Sopolli madaniyati
Sopolli madaniyati Reja: 1. Sopolli madaniyati yodgorliklari 2. Madaniyatning xo jalik tarmoqlariʻ
Sopolli madaniyatining yodgorliklari. Sopolli madaniyati yodgorliklari Surxondaryo viloyatining Sherobod va Sho`rchi tumanlarining uch zonasi hudularida joylashgan. Yodgorliklarning birinchi guruhi eski Ulanbuloq daryosining o`zanlari hududlari bo`ylab joylashgan, ikkinchi tipdagi yodgorliklar Bo`ston daryosining bo`ylarida paydo bo`lgan, uchinchi guruhdagi yodgorliklar esa Qizilsoy daryosining o`zani bo`ylab joy olgan. Ulanbuloq guruhi yodgorliklari uch manzilgohdan tashkil topgan: Sopollitepa, Kultepa va kichiktepa yodgorliklaridir, ular orasida eng keng miqyosda o`rganilgan yodgorlik Sopollitepa hisoblanadi. Bo`ston daryosining o`ng qirg`og`ida joylashgan yodgorliklar Jarqo`ton, chap qirg`oqdagilari esa Bo`ston deb yuritiladi. Bu yodgorliklar manzilgohlar xarobalari va qabristonlardan iborat. Uchinchi guruhda tilga olingan Mo`lali tipida ham qabristonlar ham aholi yashagan hududlar joylashgan, biroq, asosiy qazish ishlari qabristonlar hududlarida olib borilgan Sopollitepa yodgorligi 1968-yilda Surxondaryo viloyatida L.I.Albaum tomonidan ochiladi. Yodgorlikning umumiy maydoni 4 ga ni tashkil qiladi, shimoliy, sharqiy va janubi-sharqiy qismlari atrofidagi yerlarning o`zlashtirilishi natijasida vayron etilgan. Sopollitepa hududidagi arxeologik qazish ishlari bir necha tanaffus va to`xtalishlar bilan 1970-, 1974-yillarda davom ettiriladi. Madaniy qatlamlar yodgorlikning turli qismlarida aniqlanganligini ko`ramiz. Shuning uchun ham eng asosiy qazishma ishlari mudofaa devorlarining atroflarida olib borilgan. Ko`pgina statsionar arxeologik qazish ishlari davomida mudofaa devoir va uning atrofida joylashgan uylar, xo`jalik xonalari ko`rinishlari, poydevorlari qanday holatda turganligi ma’lum bo`ldi. Yodgorlikka aholining ko`chib borishi va qurilish ishlarinin olib borishi asosan bronza davriga to`g`ri keladi. Sopollitepaning yuqori qatlamlari shamollar tasirida yemirilgan va buzilib ketgan. Ikkinchi qurilish garizontidan devorlarning bir necha qavatli g`ishtlardan qolgan qoldiqlari qalin madaniy qatlam ustida qal’a bo`ylab sochilib ketgan.
Boshqa bir uchastkalaridan esa faqatgina keramika qoldiqlari va turli hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan. Bino va devorlarning qoldiqlari turli darajada saqlanib qolgan, madaniy qatlamlarning qalinligi esa 2,5 m gacha vujudga kelgan, uchta qurlish gorizonti mavjudligi aniqlangan. Sopolli madaniyatiga tegishli materiallar o`zining turfa xilligi va boyligi bilan boshqa madaniyatlardan ajralib turadi. Sopol buyumlari, qurollar, mehnat qurollari, taqinchoqlar va pardoz uchun ishlatiluvchi buyumlar shular jumlasidandir. Keramika buyumalari Sopollitepa yodgorligining madaniy qatlamlari va qabrlaridan topilgan. Yodgorlikning ushbu nomni olishi ham qazishmalar jarayonida juda ko`plab sopol buyumlarining topilishi va bu sopollarning o`ziga xos shakllari va bezaklaridir. Sopol buyumlari turli ko`rininshlarda mavjud bo`lib, ularni alohida mukammal o`rganishni talab etadi. Texnik jihatidan sopol buyumlarini ikki turga – qo`lda ishlangan sopollar va kulolchilik charxi yordamida yasalgan sopollarga ajratish mumkin. Qo`lda ishlangan sopol buyumlari oz miqdorni tashkil qiladi – ko`pgina tovoqlar, qalin devorlari bo`lgan xumsimon shakldagi qozonlar shular jumlasidandir, garchi bu davrda kulolchilik charxi ixtiro qilingan bo`lsa-da, ayrim holatlarda hali hamon qo`lda ishlangan sopol idishlarga ehtiyojning bor ekanligini kuzatamiz. Qo`lda ishlangan sopol buyumlari qo`pol bo`lishi bilan birga idishlarda qum-shag`al aralashmalari va qurum, kuyganlik izlarini ko`ramiz1 Albatta, sopol tayyorlanishi uchun mahsulot xom ashyosini tanlab olish ham katta ahamiyatga egadir, madaniyatlarni o`rganish jarayonida shu narsa ko`zga tashlanadiki, eng birinchi ishlangan sopollar nafaqat texnikakasi, balki tarkibi bilan ham keyingi davr sopollari bilan farq qilgan. Keyingi davrlarda, xususan, antic va o`rta asrlarda sopollarning nihoyatda bejirim bo`lishi ko`p jihatdan keramikaning tarkibiga va, ikkilamchi, texnikasiga bog`liq bo`lgan. Dastlabki qo`lda ishlangan sopol buyumlari neolitdavriga xos bo`lib, yurtimizda Kaltaminor madaniyati bu borada bizga nihoyatda ahamiyatli ma’lumotlarni taqdim qiladi. Sopollar qo`lda ishlangan
bo`lib olovda kuydirib pishirilgan. Sopol buyumlariga turli xil botiq shakldagi naqshlar solingan arxeologlar e’tiborini tortgan yana bir jihat sopollardagi mato izlaridir, bu sopolning yasalish texnikasi bilan bog`liq bo`lib, quritilgandan so`ng yonib ketgan matodan “yodgorlik” hisoblanadi. Yuqorida keltirib o`tilganidek yodgorlikdan topilgan sopol buyumlarining eng ko`p qismini charx yordamida yasalganlari tashkil qiladi, bunday usuldan foydalangan holda sopol buyumlarini yasash biroz murakkabroq bo`lsada, ammo mahsulot silliq va bejirim chiqishini ta’minlaydi. Yodgorlikning keramika mahsulotlari tayyorlangan loy hech qanday ellastiklikni ta’minlovchi qo`shimcha mahsulotlarsiz ham juda pishiq va chiroyli idishlarning tayyorlanishiga imkon bergan. Deyarli barcha sopol buyumlari juda yaxshi pishirib olingan. Ba’zi sopol buyumlari yuqori qismida qizil angobning izlari bor – xumcha, konussimon piyolalar, kubiksimon va vazasimon idishlar shular jumlasidan. Soplol buyumlari qizil va to`q qizil ranglariga bo`yalgan, oshxona va marosimlar uchun mo`ljallanganlari esa och qizil va ko`kish ranglar bilan bezatilgan. Sopollarni qizil rangga bo`yalish an’anasi juda qadim davrlardan davom etib kelgan, bunga sabab qizil rangning yorqinligi bo`lsa, yana bir sabab ushbu buyoqning tabiiy ravishda boshqa turdagi bo`yoqlarga qaraganda ko`p miqdorda uchratilishidir. Konussimon ko`rinishdagi chashkalarning va choynaklarning ostki qismida ipdan qolgan qirqimning izlari saqlanib qolgan. Rang berilganligini hisobga olmaganda, deyarli barcha idishlar bezaklarsiz. Biroq ko`pgina ko`zalarning tashqi tarafida halqasimon izlar, choynakalrda esa ustaning xochsimon, yarim oval, oval, yurak sxematik tasvirisimon, “A” harfisimon belgilar mavjud. Muhr izlari idishlarning yuqori og`iz qismida ham uchraydi va izlar o`tkir tig`li yoki o`tmas tig`li asboblar bilan ham qo`yilgan. Sopollitepa manzilgohida keramik idishlardan tashqari toshdan va bronzadan ishlangan ko`plab buyumlar ham arxeologlar tomonidan topilgan. Toshdan yasalgan buyumlar – kuvacha, piyolasimon va kosasimon oq hamda qizg`imtir marmardan, ohaktoshdan qilingan.
Toshdan ishlangan buyumlar nihoyatda mohirlik bilan tayyorlangan, buda sopollitepaliklarning bu borada qo`li gul mohir usta ekanliklari ma’lum bo`ladi. Kosalarning barchasining bo`yi kalta holatda, bunga toshdan buyum yasashning og`irligi va mo`rt bo`lishi sabab bo`lgan bo`lsa, ajab emas. Shuni ham aytish kerakki, tosh buyumlarning barchasi qabrlardan topilgan, shunga binoan ularni turmushda ishlatish uchun yasamagan bo`lishlari ham mumkin _______________________________ Аскаров. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана, Ташкент, «Фан», 1977 г., стр. 64. Sopollitepa hududidan topilgan metall buyumlari tashqi ko ` rinishi jihatidan turli shakllarga ega bo ` lib , bu idishlar aksariyati tosh buyumlari kabi qabrlardan topillgan . Metall idishlari qorin qismi kengroq, og`iz qismi cho`zilgan va bu turdagi metall idishlarining ham turli ko`rinish va shakllari uchratiladi. Bir guruh metall idishlarining hajmi 7 – 10 sm atrofida bo`lib, kimyoviy taxlil natijalariga ko`ra, idishlarda surma saqlangan bo`lishi mumkin. Ikkinchi guruhga oid metall buyumlari biroz kattaroq – 10 – 14 sm atrofida, ularning shakli silindirni eslatadi, ba’zilarida tutqich dasta ham o`rnatilgan. Idishning devorlari anchagina yupqa. Ikkinchi va uchinchi guruhdagi chashkalar ham bronza metalidan tayyorlangan yarimsferik va ko`zasimon ko`rinishlarda. Sopollitepa manzilgohidan topilgan buyumlar orasida yog`och idishlar va savatlar ham mavjud. Yog`och buyumlarining ham aksariyati qabrlarda saqlanib qolgan. Topilgan artefaktlarning barchasi arxeologlar tomonidan turlarga ajratilgan Ko`plab arxeologik topilmalarni tadqiq etish shuni ko`rsatdiki, Janubiy O`zbekiston hududi o`zining iqlimi, tabiiy sharoiti va geografik o`rni bilan dehqonchilk madaniyatlaridan biriga aylanishiga sababchi bo`lgan.Ziroatkor qabilalar muntazam ravishda Markaziy Osiyoning janubi-g`arbiy hududlari, Shinolisharqiy Eron, Janubiy Afg`oniston bilan bir tarafdan, ikkinchi tarafdan, Markaziy Osiyoning shimoliy hududlari bilan aloqada