TARJIMA TILLARARO VA MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYANING TURI SIFATIDA














![nima va u til bilan qanday shakllanadi? Chet tillarini o‘rganishda ijtimoiy-madaniy
omilning roli qanday bo‘ladi? Ona tilidagi birlamchi dunyo manzarasi va boshqa 6
tillarni o‘rganish jarayonidagi ikkilamchi dunyo manzarasi til va madaniyatda
qanday vujudga keladi? Nima uchun butun dunyoni madaniyatlararo muloqot va
madaniyatlararo to‘qnashuv muammolari tashvishga solib qo‘ydi? Mashhur
amerikalik siyosatshunos olim Samuel Xantingtonni uchinchi jahon urushi siyosiy
yoki iqtisodiy emas, balki madaniyatlar va sivilizatsiyalar urushi bo‘ladi, deb
bashorat qilishiga sabab nima edi? 1 . Demak, “Madaniyatlararo muloqot” fani
yuqorida qayd etilgan savollarga javob beradi. Amerikalik tadqiqotchilar Judith
Martin va Thomas Nakayamaning “Madaniyatlararo muloqot vaziyatlarida”
(Intercultural communication in contexts) nomli asarida madaniyatlararo muloqot
masalalarini ko‘rsatish uchun Muhammad va Aleksning quyidagi tajribalarini
keltirishadi:[3.7] Muhammad va Aleksning tajribalari madaniyatlararo
muloqotning imkoniyatlari va muammolarini ko‘rsatib beradi. Madaniyatlararo
munosabatlar orqali ko‘plab xalqlar va madaniyatlar, shuningdek, o‘zimiz va
madaniyatimiz haqida bilib olishimiz mumkin bo‘ladi. Ayni paytda, ko‘plab
muammolar bilan ham duch kelinadi. Binobarin, madaniyatlararo muloqot
stereotiplar va diskriminatsiya kabi to‘siqlarni ham o‘z ichiga oladi. Mazkur
munosabatlar murakkab tarixiy va siyosiy vaziyatlardan o‘rin oladi 1. Shunday
qilib, “Madaniyatlararo muloqot” fani kommunikatsiya turlari, verbal va noverbal
muloqot, kommunikatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, kommunikatsiyadagi
to‘siqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari, til va madaniyat munosabati, mentalitet,
milliy xarakter, mafkura, olam manzarasining madaniyat va tilda ifodalanishi,
madaniyatlararo to‘qnashuvlar, diskriminatsiyalar, stereotiplar, turli
madaniyatlardagi ramzlar, tabular va evfemizmlarning talqini, gender va h.k.
masalalarni tadqiq etadi.
Tarjima bosqichlari. “Tarjima jarayoni uch bosqichdan iborat: 1) asl nusxani
idrok etish; 2) asl nusxa interpretatsiyasi; 3) asl nusxani qayta ifodalash. Asarni o‘z
tiliga o‘girish maqsadida qo‘lga olgan tarjimonning asl nusxasini anglashi uch
15](/data/documents/315e5901-cc44-4bda-a317-0da6fd0e7545/page_15.png)
![bosqichda sodir bo‘ladi: birinchi bosqichda matn so‘zma-so‘z, ya’ni filologik
tarzda idrok qilinadi. Bu bosqichda bir qancha tarjima qusurlari ro‘y berishi
mumkin: boshka tildagi bir so‘zni xuddi shunday jaranglaydigan bo‘lak so‘z bilan
qorishtirish; yaqin tillarda soxta ekvivalentlar domiga tushib qolish; kontekstni
noto‘g‘ri o‘zlashtirish, ayrim xos so‘zlarning ma’nosiga tushunib yetmaslik;
muallifning muddaosini anglamaslik; ikkinchi bosqichda uslubiy omillarga e’tibor
qilinadi. Tekstni to‘g‘ri o‘qigan kitobxon lisoniy ifodaning uslubiy omillarini ham
anglaydi, ya’ni kayfiyat, piching yoki fojiaviy ma’no, ohangdorlik yoxud voqeani
quruq bayon kilishga moyillik va hokazo. Rosmana kitobxon barcha bu sifatlarni
anglab yetishi shart emas, tarjimon esa avtor qanday qilib tegishli natijaga
erishayotganini aniqlashi, tadqiq etishi lozim. Tarjima oddiy o‘qishga nisbatan
kitobga ancha yuqori talab bilan ongli munosabatda bo‘lishni talab qiladi; uchinchi
bosqich – ayrim til vositalarini uslubiy va ma’no-mazmunini anglashdan tarjimon
asarning badiiy yaxlitligini, badiiy voqelik hodisasi, xarakterlar, ularning
munosabati, avtorning g‘oyaviy niyatini anglashga o‘tadi. Tekstni anglashning bu
yo‘li ancha murakkab va og‘ir – muallif yaratgan badiiy voqelikni to‘laligicha
idrok etish uchun tarjimon keng mushohada quvvatiga ega bo‘lmog‘i darkor. Asl
nusxani to‘laligicha qamrab olish, idrok etish uchnu, aytaylik, rejissyorga qanday
tasavvur quvvati talab etilsa, tarjimonda ham ana shunday tasavvur qobiliyati
bo‘lishi zarur”. [8.75]
I BOB BO‘YICHA XULOSA
Butun dunyo miqyosida turli xalqlarning o‘zaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy,
madaniy hamkorligi borgan sari kuchayib bormoqdaki, bu aloqalarni tarjimasiz
tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda tarjimaning ahamiyati haqida
gapirish quyoshning ahamiyatini tushuntirishday gap bo‘lib qoldi. Ya’ni quyoshsiz
yer yuzida hayot bo‘lmagani kabi, tarjimasiz turli xalqlarning o‘zaro aloqasi,
o‘zaro aloqasiz esa taraqqiyot bo‘lmaydi. “Boshqa xalqlar hayotidan voqif
bo‘lmaslik, g‘ofillik, milliy mahdudlikka olib keladi”. Shuning uchun ham
tarjimaga xalqlarni bir-biriga bog‘lovchi halqa, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi
16](/data/documents/315e5901-cc44-4bda-a317-0da6fd0e7545/page_16.png)


![va “begona”ga ajratish vositasi bo‘lib xizmat qiladi”. [6.26.] Shubhasiz, til
madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, insoniyatning ijtimoiy tarixidagi eng muhim
yutuqlardan biri sanaladi. Lekin boshqa tomondan tilning materiyasida insonning
biologik tabiati namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda ko‘p narsa nutqiy faoliyatning
fiziologik va psixofiziologik imkoniyatlari bilan aniqlangan. Masalan, dunyoning
barcha tillarida unli va undoshlar hamda ko‘plab tovushlar almashinuvi zanjirining
mavjudligi madaniyat bilan emas, tabiat bilan bog‘liqdir. Binobarin, inson faqat
unlilar yoki undoshlarning o‘zi bilan nutq hosil qila olmaydi. Tabiat til
strukturasining teran xususiyatlarini hamda matnni hosil qilish va uni qabul qilish
qonuniyatlarini aniqlaydi. Madaniyat esa tilning mazmun jihatini aniqlaydi.
Mashhur rus tilshunosi G.O.Vinokurning “tilni o‘rganayotgan har qanday
tilshunos, albatta, tanlagan tili uning mahsuloti bo‘lgan o‘sha madaniyatning
tadqiqotchisiga aylanadi” degan tezisi tilshunoslikning shakllanishidan boshlab
tasdiqlanib kelmoqda. V.Fon Gumboldtning ta’limotida (1985) til quyidagicha
izohlanadi: 1) moddiy va ma’naviy madaniyat tilda mujassamlashadi; 2) tilga har
bir xalq uchun o‘ziga xos bo‘lgan ichki shakl xosdir, tilning ichki shakli – “xalq
ruhi” va uning madaniyatining ifodasi; 3) til inson va uning o‘rab olgan dunyo
orasidagi halqa hisoblanadi. V.Fon Gumboldning “tilda xalq ruhi aks etadi” degan
fikri o‘zbek tilshunosi N. Mahmudovning asarlarida o‘ziga xos tarzda davom
ettirilganini ko‘rish mumkin: “...tilda xalqning urf-odati, yashash tarzi, iqtisodiy
ahvoli, qisqasi, xalqning bor-budi, bo‘y-basti aks etadi. Muayyan xalqning tilini
bilish uning butun borlig‘ini anglash demakdir. Muayyan xalq tilining mazmunu
mohiyatini idrok etish shu xalqning tarixiyu kelajagini idrok etish demakdir. Til
xalqning bebaho va muqaddas boyligidir, xalqning har bir asl farzandi o‘z tilida
sobit va o‘z tiliga sodiq bo‘lmog‘i azal-abad ham qarz, ham farz” 4 . Tilning milliy
dunyoqarash va milliy ruh ifodasi ekanligi haqida O‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni qayd etganlar: “Inson tabiati,
fe’l-atvori go‘dakligidan shakllanar ekan, milliy dunyoqarash ham bola vujudiga
ona suti bilan kiradi. Mana shunga alohida e’tibor berishingizni iltimos
qilmoqchiman: tabiiyki, Ona allasi faqat chaqaloqning orom olishi uchungina
19](/data/documents/315e5901-cc44-4bda-a317-0da6fd0e7545/page_19.png)
![aytilmaydi, balki uning vositasida bolaning ko‘ngil dunyosiga milliy ruh kiradi.
Ona tilidagi mehr-muhabbat, nasliy tuyg‘ular va orzular go‘dakning jismu jonida
ildiz qoldiradi”. [7.75.] Tilga ehtirom ko‘rsatish va unga e’tibor berish bobomiz
Alisher Navoiyning “Tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz” degan so‘zlarida o‘zining
haqqoniy ifodasini topgan. Mazkur hikmatni o‘zbek tilshunosi N. Mahmudov
quyidagicha talqin qiladi: “Til benihoya muqaddas va mo‘tabar ne’mat, u odam
degan mavjudotga shakllantirilgan, qavmlar o‘laroq birlashtirgan, taraqqiyot
bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takomilga boshlagan, tafakkur gulshanining
darvozalarini ochgan bemisl bir robitadir. Shuning uchun ham tilga nopisandlik
insoniyatning o‘zligiga nopisandlik demakdir. [8. 211] Tilga ehtirom va e’tibor esa
bu dunyoda inson bolasi muhtaramligining e’tirofidir” Demak, til madaniyatning
ko‘zgusi, xazinasi, sandig‘i, majmuyi, qurolidir. Til madaniyat tashuvchisi, u
madaniyatning, kishilik jamiyatining muloqot vositasidir. Til muqaddas va
mo‘tabar ne’matdir.
2.2 Madaniyat tushunchasi. Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining turli darajalari
farqlanadi. O‘zaro ta’sirning etnik darajasi mahalliy xalqlar, tarixiy-etnografik,
etnokonfessial va boshqa hamjamiyatlar o‘rtasidagi munosabatlarga xosdir. O‘zaro
ta’sirning milliy darajasida boshqaruv vazifalari ko‘proq davlatning siyosiy
strukturalari tomonidan bajariladi. O‘zaro ta’sirning sivilizatsiya darajasi o‘z-
o‘zidan yuz beradigan tarixiy shakllarga ega bo‘ladi; biroq mazkur darajada ilgari
bo‘lgani kabi hozirda ham ma’naviy, badiiy va ilmiy yutuqlarni almashish
natijalari ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining
kundalik muloqot amaliyotida ko‘pincha har uchchala darajaga ham xos bo‘lgan
jarayonlar va munosabatlarning kesishishi kuzatiladi. Madaniyatlararo aloqalarda,
ayniqsa, ko‘p millatli davlatlar ichida bir paytning o‘zida etnik tarkibni
boshqaradigan ma’muriy-davlat shakllariga ega bo‘lgan va bunday shakllarga ega
bo‘lmagan katta va mayda millatlar ishtirok etadi. Bunda son jihatdan ko‘pchilikni
tashkil etadigan va madaniy jihatdan shakllangan xalqlar mayda millatlarga
nisbatan o‘zaro aloqa jarayoniga ko‘proq ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega
20](/data/documents/315e5901-cc44-4bda-a317-0da6fd0e7545/page_20.png)
![bo‘ladi. Shunga ko‘ra, tadqiqotchilar donor-madaniyat (ko‘proq berib, kamroq
oladigan) va retsipiyent- madaniyat (asosan qabul qiladigan madaniyat)ga
ajratishadi. Tarixiy davrlarning muayyan bosqichida mazkur rollar o‘zgarishi
mumkin. Madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida uning strukturasi muhim ahamiyat kasb
etadi. O‘zaro ta’sirning qadimiy va keng tarqalgan shakllaridan biri xo‘jalik
texnologiyalari, mutaxassislar almashinuvidir; o‘zaro ta’sirning barqaror shakli
davlatlararo munosabatlar, siyosiy va huquqiy aloqalar hisoblanadi. [5.7.]
Madaniyatlarning o‘zaro ta’siri natijasida o‘zaro aloqadagi xalqlarning tilida,
badiiy yoki diniy amaliyotida, shuningdek, urf-odatlarida o‘zgarishlar yuz berishi
mumkin. Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining shakllari va tamoyillari farqlanadi.
Tarixan o‘zaro ta’sirning do‘stona, ixtiyoriy (bunday holatlarda o‘zaro aloqa teng
hamkorlikka asoslanadi) hamda zo‘rlash, mustamlakaga aylantirish, harbiy yo‘l
bilan bosib olishga (bunday holatlarda o‘zaro aloqa bir tomonlama manfaatga
asoslanadi) asoslangan shakllari ma’lum. Xalqaro aloqalar amaliyoti alohida
ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlar orasidagi madaniyatlararo aloqalarni
boshqaradigan siyosiy shaklning faoliyati jarayonida maxsus tashkilotlar va
uyushmalar (masalan: BMT, YUNESKO) tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan
o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yiladi. Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda “til va
madaniyat” masalasiga katta e’tibor qaratiladi. Til – madaniyatning ko‘zgusi
bo‘lib, unda nafaqat insonni o‘rab olgan real borliq, uning real yashash sharoitlari,
balki xalqning ijtimoiy o‘zini o‘zi anglashi, uning mentaliteti, milliy xarakteri,
hayot tarzi, an’analari, urf-odatlari, axloqi, qadriyatlar yig‘indisi va dunyoqarashi
ham aks etadi. Agar tilga uning strukturasi, vazifalari va uni o‘zlashtirish jihatidan
qaraladigan bo‘lsa, u holda ijtimoiy qatlam yoki madaniyatning komponenti tilning
tarkibiy qismi bo‘ladi. Ayni paytda madaniyatning komponenti til orqali xabar
qilinadigan qandaydir madaniy informatsiya emas. U tilning barcha sathlariga
tegishli bo‘lgan tilga xos ajralmas xususiyatdir. Tilshunoslar madaniyatlararo aloqa
masalalarida tilning ahamiyati va rolini tushunishda yordam berishadi. Ular
tillarning botiniy va zohiriy strukturalari jihatidan farqlanishini, til va real borliq
orasidagi o‘zaro aloqalarni yoritib beradilar. Shuningdek, tilshunoslar ikkinchi
21](/data/documents/315e5901-cc44-4bda-a317-0da6fd0e7545/page_21.png)
![yoki uchinchi tilni o‘rganish kishilarning boshqa madaniyatlar haqidagi bilimlarini
kengaytirishi, ularning madaniyatlararo salohiyatini kuchaytirishiga xizmat
qilishini uqtirishadi.
Omillarning ikkinchi turiga biz madaniy vaziyatni kiritdik – ya’ni muloqotga
kirishuvchilarning madaniyat darajalari, madaniyat xaqidagi tushunchalari,
dunyoqarashlari va x.k.z.
Omillarning uchinchi turiga predmet vaziyati kiradi, ya’ni muloqot
sharoitlari va ma’lumotning ahamiyati, ma’lumot sifatida jo’natilayotgan matnning
mazmuni.
Kommunikasiya turlariga keladigan bo’lsak, ular 3 turga bo’linadi: verbal
(ya’ni so’zlar orqali), noverbal (xatti-xarakat, mimka, tana xarakatlari), paraverbal
(intonasiya, ovoz tembri, nutqning tezligi va b.).
Tarjimaning tillararo muloqot vositasi sifatidagi modelini taniqli
tarjimashunos olim Otto Kade ishlab chiqqan . [1.21] Uning modeli muloqot
modeli o’xshab ketadi.
Faqat ushbu modelda birlamchi va ikkilamchi vaziyat o’rtasida qaytadan
kodlash jarayoni kiritiladi, tarjimon bir tilda kodlangan ma’lumotni qabul qilib uni
qaytadan kodlab ikkinchi tildagi reseptorga jo’natadi.
Tahlillar natijasi shuni ko’rsatmoqdaki, tarjima bu nafaqat ikki til orasidagi
muloqot balki madaniyatlar o’rtasidagi muloqot vositasidir. Bir madaniyat
muhitida yaratilgan matn ikkinchi madaniyat muhitida noto‘g‘ri talqin qilinishi
yoki umuman tushunmasligi mumkin. Bu o’rinda yana predmetlilik vaziyati haqida
gap yuritish lozim. Turli tilli xalqlar dunyoda ro’y berayotgan turli vaziyatlar va
holatlarni o’z dunyoqarashlaridan kelib chiqib idrok etishadi, talqin qilishadi va
tasvirlashadi.
Masalan, rus tilida dengiz bo’yidagi terassalarni tasvirlash uchun terassalar
dengiz bo’yiga qarab tushib ketmoqda deyiladi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlar
esa xuddi shu manzarani dengizdan yuqoriga qarab ko’tarilmoqda deyishadi. Yana
bir misol rus tilida muloqot qiluvchi xalqlar dengizning sathidan ko’tarilishi va
22](/data/documents/315e5901-cc44-4bda-a317-0da6fd0e7545/page_22.png)
![pasayishini gorizontal tarzda idrok etishsa, ya’ni “otliv i priliv morya”, fransuz
zabon xalqlar dengizning ko’tarilish va pasayishi deb tasvirlaydilar (marée haute -
marée basse).
2.3 “Kommunikatsiya” tushunchasi
Kommunikatsiya ilmiy bilim tushunchasi sifatida uzoq tarixga ega bo‘lib,
uning bir qancha talqinlari mavjud. Masalan, amerikalik psixolog Yu. Ryush
(Jurgen Ruesch) kommunikatsiya tushunchasini antropologiya, sotsiologiya,
siyosatshunoslik, psixologiya, tilshunoslik va h.k. sohalarda qirqdan ortiq talqini
mavjud ekanligini qayd qilgan. Demak, kommunikatsiya muammolari bilan inson
faoliyatining turli sohalaridagi mutaxassislarning to‘qnashishi tabiiy holdir.
Bugungi kunda “kommunikatsiya” ijtimoiy-gumanitar bilimlarning asosiy
tushunchalaridan biriga aylangan. Sotsiologiyada kommunikatsiyaning obyekti
jamiyat va uning tarkibiy qismlari (ommaviy kommunikatsiya), psixologiyada
shaxslararo kommunikatsiya, etnografiyada etnik guruhlararo kommunikatsiya
tadqiq etiladi. San’at sohasida kommunikatsiya asar yarativchisi – rejissor, aktyor,
shoir, rassom, bastakor va h.k. bilan tomoshabin, kitobxon, tinglovchi orasida,
ta’lim sohasida o‘qituvchi va o‘quvchi orasida amalga oshadi. Kommunikatsiya
(lot. communication, communis “umumiy”) – xabarni uzatish, fikr va ma’lumotlar
almashinuvi , ya’ni muloqot qilishdir. Kommunikatsiya – muloqot akti, ikki yoki
undan ortiq kishi o‘rtasidagi o‘zaro hamfikrlikka asoslangan aloqa.
Kommunikatsiya – biron kishi tomonidan boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga
beriladigan axborot. Kommunikatsiya – xabar yoki muloqot. Xorijdagi
tadqiqotlarda kommunikatsiya quyidagicha tushuniladi: Kommunikatsiya –
tafakkurdagi ramzlar, ularni zamon va makonda uzatilishini o‘z ichiga olgan
mexanizm bo‘lib, u inson munosabatlarini ta’minlanlashga va rivojlantirishga
xizmat qiladi (Ch.Kuli). Kommunikatsiya – boshqalar bilan turli usullarda aniq
amalga oshiriladigan hayot, inson turmushining universal sharti. [10.22]
Kommunikatsiya – kishilar fe’l-atvoriga o‘zaro ko‘nikishni
osonlashtiradigan faoliyat turi. Kommunikatsiya – hamkorlikdagi o‘zaro yordamni
23](/data/documents/315e5901-cc44-4bda-a317-0da6fd0e7545/page_23.png)
![ta’minlaydigan, murakkab harakatlarni boshqarishga imkoniyat yaratadigan
almashinuvdir. Inson tabiati va ijtimoiy tartiblar kommunikatsiyaning mahsuloti
hisoblanadi (T.Shibutani). Ko‘rinadiki, “kommunikatsiya” terminiga berilgan
ta’riflar juda ko‘p va ularning aksariyati bir-biriga o‘xshashdir. Shunga ko‘ra,
ularni quyidagicha umumlashtrish mumkin: Kommunikatsiya – xabarni uzatish,
fikr va ma’lumotlar almashinuvi, ya’ni muloqot qilishdir. Kommunikatsiya
ijtimoiy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. U jamiyatda aloqa o‘rnatuvchi muhim
vazifani bajarib, inson munosabatlarini ta’minlanlashga va rivojlantirishga xizmat
qiladi. [11.528 ]
Kommunikatsiyaning quyidagi turlari mavjud
Asosiy Qo‘shimcha
intrapersonal (ichki dialog, L. S.
Vigotskiyning ichki nutq nazariyasiga
kiradi) madaniyatlararo (turli madaniyat
tashuvchilari kommunikatsiyasi;
shaxslararo va guruhlararo bo‘lishi
mumkin)
shaxslararo (ikki yoki undan ortiq
muloqotchilar ishtirok etadi; verbal va
noverbal shakllarga ega bo‘lishi
mumkin) xalqaro (xalqaro aloqalar, diplomatiya
doirasida)
guruhlar (muayyan guruh ichida yoki
guruhlararo kommunkatsiya,
shuningdek, “muloqotchi va guruh”
ko‘rinishida, masalan, siyosat arbobi
bilan suhbat bo‘lishi mumkin) tashkilotlar (ishlab chiqarish
sohasidagi kommunikatsiya) va biznes
kommunikatsiya
ommaviy (yuboruvchi bir
kommunikant bo‘lishi, oluvchi omma;
matbuot, radio, televideniye kanallari
vositasida amalga oshiriladi) jamoaviy
(shaxslararo, masalan, ma’ruzachi, siyosiy (siyosiy faoliyatda; individlar
o‘rtasida, shuningdek, boshqaruvchi va
boshqariluvchilar o‘rtasida amalga
oshiriladi)
24](/data/documents/315e5901-cc44-4bda-a317-0da6fd0e7545/page_24.png)
![jamoat arbobi – auditoriya)
virtual (shaxslararo, guruhlararo,
ommaviy bo‘lishi mumkin; kompyuter
va kommunikatsiya texnologiyalariga
asoslanadi) maishiy (ko‘proq shaxslar orasida
kuzatiladi; yosh va gender
komponentlarini o‘z ichiga oladi)
Kommunikasiya deganda biz kommunikasiyaning bir ishtirokchisidan
(manba, muallif, ma’lumotni jo’natuvchi) ikkinchi ishtirokchisiga (ma’lumotni
qabul qiluvchi, adresat, reseptor) uzatilgan ma’lumotni tushunamiz. Ma’lumot
manbasi og’zaki yoki yozma shaklda bo’lishi mumkin, ma’lumot qabul qilinishi
ham audio (eshitish) yoki vizual (o’qish, ko’z bilan ko’rish) shakllarida bo’lishi
mumkin. [2. 84]
Ma’lumotni jo’natish uchun manba kod ishlatadi, ya’ni muloqot tili.
Manbaning kommunikativ xarakatlari matn orqali (og’zaki yoki yozma)
shakllantiriladi. Albatta bu borada muloqotga kirishuvchilarning muloqotlari tashqi
dunyodan uzilgan holda amalga oshmaydi. Shu bois muloqot tashqi olamning turli
ta’sir etuvchi omillari ostida turli ko’rinishlarda va vaziyatlarda o’tadi.
Ushbu omillarni biz bir necha turlarga bo’lishga xarakat qildik. Birinchi turi
bu muloqot o’tayotgan real voqeylik vaziyatlari. Real voqeylik muloqotga ham
yordam beruvchi ham to’sqinlik qiluvchi vaziyatlardan iborat. Masalan, muloqotga
yordam beruvchi real voqeylik omillari bular jimlik, yoqimli musiqa, yaxshi tabiiy
ob-havo va sharoit, to’sqinlik qiluvchi omillar esa, shovqin, havoning haddan ortiq
issiqligi yoki sovuqligi, muloqotga kirishuvchilarning salomatliklari, muloqotga
nisbatan bo’lgan munosabatlari.
Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib
shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib
bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda
aytganidek, “shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga
egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri
ta’rif berish oson emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining
mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib beriladi. Mashhur rus
25](/data/documents/315e5901-cc44-4bda-a317-0da6fd0e7545/page_25.png)
![psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida
muloqotni ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro
ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan.
O‘zbek psixologiya fanining oqsoqollaridan biri M.G.Davletshin
muallifligidagi «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida esa, muloqot “ikki
yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish
bo‘yicha ma’lumot almashinishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir”- deb
ta’kidlanadi. Sotsiologiyadan entsiklopedik lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif
beriladi: “Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish
uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar,
malakalar, tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir”. [22.45] Demak,
muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini
qondiriga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi,
munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi.
" Madaniyatlararo muloqot " turli xil madaniyatlarning ikki yoki undan
ortiq vakillari o'rtasidagi aloqaning maxsus shakli bo'lib, uning davomida o'zaro
aloqada bo'lgan madaniyatlarning axborot almashinuvi va madaniy qadriyatlari
mavjud. Madaniyatlararo muloqot jarayoni - bu faqat chet tillarini bilish bilan
cheklanib qolmasdan, balki boshqa millatning moddiy va ma'naviy madaniyati,
dini, qadriyatlari, axloqiy munosabatlari, dunyoqarashi va boshqalarni bilishni
talab qiladigan faoliyatning o'ziga xos shakli, umumiy holda, aloqa sheriklarining
xulq-atvor modelini belgilaydi. Xorijiy tillarni o'rganish va ularni xalqaro aloqa
vositasi sifatida ishlatish bugungi kunda ushbu tillarda so'zlashuvchilarning
madaniyati, mentaliteti, milliy xarakteri, turmush tarzi, dunyoqarashi, urf-odatlari,
an'analari va boshqalarni chuqur va ko'p qirrali bilmasdan imkonsizdir. Faqatgina
ushbu ikki turdagi bilimlarning - til va madaniyatning kombinatsiyasi samarali va
samarali muloqotni ta'minlaydi"
Madaniyatlararo aloqa guruh darajasida ham, individual darajada ham
amalga oshirilishi mumkin. Ammo har ikki darajada ham madaniyatlararo
muloqotning asosiy sub'ekti shaxsdir. Shu bilan birga, har bir insonning xulq-atvori
26](/data/documents/315e5901-cc44-4bda-a317-0da6fd0e7545/page_26.png)

























KURS ISHI Mavzu : TARJIMA TILLARARO VA MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYANING TURI SIFATIDA SAMARQAND- 2021 1
MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………..…………….….3 I BOB. Tarjima, uning maqsadi va vazifalari 1.1 Tarjima tarixi va uning rivojlanishi, taraqqiyoti ………………………….…....8 1.2 Tarjima nazariyasining vazifasi , tarjima bosqichlari……………..………..….12 I bob uchun xulosa………………………………………………………………16 II Bob. Madaniyatlararo muloqotning asosiy tushunchalari 2.1“Til” tushunchasi …………….……………………………….……………...18 2.2 “Madaniyat” tushunchasi …………………………………………………….20 2.3. “Kommunikatsiya” tushunchasi……………………………………….….…23 IIbob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………….27 III Bob. Tillararo va madaniyatlararo kommunikatsiyada tarjimaning o‘rni 3.1 “Madaniyatlararo muloqot” tushunchasining mohiyati va o‘ziga xos Xususiyati………………………..………………………………………..………29 3.2 Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining darajalari …………………………..………..30 III bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………...31 Xulosa ……………………………………………………………………............33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI ………………..…….….35 Ilova ……………………………………………………………………..…….....38 2
KIRISH «Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliygoh bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim», Shavkat Mirziyoyev Turli xalqlar, tillar va madaniyatlar yaqinlashgan bugungi kunda, xorijiy tillarni o‘rganish bilan birga, boshqa madaniyatlarga ham qiziqish ortib bormoqda. Madaniyatlararo, xalqaro muloqot masalalari umume’tiborni tortmoqda. Madaniyatlararo muloqot muammolari bilan shug‘ullangan aksariyat xorijlik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, chet elliklar bilan muomalada bo‘lganda grammatik, leksik va uslubiy xatolar kechiriladi, chunki bu ulardagi til bilimining yetarli emasligi bilan izohlanadi. Biroq muloqot jarayonida ijtimoiy-madaniy me’yorlarning, odob-axloq qoidalarining buzilishi salbiy qabul qilinadi. Chunki bunday me’yorlarning buzilishi muayyan madaniyat vakilining haqoratlanishi yoki kamsitilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kurs ishining dolzarbligi. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, bugungi kunda kommunikativ xatolar madaniy shok holatini yuzaga chiqarib, shaxslararo va millatlararo muloqotning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga, hatto jiddiy to‘qnashuv, geosiyosiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan xulosa qilib, globallashuv, standartlashuv, integratsiyalashuv va madaniyatlarning aralashuvi yuz berayotgan bugungi kunda madaniyatlararo muloqot muammolarini o‘rganish, ularni tadqiq etish dolzarb masalalardan biridir. Hozirgi kunda til bilishning o‘zi kommunikatsiya ishtirokchilari bir-birini tushunishlari uchun yetarli bo‘lmaydi. Kurs ishining ob’ekti. Tarjima tillararo madaniyatlarni barcha munosabatlarning muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishi uchun asosiy o‘rinni 3
egallaydi, nutq ishtirok etgan va ishtirok etmagan muloqotning milliy-madaniy xususiyatlari, ijtimoiy-madaniy me’yorlar, odob-axloq qoidalari, kommunikatsiyadagi ustuvor xususiyatlar hamda xushmuomalalikning milliy tizimi haqida bilimga ega bo‘lish kerak bo‘ladi. Zero, yoshlarimizning Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning ta’kidlaganidek: “mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib dunyo miqiyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi” o‘ta muhim vazifalardan birdir. Kurs ishining predmeti. Predmeti sifatida tarjimaning har bir so‘zdagi o‘rnini beqiyosligi, so‘zma - so‘z tarjima qilgan bilan uning mohiyati, mazmuni yoritilmasligi alohida o‘rin kasb etadi. Talabalarni barcha tarjima qilinayotgan tillar, madaniyatlararo muloqot masalalaridan xabardor etish, ularga kommunikatsiya turlari, verbal va noverbal muloqot vositalaridan foydalanish, kommunikatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, til va madaniyatning o‘zaro aloqasi, shaxs va uni shakllantiruvchi omillar, milliy xarakter, madaniyatlararo to‘siqlar va to‘qnashuvlarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish, diskursning milliy-madaniy xususiyatlarini tahlil etish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Kurs ishining maqsadi . Shuning bilan birga, tili o‘rganilayotgan xalqlarning milliy urf odatlari, dunyoqarashlari, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarini to’liq anglash, muloqot jarayonida ijtimoiy madaniy me’yorlarini o’rniga qo’yishdan iborat. Tarjima jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganishdan oldin, tarjima modelini shakllantirish lozim deb topdik. Inson faoliyatining asosiy shakli bu muloqotdir. Inson ongli mavjudot bo’libdiki, doimiy ravishda muloqotga kirishishiga xarakat qiladi. Ammo tarjimani muloqot modelini yaratishdan oldin umuman olganda nutq aktini ya’ni bir tilli muloqot modelini tuzish maqsadga muvofiqdir. Kurs ishining vazifasi. Insoniyat faoliyatining murakkab shakli bo‘lmish tarjima - bir tilda yaratilgan nutqiy ifodani, uning shakl va mazmun birligini saqlagan holda, o‘zga til vositalari asosida qayta yaratishdan iborat ijodiy 4
jarayondir. Demak, asliyatga mansub bo‘lgan til vositalari yordamida yaratilgan nutqiy ifoda (matn) tarjima tili qonuniyatlari asosida vujudga kelgan shunday ifoda bilan almashtiriladi. Shu yo‘l bilan asliyat va tarjima tillari matnlarining mazmuniy uslubiy adekvatligi yuzaga keltiriladi. Mazkur ta’rif tillararo amalga oshiriladigan jarayonga aloqador bo‘lib, insoniyat faoliyatining ko‘proq qi smi mazkur amaliyot bilan bog‘liqdir. Shu tufayli “tarjima” deganda aksariyat kishilar ko‘z oldiga, birinchi navbatda, bir tildagi matnni ikkinchi tilga o‘girish faoliyati namoyon bo‘ladi. Kurs ishining ilmiy yangiligi. Lingvistik tarjimashunoslik bo‘yicha yaratilayotgan ko‘pchilik tadqiqotlarda tarjima nazariyasi va amaliyotining juz’iy masalalari bilan bir qatorda mazkur soxaning mohiyatini aks ettiradigan umumnazariy muammolar ustida ham keng ko‘lamda bosh qotirilmoqda. Bu hol lingvistik tarjimashunoslikning tadqiqotchilar e’tiborini borgan sari ko‘proq o‘ziga tortayotganligidan dalolat beradi. Tarjimaga lingvistik tarjimashunoslik nuqtai nazaridan yondashib, quyidagicha ta’rif berish mumkin. Tarjima insoniyat faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib, u tufayli biz insoniyat taraqqiyoti tarixini barcha tafsilotlari bilan ochiq - oydin tasavvur etamiz. Tarjima xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik va hamkorlik manfaatlariga, ular o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va adabiy aloqalarning kengayishiga xizmat qiluvchi qudratli quroldir. Kurs ishining o‘ganilganlik darajasi . Lingvistik tarjima nazariyasi tarjimani tillararo va madaniyatlararo doirada qamrovli o’rganadi. Tarjima jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish bilan bir qatorda tarjimonning tarjima jarayonida bajarauvchi funksiyalarini aniqlashga xarakat qiladi. Xorijiy mutaxassislarning ilmiy izlanishlari shuni aniqladiki, komunikativ muloqotning xarakteri shakli va uslubi, muloqotning birinchi daqiqasi ba’zan esa soniyalaridanoq ma’lum bo’ladi. Binobarin, kommunikasiyada har qanday vaziyatni yumshatishga qodir bo’lgan murojaat turlari mavjud. Masalan, 5