logo

Sovet O‘zbekistonidagi ekologik muammolarning o’sib borishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.6015625 KB
Sovet  O‘zbekiston i da gi  ekologik  muammolarning o’sib borishi
Reja:
1. O‘zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi
2. Paxta   yakkahukmronligining   ekologik   vaziyatga   ko‘rsatgan   salbiy
ta’siri
3. Orol fojiasi O‘zbekistondagi   fojiali   ijtimoiy-ekologik   vaziyatning   yuzaga   kelishi
birinchi   navbatda,   izchillik   asosida   olib   borilmagan   ekologik   siyosatning
oqibati ekanligini ko‘rsatadi.
XX   asrning   60-yillarida   O‘zbekistonda   turli   korxonalarning   tozalash
inshootlarisiz ishga tushirilishi aholi salomatligiga katta xavf solishi bilan bir
qatorda, baliq zaxiralarining yoppasiga qirilishi xavfini ham yuzaga keltirdi.
Bu   davrda   CHirchik   elektrokimyo   kombinatida   tozalash   inshootlarisiz   bir
qator ob’ektlarning ishga tushirilishi CHirchiq daryosining er usti suvlari va
o‘zanlaridagi   suvlarning   keskin   ifloslanishiga   olib   keldi.   Ammo,   kombinat
rahbariyati   bunga   etarlicha   e’tibor   bermadi   va   kombi nat   sutkasiga   700   000
metr 3
  tozalanmagan   oqavalarni   quyishni   davom   ettirdi.   Aynan   shunday
holatni Oltintopgan qo‘rg‘oshin-rux kombinati, Farg‘ona neftni qayta ishlash
zavodi va boshqalarda ham ko‘rish mumkin edi.
Andijon viloyati atrof-muhitining ahvoli XX asr 70-yillarida o‘rganilganda
Andijon   gidroliz   zavodi   yonidagi   aholi   istiqomat   qilayotgan   hududda
zavodning sanitar himoyaviy zonaga ega emasligi oqibatida atmosfera havosi
yuqori   darajada   ifloslangan   edi.   SHuningdek,   aholi   iste’mol   qilayotgan
suvning sifati ham amaldagi standart talablariga to‘la javob bermasdi. Buning
ustiga,   sog‘liqni   saqlash   muassasalari   ham   atrof-muhitni   ifloslantirishda   o‘z
hissalarini   qo‘shdi.   Jumladan,   bu   davrda   viloyatdagi   30   ga   yaqin   sog‘liqni
saqlash   muassasalari,   xususan,   Oqtepa   qishlog‘idagi   tubdispanser,   Andijon
shahridagi   2-sonli   kasalxona,   Jalaquduq   markaziy   kasalxonasi,   Buloqboshi
bolalar   kasalxonasi,   CHinobod   markaziy   kasalxonasi   va   boshqalar
tozalanmagan   oqavalarni   (hatto,   infeksiya   bo‘limlaridagi   chiqindilarni   ham)
ochiq suv havzalariga tashlab, aholi uchun katta epidemiologik xavfni yuzaga
keltirardi. 1974 yilda Paxtaobod markaziy kasalxona si tozalash inshootlarisiz
foydalanishga   topshirildi.   Oqibatda   Tentaksoy   daryosiga   oqava   suvlar
tozalanmasdan qo‘shila boshladi. O‘zbekistonning   qator   sanoat   markazlarida   yuzaga   kelgan   nosog‘lom
ekologik muhit ijtimoiy hayotga o‘zining sezilarli ta’sirini o‘tkazayotgan edi.
Bunda,   albatta,   ishlab   chiqarish   va   sanoat   korxonalarining   atrof-muhitga
chiqarayotgan   zararli   chiqindilari   rol   o‘ynadi.   Jumladan,   birgina   CHirchiq
shahrida   atrof-muhitni   ifloslantirayotgan   chiqindilarning   74   foizi   kimyoviy
ishlab   chiqarish   korxonalari   hissasiga   to‘g‘ri   kelgani   holda,   shaharda
aholining kasallanish darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Xususan, 100
ming   kishilik   aholidan   55,6   foizi   turli   kasalliklarga   chalinganlarni,   ularning
ko‘pchiligi nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘riganlarni tashkil qildi. Andijon
viloyatida eski shahar markazida joylashgan Andijon gid roliz zavodi atrofida
yashovchi aholi ham aynan nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan edi. Aholi
salomatligiga   bunday   salbiy   ta’sir   ko‘rsatuvchi   nosog‘lom   ekologik   muhitni
shakllantirishda   Navoiy,   Zarafshon,   Uchquduq,   Farg‘ona,   Olmaliq,   Qo‘qon,
Samarqand va boshqa shaharlar ham katta o‘rin tutdilar.
Bu   davrda   respublikada   foydalanilayotgan   suv   resurslarining   42,3   foizi
Toshkent  shahri  va  viloyatiga  to‘g‘ri  kelgani  holda,  yirik  sanoat  va  maishiy
xizmat   tarmoqlari   ta’sirida   mazkur   hududdagi   daryo   va   suv   havzalarining
sanitariya   va   ekologik   holati   juda   noxush   ahvolda   edi.   Aynan   shunday
jarayon Samarqand viloyatida ham yuzaga kelgandi. Bunday vaziyatlar tabiiy
komponentlarga   salbiy   ta’sir   etish   bilan   birga,   aholining   salomatligi   va
turmush darajasiga, hatto madaniy hayotiga (masalan, tarixiy yodgorliklarga)
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatar edi.
O‘sha   davrda   Toshkent   shahrida   istiqomat   qiluvchi   aholining   turmush
tarzini   1984-1995   yillarda   «Ostankino»   teleradiokompaniyasining
O‘zbekistondagi maxsus muxbiri va muxbirlik punkti mudiri bo‘lib ishlagan
Muxtor   G‘aniev   quyidagicha   eslaydi:   «...Beton,   asfalt,   transport,   zavod-
fabrikalar, ichimlik suvini tozalab berishni uddalay olmayotgan suv tozalash inshootlari,   shahar   tashqarisida   tutab   yotgan   axlatxonalar   va   ko‘llar   inson
hayotiga xavf tug‘dirardi».
O‘zSSR   Sog‘liqni   saqlash   vazirligining   ilmiy   tadqiqot   institutlari
tadqiqotlariga   ko‘ra,   bu   davrda   Toshkent,   Samarqand,   Buxoro   va   boshqa
shaharlardagi yirik magistral yo‘llarda atmosfera havosi chiqindi gazlari bilan
ifloslanayotgan edi.
1980   yilda   qabul   qilingan   «Atmosfera   havosini   qo‘riqlash   xaqida»gi
qonunda   «Atmosfera   havosi   tabiiy   atrof-muhitning   hayot   uchun   muhim
bo‘lgan   asosiy   elementlaridan   biridir»,   deya   ta’kidlangani   holda,   Sovet
Ittifoqi   insonlarning   yaxshi   yashash   sharoitini   ta’minlash   uchun   atmosfera
havosini   muhofaza   qilishga   katta   ahmiyat   berishi   belgilab   qo‘yildi.   Ammo,
shunday   bo‘lsa-da,   amalda   Markazning   tor   doiradagi   manfaatlariga   xizmat
qiluvchi   yirik   korxona   va   zavodlar,   xususan,   CHirchiq
elektrokimyokombinati,   Navoiyazot,   Navoiy   va   Olmaliq   tog‘-metallurgiya
kombinatlari,   Farg‘ona,   Samarqand,   Qo‘qon   shaharlaridagi   superfosfat
zavodlari, Ohangaron, Quvasoy, Bekobod shaharlaridagi sement zavodlari va
ko‘plab   paxta   tozalash   zavodlari   atmos fera   havosini   sezilarli   darajada
ifloslantirayotgan   edi.   Umuman   olganda,   80-yillar   boshida   respublika
bo‘yicha   250   ga   yaqin   sanoat   korxonasining   aholi   turarjoylari   yaqinida
joylashganligi   va   sanitar   himoyaviy   zonalarga   ega   emasligi   sababli   sanitar-
maishiy yashash sharoitlari yomonlashishiga sabab bo‘layotgan edi.
SHuni   ta’kidlash   joizki,   O‘zbekistonda   hukumat   qarorlari   bilan   qishloq
xo‘jaligida   zararli   hasharotlarga   qarshi   qator   profilaktik   tadbirlarni   amalga
oshirish   jarayonining   o‘zida   ayrim   ekotizim   komponentlariga   salbiy   ta’sir
ko‘rsatuvchi   xavflar   yuzaga   keldi.   Aviatsiya   vositasida   zaharli   kimyoviy
moddalarni   g‘o‘zalarga   sepish   jadal   ravishda   ortib   borishi   oqibatida,   faqat
sakkizinchi   besh   yillikning   o‘zida   (1966   -   1970   yillarda)   aviatsiya   bi lan
bajariladigan   kimyoviy   ishlar   hajmi   34,3   foizga   ko‘paydi.   Bu   esa   odamlar yashaydigan   tabiiy   muhitga   halokatli   tarzda   salbiy   ta’sir   qilib,   xavfli
kasalliklar   va   odamlar   o‘rtasida   o‘lim   darajasi   oshishiga   sabab   bo‘ldi,
insonning gen tuzilishida xatarli o‘zgarishlarni keltirib chiqardi.
SSSR   Ministrlar   Soveti   tomonidan   1965   yil   16   fevraldagi   «Qishloq
xo‘jaligida   o‘simliklarni   himoya   qilish   uchun   kimyoviy   vositalar
qo‘llanishining   kengayishi   bilan   bog‘liq   holda   aholi   salomatligini   muhofaza
qilish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   haqida»gi   karor   qabul   qilindi.   Qarorda
belgilangan vazifalar yuzasidan O‘zSSR Ministrlar Sovetining ham 1965 yil
16   apreldagi   qarori   qabul   qilinib,   qishloq   xo‘jaligidagi   zaharli   ximikatlarni
qo‘llash,   saqlash   va   tashish   bo‘yicha   sanitariya   me’yorlari   va   talablariga
rioya   qilinishi   ustidan   nazoratni   kuchaytirish   yuzasidan   muayyan   ishlar
amalga   oshirildi.   Ammo   shunday   bo‘lsa-da,   aholi   salomatligi   hamda
hayvonlarning   sog‘lig‘iga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatuvchi   bir   qator   holatlar   yuz
berardi.   Jumladan,   O‘zbekiston   SSR   Xalq   nazorati   qo‘mitasi   raisi
M.Tursunov   tomonidan   1967   yil   14   martda   O‘zbekiston   Kompartiyasi
Markaziy   Komiteti   va   O‘zSSR   Ministrlar   Sovetiga   yo‘llangan   xatda   oxirgi
ikki   yil   ichida   respublikada   kishilarning   zaharli   ximikatlar   bilan   kuchli
zaharlangan   476   ta   holat   ro‘yxatga   olinganligi,   shundan   ikkitasi   o‘lim   bilan
tugaganligi qayd etib o‘tilgan.
1966   yilda   birgina   Andijon   viloyatining   o‘zida   kishilarning   zaharlanishi
bo‘yicha   59   ta   holat   yuz   berganligi   kuzatilgan.   SHu   yili   respublikada
qoramollarning   zaharlanishi   bo‘yicha   3944   ta   holat   aniqlangani   holda   4039
bosh   qoramol   yo‘qotilishiga   sabab   bo‘ldi.   Jumladan,   Sirdaryo   viloyatida
ifloslangan   ariq   suvidan   667   bosh   mayda   shoxli   hayvonlarning   zaharlanishi
kuzatiladi. Bunday faktlar boshqa viloyatlarda ham kayd etilgan.
Qishloq   ho‘jaligida   zaharli   ximikatlarning   qo‘llanilishi   oqibatida   atrof-
muhitning   ifloslanishi   tobora   keskinlashib,   aholi   salomatligini   katta   xavf
ostiga   qo‘ydi.   1966   yilda   Xorazm   viloyati   sanepidstansiyasi   tomonidan   sut sifati tahlil qilinganida 85 ta namunadan 25 tasida, meva va sabzavotlarning
113  ta  namunasidan   12  tasida,  un   va   g‘allaning  22   ta   namunasidan   8  tasida
belgilangan   me’yor   chegarasidan   ortiq   metilmerkaptofos   moddasi
aniqlangan.
O‘zbekiston   SSR   Fanlar   akademiyasining   prezidenti   Obid   Sodiqovich
Sodiqov (1913 - 1987) boshliq bir guruh taniqli olimlar 1969 yil 17 noyabrda
Ittifoqning   rahbar   organlariga   yozma   ma’lumotnoma   yo‘llab,   unda   qishloq
xo‘jaligida ommaviy ravishda qo‘llanilayotgan pestitsidlar va zaharli kimyo -
viy   moddalar   inson   salomatligiga   va   atrof-muhitga   halokatli   ta’sir
etayotganligini ma’lum qilgan edi. Biroq, Markaz bunday ogohlantirishlarga
e’tibor bermadi. Aksincha, O‘zbekiston rahbariyati qishloq xo‘jalik ishlarida
eng   zaharli   kimyoviy   vositalarni   ishlatishni   mustaqil   ravishda   cheklashga
uringanda Ittifoq rahbar doiralari ularni kengroq qo‘llashni qattiq turib talab
qildilar.   Agar,   1967   yilda   pestitsidlarning   27   turidan   foydalanilgan   bo‘lsa,
1989 yilga kelib, ularning soni 80 tadan ortdi.
Qishloq xo‘jaligida «kimyolashtirish - davr talabi» shiori ostida kimyo viy
dorilar dehkonchilik, ayniqsa, paxtachilikda haddan ziyod ko‘p ishlatilaverdi.
Mutaxassislarning   hisob-kitoblariga   qaraganda,   1990   yilgacha   qishloq
xo‘jalik   mahsulotlarini   etishtirishda   1   g   erga   o‘rtacha   700-1000   kg   mineral
o‘g‘itlar   qo‘llanib   kelingan   bo‘lib,   ularning   faqat   35-40   foizi,   fosfatlarning
esa   15-20   foizigina   o‘simliklar   tomonidan   o‘zlashtirilgan,   xolos.   Qolgan
qismlari qiyin o‘zlashtiriluvchi shaklda o‘tgan yoki er ostki va ustki suvlariga
borib qo‘shilgan. Zovur suvlari tarkibida 25 foiz azot va 5-10 foiz miqdorda
fosforning   uchraganligi   buni   tasdiqlaydi.   Solinadigan   zaharli   dorilar
(insektitsid,   gerbitsid,   fungitsid   va   boshqalar)   gektariga   50   kg   ni   tashkil
etgan,   bu   miqdor   Ittifoq   davridagi   o‘rtacha   ko‘rsatkichlardan   25-30   marta
ortiq   edi.   Agar   80-yillarda   butun   dunyoda   har   bir   gektar   erga   300   gramm
pestitsid   ishlatilgan   bo‘lsa,   O‘zbekistonda   bu   ko‘rsatkich   50   baravar yuqoriligi   ma’lum   bo‘ldi.   Bu   zaharli   dorilarning   4-5   foizi   tuproqdan   chiqib
ketadi,   qolgan   qismlari   tuproqqa   singib,   o‘simliklar   va   tirik   organizmlar
tomonidan o‘zlashtirilardi.
SHu   davrda   suv   resurslari   tarkibidagi   pestitsid   qoldiqlari   miqdori   Ittifoq
bo‘yicha   1,4   foizni   tashkil   qilgani   holda,   O‘zbekistonda   bu   ko‘rsatkich   2,7
foizga teng bo‘lib, aholining surunkali kasalliklarga duchor bo‘lishiga zamin
yaratardi.
Bevosita   o‘simliklarni   kimyoviy   usulda   himoyalash   jarayonlarining
kuchayishi   bilan   bog‘liq   ravishda   respublikaning   bioiqlim   sharoiti   keskin
o‘zgargan edi. Masalan, butifos kabi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tuproq,
suv   va   havoda   uzoq   saqlanib,   ularning   konsentratsiyasi   juda   katta   ijtimoiy-
ekologik   xavfni   keltirib   chiqardi.   Bu   moddalar   qo‘llanilgan   joylarda   O‘rta
Osiyoning   jazirama   iqlim   sharoiti   orqali   ularning   ta’siri   3,5   km   gacha
tarqalishi mutaxassislar tomonidan qayd etilgan.
O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining   1981   yilning   11
avgustidagi   qarori   bilan   butifosni   defoliant   sifatida   qo‘llash   ta’qiqlandi.
Ammo,   amalda   g‘o‘zalarning   defolyasiyasida   butifosdan   foydalanish
oldingidek   holatda,   hatto   aholi   punktlari   yaqinida   ham   davom   etdi.   80-
yillarda   qishloq   xo‘jaligida   kimyoviy   moddalarning   qo‘llanilishi   oqibatida
har yili 50 taga yaqin pestitsidlar tufayli o‘tkir zaharlanish holatlari ro‘yxatga
olib   borilgan.   1990   yilga   kelib   bu   ro‘yxatda   qayd   etilgan   kasallar   soni   673
nafarga etdi.
Noqulay   ekologik   vaziyatning   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotga   ta’siri,   ayniqsa,
Orol va Orolbo‘yi muammolari misolida yaqqol namoyon bo‘ladi.
1961 yildan Orol dengizi suvi tarkibiga faol antropogen ta’sir qilish davri
boshlandi.   Dengizga   daryolar   suvining   kam   tushishi,   daryolarni   tiklash
imkoniyatlarining   yo‘qotilishi,   1960   -   1980   yillardagi   tabiiy   kamsuvlik   suv
va tuz balansi mutanosibligining buzilishiga olib keldi. Hududdagi ekologik fojianing   salbiy   oqibatlari   ma’muriy-buyruqbozlik   tizimining   nuqsonlari
bilan   uyg‘unlashgan   holda   quyidagi   katta   ijtimoiy-iqtisodiy   qiyinchiliklar
tug‘dirdi:   dengiz   sathining   pasayishi   va   qurigan   o‘zanidagi   erlarning
sahrolarga   aylanishi   iqlimning   o‘zgarishiga   sabab   bo‘ldi.   Jumladan,   hudud
iqlimining   kontinentalligi   yanada   keskinlashdi.   YOz   faslida   issiqlik   2
darajaga   ko‘tarilgan   bo‘lsa,   qishdagi   harorat   2   darajaga   pasaydi.   CHunki
shimoldan   va   boshqa   tomonlardan   keladigan   har   xil   oqimlarni   to‘sib   turish
uchun   dengiz   suvi   endi   ma’lum   ma’noda   yo‘qolgan   edi.   Natijada,   sovuq
kunlar erta  tushib, kuzdagi  hosillar,  xususan,  paxta va boshqa  ekinlar  ayrim
hollarda pishmay qoladigan bo‘ldi. Buning natijasida qorakalpog‘istonlik va
xorazmlik dehqonlar kuzni bexavotir kuta olmaydigan bo‘lishdi.
O‘zbekiston   Kompartiyasi   Qorakalpog‘iston   obkomi   birinchi   sekreta ri
Qallibek   Kamolov   va   QQASSR   Ministrlar   Soveti   raisi   Erejep   Aytmuratov
tomonidan   KPSS   Markaziy   Komiteti   Bosh   sekretari   L.I.Brejnev   nomiga
yo‘llangan   1980   yil   17   noyabrdagi   xatida   Orol   dengizi   maydonining
qisqarishi   natijasida   qishloq   xo‘jaligi,   insonlarning   salomatligi   va   mehnatga
layoqatliligi   uchun   noqulay   tabiiy-iqlim   sharoitlari   va   o‘zgarishlari   yuzaga
kelishi ta’kidlab o‘tildi.
Hatto,   ayrim   sovet   olimlari   bu   hududning   ob-havosi   kelajakda
CHelyabinskdagidek   bo‘ladi,   deb   ta’kidlay   boshlashdi.   Lekin   bu   holat
Markazdagi   rahbariyatni   mutlaqo   tashvishlantirmadi.   Paxta   etishtirish
muttasil oshib bordi. Oqibatda Orolbo‘yi hududida noqulay ob-havo sharoiti
tufayli   qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlarini   etishtirishda   katta   qiyinchiliklar   yuz
bera boshladi.
Bahorgi   kuchli   yomg‘irlar   dehqonchilikni   amalga   oshirishda   katta
qiyinchiliklarni   keltirib   chiqardi.   Ko‘pchilik   ekinlarni,   ayniqsa,   paxtani
ekishda ikki marta urug‘ sepish holatlari kuzatiladigan bo‘ldi. Bu esa qishloq
xo‘jalik mahsulotlari narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston   Kompartiyasi   Xorazm   viloyati   komiteti   kotibi   I.Sorokin
tomonidan 1981 yilning avgust oyida KPSS Markaziy Komitetining tashkiliy
va   partiya   ishlari   bo‘limiga   yuborilgan   SO-336-P-sonli   xatda   1981   yilning
21-23   iyulida   Xorazm   viloyati   rayonlarida   yuz   bergan   tabi iy   ofatning
oqibatlari   qayd   etilgan   edi.   Unda   viloyatda   yuz   bergan   kuchli   bo‘ronli   sel
oqibatida   xalq   xo‘jaligiga   sezilarli   talafot   etgani,   bu   ofat   viloyatning   Xiva,
Qo‘shko‘pir,   YAngiariq   va   boshqa   rayonlari   bo‘ylab   yuz   berishi   natijasida
viloyat bo‘yicha jami 30 ming gektar g‘o‘za maydonlariga, 5 ming gektarga
yaqin   makkajo‘xori   dalalariga,   4   ming   gektardan   ortiq   sholi   maydonlariga,
4,6   ming   gektar   sabzavot   va   poliz   ekinlariga   katta   zarar   etganligi   yoziladi.
Mazkur xududlardagi barcha bog‘ va uzumzorlar tala fot ko‘rgan. Bu holatni
o‘sha   davrda   viloyatda   birinchi   kotib   bo‘lib   ishlagan   M.Xudayberganov
shunday   eslaydi:   «1981   yildagi   tabiat   injiqliklari   hammasidan   oshib   tushdi.
Mart   oyidagi   yomg‘ir,   hatto,   yillik   me’yoridan   ikki-uch   marta   ortiq   bo‘ldi.
Uzluksiz sel, yomg‘ir oqibatida Urganch shahri suv bilan to‘ldi».
Suv   resurslaridan   foydalanish   va   erlarni   o‘zlashtirishning   ilmiy   jihatdan
asoslanmaganligi,   qishloq   xo‘jaligining   ekstensiv   rivojlanishi   kabi   omillar
uyg‘unlashgan   holda   ekin   maydonlarining   sho‘rlanishiga   olib   keldi.
Ma’lumki,   ekin   maydonlarining   past   darajada   sho‘rlanishi   paxta
hosildorligini   10-15   foizga,   o‘rtacha   sho‘rlanish   30-40   foizga   va   kuchli
darajada   sho‘rlanish   50-60   foizga   kamaytiradi.   Agar   tuproq   tarkibida   1   foiz
tuz bo‘lsa, hosildorlik 3 baravarga qisqaradi, agar tuz miqdori 2-3 foiz bo‘lsa,
umuman   hosil   bo‘lmaydi.   Tuproqlarning   sho‘rlanishi   va   o‘ta   namlani shi,   er
osti sizot suvlarining ko‘tarilishi va sho‘rlanish darajasining ortishi, tuproq va
suvlarning   mineral   o‘g‘itlar,   og‘ir   metallar   va   zaharli   kimyoviy   moddalar
bilan   ifloslanishi   sug‘oriladigan   dehqonchilik   mintaqalarida   agroekologik
buzilishlarga   olib   keldi.   Agar   ilgarilari   tuproq   aeratsiya   (havoli   qatlam)
zonasidagi   tuz   to‘planishining   yagona   manbai   sizot   suvlari   hisoblangan bo‘lsa,   keyingi   paytda   ularga   sug‘orish   suvlari   bilan   kelayotgan   tuzlar   va
boshqa ifloslantiruvchi unsurlar ham qo‘shildi.
Amudaryo   suvining   kuchli   sho‘rlanishi,   o‘z   navbatida,   tuproq   tarkibidagi
mikroorganizmlarning kamayishiga sabab bo‘ldi. Erlarning meliorativ holati,
sho‘rlanish   darajasining   yuqoriligidan   ko‘zlangan   hosilni   olish   uchun
ekinlarni ekishdan oldin erlarni kamida 4-5 marta yuvish ishlarini olib borish
hamda 20 dan ortiq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Bu
harakatlar esa mahsulot etishtirish tannarxiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Quyi   Amudaryo   hududidagi   sho‘rlanish   va   cho‘llanish   500   ming   gektar
ekin   maydoni   yo‘qotilishiga   olib   keldi.   Hududning   cho‘llashuvi   mavjud
imkoniyatlarni   minimumgacha   kamaytirib,   Qoraqalpog‘istonni   arzon   go‘sht
etishtirish sharoitidan mahrum etdi. Bevosita ko‘rilgan zarar 128 mln. rublni
tashkil kildi.
Orol dengizining 3 mln. gektardan ortiq qurigan o‘zani tuz ko‘tarilishining
o‘chog‘iga   aylandi.   1992   yilda   Stokgolm   atrof-muhit   institutining   Boston
markazi   Orol   dengizi   mintaqasida   mavjud   suv   balansini   modellashtirish   va
suv   resurslarini   boshqarish   strategiyasini   baholash   uchun   tuzilgan
mikrokompyuter   modeli   natijalarida   2015   yilga   borib   Orol   dengizidan   bir
necha mayda sho‘r ko‘llar qolishi bashorat qilingan edi.
Orol   dengizining   qurishi   oqibatida   tuz   changlarini   15   km   balandlikka
ko‘taruvchi va 200 km kenglikda harakatlantiruvchi kuchli bo‘ronlar vujudga
kela   boshladi.   Havodagi   tuz   miqdori   5-12   foizga   etdi.   Bu   holat   qumlik
maydonining   kengayishiga,   to‘qayzorlar,   turli   o‘simliklar,   qushlar   va
hayvonlar turlarining yo‘qolishiga olib keldi.
Ma’lumotlarga   ko‘ra,   XX   asrning   50-yillaridan   boshlab   to   90-yillar
arafasigacha   Orolbo‘yi   mintaqasida   to‘qayzorlar   maydoni   700   ming
gektargacha kamaygan. Bular, o‘z navbatida, katta iqtisodiy qiyinchiliklarga
olib   keldi.   CHunki,   Amudaryo   (760   ming   gektar)   va   Sirdaryo   (720   ming gektar)dagi   boshqa joylardan kelib qolgan aholining 80 - 90 mingdan ortig‘i
ekologik falokat tufayli yana o‘z yurtlariga qaytib ketdi.
Oziq-ovqat   masalasi   keskinlashib,   don,   sabzavot,   sut   va   go‘sht
mahsulotlari   etishtirish   imkoniyatlari   kamayib   ketdi.   Ko‘pgina   hayotiy
muhim   manbalarga   ziyon   etkazildi,   paxta   maydonlari   yildan-yilga
kengayishi,   ilmiy   asoslangan   almashlab   ekishlar   tartibi   buzilganligi,
dalalarning kimyoviy modda lar bilan zararlanganligi, tuproqning sho‘rlanishi
oshganligi,   suv   manbalarining   imkoniyatlari   tobora   kamayib   borganligi
qishloq xo‘jaligi va aholining turmushiga katta zarar etkazdi.
Qishloq   xo‘jaligining   turg‘un   holatini,   aholini   oziq-ovqat   mahsulotlari
bilan   ta’minlashga   qodir   emasligini   hisobga   olgan   Ittifoq   rahbariyati   oziq-
ovqat   va   donni   chetdan   sotib   olish   yo‘li   bilan   ehtiyojni   to‘ldirishga   urindi.
CHunonchi,   20   yil   mobaynida   Sovet   Ittifoqida   go‘sht,   baliq,   yog‘,   shakar,
donni   chetdan   keltirish   10   baravardan   ziyodroq   oshdi.   Lekin,   shunga
qaramasdan, vaziyat sezilarli ravishda keskinlashib bordi.
Erlarning   kuchli   darajada   sho‘rlanishi   tarixiy-madaniy   hayotga,   uning
o‘zagi   bo‘lgan   madaniy   yodgorliklarga   tuzatib   bo‘lmas   darajada   zarar
keltirdi.   Sug‘oriladigan   maydonlarning   juda   yaqinligidan   sho‘rlanish
oqibatida   To‘rtko‘l   tumanidagi   Qo‘yqirilgan   qal’a   yodgorligining
YUNESKO   ro‘yxatidagi   juda   ajoyib   va   qadimiy   observatoriyasi   tiklab
bo‘lmas   darajada   zararlandi.   Ellikqal’a   tumanidagi   50   dan   ortiq   antik   davr
yodgorliklaridan faqat 10 ga yaqini saqlanib qoldi. YUNESKO ro‘yxatidagi
yana   bir   yodgorlik   -Xorazm   davlatining   qadimiy   poytaxti   Tuproqqal’a   ham
katta   xavf   ostida   qoldi.   Bundan   tashqari,   Xiva   shahridan   12   km   uzoqlikda
o‘tadigan   Toshhovuz   kanalining   ta’siri   hamda   er   osti   suvlarining   3-4   marta
ko‘tarilishi natijasida Xiva shahridagi ko‘plab tarixiy yodgorliklar va binolar
ham xavf ostida qolgan. Orol fojiasi okibatida uy-joy va ma’muriy binolarga hamda yo‘llarga ham
katta   talafot   etdi.   Tadqiqotlar   ko‘rsatganidek,   1986   yilda   Qoraqalpog‘iston
shahar   va   qishloqlaridagi   78   foiz   turarjoylar   deyarli   foydalanishga   yaroqsiz
holda   edi.   Asfaltlangan   yo‘llar   er   osti   suvlari   tufayli   buzildi.   Atmosferaga
ko‘tarilayotgan   tuz,   hatto   yuqori   voltli   elektr   uzatkich   liniyalariga   ham
o‘rnashib, ularning konstruksiya va izolyasiyasi buzilishiga sabab bo‘ldi.
Hududda   vujudga   kelgan   vaziyat   bu   erda   istiqomat   qiluvchi   aholi
salomatligiga katta xavf soldi. O‘sha davrni Xorazm viloyatida birinchi kotib
bo‘lib ishlagan M.Xudayberganov shunday eslaydi: «...Orol quriyotgani bois
dengiz tubidan ko‘tarilgan sho‘rning barcha dalalarga, obi hayot manbalariga
yog‘ila   boshlagani   sabab   80-yillar   arafasida   tabiiy   havzalardagi   suvning
tarkibini   o‘zgartirib   yubordi.   Suvlar   yaroqsiz   holatga   keldi.   YAroqsiz   suv
iste’mol   qilinishi   oqibatida   viloyatda   turli   xastaliklar   ko‘paya   boshlagan,
sariq kasalligi odamlarni qo‘rqitib qo‘ygandi».
1970-1990 yillar davomida Quyi Amudaryoda o‘lim darajasi Sovet Ittifoqi
ko‘rsatkichidan 2-3 baravar oshdi. 1986 yilda bolalar o‘limi har ming kishiga
71,5   nafar   kishini   tashkil   qildi   (ayrim   tumanlarda   90-113   kishi).   Xorazm
viloyatida   esa   tibbiy   ko‘rikdan   o‘tgan   1   mln.   aholidan   faqat   28,4   foizi
sog‘lom bo‘lib chiqdi, ularning 34 foizi turli surunkali kasalliklarga yo‘liqqan
va   37,4   foiziga   davolanish   kursidan   o‘tish   taklif   etilgan.   1980   -   1986   yillar
orasida   buyrakka   tosh   yig‘ilish   kasalligiga   chalinganlar   soni   10   baravar,
surunkali   oshqozon-ichak   kasalligi   3   baravar,   artroz-artrit   bilan
kasallanganlar soni 3,7 baravar ko‘paydi. YUqumli kasalliklar bilan, ayniqsa,
sil bilan  og‘riganlar  80-yillar davomida 2  martaga oshdi.
Keskin   ekologik   vaziyat   vujudga   kelishi   natijasida   markaziy   xukumat   va
respublika   hukumati   ma’lum   ma’noda   Qoraqalpog‘iston   ASSR   va   Xorazm
viloyati   aholisi   sog‘ligini   yaxshilashning   shoshilinch   choralarini   amalga
oshirishga   majbur   bo‘ldi   hamda   Orolbo‘yi   mintaqasi   sog‘liqni   saqlash muassasalarining   moddiy-texnikaviy   ta’minoti   va   kadrlar   bilan   ta’minlanish
darajasi o‘rganib chiqildi.
Qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari,   birinchi   navbatda,   oziq-ovqat   mahsulotlari
etishtirish   hajmini   orttirish,   qishloqda   bandlikni   mustahkamlab,   aholi
daromadlarini ko‘paytirish, uy-joy muammosi va boshqa ijtimoiy masalalarni
hal   etishi   mumkin   edi.   Aynan   mana   shularni   chuqur   anglagan   holda,
O‘zbekiston rahbariyati 80-yillar oxiriga kelib bir qator ijtimoiy masalalarni
echish yo‘lida sezilarli sa’y-harakatlarni boshlab yubordi.   Adabiyotlar
1.
Karimov   I.A. O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. Toshkent.
«O’zbekiston», 1993.
2.
Karimov   I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Asarlar. 1 jild. Toshkent. 
«O’zbekiston», 1996.
3.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.
4.
Karimov   I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. «O’zbekiston», 1998.
5.
Karimov   I.A. Barkamol avlod orzusi.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
6.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
7.
Karimov   I.A. O’zbekiston demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. O’z R 1 
chaqiriq Oliy Kengashining VI-sessiyasida so’zlagan ma’ruzasi. T., 1996.
8.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. «O’zbekiston», 1992.
9.
N.   Jo’rayev. Prezident Vatan va millat timsoli.  «Muloqot», 1-son 2000 yil.
10.
Vatan tuyg’usi. Toshkent. «O’zbekiston», 1996.
11.
Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari.  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.

Sovet O‘zbekiston i da gi ekologik muammolarning o’sib borishi Reja: 1. O‘zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi 2. Paxta yakkahukmronligining ekologik vaziyatga ko‘rsatgan salbiy ta’siri 3. Orol fojiasi

O‘zbekistondagi fojiali ijtimoiy-ekologik vaziyatning yuzaga kelishi birinchi navbatda, izchillik asosida olib borilmagan ekologik siyosatning oqibati ekanligini ko‘rsatadi. XX asrning 60-yillarida O‘zbekistonda turli korxonalarning tozalash inshootlarisiz ishga tushirilishi aholi salomatligiga katta xavf solishi bilan bir qatorda, baliq zaxiralarining yoppasiga qirilishi xavfini ham yuzaga keltirdi. Bu davrda CHirchik elektrokimyo kombinatida tozalash inshootlarisiz bir qator ob’ektlarning ishga tushirilishi CHirchiq daryosining er usti suvlari va o‘zanlaridagi suvlarning keskin ifloslanishiga olib keldi. Ammo, kombinat rahbariyati bunga etarlicha e’tibor bermadi va kombi nat sutkasiga 700 000 metr 3 tozalanmagan oqavalarni quyishni davom ettirdi. Aynan shunday holatni Oltintopgan qo‘rg‘oshin-rux kombinati, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi va boshqalarda ham ko‘rish mumkin edi. Andijon viloyati atrof-muhitining ahvoli XX asr 70-yillarida o‘rganilganda Andijon gidroliz zavodi yonidagi aholi istiqomat qilayotgan hududda zavodning sanitar himoyaviy zonaga ega emasligi oqibatida atmosfera havosi yuqori darajada ifloslangan edi. SHuningdek, aholi iste’mol qilayotgan suvning sifati ham amaldagi standart talablariga to‘la javob bermasdi. Buning ustiga, sog‘liqni saqlash muassasalari ham atrof-muhitni ifloslantirishda o‘z hissalarini qo‘shdi. Jumladan, bu davrda viloyatdagi 30 ga yaqin sog‘liqni saqlash muassasalari, xususan, Oqtepa qishlog‘idagi tubdispanser, Andijon shahridagi 2-sonli kasalxona, Jalaquduq markaziy kasalxonasi, Buloqboshi bolalar kasalxonasi, CHinobod markaziy kasalxonasi va boshqalar tozalanmagan oqavalarni (hatto, infeksiya bo‘limlaridagi chiqindilarni ham) ochiq suv havzalariga tashlab, aholi uchun katta epidemiologik xavfni yuzaga keltirardi. 1974 yilda Paxtaobod markaziy kasalxona si tozalash inshootlarisiz foydalanishga topshirildi. Oqibatda Tentaksoy daryosiga oqava suvlar tozalanmasdan qo‘shila boshladi.

O‘zbekistonning qator sanoat markazlarida yuzaga kelgan nosog‘lom ekologik muhit ijtimoiy hayotga o‘zining sezilarli ta’sirini o‘tkazayotgan edi. Bunda, albatta, ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining atrof-muhitga chiqarayotgan zararli chiqindilari rol o‘ynadi. Jumladan, birgina CHirchiq shahrida atrof-muhitni ifloslantirayotgan chiqindilarning 74 foizi kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgani holda, shaharda aholining kasallanish darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Xususan, 100 ming kishilik aholidan 55,6 foizi turli kasalliklarga chalinganlarni, ularning ko‘pchiligi nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘riganlarni tashkil qildi. Andijon viloyatida eski shahar markazida joylashgan Andijon gid roliz zavodi atrofida yashovchi aholi ham aynan nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan edi. Aholi salomatligiga bunday salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nosog‘lom ekologik muhitni shakllantirishda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Farg‘ona, Olmaliq, Qo‘qon, Samarqand va boshqa shaharlar ham katta o‘rin tutdilar. Bu davrda respublikada foydalanilayotgan suv resurslarining 42,3 foizi Toshkent shahri va viloyatiga to‘g‘ri kelgani holda, yirik sanoat va maishiy xizmat tarmoqlari ta’sirida mazkur hududdagi daryo va suv havzalarining sanitariya va ekologik holati juda noxush ahvolda edi. Aynan shunday jarayon Samarqand viloyatida ham yuzaga kelgandi. Bunday vaziyatlar tabiiy komponentlarga salbiy ta’sir etish bilan birga, aholining salomatligi va turmush darajasiga, hatto madaniy hayotiga (masalan, tarixiy yodgorliklarga) ham o‘z ta’sirini ko‘rsatar edi. O‘sha davrda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzini 1984-1995 yillarda «Ostankino» teleradiokompaniyasining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri va muxbirlik punkti mudiri bo‘lib ishlagan Muxtor G‘aniev quyidagicha eslaydi: «...Beton, asfalt, transport, zavod- fabrikalar, ichimlik suvini tozalab berishni uddalay olmayotgan suv tozalash

inshootlari, shahar tashqarisida tutab yotgan axlatxonalar va ko‘llar inson hayotiga xavf tug‘dirardi». O‘zSSR Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy tadqiqot institutlari tadqiqotlariga ko‘ra, bu davrda Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlardagi yirik magistral yo‘llarda atmosfera havosi chiqindi gazlari bilan ifloslanayotgan edi. 1980 yilda qabul qilingan «Atmosfera havosini qo‘riqlash xaqida»gi qonunda «Atmosfera havosi tabiiy atrof-muhitning hayot uchun muhim bo‘lgan asosiy elementlaridan biridir», deya ta’kidlangani holda, Sovet Ittifoqi insonlarning yaxshi yashash sharoitini ta’minlash uchun atmosfera havosini muhofaza qilishga katta ahmiyat berishi belgilab qo‘yildi. Ammo, shunday bo‘lsa-da, amalda Markazning tor doiradagi manfaatlariga xizmat qiluvchi yirik korxona va zavodlar, xususan, CHirchiq elektrokimyokombinati, Navoiyazot, Navoiy va Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatlari, Farg‘ona, Samarqand, Qo‘qon shaharlaridagi superfosfat zavodlari, Ohangaron, Quvasoy, Bekobod shaharlaridagi sement zavodlari va ko‘plab paxta tozalash zavodlari atmos fera havosini sezilarli darajada ifloslantirayotgan edi. Umuman olganda, 80-yillar boshida respublika bo‘yicha 250 ga yaqin sanoat korxonasining aholi turarjoylari yaqinida joylashganligi va sanitar himoyaviy zonalarga ega emasligi sababli sanitar- maishiy yashash sharoitlari yomonlashishiga sabab bo‘layotgan edi. SHuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda hukumat qarorlari bilan qishloq xo‘jaligida zararli hasharotlarga qarshi qator profilaktik tadbirlarni amalga oshirish jarayonining o‘zida ayrim ekotizim komponentlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavflar yuzaga keldi. Aviatsiya vositasida zaharli kimyoviy moddalarni g‘o‘zalarga sepish jadal ravishda ortib borishi oqibatida, faqat sakkizinchi besh yillikning o‘zida (1966 - 1970 yillarda) aviatsiya bi lan bajariladigan kimyoviy ishlar hajmi 34,3 foizga ko‘paydi. Bu esa odamlar

yashaydigan tabiiy muhitga halokatli tarzda salbiy ta’sir qilib, xavfli kasalliklar va odamlar o‘rtasida o‘lim darajasi oshishiga sabab bo‘ldi, insonning gen tuzilishida xatarli o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. SSSR Ministrlar Soveti tomonidan 1965 yil 16 fevraldagi «Qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar qo‘llanishining kengayishi bilan bog‘liq holda aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida»gi karor qabul qilindi. Qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan O‘zSSR Ministrlar Sovetining ham 1965 yil 16 apreldagi qarori qabul qilinib, qishloq xo‘jaligidagi zaharli ximikatlarni qo‘llash, saqlash va tashish bo‘yicha sanitariya me’yorlari va talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Ammo shunday bo‘lsa-da, aholi salomatligi hamda hayvonlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator holatlar yuz berardi. Jumladan, O‘zbekiston SSR Xalq nazorati qo‘mitasi raisi M.Tursunov tomonidan 1967 yil 14 martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zSSR Ministrlar Sovetiga yo‘llangan xatda oxirgi ikki yil ichida respublikada kishilarning zaharli ximikatlar bilan kuchli zaharlangan 476 ta holat ro‘yxatga olinganligi, shundan ikkitasi o‘lim bilan tugaganligi qayd etib o‘tilgan. 1966 yilda birgina Andijon viloyatining o‘zida kishilarning zaharlanishi bo‘yicha 59 ta holat yuz berganligi kuzatilgan. SHu yili respublikada qoramollarning zaharlanishi bo‘yicha 3944 ta holat aniqlangani holda 4039 bosh qoramol yo‘qotilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Sirdaryo viloyatida ifloslangan ariq suvidan 667 bosh mayda shoxli hayvonlarning zaharlanishi kuzatiladi. Bunday faktlar boshqa viloyatlarda ham kayd etilgan. Qishloq ho‘jaligida zaharli ximikatlarning qo‘llanilishi oqibatida atrof- muhitning ifloslanishi tobora keskinlashib, aholi salomatligini katta xavf ostiga qo‘ydi. 1966 yilda Xorazm viloyati sanepidstansiyasi tomonidan sut