logo

XIV asr o`rtalarida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat dars ish

Yuklangan vaqt:

24.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

170 KB
                                                                          “Tasdiqlayman”
O’IBDO’:_________A.Z.Temirov
                                                                          “_____” ___________2022-yil
AMALIY O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Guruh
Dars sanasi
Mavzu: XIV asr o`rtalarida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa   O‘quvchilar soni:  26  tagacha
O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy:  yangi   bilimlarni   egallash  bo‘yicha  o‘quv
mashg‘ulot
O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1.   XIV   asr   o`rtalarida   Movarounnahrdagi   siyosiy
tarqoqlik.
2. Amir Temurning yoshlik davri.
3.   Amir   Temurning   siyosiy   kurash   maydoniga
kirib kelishi.
4. Samarqand sarbadorlari.
O‘quv mashg‘uloti maqsadi :   O’rta asrlar davrida o’zbek davlatchiligi tarixi, Eftaliylar davlat
birlashmasi taraqqiyoti  bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish  / shaklantirish .
Pedagogik vazifalar: 
Dars va mavzu rejasi  tanishtirish;
Davr haqida  ma’lumot berish;
Atamalarga  izoh berish;
Mavzu bo’yicha  tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari:
Mavzuga doir ma’lumotlar  ko‘rsatadilar;
Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar;
Mavzu mohiyatini aytib beradilar;
Fakt,   ma’lumotlarni   t artibli   ravishda   gapirib
beradilar.
O‘qitish metodlari Kichik   axborotli   ma’ruza   / hikoya /   tushuntirish /
ko‘rsatma   berish /   namoyish /   ko‘rsatish /vi deo   usul /
kitob   bilan   ishlash /   insert /   mashq /   suhbat /   bahs /
aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq.
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy /   jamoaviy /   guruhli /   individual   / o‘ylang
va   juftlikda   fikr   almashing   texnikasi/birgalikda
o‘ rganamiz   texnikasi/arra texnikasi  va boshq.
O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi /  slaydlar /  proektor /  
kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli  
organizatorlar/m odel /  mulyajlar /ch izma /  sxema /  
grafik /  diagrammlar /n amunalar / e kspert  varag‘i 
/yo‘ riqnoma  va boshq
O‘qitish shart-sharoiti Maxsus   texnik   vositalar   bilan   jihozlangan
auditoriya. 
Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq   va
boshq. O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari va
vaqti Faoliyat   mazmuni
o‘qituvchi o‘quvchi
1 -O‘ quv
mash g‘ ulotiga
kirish
(5daq.) Tashkiliy boshlanishi
O‘quvchilar   bilan   s alomlashadi ,   ularni   mashg‘ulotga
tayyorgarligi va davomatini tekshiradi.  Darsga
tayyorgarlik
ko‘radilar.
2-bosqich.
Asosiy
(6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish  (15 daq)
1. 1 . Mavzu   bo‘yicha  asosiy   tushunchalar  bilan  ( 1 -ilova)
va   mustaqil   ishlash   uchun   adabiyotlar   ro‘yxati   bilan
tanishtiradi. 
1.2.   O‘quv   mashg‘ulotning   mavzusi,   rejasi,   maqsadi   va
o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni
bilan tanishtiradi.  (2-ilova).
II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq)
2.1.O‘quvchilar   bilimini   tezkor-so‘rov /   savol-javob /
aqliy   hujum / pinbord / o‘ylang   va   juftlikda   fikr
almashing / orqali   faollashtiradi     Javoblarni   qabul   qiladi,
ular   asosida     yangi   o‘quv   materialni   uzviy ligi   bo‘yicha
ma’lumotlar berishga o‘tadi.
III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish  (40 daq)
2.2.   Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar   asosida  ( 3 -ilova)
namoyish   va   sharxlash   orqali   mavzu   bo‘yicha   asosiy
nazariy xolatlarni bayon qiladi. 
2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 
2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 
2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
2.6.   Y a ngi   o‘quv   materialini   o‘zlashtirish   darjasini
tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Y o zib oladilar
Tinglaydilar
Y o zib   oladilar
Savolga javob
beradilar
T inglaydilar
Savollarga javob
beradilar.
Ma’lumotlarni
daftarga qayd
qiladilar.
Savollarga javob
beradilar
3-bosqich.
Y a kuniy
(10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish.
3.1.   Mavzuni   yakunlaydi   va   mazkur   fanning   kelgusida
kasbiy   faoliyatlaridagi   ahamiyatini   yoritish   bilan
yakunlaydi.
3.3. O‘quvchilar bilimini  ba h olaydi.
3.2.   Uyga   vazifa   beradi   va   uni   bajarish   yuzasidan
yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar.
Vazifani yozib
oladilar 1 ilova 
Asosiy tushunchalar: siyosiy tarqoqlik, siyosiy kurash maydoni, mamlakat mustaqilligi uchun
kurash, dorug’a, Ibn Xaldun, Kesh, barlos, “Loy jangi”, Sarbadorlar.  
Adabiyotlar:
1. A.Muhammadjonov. O'zbekiston tarixi.(IV-XV asrlar) 7-sinf T.2017
2. Ismatova, N. O‘zbekiston tarixi. 7-sinf. A. Zamonov, N. Ismatova va boshqalar. Toshkent: 2022.
3. Shamsutdinov R. Vatan tarixi . T.”Sharq” 2003.
4. Azamat Ziyo, O’zbek davlatchiligi tarixi. T. 2006.
2-ilova 
Mavzu rejasi:
1. XIV asr o`rtalarida Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlik.
2. Amir Temurning yoshlik davri.
3. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
         4. Samarqand sarbadorlari.
Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi.
Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni:
55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”,
71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”,
85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi.
Agar   joriy   nazorat   test   usulida   o’tkazilsa,   20   ta   testdan   iborat   variantning   har   bir   to’g’ri
javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan:
11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”,
15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”,
18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi.
Agar   test   variant   50   ta   savoldan   iborat   bo’lsa   har   bir   to’g’ri   javob   2%   ni   tashkil   etib
yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni,
28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 
35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”,
43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi.
3-ilova:
Mavzu matni:
Siyosiy   tarqoqlik .   XIV   asrning   50–60-yillarida   Movarounnahr   10   ga   yaqin
mustaqil  bekliklarga bo‘linib ketgan.  U yerdagi hokimlar  o‘zlarini hokimi mutlaq   deb
e’lon qiladilar.
Mamlakatdagi   har   bir   viloyat   alohida   hukmdorlikka   ajralib,   ular   o‘rtasida   nizo
kuchayib   ketadi   va   qonli   urushlarga   aylanadi.   Siyosiy   tarqoqlik,   o‘zaro   urush   va
janjallar   iqtisodiy   tanglikka   sabab   bo‘lib,   mamlakat   aholisini,   ayniqsa,   dehqonlar
xo‘jaligini   xonavayron   qilgan   edi.   Buning   ustiga   Sharqiy   Turkiston   va   Yettisuvda
tashkil   topgan   Mo‘g‘uliston   xonlari   bir   necha   bor   Movarounnahr   ustiga   yurish   qilib, uni   talaydilar.   Mo‘g‘uliston   xonlarining   vayronagarchilikka   olib   keluvchi   yurishlari,
istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakatlari boshlanadi.
Mana   shunday   o‘zaro   ichki   urushlar   qizigan,   mo‘g‘ullar   zulmiga   qarshi
mehnatkash   xalq   harakatlari   boshlangan   bir   davrda   mamlakatda   yangi  siyosiy   kuch
yetilmoqda edi.
Amir   Temurning   yoshlik   davri.   Amir   Temur   Kesh   viloyatidgi   Xoja   Ilg‘or   qishlog‘i
(Yakkabog‘   tumani)da   1336-yil   9-aprel   kuni   tavallud   topgan.   Uning   to‘liq   ismi   Amir
Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul. Amir Temurning  onasi Takina xotun Kesh
yurtining obro‘li beka (bek og‘o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos
urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega
bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan.
Amir   Temurning   yoshligi   ona   yurti   Keshda   kechdi.   Amir   Tarag‘ay   o‘g‘lini
yoshligidan  aslzodalarga   yarasha   o‘qitgan   va  har  taraflma  bilim  bergan:  katta-kichik
bilan   muomala   ilmini,   ov   qilish   va   harbiy   ilmlarni   o‘rgatgan.   Yosh   Temurni   yetti
yoshidayoq   madrasaga   o‘qishga   beradilar.   U   madrasaga   kelganda   alifbodan
mukammal xabardor bo‘lgan. O‘n ikki yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak
o‘yinlardan voz kechib, keyinchalik o‘z tengqurlari bilan sipohiylikka oid o‘yinlar bilan
shug‘ullanadi.   Amir   Temur   yoshlik   chog‘laridanoq   chavandozlik   va   ovga   ishqiboz
bo‘lib, kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan
mashg‘ul   bo‘lishni   yoqtirar   edi.   Shu   asnoda   Amir   Temur   tulporlarni   saralab   ajrata
oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning atrofia
bolalikdagi   do‘stlari   va   maktabdoshlari   to‘planishib,   birgalikda   mashq   qilar,
musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin  navkar  bo‘lishib, harbiy guruhga birlashib
borishardi.  Keyinchalik  ular   Amir   Temurning   safdoshlariga   aylanib,   uning   qo‘shinida
lashkarboshilik darajasigacha ko‘tarilganlar.
Shunday   qilib,   Amir   Temur   o‘z   zamonisining   o‘qimishli   va   uquvli
hukmdorlaridan bo‘lib yetishadi. Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix
ilmidan   ham   yaxshigina   xabardor   bo‘lgan.   Amir   Temur   bilan   yuzma-yuz   o‘tirib
suhbatlashishga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasuf Ibn Xaldunning ta’kidlashicha,
Amir   Temur   turk,   arab,   fors   xalqlari   tarixini   chuqur   o‘rgangan,   diniy,   dunyoviy   va
falsafi bilimlarning eng murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtira olgan zot ekan.
O‘zining   ilk   harbiy   faoliyatini   Amir   Temur   qo‘l   ostidagi   navkarlari   bilan   ayrim
viloyat   amirlariga   xizmat   qilishdan   boshlagan.   Ularning   o‘zaro   kurashlarida
qatnashib,   jasorat   ko‘rsatgan   va   janglarda   chiniqqan.   Harbiy   mahorat   va
oliyhimmatlilik  Amir Temurning shuhratini  oshirib, uning dong‘i butun Qashqadaryo
vohasi, xususan Kesh viloyatiga yoyilgan. Amir   Temur   Chig‘atoy   xonlaridan   Qazog‘onning   nabirasi,   Amir   Husaynning
singlisi   Uljoy   Turkon   Og‘oga   uylanishi   tufayli   Amir   Temur   bilan   Balx   hokimi   Amir
Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga keladi. 
Amir   Temurning   siyosiy   kurash   maydoniga   kirib   kelishi.   XIV   asrning   50-yillari   oxirida
Movarounnahrda   amirlarning   o‘zaro   kurashi   kuchayib,   mamlakatda   siyosiy
parokandalik   avjiga   chiqadi.   Mo‘g‘uliston   xonlari   Movarounnahrdagi   og‘ir   siyosiy
vaziyatdan   foydalanib,   bu   o‘lkada   o‘z   hokimiyatini   o‘rnatishga   harakat   qiladilar.
Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq  Temur 1360–1361-yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki
marta bostirib kiradi. Movarounnahr  beklari birlasha olmay xalqni o‘z holiga tashlab
ketadilar.   Amir   Temurning   amakisi   –   Kesh   viloyatining   hukmdori   Amir   Hoji   Barlos
Xuroson tomonga qochadi. 24 yoshli Amir Temur esa boshqacha yo‘l tutadi.
Temur   o‘z   yurtini   mo‘g‘ullar   tajovuzidan   himoya   qilish   uchun   ko‘p   o‘ylab,
Tug‘luq Temurning huzuriga borishga qat’iy ahd qildi. Natijada u Tug‘luq Temurning
yorlig‘i   bilan   Kesh   viloyatining   dorug‘asi   (hokimi)   etib   tayinlanadi.   Shu   tariqa,   Amir
Temur   siyosiy   kurash   maydoniga   kirib   keldi.  Keyinchalik,   o‘zining   bu  xatti-harakatini
Temurbek   aholini   mo‘g‘ullar   tomonidan   talon-toroj   etishdan   himoya   qilishning
yagona yo‘li – puxta o‘ylangan reja 100 ming kishilik qo‘shindan kuchli deb, izohladi.
Tug‘luq   Temur   o‘g‘li   Ilyosxo‘jani   Movarounnahrning   hukmdori   etib   tayinlab,
Mo‘g‘ulistonga   qaytib   ketadi.   Ilyosxo‘ja   bilan   Amir   Temurning   murosasi   to‘g‘ri
kelmaydi. Shu sababli u Movarounnahrning nufuzli amirlaridan biri, Balx hokimi Amir
Husayn   bilan   ittifoq   tuzib,   mo‘g‘ullarga   qarshi   kurash   olib   boradi.   1363-yilda
Amudaryoning   chap   sohilida,   Qunduz   shahri   yonida   umumiy   dushman   ustidan
g‘alaba   qozonadilar.   Keyingi   ikki   yil   davomida   ittifoqchilar   Ilyosxo‘ja   boshliq   jeta
lashkarlari   bilan   bir   necha   marta   jang   qiladilar.   Nihoyat   1364-yil   oxirida   ular
mo‘g‘ullarni   Movarounnahrdan   quvib   chiqaradilar.   Biroq   Movarounnahrni   qo‘ldan
chiqarishni   istamagan   Ilyosxo‘ja   1365-yilning   bahorida   yana   Movarounnahr   ustiga
qo‘shin   tortadi.   Ikki   o‘rtadagi   jang   1365-yil   22-may   kuni   Toshkent   bilan   Chinoz
o‘rtasidagi   Chirchiq   daryosi   bo‘yida   sodir   bo‘ladi.   Tarixda   u   “Loy   jangi”   nomi   bilan
shuhrat   topadi.   Chunki   o‘sha   kuni   kuchli   jala   quyib,   jang   maydoni   botqoqlikka
aylangan,   hatto   otlar   loyga   botib   qolgan.   Jangda   Amir   Temur   qo‘shini   g‘olibona
harakat qilib, dushman qo‘shinining o‘ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan bir
paytda Husayn o‘z askarlarini raqibning so‘l qanotiga tashlamay, jang maydonini tark
etadi. Amir Temur chekinishga majbur bo‘ladi.
Bu   g‘alabadan   so‘ng   Ilyosxo‘ja   hech   qanday   qarshilikka   uchramay,   Xo‘jand   va
Jizzax   shaharlarini   egallab,   Samarqand   ustiga   yuradi.   Samarqandda   qurolli   qo‘shin
bo‘lmasa-da, xalq shahar mudofaasini o‘z qo‘liga oladi. Uzoq davom etgan mo‘g‘ullar
hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan bu xalq  harakati  tarixda Sarbadorlar harakati  nomi
bilan shuhrat topadi. Samarqand   sarbadorlari.   Sarbadorlar   harakati   XIV   asrning   60-yillarida
Movarounnahrda   mo‘g‘ul   xonlarining   hujumi   munosabati   bilan   vujudga   keldi.
Samarqand   sarbadorlariga   mudarris   Mavlonozoda   Samarqandiy,   hunarmand   Abu
Bakr   Kalaviy   va   shahar   mahallalaridan   birining   oqsoqoli,   mohir   mergan   Xurdaki
Buxoriylar   boshchilik   qiladilar.   Sarbadorlar   mo‘g‘ullarga   Samarqand   shahrida
qaqshatqich zarba beradilar. Buning ustiga ularning  otlari orasida o‘lat tarqab, otlar
qirila   boshladi.   Chorasiz   qolgan   Ilyosxo‘ja   avval   Samarqandni,   so‘ngra   esa   butun
Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi.
Sarbadorlar amaldorlar mol-mulkini bir qismini musodara etib kambag‘allarga
taqsimlab   berganlar.   Bu   esa   hukmdor   tabaqalarning   keskin   noroziligiga   sabab
bo‘lgan.   Sarbadorlar   boshchiligidagi   samarqandliklarning   mo‘g‘ullar   xoni   Ilyosxo‘ja
ustidan g‘alabasi va shahardagi beqarorlik to‘g‘risidagi xabar Amir Temur bilan Amir
Husaynga ham borib yetadi. 1366-yilning bahorida ular Samarqandga yo‘l oladilar va
shahar   yaqinidagi   Konigil   mavzeyiga   kelib   tushadilar.   Beklar   sarbadorlarning
yetakchilari   bilan   muzokara   olib   boradilar.   Uchrashuvning   birinchi   kunida   ularga
izzat-ikrom   ko‘rsatildi.   Lekin   ertasi   kuni   Abu   Bakr   Kalaviy   bilan   Xurdaki   Buxoriylar
Amir   Husayn   buyrug‘iga   ko‘ra   dorga   tortiladilar.   Bundan   kech   xabar   topgan   Amir
Temur   Mavlonozodaning   hayotini   Amir   Husayndan   so‘rab   oladi   va   uni   o‘limdan
qutqarib   qoladi.   Shu   tariqa,   sarbadorlar   boshliqsiz   qoldirilib,   harakat   bostiriladi.
Movarounnahrda   Amir   Husaynning   hukmronligi   o‘rnatiladi.   Ammo   ko‘p   vaqt   o‘tmay
Husayn   bilan   Amir   Temur   o‘rtasida   munosabat   keskinlashib,   ochiqdan   ochiq   nizoga
aylanadi. 1366–1370-yillar davomida ular o‘rtasida bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlar
ham bo‘ladi.
 
4-ilova
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Nima sababdan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik kuchaydi?
2. Amir Temurning yoshligi haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Amir Temur qanday vaziyatda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi?
4. “Loy jangi” haqida so‘zlab bering.
5. Sarbadorlar kimlar, ular kimlarga qarshi kurashganlar?
6. Amir Temur haqida qanday kitoblar o‘qigansiz?
Mustahkamlash uchun test savollari:
1) XIV asr 50-60-yillarida Movarounnahr nechta mustaqil bekliklarga bo’linib ketadi? 
A) 10 ga yaqin B) 20 ga yaqin    C) 30 ga yaqin D) 40 ga yaqin 
2) XIV asr 50-60-yillarida Kesh viloyatida kim o’zini hokimi mutlaq deb e’lon qildi? 
A)Amir Bayon Sulduz  B)Amir Hoji Barlos  C)O’ljaytu Sulduz  D) Amir Boyazid Jaloyir
3) Amir Temur necha yoshga to'lgach, otasi uni o'qishga beradi? 
A) 15 yoshga to'lgach    B) 16 yoshga to'lgach
C) yetti yoshga to'lgach   D) sakkiz yoshga to'lgach
4) Nima sabab Amir Temur bilan Balx hokimi Amir Husayn o'rtasida ittifoq yuzaga keladi? 
A) ota-bobolari o'rtasida azaliy ittifoqchilik
B) Amir Husaynni Amir Temurga Kesh viloyatini berganligi C) Amir Temur Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og'oga uylangani 
D)Mo'g'ullarga qarshi kurash maqsadi
5) Qaysi yilda Amir Temur Amudaryoning chap sohilida Qunduz shahri yonida umumiy dushman
ustidan g'alaba qozonadi? 
A) 1361-yilda B) 1367-yilda    C)1363-yilda D)1364-yilda
6)   Ittifoqchilar   llyosxo'ja   boshliq   jeta   lashkarlari   bilan   bir   necha   marta   janglar   qilib   qachon
mo'g'ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar? 
A) 1363-yilning bahorida   B) 1363-yilning kuzida
C) 1364-yilning yozida    D)1364-yilning oxirida
7)   Tarixda   "Loy   jangi"   nomi   bilan   shuhrat   topgan   Toshkent   bilan   Chinoz   o'rtasidagi   Chirchiq
daryosi bo'yidagi jang qachon bo'lib o'tgan? 
A)1364-yil 12-may B)1364-yil 24-sentabr      C)1365-yil 22-may D)1365-yil 16-noyabr
8)   Sarbadorlar   harakati....   Movarounnahrda   mo'g'ul   xonlarining   hujumi   munosabati   bilan   vujudga
keldii. 
A) XIV asrning 20-yillarida                B) XIV asrning 30-yillarida
C) XIV asrning 40-yillarida                D) XIV asrning 60-yillarida
9) Arnir Temur qo'shini qayerga yetganida uning huzuriga taniqli sayidlardan Sayyid Baraka tashrif
buyuradi? 
A) Termiz yaqinidagi Boysun qishlog'iga yetganda
B) Balx yaqinidagi Darband qishlog'iga yetganda
C)Termiz yaqinidagi Biyo qishlog'iga yetganda
D) Balx yaqinidagi Qunduzcha shahri yaqinida
10)   Amir   Temur   bilan   Amir   Husayn   1366-yilning   bahorida   Samarqandga   yo'l   oladilar   va   shahar
yaqinidagi……kelib tushadilar. 
A) Ko'hak mavzesiga   B) Konigul mavzesiga    C) Cho'ponota qirlariga   D) Saripul mavzesiga
11)   Amir   Temur   dunyoga   kelgan   Xoja   Ilg’or   qishlog’i   bugungi   kunda   qaysi   tuman   hududida
joylashgan?
A) Shahrisabz B) Chiroqchi     C) Qarshi D) Yakkabog’
12)   Amir   Temur   necha   yoshidan   boshab   bolalarga   xos   bo‘lgan   ermak   o‘yinlardan   voz   kechib,
keyinchalik o‘z tengqurlari bilan sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullanadi?
A) 7    B) 10      C) 12     D) 15
13) Amir Temurning turk, arab, fors xalqlari tarixini chuqur o‘rgangan, diniy, dunyoviy va falsafiy
bilimlarning   eng   murakkab   jihatlarigacha   yaxshi   o‘zlashtira   olganligi   haqida   ma’lumot   beruvchi
shaxsni aniqlang. 
A) Ibn Havqal B) Ibn Xaldun    C) Ibn Aranshoh D) Ali Yazdiy
14) Uljoy Turkon Og‘o mo’g’ul xonlaridan kimning nabirasi bo’lgan?
A) Amir Qazog’on B) Amir Qozonxon      C) Kebekxon D) Tug’luq Temur
15)   Qaysi   davrda   Movarounnahr   amirlarining   o’zaro   kurashi   kuchayib,   mamlakatda   siyosiy
parokandalik avjiga chiqqan edi?
A) XIV asrning 50-yillari o’rtalarida       B) XIV asrning 40-yillari oxirida
C) XIV asrning 50-yillari oxirida             D) XIV asrning 60-yillari oxirida
16) Dorug’a atamasi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A) mo’g’ulcha, amr etuvchi       B) arabcha, harbiy sarkarda
C) turkcha, soliq yig’uvchi        D) mo’g’ulcha, nazoratchi, shahar boshlig’i
17) Dorug’a zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan?
1. aholini ro‘yxatga olish   
2. sud va ma’muriy ishlarni yuritish
3. vaqf mulklari va ulardan keladigan daromadni nazorat qilish
4. mahalliy xalqdan qo‘shin to‘plash
5. pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish
6. soliqlar yig‘ish; to‘plangan soliq-to‘lovlarni ulug‘ qoon saroyiga yetkazish
A) 1,2,3,4,5,6. B) 1,4,5,6.     C) 1,3,5,6. D) 1,2,5. 18) Samarqand sarbadorlaridan qaysisi shahar mahallalaridan birining oqsoqoli edi?
A) Mavlonozoda Samarqandiy        B) Abu Bakr Kalaviy
C) Xurdaki Buxoriy                       D) Zinda Chasm
19)   Ilyosxo’janing   Amir   Temurni   ta’qib   etishni   to’xtatib   ortga   qaytishiga   sabab   bo’lgan   omilni
aniqlang.
A) Otlarga o’lat tarqalishi       B) Sarbadorlar qarshiligiga duch kelishi
C) “Loy jangi”da olingan yirik talofot     D) A,B.
20)   Sarbadorlar   amaldorlar   mol-mulkini   bir   qismini   musodara   etib   kambag‘allarga   taqsimlab
berganlar. Bu esa …..
A) hukmdor tabaqalarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan
B) oddiy mehnatkash aholining keskin noroziligiga sabab bo’lgan
C) yirik diniy va dunyoviy zamindorlarning qo’llab-quvvatlashini ta’minlagan
D) mulkiy va ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqargan
21) Sarbadorlar harakati qaysi hududlarda vujudga kelgan?
A) Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahr       B) Eron va O’rta Osiyo
C) Kichik Osiyo, O’rta Osiyo                                       D) Eron, Mo’g’uliston, Movarounnahr
22)  Qaysi   yillar   oralig’ida   Amir   Temur   va  Amir   Husayn  o’rtasida   munosabatlar   keskinlashib,   bir
necha to’qnashuvlar bo’lib o’tgan?
A) 1360-1370-yillar B) 1365-1370-yillar    C) 1366-1370-yillar D) 1369-1371-yillar
5 ilova 
Uyga vazifa: 1. Mavzuni o’qib, urganish
2. Savol va topshiriqlarga javob aniqlash.

“Tasdiqlayman” O’IBDO’:_________A.Z.Temirov “_____” ___________2022-yil AMALIY O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Guruh Dars sanasi Mavzu: XIV asr o`rtalarida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat. O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli Vaqt: 80 daqiqa O‘quvchilar soni: 26 tagacha O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1. XIV asr o`rtalarida Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlik. 2. Amir Temurning yoshlik davri. 3. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. 4. Samarqand sarbadorlari. O‘quv mashg‘uloti maqsadi : O’rta asrlar davrida o’zbek davlatchiligi tarixi, Eftaliylar davlat birlashmasi taraqqiyoti bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish / shaklantirish . Pedagogik vazifalar: Dars va mavzu rejasi tanishtirish; Davr haqida ma’lumot berish; Atamalarga izoh berish; Mavzu bo’yicha tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari: Mavzuga doir ma’lumotlar ko‘rsatadilar; Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar; Mavzu mohiyatini aytib beradilar; Fakt, ma’lumotlarni t artibli ravishda gapirib beradilar. O‘qitish metodlari Kichik axborotli ma’ruza / hikoya / tushuntirish / ko‘rsatma berish / namoyish / ko‘rsatish /vi deo usul / kitob bilan ishlash / insert / mashq / suhbat / bahs / aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq. O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy / jamoaviy / guruhli / individual / o‘ylang va juftlikda fikr almashing texnikasi/birgalikda o‘ rganamiz texnikasi/arra texnikasi va boshq. O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi / slaydlar / proektor / kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli organizatorlar/m odel / mulyajlar /ch izma / sxema / grafik / diagrammlar /n amunalar / e kspert varag‘i /yo‘ riqnoma va boshq O‘qitish shart-sharoiti Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriya. Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq va boshq.

O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi Faoliyat bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni o‘qituvchi o‘quvchi 1 -O‘ quv mash g‘ ulotiga kirish (5daq.) Tashkiliy boshlanishi O‘quvchilar bilan s alomlashadi , ularni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi. Darsga tayyorgarlik ko‘radilar. 2-bosqich. Asosiy (6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish (15 daq) 1. 1 . Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar bilan ( 1 -ilova) va mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi. 1.2. O‘quv mashg‘ulotning mavzusi, rejasi, maqsadi va o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni bilan tanishtiradi. (2-ilova). II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq) 2.1.O‘quvchilar bilimini tezkor-so‘rov / savol-javob / aqliy hujum / pinbord / o‘ylang va juftlikda fikr almashing / orqali faollashtiradi Javoblarni qabul qiladi, ular asosida yangi o‘quv materialni uzviy ligi bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tadi. III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish (40 daq) 2.2. Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar asosida ( 3 -ilova) namoyish va sharxlash orqali mavzu bo‘yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi. 2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.6. Y a ngi o‘quv materialini o‘zlashtirish darjasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar, yozib oladilar. Y o zib oladilar Tinglaydilar Y o zib oladilar Savolga javob beradilar T inglaydilar Savollarga javob beradilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar. Savollarga javob beradilar 3-bosqich. Y a kuniy (10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish. 3.1. Mavzuni yakunlaydi va mazkur fanning kelgusida kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyatini yoritish bilan yakunlaydi. 3.3. O‘quvchilar bilimini ba h olaydi. 3.2. Uyga vazifa beradi va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar. Vazifani yozib oladilar

1 ilova Asosiy tushunchalar: siyosiy tarqoqlik, siyosiy kurash maydoni, mamlakat mustaqilligi uchun kurash, dorug’a, Ibn Xaldun, Kesh, barlos, “Loy jangi”, Sarbadorlar. Adabiyotlar: 1. A.Muhammadjonov. O'zbekiston tarixi.(IV-XV asrlar) 7-sinf T.2017 2. Ismatova, N. O‘zbekiston tarixi. 7-sinf. A. Zamonov, N. Ismatova va boshqalar. Toshkent: 2022. 3. Shamsutdinov R. Vatan tarixi . T.”Sharq” 2003. 4. Azamat Ziyo, O’zbek davlatchiligi tarixi. T. 2006. 2-ilova Mavzu rejasi: 1. XIV asr o`rtalarida Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlik. 2. Amir Temurning yoshlik davri. 3. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. 4. Samarqand sarbadorlari. Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni: 55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”, 71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”, 85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi. Agar joriy nazorat test usulida o’tkazilsa, 20 ta testdan iborat variantning har bir to’g’ri javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan: 11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. Agar test variant 50 ta savoldan iborat bo’lsa har bir to’g’ri javob 2% ni tashkil etib yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni, 28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. 3-ilova: Mavzu matni: Siyosiy tarqoqlik . XIV asrning 50–60-yillarida Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan. U yerdagi hokimlar o‘zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar. Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, ular o‘rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa, dehqonlar xo‘jaligini xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mo‘g‘uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib,

uni talaydilar. Mo‘g‘uliston xonlarining vayronagarchilikka olib keluvchi yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakatlari boshlanadi. Mana shunday o‘zaro ichki urushlar qizigan, mo‘g‘ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi. Amir Temurning yoshlik davri. Amir Temur Kesh viloyatidgi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (Yakkabog‘ tumani)da 1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro‘li beka (bek og‘o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan. Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Amir Tarag‘ay o‘g‘lini yoshligidan aslzodalarga yarasha o‘qitgan va har taraflma bilim bergan: katta-kichik bilan muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o‘rgatgan. Yosh Temurni yetti yoshidayoq madrasaga o‘qishga beradilar. U madrasaga kelganda alifbodan mukammal xabardor bo‘lgan. O‘n ikki yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak o‘yinlardan voz kechib, keyinchalik o‘z tengqurlari bilan sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullanadi. Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo‘lib, kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning atrofia bolalikdagi do‘stlari va maktabdoshlari to‘planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar bo‘lishib, harbiy guruhga birlashib borishardi. Keyinchalik ular Amir Temurning safdoshlariga aylanib, uning qo‘shinida lashkarboshilik darajasigacha ko‘tarilganlar. Shunday qilib, Amir Temur o‘z zamonisining o‘qimishli va uquvli hukmdorlaridan bo‘lib yetishadi. Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmidan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan. Amir Temur bilan yuzma-yuz o‘tirib suhbatlashishga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasuf Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, Amir Temur turk, arab, fors xalqlari tarixini chuqur o‘rgangan, diniy, dunyoviy va falsafi bilimlarning eng murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtira olgan zot ekan. O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan va janglarda chiniqqan. Harbiy mahorat va oliyhimmatlilik Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong‘i butun Qashqadaryo vohasi, xususan Kesh viloyatiga yoyilgan.

Amir Temur Chig‘atoy xonlaridan Qazog‘onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og‘oga uylanishi tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi Amir Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga keladi. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o‘zaro kurashi kuchayib, mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqadi. Mo‘g‘uliston xonlari Movarounnahrdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu o‘lkada o‘z hokimiyatini o‘rnatishga harakat qiladilar. Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur 1360–1361-yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Movarounnahr beklari birlasha olmay xalqni o‘z holiga tashlab ketadilar. Amir Temurning amakisi – Kesh viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochadi. 24 yoshli Amir Temur esa boshqacha yo‘l tutadi. Temur o‘z yurtini mo‘g‘ullar tajovuzidan himoya qilish uchun ko‘p o‘ylab, Tug‘luq Temurning huzuriga borishga qat’iy ahd qildi. Natijada u Tug‘luq Temurning yorlig‘i bilan Kesh viloyatining dorug‘asi (hokimi) etib tayinlanadi. Shu tariqa, Amir Temur siyosiy kurash maydoniga kirib keldi. Keyinchalik, o‘zining bu xatti-harakatini Temurbek aholini mo‘g‘ullar tomonidan talon-toroj etishdan himoya qilishning yagona yo‘li – puxta o‘ylangan reja 100 ming kishilik qo‘shindan kuchli deb, izohladi. Tug‘luq Temur o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrning hukmdori etib tayinlab, Mo‘g‘ulistonga qaytib ketadi. Ilyosxo‘ja bilan Amir Temurning murosasi to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli u Movarounnahrning nufuzli amirlaridan biri, Balx hokimi Amir Husayn bilan ittifoq tuzib, mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi. 1363-yilda Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g‘alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo‘ja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364-yil oxirida ular mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar. Biroq Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo‘ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida sodir bo‘ladi. Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o‘sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan. Jangda Amir Temur qo‘shini g‘olibona harakat qilib, dushman qo‘shinining o‘ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan bir paytda Husayn o‘z askarlarini raqibning so‘l qanotiga tashlamay, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga majbur bo‘ladi. Bu g‘alabadan so‘ng Ilyosxo‘ja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo‘jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo‘shin bo‘lmasa-da, xalq shahar mudofaasini o‘z qo‘liga oladi. Uzoq davom etgan mo‘g‘ullar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan bu xalq harakati tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi.