logo

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI 11

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

61 KB
MAVZU: TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Reja: 
1. Usul (metod) tushunchasi.   Ilmiy tadqiqot va usul.   Metodologiya tushunchasi
2.   Tadqiqot usullari tasnifi
3.   Eksperiment va uning turlari
4. Xulosa 
5. Foydalanilgan adabiyotlar  Bilish   inson   faoliyatini   bir   ko‘rinishi   bo‘lib,   shu   faoliyat   natijasida   narsa   va
hodisalar   to‘g‘risida   tasavvurlar,   obrazlar,   tushunchalar   hosil   bo‘ladi,   ularning
tizimlashgan   majmuasi   bilimda   ifodalanadi.   Tasavvur   va   tushunchalarni   bir   –   bir
bilan bog‘laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan
ruhiy jarayon tafakkurdir.
Inson   voqelikni   o‘zlashtirar   va   o‘rganar   ekan,   uning   faoliyatiga   yordam
beradigan   vositalar,   hatti-harakat   tamoyillari,   qoidalari   shakllanadi,   ya’ni   faoliyat
usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta’lim, fan sohalarida
aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi.
Shunisi   e’tiborliki,   yunon   tilida   usul   (methodos   –   tadqiqot   yo‘li,   nazariya ,
ta’limot) nazariy faoliyat qoidasi (tamoyili) ma’nosini bildirsa, arab tilidan olingan
«usul»   so‘zi   ko‘proq   amaliy   faoliyat   yo‘lini,   ya’ni,   bir   narsani   yuzaga   chiqarish,
amalga oshirish yo‘li, harakat tarzi,    tartibi ma’nolarini ifodalaydi.
Shunday   qilib,   faoliyat   mavjud   ekan,   faoliyatni   yo‘naltiradigan   usul   ham
mavjud   bo‘ladi.   Mehnat   tajribasining   umumlashmasi   bo‘lgan   muntazam
takrorlanadigan   faollik   tartibi,   qoidalari     asrlar   davomida   shakllangan.   Shu   bilan
birga   aqliy   mehnat   sohasida   ham   ixtisoslashgan   faoliyat   usullari   vujudga   kelib,
ular   bilish   va   tadqiq   qilish   usullarini   paydo   bo‘lishi   uchun   zamin   bo‘lib   xizmat
qilishgan. Usul – bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan
tushuncha,   qoida   va   tamoyillar   tizimidir.   Bunday   tizimdan   foydalanish
faoliyatimizga oqilonalik,   tartibot , yo‘nalish va energetik yutuq beradi.
Haqiqatan ham faoliyatning qaysi sohasida bo‘lmasin, usuldan foydalanish bir
qator ijobiy natijalarni beradi:
- inson faoliyatini tartiblashtiradi;
- natijaga erishish yo‘lini qisqartiradi;
- faollik yoki izlanish energiyasini tejash imkoniyatini beradi;
- samaradorlik koefitsiyentini bir necha barobar ko‘paytiradi.
Usul   faoliyat   samaradorligini   ta’minlaydigan   tizimli   qurol   ekan,   uning
unsurlari   aqliy,   amaliy   va   texnologik   amallar,   qoidalar   va   vositalardan   tashkil
topgan.   Tabiiy-ki,   ilmiy   tadqiqotda   aqliy   faoliyat   qoidalari,   tamoyillari   ustuvor
o‘rinni egallaydi.
        Tadqiqot   usulini   turi,   hislati   o‘rganilayotgan   ob’ektning   tuzilishi,   aniqrog‘i,
murakkabligi   bilan   bog‘langan.   Izlanish   ob’ekti   qanchalik   murakkab   bo‘lsa,
shunchalik   takomillashgan   bilish   shakllari   va   usullarni   tatbiq   qilishga   to‘g‘ri
keladi.
Usulda   ob’ektiv   (ob’ektni   mazmunidan   kelib   chiqish,   xossalari   va
parametrlari mavjudligini hisobga olish) va sub’ektiv (izlanish maqsadi, vositalari
va   qoidalari   mujassamlangan   yondashuv,   tizim)   tomonlar   birligi   mavjud   ekan,   u
ishlab   chiqiladi.   Shu   bois,   olimlar   har   doim   tadqiqot   usuli   masalalari   bilan
shug‘ullanishgan.
O‘yg‘onish   davrini   buyuk   olimi   G.Galiley     oldingi   asrlarda   hukm   surgan
sxolastik   ilmi   an’analarini   ko‘zda   to‘tib,   haqiqatni   izlashda   mushohadali
mulohazalarga tayanish, tan olingan obro‘li allomalar yozishgan matnlarga ixtibos
keltirish     emas,   balki   kuzatish   va   tajribaga   asoslanish   zarurligini   ta’kidlagan.   Shu
bilan   birga ,   olimni   fikricha   ob’ekt   haqida   ishonchli   bilimga   ega   bo‘lish   uchun
kuzatish   usuli   bilan   cheklanmasdan,   rezolyutiv   (tahliliy)   va   kompozitiv   (sintetik,
umumlashtiruvchi) usullarni birga qo‘shib tadqiqot olib borish kerak. Ayni   paytda   barcha   tadqiqot   sohalarigaga   tatbiq   qilinishi   mumkin   bo‘lgan
universal   izlanish   usulini   ishlab   chiqishga   qaratilgan   urinishlar   paydo   bo‘ldi.
Fransuz olimi va faylasufi R.Dekart (1596-1650) shunday usul sifatida har qanday
narsani shubha ostiga olish usulini tavsiya qildi.   Bu usulning asosiy qoidalari:
1.Ishonchli   bo‘lmagan   bilimni   haqiqat   sifatida   qabul   qilmaslik,   mulohaza
tarkibiga aniq, shubha tug‘dirmaydigan hukmlarni kiritish kerak.
2.   Tadqiqot   qilinayotgan   har   bir   muammoni   aniq   anglash   imkoniyatini
beradigan darajada qismlarga bo‘lish kerak.
3.   Predmetni   izchil,   bir   tartibda   o‘rganish,   birlamchi,   sodda   unsurlarini
aniqlashdan    murakkab xossani tadqiq qilishga    bosqichma-bosqich o‘tish lozim.
4.Natijaga   nisbatan   bo‘lgan   ishonchni   mustahkamlash   uchun   tadqiqotda
uchraydigan   ziddiyat   va   nomuvofiqliklarni   to‘la   ro‘yxatini   tuzish,   paydo
bo‘lganlarini aniqlab, bartaraf etish kerak.
Universal   tushuntirish   usuli   bo‘lishga   da’vo   qilgan   yana   bir   usullardan   biri
mexanitsizm   bo‘lib,   bu   usulga   nihoyatda   keng   ma’no   berish   asosida   barcha
narsalarning   xossalari   va   harakati   mexanik   qonuniyatlarni   amal   qilishi   bilan
belgilanadi, degan g‘oya yotadi.
XX   asrda   klassik   fanlar   paradigmasidan   noklassik   izlanish   paradigmasiga
o‘tish,qo‘llanilayotgan uslubiy yondashuvlar xilma-xilligi sharoitida universallikka
da’vo qiladigan tadqiqot usulini bo‘lishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi.
Ob’ektlarni,   shu   jumladan   inson   yaratgan   sun’iy   muhit   va   tuzilmalarni
cheksiz xilma-xilligi, izlanish predmeti doirasiga oldin ma’lum bo‘lmagan tizimlar
va   xossalarni   to‘xtovsiz   kiritilishi   uslubiy   yondashuv   plyuralizmi,   ya’ni,   tadqiqot
usullarini gorizontal va vertikal xilma-xilligi g‘oyasini qaror topishiga olib keldi.
Hox   tabiiy   fanlarda,   hox   ijtimoiy-gumanitar   fanlarda   bo‘lmasin   tadqiqot
jarayoni  va izlanish tadbirlarini turli daraja va bosqichlarga bo‘linib ketishi, hatto
bir   tadqiqot  dasturi   doirasida   induksiya  va deduksiya , analiz  va  sintez,  analogiya,
mavhumlashtirish   va   boshqa   usullarni   izchil   tatbiq   qilish   zaruriyatini   taqozo
etmoqda. Ko‘rinib   turibdiki,   tadqiqot   va   usul   o‘rtasida   uzviy   bog‘lanish   mavjud.
Tadqiqot  yangi  xossalar,  hodisalar  va   qonuniyatlarni  ochadi,  ularni  ifodalaydigan
g‘oyalar,   tushunchalar,   tamoyillar   ishlab   chiqiladi.   Keyingi   tadqiqotlarda   bu
tushunchalar   va   tamoyillar   uslubiy   qoida,   tushuntirish   usuli   rolini   o‘ynaydi.
Masalan, 1924 yilda fransuz olimi Lui de Broyl atom fizikasi  yo‘nalishi bo‘yicha
o‘tkazilagan   tadqiqotlar   natijasini   umumlashtirib   elementar   zarrachalarning
korpuskulyar   –   to‘lqin   dualizmi   g‘oyasini   olg‘a   surdi.   Aniqlanishicha,   har   bir
elementar   zarracha   ayni   vaqtda   ham   korpuskulyar   (modda),   ham   to‘lqinli
(maydon) xossasiga ega.
Korpuskulyar   –   to‘lqin   dualizmini   har   tomonlama   tahlil   qilib ,   nemis   olimi
V.Geyzenberg   1927   yilda   nomuayanlik   tamoyilini   ishlab   chiqdi.   Tamoyilning
mazmuni   shunday   iboratki,   mikrozarracha   bo‘lgan   elektronni   koordinatasi   va
impulsini bir vaqtda baravariga o‘lchash, aniqlash mumkin emas.
  Elektronning   fazoviy   koordinatasini   aniqlash   ayni   vaqtda   impulsning
qiymatini   topishni   imkonsiz   qiladi   va   aksincha,   impulsning   qiymatini   har   qancha
aniqlik bilan topilsada elektronning fazoviy koordinatasini aniq belgilash mumkin
emas.
Gap   asbob-uskuna   yoki   matematik   hisoblash   usulini   kamchiligida   emas.
Elektron ikki xil, o‘zaro ziddiyatli xossaga – zarracha va to‘lqinli hislatga ega. Shu
bois,   ayni   vaqtda   elektronning   (shu   jumladan   boshqa   mikrozarrachalarning)   ham
impulsi,   ham   fazoviy   koordinatalari   qiymatini   baravariga   aniq   belgilash,yuqorida
qayd qilinganidek, mumkin emas.
Geyzenberg   kashf   etgan   nomuayanlik   tamoyili   yadro   fizikasida   usul
darajasiga   ko‘tarilib,   unga   ko‘ra   tadqiqot   natijalarini   qayd   qilishda   koordinata   va
impuls   qiymatlari   faqat   bir-birini   to‘ldirishi   mumkinligini   hisobga   olish   talab
qilinadi.Tadqiqot   usuli   izlanish   samaradorligini   ko‘taradigan   muhim   omildir.
Shuning   uchun   tadqiqot   dasturi   ishlab   chiqilganda   tatbiq   qilinadigan   usullar,
ularning izlanish ob’ekti va predmetiga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqot   usullarini  tanlashda   bir   qator   metodologik talablarni  inobatga  olish
lozim: -   izlanish predmeti , maqsadi va vazifalarini belgilash;
-   o‘rganilayotgan   ob’ektning   sifat   va   miqdoriy   xususiyatlarini     aniqlab
tadqiqot strategiyasini tuzish;
- izlanishda tatbiq qilinadigan har bir usulni o‘rni va funksiyalarini belgilash;
-   tadqiqot   usullaridan   foydalanish   tartibini   ishlab   chiqish   kabi   qoidalar
bajariladi.
Tadqiqot   usuli   ob’ektga   berilgan   savolga   javob   olish   vositasidir.   Javoblar
miqdor,   qiymat,   koeffitsiyent,   model,   umumlashma,   xulosa,   tushuncha   shaklida
ifodalandi. Natijada ob’ekt, uning xossalari  va qonuniyatlari haqida aniq, konkret
tasavvur   hosil   qilamiz,   nazariy,   amaliy,   texnolgogik   tavsiya   va   loyihalar   ishlab
chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
        Fanlararo tadqiqot metodlari- asosan  fan sohalari tutashgan joyda amal 
qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida 
yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrative usullar majmui.  Mazkur metod-
lar kompleks ilmiy dasturlami amalga   oshirishda keng foydalaniladi.
Boshqa bir guruh olimlar ilmiy tadqiqotlaming mavzularini tanlash erkinligi
hech   bo‘lmasa   ulaming   qimmatligi   tufayli   cheklanishi   lozim,   deb   hisoblaydilar.
Jamiyat  olimlarga o‘z qiziqishlarini qondirish uchun jamoatning ko‘p miqdordagi
mablag‘larini   sarflash   imkoniyatini   bera   olmaydi.   Ammo   eng   muhimi   -   fanda
insoniylikka   va   axloqiy   me’yorlarga   zid   bo‘lgan   tadqiqot   metodlari   va   vositalari
taqiqlanishi,   oqibatlari   insoniyatning   mavjudligiga   biron-bir   tarzda   tahdid
soladigan,
ekologik, ijtimoiy, genetik va boshqa xil halokatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan
eksperimentlar yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan bir hol deb e’tirof etilishi lozim.
Umumiy   mulohazalardan   kelib   chiqib,   olimlarda   ilmiy   tadqiqotlaming   cheksiz
erkinligi   bo‘lishi   mumkin   emasligini   (va   hech   qachon   bo‘lmaganligini   ham)   tan
olish   zarur.   Umummadaniy,   eng   avvalo,   axloqiy   qadriyatlar   fanni   rivojlantirish
manfaatlaridan   ustun   turadi.   Odamlar   qo‘liga   tabiatga   va   insonning   o‘ziga   ta’sir
ko‘rsatishning   ilgari   olimlar   hatto   orzu   qilishlari   ham   mumkin   bo‘lmagan   o‘ta
qudratli vositalarini beruvchi hozirgi zamon fani uchun esa bu, ayniqsa, muhimdir. Ilmiy   tadqiqot   erkinligi   insoniyatning   mavjudligi   uchun   xavfli   bo‘lgan   ilmiy
eksperimentlarga   tatbiq   etilishi,   hech   shubhasiz,   mumkin   emas.   Bu   sog‘lom
fikrlovchi odamlar, shu jumladan, fan odamlarida ham e’tiroz uyg‘otmasa kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Umummetodologik adabiyotlar
1. Karimov LA. Asarlar to‘plami.l-21-jildlar. -  Т .:  ≪ 0‘zbekiston ≫ , 1996-2013.
2.   Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   -   yengilmas   kuch.   -   Т .:     ≪ Ma’naviyat ≫ ,
2008.         79-b.
3.   Karimov   LA.   0   ‘zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida.   -   Т .:
≪ 0‘zbekiston ≫ , 2012. -440-b.
4. Аристотель. Сочинения. В 4 т., т. 4. - М.: Мысль, 1983, 376-644 с.
5.   Ал-Хоразми   Мухаммад   ибн   Муса.   Математические   трактаты.   -   Ташкент:
Фан, 1983, 225с.
6.   Абу   Али   Ибн   Сина.   Избранное   в   2-х   томах   .   Восточная   философия   (ал-
Хикма   ал   -   машрикийа).   Руководство   по   философии   (   Китаб   ал   -   хидая).
Трактат   об   определениях   (ар-Рисала   фи-л-   худуд)   Трактат   об   этике   (ар-
Рисала фи-л-ахлак). -Душанбе, Ашгабат: Культурный центр Посольства ИРИ
вТуркменистане, 2003,185 с.
7. Абдуллаева М., Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки.
- Т.: Отдел Института философии и права им. И . М . Муминова   АН   РУз , 2006,
5 с .
8.   Aripov   М .   Informatika   va   hisoblash   texnikasi   asoslari   - Т .:   Universitet,   2001,
306b.
  9.   Azizqulov   A.A.   Ilmiy   ijodiyotida   ratsionallik   va   noratsionallik:   konseptual
tahliliy   yondashuvlar:   Dis.   ...   Fal.   fan.   nom.;   0‘zR   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta'lim
vazirligi,   Alisher   Navoiy   nomidagi   Samarqand   Davlat   un-ti.   -   Samarqand,   2007,
146-b.

MAVZU: TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI Reja: 1. Usul (metod) tushunchasi. Ilmiy tadqiqot va usul. Metodologiya tushunchasi 2. Tadqiqot usullari tasnifi 3. Eksperiment va uning turlari 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar

Bilish inson faoliyatini bir ko‘rinishi bo‘lib, shu faoliyat natijasida narsa va hodisalar to‘g‘risida tasavvurlar, obrazlar, tushunchalar hosil bo‘ladi, ularning tizimlashgan majmuasi bilimda ifodalanadi. Tasavvur va tushunchalarni bir – bir bilan bog‘laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan ruhiy jarayon tafakkurdir. Inson voqelikni o‘zlashtirar va o‘rganar ekan, uning faoliyatiga yordam beradigan vositalar, hatti-harakat tamoyillari, qoidalari shakllanadi, ya’ni faoliyat usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta’lim, fan sohalarida aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi. Shunisi e’tiborliki, yunon tilida usul (methodos – tadqiqot yo‘li, nazariya , ta’limot) nazariy faoliyat qoidasi (tamoyili) ma’nosini bildirsa, arab tilidan olingan «usul» so‘zi ko‘proq amaliy faoliyat yo‘lini, ya’ni, bir narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo‘li, harakat tarzi, tartibi ma’nolarini ifodalaydi. Shunday qilib, faoliyat mavjud ekan, faoliyatni yo‘naltiradigan usul ham mavjud bo‘ladi. Mehnat tajribasining umumlashmasi bo‘lgan muntazam takrorlanadigan faollik tartibi, qoidalari asrlar davomida shakllangan. Shu bilan birga aqliy mehnat sohasida ham ixtisoslashgan faoliyat usullari vujudga kelib, ular bilish va tadqiq qilish usullarini paydo bo‘lishi uchun zamin bo‘lib xizmat qilishgan.

Usul – bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan tushuncha, qoida va tamoyillar tizimidir. Bunday tizimdan foydalanish faoliyatimizga oqilonalik, tartibot , yo‘nalish va energetik yutuq beradi. Haqiqatan ham faoliyatning qaysi sohasida bo‘lmasin, usuldan foydalanish bir qator ijobiy natijalarni beradi: - inson faoliyatini tartiblashtiradi; - natijaga erishish yo‘lini qisqartiradi; - faollik yoki izlanish energiyasini tejash imkoniyatini beradi; - samaradorlik koefitsiyentini bir necha barobar ko‘paytiradi. Usul faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan tizimli qurol ekan, uning unsurlari aqliy, amaliy va texnologik amallar, qoidalar va vositalardan tashkil topgan. Tabiiy-ki, ilmiy tadqiqotda aqliy faoliyat qoidalari, tamoyillari ustuvor o‘rinni egallaydi. Tadqiqot usulini turi, hislati o‘rganilayotgan ob’ektning tuzilishi, aniqrog‘i, murakkabligi bilan bog‘langan. Izlanish ob’ekti qanchalik murakkab bo‘lsa, shunchalik takomillashgan bilish shakllari va usullarni tatbiq qilishga to‘g‘ri keladi. Usulda ob’ektiv (ob’ektni mazmunidan kelib chiqish, xossalari va parametrlari mavjudligini hisobga olish) va sub’ektiv (izlanish maqsadi, vositalari va qoidalari mujassamlangan yondashuv, tizim) tomonlar birligi mavjud ekan, u ishlab chiqiladi. Shu bois, olimlar har doim tadqiqot usuli masalalari bilan shug‘ullanishgan. O‘yg‘onish davrini buyuk olimi G.Galiley oldingi asrlarda hukm surgan sxolastik ilmi an’analarini ko‘zda to‘tib, haqiqatni izlashda mushohadali mulohazalarga tayanish, tan olingan obro‘li allomalar yozishgan matnlarga ixtibos keltirish emas, balki kuzatish va tajribaga asoslanish zarurligini ta’kidlagan. Shu bilan birga , olimni fikricha ob’ekt haqida ishonchli bilimga ega bo‘lish uchun kuzatish usuli bilan cheklanmasdan, rezolyutiv (tahliliy) va kompozitiv (sintetik, umumlashtiruvchi) usullarni birga qo‘shib tadqiqot olib borish kerak.

Ayni paytda barcha tadqiqot sohalarigaga tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan universal izlanish usulini ishlab chiqishga qaratilgan urinishlar paydo bo‘ldi. Fransuz olimi va faylasufi R.Dekart (1596-1650) shunday usul sifatida har qanday narsani shubha ostiga olish usulini tavsiya qildi. Bu usulning asosiy qoidalari: 1.Ishonchli bo‘lmagan bilimni haqiqat sifatida qabul qilmaslik, mulohaza tarkibiga aniq, shubha tug‘dirmaydigan hukmlarni kiritish kerak. 2. Tadqiqot qilinayotgan har bir muammoni aniq anglash imkoniyatini beradigan darajada qismlarga bo‘lish kerak. 3. Predmetni izchil, bir tartibda o‘rganish, birlamchi, sodda unsurlarini aniqlashdan murakkab xossani tadqiq qilishga bosqichma-bosqich o‘tish lozim. 4.Natijaga nisbatan bo‘lgan ishonchni mustahkamlash uchun tadqiqotda uchraydigan ziddiyat va nomuvofiqliklarni to‘la ro‘yxatini tuzish, paydo bo‘lganlarini aniqlab, bartaraf etish kerak. Universal tushuntirish usuli bo‘lishga da’vo qilgan yana bir usullardan biri mexanitsizm bo‘lib, bu usulga nihoyatda keng ma’no berish asosida barcha narsalarning xossalari va harakati mexanik qonuniyatlarni amal qilishi bilan belgilanadi, degan g‘oya yotadi. XX asrda klassik fanlar paradigmasidan noklassik izlanish paradigmasiga o‘tish,qo‘llanilayotgan uslubiy yondashuvlar xilma-xilligi sharoitida universallikka da’vo qiladigan tadqiqot usulini bo‘lishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi. Ob’ektlarni, shu jumladan inson yaratgan sun’iy muhit va tuzilmalarni cheksiz xilma-xilligi, izlanish predmeti doirasiga oldin ma’lum bo‘lmagan tizimlar va xossalarni to‘xtovsiz kiritilishi uslubiy yondashuv plyuralizmi, ya’ni, tadqiqot usullarini gorizontal va vertikal xilma-xilligi g‘oyasini qaror topishiga olib keldi. Hox tabiiy fanlarda, hox ijtimoiy-gumanitar fanlarda bo‘lmasin tadqiqot jarayoni va izlanish tadbirlarini turli daraja va bosqichlarga bo‘linib ketishi, hatto bir tadqiqot dasturi doirasida induksiya va deduksiya , analiz va sintez, analogiya, mavhumlashtirish va boshqa usullarni izchil tatbiq qilish zaruriyatini taqozo etmoqda.

Ko‘rinib turibdiki, tadqiqot va usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud. Tadqiqot yangi xossalar, hodisalar va qonuniyatlarni ochadi, ularni ifodalaydigan g‘oyalar, tushunchalar, tamoyillar ishlab chiqiladi. Keyingi tadqiqotlarda bu tushunchalar va tamoyillar uslubiy qoida, tushuntirish usuli rolini o‘ynaydi. Masalan, 1924 yilda fransuz olimi Lui de Broyl atom fizikasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilagan tadqiqotlar natijasini umumlashtirib elementar zarrachalarning korpuskulyar – to‘lqin dualizmi g‘oyasini olg‘a surdi. Aniqlanishicha, har bir elementar zarracha ayni vaqtda ham korpuskulyar (modda), ham to‘lqinli (maydon) xossasiga ega. Korpuskulyar – to‘lqin dualizmini har tomonlama tahlil qilib , nemis olimi V.Geyzenberg 1927 yilda nomuayanlik tamoyilini ishlab chiqdi. Tamoyilning mazmuni shunday iboratki, mikrozarracha bo‘lgan elektronni koordinatasi va impulsini bir vaqtda baravariga o‘lchash, aniqlash mumkin emas. Elektronning fazoviy koordinatasini aniqlash ayni vaqtda impulsning qiymatini topishni imkonsiz qiladi va aksincha, impulsning qiymatini har qancha aniqlik bilan topilsada elektronning fazoviy koordinatasini aniq belgilash mumkin emas. Gap asbob-uskuna yoki matematik hisoblash usulini kamchiligida emas. Elektron ikki xil, o‘zaro ziddiyatli xossaga – zarracha va to‘lqinli hislatga ega. Shu bois, ayni vaqtda elektronning (shu jumladan boshqa mikrozarrachalarning) ham impulsi, ham fazoviy koordinatalari qiymatini baravariga aniq belgilash,yuqorida qayd qilinganidek, mumkin emas. Geyzenberg kashf etgan nomuayanlik tamoyili yadro fizikasida usul darajasiga ko‘tarilib, unga ko‘ra tadqiqot natijalarini qayd qilishda koordinata va impuls qiymatlari faqat bir-birini to‘ldirishi mumkinligini hisobga olish talab qilinadi.Tadqiqot usuli izlanish samaradorligini ko‘taradigan muhim omildir. Shuning uchun tadqiqot dasturi ishlab chiqilganda tatbiq qilinadigan usullar, ularning izlanish ob’ekti va predmetiga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot usullarini tanlashda bir qator metodologik talablarni inobatga olish lozim: