logo

Sun’iy intellektning asosiy tarkibiy qismlari va arxitekturasi

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

482.2626953125 KB
Sun’iy intellektning asosiy tarkibiy qismlari va arxitekturasi
Reja:
1. Sun’iy intellekt tizimlarini
                qurishning   turli yondashuvlari. 
  2. Sun’iy intellekt tizimlarining tipik
                sxemasi va ulardan foydalanishning  
                funksional strukturasi.
  3. Sun’iy intellekt masalalarini echish
      va qo’llanilish sohalari .
Tayanch   iboralar:   Sun’iy   intellekt   (Artificial     Intelligence),   timsollarni
anglash   (pattern   recognition),   qaror   qabul   qilish   (making     decisions),
moslashuvchan   ( адаптивное )   dasturlash   (adaptive     programming),   mashinali
musiqlarni   bastalash     (writing     machinemusic),   o’rgatuvchi   to’rlar   (study
ingonline), vetballi kontseptual o’rgatish   (verbal   conceptual   learning), funksional
struktura   (functional   structure),   bilimlar   bazasi   (knowled     gebase),   mantiqiy
(logical), strulturali (structural), evilyutsiyali (evolutionary), imitatsiyali (imitation),
diling   (dealings),   avionika   (avionics),   ishlab   chiqarishni   avtomatlashtirish
(production     automation),   siyosiy   texnologiyalar   (political     technologies),   xavfsizlik
va   qo’riqlovchi   tizimlar   (safety     and     security     systems),   exspert   tizim   (expert
system),   tashxis   (diagnostics),bashoratlash   (prediction),   identifikatsiya
(identification), boshqarish  (control), loyixalash (design),   monitoring (monitoring),
hisoblash   texnikasi   (Computer   Engineering),   mokroelektronika   (microelectronics),
radioelektronika   (radionics),   xuquqshunoslik   (jurisprudence),   iqtisod   (economy),
ekologiya   (ecology),   geologiya   (geology),   foydali   qazilmalarni   izlash   (mineral
exploration), intellektual interfeys  (intelligent  interface),  MOLGEN, XCON, MYCIN,
PUFF, MACSYMA, YES/MVS, DART, PROSPECTOR, POMME, ESPLAN, MODIS,
ACES,   ASTA ,   HANNIBAL,   I&W,   RUBRIC,   CODES,   MIXER,   ACE,   S&PCBRS,
ISPMS.
1. Sun’iy intellekt tizimlarini qurishning turli yondashuvlari
Sun’iy   intellekt   tizim(SIT)larini   qurishning   turli   yondashuvlari   oldin   ham
bo’lgan va hozirgi vaqtda ham mavjud   [1] . Shuni ta’kidlash joizki, sun’iy intellektni
to’liq quradigan tizimlar oldin ham bo’jmagan va hozirgi davrda ham mavjud emas.
Shuning uchun sun’iy intellektni quradishdagi yondashuvlarning qaysi biri to’g’ri va
qaysi biri noto’g’ri ekanligini aniq aytish qiyin masalaligicha qolmoqda.
1) SITlarini qurishning  mantiqiy yondashuvini  qaraymiz   [1] . Mantiqiy model
uchun   asos   sifatida   Bul   algebrasi   xizmat   qiladi.   Har   bir     dasturchi   IF   operatorini
o’rganganish   jarayonida   Bul   algebrasi   va   mantiqiy   operatorlar   bilan   tanishgan.   Bul
algebrasining rivojlanishi predmet belgilar, ular orasidagi munosabatlar, mavjudlik va
ixtiyoriylik   kvantorlarini   o’z   ishiga   olgan   predikatlar   mantiqi   hisobiga   kengaydi.
Sun’iy   intellektning   har   bir   tizimining   ishlashi     asosan     mantiqiy     qoidalarga
61 asoslangan.   Bunga   misol   sifatida   teoremalarni   isbotlashni   keltirish   mumkin.
Teoremalarni   isbotlashda   boshlang’ich  ma’lumotlar  aksiomalar   sifatida  ma’lumotlar
bazasida,   ular   orasidagi   munosabatlar   mantiqiy   hulosalash   qoidalari   sifatida
saqlanadi.   Bundan   tashqari,   har   bir   mashinada   maqsadlarni   generatsiy   qilish   bloki
mavjud   bo’ladi   va   xulosalash   tizimi     ushbu   maqsadlarni   teoremalar   ko’rinishda
isbotlaydi.  
Mantiqiy   modellar   yondashvi   imkoniyatlari   noravshan   (nechetkiy)   mantiq
yo’nalishning   paydo   bo’lishi   bilan   yanada   kengaydi.   Noravshan   mantiqning
mulohazalar   va   predikatlar   mantiqidan   farqli   tomoni   shundaki,   bunda   mulohazalar
nafaqat       ha/yo’q   (bilaman-1/bilmayman-0)   qiymatlar   qabul   qilaydi,   balkim   oraliq
qiymatlar   –   o’rtacha   bilaman   (0.5),   yaxshiroq   bilaman   (0.75),   yomonroq   bilaman
(0.25) va h.k. qiymatlarni qabul qiladi. Bu yondashuv insonning fikrlash qobiliyatiga
ko’proq o’xshaydi, chunki inson ko’p hollarda savollarga “ha” yoki “yo’q” deb javob
bermaydi.
2)   Strukturali   yondashuvda   [1]   inson   miyasining   tuzilishini   modellashtirish
asosida   SIni   qurish   masalalari   qaraladi.   Bunday   modelni   qurishga   misol   sifatida
Rozenblatt   pertseptronini   keltirish   mumkin.   Ushbu   pertseptronlarda
modellashtiriladigan birliklar strukturasi sifatida neyronlardan foydalangan.
Keyinchalik   yangi   “neyron   tarmoqlar”   modellari   paydo   bo’ldi.   Bu   modellar
alohida   neyronlarni   qurish,   ular   orasidagi   aloqalarning   tuzilish   va   o’rgatish
algoritmlari   bilan   boshqalardan   farq   qiladi.   Bunday   modellarga   misol   sifatida
xatoliklarni teskari tarqalishiga asoslangan neyron tarmoq(NT)lar, Hopfild   NTlar va
stoxastik   NTlarini   keltirish   mumkin.   Shuningdek,     NTlar   timsollarni   anglash
masalalarida ham keng miqyosda qo’llanilmoqda.
3)   Evolyutsion   yondashuvda   [1]   SIni   qurish   masalalarida   asosiy   e’tibor
boshlang’ich modellar va qoidalarni qurishga qaratiladi va undan keyin ular asosida
SIni   qurish   e volyutsiyali   (uzluksiz   rivojlanish)   shaklda   rivojlanadi.   Bu   rivojlanish
turli   tipdagi   usullarni   o’z   ichiga   oluvchi   yangi   modellarni   qo’llash   bilan   amalga
oshiriladi.   Masalan,   NT   lar   modeli,   mantiqiy   qoidalar   nabori   va   boshqa   ixtiyoriy
modellar   bo’lishi   mumkin.   Bu   modellar   kompyuterga   kiritilgandan   so’ng,   u   usbu
modellarni   tekshirish   asosida   ular   orasidan   eng   yaxshilarini   tanlaydi   va   ularni
generatsiya   qilish   natijasida   yangi   modellar   hosil   qilinadi,   hosil   qilingan   yangi
modellar orasidan eng yaxshisi tanlanadi va h.k. Shuni ta’kidalash joizki, evolyutsion
modellar evolyutsion o’rgatuvchi algoritmlar ko’rinishida bo’ladi. 
4)   SIni   qurish   masalalarini   echida   imitatsiyali   yondashuv   ham   keng
miqiyosda   qo’llaniladi   [1] .   By   yondashuv   kibernetika   sohasidagi   “qora   quti”
tushunchasi   bilan   uzviy   bog’liq.   “Qora   quti”   –   kirish   va   chiqish   signallarining
vazifasi   ma’lum   bo’lgan,   ichki   strukturasi   va   mazmuni   haqidagi   axborotlar
noma’lum   bo’lgan   ma’lumotlar   majmuasi,   dasturiy   modul   va   qurilma.   Obyektning
xatti-xarakatini   imitatsiy   qilishni     “Qora   quti”   misolida   ko’rish   mumkin.   Bunda
“Qora   quti”ning,   modelning   tuzilishi   va   uning   qanday   boshqarilishi   muhim   emas,
balki ushbu modelning o’zini tutishi boshqa vaziyatlarda ham o’zgarmasligi lozim. 
Shunday qilib,   imitatsiyali   yondashuvda – insonning boshqalardan nusxa olish
qobiliyati,    ya’ni  boshqalar   nima   qilayotgan   bo’lsa,   xuddi   ularga   o’xshab   bajarishni
62 amalga oshirish  modellashtiriladi. Ko’p hollarda nusxa olish qobiliyati insonga biror
ishni bajarishda vaqtni kam sarflashga olib keladi. 
SIni   qurishning   yuqorida   keltirilgan   yondashuvlari   tahlilidan   kelib   chiqib,
shuni   ta’kidlash   lozimki,   amaliy   masalalarni   echishda   ular   orasida   qat’iy   chegara
yo’q.   Amaliyotda   shunday   msalalar   uchraydiki,   ularni   echishda   aralash   tizimlardan
foydalaniladi,   ya’ni   ularning   bir   qismini   echishda   ma’lum   bir   yondashuvga   mos
usullardan foydalanilsa, boshda qismini echishda boshqa yondashuga mos usullardan
foydalaniladi.
2. Sun’iy intellekt tizimlarining tipik sxemasi va ulardan foydalanishning
funksional strukturasi
Sun’iy intellekt ning  tipik sxemasi ni 3.1-rasmdagidek keltirish mumkin.  
3.1– rasm.  Sun’iy intellekt ning  tipik sxemasi.
Shuningdek, SI tizimlaridan predmet sohaga, masala tipiga va foydalanuvchiga
moslashish   nuqtai–nazaridan   foydalanishning   funksional   strukturasini   3.2-rasmda
keltirilgan. Bu struktura uchta hisoblash vositalari majmuasidan tashkil topgan [2-4].
Birinchi   majmua   masalani   samarali   yechish   nuqtai   nazaridan   loyihalangan   dasturni
bajaruvchi vositalar majmuidan tashkil topgan, ba’zi  h ollarda muammoli yo’nalishga
ega.   Ikkinchi   majmua     -   keng   doiradagi   foydalanauvchilar   talablariga   tez
moslashuvchi   strukturaga   ega   bo’lgan   intellektli   interfeys   vositalari   majmui.
Uchinchi   vositalar   majmui   birinchi   va   ikkinchi   majmuaning   o’zaro   aloqasini
ta’minlaydigan   BB   hisoblanadi.   Bajaruvchi   tizim   shakllangan   dasturni   bajarishni
ta’minlaydigan   barcha   vositalar   majmuini   birlashtiradi.   Intellektual   interfeys   –
dasturiy   va   instrumrntal   vositalar   tizimi   bo’lib,   foydalanuvchilar   uchun   ularning
kasbiy   faoliyatida   vujudga   keladigan   masalalarni   echishda   kompyuterni   qo’llashni
ta’minlaydi.   BB   –   boshqa   komponentalarga   nisbatan   markaziy   o’rinni   egallaydi.
Chunki   BB   orqali   masalani   yechishda   ishtirok   etadigan   hisoblash   tizimlari
vositalarining birlashuvi amalga oshiriladi. 
63Muloqot tizimi
Mantiqiy blok
EHM Bilimlar bazasiTashqi muhit
Ma’lumotlar bazasi   Konseptual qatlam
Axborotli qatlam
Maxsus MBEchuvchi
Muloqot tizimiTranslyatorlar	
, o’zaro 	
m
uloqotni 	
ta’m
inlovchi 	
tizim3. Intellektual 
interfeys
Foydalanuvchiga 
moslashish 2. Bilimlar bazasi
Predmet sohaga
  moslashish	
Program
m
alar	
H
isoblash,	
 m
antiqiy,	
Izlash 	
vositalari Masala tipiga
  moslashish1. Bajaruvchi 
tizim	
Foydalanuvchi
3.2-rasm. SI tizimlarini qo’llashning funksional strukturasi.BBga   asoslangan   tizimlar   quyidagi   intellektual   algoritmlar   bazasida   amalga
oshiriladi:
▪ ekspert tzimlar;
▪ ney r on to’rlar;
▪ noaniq mantiq;
▪ genetik algoritmlar.
3.  S un’iy intellekt ning asosiy xususiyatlari 
SI   formallashmagan   masalalar   uchun   mo`ljallangan,   formallashgan   masalalar
yech imiga   mo`ljallangan   dasturlarni   ishlab   chiqishda   an’anaviy   yondoshuvni
o`zgartirmaydi va rad etmaydi.
Formallashmagan masalalar  odatda quyidagi xususiyatlarga ega bo`ladi:
- xatolikli, birxilliksiz, to`liqmaslik va boshlang`ich ma’lumotlarning qarama-
qarshilikligi;
- xatoli, muammo haqidagi bilimlarning to`liqmasligi va qarama-qarshilikligi;
-   y echim   fazosi   o`lchamining   kattaligi,   ya’ni   yechimni   izlashda   birma-bir
tekshirishning katta bo`lishi;
- ma’lumotlar va bilimlarning dinamik o`zgaruvchanligi .
Shuni   ta’kidlash   kerakki,   formallashmagan   masalalar   katta   va   juda   muhim
masalalar   sinfini   tashkil   qiladi.   Ko`pchilik   mutaxassislar   bu   masalalarni   EHM   da
yechiladigan masalalar sinfi deb hisoblaydilar. 
64 SI   tizimlari   qayta   ishlash   tizimlaridan   shu   bilan   farq   qiladiki,   ularda   asosan
(sonli emas)  belgili (simvolli)  namoyish usuli, belgili xulosa va (ma’lum algoritmni
bajarish emas) yechimni evristik qidirish, izlash bajariladi.
SI   faqat   murakkab   amaliy   masalalarni   yechishda   qo`llaniladi.   Yechimning
sifati   va   samaradorli li gi   borasida   IT   yechimlari   inson   –   ekspert   yechimlaridan
qolishmaydi.   IT   yechimi   «shaffofligi»   bilan   ajralib   turadi,   ya’ni   foydalanuvchiga
yechim  sifatli darajada tushuntiriladi. ITning bu xususiyati o`z bilimlari  asosida  biror
xulosaga kelish qobiliyati ning mavjudligi  bilan  xarakterlanadi.
IT   o`z   bilimlarini   ekspert   bilan   munosabatlari   vaqtida   to`ldirib   boradi.
Ta’kidlash   lozimki,   hozirgi   vaqtda   IT   texnologiyasi   moliya,   neft   va   gaz   sanoati,
energetika, transport, farmatsevtika, ishlab chiqarish, kosmos, metallurgiya, tog`-kon
ishlari,   kimyo ,  ta’lim,  sellyuza-qog`oz  sanoati,  telekommunikatsiya   va  aloqa  hamda
boshqa   turli   muammoli   sohalarning   turli   xil   tipdagi   masalalarini   yechish   (izohlash,
oldindan   aytish-bashorat   qilish   tashxis,   loyihalashtirish,   konstruktsiyalash,
boshqarish, tushuntirish) da ishlatiladi.
SI tizim ishlab chiqaruvchilariga omad darrov kelgani yo`q. 1960—1985 yillar
orasida   SIning   r i vojlanishi   ko`plab   amaliy   masalarni   yechish   bilan   bog`liq.   1985
yildan   boshlab   asosan   (1988-1990   yillarda)   birinchi   navbatda   ET,   keyinroq   ETda
tabiiy   til   (TT)   –   tizimlar   va   neyronli   tarmoqlar   (NT)   savdo   sohalarida   ham   faol
ishlatila boshlandi  [11-1 5 ] . 
E’tiborni   qaratish   lozimki,   ba’zi   mutaxassislar   (qoida   bo`yicha,   SIdagi   emas,
dasturlashtirishdagi   mutaxassislar)   SITlar   kutilgan   natijalarni   bermaganligini
ta’kidlashda   davom   etmoqdalar.   Bu   adashuvlarning   sababi   shundan   iboratki,
mualliflar   ETni   an’anaviy   dasturlashtirishning   alternativi   sifatida   qaraganligi,   ya’ni
ular   ET   alohida   (boshqa   dasturiy   vositalarsiz)   buyurtmachining   har   qanday
masalasini   yechib   beradi   degan   fikrdan   kelib   chiqqanligidir.   Ta’kidlash   joizki,
ETning paydo bo`lishida unda ishlatiladigan tillar spetsifikasi, sohalarni qayta ishlash
texnologiyalari   va   ishlatiladigan   qurilmalar   (masalan,   Lisp   -   mashinalar)   shunday
xulosa   chiqarishga   olib   keldiki,   ET   va   an’anaviy   dasturl ash   tizimlar i ni   birlashtirish
murakkab va bajarib bo`lmaydigan masalalar degan asosni berdi. Hozirgi kunda ETni
hosil   qilish   uchun   texnik   vositalar   to`liq   holda   an’anaviy   dasturlashtirishning
zamonaviy   texnologik   tendentsiyasiga   mos   holda   qayta   ishlanayapti.   Ular   ET   da
integrallashgan sohalar yaratishda kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etadi. 
SIT ni  yutuqqa  olib kelgan sabablar quyidagilar  [11-1 5 ] .
Integrallashganlik.   SIning   boshqa   axborot   vositalar   (CASE,   MBBT ,
kontrol l er,   berilganlar   kontsentratori   va   boshqalar)   bilan   oson   integrallashadigan
texnik vositalari ishlab chiqilgan.
Ochiqlilik   va   ko`chimlilik .   SI   ning   texnik   vositalari   ochiqlik   va   ko`chimni
ta’minlaydigan standartlarni kuzatish orqali ishlab chiqiladi. 
An’anaviy dasturlashtirish tillari  va ishchi stansiyalardan foydalanish . SI
tizimlarida   Lisp,   Prolog   va   boshqa   texnik   vositalardan   an’ a naviy   dasturlashtirish
tillariga( C ,   C ++   va   boshqalar)     o`tish   integrallash   ta’minotini   qisqartirdi,   EHM   da
operatsiya   bajarish   tezligini   oshirdi   va   operativ   xotira   hajmini   kamaytirdi.   Ishchi
stansiyalardan foydalanish sohalar doirasini kengaytirdi. 
65 Mijoz-server arxitekturasi . Mijoz - server arxitekturasi bo`yicha taqsimlangan
hisoblashlarni   qo`llab - quv v atlaydigan   SIning   sohalari   ishlab   chiqarilgan.   Ular
qurilmalar qiymatini tushiradi, ishonchni va umumiy ishlab chiqarishni yuksaltiradi. 
Muammoli   sohaga   mo`ljallangan   ITlar .   Umumiy   masalalarni   yechishga
mo`ljallangan   ITlardan   muammoli,   fanga   mo`ljallangan   ITlarga   o`tish,   sohalarni
qayta ishlash muddatini qisqartiradi, sohalardan foydalanish samaradorligini oshiradi,
ekspert  ishini  tezlashtiradi  va osonlashtiradi  hamda  axborot  va  dasturiy ta’minotdan
(obyektlar, sinflar, qoidalar, protseduralar) qayta foydalanishni ta’minlaydi.
4. Sun’iy intellekt masalalarini echish va qo’llanilish sohalari
SI ning qo`llanilish sohalariga quyidagilar kiradi  [2-4]:
▪ Teoremalarni isbotlash;
▪ O`yinlar;
▪ Timsollarni  anglash ;
▪ Qaror qabul qilish;
▪ Adaptiv (moslashuvchan) dasturlash;
▪ Mashinada musiqalarini bastalash;
▪ Tabiiy tilda ma’lumotlarni qayta ishlash;
▪ O`qituvchi to`rlar (neyroto`rlar);
▪ Og`zaki kontseptual o`qitish.
  NTlar   quyidagi sohalarga   qo’llanilmoqda : t imsollarni   anglash , ma’lumotlarni
ishlash,   timsollardagi   ma’lumotlarni   to’ldirish,   assosiativli   izlash,   sinflash,
optimallashtirish,   bashoratlash,   tashxis   qo’yish,   signallarni   ishlash,   jarayonlarni
boshqarish, ma’lumotlarni segmentlash, ma’lumotlarni siqish, murakkab jarayonlarni
boshqarish, mashinali ko’rish, nutqlarni tanish va h.k.
Hozirgi vaqtda har bir predmet sohada  NTli masalalarni topish mumkin   [5] .
Iqtisod va biznes.   Bozorlar va banklarning sinishini oldindan aytish, avtomatik
diling,   kreditlarni   qaytarmaslikning   oqibatini   baholash,   ko’chmas   mulk   narxini
baholash, avtomatik reytinglash, buyum va pulli oqimlarni optimallashtirish, chek va
shakllarni hisoblashni avtomatlashtirish kabi masalalarni echishda qo’llaniladi.   
Misol:   yirik   savdo   shaxobchalarida   ma’lumotlarning   katta   oqimimini   tahlil
qiluvchi NTli vosita (http://www.retek.com).
Tibbiyot.   Bu sohada tibbiy tasvirlarni ishlash, bemorlarning holatini monitoring
qilish,   tashxis   qo’yish,   davolashni   samaradorligini   faktotli   tahlil   qilish,   davolashni
nazorat   qilish   kabi   masalalar   echiladi.   Misol :   ko’z   qatlami   tomirlaridagi
melonomlarni oldindan tashhislash tizimi (http://www.chat.ru/ neurocon).
Авионика .   Bu  sohada  o’rgatuvchi  avtomatlar,  radar   signallarini   anglab  olish,
kuchli   shikastlangan   samolyotda     uchish   apparatini   boshqarishga   moslashish   kabi
masalalar   echiladi.   Misol :   Samolyotning   qanday   shikastlanish   turidan   qat’iy   nazar
real vaqt rejimida uchishni avtomatik rejimga o’tkazish.
Aloqa.   Bu   sohada   bideoaxborotlarni   siqsh,   tez   kodirovka-dekodirovkalash,
sotkali   tarmoqlarni   va   paketlarni   marshrutlash   sxemalarini   optimallashtirish   kabi
masalalar   echiladi.   Misol :   ranglarni   240:1   darajada   qisish   orqali   kodlashtirishning
66 maxsus   sxemasi   (http://www.ee.duke.edu/   cec/JPL/paper.html),   допускающая
степень   сжатия  240:1.
Internet.   Bu   sohada   axborotlarni   assotsiativ   izlash,   electron   kotibalar   va
tarmoqlardan   foydalanuvchi   agentlar,   tizimlarda   axborotlarni   filtrlash,   manzilli
reklama,   electron   savdo   uchun   manzilli   marketing     kabi   masalalar   echiladi.   Misol:
alohida  neyroagentlar   ko’rinishidagi   foydalanuvchilarning   kasbiga     qiziqishlarini   va
foydalanishlarini   ta’minlovchi   AGENTWARE   tizimi   ( нейро kotibalar)
(http://www.agentware.com).
Ishlab   chaqarishni   avtomatlashtirishda- ishlab   chaqarish   jarayonlari
rejimlarini   optimallashtirish,     mahsulot   sifatini   kompleks   tashxislash,   avariyli
holatlarni  ogohlantirish, robototexnika   kabi  masalalar  echiladi.   Misol:  Ford Motors
kompaniyasining dvigatellarini neyrotizimli tashhislash.
Siyosiy   texnologiyalar.   Bu   sohada   sotsiologik   so’rovlarni   tahlil   qilish   va
umumlashtirish, reytinglarni tashhislashni  oldindan aytish, muhim faktorlarni ajratib
olish, aholining sotsial dinamikasini vizuallashtirish kabi masalalar echiladi.    
Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari.   Ushbu sohada shaxsni anglab olish, shaxs
ovozini   va   yuzini   tanib   olish,   avtomobillarning   tartib   raqamini   tanib   olish,
aerokosmik rasmlarni tahlil qilish, axborot oqimlarni monitoring qilish, yasama(imzo,
rasm,   so’z,   chek   va   h.k.)larni   aniqlash   kabi   masalalar   echiladi.   Misol:   yasama
cheklarni aniqlash tizimi (Tearing up the Rules, Banking Technology,  ноябрь  1993).
Axborotlarni kiritish va ishlash.   Ushbu sohada qo’lyozma cheklarni ishlash,
imzolarni,   barmoq   izlarini   va   ovozlarni   aniqlash,   kompyuterga   iqtisodiy   va   soliq
xujjatlarini   kiritish   kabi   masalalar   echiladi.   Misol:   to’lov   xujjatlarini   va   soliq
deklaratsiyalarini   avtomatik   kiritish   va   anglab   olish   uchun     Flex   Read   seriyali
paketlar.
Oxirgi yillarda alohida predmet sohaga taalluqli ma’lumotlarni intellektual tahlil
qiluvchi   dasturiy   paketlar   yaratildi.   Bu   paketlar   tor   doiradagi   amaliy   masalalarni
yechishga   mo ljallangan   bo lib,   ularning   algoritmik   asosi   sifatida   neyron   to rlar,ʻ ʻ ʻ
yechuvchi daraxtlar, chegaralangan birma-bir tekshirish va boshqalar qo llaniladi  [6-	
ʻ
11]. 
Rossiyada   RASPOZNAVANIE   dasturiy   tizimi   ishlab   chiqilgan   bo lib,   undagi
ʻ
dasturlar bibliotekasi chiziqli, mantiqli, statistik, neyroto rlar, bashoratlashning gibrid	
ʻ
usullari,   bashoratlash   usullari,   sinflash   va   pretsedentlardan   bilimlarni   olish,   hamda
bashoratlash va sinflashning uyushgan usullari bilan ta’minlangan [6-11]: 
Bu tizim quyidagi tipdagi amaliy masalalarni yechishda qo llaniladi [6-11]: 	
ʻ
▪ ijtimoiy so rovlar ma’lumotlarini qayta ishlash;	
ʻ
▪ mikroiqtisodiyot  ko rsatgichlarning o zgarishini bashoratlash; 	
ʻ ʻ
▪ moliyaviy ma’lumotlar va moliyaviy ko rsatgichlarni bashoratlash; 	
ʻ
▪ korxonalvrning iqtisodiy ko rsatgichlarini baholash; 	
ʻ
▪ ekologik muammolarni bashoratlash; 
▪ tibbiy tashxis qo yish;	
ʻ
▪ geologik masalalarni bashoratlash; 
▪ yangi organik birlashmalarning xossalarini bashoratlash; 
▪ biologik ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash; 
▪ tasvirlarni o rganish va anglash. 	
ʻ  
67 RASPOZNAVANIE   tizimi   tarkibiga   kiruvchi   dasturiy   paketlar   ( PARK ,
OBRAZ , DISARO, LOREG va TaxonSearch) ko plab amaliy masalalarni yechishdaʻ
qo llanilgan va amaliyotga tadbiq etilgan	
ʻ   [ 6-11 ] :  
          Biznes va va moliya sohasida: 
▪ kvartiralarning narxini baholash;
▪ kreditli kartochkalarni nazorat qilishda; 
▪ harakatdagi obyektlarni anglashda.
         Tibbiyotda va sog liqni saqlash sohasida: 	
ʻ
▪ aholini yoshi bo yicha klasterlashda;	
ʻ
▪ ko krak rakini anglashda; 	
ʻ
▪ insultga tashxis qo yish; 	
ʻ
▪ yurak tomirlariga tashxis qo yish; 	
ʻ
▪ sariq kasalligini bashoratlash; 
▪ qandli diabet kasalligini bashoratlash; 
         Texnik tashxis qo yish sohasida: 	
ʻ
▪ dvigatellarning yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlashda; 
▪ texnik qurilmalarning holatini nazorat qilishda. 
         Qishloq xo jaligi sohasida: 	
ʻ
▪ ekin maydonlarining holatini aniqlashda; 
▪ mevalarni o lchoviga qarab taxlashda. 	
ʻ
         Geologiya sohasida: 
▪ kam uchraydigan metallar va neft qazilmalarini anglash.
▪ foydali qazilmalarining holatini aniqlash. 
         Tasvirlarni qayta ishlash sohasida: 
▪ qo lyozma raqamlarni, harflarni va simvollarni anglash; 	
ʻ
▪ shaxs imzolarini anglash;
▪ biometrik belgilar – barmoq izlari, qo l, yuz, quloq, ko z tasvirlari anglash;	
ʻ ʻ
▪ tasvirlar ketma-ketligida dinamikani segmentlash va anglash.
Exspert tizim(ET)lar – bu SI ning amaliy tizimlari bo’lib, ular biror bir predmet
sohadagi   exspertlarning   empirik   bilimlari   asosida   shakllantirilgan   bilimlarga
asoslanadi. ETlar exspertlar soni kam bo’lganda, masalani echishda etarli operativlik
holati   etishmaganda     yoki   exspertlar   uchun   havfli   va   sog’lig’iga   zarar   etkazuvchi
sharoitlarda q’llaniladi.    
ETlar   yordamida   echiladigan   masalalar   sinfiga   quyidagilarni   kiritish   mumkin
[2]: tashxislash, bashoratlash, anglash, boshqarish, loyihalash, monitoringlash. 
ETlardan   foydalaniladigan   faoliyat   sohalariga   quyidagilarni   kiritish   mumkin
[2-4]: tibbiyot, hisoblash texnikasi, harbiy ishlar, mikroelektronika, radioelektronika,
huquqshunoslik,   iqtisod,   ekologiya,   geologiy   (foydali   qazilmalarni   izlash),
matematika. 
Ishlab   chiqarishda,   h arbiy   so h ada,   i nformatikada ,   k ompyuter   tizimlarida ,
e lektronikada  keng va samarali qo`llanilayotgan ET larga misollar  [ 2 - 4 ] :
DENDRAL  – murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun ET;
MOLGEN  – DNK strukturasini aniqlovchi ET;
XCON  – VAX 11 hisoblash komplekslarini loy ih alashtiruvchi ET;
MYCIN  – ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ET; 
68 PUFF  – sil kasalligiga tashxis qo`yuvchi ET;
MACSYMA  – algebraik ifodalarni soddalashtiruvchi ET;
YES/MVS   –   katta   EHM   dagi   katta   razryadli   MVS   operatsion   tizimlarni
boshqaruvchi ET;
PROSPECTOR  – foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ET;
POMME  – mevali bog`larga qarashga maslahat beruvchi ET;
AIRPLANE  – samolyot yerga qo`nishida uchuvchiga yordam beruvchi ET;
ESPLAN   –   Baku   neftni   qayta   ishlash   zavodida   ishlab   chiqarishni
rejalashtiradigan ET;
MODIS  – gipertonik kasalliklarning turli shakllariga tashxis qo`yuvchi ET; 
MIDAS   –   energetik   tizimlarda   ishdan   chiqish   holatlarini   aniqlash   va   tuzatish
uchun ET;
NetWizard  – lokal tizimlarni loyihalovchi ET;
ACES   -   xaritada   o`zgarish   kiritish   bo`yicha   kartografik   ishlarni   amalga
oshiradigan ET;
ASTA   -   analitikka   tutuvchi   signalni   jo`natgan   radar   turini   aniqlashga   yordam
beradigan ET; 
DART-   raqiblarning   buyruq   beruvchi   markazlari,   boshqaruvi   va   aloqalarining
razvedka qilinganida olingan natijalarni qayta ishlashga yordamlashadigan ET;
HANNIBAL-   raqibning   radioalmashish   razvedkasi   sohasida   vaziyatni
baholashni amalga oshiradigan ET;
I&W -  razvedkadagi analitiklarga keyingi qurolli to`qnashuv qachon va qaerda
bo`lishini bashorat qilishida yordamlashadigan ET;
RUBRIC   –   foydalanuvchiga   formatlanmagan   matnlarni   o`zida
mujassamlashtirgan MBga kirish huquqini olishga yordam beradigan ET;
CODES   –   MBni   ishlab   chiquvchi   mutaxassisga,   MBning   kontseptual
sxemasini   aniqlash   uchun   IDEF1   yondashuvni   qo`llashni   istayotgan
mutaxassisga yordamlashadigan ET;
MIXER   -   Texas   Instruments   SBIS   TI990   uchun   ishlab   chiqilgan
mikrodasturlarni yozishda dasturchilarga ko`maklashadigan ET;
ACE   -   telefon   tarmog`idagi   nosozliklarni   aniqlashda,   uni   sozlash   va   tiklash
chora tadbirlari bo`yicha tavsiyalar beradigan ET. 
Vatanimizda Norma kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ETlari:
Amaliy buxgalteriya ET;
Kichik korxona elektron buxgalteriya ET;
Amaliy soliq to`lovlari ET;
«A» dan «Ya»gacha tekshiruv ET;
Kadrlar bo`yicha maslahatchi ET;
Soliqlar: savollar va javoblar ET;
Eksport-import operatsiyalari ET;
Tashkilot yuristi ET;
Qurilish ET;
Kichik korxona: hisob, soliq, huquq ET;
Aqlli bichish-tikish ET;
Mo h ir taxlam ET.
69 SITlari   kelajakda   qishloq   xo`jaligida   –   ekinlarni   zararkunandalardan   himoya
qilishi,   daraxtlarni   kesishi   va   tanlash   xususiyatiga   asoslanib   parvarishlashni
ta’minlashi;  tog` sanoatida  – insonlar uchun o`ta xavfli bo`lgan sharoitlarda ishlashi;
ishlab   chiqarishda   –   yig`ish   va   texnik   nazoratning   turli   xil   masalalarini   bajarishi;
tashkilotlarda   –  jamoa va  alohida  xodimlar   uchun jadval  tuzishi,  yangiliklar  haqida
qisqacha   ma’lumot   berish   bilan   shug`ullanishi;   o`quv   yurtlarida   –   talabalar
yechadigan   masalalarni   ko`rish,   undagi   xatolarni   izlash   va   ularni   bartaraf   qilish
masalarini   hal   qilishi,   talabalarni   hisoblash   tizimlarining   xotirasida   saqlanadigan
superdarsliklar   bilan   ta’minlashlari;   kasalxonalarda   –   be’morlarga   tashxis   qo`yish,
ularni kerakli bo`limga yuborish va davolash davomida ularga maslahatlar berishi va
nazorat   qilishi;   uy   ishlarida   –   ovqat   tayyorlash,   mahsulot   harid   qilish   bo`yicha
maslahatlar   berishi,   uyning   va   bog`dagi   gazonlarning   holatini   nazorat   qilish   kabi
masalalarni amalga oshirishi lozim [11-13].
Kasalxonalarda hisoblash mashina(HM)lari be’morlarga tashxis qo`yish, ularni
kerakli  bo`limga  yuborish  va davolash  davomida  ularni  nazorat   qilishlari  kerak. Uy
ishlarida HMlari ovqat tayyorlash, mahsulot harid qilish bo`yicha maslahatlar berish,
uyning  va   bog`dagi   gazonlarning  holatini   nazorat   qilishi   kerak.  Albatta   ayni   vaqtda
bularning hech qaysisini amalga oshirish imkoni yo`q, lekin SI sohasidagi tadqiqotlar
ularni amalga oshirish imkonini berishi mumkin. 
SITlari ning   kelajakda gi vaqtli taqvimi 3.3-rasmda keltirilgan.
3.2-rasm. Sun’iy intellektning kelajakdagi   va qtli taqvimi.
Tajriba orttirish uchun misol va topshiriqlar .
1- topshiriq.  Nazariy qismni o`zlashtirish va  B/B/B jadvalini to`ldirish.
B/B/B texnikasini qo`llash bo`yicha ko`rsatma.
1. Ma’ruza rejasiga mos holda 2-ustunni to`ldiring.
2. O`ylang, juftlikda hal eting va javob bering, ushbu savollar bo`yicha nimani
bilasiz, 3-ustunni to`ldiring.
3. O`ylang, juftlikda hal eting va javob bering, ushbu savollar bo`yicha nimani
bilish kerak, 4-ustunni to`ldiring.
4. Ma’ruzani o`qing va materiallar bilan tanishing.
5. 5-ustunni to`ldiring.
B/B/B jadvali  (Bilaman/Bilishni hoxlayman/Bilib oldim)
№  Mavzu savoli Bilaman Bilishni
ho x layma
n Bilib
oldim
1.
2.
70 3. 
4.
5.
2-topshiriq.  “Bilib oldim” ustuni asosida “T” jadvalini to`ldirish. Nazariy 
qismdan tayanch iboralarni aniqlash va “T” jadvalini qurish. 
Tayanch ibora Mazmuni
1.
2.
...
n .
3- ma ’ ruza   uchun   adabiyotlar
1. Сотник   С.   Л.   Конспект   лекций   по   курсу   "основы   проектирования   систем
искусственного интеллекта", 1998.
2. А.В.  Гаврилов.   Системы  искусственного  интеллекта:   Учеб.   пособие:   в  2-х
ч. - Новосибирск: Изд-во НГТУ, 2001. - Ч. 1. - 67 с.
3. А.В.   Гаврилов.   Лабораторный   практикум   по   нейронным   сетям.   Ч.   1.   -
Новосибирск:Изд-во НГТУ, 1999.
4. Т.А. Гаврилова, В.Ф. Хорошевский.  Базы знаний интеллектуальных систем.-
СпБ,Питер,2000.
5. Павлов С. Н. Системы искусственного интеллекта : учеб. пособие. В 2-х 
частях. / С. Н. Павлов. - Томск: Эль Контент, 2011. - Ч. 1. - 176 c. ISBN 978-
5-4332-0013-5.
6. Ю.И.Журавлев,   В.В.Рязанов,   О.В.Сенько.   Распознавание.   Математические
методы.   Программная   система.   Практические   применения.   Издательство
ФАЗИС.  МОСКВА, 2005. 159 с. 
7. Журавлев   Ю.И.,     Зенкин     А.И.   Зенкин   А.А.,   Дюкова   Е.В.,   Исаев   И.В.,
Кочетков   Д.В.,   Кольцов   П.П.,   Рязанов   В.В.   Пакет     прикладных   программ
для решения  задач  распознавания и классификации (ПАРК). ВЦ АН СССР,
Москва, 1981. 24 с. 
8. 8.   Бушманов   О.Н.,   Дюкова   Е.В.,   Журавлев   Ю.И.,   Кочетков   Д.В.,   Рязанов
В.В.   Система   анализа   и   распознавания       образов,   Распознавание,
классификация, прогноз:  Мат.   методы   и   их применение. М.:Наука,  1988.
Вып.2. С.250-273.  
9. Дюкова   Е.В.,   Журавлев   Ю.И.,   Рязанов   В.В.   Диалоговая   система   анализа   и
распознавания образов. М.: ВЦАН СССР, 1988, 40 c.
10. Богомолов   В.П.,   Виноградов   А.П.,   Ворончихин   В.А.,   Журавлев   Ю.И.,
Катериночкина   Н.Н.,   Ларин   С.Б.,   Рязанов   В.В.,   Сенько   О.В.   Программная
система   распознавания   ЛОРЕГ   :   алгоритмы   распознавания,   основанные   на
голосовании по системам логических закономерностей, М.: ВЦ РАН , 1998.
63  с .  
11. Ryazanov V.V. One approach for classification (taxonomy) problem solution by
sets of heuristic algorithms, Proceedings of the 9-th Scandinavian Conference on
71 Image Analysis, Uppsala, Sweden, 6-9 June 1995, Vol.2, P.997-1002. 
12. Vetrov   D.P.   On   the   Stability   of   the   Pattern   Recogntion   Algorithms.   //   Pattern
Recognition and Image Analysis, Vol.13, No.3, 2003, pp.470-475.  
13. Russell S. L. Artificial intelligence: a modern approach / S. L. Russell, P. Norvig.
- Upper Saddle River, New Jersey: Prentice- Hall Inc., 1995. -905 p.
14. Search   Engine   Sizes   [ Электронный   ресурс ]   /   Danny   Sullivan,   Search   Engine
Watch.   -   Электрон ,   текстовые   дан .   -   [ Б . м .]   :   Search   Engine   Watch,   2000.   -
Режим   доступа  :  http://www.searchenginewatch.com/reports/sizes.html  -  Англ .
15. Kleppe A., Warmer J., Bast W.  MDA Explained: The Model Driven Architecture
- Practice and Promise. - Addison-Wesley, 2003. - 192 p.
16. Uschold  М . ,  Gruninger  М .  ONTOLOGIES: Principles, Methods and Applications
// Knowledge Engineering Review.  1996. -  Vol . 11, № 2.
17. С. Рассел, П. Норвиг. Искусственный интеллект. Современный подход. -М.:
Вильямс, 2007. -1410 с.
3-ma’ruza bo’yicha o’zini-o’zi tekshirish savollari
1. SI tizimlarini qurishning mantiqiy yondashuvini izohlang ?
2. Noravshan   mantiqning   mulohazalar   va   predikatlar   mantiqidan   farqli   tomonini
izohlang ?
3. Strukturali yondashuvda nima amalga oshiriladi ?
4. Evolyutsiyali yondashuvini izohlang ?
5. I mitatsiyali  yondashuvini izohlang ?
6. SI ning qo`llanilish sohalariga  nimalar  kiradi ?
7. NTlar  q anday sohalarda  qo’llanilmoqda ?
8. NTlar   i qtisod   va   biznesdda,   tibbiyotda,   avionikada ,   aloqada,   internetda,   ishlab
chaqarishni avtomatlashtirishda qanday   masalalarni echishfa qo’llanilmoqda ?
9. NTlar   siyosiy   texnologiyalarda,   xavfsizlik   va   qo’riqlash   tizimlarida   va
axborotlarni kiritish va ishlashda  qanday   masalalarni echishfa qo’llanilmoqda ?
10. RASPOZNAVANIE  dasturiy tizimi  qanday tipdagi amaliy masalalarni yechishda
qo llaniladiʻ ?  
11. D asturiy paketlar ( PARK ,   OBRAZ , DISARO, LOREG va TaxonSearch)   qanday
amaliy masalalarni yechishda qo llanilgan	
ʻ ?
12. ETlar qanday bilimlarga asoslanadi ?
13. ETlar yordamida qanday masalalar echiladi ?
14. ETlardan foydalaniladigan faoliyat sohalariga qaysilarni kiritish mumkin ?
15. Ishlab   chiqarishda,   h arbiy   so h ada,   i nformatikada ,   k ompyuter   tizimlarida ,
e lektronikada  keng va samarali qo`llanilayotgan ET larga misollar  keltiring ?
16. SITlari kelajakda  qanday  masalalarni amalga oshirishi lozim ?
17. SITlarning  tipik sxemasi qanday bloklardan iborat?
18. SITlardan foydalanishning funksional strukturasi qanday bloklardan iborat?
3-ma’ruza uchun testlar
1. Sun'iy intellektni qurishda asosiy yondashuvlarni aniqlang ?.
72 a) mantiqiy, evolyutsiyali, strukturali va imitatsiyali;
b) mantiqiy, evolyutsiyali, integralli va imitatsiyali;
c) mantiqiy, neyronli, differensialli va imitatsiyali;
e) evolyutsiyali, funksiali, strukturali va imitatsiyali.
2. Sun’iy intellekt ni qurishni s trukturaviy yondoshuvning birinchi asoschisi kim ?
a ) Frenk Rozenblatt;   b) Pitts;  c) Fon Neyman;  e) Mak Kallok.
3.   Sun’iy   intellekt ni   qurishning   m antiqiy   yondashuvi   uchun   asos   sifatida
…………………. xizmat qiladi.
a ) Bul algebrasi;  b) Pitts algebrasi;    c) Fon Neyman prindipi;
e) Mak Kallok prinsipi.
4. Noravshan mantiqda mulohazalar …………………… qiymatlarni qabul qiladi.
a ) oraliq;  b) ha yoki  yo’q;   c) chin yoki yolg’on;   e) uzluksiz.
5. Sun’iy intellekt ni qurishning s trukturali yondashuvida ……… modellashtiriladi.
a )  inson miyasining tuzilishi ;         b) kompyuter xotirasining  tuzilishi ;
c) chin yoki yolg’on qiymatlar;      e) uzluksiz qiymatlar.
6. Sun’iy intellekt ni qurishning e volyutsiyali yondashuvida ………. .
a)   boshlang’ich   modellar   va   qoidalar   quriladi   va   ularni   generatsiya   qilish
asosida yangi modellar quriladi;
b) faqat  boshlang’ich modellar va qoidalardan foydalaniladi ;
c) faqat uzlukli   modellar va qoidalardan foydalaniladi ;
e) qisman uzlukli   modellar va uzluksiz qoidalardan foydalaniladi .
7. Sun’iy intellekt ni qurishning imitatsiyali   yondashuvida ……modellashtiriladi.
a)  insonning boshqalardan nusxa olish qobiliyati ;
b) neyron tarmoqning  fikrlash qobiliyati;
c) kompyuterning nusxa olish qobiliyati modellashtiriladi;
e) printerning nusxa olish qobiliyati modellashtiriladi.
8. Sun’iy intellekt ning   qo`llanilish sohalariga  ………………  kiradi .
a)  teoremalarni isbotlash, o`yinlar, tabiiy tilda ma’lumotlarni qayta ishlash ;
b) integral va differensial tenglamalarni hisoblash;
c) dars jadvalini tuzish;     e) kvadrat tenglamani echish.
9. Neyron tarmoqlar qo'llaniladigan sohalarini toping?
a)  t imsollarni  anglash ,  ma’lumotlarni ishlash, tashxis qo’yish ;
b) prizmaning hajmini aniqlash;    c) dars jadvalini tuzish;
e) kvadrat tenglamani echish.
10.B ideoaxborotlarni siqsh, tez kodirovka-dekodirovkalash, sotkali tarmoqlarni va 
paketlarni marshrutlash sxemalarini optimallashtirish n eyron tarmoqlarning   
qo'llaniladigan qaysi sohasiga kiradi?
a)  Aloqa ;   b)  Internet. ;   c)  Авионика . ;   
e)  Ishlab chaqarishni avtomatlashtirish .
11. S otsiologik so’rovlarni tahlil qilish va umumlashtirish, reytinglarni tashhislashni
oldindan   aytish,   muhim   faktorlarni   ajratib   olish   n eyron   tarmoqlarning
qo'llaniladigan qaysi sohasiga kiradi?
a)  Siyosiy texnologiyalar ;  b)  Internet. ;  c)  Авионика . ;  
e)  Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari .
73 12. S haxsni anglab olish, shaxs ovozini va yuzini tanib olish, avtomobillarning tartib
raqamini tanib olish  n eyron tarmoqlarning  qo'llaniladigan qaysi sohasiga kiradi?
a)  Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari ;   b)  Aloqa ;    c)  Авионика . ;
e)  Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari .
13. E kologik va  geologik  muammolarni,  mikroiqtisodiyot  ko rsatgichlarning ʻ
o zgarishini bashoratlash  qaysi dasturiy tizim yordamida chilgan	
ʻ ?
a)  RASPOZNAVANIE ;    b)   PARK ;    c)  OBRAZ ;   e)  LOREG .
14. PARK nima?
a) dasturlarning paketlari;   b) muloqot tizim;   c) dasturlash tili;
d) xavfsizlik tizimi.
15. DISARO nima?
a) dasturlarning paketlari;   b) muloqot tizimi;   c) dasturlash tili;
d) xavfsizlik tizimi.
16.   Qanday   masalalarni   echishda   ko’proq   uch   o'lchovli   ob'ektlarni   tanishdan
foydalaniladi?
a) rasmlarga ishlov berishda;   b) qishloq xo'jaligida;  c) texnika tashhisida;
e) tibbiy tashxisda.
17.  Exspert tizimlar  ko’proq  qanday bilimlarga asoslanadi
a)   exspertlarning empirik bilimlari asosida shakllantirilgan bilimlarga ;
b) kitoblardan olingan  bilimlarga ;   c) ilmiy jurnallardan olingan  bilimlarga ;
e) gazetadan olingan  bilimlarga .
18.  Exspert tizimlar yordamida echiladigan masalalar sinfini ko’rsating ?
a)  tashxislash, anglash, boshqarish, loyihalash, bashoratlash, monitoringlash ;
b)  tashxislash, bashoratlash, uchburchak yuzini hisoblash, boshqarish ;
c)  tashxislash, kvadrat tenglamani echish, anglash, boshqarish, loyihalash ;
e)  tashxislash, bashoratlash, anglash, dars jadvalini tuzish, loyihalash ;
19.  Exspert tizimlardan foydalaniladigan faoliyat sohalarini ko’rsating  ?
a)  tibbiyot, hisoblash texnikasi, harbiy ishlar, huquqshunoslik ;
b)  tibbiyot, tashxislash, bashoratlash, iqtisod, ekologiya ;
c)  mikroelektronika, radioelektronika, anglash, boshqarish, loyihalash ;
e)  harbiy ishlar, anglash, dars jadvalini tuzish, ekologiya, geologiy ;
20. Tibbiyotda qo’llaniladigan expert tizimlarni ko’tsating ?
  a)   MYCIN, PUFF,  MODIS ;        b)  MIXER ,  MYCIN ,  ACE ;
c)  DART ,  HANNIBAL ,  PUFF ;    e)  MYCIN,  MIDAS ,  ACES ,
21. Harbiy sohada qo’llaniladigan expert tizimlarni ko’tsating ?
a)   DART ,  HANNIBAL ,  I&W ;       b)  MIXER ,  MYCIN ,  ACE ;
c)  DART ,  HANNIBAL ,  PUFF ;    e)  MYCIN,  MIDAS ,  ACES ,
22. Informatika sohasida qo’llaniladigan expert tizimlarni ko’tsating ?
a)   RUBRIC ,  CODES ,  MIXER ;      b)  DART ,  MYCIN ,  ACE ;
c)  DART ,  HANNIBAL ,  PUFF ;      e)  I&W ,  MYCIN,     ACES .
23. Sun'iy  intellektdan foydalanishning  funktsional   tuzilishi  qanday  komplekslardan
iborat?
a ) Bajaruvchi tizim, intellektual interfeys, bilimlar bazasi;
b) Foydalanuvchi, muloqot tizimi, programmalar;
c) Hisoblash, translyatorlar, axborotli qatlam;
74 e) Konseptual qatlam, bajaruvchi, izlash vositalari.
24. Dasturiy va apparat tizimining vositasi - bu?
a) intellektuzl interfeys;    b) ijro etuvchi tizim;   c) texnik tizimi;
e) muloqot tizimi.
75

Sun’iy intellektning asosiy tarkibiy qismlari va arxitekturasi Reja: 1. Sun’iy intellekt tizimlarini qurishning turli yondashuvlari. 2. Sun’iy intellekt tizimlarining tipik sxemasi va ulardan foydalanishning funksional strukturasi. 3. Sun’iy intellekt masalalarini echish va qo’llanilish sohalari . Tayanch iboralar: Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence), timsollarni anglash (pattern recognition), qaror qabul qilish (making decisions), moslashuvchan ( адаптивное ) dasturlash (adaptive programming), mashinali musiqlarni bastalash (writing machinemusic), o’rgatuvchi to’rlar (study ingonline), vetballi kontseptual o’rgatish (verbal conceptual learning), funksional struktura (functional structure), bilimlar bazasi (knowled gebase), mantiqiy (logical), strulturali (structural), evilyutsiyali (evolutionary), imitatsiyali (imitation), diling (dealings), avionika (avionics), ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (production automation), siyosiy texnologiyalar (political technologies), xavfsizlik va qo’riqlovchi tizimlar (safety and security systems), exspert tizim (expert system), tashxis (diagnostics),bashoratlash (prediction), identifikatsiya (identification), boshqarish (control), loyixalash (design), monitoring (monitoring), hisoblash texnikasi (Computer Engineering), mokroelektronika (microelectronics), radioelektronika (radionics), xuquqshunoslik (jurisprudence), iqtisod (economy), ekologiya (ecology), geologiya (geology), foydali qazilmalarni izlash (mineral exploration), intellektual interfeys (intelligent interface), MOLGEN, XCON, MYCIN, PUFF, MACSYMA, YES/MVS, DART, PROSPECTOR, POMME, ESPLAN, MODIS, ACES, ASTA , HANNIBAL, I&W, RUBRIC, CODES, MIXER, ACE, S&PCBRS, ISPMS. 1. Sun’iy intellekt tizimlarini qurishning turli yondashuvlari Sun’iy intellekt tizim(SIT)larini qurishning turli yondashuvlari oldin ham bo’lgan va hozirgi vaqtda ham mavjud [1] . Shuni ta’kidlash joizki, sun’iy intellektni to’liq quradigan tizimlar oldin ham bo’jmagan va hozirgi davrda ham mavjud emas. Shuning uchun sun’iy intellektni quradishdagi yondashuvlarning qaysi biri to’g’ri va qaysi biri noto’g’ri ekanligini aniq aytish qiyin masalaligicha qolmoqda. 1) SITlarini qurishning mantiqiy yondashuvini qaraymiz [1] . Mantiqiy model uchun asos sifatida Bul algebrasi xizmat qiladi. Har bir dasturchi IF operatorini o’rganganish jarayonida Bul algebrasi va mantiqiy operatorlar bilan tanishgan. Bul algebrasining rivojlanishi predmet belgilar, ular orasidagi munosabatlar, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlarini o’z ishiga olgan predikatlar mantiqi hisobiga kengaydi. Sun’iy intellektning har bir tizimining ishlashi asosan mantiqiy qoidalarga 61

asoslangan. Bunga misol sifatida teoremalarni isbotlashni keltirish mumkin. Teoremalarni isbotlashda boshlang’ich ma’lumotlar aksiomalar sifatida ma’lumotlar bazasida, ular orasidagi munosabatlar mantiqiy hulosalash qoidalari sifatida saqlanadi. Bundan tashqari, har bir mashinada maqsadlarni generatsiy qilish bloki mavjud bo’ladi va xulosalash tizimi ushbu maqsadlarni teoremalar ko’rinishda isbotlaydi. Mantiqiy modellar yondashvi imkoniyatlari noravshan (nechetkiy) mantiq yo’nalishning paydo bo’lishi bilan yanada kengaydi. Noravshan mantiqning mulohazalar va predikatlar mantiqidan farqli tomoni shundaki, bunda mulohazalar nafaqat ha/yo’q (bilaman-1/bilmayman-0) qiymatlar qabul qilaydi, balkim oraliq qiymatlar – o’rtacha bilaman (0.5), yaxshiroq bilaman (0.75), yomonroq bilaman (0.25) va h.k. qiymatlarni qabul qiladi. Bu yondashuv insonning fikrlash qobiliyatiga ko’proq o’xshaydi, chunki inson ko’p hollarda savollarga “ha” yoki “yo’q” deb javob bermaydi. 2) Strukturali yondashuvda [1] inson miyasining tuzilishini modellashtirish asosida SIni qurish masalalari qaraladi. Bunday modelni qurishga misol sifatida Rozenblatt pertseptronini keltirish mumkin. Ushbu pertseptronlarda modellashtiriladigan birliklar strukturasi sifatida neyronlardan foydalangan. Keyinchalik yangi “neyron tarmoqlar” modellari paydo bo’ldi. Bu modellar alohida neyronlarni qurish, ular orasidagi aloqalarning tuzilish va o’rgatish algoritmlari bilan boshqalardan farq qiladi. Bunday modellarga misol sifatida xatoliklarni teskari tarqalishiga asoslangan neyron tarmoq(NT)lar, Hopfild NTlar va stoxastik NTlarini keltirish mumkin. Shuningdek, NTlar timsollarni anglash masalalarida ham keng miqyosda qo’llanilmoqda. 3) Evolyutsion yondashuvda [1] SIni qurish masalalarida asosiy e’tibor boshlang’ich modellar va qoidalarni qurishga qaratiladi va undan keyin ular asosida SIni qurish e volyutsiyali (uzluksiz rivojlanish) shaklda rivojlanadi. Bu rivojlanish turli tipdagi usullarni o’z ichiga oluvchi yangi modellarni qo’llash bilan amalga oshiriladi. Masalan, NT lar modeli, mantiqiy qoidalar nabori va boshqa ixtiyoriy modellar bo’lishi mumkin. Bu modellar kompyuterga kiritilgandan so’ng, u usbu modellarni tekshirish asosida ular orasidan eng yaxshilarini tanlaydi va ularni generatsiya qilish natijasida yangi modellar hosil qilinadi, hosil qilingan yangi modellar orasidan eng yaxshisi tanlanadi va h.k. Shuni ta’kidalash joizki, evolyutsion modellar evolyutsion o’rgatuvchi algoritmlar ko’rinishida bo’ladi. 4) SIni qurish masalalarini echida imitatsiyali yondashuv ham keng miqiyosda qo’llaniladi [1] . By yondashuv kibernetika sohasidagi “qora quti” tushunchasi bilan uzviy bog’liq. “Qora quti” – kirish va chiqish signallarining vazifasi ma’lum bo’lgan, ichki strukturasi va mazmuni haqidagi axborotlar noma’lum bo’lgan ma’lumotlar majmuasi, dasturiy modul va qurilma. Obyektning xatti-xarakatini imitatsiy qilishni “Qora quti” misolida ko’rish mumkin. Bunda “Qora quti”ning, modelning tuzilishi va uning qanday boshqarilishi muhim emas, balki ushbu modelning o’zini tutishi boshqa vaziyatlarda ham o’zgarmasligi lozim. Shunday qilib, imitatsiyali yondashuvda – insonning boshqalardan nusxa olish qobiliyati, ya’ni boshqalar nima qilayotgan bo’lsa, xuddi ularga o’xshab bajarishni 62

amalga oshirish modellashtiriladi. Ko’p hollarda nusxa olish qobiliyati insonga biror ishni bajarishda vaqtni kam sarflashga olib keladi. SIni qurishning yuqorida keltirilgan yondashuvlari tahlilidan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, amaliy masalalarni echishda ular orasida qat’iy chegara yo’q. Amaliyotda shunday msalalar uchraydiki, ularni echishda aralash tizimlardan foydalaniladi, ya’ni ularning bir qismini echishda ma’lum bir yondashuvga mos usullardan foydalanilsa, boshda qismini echishda boshqa yondashuga mos usullardan foydalaniladi. 2. Sun’iy intellekt tizimlarining tipik sxemasi va ulardan foydalanishning funksional strukturasi Sun’iy intellekt ning tipik sxemasi ni 3.1-rasmdagidek keltirish mumkin. 3.1– rasm. Sun’iy intellekt ning tipik sxemasi. Shuningdek, SI tizimlaridan predmet sohaga, masala tipiga va foydalanuvchiga moslashish nuqtai–nazaridan foydalanishning funksional strukturasini 3.2-rasmda keltirilgan. Bu struktura uchta hisoblash vositalari majmuasidan tashkil topgan [2-4]. Birinchi majmua masalani samarali yechish nuqtai nazaridan loyihalangan dasturni bajaruvchi vositalar majmuidan tashkil topgan, ba’zi h ollarda muammoli yo’nalishga ega. Ikkinchi majmua - keng doiradagi foydalanauvchilar talablariga tez moslashuvchi strukturaga ega bo’lgan intellektli interfeys vositalari majmui. Uchinchi vositalar majmui birinchi va ikkinchi majmuaning o’zaro aloqasini ta’minlaydigan BB hisoblanadi. Bajaruvchi tizim shakllangan dasturni bajarishni ta’minlaydigan barcha vositalar majmuini birlashtiradi. Intellektual interfeys – dasturiy va instrumrntal vositalar tizimi bo’lib, foydalanuvchilar uchun ularning kasbiy faoliyatida vujudga keladigan masalalarni echishda kompyuterni qo’llashni ta’minlaydi. BB – boshqa komponentalarga nisbatan markaziy o’rinni egallaydi. Chunki BB orqali masalani yechishda ishtirok etadigan hisoblash tizimlari vositalarining birlashuvi amalga oshiriladi. 63Muloqot tizimi Mantiqiy blok EHM Bilimlar bazasiTashqi muhit Ma’lumotlar bazasi

Konseptual qatlam Axborotli qatlam Maxsus MBEchuvchi Muloqot tizimiTranslyatorlar , o’zaro m uloqotni ta’m inlovchi tizim3. Intellektual interfeys Foydalanuvchiga moslashish 2. Bilimlar bazasi Predmet sohaga moslashish Program m alar H isoblash, m antiqiy, Izlash vositalari Masala tipiga moslashish1. Bajaruvchi tizim Foydalanuvchi 3.2-rasm. SI tizimlarini qo’llashning funksional strukturasi.BBga asoslangan tizimlar quyidagi intellektual algoritmlar bazasida amalga oshiriladi: ▪ ekspert tzimlar; ▪ ney r on to’rlar; ▪ noaniq mantiq; ▪ genetik algoritmlar. 3. S un’iy intellekt ning asosiy xususiyatlari SI formallashmagan masalalar uchun mo`ljallangan, formallashgan masalalar yech imiga mo`ljallangan dasturlarni ishlab chiqishda an’anaviy yondoshuvni o`zgartirmaydi va rad etmaydi. Formallashmagan masalalar odatda quyidagi xususiyatlarga ega bo`ladi: - xatolikli, birxilliksiz, to`liqmaslik va boshlang`ich ma’lumotlarning qarama- qarshilikligi; - xatoli, muammo haqidagi bilimlarning to`liqmasligi va qarama-qarshilikligi; - y echim fazosi o`lchamining kattaligi, ya’ni yechimni izlashda birma-bir tekshirishning katta bo`lishi; - ma’lumotlar va bilimlarning dinamik o`zgaruvchanligi . Shuni ta’kidlash kerakki, formallashmagan masalalar katta va juda muhim masalalar sinfini tashkil qiladi. Ko`pchilik mutaxassislar bu masalalarni EHM da yechiladigan masalalar sinfi deb hisoblaydilar. 64

SI tizimlari qayta ishlash tizimlaridan shu bilan farq qiladiki, ularda asosan (sonli emas) belgili (simvolli) namoyish usuli, belgili xulosa va (ma’lum algoritmni bajarish emas) yechimni evristik qidirish, izlash bajariladi. SI faqat murakkab amaliy masalalarni yechishda qo`llaniladi. Yechimning sifati va samaradorli li gi borasida IT yechimlari inson – ekspert yechimlaridan qolishmaydi. IT yechimi «shaffofligi» bilan ajralib turadi, ya’ni foydalanuvchiga yechim sifatli darajada tushuntiriladi. ITning bu xususiyati o`z bilimlari asosida biror xulosaga kelish qobiliyati ning mavjudligi bilan xarakterlanadi. IT o`z bilimlarini ekspert bilan munosabatlari vaqtida to`ldirib boradi. Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda IT texnologiyasi moliya, neft va gaz sanoati, energetika, transport, farmatsevtika, ishlab chiqarish, kosmos, metallurgiya, tog`-kon ishlari, kimyo , ta’lim, sellyuza-qog`oz sanoati, telekommunikatsiya va aloqa hamda boshqa turli muammoli sohalarning turli xil tipdagi masalalarini yechish (izohlash, oldindan aytish-bashorat qilish tashxis, loyihalashtirish, konstruktsiyalash, boshqarish, tushuntirish) da ishlatiladi. SI tizim ishlab chiqaruvchilariga omad darrov kelgani yo`q. 1960—1985 yillar orasida SIning r i vojlanishi ko`plab amaliy masalarni yechish bilan bog`liq. 1985 yildan boshlab asosan (1988-1990 yillarda) birinchi navbatda ET, keyinroq ETda tabiiy til (TT) – tizimlar va neyronli tarmoqlar (NT) savdo sohalarida ham faol ishlatila boshlandi [11-1 5 ] . E’tiborni qaratish lozimki, ba’zi mutaxassislar (qoida bo`yicha, SIdagi emas, dasturlashtirishdagi mutaxassislar) SITlar kutilgan natijalarni bermaganligini ta’kidlashda davom etmoqdalar. Bu adashuvlarning sababi shundan iboratki, mualliflar ETni an’anaviy dasturlashtirishning alternativi sifatida qaraganligi, ya’ni ular ET alohida (boshqa dasturiy vositalarsiz) buyurtmachining har qanday masalasini yechib beradi degan fikrdan kelib chiqqanligidir. Ta’kidlash joizki, ETning paydo bo`lishida unda ishlatiladigan tillar spetsifikasi, sohalarni qayta ishlash texnologiyalari va ishlatiladigan qurilmalar (masalan, Lisp - mashinalar) shunday xulosa chiqarishga olib keldiki, ET va an’anaviy dasturl ash tizimlar i ni birlashtirish murakkab va bajarib bo`lmaydigan masalalar degan asosni berdi. Hozirgi kunda ETni hosil qilish uchun texnik vositalar to`liq holda an’anaviy dasturlashtirishning zamonaviy texnologik tendentsiyasiga mos holda qayta ishlanayapti. Ular ET da integrallashgan sohalar yaratishda kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etadi. SIT ni yutuqqa olib kelgan sabablar quyidagilar [11-1 5 ] . Integrallashganlik. SIning boshqa axborot vositalar (CASE, MBBT , kontrol l er, berilganlar kontsentratori va boshqalar) bilan oson integrallashadigan texnik vositalari ishlab chiqilgan. Ochiqlilik va ko`chimlilik . SI ning texnik vositalari ochiqlik va ko`chimni ta’minlaydigan standartlarni kuzatish orqali ishlab chiqiladi. An’anaviy dasturlashtirish tillari va ishchi stansiyalardan foydalanish . SI tizimlarida Lisp, Prolog va boshqa texnik vositalardan an’ a naviy dasturlashtirish tillariga( C , C ++ va boshqalar) o`tish integrallash ta’minotini qisqartirdi, EHM da operatsiya bajarish tezligini oshirdi va operativ xotira hajmini kamaytirdi. Ishchi stansiyalardan foydalanish sohalar doirasini kengaytirdi. 65