logo

Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.6171875 KB
Mavzu:   Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi
REJA:
1. Bolaning  ilk  ijtimoiylashuv  davri.  
2.Bolaning  ijtimoiylashuvida  oila,  ta'lim- tarbiya muassasalari, madaniyat din va
mahallaning o‘rni.
3.   SHaxs taraqqiyotinining yoshga bog’liq xususiyatlari. Bolaning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha
    Insonning   rivojlanishi   juda   murakkab   va   qarama-qarshiliklardan   iborat
jarayondir.   Bola   o`z   rivojlanishi   jarayonida   turli   xil   faoliyat   (o`yin,   o`qish,   sport
turlariga   qamda   muloqatga   kirishadi.   Bu   esa   ularning   ijtimoiy   tajribalarining
oshishiga   yordam   beradi.   Bolaning   dunyoga   kelishidan   tortib   uning   butun   umri
jarayonida   yuqoridagi   faktorlar   (faoliyat   va   muloqat)   bir-birini   to`ldirib   bola
shaxsining   rivojlanishini   ta'minlaydi.   Bola   rivojlanishining   harakatlantiruvchi
kuchi-bu   qarama   qarshilikdir.   U   tashqi   va   ichki   ta'sirlar   orqali   amalga   oshiriladi.
Tashqi   ta'sirlarga   insonni   shakllantirishga   qaratilgan   maxsus   faoliyat   kirsa,   ichki
ta'sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi.
Shaxs   deganda   ruhiy   jihatdan   taraqqiy   etgan,   o`z   xususiyatlari   va   sifatlari
bilan   boshqalardan   farq   qiluvchi   muayyan   jamiyatning   a'zosi   tushuniladi.
Odamning   ijtimoiy   mavjudod   sifatida   shaxs   nomini   olishi   uchun     unga   ijtimoiy-
iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. 
Shuning uchun pedagogika fani  bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va unga
ta'sir etuvchi omillarni ham o`rganadi.
       Inson   hayoti   davomida   o`zgarib,   shakllanib,   rivojlanib   boradi.   Bolalik,
o`smirlik  va  o`spirinlik  davrida    rivojlanish  nihoyatda   kuchli   bo`ladi.  Rivojlanish
deb bola vaznining oshishi , suyak va muskul tizimining, tanosil a'zolarining, nerv-
funktsional faoliyatining kamol topishi, aql zakovatining shakllanishiga aytiladi.    
        Shaxs rivojlanishi va kamolga yetishi  murakkab va ziddiyatli jarayon bqlib,
bunda nasl-irsiyat (biologik omil), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga
oshiriladigan   ta'lim-tarbiya   va   nihoyat   o`zining   mustaqil   faoliyati   ham   muhim
ahamiyatga ega. 
Biologik faktorlar .   Biologik faktorlar deganda asosan, irsiyat nazarda 
tutiladi.   Irsiyat   deganda   esa   gen   orqali   ota-onalardan   farzandlariga   o`ziga   xos
xususiyatlarining   o`tishi   nazarda   tutiladi.   Irsiyat   orqali   bola   organizmiga,   nerv
sistemasiga, hissiy organlariga ega bo`ladi. Bu insonni boshqa insonlardan ajratib
turadigan   tashqi   faktorlardir.   Irsiyat   haqida     gapirganda   irsiy   kasalliklar   haqida
unutmaslik   lozim.   Irsiy   kasalliklarni   tibbiy     genetika   o`rganadi.   Lekin   ushbu kasalliklar   bolaning   ijtimoiylashuvi   jarayoniga   ta'siri   ijtimoiy   tuqilishiga   tashqi
faktorlar ham ta'sir o`tkazadi. Masalan, havoning yoki suvning ifloslanishi sog`lom
bolaning dunyoga kelishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Bunday shaxslar uchun jamiyat
bilan “muloqatga” kirishishga yordam beruvchi maxsus metodikalar mavjud.
  Irsiyat   deganda,   bolaga   ota-ona   va   umuman   yaqin   ajdodlardan,   ya'ni
nasldan-naslga   o`tadigan   biologik   xususiyat   va   o`xshashliklar   tushuniladi.   Turli
davrlardagi   preformizm,   bixeviorizm,   progmatizm,   biogenetiklar   oqimlari
shaxsning   shakllanishida   biologic   omilning   roliga   ortiqcha   baho   berishgan,
rivojlanishni  naslga  bo g` lashgan.     Irsiyat   mavjud va  biologik omillarni   inkor   etib
bo`lmaydi.   Lekin   irsiyatni   mutlaqo   o`zgarmas   deb   tushunmaslik   kerak.
Rivojlanishga   naslning   ta'siri   deganda   ota-onaga,   ajdodlarga   o`xshashlikni
ifodalovchi   biologik   takrorlanishni   tushunmoq   kerak.   M-n,   tananing   tuzilishi,
sochning,   ko`zning,   terining   rangi   kabilar.   Nerv   faoliyati   ko`rinishlari   (xolerik,
sangvinik, flegmatik, melonxolik)  kabi  fiziologik xususiyatlar  ham  tug`ma o`tishi
mumkin. Insonga xos xususiyatlar ham   tu g` ma o`tishi mumkin,lekin inson bolasi
tayyor   qobiliyat   bilan   emas,   balki   layoqat   bilan   tu g` iladi.   Layoqat     o`z   holicha
rivojlana   olmaydi,   uning   uy g` onishi   uchun     qulay   muhit   kerak.     Muhit   deganda
kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning   yi g` indisini   tushunamiz. Bunga tabiiy
mu h it (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va boshqalar kiradi va
ularning   rivojlanishiga   alohida   ta'sir   qiladi.     Boladagi     irsiy   belgilarning   o`sishi,
kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog`liq buladi.  «Inson
bolasi,   agar   ijtimoiy-insoniy   muhitga   emas,   aytaylik   hayvonlar   muhitiga   tushib
qolsa,   unda   irsiy   belgilarning   biologik   ko`rinishlari   saqlanar,   lekin   insoniy   fikr,
faoliyat,   hatti-harakat   bo`lmaydi.   (Hindistondan   topilgan   Kamola,   Amola   hayoti
bunga misol bo`la oladi)»  
Ijtimoiy faktorlar  .  Individning shaxs sifatida shakllanishiga bitta irsiyatning
o`zi   kamlik   etadi.   Ijtimoiy   faktor   orqali   individning   ijtimoiy   sub'ektga   aylanishi
insonning   ijtimoiylashuvi,   uning   jamiyat   bilan   integratsiyaga   kirishishi   orqali
amalga   oshiriladi.   Shaxsning   ijtimoiylashuviga   xizmat   qiluvchi   makro-(katta),
mezo-(o`rta) va mikro (kichik) faktorlar mavjud.  Mezofaktorlarga   milliy   sifatlarning   shakllanishi,   xududiy   sharoitlarning
ta'siri aholi tipi singarilar kiradi. 
Mikrofaktorlarga  oila, ta'lim muassasalari, tengqurlari guruqlari kiradi.
  Makrofaktorlarga   esa   insonning   ijtimoiylashuviga   ta'sir   etuvchi
umumbashariy   jarayonlar(ekologik,   demografik,   iqtisodiy,   ijtimoiy-siyosiy,
mamlakat va jamiyat hodisalari)kiradi.
                         Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o`tkazishi  asosan ta'lim-tarbiya orqali
amalga oshiriladi. U oilada, maktabgacha muassasada va maktabda ta'lim -tarbiya
oladi.   Inson   kamolotida   ta'lim   -   tarbiya     yetakchi   o`rin   tutadi.   Bola   o`qish,
yozishni,   maxsus   bilim,   malaka,   ko`nikmalarini   egallaydi,   ularda   ilmiy
dunyoqarash shakllanadi.
Ijtimoiy muhitning bola rivojlanishiga ta'siri. 
Sotsiologiya fanida ijtimoiy status tushunchasi mavjud. Inson jamiyatda turli
xil   pozitsiyalarda   bo`lishi   mumkin.   Ma'lum   haq-huquqlar   va   majburiyatlar   bilan
tavsiflanuvchi   insonning   jamiyatdagi   shunday   pozitsiyasini   egallashi   ijtimoiy
status   deb   ataladi.   Bunday   ijtimoiy   statuslar   tug`ma   va   egallangan   bo`lishi
mumkin.
Tug`ma   ijtimoiy   statuslarga   jinsi,   millati,   tug`ilgan   joyi,   familiyasi   va
boshqa faktorlar kiradi. Lekin shunday statuslar bo`lishi mumkinki, ular insonning
o`z   kuchi   va   xarakterlari   bilan   egallanadi.   Masalan,   ijtimoiy   pedagog   statusi
insonning maxsus o`quv yurtlaridagi kasbiy tayyorgarligi, shu yo`nalishi bo`yicha
olgan diplomi asosida egallanadi. Ya'ni bu egallangan status qisoblanadi.
Lekin   qayotda   shunday   vaziyatlar   bo`lishi   ham   mumkinki,   inson   o`zining
xoxish   irodasiga   qarshi   ma'lum   hatti-harakatda   bo`lishi   mumkin.   Bu   uning
jamiyatda   tutgan   statusi   asosida   yoki   boshqa   insonlar   undan   ma'lum   xarakatlarni
namoyon etishi mumkin. Bu xolat insonning jamiyatdagi roli deb ataladi.
Lekin   ijtimoiylashuv   hamda   rivojlanish   jarayonida   bola   pozitiv   va   negativ
ijtimoiy rollarni ham o`zlashtirishi mumkin.
Pozitiv ijtimoiy rolga oila a'zolari, jamoa, mutaxassislar, iste'molchilar  kirishi   mumkin.Negativ   ijtimoiy   rolga   esa   daydilar,   tilamchi-gadoylar,
narkomanlar   singari   kategoriyadagi   insonlar   kiradi.   Individ   yuqoridagi   kabi
ijtimoiy   rollarni   o`zlashtirish   mexanizmi   natijasida   ijtimoiy   munosabatlarga
kirishib   o`sha   ijtimoiy   muqitga   moslashib   boradi.   Individning   o`sha   ijtimoiy
sharoitlarga   moslashib   borish   jarayoni   ijtimoiy   adaptatsiya   deb   ataladi.   Bunda
muloqat,   faoliyat   va   anglash   jaryoni   amalga   oshiriladi.   Ijtimoiy   adaptatsiyalanish
jarayonida   bolada   “hammaga   o`xshash”ehtiyoj   vujudga   keladi.   Shu   bilan   bir
qatorda   unda   “o`zini   ko`rsatish”,   “o`zini   namoyon   etish”   ehtiyoji   tug`iladi   va   u
o`zini   ko`rsatish   usullari   va   vositalarini   qidira   boshlaydi   hamda   bu   jarayon
individualizatsiyalanish deb ataladi.
Demak,   bolaning   rivojlanishi   ikki   yo`nalish   asosida   amalga   oshiriladi:
ijtimoiylashuv va indivilualizatsiyalanish .
Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi
bilan   bir   qatorda   o`z   navbatida   bola   o`zining   ham   individual   xususiyatlarini
sotsiumga   qo`shib   borishi   mumkin   va   bu   jarayon   bolaning   jamiyatga
integratsiyalanishi  deb ataladi. 
Bu   jarayonlar   spontan,   stixiyali   va   tartibsiz   holda   amalga   oshirilishi   va
aksincha   boshqarilib,   ma'lum   maqsadga   yo`naltirilib   ham   borilishi   mumkin.   Bu
jarayon  esa   tarbiyalash   deb ataladi. Bolaning  ongli, faol  va mustaqil  faoliyati  esa
o`z-o`zini   tarbiyalash   jarayoni   deb   ataladi.   Jamiyatdagi   barcha   mutaxassislarning
va tarbiyachilarning harakatlari bolaning ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan. 
Bolaning   ijtimoiy   muhitga   moslashuviga   to`sqinlik   qiluvchi   ijtimoiy-
ma'naviy   fazilatlarning   yo`qligi   hamda   ularning   shakllanmay   qolishi   ijtimoiy
dezadaptsiya   deb   ataladi.   Bunday   holatlarda   ularning   oldini   olish   hamda   ma'lum
chora-tadbirlar   ishlab   chiqish   kerak   bo`ladi.   Demak,   bolaning   jamiyatda   ijtimoiy
adaptatsiyalanishiga,  uning ijtimoiy statusini  qayta tiklashga, yo`qotilgan ijtimoiy
munosabatlarni   qayta   tiklashga   qaratilgan   faoliyat   turini   ijtimoiy   reabilitatsiya
qilish deb ataladi.
SHaxs  indivudal  taraqiyotining muxim   omillaridan  yana biri  uning  yoshiga
bog’liq   bo’lgan   xususiyatlaridir.CHunki   taraqqiyotining   xar   bir   yosh   bosqichi o’zining   rivojlanish   omillariga ,   qonuniyatlariga,   yangiliklariga,   o’zgarishlariga   ega
bo’lib,   ular   shaxsning   xaraktari,   temperamenti,   iqdidori,   bilish   jarayonlariga
bevosita ta’sirini o’tkazadi.
YOsh   taraqqiyoti   davrlarining   xam   sifat,   xam   miqdor   o’zgarishlariga   ega
bo’lgan   ko’rsatgichlari   borki,   amaliy   psixologiya   xar   bir   yosh   xususiyatlarni   ana
shu  ikkala  ko’rsatgich  nuqtai  nazaridan  o’rganishi  va   shaxs   xulqini   boshqarish   va
tasir   ko’rsatishda   ularga   tayanmog’i   lozim.Umuman   Psixologiyada   isbot   qilingan
faktlardan   biri   shuki,   turli   davrlardagi   inson   taraqqiyoti   o’ta   murakkab   jarayon
bo’lib,   xar   bir   davrning   o’z   qonuniyatlari   mavjud.   Xar   bir   bosqichda   shaxsning
biror bir xususiyatlari o’zining yetuklik vazifasiga erishadi.       
Masalan,olamni   sensor   jixatdan   bilishning   yetuklik   vazifasi   18-   25
yoshlarda,intelektual,ijodiy   yetuklik-35   yoshlarda,   shaxsning   etukligi   50- 60
yoshlarga   kelib   eng   yuqori   nuqtasiga   erishadi.   SHunga   o’xshash   xususiyatlar
insonning   butun   umri   davomida   muttasil   kamolga   etib,   rivojlanib   borishini
ta’minlaydi.   SHunisi   xarakterliki,xar   bir   yoshda   biror   funksiyalarning   rivojlanishi
boshqa bir funksiyalarning susayishi  xisobiga ro’y beradi. 
  2 .O’smirlik va o’spirinlik davrlarida  sh axs  ijtimoiylashuvining   o’ziga xosligi.
O’smirlik va o’spirinlik davrlari yetakchi faoliyat o’quv faoliyati bo’lib   unda bola
bilim   olish   bilan   bog’liq,   malaka   va   ko’nikmalarni   ortirishdan   tashqari,   shaxs
sifatida xam muxim  o’zgarishlarga yuz tutadi.
O’smirlik   davri   eng   murakkab   va   shu   bilan   birga   muxim   taraqqiyot
bosqichidirki   o’smirlik   11-14   yoshni,   katta   o’smirlik   14-15   yoshlarni   o’z   ichiga
oladi. Bu davrning eng muxim xislatlari shundan iboratki, u bolalikdan o’spirinlik,
kattalikka,   yoshlikdan   yetuklikka   o’tish   davridir.   O’smirlik-   organizm
taraqqiyotidagi   shiddat   va   notekistlik   bilan   xarakterlanib,   bu   davrda   tananing
intensif   tarzda   rivojlanishi   va   suyaklarning   qotishi   ro’y   beradi.   YUrak   va   qon
tomirlar   faoliyatida   xam   notekistlik   bo’lib,   bu   xam   bola   felining   o’zgaruvchan,
dinamik va  ba’zan nomoquliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi.  Bular albatta
asab   tizimiga   xam   o’z   ta’sirini   ko’rsatib   bola   tezda   achiqlanadigan   yoki
to’rmizlanish   yuz   berganda   depressiya   xolatidan   chiqa   olmaydigan   tushkinlikda qolishi ham mumkin.   O’smir  jismoniy taraqqiyotini  belgilovchi  asosiy  omil jinsiy
balog’at b o’lib, u nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini xam belgilaydi.  SHu
bilan bog’liq xolda ongni jinsiy mayinlar shu bilan bog’liq noxush xis kechinmalar
,   fikrlar   paydo   bo’ladiki   bola   ularning   asl   sababini   tushinib   yeta   olmaydi.Psixik
taraqqiyotning   o’ziga   xosligi   shundaki   u   muttasil   rivojlanib   boradi   lekin   bu
rivojlanish   ko’plab   qarama- qarshiliklarni   o’z   ichiga   oladi.Bu   taraqqiyot   o’quv
jarayonida   kechgani   uchun   xam   to’g’ri   tashkil   etilgan   o’quv   faoliyati   bola
psixikaning   muvozanati   va   uning   turli   fikr   o’ylardan   chalinishiga   zamin
yaratadi.Ayniqsa - diqqat, xotira, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Ayni  shu davrda
o’smir mustaqil ravishda fikrlashga intila boradi. CHunki bu   davrda u ko’proq o’z
fikr-o’ylari   dunyosida   mushoxada   qilish,   olam   va   uning sirlarini  bilishga,  nazariy
bilimlarni ko’paytirishga intiladi.
O’smirlik va o’spirinlik davrlari nafaqat professional tanlov va kasb egallash
uchun  maqbul   davr   bo’lmay,bu  davr  yoshlarning  o’zligini   anglash  uchun  maqbul
davr   bo’lmay,   bu   davr   yoshlarning   o’zligini   anglash, o’z qadr-qimmatini bilish va
boshqalarga nisbatan munosabatda  bo’lish tajribasini egallash davri xamdir. O’smir
xam o’spirin xam qancha ichki ruxiy iztirob, qarama-qarshilik, ma’suliyat onlarini
boshidan   kechirmasin,   uning   emosional   olami,   atrof-muxitda   ro’y   berayotgan
xodisalarini   ongida   aks   ettirishi   katta   o’rin   tutadi.   Aynan   o’smirlik   payti   bola
qalbida   kim   bilandir   sirlashish,   kimnidir   o’ziga   eng   yaqin   kishi   sifatida   tan
olish,uni   ruxiyatida   kechayotgan   barcha   o’zgarishlardan   vofiq   etish   istagi   va
extiyojini uyg’otadi.
Birinchi marta do’stlik, muhabbat, sevgi tushunchalari xam aynan shu  davrda
paydo   bo’ladi   .   SHuning   uchun   xam   yetuklik   va   keksalik   davridagi   kishilar   xam
o’smirlik   va   o’spirinlik   yillarini   eng   beg’ubor   jozibali   va   yoqimli   sifatida
xotiralaydilar.
Attraksiya   -bu   bir   insonning   boshqa   bir   insonga   ijobiy   munosabati   asosida
yoqishi         va       yoqtirishi,         o’zaro         moyillikni         tushintiruvchi   emosional
hisdir. Do’stli-     o’smirlik     va     o’spirinlik     yoshda     paydo     bo’ladigan     barcha
muammolarni     yechish   va   u     bilan     o’rtoqlashish     uchun     bolaga   do’stkerak. Do’stlikni    ham   ko’zlagan   maqsadlari   bo’ladi:   u   amaliy,     ish faoliyat     bilan
bog’liq,   sof emosional,   ratsional,   ahloqiy   bo’lishi mumkin.   
Do’stlikni asosiy sharti- o’zaro bir-birini tushinish.
Sevgi     -bu   shunday   tuyg’uki,   u   bir   shasxning   ikkinchi   bir   shaxs   ustidan   muloqot
ustunligi yoki afzalligini inkor etadi.Bunday xissiyot esa sevgi  bo’lmaydi. SHuning
uchun   xam   o’spirinlik   yoshidagi   yigit       va   qizlar   guruhda   muloqotda   bo’lishni
xoxlaydilar.   Bu   talab   sevishganlar   uchun   h am   qonun   hisoblanadi. Olimlar   sevgini
yoshlarda   namoyon   bo’lishi   va   uning   psixologik o’rganishgan   buning   dastlabki
qismi   -o’zaro   yoqtirib   qolish-simpatiya   bo’lib,   bunda   asosan   sevgi   ob’ektining
tashqi   jozibasi   rol   o’ynaydi.Mavzu   yuzasidan   tayanch   so’zlan   Juz’iy   va   umumiy
davrlar, o’smirlik davri, egosentrizm, o’spirinlikdavri, attraksiya, simpatiya. Adabiyotlar
1. Egamberdiyeva H.M. «Ijtimoiy pedagogika» (darslik) - T., 2009 y.
2.     Mavlonova   R.   va   boshkalar   “Ijtimoiy     pedagogika”   (O’kuv     kullanma)   -   T.,
2009 y.
3.  Galaguzova  M.  A.  Sotsialnaya  pedagogika  (Uchebnoye  posobiya)  - M.,
4.   Xarlamov   I.F.   Pedagogika   v   voprosax   i   otvetax   (Uchebnoye   posobiya)     -1.
Munavvarov A.K. Pedagogika (O’quv qullanma). - T.,  1996 u.
5. Munavvarov A.K. Pedagogika(o`quv qo`llanma). - T.,  1996 u.
6 .Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi (o`quv qo`llanma a). - T.,  1994 u.
7. Yo‘ldoshev J.  Ta’lim yangilanish yo‘lida (o`quv qo`llanma). - T., 2000 u.
8 . Podlasыy I L .Pedagogika. V 2x kn. (o`quv qo`llanma). - M., 2003 g.
9.Yu.Asadov,   R.Musurmanov.O’smirlar   deviant   hatti-harakatning   ijtimoiy
psixologik xususiyatlari T;-Sano-standart-2011

Mavzu: Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi REJA: 1. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri. 2.Bolaning ijtimoiylashuvida oila, ta'lim- tarbiya muassasalari, madaniyat din va mahallaning o‘rni. 3. SHaxs taraqqiyotinining yoshga bog’liq xususiyatlari.

Bolaning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama-qarshiliklardan iborat jarayondir. Bola o`z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat (o`yin, o`qish, sport turlariga qamda muloqatga kirishadi. Bu esa ularning ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga kelishidan tortib uning butun umri jarayonida yuqoridagi faktorlar (faoliyat va muloqat) bir-birini to`ldirib bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. Bola rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi-bu qarama qarshilikdir. U tashqi va ichki ta'sirlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi ta'sirlarga insonni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyat kirsa, ichki ta'sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi. Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o`z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy- iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shuning uchun pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va unga ta'sir etuvchi omillarni ham o`rganadi. Inson hayoti davomida o`zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o`smirlik va o`spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo`ladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi , suyak va muskul tizimining, tanosil a'zolarining, nerv- funktsional faoliyatining kamol topishi, aql zakovatining shakllanishiga aytiladi. Shaxs rivojlanishi va kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bqlib, bunda nasl-irsiyat (biologik omil), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o`zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Biologik faktorlar . Biologik faktorlar deganda asosan, irsiyat nazarda tutiladi. Irsiyat deganda esa gen orqali ota-onalardan farzandlariga o`ziga xos xususiyatlarining o`tishi nazarda tutiladi. Irsiyat orqali bola organizmiga, nerv sistemasiga, hissiy organlariga ega bo`ladi. Bu insonni boshqa insonlardan ajratib turadigan tashqi faktorlardir. Irsiyat haqida gapirganda irsiy kasalliklar haqida unutmaslik lozim. Irsiy kasalliklarni tibbiy genetika o`rganadi. Lekin ushbu

kasalliklar bolaning ijtimoiylashuvi jarayoniga ta'siri ijtimoiy tuqilishiga tashqi faktorlar ham ta'sir o`tkazadi. Masalan, havoning yoki suvning ifloslanishi sog`lom bolaning dunyoga kelishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Bunday shaxslar uchun jamiyat bilan “muloqatga” kirishishga yordam beruvchi maxsus metodikalar mavjud. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o`tadigan biologik xususiyat va o`xshashliklar tushuniladi. Turli davrlardagi preformizm, bixeviorizm, progmatizm, biogenetiklar oqimlari shaxsning shakllanishida biologic omilning roliga ortiqcha baho berishgan, rivojlanishni naslga bo g` lashgan. Irsiyat mavjud va biologik omillarni inkor etib bo`lmaydi. Lekin irsiyatni mutlaqo o`zgarmas deb tushunmaslik kerak. Rivojlanishga naslning ta'siri deganda ota-onaga, ajdodlarga o`xshashlikni ifodalovchi biologik takrorlanishni tushunmoq kerak. M-n, tananing tuzilishi, sochning, ko`zning, terining rangi kabilar. Nerv faoliyati ko`rinishlari (xolerik, sangvinik, flegmatik, melonxolik) kabi fiziologik xususiyatlar ham tug`ma o`tishi mumkin. Insonga xos xususiyatlar ham tu g` ma o`tishi mumkin,lekin inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki layoqat bilan tu g` iladi. Layoqat o`z holicha rivojlana olmaydi, uning uy g` onishi uchun qulay muhit kerak. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yi g` indisini tushunamiz. Bunga tabiiy mu h it (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va boshqalar kiradi va ularning rivojlanishiga alohida ta'sir qiladi. Boladagi irsiy belgilarning o`sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog`liq buladi. «Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitga emas, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning biologik ko`rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, hatti-harakat bo`lmaydi. (Hindistondan topilgan Kamola, Amola hayoti bunga misol bo`la oladi)» Ijtimoiy faktorlar . Individning shaxs sifatida shakllanishiga bitta irsiyatning o`zi kamlik etadi. Ijtimoiy faktor orqali individning ijtimoiy sub'ektga aylanishi insonning ijtimoiylashuvi, uning jamiyat bilan integratsiyaga kirishishi orqali amalga oshiriladi. Shaxsning ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi makro-(katta), mezo-(o`rta) va mikro (kichik) faktorlar mavjud.

Mezofaktorlarga milliy sifatlarning shakllanishi, xududiy sharoitlarning ta'siri aholi tipi singarilar kiradi. Mikrofaktorlarga oila, ta'lim muassasalari, tengqurlari guruqlari kiradi. Makrofaktorlarga esa insonning ijtimoiylashuviga ta'sir etuvchi umumbashariy jarayonlar(ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, mamlakat va jamiyat hodisalari)kiradi. Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o`tkazishi asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. U oilada, maktabgacha muassasada va maktabda ta'lim -tarbiya oladi. Inson kamolotida ta'lim - tarbiya yetakchi o`rin tutadi. Bola o`qish, yozishni, maxsus bilim, malaka, ko`nikmalarini egallaydi, ularda ilmiy dunyoqarash shakllanadi. Ijtimoiy muhitning bola rivojlanishiga ta'siri. Sotsiologiya fanida ijtimoiy status tushunchasi mavjud. Inson jamiyatda turli xil pozitsiyalarda bo`lishi mumkin. Ma'lum haq-huquqlar va majburiyatlar bilan tavsiflanuvchi insonning jamiyatdagi shunday pozitsiyasini egallashi ijtimoiy status deb ataladi. Bunday ijtimoiy statuslar tug`ma va egallangan bo`lishi mumkin. Tug`ma ijtimoiy statuslarga jinsi, millati, tug`ilgan joyi, familiyasi va boshqa faktorlar kiradi. Lekin shunday statuslar bo`lishi mumkinki, ular insonning o`z kuchi va xarakterlari bilan egallanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog statusi insonning maxsus o`quv yurtlaridagi kasbiy tayyorgarligi, shu yo`nalishi bo`yicha olgan diplomi asosida egallanadi. Ya'ni bu egallangan status qisoblanadi. Lekin qayotda shunday vaziyatlar bo`lishi ham mumkinki, inson o`zining xoxish irodasiga qarshi ma'lum hatti-harakatda bo`lishi mumkin. Bu uning jamiyatda tutgan statusi asosida yoki boshqa insonlar undan ma'lum xarakatlarni namoyon etishi mumkin. Bu xolat insonning jamiyatdagi roli deb ataladi. Lekin ijtimoiylashuv hamda rivojlanish jarayonida bola pozitiv va negativ ijtimoiy rollarni ham o`zlashtirishi mumkin. Pozitiv ijtimoiy rolga oila a'zolari, jamoa, mutaxassislar, iste'molchilar

kirishi mumkin.Negativ ijtimoiy rolga esa daydilar, tilamchi-gadoylar, narkomanlar singari kategoriyadagi insonlar kiradi. Individ yuqoridagi kabi ijtimoiy rollarni o`zlashtirish mexanizmi natijasida ijtimoiy munosabatlarga kirishib o`sha ijtimoiy muqitga moslashib boradi. Individning o`sha ijtimoiy sharoitlarga moslashib borish jarayoni ijtimoiy adaptatsiya deb ataladi. Bunda muloqat, faoliyat va anglash jaryoni amalga oshiriladi. Ijtimoiy adaptatsiyalanish jarayonida bolada “hammaga o`xshash”ehtiyoj vujudga keladi. Shu bilan bir qatorda unda “o`zini ko`rsatish”, “o`zini namoyon etish” ehtiyoji tug`iladi va u o`zini ko`rsatish usullari va vositalarini qidira boshlaydi hamda bu jarayon individualizatsiyalanish deb ataladi. Demak, bolaning rivojlanishi ikki yo`nalish asosida amalga oshiriladi: ijtimoiylashuv va indivilualizatsiyalanish . Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi bilan bir qatorda o`z navbatida bola o`zining ham individual xususiyatlarini sotsiumga qo`shib borishi mumkin va bu jarayon bolaning jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi. Bu jarayonlar spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va aksincha boshqarilib, ma'lum maqsadga yo`naltirilib ham borilishi mumkin. Bu jarayon esa tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol va mustaqil faoliyati esa o`z-o`zini tarbiyalash jarayoni deb ataladi. Jamiyatdagi barcha mutaxassislarning va tarbiyachilarning harakatlari bolaning ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan. Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuviga to`sqinlik qiluvchi ijtimoiy- ma'naviy fazilatlarning yo`qligi hamda ularning shakllanmay qolishi ijtimoiy dezadaptsiya deb ataladi. Bunday holatlarda ularning oldini olish hamda ma'lum chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak bo`ladi. Demak, bolaning jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyalanishiga, uning ijtimoiy statusini qayta tiklashga, yo`qotilgan ijtimoiy munosabatlarni qayta tiklashga qaratilgan faoliyat turini ijtimoiy reabilitatsiya qilish deb ataladi. SHaxs indivudal taraqiyotining muxim omillaridan yana biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlaridir.CHunki taraqqiyotining xar bir yosh bosqichi