logo

“Sovuq urush” davridagi xalqaro munosabatlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

46.037109375 KB
Mavzu: “Sovuq urush” davridagi xalqaro munosabatlar
Reja:
1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi ilk yillarda xalqaro munosabatlar
2. “Sovuq urush” ning boshlanishi
3. Koreya yarim orolidagi ziddiyat
4. Karib inqirozi
5. Iliqlashuv yillari Ikkinchi   jahon   urushi   aybdorlari   -   natsistlarni   jazolash   uchun   1945   yil   8
avgustda London shahrida SSSR, AQSH, Angliya va Frantsiya vakillarining
konferentsiyasi bo’lib, unda Xalqaro harbiy tribunal tuzish va uning Nizomini
ishlab   chiqish   masalasi   ko’rildi   hamda   fashistik   harbiy   jinoyatchilar   ustidan
sud   jarayonini   olib   boradigan   Xalqaro   harbiy   tribunal   tuzilganligi   tug’risida
Bitim tuzdilar.
Qisqa   vaqt   ichida   bu   Bitimga   19   ta   davlat   qo’shildi.   Tribunalda   asosiy
qoralovchi   davlatlar:   SSSR,   AQSH,   Angliya   va   Frantsiyadan   iborat
Qoralovchilar   komiteti   tuzildi.   Ittifoqchilar   sudni   o’tkazish   joyi   sifatida
natsistlar   davrida   uning   partiyasi   (NSDAP)   s’ezdlari   an’anaviy   o’tib
turadigan   Nyurnberg   shahrini   tanlashdi.   SHaharning   butun   tarixiy   markazi
Amerika   aviatsiyasi   tomonidan   vayron   qilingan,   faqat   huquqshunoslik
saroyining ul kan binosi omon qolgan edi.
Sud qilishning barcha rasmiyatchiliklariga amal qilish uchun har bir g’olib
davlat   sud   jarayoni   uchun   tribunalga   o’z   vakilini   (SSSRdan   yustitsiya
general-mayori   Nikitchenko)   va   ayblovchisi   (bo’lajak   SSSR   bosh   prokurori
Rudenko)ni   tayinladi.   G’olib   dav latlar   yuristlari   o’rtasida   o’zaro   tushunish
quyidagicha   bo’ldi:   amerikalik   ayblovchilarga   ''SSSRga   qarshi   agressiya"
bo’limi   bo’yicha,   sho’ro   ayblovchisiga   esa   "Insoniyatga   qarshi   jinoyat"
bo’limi bo’yicha nutq so’zlashga ishonch bildirishdi.
Tribunalning sud majlisida "teginilmaydigan" mavzular ham  bor edi. G’olib
davlatlarning   o’zaro   kelishuviga   muvofiq,   SSSR   Avstriyaning   qo’shib
olinishi   va   CHexoslovakiyaning   bosib   olinishining   Angliya   va   Frantsiya
tomonidan tan olinishi tug’risidagi masalani "kovlashtirmadi". Buning uchun
G’arb   mamlakatlari   Sobiq   Ittifoq   uchun   noqulay   bo’luvchi   Molotiv
Ribbentron Pakti tug’risidagi tarixga tegishmadi.
Nyurnberg sudida sobiq sho’rolar Femidasi (adolat ramzi, qozi) mamlakat
rahbariyati   tomonidan   ular   oldiga   vazifa   qilib   qo’yilgan   barcha   masalalarni xal   qila   olmadi.   Masalan,   har   qancha   harakat   qilinganiga   qaramay,   Xatinda
polyak   ofitserlari   otib   tashlanganligini   olmonlarning   bo’yniga   qo’yishga
erishilmadi.   29   avgustda   fashist   bosh   aybdorlarining   ro’yxati   e’lon   qilindi.
Ular 24 nafar bo’lib, natsist siyosatchilari, harbiylari, diplomatlari, ideologlari
va ishlab chiqarishdagi mutaxassislardan iborat edi. Jumladan, Gering, Gess.
Ribbentrop, Borman, Keytel, Ley, Krupp, Kaltenbrunner, Rozenberg, Frank,
Frik,   SHtreyxer,   SHaxt,   Funk,   Denits,   Geder,   SHirax,   Zaukel,   Yodl,   Papen,
Zeyss-Inkvart, SHpeer, Neyrat va Frichlardan iborat edi.
1945 yil 18 oktyabrda Qoralovchilar Komiteti tomonidan ular ning ro’yxati
barcha   hujjatlari   bilan   Xalqaro   harbiy   tribunalga   topshirildi.   Uning
sekretariati   orqali   har   bir   qoralanuvchiga   ham   etkazildi.   Tribunal   raisi
Angliyalik   sudya   lord   J.   Loreys:   "Tribunal   Bosh   Qoralovchilar   Komiteti
tomonidan   tayyorlab   topshirilgan   ishlardan   mamnunki,   u   etarli   darajada,
barcha hujjatlar asosida tayyorlangan", - degan edi.
Nyurnberdagi  sud  jarayoni  xalqaro  jamoatchilik   ko’zi  oldida   oshkora   olib
borildi.   403   ta   ochiq   sud   majlisi   bo’lib   o’tdi.   Sud   zaliga   60   mingta
ruxsatnoma   tarqatilgan   edi.   Radio,   kino,   matbuot   millionlab   kishilarni
bo’layotgan   sud   jarayonidan   xabardor   qilib   bordi.   Buning   uchun   ommaviy
axborot   vositalarining   vakillariga   zaldan   ko’p   o’rin   ajratildi,   jumladan,   350
o’rinning 250 tasi ularga be rildi.
Nyurnbergdagi sud jarayonida 22 ta bosh olmon-natsistlari usti dan 2500 ta
xujjatli   dalillar   keltirdiki,   ularning   oqlovchi-ximoyalovchilari   ham   biron-bir
ish qilolmay qoldilar. Nima uchun 22  nafar?  SHuning uchunki, Borman ishi u
yashiringanligi   uchun   sirtdan   ko’rildi   va   xukm   chiqarildi.   Krutt   kamerada
o’zini urib shol qilib tashlaganligi uchun, uning ishi to’xtatiladi. Ley ayblov
xulosasi bilan tanishib chiqqandan keyin, kamerada o’zini-o’zi osib qo’yadi.
Nyurnbergdagi sud jarayoni 10 oy davom etdi va 1946 yilning 1 oktyabrida
Xalqaro   harbiy   tribunal   o’zining   hukmini   chiqardi.   Osib   o’ldirish   jazosiga quyidagilar   hukm   qilingan   edi:   Gitlerning   vorisi   va   aviatsiya   reyxminietri
German   Gering,   tashqi   ishlar   ministri   Ioaxim   fon   Ribbentrop,   Vermaxtning
Oliy   qo’mondonligi   (VOQ)   boshlig’i   Vilgelm   Keytel,   Imperiya   Xavfsizligi
bosh boshqarmasi boshlig’i (RSXA)  Ernst Kaltenbrunner, SHarqiy hududlar
ishi   bo’yicha   ministr   Alfred   Rozenberg,   Polsha   general-gubernatori   Gans
Frank,   ichki   ishlar   ministri   Vilgelm   Frik,   antisemit   publitsist   YUlius
SHtrayxer,   tashqi   ishchi   kuchlardan   foydalanish   bo’yicha   bosh   vakil   Frits
Zaukel,   VOQtezkor   (operativ)   shtabi   boshlig’i   Alfred   Yodl,   niderlandlar
imperiya   komissari   Artur   Zeyss-Inkvart,   NSDAP   devonxonasi
(kantselyariyasi) boshlig’i Martin Borman, Germaniya Mehnat fronti (Kasaba
uyush malari)   rahbari   Robert   Ley   (Robert   Ley   ayblov   xulosasini   o’qigach,
kamerada o’zini o’zi osdi).
Kechirim   haqidagi   iltimoslar   rad   etildi.   Harbiylar   tomonidan   osib
o’ldirishni   otib   o’ldirish   bilan   almashtirish   tug’risidagi   iltimoslari   ham   rad
etildi. Ularni 16 oktyabr kuni dorga osishdi. Birinchi bo’lib dorga Ribbentrop
osildi. Millionlar tomonidan o’limga xukm qilinganlar hayratli darajada joni
qattiq   maxluqlar   ekan.   Ribbentrop   10   daqiqagacha   hayot   bilan   vidolasha
olmadi, Yodl -.18, Keytel - 24 daqiqagacha. Qatl etilganlarning jasadi yaqin
oradagi   krematoriyda   kuydirilib,   kuli   samolyot   orqali   shamolga   sovurildi.
Tribunal   barcha   aybdorlarni   dor   tagiga   yo’llamadi.   Gitlerning   partiya
bo’yicha birinchi o’rinbosari Rudolf Gess, Reyxsbank prezidenti Valter Funk,
olmon floti qo’mondoni Erix Reder umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi.
Qurollanish   ministri   Albert   SHpeer   va   Gitleryugend   fyureri   Baldur   fon
SHirax   20   yilga,   CHexiyadagi   noib   (namestnik)   fon   Hefipa   V   15   yilga,
suvosti   kuchlari   Ko’mondoni   Karl   Dyonits   10   yilga   qamoq   jazosiga   hukm
qilindi.
Tribunalning   Nizomi   printsiplari   va   xukmi   1946   yilning   1 1 dekabrida
BMTning   Bosh   Assambleyasi   tomonidan   tasdiqlandi.   Xalqaro   harbiy tribunalning   Nizomiga   muvofik,   sud   jarayonla ri   mamlakatlarning   milliy
huquqiy   organlari   tomonidan   ham   o’tkazildi.   1945   yilning   dekabridan   1946
yilning   yanvarigacha   fa shist   jinoyatchilari   ustidan   Kiev,   Minsk,   Riga,
Leningrad,   Smo-Lenek   va   Bryansk   shaharlarida   sud   jarayonlari   o’tkazildi.
1952   yil   fevralida   SSSR   Oliy   sudining   harbiy   kollegiyasi   general-feld-
marshallar:   E.Fon   Kleyst   va   F.   SHernerlarni   uzoq   muddatga   ozodlikdan
maxrum   etdi.   SHarqiy   Germaniyada   SSSR   harbiy   ma’muriya tining   sud
organlari   48   ming   kishi   ustidan   tergov   ishlarini   olib   bordi   va   shundan   17
ming 175 kishi turli muddatlarga ozodlikdan maxrum etildi.
1981-86 yillarda SSSRda 60 nafar sobiq gitlerchi-jinoyatchilar ustidan sud
jarayoni   buldi   va   ular   turli   muddatlarga   ozodlik dan   maxrum   qilindi.
Evropaning boshqa mamlakatlarida ham shun day sud jarayonlari bo’lib o’tdi.
Masalan, GDRda  1945 yil 8 maydan 1984 yil 31 dekabrgacha 12 ming 873
nafar   gitlerchi-jinoyatchilar   ustidan   sud   jarayoni   o’tkazilib,   ko’pchiligi
tegishli   jazolarini   oldilar.   Polshada   1945-65   yillarda   8000   nafar   sobiq
natsistlar   ustidan   sud   jarayoni   o’tkazildi.   SHundan   5400   nafari   "Uchinchi
Reyx"ning   fuqarolari   edi.   AQSHga   kelsak,   Nyurnbergning   o’sha   sa royida
Amerika   harbiy   sudi   12   nafar   sud   jarayonini   o’tkazdi   va   1 76   nafar   natsist
jinoyatchilarini   tegishli   jazoladi.   Umuman   olganda,   AQSH   harbiy   sudi
tomonidan   1941   nafar   gitlerchi-jinoyatchilar   sud   qilindi.   SHundan   324   tasi
o’limga   hukm   qilindi,   367   tasi   oqlandi,   57   tasining   ishi   yopilmay   qoldi.
Angliya sudi 1085 ta jinoyatchi ustidan sud jarayoni o’tkazdi va shundan 240
nafarini o’limga hukm qildi, Frantsiya sudi 2107 nafar ishni ko’rib chiqdi va
104   nafari   o’lim   jazosiga   xukm   qilindi.   Ko’pchilik   G’arb   mamlakatlarida
o’limga   hukm   qilinganlarning   aksariyat   qismiga   chiqarilgan   hukm   umrbod
qamoq jazosi bilan almashtirildi.
1957-58-yillarda   deyarli   barcha   huquqiy   jinoyatchilar   AQSH,   An gliya   va
Frantsiya   qamoqxonlaridan   chiqarib   yuborildi.   Ko’pchilik   natsistlarga "yashirinish"   uchun   imkoniyat   berildi.   SHundan   10000   tasi   AQSHdan
boshpana   topdi.   Sud   jarayoni   GFR   hududida   ham   olib   borildi.   1945   yil   8
mayidan   1982   yil   31   dekabrigacha   GFRda   87765     kishi   ustidan   jinoiy   ish
qo’zg’atilib, shundan 6456 kishi javobgarlikka tortildi.
Ikkinchi   jahon   urushi   jahon   sahnasida   yuzaga   kelgan   vaziyatni   tubdan
o’zgartirib   yubordi.   AQSH   va   SSSR   boshchiligidagi   ikki ta   harbiy-siyosiy
bloklar - NATO va Varshava SHartnomasining  bi r-biriga qarama-qarshiligi
xalqaro munosabatlarning ikki qutblilik strukturasini shakllantirdi. Ikki
blok   o’rtasidagi   nizolar   bir-biriga   qarshi   bo’lgan   ijtimoiy   modellarning
g’oyaviy,   siyosiy   va   harbiy   jihatdan   tortishuvidan   iborat   edi.   Ikki   yirik
imperiya   -   SSSR   va   AQSH   o’rtasidagi   g’oyaviy   kurash   va   geosiyosiy
ziddiyatlar   "sovuq   urush"ning   amaliy   ko’rinishi   edi.   Antigitlerchilar
koalitsiyasiga   a’zo   bo’lgan   ittifoqchi   davlatlar:   AQSH   va   Buyuk
Britaniya,   ikkinchi   tomondan   esa   SSSR   o’rtasidagi   kelishmovchiliklar
Ikkinchi   jahon   urushining   oxirlaridan,   ya’ni   xalqaro   munosa batlarni
tinch   yo’l   bilan   hal   etish   masalasi   kun   tartibiga   qo’yilgan   vaqtdan
boshlab   yuzaga   kela   boshlagan   edi.   Sobiq   Ittifoqchilar   o’rtasidagi
munosabatlarga   to’liq   chek   qo’yilganligi   va   haqiqatan   ham,   "sovuq
urush"   siyosatining   boshlanganligini   birinchi   bo’lib   Buyuk
Britaniyaning   Premer-ministri   U.   CHerchill   ochiqcha   e’lon   qildi.   U.
CHerchill   1946   yil   5   mart   kuni   Fultonda   (AQSH)   so’zlagan   nutqida
SSSRga   va   uning   kommunizmni   kapitalistik   mamlakatlar ga   eksport
qilish rejalariga qarshi kurashish uchun Anglo-amerika harbiy ittifoqini
tuzishga da’vat qildi. Sovet Ittifoqi ham, o’z navbatida, natsizmga qarshi
kurashdagi muvaffaqiyatlari va jahon sahnasida ortib borayotgan obro’-
e’tiboridan   jahon   sotsialistik   sistemasini   vujudga   keltirishda
foydalanishni   maqsad   qilib   qo’ygan   edi.   G’olib   davlatlar   o’rtasida
yuzaga kelgan keskin ziddi yatlar va nizolar tufayli okkupatsiya qilingan Germaniya   hududida   1947-1949   yillarda   ikkita   davlat   tashkil   topdi.   Bu
davlatlar   Germaniya   Demokratik   Respublikasi   (GDR)   va   Germaniya
Federativ   Respublikasi   (GFR)   edi.   Dunyoning   bo’linishi   yana   real   tus
oldi.
Keyingi yillarda g’arbiy davlatlar AQSH boshchiligida "kuch ishlatish
pozitsiyasi" siyosati nuqtai nazaridan Sovet Ittifoqiga nisbatan bir qator
tadbirlarni   amalga   oshirdi.   Bu   tadbirlar   ora sida:   dunyo   miqyosida
"kommunizmga   qarshi   salib   yurishi''ni   e’lon   qilgan   "Trumen
doktrinasi"ning   (1947   yil)   qabul   qilinishini,   amerikacha   siyosatni
qo’llab-quvvatlashga   zamin   yaratgan   "Marshall   rejasi»ga   (1948-1952
yillar)ko’ra,   bir   qator   G’arbiy   Evropa   dav latlariga   investitsion   yordam
dasturini,   1949   yilda   Atlantika   harbiy-siyosiy   bloki   NATOning   tashkil
etilishini,   shuningdek,   Osiyoda   ham   SEATO,   SENTO,   ANZYUS   kabi
amerikaparast   bloklarning   tashkil   etilganini   ko’rsatib   o’tish   kerak.
Antikommunistik   kurashning   boshida   Ikkinchi   jahon   urushidan
iqtisodiy   va   harbiy,   siyosiy   jixatdan   eng   qudratli   davlat   bo’lib   chiqqan
AQSH   davlati   turgan   edi.   AQSH   Xukumatining   raxbarlari   urush
tugagan   kundar   boshlab   dunyo   hamjamiyatidagi   etakchiligini   yanada
mustahkamlashga harakat qila boshlagan edilar. 1949 yil, SSSR o’z atom
bombasiga   ega   bo’lgunga   qadar,   AQSH   bu   sohada   yakka   xo’jayin   edi.
Vashington Amerika Davlatlarining Tashkiloti (OAG), Xalqaro Valyuta
Fondi   va   Butun   jahon   banki,   Savdo   va   tariflar   bo’yicha   Bosh
SHartnomada   (GATT),   Iqtisodiy   Hamkorlik   va   taraqqiyot   Tashkiloti
(OESR)   va   boshqalarda   etakchi   mavqega   ega   edi.   Bir   necha   marotaba,
ayniqsa,   40-50-   yillarda   Koreya   yarim   oroli,   YAqin   SHarq,   Kongo   va
Kiprda   ruy   bergan   nizolar   chog’ida   AQSH   BMTning   Bosh
Assambleyasidan o’zining manfaatlaridan foydalanishni uddaladi. YA’ni
bu   nizolarga   Sovet   Ittifoqining   to’g’ridan-to’g’ri   aralashishini   BMT Boщ Assambleyasi direktivalari orqali cheklab qo’yishga erishdi. Xuddi
mana   shu   yillarda   ko’zga   ko’ringan   gazeta   matnida   G.   Lyus:
"Urushlarga   barxam   berish uchun AQSH ta’sirini shu darajada oshirish
kerakki,   "   Pax   American",   ya’ni   "Amerika   asri"   xukmronlik   qilsin",   -
degan   g’oyan i   ilgari   surgan   edi.   XX   asrning   ikkinchi   yarmida   "Pax
American" AQSH siyosatining jahon sahnasidagi ramziga aylandi.
Biroq   AQSH   harbiy   va   siyosiy   jihatdan   katta   kuch-qudratta   ega
bo’lsa-da,   dunyoda   yakkahukmron   bo’lish   vazifasini   uddalay   olmadi.
Xalqaro,   maydonda   AQSH   o’z   ta’sir   doirasini   katiy   mustahkamlashga
intilayotgan   yana   bir   qudratli   davlat   –   SSSR   bilan   hisoblashishga
majbur   edi.   SHunday   qilib,   "   Pax   American"   global   hokimiyat   va
jahonni,   qaysidir   ma’noda,   "Pax   Sovietica"   bilan   bo’lishib   turishga
majbur edi.
Sovet Ittifoqi ham AQSH kabi harbiy-siyosiy jihatdan qudratli davlat
bo’lib   urushdan   chiqdi.   Gitlerchilar   Germaniyasini   mag’lubiyatga
uchratishga   katta   hissa   ko’shgan   Sovet   Ittifoqi   jahon   sahnasida   o’z
o’rniga   ega   bo’ldi.   Ikkinchi   jahon   urushidan   keyin   xalqaro
munosabatlarni   tinch   yo’l   bilan   amalga   oshirish   masalasi   kurila
boshlangan   davrdan   boshlab   SHarqiy   Evropaning   bir   qator   davlatlari
(Bolgariya,   CHexoslovakiya,   Ruminiya,   Vengriya,   Polsha,   Albaniya,
YUgoslaviya) va Osiyo (Xitoy, Vetnam, KXDR va boshqalar) SSSRning
bevosita ta’sir doirasiga tushib qoldilar. SHunday qilib, jahon sotsialistik
tizimining   shakllanishiga   zamin   tayyorlangan   bo’lib,   60-   yillarning
boshiga   kelganda   bu   tizimga   Kuba   ham   qo’shildi.   SSSR   va   boshqa
sotsialistik   mamlakatlar   mustamlaka   va   karam   davlatlar   hamda
xalqlarning milliy-ozodlik harakatlarini qat’iy qo’llab-quvvatladilar. Natijada
bu   tizimning   uchinchi   dunyo   davlatlari   ichida   obro’-e’tibori   oshdi   va
sotsialistik jamiyatga o’tishni xoxlagan bir guruh davlatlar paydo bo’ldi. Urushdan   keyingi   davrda   tanazzulga   yuz   tutgan   iqtisodiyotni   qayta   tiklab
bo’lgach,   Sovet   Ittifoqi   Hukumati   rahbarlari   o’zlarining   harbiy   kuch-
qudratlarini   oshirishga   kirishdi.   AQSHning   yadro   quroli   monopoliyasiga
barham berish  maqsadida SSSR  o’z atom qurolini ixtiro qilish rejasini tuzib
chiqdi   va   amalga   oshirdi.   1949   yilda   Sovet   Ittifoqida   atom   bombasining
birinchi   sinovi   amalga   oshirildi.   SHu   yilning   o’zida   SHarqiy   Evropa
sotsialistik   mamlakatlarining   O’zaro   Iqtisodiy   YOrdam   Kengashi
(O’IYOK)ni   tashkil   etishdi.   Keyinchalik   bu   tashkilotga   Mo’g’uliston,   Kuba
va   Vetnam   ham   qo’shildi.   Bu   tashkilot   sotsialistik   mamlakatlarning   bir-
birlariga   iqtisodiy   ko’mak   berishi,   iqtisodiy   xamkorlik   va   jahonda   mehnatni
taqsimlashni   koordinatsiya   qilish   masalalari ga   e’tibor   berdi.   Sotsialistik
lagerni   jipslashtirish   va   NATO ning   harbiy   xavflarini   bartaraf   qilish
maqsadida   1955   yilning   may   oyida   Varshavada   SSSR   va   SHarqiy
Evropaning   sotsialistik   hamkorlikka   kirgan   Polsha,   CHexoslovakiya,
Ruminiya,   Bolgariya,   Vengriya,   GDR   va   Albaniya   (1968   yilda   Albaniya
SHartnomani   bir   tomonlama   bekor   qilgan)   davlatlari   o’rtasida   do’stlik,
xamkorlik   va   o’zaro   yordam   tug’risidagi   SHartnoma   imzolandi.   SHu
SHartnoma   aso sida   tashkil   etilgan   Varshava   harbiy-siyosiy   Pakti   dunyo
miqyosidagi kuchlar muvozanatini saqlab turishda o’z o’rniga ega bo’ldi.
XX asrning  60- yillari boshlarida jahon termoyadro  urushi yoqasiga  kelib
qoldi.   Amerikalik   olimlar:   J.   Blayt   va   D.   Uelchlarning   fikricha,   N.   S.
Xrushchevning   Kuba   hududiga   sovet   raketalarini   joylashtirishni   juda
xoxdaganligi va Kennedi ma’muriyatining esa buni hech ham xohlamaganligi
Karib   inqirozining   kelib   chiqishiga   sabab   bo’ldi.   1962   yil   sentyabrda   "S-4"
raketalaridan 40 tasi Kubaga yashirincha olib borib joylashtirildi. AQSHning
razvedkami   samolyoti   mazkur   raketalarni   aniqlaganidan   keyin,   AQSH
ma’muriyati   harbiy   mutaxassislari   va   olimlari   sovet   raketalarining   Kuba
hududiga   joylashtirilishini   aqlga   sig’maydigan   bir   hol   deb   baholadilar. CHunki bu birinchidan SSSRning o’z chegarasidan tashqariga yadro qurolini
tarqatmaslik   tug’risidagi   majburiyatiga   zid   bo’lsa,   ikkiichidan,   bir   necha
barobar   ustun   darajada   bo’lgan   AQSH   yadro   kuvvatini   hisobga   olmasdan,
Moskvaning tavakkalchilikka qo’l urishidan taajublandilar.
Xrushchev   o’zining   navbatdagi   Bayonotida:   Kubaga   sovet   raketalarining
olib   borilishiga   sabab,   g’arbiy   yarim   shardagi   birinchi   sotsialistik   davlat-
Kubani   AQSH   xujumidan   ximoya   qilishdir,   -deb   aytdi.   Xrushchevning
Bayonoti   amerikaliklar   tomonidan   "kulgili   bir   hol"   sifatida   kutib   olingan
bo’lsa ham, ammo u bir qancha asoslarga ega edi. Keyingi ilmiy izlanishlar
va mutaxassislarning tahlillari shuni ko’rsatmoqdaki, Xrushchevning "AQSH
tomonidan   Kubaga   xavf   tutilmoqda,   uni   bosib   olishga   tayyorlanmoqda",
degan   hadiksirashlari   ma’lum   darajada   o’rinli   bulgan.   Masalan,   1962   yil
yanvarida   AQSH   Amerika   Mamlakatlari   Tashkiloti   yig’ilishida   "Kubadagi
mavjud tuzum Amerika qit’asidagi davlatlarga noma’qul bo’lgan tuzum", deb
qaror qabul qilinishiga va Kubani bu tashkilotdan quvib chiqarishga erishdi.
1962   yil   20   fevralda   Pentagonda   "Kuba   loyixasi"   nomi   bilan   reja   ishlab
chiqildi va Kubadagi F.Kastro hukumatini ag’darib tashlashni oktyabr oyiga
belgilaydi. Bu reja XX asrning 90- yillarigacha sir saqlangan bo’lsa-da, sovet
yoki Kuba razvedkachilarining bu rejadan xabarlari yo’q degan gap emas.
1962 yil kuzida Karib dengizi orollarining birida AQSH harbiy floti piyoda
qo’shinlarining   harbiy   mashqlari   o’tkazildi.   Mashqdan   maqsad   orollarning
birini   afsonaviy   diktator   -   Ortsakdan   qutqarish   vazifasi   qo’yiladi   (Ortsak
teskarisiga   o’qilsa,   Qastro   bo’lib   chiqadi).   Biroq   Kennedi   ma’muriyatining
sobiq  xo dimlari  hozirda  ham:  "AQSH  bu  rejani  amalga  oshirishni  o’ylagani
yo’q   edi",   -   deb   ta’kidlamoqdalar.   YAna   shuni   ham   aytib   o’tish   kerakki,
AQSH   mudofaa   ministri   Maknamara   Moskva   uchrashuvida   gapirib:   "Agar
men   kubalik   bo’lib,   AQSHning   Kubaga   va   Hukumatimga   qarshi   qaratilgan
yashirin   rejasidan   xabardor   bo’lganimda,   albatta   men   ham   Kubaga   bostirib kirish   uchun   tuzilgan   reja   deb   o’ylardim",   -deydi.   Demak»   Xrushchevning
hadiksirashiga   va   sovet   raketalarini   Kuba   hududiga   joylashtirishiga   etarli
asoslar bo’lgan ekan.
Ko’p yillik izlanishlarining xulosasi sifatida amerikalik avtorlar: B. Allii, J.
Blayt   va   D.   Uelchlar   sovet   raketalarining   joylashtirilishini   shunday
baholaydilar:   "Kuba   hududiga   sovet   ballistik ,   raketalarining
joylashtirilishiga sabab, Xrushchev aytganidek. Kubani saqlab qolish bo’lgan
bo’lsa, ikkinchidan, kuchlar balansini tenglashtirishga urinish, AQSHni SSSR
bilan bo’ladigan munosabatida o’ylabroq ish tutishga majbur qilish edi. Usha
vaqtda   AQSHda   5000   ta,   SSSRda   esa   300   ta   yadro   quroli   bor   edi.   Kuchlar
nisbati   16,1%   edi.   Bu   raketalar   AQSHni   ancha   tashvishlantirib   qo’yishi
turgan gap edi".
1962   yil   22   oktyabr   kuni   kech   kuru   AQSH   Prezidenti-Jon   Kennedi
Amerika radio va televideniesi orqali nutq so’zlab, sovet raketalarining Kuba
hududiga joylashtarilganidan AQSH xalqini xabardor qildi. Nutqdan bir soat
oldin SSSRning AQSHdagi alchney Dobrininni AQSH davlat sekretari Raek
Prezident   J.   Kennedining   chiqishidan   xabardor   qilib   qo’ydi.   Biroq   J.
Kennedining   chiqishidan   va   Dobrininning   xabardor   qilinishidan   Moskva
o’zini   bosiq   va   osoyishta   tutdi;   1 962   yil   23   oktyabr   kuni   kech   kurun   J.
Kennedi Dobrinin bilan uchrashganda ham Moskva tomonidan Kennedining
chiqishiga   tegishli   aks   sado   bo’lmaganligi   ma’lum   bo’ldi.   23   va   24
oktyabrlarda   Xrushchev   J.   Kennedi   nomiga   maktub   yo’llab,   Bayonot   berdi.
Birok   sovet   rahbarining   kundan-kunga   qurquvi   ortib   bormoqda   edi.
Voqealarning rivoji vahimali tus olib bordi. Sovet rahbari uchun qo’rkuvning
kulminatsion   nuqtasi   25   oktyabrda   bo’ldi.   Chunki   Vashingtondan   AQSH
qo’shinlarining   jangovar   xolatga   keltirilganligi,   ikki   kun   ichida   Kubaga
bostirib   kirish   tug’risida   buyruq   berilganligi   hakida   xabar   keldi.   Shuning
uchun Xrushchev 26 oktyabrda Kennedi nomiga maktub yo’llab, agar AQSH Kubaga   bostirib   kirishdan   voz   kechsa,   SSSR   o’z   raketalarini   Kubadan   olib
chiqib ketiщini aytdi. Moskvaga-javob xati kelmasdan turib, 27 oktyabr kuni
ertalab ikkinchi xatni Vashingtonga jo’natdi. Bir vaqtning o’zida radio orqali.
ikkinchi   xatda   qo’yilgan   talablar   ma’lum   qilindi.   Ikkinchi   xatda   birinchi
xatga   ko’shimcha   tarzda   AQSH   raketalarini   Turkiyadan   olib   chiqib   ketish
talabi qo’yilgan edi. 27 oktyabr Vashington uchun juda og’ir kun bo’ldi. Kun
davomida   ikkita   xatning   muxokamasi   bo’ldi.   Xrushchevning   birinchi   xati
Vashington uchun xush kelgan bo’lsa, ikkinchi xati ancha o’ylantirib qo’ydi.
Buning   ustiga   o’sha   27   oktyabr   kuni   Amerikaning   "U-2"   samolyoti   Kuba
osmonida  urib  tushirildi. Nihoyat, uzok  muhokamalardan keyin,  Vashington
xar   ikki   tomon   uchun   ham   ma’qul   bo’lgan   yulni   topdi.Tomonlar   Kubadan
sovet   raketalarining   olib   chiqib   ketilishini   va   AQSHning   Kubaga   bostirib
kirmasligi tug’risida kelishib oldi lar. Bunga qo’shimcha tarzda qarama-qarshi
tomonlar   Turkiyadan   AQSH   yadro   qurollarini   olib   chiqib   ketish   tug’risida
maxfiy   ravishda   kelishib   oldilar   (bu   haqda   faqat   Milliy   Xavfsizlik
Kengashining   5-6   a’zolari   bilardi).   Bu   masalaga   shunday   izoh   berildiki,
go’yo   AQSH   Turkiyadan   o’zining   raketalarini   olib   chiqib   ketishni   oldindan
rejalashtirgan, buning Karib inqiroziga hech qanday aloqasi yo’q. Turkiyadan
AQSHning yadroviy raketalarini olib chiqib ketishi 1963 yilga belgilandi.
1962   yilning   27   oktyabrida   Moskva   Vashingtondan   birinchi   xatiga,   28
oktyabrda ikkinchi xatiga ijobiy javob oldi va Xrushchev ham rozi ekanligini
bildirib, javob xati yo’lladi. Nihoyat, SSSR bilan AQSH o’rtasida SSSRning
o’z raketalarini olib chiqib ketish tug’risidagi va AQSHning Kubaga bostirib
kirmasligi   haqidagi   Xujjat   imzolandi.   SHu   tariqa   1962   yil   oktyabr   oyida
termoyadro urushi xavfini keltirib chiqargan Karib inqirozi bartaraf qilindi .
50-   yillarning   boshlarida   dunyo   g’oyaviy-siyosiy   va   harbiy-siyosiy
jihatdan   bir-biriga   qarama-qarshi   bo’lgan   ikki   lagerga   aylanib   ulgurgan   edi.
Buning   ustiga,   har   ikki   tizim   ham   o’zlarini   xalqlarning   orzu-istaklari himoyachisi   va   amalga   oshiruvchisi   deb   hisoblar   va   g’alaba   ular   tarafda
ekanligini ta’kidlab, qarshi tomonning halokati muqarrar ekanligini aytishdan
charchamas   edi.   Uzlarining   g’oyaviy   asosnomalarini   ishlab   chiqib,   AQSH
o’zini   erkin   dunyoning   himoyachisi,   SSSR   esa,   o’z   navbatida,   sotsializm,
demokratiya va tinchlikning tayanchidir, deb e’lon qildilar.
"Sovuq   urush"   siyosatining   xarakteri   qudratli   davlatlar   o’rtasida   o’zaro
ishonchning   yo’qolganligi,   qurollanish   poygasining   kuchayishi,   harbiy
bloklar   tashkil   topishi,   o’zaro   munosabatlarda   harbiy   kuchlardan
foydalanishga intilishning ortishi, bahsli masalalarni hal etishda muzokaralar
yo’lidan   bosh   tortilishi   va   boshqalarda   ko’rinib   qoldi.   SSSR   va   AQSH
o’rtasidagi   qarama-qarshiliklar   glo bal   tashqi   siyosiy   strategiyaning   asosini
tashkil   qilar   edi.   Ikki   qudratli   davlatning   "hayotiy   manfaatlari"   ikki   qutbga
bo’lingan   dunyoni   doimo   keskinlikda   tutib   turar   edi.   Jahon   hamjamiyatida
ikki qutbli ierarxik tuzilish vujudga kelib, unga ko’ra, bu ykki qudratli davlat
piramidaning   yuqorisini   egallagan   edilar.   Ularning   izidan   esa   BMT
Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari hisoblangan buyuk davlatlar, undan
keyin   jahon   sahnasida   xalqaro   muammolarni   bartaraf   etishda   pastroq
imkoniyatlarga ega bo’lgan davlatlar borar edi.
Bunday   geosiyosiy   manfaatlar   o’yinida   er   kurrasining   hoxlagan
nuqtasidagi   nizo   ikki   qudratli   tomon   tortishuvining   tarkibiy   qismi   sifatida
qabul   qilinar   edi.   Bu   ikki   tomonning   ko’zi   oldida   har   bir   urush   (yoki   nizo)
aniq   bir   tortishuvni   bartaraf   etishni   ko’zda   tutmas   edi.   Har   bir
kelishmovchilikka   SHarq   va   G’arb   o’rtasidagi   nizo   deb   qaralar   edi.   SHu
nuqtai nazardan dunyoning qaysi bir burchagidagi nizoda yutuqqa erishish bir
tomonning   yutug’i,   ikkinchi   tomonning   esa   mag’lubiyati   deb   qaralar   edi.
Xarakterli   tomoni   shundaki,   har   ikki   davlat   va   ular   etakchiligidagi
bloklarning   bosh   harakatlanuvchi   omillari   o’zaro   qo’rquv   va   shaxsiy
xavfsizliklarini   saqlab   qolishga   intilish   bo’lgan.   Shu   sababdan   ham   har   ikki tomonning dikqat markazida harbiy kuch-qudratni oshirish masalasi birinchi
o’rinda   turgan.   Xalqaro   munosabatlarning   taraqqiyoti   qurollanish
poygasining tez sur’atlar bilan o’sib borayotgan davriga to’g’ri keldi. Bu esa,
o’z navbatida, insoniyatning keyingi taqdiriga katta xavf sola boshlagan edi.
Biroq   bir-biriga   dushman   bu   ikki   qudratli   davlat   xalqaro   munosabatlarda
katta nufuzga ega bo’lib, tashqi siyosagdagi barcha muxim masalalarda butun
nazoratni o’z qo’llarida tutib turishga harakat qilgan bo’lsalar-da, bu vazifani
to’la   uddalay   olishmadi.   Jahonda   yuzaga   kelgan   ikki   qutblilik   juda   mo’rt
bo’lib, bu siyosat oz vaqt sof xolatda mavjud bo’ldi. Urushdan keyingi o’tgan
vaqt   davomida,   ayniqsa,   60-   yillarda   ikki   qutblilikni   juda   ko’p   omillar   buza
boshladi.   Ikkinchi   jahon   urushidan   keyii   mustamlakachilik   siyosatining
tanazzulga   yuz   tutish   jarayonlari,   g’oyaviy   va   siyosiy   jihatdan   turli
rivojlanish   yo’llarini   tanlagan   mustaqil   davlatlarning   tashkil   topishi   ham
muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Haqiqatda   esa,   dunyo   bir-biridan   iqtisodiy
taraqqiyoti, turmush tarzi va dunyoqarashlari jihatidan tubdan farq qiladigan
uch   bo’lakka:   kapitalistik,   sotsialistik   va   rivojlanayotgan   davlatlar
guruhlariga ajralgan edi.
Ikkinchi   jahon   urushi   Afrika   va   Osiyo   davlatlarining   ichki   taraqqiyotiga
katta   ta’sir   ko’rsatdi.   Birinchi   jahon   urushi   davri da   bo’lgani   kabi,   bu
davlatlarning   xalqlari   o’z   xohish-istaklariga   qarshi   bo’lgan   holda   bir-biriga
qarshi kurash olib borayotgan tomonlarning urush harakatlarida qatnashishga
majbur bo’lishdi. Masalan, Hind diviziyalari Ittifoqchi qo’shinlarning Yaqin
Sharqdagi   yirik   plaodarmida   faoliyat   olib   borganliklari   tufayli   Birma,
Shimoliy   va   Sharqiy   Afrikadagi   urush   harakatlarida   ishtirok   etdi.   Urush
harakatlari   tufayli   mustamlaka   va   yarim   mustamlaka   davlatlar   katta   talofat
ko’rdilar.   Masalan,   Yaponiya   bilan   olib   borilgan   8   yillik   kurash   davomida
Xitoy uchun halok bo’lganlar va yaradorlar soni  18 mln ni  tashkil etdi.  1943
yilda Hindiston provintsiyalaridan biri - Bengaliyada   yuz   bergan ocharchilik 43 mln   kishi  hayotini olib  ketdi.  Yapon okkupatsiyasi  davrida  og’ir  mehnat
va azob-uqubatlar tufayli Indoneziyaliklardan   4   mln ga yaqin kishi hayotdan
ko’z yumdi.
SHu   bilan   bir   qatorda,   Ikkinchi   jahon   urushi   hamma   mamlakatlarda
kapitalizmning   taraqqiy   etishiga   va   mustamlaka   davlatlar   xalqlari   milliy
ongining   o’sishiga   imkon   berdi.   Birinchi   jahon   urushiga   nisbatan   Ikkinchi
jahon   urushi   davrida   metropoliyalar   va   koloniyalar   o’rtasidagi   ziddiyatlar
kuchaydi,   bu   esa,   o’z   navbatida,   milliy   ozodlik   harakatlarining   yuksalishiga
ham   sabab   bo’ldi.   Urush   og’irliklari   kent   xalq   ommasi   kayfiyatlarining
radikallashishiga   olib   keldi.   Urush   qatnashchilari   urushdan   keyingi   davrda
olib   borilgan   milliy-ozoddik   harakatlarida   aks   etgan   harbiy   texnik   va
tashkilotchilik tajribasiga ega bo’lishgan edi.
Urush   natijalariga   kura,   YAponiya   qaqshatqich   mag’lubiyatga   uchrab,
nafaqat   o’z   mustamlakalaridan   ajralgan   edi,   bundan   tashqari,   Yaponiya
AQSH   okkupatsion   hududiga   aylanib,   buyuk   davlat   statusidan   vaqtincha
bo’lsa-da   ajralgan   edi.   YAponiya   okkupatsiyasidan   qutilgan   Koreya   o’z
mustaqilligiga erishdi. Biroq 1950-1953 yillarda ikki qudratli davlat bilvosita
ishtirok   etgan   harbiy   to’qnashuvlar   natijasida,   Koreyada   bir-biriga   qarama-
qarshi   ikkita   mustaqil   davlat   paydo   bo’ldi.   Bular   shimolda   tashkil   topgan
Koreya   Xalq   Demokratik   Respublikasi   va   janubda   tashkil   topgan   Koreya
Respublikalari edi.
Indoneziya   va   Hindixiton   xalqlari   ham   uzoq   vaqt   davomida   frantsuz   va
golland kolonizatorlariga qarshi qonli kurash olib borib, o’z mustaqilliklarini
saqlab qolishga to’g’ri keldi.
Xitoy   ikkita   jahon   urushi   orasidagi   davrda   yarim   mustamlaka   davlatdan
1945  yilga  kelib  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  doyimiy  a’zosi  va  buyuk  davlat
statusiga   ega   bo’lishgacha   bo’lgan   katta   tarixiy   yulni   bosib   o’tdi.   Biroq   40-
yillarning ikkinchi yarmiga kelganda bu davlat fuqarolar urushiga tortildi va buning   natijasida   1949   yilda   Xitoy   Xalq   Respublikasi   tashkil   topdi.
Osiyoning   yana   bir   buyuk   davlatlaridan   Hindistoi   Ikkinchi   jahon   urushi
oxirlarida   ham   inglizlarning   mustamlakasi   bo’lib   qolayotgan   edi.   Ammo   bu
davlatdagi   xalqlarning   ozodlikka   chiqish   ishtiyoqlari   shu   darajada   yuqori
ediki,   1947   yilga   kelib   bu   hududlarda   Pokiston   va   Hindistoi   Ittifoqi   nomli
ikkita mustaqil davlatlar tashkil topgan edi.
Jahonda   o’rnatilgan   ikki   qutblilik   siyosati   poydevoriga   50-yillarning
oxirlarida   Sovet-Xitoy   munosabatlari   o’rtasida   kelib   chiqqan
kelishmovchiliklar   tufayli   darz   ketdi.   Dastlabki   yil larda   XXR   SSSR   va
boshqa   sotsialistik   davlatlar   hamdo’stligidan   andoza   olib   siyosat
yurgizayotgan   edi.   50-   yillarning   oxirlariga   kelib   SSSR   va   XXR   rahbariyati
o’rtasida   bir   qator   siyosiy   va   g’oyaviy   kelishmovchiliklar   paydo   bo’lganligi
tufayli, bu davlatlar o’rtasida bir-biridan ochiqchasiga uzoqlashish ro’y berdi.
Bu   ajralish   xalqaro   munosabatlarda   yangi   unsurning   paydo   bo’lishiga   olib
keldi.   Xitoy   Kommunistik   Partiyasi   Markaziy   Qo’mitasining   Raisi   Mao
TSzedun   boshchiligida   Xitoy   Sovet   Ittifoqi   bilan   munosabatlarni   butunlay
uzib,   Moskvadan   to’la   mustaqil   bo’lgan   o’z   siyosatlarini   yurgiza   boshlagan
edi.   Xitoy   bundan   keyingi   siyosatida   AQSH   va   SSSR   o’rtasidagi   kuchlar
balansidan   kelib   chiqib,   o’zining   tashqi   va   mudofaa   siyosatini   belgilab
borishga   harakat   qildi.   Xitoy   uchun   kuchlar   balansi   asosiy   omil   vazifasini
utar edi.
Hindi-xitoy xalqlarining mustaqillikka erishish yo’llarida 1964 yilda AQSH
Xukumatining   Vetnamga   qarshi   boshlangan   adolatsiz,   mustamlakachilik
urushi   katta   turtkilardan   biri   bo’ldi.   Vetnam   Qurolli   Kuchlari   50-   yillarda
Frantsuz   mustamlakachilariga   qarshi   olib   borgan   antikolonial   urush
harakatlari   tufayli   Denbenfuda   mustamlakachilar   Qurolli   Kuchlarini
mag’lubiyatga   uchratdilar.   Ammo   mamlakat   ikki   qarama-qarshi   bo’lakka
ajralib   ketdi.   SHimolda   Vetnam   Demokratik   Respublikasi   (VDR)   tashkil topgan   bo’lsa,   janubda   AQSH   ko’magida   Janubiy   Vetnam   Respublikasi
tashkil   topdi.   Biroq   tez   orada   Saygon   rejimining   zaifligi   yaqqol   ko’rinib
qoldi.   Ular   mamlakatni   birlashtirishga   xarakat   qilayotgan   vatanparvar
kuchlardan   birin-ketin   mag’lubiyatga   uchradilar.   Bu   rejimni   saqlab   qolish
uchun   AQSH   Xukumati   raxbarlari   Vetnam   xalqiga   qarshi   harbiy   agressiya
uyushtirdilar.   Bu   urush   AQSHga   juda   qimmatga   tushdi.   AQSH   Qurolli
Kuchlarining umumiy soni bu davlatda 1965 yildagi 185 mingdan 1969 yilga
kelib 543,4 ming kishiga oshirildi. Umuman, urush davrida AQSH 141 mlrd
dollar xarajat qildi, 56,5 ming kishi halok bo’ldi, 303,6 ming zobit va askarlar
yarador bo’ldi. SHuncha xarajat va yo’qotishlar bilan ham bu urushda AQSH
sharmandalarcha mag’lubiyatga uchradi.
1972   yil   yanvariga   kelganda   AQSH   Prezidenti   R.   Nikson   ma’muriyati
mag’lubiyatni   tan   olishga   majbur   bo’lgach,   Vetnamda   urushni   to’xtatib,
tinchlik o’rnatish haqidagi SHartnomani imzoladilar. To’g’risini aytganda,bu
vetnamliklarning   agressorlar   ustidan   qilgan   g’alabasini   bildirib   turar   edi.
YUqorida   imzolangan   SHartnoma   mamlakatning   bir   kishiga   zamin   yaratdi.
1975   yil   aprelida   VDR   va   Janubiy   Vetnam   vatanparvarlarining   Birlashgan
Qurolli Kuchlari Janubiy Vetnamning poytaxti Saygonni qo’lga kiritishdi. Bu
vokea   Vetnam   xalqining   milliy   mustaqillik   va   mamlakat   birligi   yo’lida   olib
borgan kurashlarining xotimasini bildirib turar edi.
Urushdan   keyingi   davrdagi   xalqaro   munosabatlarni   tartibga   solishda   eng
muxim   masalalardan   biri   YAqin   SHarq   muammosi   edi.   Urush   tugashi
bilanoq boshlangan bu nizoning diqqat markazida mustaqil Falastin davlatini
tuzish yo’lidagi ziddiyatlar turar edi. Bu muammoning echimi sifatida ilgari
Buyuk Britaniya mandatlari hisoblangan hududda YAxudiy va Falastin yangi
mustaqil   davlatlarini   tashkil   etish   ko’zda   tutilgan   edi.   Agar   yaxudiylarning
Isroil   deb   nomlangan   davlati   1948   yil   14   mayda   tashkil   topgan   bo’lsa,
falastinliklarga   esa   o’z   davlatlarini   tuzish   huquqidan   foydalanishga   imkon berilmadi.   Usha   davrdan   buyon   YAqin   SHarq   mintaqasida   bu   muammo
chuqur   ildiz   otib   turibdi.   Falastinliklarning   mustaqil   davlat   tuzish   uchun
qilayotgan sa’y-harakatlari hali ham davom. etmoqda". Bu masalani echishda
ijobiy   siljishlar   yo’qligi   bir   necha   marotaba   Arab-Isroil   urushlarini   keltirib
chiqardi.
1967   yilgi   urush   chog’ida   Isroil   Falastinning   (Iordan   daryosining   g’arbiy
qirg’og’i   va   G’azo   sektori)   va   uni   qo’llab-quvvatlab   turgan   Suriya   va
Misrning salmoqli hududlarini bosib oldi. Faqatgina Falastin Ozodlik harakati
(FOH)   boshchiligida   olib   borilgan   kurashlar   tufayli,   Isroil   90-   yillarga   kelib
Falastinga   avtonomiya   berishga   majbur   bo’ldi.   Ammo   hozirgi   davrda   ham
YAqin SHarqda ahvol keskinligicha qolmovda.
Uchinchi   dunyo   davlatlarining   siyosiy   faolligi   xalqaro   munosabatlar
tizimining transformatsiyasi uchun kuchli omil bo’ldi. SHu bilan bir qatorda,
jahon   xilma-xilligining   oshib   borishi   va   murakkab   muammolar   yangi
kompleksining   vujudga   kelishi   nizolarni   nazorat   qilish   imkoniyatlarini
qiyinlashtirish   xavfini   keltirib   chiqardi.   1967   yilda   Isroil   va   Arab   davlatlari
o’rtasida   kelib   chiqqan   urush   BMTning   Yaqin   sharqdagi   obro’sini   tushirib
yubordi.   Dominikan   Respublikasida,   Yaqin   sharqda   va   Chexoslovakiyada
bo’lib   o’tgan   inqirozlar,   Vetnam   va   Yamandagi   urushlar,   Nigeriyadagi
fuqarolar   urushlarida   davlatlarning   bir-birlariga   nisbatan   osoyishta   turishlari
o’tkinchi   holat   ekanini   ko’rsatdi.   Mana   shunday   sharoitda   Qo’shilmaslik
harakati   jahon   munosabatlarida   katta   tarixiy   ahamiyatga   ega   bo’ldi.   Bu
harakat   davlatlarning   xalqaro   tashkilotlaridan   biri   bo’lib,   ularning   tashqi
siyosatdagi   muhim   printsiplaridan   biri   qudratli   davlatlarning   harbiy-siyosiy
bloklariga a’zo bo’lmaslik g’oyalarini ilgari surar edi. Qo’shilmaslik harakati
a’zolarining   oliy   darajadagi   birinchi   konferentsiyasi   1961   yil   sentyabr
oyining boshlarida Belgradda bo’lib o’tdi. Unda 25 ta davlat ishtirok etib, bu
konferentsiya   Yugoslaviya,   Hindiston,   Misr,   Indoneziya   va   Gana davlatlarining   tashabbusi   bilan   chaqirilgan   edi.   Keyingi   o’n   yilliklar
davomida harakatning tarkibi va jo’g’rofiy ko’lami o’sib bordi. Natijada 1983
yilga kelib Qo’shilmaslik harakati safidagi a’zo davlatlar soni 101 taga etdi.
Jahon   mamlakatlarining   2/3   qismini   birlashtirgan   bu   harakat   dunyoda
tinchlikni sakdash, davlatlar o’rtasidagi do’stona aloqalarni mustahkamlashda
jahon siyosatining muhim omillaridan biriga aylandi.
YAponiyaning,   asta-sekinlik   bilan   bo’lsa-da,   qudratli   iqtisodiy   davlatga
aylana borishi va OPEK (neftni qazib oluvchi davlatlar  tashkiloti)ning tashkil
topishi   va   unga   a’zo   bo’lgan   davlatlar   rivojlangan   davlatlarning   iqtisodiy
diktatidan ozod bo’lishni maqsad qilib qo’yishi. ikki qutbli siyosat sxemasiga
bir   qator   o’zgartirishlarni   kiritdi.   Shu   bilan   bir   vaqtda,   dunyo   valyuta   tizimi
ham   vayron   bo’la   boshladi   va   oxir-oqibatda   1971   yilda   brettonvud   jahon
valyuta   tizimi  hamda   Amerika   dollarining  oltin   standarti   ham   inqirozga   yuz
tutdi.   Dollarning   xalqaro   hisob-kitob   ishlarida   valyuta   sifatida
qo’llanilishidan   mahrum   bo’lishi   AQSHning   dunyo   moliya   bozorlaridagi
obro’sining tushib ketishiga sabab bo’ldi.
Jahondagi  ikki  qutblilik  tizimiga  G’arbning  rivojlangan   davlatlarida  qayta
tug’ilgan   millatchilik   g’oyalari   ham   putur   etkazayotgan   edi.   Frantsiyada
tashkil topgan Beshinchi respublikaning asoschisi va etakchisi general SH. de
Goll   butun   jahon   oldida   Frantsiyaning   milliy   buyukligini   e’lon   qildi   va
frantsuz   tashqi   siyosiy   strategiyasining   asosini   uning   geosiyosiy
mustaqilligini   ta’minlashda   deb   belgiladi.   Bu   yo’nalishning   izchil   amalga
oshirila borishi Frantsiya-Amerika munosabatlarining jiddiy keskinlashishiga
olib   keldi   va   natijada   Frantsiya   60-   yillarning   o’rtalarida   NATO   harbiy
tashkilotidan chiqib ketdi. Shu bilan bir vaqtda, Frantsiyaning uchinchi dunyo
davlatlari orasidagi nufuzi oshib ketdi.
Nihoyat, ikki qutbli tizimning zaiflashuviga AQSH va SSSR-ning "tinkasi
qurishi."   ham   asosiy   sabablardan   biri   bo’ldi.   Chunki   salkam   yarim   asr   vaqt mobaynida   harbiy,   iqtisodiy,   siyosiy   va   g’oyaviy   sohalarda   olib   borilgan
raqobat   har   ikkala   davlatni   ham   holdan   toydirgan   edi.   Qudratli   davlatlar
tomonidan   olib   borilgan   qurollanish   poygasi   natijasida   harbiy   salohiyat
mislsiz   ortgan   bo’lsa-da,   bu   holat   iqtisodiy   o’sish   sur’atlarini   keskin
kamaytirdi. Fuqarolik, ilmiy-texnika va boshqa sohalarda turg’unlikka sabab
bo’ldi. SHu bilan birga, ayrim "betaraf" davlatlarning, shuningdek, AQSH va
SSSR   ittifoqchilarining   xalqaro   maydondagi   nufuzi,   iqtisodiy   va   harbiy
salohiyatlarining   ortish   tendentsiyasi   ham   sezilib   qoldi.   70-   yillarda   yuzaga
kelgan   tomonlarning   tengligini   inobatga   olib,   total   qarama-qarshiliklardan
voz   kechishga   majbur   bo’lishdi.   Ular   ayrim   jabxalarda   jumladan,   harbiy
xavfsizlikni   ta’minlash   sohasida   bir   bitimga   kelishga   majbur   edilar.   Jahon
siyosatining   asosiy   masalalari   ikki   qutbli   tizim   doirasida   bartaraf   etib
kelingan   bo’lsa-da,   jahon   hamjamiyatini   jipslashtirish   va   integratsiya
jarayonlari ham kuchaya boshladi. Aabiyotlar 
1. Black Jeremy. A History of Diplomacy . London, Reaktion Books Ltd, 2010 
2. Xolliev A. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. –  Т ., 2014. 
3. Богатуров А.Д., Аверков В.В. История международных отношений. 1945- 
2008. М., 2010. 
4. История международных отношений. Основные этапы с древности до 
наших дней. – М., Логос, 2007. / под ред. Г.В.Каменской, О.А.Колобова, 
Э.Г.Соловьева. 
5. Системная история международных отношений. 1918-2003. В четырех 
томах. Отв. Ред. А.Д.Богатуров. М.,2003. Qo’shimcha adabiyotlar: 
6. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан 
бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б. 
7. Бажанов Е.П., Бажанова Н.Е. Многополюсный мир. М., 2010. 
8. Бережков В.М. Страницы дипломатической истории. 4-ое издание. М., 
1987. 
9. Буданова В.П. Готы в эпоху великого переселения народов. М., 1990. 
10.Дулина Н.А. Османская империя в международных отношениях (30-40- 
годы XIX века). М.,1980. 
11.3агорский А.В. Хельсинский процесс: Переговоры в рамках Совещания по
безопасности и сотрудничеству в Европе 1972-1991 гг. М., 2005. 
12.Ивонин Ю.Е. У истоков Европейской дипломатии нового времени. 
Минс,1984. 
13.История дипломатии. М.,1959-1963 гг. T.I; II. 14.Лебедева М.М. Мировая 
политика М., 2003.

Mavzu: “Sovuq urush” davridagi xalqaro munosabatlar Reja: 1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi ilk yillarda xalqaro munosabatlar 2. “Sovuq urush” ning boshlanishi 3. Koreya yarim orolidagi ziddiyat 4. Karib inqirozi 5. Iliqlashuv yillari

Ikkinchi jahon urushi aybdorlari - natsistlarni jazolash uchun 1945 yil 8 avgustda London shahrida SSSR, AQSH, Angliya va Frantsiya vakillarining konferentsiyasi bo’lib, unda Xalqaro harbiy tribunal tuzish va uning Nizomini ishlab chiqish masalasi ko’rildi hamda fashistik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayonini olib boradigan Xalqaro harbiy tribunal tuzilganligi tug’risida Bitim tuzdilar. Qisqa vaqt ichida bu Bitimga 19 ta davlat qo’shildi. Tribunalda asosiy qoralovchi davlatlar: SSSR, AQSH, Angliya va Frantsiyadan iborat Qoralovchilar komiteti tuzildi. Ittifoqchilar sudni o’tkazish joyi sifatida natsistlar davrida uning partiyasi (NSDAP) s’ezdlari an’anaviy o’tib turadigan Nyurnberg shahrini tanlashdi. SHaharning butun tarixiy markazi Amerika aviatsiyasi tomonidan vayron qilingan, faqat huquqshunoslik saroyining ul kan binosi omon qolgan edi. Sud qilishning barcha rasmiyatchiliklariga amal qilish uchun har bir g’olib davlat sud jarayoni uchun tribunalga o’z vakilini (SSSRdan yustitsiya general-mayori Nikitchenko) va ayblovchisi (bo’lajak SSSR bosh prokurori Rudenko)ni tayinladi. G’olib dav latlar yuristlari o’rtasida o’zaro tushunish quyidagicha bo’ldi: amerikalik ayblovchilarga ''SSSRga qarshi agressiya" bo’limi bo’yicha, sho’ro ayblovchisiga esa "Insoniyatga qarshi jinoyat" bo’limi bo’yicha nutq so’zlashga ishonch bildirishdi. Tribunalning sud majlisida "teginilmaydigan" mavzular ham bor edi. G’olib davlatlarning o’zaro kelishuviga muvofiq, SSSR Avstriyaning qo’shib olinishi va CHexoslovakiyaning bosib olinishining Angliya va Frantsiya tomonidan tan olinishi tug’risidagi masalani "kovlashtirmadi". Buning uchun G’arb mamlakatlari Sobiq Ittifoq uchun noqulay bo’luvchi Molotiv Ribbentron Pakti tug’risidagi tarixga tegishmadi. Nyurnberg sudida sobiq sho’rolar Femidasi (adolat ramzi, qozi) mamlakat rahbariyati tomonidan ular oldiga vazifa qilib qo’yilgan barcha masalalarni

xal qila olmadi. Masalan, har qancha harakat qilinganiga qaramay, Xatinda polyak ofitserlari otib tashlanganligini olmonlarning bo’yniga qo’yishga erishilmadi. 29 avgustda fashist bosh aybdorlarining ro’yxati e’lon qilindi. Ular 24 nafar bo’lib, natsist siyosatchilari, harbiylari, diplomatlari, ideologlari va ishlab chiqarishdagi mutaxassislardan iborat edi. Jumladan, Gering, Gess. Ribbentrop, Borman, Keytel, Ley, Krupp, Kaltenbrunner, Rozenberg, Frank, Frik, SHtreyxer, SHaxt, Funk, Denits, Geder, SHirax, Zaukel, Yodl, Papen, Zeyss-Inkvart, SHpeer, Neyrat va Frichlardan iborat edi. 1945 yil 18 oktyabrda Qoralovchilar Komiteti tomonidan ular ning ro’yxati barcha hujjatlari bilan Xalqaro harbiy tribunalga topshirildi. Uning sekretariati orqali har bir qoralanuvchiga ham etkazildi. Tribunal raisi Angliyalik sudya lord J. Loreys: "Tribunal Bosh Qoralovchilar Komiteti tomonidan tayyorlab topshirilgan ishlardan mamnunki, u etarli darajada, barcha hujjatlar asosida tayyorlangan", - degan edi. Nyurnberdagi sud jarayoni xalqaro jamoatchilik ko’zi oldida oshkora olib borildi. 403 ta ochiq sud majlisi bo’lib o’tdi. Sud zaliga 60 mingta ruxsatnoma tarqatilgan edi. Radio, kino, matbuot millionlab kishilarni bo’layotgan sud jarayonidan xabardor qilib bordi. Buning uchun ommaviy axborot vositalarining vakillariga zaldan ko’p o’rin ajratildi, jumladan, 350 o’rinning 250 tasi ularga be rildi. Nyurnbergdagi sud jarayonida 22 ta bosh olmon-natsistlari usti dan 2500 ta xujjatli dalillar keltirdiki, ularning oqlovchi-ximoyalovchilari ham biron-bir ish qilolmay qoldilar. Nima uchun 22 nafar? SHuning uchunki, Borman ishi u yashiringanligi uchun sirtdan ko’rildi va xukm chiqarildi. Krutt kamerada o’zini urib shol qilib tashlaganligi uchun, uning ishi to’xtatiladi. Ley ayblov xulosasi bilan tanishib chiqqandan keyin, kamerada o’zini-o’zi osib qo’yadi. Nyurnbergdagi sud jarayoni 10 oy davom etdi va 1946 yilning 1 oktyabrida Xalqaro harbiy tribunal o’zining hukmini chiqardi. Osib o’ldirish jazosiga

quyidagilar hukm qilingan edi: Gitlerning vorisi va aviatsiya reyxminietri German Gering, tashqi ishlar ministri Ioaxim fon Ribbentrop, Vermaxtning Oliy qo’mondonligi (VOQ) boshlig’i Vilgelm Keytel, Imperiya Xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig’i (RSXA) Ernst Kaltenbrunner, SHarqiy hududlar ishi bo’yicha ministr Alfred Rozenberg, Polsha general-gubernatori Gans Frank, ichki ishlar ministri Vilgelm Frik, antisemit publitsist YUlius SHtrayxer, tashqi ishchi kuchlardan foydalanish bo’yicha bosh vakil Frits Zaukel, VOQtezkor (operativ) shtabi boshlig’i Alfred Yodl, niderlandlar imperiya komissari Artur Zeyss-Inkvart, NSDAP devonxonasi (kantselyariyasi) boshlig’i Martin Borman, Germaniya Mehnat fronti (Kasaba uyush malari) rahbari Robert Ley (Robert Ley ayblov xulosasini o’qigach, kamerada o’zini o’zi osdi). Kechirim haqidagi iltimoslar rad etildi. Harbiylar tomonidan osib o’ldirishni otib o’ldirish bilan almashtirish tug’risidagi iltimoslari ham rad etildi. Ularni 16 oktyabr kuni dorga osishdi. Birinchi bo’lib dorga Ribbentrop osildi. Millionlar tomonidan o’limga xukm qilinganlar hayratli darajada joni qattiq maxluqlar ekan. Ribbentrop 10 daqiqagacha hayot bilan vidolasha olmadi, Yodl -.18, Keytel - 24 daqiqagacha. Qatl etilganlarning jasadi yaqin oradagi krematoriyda kuydirilib, kuli samolyot orqali shamolga sovurildi. Tribunal barcha aybdorlarni dor tagiga yo’llamadi. Gitlerning partiya bo’yicha birinchi o’rinbosari Rudolf Gess, Reyxsbank prezidenti Valter Funk, olmon floti qo’mondoni Erix Reder umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Qurollanish ministri Albert SHpeer va Gitleryugend fyureri Baldur fon SHirax 20 yilga, CHexiyadagi noib (namestnik) fon Hefipa V 15 yilga, suvosti kuchlari Ko’mondoni Karl Dyonits 10 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Tribunalning Nizomi printsiplari va xukmi 1946 yilning 1 1 dekabrida BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan tasdiqlandi. Xalqaro harbiy

tribunalning Nizomiga muvofik, sud jarayonla ri mamlakatlarning milliy huquqiy organlari tomonidan ham o’tkazildi. 1945 yilning dekabridan 1946 yilning yanvarigacha fa shist jinoyatchilari ustidan Kiev, Minsk, Riga, Leningrad, Smo-Lenek va Bryansk shaharlarida sud jarayonlari o’tkazildi. 1952 yil fevralida SSSR Oliy sudining harbiy kollegiyasi general-feld- marshallar: E.Fon Kleyst va F. SHernerlarni uzoq muddatga ozodlikdan maxrum etdi. SHarqiy Germaniyada SSSR harbiy ma’muriya tining sud organlari 48 ming kishi ustidan tergov ishlarini olib bordi va shundan 17 ming 175 kishi turli muddatlarga ozodlikdan maxrum etildi. 1981-86 yillarda SSSRda 60 nafar sobiq gitlerchi-jinoyatchilar ustidan sud jarayoni buldi va ular turli muddatlarga ozodlik dan maxrum qilindi. Evropaning boshqa mamlakatlarida ham shun day sud jarayonlari bo’lib o’tdi. Masalan, GDRda 1945 yil 8 maydan 1984 yil 31 dekabrgacha 12 ming 873 nafar gitlerchi-jinoyatchilar ustidan sud jarayoni o’tkazilib, ko’pchiligi tegishli jazolarini oldilar. Polshada 1945-65 yillarda 8000 nafar sobiq natsistlar ustidan sud jarayoni o’tkazildi. SHundan 5400 nafari "Uchinchi Reyx"ning fuqarolari edi. AQSHga kelsak, Nyurnbergning o’sha sa royida Amerika harbiy sudi 12 nafar sud jarayonini o’tkazdi va 1 76 nafar natsist jinoyatchilarini tegishli jazoladi. Umuman olganda, AQSH harbiy sudi tomonidan 1941 nafar gitlerchi-jinoyatchilar sud qilindi. SHundan 324 tasi o’limga hukm qilindi, 367 tasi oqlandi, 57 tasining ishi yopilmay qoldi. Angliya sudi 1085 ta jinoyatchi ustidan sud jarayoni o’tkazdi va shundan 240 nafarini o’limga hukm qildi, Frantsiya sudi 2107 nafar ishni ko’rib chiqdi va 104 nafari o’lim jazosiga xukm qilindi. Ko’pchilik G’arb mamlakatlarida o’limga hukm qilinganlarning aksariyat qismiga chiqarilgan hukm umrbod qamoq jazosi bilan almashtirildi. 1957-58-yillarda deyarli barcha huquqiy jinoyatchilar AQSH, An gliya va Frantsiya qamoqxonlaridan chiqarib yuborildi. Ko’pchilik natsistlarga