TAFAKKUR





































MAVZU: TAFAKKUR Reja: 1. Tafakkur haqida tushuncha 2. Tafakkurning nerv-fiziologik asosi 3. Tafakkur operasiyalari 4. Tafakkur shakllari 5. Tafakkur turlari 6. Tafakkur sifatlari 7. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar
1. Tafakkur haqida tushuncha Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o’ynaydi. Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi" deb ta'riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan. M.V.Gamezo tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta'kidlaydi. Dunyoni bilish Bevosita - sezish, idrok Bavosita tafakkurtasavvur
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir". V.V.Bogoslovskiy taqriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta'rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.Platonov darsliklarida ham uchraydi. Keltirilgan ta'riflar orasida O.K.Tixomirovning darsligidagi ta'rif nisbatan to’liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: "Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir". Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta'riflar mavjuddir. Ularning ayrimlariga tavsifnoma berib o’tamiz. S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir. Muallif tafakkur operasiyalari shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub'ekt faolligining paydo bo’lishi deb ataydi. A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning tuzilishi, fikr yuritish motivasiyasi to’g’risidagi nazariy metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi. P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur -bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya'ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif
psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub'ektning tafakkuriga orientirovka qilish jarayonini o’rganishga asoslanadi deb tushuntiradi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jihatlarini o’zining aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi. A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta'kidlab o’tiladi. 2. Tafakkurning nerv-fiziologik asosi Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo’ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po’stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o’rtasida vujudga keladigan murakkab bog’lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya po’stidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bog’lanib ketganligi sababli mazkur bog’lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o’tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog’lanishlari birinchi signal tizimidagi bog’lanishlarga tayanadi. I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o’zaro o’tkazish jarayonida hozir bo’ladi, deb ta'kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o’zaro ta'sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o’z tevaragidagi olamni va uning o’zini bilish uchun oliy qurol bo’lgan oliy tafakkur voq'e bo’ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos bo’lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o’ynaydi. Akademik I.P.Pavlov ta'kidlaganidek, "avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni va insonning o’zini ham bilish uchun oliy qurol bo’lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir". 3. Tafakkur operasiyalari
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to’g’risidagi o’z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob'ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o’zi idrok qilayotgan narsalar to’g’risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to’g’risida fikr qiladi, ya'ni bular tafakkurning ob'ekti bo’ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo’lishi mumkin emas. Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir. Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob'ektlari amalda ajratib bo’lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo’lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta'kidlashicha, maymunning yong’oqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich, oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko’rish mumkin. Muammoli vaziyatlarni yechish usullari Hukm Xulosa chiqarish Tu shuncha Mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlar tizimini tashkil qilishTafakkurning mahsuldorligi Xayolning mahsuldorligi xissiyot va emotsiy aSintezAnaliz Taqqoslash Umumlashtirish Tipiklashtirish Agglyutinasiya Giperbolizasiya Sxemalashtirish Sxemalashtirish Sxemalashtirish Amaliy faoliyatmuammoli vaziyat aniq l anmagan muammoli vazyat tafakkur Xayol