logo

Temuriylar_davrida_Movarounnahr_va_Xurosonda_zarb_qilingan_tangalar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

88 KB
Mavzu:Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda zarb
qilingan tangalar
Reja:
1.Amir Temur zarb etgan tangalarning xususiyatlari.
2.. Ulug’bek Mirzo davrida zarb qilingan tanga 
3.. Ulug’bek Mirzodan keyingi Temuriylarning tangalari
3.Temuriylar tangalaridagi ramziy belgilar. 
Xulosa
                          XIV   asrning   60-yillarida   Movarounnaxrda   siyosiy,iqtisodiy   vaziyat
keskinlashib ketdi. dexkonchilik. xunarmandchilik. savdo-sotik ishlari inkirozga
yuz   tutdi.   Bundan   savdogarlar,   xunarmandlar   va   dexkondar   norozi   edilar.
Axolining   bunday   tabaqalari   O`rtasida   mavjud   axvoldan   kutulish,   mamlakatni
birlashtirish   va   kuchli   davlat   tashkil   etish   xarakati   kuchayadi. Ana   shunday   sharoitda   Temur,   barlos   kabilasining   amirlaridan   biri,   1370   yili
Movorounnaxr   noibi   qilib   tayinlanadi.
Temur  o`z  zamonining bunday  talabini  yaxshi   tushundi.  o`z  maqsadini   amalga
oshirishga   ruxoniylar,   savdogarlar,   xunarmandlarga   suyandi.   U
Movarounnaxrning   yagona   xukmdori   bo`lib   olgach,   uz   davlatini   siyosiy   va
iqtisodiy   jixatdan   mustaxkamdashga   kirishadi.   Feodal   tarqoqlik   tugatilib:
markazlashgan   davlat   tuzilganligi   ijobiy   xollarga   olib   keldi.   Ayni   vaqtda
xo`jalikning   asosi   bo`lgan   dexkonchilikda   xam   muayyan   siljishlar   ro`y   berdi.
Xunarmandchilik   va   savdo   rivojlanadi,   fan   va   madaniyat   ravnak   topdi.   Savdo
munosabatlarining   davlat   va   jamiyat   xayotida   tashki   siyosatda   tutgan   muxim
urnini   yaxshi   anglagan   Amir   Temur   bu   borada   qator   tadbirlarni   amalga
oshirgan.   Bozorlar   qurish.   eskilarini   kengaytirish.   ta`mirlash   ishlarini   jadal
amalga oshirgan. Buning isboti uchun Samarqand bozorining bino etilishi orqali
ko`rish   mumkin.   Amir   Te mur   buyrug’i   bilan   shaxarniig   temir   darvozasi
qismidan boshlanib. janubiy garbiy yo`nalishda katta ko`cha quriladi. Uning ikki
tomonida   esa   ikki   qavatli.   chorsi   tim   shaklida   qurilgan   dexkonlar.rastalar   kad
kutaradi.   Ko`cha   usti   boshdan   oxir   gumbaz   shaklida   ishlangan   tok   bilan
yopiladi.   YOrug’lik   tushib   turishi   uchun   xar   er-dan   darchalar   qoldirilgan.
Bundan   tashqari   ma`lum   masofada   favvoralar   qurilib.   Omborxonalar   qad
ko`targan.   Bu   davrdagi   pul   muomalasiga   to`xtalsak,   Amir   Temur   zamonida   6
gr.og’irlikdagi   kumush  tangalar  va  uning turtdan biriga teng  1,5  gr.lik kumush
pullar   zarb   qilinganligi   ma`lum.   1,5   grammlik   kumush   pullar   "miri"   deyilgan.
Mazkur   nom   Soxibkironning   Amir   unvoni   bilan   bog’liq.
SHuningdek muomalada mis pullar chaqalar xam bo`lgan. Tangalar Samarqand,
Buxoro,   Ardabil,   Astrobod.   Darband,   Damg’on,   Tabriz,   Sabeavor,   SHeroz   va
boshqa   qator   shaxardarda   zarb   qilingan.   Bundan   tashqari   Amir   Temur   xarbiy
o`rdasining   maxsus   zarbxonasida   (dor   alzarbi   urduyi   oliy)   bo`lgan. Temuriylar   davrida   xam   ikki   xil   qiymatda   kumush   tanga   zarb   qilish   davom
etdi.   Yirik kumush tangalar   "tanga", maydalari   «miri» Temur unvoni "amir"ning
qisqa   shakli   deyilgan.
Ulug’bek   davridan   ko`p   mis   tangalar   bizgacha   etib   kelgan.   Uning   ilk   mis
tangalaridan   biri   diqqatga   sazovor.   Axsi,   Samarqand,   Buxoro,   SHaxrisabz   va
Termiz tangalarida sher. orqasidan  esa kuyosh chiqib kelayotgani  tasvirlangan.
Xijriy   832   yil   (milodiy   1428-1429)larda   Ulugbek   ikki   bosqichda   muxim   pul
isloxoti   o`tkazdi.   Birinchi   bosqichda   bir   xil   mis   tangalar   bir   kancha
zarbxonalarda   Andijon,   SHoxruxiya,   Samarqand,   Buxoro,   SHaxrisabz,   Qarshi.
Termizda   chiqarildi.
Ikkinchi   bosqichda   islox   qilingan   tangalar   ishlab   chiqarish   Buxoroda
markazlashtirildi   va   nusxasi   xamda   sanasi   o`zgartirilmagan   xolda   Ulug’bek
o`limiga   qadar,   undan   keyin   xam   zarb   etildi.   Ulug’bekning   pul   isloxoti   xazina
va   axoli   manfaatlarini   ma` lum   tarzda   uyg’unlashtirdi.   Temur   va   Temuriylar
davrida zarb qilingan tangalar qator xususiyatlar bilan boshqa davr tangalaridan
farq   qilali.   Zarb   etilgan   tangalarga   maxsus   tamg’a   bosish   ana   shunday
xususiyatdardan biri edi. Bunday naqshlar CHigatoy davri tangalarida XIII asrda
solinib.   XU   asrga   kelganda   keng   qo`llanila   boshladi.   Ular   dumaloq,
to`rtburchak,   gulga   o`xshash   va   xokazo   shakllarda   bo`lgan.
Xorazm   o`ng   qirg’og’i   bilan   CHig’atoy   ulusi   tarkibiga   kirsada.   chap   kirg’og’i
Urganch bilan birgalikda Jo`ji ulusi tarki biga kirgan bo`lib. Oltin O`rda xonlari
tomonidan   boshqarilar   edi.   XIV   asrning   ikkinchi   yarmida   1360-1380   yillarda
taxt uchun 25 xon urush olib bordi, markaziy xokimiyatning zaiflashganligidan
ko`ng’irotlar   qabilasining   maxalliy   "sufiylar"   sulolasi   ustalik   bilan   foydalandi.
Ular   taxminan   1360   yillardan   Xorazmni   mustaqil   idora   qila   boshladilar.   xatto
Xorazmning   o`ng   qirg’oq   erlarini   qo`shib   oldilar. 1372 yili Temur Xorazmga yurish qilib o`zita tobe qiladi. CHunki YUsuf Sufiy
bir safar Amir Temurni tan olsa. bir safar Oltin O`rda xoni Tuxtamishni tan olar
edi. SHuning uchun Amir Temur Xorazmga bir necha marta yurish qilgan. 1388
yil Urganchni egallaydi. Amir Temur vafotidan sung Xorazmda yana Oltin Urda
xonlari   xukmronlik   qildi.
1412   yili   Amir   Temurning   o`g’li   SHoxrux   Xorazmni   qayta   qo`lga   kiritadi.
Mo`g’ullar   istibdodidan   so`ng   Xorazmda   zarb   qilingan   tangalar   bizgacha   etib
kelmagan.   Temur   xukmronligi   davrida   kichik   oltin   tangalar   xam   zarb   etilgan.
Xorazmda   CHig’atoylar   dinoriga   o`xshash   yirik   kumush   tangalar   bo`lmagan,
Xorazmni  juld dirxamlari  Movorounnaxr  CHig’atoy  dirxamlaridan  farq  qilgan.
Birinchidan ularning qiymati  turlicha bo`lib u asta-sekin kamayib borgan. XIII
asr oxirlariga kelib xamma kumush tangalarning ogirligi 2,3 gramm bo`lsa, X1U
asr boshlarida 1,9 gramm,1380 yilda 1,5gramm, XU asrning boshlarida esa 1,1
grammni   tashkil   qilgan.   Oltin   tangalarning   og’irligi   esa   1,10   gramm-1,15   va
undan   oz   bo`lgan.
XIII   asrga   doir   Xorazmning   birinchi   dirxamlarida   usha   davr   xokimiyatini
boshqarayotgan xukmdor nomi aks etgan . Tanganing bir tomonida diniy oyatlar
yoki   Qur`ondan   olingan   kalima,   ikkinchi   tomonida   tanga   chiqarilgan   sana,   joy
zarb   qilingan.   Tangalardagi   yovuvlarda   xatolar   xam   bo`lgan.   xarflar   tushib
qolgan   yoki   qo`shilib   ketgan.
Temurning   kumush   tangalari   uning   nomidan   soxta   mo`g’ul   xon lari
Suyurgatmish va Sulton Maxmud nomlari bilan Movorounnaxr. Xuroson. eron.
Ozarbayjon. Iroqning  40 dan  ortiq shaxarlarida  zarb etilgan.  Movorounnaxr  va
Xurosonning   bosh   xukmdori   sifatida   SHoxrux   Uirzo   Astrobod,   Buxoro,
Damg’on.   Isfaxon,   Kirman,   Qum,   Nishopur.   Marv,   Samarqand,   Sabzavor,
Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Xirot, SHeroz va boshqa shaxarlarda o`z nomi bilan kumush tangalar zarb qilib. pul zarbi va savdosini tartibga soldi. Bu davrda ichki
chakana   savdoda   keng   ko`lamda   muomalada   bo`lgan   mayda   mis   chaqa
"fulus"lar   ko`proq   maxalliy   xokimlar   tomonidan   zarb   qilinar   edi.
1428 yili  Ulugbek tomonidan o`tkazilgan fulusiy pullar isloxoti  katta axamiyat
kasb etdi. Axolining ichki savdo munosabatlariga ko`proq jalb etish maqsadida
Ulugbek engil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni
bekor qildi. Ichki savdoni mayda mis pullarga bo`lgan talabini qondirish uchun
bir vaqtning o`zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent. SHoxruxiya
va Andijon shaxarlarida zarbxonalar tashkil qilinib bir xil vazndagi fuluslar zarb
qilinib. muomalaga  chiqarildi. Mis  pullarni  zarbini  markazlashtirish  maqsadida
boshqa   shaxarlardagi   zarbxonalarga   barxam   berilib.Buxoro   zarbxonasi   saqlab
qolingan. Xalk orasida   "Fulusi adliya" ya`ni, "adolatli chaqa" nomi bilan shuxrat
topgan bu yangi mis fuluslar Movorounnaxrning bar cha shaxar va qishloqlarida
keng   muomalaga   kirib   davlatning   ichki   savdosini   nakd   pul   bilan   ta`minladi.
Ulug’bekning   bunday   isloxoti   mamlakatda   xunarmandchilik   maxsulotlarining
ichki   chakana   savdosi   uchun   keng   yo`l   ochib   bergan   edi.
1428-29   yillardagi   isloxot   pul   muomalasini   yaxshilash.   Mis   tangalar   qadrini
oshirish maqsadida amalga oshirilgan edi. Natijada u bir qancha samaralar berdi.
Unga   ko`ra   1420   yili   zarb   etil gan   mis   tangalar   zarbxonalarga   topshirilib.
ularning   o`rniga   ogirligi   1,5-2   barobar   ko`p   bulgan   tangalar   zarb   etilgan.
Qulaylik   uchun   zarbxonalar   Buxorodan   tashqari   Andijon.   Qarshi.   Samarqand,
Termiz. SHoxruxiyada xam tashkil  qilingan. Natijada pulning qadri  kutarilgan.
O`n   beshinchi   asr   oxiriga   kelib   bo`shashib   ketgan   Temuriylar   davlati   xam
iqtisodiy,   xam   siyosiy   jixatidan   inqirozga   yuz   tutishi   natijasida   SHayboniylar
boshchiligidagi   o`zbeklar   tomonidan   zabt   etildi.   Mamlakatda   SHayboniylar
sulolasiga   asos   solindi.   By   cylola   XIV   asrning   oxiriga   qadar   davlatni   idora qilganlar.
XIV   asrning   40-50   yillariga   kelib   SHayboniylar   davlati   tinimsiz   o`zaro   urush
olib boradigan kichik-kichik  xokimlik  va viloyatlarga  bo`linib ketdi.  Faqat   70-
80   yillarda   Abdulloxon   butun   mamlakatni   birlashtirishga   muvaffak   bo`ldi.
SHayboniylar   xukmronligi   davrida   mamlakat   iqtisodiyotiga   ta`sir   ko`rsatib,
tangalar   zarb   qilishda   ancha   o`zgarishlar   qilishdi.   By   davrda   Temuriylar
davridagi zarb qilingan kumush va mis tanga lar xam mavjud edi. SHayboniylar
ularni   tamg’alab,   qiymatini   kamaytirganlaridan   so`ng   mazkur   tangalar   savdo
aloqasida   yurgizila   boshlandi.   SHayboniylar   nomi   bilan   yangi   kumush   va   mis
tangalar zarb qilishda. oz miqdorda oltin tangalar zarb qilindi, faqat Abdulloxon
tomonidan.
SHayboniylar   zarb   qilgan   kumush   tangalar   Temuriylar   davrida   zarb   kilingan
tangalardan   farq   qilgan.   Lekin   mis   tangalar   Temu riylar   davrida   zarb   qilingan
mis tangalarga o`xshash edi. Ular ko`p xollarda chiroyli bezatilgan dinorlardan
tashqari mayda mis pullar xam zarb qilganlar. Bip dinorga oltita mis pul to`g’ri
kelgan.   mis   pullar   etiborsizlik   bilan   zarb   qilingan.   Bizgacha   etib   kelgan   mis
pullar   yozuvlari   uchib   ketganligi   uchun   yaxshi   o`rganilmagan.
SHayboniylar   davri   tangalaridagi   yozuvlar   ko`p   xollarda   nasx   yoki   kufiy
uslubida bitilgan. Ba`zan tomonlardan biridagi yozuv o`rniga turli naqshlar yoki
xayvon,   qushlarning   rasmi   berilgan.
Xayvonlar   yomon   tasvirlangan,   xozir   ularni   ajratish   xam   qiyin.   XV   asrda
bo`lganidek   XVII   asrda   xam   kumush   va   mis   tangalar   ni   tamg’alash   uslubi
davom etgan. Tangalar ilgari nima maqsadda tamg’alangan bo`lsa, shayboniylar
davrida   xam   tamg’alashni   moxiyati   xarakteri   shundayligicha   qolgan. By davlatda ko`plab zarbxonalar mavjud edi. Andijon, Axsi, Buxoro va boshqa
shaxarlarda   tangalar   zarb   qilingan.   Faqat   Toshkent,   Samarqand,   Buxoro   va
Balxda muntazam  ravishda tangalar zarb qilingan. Xurosonni  qo`lga kiritganda
Xirot,   Mashxad,   Nishopur,   Saraxs   va   boshqa   shaxarlarda   zarb   qilingan.
Bundan   tashqari   uncha   katta   bo`lmagan   vaqtli   zarbxonalar   xam   bo`lgan.   XVI
asrda   bunday   zarbxonalar   mis   dinorlarga   tamg’a   bosish   ishi   bilan
shug’ullanganlar.   mas,:   Vobkani   (Vobkent),   SHavdaro   va   Miyonqol,   Parak
singari   zarbxonalardir,   ular   shasharlarda   emas,   balki   uncha   katta   bo`lmagan
axoli   yashaydigan   joylarda   ish   yuritar   edilar.
Kumush   tangalarga   tamg’a   bosish   birinchidan   oldin   man   etilgan   tangalarni
qaytadan savdo muomalasiga kiritishga imkon yaratsa, ikkinchidan xazina foyda
ko`rar edi. Lekin mavjud kumush tangalar "eski" va "yangi" tangalarga bo`linar
edi.   O`nta   eski   tanga   to`qqizta   yangi   tangaga   to`g’ri   kelar   edi.   By   xol   xazina
uchun   boylik   xisoblanar   edi.   SHayboniylar   davlati   inqirozga   yuz   tutgan   bir
vaqtda   ba`zi   viloyat   xukmdorlari   o`z   nomlari   bilan   kumush   tan galar   zarb
qilganlar.   Xullas,   SHayboniyxon   axoli   turmush   darajasini   yaxshilash   niyatida
o`tkazilgan  1507-1509 yillardagi  isloxoti  natijasida  u to shu vaqtgacha  mavjud
turli   o`lchov   va   og’irliklardagi   tangalar   o`rniga   bir   xil   og’irlik   ulchovidagi
(5,2gr.)   kumush   va   mis   tangalarni   joriy   etadi.   bu   albatta   pul   savdo
munosabatlarini   barqarorlashtiradi.   Ammo   Muxammad   SHayboniyxon
o`limidan   keyin   bir   tomondan   o`zaro   qarama-qarshilik,   ikkinchi   tomondan
Boburning Samarqandni olish niyatidagi xarbiy yurishlaridagi janglar mamlakat
iqtisodiy   xayotiga   katta   zarar   bo`lib,   pul   qadrsizlangan.   SHuning   uchun   xam
Kuchkunchixon   1515   yildan   boshlab   pul   isloxotiga   kirishib,   faqat   1527   yilga
kelib   axvolni   to`g’rilashga   erishadi.
SHayboniylar   davlati   inqirozga   uchragandan   so`ng   xokimiyat   tepasiga
joniylardan   Muxammad   Joniy   taxtga   o`tirdi-XUSH   asr   o`rtalariga   qadar xukmronlik   qilganlar.   Bu   davr   mobaynida   mamlakat   iqtisodiy   xayotida   katta
o`zgarishlar   qilishgan.   Ular   XVII   asrda   kumush,   mis   tangalar   zarb   qilganlar,
1702   yildan   oltin   tangalar   chiqarganlar.
SHayboniylar   dastlab   tangalarning   og’irligini   bir   misqol,   ya`ni   4,8   gramm
miqdorida zarb qilgan bo`lsalar. 17 asrga kelib tangalarni og’irligi 4,4 grammga
tushib   qoldi.   Joniylarning   zarb   qilgan   tangalari   XVI   asrdagi   tangalardan   farq
qilmaydi. ular zarb qilgan kumush va oltin tangalardagi yozuvlar nasx uslubida
berilgan.   XVII   asrda   xam   kumush   tangalar   "eski"   va   "yangi"   tangalarga
bo`lingan.   bu   davrdan   boshlab   kumush   tangalar   a`lo   sifatli   sof   kumushdan
tayyorlangan.   Mazkur   tangalar   "eski"   deb   e`lon   qilinganidan   so`ng   10%
qimmatini   yo`qotgan,   keyinchalik   tangalarda   kumush   miqlori   kamayib   borgan.
17-asrning   o`rtalarida   tangalarning   yarmi   kumushdan   iborat   bo`lgan.   SHunday
bo`lsa xam  zarb qilingan tangalar «yangi» xisoblanib ular yuz foiz kumushdan
zarb   qilingan   tangalardek   muomalada   yuritilgan.   Ammo   davlat   ularni   «eski»
tangalar   deb   e`lon   qilishi   bilanoq   tangalar   yarim   qimmatini   yo`qotar   edi.
Tangalarning 50% kumushdan zarb qilinayotganligiga qoniqmagan joniylar 17-
asrning   oxirida   kumush   miqdorini   25%   ga   tushirdi.   Mazkur   tangalar   xatto
ko`rinishidan   xam   kumush   tangalarga   o`xshamas   edi.
18-asrning boshlariga kelib kumush tangalardagi kumush miqdori 9% ga tushib
qoldi.   «Eski»   tangalarni   qiymati   tez-tez   tushib   turganiligi   sababli   yirik   savdo
ishlarini   olib   borish   qiyinlashdi.   Savdo   ishlarini   engillashtirish   maqsadida   18-
asrning   boshlarida   ashrafiy   yoki   tilla   deb   nom   olgan   oltin   tangalar   zarb   qilina
boshlagan.
Ulug’bek Mirzo davrida zarb qilingan tanga
Amir Temurning to’rt o’g’li bo’lib, katta va suyukli o’g’li Jahongir Mirzo 1356
yili   tug’ilib   1376   yili   20   yoshida   kasal   bo’lib   vafot   etgan.   Undan   ikki   o’g’il qolgan:   birinchisi   Muhammad   Sulton,   ikkinchisi   Pirmuhammad   Mirzodir.
Muhammad Sulton Amir Temurning eng sevimli nabuirasi bo’lib, otasi Jahongir
Mirzo vafot qilgandan keyin, uni o’zining taxt vorisi qilib tayinlagan edi.
Amir   Temurning   ikkinchi   o’g’li   Umarshayx   Mirzo   1356   yilda   tug’ilib,   1394
yilda   Fors   viloyatining   xokimi   qilib   tayinlangan.   U   Kurdistondan   o’tib
borayotgan,   yo’l   ustida     Xarmotu   nomli   kichik   bir   qal’ani   tomosha   qilish
maqsadida   tepalikga   chiqib   kuzatayotgan   paytda   qal’a   ichidan   otilgan   o’qdan
1394 yilda 38 yoshida xalok bo’lgan.
Undan   olti   o’g’il   –   Pirmuhammad   Mirzo,   Rustam   Mirzo,   Iskandar   Mirzo,
Ahmad Mirzo, Said Ahmad Mirzo va Boyqaro mirzolar qoldilar.
Amir  Temurning uchinchi  o’g’li Mironshoh Mirzo bo’lib 1366 yilda tug’ilgan,
unga   avval   Huroson   keyinchalik   1393   yilda   shimoliy   Eron,   Bag’dod,
Ozarbayjon,   Armaniston   va   Gurjistonlar   berilgan   edi.   U   1408   yili   Tabriz
yaqinida   Qora   Yusuf   bilan   bo’lgan   jangda   o’ldiriladi.   Undan   besh   o’g’il   –
Abibakr  Mirzo,  Umar   Mirzo,  Xalil  Sulton Mirzo,  Iyjal  Mirzo  va Syurg’atmish
Mirzolar qoldilar.
Amir Temurning to’rtinchi o’g’li Shoxruh Mirzo bo’lib, u 1377 yilda tug’ilgan.
Shohruh   Mirzo   1396   yili   Xuroson   hokimi   etib   tayinlangan.     Amir   temur   vafot
qilgan davrda uning yetti  o’g’li  – Ulug’bek Mirzo, Ibrihim  Mirzo,  Boysung’ur
Mirzo,   Syurg’atmish   Mirzo,   Muhammad   Juki   Miro,   Jon   O’g’lon   Mirzo   va
Muhammad Yordi  Mirzolar bor edi. 
Garchi   Amir   Temur   o’z   olimi   oldida   uning   eng   kichik   o’g’li   Shohruh   Mirzo
hayot   bo’lsa-da,   biroq   saltanatni   uning   qo’liga   topshirmagan,   taxtni   avvaldan
Jahongir   Mirzoning   1376   yilda   tug’ilgan   o’g’li   Muhammad   Sultonga   vasiyat
qilgan edi. Muhammad   Sulton 24yoshida 40 ming lashkarga   boshchilik qilib,
xozirgi   Qirg’izistondagi   Ashpara   shahri   uchun   bo’lgan   janglarda   qatnashib,
g’olib   chiqqan.   1399   yili   Amir   Temur   Hindistonga   yurish   qilgan   vaqtda,
Muhammad Sultonni Samarqand hokimi etib tayinlagan. 1401 – 1402 yillardagi harbiy   yurishlarda   shimoliy   g’arbiy   Eron   va   Kichik   Osiyodagi   urushlarda
Turkiya sultoni Boyazidga qarshi janglarda qatnashib qaytib kelayotgan  vaqtda
to’satdan kasalga chalinib, 1403 yili 13 martda vafot etgan. Shahzodaning jasadi
Samarqandda   dafn   qilingan   bo’lib,   xozirgi   Go’ri   Amir   maqbarasi
Sohibqironning   ardoqli   nabirasi   Muhammad   Sulton   nomi   bilan   bog’liqdir,
maqbara dastavval unga atab qurilgan edi.
1405   yili   18   fevralda   Amir   Temur   vafot   etgandan   so’ng   uni   shu   yerga   dafn
etdilar. 
Bu   maqbara   qurilishi   faqat   Ulug’bek   davriga   kelibgina     tamomlandi   va
temuriylar   avlodining   xilxonasiga   aylantirildi.   Shohruh   va   Ulug’bek   Mirzolar
ham shu joyga dafn qilingan.
Amir   Temur   o’zining   bu   nabirasidan   bevaqt   judo   bo’lganligiga   juda   qattiq
qayg’urib,   uning   nomini   mangu   yod  etish   maqsadida   Muhammad   Sulton   nomi
bilan tangalar zarb ettirgan.
Bu tangalarning old tomoniga iymon keltirish kalimasi va uning to’rt burchagiga
chahoryorlar,   ya’ni   to’rt   halifaning   nomi,   boshqa   burchaklariga   esa   tangalarni
zarb   qilgan   shahar   va   yillar   yozilgan.   Masalan:   Samarqand,   805/1402-03   yil.-
Sulton Mahmud Amir Temur Ko’ragon Amir Muhammad Sulton.
Muhammad   Sulton   Amir   Temurdan   oldin   vafot   etganligidan,   Amir   Temur
to’ng’ich   o’g’li   Jahongir   Mirzoning   ikkinchi   o’g’li   Pirmuhammad   Mirzoni   o’z
taztiga tayinladi   va uni vafotidan ilgari   o’z qarorgohiga hozir bo’lgan   barcha
shahzodalar,   malikalar   va   arkoni   davlatga   e’lon   qildi   va   ularni   saltanatni
boshqarishda Pirmuhammad Mirzoga ko’maklashishga da’vat etdi.
Jahongir   Mirzoning   o’g’li   Pirmuhammad   o’sha   paytlarda,   Qobul,   Qunduz,
Bomiyon   va   Qandahor   viloyatlarining   hamda   Hindistonga   oliob   o’tuvchi
mashhur dovonlar, jumladan Haybar dovoni joylashgan mintaqalarni o’z ichiga
olgan “kichik Hindiston”ning noibi edi. Soxibqiron   Amir   Temur   vafotidan   so’ng     shahzodalar   harbiy   boshliqlar   va
arkoni   davlat   o’rtasida   parokandalik   boshlandi.   Shaxzodalar   toju-taxt   talashib
o’zaro qonli janglarga kirishdilar.
1406  yil   taxtning  haqiqiy   merosho’ri   bo’lgan  Pirmuhammad  Mirzo   Hurosonda
Shoxruh   Mirzo   qo’shinlari   bilan   o’zaro   birlashib   Xalil   Sultonga   qarshi   kurash
boshlaydi.   Jang   paytida   Pirmuhammad   Mirzoning   amirlari   hiyonat   qilib   jang
maydinini   tashlab   ketadilar.   Natijada   Xalil   Sulton   jangda   g’olib   chiqib,
Pirmuhammad   Mirzo   Balhga,   Shohruh   Mirzo   qo’shinlari   esa   Hurosonga
qochadi. 
Xalil   Sdulton   hokimiyat   tepasiga   chiqgandan   so’ng,   zarb   qilingan   kumush   va
mis   pullarga   o’z   nomi   bilan   birga   Muhammad   Jahongirning   nomiga   “xon”
so’zini   qo’shmay   zarb   qildirdi.   Tangalarning   old   tomoniga:   iymon   keltirish
kalimasi va uning to’rt burchagiga birinchi halifa nomi va tanga (miri)larni zarb
qilgan  shahar, sanalar yozildi. 
Xalil   Sulton   hokimiyatga   kelishi   bilan   Amir   Temurning   kenja   o’g’li   va
nabiralari   o’rtasida   hokimiyat   uchun   bo’lgan   kurash   tinchimadi   bu   kurash
ba’zan   yashirin   ba’zan   oshkora   tus   oldi.   149   yilda   Shohruh   Mirzo   Samarqand
taxtini Mopvarounnahr hukmronligini katta o’g’li Ulug’bek Mirzoga inom qildi.
Shohruh Mirzo o’z akalari Johongir Mirzo va Umarshayx Mirzo avlodlarini o’z
atrofiga birlashtirib Movarounnahr Huroson va shimoliy Avg’onistondan iborat
katta davlat chirog’ini qo’lida saqlab qoldi. 
Shohruh   Mirzo   Turon   va   Hurosonning   bosh   humdori   sifatida   bu   joylardagi
hamma   shaharlarda,   jumladan,   Astrobod,   Buhoro,   Domg’on,   Isfahon,   Kushon,
Kirmon,   Qum,   Nishopur,   Marv,   Xirot,   Sheroz   va   boshqa   shaharlarda   o’zining
kumush   tanga   pullarini   zarb   qildirdi.   Bu   tangalarning   old   tomoniga     iymon
kalimasi yozilgan bo’lsa, to’rt burchagiga to’rt halifa – Abu Bakr, Umar Usmon
va   Alilarning   ismi   yozilgan.   Orqa   tomoniga   esa   asosan   Sulton   Al-A’zam
Shohruh   Bahodir   xaldolloh   mulkihu   va   sultanahu   degan   so’zlar   bilan   birga   bu
kumush tangalar zarb qilingan sana va shaharlarning  nomi qayd etilgan. Ulug’bek Mirzo Amir Temurning nabirasi va Shohruh Mirzoning o’g’li bo’lib, u
1394   yil   22   martda   G’arbiy   Erondagi   Sultoniya   shahrida   tug’ilgan.   Onasi
Gavharshod  oqa turk amirlaridan G’iyosiddin Tarxonning qizi edi.
Ulug’bekning asl ismi Muhammad Tarag’ay bo’lib, bu nom Amir Temur padari
buzrukvorining nomi edi, xali temuriy shaxzodalardan hech biriga berilmagandi.
Lekin   ko’p   o’tmay,   chaqaloqning   haqiqiy   ismi   tildan   tushib,   uning     o’rniga
Ulug’bek   deb   atala   boshlangan.   Buning   sababi   nimada?   Bu   haqda   manbalarda
hech qanday ma’lumot uchramaydi.   Fikrimizcha, (Amir) Temur xuzurida yosh
bolani   Muhammad   Tarag’ay   deb   chaqirishga   istihola   qilishgan,   -   chunki
Tarag’ay   bobosining   oti,   Sharq   xalqlari   udumida   esa   kattani   ulug’lash   odat
bo’lgan.   Harholda,   (Amir)   Temurni   “bek”deb   otasi   Muhammad   Tarag’ay
Bahodirni   hurmat   yuzasidan   “kata   bek”,   ya’ni   “ulug’   bek”,   deb   atashgan.
“Ulug’bek”   nomi   berilgan   bolani   mazkur   ramziy   ism   bilan,   beklar   ulug’i   deb
atashgan   bo’lsalar   ajab   emas.Shunday   qilib,   Muhammad   Tarag’ay   Ulug’bekka
mubaddal   bo’lib,   abadiylashib   ketgan   bo’lishi   kerak,   degan   fikrga   keladi
temurshunos olim Turg’un Fayziyev. 
Mirzo   Ulug’bek   Samarqand   saltanatida   40   yil   (1409-1449)kukmronlik   qilgan.
Bu davrda Turon mamlakatida ilm fan va madaniyat gulladi, savdo-sotiq ravnaq
topdi. 
Mirzo Ulug’bek davrida  garchi Samarqand va Buhoroda kuymush tangalar zarb
qilingan bo’lsa ham, ular o’z nomi bilan emas, balki padaribuzrukvori Shohruh
Mirzoning nomi bilan chiqarildi. Ulug’bek Mirzo otasi Shohruh Mirzo bafotidan
keyingina o’z nomidan kumush pullarni zarb qilishga kirishdi.  Bunday kumush
pullarni   zarb   qilish   ishlari   Samarqand   va   Xirotda   ikki   yilu   yetti   oygina   davom
etdi.   Shuning   uchun   ham   Ulug’bek   Mirzo   nomi   bilan   zarb   qilingan   kumush
tangalar kam uchraydi va noyob hisoblanadi.
Shohruh Mirzoning kumush tangalarida  Amir Temur  tangalariga hos tamg’a va
Sohibqironning   nomi   yo’q.   Ulug’bek   Mirzo   tangalarida   esa   Amir   Temur
davlatining   tamg’asi   bilan   uning   nomi   esga   olinadi.   Maslan:   tangada   “Xazrat Temur  Ko’ragon himmatidin  Ulug’bek  Ko’ragon  So’zim;   zarb  Samarqand deb
yozilgan.   Ulug’bek   Mirzodan   boshqa   bironta   avlodi   o’z   nomi   bilan   Amir
Temurning   nomini   qo’shib   tanga   zarb   qilmagan.     Ulug’bek   Mirzo   huddi
anashunday  tangalarni   851/1447 yili  Xorazmda,  852/1448 yili   esa  xirotda  zarb
ettirgan.
Ulug’bek   Mirzo   Turonda   savdo-sotiq   ishlarini   rivojlantirsh   va   bozorda   savdo
muomalasida   yuritilgan   mis   pullarni   tartibga   keltirish   maqsadida   1428-1429
yillari pul islohoti o’tkazib, mis pullarni yangi ko’rinishdagi  shaklda zarb qildi.
Bizda ma’lum bo’lgan sharq manbalari ichida Ulug’bek Mirzoning pul islohoti
o’tkazilganligi haqida hech qanday ma’lumot uchramaydi. Lekin uning davrida
movarounnahrda   zarb   qilingan   mis   pullarni   chuqur   o’rganish   bu   davrda   pul
islohoti o’tkazilganligini tasdiqlaydi.
Padarko’sh   Adullatif     Mirzo   o’z   inisi   Abdulaziz   Mirzoni   ham     qatl   ettiradi.
Lekin ko’p o’tmay Abdulatif Mirzo Ulug’bek Mirzoning amirlaridan biri Bobo
Husayn   bahodir   tomonidan   o’ldirildi.   Padarko’shning     jazosi   anashunday
bo’ladi, deb uning boshini Ulug’bek madrasining peshtoqiga osib qo’ydilar.
Abdulatif Mirzo otasidan do’ng Samarqand saltanatida 6 oy hukmronlik qilgan
bo’lsa ham u o’z nomidan pul chiqarishga ulgurdi. Bu tangalarga o’z nomi bilan
birga bobosi Shohruh Mirzo nomini ham qo’shib zarb qildirdi.
Abdullo   Mirzo   Samarqand   taxtida   bor-yo’g’i   bir   yil   hukmronlik   qildi   va   shu
vaqt ichida o’z nomidan tanga pullar zarb qilib ulgurdi. Bu tanga pullarning old
tomoniga   odatdagiday   iymon   keltirish   kalimasi   va   dastlabki   to’rt   halifaning
nomi yozilgan bo’lsa, uning orqa tomoniga (as-Sulton al-azam al-hoqon al-odil
Mirshid ad-din Sulton Abdullo bahodir holdolloh Mulikihu va Sultanahu); zarb
Samarqand fi sanati 854/1451 deb yozilgan
Abdusaid Mirzo 1451-1469 yillari Movarounnahr va Hurosonda, Sulton Ahmad,
Sulton   Mahmud,   Sulton   Boyso’ng’ur   va   Sulton   Ali   Mirzolar   Movarounnahr
shaharlarida, Samarqandda o’z nomlaridan kumush tangalar zarb qildirganlar. Abdusaid   Mirzo   tangalarining   orqa   tomoniga:   (zarb   al-sulton   al-azam   Sulton
Ahmad Ko’ragon xaldalloh mulikihu va sultanahu) deb yozilgan.
Abdusaid vafotidan so’ng o’g’li Sulton Ahmad Samarqandda 1469-1494 yillari
hukmronlik   qilib,   o’z   nomidan   tanga   pullar   zarb   qildi.   Bu   tangalarning   orqa
tomoniga (al-Sulton al-azam Sulton Ahmad Ko’ragon haldolloh taolo mulikihu
va sultanahu; zarb Samarqand) deb yozdirgan.
1495 yili  uning ikkinchi  o’g’li  boyso’ng’ur  18 yoshida Samarqand toju taxtiga
ega   bo’ldi   va   1497   yilga   qadar   hukmronlik   qilib   o’z   nomidan   tanga   pullar
chiqardi.   Boyso’ng’ur   pullarining   orqa   tomoniga   (as-Sulton   al-azam   haldolloh
mulikihu va sultanahu) deb yozdirgan. Tanganing markaziy qismida doira ichida
Sulton   Boyso’ng’ur   g’ozi;(901/1495-86)deb   yozilgan   bo’lsa,   tangalarning   old
tomoniga:   (la   ilaha   illollohu   Muhammadu   Rasulilloh),   atrofiga   esa   to’rt
halifaning nomi va sifatlari – Abu Bakr as-Siddiq, Umar al-Farrux, Usmon zun-
nurayn, Ali al-Murtazoi – deb yozilgan. Sulton Ali tangalarining orqa tomoniga:
(as-Sulton al-azam al- Muzaffar Sulton Ali bahodirhon haldolloh taolo mulikihu
va sultanahu); zarb Samarqand. 904/1498 deb yozilgan.
1405 yilda Amir Temur vafotidan so’ng uning yirik davlati parchalana boshladi.
Temuriy   shahzodalarning   taxt   uchun   o’z   kurashlari   qudratli   davlatning
bo’linishiga   asosiy   sabablardan   biri   bo’ldi.   Sohibqiron   taxtiga   valiaxd   qilib
nabirasi   Pirmuhammadni   qoldirgan   bo’lsada,   ko’pgina   amirlar   va   amaldorlar
uning  hukmronligini   tan  olmadilar.  1405  yil  mart   oyida  Temurning  boshqa   bir
nabirasi   Xalil   Sulton   Samarqand   taxtini   egalladi.   Undan   tashqari,   Xurosonda
Shohrux;   Balh,   G’azna   va   Kandahorda   Pirmuhammad;   g’arbiy   Eron   va
Ozarbayjonda   Mirzo   Umar   va   Abu   Bakr   Mirzo;   Turkiston,   Sabron,   O’tror,
Sayramda   Amir  Berdibek;  O’ratepa  va  Farg’onada   amir  Xudoydod,  Xorazmda
amir Idiku o’zlarini xukmdor deb e’lon qildilar.
Mamlakatdagi parokandalik va o’zaro urushlarga barham berish uchun Shohruh
Mirzo   ko’p   sa’yi-harakatlar   qildi,   XVasrning   20-yillariga   kelib   Amir   Temur
mulklarining   qariyb   hammasi   Shohruh   va   uning   oila   a’zolari   qo’l   ostida   edi. soxibqiron   Movarounnahr   yerlarini   1409   yildan   boshlab     Shohruhiing   o’g’li
Mirzo Ulutbek boshqara boshladi. Ulug’bek hukmronlik davri (1409-1449 yy.)
asosan,   Movarounnahr   ijtimoiy-iqtisodiy   hayot,     ilm-fan   va   madaniyatning
rivojlanishi bilan izohlanadi.
Ulug’bek   bobosi   Amir     Temur     kabi   harbiy     iste’dodli   emas   edi.   U   mamlakat
ichidagi va atrofidagi osoyishta saqlab turish maqsadida ayrim harbiy yurishlar
qilib   turdi   xolos.   1447   yilda   Shohruh   Mirzo   vafotidan   so’ng   Temuriyzodalar
o’rtasida   kurash   boshlanib   ketdi.   Oqil     va   dono   hukmdor   Ulug’bek   bu
kurashlarga   barxdm   berishga   xarchand   harakat   qilmasin   buning   uddasidan
chiqolmadi,   Aksincha,   o’g’li   Abdulatifning   bevosita   ishtiroki   tufayli     o’zi     bu
kurashlarining   qurboni   bo’ldi.   Xullas,   XV   asrning   o’rtalariga   kelib,   Mirzo
Ulug’bek       vafotidan   keyin   (1449   y.)   Temuriy   shahzodalar   o’rtasida   toj-taxt
uchun kurash yana avj oldi. Abduqosim (1452-1457) va Abdusaid Mirzolarning
(1458-1468)   faoliyati   ham   o’zaro   urushlarga   barham   bera   olmadi.   1469   yilga
kelganda   Xurosonda   Xusayn   Boyqaro   hokimiyatni   egallab,   bu   hududlarda
tinchlik   o’rnatdi.   Uning   do’sti   -   buyuk   shoir   Alisher   Navoiy   (1441-1501)
muhrdor, vazir, Astrobod hokimi lavozimlarida ishlab, Xuroson ijtimoiy-siyosiy
hayotida   katta rol o’ynaydi. Navoiyning sa’y-harakatlari bilan Hirotda ilm-fan,
madaniyat  gurkirab  rivojlandi. O’zaro urushlarga nisbatan barham berildi.
Movarounnahrda   esa   bu   davrga   kelib   siyosiy   tarqoqlik   avjiga   chiqdi.   Har   bir
viloyat,   har   bir   shaharlarda   temuriy   shahzodalar   o’zlarining   mustaqil
hukmronligini   o’rnatishga   harakat   qildilar.   Ular   hokimiyat   uchun   o’zaro
kurashlarda   Dashti   Qipchoq   qabilalari   kuchlaridan   foydalanishar   edilar.
Masalan:   1451   yilda   Urusxonning   nabiralari   Abdusaidga   hokimiyatni   egallash
uchun   yordam   bergan   bo’lsa,   oradan   uch   yil   o’tgach   Abulhayron   Muhammad
Juqiyga   hokimiyatni   egallashga   ko’maklashdi.   Bu   o’zaro   kurashlar
Movarounnahr ahlining ahvolini yomonlashishiga olib keldi.
XV   asr   oxirlariga   kelib,   Movarounnahrda   Temuriylarning   bir-biridan   o’zaro
mustaqil bo’lgan uchta hokimiyat vujudga kelda. 1. Samarqandda Sulton Ahmad Mirzo   hukmroiliga   (1468-1503);   2.   Toshkentda   Sulton   Mahmud   Mirzo
hukmronligi  (1468-1498);                3. Andijonda Umarshayx I Mirzo hukmronligi
(1468-1494). 
Bu   uchala   davlatning   o’zaro   urushlari   Movarounnahr   ahlining   temuriylardan
noroziligini     yanada       avj       oldirdi.   Ayniqsa,   yuqori   tabaqa   vakillari
markazlashgan   davlat   tarafida   turdilar.   Bu   temuriyzodalarning   davlat
boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan dalolat berardi. Bu vaqtda
temuriylar   huzurida   ta’lim   olgan   Abulxayrxonning   nevarasi   Muxammad
Shohbaxt   Dashti   Qipchoqda   dasht   urug’larini   birlashtirib   o’z   hokimiyatini
mustahkamlamoqda edi. 
Shayboniyxon   harbiy   harakatlar     olib     borib     markazlashgan   davlat   tuzish
maqsadida goh temuriylar, goh shimoldan mo’gullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487-
88 yillarda O’tror,  Sayram,  Yassa (Turkiston), Sig’noq shaharlarini bosib olib,
1499 yilda Movarounnahr hududlarida jiddiy harbiy harakatlar boshladi. 
Mahalliy hukmdorlar o’rtasidagi o’zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini
Shayboniyxon   1500   yilning   boshlarida   egalladi.     Dasht   ulug’lari   bir   necha   oy
shaharni   shafqatsiz   talon-taroj   qildilar.   Bu   esa   mahalliy   feodallar   noroziligiga
sabab  bo’ldi.     Bundan  foydalangan  Temuriy shahzoda   Zaxiriddin Muhammad
Bobur   o’sha   yili   (1500   yil)   Samarqand   taxtini   ikkinchi   marta   egalladi.   Ammo
mahalliy   zodagonlar     ko’pchiligi     Boburni     qo’llab-quvvatlamadilar.   1501
yilning   bahorida   Bobur   Shayboniyxon   bilan   bo’lgan   jangda   yengiladi   va
Samarqandni unga toshpiradi.
Dashti   Qipchoqliklar   qisqa   muddat   ichida   Buxoro   (1500),   Samarqand   (1501),
Toshkent   (1503),   Hisor   (1504),   Urganch   (1505),   Hirot   (1507)   kabi   shahar   va
viloyatlarni   egallab,   Sharqiy   Turkiston   chegaralaridan   Markaziy   Afg’oniston
hududlarigacha   cho’zilgan   yerlarda   markazlashgan   shayboniylar   davlatiga   asos
soldilar.   Temuriylar   davlatidagi   siyosiy         tarqoqlik,   ayrim   hukmdorlarning
ajralib   mustaqillikka   intilishi   bu   davlat   yemirilishiga   olib   kelgan   bo’lsa, Shayboniyxon   bunday   tarqoqlikka   chek   qo’yib   mamlakatning   birligini
mustahkamlay oldi.
Shayboniyxonning   janubga   tomon   yurishlari   Eron   shohi   Ismoil   I   tomonidan
to’xtatildi.   1510   yil   Marv   atroflarda   bo’lgan   jangda   dasht   qo’shinlari   tor-mor
etildi va Shayboniyxon halok bo’ldi. Eroniylar tomonidan qo’llab-quvvatlangan
Bobur 1511 yilda Hisor, Ko’lob, Qunduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi.
Ammo   1512   yilda   shayboniylardan   bo’lgan   Ubaydulla   Sulton   qo’shinlari
G’ijduvon   yaqinida   Bobur   va   shoh   Ismoilning   birlashgan   kuchlarini
mag’lubiyatga   uchratdi.   Shundan   so’ng   Bobur   avval   Qobulda,       keyin   esa
Hindistonda   hokimiyatini   o’rnatdi.   Dashti   qipchoq   qabilalari   esa
Movarounnahrda o’rnashib qoldilar.
XV   asr   oxiri   XVI   asr   boshlaridagi   Dashti   Qipchoq,   Movarounnahr   va
Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy voqealar to’g’risida yozilgan   muallifi   noma’lum
«Tarixi     guzidai     Nusratnoma»   Muhammad   Solihning   «Shayboniynoma»,
Boburning «Boburnoma» asarlari muxim manbalar hisoblanadi.
Temuriyzodalar   o’rtasidagi   o’zaro   urushlar,   birodarkushliklar   nafaqat   quyi
tabaqa   ahlining,   balki   yirik   zodagonlarning   ham   norozliklariga   sabab   bo’ldi.
Natijada   Amir   Temur   asos   solgan   ulkan   saltanat   tanazzulga   yuz   tutdi   va
tugatildi. Temuriylardan keyin hokimiyat tepasiga  kelgan shayboniylar  sulolasi
davrida   ham   markaziy   hokimiyat   unchalik   mustahkam   emas   edi   (bu   o’rinda
Abdullaxon II  hukmronligi   davri   (1583-1598)  birmuncha diqqatga  sazovordir).
Bu   holat   o’sha   davr   Vatanimiz   hududlarining   parchalanib,   alohida   davlatlarga
bo’linib ketishi  va zaiflashuvi  uchun zamin yaratdi. Temur va temuriylar  davri
O‘rta   Osiyo   madaniyatida   alohida   davrni   tashkil   qiladi.   Madaniyat   tarixida
klassik   davr   hisoblangan   bu   davr   xususan,   o‘zbek   madaniyatining   butungi
huquqiy   joylashuvida   asos   bo‘lib   xizmat   qildi.   Avvalo,   bu   davr   madaniyati
Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-
iqtisodiy   taraqqiyot   bilan   bog‘liqdir.   Amir   Temur   davrida   O‘rta   Osiyoning
mustaqil   bir   davlat   qilib   birlashtirilishi   mamlakatning   iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga   ijobiy   ta'sir   ko‘rsatadi.   Ilm-fan,   adabiyot   va   san'at,
hunarmandchilik   va   me'morchilik   ravnaq   topdi.   Mamlakat   va   poytaxt
Samarqandning obodonchiligi yo‘lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko‘plab
fan va san'at ahllarini, hunarmand me'morlarni va musavvirlarni to‘pladi.
Temur   markazlashgan   davlat   tuzish   jarayonida   ishlab   chiqarishga,   xususan
qishloq  xo‘jaligiga  alohida  e'tibor   berdi.  O‘rta  Osiyoda  qishloq   xo‘jaligi  sun'iy
sug‘orishga   bog‘liqligini   yaxshi   tushungan   Temur   Angor   kanalini   qazdirdi   va
Murg‘ob vodiysida sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Samarqand va Shahrisabz
shaharlari   oqar   suv   bilan   ta'minlavchi-   Lalmikor   yerlarda   ariklar   qazildi.
Dehqonchiliqda   donli   ekinlar,   paxga,   zig‘ir   ekilgan.   Bo‘yoq   uchun   ro‘yan
o‘simligi,   shuningdek   pillachilikda   tutlar   ko‘p   ekilgan.   Uzum,   limon
yetishgirshgan.
Ulug‘bek davrida Bog‘i maydonda turli o‘simliklar ekilib, Bog‘cha nomli bog‘
barpo etytgan. Temur Samarqand atrofida Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomli
qishloqlar   qurdiradi.   Temur   va   Ulug‘bek   davrida   qo‘ychilik   va   yilqichilikka
alohida e'tibor berilgan.
Tog‘-kon   ishlari   yo‘lga   qo‘yilib,   turli   ma'danlar   qazib   olinishi   tufayli
hunarmandchilik rivojlangan.
Obodonchilik, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy hayotda muhim
soha-hunarmandchilik,   savdo   va   tovar   pul   munosabatlarining   taraqqiyotiga
ijobiy   ta'sir   ko‘rsatdi   hunarmandchilik   tarmoqlarining   ko‘payishi   tufayli
shaharlarda   hunarmandchilik   mahallalarining   soni   ortib,   yangi   bozor   rastalari,
tim   va   toqlar   qurildi.   To‘qimachilik,   kulolchilik,   chilangarlik,   temirchilik   va
binokorlik   sohalari   asosiy   o‘rin   tuggan.   Samarqand,   Buxoro,   Toshkent,
Shohruhiya,   Termiz,   Shahrisabz,   Karshi   shaharlarida   yangi   hunarmandchilik
mahalalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar
to‘qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob. banoras, duhoba, horo, debo
kabi gazmollar to‘qilgan. XV   asrda   metall   buyumlar,   uy-ro‘zg‘or   buyumlari,   asbob   uskunalar,   qurol-
yarog‘lar ko‘plab ishlab chiqarilgan. Samarkand   qurolsozlik markaziga aylanib,
sovutsozlar   mahallasi   qurigan.   Shaharlarda   mis   va   jezdan   buyumlar   va   mis
chaqalar   zarb   qilingan.   Temur   farmoni   bilan   Usta   Izzoddin   Isfahoniy   yasagan
jez   qozon   va   shamdon   hozirgacha   saqlanib   qolgan.   Misgar   va   chilangarlar
metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi
murakkab ishlarni bajarganlar.
Masalan,   Bibixonim   masjidi   eshiklari   yetti   xil   madan   qotishmadan
tayyorlangan.   Zargarlar   oltin ,   kumush   va   jez   qotishmalaridan   nafis   zeb-ziynat
buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan
idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan.
O‘rta   Osiyo   zaminida   temuriylar   davri   ilm-fan,   adabiyot,   san'at   sohalarida
kamolot   bosqichiga   kutarildi.   Temuriylar   davlatining   qudrati   ayniqsa
me'morchilikda   namoyon   bo‘ldi.   Oqsaroy   peshtoqida   bitilgan   «Qudratimizni
ko‘rmoq istasang - binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy
vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida
istehkomlar,   shoh   ko‘chalar,   me'moriy   majmualar   keng   ko‘lam   kasb   etadi.   Ilk
o‘rta   asrlardagi   shaharning   asosiy   qismi   bo‘lgan   «Shahriston»dan   ko‘lam   va
mazmuni   bilan   farq   qiluvchi   «hisor»   qurilishini   Samarqand   Shaxrisabzda
kuzatish mumkin.
Qadamjolar   me'morchiligi   ham   o‘ziga   xos   tuzilishga   ega.   Temur   Buxoroda
Chashmai   Ayub   (1380y.)   yodgorligini   qurdiradi.   Shunigdek,   Temur
Shahrisabzda   ziyorat   va   dafn   marosimlari   uchun   «hazira»-   «Dor   us-Siyozat»
(1389-1400)   xilxonasini   qurdirgan.   O‘g‘li   Jahongir   vafot   etgach   Shahrisabzda
maqbara   (hazrati   Imom)   qurdirgan.   Unda   Xorazm   me'morchiligi   ananalarini
ko‘rish mumkin.
Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasi me'moriy san'atining noyob yodgorligidir.
Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo‘lib, uch qavatlidir. Temuriylar   davrida   qurilgan   saroylar   ikki   xil   bo‘lgan.   Birinchisi-ma'muriy-
siyosiy   maqsadda   bo‘lib,   qal'a   yoki   shahar   ichida   qurilgan.   Ikkinchisi-shahar
tashqarisidagi   bog‘larda   qurilgan   qarorgohlarda   qabul   marosimlari,   majlislar
o‘tkazilgan   va   xordiq   chiqarilgan.   Shahrisabzdagi   Oqsaroy   gumbazining
diametri   22   metr   bo‘lib,   toq   va   ravoqlari   beqiyos   bo‘lgan.   Temur   va
Ulug‘bekning   asosiy,   qarorgohi   Samarqanddagi   Ko‘ksaroy   va   Bo‘stonsaroy
deyiladi.   Shuningdek,   shahar   tashqarisida   Temur   o‘n   ikkita   bog‘   va   saroylar
bunyod etgirgan.
Temur   darvrida   qurilgan   Shirinbeka   opa,   Bibixonim,   Tuman   opa   obidalarida
naqqoshlik va xatgotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka
opa   maqbarasida   tasvir   ko‘p   ranglarda,   qolgan   ichki   bino   devorlarida   oq   va
moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.
Xattotlik   san'ati   taraqqiyotiga   XV   asrda   an'anaviy   nasxi,   kufiy,   devoriy   xatlari
bilan   birga   peshtoqlarni   bezovchi   suls   va   tezkor-nasta'liq   noyob   qulyozma
asarlar   ko‘chiriladigan   maxsus   ustaxonalar   kitobotchilikning   ravnaqiga   ijobiy
ta'sir   ko‘rsatdi.   Tarixiy   shaxslarning   qiyofalari   ham   miniatyuralarda   aks   etgan.
Amir   Temur   qiyofasi   tiriklik   vaqtida   aks   etgan   miniatyuralar   hali   topilmagan.
Asl holatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko‘chirilgan nusxalarida
uchraydi.   Uning   bir   muncha   yorqinroq   qiyofasi   Hirotda   (1467   y.)   ko‘chirilgan
«Zafarnoma»da   keltiriladi.   Dastlab   Mirak   Naqqosh   boshlagan   va   Behzod
yakunlagan   ushbu   miniatyurada   boy   kompozitsiya   va   serjilo   bo‘yoqlarning
uyg‘unligi ajralib turadi.
XV  asr   miniatyuralarining   aksariyatida   sharq   she'riyatining  qahramonlari-Layli
va   Majnun,   Xusrav   va   Shirin,   Rustam,   jang   lavhalari   tasvirlanadi.   Umuman
miniatyura   san'ati   Iroq,   Eron,   Xuroson,   Movarounnahr   va   Hindistongacha
hududda  bir  davrga  xos   badiiy-  estetik  hodisa   edi.  Bu  hodisa   Temuriylar  bilan
bog‘liq bo‘lib, temuriylarning Bag‘dod, Sheroz, Tabriz, Hirot, Samarqand, Dehli
kabi markazlarida bir necha miniatyura maktablari vujudga keldi. Samaqanddagi   saroy   musavvirlari   Abul   Xayya   va   uning   shogirdlari   Shayx
Mahmud   Taliliy,   Pir   Ahmad   Bog‘i   Shamoliy,   Muhammad   bin   Mahmudshoh
Darvesh   Mansurlar   ishlagan   rasmlar   nozik,   bo‘yoqlar   ustalik   bilan   qo‘llangan.
Ularning   miniatyuralari   temuriylar   dazriga   xos   ov-shikor   mavzuida   yaratilgan.
1420 yildan keyin Boysunqur Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi
tashkil   qilgach   bu   rassomlarning   ayrimlari   Hirotga   ko‘chib   o‘tadi.   Abul   hayya
tarixiy   asarlariga   ishlangan   miniatyuralarda   Amir   Temur   va   temuriylarning
qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda
tasvirlanadi.   Xalil   Sulton   davrida   ishlangan   ayrim   miniatyuralar   grafik   tarzda,
badiiy   jihatdan   o‘ziga   xos   «siyohi   qalam»   uslubida   ishlangan.   Temur   hayotlik
davrida   uning   saroy   devorlarida   shox   va   shahzodalar   bor   bo‘yida   tasvirlanib,
haqiqiy   portret   janrini   Kamoliddin   Behzod   shakllatirdi.   Umuman,   Temur   va
temuriylarning   qiyofalari   tasvirlangan   ko‘plab   miniatyuralar   dunyoning   turli
kutubxonalarida   saqlanmoqda.   Ularning   aksariyatida   rasm   chizilgan   davr   yoki
rassom,   joy,   maktab   ko‘rsatilmagan.   Biroq,   bu   miniatyuralarda   nur   sochib
turgan   quyoshsimon   sherning   boshi   tasvirlangan   tug‘   Temurning   gerbi-uning
saroyi peshtoqida , Xalil Sulton va Ulug‘bek zarb qilgan tangalarda uchraydi.
Samarqand   maktabi   miniatyurachilari   vakillari   kompozitsiya   yaratish   va
manzara tasvirida mahoratlidirlar. Temuriylar davrida madaniyatning yuksalishi
badiiy   hunarmandchilikning   turli   shakllarida   namoyon   bo‘ldi.   Badiiy
hunarmandchilik   asosan   me'morchilik   bilan   bog‘liq   bo‘lmay,   koshinkorlik
kulolchiligi,   yog‘och   va   tosh   o‘ymakorligi   bilan   ham   bog‘liq   edi.   Qabr
toshlariga   qisman   o‘simliksimon,   asosan   geometrik   nazmlarda   xattotlik
namunalari   bilan   so‘zlar   bigilgan.   Bu   yozuvlar   chuqur,   qusha   o‘yiqlarida
bitilgan. Qabrtoshlar sag‘ana yoki suna shaklida bo‘lib, bo‘z rangli marmardan,
ayrim   xollarda   o‘ta   noyob   toshlardan   tantana   idishlar   ishlangan.   Yog‘och
uymakarligida   Go‘ri   Amirda,   Shohi   Zinda,   Yassaviy   maqbaralari,   eshiklari,
shuningdek   XV   asrga   oid   uy   ustunlari   naqshlar   bilan   ishlangan.   Temur   va
Ulug‘bek   davrlarida   metall   o‘ymakorligi   taraqqiy   etadi.   Buyum   va   idishlar oltinsimon   bronza,   latun,   qizil   misdan   ishlangan.   Naqshlar   o‘yib,   bo‘rtma
usulda, qimmatbaho toshlar qadalib tayyorlangan.
Amaliy san'atning kulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi yorqin sir ustiga
sodda   o‘simliknoma   naqshlarni   qora   bo‘yoqlar   bilan   tushurishga   yoki   uyurma
gullar   ishlanishi,   bu   davrda   paydo   bo‘lgan   oppoq   idishlarga   sir   ustidan   kobalt
yordamida   naqsh   berilishi   yangilik   edi.   Sopol   buyumlardagi   naqshlar
mo‘yqalamda   chizilgan.   Oldingi   asrlarda   sopol   buyumlariga   chiziq   naqshlar
chizishgan,   temuriylar   davriga   mansub   chikkisimon   sopol   buyumlarda   kulol-
rassom   turli   uslubda   och   havorangdan   to   lojuvardga   qadar   ranglarni   qo‘llaydi.
Temur   va   temuriylar   davrining   amaliy   san'at   turlaridan   to‘qimachilik,
gilamdo‘zlik, kashtachilik yuksak san'at darajasiga ko‘tarildi.
Amir   Temur   ilm-fan   rivoji   uchun   g‘amxo‘rlik   qilishi   tufayli   Samarqand
dunyoning   ma'rifiy   markaziga   aylandi.   Mashhur   olimlar   Samarqandga   keldi.
Masalan,   Qozizoda   Rumiy,   tabib   Xusomiddin   Kermoniy,   falaqiyotshunos
Mavlono  Ahmad,  Ulug‘bek  davrida  turli   mamlakatlardan kelgan  100  dan ortiq
olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy
va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga
munosib   hissa   qo‘shdi.   Falokiyotshunoslik   fanida   Ulugbek,   Qozizoda   Rumiy,
G‘iyosiddin   Jamshid   va   Ali   Qushchilar   yangi   kashfiyotlar   qildi.   Tarix   ilmida
Sharofiddin   Ali   Yazdiy,   Hofizi   Abro‘,   Abdurazzoq   Samarqanday,   Mirxond,
Xondamir, Zayniddin Vosifiy va   boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod
va   tilshunoslikda   Jomiy,   Navoiy,   Davlatshoh   Samarqandiy,   Atoullo   Husayniy ,
Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san'at asarlari bilan mashhur bo‘ldi.
Temur   va   Temuriylar   davridagi   madaniy   yuksalishning   umumiy   omillarini
aniqlash   shuni   ko‘rsatadiki,   ular   o‘zaro   uzviy   bog‘langan   va   yaxlit   bir   butun
holdagina   qisqa   vaqt   ichidagi   madaniy-ma'naviy   yuksakligini   yuzaga   keltira
olgan.
Bulardan   birinchi   navbatda   siyosiy-   ijtimoiy   omilni   ko‘rsatish   mumkin.
Movarounnahr   va   Xurosonda   tarqoq,   o‘zaro   nizo   va   urushlar   natijasida   turli viloyat,   amirliklarga   bo‘linib   ketgan   va   kelgindi   hukmronlar   -   mo‘g‘illar
tomonidan   ayovsiz   ezilgan   xalqning   mustamlakachiliqdan   qutulishi,
mamlakatda   yagona   birlashgan   davlatning   barpo   etilishi,   yagona   davlatchilik
asosida   boshqarish   qoidalarining   joriy   etilishi,   zo‘ravonliklar,
o‘zboshimchaliklar kabi illatlarning tugatilishi ijtimoiy yuksalishni ta'minladi.
Ikkinchi - iqtisodiy omil - Movarounnahr va Xurosonda yagona idora tizimining
joriy   etilishi   iqtisodiy   osoyishtalik,   ishlab   chiqarishni   jadal   rivojlanishga   olib
keldi.   Davlat   tomonidan   dehqonchilik,   hunarmandchilik,   savdo-sotiqning
rivojiga   e'tibor   berilishi   va   bu   sohada   kator   tadbirlarning   amalga   oshirilishi
mamlakatning ma'naviy-madaniy taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyat
kasb etdi.
Uchinchi   -   ma'naviy   omil   -   avvalgi   madaniy   meros,   ma'naviy   qadriyatlar,
boyliklardan   keng   foydalanish,   ular   asosida   rivojlanishini   amalga   oshirishdan
iborat   bo‘ldi.   Markatiy   Osiyoda   avvalgi   asrlarda,   xususan   IX-XIII   asrlarda
yaratilgan   madaniy   –   ma'naviy   boyliklardan,   Xorazmiy,   Farobiy,   Ibn   Sino,
Beruniy,   Chag‘miniylar   merosidan;   arab,   fors   va   turkiy   tillarda   yaratilgan
Firdavsiy,   Nizomiy   Ganjaviy,   Rumii,   Tusiy,   Attor   kabi   allomalar   merosidan:
Musulmon Sharqi ma'naviy merosida keng ahamiyat kasb etgan qadimgi yunon
ilmiy-ma'naviy, boyliklaridan keng foydalanildi.
To‘rtinchi   -g‘oyaviy   omil   bu   omil   ma'naviy   omilning   uzviy   davomi   bo‘lsa-da,
uning  muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lganligi   va   o‘z   davri   ma'naviy   hayotida   katta
rol o‘ynaganligi uchun alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu XV
asrga   kelib   Movarounnahr   va   Xurosonda   keng   tarqalgan   tasavvuf   -   xususan
Naqshbandiya   ta'limotidir.   Markaziy   Osiyoda   Yusuf   Hamadoniy,   Abdu   Xoliq
G‘ijduvoniy   ta'limotlarini   rivojlantirish   asosida   shakllangan   Naqshbandiya
ta'limoti   va   uning   yirik   vakillari   XIV-XV   asrlardaga   siyosiy-ijtimoiy   hamda
madaniy   hayotda   nihoyatda   muhim   rol   o‘ynadi,   ma'naviy   o‘zgarishlar   ma'lum
erkinlik   uchun   g‘oyaviy   asos,   omil   bo‘lib   xizmat   qildi.   Temur   va   temuriy shahzodalar, ko‘p olim- fozillar, hunarmandlar naqshbandiya ta'limotidan   ozuka
oldilar , o‘z faoliyatlari, ijodlari bilan uni har tomonlama boyitdilar.
Temuriylar   ma'naviy   madaniyati   to'g'risida   gap   borganda,   dastawal,   ona
yurtimizda   Uyg'onish   davrining   ikkinchi   bosqichi   bo'lgan   bu   oltin   asrda   ilm-
fanning   nechog'lik   ravnaq   topganligi   hamda   uning   jahon   ilmu   urfoni
taraqqiyotiga   qo'shgan   bebaho   hissasi   haqida   har   qancha   g'ururlansak   arziydi.
Bu   davrning   yana   bir   muhim   yutug'i—bu   ijtimoiy   fanlar,   xususan,
tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir.
Bu   xayrli   ishlarning   yuzaga   chiqishida   ham   temuriy   hukmdorlar   tashabbusi   va
rahnamoligi   beqiyos   bo'lgan.   Jumladan,   Amir   Temurning   «Tuzuklari»,   Mirzo
Ulug'bekning   «To'rt   ulus   tarixi»,   Bobur   Mirzoning   «Boburnoma»si   ijtimoiy
fanlar   rivojiga   ayricha   ta'sir   ko'rsatganligi   shubhasizdir.   Temuriylar   davrida
salmoqli   iz   qoldirgan   alloma   olimlardan   Nizomiddin   Shomiy   va   Sharafiddin
Yazdiyning   «Zafarnoma»,   Xofiz   Abruning   «Zubdat   at-tavorix»,   Abdurazzoq
Samarqandiyning   «Matla   ul-sa'dayn»   va   «Majma'   ul-bahrayn»   («Ikki   saodatli
yulduzning   chiqish   o'rni   va   ikki   azim   daryoning   quyilish   joyi»),   Ibn
Arabshohning   «Amir   Temur   tarixi»,   Mirxondning   yetti   jildli   «Ravzat   ul-safo»
(«Poklik   bog'i»),   Xondamirning   «Makorimul   axloq»   («Yaxshi   fazilatlar»),
«Xabibus  siyar   fi   axboru  afodul  bashar»  («Xabarlar   va bashariyat  odamlaridan
dilga   yaqin   siyratlari»)   asarlari   o'sha   zamon   tarixshunoslik   ilmining   yuksaklik
darajasini   o'zida   ifoda   etadi.   Ularning   har   birida   nafaqat   u   yoki   bu
hukmdorlarning   davlat   siyosati   yohud   harbiy   yurishlari   yohud   shaxsiyatlariga
oid   ma'lumotlar   aks   etib   qolmay,   balki   shu   bilan   birga   o'sha   davrning   barcha
murakkab,   ziddiyatli   jarayonlari,   tarixiy   voqealar,   hodisalar   silsilasi   ham
ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo'ladi.
Badiiy   adabiyot.   Amir   Temur   va   temuriylar   davri   madaniy   muhitining   yorqin
sahifasini   turkiy   (eski   o'zbek)   adabiyotining   ravnaqisiz   tasawur   etib  bo'lmaydi.
Negaki, sarchashmalari ancha olis davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga
kelib   yanada   sayqal   topib,   uning   badiiy   imkoniyatlari   yangi   ufqlar   kashf   etib, yuksak   rivojlanishga   erishdi.   Buning   natijasida   yangi-yangi   nomdor   shoiru
adiblar ijod maydoniga kirib kelib, o'z betakror, umrboqiy asarlari  bilan badiiy
tafakkur xazinasiga salmoqli hissa qo'shdilar.
Sakkokiy   singari   zabardast   turkigo'y   shoirlar   ijodining   ravnaqi   tufayli   mumtoz
adabiyotimiz yangi marralarga ko'tarildi va uning xilma-xil janrlarida bir-biridan
go'zal va nafis badiiy asarlar yaratildi. Lutfiiyning turkiy devoni, Xorazmiyning
«Mahzanul   asror»   (Sirlar   xazinasi),   Durbekning   «Yusuf   va   Zulayxo»   asarlari
yohud   Gadoiy   va   Atoiylarning   ishq-muhabbat,   hayot   nash'u   namosini,   inson
shaxsi va uning yuksak orzu-armonlari, intilishlarini kuylagan otashnafas she'r-
g'azallari,   qasidalari   -   bular   mumtoz   o'zbek   adabi-yoti   rivojining   muhim
yutug'idir.   Mazkur   asarlarda   o'zbek   tilining   jarangdorligi,   uning   badiiy
imkoniyatlarining   benihoyaligi,   qolaversa,   uning   halqchilligi,   yuksak   estetik
qudrati va ta'sirchanligi to'la kuch bilan ifodalanganligi ko'zga tashlanib turadi.
O'zbek   adabiyotning   yanada   yuksak   darajaga   ko'tarilib,   keng   e'tirof   topishida
ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida o'rin
tutadi. Negaki she'riyat mulkining sultoni Navoiy o'ziga qadar bo'lgan turkigo'y
shoirlar   ijodi   erishgan   yutuqlarni   o'zida   mujassamlashtiribgina   qolmay ,   balki
ayni zamonda o'zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi
va dovrug'ini ko'tarilishiga mislsiz ulush qo'shdi.
Navoiy   «Xamsa»siga   kirgan   «Hayratul-abror»,   «Farhod   va   Shirin»,   «Layli   va
Majnun»,   «Sabbayi   sayyor»,   «Saddi   Iskandariy»   doston-larining   har   biri
o'zining   bebaho   ma'naviy   qudrati,   badiiy   yuksakligi,   til   boyligining
mukammalligi   bilan   ajrafib  turadi.  Eng  muhimi,   o'zbek   tilida   ilk  bor   «Xamsa»
bitishdek   g'oyatda   mashaqqatli   vazifani   sharaf   bilan   ado   etgan   Navoiy   dahosi
har   qancha   tahsinga   sazovordir.   Ulug'   mutafakkir   asarlarini   mutolaa   qilar
ekanmiz,   ularda   aks   etgan,   ilgari   surilgan   chin   insonparvarlik,   vatanparvarlik,
mehnat-sevarlik,   hayotga   oshuftalik,   keng   ma'nodagi   ishq-rnuhabbat   g'oyalari
vujudimizni   qamrab   oladi,   o'ziga   maftun   etadi.   Bit   ham   Navoiy   ijo   dining umrboqiyligidan, umumbashariy qadriyatlar ruhi bilan chuqur sug'orilganligidan
yaqqol dalolatdir. Adabiyotlar:
Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak” Toshkent 1998yil 
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch” Tashkent 2008 yil 
Elizavetin. G. “Pulnoma” Toshkent 1979 yil
Pidaev. Sh. “Tangalar davr ko’zgusi” Toshkent 1984yil

Mavzu:Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda zarb qilingan tangalar Reja: 1.Amir Temur zarb etgan tangalarning xususiyatlari. 2.. Ulug’bek Mirzo davrida zarb qilingan tanga 3.. Ulug’bek Mirzodan keyingi Temuriylarning tangalari 3.Temuriylar tangalaridagi ramziy belgilar. Xulosa XIV asrning 60-yillarida Movarounnaxrda siyosiy,iqtisodiy vaziyat keskinlashib ketdi. dexkonchilik. xunarmandchilik. savdo-sotik ishlari inkirozga yuz tutdi. Bundan savdogarlar, xunarmandlar va dexkondar norozi edilar. Axolining bunday tabaqalari O`rtasida mavjud axvoldan kutulish, mamlakatni birlashtirish va kuchli davlat tashkil etish xarakati kuchayadi.

Ana shunday sharoitda Temur, barlos kabilasining amirlaridan biri, 1370 yili Movorounnaxr noibi qilib tayinlanadi. Temur o`z zamonining bunday talabini yaxshi tushundi. o`z maqsadini amalga oshirishga ruxoniylar, savdogarlar, xunarmandlarga suyandi. U Movarounnaxrning yagona xukmdori bo`lib olgach, uz davlatini siyosiy va iqtisodiy jixatdan mustaxkamdashga kirishadi. Feodal tarqoqlik tugatilib: markazlashgan davlat tuzilganligi ijobiy xollarga olib keldi. Ayni vaqtda xo`jalikning asosi bo`lgan dexkonchilikda xam muayyan siljishlar ro`y berdi. Xunarmandchilik va savdo rivojlanadi, fan va madaniyat ravnak topdi. Savdo munosabatlarining davlat va jamiyat xayotida tashki siyosatda tutgan muxim urnini yaxshi anglagan Amir Temur bu borada qator tadbirlarni amalga oshirgan. Bozorlar qurish. eskilarini kengaytirish. ta`mirlash ishlarini jadal amalga oshirgan. Buning isboti uchun Samarqand bozorining bino etilishi orqali ko`rish mumkin. Amir Te mur buyrug’i bilan shaxarniig temir darvozasi qismidan boshlanib. janubiy garbiy yo`nalishda katta ko`cha quriladi. Uning ikki tomonida esa ikki qavatli. chorsi tim shaklida qurilgan dexkonlar.rastalar kad kutaradi. Ko`cha usti boshdan oxir gumbaz shaklida ishlangan tok bilan yopiladi. YOrug’lik tushib turishi uchun xar er-dan darchalar qoldirilgan. Bundan tashqari ma`lum masofada favvoralar qurilib. Omborxonalar qad ko`targan. Bu davrdagi pul muomalasiga to`xtalsak, Amir Temur zamonida 6 gr.og’irlikdagi kumush tangalar va uning turtdan biriga teng 1,5 gr.lik kumush pullar zarb qilinganligi ma`lum. 1,5 grammlik kumush pullar "miri" deyilgan. Mazkur nom Soxibkironning Amir unvoni bilan bog’liq. SHuningdek muomalada mis pullar chaqalar xam bo`lgan. Tangalar Samarqand, Buxoro, Ardabil, Astrobod. Darband, Damg’on, Tabriz, Sabeavor, SHeroz va boshqa qator shaxardarda zarb qilingan. Bundan tashqari Amir Temur xarbiy o`rdasining maxsus zarbxonasida (dor alzarbi urduyi oliy) bo`lgan.

Temuriylar davrida xam ikki xil qiymatda kumush tanga zarb qilish davom etdi. Yirik kumush tangalar "tanga", maydalari «miri» Temur unvoni "amir"ning qisqa shakli deyilgan. Ulug’bek davridan ko`p mis tangalar bizgacha etib kelgan. Uning ilk mis tangalaridan biri diqqatga sazovor. Axsi, Samarqand, Buxoro, SHaxrisabz va Termiz tangalarida sher. orqasidan esa kuyosh chiqib kelayotgani tasvirlangan. Xijriy 832 yil (milodiy 1428-1429)larda Ulugbek ikki bosqichda muxim pul isloxoti o`tkazdi. Birinchi bosqichda bir xil mis tangalar bir kancha zarbxonalarda Andijon, SHoxruxiya, Samarqand, Buxoro, SHaxrisabz, Qarshi. Termizda chiqarildi. Ikkinchi bosqichda islox qilingan tangalar ishlab chiqarish Buxoroda markazlashtirildi va nusxasi xamda sanasi o`zgartirilmagan xolda Ulug’bek o`limiga qadar, undan keyin xam zarb etildi. Ulug’bekning pul isloxoti xazina va axoli manfaatlarini ma` lum tarzda uyg’unlashtirdi. Temur va Temuriylar davrida zarb qilingan tangalar qator xususiyatlar bilan boshqa davr tangalaridan farq qilali. Zarb etilgan tangalarga maxsus tamg’a bosish ana shunday xususiyatdardan biri edi. Bunday naqshlar CHigatoy davri tangalarida XIII asrda solinib. XU asrga kelganda keng qo`llanila boshladi. Ular dumaloq, to`rtburchak, gulga o`xshash va xokazo shakllarda bo`lgan. Xorazm o`ng qirg’og’i bilan CHig’atoy ulusi tarkibiga kirsada. chap kirg’og’i Urganch bilan birgalikda Jo`ji ulusi tarki biga kirgan bo`lib. Oltin O`rda xonlari tomonidan boshqarilar edi. XIV asrning ikkinchi yarmida 1360-1380 yillarda taxt uchun 25 xon urush olib bordi, markaziy xokimiyatning zaiflashganligidan ko`ng’irotlar qabilasining maxalliy "sufiylar" sulolasi ustalik bilan foydalandi. Ular taxminan 1360 yillardan Xorazmni mustaqil idora qila boshladilar. xatto Xorazmning o`ng qirg’oq erlarini qo`shib oldilar.

1372 yili Temur Xorazmga yurish qilib o`zita tobe qiladi. CHunki YUsuf Sufiy bir safar Amir Temurni tan olsa. bir safar Oltin O`rda xoni Tuxtamishni tan olar edi. SHuning uchun Amir Temur Xorazmga bir necha marta yurish qilgan. 1388 yil Urganchni egallaydi. Amir Temur vafotidan sung Xorazmda yana Oltin Urda xonlari xukmronlik qildi. 1412 yili Amir Temurning o`g’li SHoxrux Xorazmni qayta qo`lga kiritadi. Mo`g’ullar istibdodidan so`ng Xorazmda zarb qilingan tangalar bizgacha etib kelmagan. Temur xukmronligi davrida kichik oltin tangalar xam zarb etilgan. Xorazmda CHig’atoylar dinoriga o`xshash yirik kumush tangalar bo`lmagan, Xorazmni juld dirxamlari Movorounnaxr CHig’atoy dirxamlaridan farq qilgan. Birinchidan ularning qiymati turlicha bo`lib u asta-sekin kamayib borgan. XIII asr oxirlariga kelib xamma kumush tangalarning ogirligi 2,3 gramm bo`lsa, X1U asr boshlarida 1,9 gramm,1380 yilda 1,5gramm, XU asrning boshlarida esa 1,1 grammni tashkil qilgan. Oltin tangalarning og’irligi esa 1,10 gramm-1,15 va undan oz bo`lgan. XIII asrga doir Xorazmning birinchi dirxamlarida usha davr xokimiyatini boshqarayotgan xukmdor nomi aks etgan . Tanganing bir tomonida diniy oyatlar yoki Qur`ondan olingan kalima, ikkinchi tomonida tanga chiqarilgan sana, joy zarb qilingan. Tangalardagi yovuvlarda xatolar xam bo`lgan. xarflar tushib qolgan yoki qo`shilib ketgan. Temurning kumush tangalari uning nomidan soxta mo`g’ul xon lari Suyurgatmish va Sulton Maxmud nomlari bilan Movorounnaxr. Xuroson. eron. Ozarbayjon. Iroqning 40 dan ortiq shaxarlarida zarb etilgan. Movorounnaxr va Xurosonning bosh xukmdori sifatida SHoxrux Uirzo Astrobod, Buxoro, Damg’on. Isfaxon, Kirman, Qum, Nishopur. Marv, Samarqand, Sabzavor, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Xirot, SHeroz va boshqa shaxarlarda o`z nomi bilan

kumush tangalar zarb qilib. pul zarbi va savdosini tartibga soldi. Bu davrda ichki chakana savdoda keng ko`lamda muomalada bo`lgan mayda mis chaqa "fulus"lar ko`proq maxalliy xokimlar tomonidan zarb qilinar edi. 1428 yili Ulugbek tomonidan o`tkazilgan fulusiy pullar isloxoti katta axamiyat kasb etdi. Axolining ichki savdo munosabatlariga ko`proq jalb etish maqsadida Ulugbek engil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni bekor qildi. Ichki savdoni mayda mis pullarga bo`lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o`zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent. SHoxruxiya va Andijon shaxarlarida zarbxonalar tashkil qilinib bir xil vazndagi fuluslar zarb qilinib. muomalaga chiqarildi. Mis pullarni zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaxarlardagi zarbxonalarga barxam berilib.Buxoro zarbxonasi saqlab qolingan. Xalk orasida "Fulusi adliya" ya`ni, "adolatli chaqa" nomi bilan shuxrat topgan bu yangi mis fuluslar Movorounnaxrning bar cha shaxar va qishloqlarida keng muomalaga kirib davlatning ichki savdosini nakd pul bilan ta`minladi. Ulug’bekning bunday isloxoti mamlakatda xunarmandchilik maxsulotlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo`l ochib bergan edi. 1428-29 yillardagi isloxot pul muomalasini yaxshilash. Mis tangalar qadrini oshirish maqsadida amalga oshirilgan edi. Natijada u bir qancha samaralar berdi. Unga ko`ra 1420 yili zarb etil gan mis tangalar zarbxonalarga topshirilib. ularning o`rniga ogirligi 1,5-2 barobar ko`p bulgan tangalar zarb etilgan. Qulaylik uchun zarbxonalar Buxorodan tashqari Andijon. Qarshi. Samarqand, Termiz. SHoxruxiyada xam tashkil qilingan. Natijada pulning qadri kutarilgan. O`n beshinchi asr oxiriga kelib bo`shashib ketgan Temuriylar davlati xam iqtisodiy, xam siyosiy jixatidan inqirozga yuz tutishi natijasida SHayboniylar boshchiligidagi o`zbeklar tomonidan zabt etildi. Mamlakatda SHayboniylar sulolasiga asos solindi. By cylola XIV asrning oxiriga qadar davlatni idora