Ta’limning innovasion shakllari interfaol ta’lim
Ta’limning innovasion shakllari: interfaol ta’lim Reja: 1. Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuv. Interfaol TT mohiyati. 2. Interfaol TTni qo’llash. Interfaol TTni qo’llash jarayonida imkoniyatlari. 3. Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror topshirish shartlari. 4. Interfaol metodlar. Strategiyalar. Grafik organayzerlar.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interfaol metodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: - o‘quvchi-talabani dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etish; - o‘quvchi-talabalarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini ng doimiy ravishda bo‘lishini ta’minlashi; - o‘quvchi-talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi; - pedagog va o‘quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini ng tashkillanishi. Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o‘rganayotgan o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan AKT , kompyuter, masofali o‘qish, yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi-bu o‘qituvchi va o‘quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlar i tanlagan texnologiyalariga bog‘liq ligidadir , ya’ni o‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun
imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu lar o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u o‘quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. O‘qituvchi va o‘quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishda qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchi-talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi . SHu bilan bir qatorda, o‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonida o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, mavjud moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarni, AKT vositalarini, eng asosiysi, o‘quvchi-talabalarning imkoniyat va ehtiyojini hamda ularning hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olish qobiliyatlarini hisobga olishi kerak. SHundagina kerakli va kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘quvchi-talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak. O‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o‘qituvchiga u tomonidan bo‘lajak darsning texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchi-talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi, shuningdek, juda ko‘p metod va usullarni bilish kerak bo‘ladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari
asosida zamonaviy madaniyat va iqtisodiyotning pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqish, amaliyotga joriy etishga alohida ahamiyat berilgan. SHu jihatdan ham umumiy o‘rta ta’lim maktablarida davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ko‘zda tutilgan iqtisodiy ta’lim va iqtisodiy tarbiyani takomillashtirish, uni o‘quvchilar ongiga singdirib borib, iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muammosi dolzarbdir. CHunki har bir o‘quvchi-talaba bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan bir davrda – uni o‘rab turgan iqtisodiy voqelikni, unda kechayotgan jarayonni anglashi, tadqiq va tahlil qilib, xulosalar chiqarish imkoniga ega bo‘lishi lozim. Bu esa har bir fuqarodan iqtisodiyot nazariyasining asoslaridan xabardor bo‘lishini, uni amalda joriy qilish yo‘l va vositalarini talab darajasida o‘zlashtirishini taqozo etadi. Bu masalalar, asosan, o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tarbiyaning bosh maqsadi – yoshlarda iqtisodiy savodxonlikni, iqtisodiy ongni, iqtisodiy madaniyatni yuksaltirishdan iboratdir. Bu esa shaxsning kamol topish faoliyati vositasida aniq iqtisodga bog‘liq, nazariy bilimlar tizimini, shuningdek, iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi, o‘rganuvchining iqtisodiy ongiga bevosita ta’sir etishga imkon beruvchi bosqichlarni amalga oshirishdir. O‘quvchi-talabalar bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim jarayonida iqtisodiy bilim asoslarini o‘rganish mobaynida ularning tafakkurlari ham shakllana boradi. Ular quyidagi bilimlar majmui bo‘lib xizmat qiladi: shaxsning ehtiyoj imkoniyatlarini hisobga olib, aniq reja va dasturlar tuzib, o‘ziga xos uslub va metodlar asosida amalga oshirishda; shaxsning mustaqil faoliyatida samarali o‘rin tutadigan aniq iqtisodiy tushunchalarni; iqtisodning siyosat va bozor munosabatlari bilan bog‘liq qonuniyat asoslari va ulardan amalda foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini; mustaqil faoliyat ko‘rsatishda zarur bo‘ladigan barcha iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalar majmuini o‘zlashtirishni; hayotda qaysi sohani tanlashidan qat’i nazar, ehtiyoj darajasida iqtisodiy tayyorgarlikni o‘zida shakllantirishni; iqtisodiy bilim asoslaridan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq holda foydalana olish-shaxs barkamolligini belgilovchi axloqiy sifatlaridan biri, deb qarashni; iqtisodiy bilim asosidan xabardorlikni o‘z faoliyati davomida jamiyat va davlat iqtisodiy, huquqiy
siyosati asosida namoyon etadi. Bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda, ma’rifat va madaniyat hamda iqtisodiy sohalarga, shu jumladan, ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiy bilimlar doirasiga ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ilmiy muammo sifatida iqtisodiy yo‘nalishdagi o‘quv yurtlarida maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borishni ko‘zda tutadi. Bunda eng avvalo, quyidagilarni aniqlash lozim: - zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun ijtimoiy-pedagogik asoslar mavjudligini aniqlash; - ta’lim majmui sifatida nimani anglatishi va qanday tarkibiy qismlardan tashkil topganligini belgilash; - pedagogik texnologiyaning funksional majmui jarayon sifatida nimalardan iboratligini aniqlash; - zamonaviy pedagogik texnologiyalar «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadlariga qay darajada to‘g‘ri kelishi va uni baholash mumkinligini ko‘rsatib berish; - pedagogik texnologiyaning majmualar nazariyasining asosiy qonuniyatlariga mosligini nazoratda tutib turish yo‘l-yo‘rig‘ini ishlab chiqish. SHuni aytish lozimki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, pedagogika ilmining tadqiqot ob’ekti sifatida, aniq fanlarni o‘qitish uslubi bo‘libgina qolmay, balki ijtimoiy-iqtisodiy fanlarni o‘qitishga ham yangicha yondashuv sifatida qayd qilinishi kerak. Hozirgi kunga kelib, jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda. Biroq ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayonida umumiy taraqqiyotdan biroz orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo‘llaridan biri ta’lim-tarbiya jarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir. Rivojlangan bir qator mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanib