VISUAL STUDIO DASTURLASH MUHITIDA “ ELEKTRON KITOBLAR” LOYIHASINI YARATISH.
VISUAL STUDIO DASTURLASH MUHITIDA “ ELEKTRON KITOBLAR” LOYIHASINI YARATISH. Mundrija KIRISH .............................................................................................................................................................................. 1 I. Nazariy qism ................................................................................................................................................................. 3 1.1.Visual C + + haqida .................................................................................................................................................... 3 1.2.Microsoft Visual C++ da konsol ilova dasturlar yaratish ........................................................................................... 6 II. Asosiy qism .................................................................................................................................................................. 8 2.1 Microsoft Visual Studioda IDE va WFA yaratish. ....................................................................................................... 8 Internet saytlari: ............................................................................................................................................................ 22 KIRISH Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish-ning asosi hisoblangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hayotimizning har jabhasida faol qo‘llanilayotgan axborot almashinuv texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy ta’minotlarning o‘ziga xosligi, ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommuni-katsiyalar to‘g‘risida”gi, “EHM dasturlari va ma’lumotlar bazasini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Bu esa, o‘z navbatida, softver sanoatining izchil rivojlanishiga keng yo‘l ochmoqda. Xususan, hozirgi kunda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi 260 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar, sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha 10 dan ziyod qonun, Prezident va Vazirlar Mahka-masining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi.
Dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 sentyabrida imzolangan “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘ldagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Hozirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari dasturiy mahsulotlarning faol iste’molchisi hisoblanadi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalarning xarajat smetasi va biznes rejalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimlari va resurslarini yaratish, dasturiy mahsulotlar hamda interfaol davlat xizmatlarini joriy etishga qaratilgan xarajatlarni nazarda tutish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda. Joriy yildan e’tiboran davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini yaratish, “Elektron hukumat” tizimini hamda internet tarmog‘ining milliy segmentini shakllantirish bo‘yicha loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish borasidagi ishlar boshlab yuborilgan. Mazkur hujjat dasturiy ta’minot sanoatini rivojlantirish, davlat organlarida ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, “Elektron hukumat” loyihasini amalga oshirishda mahalliy kompaniyalarning faol ishtirokini rag‘batlantiradi. 2006 yildan buyon “Best Soft Uzbekistan” dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etib kelinmoqda. Milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasida sohada erishilgan muvaffaqiyatlar namoyish etilib, mahorat darslari, taqdimotlar va ta’lim seminarlarida respublikadagi soft industriyaning dolzarb loyihalari va istiqbollari sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirokida muhokama qilinadi. Ko‘rgazmada xalqaro va mahalliy kompaniya — dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar hamda integratorlar, kontent-ishlab chiqaruvchilar, provayderlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar vakillari ham ishtirok etishadi.
I. Nazariy qism 1.1.Visual C + + haqida Visual studio Microsoft uchun mo’ljallangan dasturlash muhiti hisoblanadi. U console (boshqaruv paneli) va grafik interfeysli dasturlar, shu bilan birga Windows tarkibidagi dasturlar, veb-saytlar, veb dasturlar, va veb xizmatlarni tarkibidagi hamda boshqa kodlar yordamida Microsoft Windows, Windows Phone, Windows CE, .Net Framework, .Net Compact Framework va Microsoft Silverlight kabi dasturlar muhitlarini daturashda ishlatialdi. Visual Studio muhitidada dastrur tuzish uchun bir qancha elementlar: menyular paneli, standart uskunalar paneli, ochiq yoki ekranning o’ng, chap, yuqori, yoki pastki qismida avtomatik yashiringan turli xildagi qo’shimcha uskunalar joylashgan. Visual Studioda Console Interfeys ilovada ishlashni hosil qilish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim. Dastlab asosiy oynadan “New Project” qismi orqali, “File” tugmasi orqali, “New” tugmasini tanlab, “Project” qismini tanlanadi, yoki “Ctrl+Shift+A” tugmalarini bosishimiz mumkin.
1-rasm new poject Visual C++ da dasturlar ilovalar deb nomlanadi. Ilovalar maxsus konstruksiya ko’rinishidagi muhitda – foydalanuvchi uchun bir qancha fayllar majmui ko’rinishidagi loyihada yaratiladi. C tilidagi dastur bu – belgilangan talablarga javob beruvchi, maxsus dasturlash tuzilishiga ega funksiyalar majmuidir. Ilova – bu ichida ilova algoritmini amalga oshiruvchi operatorlar joylashtirilgan asosiy funksiyadir. Operatorlar ichida shundaylari ham borki, ular algoritmni amalga oshishida talab qilinadigan boshqa funksiyalarni chaqirishga xizmat qiladi. Ixtiyoriy dasturni ishga tushirish, dasturning qolgan barcha qismini o’zida jamlagan asosiy funksiyani ishga tushirishdan boshlanadi. Funksiyaning bir qismi dasturchi tomonidan, qolgan qismi – kutubxona funksiyalari – foydalanuvchiga dasturiy muhit tomonidan taqdim qilinadi va dasturni ishlab chiqish jarayonida foydalaniladi. Yaratiluvchi ilovalarni 2 ta katta kategoriyaga ajratish mumkin. Ular ishchi stol ilovalari va Windows 8 ilovalaridir. Ishchi stol ilovalari bu biz bilgan va sevadigan ilovalardir. Ular menyu paneli, instrumentlar paneli va ko’pincha ilova oynasining pastki qismida joylashgan holatlar satriga ega bo’ladilar. Biz ushbu
fanda ishchi stol ilovalarini yaratishni maqsad qilib qo’ydik. Windows 8 ilovalari ishchi stol ilovalaridan ancha farqli. Ularda foydalanuvchi interfeysi mavjud bo’lib u ishchi stol ilovalaridan butunlay farq qiladi. Foydalanuvchining to’g’ridan to’g’ri ma’lumotlar bilan bog’lanishi diqqat markazidadir.