TUPROQ UNUMDORLIGI VA MADANIYLIGI
MAVZU. TUPROQ UNUMDORLIGI VA MADANIYLIGI Reja: 1. Tuproq unumdorligi va uning turlari. 2. Tuproq madaniyligi va uni yaxshilash tadbirlari. 3.Tuproq unumdorligi va madaniyligini yaxshilashda organik moddalarning ahamiyati.
1. Tuproq unumdorligi va uning turlari Qadimgi Hindistonda ekinlardan yuqori hosil olishda go‘ngning ahamiyatiga to‘liq baho byerilgan. Kirishi-Paratarada go‘ng qo‘llanmasdan ekinlardan yuqori hosil olib bo‘lmasligi va go‘ngdan o‘g‘it tayyorlash usullari bayon qilingan. Kunjutni ezib, go‘sht bilan suvda etti kecha saqlab keyin qo‘llanilsa daraxtlarning gullashi va meva tugushini ko‘paytiradi. Varaxamixiralin Brxat Samhita, kunjutni o‘stirib gullash fazasida yashil-o‘g‘it sifatida tuproqqa haydab aralashtirishni tavsiya etgan. O‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi uchun tuproq muhim obe’kt bo‘lib hisoblanadi. Dehqonchilikning turli rivojlanish davrlarda tuproq xususiyatlari haqida turli xil qarashlar bo‘lgan. Albatta bu qarashlar o‘simliklarni shu tuproqda o‘sishi va unda rivojlanishiga qarab nisbiy baholangan. Qaysiki o‘simlik ushbu tuproqda yaxshi o‘sib rivojlanib hosil byergan bo‘lsa, bu tuproq yaxshi, aksincha esa yomon deyilgan. Ana shu va boshqa tomonlarini hisobga olib unumdor tuproq va unumsiz tuproq degan xususiyat paydo bo‘lgan desak yanglishmaymiz. Ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish hamda ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish bevosita tuproqning unumdorlik darajasiga hamda dehqonchilik madaniyatiga bog‘liqdir. Tuproq unumdorligi deganda, o‘simlikni butun vegetatsiya davri davomida suv, oziq elementlari va zaruriy faktorlar bilan ta’minlash hamda uning faoliyatiga qulay fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik sharoitlarni yaratish xususiyati tushuniladi. CHunonchi, mexanik tarkibi og‘ir, strukturasiz, zichlashgan qattiq tuproqlarda havo kam bo‘ladi. Tuproq qanchalik unumdor bo‘lsa, o‘simlik undagi elementlardan yaxshi ta’minlanib, gektaridan olinadigan hosil shunchalik yuqori bo‘ladi. Tuproq unumdorligi uning doimiy va xech O‘zgarmaydigan sifati emas. Insonlar yerga to‘g‘ri, oqilona ta’sir etganda, tuproqning unumdorligi O‘zluksiz oshib, ekinlardan muttasil yuqori hosil olishni ta’min etadi. Aksincha, yerga noto‘g‘ri ishlov byerish, agrotexnika tadbirlarini pala-partish amalga oshirish esa tuproq unumdorligining pasayishiga va hosilning kamayishiga sabab bo‘ladi.
Tuproq unumdorligi - tabiiy va sun’niy turlarga bo‘linadi. Tuproqning tabiiy unumdorligi tabiiy omil lar ta’sirida hosil bo‘ladi hamda tuproqni hosil bo‘lish sharoitiga, uning organik, minyeral tarkibiga, kimyoviy va biologik xossalariga binoan ba’zan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Tuproqning sun’iy yoki samarali unumdorligi insonlar ta’sirida yaratilib, yerga ishlov byerish, fan va texnika taraqqiyoti bilan borliq holda o‘zgarib turadi. Binobarin, dehqonchilikda qo‘llanilayotgan yerga ishlov byerish, sug‘orish, o‘g‘itlash, almashlab ekishni joriy etish, sho‘rni yuvish, sizot suvlarning satxini pasaytirish kabi agrotexnika tadbirlari tuproqning sun’iy unumdorligini vujudga keltiradi. Tuproq unumdorligini tabiiy va sun’iy kabi turga ajratish shartli bo‘lib, ularni tubdan bir-biridan ajratish mumkin emas. Tuproq unumdorligini uning ob’ektiv xossasi, ammo dehqonchilik kimyosi va mexanikasining rivojlanishiga ko‘ra bu xossa hamisha o‘zgarib turadi. U shu asosda konkret tarixiy tushuncha -« samarali unumdorlik» to‘g‘risidagi tushuncha yaratildi Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish unum dorligi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq bo‘lgani xolda, tuproq unumdorligining o‘zgarishi ham shu munosabatlarning rivojla nishiga bog‘liqdir. Kishilik jamiyati unchalik rnvojlanmagan davrlarda kam unumli hisoblangan tuproq yuqori, ya’ni rivojlangan ijtimoiy formatsiyada uning unumdorligi osha boradi. Samarali unumdorlik tuproq tabiiy va sun’iy unumdorligining xaqiqiy ko‘rsatkichi bo‘lishi bilan birga, ma’lum davrdagi sotsial-iktisodiy formatsiyaning tuproqqa ta’siri natijasi hamdir. Darxaqiqat, zamonaviy rivojlangan fan va texnika kurollari yordamida yerlarga ishlov byerish yo‘li bilan o‘simliklar uchun noqulay shakldagi oziq moddalarni oson o‘zlashtiriladigan holatga keltiribgina kolmay, xatto uning tabiiy xossalarini ham o‘zgartirish mumkin. Masalan, organik, minyeral, baktyerial o‘g‘itlarni qo‘llash, almashlab ekishni joriy etish, yerlarning sho‘rini yuvish tuproqning kimyoviy tarkibini o‘zgartirib, unda chirindi modda miqdorini ko‘paytiradi. Kollektor, drenaj ishlarini amalga oshirish natijasida sizot suvlarning
satxini kamaytirish, botqoqli yerlarni quritish kabi tadbirlar esa tuproqning suv - havo va issiklik rejimlarini boshqarishga imkonnyat yaratadi. Dexkonchilnk intensifikatsiyalashgan sari insonlarning tuproqning effektiv unumdorligiga ta’sir etishidagi roli kuchaya boradi. Insonlarning yerga bunday ta’sir etishi fakat tuproqning potensial unumdorligini saqlabgina kolmay, balki uni oshiradi, ya’ni yerni yaxshilash uchun muntazam sarflangan mablag‘dan samarali foydalaniladi, chunki yerning o‘zi ishlab chikarish vositasi sifatida ta’sir etadi. SHuning uchun u bilan to‘g‘ri muomala qilinsa, doimo yaxshilanadi. Ingliz iqtisodchisi, ruxoniy Tomas Robyert Mal ь tus (1766- 1834) hukmron sinf manfaatlarini himoya qilib, M. O‘. Godvinnnng o‘topik g‘oyalariga, ya’ni o‘sha davr uchun progressiv hisoblangan frans u z burjua revolyusiyasining nazariyachilari M. Kondoroev, J. J. Russo va boshqalarning qarashlariga qat’iy karshi chikdi. «Axoli konuni to‘g‘risida tajriba» (1798) asarida mexnatkashlarning qashshoqligini va ishsizligini «kishilarning absolyut ortiqligi»dan, «aholining tabiiy qonuni» harakatidan deb tushuntirdi. Mexnatkashlarning axvoli kapitalistik tuzumning sotsial sharoitiga emas, balki tabiatning «abadiy» qonunlariga bog‘liq deb da’vo qildi. Bu oqimga ko‘ra, tirikchilik vositalarining ko‘payishi aholining ko‘payishidan orqada qolar emish. Mal ь tus axolining ko‘payishida biologik faktorlarning hal kiluvchi ahamiyatini ko‘rsatib, aholi geometrik (2, 4, 16 va hokazo) progress bilan, tirikchilik vositalari esa arifmetik (1, 2, 3 va hokazo) progress bilan ko‘payadi, deb tushuntirgan. Mal ь tusning fikriga ko‘ra, aholining ko‘payishi bilan tirikchilik vositalarining ortishi o‘rtasidagi nomo‘tanosiblik epidemiya, ochlik, qashshoqlik, urush va hokazolar natijasida kishilarning ko‘plab o‘lishi tufayli tartibga keltirilar emish. Xozirgi vaqtda bu (mal ь tuschilik) oqim milliy ozodlik harakatiga qarshi ko‘rashda vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Birinchi marta bu «qonun»ni XVIII asrda fransO‘z ekonomisti A.R.J.Tyurgo va keyinchalik ingliz ekonomisti E.Veet asosladi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Gyermaniyada L.Brentano, M.Zyering, Rossiyada S.N.Bo‘lgakov, M.I.To‘tan-Baranovskiy, P. V. Struve, P. P. Maslovlar
bu nazariyaning eng yirik namoyandalari bo‘lib etishdi. XX asrning birinchi yarmida A. Morshall, D. M. Keyns, B. Klark va boshqalar bu «qonun»ni faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoatda ham unumdorlikni pasaytiruvchi univyersal qonun deb izohladilar. Keyinchalik Mal ь tus fikrining noto‘g‘ri ekanligini isbotlandi. Insoniyat ixtiyoridagi ishlab chikarish kuchlari cheksizdir. «Yerni yaxshiroq ishlashniig xozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan usullarini qo‘llashning yolg‘iz o‘ziyoq yer mahsulotlarini... olti marta va undan ham ko‘proq oshirishga imkon byeradi. Jamiyat takqiyoti qonunlarining sirlarini va tabiiy hodisalar ahimiyatini to‘g‘ri tushuna olmagan Mal ь tusga yergashgan rus mal ь tuschilaridan Bo‘lgakov, Struve va boshqalar axolining ko‘payish «qonuni» ni tuproq unumdorligini tushunish masalasiga tatbiq etmoqchi bo‘lib, «tuproq unumdorligining tobora kamayib borish qonuni» degan «qonun»ni oldinga surdilar. Bo‘lgakov «tuproq unumdorligining tobora kamayib borish konuni»ni himoya qilib, yerni ishlash uchun qo‘shimcha sarf bo‘ladigan mehnat va kapital birligi evaziga, shunga munosib miqdorda emas, balki tobora kamroq miqdorda mahsulot olinadi, degan dalilni ro‘kach qildi. Tabiatda “tuproq unumdorligining tobora kamaypb borish konuni” hukm surmaganda edi, deydi uning tarafdorlari yerga har safar sarflanadigan qo‘shimcha mehnat va kapitalga yarasha olinadigan hosil kamayib bormasdan, bir xilda maxsulot byeradigan bo‘lsa, ekin maydonlarini umuman kengaytirishning kyeragi bo‘lmas edi, u xolda ilgarigi miqdordagi yerniig o‘zidan, u yer qancha kam bo‘lsa ham, qo‘shimcha miqdorda shuncha ko‘p g‘alla olish mumkin bo‘lar edi. Va «butun yer sharinining dehqonchiligini bir desyatina yerga joylashtirish mumkin bo‘lar edi» deb jar soldilar. Rus mal ь tuschilari bu “qonun”ni asoslash uchun bitta u yoki bu faktorning mikdorini o‘zgartirish bo‘yicha qilingan tajriba natijalaridan ham misol tarikasida ko‘paytirish ishlarining bir-biriga bogliq ekanligini ko‘rsatib o‘tdi. V.V.Dokuchaev, P.Kostichev. V.Vil ь yams, D.N.Pryanishnikov, K.A.Timiryazev va boshqa rus olimlari, tuproq unumdorligini kamayish qonuni