XIRURGIK OPERATSIYA ELEMENTLARI VA TO’QIMALARNI AJRATISH. QON OQISHINI TO’XTATISH VA TO’QIMALARNI BIRLASHTIRISH.
XIRURGIK OPERATSIYA ELEMENTLARI VA TO’QIMALARNI AJRATISH. QON OQISHINI TO’XTATISH VA T O’ QIMALARNI BIRLASHTIRISH . Reja: 1. Yumshoq to’qimalarni (ajratish) kesish (qoida va usullari). Q u lay kesim (ajratish) haqida tushuncha. Ajratish turlari: shakliga, yo’nalishiga va chuqurligiga qarab. 2. Qon oqish turlari va ul a rning xarakteristikasi. 3. Qon oqishining oldini olish va uni vaqtincha to’xt a tish. 4. Qon oqishini batamom to’xtatish (mexanik, fizik, kimyoviy va biologik) usullari. 5. To’qimalarni birlashtirishning umumiy prinsiplari. Xirurgik chok turlari: uzlukli, uzluksiz va maxsus.
Xirurgik operasiyalarni bajarishda uchta asosiy element mavjud: to’qimalarni ajratish, qon oqishini to’xtatish va to’qimalarni biriktirish. To’qimalarni ajratish operativ yondoshishga va operasiyani o’tkazish uchun ishlatiladi. Kesishga ko’rsatma turli tuman, shuning uchun uni bajarish usullari ham xar xil. U ikki usulda olib boriladi: kesish va qatlamlarga ajratish. Kesish yo’li bilan operasiya olib borish teri, shilliq va seroz pardalarda, teri osti yoki fassiya, aponevroz va yo’g’on muskullarda qo’ll a niladi. Yassi muskullar, to’qima oralig’ida joylashgan patologik yallig’lanishlarda o’tkaziladigan operasiyalarda qatlamlarga ajratish usuli qo’llaniladi. Bu usulda nerv va qon tomirlar shikastlanishi bartaraf etiladi. Lekin barcha hollarda to’qima va butun organizmga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, operasiya vaqtida to’qima va organlarning funksiyalarini to’liq saqlash imkoniyati bo’lmasa, mumkin qadar kamroq zararlantirishga harakat qilish kerak. Xirurgik operasiyalarni o’tkazishda shu holat uchun qulay kesish yo’lini topish muhimdir. Ular quyidagi asosiy manbalarga javob berishi kerak: A) Shu operasiyani o’tkazish uchun ular keng va qulay bo’lishi kerak. B) Jarohatni haddan tashqari ochilishini oldini olish kerak, chunki chok qo’yib yoki ochiq holda davolashga xalaqit beradi. V) Operasiya qilinadigan joyda qon oqishini va innervasiyani buzmaslik kerak. G) Kesiladigan joydan o’tadigan katta qon tomirlari, nerv va bezlarning chiqish yo’llarini shikastlantirmaslik kerak ( bu bilan organlar funksiyasi buzilishining oldi olinadi). D) Jarohatga to’plangan suyuqlikni uzoq vaqt davomida oqishini ta’minlash.
Masalan: teri tarangligi chiziqlarining yo’nalishini hisobla b olib tananing yonbosh qismi yoki bo’ynida vertikal va qiya kesi m lar rasional hisobl a nadi. Tikka kesimni bo’yin va tananing dorzal va ventral yuzasida o’rta sagital chiziq bo’ylab yoki shuning atrofida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bosh qismidagi kesishni shunday olib borish kerakki, yuz nervi va q u loq oldi so’lak bez yo’llarini shikastlantirmaslik kerak. Tuyoq qismida esa shox paydo bo’lish jarayonini buzmaslikka harakat qilib kesish kerak. Kesishdan oldin uning kattaligini, shaklini, yo’nalishini aniq tasavvur qilish kerak. Kesim uzunligi patologik jarayonning kattaligiga va uni to’qimalar orasidagi chuqurligiga ham bog’liq, ya’ni operasiya qilinadigan organ qanchalik chuqur joylashgan bo’lsa, teri to’qimasining kesimi shuncha uzun bo’ladi. Kesishga kirishishdan oldin har doim kesim o’tkazish qoidasini esda tutish zarur: kesim kerakligicha katta va mumkin qadar kichik bo’lishi lozim. Kesim shakli – ko’pincha to’g’ri chiziqli, urchuqsimon va quroqsimon kesi m lar qo’llaniladi. To’g’ri chiziqli kesim o’tkazish texnikasi sodda va jarohatning bitishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Urchuqsimon kesim operasiya qilinadigan joyda terining ortiqligida, yaralar, o’smalar ni kesishda qo’llaniladi. Ekssudatlarning yaxshi oqishini ta’minlash va chuqur joylashg a n to’qimalarga keng yo’l ochish maqsadida turli shakldagi quroqsimon kesim ishlatiladi: burchaksimon, taqasimon, T-simon, krest shaklida. Kesim yo’nalishida – teri qatlami, jun o’sish yo’nalishi bilan va chuqur joylashg a n nerv-tomir tolalari ni etiborga olinishi kerak.
Bo’sh va qattiq to’qimalarni ajratish uchun turli a sboblar qo’llaniladi: qaychi, arra, qisqichlar, trepanlar. Kesish hamma vaqt qon tomirlarining shikastlanishiga olib keladi va natijada qon oqishi kuzatiladi. Qon oqishining kelib chiqish sabablariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: arterial-qirmiz rangda qon pulsasiyalovchi oqim bilan chiqadi. Bu hollarda tezlikda o’tkir anemiya vujudga keladi. Venoz-qon sekinlik bilan oqib chiqadi va to’q qizil rangga ega bo’ladi, bunda qon oqimida pulsasiya bo’lmaydi. Kapillar-yara yuzasidan bir tekisda qon oqadi. Parenximatoz- parenximali organlar jarohatlanganda oqadi, ko’p va aralash qon ketishi kuzatiladi. Klinik ko’rinishlarni hisobga olib qon ketishi: a) tashqi; b) ichkilarga bo’linadi. Tashqi qon ketishda qon tashqi muhitga oqib chiqadi. Qon tananing biror bo’shlig’iga (plevra, qorin va boshqalar) yoki kovak organga oqsa ichki qon ketish deyiladi. Qon ketishning paydo bo’lish vaqtiga ko’ra quyidagi turlarga farqlanadi: A) Shikastlanish, travma sodir bo’lishi bilan boshlanuvchi birlamchi qon ketish. B) Erta ikkilamchi qon ketish. Bu yarador bo’lgan birinchi soat yoki sutkalarda vujudga keladi. V) Yarada infeksiya rivojlangan turli muddatda vujudga keluvchi kechikkan ikkilamchi qon ketish. Bunday qon ketishlar jarohatlangan tomirdagi trombning yiringli yemirilishi, erroziya, tomir devorining yallig’lanish jarayoni natijasida yemirilishi bilan bog’liq bo’ladi.
Xirurgik operasiyalar o’tkazish vaqtida qon oqishining oldini olish katta ahamiyatga ega. Buning uchun butun organizmga va mahalliy ta’sir etuvchi qon to’xtatuvchi moddalarni ishlatish kerak. Qonning ivish xususiyatini oshirish uchun operasiyadan oldin qon quyish tavsiya qilinadi: yirik hayvonl a rga 500-1000 ml, maydalariga esa 300 ml. qon tomirlarning devoriga ta’sir etuvchi 10 % kalsiy xlorid, yirik hayvonlrga 30-40 ml, maydlariga 2-4 ml. Qon ketishini mayda va o’rta tomirlarda o’z-o’zidan to’xtatish mumkin, ya’ni tromb hosil qilish orqali. Qon ketishining vaqtincha va batamom to’xtatilishi farqlanadi. Qon ketishini vaqtincha to’xtatish usullariga quyidagilar kiradi: qisuvchi bog’lam (povyazka) qo’yish, tampon yoki barmoq, qo’l yordamida bosish, gemostatik pinsetlar yordamida qisish, jgut qo’yish. Shundan so’ng qon oqishini batamom to’xtatishga kirishish kerak. Qon oqishini bat a mom to’xtatuvchi barcha usullarni 4 guruhga bo’lish mumkin: mexanik, fizik, kimyoviy va biologik. Mexanik usul – qon ketishini mexanik to’xtatish usullariga tomirni yarada yoki undan yuqorida bog’la sh , tomir choki qo’yish, bog’lam va tamponadalar kiradi, tomirning uchini qon to’xtatuvchi qisqich bilan burash yo’li bilan qon ketishni to’xtatishning mexanik usullaridan biridir. Qon to’xtatuvchi tamponlar ni 48 soatdan keyin olib tashalash tavsiya etiladi. Fizik usuli – bu usul sovuqni va issiqlikni qo’llashga asoslangan. Ya’ni past haroratning tomirlar spazmasini (torayishini) paydo qilishiga, yuqori harorat esa oqsillarni koagulyasiya qilishga va qon ivishini tezlatishga asoslangan. Buning uchun sovuq suv, qor, muz, qizdirilgan temir, issiq 55- 60 0 suv ishlatiladi. Kimyoviy usuli – bu usulda tomirlarning toraytiruvchi va qon ivishini oshiruvchi preparatlar qo’llaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: 3 % li vodorod peroksidi, 1:1000 adrenalin suyuqligi, efidrin teri ostiga otlarga va Y.Sh.X