Xolchayon yodgorligi

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.6 KB
Mavzu:  Xolchayon yodgorligi
Reja:
1   Kirish   qismi:   Xolchayon   yodgorligi   tarixi   va   ahamiyati   haqida   qisqacha
ma'lumot berilishi.
2 Asosiy bo'limlar
2.1Xolchayon yodgorligining sabablari va shakllanish jarayoni
2.2 Xolchayon yodgorligining moddaviy va madaniy o'zgarishlari
2.3 Xolchayon yodgorligining turli manbalardan olingan ma'lumotlari va ularning
tadqiqotlari
3 Xolchayon yodgorligining ahamiyatli hodisalari yoki insonlarga o'tkazgan tasiri.
4Yakun qismi: Xolchayon yodgorligi    fikrlar va tavsiyalar.
5Xulosa Xolchayon   yodgorligi   Surxondaryo   viloyatining   Denov   tumanida   topildi.   1959-
yilning bahorida
Xolchayon jamoa xo‘jaligining texnik ta’mirlash joyi
kengaytirilayotganda buldozer kichik bir tepalikning chetini qirqqanida
uchta tosh ustun bo‘laklarini sudrab chiqargan, topilgan narsalar
to‘g‘risida arxeologlarga xabar berilgan. 1960-yilda San’atshunoslik
institutining professori G.A. Pugachenkova rahbarligidagi ekspeditsiya
Xolchayon tepaligini tekshira boshlaydi. Bu yerdan topilgan yodgorliklar
olimlarning har qanday tasavvuridan oshib tushdi, fanga yana bir tarixiy
boylik Baqtriya badiiy madaniyatining ajoyib yodgorligi qo‘shildi.
Xolchayon topilmalarini ilmiy tekshirish jarayonida Xonaqohtepa,
qorabog‘tepa, Maslahattepa kabi tepaliklar ochib o‘rganildi.
Xonaqohtepada saroy poydevori toshdan, devori esa qalin (1,04 2,30
m)   xom   g‘ishtdan   ishlanganligi   aniklandi.   Xolchayondagi   tekshirishlar   Baqtriya-
Kushon zamonining
binokorlik texnikasi to‘g‘risidagi ma’lum tasavvurni yanada kengaytirdi.
Xolchayon saroyi arxitektura jihatidan g‘oyat muhimdir. Asosiy zalining
uch devori 3 m balandlikda oq ganch bilan suvalgan, undan yuqori
qismlarda mahobatli haykallar joylashtirilgan. To‘rtinchi devorning to‘q
qizil fonida oq ganchdan barg, gul, bir bosh uzum tasvirlanib, naqsh
solingan. Saroyning asosiy zalidan chiqiladigan ayvondagi naqshlarda
erkaklar surati ham bor: erkaklardan biri baqtriyalikka, yana biri
mo‘g‘ulga o‘xshaydi. Uch metr balandlikdagi panel tepasidagi haykal qizil va qora rang mineral bo‘yoq bilan bo‘yalgan. Haykalni to‘la tiklash
mumkin bo‘lmadi, chunki uning-maydamayda bo‘laklarigina saqlangan.
Haykallarning kattaligi odam bo‘yining uchdan ikki qismiga to‘g‘ri
keladi. Arxeologlar bu boshni yerdan ehtiyotlik bilan kovlab olganda
ularga kipriklari osilib turgan, salgina g‘ilay qora ko‘zlar qarab
turganday ko‘ringan. Topilgan ayol haykali ham diqqatga sazovordir:
yuzi keng, oq dubulg‘a toshda hurpaygan sochlari aniq ko‘rinib turadi.
Haykal tanasidan topilgan parchada haykal ustidagi xalat yoki yoping‘ich
saqlangan, xalat tagida to‘q qizil rang ko‘ylak ustidan beldan yuqorida
oq tasma bog‘langan. Bu haykal, tanasi, vaziyati, qo‘llarining turishi,
dubulg‘a va xalatiga qaraganda, ma’buda Afina haykali bo‘lsa kerak.
Markaziy Osiyoga yunonlar ma’budasining qiyofasini makedoniyalik
Iskandar olib kelgan, albatta. Xolchayon haykallari orasida Mitra, Nika
va boshqa ma’budalarning qiyofalariga yaqin qiyofali haykallar ham bor.
Haykal parchalari orasida Xolchayon sozandalari haykallarining
parchalarini ham uchratish mumkin. Baqtriya-Kushon
yodgorliklarining yuksak san’atida ellin haykaltaroshligi bilan Parfiya
san’ati an’analari ko‘rinadi. Xolchayon haykali hozirgacha noma’lum
desa bo‘ladigan qadimgi Baqtriya san’atining allaqachonlar unutilib
ketgan so‘qmoq yo‘lidagi yorqin izlaridandir. Xolchayonda tadqiqot olib
borilgan bir nechta joyda Yunon-Baqtriya podshohligi davri (mil. avv.
III-I asrlar) arxeologiyasi aks etgan. Demitriy tangasining topilishi
hamda qorabog‘tepada mil. avv. I asrlarga oid imoratlar qayd etilgani bunga misol bo‘la oladi. Xolchayonda ossuariy sifatida og‘ir qopqoqli
a’lo darajada tayyorlangan xum tanlangan. Uning ichida bir to‘p ko‘krak
suyagi va shikastlangan bosh suyagi yotardi. Aftidan, «ko‘mishga
tayyorlash» marosimida «Avesto»dagi mazdakchilik qonunqoidalariga
amal   qilingan   ko‘rinadi.   Murda   dastlab   yyrtqich   qushlar   yoki   maxsus   boqilgan
murdaxo‘r itlar yeb ketishi uchun qo‘yilgan. So‘ngra tozalangan  
suyak qoldiklari suyakdonga joylashtirilgan. 
Baqtriyaliklarning dafn marosimlari to‘g‘risida qadimiy  
mualliflarning ma’lumotlari deyarli yo‘q. Strabon Onesikritning  
baqtriyaliklar tirik keksalarni maxsus boqilgan odamxo‘r «go‘rkov»  
itlar yemishiga tashlashlari haqidagi xabarini keltiradi. Bu odatni  
Aleksandr Makedonskiy ta’qiklaydi, ammo ko‘mish marosimi to‘la  
tasvirlanmagan. Ayni paytda parfiyaliklar haqida yozganda, ularning  
«odatdagi ko‘mish marosimi itlar yoki qushlar yeb ketishi»dan iborat,  
g‘ajib tashlangan suyaklarni esa ular yerda saqlaydilar, deyilgan. Strabon  
yozgan ma’lumotga ko‘ra, Baqtriyadagi shahar devori orti toza  
bo‘lgan, biroq ichki katta qismi «odam suyagi bilan to‘libtoshib ketgan  
ekan». Shunday qilib, gap marhumning suyagini qandaydir tashqi  
qabristonda emas, balki aynan aholi maskani ichida saklash to‘g‘risida  
borayotir. Buni Xolchayondagi xum ossuariyning qadimiy  
qo‘rg‘onning aholi zich yashaydigan qismida saqpanib qolganligi ham  
tasdikdaydi. Antik davrda xumga solib ko‘mish an’aiasi Janubiy Tojikiston  
hududida (mil. avv. III asrlar) ham uchraydi. Biroq, u yerlarda yarim   poklangan murda xumga solib ko‘milgan, Xolchayonda esa faqat  
suyakning o‘zi ko‘milgan. Bu topilma arxeologik adabiyotlarda xumga  
solib ko‘mish ossuariy dafnalarga xos, faqat keyingi davrga taalluqli  
urf-odat emas, balki bu ko‘mish marosimining boshqa turi deb qayd  
etilgan mulohazani to‘la tasdiqlaydi. 
Umuman, qadimiy Baqtriya aholisi orasida ko‘mish marosimining  
turli shakllari mavjud bo‘lgan. Yunon-Baqtriya zodagonlarining asosan  
o‘z e’tiqodlari va udumlariga amal qilgani va Xolchayondagi ossuariy  
(idish)ga solib ko‘mish marosimi bunga yorqin dalildir. Bu masalada  
Xolchayondan topilgan mil. avv. III-II asrlarga oid sanamlar  
haykalchalari, shuningdek, suyakdan ishlangan yalang‘och ma’buda  
shakli aks etgan taqinchoq qadimda Sharqda mavjud bo‘lgan Ona Xudoga  
sig‘inish udumi bilan bog‘liqdir. Ayni paytda, Ellin-Yunon badiiy tasvir  
uslublarining Xolchayonning Baqtriya davri me’morchiligiga ta’sirini  
aks ettiruvchi topilmalar ham bor. Xolchayon taraqqiyotining yirik  
qurilish tadbirlari bilan bog‘liq navbatdagi bosqichi mil. avv. III asrlarga  
taalluqlidir. Bu davr tarixiy jihatdan ulkan siyosiy voqealar bilan  
bog‘langan. Mil. avv. 140-yillarda Gelioklning o‘limi bilan Yunon- 
Baqtriya   podshohligining   inqirozi   yuz   beradi.   Yunon-Baqtriya   podshohligining
inqirozga uchrashi, aftidan,  
Baqtriyaga saklarning dastlabki bostirib kelishi va o‘zlari egallagan  
hududlarda o‘troq bo‘lib qolishi, so‘ngra yuechjiylar bostirib kelib,  
saklarni Amudaryoning narigi sohiliga uloqtirib yuborishi davriga to‘g‘ri   keladi. Bu zarba Xolchayonning ham taqdiriga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan va  
mazkur joydan topilgan arxeologik topilmalarda, qatlamlarda o‘z aksini  
topgan. Vaqt o‘tishi bilan hayot o‘z iziga tusha boshladi, yangi  
qurilishlar hamda ta’mirlashlar bundan dalolat beradi. Sakyuechjiy (yoki  
«toxar», qadimiy yozma arab manbalarida taxor bitiladi) davri Xolchayon  
tarixida arxeologik jihatdan aniq aks etgan. 
Mil. avv. III asrlar uchun xos bo‘lgan «badaviy Geliokl» deb 
ataluvchi bronza tangalarning topilishi aynan shu davrdagi gavjum shahar  
hayotidan darak beradi. Ularning shahristonning turli joylaridan  
topilganligi bu yerda har xil pullar muomalada bo‘lganini va bozorning  
ehtiyoji keng ko‘lamligini anglatadi. O‘zining arxeologik topografik  
qoldiqlarida mil. avv. III asrlarda Xolchayon yirik aholi maskani sifatida  
namoyon bo‘ladi. III asrlarda, ya’ni kushonlar davrida Xolchayon  
rivojlanishda davom etadi. Kadfiz II tangalarining topilishi, Kanishka,  
Xuvishka, Vasudeva tangalarining (aksariyati katta va o‘rtacha halqali)  
ko‘pligi va ko‘plari siyqalanib ketganligi ularning keng ko‘lamda  
bozor muomalasida bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
Milodiy II asr oxiri III asr boshlarida Kushon imperiyasi inqirozga  
yuz tutadi. Bu jarayon Xolchaenda ayniqsa yorqin iz qoldirgan.  
qorabog‘tepa istehkomi darvozasi katta yong‘inda qolgan va uning izlari  
kushonlar davri qurilishlarida yong‘in qatlami tarzida saqlang‘an.  
Xonaqohtepada o‘rganib chiqilgan uchala imorat ham xarob etilgan yoki  
qulatilgan. Bu hol ayniqsa, saroyda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu yerda   qimmatbaho ashyolar va ibodat buyumlari talon-toroj qilib ketilganligi  
bilan birga, taxtxonada tosh tagliklardan biri ag‘darib tashlangan, ayvonda  
esa ustun tagliklari qo‘porilgan, ba’zilari uloqgirib yuborilgan. Demak,  
Xolchayon taqsirida arxeologik jihatdan muhrlanib qolgan o‘limga  
mahkumlik III asr boshida Kushon shohligini qamrab olgan umumiy  
voqea bo‘lgan. 
Xolchayondan VI asr oxiri VII asrga oid turkso‘g‘d turkumiga  
taalluqli ikkita tanga topildi. Ular So‘g‘d va Shoshdan topilgan tangalar  
bilan old tomon tuzilishi ikonografik jihatdan o‘xshasa ham, ulardan  
ma’lum darajada farq qiladi. Bu tangalar Amudaryoning shimoliy  
qismidagi   ayrim   feodal   viloyatlar   turk.   Xoqonligiga   mansubligini   anglatadi,
tamg‘alar va boshqa belgilardagi farq esa chag‘onxudotlar  
zarb qilgan ashyolarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Darvoqe,  
arablar 719-yili Amudaryo bo‘yi viloyatlariga yetib kelgan vaqtda,  
turkcha «yabg‘u» unvonli Tish ismli Chag‘oniyon hukmdori 
Toxariston qo‘shinlariga bosh bo‘lib turgan. 
Arablar bosib olgan davrdan boshlab Xolchayon uzoq vaqt e’tiborsiz  
qoladi. XIII asr oxiri XIV asr boshida antik tepaliklarning ba’zilaridan  
qabriston sifatida foydalaniladi. XVI asrda qorabog‘tepaning shimoli- 
sharqiy qismi do‘ngligida qandaydir mulk paydo bo‘ladi. Shundan  
so‘ng shahriston atrof hududi yanada botqoqlikka aylanib, bizning  
davrimizgacha o‘zlashtirilmay qoladi. Xolchayonni tadqiq etish Baqtriya  
madaniy hayotiga, ayniqsa, uning badiiy madaniyatiga yangi ma’lumotlar   kiritadi. Bu kuzatishlar Markaziy Osiyoning mazkur yirik viloyatida antik  
davr shahar qurilishining ba’zi jihatlarini qayta ochib beradi. Bu borada  
tarixiy ma’lumotlar nihoyatda kam. 
Eski Termizning qadimgi madaniyati zamirida ham kushon davriga  
xos ko‘pgina yodgorliklar bor. Ular shu davrning yaqqol namunalaridan,  
sopol buyumlardan va moddiy madaniyatga doir boshqa narsalardan  
iborat. Toxariston vohasi Kushon imperiyasining g‘oyat katta markaziy  
viloyatlaridan biri bo‘lgan. Toxariston tuprog‘idan toxaristonliklarning  
yuksak madaniyatidan dalolat beruvchi yodgorliklar topildi. Hozirgi  
Termizdan 10 km keladigan joydagi qoratepa g‘oridan topilgan ajoyib  
yodgorlik ana shunday dalillardan biridir. Qazish ishlari Kushon davlati  
madaniyati to‘g‘risida g‘oyat qimmatli ashyoviy dalillar va buyumli  
materiallar berdi. Xolchayon   —   YunonBaqtriya   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yunon-
Baqtriya_podsholigi)   va   kushonlar
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kushonlar_davlati)   davri   madaniyatiga
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Madaniyat)   oid   yodgorliklar
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yodgorlik)   majmuasi   (mil.   av.   4
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mil._av._IV_asr)—   mil.5-asr
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/V_asr)).   Surxondaryo   viloyatining
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Surxondaryo_viloyati)   Denov   tumani
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Denov_tumani)   hududida   joylashgan.   Bir
necha   tepalik   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tepa)   (Xonaqohtepa,   Qorabog tepa,ʻ
Maslahattepa   va   boshqalar)dan   iborat.   San atshunoslik   institutining	
ʼ
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/San%CA%BCatshunoslik_instituti)   G.   A.   Pugach
enkova
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Pugachenkova_Galina_Anatolyevna)   rahbarligida
gi   arxeologiyasan at   ekspeditsiyasi   o rgangan   (1959—63).   Xonaqohtepadan	
ʼ ʻ   mil.
av.   2   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mil._av._II_asr)—1-asrlarga
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mil._av._I_asr)   oid   hukmdor   saroyi
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Saroy_(qasr))   qoldig i   topilgan.	
ʻ   Bino
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Bino)   to g ri   to rtburchak	
ʻ ʻ ʻ
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/To%CA%BBg%CA%BBri_to%CA
%BBrtburchak)   shaklda,   maydoni
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Maydon)   35×26   m   bo lib,   markaziy   fasadi   (old	
ʻ
tomoni) to rt ustunli ochiq	
ʻ   ayvon (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ayvon)   (16,5×7
m)dan   iborat.   Yog och   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yog%CA	
ʻ
%BBoch)   ustunlar   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ustun)   ohaktoshdan
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ohaktoshlar)   ishlangan tagkursiga o rnashtirilgan.	
ʻ
Ayvondan   katta   zalga   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Zal)   (17,6×6,1   m)   o tilgan.	
ʻ
Zal   devorlari   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Devor)   osti   bo ylab   keng   supa	
ʻ
yasalgan.   Bino   fundamenta   kvadrat   shakldagi   xomg ishtlardan	
ʻ
ishlangan,   g ishtlarning   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/G%CA%BBisht)	
ʻ   sirtiga turli   shakldagi   tamg alar   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tamg%CAʻ
%BBa)   bosilgan. Bino  bir  qavatli, usti  tekis qilib yopilgan bo lib, tashqi  qalinligi	
ʻ
2,2   m,   ba zi   joylarda   4   m   ga   yetgan.   Zal   va   ayvon   devorlarining   pastki   qismida	
ʼ
devoriy   surat   izlari   topilgan,   yuqori   qismiga   esa   haykalchalar   ishlangan.
G.   A.   Pugachenkovaning   taxminiga   ko ra,   saroy	
ʻ   yuyechji
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yuyechji)   qabilalaridan
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qabila)   birining   jabg usi	
ʻ
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jabg%CA%BBu)   Gerayga tegishli bo lgan. Saroy	
ʻ
xonalaridan   ko plab	
ʻ   paykonlar   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Paykon),   oltindan
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Oltin)   ishlangan   yirik   ko krak   nishonasi,	
ʻ
oltin   taqinchoklar   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Taqinchoqlar),   ipak
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ipak)   parchasi,   qimmatbaho   tosh
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qimmatbaho_toshlar)   munchoq
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Munchoq)   va   gemma
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Gemma)   parchalari,   shisha
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Shisha)   idishlar,   temir
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Temir)   qilich
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qilich),   shuningdek,   turli   qadaxlar,   sopol
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sopol)   idishlar,   ot   mingan   chavandoz
haykalchalari   topilgan.   X.  majmuasiga   kiruvchi   Qorabog tepaning   atrofi	
ʻ   mudofaa
devori   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mudofaa_devorlari)   (qalinligi   asosida   8   m
ga   yetgan)   bilan   o ralgan.   Tepada   hayot	
ʻ   mil.   3-asr
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/III_asr)   boshigacha   davom   etganligi   haqida
Vasudeva   I   tangalari   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tanga)   guvoxlik   beradi.
Umuman,   X.dan   50   dan   ortiq   turli   asrlarga   oid   tangalar   topilgan.   Ularning   eng
kadimgisi   YunonBaqtriya   podsholaridan   Demetriy
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Demetriy_I)   (mil.   av.   200
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mil._av._200)   y.)   kumush
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kumush)   tangasi,   Geliokl   (mil.   av.   156
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mil._av._156)—140 (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mil._av._140)   y.)   tetradraxmasi,   Kushon
podsholaridan   Kadfiz   I,   Kadfiz   II
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kadfiz_II),   Kanishka
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kanishka_I),   Xuvishka,   Vasudeva   I   va   Vasudeva
II   tangalari   bo lib,   ular   nafaqat   Janubiy   Baqtriya,   balki   Shimoliy   Baqtriyaʻ
hududlarida ham keng tarqalgan. X. devoriy suratlarida uzum g ujumi, yaproqlar,	
ʻ
ular   orasida   osilib   turgan   qandaydir   dumaloq   mevalar,   gullar   tasviri   o rin   olgan.	
ʻ
Shuningdek,   o zaro   kompozitsion   uyg unlikda   bo lgan   odamlar   obrazlari,   yunon	
ʻ ʻ ʻ
xudolari   yoxud   oliy   hukmdorning   mahobatli   suratlari   uchraydi.   Devoriy   suratlar
orasida ayniqsa ikki erkak va bir ayol tasviri kishini o ziga tortadi. Birinchi suratda	
ʻ
erkak   kishining   og zigacha   qismi   tushirilgan   boshi   tasvirlangan.   Unda   o spirin	
ʻ ʻ
yigitning   kalta   to lqinsimon
ʻ   sochlari   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Soch)   va
qora   ko zlari   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ko%CA%BBz),   dumaloq   iyagi,	
ʻ
yarim   oy   shaklida   chizilgan   qora   qoshlari   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qosh),
qirra   buruni (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Burun)   ko zga tashlanadi. Bu suratda	
ʻ
tub   joyli   baktriyalik   aks   etgan.  Ammo,   ikkinchi   suratda   dumaloq   boshli,   sochlari
ustara bilan qirilgan, oltin isirg a taqqan qulog i chetida kokili bor, bodom qovoqli	
ʻ ʻ
turk tasvirlangan. Ayol kishining surati yaxshi saqlanmagan. Uning bosh qismidan
qora sochlari va kamalaksimon qoshlarigina qolgan.
X.   saroyi   ayvon   va   bosh   zali   devorlarining   yuqori   qismida,   bal.
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Balandlik)   2 m li panno ustiga ishlangan piramon
(friz   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Friz))da   devorga   yopishtirilgan   qabartma
haykallar   majmuasi   bo lgan.   Ular   orasida   Geray   va   uning	
ʻ   urug iga	ʻ
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Urug%CA%BB)   tegishli   personajlar   tasviri   ko p	
ʻ
uchraydi.   Geray   saklarni   Qad.   Baqtriyadan
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Baqtriya)   jan.ga   surib   chiqargan   5   yuyechji
qabilasidan   biri   —   guyshuan   qabila   jamoasining   sardori.   Uning   nomi   bilan   pul
zarb   etilganligi   guyshuanlarni   qolgan   qabilalar   ichida   iqtisodiy   jihatdan   qudratli
bo lganligidan dalolat beradi.	
ʻ Zal   jan.   (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Janub)   devorida   chavandozlari
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Chavandozlar)   bilan   yelib   ketayotgan   6   ta   ot
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ot_(hayvon))   haykallari
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Haykal)   (kizil,   oq   va   kora   rangli)   tasvirlangan.
Otlarning asbobanjomlariga qaraganda, bu turdagi otlar yengil kavaleriyada xizmat
qilgan.   Bu   devorda   og ir   kavaleriyaga   mo ljallangan   otlarning   haykallari   hamʻ ʻ
uchraydi.   Ular   metalldan   ishlangan   himoya   qalqoniga   o ralgan.   Bunday   tipdagi	
ʻ
otlar   rasmi   Vasudeva   I   tangalaridaham   uchraydi.   Bu   ilk   kushonlar   qo shinining	
ʻ
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qo%CA%BBshin)   qurilishi   va   tarkibi   haqida
guvoxlik beradi.

Mavzu: Xolchayon yodgorligi Reja: 1 Kirish qismi: Xolchayon yodgorligi tarixi va ahamiyati haqida qisqacha ma'lumot berilishi. 2 Asosiy bo'limlar 2.1Xolchayon yodgorligining sabablari va shakllanish jarayoni 2.2 Xolchayon yodgorligining moddaviy va madaniy o'zgarishlari 2.3 Xolchayon yodgorligining turli manbalardan olingan ma'lumotlari va ularning tadqiqotlari 3 Xolchayon yodgorligining ahamiyatli hodisalari yoki insonlarga o'tkazgan tasiri. 4Yakun qismi: Xolchayon yodgorligi fikrlar va tavsiyalar. 5Xulosa

Xolchayon yodgorligi Surxondaryo viloyatining Denov tumanida topildi. 1959- yilning bahorida Xolchayon jamoa xo‘jaligining texnik ta’mirlash joyi kengaytirilayotganda buldozer kichik bir tepalikning chetini qirqqanida uchta tosh ustun bo‘laklarini sudrab chiqargan, topilgan narsalar to‘g‘risida arxeologlarga xabar berilgan. 1960-yilda San’atshunoslik institutining professori G.A. Pugachenkova rahbarligidagi ekspeditsiya Xolchayon tepaligini tekshira boshlaydi. Bu yerdan topilgan yodgorliklar olimlarning har qanday tasavvuridan oshib tushdi, fanga yana bir tarixiy boylik Baqtriya badiiy madaniyatining ajoyib yodgorligi qo‘shildi. Xolchayon topilmalarini ilmiy tekshirish jarayonida Xonaqohtepa, qorabog‘tepa, Maslahattepa kabi tepaliklar ochib o‘rganildi. Xonaqohtepada saroy poydevori toshdan, devori esa qalin (1,04 2,30 m) xom g‘ishtdan ishlanganligi aniklandi. Xolchayondagi tekshirishlar Baqtriya- Kushon zamonining binokorlik texnikasi to‘g‘risidagi ma’lum tasavvurni yanada kengaytirdi. Xolchayon saroyi arxitektura jihatidan g‘oyat muhimdir. Asosiy zalining uch devori 3 m balandlikda oq ganch bilan suvalgan, undan yuqori qismlarda mahobatli haykallar joylashtirilgan. To‘rtinchi devorning to‘q qizil fonida oq ganchdan barg, gul, bir bosh uzum tasvirlanib, naqsh solingan. Saroyning asosiy zalidan chiqiladigan ayvondagi naqshlarda erkaklar surati ham bor: erkaklardan biri baqtriyalikka, yana biri mo‘g‘ulga o‘xshaydi. Uch metr balandlikdagi panel tepasidagi haykal

qizil va qora rang mineral bo‘yoq bilan bo‘yalgan. Haykalni to‘la tiklash mumkin bo‘lmadi, chunki uning-maydamayda bo‘laklarigina saqlangan. Haykallarning kattaligi odam bo‘yining uchdan ikki qismiga to‘g‘ri keladi. Arxeologlar bu boshni yerdan ehtiyotlik bilan kovlab olganda ularga kipriklari osilib turgan, salgina g‘ilay qora ko‘zlar qarab turganday ko‘ringan. Topilgan ayol haykali ham diqqatga sazovordir: yuzi keng, oq dubulg‘a toshda hurpaygan sochlari aniq ko‘rinib turadi. Haykal tanasidan topilgan parchada haykal ustidagi xalat yoki yoping‘ich saqlangan, xalat tagida to‘q qizil rang ko‘ylak ustidan beldan yuqorida oq tasma bog‘langan. Bu haykal, tanasi, vaziyati, qo‘llarining turishi, dubulg‘a va xalatiga qaraganda, ma’buda Afina haykali bo‘lsa kerak. Markaziy Osiyoga yunonlar ma’budasining qiyofasini makedoniyalik Iskandar olib kelgan, albatta. Xolchayon haykallari orasida Mitra, Nika va boshqa ma’budalarning qiyofalariga yaqin qiyofali haykallar ham bor. Haykal parchalari orasida Xolchayon sozandalari haykallarining parchalarini ham uchratish mumkin. Baqtriya-Kushon yodgorliklarining yuksak san’atida ellin haykaltaroshligi bilan Parfiya san’ati an’analari ko‘rinadi. Xolchayon haykali hozirgacha noma’lum desa bo‘ladigan qadimgi Baqtriya san’atining allaqachonlar unutilib ketgan so‘qmoq yo‘lidagi yorqin izlaridandir. Xolchayonda tadqiqot olib borilgan bir nechta joyda Yunon-Baqtriya podshohligi davri (mil. avv. III-I asrlar) arxeologiyasi aks etgan. Demitriy tangasining topilishi hamda qorabog‘tepada mil. avv. I asrlarga oid imoratlar qayd etilgani

bunga misol bo‘la oladi. Xolchayonda ossuariy sifatida og‘ir qopqoqli a’lo darajada tayyorlangan xum tanlangan. Uning ichida bir to‘p ko‘krak suyagi va shikastlangan bosh suyagi yotardi. Aftidan, «ko‘mishga tayyorlash» marosimida «Avesto»dagi mazdakchilik qonunqoidalariga amal qilingan ko‘rinadi. Murda dastlab yyrtqich qushlar yoki maxsus boqilgan murdaxo‘r itlar yeb ketishi uchun qo‘yilgan. So‘ngra tozalangan suyak qoldiklari suyakdonga joylashtirilgan. Baqtriyaliklarning dafn marosimlari to‘g‘risida qadimiy mualliflarning ma’lumotlari deyarli yo‘q. Strabon Onesikritning baqtriyaliklar tirik keksalarni maxsus boqilgan odamxo‘r «go‘rkov» itlar yemishiga tashlashlari haqidagi xabarini keltiradi. Bu odatni Aleksandr Makedonskiy ta’qiklaydi, ammo ko‘mish marosimi to‘la tasvirlanmagan. Ayni paytda parfiyaliklar haqida yozganda, ularning «odatdagi ko‘mish marosimi itlar yoki qushlar yeb ketishi»dan iborat, g‘ajib tashlangan suyaklarni esa ular yerda saqlaydilar, deyilgan. Strabon yozgan ma’lumotga ko‘ra, Baqtriyadagi shahar devori orti toza bo‘lgan, biroq ichki katta qismi «odam suyagi bilan to‘libtoshib ketgan ekan». Shunday qilib, gap marhumning suyagini qandaydir tashqi qabristonda emas, balki aynan aholi maskani ichida saklash to‘g‘risida borayotir. Buni Xolchayondagi xum ossuariyning qadimiy qo‘rg‘onning aholi zich yashaydigan qismida saqpanib qolganligi ham tasdikdaydi. Antik davrda xumga solib ko‘mish an’aiasi Janubiy Tojikiston hududida (mil. avv. III asrlar) ham uchraydi. Biroq, u yerlarda yarim

Ko'chirib oling, shunda to'liq holda ko'ra olasiz