealarining oldi olingan va  minglab odamlar  omon
qolgan bo‘lur edi. Bu holda Milliy Xavfsizlik Agentligi Federal qidiruv Byurosini
minglab   familiyalar ,   telefon   raqamlari,   elektron   pochta   adreslariga   ko‘mib
tashlamaydimi?   Rasmiy   ma’lumotlarga   ko‘ra,   CHilida   harbiy   tuzum   o‘rnatilgan
yillar   mobaynida   siyosiy   sabablarga   ko‘ra   uch   mingdan   ortiqroq   kishi   nobud
qilingan,   minglab   kishilar   bedarak   ketgan.   (“Zarafshon”   gaz.).   Og‘zaki   nutqda:
o‘ntacha   kitob,   yigirmatacha   odam,   o‘ttiztacha   mashina     kabi.   Bu   so‘zlarni
taqqoslashdan   yana   shu   narsa   anglashiladiki,   bu   ikki   element   qo‘shilgan   so‘zlar
umumiy ma’noda taxminiylik, gumon, ishonchsizlik, mavhumlik, farazni anglatsa
ham,   xususiy   hollarda   songa   –tacha     qo‘shilganda   ma’lum   ma’noda   taxmin
haqiqatga yaqin bo‘ladi. Agar shunday bo‘lmaganda  Darsga  o‘n beshtacha   talaba
keldi   deyilmasdi.   –lab    qo‘shilganda esa sonlar ko‘proq mavhumlikni ifoda etadi,
miqdorning ko‘pligini mubolag‘ali tarzda bayon qiladi.
Sonlar   yozuvda   raqamlar   tarzida   namoyon   bo‘ladi.   Ushbu   raqamlarning
yozma   matnlarda   uchrashi   ham   son   turkumining   tabiatiga   bog‘liq   holda   turlicha
kechadi. Ammo ular qanday matnlar uchramasin, barchasi uchun umumiy bo‘lgan
xususiyat   mavjud.   “Raqamlarga   avvalo   axborot   berish   xususiyati   xosdir.   Biroq
raqamlarning   haddan   tashqari   ko‘pligi   hamma   vaqt   ham   muallifning   hodisa
mohiyatini   to‘liq   anglab   etganligidan   dalolat   beravermaydi”,   deb   yozadi   K.   M.
Nakoryakova. 8
  Darhaqiqat,   sonlarning   yozuvdagi   belgisi   bo‘lgan   raqamlarning
informativ   xarakteri   bu   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlarning   funksional
chegaralanishlarini   yana   ham   oydinlashtiradi.   Boshqacha   aytganda   hamma
8
  К.   М.   Накорякова   Цифра   в   публицистическом   тексте.   Часть   2   Дата   создания   оригинала
документа:  05.02.2004 . 43 Kb | koi8-r |  http://www. gramota. ru/mag new.html?id=42 . uslublarda   ham   raqamlarga   faol   murojaat   qilish   xos   emas.   U   asosan   rasmiy
uslubga,   uning   moliyaviy   va   hisob-kitob   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   janrlariga   xosdir.
Ilmiy   uslubda   ham   mavzu   va   fan   sohalari   taqozosi   bilan   raqamlarga   tez-tez
murojaat   etiladi.   Ulardan   ommabop   uslubda   ham   ba’zan   foydalanish   mumkin.
Masalan:   Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yaqin o‘n yil ichida ko‘proq soliq to‘lashga
to‘g‘ri   keladi,   deb   hisoblaydi   aholining   77   fozi.   Atigi   3   foiz   fuqaro   soliqlarning
kamayishidan   umidvor.   82   foiz   aholi   2015   yilda   ishsizlik   ko‘payadi,   deb
hisoblaydi. 7 foizi esa buning tkskarisini tanlagan. Ishtirokchilarning 51 foizi o‘n
yildan   so‘ng   mamlakat   kambag‘allashadi,   degan   fikrda   bo‘lsa,   6   foizi   aksincha,
deb   hisoblagan.   Besh   yil   avval   o‘tkazilgan   so‘rovlar   natijalariga   ko‘ra,   mazkur
ko‘rsatkich 36 foiz va 12 foizga to‘g‘ri kelgan edi. 76 foiz aholi 2015 yilga qadar
Avstriyada chet elliklar soni ko‘payib boradi, deb javob bergan   kabi. (“Darakchi”
gaz.)
Tildagi   sonlarga   xos   bo‘lgan   muhim   xususiyatlardan   biri,   ayni   paytda,
ekspressivlikni   yuzaga   keltiruvchi   xususiyat   ularning   birikmalar   tarkibida
turg‘unlik   kasb   etishi   va   an’anaviyligi   sanaladi.   Badiiy   adabiyot   va   xalq   og‘zaki
ijodiga xos bo‘lgan  qirq kokil  (1.64),  o‘n sakkiz yosh  (1.20,262),  etti qush  (1.209),
etti   mo‘‘jiza   (1.210)   kabi   an’anaviy   shakllar   shular   jumlasidanbir.   “Alpomish”
dostonida   besh   yuz     soni   alohida   mazmun   va   urg‘u   bilan   qo‘llanilgan:   besh   yuz
oqsoqol, arboblari, besh yuz mirg‘azab, jallod, besh yuz so‘m, besh yuz nor, besh
yuz tilla, besh yuz qadam, besh yuz ot, besh yuz otli, besh yuz odam, besh yuz kishi,
besh   yuz   botmon,   besh   yuz   quloch   arqon,   besh   yuz   qo‘y,   besh   yuz   arava   kabi .
Sonlarning   qo‘llanilishidagi   bu   xususiyatlarni   ulardagi   ramziylik,   diniy   aqidalar,
milliy   urf   odatlar   va   an’analar   nuqtai   nazaridan   o‘rganish   ma’naviyatimiz   uchun
qiziqarli materiallar berishi mumkin.
Anglashiladiki,   o‘zbek   tilida   ham   sonlar   alohida   turkum   sifatida   o‘zining
nafaqat   leksik-grammatik,   balki   stilistik   resurslariga   ham   ega.   Ularning   namoyon
bo‘lishi   turli   uslublarda   turlichadir.   Ustunlik   esa   so‘zlashuv   va   badiiy   uslublarda
ko‘zga tashlanadi. Adabiyotlar:
1.  Мамажонов  А.   Қўшма гап стилистикаси.- Тошкент, 1990.
2.  Шомақудов А., Расулов И., Қўнғуров Р.  Ўзбек тили              стилистикаси. –
Тошкент, 1983.
3.  Содиқова М.  Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975.
4. Қў нғуров Р.  Ўзбек тили стилистикасидан очерклар.- Самарқанд, 1975.
5.   Қў нғуров   Р.   Грамматик   стилистика   //   “Ўзбек   филологияси”   тўплами.
СамДУ асарлари, янги серия, № 315. – Самарқанд, 1975.
6.   Қў нғуров   Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент, 1980.
7.   Қў нғуров   Р.   Стилистика   имени   существительного   в   узбекском   языке.   –
Ташкент, 1983.
8. Қў нғуров Р.  Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // “Ўзбек тили
стилистикасидан кузатишлар” тўплами. – Самарқанд, 1981. 
9.Қў нғуров Р.   Сифат стилистикаси // “Ўзбек тили стилистикаси
ва нутқ маданияти” тўплами. – Самарқанд, 1982.
10.   Қў нғуров   Р.     Каримов   С.     Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик кўрсаткич.– Самарқанд, 1984.
11.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I     том   –   Тошкент,   1975.   II     том   –   Тошкент,
1975.

Son uslubiyati. Reja: 1. Son so‘z turkumiga oid so‘zlar ma’nosidagi aniqlik ularning uslubiy imkoniyatlarini bir qadar cheklab qo‘yishi. 2. Bir sonining uslubiy imkoniyatlari. Sonlardagi ramziylik, ularning xalq og‘zaki ijodida, so‘zlashuv uslubida qo‘llanishidagi an’anaviylik. 3.Numerativlar. Ularning o‘zaro va boshqa so‘zlar bilan sinonimiyasi. 4.Songa oid affikslar sinonimiyasi.

Son. O‘zbek tilida, garchi ot, fe’l yoki sifat so‘z turkumlari darajasida bo‘lmasa- da, songa oid birliklarning ham stilistik imkoniyatlari haqida so‘z yuritish mumkin. “O‘zbek tili grammatikasi”da tilimizdagi barcha sonlar va numerativlar hisoblanadigan dona, nusxa, bosh, tup, nafar; parcha, varaq, og‘iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum/yutum/ho‘plam, tomchi/qatra, chaqmoq, nimta, to‘g‘ram, poy, bo‘lak, shingil; gala, to‘p, guruh, to‘da, dasta, bog‘/bog‘lam, quchoq, shoda, hovuch; juft; gramm, kilogramm, metr, pud, botmon, sentner, tonna, piyola, qoshiq, kosa, choynak, qop, quti, chamadon, jo‘ra/kiyim,kiyimlik, toy, arava/mashina/tuya, qavat/qat, qator, o‘rim, tandir; metr, santimetr, kilometr, gaz, tanob, tosh, qarich, quloch, chaqirim, qadam, farsah; yosh/yashar, oylik, kunlik; asr, yil, oy, hafta, sutka, kun, kecha, kunduz, soat, daqiqa, minut, sekund; so‘m, tiyin, tanga, chaqa, tilla, miri, paqir, chiqim; marta, navbatda, karra, bor, hissa, qatla, da’fa, sidra, baravar singarilar keltirilgan. 1 Ularning ekspressivlik va funksional imkoniyatlari turlicha. Son so‘z turkumi doirasidagi birliklar orasidan emotsional ekspressiv ottenkalar va semantik-stilistik hamda funksional-stilistik ma’nolar yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan elementlarni qarab chiqamiz. Bunda birinchi navbatda diqqatimizni bir so‘zi tortadi. Darhaqiqat, sonlar orsida bir o‘zining qo‘llanish chastotasi va anglatgan semantik-stilistik ma’nolari bilan alohida mavqega ega. Undagi raqamni anglatishdan tashqarida bo‘lgan bu qo‘shimcha ottenkalar ayniqsa badiiy matnda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu alohidaliklar nimalardan iborat ekanligini ko‘rsatish maqsadida Zulfiya asarlari tili va uslubi yuzasidan olib borgan tadqiqotlarimiz materiallaridan hamda boshqa manbalardan foydalanamiz. 1 Ўзбек тили грамматикаси, I том. – Т.:Фан, 1975, 307-331-бетлар.

O‘zbek tilshunosligida bir so‘zining leksik-grammatik ma’nosi durust yoritilgan deyish mumkin. 2 Bir so‘zining S.Nizomiddinova tomonidan 20 ortiq ma’nosi izohlangan. 3 Bir so‘zi Zulfiya ijodida 442 marta qo‘llangan. 4 SHoira asarlarida bu so‘zning semantik-stilistik ma’nolari uning grammatik ma’nosi bilan uyg‘unlashib ketgan. Leksik birlik sifatida bu so‘zning vazifasi sonni ifodalash, predmet yoki voqea-hodisaning yakka-yagona ekanligini ko‘rsatishdan iborat bo‘lsa, matnda uning ma’nosi jiddiy ravishda kengayib ketgandir. Jumladan: 1. Bir so‘zi sonni anglatadi:a) yakkalik ma’nosini ifodalovchi sanoq sonni ko‘rsatadi va bu uning asosiy leksik ma’nosi hisoblanadi: Qanday paydo bo‘ldi, bilmayman hali / Qarshimda bir barno yigit ni ko‘rdim (1.66). Bunday vaqtda u matnda yakka, yolg‘iz so‘zlariga sinonim bo‘lishi mumkin: Ikki bo‘lsa yolg‘iz bosh ing, / Armonim shu bolajonim (2.98). Bir daraxt turardi yo‘l chekkasida, / SHamol urar edi uni muttasil (1.217). Bu so‘zlar leksik jihatdan birining o‘rnini ikkinchisi bosa olsa-da, stilistik jihatdan ularning har birining ma’no ottenkasi farqlanib turadi. YUqoridagi misollarda bir so‘zida ma’noni ta’kidlab, ajratib ko‘rsatish xususiyati yakka va yolg‘iz so‘zlaridagidek kuchli emas; b) garchi semantik tabiatiga zid bo‘lsa-da, u matnda ko‘pchilik ma’nosini ifoda etadi. Bunda bir qo‘shilib kelib, mikromatn hosil qilayotgan so‘zning ham sezilarli ahamiyati bordir. SHuning uchun ham sonlar ma’nosining reallashuvidagi matnning roli tadqiqotchilar tomonidan alohida ta’kidlanadi. 5 Birikmadagi ikkinchi so‘z mazmunan ko‘plikni anglatib turadi, bir ana shu ko‘plikni reallashtirishga, bo‘rttirishga xizmat qiladi: Harorat ne o‘zi? / Harorat, harorat, / Bir jahon og‘ushida sezasan o‘zingni (1.9) yoki Bir osmon yulduzni qamragan okeanday kengmisan, / Har ezgu insonga porlagan zarrang bor? (1.9) parchalaridagi bir so‘zli birikma o‘zini alohida urg‘u bilan talaffuz qilishni talab etadi. SHoira qo‘llagan bir olam (1.44), bir daryo (1.78), bir dunyo (1.146) birikmalarida ham bu so‘z o‘zi birikib kelgan so‘z bilan 2 Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980; Ўзбек тили грамматикаси, I том. –Тошкент:Фан, 1975; Ҳозирги ўзбек адабий тили, икки томлик, I том. – Тошкент: Фан, 1966. 3 Низомиддинова С. Ҳозирги замон ўзбек тилида сон. – Тошкент: Фан, 1963, 43-бет. 4 Қўнғуров Р., Каримов С. Зулфия поэзияси тилининг луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1981, 41-42-бетлар. 5 Низомиддинова С. Ҳозирги замон ўзбек тилида сон, 41-бет.

birga ana shu ma’nolarni ifodalash maqsadiga bo‘ysundirilgan. Bulardan tashqari, Zulfiya asarlarida bir to‘da (1.234), bir necha (2.91,117), bir gala (2.14), bir dasta (2.73), bir quchoq (2.34) kabi birikmalar ham uchraydi. Ammo ko‘plik ma’nosi ifodalangan bu birikmalarda obrazlilik yuqorida keltirganimiz misollardagi kabi sezilib turmaydi. 2. Men ketdim bir o‘zim, ko‘zda surating / Qalbda xandoningdan lazzatlar qoldi (1.69) parchasida bir so‘zi stilistik jihatdan ortiqchaday ko‘rinsa-da, aslida bunday emas. Bu so‘z o‘zida ma’lum stilistik yuk tashiydi. Bu o‘rinda bir orqali egalik affiksidan anglashilayotgan yakkalik ma’nosi ta’kidlanmoqda. Mana bu misoldagi takror qo‘llanilayotgan bir so‘zi shoira uchun she’riy ta’kidni, poetik obrazni kuchaytirish, badiiylikni ta’minlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan: U bir quyosh, u bir tong, go‘zal bir doston, / Aytay desam tilim lol, kim, u yigit kim (2.72). Bir gapning o‘zida bir so‘zining takroriy qo‘llanilishi ham turli semantik ma’nolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Masalan, harakatni bajaruvchilarni alohida ajratib ko‘rsatiladi: CHoyxurlar biri tizzasiga shappatilab, biri kornini ushlab xoxolashadi (O‘. Xoshimov Ikki eshik orasi), sanash ma’nosi: Daladan tuppa-tugri xasharga kelgan kolxozchilar biri loy otib, biri lumboz bosib, maktab devorini kutaradi. Birining boshida kuya yalagan telpak, yana biri kiyikchasi bilan kulogini boglab olgan edi; tenglik ma’nosi: To‘yga borsa bir yoniga Fotima kelinini, bir yoniga Zuhra kelinini olib cho‘g‘day yasantirib oboradi (O‘. Xoshimov Ikki eshik orasi). Umuman, bir so‘zi yordamida ta’kid ottenkasini berish qulayroqdir. Bir necha misollar keltiramiz: nurli bir panoh (1.293), mehribon bir qo‘l (1.293), og‘ir bir sukut (1.294), ajib bir qudrat (1.296), o‘ktam bir vazminlik (1.299), munis bir latofat (1.303), shunday bir qissa (1.299) kabi. Bunday ta’kidlash orqali ijodkorning tasvir ob’ektiga befarq qaramayotganligi, uning alohida e’tibori kuzatiladi. Masalan: U bir o‘tki , seni ko‘rmasam, / Iztirobga solar jismimni (1.19).

3. Birgalik, umumlashtirish ma’nosi anglashiladi: Fikrlab ko‘raman zafar boisin: / Ishchi-yu dehqonu olim bir og‘ush (1.300). Do‘stu og‘aynidan, yuz til, bir dildan / O‘qilgan tahsinlar muborak bo‘lsin! (1.301). 4. Bir so‘zining uyushiq bo‘laklar tarkibida takrorlanishi yaqinlik ma’nosini ifodalaydi va bunda u ot yasovchi –dosh affiksi bilan vazifadosh bo‘ladi: SHodman: Adib bilan bir suv, bir tuproq, / Bir el ga farzandlik orttirar faxrim (2.52). Lekin bir havo dan oladi nafas, / Ko‘ki bir, suvi bir, birdir tuprog‘i (1.101). 5. Birikma ichidagi so‘z tarkibida kelgan –cha affiksi bilan birgalikda qiyoslash vositasi bo‘lib xizmat qiladi va bunda u ko‘plikni ham anglatadi: Sizning bir xirmoncha she’r yozmasam ham, / Baxt haqqi, qalbimdan qilaman ta’zim (1.305). 6. Kamtarlik, oddiylik ma’nolari ifodalanadi va shu yo‘l bilan faxrlanish ottenkasi ham beriladi: Bu – Oyjamol, bir cho‘pon qizi , / O‘qib keldi shaharda shu qish (1.150). Bu ottenka quyidagi misolda yana ham seziladi: Men oddiy bir o‘zbek cho‘ponning qizi , / Meni fan doktori qilgan Vatanim (1.136). 7. Bir so‘zi yordamida tasvir ob’ektining noaniq ekanligi ifoda etiladi: Balki allaqachon bir dor tagida, / Menga muntazirdir og‘zi qon jallod (1.49). Bir tinglovchi qolaman izlab / Va orqaga tortar yuragim (1.288). Mana bu misoldagi bir so‘zli birikma anglatgan stilistik ottenka bir oz boshqacha: -Domla, endi bizda sizning ixtiyor!- Deydi mezbon. – Ish bas, olasiz orom. Bir erga boramiz! “YAna hoynahoy Serhasham xonada ming turli taom…” (1.58). Bir erga birikmasi alohida olinsa noaniqlik ifodalanadi, boramiz fe’lida esa qat’iyatlik ma’nosi bor. Bu qat’iyatdan boriladigan joyning so‘zlovchiga ma’lum, ammo hurmat va kamtarlik yuzasidan mehmonga aytilmaydi. Demak, bu o‘rinda shoira stilistik maqsadni nazarda tutib, noaniqlikni ifodalaydigan bir so‘zli birikmadan aniq ma’noni ifodalashda foydalanadi. Ba’zan shoira uni narsa so‘zi bilan ham birgalikda qo‘llab (1.66; 2.81), noaniqlik ma’nosini ifodalaydi. Ammo ularda ekspressiya yuqoridagi bir so‘zining o‘zi anglatayotganday emas. Zulfiya asarlarida uchraydigan bir so‘zining tahlili shuni ko‘rsatadiki, u juda ko‘p o‘rinlarda ma’noning shakllanishida asosiy yordamchi vosita sifatida ishtirok etadi.