logo

TEXNIKA GNOSEOLOGIYASI VA DUNYONING TEXNIK MANZARASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.1484375 KB
TEXNIKA GNOSEOLOGIYASI VA DUNYONING TEXNIK MANZARASI
Reja:
1.Texnika gnoseologiyasi va epistemologiyasi: ta’rifi va tavsifi 
2. Dunyoning texnikaviy manzarasi. Texnika rivojlanishining asosiy 
ko‘rsatgichlari 
3. Texnika rivojlanishining asosiy qonunlari.
4. Texnikaning rivojlanish qonuniyatlari Inson   o‘zining   olamdagi   narsa   va   hodisalarni   bilish,o‘zining   ehtiyoj   va
manfaatlaridan kelib chiqqan holda ularni o‘zgartirish qobiliyatiga aga bo‘lgan eng
aqlli   mavjudod   hisoblanadi.   Shuning   uchun   ham   inson   mavjud   reallikni   qanday
tarzda  biladi  va o‘zgartiradi, degan savol  asrlar  davomida barcha olimu-fozillarni
qiziqtirib kelgan. Shu borada olib borilgan kuzatuvlar,ilmiy-amaliy tajribalar,keng
miqyosda   olib   borilgan   ilmiy   tadqiqotlar   natijasida   bu   savolga   javob   topishga
harakat   qilinib   kelingan.   Bunday   harakatlarning   natijasida   falsafa   ilmida   bilish
masalalari   va   muammolari   bilan   shug‘ullanuvchi     maxsus   soha   –   gnoseologiya
paydo bo‘lgan.
“Gnoseologiya”   yunoncha   so‘z   bo‘lib   ”gnosis”   –   bilish,”logos”   –
nazariya,ya’ni   bilish   nazariyasi   degan   ma’noni   anglatadi.   Shunga   ko‘ra,
gnoseologiya     deb   bilish   jarayonining   paydo   bo‘lishi,shakllanishi   va   rivojlanishi
qonuniyatlarini   o‘rganuvchi   falsafa   ilmining   nazariy   ahamiyatga   molik   bo‘lgan
maxsus sohasiga aytiladi.   Gnoseologiya masalasi  “Olam va odam” munosabatlari
tizimida   yuz   beradigan     o‘zgarishlarga   qarab   doimiy   sur’atda   o‘zgarib   turadi.
Bugungi kunda inson mavjud real  borliqdagi narsalarni o‘zlashtirishda texnika va
texnologiyalardan   foydalanishi   zaruriy   holatga   aylanib   qoldi.   Bu   esa   ularning
gnoseologiyasini nazariy va amaliy jihatdan bilishni-o‘rganishni taqozo etadi.
Texnika   gnoseologiyasi   –   bu   texnika   va   texnologiyalarning   paydo
bo‘lishi,shakllanishi   va   rivojlanishini     hissiy   va   aqliy   jihatdan   idrok   etish   ,ular
to‘g‘risida muayyan bilimlarni hosil qilish jarayonlarini aks ettiruvchi faoliyatlar
tizimidir .     Bu   bilimlar   o‘zlarining   darajalariga   qarab   har   xil   bo‘ladi.
Masalan,gnoseologik   jihatdan   texnika   va   texnologiyalar   sohasida   tadqiqot   olib
borayotgan   ilmiy   izlanuvchining   ilmiy   bilim   hosil   qilish   uchun   texnosferaga
qaratilgan   faoliyati   bilish   ob’ektini,ilmiy   izlanuvchining  o‘zi   esa   bilish   sub’ektini
tashkil   qiladi.   Texnik   gnoseologiya   ana   shu   qoidaga   asoslangan   holda,ob’ektsiz
sub’ekt   va   aksincha   sub’ektsiz   bilish   ob’ekti   bo‘lmasligini   e’tirof   etgan   holda
faoliyat olib borish kerakligini ta’kidlaydi. 
  Texnikaviy   epistemologiya   –   bu   texnika   va   texnologiyalar   to‘g‘risidagi
umumiy   bilish   emas,balki   ilmiy   bilish   to‘g‘risidagi   fan   bo‘lib,unga   empirik   va nazariy bilish darajalari,ilmiy tafakkur tarzi,ilmiy bilish usullari kiradi.   Bu degan
so‘z,texnikaviy   gnoseologiya   va   epistemologiya   bir   biriga   o‘xshamaydigan   soha
degani emas,balki bilishning bir birini to‘ldiruvchi sohalaridir.
2. Dunyoning texnikaviy manzarasi. Texnika rivojlanishining asosiy
ko‘rsatgichlari 
Texnika   gnoseologiyasi   va   epistemologiyasi   dunyoning   texnik   manzarasini
yaratishga xizmat qiladi.
Dunyoning   texnik   manzarasi   -   bu   texnologiya   va   texnik   jarayonlar
ob’ektlari   to‘g‘risida   umumiy   tasavvur   beradigan   qonunlar,   kategoriyalar   va
prinsiplar tizimidir.
Dunyoning   texnik   manzarasini   ifodalovchi   texnika   taraqqiyotining
miqdoriy va sifatiy jihatlarini  ifodalovchi ko‘rsatgichlarga:
a)   intensivlik   –   texnikaning   rivojlanishini   miqdoriy   va   sifatiy   jihatdan
taqqoslovchi; 
b) samaradorlik– jonli   ijodiy   mehnatning   foydalilik,   tejamkorlik   kabi
xususiyatlarini ifodalovchi; 
v)   ishonchlilik   –   foydalanilayotgan   texnika   qurilmalarining   odam   hayotiga
zarar yetkazmasligining qanchalik darajada kafolatlanganligiga bo‘lgan ishonchini
kiritish mumkin..
Yuqoridagi   ko‘rsatkichlarga   qo‘shimcha   ravishda   yana   texnikaning
antropologik   mezonlari   ko‘rsatgichlarini:   texnik   tizimlarni   odamlarga
moslashtirish; noqulayliklarini kamaytirish yoki yo‘q qilish; ijobiy his-tuyg‘ularni
kuchaytirish,     odam   zarar   yetkazish   xavfini   kamaytirish   kabilarni   ham   kiritish
mumkin.   Texnikaning   antropologik   mezonlari   texnik   tizimlarning   samaradorligi
mezonlari guruhiga kiradi.
3. Texnika rivojlanishining asosiy qonunlari.
Fan   va   texnikani   rivojlanishining   qonuniyatlarini   o‘rganishda   "qonun"
tushunchasining   xususiyatlari,shakllari,turlari   haqida   tasavvurlarga   ega   bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Kundalik hayotda qonun tushunchasi  ko‘pincha yuridik va
falsafiy   ma’nolarda   ishlatiladi.   Falsafiy   ma’noda   “Qonun   –   muayyan   shart-
sharoitda   voqealar   rivojining   xarakter   va   yo‘nalishini   belgilaydigan,   ma’lum   bir
qat’iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim,
zaruriy,   umumiy,   nisbiy,   barqaror   munosabatlaridir” 1
.   Ularni   tabiat   va   jamiyat
qonunlariga   bo‘lib   o‘rganish   qabul   qilingan.   Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda
texnikaning   rivojlanish   qonunlari   deb,   muayyan   shart-sharoitda   texnosferada
yuzaga kelgan voqealar rivojining xarakter va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum
bir   qat’iy   natijani   taqozo   etadigan   ob’ektiv   narsa   va   hodisalarning   muhim,
zaruriy,   umumiy,   nisbiy,   barqaror   munosabatlari   tizimiga   aytiladi.   Ularga
quyidagilar kiradi :
1.   Texnikaning   bosqichma-bosqich   rivojlanishi   qonuni   -   bu   texnika   tizimining
moddiy ob’ektini qayta ishlashni amalga oshiradigan  tizimlar universal qonunidir.
Mehnatning har qanday moddiy predmetni qayta ishlashda to‘rtta asosiy:
 a) texnologik; 
b) energetik;
 v) boshqarish; 
g) rejalashtirish funksiyalarni amalga oshiradi. 
Qonunning   mohiyati:   texnik   tizimlar   ushbu   asosiy   funksiyalarni   bajarish
orqali   ajdodlardan   qolgan   texnikaviy   merosning   yangi   avlodlariga   ketma-ket
o‘tishi   sodir bo‘ladi. Buni olimlar 4 bosqichga bo‘ladilar. Bunda   birinchi bosqich
qo‘l asboblari va aqlli odamning paydo bo‘lishini;  ikkinchi bosqich , qo‘l mehnatini
mexanizatsiyalashtirish   va   sanoat   inqiloblarini; uchinchi   bosqich ,   mehnatni
avtomatlashtirish   va   ilmiy-texnik   inqilobini;   to‘rtinchi   bosqich   postindustriya
jamiyatni yoki uyg‘un noosferani yaratishni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi bosqichda
odam   texnologik   jarayondan   butunlay   chiqarib   tashlanadi.   U   endilikda   yuqori
darajadagi   rejalashtirish   jarayonlarida,   shuningdek   nostandart   uskunalarni   ishga
tushirish va ta’mirlash ishlarida qatnashadi. 
1
  Туленов Ж. Диалектика назарияси. – Т.: Ўзбекистон, 2001. – Б. 106. 2.   Texnik   tizimlarning   progressiv   evolyusiyasi   qonuni   -   bu   texnikaning
rivojlanishining   universal   qonunidir,   uning   mohiyati   ma’lum   texnik   funksiyalarni
bajaradigan   texnik   tizimlarda   modellar   va   texnik   tizimlarning   yangi   avlodlariga
o‘tish,   ishlatilgan   texnikani   yo‘q   qilish   zarurati   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish bilan ifodalanadi.
Texnik   tizimlarning   progressiv   evolyusiyasi   qonunidan   amaliy
foydalanishning   asosiy   yo‘nalishlarini:   raqobat   yechimlarini   topishni   tanlash
metodologiyasi,   texnik   faoliyatning   tizimli   tahlil   metodologiyasi,   va   texnika
evolyusiyasini   o‘rganish   usullarini   ishlab   chiqish   doirasida   texnik   tizimlarning
ma’lum bir sinfini yaratish tashkil qiladi. 
3)   Rivojlanishdagi   qarama-qarshiliklar   qonuni   –   bu   texnik   tizimlarning
rivojlanish   jarayonida   qarama-qarshiliklarning   paydo   bo‘lishi,   kuchayishi   va   hal
etilishini tavsiflaydi. 
4)   Ideallik   darajasini   oshirish   qonuni   -   texnik   tizimning   rivojlanishini   uning
ideal darajasiga ko‘tarilish sifatida tavsiflaydi.
5)   Maydonlardan   foydalanishda   mikrodarajaga   o‘tish   qonuni   -   texnik
tizimlarni   rivojlantirishda   materiya   va   turli   sohalarning   chuqur   tuzilishidan
foydalanish tendensiyasini tavsiflaydi.
6)  Dinamizm  va  boshqaruvchanlikni   oshirish  qonuni   -  texnik  tizimni  odamlar
tomonidan,   boshqa   tizimlar,   tashqi   muhit   va   o‘tish   davridagi   texnik   tizimga
o‘zgaruvchan   talablarga   moslashishini   ta’minlaydigan   maqsadli   o‘zgarishlarga
bo‘lgan   qobiliyatining   rivojlanish   jarayonini   tavsiflaydi.   7)   Texnik   tizimning
to‘liqligini oshirish qonuni  - texnik tizim tomonidan ilgari boshqa texnik tizimlar,
tashqi muhit yoki inson tomonidan bajarilgan funksiyalarni yanada to‘liq bajarish
tendensiyasini tavsiflaydi. 
8) Tarqatish va to‘plash qonuni   - bajarilgan foydali funksiyalarning miqdori va
sifatini   oshirish   yoki   ko‘paytirish   paytida   texnik   tizimni   murakkablashtirish   va
yiqitish   orqali   soddalashtirish   yo‘li   bilan   bajariladigan   foydali   funksiyalarning
miqdori   va   sifatini   kengaytirish   va   oshirish   orqali   texnik   tizimning   idealini
takomillashtirishni tavsiflaydi. 9)   Kelishish   –   kelishmovchilik   qonuni   -   texnik   tizimning   rivojlanish   nuqtai
nazaridan tavsiflaydi, shu jumladan:
a)   texnik   tizimni   zaruriy   energiya,   materiya,   ma’lumot   oqimlarining   eng
yaxshi o‘tishini ta’minlaydigan boshqa tizimlar bilan doimiy muvofiqlashtirish;
b) keraksiz oqimlarning pasayishi va to‘xtatilishini ta’minlash; 
s)   qo‘shimcha,   foydali   funksiyalarni   bajarish   uchun   foydali   yoki   zararli
oqimning bir qismini tanlashni ta’minlaydigan muvofiqlashtirishdagi siljish.
4-§. Texnikaning rivojlanish qonuniyatlari
Qonuniyat   tushunchasi   –   bir   necha   qonunlarning   yig‘indisi   bo‘lib,o‘zining
umumiy   tarzda   yetakchilik   qilishi   bilan,boshqa   qonunlardan   ajralib   turadi.   Bu
jarayon,qaysikim   tabiat   qonnunlarining   harakatini   o‘zida   aks   ettiradi.   Shuning
uchun   qonun   bilan   qonuniyatni   bir   biriga   qarama-qarshi   qo‘yish   mumkin   emas.
Ba’zida qonunlar va qonuniyatlar bir-biriga mos kelib ham qoladi.
Texnika   rivojlanishida   texnik   tizimlarning   progressiv   evolyusiyasi
qonunining   namoyon   bo‘lishining   odatiy   holatlarini   aks   ettirgan   bir   qator
qonuniyatlari mavjud bo‘lib ularga:
a) eski strukturalarni saqlash;
b) texnik tizimlarning eski tuzilmalariga qaytish;
b) texnikaning differensiallashuvi va va ixtisoslashuvi;
d) samaradorlik mezonlarining o‘zgarishi;
j) foydali ta’sir birligining arzonlashishi;
z) texnik tizim strukturasida xususiy o‘zgarishlarning yuz berishi qonuniyati
kabilar kiradi.
  Bu   qonuniyatlar,aslida,   asosan   texnika   tizimlarining   samaradorligini
oshirish,   uning   istiqbollarini   prognoz   qilishga   xizmat   qiluvchi   xususiy
qonnuniyatlar turkumiga kiradi. 
Bulardan tashkari texnika taraqqiyotining asosiy  qonuniyatlari  ham mavjud
bo‘lib,ularga quyidagi:  1)   texnikaviy   faoliyatda   yangi   materiallarni   yaratishda   mavjud
materiallardan foydalanishni kengaytirish va ularni takomillashtirish; 
2) insonning texnikaviy faoliyatida materiya va energiya harakatining tobora
murakkab shakllarini egallab borishi;
3)    inson ishlab chiqarish funksiyalarini  muntazam  ravishda texnik tizimlar
bilan almashtirib borishi;.
4)   texnika   tizimlarining   nisbiy   mustaqilligi     kabi   bir   qator   qonuniyatlar
kiradi.
Texnika   rivojlanishining   asosiy   qonuniyatlaridan   xalq   manfaatlari   yo‘lida
foydalanish   jamiyatda   tinchlik   va   barqarorlikni   ta’minlaydi.   Odamlarni   ezgulikka
chorlaydi.   Bu   qonuniyatlarni   buzish   esa,soxta   g‘oyalar   va   sa’y-harakatlarga   olib
keladi. Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
A1. J.Ya.Yaxshilikov ,   N.E.Muhammadiyev.Falsafa:Darslik.-
Samarqand.2021.  – 712.
A2. Yaxshilikov   J.Ya.,Muhammadiyev   N.E.   Texnika   va   inovatsion
texnologiyalar  falsafasi. darslik –  Samarqand   2019.
A3. Falsafa asoslari .  (mas. muh:  Q.Nazarov ). -  Т :   O‘zbekiston,  2005. - 384  б .
A4. Dinshunoslik.  O‘quv qollanma / - Toshkent:  ТИҚХММИ , 2019. - 338 b.  
A5 Emirova   Ye.,   Strelsova   A.   Vvedeniye   v   filosofiyu.   –   T.:   Universitet,
2008.
A6 Xaitov Sh. O ‘zbekiston falsafa tarixi. –T.: Noshir, 2011. – 560 bet. 
A7 Turayev B. Borliq (falsafiy tahlil).   – Samarqand.: Imom Buxoriy xalqaro
ilmiy tadqiqot markazi, 2021. – 130 bet.
A8 Shermuxamedova N.A. Falsafa. O‘quv qollanma / - Toshkent. 2010. - 574
b.
Tavsiya qilinadigan qo shimcha adabiyotlarʻ
Q1. 1. Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat’iyat   bilan   davom
ettirib,   yangi   bosqichga   ko‘taramiz.1-jild,   Toshkent,   O‘zbekiston,   2017
yil.
Q2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng
oliy bahodir.2-jild, Toshkent, O‘zbekiston, 2018 yil.

TEXNIKA GNOSEOLOGIYASI VA DUNYONING TEXNIK MANZARASI Reja: 1.Texnika gnoseologiyasi va epistemologiyasi: ta’rifi va tavsifi 2. Dunyoning texnikaviy manzarasi. Texnika rivojlanishining asosiy ko‘rsatgichlari 3. Texnika rivojlanishining asosiy qonunlari. 4. Texnikaning rivojlanish qonuniyatlari

Inson o‘zining olamdagi narsa va hodisalarni bilish,o‘zining ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqqan holda ularni o‘zgartirish qobiliyatiga aga bo‘lgan eng aqlli mavjudod hisoblanadi. Shuning uchun ham inson mavjud reallikni qanday tarzda biladi va o‘zgartiradi, degan savol asrlar davomida barcha olimu-fozillarni qiziqtirib kelgan. Shu borada olib borilgan kuzatuvlar,ilmiy-amaliy tajribalar,keng miqyosda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida bu savolga javob topishga harakat qilinib kelingan. Bunday harakatlarning natijasida falsafa ilmida bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus soha – gnoseologiya paydo bo‘lgan. “Gnoseologiya” yunoncha so‘z bo‘lib ”gnosis” – bilish,”logos” – nazariya,ya’ni bilish nazariyasi degan ma’noni anglatadi. Shunga ko‘ra, gnoseologiya deb bilish jarayonining paydo bo‘lishi,shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi falsafa ilmining nazariy ahamiyatga molik bo‘lgan maxsus sohasiga aytiladi. Gnoseologiya masalasi “Olam va odam” munosabatlari tizimida yuz beradigan o‘zgarishlarga qarab doimiy sur’atda o‘zgarib turadi. Bugungi kunda inson mavjud real borliqdagi narsalarni o‘zlashtirishda texnika va texnologiyalardan foydalanishi zaruriy holatga aylanib qoldi. Bu esa ularning gnoseologiyasini nazariy va amaliy jihatdan bilishni-o‘rganishni taqozo etadi. Texnika gnoseologiyasi – bu texnika va texnologiyalarning paydo bo‘lishi,shakllanishi va rivojlanishini hissiy va aqliy jihatdan idrok etish ,ular to‘g‘risida muayyan bilimlarni hosil qilish jarayonlarini aks ettiruvchi faoliyatlar tizimidir . Bu bilimlar o‘zlarining darajalariga qarab har xil bo‘ladi. Masalan,gnoseologik jihatdan texnika va texnologiyalar sohasida tadqiqot olib borayotgan ilmiy izlanuvchining ilmiy bilim hosil qilish uchun texnosferaga qaratilgan faoliyati bilish ob’ektini,ilmiy izlanuvchining o‘zi esa bilish sub’ektini tashkil qiladi. Texnik gnoseologiya ana shu qoidaga asoslangan holda,ob’ektsiz sub’ekt va aksincha sub’ektsiz bilish ob’ekti bo‘lmasligini e’tirof etgan holda faoliyat olib borish kerakligini ta’kidlaydi. Texnikaviy epistemologiya – bu texnika va texnologiyalar to‘g‘risidagi umumiy bilish emas,balki ilmiy bilish to‘g‘risidagi fan bo‘lib,unga empirik va

nazariy bilish darajalari,ilmiy tafakkur tarzi,ilmiy bilish usullari kiradi. Bu degan so‘z,texnikaviy gnoseologiya va epistemologiya bir biriga o‘xshamaydigan soha degani emas,balki bilishning bir birini to‘ldiruvchi sohalaridir. 2. Dunyoning texnikaviy manzarasi. Texnika rivojlanishining asosiy ko‘rsatgichlari Texnika gnoseologiyasi va epistemologiyasi dunyoning texnik manzarasini yaratishga xizmat qiladi. Dunyoning texnik manzarasi - bu texnologiya va texnik jarayonlar ob’ektlari to‘g‘risida umumiy tasavvur beradigan qonunlar, kategoriyalar va prinsiplar tizimidir. Dunyoning texnik manzarasini ifodalovchi texnika taraqqiyotining miqdoriy va sifatiy jihatlarini ifodalovchi ko‘rsatgichlarga: a) intensivlik – texnikaning rivojlanishini miqdoriy va sifatiy jihatdan taqqoslovchi; b) samaradorlik– jonli ijodiy mehnatning foydalilik, tejamkorlik kabi xususiyatlarini ifodalovchi; v) ishonchlilik – foydalanilayotgan texnika qurilmalarining odam hayotiga zarar yetkazmasligining qanchalik darajada kafolatlanganligiga bo‘lgan ishonchini kiritish mumkin.. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga qo‘shimcha ravishda yana texnikaning antropologik mezonlari ko‘rsatgichlarini: texnik tizimlarni odamlarga moslashtirish; noqulayliklarini kamaytirish yoki yo‘q qilish; ijobiy his-tuyg‘ularni kuchaytirish, odam zarar yetkazish xavfini kamaytirish kabilarni ham kiritish mumkin. Texnikaning antropologik mezonlari texnik tizimlarning samaradorligi mezonlari guruhiga kiradi. 3. Texnika rivojlanishining asosiy qonunlari. Fan va texnikani rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganishda "qonun" tushunchasining xususiyatlari,shakllari,turlari haqida tasavvurlarga ega bo‘lish

maqsadga muvofiqdir. Kundalik hayotda qonun tushunchasi ko‘pincha yuridik va falsafiy ma’nolarda ishlatiladi. Falsafiy ma’noda “Qonun – muayyan shart- sharoitda voqealar rivojining xarakter va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy, barqaror munosabatlaridir” 1 . Ularni tabiat va jamiyat qonunlariga bo‘lib o‘rganish qabul qilingan. Shu nuqtai nazardan qaraganda texnikaning rivojlanish qonunlari deb, muayyan shart-sharoitda texnosferada yuzaga kelgan voqealar rivojining xarakter va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy, barqaror munosabatlari tizimiga aytiladi. Ularga quyidagilar kiradi : 1. Texnikaning bosqichma-bosqich rivojlanishi qonuni - bu texnika tizimining moddiy ob’ektini qayta ishlashni amalga oshiradigan tizimlar universal qonunidir. Mehnatning har qanday moddiy predmetni qayta ishlashda to‘rtta asosiy: a) texnologik; b) energetik; v) boshqarish; g) rejalashtirish funksiyalarni amalga oshiradi. Qonunning mohiyati: texnik tizimlar ushbu asosiy funksiyalarni bajarish orqali ajdodlardan qolgan texnikaviy merosning yangi avlodlariga ketma-ket o‘tishi sodir bo‘ladi. Buni olimlar 4 bosqichga bo‘ladilar. Bunda birinchi bosqich qo‘l asboblari va aqlli odamning paydo bo‘lishini; ikkinchi bosqich , qo‘l mehnatini mexanizatsiyalashtirish va sanoat inqiloblarini; uchinchi bosqich , mehnatni avtomatlashtirish va ilmiy-texnik inqilobini; to‘rtinchi bosqich postindustriya jamiyatni yoki uyg‘un noosferani yaratishni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi bosqichda odam texnologik jarayondan butunlay chiqarib tashlanadi. U endilikda yuqori darajadagi rejalashtirish jarayonlarida, shuningdek nostandart uskunalarni ishga tushirish va ta’mirlash ishlarida qatnashadi. 1 Туленов Ж. Диалектика назарияси. – Т.: Ўзбекистон, 2001. – Б. 106.

2. Texnik tizimlarning progressiv evolyusiyasi qonuni - bu texnikaning rivojlanishining universal qonunidir, uning mohiyati ma’lum texnik funksiyalarni bajaradigan texnik tizimlarda modellar va texnik tizimlarning yangi avlodlariga o‘tish, ishlatilgan texnikani yo‘q qilish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bilan ifodalanadi. Texnik tizimlarning progressiv evolyusiyasi qonunidan amaliy foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini: raqobat yechimlarini topishni tanlash metodologiyasi, texnik faoliyatning tizimli tahlil metodologiyasi, va texnika evolyusiyasini o‘rganish usullarini ishlab chiqish doirasida texnik tizimlarning ma’lum bir sinfini yaratish tashkil qiladi. 3) Rivojlanishdagi qarama-qarshiliklar qonuni – bu texnik tizimlarning rivojlanish jarayonida qarama-qarshiliklarning paydo bo‘lishi, kuchayishi va hal etilishini tavsiflaydi. 4) Ideallik darajasini oshirish qonuni - texnik tizimning rivojlanishini uning ideal darajasiga ko‘tarilish sifatida tavsiflaydi. 5) Maydonlardan foydalanishda mikrodarajaga o‘tish qonuni - texnik tizimlarni rivojlantirishda materiya va turli sohalarning chuqur tuzilishidan foydalanish tendensiyasini tavsiflaydi. 6) Dinamizm va boshqaruvchanlikni oshirish qonuni - texnik tizimni odamlar tomonidan, boshqa tizimlar, tashqi muhit va o‘tish davridagi texnik tizimga o‘zgaruvchan talablarga moslashishini ta’minlaydigan maqsadli o‘zgarishlarga bo‘lgan qobiliyatining rivojlanish jarayonini tavsiflaydi. 7) Texnik tizimning to‘liqligini oshirish qonuni - texnik tizim tomonidan ilgari boshqa texnik tizimlar, tashqi muhit yoki inson tomonidan bajarilgan funksiyalarni yanada to‘liq bajarish tendensiyasini tavsiflaydi. 8) Tarqatish va to‘plash qonuni - bajarilgan foydali funksiyalarning miqdori va sifatini oshirish yoki ko‘paytirish paytida texnik tizimni murakkablashtirish va yiqitish orqali soddalashtirish yo‘li bilan bajariladigan foydali funksiyalarning miqdori va sifatini kengaytirish va oshirish orqali texnik tizimning idealini takomillashtirishni tavsiflaydi.