Sun’iy intellekt va inson tafakkurining solishtirma taxlili
Mavzu: Sun’iy intellekt va inson tafakkurining solishtirma taxlili Reja: 1. Ekspert tizimlari 2. Sun’iy intellekt tizimlarini afzallik va kamchiliklari 3. Su`niy Intellekt va inson tafakkurining solishtirma taxlili. 4. Xulosa.
Ekspert tizimlari Zamonaviy jamiyatda tobora o'sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-tumanligi, kompyuterda echiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo’ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o’tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani echish yo’llaridan biri – bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o'zidan kelib chiqib chiqib sharoitni tahlil qiladi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo’llardan voz kechgan holda qaror qabul qilish eng maqbul yo’llarini vujudga keltiradi. Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi. Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi. Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. Ekspert tizimlari (intellektual komponentli axborot tizimi) EHMda ma’lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita — bilimlar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassislar tajribasi va bilimini to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi. Ekspert tizimlaridan kompyuterda o‘rnatilgan ma’lum dastur (maxsus interfeys)yordamida foydalanish mumkin. Avvalo so‘ralayotgan muammo haqida ma’lumotlarni kiritish, tizim berayotgan savollarga javob berish zarur. Shundan so‘ng ekspert tizim o‘zining ma’lumot va bilimlar bazalarida kerakli ma’lumotlar, sabab- oqibat aloqalarnitopadi, xulosa qilib, foydalanuvchiga uni xabar qiladi. Ma’lumot va
bilimlar bazalari oldingi tajriba, ilmiy tavsiyalar asosida maxsus tanlangan yuqori malakali ekspertlar ko‘magida yaratiladi va keyinchalik to‘ldirib turiladi. Ekspert tizimlar ekspertning o‘rnini bosishi mumkin hamda ma’qul bo‘lgan qaror qabul qilish vaqtini qisqartiradi, shu bilan birga, sun’iy intellekt bilan ishlayotgan shaxs malakasiga talablar ancha susayishi mumkin. Ekspert tizimlar qarorlari to‘liq “ochiqligi” bilan ajralib turadi, ya’ni ekspert tizimdan masala qanday o‘z yechimini topgani haqida izoh so‘rash imkoniyati mavjud. Ma’lumotlarni qayta ishlashning ekspert tizimlari an’anaviy tizimlardan asosan ularni taqdim qilishda belgili (sonli emas) hamda qarorni evristik izlash (ma’lum algoritmning bajarilishi emas) usullarini ishlatishi bilan ajralib turadi. Ekspert tizim tuzilmasi. Ma’lumotlar bazasi ekspert tizimning muhim qismi hisoblanadi, unda ma’lum tartibda yoki tartibsiz tarzda mantiqiy chiqarish mashinasi ishlashi uchun kerak bo‘lgan bilimlar saqlanadi. Bilimlar bazasini to‘ldirish – eng murakkab funksiyalardan biri bo‘lib, u bilimlarni tanlash, ularni rasmiylashtirishva talqin qilish bilan bog‘liqdir. Bilimlarni muammoli masalalar (muammoli muhit) o‘ziga xosligidan hamda foydalanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Tuzilmalashtirish ekspert tizimining arxitekturasi, shakli va muloqot tili bilan bog‘liqdir. Bilimlarni izohlanadigan (predmetli, boshqaruv va tasavvur haqida bilimlar, umuman interpretator deb atalmish mashinaning hisoblash bloki izohlaydigan barcha bilimlar) va izohlanmaydigan (ular o‘z o‘rnida, yordamchilarga, ya’ni muloqot tili leksikasi va grammatikasi, diallog tuzilmasi va qo‘llab-quvvatlovchilarga, o‘z navbatida,ular texnologiklarga – muallif haqida ma’lumotlar, ularni kiritish sanasiga bo‘linadi va semantik, ya’ni ularning mo‘ljallanishi, ishlatish usuli va beradigan samarasi haqida ma’lumotlar)ga bo‘lish foydadan xoli emas. Izohlanadigan predmet bilimlari – bu tavsiflovchi (qo‘llanish sohasi, predmet bilimlarida aniqlik darajasi) va predmet bilimlarning o‘zidir (bu dalillar – predmet sohasining mazmuni va tavsiflari hamda ishlov berish tadbirlarini ifodalovchi ijro etiladigan tasdiqlar). Boshqaruv bilimlari (to‘plovchi – obyektlar yoki gipotezalarni tekshirishda foydalanish mumkin bo‘lgan qoidalar va hal qiluvchi – strategiya va evristikalarni tanlash uchun, bunda birinchi
variantda ishchi xotira qismlariga, ikkinchisida – bilimlar bazasining qoidalariga tegishli) va tasavvur haqida bilimlar (ma’lumotlar bazasida tasavvur qilish darajalari va ishchi xotiradagi tafsilotlari bo‘yicha bilimlarni tashkil etish uchun) mavjud. Tasavvur haqidagi bilimlar ba’zan metabilimlar deb ham ataladi. Ekspert tizimini yaratish tamoyillari. Ekspert tizimini yaratishda “tez prototip” deb atalmish konsepsiya bo‘yicha ish ko‘riladi. Mazkur konsepsiyaga binoan tugallangan tizim yaratishga birdaniga urinish kerak emas, faqat uning prototipini oqilona qurish lozim. Bunda prototip quyidagi talablarga javob berishi kerak: Ilovaning tipik (odatiy) masalalarini yechishga, bunda ularni ishlab chiqish vaqti va qiyinchiligi unchalik katta bo‘lishi kerak emas. Bu bilimlarni to‘plash va tartibga solish (ekspert tomonidan) jarayonlarini dasturiy vositalar (ishlanmalar) tanlash jarayoni bilan (dasturchi va bilimlar bo‘yicha muhandis) sinxronlash kerak. Muvaffaqiyatsizlikda umuman yangi prototip ishlanmasi talab etilishi yoki ishlab chiqaruvchilar ushbu ilovaga ekspert tizimining mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi haqida xulosaga kelishlari mumkin. Prototipni, ya’ni tizimning qisqartirilgan versiyasini bir necha qoida, tasavvur va misollar yordamida tuzish mumkin. Keyin esa muammoni identifikatsiya qilish, bilimlarni olish, bilimlar maydonini tuzish (shakllantirish), rasmiylashtirish (bilimlarni taqdim etish tilidagi bilimlar bazasi), prototipni amalga oshirish va test o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Tijorat bosqichida namoyish qilish, tadqiqot va harakat prototiplari ko‘zda tutilib, ular ketmaketo‘tkaziladi.Sanoat va tijorat prototiplari faqatgina oldingi uchtasidan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Ekspert tizimi: interpretator (masalani yechadi); Ekspert tizimida asosiy 3 ta blok bor bular: Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi. Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli
bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi. Tushuntirish foydalanuvchining (izohlash) texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketma -ketligini aks ettiradi va “nima uchun?” degan savolga javob beruvchi xuosaga keladi. Ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari asosiy komponentalari: Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Bilimlar ombori. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Interpretator . Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi. Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish.