logo

Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy kadriyatlari Jamiyat va tarix falsafasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

84.7314453125 KB
Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy kadriyatlari
Jamiyat va tarix falsafasi
                       Reja:
1.Jamiyat va tarixning uzgaruvchanlig ining  falsafiy jixatlari.
Tarix falsafasining    tuzilishi    va    funksiyalari     Tarixga    formapion    va
sivilizatsion yondashuvlar. 
2.Jamiyat   rivojlanuvchi   tizim   sifatida.   Ijtimoiy   xayot   sferalari.   Jamiyatning
siyosiy xayotida davlatning urni  va  roli. Demokratik davlat  va  fukarolik jamiyatida
nodavlat tashkilotlarning tutgan urni.
3.Sivilizatsiya tushunchasining taxlili  va  turli yondashuvlar
tasnifi   Sivilizatsiya   rivojining   asosiy   boskichlari.   "Madaniyat"   tushunchasi,
uning moxiyati, strukturasi  va  funksiyalari 
4.Shark   vaGarbmadaniyatlarining   uzaro   bir-biriga   ta’siri.               Jaxon
sivilizatsiyasi tarixida Shark madaniyatining urni  va  uni urganishning axamiyati
5. Kadriyat   tushunchasining   tavsifi   va   moxiyati.   Moddiy   va   ma’naviy
kadriyatlarning uzaro alokador.
6.  Extiyojlar  va  kadriyatlar mutanosibligi Kadrlilik  va  kadrsizlanish, ularning
ijtimoiy xarakteri. Insoniyat   azal-azaldan   jamoa   bo‘lib   yashaydi.   Ye r   sayyorasi   uning   abadiy
makoni,   umumiy   Vatanidir.   Quyosh   tizimidagi   ana   shu   mitti   sayyorada
yashayotgan   odamlar   oilasini   jamiyat   deb   atash   odat   tusiga   kirgan.   Demak,
umumbashariy   ma’noda   jamiyat   odamzodning   umri,   hayoti   o‘tgan   hamma   davri,
joy va hududi bilan bog‘liq barcha o‘zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan
birga,   biror   davlat   xududidagi   odamlar   hayoti,   sivilizasiyaning   muayyan
davrlaridagi   turmushga   nisbatan   ham   ushbu   tushuncha   qo‘llanadi.   Har   qanday
holda   ham,   u   umumiy   tushuncha   bo‘lib,   ayrim   odam   va   alohida   shaxs   jamiyat
a’zosi deb ataladi. 
Tilimizdagi   jam,   jamoat   va   jamiyat   degan   so‘zlar   bor.   Barchasining   o‘zaro
yig‘ilgan,   to‘plangan   degan   ma’noni   bildiruvchi   jam   iborasidir.   Masalan:   jamoat
jam.   Odamlar   jam   bo‘lishdi.   Jami   –   o‘n   nafar.   Shuningdek,   jam   so‘zi   qo‘shuv
ma’nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq aholisini, biror
muassasa,   tashkilot   yoki   korxona   ahlini   bildiradi,   ya’ni   bir   joyning   bir   guruh
kishilari deganidir.
Jamoa   atamasi   ma’nosi   jihatidan   jamoatdan   farqlanadi.   Jamoatda   turli
qarashdagi   kishilar   bo‘lsa,   jamoada   esa   bir   maqsad,   bir   xil   manfaat   yo‘lida   jam
bo‘lgan   kishilar   tushuniladi.   Masalan,   jamoat   deganda   bir   masjidda   namoz
o‘quvchi   hammahalla,   hamqishloq   kishilar   nazarda   tutiladi.   Jamoat   so‘zining
jamoatchilik, adabiy jamoatchilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo.
Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakklanadigan
ijtimoiy   munosabatlar   majmuidir.   Ijtimoiy   munosabatlar   ichida   eng   asosiysi,
siyosiy   va   huquqiy   ustqurma   uchun   haqiqiy   bazis   bo‘ladigan,   ijtimoiy   ong
shakllarini   belgilaydigan   munosabatlar   –   iqtisodiy   munosabatlardir.   To‘g‘ri,
jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir. 1
Jamiyat  ijtimoiy mehnat  taqsimoti  asosida  shuurga-ongga  til  va nutqqa  ega
bo‘lgan,   bir-birlarining   ijtimoiy   yordami,   ko‘magiga   ehtiyoj   sezuvchi   insonlar
ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir. 
1
 Қаранг: Иброҳимов А., Султонов Х.,Жњраев Н. Ватан туйғуси. Т., 1996 й., 94-бет. Jamiyat   –   tabiatning   bir   qismi,   ya’ni   ijtimoiy   borliqg‘   bo‘lib,   odamlar
uyushmasining   maxsus   shakli   ,kishilar   o‘rtasida   amal   qiladigan   juda   ko‘plab
munosabatlar yig‘indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda
rivojlanuvchi   takomillashib   boruvchi   murakkab   tizimdir.   Har   bir   yangi   davrda
jamiyat   mohiyatini   bilish   zarurati   vujudga   keldadi.   Milliy   mustaqillik   tufayli
jamiyat   mohiyatini   yangicha   idrok   etish   ehtiyoji   paydo   bo‘ldi.   Prezident   Islom
Karimovning   qator   asarlarida   jamiyat   mohiyatini   yangicha   tushunishning   uslubiy
asoslari   yaratildi.   Jamiyat   moddiy   va   ma’naviy   omillar   birligidan   iborat.   Hozirga
qadar   adabiyotlarda   moddiy   va   ma’naviy   hayot   bir-biridan   keskin   farqlanar   edi.
Holbuki, jamiyatning tub mohiyati  uni  tashkil  etuvchi inson mohiyati  bilan uzviy
bog‘liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo‘lmagani singari, jamiyatning
moddiy   va   ma’naviy   jihatlarini   ham   bir-biridan   ajratish   va   ularning   birini
ikkinchisidan   ustun   qo‘yish   mantiqqa   ziddir.   Insonning   moddiy   ehtiyojlari   oziq-
ovqatlar,   kiyim-kechak,   uy-joy,   transport   vositalari,   o‘zini   himoyalash,   zurriyot
qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o‘zlini angalsh,
dunyoqarash,   donishmandlikka   intilish,   bilim,   san’at,   g‘oya,   mafkura,   go‘zallik
bilan, ma’naviy kamolot yo‘lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy
ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson aqlli
mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini  madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat
va   jamiyat   mohiyatini   bilishga,   moddiy   va   ma’naviy   olamni   uyg‘unlashtirishga,
tabiat   va   jamiyatni   o‘z   maqsadlariga   mos   ravishda   o‘zgartirishga   harakat   qiladi.
Ilm – fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli,
muhim   vositasi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Inson   yuksak   ma’naviyat   tufayligina   o‘z
ehtiyojlarini   madaniy   shakllarda   oqilona   va   to‘liqona   qondirish   imkoniga   ega
bo‘ladi. 
Mamlakatimizda   ma’naviyat   masalalariga   alohida   e’tibor   berilayotganining
sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy   hayoti   kishilarning
moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liq holda vujudga keldi. Jamiyat   ham   makro   va   mikro   jismlar   kabi   o‘z-o‘zini   tashkillovchi     va
boshqaruvchi   tizimdir.   Binobarin,   bu   tizim   muayyan   qonunlar   asosida   mavjud
bo‘ladi va takomillashib boradi. 
Ikki jins yakkanikohlikka asoslangan oila shaklida yashashga o‘tishi, urug‘,
qabila,   elat   (xalq,   millatlarning   vujudga   kelishi   va   shu   birliklarda   o‘z   moddiy   va
ma’naviy ehtiyojlarini qondirishlari qonuniy jarayonlardir. Jamiyat taraqqiyotining
muayyan   bosqichida   davlatlarning   kelib   chiqishi,   mulkiy   munosabatlar,   ishlab
chiqarish   munosabatlari,   har   bir   jamiyatning   o‘z   bazis   va   ustqurmasi   bo‘lishi,
bozor   iqtisodi   munosabatlari,   (bularning   iqtisod   nazariyasi   va   sosiologiya   fanlari
batafsil  o‘rganadi)  – ana shu  ijtimoiy hodisalar  albatta ijtimoiy qonunlar  ta’sirida
tarixan o‘z-o‘zidan shakllangan. 
Jamiyat   qonunlarining   amal   qilishi   odamlar   va   ular   uyushmalarining   ongli
faoliyati bilan bog‘lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va
xususiy   (juz’iy)   qonunlar   tipologiyasiga   ajratish   mumkin.   Falsafa   qonunlar   va
kategoriyalarida   o‘z   ifodasini   topgan   o‘zaro   aloqadorliklar,   bog‘lanishlar   ijtimoiy
hayotda ham namoyon bo‘ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar,
tamoyillarni   bilish   jamiyatni   ilmiy   boshqarish   imkoniyatini   tug‘diradi.   Insoniyat
tarixiy   takomilida,   sosial,   ealtlar,   millatlar   hayotida   o‘xshash   shart-sharoitlarda
birdek   amal   qiladigan   qonunlarni   umumiy   qonunlar   deb  atash   mumkin.   Masalan,
moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o‘rtasidagi mutanosiblik
qonuni   bozor   munosabatlarining   ikki   tomni   o‘rtasidagi   yoki   ehtiyojlar   bilan
manfaatlar o‘rtasidagi munosabatlarni anglatadi. 
Muayyan   jamiyat   taraqqiyoti   va   tanazzulining   aniq   bir   bosqichlari,   holati
to‘g‘risida   ravshan   tasavvurga   ega   bo‘lish   uchun   xususiy   (juz’iy)   ijtimoiy
qonunlarni   ham   anglab   olish   zarur.   Bunday   qonunlarning   amal   qilish   darajasi
malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat
ayrim   bosqichlarigagina   xos   aloqadorliklarni   ifodasi   bilan   farqlanadi.   Masalan,
sobiq   Sho‘rolar   davrida   amal   qilgan   planli   proporsional   deb   atalgan   qonunning
harakati   yo‘li   shu   davlat   tugashi   bilan   to‘sib   qo‘yildi.   Yoki   talab   va   taklif
o‘rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy qonunlar   O‘zbekiston   sharoitida   o‘ziga   xos,   betakror   amal   qilishi   u   qonunlarga
xususiylik baxsh etadi. Prezident Islom Karimov asos solgan O‘zbekistonda bozor
iqtisodiga   o‘tishning   besh   tamoyili   barcha   qonunlarning   amal   qilishiga   o‘ziga
xoslik baxsh etadi. Umuman olganda, eng umumiy, umumiy, xususiy qonunlar bir-
biri   bilan   dialektik   aloqadorlikda   bo‘lib,   ular   bir-birini   ham   iqror   qiladi,   ham
istisno etadi. 2
Falsafiy   tafakkur   tarixida   jamiyatning   mohiyati   va   rivojlanishiga   oid   turli
nazariyalar mavjud. Bizlarga ma’lumki, jamiyat hayotidagi qarashlar juda qadimgi
davrlardayoq maydonga kelgan qadimgi Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi «Avesto» da, Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo
etishni   olg‘a   surgan,   shunday   jamiyatdagi   davlat   ideal   davlat   deb   ta’kidlangan.
Qadimgi   turk   mifologiyasida   ham   adolatli,   faravon   jamiyat   va   davlat   haqida
e’tiborga   sazavor   qarashlar   mavjud.   Qadimgi   yunon   faylasufi   Aflotun
takomillashgan   kishilik   jamiyatini,   ideal   davlatni   barpo   qilish,   lozim   deb
hisoblagan.   Markaziy   Osiyodan   yetishib   chiqqan   Abu   Nasr   Forobiy   o‘zining
«Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi, maqsadi va vazifalari
haqida   ta’limot   yaratgan.   Abu   Rayxon   Beruniy,   Abu   Ali   Ibn   Sino   kabi
mutafakkirlar   kishilik   jamiyati   paydo   bo‘lishi   sabablarini   insonning   boshqa
mavjudotlarga   nisbatan   ojizligi   birdamlik   hissining   rivojlanganligi   bilan
izohlaganlar.
Falsafiy   tafakkur   tarixida   jamiyatning   mohiyati   va   rivojlanishiga   oid   turli
nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant jamiyatning vujudga kelishini
axloqning   shakllanishi   bilan   izohlagan.   G.Gegel   esa   jamiyatning   shakllanishi   va
rivojlanishi   sabablarini   mutlaq   ruhning   rivojlanishi   bilan,   L.Feserbax   din   bilan
bog‘langan,   ijtimoiy   taraqqiyot   sabablarini   diniy   ong   taraqqiyotidan   izlagan.
Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy
taraqqiyotining   uch   bosqichi   (geologiya,   metafizik,   pozitiv   bosqichlar)   bilan
izohlagan. K.Markas jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy
o‘zgarishlar   bilan   bog‘lagan,   barcha   ijtimoiy   hodisa   va   jarayonlarni   sinfiy   nuqtai
2
 Қаранг: Каримов И. Фалсафа фанидан ваъз (лекция) матнлари. Тошкент, 2003 йил, 115-116-бетлар. nazardan   tushuntirgan.   Ijtimoiy   ziddiyatlarni   sun’iy   ravishda   mutlaqlashtirgan   va
ziddiyatlarni   hal   etishning   asosiy   usuli   sifatida   ijtimoiy   inqilobni   amalga
oshirishni,   mulkdorlar   sinfini   tugatishni   taklif   etgan.   Ijtimoiy   amaliyot   bunday
nazariyaning bir yoqlama ekanini ko‘rsatadi. 
Jamiyat   taraqqiyoti   ko‘p   bosqichli   jarayon   ekani   to‘g‘risidagi   qarashlar
AQSh   faylasufi   O.Toffler   tomonidan   ilgari   surilgan.   Bunday   qarashga   ko‘ra,
jamiyatlar   taraqqiyotiga   binoan   agrar   jamiyat,   industrial   jamiyat,   postindustrial
jamiyatga   ajratilgan.   Adabiyotlarda   jamiyat   taraqqiyoti   borasida   sivilizasiyali
yondashuv   g‘oyasi   ilgari   surilmoqda.   Bunday   yondashuvga   ko‘ra,   har   bir   xalq
o‘zining betakror, noyob, o‘ziga xos va o‘ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan
holda,   boshqa   xalqlar   tajribalaridan   ijodiy   foydalanish   orqali   ijtimoiy
taraqqiyotning o‘ziga xos modelini yaratadi. 
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o‘z oldiga
qo‘ygan   maqsadlariga   erishish   uchun   osoyishtalik   va   tinchlikka   muhtoj   bo‘lgani
kabi jamiyat ham o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikka   ehtiyoj   sezadi.   Barqarorlik   –   jamiyat   taraqqiyotining   tadrijiy
rivojlanishi,   ijtimoiy   tizimning   muayyan   darajadagi   bir   tekis   faoliyat   ko‘rsatish
imkoniyatidir.   U   turg‘unlik   tushunchasidan   keskin   farqlanadi.   Ijtimoiy-siyosiy
turg‘unlik   tushunchasi   jamiyatdagi   mavjud   siyosiy,   ma’naviy   tizimning   tanazzuli
alomatidir. 
Jamiyatda   barqarorlik   beqarorlik   bilan,   inqiroz   gullab-yashnash   bilan
almashib   turishi   ham   mumkin.  Jamiyatning   ma’naviy,  iqtisodiy,   siyosiy,   huquqiy
sohalarida   muayyan   yutuqlarga   erishilgach,ijtimoiy   imkoniyatlar   ro‘yobga
chiqarilib bo‘lgach bundan keyingi taraqqiyoti yo‘lida yangi muammolar tug‘iladi
va ularni hal etish vazifasi paydo bo‘ladi.
Beqarorlik   ichki   va   tashqi   jarayon   va   tahdidlar   natijasida   vujudga   keladi.
Beqarorlik   bir   ijtimoiy-siyosiy   tuzumdan   boshqa   ijtimoiy-siyosiy   tuzumga   o‘tish
davrida   keskinlashish   mumkin.   Jamiyat   beqarorlikning   izdan   chiqishi   kishilar
psixologiyasidagi   salbiy   o‘zgarishlarda,     qonunlarning   ishlamasligida,   ijtimoiy
burchning   ado   etilmasligida,   ijtimoiy   ideallarning   yo‘qolishida,   g‘oya   va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo‘lishida,
ijtimoiy adolat mezonlarining buzulishida, davlat idoralarining aholini  boshqarish
qobiliyati   kuchsizlanishida,   turli   ziddiyatlarning   keskinlashuvida   o‘z   ifodasini
topadi. 
2-MASALA . Jamhon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o‘z taraqqiyot
yo‘lini  tanlash huquqiga ega bo‘lishi  umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash garovi ekanini ko‘rsatdi. O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan
keiyn   o‘z   milliy   davlatchilik   asoslarini   mustahkamlash,   o‘ziga   xos   va   mos
taraqqiyot yo‘lini tanlash, rivojlantirishning o‘zbek modelini yaratish imkoniga ega
bo‘ldi.
Demokratik jamiyat uchun inson manfaatlari, erkinligi va qadr-qimmati oliy
qadriyat   hisoblanadi.   Har   qanday   jamiyat   hayoti   uchun   davomiylik,   vorisiylik   va
uzlyuksizlik   xosdir.   Bu   qonuniyatlar   buzilsa,   jamiyatning   tabiiy   hayotida
yo‘qotishlar   ro‘y   beradi.   Bu   holat,   ayniqsa,   bir   tizimdan   boshqa   tizimga   o‘tish,
jamiyat   rivojlanishining   yangi   bosqichiga   ko‘tarish   jarayonida   yaqqol   ko‘zga
tashlanadi.   Mavjud   tizimdan   sifat   jihatdan   yangi   tizimga   o‘tish   jarayonida
islohotlarni ijtimoiy larzalarsiz amalga, odamlarning tafakkurini o‘zgartirish, yangi
qonun   va   normalar   ishlab   eskizidan   foydalanish   jamiyat   rivojlanishiga   ta’sir
ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy   rivojlanishning   o‘zbek   modeli   insoniyatning   rivojlanish   borasidagi
ilg‘or   tajribasiga,   milliy   davlatchilik   tajribalarimizga   va   xalqimiz   mentalitetiga
tayanadi. 
Ijtimoiy   rivojlanish   borasida   odatda   ikki   yo‘ldan   –   inqilobiy   va   tadrijiy
yo‘ldan   borgan.   Insoniyat   tajribasi   ijtimoiy   rivojlanishning   keskin   inqilobiy
o‘zgarishlar yo‘li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evolyusion)
taraqqiyoti   barqaror   –   tabiiy  rivojlanish   yo‘li   ekanini   ko‘rsatadi.   O‘zbekistonning
BIRINChI   Prezidenti   Islom   Karimov   ijtimoiy   taraqqiyotning   tadrijiy   yo‘li
mohiyatini   shunday   izohlaydi:   «Soxta   inqilobiy   sakrashlarsiz,   -   evolyusion   yo‘li
bilan   normal,   madaniyatli   taraqqiyotga   o‘tish   –   tanlab   olingan   yo‘lning   asosiy
mazmuni   va   mohiyatidir.   ..   Bozor   iqtisodi   sari   buyuk   sakrashlar,   inqilobiy   qayta o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan – bosqichma-
bosqich   harakat   qilish   kerak.   Har   bir   bosqichning   qancha   davom   etishi   hal   qilish
lozim   bo‘lgan   muammolar   doirasiga,   tashqi   omillar   qanchalik   qulay   bo‘lishiga,
aholining mehnat faoliyatiga bog‘liqdir». 3
O‘zbek modelining asosiy tamoyillari quyidagilardir:
– iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
– davlatning bosh islohotchi ekanligi;
– qonun ustuvorligi;
– kuchli ijtimoiy himoyalash;
– bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo‘l bilan o‘tish;
o‘zbek modelining o‘ziga xos xususiyatlari  davlatchilik asoslarining, milliy
qadriyatlarning   qayta   tiklanishi,   o‘zlikni   anglash,   umuminsoniy   qadriyatlarning
ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarning tiklanishi va rivojlanishi,
demokratik   qadriyatlarning   rivojlantirilishi   hamda   inson   huquqlarining
kafolatlanishi va boshqalarda o‘z ifodasini topmoqda. 
O‘zbek   modelining   hayotiyligi   jahon   jaoatchiligi   tomonidan   e’tirof   qilindi.
O‘zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda va
uni   o‘rganishga   bo‘lgan   qizikish   ortib   bormoqda.   O‘zbekona   taraqqiyot   yo‘li
ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishni  bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda amalga
oshirishda,   ma’naviyat,   ma’rivat,   madaniyatga   bo‘lgan   e’tiborning   kuchayishida
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi insoni intellektual va
axloqiy   qobiliyatlarining   rivojlanishi   iqtisodiy   rivojlanish   uchun   puxta   zamin
yaratadi.   Kishilarda   yangicha   iqtisodiy   tafakkur,   tadbirkorlik   qobiliyatlarini
rivojlantirishda   zamonaviy   ilm-fan,   texnika   va   texnologiya   asoslarini   egallash
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Jamiyat   va   oila   mohiyatan   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liq.   Oilada   jamiyatning
tub mohiyati o‘z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin.
Har   bir   jamiyat   a’zosi   oila   bag‘rida   voyaga   yetadi,   ijtimoiy   munosabatlarni
o‘zlashtiradi   va   insoniy   fazilatlarni   namoyon   etadi.   Barkamol   insonni
3
 Ислом Каримов. Ўзбекистон: миллий истиҚлол, иҚтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. Т., 1996 й.ғ 40-41, 64-
бетлар. shakllantirish,   yni   hayotga,   mehnatga   tayyorlash   oilaning   muqaddas   vazifasidir.
Oilani   mustahkamlash   jamiyat   barqarorligi   va   qudratining   muhim   sharoitdir.   Shu
boisdan ham davlat oilani o‘z himoyasiga oladi.
Jamiyatdagi   ma’naviy-axloqiy   muhitning   sog‘lomligi   ko‘p   jihatdan   oilaviy
madaniyatga bog‘liq. Oila qanday bo‘lsa, jamiyat ham shunday bo‘ladi. Oilada er
va   xotinning   mavqei,oilaviy   munosabatlar   xarakteri   turli   xalqlarda   turlichadir.
Mamlakatimizda   milliy   mustaqillik   yillarida   ma’naviyatimiz   sohasida   amalga
oshirilayotgan islohotlar, avvalo oila qadriyatlarini, eng ilg‘or an’analarni tiklashga
qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o‘zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona
va   ayolning   muqaddasligi   to‘g‘risidagi   g‘oyalar   oilaviy   munosabatlarni
takomillashtirishda   muhim   ahamiyatga   ega.   Ulug‘   mutafakkirlar   jamiyatning
madaniy   darajasi   ayol   va   oiladagi   ahvol,   mavqei   bilan   belgilanishini   alohida
ta’kidlaganlar.   Sog‘lom,   barkamol   avlod   tarbiyasi   jihatdan   ayolning   ma’anviy
salohiyati,   bilimi,   uddaburonligi   va   erkinligiga   bog‘liqdir.   Mamlakatimizda
keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi
mavqei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir. 
Oila muammolari  ilmiy asosda  o‘rganilganligi  va  ularni  oqilona hal  etishni
o‘z   oldiga   maqsad   qilib   qo‘ygan   respublika   «Oila»   ilmiy-amaliy   markazining
tashkil  etilganligi ham  davlatimizning oilaviy munosabatlarini  takomillashtirishga
alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi. 
Davlat   –   jamiyatni   boshqarish,   tartibga   solish   ,ijtimoiy   barqarorlikni
ta’minlashga   qaratilgan   alohida   bir   muassasadir.   Davlat   umuminsoniy   qadriyat,
insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug‘idir.
Jamiyat   ma’naviy   salohiyatining   yuksalib   borishi   bilan   siyosiy   boshqarish
shakllari   va   usullari   ham   takomillashib   boradi.   O‘zgargan   tarixiy   sharoitda
davlatning   mohiyati,   mazmuni   va   vazifalariga   yangicha   yondashish   zarurati
vujudga   keladi.   Mustaqillik   yillarida   milliy   davlatchilik   an’analarining   tiklanishi
bilan   davlatning   tashkilotchilik,   bosh   islohotchilik   faoliyati   yangicha   mazmun   va
ahamiyat kasb etdi.  Birinchi   Prezidentimiz     I.A.Karimov   tomonidan   ishlab   chiqilgan
taraqqiyotning   o‘zbek   modeli   konsepsiyasining   amalga   oshirilishida   davlat   hal
qiluvchi   o‘rin   tutadi.   Mamlakatimizning   siyosiy,   huquqiy   hayotida   amalga
oshirilayotgan   tub   islohotlar   siyosiy   boshqaruvni   yanada   takomillashtirishga,
yurtimizda   huquqiy   demokratik   jamiyat   barpo   etishga,   kuchli   davlatdan   kuchli
javmiyatga o‘tishga qaratilgandir.
Jamiyat   hayotida   turli   jamoalar,   tashkilot   va   uyushmalar   ham   faoliyat
ko‘rsatadi.   Ularni   shartli   ravishda   davlat   va   nodavlat   tashkilotlariga   ajratish
mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar
uyushmalari,   turli   jamg‘armalar,   xotin-qizlar   tashkilotlari,   faxriylar   uyushmasi,
mahalla   o‘mitalari   av   boshqalar   kiradi.   Mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan
barcha   islohotlar   inson   salohiyatini   yanada   yuksaltirishga,   yurtimizda   fuqarolik
jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Demokratik   jamiyatni   barpo   etish   –   O‘zbekiston   taraqqiyotining   bosh
maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga
asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin
uyushmalarning   ko‘p   qirrali   aloqasi   bo‘lib,   davlat   qonunlarini   hurmat   qilib
bajaruvchi   jamiyat   tarkibiga   kiruvchi   elementlarning   nisbiy   mustaqilligiga
asoslanuvchi,   turli   ziddiyat   va   ixtiloflarni   qonun   doirasida   o‘zaro   kelishuv,   sabr-
toqat   va   muzokaralar   orqali   hal   etishga   asoslanuvchi   jamiyatdir.   Demokratik
jamiyat   umuminsoniy   tamoyillar,   milliy   davlatchilik   xususiyatlari,   o‘ziga   xos
turmush   tarzi   va   hayot   falsafasi   negizida   qaror   topadi.   O‘zbekiston   milliy
mustaqilligining dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ydi. 
Demokratik   jamiyatda   davlatning   qator   vazifalari   fuqarolarning   o‘z-o‘zini
boshqarish   organlari   qo‘liga   o‘ta   boshladi,   mahalliy   hokimiyat   organlarining
vakolati   kengayadi.   Bunday   jamiyat   asoslarini   barpo   etish   kishilarning   yuksak
siyosiy   va   huquqiy   madaniyati,   ijtimoiy-siyosiy   faolligiga   tayanadi.
Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi   xalqimizning   o‘z-o‘zini   boshqarish,   idora   etish   madaniyatini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
TARIX FALSAFASI
Ma’lumki,   har   qanday   ijtimoiy   hodisaning   mohiyatini   va   uning   jamiyatning
rivojlanish   jarayonidagi   o‘rnini   faqat   u   butun   jamiyatning   rivojlanish   jarayoniga
bog‘lab,   ya’ni   umumiy   tarixiy   jarayon   doirasida   o‘rganilgan   taqdirdagina
tushunish   mumkin.   Bundan   muqarrar   tarzda   butun   insoniyat   tarixiga   tegishli
bo‘lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi;
jahon   tarixi   qaysi   yo‘nalishda   harakatlanadi;   tarix   biron-bir   muayyan   mazmunga
egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan
bo‘limi   javob   beradi.   Hozirgi   darsliklarda   tarix   falsafasining   predmetini,   uning
tuzilishi va funksiyalarini yoritishga lozim darajada e’tibor berilmaganini hisobga
olib, mazkur bo‘limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz. 
Tarixning   mazmunini   aniqlash   yo‘lidagi   izlanishlar.   Bilimning   integral
shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni
sintez   qiladi.   U   gumanitar   fanlar   –   psixologiya,   san’atshunoslik,   semiotika,
san’atga   murojaat   etadi.   Tarix   falsafasining   asosiy   vazifalaridan   biri   –
o‘zgaruvchan   va   murakkab   ijtimoiy   dunyoda   hayot   mazmuniga   doir   mo‘ljallarni
topish,   insoniyat   mavjudligining   har   bir   muayyan   davrida   uning   oldida   turgan
ustuvor  vazifalarni  belgilash dir . Har  bir  inson  va kishilik hamjamiyati  hayotining
burilish   davrlarida   uning   oldida   hayot   mazmuni   nimada   degan   savol   ko‘ndalang
bo‘ladi.
Tarixning   mazmun   va   mohiyatini   anglab   yetish   borasidagi   ilk   urinishlarga
qadimgi   faylasuflarning   asarlarida   duch   kelish   mumkin.   Tarix   ularning   talqinida
oldinma-ketin   yuz   beradigan   voqealar   majmui   sifatida   namoyon   bo‘lgan.   Tarix
tavsifi ancha to‘liq bo‘lgan, ba’zan bo‘yab ko‘rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari
tarix   haqida   yaxlit   tasavvur   hosil   qilish   imkonini   bermagan.   Bu   narrativ   tarixdir.
(tarixchining   talqini,   interpretasiyasi)   Keyinchalik   qadimgi   faylasuflar   tarixni uzlyuksiz   takrorlanib   turadigan   jarayonlar,   «abadiy   ortga   qaytish»   (F.Nisshe)
sifatida tasavvur qilganlar. 
Diniy  an’ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O‘rta asrlarda
ilohiy   taqdir   asosiy   tarixiy   kuch   sifatida   e’tirof   etildi.   Tarixiy   voqealarning   ichki
mantiqi   alohida   mazmun   kasb   etdi:   Xudo   nafaqat   tarixiy   jarayonni   boshqaradi,
balki   adashgan   insoniyatga   gunohlardan   forig‘   bo‘lish,   jannatdagi   boqiy   hayotga
erishish   yo‘lini   ko‘rsatadi.   Avreliy   Avgustin   o‘zining   «Ilohiy   shahar   haqida»
asarida   boqiylik   va   muvaqqatlik,   ilohiylik   va   dunyoviylikning   birligi   to‘g‘risida
so‘z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo‘l ko‘rsatgan.
Tarixning   mazmuni   –   boqiylikka   eltuvchi   yo‘ldan   borishda,   inson   hayotining
mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig‘ bo‘lishdadir. 
Ibn   Xaldun   tarixning   mazmuni   haqida   mulohaza   yuritar   ekan,   uni,   inson
hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd
etadi.   Ammo,   shunga   qaramay,   tarixning   mazmuni   haqida   erkinlik,   ijod
tushunchalariga   tayanib   so‘z   yuritish   mumkin,   deb   hisoblaydi.   Tarixning
harakatida   Ibn   Xaldun   obektivlashuvning   inson   ustidan   hukmini   kamaytiradigan,
uning erkinligi  va ijodining tantanasini  qaror  toptiradigan  jarayonlarni  aniqlashga
harakat qiladi. 
Tarixda   mazmunning   mavjudligi   haqidagi   tasavvur,   shuningdek   O‘rta   asrlar
falsafasi   ilk   bor   ta’riflab   bergan   insoniyatning   taraqqiyoti   g‘oyasi   ancha
yashovchan   bo‘lib   chiqdi:   u   turli   yo‘nalish   va   oqimlarga   mansub   faylasuflar
tomonidan   muayyan   falsafiy   ta’limotlar   nuqtai   nazaridan   u   yoki   bu   tarzda   talqin
qilingan. Masalan, Ma’rifat davrida barcha tarixiy voqealarga oqilonalik mezoniga
muvofiq   baho   berilgan.   Mazkur   konsepsiya   eng   mukammal   ko‘rinishda   D.Didro
tashabbusi   bilan   yaratilgan   «Ensiklopediya»ning   faol   ishtirokchilaridan   biri,
fransuz   ma’rifatchisi   Nikolay   Kondorse   asarida   o‘z   aksini   topgan.   U   o‘zining
«Inson   tafakkuri   taraqqiyotining   tarixiy   manzarasiga   chizg‘i»   deb   nomlangan
risolasida   kishilik   jamiyatining   barcha   jabhalariga   tafakkurning   kirishi   g‘oyasini
mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi.  Tafakkurning   tantanasi   g‘oyasi   insoniyat   tarixining   mazmuni   sifatida   Gegel
tomonidan ham asoslangan. U tarixga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida
yondashgan. Gegel fikriga ko‘ra, mazkur taraqqiyot o‘zining alohida vazifasini ado
etishi   lozim   bo‘lgan   ayrim   xalqlar   ruhi   orqali   amalga   oshadi.   Uning   fikricha,
tarixiy   jarayon   «aqlga   muvofiq»,   ya’ni   tasodiflardan   yoki   ayrim   shaxslarning
o‘zboshimchaligidan qat’iy nazar o‘ziga yo‘l ochadigan obektiv qonuniyatlar bilan
belgilanadi.   Tarixning   mazmuni   mutlaq   ruh   o‘zini   o‘zi   anglab   yetishidadir,   deb
qayd etadi Gegel.
Tarixning   mazmunini   aniqlash   borasidagi   keyingi   izlanishlar   amalda
muayyan   ideal   tajassumi   sifatidagi   tarixning   mazmuni   haqidagi   tezisning
ko‘rinishlari hisoblanadi. Idealning mazmuni  har  xil, hatto qarama-qarshi  bo‘lishi
mumkin:   texnokratik   illyuziyalar,   ommaviy   iste’mol   jamiyati   ideali,   axborot
jamiyati ideali, xususiy mulk va ekspluatasiyasiz umumiy tenglik jamiyati va h.k.
Tarixning mazmunini aniqlash yo‘lidagi izlanish rang-barang ekanligiga qaramay,
uning har  bir talqini aholi muayyan qismining orzu-umidlariga mosdir. Tarixning
mazmuni   tushunchasining   eng   teran   talqinlarini   XX   asr   faylasuflari   –K.Yaspers
taklif qilgan . U jahon tarixining mazmunini davrlarning umuminsoniy aloqalarga
asoslanadigan   mazmun   jihatidan   bog‘lanishida   ko‘radi.   Mazkur   bog‘lanishning
mavjudligini tarixning mazmunini aks ettiradigan dunyoviy vaqt o‘qi kafolatlaydi.
U   Sharq   va   G‘arb   madaniyatlarining   umumiy   asosi   hisoblanadi.   Yaspers   jahon
tarixida   tillarning   vujudga   kelishi,   mehnat   qurollari   ixtiro   qilinishi,   olovdan
foydalanishga   kirishilishi   kabi   to‘rt   bosqichini   farqlaydi:.   Vaqt   o‘qining
boshlanishi   Hindiston,   Xitoy,   Yunoniston   ,Markaziy   Osiyo,   Eron   buyuk
madaniyatlari   deyarli   bir   vaqtda   vujudga   kelgan   miloddan   avvalgi   800   va   200
yillar oralig‘idagi davrga mos keladi. Yevropada fan-texnika davrining boshlanishi
mazkur   madaniyatlarning   davomi   (ma’lum   ma’noda   esa   ularning   ziddi)   bo‘lgan.
To‘rtinchi   bosqichda   insoniyatning   birligi   vujudga   keladi.   Bu   davrda   jamiyat
insonga   munosib   bo‘lgan   asoslar   va   tamoyillarga   muvofiq   rivojlanadi.
Totalitarizmdan   butunlay   voz   kechishga   asoslangan   huquqiy   davlat   mazkur birlikning   kafili   hisoblanadi.   Tarixning   mazmuni   –   umuminsoniy   madaniyatni   va
vaqt o‘qining avvalida shakllangan an’analarni saqlash va rivojlantirishdadir. 
Bugungi   kunda   jamiyatning   globallashuvi   munosabati   bilan   tarixning
mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan o‘rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar
aloqasini,   xalqlar   o‘rtasidagi   hamjihatlikni   qaror   toptiradigan,   ajdodlarning
ma’naviy   merosini   saqlash   va   ko‘paytirishni,   hozirgi   avlodlarning   erkinligi   va
ijodiy   imkoniyatlarini   ro‘yobga   chiqarishni   ta’minlaydigan   qadriyatlar   tizimiga
qarab mo‘ljal oluvchi g‘oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
XIX asrda falsafadan sosiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni
tushunishga   nisbatan   falsafiy   yondashuvlarni   asosan   tan   oladi   va   ayni   vaqtda  o‘z
predmeti va tadqiqot metodlariga ega. 
O.Kont .   Ijtimoiy tadqiqotlarning obektivligiga erishish lozim, degan g‘oyani
himoya   qilgan   O.Kont   (1798-1857)   fan   sifatidagi   sosiologiya   asoschisi.   U
sosiologiyani   ikki   qismga   ajratadi:   birinchi   qism   ijtimoiy   statikani,   ya’ni   ijtimoiy
tizimlarning   mavjudlik   shartlarini   va   ularning   amal   qilish   qonunlarini,   ikkinchi
qism   esa   –   ijtimoiy   dinamikani,   ya’ni   jamiyatning   rivojlanish   va   o‘zgarish
qonunlarini   o‘rganadi.   Ijtimoiy   statika   –   odam   organizmining   tuzilishiga   o‘xshab
ketadigan jamiyat  «anatomiyasi»dir. Kont  jamiyatda oila, din, davlat  kabi mu h im
institutlarni farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta’rifl ay di.
Mazkur   bosqichlar   insoniyat   aqliy   rivojlanishining   uch   bosqichiga   mos   keladi:
teologik bosqich (u qadimgi davr va ilk O‘rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda
tugaydi),   metafizik   bosqich   (XIV-XVIII   asrlar)   va   pozitiv   bosqich   (XIX   asrda
boshlanadi). 
Marksizm.   K.Marks   (1818-1883)   va   F.Engels   (1820-1895)   jamiyatni   o‘z-
o‘zidan   rivojlanadigan,   iqtisodiy   rivojlanishning   bir   bosqichidagi   barcha
mamlakatlar   uchun   umumiy   bo‘lgan   o‘ta   murakkab   tizim   sifatida   tavsiflaydi.
Jamiyatning   ziddiyatli   birlikni   tashkil   etadigan   barcha   tarkibiy   qismlari   moddiy
ishlab   chiqarish   munosabatlari   bilan   belgilanadi.   Mazkur   munosabatlar   majmui
bazisni, ya’ni jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. Shu asosda jamiyatning
o‘ziga xos ijtimoiy munosabatlar amal qiladigan muayyan-tarixiy tipi shakllanadi. Jamiyatning   umumiy   iqtisodiy   asosda   shakllanadigan   va   «alohida,   o‘ziga   xos
xususiyat»ga ega bo‘lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formasiya deb belgilaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy   formasiyalarning   o‘zgarishiga   Marks   pirovard   natijada   ishlab
chiqarish   kuchlari   va   ishlab   chiqarish   munosabatlarining   dialektikasi   bilan
belgilanadigan qonuniy, tabiiy-tarixiy jarayon sifatida qaraydi. 
G.Spenser.  Sosiologiyada organik yo‘nalish asoschisi Gerbert Spenser (1820-
1903) jamiyatga individlar birlashmasi sifatida yondashadi. Uning fikricha, mazkur
individlarning  rivojlanishidagi  farqlar   jamiyat  evolyusiyasining   dastlabki   shartlari
hisoblanadi. Jumladan, ibtidoiy qabilalar rivojlanishda oqsaganini Spenser ularning
qobiliyatlari   rivojlanish   darajasining   pastligi   bilan   tushuntiradi.   Eng
moslashuvchan   jamiyatlarning   yashash   uchun   kurashini   ijtimoiy   taraqqiyotning
asosiy   qonuni   deb   hisoblaydi.   U   iqlim,   tabiiy   sharoitning   ijtimoiy   jarayonlarga
ta’sirini   o‘rgangan.   Spenser   yaratgan   ta’limotni   keyinchalik   sosiologiyadagi
geografik oqimlarning vakillari rivojlantirgan. 
E .Dyurkgeym.   E.Dyurkgeym (1858-1917), jamiyatni tushunishni qadriyatlar
tizimi   bilan   bog‘lagan,   faqat   shu   yo‘l   bilan   tarixni   uning   o‘ziga   xos   xususiyatiga
muvofiq   tarzda   o‘rganish   mumkin,   deb   hisoblagan.   E.Dyurkgeym   ham
qadriyatlarni   jamiyat   tuzilishini   belgilovchi   muhim   omil   deb   bilgan.   Jamiyat
tuzilmasini   o‘rganishga   nisbatan   u   strukturaviy   funksionalizm   nuqtai   nazaridan
yondashgan. Jamiyat  borliqning alohida sohasi  bo‘lib, u o‘z qonunlariga muvofiq
rivojlanadi.   Noijtimoiy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   omillar   jamiyat   hayotiga   jiddiy
ta’sir   ko‘rsatishga   qodir   emas.   Jamiyat   tuzilmasiga   Dyurkgeym   o‘zaro   ta’sirga
kirishadigan   va   bir-birini   vujudga   keltiradigan   ijtimoiy   dalillar   majmui   sifatida
qaraydi.   Ijtimoiy   dalil lar   sababini   ongdan   emas,   balki   bundan   oldingi   ijtimoiy
dalil lardan   qidirish   lozim.   Ijtimoiy   tuzilma   dalil larning   ikki   guruhidan   tarkib
topadi:   birinchidan,   u   moddiy   va   ma’naviy   qadriyatlarni,   ikkinchidan,   ijtimoiy
jamoalarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy jamoalarni tahlil qilar ekan, Dyurkgeym oila,
kasbiy   guruh   kabi   jamoalarni,   shuningdek   mehnat   taqsimotiga   muvofiq   vujudga
keladigan,   ijtimoiy   birlik   (axloq,   din)ni   ifoda   etadigan   ijtimoiy   institutlarni farqlaydi.   Ijtimoiy   jarayonda   sababiyat   ijtimoiy   muhitning   yuqorida   zikr   etilgan
elementlarining u yoki bu hodisani vujudga keltiradigan o‘zaro ta’siridir. 
Dyurkgeym   ijtimoiy   evolyusiya   mavjudligini   qayd   etadi   va   uni   mehnat
taqsimoti   bilan   bog‘laydi.   U   r ivojlangan   mehnat   taqsimoti,   ixtisoslashuv   va
kooperasiyani   yuksak   darajada   uyushgan   jamiyatning   belgisi   deb   hisoblaydi.
Mazkur   jamiyat   mehnat   taqsimoti   mavjud   bo‘lmagan   arxaik   jamiyatlardan   ayni
shu   belgiga   ko‘ra   farq   qiladi.   Mehnat   taqsimoti   individlar   o‘rtasidagi   farqlarni
belgilaydi   va   shaxs   shakllanishining   omili   hisoblanadi.   U   odamlarni   o‘zaro
aloqadorlik tizimi bilan birlashtirib, ijtimoiy aloqalarga uyg‘un tus beradi. 
Dyurkgeym shaxs va jamiyatning uzviy aloqasini qayd etadi. Uning fikricha,
jamiyatning tubanlashuvi muqarrar tarzda shaxsning tubanlashuviga sabab bo‘ladi.
Ne’matlar   va   xizmatlarni   ayirboshlash ning   buzilishi   natijasida   yuzaga   keladigan
tengsizlik,   shuningdek   shaxs   o‘z   kasbiy   roliga   moslashmagani   jamiyatda   sinfiy
kurashni   keltirib   chiqaradi.   Mehnat   taqsimotini   muvofiqlashtirishning   maqbul
vositalarini   topish,   imkoniyatlar   tengligini   ta’minlaydigan   qoidalarning   aniq
majmuini belgilash talab etiladi. Dyurkgeym bu jarayonda sosiologiya fan sifatida
ayniqsa muhim rol o‘ynaydi deb hisoblagan. 
M.Veber.   Maks   Veber   (1864-1920)   o‘z   sosiologik   qarashlarida   Rikkertning
borliq va ongning o‘zaro aloqasi zamirida subektning qadriyatga bo‘lgan muayyan
munosabati   yotadi,   degan   g‘oyasiga   tayangan.   Shunga   muvofiq   Veber   tahlil
qilinayotgan   materialning   iqtisodiy,   diniy   va   axloqiy   qadriyatlar   bilan   o‘zaro
nisbatini   aniqlash   lozim   deb   hisoblagan.   O‘zining   «Protestantcha   axloq   va
kapitalizm ruhi» asarida Veber dastlab Niderlandiya, Angliya va A Q Shda vujudga
kelgan sanoat kapitalizmining qaror topishiga protestantcha axloq qadriyatlarining
ta’sirini   tahlil   qiladi.   U   hozirgi   zamon   xo‘jalik   hayotida   hukm   surayotgan
kapitalizmning o‘ziga xos xususiyatiga mos keladigan xo‘jalik yurituvchi subektlar
–   tadbirkorlar   va   ishchilar   shakllanishi   natijasida   vujudga   kelganini   qayd   etadi.
Veber tarixiy materializmning g‘oyalar iqtisodiy munosabatlar ustqurmasi sifatida
yuzaga kelgan, degan «sodda» tasavvurlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tiroz bildiradi  va
aksin cha, kapitalizm «ruhi» uning vujudga kelish omili bo‘lgan, deb hisoblaydi.  U   kapitalizm   modelini   kapitalistik   naf   ko‘rishga   oqilona   intilishdan   keltirib
chi qa rishga   harakat   qiladi.   Veber   rasionalizm   tamoyil lari   G‘arb   madaniyatining
barcha   hodisalarida:   fanda,   san’atda,   monumental   qurilmalar   yaratish   konstruktiv
tamoyil larida   hukm   surishini   qayd   etadi.   Oqilona   ishlab   chiqilgan   konstitusiya,
huquq,   oqilona   yaratilgan   qoidalarga   qarab   mo‘ljal   oladigan   mutaxassis-
amaldorlardan   iborat   siyosiy   institut   sifatidagi   davlat   faqat   G‘arbda   mavjud.
Ammo   rasionalizm   qadriyatlarini   amalga   oshirishning   eng   oqilona   ifodasi
tadbirkorlik   sohasida   mujassamlashgan:   ishlab   chiqarishning
kommersializasiyalashuvi,   buxgalteriya   hisoboti,   chayqovchilikni
oqilonalashtiruvchi   qimmatli   qog‘ozlar   va   birjalar,   mehnatni   oqilona   tashkil   etish
va h.k lardir .
O‘zining boshqa bir qator asarlari, chunonchi: «Tushunuvchi sosiologiyaning
ba’zi bir kategoriyalari haqida», «Jahon dinlarining xo‘jalik axloqi», «Xo‘jalik va
jamiyat»,   «Xo‘jalik   tarixi»da   Veber   ijtimoiy   harakat   va   uning   motivasiyasi
tushunchasini   ta’riflab   berdi.   Borliqni   tushuntirish   uchun   u   «ideal   tiplar»
metodologiyasini   yaratdi   va   undan   foydalandi.   Veber   fikriga   ko‘ra,   ijtimoiy
organizm hujayrasi hisoblanadigan ijtimoiy harakat ikki omil: subektiv motivasiya
va   boshqalarga   qarab   mo‘ljal   olishni   o‘z   ichiga   oladi.   U   ijtimoiy   harakatning
oqilona   maqsadli   ijtimoiy   harakat,   oqilona   qadriyatli   ijtimoiy   harakat,   affektli
ijtimoiy harakat va an’anaviy ijtimoiy harakat  kabi  tiplarini farqlaydi. 
O‘zining   ijtimoiy   harakat   konsepsiyasini   Veber   hokimiyatni   tushunishga
nisbatan   ham   tatbiq   etadi.   O‘zgalarning   umidlariga   qarab   mo‘ljal   olish   ijtimoiy
harakatning   muqarrar   belgisi   bo‘lgani   bois,   hokimiyat   siyosiy   munosabatlarda
ishtirok   etuvchi   tomonlarning   o‘zaro   umidlarini   nazarda   tutadi.   Shu   holdagina
hokimiyat   qonuniylik   kasb   etadi:   boshqarayotganlar   o‘z   buyruqlariga
bo‘ysunishlariga   umid   qiladilar;   boshqarilayotganlar   esa   oqilona   buyruqlarni
kutadilar.   Veber   qonuniy   davlatlarning:   ish   vakolatlari   qonuniy   belgilanishining
majburiyligiga   bo‘lgan   ishonchga   ko‘ra   hukmronlik;   muayyan   xulq-atvorga
ko‘nikish   bilan   belgilangan   hukmronlik;   xarizmatik   hukmronlik   kabi   uch   tipini
farqlaydi .   Boshqaruvning   oqilona-byurokratik   tipi   vujudga   kelishi   bilan   bog‘liq bo‘lgan   hokimiyatning   namunaviy-oqilona   tipini   Veber   hokimiyat   ideali   deb
hisoblagan. 
XX   asrda   M.Veber   ilgari   surgan   tarixiy   jarayonning   teng   huquqli   omillari
ta’siri haqidagi g‘oyasi asoslab berildi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bir qancha
nazariyalari   texnika,   sanoat,   axborot   tizimlari,  kommunikasiya,   globallashuv   kabi
omillarni birinchi o‘ringa qo‘yadilar. 
I.A.   Karimov   (1938)   tarix   falsafasini   tarixiy   xotira   bilan   uyg‘un   holda
ko‘radi. Uning fikricha   “Inson uchun tarxidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish
demakdir” 4
.   Fikrining   davomida   u   tarixiy   xotirasi   bor   inson   irodali   inson,
jamiyatning   har   bir   a’zosi   o‘z   o‘tmishini   yaxshi   bilsa,   bunday   odamlarni   yo‘ldan
urish,   har   xil   aqidalar   ta’siriga   olish   mumkin   emas.   tarix   saboqlari   insonni
hushyorlikka   o‘rgatadi,   irodasini   mustahkamlaydi,   o‘zlikni   anglash   tarixni
bilishdan boshlanadi, deb ta’kidlaydi. Buning uchun har bir millat o‘zining tarixiy
ildizlariga   nazar   solishi,   u   yoki   bu   mafkura   ta’sirida   xash-po‘shlangan   tarixiy
xotirani   o‘z   holicha   qayta   tiklashga   harakat   qilishi   lozim.   “O‘z   tarixini
bilmaydigan,   kechagi   kunini   unutgan   millatning   kelajagi   yo‘q” 5
.   Shundagina
millat,   xalq   o‘z-o‘zini   anglaydi.   Tarixchilar   millatga   uning   haqqoniy   tarixini
ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan tarix xalq ma’naviyatining asosidir. 
N.Jo‘raev   (1952)   fikricha,   vaqt   o‘tgan   sari   insoniyat   tafakkuri   kengayib,
ijtimoiy   fanlar   taraqqiy   topib   borishi   natijasida   tarix   falsafasi   atrofidagi
mulohazalar   kengayadi.   Uning   predmeti   va   obektiga   aniqlik   kiritiladi.   Shu   ilmiy
haqiqatdan   kelib   chiqib,   N.Jo‘raev   hozirgi   zamon   tarix   falsafasining   quyidagi
vazifalarini belgilaydi:
- insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini
o‘rganish;
- insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta’sirini o‘tkazib
kelapyotgan   kommunistik   mafkura   asosidagi   ilmiy   metodologiyada   mavjud
bo‘lgan   tamoyillardan   voz   kechib,   milliy   istiqlol   g‘oyasi   asosida   o‘rganish   va
davrlashtirish muammosini hal etish;
4
  Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. -Т.: Шарқ, 1998.-Б.10
5
  Каримов И. Юксак маънавият- енгилмас куч.-Т.: Маънавият, 2008. –Б. 4. -   sivilizasiyalar   va   madaniyatlar   yuzaga   kelishining   yaxlit   tizimini   ishlab
chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish;
-   tarixiy   jarayonning   umumiy   shaklini   tahlil   etish,   ularni   o‘tmish,   bugun,
kelajak tizimida mantiqan o‘rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga
aniqlik kiritish;
-   tarixiy   taraqqiyot   omillarini   diniy   va   dunyoviy   qonunlar   nuqtai   nazaridan
o‘rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab
chiqish;
- qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish va
baholash;
- insoniyat tarixida to‘plangan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarning
tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o‘rganish;
-   tarixni   anglashning   yangi   yo‘nalishlarini   hozirgi   zamon   falsafiy   tafakkur
mezonlari   asosida   belgilash   hamda   unga   tayangan   holda   ijtimoiy   taraqqiyot
maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish;
- yaxlit insoniyat  taraqqiyoti omillarini va manbalarini o‘rganish, shu asosda
jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash;
-   tarix   fani   predmeti   va   metodologiyasini   hozirgi   zamon   talablari   asosida
qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo‘nalishlarini, jumladan,
siyosiy   tarix,   iqtisodiy   tarix,   din   tarixi,   san’at   tarixi,   etnogenezis   va   boshqa
yo‘nalishlar   bilan   mushtarak   holda   kompleks   tadqiqotlarni   olib   borish   orqali,
inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish 6
.
Ana   shu   vazifalarni   hal   etishda   tarix   falsafasi   va   tarix   fanining   hamkorligi
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Uning   fikricha,   bir   qarashda   tarix   falsafasi   va   tarix
fani bir-biridan ayri yo‘nalishdek ko‘rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqelikka,
insoniyat   tarixida   qaysidir   hodisaga   tarixchi   tarix   ko‘zi   bilan   qarasa,   faylasuf
faylasuf   ko‘zi   bilan   qaraydi.   Aslida   har   ikki   qarashlar   zamirida   inson   taqdiri,
tafakkur   tarzi   va   manfaatlar   ustuvorligi   yotadiki,   bu   inson   fenomeni   va   hayot
falsafasining mantig‘idir.
6
  Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари-Т.: Маънавият, -Б.186. Tarix   fal safasining   predmeti,   tuzilishi   va   funksiyalari .   «Tarix   falsafasi»
nima   va   uning   predmeti   nimadan   iborat?   Bu   savolga   javob   berar   ekanmiz,   tarix
falsafasi   tushunchasiga   «Falsafiy   qomusiy   lug‘at»   mualliflari   bergan   ta’rifni
keltirish   o‘rinli   bo‘ladi   deb   o‘ylaymiz:   «Tarix   falsafasi   –   falsafaning   tarixiy
jarayonni va tarixiy bilishni talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘limi» 7
. Shunday
qilib,   tarix   falsafasi   falsafaning   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Tarix   falsafasining
predmeti   esa   tarixiy   jarayon   va   tarixiy   bilishni   talqin   qilish,   ularning   mazmunini
yoritib berishdan iborat. Ammo bu tarix falsafasini tavsiflashga nisbatan birdan-bir
yondashuv emas, chunki tarixiy rivojlanish jarayonida tarix falsafasining predmeti
va   muammolari   sezilarli   darajada   o‘zgargan   va   hozirgi   vaqtda   tarix   falsafasining
turli yo‘nalishlari tomonidan har xil talqin qilinadi. 
Masalan,   antik   davr   tarixchilari   va   faylasuflari   (Gerodot,   Platon,   Fukidid,
Aristotel,   Plutarx   va   b.)ning   tadqiqotlari   o‘tgan   va   hozirgi   zamon   kishilarining
qilmishlari,   tabiat   va   insonning   o‘zaro   aloqasi   haqida   ma’lumotlar   yig‘ishdan,
ya’ni tarixiy  dalil larni ularni nazariy jihatdan anglab yetmasdan va yagona falsafiy-
tarixiy tizimga solmasdan tavsiflash va o‘rganishdan iborat bo‘lgan. 
O‘rta   asrlarda   (Avgustin   va   b.)   tarix   falsafasining   predmeti   sifatida   avvalo
Xudo   va   insonning   o‘zaro   aloqasi   muammosi,   harakatlantiruvchi   kuchi   ilohiy
vahiy   sanalgan   tarixiy   jarayonning   mazmunini   aniqlash,   tarixiy   asarlarning
mohiyati va vazifasini o‘rganish amal qilgan. 
Sharqda   tarix   falsafasining   (A.Beruniy,   Ibn   Xaldun,   A.B.Narxashiy,
R.Hamadoniy) predmeti sifatida jahon tarixi, umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari,
yo‘nalish   va   omillarini   belgilovchi   kishilik   jamiyatining   o‘ziga   xos   davriylik
nazariyasi alohida o‘rin tutadi. “Odamlar kabi davlat ham o‘zining hayotiy davriga
ega” 8
. Beruniy tarixni o‘rganish tahlil qilish va so‘ng xulosalar chiqarish zaruligini
tavsiya   qilar   ekan,   uni   davrlarga   bo‘lish,   har   bir   davrning   o‘ziga   xos   jihatlarini
aniqlash   va   ana   shu   usul   orqali   ijtimoiy   hayotga,   kishilik   jamiyatiga   tegishli   va
asosli baho berish mumkin deb hisoblaydi.
7
  Философский энциклопедический словарь . –  М .:  Современн ы й литератор ,  1989 . – 700-б.  
8
  Қаранг. Ҳотамий С.М. Ислом тафаккури тарихидан.-Т.: Маънавият, 2003. –Б.263 Uyg‘onish   davrida   va   Yangi   davrda   (Nikkolo   Makiavelli,   Jambattista   Viko,
Frensis   Bekon,   Tomas   Gobbs   va   b.)   tarixning   maqsadi,   yo‘nalishini,   shuningdek
tarixiy   jarayonda   insonning,   sinflarning   rolini   aniqlash   (Ogyusten   Terri,   Fransua
Gizo, Ogyust  Mine)  tarix falsafasining predmetiga aylangan. Yangi  davrda «tarix
falsafasi»   atamasi   ham   paydo   bo‘lgan,   uni   ilk   bor   1765   yilda   tarixchi   tarixiy
voqealarni   shunchaki   tavsiflabgina   qolmasdan,   balki   tarixiy   jarayonni   falsafiy
jihatdan anglab yetishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan fransuz ma’rifatchisi
Volter   ishlatgan.   Keyinchalik   tarixiy   jarayonning   umumiy   qonuniyatlari   va
dialektikasini aniqlash yo‘lida izlanishlar olib borish Georg Gegel hamda dialektik
materializm   asoschilari   Karl   Marks   va   Fridrix   Engels   uchun   tarix   falsafasining
asosiy predmetiga aylangan. 
XIX   asr   oxiri   –   XX   asr   boshida   tarix   falsafasining   ko‘pgina   yangi
yo‘nalishlari   vujudga   kelgan.   Ularning   har   biri   o‘z   tadqiqot   predmetiga   ega
bo‘lgan.   Masalan,   tarixning   aylanma   harakati   nazariyasi   namoyandalari   (Nikolay
Danilevskiy,   Osvald   Shpengler,   Arnold   Toynbi),   o‘z   o‘tmishdoshlari   kabi,   o‘z
oldiga   tarixiy   jarayon   qonuniyatlarini   aniqlash   vazifasini   qo‘ygan.   Xristian   tarix
falsafasining ko‘p sonli yo‘nalishlari: neotomizm (Jak Mariten, Eten Anri Jilson va
b.),   neoavgustizm   (Moris   Blondel,   Gabriel   Marsel,   Jan   Lakrua),   teyyardizm   (Per
Teyyar   de   Sharden)   va   qisman   ekzistensializm   (Karl   Yaspers)   namoyandalari
tarixning   mazmuni   muammosini   bosh   muammo   deb   hisoblaganlar.   Tarixiy   bilish
gnoseologik   nazariyasi   va   tanqidi   namoyandalari   (Vilgelm   Diltey,   Benedetto
Kroche)   esa   tarixshunoslik   (istoriografiya)   doirasi   bilangina   cheklanib
qolmaganlar,   balki   so‘zning   keng   ma’nosidagi   tarixiy   ongni   ham   tahlil   qilganlar.
Neokantchilik   tarix   falsafasi   (Vilgelm   Vindelband,   Genrix   Rikkert)   va   «analitik»
tarix falsafasi (Ernest Nagel, Karl Gempel va b.) ham o‘zining alohida predmetiga
ega.   XX   asr   tarix   falsafasi   aksariyat   hozirgi   yo‘nalishlarining   muhim   xususiyati
shundan   iboratki,   ularning   predmeti   sifatida   jahon   tarixi,   hozirgi   sivilizasiyaning
global muammolari amal qiladi. 
Bu   muxtasar   sharhdan   ko‘rinib   turganidek,   turli   falsafiy-tarixiy   maktablarda
tadqiqot   predmeti   muammosiga   nisbatan   yagona   yondashuv   mavjud   emas.   Ayni hol   avvalo   shu   bilan   bog‘liqki,   tarixiy   voqelikning   mohiyati   turli   tadqiqotchilar
tomonidan   har   xil   tushunilishi   o‘z-o‘zidan   tarixiy   jarayonning,   ya’ni   «tarix
falsafasi»ning   ko‘p   sonli   falsafiy   talqinlarini   vujudga   keltiradi.   Ammo   mazkur
yondashuvlarni   umumlashtirish   tarix   falsafasi   –   bu   falsafaning   tarixiy   jarayon
mazmuni,   uning   qonuniyatlari   va   asosiy   yo‘nalishlarini   tushuntirish   bilan
shug‘ullanuvchi,   shuningdek   uni   bilish   metodlarini   asoslovchi   bo‘limi,   degan
xulosaga kelish imkonini beradi.
Tarix falsafasi  predmetining umumiy tavsifi uning tuzilishi va funksiyalarini
o‘rganishga o‘tish imkonini beradi. 
Tarix falsafasining tuzilishi.  Tarix falsafasining tuzilishini tavsiflar ekanmiz,
bu   element   tarix   falsafasi   u   yoki   bu   yo‘nalishi   namoyandalarining   metodologik
mo‘ljallari   bilan  uzviy  bog‘liq,  degan   xulosaga  kelishimiz   mumkin.  Ayni   vaqtda,
ahamiyatsiz   tafovutlarni   e’tibordan   soqit   etsak,   aksariyat   yo‘nalishlar   doirasida
o‘rganiladigan   asosiy   muammolarni   qayd   etishimiz   mumkin.   Tarix   falsafasining
asosiy tarkibiy qismlarini aytib o‘tamiz va ularga qisqacha to‘xtalamiz 
Tarix   falsafasi   ontologiyasi   –   bu   tarix   falsafasining   tarixiy   borliq
muammolari,   chunonchi:   tarixning   mazmuni   va   yo‘nalishi,   ijtimoiy   taraqqiyot,
ijtimoiy determinizm, yagona tarixiy makonning vujudga kelishi, jahon tarixining
yagonaligi  asoslarini,  insonning  koinotdagi  o‘rnini  aniqlash, tarixiy vaqt  masalasi
va   hokazolarni   o‘rganish   bilan   shug‘ullanuvchi   tarkibiy   qismi.   Mazkur   bo‘limda
jamiyatning   rivojlanish   mantig‘ini,   uning   turli   tomonlari   o‘rtasidagi   aloqalar   va
o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganish ham muhim o‘rin egallaydi. 
Tarix   falsafasi   gnoseologiyasi   asosiy   e’tiborni   tarixiy   bilish   muammolariga,
aniqroq   aytganda,   tarixiy   faktlar   va   voqealarni   o‘rganish,   tahlil   qilish   va
tushuntirish,   tarixiy   bilimning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   aniqlash,   shuningdek
tarixiy bilishda haqiqatning tagiga yetishga qaratadi. 
Tarix   falsafasi   tarixi   tarix   falsafasining   vujudga   kelishi   va   rivojlanishi,   tarix
falsafasi   predmetining   shakllanishi   muammolarini,   tarix   falsafasining   turli
yo‘nalishlar va oqimlar vujudga kelishiga sabab bo‘lgan ichki differensiasiyalanish
jarayonini   o‘rganadi.   Tarix   falsafasi   mazkur   bo‘limining   muhim   muammolari qatoriga   tarixiy   jarayonni   davriylashtirish,   boshqa   ijtimoiy   fanlar   orasida   tarix
falsafasining o‘rnini aniqlash masalalari ham kiradi. 
Tarix   falsafasi   antropologiyasi   insonning   tarixiy   jarayondagi   o‘rnini,   bu
jarayonda   tarix   subektlarining   rolini   aniqlaydi   va   «Tarixni   kim   harakatga
keltiradi?»,   degan   savolga   javob   beradi.   Odatda,   tarix   falsafasining   turli
yo‘nalishlari   tarixiy   jarayon   subektlari   qatoriga   xalq,   millat,   omma,   olomon,
ijtimoiy   sinflar   va   atoqli   shaxslarni   kiritadi   va   qo‘yilgan   savolga   har   xil   javob
beradi. 
Tarix   falsafasining   funksiyalari.   Tarix   falsafasining   funksiyalari
to‘g‘risidagi masalani hal qilmasdan uning predmeti va o‘ziga xos jihatlarini to‘la
anglab   yetish   mumkin   emas.   Tarix   falsafasi   falsafaning   tarkibiy   qismi   ekanligiga
asoslanib,   tarix   falsafasining   funksiyalari   umuman   falsafaning   funksiyalari   bilan
asosan   bir   xil,   deb   taxmin   qilish   mumkin.   Ayni   vaqtda   shuni   ham   unutmaslik
kerakki, tarix falsafasi o‘z alohida obekti, predmeti, metodlari, tadqiqot maqsadlari
va   vazifalariga   ega   va   bu   uning   muayyan   xususiyatlari   mavjudligidan   dalolat
beradi. Quyida ularni ko‘rib chiqamiz 
Tarix falsafasining dunyoqarashga doir funksiyasi shundan iboratki, u insonda
tarixga,   ya’ni   jamiyatning   mavjudligi   va   rivojlanishi,   tarixiy   jarayonning
yagonaligi va rang-barangligiga, uning mazmuni va yo‘nalishiga, insonning undagi
o‘rni va roliga va hokazolarga nisbatan umumiy munosabatni shakllantiradi. 
Tarix   falsafasining   nazariy   funksiyasi   shundan   iboratki,   u   tarixiy   jarayonni
teran   anglab   yetish   va   u   haqda   nazariya,   ya’ni   tarixiy   jarayonning   mavjudligi,
mazmuni,   rivojlanish   yo‘nalishi   haqidagi   qarashlar   tizimi   darajasida   xulosa
chiqarish imkonini beradi. Tarix falsafasining mazkur funksiyasi tarixiy o‘tmishni
nazariy   darajada   rekonstruksiya   qilishni   amalga   oshirish,   tarixiy   dalillar   va
voqealarning haqqoniylik darajasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
Tarix   falsafasining   metodologik   funksiyasi   uning   qoidalarini   tarixiy
o‘tmishning  u yoki  bu ijtimoiy fanlar  doirasida  o‘rganiluvchi  ayrim  hodisalari  va
voqealarini   o‘rganish   jarayonida   amalga   tatbiq   etish   imkoniyatidan   iborat.   Bu
holda   tarix   falsafasining   qoidalari   va   xulosalari   tarix,   sosiologiya,   iqtisod, siyosatshunoslik,   huquq   falsafasi,   psixologiya   va   boshqa   fanlar   sohasida   amalga
oshiriluvchi tadqiqotlarda qudratli metodologik vosita rolini o‘ynaydi. 
Tarix   falsafasining   prognostik   funksiyasi   shundan   iboratki,   tarixiy   jarayon
qonuniyatlarini   bilish   jamiyat,   uning   ayrim   kichik   tizimlarining   rivojlanish
tendensiyalarini,   tarix   voqealari,   kishilar   faoliyatining   yaqin   va   uzoq   kelajakdagi
oqibatlarini bashorat qilishga yordam beradi. Bunday bashorat negizida u yoki bu
ijtimoiy hodisalar va umuman jamiyatning rivojlanishini prognoz qilish mumkin. 
Shuni qayd etish lozimki, tarix falsafasining ko‘rib chiqilgan funksiyalari bir-
biri bilan uzviy bog‘liq va bir-biriga o‘tadi. Ularning har biri qolganlarini nazarda
tutadi va ularni o‘z tarkibiga u yoki bu tarzda kiritadi. 
Tarix   falsafasining   hozirgi   konsepsiyalari.   «Tarix   falsafasi»   atamasi
nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, dastlabki falsafiy-tarixiy g‘oyalar qadim
zamonlardayoq   vujudga   kelgan.   Shu   sababli   tarix   falsafasining   hozirgi
konsepsiyalari   mohiyatini   yaxshiroq   anglab   yetish   uchun   tarixiy   o‘zlikni
anglashning   tadrijiy   rivojlanish   jarayoniga   nazar   tashlash   lozim.   Tarixiy
jarayonning yagonaligi va rang-barangligi, uni davriylashtirish va uning shakllarini
tizimga   solish   haqidagi   tasavvurlar,   shuningdek   insoniyat   tarixiy   rivojlanishini
harakatlantiruvchi kuchlar va uning yo‘nalishi haqidagi masala har doim yuqorida
zikr etilgan jarayonning muhim tarkibiy qismlari hisoblangan. 
Tarixiy   harakat   yo‘llarini,   tarixiy   jarayon   tendensiyalari   va   yo‘nalishini
anglab   yetish   muammosi   antik   davr   mutafakkirlari,   avvalo   Gerodot,   Fukidid,
Aristotel,   Teofrast,   Pliniy   Katta   va   boshqalarda   kuchli   qiziqish   uyg‘otgan.   Bu
tarixchi   va   faylasuflarning   asarlarida   insoniyatning   o‘tmishi   va   kelajagi   haqida
muayyan   tasavvurlar,   odamlarning   qilmishlari   haqida,   tarixiy   voqealarning
yo‘nalishi   va   mazmuni   to‘g‘risida   mulohazalar   mavjud   bo‘lgan.   Kkeyinchalik
bularning barchasi jamuljam holda «tarix falsafasi» deb nomlangan, lekin ular hali
qarashlarning   mukammal   tizimini   tashkil   etmagan.   Bundan   tashqari,   qadimgi
faylasuflar   va   tarixchilarning   aksariyati   diniy-mifologik   dunyoqarashga   amal
qilgan. Bu dunyoqarashga ko‘ra, jamiyatda, xuddi tabiatdagi kabi, aylanma harakat
mavjud, odamlarning xatti-harakatlari taqdirga yoki xudolar irodasiga bo‘ysunadi. Buyuk shaxslar – jamoa oqsoqollari, siyosiy arboblar, qahramonlarga xos bo‘lgan,
o‘z   tabiatiga   ko‘ra   o‘zgarmas   sanalgan   ehtiros   va   iroda   inson   xulq-atvorini
belgilovchi omil hisoblanadi. 
O‘rta   asrlarda  falsafiy   tafakkurining  namoyandalari   Avreliy   Avgustin,   Foma
Akvinskiy   va   b.   Injil   va   yunon-rim   falsafiy-tarixiy   tafakkurini   sintez   qilib,
tarixning   yangi,   teologik   konsepsiyasini   yaratdi,   tarixiy   voqealarning   mazmuni,
tarixiy   asarlarning   mohiyati   va   vazifalari   haqida   yangicha   tasavvurlarni   ilgari
surdi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq, xristian mualliflari, tarix orqali ilohiy niyatni
tushunib   yetishga   harakat   qilib,   aylanma   harakat   g‘oyasini   rad   etdilar   va   tarixiy
jarayonni   o‘tmishdan   kelajak   (bo‘lg‘usi   panohga   erishish,   masihning   kelishi)   sari
chiziqli harakat sifatida tasavvur qildilar. 
Markaziy Osiyo mutafakkiri A.R.Beruniy podsholiklar tarixi orqali o‘tmishni
davrlarga   bo‘lishni   taklif   qiladi.   Tarix   uning   fikricha,   fikr   va   tafakkur   manbai.   U
doimo   turli   fanlarning   o‘zaro   ta’sirining   uzviyligi   va   uyg‘unligi   natijasida
takomillashadi. Shu bois, tarix har qanday olim uchun tadqiqotning muhim manbai
bo‘lib   xizmat   qiladi.   Beruniy   tarixiy   tadqiqotlarni   boshqa   turdosh   fanlarni
o‘rganish   bilan   uyg‘un   holda   olib   borish,   muayyan   natijaga   olib   kelishini
ta’kidlaydi.   Zero,   tarixiy   manbani   o‘rganish,   uning   asosli   yoki   asossiz   ekanligin
isbotlash   tarixiy   tadqiqot   uchun   mas’uliyatli   jarayondir.   Chunki   tarixiy   manba
yaratganlar,   turli   hujjatlarni   bitganlar   yoki   o‘z   manfaatlari,   maqsadlari   doirasida
dalil   to‘playdilar.   Shu   holat   nuqtai   nazaridan   Beruniy   “xabar-xabarchilar   tufayli
rost   va   yolg‘on   tusini   oladi” 1
,   deb   e’tirof   etgan.   Tarixiy   haqiqatni   tiklash,   tarixiy
tafakkur   va   tarixiy   ma’lumotlarni   yig‘ish   Sharq   tarix   falsafasida   aniq   me’yorlar
vositasida amalga oshirilgan. 
Feodalizmning   inqirozi,   kapitalistik   munosabatlarning   rivojlanishi,
hurfikrlilikning   kuchayishi   ijtimoiy   ong   tarixga   nisbatan   teologik   yondashuvdan
xalos   bo‘lishiga   ko‘maklashdiki,   bu   fanning   rivojlanishiga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatdi.
Uyg‘onish   davri   (XIV-XVI   asrlar)   mutafakkirlari,   xristian   tarixchilaridan   farqli
o‘laroq, tarixiy jarayonni dunyoviy sharoitlardan, insonning tabiatidan kelib chiqib
1 1
  Беруний А. Танланган асарлар. 1-жилд. -Т.: Фан, 1968 –Б.50 tushuntirishga   harakat   qildilar.   Masalan,   Nikkolo   Makiavelli   (1469-1527)   o‘z
asarlarida   moddiy   manfaat,   xususiy   mulkni   asrash   va   ko‘paytirishga   intilish
jamiyatning   rivojlanishini   harakatlantiruvchi   kuch   ekanligini   isbotlab,   siklli
rivojlanish   g‘oyasini   asoslashga   harakat   qildi.   Uning   ayrim   asarlarida   ijtimoiy
hodisalarning   qonuniyatlariga   doir   farazlar   ham   mavjud,   lekin   u   mazkur
qonuniyatlarni ta’riflashning uddasidan chiqmagan. 
XVII-XVIII   asrlar   Yevropa   uchun   burjua   industrial   sivilizasiyasi   vujudga
kelishiga va ijtimoiy rivojlanish jarayonining jadallashuviga olib kelgan sanoat va
ijtimoiy-siyosiy   inqiloblar   davriga   aylandi.   Yangi   davr   mutafakkirlari
qarashlarining   shakllanishida   tabiiy   fanlar   ulkan   rol   o‘ynadi.   Bu   davrda   ijtimoiy
fanlarning   rivojlanishiga   tabiatshunoslik   shu   darajada   kuchli   ta’sir   ko‘rsatganki,
tarix aksariyat hollarda tabiiy ilmiy nuqtai nazardan tushuntirilgan. 
Ayni shu davrda yuqorida sanab o‘tilgan sabablar ta’sirida tarix falsafasining
bir   nechta   naturalistik   (lot.   naturalis   –   tabiiy,   natural)   konsepsiyalari   vujudga
kelgan.   Mazkur   konsepsiyalarning   namoyandalari   tabiatga   butun   borliqni,   shu
jumladan tarixiy jarayonni tushuntirishning universal tamoyili sifatida yondashgan.
Bunda naturalizm tushunchasi  turlicha talqin qilingani bois, quyidagi yo‘nalishlar
ajralib   chiqqan:   ijtimoiy   hodisalar   tabiiy   muhit   ta’sirida   tushuntirilgan   geografik
naturalizm   (Sharl   Lui   Monteske,   Iogann   Gerder   va   b.);   tarixiy   jarayonlarni
demografik   determinizm   yordamida   tushuntirgan   demografik   naturalizm   (Tomas
Maltus);   jamiyatdagi   o‘zgarishlarni   avvalo   inson   tafakkuri   bilan   bog‘lovchi
idealistik naturalizm (Klod Gelvesiy, Jan Jak Russo). 
Tarixiy   o‘zlikni   anglashning   rivojlanishiga   o‘z   tadqiqotlarida   tarixni   inson
aqlli   tabiatining   evolyusiyasi   va   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   alohida   borliq
sifatida falsafiy jihatdan anglab yetishga urg‘u bergan Volter (1694-1778) asarlari,
shuningdek tarixiy jarayon g‘oyasini birinchilardan bo‘lib asoslab bergan Mari Jan
Kondorse (1743-1794) tadqiqotlari ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. 
G.V.F.Gegel   (1770-1831)   ijtimoiy   rivojlanishning   o‘ziga   xosligini   obektiv
idealizm   nuqtai   nazaridan   anglab   yetish   yo‘lida   yangi   qadam   tashladi.   U   tarixga
har   bir   davr   betakror   tarzda   rang-barang   bo‘lgan   holda,   ayni   vaqtda   insoniyat rivojlanishining   qonuniy   bosqichi   sanalgan   yagona   qonuniy   jarayon   sifatida
yondashdi.   Bu   rivojlanish   tabiiy   qonuniyatlar   sohasi   bilan   taqqoslaganda
boshqacha   xususiyat   kasb   etadi.   Bu   yerda   tarixiy   qonunlar   kishilarning   ongli
faoliyati   vositasida   amalga   tatbiq   etiladi,   lekin   shu   bilan   birga   tarixda   muayyan
obektiv   mantiq   ham   amalga   oshiriladi   va   tarixiy   jarayon   dunyoviy   aql,   mutlaq
g‘oyaning   cheksiz   tarzda   o‘z-o‘zidan   rivojlanishi,   o‘zini   o‘zi   ro‘yobga   chiqarish
jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. 
XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   –   XX   asr   boshida   tarixiy   bilim   sifat   jihatidan
yangi   darajaga   ko‘tarildi.   Turli   matnlarning   tarixiy   va   lingvistik   tahlili
metodlarining   takomillashishi,   arxeologiyaning   rivojlanishi,   o‘tmish
guvohliklariga   yanada   tanqidiyroq   yondashish   natijasida   tarixiy   bilim   fan
maqomini   qo‘lga   kiritdi.   Shu   bilan   bir   vaqtda   tarixiy   va   tabiiy   ilmiy   bilimlar
butunlay har xil obektlarga mansub bo‘libgina qolmasdan, o‘zlari ham bir-biridan
butunlay farq qilishi yanada teranroq anglab yetildi. 
Tarixiy   o‘zlikni   anglash   jarayoni   evolyusiyasining   keltirilgan   tavsifi   bizga
tarix   falsafasining   hozirgi   konsepsiyalariga   nazar   tashlash   imkonini   beradi.   Bu
konsepsiyalar   orasida   gnoseologik   yo‘nalish   (tanqidiy   tarix   falsafasi),   ontologik
konsepsiya,   aksiologik   konsepsiya,   tarixning   texnokratik   konsepsiyalari   alohida
o‘rin egallaydi. 
Tarix   falsafasining   gnoseologik   yo‘nalishi   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan
e’tiboran   mazkur   fanning   mustaqil   yo‘nalishi   sifatida   shakllana   boshladi.   Bu
yondashuv   namoyandalari   (Vilgelm   Diltey,   Benedetto   Kroche,   Georg   Zimmel,
Robin   Kollingvud,   Raymon   Aron   va   b.)   tarix   falsafasining   asosiy   predmeti   –
tarixiy o‘tmishni o‘rganishning mantiqiy-nazariy va metodologik muammolari, uni
nazariy jihatdan rekonstruksiya qilish va tarixiy dalillarning haqiqiyligini aniqlash,
deb hisoblaganlar. 
Tarix falsafasi  mazkur  yo‘nalishining asoschisi  sifatida haqli  ravishda nemis
madaniyat faylasufi Vilgelm Diltey (1833-1911) e’tirof etiladi. Uning nazariyasida
inson borlig‘i usuli, madaniy-tarixiy voqelik sifatidagi hayot tushunchasi markaziy
o‘rinni egallaydi (shu sababli Diltey nuqtai nazari ko‘pincha «hayot falsafasi»ning istorisistik   varianti   deb   ataladi).   Olim   fikriga   ko‘ra,   inson   o‘z   tarixiga   ega   emas,
lekin   uning   o‘zi   tarixdir   va   aynan   shunda   uning   mohiyati   namoyon   bo‘ladi.
Boshqacha aytganda, Diltey uchun hayot va tarix ayniydir. 
Dilteyning tarix falsafasiga ijtimoiy va tabiiy fanlarni bir-biriga qarama-qarshi
qo‘yish xos.  U inson tabiatni tushuntiradi, ijtimoiy hayotni esa faqat tushunadi, deb
hisoblagan.   Uning   fikricha,   mazkur   tushunish   har   xildir,   chunki   har   bir   inson
tarixiy voqealarga o‘z nisbiy mushohadalari nuqtai nazaridan yondashadi. Bundan
xulosa   shuki,   ilmiy   haqiqatning   tagiga   yetish,   tarixiy   jarayonni   ilmiy   nuqtai
nazardan xolisona bilish amalda mumkin emas. 
Xo‘sh, bu holda tarix falsafasi nimani o‘rganishi lozim? Dilteyning izdoshi –
Kollingvud   fikriga   ko‘ra,   tarix   falsafasi   tarixchining   fikr-mulohazalarini   va   shu
bilan   bir   vaqtda   mazkur   fikr-mulohazalarning   obektini   o‘rganadi.   Shu   sababli
tarixiy jarayonni o‘z holicha o‘rganish tarix falsafasi  vazifalari qatoridan chiqarib
tashlanadi:  tarixiy  jarayon  faylasufga   unda  hodisalarning  tarixiy  bilim  mohiyatini
belgilovchi xususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritilgani uchungina tegishlidir. 
Gnoseologik yo‘nalish, ba’zan tan q i d iy tarix falsafasi deb ham ataladi. Bu hol
shu   bilan   bog‘liqki,   mazkur   yo‘nalish   vakillari   tarixni   tanqidiy   o‘rganishgina
insoniyat tarixi modelini yaratish, tarixiy   dalil larning haqqoniylik darajasiga baho
berish   va   tarixiy   voqelik   manzarasini   nazariy   jihatdan   gavdalantirish   imkonini
beradi,   deb   hisoblaganlar.   Mazkur   yondashuv   kurtaklarini   tarixiy   bilishning
metodologik muammolari, insoniyat tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish
bilan   shug‘ullangan   neokantchilik   Baden   maktabidan   izlash   lozim.   Aksariyat
tadqiqotchilar   tomonidan   bu   maktabning   asoschisi   sifatida   fransuz   faylasufi
Raymon   Aron   (1905-1983)   e’tirof   etiladi.   Uning   asarlaridan   biri   «Tanqidiy   tarix
falsafasi» deb ataladi. 
Ontologik   konsepsiya   namoyandalari   tarix   falsafasining   predmeti   deganda
ijtimoiy hodisalar, jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini  aniqlashga qaratilgan
tadqiqotlar   majmuini   tushunganlar.   Mazkur   tadqiqotlar   shunday   umumfalsafiy
ontologik  muammolar   bilan   bog‘liqki,  ularni   yechishda   jamiyat   tarixining  qolgan
ijtimoiy   hodisalardan   farqini   hisobga   olish   lozim.   Ushbu   yondashuv namoyandalari   (R.Mel,   R.Ramon,   E.Kallo   va   b.)   tarix   falsafasining   diqqat
markazida avvalo ontologik muammolar, chunonchi: insoniyat tarixining mazmuni
va   vujudga   kelishi,   tarixiy   jarayonning   mohiyati   kelajakni   bashorat   qilish
imkoniyatlari, tarixiy jarayonda insonning o‘rni va roli muammolari turishi lozim.
Masalan,   ijtimoiy   rivojlanishni   harakatlantiruvchi   kuchlar   to‘g‘risidagi   masalani
o‘rganish jarayonida inson ongi, erkinligining tarixiy jarayondagi roli to‘g‘risidagi
masala   yuzaga   keladi.   Ammo,   insondan   boshqa   rivojlangan   ongga   ega   bo‘lgan
mavjudotlar fanga ma’lum emasligi tufayli, jamiyatning rivojlanishida ongning roli
to‘g‘risidagi masalalar jamiyat, tarixiy jarayonlar haqidagi masalalar hisoblanadi. 
Tarix   falsafasining   aksiologik   konsepsiyasi   tarixning   qimmati   muammosiga,
shuningdek tarixiy bilimning ayrim hodisalarini qimmatga ega yoki ega emas deb
e’lon   qiluvchi   mulohazalar   uchun   oqilona   asoslarni   aniqlashga   alohida   e’tibor
beradi. 
Mazkur   konsepsiyaning   rivojlanishiga   nemis   faylasuflari   –   neokantchilik
Baden maktabi namoyandalari Vilgelm Vindelband (1848-1915) va Genrix Rikkert
(1863-1936)   salmoqli   hissa   qo‘shgan.   Bu   tadqiqotchilar   falsafani   qadriyatlar
haqidagi   umumiy   fan   sifatida   tavsiflyaganlar.   Rikkert   qadriyatlar   «subekt   va
obektning narigi tomonida joylashgan butunlay mustaqil saltanat»ni tashkil qiladi,
deb   hisoblagan.   Vindelband   va   Rikkert   nazariy   va   amaliy   aqlning   kantcha
tafovutidan kelib chiqib, qadriyatlar haqida mulohaza yuritish va joizlikni bilishga
asoslangan normativ ta’limot sifatidagi tarix falsafasini  nazariy mulohaza yuritish
va   «borliq»   haqidagi   empirik   ma’lumotlarga   tayanuvchi   tajribaga   asoslangan
fanlarga   qarshi   qo‘ygan.   Ular   qonuniyatni   tarixiy   bilishning   asosiy   tamoyili
sifatida   rad   etib,   uni   «qadriyatlarga   mansub   deb   topish»   ta m o y ili   bilan
almashtirgan.   Vindelband   va   Rikkert   fikriga   ko‘ra,   qadriyatlar   tarixdan   ustun
xususiyat   kasb   etadi   va   jamuljam   holda   odamlarga   bog‘liq   bo‘lmagan   ideal
transsendental   (narigi)   dunyoni   tashkil   qiladi.   Bu   dunyodan   tegishli   g‘oyalar,
avvalo transsendental joizlik g‘oyasi kelib chiqadi. U mazkur qadriyatlarning vaqt
va   makon   bilan   cheklanmagan   shak-shubhasiz,   mutlaq   ahamiyatiga   ishora   qiladi.
Odamlar   ularni   anglab   yetishlariga   qarab   qadriyatlarga   tegishli   munosabat   va talablarni   yaratadilar   va   ularga   hayotda,   xulq-atvorda,   kundalik   va   tarixiy
faoliyatda amal qiladilar. 
Vindelband va Rikkert ijtimoiy borliq va ma’naviy hayotning o‘zaro nisbatini
o‘rganib, jamiyat tarixida ma’naviy hayot borliqqa nisbatan yetakchi rol o‘ynaydi,
degan   xulosaga   kelgan   va   shu   bois   ular   K.Marks   taklif   qilgan,   jamiyatning
rivojlanishida   iqtisodiy  omil   (ya’ni   borliq)ning  hal   qiluvchi   ahamiyati  asoslangan
tarixni materialistik tushunishga tanqidiy ko‘z bilan qaragan. Rikkert fikriga ko‘ra,
mazkur  yondashuv  noilmiydir,  chunki   u proletariat   g‘alabasini   «mutlaq  qadriyat»
deb e’lon  q iluvchi marksizm siyosiy dasturi bilan belgilanadi. 
Bu   mulohzalardan   kelib   chiqqanda,   tarix   falsafasi   qadriyatlarning   tabiati   va
mohiyatini,   shuningdek   ularning   odamlar   hayoti   va   faoliyatidagi   ahamiyati   va
tajassumini yoritib beruvchi qadriyatlar haqidagi fan sifatida amal qiladi. 
Hozirgi   zamon   G‘arb   ijtimoiy   falsafasi   va   tarix   falsafasida   texnokratik
konsepsiyalar   ijtimoiy   tafakkurning   ijtimoiy   hayotda   va   jamiyat   taraqqiyotida
texnika   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydi   deb   hisoblovchi   va   sanoatlashishgina   jamiyat
hayoti  va  shaxsni   oqilona  tartibga solish   va kamol   toptirishga  qodir, degan  fikrni
asoslashga harakat qiluvchi yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur konsepsiyalar qatoriga
postindustrial   jamiyat   yoki   axborot   jamiyati   konsepsiyasini   (Daniel   Bell,   Olvin
Toffler),   texnotron   jamiyat   konsepsiyasini   (Zbignev   Bjezinskiy),   yangi   industrial
jamiyat konsepsiyasini (Jon Gelbreyt)ni kiritish mumkin. 
Mazkur   texnologik   determinizm   jamiyat   rivojlanishining   asosiy   omillari
qatoriga   avvalo   ishlab   chiqarish   kuchlari,   texnika,   fan   va   informatikaning
rivojlanish   darajasini   kiritadi.   Masalan,   postindustrializm   konsepsiyasi   hozirgi
zamon   jamiyatida   iqtisodiyotning   birlamchi   sohasi   qishloq   xo‘jaligi,   ikkilamchi
soha   sanoat   emas,   balki   axborot   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydigan   uchlamchi   soha
(xizmatlar   sohasi)   yetakchilik   qilishidan   kelib   chiqadi.   Postindustrial   jamiyatda
sodir   bo‘layotgan   mikroelektron   inqilob   mehnatni   emas,   balki   axborotni
jamiyatning   rivojlanishi   zamirida   yotuvchi   fundamental   ijtimoiy   omilga
aylantirishi qayd etiladi.  Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo‘nalishi muammosi .   Tarixiy jarayon
mazmuni   va   uning   yo‘nalishi   muammosi   tarix   falsafasining   muhim
muammolaridan   biri   hisoblanadi.   Uning   mohiyati   kishilik   jamiyati   o‘zgaradimi,
agar o‘zgarsa, bu o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz beradi va mazkur o‘zgarishlarni
qanday davriylashtirish mumkin, degan savollarga javob topishdan iborat. 
Mazkur   muammo   qadimgi   dunyo   mutafakkirlaridayoq   qiziqish   uyg‘otgan.
Antik   faylasuflar   chiziqli   tarix   falsafasining   uch   muhim   yo‘nalishi:   progressiv,
regressiv   va   siklli   yo‘nalishlarni   farqlaganlar.   Shuni   qayd   etish   muhimki,   bu
yo‘nalishlarning   barchasi   hozirgi   vaqtda   ham   o‘z   izdoshlariga   ega.   Shu   bilan   bir
qatorda,   XIX   asr   oxiri   –   XX   asr   boshlarida   tarixiy   rivojlanishning   nochiziq
konsepsiyasi ham asoslangan. Bu yo‘nalishlarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 
Antik davr mutafakkirlarining aksariyati, shu jumladan Protagor va Demokrit
jamiyatning   rivojlanishi   asosan   yovvoyilikdan   «oltin   asr»   sari   yuksalib   boruvchi
yo‘nalishda   kechgan   deb   hisoblagan.   Ularni   progressiv   yo‘nalish   asoschilari   deb
hisoblash mumkin. Boshqa mutafakkirlar (GESiod, Seneka), aksincha, jamiyatning
rivojlanishi regressiv yo‘nalishga ega, ya’ni u «oltin asr»dan jamiyatning tanazzuli,
axloqning buzilishi  va hokazolar  bilan tavsiflanuvchi  «temir  asr» sari  rivojlanadi,
degan   fikrni   ilgari   surgan.   Yana   bir   toifa   faylasuflar   (Platon,   Aristotel,   Polibiy)
jamiyat yuksalib boruvchi yo‘nalishda, lekin tutash doira bo‘ylab harakatlanadi va
har doim ortga, dastlabki bosqichga qaytadi, deb hisoblagan. 
O‘rta   asrlar   faylasuflari,   tarix   muayyan   yo‘nalishda   rivojlanuvchi   jarayon
ekanligini   rad   etmagan   holda,   uning   yo‘nalishini   Xudo   belgilaydi,   deb
hisoblaganlar. 
O‘z asarlarida tarixning yo‘nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va
rang-baranglikning   o‘zaro   nisbati   muammolarini   ayniqsa   to‘la   qamrab   olgan
dastlabki   tadqiqotchilardan   biri   italyan   faylasufi   Jambattista   Viko   (1668-1744)
bo‘lgan.   O‘zining   «Millatlar   umumiy   tabiati   haqidagi   yangi   fan   asoslari»   deb
nomlangan   risolasida   u   jahon   tarixining   barcha   xalqlar   uchun   yagona   bo‘lgan
tarixiy   aylanma   harakat   sifatidagi   dunyoviy   konsepsiyasini   ilgari   surgan.   Viko
fikriga ko‘ra, barcha xalqlar o‘z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o‘tadi (ibtidoiy varvarlik   («xudolar   asri»)dan   feodalizm   («qahramonlar   asri»)   orqali   demokratik
respublika yoki konstitusiyaviy monarxiya («sivilizasiya asri») sari harakatlanadi).
Har   bir   sikl   mazkur   jamiyatning   umumiy   inqirozi   va   parchalanishi   bilan   tugaydi.
Sikl   yakunlangach,   rivojlanish   jarayoni   yangilanadi   va   ayni   shu   bosqichlardan,
lekin   yuqoriroq   darajada   o‘tadi.   Shunday   qilib,   Viko   g‘oyalari   madaniyatlar   va
sivilizasiyalarning   rivojlanishida   sikllilik   nazariyalari   (Danilevskiy,   Shpengler,
Toynbi)ga asos bo‘lgan. 
Hozirgi   zamon   tarix   falsafasida   tarixiy   jarayon   mantig‘i   va   yo‘nalishini
tushuntirishga   nisbatan   ikki   asosiy   yondashuv:   formasion   va   sivilizasion
yondashuvlar mavjud.  Ularga batafsilroq to‘xtalamiz. 
Formasion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi.
U  jahon   tarixini   ijtimoiy-iqtisodiy   formasiyalar   olinma-ketin   almashuvidan   iborat
yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy   formasiyalar   haqidagi   ta’limotni   Karl   Marks   o‘zining
«Kapital»,   «Siyosiy   iqtisod   tanqidiga   doir»   kabi   asarlarida   ilgari   surgan.   Marks
nazariyasining mohiyatini uning bir qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin:
1)   ijtimoiy-iqtisodiy   formasiya   –   sifat   jihatidan   aniq,   yaxlit   ijtimoiy   tizim
bo‘lib, uning muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o‘rtasida
o‘rnatiladigan   moddiy   (iqtisodiy),   ma’naviy   (mafkuraviy)   va   boshqa   aloqalar   va
munosabatlardir. Moddiy va ma’naviy munosabatlarning o‘zaro aloqasida moddiy
munosabatlar   yetakchi   rol   o‘ynaydi.   Ularning   o‘zagini   ishlab   chiqarish
munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim
faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi;
2)   ijtimoiy-iqtisodiy   formasiya   turli   mamlakatlarda   ular   rivojlanishining
muayyan   bosqichida   ijtimoiy   hayotga  xos   bo‘lgan   umumiy   jihatlarni   aks   ettiradi.
Kapitalizmni   o‘rganish   va   turli   mamlakatlardagi   moddiy   va   ma’naviy
munosabatlarni   taqqoslash   jarayonida   bu   munosabatlarning   ko‘pgina   tomonlari
takrorlanishining   va   mazkur   mamlakatlar   ijtimoiy   rivojlanishning   bir   bosqichi   –
kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan; 3) ijtimoiy-iqtisodiy formasiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir.
Ko‘p   sonli   ijtimoiy   aloqalar   orasida   ishlab   chiqarish   munosabatlarini   farqlash,
ularning bir necha turlari mavjudligini aniqlash imkonini ham bergan; turli ijtimoiy
organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham, har xil ijtimoiy-
iqtisodiy   tuzilishga   ega   bo‘lishi   ham   mumkinligi   (ya’ni   har   xil   tipdagi   ishlab
chiqarish   munosabatlari)   aniqlangan.   Shunday   qilib,   ishlab   chiqarish
munosabatlarining   har   bir   tipi   rivojlanish   bosqichi,   tarixiy   davrni,   bu   ishlab
chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o‘zgarishi esa jamiyat rivojlanishining
mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan. 
Bu   qoidalardan   kelib   chiqib,   ijtimoiy-iqtisodiy   formasiya   –   bu   jamiyatning
muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy
taraqqiyot  bosqichi  sifatida amal  qiladigan yaxlit  ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga
kelish mumkin. 
«Ijtimoiy-iqtisodiy   formasiya»   kategoriyasini   asoslash   tarixiy   jarayonni
davriylashtirish   imkonini   bergan.   U   jami   formasiyalarning   besh   tipini   farqlagan:
ibtidoiy   jamoa,   quldorlik,   feodalizm,   kapitalizm,   kommunizm.   Jahon   tarixiy
jarayoni bir formasiyadan boshqa formasiyaga yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli
jarayon sifatida tavsiflyagan. 
X I X   asrda   ishlab   chiqilgan   formasion   yondashuv   o‘zini   oqlamadi .   Bunda
tarixiy rivojlanish jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas,
balki uni dogmaga aylantirish va mutlaqlashtirish  shakllandi . Ayrim tadqiqotchilar
formasion   yondashuvni   tahlil   qilar   ekanlar,   uning   quyidagi   zaif   jihatlarini   qayd
etadilar.   Birinchidan,   tarixning   har   qanday   bosqichida   jamiyat   hayotini   ijtimoiy-
iqtisodiy   munosabatlargina   belgilaydi,   deb   aytish   o‘rinli   bo‘lmaydi.   Ikkinchidan,
bir formasiyadan boshqa formasiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur
inson   erkinligiga,   insoniyat   rivojlanishining   muqobil   yo‘llarini   tanlashga   o‘rin
qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib
boruvchi chiziq bo‘ylab formasion rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur
yondashuv   amalga   tatbiq   etilganda   har   bir   xalq   va   sivilizasiyaning   o‘ziga   xosligi va   betakrorligi   yo‘qoladi,   ular   ayni   holda   kelajak   barkamol   jamiyatining   sharti
sifatidagina amal qiladi. 
Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy
formasiyadan   iborat   bo‘lgan   chiziqli   sxema   sifatida   talqin   qilishning   bir
yoqlamaligi   ayniqsa   bo‘rtib   namoyon   bo‘ladi.   Jahon   tarixiy   jarayoni   mazkur
nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan
o‘zgacha, nochiziq yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi. Sivilizasion yondashuv
tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir. 
Falsafani   tushunishga   nisbatan   sivilizasion   yondashuv   XIX-XX   asrlarda
vujudga   kelgan.   U   asosan   ko‘p   sonli   madaniyatlar   va   sivilizasiyalar   mavjudligi,
ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g‘oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu
yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi. 
Mazkur yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos  olim  Nikolay Danilevskiy
(1822-1885) bo‘lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo‘lgan, faoliyatning to‘rt
muhim   shakli   yoki   sivilizasiyalar   «asosi»   -   diniy,   madaniy,   siyosiy,   ijtimoiy-
iqtisodiy  asoslar   orqali   namoyon  bo‘luvchi   madaniy-tarixiy  tiplar   (sivilizasiyalar)
haqidagi   konsepsiyani   ilgari   surgan.   Madaniy-tarixiy   tiplar,   biologik   organizmlar
kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzlyuksiz kurash jarayonida bo‘ladi va vujudga
kelish,   voyaga   yetish,   qarish   va   halok   bo‘lish   bosqichlaridan   o‘tadi.   Jahon
tarixining   mazmunini   Danilevskiy   o‘z ining   alohida   qonunlariga   binoan
rivojlanuvchi   xalqlar   madaniy-tarixiy   tiplarining   o‘z-o‘zini   namoyon   etish
xususiyatlarini   aniqlashdan   iborat   deb   bilgan.   Danilevskiy   madaniy-tarixiy   tiplar
rivojlanishining   ayrim   qonunlarini   ta’riflyagan:   1)   bir   tilda   yoki   o‘xshash   tillarda
so‘zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip
vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3 )
sivilizasiyaning   muvaffaqiyatlari   madaniy-tarixiy   tipning   turli   elementlariga
bog‘liq bo‘ladi; 4) sivilizasiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning
ravnaq   topish   davri   esa   qisqadir;   5)   sivilizasiyalar   alohida   va   berk   sharoitda
rivojlanadi,   lekin   bu   ular   bir-biriga   ta’sir   ko‘rsatmaydi,   degan   ma’noni
anglatmaydi.  Danilevskiyning   qarashlarini   nemis   mutafakkiri   Osvald   Shpengler   (1880-
1936)   rivojlantirgan.  U   ham   ijtimoiy   taraqqiyotning   bir   chiziqli   yevroposentristik
sxemasiga   tanqidiy   yondashgan.   Shpengler   falsafasida   madaniyat   asosiy
kategoriya   hisoblanadi.   Faylasuf   madaniyat   deganda   o‘ziga   o‘xshash   boshqa
«organizmlar»dan   ajralib   turadigan   alohida   «organizm»ni   tushungan.   Bundan
yagona umuminsoniy madaniyat yo‘q va bo‘lishi mumkin emas degan xulosa kelib
chiqqan.   Shu   sababli   Shpengler   jahon   tarixining   yaxlitligi   va   yagonaligini,   unda
«o‘zgarmas   va   umumiy»   jihatlar   mavjudligini   rad   etgan.   U   insoniyat   tarixida
sakkiz  madaniyat:   Misr,  Hind, Bobil,  Xitoy, Yunon-rim,   Sharq ,   G‘arb iy Yevropa
va   Mayya   madaniyatlarini   farqlagan.   Shpengler   fikriga   ko‘ra,   har   bir   madaniy
organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo‘ladi,
shundan   so‘ng   u   sivilizasiyaga   aylanadi   va   halok   bo‘ladi.   Har   bir   madaniyat   o‘z
teran   mazmuniga   ega   bo‘ladi   va   tarixiy   jarayonda   bir   xil   ahamiyat   kasb   etadi.
Shpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab yetishdan
iborat, deb hisoblaydi. 
Lokal   sivilizasiyalar   nazariyasining   yana   bir   tarafdori   ingliz   tarixchisi   va
sosiologi   Arnold   Toynbi   (1889-1975)dir.   U   Danilevskiy   va   Shpenglerning
tarixning siklliligi haqidagi fikr-mulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o‘ziga xos
va nisbatan berk sivilizasiyalar tarixlarining yig‘indisi sifatida tushungan (dastlab u
23 sivilizasiyani farqlagan, keyinchalik esa ularni 13 tagacha qisqartirgan). Toynbi
sivilizasiyalarga   «evolyusion   tipdagi   faol   tuzilmalar»   sifatida   yondashib,   har   bir
sivilizasiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish,
tanazzulga uchrash va zavol topishni  farqlagan. Bu asosiy  bosqichlardan o‘tgach,
sivilizasiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizasiya egallaydi. 
Toynbi  bu sivilizasiyalarda  oldinma-ketin yuz beruvchi  ijtimoiy jarayonlarni
o‘xshash deb hisoblab, shunga asoslangan holda yaqin kelajakda dunyo miqyosida
yuz   beradigan   voqealarni   bashorat   qilish   imkonini   beruvchi   ijtimoiy   rivojlanish
takroriyligining   ayrim   formal   empirik   qonunlarini   keltirib   chiqarishga   harakat
qilgan.   U   jahon   tarixining   mazmuni   diniy   evolyusiya   hamda   insoniyatning
ma’naviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan.  Shunday   qilib,   sivilizasion   yondashuv   nuqtai   nazaridan   tarixiy   jarayon
hujumkor   xususiyati   «yuqori   -   quyi»   ko‘rsatkichlari   bilan   emas,   balki   har   bir
sivilizasiya   o‘z   rivojlanish   va   o‘z   taqdirini   o‘zi   belgilash   jarayonida   insoniyat
filogenetik yo‘lining barcha asosiy bosqichlaridan o‘tishi va o‘z tarixi va betakror
individualligiga   ega   bo‘lgan   noyob   ijtimoiy   tuzilma   sifatida   qaralishi   bilan
belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. 
Formasion   va   sivilizasion   yondashuvlarni   taqqoslash   quyidagi   xulosalarga
kelish imkonini beradi: 1) formasion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni
qamrab   olishga   harakat   qiladi   va   asosiy   e’tiborni   uning   dinamikasiga   qaratadi;
sivilizasion   yondashuv   esa   jamiyatning   bir   qismini   (ayrim   sivilizasiyani)
o‘rganadi,   jamiyatni   esa   statik   deb   e’tirof   etadi;   2)   formasion   yondashuv   jamiyat
hayotining   iqtisodiy   omillariga   alohida   e’tibor   beradi;   sivilizasion   yondashuv
asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi.
Tarix   falsafasi   rivojlanishining   hozirgi   bosqichida   tarixning   shunday   bir
talqini   vujudga   keladiki,   unda   mualliflar   bu   muqobil   yondashuvlarning   ijobiy
g‘oyalaridan   foydalanishga   va   ularning   kamchiliklari   o‘rnini   to‘ldirishga   harakat
qiladilar. Mazkur yondashuv monadaga doir yondashuv degan nom olgan. 
Monadaga   doir   yondashuvning   o‘ziga   xos   jihati   shundan   iboratki,   u   jahon
tarixiy   jarayoniga   ko‘p   sonli   tarixiy   individlar   (sosiumlar)dan   iborat   bo‘lgan
yaxlitlik   sifatida   qaraydi.   Bunda   monadaga   doir   yondashuvning   formasion
elementi   tarixiy   rivojlanishning   ayni   bir   bosqichini   boshdan   kechirayotgan   turli
mamlakatlar   uchun   umumiy   bo‘lgan   jihatlarga,   sivilizasion   element   esa   ijtimoiy
organizmlarning   xususiyatlariga,   ularning   betakrorligiga   e’tiborni   qaratadi.
Shunday   qilib,   monadaga   doir   yondashuv   doirasida   formasion   yondashuvning
umumlashtiruvchi   imkoniyatlari   va   sivilizasion   yondashuvning
individuallashtiruvchi   imkoniyatlari   ularni   qarama-qarshi   qo‘yish   asosida   emas,
balki ularning yagonaligi va bir-birini to‘ldirishini tan olish asosida hisobga olinadi
va ro‘yobga chiqariladi. 
Yuqorida   qayd   etib   o‘tilganidek,   tarixning   mazmuni   muammosi   tarix
falsafasining aksariyat yo‘nalishlarida ko‘zga ko‘rinadigan o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda   shunday   konsepsiyalar   ham   paydo   bo‘lganki,   ularda   tarixning   mazmuni
muammosi   markaziy   muammo   hisoblanadi.   Bu   konsepsiyalarning   mohiyatiga
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Taniqli   nemis   faylasufi   Karl   Yaspers   (1883-1969)   yaratgan   nazariyaga
muvofiq,   tarixning   mazmuni   tarixning   chegarasidan   tashqarida   yotadi.   Tarixning
mazmuni   va   negizi   butun   insoniyat   uchun   umumiy   bo‘lgan   e’tiqod   bilan
belgilanadi.   Mazkur   e’tiqod   insoniyat   vakillarini   bir-biridan   ajratmaydi,   balki
jipslashtiradi.   Insoniyatga   bunday   e’tiqodni   biron-bir   jahon   dini   yoki   milliy   din
taklif qilolmaydi. 
Yaspers   jahon   tarixining   «vaqt   o‘qi»   amal   qilgan   davrda   vujudga   kelgan
falsafiy   e’tiqodgina   insoniyat   uchun   umumiy   e’tiqodga   aylanishi   mumkin,   deb
hisoblagan.   Faylasuf   qadimgi   yunon   faylasuflari,   yahudiy   xalqining
payg‘ambarlari,   Eronda   zardushtiylik   dinining,   Xitoyda   –   konfusiychilik   va
daochilikning,  Hindistonda  –  buddizm  va  jaynizmning  asoschilari  bir   vaqtda  ijod
qilgan  miloddan   avvalgi   800   va   200  yillar   oralig‘idagi   davrni   tarixning   universal
mazmunini namoyon etgan «vaqt o‘qi» davri deb hisoblashni taklif qilgan. Mazkur
davrda   majusiylik   o‘rnini   egallagan   jahon   dinlari   paydo   bo‘lgan   va   mifologik
dunyoqarash  o‘rnida falsafiy  tafakkur   vujudga kelgan;   jahonda  deyarli   bir   vaqtda
ichdan   o‘zaro   mushtarak   bo‘lgan   bir   nechta   qudratli   ma’naviy   markazlar   paydo
bo‘lgan.   «Vaqt   o‘qi»   davri   insonga   o‘zini   inson   sifatida   his   qilishga   yordam
bergan,   uning   ma’naviyatini   uyg‘otgan,   uni   madaniyat   va   axloq   asoslari   bilan
oshno   etgan,   uning   oldiga   insonning   mavjudligi   va   hayotning   mazmuni   haqidagi
masalalarni  qo‘ygan. Yaspers  fikriga ko‘ra, inson  o‘z-o‘zini  anglab yetishi, inson
ma’naviyatining   uyg‘onishi   shu   vaqtgacha   o‘zaro   bog‘lanmagan   lokal
madaniyatlarga   bo‘lingan   insoniyat   umumiy   tarixining   ibtidosiga   aylangan.
Shundan   beri   insoniyat   umumiy   taqdir   va   yagona   e’tiqod   bilan   bog‘langan.   Aks
holda   uning   tarixi   halokat   bilan   tugashi   mumkin.   Yaspers   ta’limotiga   ko‘ra,
odamlarni   umumiy   ma’naviy   asoslarda   birlashtirish,   ular   o‘zaro   til   topishini
ta’minlashda   kommunikasiya   ulkan   rol   o‘ynaydi,   shu   bois   uning   tarix   falsafasi
ba’zan kommunikativ tarix falsafasi deb ham ataladi.  Tarixiy   jarayon   mazmuni   va   uning   yo‘nalishi   muammosi   bilan   amerikalik
faylasuf   Frensis   Fukuyama   ham   shug‘ullangan.   U   o‘zi   yaratgan   «tarixning
intihosi»   nazariyasini   taklif   qilgan.   «Tarixning   intihosi»ni   u   shunda   ko‘rganki,
insoniyat   oxir-oqibatda   jamiyat   va   davlatning   optimal   shaklini   albatta   topadi.
Fukuyama liberal g‘oyalar va qarashlarni umuminsoniy ideal sifatida e’tirof etgan,
ularning   negizida   insonning   barcha   ehtiyojlari   qondirilishi   va   jamiyatdagi   asosiy
ziddiyatlar hal qilinishi lozim, deb hisoblagan. Uning fikricha, liberalizm jamiyatni
tashkil   etishning   oqilona   shakli   sifatida,   o‘z   muqobiliga   ega   emas,   shu   sababli
insoniyat   oldida   bu   mafkurani   boshqa   mamlakatlarga   yoyish   va   shu   tariqa
umuminsoniy   davlat   –   siyosiy   jabhada   liberal   demokratiyani   yaratishdan   boshqa
yo‘l yo‘q. Insoniyat tarixining mazmunini Fukuyama ana shunda ko‘rgan. 
Tarixning   mazmunini   tavsiflashga   nisbatan   boshqacha   yondashuvlar   ham
mavjud.   Masalan,   ayrim   faylasuflar   tarix   har   qanday   mazmundan   xoli,   odamlar
uchun   jumboq   deb   hisoblaganlar   va   insoniyat   kelajagiga   pessimistik   baho
berganlar   (Artur   Shopengauer,   Yakov   Burgxardt).   Ba’zi   bir   mutafakkirlar   tarix
voqealarning   oqilona   tushuntirish   mumkin   bo‘lmagan   irrasional   oqimidir,   deb
hisoblaganlar (Fridrix Nisshe, Eduard Gartman). 
Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g‘oyasi ham muhim o‘rin egallaydi. 
Taraqqiyot   rivojlanish   jarayonining   quyidan   yuksakka,   noraso   holatdan
barkamol   holatga   o‘tish   bilan   tavsiflanuvchi   yo‘nalishini   anglatadi.   Taraqqiyot
haqida jamiyatga tatbiqan (bu holda ijtimoiy taraqqiyotni nazarda tut iladi ) va uning
ayrim elementlariga, jamiyatning tuzilishi yoki boshqa parametrlariga tatbiqan (bu
holda fan-texnika taraqqiyotini, ma’naviy sohadagi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof
muhitni   muhofaza   qilish   sohasidagi   taraqqiyot   nazarda   tut iladi )   so‘z   yuritish
mumkin.   Taraqqiyotning   asosiy   konsepsiyalarini   biz   yuqorida   ko‘rib   chiqdik.   Bu
yerda   shuni   qayd   etish   muhimki,   taraqqiyot   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   ziddiyatlidir,
chunki   uning   teskari   tomoni   regress,   ya’ni   oliydan   tubanga,   barkamol   holatdan
noraso   holatga   o‘tishdir.   Insoniyat   biror   narsani   qo‘lga   kiritar   ekan,   muqarrar
tarzda   nimanidir   yo‘qotadi.   Shu   sababli   insoniyatning   taraqqiyot   yoki   regress
yo‘lidagi harakati haqida faqat umumiy ma’noda so‘z yuritish mumkin.  Jamiyat tarixini tahlil qilar ekanmiz, shuni qayd etishimiz mumkinki, hozirgi
davrgacha   u   asosan   taraqqiyot   yo‘lidan   harakatlangan   va   bu   fikrga   hozirgi   tarix
faylasuflarining   ko‘pchiligi   qo‘shiladi.   Ammo   ijtimoiy   taraqqiyot   g‘oyasiga
hamma   olimlar   ham   ishonavermaydi,   ayrimlar   hatto   taraqqiyotning   rivojlanishga
shikastli   ta’siri   haqida   so‘z   yuritadi.   Masalan,   Aurelio   Pechchei   taraqqiyot   xavfli
jarayon ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, bu anarxik jarayonni
sirtdan turib tartibga solish  mumkin emas va u Yer  yuzida  hayotning rivojlanishi
uchun   shikastli   oqibatlar   kelib   chiqishi   mumkinligiga   e’tibor   bermay,   jamiyat
ehtiyojlari   bilan   biron-bir   real   aloqasiz   olg‘a   yangi   qadamlar   tashlashda   davom
etadi. Bu fikrga   E lvin Toffler (1928 yilda tug‘ilgan) ham qo‘shiladi. U taraqqiyot
jamiyat   va   davlat   institutlarini   vayron   qiluvchi,   qadriyatlarni   o‘zgartiruvchi   va
bizning   hayot   ildizlarimizga   putur   yetkazuvchi   o‘zgarishlar   oqimini   olib   kelishi
haqida ogohlantiradi. 
Taraqqiyot   mezonlarini   aniqlash   ijtimoiy   taraqqiyot   nazariyasining   bahsli
masalasi  hisoblanadi.   XVII   asr  mutafakkirlari  inson  aqlini  taraqqiyot  mezoni  deb
hisoblaganlar.   Keyinchalik   ishlab   chiqarish   kuchlari   va   ishlab   chiqarish
munosabatlarining   rivojlanish   darajasi   shunday   mezon   sifatida   e’tirof   etilgan.
Hozirgi vaqtda taraqqiyotning asosiy mezonlari sifatida ko‘pincha ijtimoiy-siyosiy,
mafkuraviy, gumanistik va boshqa mezonlar qayd etiladi. Bu mezonlar yordamida
u yoki   bu ijtimoiy tizimlar, siyosiy   rejimlar, ijtimoiy harakatlarning progressivlik
darajasini aniqlash mumkin. 
Ammo yuqorida zikr etilgan mezonlarning barchasi ijtimoiy hayotning ayrim
tomonlarinigina   tavsiflaydi   va   butun   jamiyat   taraqqiyoti   haqida   to‘liq   tasavvur
hosil   qilish   imkonini   bermaydi.   Jamiyatning   insonparvarlashuvi   darajasini,
shaxsning   undagi   o‘rnini,  uning   ma’naviy  va   ijtimoiy   erkinlik   darajasini,   moddiy
va   ma’naviy   ehtiyojlari   qondirilishining   sifatini   jamiyat   rivojlanishining   umumiy
yoki umumfalsafiy mezoni deb hisoblash mumkin bo‘lsa kerak. Bu mezon mazkur
jamiyatda   inson   kamol   topish   uchun   imkoniyatlarga   qay   darajada   ega   ekanligini
ko‘rsatadi.   Mazkur   mezon   nuqtai   nazaridan   har   bir   jamiyatning   progressivlik
darajasi u shaxs huquqlari va erkinliklari doirasini qay darajada kengaytirgani, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ehtiyojlarini rivojlantirishi va ularni qondirishi
uchun qanday shart-sharoitlar yaratgani bilan belgilanadi. 
  Insoniyat   azal-azaldan   jamoa   bo‘lib   yashaydi.   Ye r   sayyorasi   uning   abadiy
makoni,   umumiy   Vatanidir.   Quyosh   tizimidagi   ana   shu   mitti   sayyorada
yashayotgan   odamlar   oilasini   jamiyat   deb   atash   odat   tusiga   kirgan.   Demak,
umumbashariy   ma’noda   jamiyat   odamzodning   umri,   hayoti   o‘tgan   hamma   davri,
joy va hududi bilan bog‘liq barcha o‘zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan
birga,   biror   davlat   xududidagi   odamlar   hayoti,   sivilizasiyaning   muayyan
davrlaridagi   turmushga   nisbatan   ham   ushbu   tushuncha   qo‘llanadi.   Har   qanday
holda   ham,   u   umumiy   tushuncha   bo‘lib,   ayrim   odam   va   alohida   shaxs   jamiyat
a’zosi deb ataladi. 
Tilimizdagi   jam,   jamoat   va   jamiyat   degan   so‘zlar   bor.   Barchasining   o‘zaro
yig‘ilgan,   to‘plangan   degan   ma’noni   bildiruvchi   jam   iborasidir.   Masalan:   jamoat
jam.   Odamlar   jam   bo‘lishdi.   Jami   –   o‘n   nafar.   Shuningdek,   jam   so‘zi   qo‘shuv
ma’nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq aholisini, biror
muassasa,   tashkilot   yoki   korxona   ahlini   bildiradi,   ya’ni   bir   joyning   bir   guruh
kishilari deganidir.
Jamoa   atamasi   ma’nosi   jihatidan   jamoatdan   farqlanadi.   Jamoatda   turli
qarashdagi   kishilar   bo‘lsa,   jamoada   esa   bir   maqsad,   bir   xil   manfaat   yo‘lida   jam
bo‘lgan   kishilar   tushuniladi.   Masalan,   jamoat   deganda   bir   masjidda   namoz
o‘quvchi   hammahalla,   hamqishloq   kishilar   nazarda   tutiladi.   Jamoat   so‘zining
jamoatchilik, adabiy jamoatchilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo.
Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakklanadigan
ijtimoiy   munosabatlar   majmuidir.   Ijtimoiy   munosabatlar   ichida   eng   asosiysi,
siyosiy   va   huquqiy   ustqurma   uchun   haqiqiy   bazis   bo‘ladigan,   ijtimoiy   ong
shakllarini   belgilaydigan   munosabatlar   –   iqtisodiy   munosabatlardir.   To‘g‘ri,
jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir. 9
9
 Қаранг: Иброҳимов А., Султонов Х.,Жњраев Н. Ватан туйғуси. Т., 1996 й., 94-бет. Jamiyat  ijtimoiy mehnat  taqsimoti  asosida  shuurga-ongga  til  va nutqqa  ega
bo‘lgan,   bir-birlarining   ijtimoiy   yordami,   ko‘magiga   ehtiyoj   sezuvchi   insonlar
ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir. 
Jamiyat   –   tabiatning   bir   qismi,   ya’ni   ijtimoiy   borliqg‘   bo‘lib,   odamlar
uyushmasining   maxsus   shakli   ,kishilar   o‘rtasida   amal   qiladigan   juda   ko‘plab
munosabatlar yig‘indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda
rivojlanuvchi   takomillashib   boruvchi   murakkab   tizimdir.   Har   bir   yangi   davrda
jamiyat   mohiyatini   bilish   zarurati   vujudga   keldadi.   Milliy   mustaqillik   tufayli
jamiyat   mohiyatini   yangicha   idrok   etish   ehtiyoji   paydo   bo‘ldi.   Prezident   Islom
Karimovning   qator   asarlarida   jamiyat   mohiyatini   yangicha   tushunishning   uslubiy
asoslari   yaratildi.   Jamiyat   moddiy   va   ma’naviy   omillar   birligidan   iborat.   Hozirga
qadar   adabiyotlarda   moddiy   va   ma’naviy   hayot   bir-biridan   keskin   farqlanar   edi.
Holbuki, jamiyatning tub mohiyati  uni  tashkil  etuvchi inson mohiyati  bilan uzviy
bog‘liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo‘lmagani singari, jamiyatning
moddiy   va   ma’naviy   jihatlarini   ham   bir-biridan   ajratish   va   ularning   birini
ikkinchisidan   ustun   qo‘yish   mantiqqa   ziddir.   Insonning   moddiy   ehtiyojlari   oziq-
ovqatlar,   kiyim-kechak,   uy-joy,   transport   vositalari,   o‘zini   himoyalash,   zurriyot
qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o‘zlini angalsh,
dunyoqarash,   donishmandlikka   intilish,   bilim,   san’at,   g‘oya,   mafkura,   go‘zallik
bilan, ma’naviy kamolot yo‘lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy
ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson aqlli
mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini  madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat
va   jamiyat   mohiyatini   bilishga,   moddiy   va   ma’naviy   olamni   uyg‘unlashtirishga,
tabiat   va   jamiyatni   o‘z   maqsadlariga   mos   ravishda   o‘zgartirishga   harakat   qiladi.
Ilm – fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli,
muhim   vositasi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Inson   yuksak   ma’naviyat   tufayligina   o‘z
ehtiyojlarini   madaniy   shakllarda   oqilona   va   to‘liqona   qondirish   imkoniga   ega
bo‘ladi.  Mamlakatimizda   ma’naviyat   masalalariga   alohida   e’tibor   berilayotganining
sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy   hayoti   kishilarning
moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liq holda vujudga keldi.
Jamiyat   ham   makro   va   mikro   jismlar   kabi   o‘z-o‘zini   tashkillovchi     va
boshqaruvchi   tizimdir.   Binobarin,   bu   tizim   muayyan   qonunlar   asosida   mavjud
bo‘ladi va takomillashib boradi. 
Ikki jins yakkanikohlikka asoslangan oila shaklida yashashga o‘tishi, urug‘,
qabila,   elat   (xalq,   millatlarning   vujudga   kelishi   va   shu   birliklarda   o‘z   moddiy   va
ma’naviy ehtiyojlarini qondirishlari qonuniy jarayonlardir. Jamiyat taraqqiyotining
muayyan   bosqichida   davlatlarning   kelib   chiqishi,   mulkiy   munosabatlar,   ishlab
chiqarish   munosabatlari,   har   bir   jamiyatning   o‘z   bazis   va   ustqurmasi   bo‘lishi,
bozor   iqtisodi   munosabatlari,   (bularning   iqtisod   nazariyasi   va   sosiologiya   fanlari
batafsil  o‘rganadi)  – ana shu  ijtimoiy hodisalar  albatta ijtimoiy qonunlar  ta’sirida
tarixan o‘z-o‘zidan shakllangan. 
Jamiyat   qonunlarining   amal   qilishi   odamlar   va   ular   uyushmalarining   ongli
faoliyati bilan bog‘lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va
xususiy   (juz’iy)   qonunlar   tipologiyasiga   ajratish   mumkin.   Falsafa   qonunlar   va
kategoriyalarida   o‘z   ifodasini   topgan   o‘zaro   aloqadorliklar,   bog‘lanishlar   ijtimoiy
hayotda ham namoyon bo‘ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar,
tamoyillarni   bilish   jamiyatni   ilmiy   boshqarish   imkoniyatini   tug‘diradi.   Insoniyat
tarixiy   takomilida,   sosial,   ealtlar,   millatlar   hayotida   o‘xshash   shart-sharoitlarda
birdek   amal   qiladigan   qonunlarni   umumiy   qonunlar   deb  atash   mumkin.   Masalan,
moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o‘rtasidagi mutanosiblik
qonuni   bozor   munosabatlarining   ikki   tomni   o‘rtasidagi   yoki   ehtiyojlar   bilan
manfaatlar o‘rtasidagi munosabatlarni anglatadi. 
Muayyan   jamiyat   taraqqiyoti   va   tanazzulining   aniq   bir   bosqichlari,   holati
to‘g‘risida   ravshan   tasavvurga   ega   bo‘lish   uchun   xususiy   (juz’iy)   ijtimoiy
qonunlarni   ham   anglab   olish   zarur.   Bunday   qonunlarning   amal   qilish   darajasi
malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat
ayrim   bosqichlarigagina   xos   aloqadorliklarni   ifodasi   bilan   farqlanadi.   Masalan, sobiq   Sho‘rolar   davrida   amal   qilgan   planli   proporsional   deb   atalgan   qonunning
harakati   yo‘li   shu   davlat   tugashi   bilan   to‘sib   qo‘yildi.   Yoki   talab   va   taklif
o‘rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy
qonunlar   O‘zbekiston   sharoitida   o‘ziga   xos,   betakror   amal   qilishi   u   qonunlarga
xususiylik baxsh etadi. Prezident Islom Karimov asos solgan O‘zbekistonda bozor
iqtisodiga   o‘tishning   besh   tamoyili   barcha   qonunlarning   amal   qilishiga   o‘ziga
xoslik baxsh etadi. Umuman olganda, eng umumiy, umumiy, xususiy qonunlar bir-
biri   bilan   dialektik   aloqadorlikda   bo‘lib,   ular   bir-birini   ham   iqror   qiladi,   ham
istisno etadi. 10
Falsafiy   tafakkur   tarixida   jamiyatning   mohiyati   va   rivojlanishiga   oid   turli
nazariyalar mavjud. Bizlarga ma’lumki, jamiyat hayotidagi qarashlar juda qadimgi
davrlardayoq maydonga kelgan qadimgi Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi «Avesto» da, Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo
etishni   olg‘a   surgan,   shunday   jamiyatdagi   davlat   ideal   davlat   deb   ta’kidlangan.
Qadimgi   turk   mifologiyasida   ham   adolatli,   faravon   jamiyat   va   davlat   haqida
e’tiborga   sazavor   qarashlar   mavjud.   Qadimgi   yunon   faylasufi   Aflotun
takomillashgan   kishilik   jamiyatini,   ideal   davlatni   barpo   qilish,   lozim   deb
hisoblagan.   Markaziy   Osiyodan   yetishib   chiqqan   Abu   Nasr   Forobiy   o‘zining
«Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi, maqsadi va vazifalari
haqida   ta’limot   yaratgan.   Abu   Rayxon   Beruniy,   Abu   Ali   Ibn   Sino   kabi
mutafakkirlar   kishilik   jamiyati   paydo   bo‘lishi   sabablarini   insonning   boshqa
mavjudotlarga   nisbatan   ojizligi   birdamlik   hissining   rivojlanganligi   bilan
izohlaganlar.
Falsafiy   tafakkur   tarixida   jamiyatning   mohiyati   va   rivojlanishiga   oid   turli
nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant jamiyatning vujudga kelishini
axloqning   shakllanishi   bilan   izohlagan.   G.Gegel   esa   jamiyatning   shakllanishi   va
rivojlanishi   sabablarini   mutlaq   ruhning   rivojlanishi   bilan,   L.Feserbax   din   bilan
bog‘langan,   ijtimoiy   taraqqiyot   sabablarini   diniy   ong   taraqqiyotidan   izlagan.
Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy
10
 Қаранг: Каримов И. Фалсафа фанидан ваъз (лекция) матнлари. Тошкент, 2003 йил, 115-116-бетлар. taraqqiyotining   uch   bosqichi   (geologiya,   metafizik,   pozitiv   bosqichlar)   bilan
izohlagan. K.Markas jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy
o‘zgarishlar   bilan   bog‘lagan,   barcha   ijtimoiy   hodisa   va   jarayonlarni   sinfiy   nuqtai
nazardan   tushuntirgan.   Ijtimoiy   ziddiyatlarni   sun’iy   ravishda   mutlaqlashtirgan   va
ziddiyatlarni   hal   etishning   asosiy   usuli   sifatida   ijtimoiy   inqilobni   amalga
oshirishni,   mulkdorlar   sinfini   tugatishni   taklif   etgan.   Ijtimoiy   amaliyot   bunday
nazariyaning bir yoqlama ekanini ko‘rsatadi. 
Jamiyat   taraqqiyoti   ko‘p   bosqichli   jarayon   ekani   to‘g‘risidagi   qarashlar
AQSh   faylasufi   O.Toffler   tomonidan   ilgari   surilgan.   Bunday   qarashga   ko‘ra,
jamiyatlar   taraqqiyotiga   binoan   agrar   jamiyat,   industrial   jamiyat,   postindustrial
jamiyatga   ajratilgan.   Adabiyotlarda   jamiyat   taraqqiyoti   borasida   sivilizasiyali
yondashuv   g‘oyasi   ilgari   surilmoqda.   Bunday   yondashuvga   ko‘ra,   har   bir   xalq
o‘zining betakror, noyob, o‘ziga xos va o‘ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan
holda,   boshqa   xalqlar   tajribalaridan   ijodiy   foydalanish   orqali   ijtimoiy
taraqqiyotning o‘ziga xos modelini yaratadi. 
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o‘z oldiga
qo‘ygan   maqsadlariga   erishish   uchun   osoyishtalik   va   tinchlikka   muhtoj   bo‘lgani
kabi jamiyat ham o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikka   ehtiyoj   sezadi.   Barqarorlik   –   jamiyat   taraqqiyotining   tadrijiy
rivojlanishi,   ijtimoiy   tizimning   muayyan   darajadagi   bir   tekis   faoliyat   ko‘rsatish
imkoniyatidir.   U   turg‘unlik   tushunchasidan   keskin   farqlanadi.   Ijtimoiy-siyosiy
turg‘unlik   tushunchasi   jamiyatdagi   mavjud   siyosiy,   ma’naviy   tizimning   tanazzuli
alomatidir. 
Jamiyatda   barqarorlik   beqarorlik   bilan,   inqiroz   gullab-yashnash   bilan
almashib   turishi   ham   mumkin.  Jamiyatning   ma’naviy,  iqtisodiy,   siyosiy,   huquqiy
sohalarida   muayyan   yutuqlarga   erishilgach,ijtimoiy   imkoniyatlar   ro‘yobga
chiqarilib bo‘lgach bundan keyingi taraqqiyoti yo‘lida yangi muammolar tug‘iladi
va ularni hal etish vazifasi paydo bo‘ladi.
Beqarorlik   ichki   va   tashqi   jarayon   va   tahdidlar   natijasida   vujudga   keladi.
Beqarorlik   bir   ijtimoiy-siyosiy   tuzumdan   boshqa   ijtimoiy-siyosiy   tuzumga   o‘tish davrida   keskinlashish   mumkin.   Jamiyat   beqarorlikning   izdan   chiqishi   kishilar
psixologiyasidagi   salbiy   o‘zgarishlarda,     qonunlarning   ishlamasligida,   ijtimoiy
burchning   ado   etilmasligida,   ijtimoiy   ideallarning   yo‘qolishida,   g‘oya   va
mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo‘lishida,
ijtimoiy adolat mezonlarining buzulishida, davlat idoralarining aholini  boshqarish
qobiliyati   kuchsizlanishida,   turli   ziddiyatlarning   keskinlashuvida   o‘z   ifodasini
topadi. 
3-MASALA .   Jahon   tajribasi   har   bir   mamlakat   va   xalqning   o‘z   taraqqiyot
yo‘lini  tanlash huquqiga ega bo‘lishi  umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash garovi ekanini ko‘rsatdi. O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan
keiyn   o‘z   milliy   davlatchilik   asoslarini   mustahkamlash,   o‘ziga   xos   va   mos
taraqqiyot yo‘lini tanlash, rivojlantirishning o‘zbek modelini yaratish imkoniga ega
bo‘ldi.
Demokratik jamiyat uchun inson manfaatlari, erkinligi va qadr-qimmati oliy
qadriyat   hisoblanadi.   Har   qanday   jamiyat   hayoti   uchun   davomiylik,   vorisiylik   va
uzlyuksizlik   xosdir.   Bu   qonuniyatlar   buzilsa,   jamiyatning   tabiiy   hayotida
yo‘qotishlar   ro‘y   beradi.   Bu   holat,   ayniqsa,   bir   tizimdan   boshqa   tizimga   o‘tish,
jamiyat   rivojlanishining   yangi   bosqichiga   ko‘tarish   jarayonida   yaqqol   ko‘zga
tashlanadi.   Mavjud   tizimdan   sifat   jihatdan   yangi   tizimga   o‘tish   jarayonida
islohotlarni ijtimoiy larzalarsiz amalga, odamlarning tafakkurini o‘zgartirish, yangi
qonun   va   normalar   ishlab   eskizidan   foydalanish   jamiyat   rivojlanishiga   ta’sir
ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy   rivojlanishning   o‘zbek   modeli   insoniyatning   rivojlanish   borasidagi
ilg‘or   tajribasiga,   milliy   davlatchilik   tajribalarimizga   va   xalqimiz   mentalitetiga
tayanadi. 
Ijtimoiy   rivojlanish   borasida   odatda   ikki   yo‘ldan   –   inqilobiy   va   tadrijiy
yo‘ldan   borgan.   Insoniyat   tajribasi   ijtimoiy   rivojlanishning   keskin   inqilobiy
o‘zgarishlar yo‘li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evolyusion)
taraqqiyoti   barqaror   –   tabiiy   rivojlanish   yo‘li   ekanini   ko‘rsatadi.   O‘zbekiston
Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo‘li mohiyatini shunday izohlaydi:   «Soxta   inqilobiy   sakrashlarsiz,   -   evolyusion   yo‘li   bilan   normal,
madaniyatli   taraqqiyotga   o‘tish   –   tanlab   olingan   yo‘lning   asosiy   mazmuni   va
mohiyatidir.   ..   Bozor   iqtisodi   sari   buyuk   sakrashlar,   inqilobiy   qayta   o‘zgarishlar
yo‘li   bilan   emas,   balki   sobitqadamlik   va   izchillik   bilan   –   bosqichma-bosqich
harakat   qilish   kerak.   Har   bir   bosqichning   qancha   davom   etishi   hal   qilish   lozim
bo‘lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo‘lishiga, aholining
mehnat faoliyatiga bog‘liqdir». 11
O‘zbek modelining asosiy tamoyillari quyidagilardir:
– iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
– davlatning bosh islohotchi ekanligi;
– qonun ustuvorligi;
– kuchli ijtimoiy himoyalash;
– bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo‘l bilan o‘tish;
o‘zbek modelining o‘ziga xos xususiyatlari  davlatchilik asoslarining, milliy
qadriyatlarning   qayta   tiklanishi,   o‘zlikni   anglash,   umuminsoniy   qadriyatlarning
ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarning tiklanishi va rivojlanishi,
demokratik   qadriyatlarning   rivojlantirilishi   hamda   inson   huquqlarining
kafolatlanishi va boshqalarda o‘z ifodasini topmoqda. 
O‘zbek   modelining   hayotiyligi   jahon   jaoatchiligi   tomonidan   e’tirof   qilindi.
O‘zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda va
uni   o‘rganishga   bo‘lgan   qizikish   ortib   bormoqda.   O‘zbekona   taraqqiyot   yo‘li
ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishni  bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda amalga
oshirishda,   ma’naviyat,   ma’rivat,   madaniyatga   bo‘lgan   e’tiborning   kuchayishida
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi insoni intellektual va
axloqiy   qobiliyatlarining   rivojlanishi   iqtisodiy   rivojlanish   uchun   puxta   zamin
yaratadi.   Kishilarda   yangicha   iqtisodiy   tafakkur,   tadbirkorlik   qobiliyatlarini
rivojlantirishda   zamonaviy   ilm-fan,   texnika   va   texnologiya   asoslarini   egallash
muhim ahamiyat kasb etadi. 
11
 Ислом Каримов. Ўзбекистон: миллий истиҚлол, иҚтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. Т., 1996 й.ғ 40-41, 64-
бетлар. Jamiyat   va   oila   mohiyatan   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liq.   Oilada   jamiyatning
tub mohiyati o‘z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin.
Har   bir   jamiyat   a’zosi   oila   bag‘rida   voyaga   yetadi,   ijtimoiy   munosabatlarni
o‘zlashtiradi   va   insoniy   fazilatlarni   namoyon   etadi.   Barkamol   insonni
shakllantirish,   yni   hayotga,   mehnatga   tayyorlash   oilaning   muqaddas   vazifasidir.
Oilani   mustahkamlash   jamiyat   barqarorligi   va   qudratining   muhim   sharoitdir.   Shu
boisdan ham davlat oilani o‘z himoyasiga oladi.
Jamiyatdagi   ma’naviy-axloqiy   muhitning   sog‘lomligi   ko‘p   jihatdan   oilaviy
madaniyatga bog‘liq. Oila qanday bo‘lsa, jamiyat ham shunday bo‘ladi. Oilada er
va   xotinning   mavqei,oilaviy   munosabatlar   xarakteri   turli   xalqlarda   turlichadir.
Mamlakatimizda   milliy   mustaqillik   yillarida   ma’naviyatimiz   sohasida   amalga
oshirilayotgan islohotlar, avvalo oila qadriyatlarini, eng ilg‘or an’analarni tiklashga
qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o‘zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona
va   ayolning   muqaddasligi   to‘g‘risidagi   g‘oyalar   oilaviy   munosabatlarni
takomillashtirishda   muhim   ahamiyatga   ega.   Ulug‘   mutafakkirlar   jamiyatning
madaniy   darajasi   ayol   va   oiladagi   ahvol,   mavqei   bilan   belgilanishini   alohida
ta’kidlaganlar.   Sog‘lom,   barkamol   avlod   tarbiyasi   jihatdan   ayolning   ma’anviy
salohiyati,   bilimi,   uddaburonligi   va   erkinligiga   bog‘liqdir.   Mamlakatimizda
keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi
mavqei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir. 
Oila muammolari  ilmiy asosda  o‘rganilganligi  va  ularni  oqilona hal  etishni
o‘z   oldiga   maqsad   qilib   qo‘ygan   respublika   «Oila»   ilmiy-amaliy   markazining
tashkil  etilganligi ham  davlatimizning oilaviy munosabatlarini  takomillashtirishga
alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi. 
Davlat   –   jamiyatni   boshqarish,   tartibga   solish   ,ijtimoiy   barqarorlikni
ta’minlashga   qaratilgan   alohida   bir   muassasadir.   Davlat   umuminsoniy   qadriyat,
insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug‘idir.
Jamiyat   ma’naviy   salohiyatining   yuksalib   borishi   bilan   siyosiy   boshqarish
shakllari   va   usullari   ham   takomillashib   boradi.   O‘zgargan   tarixiy   sharoitda
davlatning   mohiyati,   mazmuni   va   vazifalariga   yangicha   yondashish   zarurati vujudga   keladi.   Mustaqillik   yillarida   milliy   davlatchilik   an’analarining   tiklanishi
bilan   davlatning   tashkilotchilik,   bosh   islohotchilik   faoliyati   yangicha   mazmun   va
ahamiyat kasb etdi. 
Prezident   I.A.Karimov   tomonidan   ishlab   chiqilgan   taraqqiyotning   o‘zbek
modeli   konsepsiyasining   amalga   oshirilishida   davlat   hal   qiluvchi   o‘rin   tutadi.
Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar
siyosiy   boshqaruvni   yanada   takomillashtirishga,   yurtimizda   huquqiy   demokratik
jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli javmiyatga o‘tishga qaratilgandir.
Jamiyat   hayotida   turli   jamoalar,   tashkilot   va   uyushmalar   ham   faoliyat
ko‘rsatadi.   Ularni   shartli   ravishda   davlat   va   nodavlat   tashkilotlariga   ajratish
mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar
uyushmalari,   turli   jamg‘armalar,   xotin-qizlar   tashkilotlari,   faxriylar   uyushmasi,
mahalla   o‘mitalari   av   boshqalar   kiradi.   Mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan
barcha   islohotlar   inson   salohiyatini   yanada   yuksaltirishga,   yurtimizda   fuqarolik
jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Demokratik   jamiyatni   barpo   etish   –   O‘zbekiston   taraqqiyotining   bosh
maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga
asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin
uyushmalarning   ko‘p   qirrali   aloqasi   bo‘lib,   davlat   qonunlarini   hurmat   qilib
bajaruvchi   jamiyat   tarkibiga   kiruvchi   elementlarning   nisbiy   mustaqilligiga
asoslanuvchi,   turli   ziddiyat   va   ixtiloflarni   qonun   doirasida   o‘zaro   kelishuv,   sabr-
toqat   va   muzokaralar   orqali   hal   etishga   asoslanuvchi   jamiyatdir.   Demokratik
jamiyat   umuminsoniy   tamoyillar,   milliy   davlatchilik   xususiyatlari,   o‘ziga   xos
turmush   tarzi   va   hayot   falsafasi   negizida   qaror   topadi.   O‘zbekiston   milliy
mustaqilligining dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ydi. 
Demokratik   jamiyatda   davlatning   qator   vazifalari   fuqarolarning   o‘z-o‘zini
boshqarish   organlari   qo‘liga   o‘ta   boshladi,   mahalliy   hokimiyat   organlarining
vakolati   kengayadi.   Bunday   jamiyat   asoslarini   barpo   etish   kishilarning   yuksak
siyosiy   va   huquqiy   madaniyati,   ijtimoiy-siyosiy   faolligiga   tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining
kuchaytirilishi   xalqimizning   o‘z-o‘zini   boshqarish,   idora   etish   madaniyatini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
5- MASALA .   Uzoq   yillar   davomida   falsafiy   adabiyotlarda,   falsafa
darsliklarida   qadriyat   tushunchasiga   umuman   e’tibor   beriladi.   Hozirgi   davrda
kundalik   hayotimizda   kirib   kelayotgan,   inson   ma’naviy   kamoloti   uchun   muhim
ahamiyatga   ega   bo‘lgan,   hamda   yangi   ma’no,   mazmun   kasb   etayotgan   falsafiy
tushunchalardan biri, qadriyatlar muammosidir.
Qadriyat   arabcha   so‘z   bo‘lib,   qadr-andozi,   o‘lchov,   me’yor   degan   ma’noni
anglatadi.   Falsafiy   ma’noda   qadriyat   –   tabiiy   va   ijtimoiy   hayotda   namoyon
bo‘ladigan,   odamlar   tomonidan   qadrlanadigan,   ular   uchun   foydali,   ahamiyatli,
moddiy iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, mavkuraviy, siyosiy, huquqiy, diniy, milliy,
ijtimoiy omillar yig‘indisi bo‘lib hisoblanadi. Qadriyatlar tushunchasi qadr-qimmat
degan ma’noni anglatadi. Oddiy qilib shuni aytish kerraki, «qadriyat» iborasining
mazmuni juda sodda bo‘lib, uning   etimologik mazmuniga vobastadir. Qadriyatlar
–   odamlar   qadrlaydigan   narsalardir.   Bular   atrofimizdagi   predmetlar,   narsa   va
hodisalar, voqealar  bo‘lib, odamlarning kundalik hayotiy ehtiyojlari va talablarini
qondira oladigan yoki qondirishi mumkin bo‘lgan narsalardir.
Umuman   olganda   qadriyatlar   deyilganda   faqat   o‘tmish   davr   uchun   muhiy
ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy
ta’sir   etadigan,   kishilar   ongiga   singib   ijtimoiy   ahamiyat   kasb   etadigan   moddiy,
ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmuasi tushuniladi.
Har   qanday   qadriyat   inson   faoliyatining   mahsuli,   uning   obektiv   olamga
bo‘lgan   munosabatining   ifodasidir.   Qadriyatlar   jamiyat   ijtimoiy   va   ma’naviy
taraqqiyotining   mahsulidir.   Har   bir   qadriyat   muayan   bir   davr,   sharoit   va
ehtiyojning mahsulidir.
Qadriyatlar   falsafiy   nazariyasining   ba’zi   masalalari,   o‘tgan   19-chi   asrning
ikkinchi   yarmida   Yevropada   yangi   kantchilik   maktabiga   mansub   V.   Vindelband,
G. Rikart va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi. Qadriyat nazariyasini  o‘rganish
yunoncha   –   qimmatbaho   ma’nosini   anglatuvchi   aksiologiya   degan   ilm   sohasini vujudga   keltiradi.   19-chi   asrning   20-50   yillarida   M.   Sheler,   N.   Gartman,   R.B.
Perri,   S.P.   Popper   kabi   nemis   va   amerika   faylasuflarining   asarlarida   bu   fanning
asoslari shakllantirildi.
Sharqda   avlod   va   ajdodlarimiz   tomonidan   yaratgan   qadrlash   mezonlarining
tarixi   eng   qadimgi   naqllar,   rivoyatlar,   afsona,   hikoyat   dostonlarga,   ya’ni   xalq
og‘zaki   ijodi   namunalariga   borib   taqaladi.   Spitamen,   Mukanna   va   Jaloliddin
Manguberdi   to‘g‘risidagi   asarlarda,   alpomish,   To‘maris   va   Shiroq   to‘g‘risidagi
afsona   va   dostonlarda   vatanparvarlik,   xalq   va   yurt   ozodligi   uchun   fidoyillik   kabi
ko‘plab   umuminsoniy   qadriyatlar   tasvirlangan.   Ma’naviy   merosimizning   yorqin
namunasi   –   «Avesto»   zardushtiylikning   muqaddas   kitobi   bo‘lganligidan   unda   bu
dinning   qadriyatlar   tizimi,   qadrlash   mezonlari,   o‘sha   davrdagi   milliy   g‘oyalar
yorqin ifodalangan.
Qadrlash   to‘g‘risidagi   qarashlar   VIII-XII   asrlarda   Qur’on   va   xadislarda
ta’riflab   berilgan   ilohiy   qadriyat   va   qadrlash   masalalari   xalqimiz   tarixi   va
madaniyatiga ta’sir ko‘rsatgan.
Sivilizasiyamiz qadriyatlari va xalqimizga xos qadrlash me’yorlari musulmon
sharqi   va   arablar   dunyosi   madaniyatining   rivojiga   ham   katta   ta’sir   ko‘rsatgan.
Tarixda   nomlari   saqlangan   allomalarimiz   o‘z   navbatida   butun   jahon,   sharq
madaniyatiga   hissa   qo‘shganlar   Abu   Hanifa,   Al   Buxoriy,   At   Termiziy,   kubro,
Ahmad   Yassaviy,   Naqshband   kabi   ilohiyot   ilmining   zabardast   allomalari
to‘g‘risida ham aytish joiz. Bundan tashqari atoqli qomumiy olimlar – Xorazmiy,
Farobiy,   Beruniy,   Ibn   Sino,   al   Farg‘oniy   kabi   sivilizasiyamizning   zabardast
namoyondalari ijodi va merosi ko‘zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shu
bilan   birga,   umuinsoniy   madaniyatning   durdonalarini   yaratgan   Ulug‘bek,   Lutfiy,
Navoiy,   Bobur   kabi   zotlarning   jahon   sivilizasiyasiga   qo‘shgan   xizmatlari
muhimdir.
Afsuski,   sivilizasiyamizga   xos   bo‘lgan   Temuriylar   saltanati   parchalanib,
uning   o‘rniga   Xiva   xonligi   va   Buxoro   amirlini,   so‘ngra   Qo‘qon   xonligi   vujudga
keldi.   XIX   asrning   o‘rtalariga   kelib,   Turkiston   chor   Rossiyasi   tomonidan   bosib
olindi.  Mustamlakachilarning  qadriyatlari   va  qadrlash  mezonlari  xalqimiz  orasiga zo‘rlik   bilan   singdirila   boshlandi.   XIX   asrning   oxirlarida   «jadidchi»lar   M.
Behbudiy,   So‘fizoda,   Avloniy,   Cho‘lpon,   Fitrat   va   boshqalar   vujudga   keldi.
Ularning asarlarida qadriyatlarga boy g‘oyalarga duch kelamiz. Lekin, bolsheviklar
boshlagan   siyosiy   jarayonlar   bu   avlodning   boy   merosini   o‘z   domiga   tortdi,
ularning taqdiri ayanchli kechdi.
Sobiq   SSSR   davrida   qadriyat   nazariyasi   uzoq   davr   mobaynida   umuman
ishlanmadi.   Rasmiy   mafkura   va   siyosat   sovet   xalqining   yaxlitligi,   birligi,
xalqlarning   bir-biriga   yaqinlashishi   va   qo‘shilib   ketishi   g‘oyasini   ilgari
surganligidan keyin,  xalqlarning o‘ziga  xosligi, tarixiy merosi,  o‘tmishi,  urf-odat,
rasm-rusumlarini,   dinini,   umuman   xalq   uchun   qadr   bo‘lgan   barcha   narsalarni
ifodalash   mumkin   bo‘lgan   falsafiy   tushuncha   muomilaga   kiritilmadi.   Qatag‘on
yillarida   avj   olgan   dinga,   tarixiy   merosga   eskilik   sarqiti   sifatida   mahalliy   urf-
odatlar va marosimlarga qarshi kurash edi.
Xalq     va   millatlarni   asoratda   saqlashlarining   eng   oson   yo‘li,   ularni
qadriyatlaridan  ajrati щ   edi.  Imperiya  yemirilib,  xalqlarning  mustaqillikka  bo‘lgan
harakatlari   kuchaygan   sari   odamlar   qadriyatlar   masalasiga   tez-tez   murojaat   qila
boshladilar.
Har qanday jamoat, ijtimoiy-tarixiy birliklar (urug‘, qabila, elat, halq, millat)
ijtimoiy   subektlar   va   boshqalar   o‘ziga   xos   qadriyatlar   tizimiga   ega   bo‘ladi.   Bu
qadriyatlar   tizimida   asosiy   bo‘lmagan   qadriyatlar   muayyan   qatorni   tashkil   qiladi,
turli   holatlarda   namoyon   bo‘ladi.   Jamiyat   rivojining   muayyan   davri   yoki   biror
davlatda   ham   ana   shunday   qadriyatlar   tizimi   mavjud   bo‘ladiki,   u   o‘sha   davr,
jamiyat   va   davlat   kishilari,   ularning   faoliyati   uchun   umumiy   mezon   vazifasini
o‘taydi.   Har   bir   ijtimoiy   tarixiy   birlik,   sinf   va   partiyalar   ham   ana   shunday
qadriyatlar tizimi asosida faoliyat ko‘rsatadilar, ulardan foydalanadilar yoki ularga
erishishning turli usullarini qo‘llaydilar.
2. Mohiyat va mazmuniga ko‘ra qadriyatlarni qo‘yidagi shakl va gurug‘larga
bo‘lish mumkin.
1.  Tabiiy qadriyatlar . Tabiiy qadriyatlar insonni o‘rab turgan, insonning paydo
bo‘lishi,   rivojlanishi   va   yashashi   uchun   zarur   bo‘lgan   tabiiy   muhit   va   sharoitlar majmuasidan   iborat.   Bularga   yer,   suv,   havo,   foydali   qazilmalar,   quyosh,
koinotdagi   sayyora   va   yulduzlar,   o‘simliklar,   hayvonot   va   parrandalar,   qisqacha
jonli va jonsiz tabiat kiradi.
2.   Ijtimoiy qadriyatlar . Jamiyatning hayotiy faoliyati  uchun zarur  bo‘lgan va
insoniyatning taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan ijtimoiy soha va tuzilmalarning
majmui   (ishlab-chiqarish,   korxona,   tashkilot,   muassasalar,   oila,   mullat,   sinf   va
h.k.).
3.   Qadriyatlar  sistemasi  ichida   eng ahamiyatlisi  va oiliysi  bu insondir. Inson
o‘z   hayot   faoliyati   jarayonida   jamiyatda   yashaydi,   tabiyat   orqali   esa   o‘z
ehtiyojlarini qondiradi.
Qadriyat   tushunchasining   o‘zi   narsa   va   hodisalarning   insonga   aloqadorligi,
inson   uchun   ahamiyatliligi,   inson   uchun   qadrliligi   tufayli   kelib   chiqqan   va   inson
tomonidan   ishlab   chiqilgan.   Chunki,   inson   tabiat   va   jamiyatdagi   hamma
narsalarning   mezoni,   tabiat   va   jamiyatning   oliy   darajadagi   mahsuli   bo‘lgan
biologik,   psixologik   va   ijtimoiy   sistemadir.   Inson   ongga,   tafakkurga   ega   bo‘lgan
oliy mavjudotdir.
Shuning uchun inson o‘zining har  bir  harakati, faoliyatini  ma’lum  normalar,
me’yorlar yordamida nazorat qilib turadi. Narsa va hodisadar mavjudligining o‘zi
qadriyat bo‘la olmaydi. Ular insonning faoliyatini jamiyat taraqqiyoti uchun zarur
bo‘lgan   taqdirdagina   qadriyatga   aylanadi.   Narsa   va   hodisalardan   tashqari   insoniy
munosabatlar   ham   shaxs   va   jamiyat   hayoti   uchun   zaruriyatga   aylanib   qadriyat
bo‘lishi   mumkin.   Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda   tinchlik,   farovonlik,   tenglik,
adolat,   insonparvarlik,   olijanoblik   singari   insoniy   fazilatlar   va   hodisalarham
qadriyat hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda qadriyatlar ikki turga bo‘linadi.
1.  Moddiy qadriyatlar  ikki turga bo‘linadi.
1) Moddiy qadriyatlar.
2) Ma’naviy qadriyatlar. 1.   Moddiy   qadriyatlarga   insooni   o‘rab   turgan   moddiy   dunyo,   insoniyatning
mavjudligi   uchun   zarur   bo‘lgan   tabiiy   imkoniyatlar,   uning   mehnat   faoliyati
mobaynida yaratilgan barcha moddiy narsalar kiradi.
2.   Ma’naviy   qadriyatlar .   Insoniyatning   ma’naviy   ehtiyojlarini   qondirishga
xizmat   qiladigan   ilmiy   bilimlarning   falsafiy,   axloqiy,   huquqiy,   siyosiy,   estetik,
badiiy, diniy g‘oya va ideallar yig‘indisi ma’naviy hayot qadriyatlari deb ataladi.
Insoniyatning madaniy taraqqiyoti darajasini o‘zida aks ettirib, inson faoliyati
qadriyatlari qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. Umuminsoniy qadriyatlar. Butun insoniyat tomonidan yaratilgyan moddiy
va   ma’naviy   madaniyat,   ilmiy,   falsafiy,   axloqiy,   etetik,   huquqiy,   siyosiy,   badiiy,
ekologik   qarashlar   butun   insoniyatning   mulki   bo‘lgan   boshqa   qadriyatlardan
iboratdir.   Insoniyatning   kelajagi   masalasi   umuminsoniy   qadriyatlardagi   dolzarb
masaladir.
2.   Milliy   qadriyatlar   –   milliy   qadriyatlar   alohida   olingan   xalq,   millat   va
elatlarning   o‘z   tarixiy   taraqqiyoti   davomida   yaratadigan   barcha   moddiy   va
ma’naviy   boyliklari,   urf-odatalri,   merosimlari,   bayramlari   va   millatning   o‘zligini
belgilaydigan boshqa o‘ziga xos tomonlari yig‘indisidan iboratdir. Bu o‘ziga xoslik
moddiy,   ma’naviy,   ijtimoiy,   oilaviy   hayot,   turmush   tarzida   namoyon   bo‘ladi.
Bundan   tashqari   millatga   taalluqli   xalq   amaliy   san’ati,   xalqo‘yinlari,   rasm-
rusumlari, urf-odatlari, marosimlari milliy qadriyatga kiradi. Milliy qadriyatlarning
shakllannishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri, bu diniy qadriyatlardir.
Diniy   qadriyatlar   milliy   qadriyatlar   doirasidan   ancha   keng   bo‘lib,   u   ko‘plab
millatlar   elatlar   xalqlariga   taaluqli   bo‘lgan,   ularni,   ularni   g‘oyaviy     jihatdan
birlashtiradigan   diniy   talablar,   g‘oyalar,   rivoyatlar,   amaliy   marosimchilik,
bayramlar majmuasidan iboratdir. Islom dini misolida ko‘rib o‘tadigan bo‘lsak, yer
yuzida   bir   milliarddan   ortiq   kishining   islom   diniga   e’tiqod   qilishini,   islom   yer
yuzidagi  120 davlatda tarqalganligini  30-dan  ortiq davlatda islom  davlat  dini  deb
e’lon   qilinganligini   va   bu   kishilarning   hammasini   din   asoslari   (arkon   iddin)   deb
hisoblangan. Imon, islom va ehson talablari asosidagi birligini ko‘rishimiz mumkin. Imon
talablari 7-ta aqidani, islom talablari 5-ta amaliy marosimchilik talablarini, ehson-
sidqidildan aqidalarga ishonish va marosimlarni ado etishni tashkil qiladi.
4.   Oilaviy   qadriyatlar .   Oilaviy   qadriyatlar   oila   sharoitidagi   moddiy   va
ma’naviy, axloqiy tarbiyaviy munosabatlarga asoslanadi. Oilaviy qadriyatlarga oila
a’zolari   o‘rtasidagi   o‘zaro   hurmat,   g‘amxo‘rlik,   bir-birini   tushunish,   har   qanday
sharoitda oila sha’nini himoya qilish kabi fazilatlar kiradi.
Oilaviy qadriyatlarning shakllanishida oila a’zolarining shaxsiy xususiyatlari,
xush muomalalik, rostgo‘ylik, mordlik, insoniylik, chevorlik, pazandalik, sodiqlik
singarilar   qadrlanadi.   Oilaviy   qadriyatlar   ijtimoiy   qadriyatlarning   bir   elementi
bo‘lib, qadriyatlar sistemasida muhim o‘rin tutadi.
5.   Shaxsiy qadriyatlar . Har  bir  subektning  umuminsoniy  v milliy qadriyatlar
asosida shakllangan o‘ziga xosligi, fazilatlari majmuasidan iboratdir.
Shaxsiy   qadriyatlarga   insonning   rostgo‘yligi,   kamtaligi,   insoniligi,
mehribonligi, odobligigi, qobiliyatliligi va boshqa sifatlari kiradi.
Yuqorida   aytilganlardan   ma’lum   bo‘ladiki,   qadriyatlar   insonning   kundalik
hayot   faoliyati,   shaxsiy   sifatlari   va   ehtiyojlari   borliqqa   munosabati   bilan
belgilanganligi   uchun   ham   u   insoniyatning   ilk   davrida   paydo   bo‘ldi   va   jamiyat
taraqqiyoti davomida shakllanib bordi. Shuning uchun bugungi kunda O‘zbekiston
o‘z   rivojlanish   va   taraqqiyot   yo‘lini   belgilayotgan   davrda   o‘zbek   xalq   o‘z   milliy
o‘zligini   anglayotgan   o‘adriyatlar   masalasi   eng   dolzarb   masala   bo‘lib   kun   tartibi
chiqdi va xalqimiz ongida shakllangan mutelik psixologiyasidan qutilishda asosiy
rol o‘ynaydi.
Har   bir   fanning   o‘rganish   obekti   uning   asosiy   maqsadi   –   asosiy   masalasini
keltirib   chiqaradi.   Demak,   fanning   asosiy   masalasini   belgilash   aslo   subektiv
intilishlardan   emas,   balki   uning   obektini   o‘rganishdan   kelib   chiqadi.   Madaniyat
tarixining asosiy masalasi esa madaniy qadriyatlarni aniqlashdan iborat.
«Qadriyat»   aksiologik   tushuncha   bo‘lib,   inson,   insonlar   guruhi   va   umuan
insoniyat   uchun   ahamiyatli   bo‘lgan   narsa,   hodisa,   norma   jarayon   va
munosabatlarni   ifoda   etadi.   «Ahamiyatlilik»   va   «foydalilik»   qadriyatlarning darajasini belgilovchi nisbiy tomonlaridir. Narsa va hodisalar, shu jumladan sosial
hodisalarning   qadriyatli   yoki   qadriyatsizligini   aniqlash   muayyan   davrga   inson   va
insonlar guruhi manfaatlari doirasida amalga oshadi. Demak, o‘z-o‘zidan ko‘rinib
turibdiki,   qadriyatlar   inson   va   biron-bir   ijtimoiy   tuzum,   kshilarning   muayyan
birligi   uchun   nisbiy   xarakterga   egadir.   Qadriyatlar   ontologik   xarakteriga   ko‘a
tabiiy va sosial qadriyatlarga ham bo‘linadi. Suv yoki toza havo inson uchun tabiiy
qadriyatdir.   Ular   inson   tomonidan   ishlov   berilib   yaratilmagan.   Sosial
qadriyatlarning jamiyat ichida uning taraqqiyoti davomida yuzaga keladi  va amal
qiladi. Madaniy qadriyatlar sosial qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida faqatgina
inson   tomonidan   ishlov   berilgan   sosial   buyum,   hodisa   va   munosabatlarni   o‘z
ichiga   oladi.   Biron   o‘simlik   yoki   qo‘y   biologik   hodisa   sifatida   tabiatniki.   Lekin
ular   inson   tomonidan   ishlov   berilgandan   so‘ng   madaniy   hodisalarga   –   madaniy
o‘simlik   va   uy   hayvoniga,   shu   jumladan   madaniy   qadriyatlarga   aylanadi.   Bu
jarayon   saqlash   voqelikka   xosdir.   Demak,   insonning   o‘zi   ham   ishlov   berish
mahsuli   sifatida   madaniy   qadriyatdir.   Sosial   qadriyatlar   ichida   shunday   tamon,
element iva munosabatlar ham  borki, ular inson tamonidan bevosita ishlov berish
natijalari emas. 
Ularning yuzaga kelishi insonga nisbatan olsak, bevosita shartlangandir. O‘z-
o‘zidan ravshanki sosial qadriyatlar madaniy va madaniy bo‘lmagan qadriyatlarga
ham  bo‘linadi. Yuqorida  qadriyatlarni  belgilash   nisbiy  xarakterga  ega, degan  fikr
madaniy   qadriyatlarga   ham   tegishlidir.   Chunki   ayni   vaqtda   biron-bir   xalq   uchun
qadriyatli   bo‘lgan   urf-odat   boshqa   xalqlar   uchun   ahamiyatsiz   bo‘lishi   mumkin.
Yoki har bir  xalqning uzoq o‘tmishda qadrli bo‘lgan sosial  norma hozirgi davrga
kelib shunchaki madaniy yodgorlik, hatto konservativ xarakterda bo‘lishi mumkin.
Shuningdek   uzoq   o‘tmishda   yuzaga   kelib,   hozirda   ham   nafaqat   doimiy   milliy,
balki   doimiy   umuminsoniy   qadriyatlar   ham   mavjuddir.   Har   qanday   qadriyatlar
singari madaniy qadriyatlarni bilishning yo‘li-ularning sifatini aniqlashdir. 
Marksistik   adabiyotlarda   narsa   va   hodisalari   yig‘indisi   orqali   bilinadi,   deb
tavsif   berilgan.   Bunda   gap   shunchaki   mexanik   tarzdagi   xossalar   yig‘indisi   ustida
emas,   balki   bir-biri   bilan   dialektik   tarzda   bog‘langan   xossalar   haqida   bormoqda. Xossalar sifatning muayyan tamonlari tariqasida obektning boshqa obektga o‘zaro
munosabatida   namoyon   bo‘ladi.   Ushbu   masalada   M.Xasanovning   fikrlari
qimmatlidir.   Strukturaning   murakkablashishi   uning   funksiyalarining
murakkablashishiga   olib   keladi.   Demak,   madaniy   voqelikni   funksiyanal   aspektda
o‘rganish,   ularning   xossalariga   oid   jarayonlarni   bilishga   asoslanadi.   Madaniy
borliqning   xossalarini   aniqlash   esa   uning   tarkibiy   qismi   madaniy   qadriyatlarni
aniqlash-madaniyat   nazariyasi   va   tarixining   asosiy   masalasidir.   Bu   siz   ushbu   fan
amaliyotdan ajralgan, quruq nazariyaga aylanib qoladi.
3.   O‘zbekistonning   mustaqil   rivojlanish   yo‘liga   o‘tganligi,   unda   umumiy
qadriyatlar   tizimining   shakllanishi   va   barqarorligini   ta’minlaydigan   asosiy
omillardan   biridir.   Mustaqillik   tufayli   respublikamizda   yangi   demakratik
qadriyatlar   tizimini   shakllantirish   imkoni   ochildi.   Mustaqillik   bugungi
O‘zbekistonda   ideal   qadriyatdan   amaliyotga   aylanib   bormoqda.   Bunda   siyosiy,
iqtisodiy,   madaniy,   ma’naviy   sohalarda   tub   o‘zgarishlarni   amalga   oshirish,   xalq
tinchligi, erkinligi   va  faravonligini  ta’minlash,  demakratik qonunlarga  asoslangan
hayot tarzini vujudga keltirish, har bir shaxsning kamolati, qobiliyati va iste’dodini
namoyon   qilish   uchun   to‘liq   imkoniyatlarni   yaratish   borasida   bajarilishi   lozim
bo‘lgan ma’suliyatli vazifalar paydo bo‘ldi.
Yangi   qadriyatlar   tizimining   vujudga   kelishi,   jamiyatdagi   asosiy   ijtimoiy
subektlarning   o‘zaro   hamjihatligi,   kelishuvi,   hamkorligi   asosidagi   faoliyatining
mezoniga   aylanishi   bir   qancha   vaqtni   talab   qiladigan   o‘zgarishlarni   amalga
oshirish   davrini   qamrab   oladi.   Istiqlol   yillarida   O‘zbekistonda   bu   mavzuga
umuminsoniy   tamoyillar   asosida   yondashish   shakllandi.   Bunday   qarashning
vujudga   kelishi,   qadriyatlarning   ijtimoiy   va   ma’naviy   yangilanishi,   jamiyat
a’zolarining   kamolati   hamda   yoshlar   tarbiyasidagi   ahamiyati   masalalariga   davlat
miqyosida   yuksak   e’tibor   ko‘rsatilayotganligi   mazkur   soha   rivojining   bosh
yo‘nalishidir.   Qadriyatlar   mustaqillikni   mustahkamlashning   biri   sifatida
qadirlanishi borasidagi ijobiy jarayonlar tadqiqotlarni ko‘paytirish, ularga nisbatan
mas’uliyatini   yanada   oshirishni   taqoza   qilmoqda.   Istiqlol   asrlar   davomida
shakllangan o‘ziga xos sharqona va o‘zbekona qadrlash masalalari va me’yorlarini qayta tiklash hamda zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishni kun tartibiga
qo‘ydi. 
Zero,   mustaqil   bo‘lmagan   mamlakatning   qadriyatlari   tizimi   hech   qachon
to‘kis   bo‘lmaydi.   Mustamlaka   mamlakatning   ma’naviy   hayotida
mustamlakachilarning   qadriyatlari   ustuvor   bo‘lishi   aniq.   Faqat   mustaqillikkina
ushbu   xolatni   tubdan   o‘zgartiradi,   mamlakatning   qadriyatlar   majmuasini   jahon
tizimining teng huquqli va haqiqiy qismiga aylantiradi. Shu sababdan ham istiqlol
yangi   qadriyatlar   tizimini   shakllantirishni   taqoza   qildi.   Bu   zaruriyat   esa
qadriyatlarni   qayta   baholash,   yurtimizda   sharqona,   azaliy   va   umuminsoniy
qadrlash   mezonlari   ustuvor   bo‘lgan   hayot   tarzini   shakllantirish   jarayoni   bilan
uyg‘unlashib   ketdi.   Qadriyatlar   sohasidagi   o‘zgarishlarga   e’tibor   va   bu   borada
yangi   tamoyillardan   ta’lim-tarbiyada   foydalanish   ehtiyoji   oshayotganligining
sababi   ham   ana   shunda.   Shu   bilan   birgalikda   har   bir   millat   o‘z   qadriyatlarining
emas,   balki   uni   asrab-avaylovchi   va   kelajakka   yetkazuvchisi   hamdir.   Milliy
qadriyatlarning   saqlanishi   uchun   har   bir   millatning   o‘zi   mas’uldir.   Bu   esa
mas’ullikning   faqat   alohida   shaxslarga   emas,   balki   butun   millatga     ham   xos
namoyon bo‘lishini anglatadi. Millat ozod bo‘lmasligi, siyosiy jarayonlar natijasida
biror   imperiya   yoki   davlatga   qaram   bo‘lishi   mumkin,   ammo   unda   o‘z   milliy
qadriyatlarini   saqlash   yo‘qolib   ketmaydi.   Har   bir   millatning   o‘zi   qadirlaydigan
madaniyati, tili, an’nalari, urf-odatlari, marosimlari va odob normalari bor. Milliy
qadriyatlar   millatning   tabiiy   tarixiy   rivoji,   ijtimoiy   turmushi,   yashash   tarzi,
o‘tmishi, kelajagi, madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlari, an’analari, tili, u vujudga
kelgan hudud va boshqalar bilan o‘zviy bog‘langan. Ular xilma-xil shakllarda, bir-
biri   bilan   uzviy   aloqada   namoyon   bo‘ladi,   o‘ziga   xos   milliy   qadriyatlar   tizimini
tashkil qiladi.
Milliy   qadriyatlar   va   ularning   aloqadorligini   ifodasi   bo‘lgan   qadriyatlar
tizimi, millatning o‘zi bilan birga tarix silsilalari zamona zayllari, turli ijtimoiy va
siyosiy   jarayonlar   orasidan   o‘tmishdan   kelajakka   qarab   o‘tib                         turadi.   Bu
qadriyatlar   ko‘proq   lillatning   etnik   xususiyatlari   va   etnik   makoni   bilan   bog‘liq.
Xalqlarning   ijtimoiy   taraqqiyoti   esa   ularning   milliy-yetnik   qadriyatlari   ravnaqi bilan uzviy aloqadorlikda davom etadi. Har bir xalq yoki millat, o‘ziga xos rang-
barang   qadriyatlarni   shakllantirib   borishi   natijasida,   umuminsoniy   qadriyatlarni
shakllantirib, uning turli qirralarini rivojlantirib boradi. 
Umuminsoniy   qadriyatlar   kategoriyasining   mazmunini   o‘rganish   uchun,
avvalo,   «umuminsoniylik»   tushunchasining   ma’nosini   tahlil   qilmoq   lozim.   Bu
tushuncha   jamiyatning   asosiy   jihatlari,   turli   ijtimoiy   sifatlar,   xususiyatlar   va
boshqalarning   umuminsoniy   xarakterga   ega   ekanligini   anglatadi.
«umuminsoniylik»   tushunchasida   qadriyatlarni   tirik   tabiatning   bir   qismi   bo‘lgan
odam   zotining   hayoti   va   kamolati   hamdatarixiy,   siyosiy   va   boshqa   birliklar
(ijtimoiy   subektlar)   uchun   ahamiyati   ham   o‘z   aksini   topadi.   Shu   bilan   birga
umuminsoniylikda   umumijtimoiy   munosabatlar,   ta’lim-tarbiya   va   ma’naviy-
axloqiy jihatlar, ijtimoiy muhitning eng umumiy tamonlari bog‘liq sifatlar ham aks
etadi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda   umuminsoniylik   odamlar   uchun   umumiy   bo‘lgan
mezonlar,   obektiv,   subektiv   holatlar,   xususiyatlar,   shart-sharoitlar   va   boshqalarni
o‘zida aks ettiradigan tushuncha sifatida ishlatiladi.
Ijtimoiy   taraqqiyot   jarayonida   umuminsoniylikning   ustuvorligi   talablari   har
bir   tarixiy   birlikning   tarixiy   rivojlanish   mahsuli,   ekanligini,   bunda   tirik
insonlarning   taqdiri,   orzu   umidlari   borligini   hisobga   olish   taqoza   qiladi.   Bu
talablarga ko‘ra har bir kishi sog‘-omon yashash, umr kechirish, o‘z vujudini omon
saqlash   kabi   huquqlari   bilan   birga   dunyoga   keladi,  bu   huquqlarni   unga  tabiat   ato
etgan,   biror   maqsadlardan   kelib   chiqib   insonni   bu   huquqlaridan   mahrum   qilish
mumkin emas. Qanday sinf, tabaqa, qatlam vakili bo‘lmasin, uning boshqalar kabi
yashash huquqi borligi, mutloq haqiqat, odam zoti esa bu huquq nuqtai nazaridan
tengdir. 
Umuminsoniylikning   bu   boradagi   talablari,   ya’ni   insonning   tabiiy   –tarixi.
Haq-huquqlari,   uning   yashash   va   umr   kechirish   huquqining   tabiiyligi   va   hatto
muqaddasligini to‘la-to‘kis e’tirof qilishdir. Xalq og‘zaki ijodida ham, qadimgi va
zamonaviy   dinlarda   ham,   davlatlarning   kanstitutsiyalarida   va   boshqa   hujjatlarda
ham   buni   yaqqol   kuzatish   mumkin.   Buyuk   Fransuz   revolyusiyasi   (1789   yilda)
qabul qilgan «Inson va grajdan huquqlari Deklaratsiyasi»da ham, 1948 yilning 10- dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy
Deklarasiyasi»da ham kishilarning tabiiy-tarixiy haq-huquqlari jamiyatdagi asosiy
umuminsoniy   qadriyatlar   ekanligi   alohida   ta’kidlanganligi   bejiz   emas.   Olamdagi
insonlarning   yashash   joylari,   o‘tmish   avlodlarining   xoki   yashiringan   zamin,   o‘zi
to‘g‘ilgan   yurti   bilan   bog‘liq   umuminsoniyatga   xos   bokira   tuyg‘ulari   bor.   Bu
tuyg‘ular   tug‘ilgan   uydan,   mahalla,   qishloq,   shahar   ko‘chasidan   tarbiyalana
boshlaydi,   kishi   mansub   bo‘lgan   tarixiy   birlik,uning   o‘tmishi   bilan   bog‘langan
ijtimoiy xududga nisbatan munosabatda namoyon bo‘ladi. Kishi yer sayyorasining
farzandi   ekanini,   o‘zi   uchun   suyukli   xudud   sayyoraning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan
Vatan   ekanligini   anglaganida,   undagi   bu   tuyg‘u   umuminsoniylik   talabiga   mos
keladigan   darajaga   ko‘tariladi.   Sayyoramiz   kishilari   uchun   undagi   tiriklikning
vujudga   kelishi,   rivojlanishi,   odam   zotining   ongli   faoliyati,   mehnati,   madaniy   va
ma’naviy kamolati erishish bosqichlari, tabiat va jamiyatda amalga oshirgan ishlari
bilan   bog‘liq   jarayonlarni   ifodalaydigan   tarix   ham   o‘z   ahamiyati   va   qadriga   ega.
Tarix-odam   zotining   ilk   vujudga   kelgan   davridan,   bizning   kunlarimizgacha
yaratgan   moddiy   boyliklarini,   insoniyat   hayotida   ro‘y   bergan   o‘zgarishlarni
kelajakka yetkazib beradigan «Qadriyatlar sondig‘i»dir.
Tarix-zamin   vujudlarini   yashirib   turgan   avlodlar   ruhi   oiladagi   qarizdorlik
tuyg‘usini   qo‘zg‘agan,   o‘tmishdagi   voqealarni   o‘rganish   zaruriyati   tug‘ilgan   va
kelajakning rejalarini tuzish jarayonida rivojlanishning aniq yo‘l va usullari tanlab
olinayotgan   davrlarda   qadriyatga   umuminsoniy   qadriyatlar   va   ularning   asosiy
shakllari   xilma-xil   tarzda,   rang-barang   holat   va   turli   darajalarda   namoyon
bo‘ladigan   g‘oyat   murakkab,   mazmunan   nihoyatda   boy   va   serqirra   ijtimoiy
tushuncha   sifatida   bu   boradagi   masalalarning   hammasini   bu   ma’ruzada   qamrab
olish qiyin hisoblanadi. Biz bu ma’ruzada qadriyatlar muammosining eng muhim,
ayrim jihatlarini yoritdik. 
6- MASALA.   E htiyoj   –   biologik   va   ijtimoiy   yashash   va   faoliyat
ko‘rsatish   uchun   zarur   bo‘lgan   narsalarga   munosabat   sobiq   ittifoq   davrida   chop
etilgan falsafiy lug‘at, qomus  va qomusiy lug‘atlarda  ehtiyoj, inson  organizmi  va shaxsiyatining yashashi uchun kerak bo‘lgan narsalarga zarurat deb talqin qilingan.
Ehtiyoj faqat inson organizmi   uchun emas, balki o‘simliklar dunyosi, korxonalar,
siyosiy   partiyalar,   jamoat   tashkilotlari   va   boshqa   har   qanday   tabiiy   ijtimoiy
tizimlar uchun ham xos bo‘lgan xususiyat hisoblangan. Bundan tashqari, organizm
yoki tizim hayoti uchun zarur bo‘lgan narsani ham ehtiyoj deb ta’riflab bo‘lmaydi.
Chunki   shu   narsa   bilan   tizim   yetarli   ta’minlanganda   unga   nisbatan   zarurat
yo‘qoladi. 
Jahon   falsafa   va   psixologiya   fanida   ehtiyojlar   mohiyati   ikki   yo‘sinda
izohlanadi. Bir guruh faylasuf va psixologlar ehtiyojni organizm yoki individning
holati deb baholaydilar. Masalan,  ochiqqan odam  ovqatga ehtiyoj sezadi. Demak,
shu ehtiyoj individholati tufayli yuzaga keladi deydilar ular. Boshqa guruh olimlar
esa   ehtiyojni   individning   atrof-muhitdagi   anrsa   va   hodisalarga   munosabati   deb
tushuntiradilar. 
Bozor   iqtisodiyoti   inson   ehtiyojlarini   to‘laroq   qondirish,   uning   qobiliyati,
ijtimoiy   faolligini   yanada   kuchaytirish   uchun   keng   imkoniyatlar   yaratdi.   Bular
quyidagilardir:
- mehnatni tashkil etish usuli va shakllarining o‘zgarganligi;
-   mehnatga   yangicha   munosabatni   rag‘batlantirishga   yordam   beruvchi
omillar;
-   o‘z   qobiliyati,   qiziqishlariga   mos   bo‘lgan   faoliyat   turlarini   tanlash
imkoniyatining yaratilganligi;
- shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo‘llab-quvvatlanishi;
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi;
- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi;
- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi;
- demokratik qadriyatlar rivoji;
-   ma’naviy   meros   va   madaniyat   yutuqlaridani   erkin   foydalanish
imkoniyatining yaratilganligi kabilardir.
Ular   shaxsning   moddiy   va   ma’naviy   ehtiyojlarini   qondirishda   uning   komil
inson   sifatida   rivojlanishida   muhim   ahamiyatga   egadir.   Mustaqillik   yillarida amalga  oshirilayotgan  barcha  islohotlar  inson  manfaatlari, uning  ezgu maqsadlari
ro‘yobga   chiqishini   ta’minlashga   ,uning   barkamol   sifatlar   kasb   etishiga
qaratilgandir.   Shaxs   islohot   natijalaridan   bahramand   bo‘luvchigina   emas,   balki
ularni   sobitqadamlik   bilan   amalga   oshiruvchi   kuch   sifatida   ham   yangilanish
jarayonida o‘zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e’zozlanadi. 
Insonning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o‘z oldiga
quyidagilarni maqsad va vazifa qilib qo‘yadi:
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish;
- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish;
-   insonning   o‘ziligini   anglashi,   ijtimoiy   burch   va   vazifalarini   ado   etishi,
sog‘lom   avlodlar   uzlyuksizligini   ta’minlashi,   kelgusi   avlodlarga   yaxshi   xotiralar
qoldirishi   va   iymon-ye’tiqodi   butun   bo‘lishi   uchun   qulay   sharoitlar   yaratish.
Bunday   imkoniyatlarni   amalga   oshirishga   xalaqit   beradigan   nuqsonlar   ham   inson
tabiati   bilan   bog‘liqdir.   Hozirgi   qadar   inson   to‘g‘risidagi   falsafiy   ta’limot   va
qarashlarda,   asosan,   uning   ijobiy   xususiyatlariga,   yaratuvchanligiga   ko‘proq
e’tibor   berib   kelindi.   Keyingi   vaqtlarda   inson   borlig‘ining   salbiy   jihatlari   ham
tahlil qilina boshlandi. 
Mustaqillik   yillarida   inson   tabiatini   chuqurroq   o‘rganish   va   undagi   salbiy
mayillarni  bartaraf  etishga  yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga
keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid
ravishda   jamiyatdagi   mavjud   qonun-qoida   va   me’yorlarni   paymol   etib,   ko‘proq
g‘arazli   maqsadlarini   amalga   oshirishga   va   turli   ixtiloflarni   keltirib   chiqarishga
harakat   qiladi.   Shunday   niyatlar   yo‘lida   hatto   jinoiy   guruhlarga   birlashadilar,
jamiyat   taraqqiyoti   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   davlat   dasturlarini
amalga oshirishga to‘sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik,tinchlik va
barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy
adolatga   bo‘lgan   ishonchini   susaytiradi,   barkamol   insonni   voyaga   yetkazishga
qarshilik ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ko‘zlab amalga
oshirilayotganligi   xususida   Prezidentimiz   I.A.Karimov   shunday   deb   ta’kidlaydi: «Davlat   qurulishi   va   uning   taraqqiyoti,   jamiyatning   demokratik   yangilanishi,
iqtisodiyotimizni   rivojlantirish   va   erkinlashtirish,   ma’naviy-ma’rifiy   ishlar   bilan
bog‘liq   bo‘lgan,   qisqacha   aytganda,   oldimizda   turgan   barcha   muammo   va
vazifalarni   yechishda   «Islohot   islohot     uchun   emas,   avvalo   nson   uchun,   inson
manfaatlarini   ta’minlash   uchun»   degan   teran   ma’noni   aslo   unutmasligimiz
kerak». 12
Haqiqatdan   ham   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   barcha
islohotlarning   markazida   inson   manfaatlari   yotadi.   Odat   tusiga   kirib   qolgan   bir
an’ana,  ya’ni   har   qaysi   yilga  nom   berishda,   avvalo,  inson   va   uning  manfaatlarini
ta’minlashni,   mamlakatimizda   tinchlik   va   osoyishtalik,   mehr-oqibat,
insonparvarlik   muhitini   mustahkamlashni,   ko‘pchilikni   o‘ylantirayotgan   dolzarb
muammolarni   halqilishni   va   amalga   oshirishni   jamiyatimiz   uchun   ustuvor   vazifa
qilib belgilab olinganligi ham diqqatga sazovordir.
Shaxs   erkinligi   demokratik   qadriyatlar   tizimida   alohida   o‘rin   tutadi.
Erkinlik–insonning   intellektual-ma’naviy   kamolotga   erishuvining   zarur   sharti,
anglanganligidir.   Erkinlik   tufayligina   inson   yaratuvchilik   qobiliyatini   namoyon
etadi, shaxsiy ma’suliyat va insoniy burchini to‘la his etadi. Shaxs erkinligi avvalo,
axloqiy,   so‘z,   vijdon,   matbuot   erkinligida   ro‘yobga   chiqadi.   Demokratik   jamiyat
shaxs   erkinligini   ta’minlashning   huquqiy   asoslarini   yaratish   bilan   cheklanib
qolmay,   ilm-fan,   san’at,   din,   huquq   va   h.k.   larni   rivojlantirishga   alohida   e’tibor
beradi. 
Shu   o‘rinda   Prezidentimiz   I.A.Karimovning   quyidagi   fikrlarini
keltirmoqchimiz:   «Bugun   inson   huquqlari   va   manfaatlari,   ularni   har   tomonlama
himoyalash   va   ta’minlash,   jamiyatni   demokratlashtirish   va   erkinlashtirish   yo‘llari
haqida  gapirar  ekanmiz,  bu  mavzu  dunyoda har  doim,  ayniqsa,  so‘nggi   paytlarda
eng o‘tkir va dolzarb masalaga aylanib borayotganini yaqqol kuzatish mumkin va
buni tabiiy hol, deb qabul qilishimiz kerak». 13
  Buni tushunib olish bugungi kunda
inson   huquqlari   va   erkinliklarini   ta’minlash   o‘ta   dolzarb   masala   bo‘lib
12
 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуҚуҚ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий Қадрият. Т., 2005 йил, 
6-бет.
13
 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуҚуҚ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий Қадрият. Т., 2005 йил, 
11-бет. kelayotganligini  hayotni   o‘zi   taqozo  etmoqda. «Erkinlik»  tushunchasi  har   qanday
shaxsga   nisbatan   emas,   balki   o‘z   xatti-harakati,   xulq   –   atvori   va   faoliyati   uchun
javobgarlikni   his   etadigan,   ma’naviy   jihatdan   barkamol   insonga   nisbatan
qo‘llaniladi:   Jamiyatning   ma’naviy   salohiyati   yusalib   borgani   sari,   kishilar
erkinlikka o‘z boshimchalik, nimani xoxlasa shuni qilish deb emas, balki ma’naviy
–   intellektual   rivojlanish   imkoniyati   deb   qaraydilar.   Bozor   munosabatlari
sharoitida   kishilarning   xulq-atvori   va   faoliyatini   boshqarishda   huquqiy   normalar
muhim   rol   o‘ynay   boshlaydi.   Bozor   munosabatlariga   o‘tish   sharoitida   inson
qobiliyatlari   to‘laroq   namoyon   bo‘ladi.   Ijtimoiy   tabaqalanish   jarayonida
kishilarning   boy   va   qshshoq   guruhlarga   ajralishi   tabiiy   qonuniy   jarayondir.
O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   iqtisodiy   islohotlarning   eng   muhim
xususiyati   –   aholining   muayyan   qismining   ijtimoiy   himoyalanishida,   ko‘p   bolali
oilalar,   nafaqaxo‘rlar,   talabalar   va   nogironlarning   davlat   tomonidan
himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bo‘layapti.
Kishilarning   boqimandalik   kayfiyati,   tafakkur   turg‘unligidan   ozod
bo‘lishlari,   o‘zgargan   yangi   iqtisodiy   sharoitga   moslashishlari,   o‘z   bilimi   va
mahoratini   oshirishlari   uchun   g‘amxo‘rlik   qilish   iqtisodiy   islohotlarning
insonparvarlik  yo‘nalishiga   ega   ekanligidan  dalolat   beradi.  Iqtisodiy   islohotlar   va
bozor   munosabatlariga   o‘tish   sharoitida   aholini   kuchli   ijtimoiy   himoyalash
tamoyili  Prezident  Islom  Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o‘zbek modelining
muhim   jihatlaridan   biridir.   Inson   mohiyatini   falsafiy   bilish   ulkan   tarbiyaviy
ahamiyatga   ham   ega.   Inson   falsafasi   har   bir   yangi   tarixiy   davrda   inson   mohiyati,
uning jamiyatda tutgan o‘rni  va ahamiyatini  chuqurroq anglashga yordam  beradi.
Insonga  xos xususiyat  va fazilatlarni  bilish orqali talaba o‘zida shunday sifatlarni
shakllantirishga intiladi. 
Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o‘rganish va umuman,
ta’lim-tarbiya   jarayonida   shakllanadi.   Zamonaviy   bilim   va   yuksak   insoniy
fazilatlarni   egallash   orqali   O‘zbekistonda   ozod   obod   jamiyat   qurish   vazifalari
uyg‘unligini   ta’minlashga   erishish   butun   ta’lim-tarbiya   ishimizning   bosh   mezoni
va uning oldida turgan muhim vazifadir.     FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO‘YXATI :
1.   «Qur'oni     karim».     (A.Mansur     taijima     va     izohlari).     «Cho'lpon».    
Tosheknt,   1992
2.   A.Gxosh.   Chelovecheskiy   sikl.     Kazan.     1992
3.   A.Navoiy.   Lisonut-tayr.   Т .,     1984.
4.   A.Sh.Juzjoniy.   Tasavvuf   va   inson.   Т .,   «Adolat», 2001
5.   A.Shimmel.   Jononmeningjonimda.   Т .,   «Sharq»,     1999.
6.   Abdulhay     Abdurahmonov.     Saodatga     eltuvchi     bilim.     I-II     kitob.     Т .,   «Movarau
nnahr»,   2005.
7.   Abdurahmon     Jomiy.     O'zFA     X.S.Sulaymonov     nomidagi     qo'lyozmalar   instituti
.   Т .,     1997.
9.   Abu   Ali   Ibn   Sino.   Falsafiy   qissalar.   (A.Irisov   taijimasi.   Т .,     1980).
10.     Abu   Nasr   Farobiy.   Fozil odamlar   shahri.   Т .,     1993.
11.     Abul     Muhsin     Muhammad     Baqir     ibn     Muhammad     Ali     Bahouddin  
Balogardon.   Т .,   «Yozuvhi»,     1993.
12.     Aziziddin   Nasafiy   «Zubdat   ul   haqoyiq»   1.1997.
13.     Ahmad   Yassaviy.   Devoni   hikmat.   Т .,   1992.

Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy kadriyatlari Jamiyat va tarix falsafasi Reja: 1.Jamiyat va tarixning uzgaruvchanlig ining falsafiy jixatlari. Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari Tarixga formapion va sivilizatsion yondashuvlar. 2.Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida. Ijtimoiy xayot sferalari. Jamiyatning siyosiy xayotida davlatning urni va roli. Demokratik davlat va fukarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan urni. 3.Sivilizatsiya tushunchasining taxlili va turli yondashuvlar tasnifi Sivilizatsiya rivojining asosiy boskichlari. "Madaniyat" tushunchasi, uning moxiyati, strukturasi va funksiyalari 4.Shark vaGarbmadaniyatlarining uzaro bir-biriga ta’siri. Jaxon sivilizatsiyasi tarixida Shark madaniyatining urni va uni urganishning axamiyati 5. Kadriyat tushunchasining tavsifi va moxiyati. Moddiy va ma’naviy kadriyatlarning uzaro alokador. 6. Extiyojlar va kadriyatlar mutanosibligi Kadrlilik va kadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri.

Insoniyat azal-azaldan jamoa bo‘lib yashaydi. Ye r sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o‘tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog‘liq barcha o‘zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat xududidagi odamlar hayoti, sivilizasiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo‘llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo‘lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a’zosi deb ataladi. Tilimizdagi jam, jamoat va jamiyat degan so‘zlar bor. Barchasining o‘zaro yig‘ilgan, to‘plangan degan ma’noni bildiruvchi jam iborasidir. Masalan: jamoat jam. Odamlar jam bo‘lishdi. Jami – o‘n nafar. Shuningdek, jam so‘zi qo‘shuv ma’nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq aholisini, biror muassasa, tashkilot yoki korxona ahlini bildiradi, ya’ni bir joyning bir guruh kishilari deganidir. Jamoa atamasi ma’nosi jihatidan jamoatdan farqlanadi. Jamoatda turli qarashdagi kishilar bo‘lsa, jamoada esa bir maqsad, bir xil manfaat yo‘lida jam bo‘lgan kishilar tushuniladi. Masalan, jamoat deganda bir masjidda namoz o‘quvchi hammahalla, hamqishloq kishilar nazarda tutiladi. Jamoat so‘zining jamoatchilik, adabiy jamoatchilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo. Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakklanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Ijtimoiy munosabatlar ichida eng asosiysi, siyosiy va huquqiy ustqurma uchun haqiqiy bazis bo‘ladigan, ijtimoiy ong shakllarini belgilaydigan munosabatlar – iqtisodiy munosabatlardir. To‘g‘ri, jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir. 1 Jamiyat ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida shuurga-ongga til va nutqqa ega bo‘lgan, bir-birlarining ijtimoiy yordami, ko‘magiga ehtiyoj sezuvchi insonlar ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir. 1 Қаранг: Иброҳимов А., Султонов Х.,Жњраев Н. Ватан туйғуси. Т., 1996 й., 94-бет.

Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliqg‘ bo‘lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli ,kishilar o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keldadi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog‘liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo‘lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yish mantiqqa ziddir. Insonning moddiy ehtiyojlari oziq- ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o‘zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o‘zlini angalsh, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, g‘oya, mafkura, go‘zallik bilan, ma’naviy kamolot yo‘lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg‘unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o‘z maqsadlariga mos ravishda o‘zgartirishga harakat qiladi. Ilm – fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o‘z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to‘liqona qondirish imkoniga ega bo‘ladi. Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liq holda vujudga keldi.

Jamiyat ham makro va mikro jismlar kabi o‘z-o‘zini tashkillovchi va boshqaruvchi tizimdir. Binobarin, bu tizim muayyan qonunlar asosida mavjud bo‘ladi va takomillashib boradi. Ikki jins yakkanikohlikka asoslangan oila shaklida yashashga o‘tishi, urug‘, qabila, elat (xalq, millatlarning vujudga kelishi va shu birliklarda o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishlari qonuniy jarayonlardir. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida davlatlarning kelib chiqishi, mulkiy munosabatlar, ishlab chiqarish munosabatlari, har bir jamiyatning o‘z bazis va ustqurmasi bo‘lishi, bozor iqtisodi munosabatlari, (bularning iqtisod nazariyasi va sosiologiya fanlari batafsil o‘rganadi) – ana shu ijtimoiy hodisalar albatta ijtimoiy qonunlar ta’sirida tarixan o‘z-o‘zidan shakllangan. Jamiyat qonunlarining amal qilishi odamlar va ular uyushmalarining ongli faoliyati bilan bog‘lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va xususiy (juz’iy) qonunlar tipologiyasiga ajratish mumkin. Falsafa qonunlar va kategoriyalarida o‘z ifodasini topgan o‘zaro aloqadorliklar, bog‘lanishlar ijtimoiy hayotda ham namoyon bo‘ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar, tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy boshqarish imkoniyatini tug‘diradi. Insoniyat tarixiy takomilida, sosial, ealtlar, millatlar hayotida o‘xshash shart-sharoitlarda birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash mumkin. Masalan, moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o‘rtasidagi mutanosiblik qonuni bozor munosabatlarining ikki tomni o‘rtasidagi yoki ehtiyojlar bilan manfaatlar o‘rtasidagi munosabatlarni anglatadi. Muayyan jamiyat taraqqiyoti va tanazzulining aniq bir bosqichlari, holati to‘g‘risida ravshan tasavvurga ega bo‘lish uchun xususiy (juz’iy) ijtimoiy qonunlarni ham anglab olish zarur. Bunday qonunlarning amal qilish darajasi malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat ayrim bosqichlarigagina xos aloqadorliklarni ifodasi bilan farqlanadi. Masalan, sobiq Sho‘rolar davrida amal qilgan planli proporsional deb atalgan qonunning harakati yo‘li shu davlat tugashi bilan to‘sib qo‘yildi. Yoki talab va taklif o‘rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy

qonunlar O‘zbekiston sharoitida o‘ziga xos, betakror amal qilishi u qonunlarga xususiylik baxsh etadi. Prezident Islom Karimov asos solgan O‘zbekistonda bozor iqtisodiga o‘tishning besh tamoyili barcha qonunlarning amal qilishiga o‘ziga xoslik baxsh etadi. Umuman olganda, eng umumiy, umumiy, xususiy qonunlar bir- biri bilan dialektik aloqadorlikda bo‘lib, ular bir-birini ham iqror qiladi, ham istisno etadi. 2 Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Bizlarga ma’lumki, jamiyat hayotidagi qarashlar juda qadimgi davrlardayoq maydonga kelgan qadimgi Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» da, Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo etishni olg‘a surgan, shunday jamiyatdagi davlat ideal davlat deb ta’kidlangan. Qadimgi turk mifologiyasida ham adolatli, faravon jamiyat va davlat haqida e’tiborga sazavor qarashlar mavjud. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun takomillashgan kishilik jamiyatini, ideal davlatni barpo qilish, lozim deb hisoblagan. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy o‘zining «Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi, maqsadi va vazifalari haqida ta’limot yaratgan. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino kabi mutafakkirlar kishilik jamiyati paydo bo‘lishi sabablarini insonning boshqa mavjudotlarga nisbatan ojizligi birdamlik hissining rivojlanganligi bilan izohlaganlar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant jamiyatning vujudga kelishini axloqning shakllanishi bilan izohlagan. G.Gegel esa jamiyatning shakllanishi va rivojlanishi sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L.Feserbax din bilan bog‘langan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch bosqichi (geologiya, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K.Markas jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o‘zgarishlar bilan bog‘lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai 2 Қаранг: Каримов И. Фалсафа фанидан ваъз (лекция) матнлари. Тошкент, 2003 йил, 115-116-бетлар.