logo

XAYOL

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

54.71875 KB
MAVZU:  XAYOL
Reja:
1. Xayol haqida tushuncha
2. Xayol jarayonlarining nerv-fiziologik asoslari
3. Xayol jarayonlari
4. Xayol turlari
5. Xayol sifatlari .
6. Xayolning asosiy xususiyatlari 1. Xayol haqida tushuncha
Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur
etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur
eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina
eslash   bilan   cheklanib   qolmay,   balki   shu   paytgacha   hech   qaerda   uchratmagan
yangi narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi. 
Shuningdek,   avlod-ajdodlarimizning   hayotiga   doir   tarixiy   kitoblarni
o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el  mamlakati  haqidagi
qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil
bo’ladi.   Xayol   qilish   jarayonida   idrok   qilingan   obrazlar   orqali   hosil   qilingan
tasavvurlar   va   bunday   tasavvurlarni   ongimizda   xotira   orqali   orttirilishi   tufayli
yuzaga   keladi.   Demak,   xayol   jarayonining   bo’lishi   uchun   xotira   tasavvurlarining
bo’lishi   shart.   Shuning   uchun   xayolning   rivojlanishi   insonning   bilim   boyligi,
turmush tajribasi bilan bog’liq. 
Xayol   deb   odamning   ongida   ilgaridan   bor   bo’lgan   vaqtli   aloqalarning
(assosiasiyalarni)   qaytadan   tiklanishi   va   bir-biri   bilan   yangicha   qo’shilishi
orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi. 
Xayol - obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong
faoliyati, ya'ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar
asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. 
Xayolning   inson   hayotidagi   o’rni   juda   kattadir.   Istalgan   mehnat   faoliyatini
oladigan   bo’lsak,   xayolning   ishtirokisiz   deyarli   amalga   oshirib   bo’lmaydi.
Masalan,   biror   narsa   yasash   biror   o’simlikni   o’stirish   uchun   qo’lga   kiritiladigan
natijalarni   oldindan   bilish,   ya'ni   xayolda   tasavvur   etib   ko’rish   lozim   bo’ladi.
Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi. 
Kishining   butun   ruhiy   hayoti   shaxsning   bilish   faoliyati   va   emosional
irodaviy   holatlari   bilan   uzviy   bog’liq.   Xayol   idrok   xotira   tafakkur   kabi   mantiqiy
bilish   jarayonlari   bilan   uzviy   bog’liq   holda   rivojlanadi.   Xayolning   mahsuli
shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday
bog’liq-ki,   xayol   ham,   tafakkur   ham   muammoli   vaziyatlardan   kelib   chiqadi   va shaxs   ehtiyojlariga   asoslanadi.   Tafakkurda   fikrlar,   tushunchalar   asosida
ifodalanadi. 
2. Xayol jarayonlarining nerv-fiziologik asoslari
Xayol   qilish   jarayoni   juda   ham   murakkab   aks   ettirish   jarayoni   bo’lishiga
qaramay,   uning   asosida   yotgan   fiziologik   mexanizmlarni   akademik.   I.P.
Pavlovning   oliy   nerv-faoliyati   haqidagi   ta'limoti   asosida   ma'lum   darajada
tushuntirib   o’tish   mumkin.   Xayolning   nerv   fiziologik   asosida   ham   miyaning
po’stida   ilgari   hosil   qilingan   vaqtli   aloqalarning   (assosiasiyalarning)   yana   qayta
tiklanib,   bir-biri   bilan   yangicha   qo’shilish   jarayoni   yotadi.   Shuni   ham   aytish
kerakki, bosh miya yarim sharlarida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin
tiklanadilar va binobarin ularning qo’shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana
shuning natijasida bosh miyaning po’stida inson o’z shaxsiy hayotida hech qachon
idrok   qilmagan   narsalarning   obrazlari   paydo   bo’ladi.   Bu   obrazlarning   ko’pi
voqelikka   mutlaqo   to’g’ri   kelmaydi   va   natijada   tormozlanib   holadilar.   Boshqa
birlari esa voqelikka to’g’ri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi
imkoniyatlar   ochib   bergani   tufayli   amaliy   faoliyat   natijalari   bilan
mustahkamlanadilar. Xayol qilish jarayoni hamisha  nutq orqali amalga oshirilishi
tufayli nutqning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signallar tizimining faoliyati ham
faol qatnashadi. Bundan tashqari xayol qilish jarayonida diqqat, xotira, tafakkur va
iroda jarayonlari ham ishtirok qiladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda xayolning
(xususan   ijodiy   xayolning)   nerv   fiziologik   mexanizmlarni   to’la   tushuntirib   berish
uchun   yetarli   ilmiy   ma'lumotlar   yo’q.   hozirgi   kunda   fan   va   texnikaning   juda   tez
temp bilan rivojlanishi ijodiy xayol jarayonining oldiga katta vazifalar qo’ymoqda.
Masalan,   kosmik   fazoni   zabt   etish,   insonning   oyga   chiqishi,   murakkab   aqlli
mashinalarning   yaratilishi   va   shu   kabilar   inson   tafakkuri   hamda   ijodiy   xayolning
yuksak taraqqyoti natijasida qo’lga kiritilmoqda.
Odamning uyg’oq paytida yuzaga keladigan xayol jarayoni ma'lum darajada
tartibot   va   ixtiyoriy   xarakterga   ega   bo’ladi.   Shuning   uchun   odam   o’zining   xayol
qilish jarayonini oldidagi maqsad va vazifalarga bo’ysindira oladi. Odam o’zining bilimlari, tushunchalariga  asoslangan holda xayoliy obrazlarning paydo bo’lishini
idora qila oladi. 
Bosh   miya   katta   yarim   sharlarining   barcha   tomonlari   tormozlanib,   odam
uxlagan   paytida   ham   xayol   tush   ko’rish   shaklida   yuzaga   keladi.   Odatda   odam
uxlay   boshlagan   paytida   ikkinchi   signallar   tizimining   faoliyati   bilan   bog’liq
bo’lgan   nerv   hujayralari   hammadan   oldin   tormozlanadi.   Uyqu   bilan   bog’liq
bo’lgan   tormozlanish   jarayoni   miyaning   hamma   joyiga   baravar   ravishda
tarqalmaydi.   Natijada   ayrim   joylar   tormozlanmasdan   holadi   va   kutilmagan
darajada ajoyib munosabatlarga kirisha boshlaydi. Ana shuning uchun tush ko’rish
ikkinchi signallar tizimining nazoratisiz juda betartib, pala-partish ravishda yuzaga
keladigan assosiasiyalardan iborat bo’ladi. 
3. Xayol jarayonlari
Xayol   jarayonlari   insonning   tajribasi   va   bilim   doirasi,   shuningdek   o’tmish
tajribalari   bilan   belgilanadi.   Shuningdek   xayol   jarayonlari   sifatida   quyidagilar
ajratib ko’rsatiladi  va ular  yaqqol  ifodalash maqsadida  quyida jadval  ko’rinishida
aks ettirildi. 
Agglyutinasiya   -   "elimlash"   degan   ma'noni   bildirib,   unda   turli   qismlarni
bitta qilib yangi  obraz yaratiladi. Masalan:  yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr,
ssfinks obrazlari va boshqalar. 
Giperbolizasiya   -   obrazlarni   kattalashtirish   yoki   kichiklashtirish
shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish,
Rustam pahlavon obrazlari kabilar.  Analitik
Giperboliza t siya
Aktsentirovka
Sxemalashtirish Sintetik
Agglyutinatsiya
Tipiklashtirish 
QiyoslashXayol jarayoni Tizimlashtirish   -   o’xshatish   orqali   ayrim   tasavvurlarni   ular   orasidagi
farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr
uchun   tipik   bo’lgan   obrazlarni   yaratish   Masalan:   A.Qahhor   hikoyalari   ("O’g’ri",
"Bemor") A.Qodiriy ("O’tgan kunlar") romani kabilar. 
Aksentlashtirish   -   ayrim   belgilarni   ta'kidlash   orqali   obrazlar   yaratish
Masalan:   o’rtoqlik   hazillari.   Aksentlashtirish   badiiy   adabiyotlarda   juda   ko’p
qo’llaniladi. 
  Yuqoridagi   xayol   jarayonlari   orqali   yaratiladigan   obrazlar   analiz   va   sintez
jarayonida   ro’y   beradi.   Chunki   har   bir   narsani   yoki   hodisani   avval   analiz   (tahlil)
qilib ko’riladi,  keyin ularni  sintez  (birlashtirish)  qilish  orqali   yangi  obrazlar   hosil
qilinadi.
Xayol   jarayonida   xayol   tasavvurlarining   xotira   tasavvuridan   farqi   muhim
ahamiyatga ega. 
 Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi. 
 Xotira   tasavvuridagi   narsa   doimo   tanish   narsadek   his   qilinadi.   Xayol
tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.
 Xayol   tasavvurlari   insonning   qiziqish   va   ideallari   bilan   bog’liq   bo’lgani
sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi. 
4. Xayol turlari
Odatda   biz   tasavvur   xayoli,   ijodiy   xayol,   ixtiyoriy   va   ixtiyorsiz   xayol   deb
xayolni   bir   necha   turlarga   ajratamiz.   Aynan   xayol   turlarini   quyidagi   tarzda
ifodalash muhim sanaladi. 
Xayol turlari
Passiv xayol
Ixtiyorsiz
Shirin xayol
Tush ko'rish
Gallyutsinatsiya Aktiv xayol
Ixtiyoriy
Qayta tiklovchi
Ijodiy
Orzu Tasavvur xayoli deb o’tmishda bo’lib o’tgan yoki hozirda bor bo’lgan lekin
bizning turmush tajribamizda shu paytgacha uchratmagan, ya'ni biz idrok qilmagan
tasavvur va obrazlar yaratishga aytiladi. 
Tasavvur xayolini odatda tiklovchi xayol deb ham yuritiladi. Tiklovchi yoki
tasavvur   xayolini   inson   hayotidagi   roli   g’oyat   darajada   kattadir.   Agar   tiklovchi
xayol bo’lmaganda odam o’qiy xam olmagan bo’lar edi. Biz juda ko’p narsalarni
ko’rmagan, ya'ni bevosita idrok qilmagan bo’lsak, ham ularni tasavvur eta olamiz:
bunda biz boshqa odamlarning aytib bo’lgan so’zlari asosida o’qigan kitoblarimiz
asosida   xayoliy   tasavvur   va   obrazlar   yaratamiz.   Masalan,   bolalar   kitobchalardan
o’qib   berilgan   ertaklardagi   qahramonlarni   ularning   bag’oyat   botirliklarini,
qo’rqoqliklarini   va   bir-birlariga   yordam   berishlarini   xayoliy   tasavvur   orqali   aks
ettiradilar.   Tiklovchi   yoki   tasavvur   xayoli   jarayonida   odam   ko’z   oldiga
keltirayotgan   obrazning   ob'ekti   haqiqatdan   ham   muayyan   bir   joyda   bo’lganligini
anglatadi. Tasavvur yoki tiklovchi xayol bog’cha yoshidagi bolalarda ham bo’ladi.
Masalan: ularga o’qib berilayotgan hikoyani eshitar ekanlar, hikoyadagi afsonaviy
qahramonlar,   ularning   baland   g’oyalar   ustidagi   qurilgan   qasrlari   ko’z   o’ngilarida
gavdalana boshlaydi. 
Ijodiy   xayol   -   deb   tajribamizda   bo’lmagan   va   voqelikning   o’zida   ham
uchratmagan narsa va hodisalar haqida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat
xayol turiga aytiladi. 
Ijodiy xayol murakkab aks ettirish jarayoni bo’lib, odamning hayotida juda
katta   ahamiyatga   egadir.   Odam   o’zining   ijodiy   xayoli   orqali   biror   yangi,   shu
paytgacha ko’rilmagan narsa yaratadi. Masalan: Yozuvchi asari uchun tipik obraz
yaratganda   uning   xayoli   ijodiy   bo’ladi.   Tadqiqotchining   biror   tadqiqot   ustida
ishlaganida ham uning xayoli ijodiy bo’ladi. 
Ijodiy   xayol   obrazlari   so’zlarda   yoki   moddiy   ob'ektlarda   tasvirlanishi
mumkin.   Ijodiy   xayol   mahsuli,   ya'ni   tasavvur   va   obrazlari   san'atning   hamma turlarida   arxitekturada,   fan   va   texnika   sohasidagi   ixtirolarda   namoyon   bo’ladi.
Shuni   ham   nazarda   tutish   kerakki,   tasavvur   xayoli   bilan   ijodiy   xayol   o’rtasidagi
farq faqat nisbiy xarakterga egadir. Xuddi ijodiy xayol jarayonidagi kabi tasavvur
xayoli   jarayonida   ham   aslida   narsalarning   obrazlari   yangidan   ijod   qilinadi.   Ana
shuning uchun xayolning bu ikki turini bir-biridan batamom ajratib bo’lmaydi. 
Ijodiy   xayolning   maxsus   turi   orzudir.   Orzu   ijodiy   xayolning,   tilakning
kelajakka qaratilgan shaklidir. Orzusiz kishi bo’lmaydi. Orzu odamning u yoki bu
faoliyatiga   undaydigan   stimul   turtkich  hisoblanadi.   Lekin   orzuning   boshqa   salbiy
turlari ham bor. Masalan, odamni asosiy ish faoliyatidan boshqa ishga sudraydigan
orzular   ham   bo’ladi.   Shunday   odamlar   ham   bo’ladiki,   ular   o’zlarining   aniq
faoliyatlarini   orzu   bilan   almashtirib,   tilak   va   istaklariga   shirin   orzudagina   yetib
yuradilar. Ularning "quruq xayolparastlar" deb yuritiladi. 
Xayol   qilish   jarayoni   hamma   bilish   jarayonlaridagi   kabi   ixtiyorsiz   va
ixtiyoriy xayol turlariga bo’linadi. 
Ixtiyorsiz   xayol   deb   -   odam   o’zining   oldiga   hech   qanday   maqsad
qo’ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o’z-o’ziga obraz va tasavvurlarni
yaratishiga aytiladi. 
Ixtiyorsiz   xayol   shu   topdagi   kuchli   ehtiyoj   tufayli   maydonga   keladi.
Masalan: odam juda tashna yoki juda och bo’lgan paytida uning xayolida har turli
taomlar,   daryo   va   buloq   suvlari   paydo   bo’la   boshlaydi.   Odamning   ayni   shu
chog’dagi   hissiy   holati,   ya'ni   his-tuyg’ulari   ham   ixtiyorsiz   xayolning   maydonga
kelishiga sabab bo’ladi. Chunonchi, vahima yoki qo’rqinch hissi paytida odamning
xayoliga qo’rqinchli narsalarning obrazlari kela boshlaydi. 
Odamning   tush   ko’rishi   ham   ixtiyorsiz   xayol   faoliyatlaridan   hisoblanadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, odam uxlay boshlagan paytda bosh miya po’stining
hamma   joylari   tormozlanmay,   ayrim   joylari   ishlab   turadi.   Ana   shu   ishlab   turgan
joylaridagi   nerv   hujayralarida   ilgari   hosil   qilingan   obraz   va   tasavvurlar   qayta
tiklanib, odam tush ko’ra boshlaydi. Bunda miya po’stining eng asosiy markazlari
(ikkinchi   signallar   tizimi)   tormozlangan   bo’lgani   tufayli   hech   qanday   nazorat bo’lmaydi. Natijada obraz va tasavvurlar bir-biri bilan allaqanday munosabatlarga
kirib, odam palapartish tush ko’ra boshlaydi.
Ixtiyoriy   xayol   jarayonlari   betartib   ravishda,   emas   balki   muayyan   bir
jarayonda   o’tadi.   Bu   tartib   odamning   ehtiyojlari,   maqsadlari,   hissiyotlari   fikr
hamda maslaklari bilan belgilanadi. 
Ixtiyoriy xayol  deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga
solib   muayyan  obraz   va  tasavvurlarni   yaratishga   aytiladi.  Demak,   ixtiyoriy   xayol
hamisha   ma'lum   maqsad   va   vazifalarni   bajarish   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Bunday
maqsad va vazifalar boshqalar tomonidan qo’yilishi mumkin. Masalan, rassom o’zi
ishlamoqchi   bo’lgan   suratning   mavzusini   o’zi   belgilaydi.   Yozuvchi   yozmoqchi
bo’lgan   asarning   mavzusini   o’zi   tanlaydi   va   o’zi   badiiy   obrazlarni   yaratadi.
Umuman san'at asarlarining hammasi ixtiyoriy xayol natijasida maydonga keladi. 
Biroq   shuni   ham   aytib   o’tish   kerakki,   ixtiyoriy   xayol   ba'zan   ixtiyorsiz
xayolga  o’tib  ketishi   mumkin.  Shuning  uchun   ixtiyoriy  xayol   ixtiyorsiz   xayoldan
batamom ajralgan holda ro’y bermaydi. Ixtiyoriy xayol jarayoni hamisha beixtiyor
qilinadigan   xayol   daqiqalarini   o’z   ichiga   oladi.   Masalan,   rassomlar   yoki
kompozitorlar o’zlarining biror yangi asarlarini ixtiyoriy tarzda yaratayotganlarida 
ba'zan ixtiyorsiz ravishda ayrim fikrlarga berilib ketishlari mumkin. 
Realistik xayol  - turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi.
Fantastik xayol  - amalga oshmaydigan xayol turidir. 
5. Xayol sifatlari .
Kishilarning   xayoli   kengligi,   mazmundorligi,   kuchi   va   realligi,   fantaziya
boyligi   jihatidan   farq   qiladi.   Xayol   kengligi   voqelikning   kishilar   faoliyati   uchun
bo’ladigan  doirasi  bilan  belgilanadi. Masalan,  kishi  san'at,  texnika, sport, bilimga
qiziqsa va ular haqida xayol qilsa, bunday kishining xayoli keng bo’ladi. 
Xayolning   unumdorligi   biror   narsaga   nisbatan   xayolning   boyligi,   xilma-
xilligi   bilan   belgilanadi.   Xayol   keng   bo’lsa,   u   mazmundor   ham   bo’ladi.   Xayol
faoliyatning   biror   sohasida   namoyon   bo’ladi.   Xayolning   kengligi   va
mazmundorligi kishining bilim va tajribasiga bog’liq.  Xayol   kuchi   kuchsiz   va   kuchli   bo’ladi.   Kuchli   xayolda   odam   juda   tez
ta'sirlanadi.   Masalan,   biz   "O’tgan   kunlar"   romanini,   "Shaytanat"   romanlarini
o’qiganimizda xayol kuchli bo’lishi natijasida ta'sirlanamiz. Ilmiy asarni, zerikarli,
hikoyalarni   o’qiganmizda   esa   xayolimiz   kuchsiz   bo’ladi.   Qiziqish   kuchli   bo’lsa,
xayol   ham   kuchli   bo’ladi.   Bolalarning   xayoli   fantaziyaga   boy   bo’ladi.   Mehnat
faoliyati natijasida xayol sifatlari rivojlanadi.
Xayol kuchi quyidagilarga bog’liq bo’ladi. 
 Xayol kuchi ehtiyoj, qiziqish, istaklarning kuchiga bog’liq bo’ladi. Masalan:
faqat shu bugungi kun haqida o’ylasa, odamning xayoli kuchsiz bo’ladi.
   Xayol   kuchi   hissiyotga   bog’liq   bo’ladi,   hissiyot   qanchalik   kuchli   bo’lsa,
xayol   shunchalik   erkin   bo’ladi.   Xayol   kuchi   idrokka   bog’liq   bo’ladi.   Biz
idrok   qilganimizda   diqqat   bilan   idrok   qilsak,   xayol   kuchayib,   kengayadi,
agar   diqqatimiz   xayolga   qaratilsa,   unda   idrok   qilsak,   xayol   kuchayib
kengayadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa unda idrok susayadi.   Masalan,
ba'zan bir xayolga berilib, atrofdagi narsalarni ko’rmaymiz, eshitmaymiz.
Xayol   kuchi   kishining   ahvoliga,   asab   tizimiga   bog’liq   bo’ladi,   ya'ni   asab
tizimining   tetikligiga,   charchab   qolganligiga,   sog’ligiga   va   betobligiga   bog’liq
bo’ladi. Masalan: harorat juda baland bo’lishi natijasida obrazlar juda yorqinlashib
ketadi. Natijada bunday paytda odam alahsiraydi. Gallyusinasiya xayolning kuchli
namoyon bo’lishidir. 
Xayolning   realligi   -   voqelikni   to’g’ri   aks   ettiruvchi   xayoliy   obrazlarning
yaratilishi,   geniylarni   xayolining   kuchi   real   xayoldir.   Masalan,   kosmosga   uchish
xayolni oldindan tasavvur etish. Xayolning realligi odamning tajribasiga, bilimiga,
tafakkuriga   bog’liq   bo’ladi.   Obrazlar   amalga   oshmasa,   bu   real   xayol   bo’lmaydi,
balki fantastik xayol bo’ladi. Bolalarda xayol kattalarga taqlid qilish orqali o’sadi.
Bolalarda   fantaziya   juda   kuchli,   masalan,   ular   oddiy   cho’pni   "uchqur   ot"   deb
tasavvur   qilib   o’ynaydilar.   Ularni   qahramon   deb   his   qiladilar.   Yasli   yoshiga
nisbatan   boqcha   yoshidagi   bolalar   xayoli   bir   muncha   kengroq   bo’ladi.   Ularda
xayol asosan kengroq bo’ladi. Bola kattalarga taqlid qilib, shofyor, doktor bo’ladi
va   hokazo.   Bog’cha   yoshidagi   bolalarda   xayol   ixtiyoriy   bo’ladi.   Masalan,   katta odam bolaga kubiklardan uy yasash, rasm chizish kabi topshiriqlar beradi. Bog’cha
yoshidagi   bolalarning   xayoli   kattalar   bilan   muloqotda   bo’lish   ta'sirida   o’sadi.
Bolalar ertaklarni tinglashni, voqealarni eshitishni yoqtiradilar. 
Kattalarning   fikrlarini   eshitish   natijasida   bolalarda   ular   hali   ko’rmagan
narsalar  to’g’risida  obrazlar  paydo bo’ladi. Bolalar  o’yin vaqtida erkin obrazlarni
yaratadilar. 
Kichik   yoshdagi   bolalar   xayolining   o’sishi   uchun   tarbiyachining   olib
boradigan mashg’ulotlari, turli o’yinlarini tasavvur etishlari katta ahamiyatga ega.
Asosan qiziqishlar xayolning o’sishiga yordam beradi. 
Xayol faoliyati kuchli bo’lsa uning mazmuni kengroq idrok qilinadi. Xayol
tasavvurlari   esda   olib   qolish,   esga   tushirish   bog’lanishlarini   vujudga   keltirish
uchun   tayanch   bo’ladi.   Tafakkur   jarayonidagi   yaqqollik   xayol   faoliyati   tufayli
sodir bo’ladi. Xayol faoliyati tufayli tug’iladigan hislar ko’pincha ancha kuchli va
barqaror hislar bo’ladi. 
6. Xayolning asosiy xususiyatlari
Xayol jarayoni  va uning vujudga kelishi  bir qancha sharoitlarga bog’liqdir.
Xayol   har   doim   ma'lum   bir   yo’nalishga   ega.   Odatda   vujudga   kelgan   xayol
odamning   o’z   faoliyati   davomida   nimaga   intilayotgani,   nimani   istayotgani   bilan
bog’liq   bo’ladi.   Masalan,   tarbiyachi   tarbiyalangan   bolalarning   kim   bo’lib
yetishishlarini xayolan ko’z oldiga keltirib ko’radi. 
Xayol   jarayonining   xususiyatlaridan   biri   shundan   iboratki,   xayol   odamning
ehtiyojlari, qiziqishlari va o’z oldiga qo’ygan vazifalari bilan bog’liq holda yuzaga
keladi.   Lekin   shuni   aytib   o’tish   lozimki,   odamning   ehtiyojlari   va   qiziqishlari
hamma vaqt  ham   istagan  narsalarga  erishavermaydi.  Ko’proq  odamning xayolida
hamma vaqt qo’rqinchli narsalar gavdalana boradi. 
Ana shu paytdagi ehtiyojining ta'siri bilan odamning xayoli o’tmishda idrok
qilingan   narsalardan   hosil   bo’lgan   tasavvurni   ijodiy   ravishda   qayta   ishlab,   yangi
obrazlar yarata boshlaydi. 
Xayol   jarayonining   o’ziga   xos   xususiyatlaridan   yana   biri   shundaki,   xayol
xamisha boy tajriba hamda bilimlarga asoslanadi. Agar bilim yetishmasa, xayoliy tasavvur   hosil   bo’lmaydi.   Masalan,   kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilarga
qadimgi davr insonlari haqida gapirilsa, ular xuddi hozirgi zamon kishilari singari
tasavvur   qiladilar.   Buning   asosiy   sababi   bilimlarning   yetishmasligi,   shuningdek
mazkur   yoshdagi   bolalar   tarixiy   muzeylarda   bo’lmaganliklari,   teatrlarga   tushib,
tarixiy   asarlarni   ko’rmaganliklari,   tarixiy   kinolarni   hali   juda   kam   ko’rganliklari
tufayli bunday tasavvurlarni hosil qilishning uddasidan chiqa olmaydilar. 
Xayol   jarayonining   o’ziga   xos   xususiyatlaridan   navbatdagisi   xotira
tasavvurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir. Xayol uchun material bo’ladigan
tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko’pincha to’liq holda kirmasdan,
balki   qisman   faoliyatida   ro’y   beradi.   Bunda   muayyan   tasavvurlardan   ajratib
olingan   elementlarni   boshqa   tasavvurlar   bilan   qo’shish   va   bir   turkum   qilish
jarayoni   ro’y   beradi.   Mana   shunday   sintez   qilish   faoliyatida   foydalanadilar,   ular
ya'ni   yozuvchilar   o’z   asarlaridagi   haydnomalarning   tiplarini   bir   qancha   ayrim
tasavvurlardan vujudga keltiradilar. 
Nihoyat xayolning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, agar 
idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog’liq bo’lsa, xotira obrazlari 
o’tgan zamondagi narsalarning obrazlarini tiklash bilan bog’liq bo’lsa, xayoliy yo’l
bilan yaratilgan obrazlar esa hozirgi va o’tgan zamongagina emas, balki kelajak 
zamonga, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib ko’rish bilan 
bog’liq bo’lishi mumkin. A dabiyotlar :
1. Ivanov I., Zufarova M. “ Umumiy psixologiya ” .  O‘z.FMJ., 2008.
2. Xaydarov   F.I.,   Xalilova   N.   “Umumiy   psixologiya”.   T.:   “ Fan   va
texnologiyalar ”  markazining bosmаxonasi  : 2009.
3. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – СПб :  Питер , 2007.
4. Ғозиев Э.Ғ.  “ Онтогенез психологияси ” . – T.: Ношир. 2010.
5. Ғозиев Э.Ғ.  “ Умумий психология ” . – T.: Ўқитувчи. 2012.
6. Дусмухамедова Ш.А.,  Нишонова З.Т., Жалилова  С.Х., Каримова  Ш.
К.,  Алимбаева Ш.Т. “Ёш ва педагогик психология”. – T.: TДПУ, 2013 .
7. Nishonova Z.T., Alimbaеva Sh.T., Sulaymonov M. “Psixologik xizmat”.
– T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2014 y.

MAVZU: XAYOL Reja: 1. Xayol haqida tushuncha 2. Xayol jarayonlarining nerv-fiziologik asoslari 3. Xayol jarayonlari 4. Xayol turlari 5. Xayol sifatlari . 6. Xayolning asosiy xususiyatlari

1. Xayol haqida tushuncha Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi. Shuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo’ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo’lishi uchun xotira tasavvurlarining bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog’liq. Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi. Xayol - obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya'ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan bo’lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’lmaydi. Masalan, biror narsa yasash biror o’simlikni o’stirish uchun qo’lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya'ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi. Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emosional irodaviy holatlari bilan uzviy bog’liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog’liq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va

shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi. 2. Xayol jarayonlarining nerv-fiziologik asoslari Xayol qilish jarayoni juda ham murakkab aks ettirish jarayoni bo’lishiga qaramay, uning asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni akademik. I.P. Pavlovning oliy nerv-faoliyati haqidagi ta'limoti asosida ma'lum darajada tushuntirib o’tish mumkin. Xayolning nerv fiziologik asosida ham miyaning po’stida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarning) yana qayta tiklanib, bir-biri bilan yangicha qo’shilish jarayoni yotadi. Shuni ham aytish kerakki, bosh miya yarim sharlarida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin ularning qo’shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh miyaning po’stida inson o’z shaxsiy hayotida hech qachon idrok qilmagan narsalarning obrazlari paydo bo’ladi. Bu obrazlarning ko’pi voqelikka mutlaqo to’g’ri kelmaydi va natijada tormozlanib holadilar. Boshqa birlari esa voqelikka to’g’ri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi imkoniyatlar ochib bergani tufayli amaliy faoliyat natijalari bilan mustahkamlanadilar. Xayol qilish jarayoni hamisha nutq orqali amalga oshirilishi tufayli nutqning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signallar tizimining faoliyati ham faol qatnashadi. Bundan tashqari xayol qilish jarayonida diqqat, xotira, tafakkur va iroda jarayonlari ham ishtirok qiladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda xayolning (xususan ijodiy xayolning) nerv fiziologik mexanizmlarni to’la tushuntirib berish uchun yetarli ilmiy ma'lumotlar yo’q. hozirgi kunda fan va texnikaning juda tez temp bilan rivojlanishi ijodiy xayol jarayonining oldiga katta vazifalar qo’ymoqda. Masalan, kosmik fazoni zabt etish, insonning oyga chiqishi, murakkab aqlli mashinalarning yaratilishi va shu kabilar inson tafakkuri hamda ijodiy xayolning yuksak taraqqyoti natijasida qo’lga kiritilmoqda. Odamning uyg’oq paytida yuzaga keladigan xayol jarayoni ma'lum darajada tartibot va ixtiyoriy xarakterga ega bo’ladi. Shuning uchun odam o’zining xayol qilish jarayonini oldidagi maqsad va vazifalarga bo’ysindira oladi. Odam o’zining

bilimlari, tushunchalariga asoslangan holda xayoliy obrazlarning paydo bo’lishini idora qila oladi. Bosh miya katta yarim sharlarining barcha tomonlari tormozlanib, odam uxlagan paytida ham xayol tush ko’rish shaklida yuzaga keladi. Odatda odam uxlay boshlagan paytida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog’liq bo’lgan nerv hujayralari hammadan oldin tormozlanadi. Uyqu bilan bog’liq bo’lgan tormozlanish jarayoni miyaning hamma joyiga baravar ravishda tarqalmaydi. Natijada ayrim joylar tormozlanmasdan holadi va kutilmagan darajada ajoyib munosabatlarga kirisha boshlaydi. Ana shuning uchun tush ko’rish ikkinchi signallar tizimining nazoratisiz juda betartib, pala-partish ravishda yuzaga keladigan assosiasiyalardan iborat bo’ladi. 3. Xayol jarayonlari Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi. Shuningdek xayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko’rsatiladi va ular yaqqol ifodalash maqsadida quyida jadval ko’rinishida aks ettirildi. Agglyutinasiya - "elimlash" degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar. Giperbolizasiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar. Analitik Giperboliza t siya Aktsentirovka Sxemalashtirish Sintetik Agglyutinatsiya Tipiklashtirish QiyoslashXayol jarayoni

Tizimlashtirish - o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Qahhor hikoyalari ("O’g’ri", "Bemor") A.Qodiriy ("O’tgan kunlar") romani kabilar. Aksentlashtirish - ayrim belgilarni ta'kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aksentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p qo’llaniladi. Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi. Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.  Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.  Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.  Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi. 4. Xayol turlari Odatda biz tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol deb xayolni bir necha turlarga ajratamiz. Aynan xayol turlarini quyidagi tarzda ifodalash muhim sanaladi. Xayol turlari Passiv xayol Ixtiyorsiz Shirin xayol Tush ko'rish Gallyutsinatsiya Aktiv xayol Ixtiyoriy Qayta tiklovchi Ijodiy Orzu