logo

XVII asrda Fransiyaning Yevropadagi gegemoniyasi davri

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.4296875 KB
XVII asrda Fransiyaning Yevropadagi gegemoniyasi davri
Agar   XVI   asrda   Yevropada   yetakchilik   Ispaniya   qo’lida   bo’lsa,   XVII   asrga
kelib   qit’ada   Fransiya   gegemoniyasi   boshlandi.   Uzoq   davom   etgan   ichki
kurashlardan   so’ng   XVI   asr   ikkinchi   yarmida   Fransiya   qudratli   mutlaq
monarxiyaga   aylandi.   Fransiyaning   ko’p   sonli   dehqonlari   soliqlari   va   badavlat
burjuaziyasi xazinani boyishiga olib keldi. Iqtisodiy qudrat yuqoriligi - faol tashqi
siyosat   olib   borishga   va   Fransiyaning   Yevropada   birinchi   o’ringa   chiqishiga
imkoniyat berardi. 
Genrix IV diplomatiyasi
Fransiyadagi   fuqarolar   urushi   bilan   yakunlangan   XVI   asrning   uzoq   va
dahshatli   urushlari   tajribasidan   xulosa   chiqarildi.   Yangi   davlatning   hududiy
kengayish   istagi   borasidagi   har   qanday   urinishlari   boshqa   davlatlarning
qarshiliklariga duch keldi. Bu esa Fransiyaga qarshi koalitsiyalar paydo bo’lishiga
olib   keldi.   XVII   asr   arafasida   Yevropada   siyosat   va   diplomatiya   borasidagi
aloqalarda nomutanosibliklar ko’p edi.  
Genrix   IVning   zamondosh   siyosatchilari   va   uning   yordamchisi   Syulli   qayd
etishicha, bosib olinadigan yer – kelajakda saqlab qolish imkoniyati bo’ladigan yer
bo’lishi lozim. Davlatning qudrati o’z chegaralariga ega: bu chegaralarni buzish –
unga qarshi dushmanlarning birlashuviga olib keladi. Syulli o’zining mashhur “Les
oeconomies   royales”(Davlat   iqtisodiyoti   asoslari)   xotira   kitobida:   “Fransiyaning
har   bir   hukmdori   o’z   davlati   qudratidan   yuqori   kuch   talab   etadigan   dushmanlik
kayfiyatini   oshirib   boradigan   faoliyat   olib   bormasdan   o’zi   bilan   umumiy
manfaatlarga   ega   bo’lgan   do’st   va   ittifoqchilarni   orttirish   yo’lini   ko’rishi   kerak,
chunki   bu   eng   ishonchli   aloqa   sanaladi”.   Huddi   shu   masalada   mashhur   fransuz
diplomati Etyen Paske ham fikr bildirib, har bir hukmdor davlatning chegaralarini
mustahkamlashdan oldin, o’zining maqsadlari va umidlarini chegarasini aniq qilib
olish zarurligini aytgan.
Syulli   –   Buyuk   Karlning   imperiyani   tiklaganligi,   Kapetinglar   davrida
Fransiya   “Tor   doiradagi”   hududlarda   qolganligi   hamda   bu   hududlar   hanuzgacha
saqlanib   qolganligini   yaxshi   bilardi.   Fransiyaning   janubiy   qismi   tabiiy   chegara   –
1 Pireney   bilan   ajratilgan.   Fransiyaning   ilgarigi   qudratini   tiklash   uchun   oldindan
Fransiya   mulki   bo’lgan   Savoyya,   Fransh-Konte,   Lotaringiya,   Gennegau,   Artua,
Gollandiya yerlarini qaytarib olishi zarur edi. Shu davrda Fransiya qudratli davlat
edi.   Syulli   ham   Fransiyaning   butun   dunyo   va   xristianlar   ustidan   hukmronlik
o’rnatishini   xohlar   edi.   Shu   gaplardan   kelib   chiqib,   Syulli   o’z   qiroli   g’oyasi   deb
aytsada,   bu   ko’proq   uning   o’zi   o’ylab   chiqargan   g’oyasi   deb   hisoblash   ham
mumkin. 
Syulli so’zlariga ko’ra, Genrix IVning “Buyuk g’oyasi”  (“Le grand Dessein”)
shundan   iborat   ediki,   Gabsburglarni   darajasini   Pireney   yarim   oroli   saroy
hukmdorlariga   tenglashrish,   turklar   va   tatarlarni   Osiyoga   haydab   chiqarish,
Vizantiya imperiyasini tiklash va butun Yevropa siyosiy xatirasini o’zgartirib olish
maqsad   qilingandi.   Bunda   Yevropa   6   ta   merosiy   monarxiya,   5   ta   saylanadigan
monarxiya   va   5   ta   respublikaga   bo’linishi   belgilangandi.   Bu   barcha   davlatlar
boshiga   maxsus   kengash   qo’yilib,   ularning   vazifasi   davlatlararo,   hukumat   va
fuqarolar   ortasidagi   tinchlikni   tartibga   solishdan   iborat   edi.   Bunday   o’ziga   xos
respublikalarning   prezidenti   sifatida   papa   belgilangandi;   uning   birinchi   ministri
Fransiya bo’lishi ta’kidlandi. Syullining XVII asrdagi “Millatlar ligasi” borasidagi
maxfiy   g’oyasi   oydinlashdi.   Bunda   Fransiya   raqiblarini   kuchsizlantirish,
vassallarni   kuchaytirish,   o’zini   yuridik   jihatdan   Fransiyaga   bo’ysinuvchi,   lekin
amalda   betaraf   davlatlar   bilan   o’rab   olish   maqsadi   –   Genrix   IVning   birinchi
yordamchisining o’sha “Buyuk g’oya”ning asosini tashkil qilardi. 
Syulli   rejalari,   faqatgina,   uning   xotira   kitobidan   saqlanib   qolgan.   Amaldagi
ishlar   bunday   g’oyalardan   ancha   yiroq   edi.   Buni   Genrix   IV   o’zining   amaliy
siyosati bilan ham ko’rsatdi. Undan ham ko’proq bunday siyosatni Genrix IVning
davomchisi kardinal Rishelye yuqori darajaga yetkazdi. Genrix IV shu davr uchun
keng qo’llanilgan “Siyosiy muvozanat”ni saqlash borasidagi ishlarni mohirlik bilan
amalga   oshirdi.   Yangi   davlatning   milliy   ko’rinishda   bo’lganligi,   uning   hududi
iqtisodiyoti,   madaniyati   va   tili   yakdilligiga   olib   kelardi   hamda   bu   yagonalikni
o’zga   davlatlar   tajovuzidan   himoya   qilish   ustuvor   ahamiyat   kasb   etdi.   Bu   esa
Yevropada   tarixan   qaror   topgan   kuchlar   nisbatini   saqlab   qolish,   undan   tashqari
2 yangidan   kuchayib   borayotgan   har   qanday   davlatga   qarshi   tura   oladigan   qarshi
kuch yaratish maqsad qilindi. Bunday muvozanatni amalda saqlash faqatgina kuch
ishlatishga majbur bo’lgunga qadar saqlash mumkin edi. 
Genrix   IV   o’z   “Prinsiplari”ga   amal   qilib   kelardi,   u:   “Aholisi   ispan   tilida
so’zlashadigan hududlar – Ispaniyaga, aholisi nemis tilida so’zlashadigan hududlar
–   Germaniyaga,   aholisi   fransuz   tilida   so’zlashadigan   hududlar   menga   tegishli
bo’lishi   kerak”   degan   fikr   bildirgandi.   Genrix   IV   ikki   maqsadni   ko’zlardi:
Gabsburglar   sulolasini   kuchsizlantirish   va   Fransiya   manfaatlariga   mos   keladigan
holatlarda Yevropa davlatlari o’rtasidagi muvozanatga aralashish edi. Bu masalada
u   Angliya   bilan   munosabatlarini   saqlab   qoldi,   chunki   Angliya   protestant   va
Ispaniya   dushmani   sifatida   Fransiya   taxtini   egallashga   ko’maklashgandi.   Ammo,
shunda   ham   Genrix   IV   ingliz  dengizchilari   va  savdogarlari   faoliyatiga,  Italiya  va
Sharqdagi   ingliz   diplomatlari   faoliyatiga,   umuman   inglizlar   rejalariga   maxfiy
ravishda to’sqinlik qilib keldi. 
Shuning uchun ham Genrix IVning Londondagi elchilari – Tyumeri, Garle de
Bomon   va   La   Borderi   oldida   qiyin   bir   vazifa   turar   edi,   ular   Angliya   bilan
Yevropada   yetakchilik   uchun   kurash   sharoitida   ikki   davlat   o’rtasida   do’stona
munosabatlarni   saqlab   qolishi   kerak   edi.   O’zining   maqsadlaridagi   Gabsburglarni
kuchsizlantirish  maqsadida  Genrix  IV  Ispaniya  va  Gollandiya  o’rtasidagi  tinchlik
sulhi tuzilishiga ko’maklashdi. Shu bilan qirol Ispaniyadan mustaqil bo’lib ajralib
chiqqan 7 ta shimoliy Niderlandiya tumanlarining tan olinishiga erishdi.        
Sharqda va Turkiyada Genrix IV o’zning elchilari Savari de Breva va Jan de
Gonto-Bironaning   mohirlik   bilan   olib   borgan   diplomatik   faoliyatlari   tufayli
Fransiyaning   diniy   urushlardan   keyingi   davrdagi   ta’sir   darajasini   oshirib   oldi.
1535-yilda   Fransisk   I   tomonidan   qo’lga   kiritilgan   imtiyozlar   1604-yilda   qayta
tiklandi,   bunda   Turkiya   bilan   savdo   qilishni   maqsad   qilgan   barcha   davlatlar   o’z
kemalarini   Fransiya   bayrog’i   ostida   yuborishi   shart   etdi.   Bundan   mustasno   holat
sifatida   Angliyani   kiritish   mumkin,   u   1599-yilda   sultonlik   bilan   kelishuv   tufayli
o’z bayrog’i ostida Turkiya bilan savdo olib borardi. Genrix IVning sultonlik bilan
do’stona   aloqalari   imperator(Gabsburg)ni   turk   qo’shini   bosqini   bilan   qo’rqitish
3 uchun   asos   edi,   ispan   qirolini(u   ham   Gabsburg)   esa   turk   floti   bilan   qo’rqitar   edi.
Ikkala holat ham Fransiya xavfsizligining kafolati edi. 
Genrix IVning turk sultonini Yevropadan quvg’in qilish va ularga qarshi salib
yurishlarini   boshlab   yuborish   maqsadi   bor   ekanligi   keng   jamoatchilik
muhokamasida   edi,   bunda   Genrix   IV   jamoachilikda   tarqalgan   gaplarga   halaqit
bermasdi.   Genrix   IV   Germaniya   borasidagi   siyosati   ham   qolganlaridan   farq
qilmasdi,   uning   vakili   Bongar   nemis   protestant   knyazlarini   Genrixning
protestantlikdan   katolik   mazhabiga   o’tishidan   havotir   olishlari   shart   emasligini
tushuntirishga harakat qildi. Qirolning nemis knyazlariga munosabati o’zgarishsiz
qolganligini   alohida   aytib   o’tdi.   Genrix   IV   Gabsburglarga   qarshi   koalitsiyani
yaratishga   muvaffaq   bo’ldi   va   unga   qarshi   kurash   boshladi.   Ammo,   Ravalyak
xanjari uni hayotiga nuqta qo’ydi(1610).  
Rishelye diplomatiyasi
Lyudovik   XIIIning   voyaga   yetmaganligi   borasidagi   bir   necha   yillik
muammolardan   so’ng,   hokimiyatni   o’zining   kuchli   qo’llariga   kardinal   Rishelye
oldi.   U   Fransiyaning   birinchi   vaziri   va   amaldagi   hukmdori   edi.   Rishelye   o’sha
davrdagi o’rta va quyi bo’g’in saroy ayonlari vakili edi. Rishelye tashqi siyosat va
diplomatiyada   Genrix   IVning   “Realistik”   siyosati   davomchisi   edi.   Uning   asosiy
maqsadi Fransiya monarxiyasi qudratini yanada oshirish va Gabsburglar qudratini
so’ndirish   edi.   Genrix   IV   Reyn   daryosini   Fransiyaning   sharqiy   tomondan   tabiiy
chegarasi   deb   hisoblashi   yoki   hisoblamaganligi   bizga   qorong’u.   Uning   ayrim
zamondoshlari   Genrix   IVning   maqsadi   shunday   bo’lganligini   aytib   o’tishgan.
Ammo,   Rishelye   sharqiy   chegaralar   Reyngacha   bo’lishini   ochiqcha   izhor   etardi.
1633-yilda mahalliy protestantlar ustidan g’alabaga erishilgandan so’ng(1628-yilda
Laroshel egallanishi), kardinal qirol Lyudovik XIIIga maktub yo’lladi. Maktubda:
“Agar   qirol   Germaniya   protestantlari   tomonidan   Avstriyaga   qarshi   chiqsa,   ular
Fransiyaga   Reyngacha   bo’lgan   barcha   hududlarni   berishga   tayyorligi”   aytilgandi.
Reyngacha yo’l Lotaringiya orqali o’tgan. Agar bu hudud qo’shib olinsa, Fransiya
hududlarini   Reyngacha   kengaytirish,   undan   tashqari   Flandriyaning   Ispaniyaga
4 qarshi   qo’zg’alon   boshlashi   ehtimolida   –   uni   bo’lib   olishda   qatnashish
imkoniyatlari ham paydo bo’ldi.
Rishelye   nafaqat   qurol   bilan,   balki   targ’ibot   bilan   ham   harakat   qilish
lozimligini   tushunardi.   Rishelye   davrida   Fransiyada   birinchi   gazeta   chop   etila
boshlandi, u Rishelyening rejalarini amalga oshirishda muhim vositalardan biri edi.
Rishelye   o’z   talablarini   yuridik   jihatdan   asoslashga   ham   faol   kirishdi.   Tez   orada
panflet   chop   etilib,   u   “Lotaringiya   gersogligi   va   Barni   Fransiyaga   qo’shib   olish
uchun   eng   yaxshi   yo’l   qaysi?”   sarlavhasi   bilan   chiqdi.   Pamfletda   qirolning
Reyndan   chap   tomondagi   hududlarga   da’vo   qila   olmasligi   aytilgandi,   sababi   bu
daryo 500 yil davomida Fransiya chegarasi sifatida xizmat qilib kelgandi. 
Kardinal Rishelye xizmatida bo’lganlardan yana biri – bu publitsist Shantero-
Lefevr   edi.   U   qadimgi   franklarning   Galliyani   egallaganini   isbotlashga   harakat
qilardi.   U   O’rtayer   dengizi   va   Okean   oralig’idagi   yerlarni   ko’zda   tutgandi,   bu
hududlar Reyn daryosi, Pireney tog’lari va Alp tog’lari oralig’ida joylashgandi. Bu
hududlar qadimdan Galliya deb nomlanib, belglar, keltlar va akvitanlar yerlari edi.
Shu   tariqa,   Shantero-Lefevr   Fransiya   tarkibida   Elzas   va     Lotaringiya,   Savoyya,
Nitssani o’z ichiga olishi zarurligini bildirdi. Shantero-Lefevr Fransiyaning ushbu
hududlarni   olishi   Yevropada   tinchlik   ta’minlanishini   kafolatlashini   aytgandi.   Aks
holda,   Yevropada   qaysi   davlat   fanko-gallar   yerlarini   bosib   olsa,   doimiy   tahdidda
bo’lishi aniq edi. Shantero bu bilan Gabsburglar siyosatiga sha’ma qilardi. Fransuz
publitsistlarining   hududiy   qarashlari   Germaniyani   tugal   ravishda   bo’lib   tashlagan
1648-yildagi   Vestfaliya   kelishuvida   o’z   aksini   topdi.   Rishelye   o’z   publitsistlari
fikrlariga   qo’shilardi.   Rishelyening   “Siyosiy   me’rosida”   shunday   deyilgandi:
“Mening   hokimiyatda   bo’lishimdan   maqsad,   tabiatan   belgilangan   Galliya
chegaralarini qaytarish, gallarga gal-qirolni qaytarish, Galliya hududida Fransiyani
qaror topdirishdan iborat”. 
O’ttiz yillik urush va Vestfaliya kelishuvi
     Rishelye birinchi  vazir  bo’lgan vaqtda (1624-1642) Gabsburglarning yana
kuchayishi   ehtimoli   Fransiyaga   tahdid   soldi.   XVI   asr   oxirlarida   turklarning
Gabsburglar   hududlariga   hujumlari   sustlashdi.   Gabsburglar   o’z   e’tiborini
5 reformatsiyadan   keyingi   davrda   ta’siri   kamayib   borgan   Germaniyaga   qaratishdi.
Protestantlikka   qarshi   kurash   boshlandi,   chunki   protestantlik   nemis   knyazlari
hokimiyatini   mustahkamlab   imperator   hokimiyatiga   qarshi   kurashuvchilarni
birlashtirib turardi. 
Ferdinand II Germaniyani cheklanmagan monarxiya hokimiyati ostida yagona
davlatga   birlashtirmoqchi   edi.   O’ttiz   yillik   urush   boshlandi   (1618-1648),   bu
imperatorning   Germaniyani   o’ziga   bo’ysundirish   borasidagi   oxirgi   urinishi   edi.
Agarda   bu   boradagi   rejalar   Fransiya   yaqinida   amalga   oshirilganda   yirik   davlat
vujudga kelgan bo’lardi. Rishelye  bor  imkoniyatlarini  ishga  solib bu holatga yo’l
qo’ymaslikka   harakat   qildi.   U   Fransiya   siyosatini   davom   ettirgan   holda   katolik
imperatorga   qarshi   bo’lgan   nemis   protestant   knyazlarni   qo’llab-quvvatladi.   Shu
bilan   birga   Rishelye   o’z   hududidagi   fransuz   protestantlarini   Laroshelda   (1628)
yakson qilishda davom etdi. U Daniya qiroli bilan muzokaralar olib bordi. Daniya
qiroli   imperatorning   Shimoliy   Germaniyada,   Shimoliy   va   Boltiq   dengizida
kuchayishidan   xavfsirardi,   shuning   uchun   ham   u   Angliya   va   Gollandiyadan
yordam   olib   imperatorga   qarshi   urushga   kirdi.   Qirol   yakson   qilindi,   Rishelye   bu
vaqtda   gugenotlarni   yo’q   qildi,   Rishelye   bor   imkoniyatini   ishga   solib   Shvetsiya
qiroli Gustav-Adolfni nemis imperatoriga qarshi urushga kirishiga erishdi. 
Rishelyening   barcha   tadbirlaridagi   o’ng   qo’li   XVII   asr   mohir   diplomat
ruhoniysi   Jozef   ota   (Pere   Joseph,   1577-1638).   Uning   asl   faoliyatini   ochib   bergan
fransuz   tarixchisi   Fanye   arxiv   hujjatlarini   batafsil   o’rganib   chiqdi.   Tarixchining
ta’rificha   ruhoniy   otaning   Fransiya   diplomatiyasiga   qo’shgan   hissasi   beqiyosdir.
Jozef   ota   o’zining   boshlig’i   kardinal   Reshelye   bilan   yangi   salib   yurishini   amalga
oshirish orzusini yashirmasdi. Jozef ota Levant davlatlari, Marokash va Efiopiyaga
ko’p   sonli   missionerlarini   doimiy   ravishda   jo’natardi,   ular   bir   vaqtning   o’zida
diplomatik agent ham edilar. Yangi salib yurishlari orzusini amalga oshishi uchun
imperator   mavqeyi   yo’qqa   chiqarilishi   va   nemis   knyazlari   Fransiya   vassaliga
aylanishi   zarur   edi.   Jozef   ota   nemis   kurfyuristlarini   Fransiyaga   og’dirish   uchun
Germaniyada faol ish yuritdi. Uning qilgan ishlaridan yana biri – bu Fransiya bilan
Bavariya   do’stlik   aloqalari   o’rnatilishi   edi.   U   1633-yildan   Fransiyaning   nemislar
6 bo’yicha siyosatiga boshchilik qildi. U Fransiyaning O’ttiz yillik urushga ochiqcha
aralashuvi tarafdori edi. 
30-yillarda   Germaniyaga   Fransiyaning   eng   iqtidorli   diplomatlari   –   Fankan,
Sharnase   va   Marnyevill   jo’natildi.   Ularning   asosiy   vazifasi   nemis   protestant
knyazlarining   Fransiyani   qo’llashiga   erishish   edi.   1631-yil   Rishelye   Shvetsiya
qiroli   Gustav-Adolf   bilan   ittifoq   tuzishga   erishdi.   Fransiya   va   Shvetsiya
“Germaniyaning ozodligini tiklash”ga kelishib olishdi, maqsad imperatorga qarshi
nemis   knyazlarini   qarshi   chiqishini   ta’minlab   1618-yilgacha   bo’lgan   holatga
Germaniyani   qaytarish   edi.   Fransiya   Shvetsiya   qiroliga   har   yili   1   million   livr
subsidiya  yetkazib  turish  majburiyatini  oldi,  evaziga  Shvetsiya  qiroli   imperatorga
qarshi   chiqish   uchun   Germaniyada   30   ming   piyoda   va   6   ming   otliq   qo’shinni
saqlab   turish   majburiyatini   oldi.   Bu   borada   Shvetsiya   Fransiyaga   yo’llanma
qo’shindek xizmat qiladigan bo’ldi, uning vazifasi Fransiyani Germaniyaga qarshi
urushda   qo’llab-quvvatlash   va   imperator   kuchayishini   oldini   olishdan   iborat   edi.
Shvetsiya rozi bo’lishining yana bir sababi, uning Boltiq dengizida o’z manfaatlari
borligi   edi,   chunki   imperatorning   Daniya   ustidan   qozoniladigan   g’alabasi
Boltiqbo’yi   hududlarni   xavf   ostida   qoldirishi   muqarrar   edi.   Shu   tariqa,   Boltiq
dengizi hududidagi yetakchilik kimga o’tishini aniqlash kerak edi. Shvetsiya XVII
asrda   eng   qudratli   Skandinav   davlati   edi.   Urushlar   davomida   Moskva   davlati
Finland   qo’ltig’i   yerlarini   yo’qotgandi.   Shvetsiya   Finland   qo’ltig’ining   g’arbiy
sohillari va Riga qo’ltig’iga ham egalik qilardi. Endilikda ular butun Boltiq dengizi
sohillariga egalik qilib, daryo kechuv yerlarida qal’alar qurishni orzu qilishardi, bu
hududlardan   Polsha   va   Prussiya   pomeshshiklari   G’arbiy   Yevropaga   non   olib
o’tishardi. 1632-yil Gustaf-Adolf o’ldirilganidan so’ng, Fransiya Germaniya ichki
ishlariga   bevosita   aralasha   boshladi,   o’sha   Germaniya   “Ozodligi”   uchun   tizimli
ravishda G’arbiy Germaniya talon taroj qilindi. Germaniyaning birlashuvini yo’qqa
chiqarga bu uzoq muddatli urushlar 1648-yilga kelib yakun topdi. 
Vestfaliya   kelishuvidan   boshlab   diplomatiya   tarixi   Yevroppa   kongresslari
tarixini boshlab beradi. Vestfaliya kelishuvi 1644-yildagi Osnabryuk va Myunster
shaharlaridagi   uzoq   muddatli   kelishuvlardanoq   boshlangandi.   Osnabryukda
7 imperator, nemis knyazlari va Shvetsiya muzokaralari olib borildi; Myunsterda esa
imperator   elchisi,   Fransiya   va   boshqa   davlatlarning   elchilari   qatnashishdi.
Imperatorning   elchisi   va   mohir   diplomat   Traut-Uyansdorfning   asosiy   e’tibori
Shvetsiya   ishtahasini   qondirishga   qaratilgandi,   bunda   Shvetsiyani   Fransiyadan
uzoqlashtirgan holda muzokaralarni qulayroq ko’rinishga keltirish maqsad qilindi.
Ammo,   Shvetsiya   Fransiya   bilan   mustahkam   bog’langandi,   bu   vaqtda   Fransiyani
birinchi   vazir   Mazarini   boshqarib   boshlagandi.   Mazarini   –   Brandenburg
kyurfuristini   Shvetsiyaning   Boltiqdagi   talablari   bilan   qarama-qarshi   qilib   qo’ydi,
bu   bilan   Shvetsiyani   o’ziga   mahkam   bog’ladi.   Trautmasdorfning   muvaffaqiyati,
faqatgina, Gabsburglarning Avstriyadagi mulklarini keyingi bo’linishlardan saqlab
qolishida bo’ldi, bu bilan kelajakdagi paydo bo’lajak Avstriya davlatining hududiy
butunligini   saqlab   qoldi.   Oxirgi   ko’rinishdagi   kelishuv   1648-yil   24-oktabrda
Myunsterda   imzolandi,   u   yerga   bir   muddat   oldinroq   Osnarbryukdan   vakolatli
vakillar yetib kelishgandi. 
Vestfaliya kelishuvining ahamiyatli tomoni shundaki, u Germaniyaning ichki
tuzilishini   tugal   holatga   keltirdi,   undan   tashqari   siyosiy   tarqoqlikni   kuchaytirib
Imperiyaga yakun yasadi.
Vestfaliya   traktati   Yevropa   qit’asi   chegaralarini   belgilab   berishdan   tashqari,
XVIII   asrdagi   fransuz   burjua   inqilobigacha   bo’lgan   davrdagi   barcha   traktat   va
kelishuvlarga asos bo’lib xizmat qildi. 
Nemis   knyazlari   mustaqil   tashqi   siyosat   yuritish   huquqini,   chet   mamlakatlar
bilan   kelishuvlar   tuzish,   urush   e’lon   qilish   va   tinchlik   sulhini   tuzish   huquqlarini
qo’lga   kiritishdi.   Ammo,   bir   shart   bor   edi,   bunda   tashqi   siyosat   Imperiyaga
qaratilmagan   bo’lishi   kerak   edi.   Shunga   qaramay,   bu   shartga   amal   qilinmasdi.
Shvetsiya Sharqiy Yevropadan Gollandiyaga va Angliyaga non mahsulotlari tashib
o’tiladigan Sharqiy Yevropa daryolarining Boltiq va Shimoliy dengizlarga quyilish
hududlarini   o’z   qo’liga   olishga   erishdi.   Fransiya   Elzas   hududini   (Strasburgdan
tashqari) qo’lga kiritdi va oldinroq qo’lga kiritgan 3 ta yepiskoplik – Mets, Tul va
Verdendagi   hukmronligini   mustahkamlab   oldi.   Fransiyaning   “Tabiiy   chegaralar”
borasidagi   g’oyasi   amalda   ro’yobga   chiqa   boshladi.   Kelishuv   Gollandiya   va
8 Shvetsariyaning   Imperiyadan   mustaqil   davlat   bo’lib   ajralib   chiqqanligini
tasdiqlanishiga   olib   keldi.   Kelishuvga   amal   qilinishining   kafolatchilari   sifatida
Fransiya va Shvetsiya davlatlari tayinlandilar. 
Vestfaliya   kelishuvi   Rishelye   siyosatining   muvaffaqiyati   edi,   bu   davrda
kardinal   hayot   bo’lmasa-da(u   1642-yilda   vafot   etgandi)   uning   hissasi   katta   edi.
Uning   siyosati   davomchisi   kardinal   Mazarini   edi.   U   Osnabryuk   va   Myunster
kelishuvlari   vaqtida   Fransiya   hokimiyati   teppasida   edi,   keyinchalik   1659-yilda
Ispaniya   bilan   Pireney   kelishuvini   imzolashga   erishdi.   Bu   kelishuvga   ko’ra
Fransiya   Lyuksemburgning   bir   qismi,   Russilyon,   Artua   va   Gennegauni   qo’shib
oldi,   shu   bilan   Fransiyaning   Yevropadagi   gegemoniyasiga   sharoit   yaratildi.
Myunster   va   Osnabryukda   ilgari   surilgan   “Siyosiy   muvozanat”   g’oyasi
Fransiyaning siyosiy ustunligini ta’minlab berdi. 
Fransiyaning   asosiy   dushmani   –   Imperiya   yo’qqa   chiqdi.   Germaniyada
“Tarixiy   nemis   ozodligi”,   Italiyada   “Siyosiy   ozodlik”   hukm   sura   boshladi.
Umumiy   qilib   aytganda,   bu   ikki   davlat   kuchsizlanib,   Fransiya   ular   bilan
istaganicha   aloqalar   olib   borish   imkoniyatiga   ega   bo’ldi.   Mazarini   bundan   buyon
qo’shnilariga   istaganicha   “Tabiiy   chegaralarni”   belgilashi   mumkin   edi,   bunda
qadimgi   Galliya   yerlari,   Pipin   va   Buyuk   Karl   yerlarini   bahona   qilish   imkoniyati
ochildi.   Aynan   shu   huquqlarni   Lyudovik   XIV   talab   qilishga   harakat   qilib   ko’rdi.
Uning   davrida   mutlaq   monarxiyaning   eng   yuqori   qudratiga   erishdi,   tashqi
siyosatda   ham   Fransiya   ta’siri   kuchaydi.   Aynan   shu   hukmdorning   hokimiyati
ikkinchi davrida qirol hokimiyati zaiflasha bordi. 
Lyudovik XIV diplomatiyasi
      Lyudovik   XIV   hukmdorligining   birinchi   yarmida   (1661-1683)   xalqaro
munosabatlar   Fransiya   uchun   o’ta   qulay   darajada   edi.   Vestfaliya   va   Pireney
kelishuvlari   Fransiyaning   asosiy   dushmanlari   Germaniya   va   ispan
Gabsburglarining  ustidan  to’laqonli   g’alabasi   edi.  Angliyada  Styuartlarning  qayta
tiklanishi   (1660-yildan)   va   burjia   inqilobining   endigina   tugashi   Angliyani
kuchsizlantirdi.   Ingliz   qiroli   Karl   II   parlament   bilan   doimiy   ravishda   qarshilikka
borardi,   ko’makni   chetdan   izlardi,   bunda   esa   ko’makka   Fransiya   tayyor   edi.   Bu
9 bilan   Fransiyaning   Yevropada   qudratli   raqibi   yo’q   edi.   Fransiya   hukmdori   bilan
barcha   davlatlar   hisoblashardi,   fransuz   tili   xalqaro   diplomatiya   tiliga   aylandi,
xalqaro traktatlar ham fransuz tilida olib boriladigan bo’ldi. 
Lyudovik   XIV   franklar   va   gallarga   tarixan   tegishli   yerlar   bo’yicha   tarixiy
izlanishlarni olib borishga barcha imkoniyatlar bor edi. Uning hukmdorligi birinchi
yarmida uning birinchi vaziri – bosh moliya boshqaruvchisi Kolber edi. Lyudovik
XIV   o’zi   haqida   gapirishni   yaxshi   ko’rardi,   ko’pincha   o’ziga-o’zi   birinchi   vazir
ekanligini   jamoatchilikda   aytsada,   amalga   katta   hajmdagi   ishni   Kolber   bajarardi.
Kolber   Fransiyada   manufaktura   rivojida   ko’p   ishlar   qildi,   u   sanoat   va   savdo
manfaatlarini   himoya   qiladigan,   merkantilizm   vakili   edi.   Shimoliy   Amerikadagi
Missisipi (Luiziana) daryosi bo’ylaridagi yirik hududlar fransuzlar mulki deb e’lon
qilindi,   undan   ham   oldin   Akadiya   va   boshqa   koloniyalar   qo’lga   kiritilishidan
Fransiyaning   Shimoliy   Amerikadagi   faol   siyosati   boshlab   yuborildi.   Kolberdan
katta   miqdordagi   ish   yuzasidan   yozishmalar   saqlanib   qolgan.   Uning
yozishmalarida   fransuz   elchilari   faoliyati   bo’yicha   qo’llanma   va   chet   eldagi
vakilliklar   faoliyati   bo’yicha   qo’llanma   mavjud.   1661-yildagi   Kolberning   qirolga
yozgan hisobot maktubida, qirolning sanoat va savdoni qo’llab-quvvatlashi, uning
qudratini   misli   ko’rilmagan   darajaga   olib   chiqishini   bildirdi.   Shu   o’rinda   Kolber
qirolga   solishtirish   maqsadida,   Gollandiyaning   16  ming   savdo   kemasi   mavjudligi
va  Fransiyaning   kemalari   ming   donaga   ham   yetmasligini   aytib  o’tdi.  Shu   sababli
Gollandiya   kemalaridan   ijara   asosida   Fransiyaning   Amerika   yerlariga   yuk
yetkazishga   majbur   bo’lishardi.   Kolberning   asosiy   maqsadlaridan   biri
Gollandiyaning dengizdagi savdo qudratini kamaytirish edi. U Lyudovik XIVning
bosqinchilik yurishlariga halaqit bermasdi. Bunda fransuz burjuaziyasi manfaatlari
himoya qilinsa kifoya edi. Lyudovik XIV gallarga tarixan Belgiya hududi tegishli
bo’lganligini   ilgari   surdi,   ammo   Lyudovik   XIV   va   Kolber   Gollandiyaning
qarshiligi hamda uning diplomatik imkoniyatlarini to’g’ri baholamagan edilar.  
Fransiyadan   cho’chigan   Gollandiya   XVII   asrda   ko’plab   koalitsiyalarga   a’zo
bo’ldi.   Fransiyaning   Belgiyani   bosib   olish   g’oyasining   boshlanishi   “Savdo
10 urushlari”ga   o’tib   ketdi.   Uchta   qudratli   davlat   o’rtasidagi   kurash   dengiz   va
mustamlakachilikdagi  yetakchilik uchun amalga oshirildi. 
Lyudovik XIV urushlari
Lyudovik XIV hukmronligi davrida olib borilgan 4 ta urush ham diplomatik
jihatdan   dars   bo’ladigan   voqeliklar   bo’ldi.   Birinchi   urush   Lyudovik   XIVning
Belgiyani   bosib   olish   maqsadida   boshlangandi,   bu   hudud   golland   inqilobidan
keyingi   davrda   Ispaniya   qo’liga   o’tib   ketgandi.   Urush   uchun   bahona   ham   o’sha
davrga   xos   edi,   undagi   masala   sulolaviy   kurash   edi.   Ispaniyaning   yangi   qiroli
Filipp   IV   ning   o’g’li   Karl   II   (1665-1700)   ikkinchi   nikoh   farzandi   edi,   Flandriya
qonunlariga ko’ra ikkinchi nikoh farzandi merosxo’r bo’la olmasdi, Lyudovik XIV
Filipp   IVning   birinchi   nikohidan   bo’lgan   qiziga   uylangandi,   u   rafiqasi   nomidan
Belgiya taxtiga da’vo qildi. Bunga Gollandiya qarshilik bildirdi, sababi Belgiyadan
keyin Gollandiyaga navbat kelishi mumkin edi. Ochiqcha urushdan oldin, bojxona
urushi   bo’lib   o’tdi.   1667-yilda   Kolber   Gollandiyaga   nisbatan   bir   qancha   cheklov
tariflarini   qo’llagandi,   bunga   javoban   Gollandiya   o’z   bozorlaridan   fransuz
tovarlarini chiqarib tashladi. 
Gollandiya   Angliya   va   Shvetsiya   bilan   ittifoq   tuzdi.   Urush   qisqa   fursatda
yakunlandi   (1667-1668),   lekin   bu   holatda   Fransiyaning   har   qanday   hujumi   javob
harakatlar   tufayli   koalitsiyani   vujudga   keltirishini   ko’rsatdi.   Shuning   uchun
Lyudovik   XIV   Aaxen   kelishuvidagi   bandlarga   asosan,   faqatgina,   chegarabo’yi
qal’alarni   (Lill   va   boshqalarni)   qo’shib   oldi.   Undan   so’ng   yangi   urushga
diplomatik   tayyorgarlikni   boshlab   yubordi.   U   Shvetsiya   qirolini   ittifoqdan
chalg’itdi   va   ingliz   qiroli   Karl   IIga   subsidiya   berdi.   Shundan   so’nggina   urush
boshladi   (1672-1679).   Fransiya   Amsterdamni   deyarli   bosib   olishdi,   ammo
gollandlar   to’g’onlarni   buzib   mamlakatni   suvga   cho’ktirdi,   uning   floti   ingliz-
fransuz   birlashgan   flotini   tor-mor   qildi.   Gollandiyaga   yordam   berish   uchun
kurfyurist   Fridrix-Vilgelm   (“Buyuk   kurfyurist”)   keldi.   U   o’z   chegaralarida
nisbatan   kuchsiz   bo’lgan   Gollandiyani   ko’rishni   istardi,   unga   qudratli   qo’shni
Fransiya kerak emasdi. 
11 Fransiyaga   nemis   va   ispan   Gabsburglari   qarshi   chiqishdi,   ularga   Imperiya
ham qo’shildi. Karl IIning sulolaviy siyosati  inglizlarning o’ziga nomaqbul keldi,
ular   XVII   asrda   Fransiya   timsolida   o’zining   eng   qudratli   raqibini   ko’ra   boshladi.
Inglizlar   o’z   qirolini   Fransiya   bilan   ittifoq  sulhini   buzish   va   urushni   yakunlashga
majbur   qildi.   Fransiyaning   yagona   yutug’i   bu   Brandenburg   bilan   urushga
Shvetsiyani jalb qila olganligi bo’ldi. Ferbellindagi jangda (1675) Fridrix-Vilgelm
Brandenburgskiy   shvedlarni   tor-mor   qildi.   Fransiya   Nimvegenda   1679-yilda
tinchlik   sulhi   tuzishga   majbur   bo’ldi,   unga   ko’ra   Belgiyaning   bir   necha   hududi
Fransiyaga tegdi (Kambre, Valansyen, Fransh Konte hududlari).     
Nimvegen sulhi
Nimvegen   sulhi   Fransiyani   Yevropadagi   eng   qudratli   davlatga   aylantirdi.
Germaniya   imperiyasining   siyosiy   kuchsizligidan   foydalanib,   Lyudovik   XIV
Fransiyaga   chegaradosh   bo’lgan   nemis   yerlarini   qo’shib   ola   boshladi.   Fransiyaga
Germaniyaning turli hududlarini yuridik jihatdan tegishli ekanlgini tasdiqlash bilan
shug’ullanadigan   alohida   palata   tuzildi.   1681-yilda   Lyudovik   XIV   kutilmaganda
Strasburgni  bosib  oldi. Bu vaqtda turklar  faollashib  qolgandi,  bu esa Vena  ustiga
xavf   kelayotganini   anglatardi.   Regensburgdagi   kelishuvga   ko’ra   (1684)   Imperiya
va   Ispaniya   qo’shib   olingan   hududlarni   Lyudovik   XIV   hududlari   ekanligini
tasdiqlashdi. 
Fransuz-golland raqobati. Vilgelm III Oranskiy. Oksensherna.
Fransiyaning   qudrati   tobora   oshib   borishi   butun   Yevropani   havotirga   soldi.
Gollandiya Fransiyaga qarshi koalitsiya tuzdi. Gollandiya respublikasi  hokimiyati
teppasida yetuk siyosiy arbob va diplomat shtatgalter Vilgelm III Oranskiy (1672-
1702)   turgandi.   Lyudovik   XIVning   ikkinchi   urushi   davridayoq   u   to’g’onlarni
buzishni buyurgandi, bu ishi bilan Amsterdamni fransuzlar qo’liga o’tib ketishidan
saqlab   qolgandi.   Nimvegen   sulgidan   so’ng   (1679)   Oranskiy   Fransiyaga   qarshi
qaratilgan   diplomatik   faolligini   oshirdi.   Vilgelmning   imperator   va   kurfyurist
Brandenburgskiy   bilan   yozishmalarida   Fransiyaga   qarshi   umumiy   harakatlar
muhokama   qilingandi.   Uning   diplomatik   mahorati   mevasi   sifatida   paydo   bo’lgan
“Augsburg   ligasi”   mudofaa   ittifoqi   Fransiyaga   qarshi   qaratilgandi.   Ushbu   ligaga
12 imperator,   Ispaniya,   Gollandiya,   Savoyya,   ba’zi   kichik   nemis   knyazlari,   italyan
hukmdorlar   va   eng   hayratlanarlisi   yaqingacha   Fransiya   do’sti   bo’lgan   Shvetsiya
ham qo’shilgan edi. 
XVII   asrning   birinchi   yarmida   Shvetsiya   Germaniyaning   kuchsizlanishi
tarafdori  edi, u ko’p hollarda Fransiya ko’rsatmalariga  ko’ra subsidiyalar  evaziga
harakat   qilardi.   Fransiyaning   XVII   asrning   ikkinchi   yarmida   kuchaya   borishi,
uning   Belgiya   va   Gollandiyaga   yurishlari   hamda   bu   hududlardan   Shvetsiya
tovarlari   kirib-chiqishi   yo’llari   mavjudligi   Shvetsiyani   havotirga   soldi.
Shvetsiyaning   mashhur   diplomati   Oksensherna   –   mavjud   vaziyatda   Shvetsiya
dengiz   davlatlari   –   Angliya   va   Gollandiya   bilan   ittifoqqa   intilishi   zarurligini
bildirgan.   Chunki   ularni   ikkalasi   ham   Fransiya   zaiflashuvi   tarafdorlari   edi.   Shu
bilan   birgalikda   shvedlar   diplomatiyasining   asosiy   vazifasi   –   inglizlar   va
gollandlarning   dengizdagi   raqobatidan   foydalanib,   Shvetsiya   savdosi   uchun   eng
qulay   shartnomaga   erishish   turardi.   1680-yilda   Oksensherna   tashqi   ishlar
vazirligini boshqara boshladi va 1681-yildayoq Vilgelm Oranskiy bilan Fransiyaga
qarshi   ittifoq   tuzdi.   Bu   ittifoq   Oksensherna   diplomatiyasining   yetuk   ishi   edi,
chunki   Angliyadagi   1688-yildagi   “Shonli   inqilob”dan   so’ng   va   Yakov   II
Styuartning   quvg’in   qilinishidan   so’ng,   Vilgelm   Oranskiy   Angliya   qiroli   bo’ldi.
Fransiya   atrofi   dushmanlar   bilan   o’rab   olindi.   Shu   davrdan   boshlab,   Fransiya
Angliya bilan uzoq davom etgan o’zaro kurashga  kirdi. Bu kurash XVIII  asrning
xalqaro munosabatlarini deyarli to’liq qoblab oldi. 
80-yillarda   Lyudovik   XIV   Reyn   bo’ylarini   yana   bosib   ola   boshladi.
Moliyaviy   jihatdan   kamchiliklarni   aytib   turuvchi   Kolber   bu   davrda   hayotda   yo’q
edi,   shuning   uchun   qirolni   ushlab   turuvchi   shaxs   yo’q   edi.   Harbiy   vazir   Luvua
fransuz   saroy   ayonlari   vakillaridan   biri   edi,   u   harbiy   muvaffaqiyatni   orzu   qilib
yashardi.   Uchinchi   urush   boshlandi   (1688-1697),   u   ikki   davlatni   ham   iqtisodiy
parokandalikka   yetakladi.   Bu   Lyudovik   XIVni   to’xtatib   qola   olmadi.   Uning
to’rtinchi   va   oxirgi   urushi   Fransiyani   zavolga   yuzlatdi.   Bu   to’rtinchi   urush   ispan
taxti uchun kurash nomini oldi.        
13

XVII asrda Fransiyaning Yevropadagi gegemoniyasi davri Agar XVI asrda Yevropada yetakchilik Ispaniya qo’lida bo’lsa, XVII asrga kelib qit’ada Fransiya gegemoniyasi boshlandi. Uzoq davom etgan ichki kurashlardan so’ng XVI asr ikkinchi yarmida Fransiya qudratli mutlaq monarxiyaga aylandi. Fransiyaning ko’p sonli dehqonlari soliqlari va badavlat burjuaziyasi xazinani boyishiga olib keldi. Iqtisodiy qudrat yuqoriligi - faol tashqi siyosat olib borishga va Fransiyaning Yevropada birinchi o’ringa chiqishiga imkoniyat berardi. Genrix IV diplomatiyasi Fransiyadagi fuqarolar urushi bilan yakunlangan XVI asrning uzoq va dahshatli urushlari tajribasidan xulosa chiqarildi. Yangi davlatning hududiy kengayish istagi borasidagi har qanday urinishlari boshqa davlatlarning qarshiliklariga duch keldi. Bu esa Fransiyaga qarshi koalitsiyalar paydo bo’lishiga olib keldi. XVII asr arafasida Yevropada siyosat va diplomatiya borasidagi aloqalarda nomutanosibliklar ko’p edi. Genrix IVning zamondosh siyosatchilari va uning yordamchisi Syulli qayd etishicha, bosib olinadigan yer – kelajakda saqlab qolish imkoniyati bo’ladigan yer bo’lishi lozim. Davlatning qudrati o’z chegaralariga ega: bu chegaralarni buzish – unga qarshi dushmanlarning birlashuviga olib keladi. Syulli o’zining mashhur “Les oeconomies royales”(Davlat iqtisodiyoti asoslari) xotira kitobida: “Fransiyaning har bir hukmdori o’z davlati qudratidan yuqori kuch talab etadigan dushmanlik kayfiyatini oshirib boradigan faoliyat olib bormasdan o’zi bilan umumiy manfaatlarga ega bo’lgan do’st va ittifoqchilarni orttirish yo’lini ko’rishi kerak, chunki bu eng ishonchli aloqa sanaladi”. Huddi shu masalada mashhur fransuz diplomati Etyen Paske ham fikr bildirib, har bir hukmdor davlatning chegaralarini mustahkamlashdan oldin, o’zining maqsadlari va umidlarini chegarasini aniq qilib olish zarurligini aytgan. Syulli – Buyuk Karlning imperiyani tiklaganligi, Kapetinglar davrida Fransiya “Tor doiradagi” hududlarda qolganligi hamda bu hududlar hanuzgacha saqlanib qolganligini yaxshi bilardi. Fransiyaning janubiy qismi tabiiy chegara – 1

Pireney bilan ajratilgan. Fransiyaning ilgarigi qudratini tiklash uchun oldindan Fransiya mulki bo’lgan Savoyya, Fransh-Konte, Lotaringiya, Gennegau, Artua, Gollandiya yerlarini qaytarib olishi zarur edi. Shu davrda Fransiya qudratli davlat edi. Syulli ham Fransiyaning butun dunyo va xristianlar ustidan hukmronlik o’rnatishini xohlar edi. Shu gaplardan kelib chiqib, Syulli o’z qiroli g’oyasi deb aytsada, bu ko’proq uning o’zi o’ylab chiqargan g’oyasi deb hisoblash ham mumkin. Syulli so’zlariga ko’ra, Genrix IVning “Buyuk g’oyasi” (“Le grand Dessein”) shundan iborat ediki, Gabsburglarni darajasini Pireney yarim oroli saroy hukmdorlariga tenglashrish, turklar va tatarlarni Osiyoga haydab chiqarish, Vizantiya imperiyasini tiklash va butun Yevropa siyosiy xatirasini o’zgartirib olish maqsad qilingandi. Bunda Yevropa 6 ta merosiy monarxiya, 5 ta saylanadigan monarxiya va 5 ta respublikaga bo’linishi belgilangandi. Bu barcha davlatlar boshiga maxsus kengash qo’yilib, ularning vazifasi davlatlararo, hukumat va fuqarolar ortasidagi tinchlikni tartibga solishdan iborat edi. Bunday o’ziga xos respublikalarning prezidenti sifatida papa belgilangandi; uning birinchi ministri Fransiya bo’lishi ta’kidlandi. Syullining XVII asrdagi “Millatlar ligasi” borasidagi maxfiy g’oyasi oydinlashdi. Bunda Fransiya raqiblarini kuchsizlantirish, vassallarni kuchaytirish, o’zini yuridik jihatdan Fransiyaga bo’ysinuvchi, lekin amalda betaraf davlatlar bilan o’rab olish maqsadi – Genrix IVning birinchi yordamchisining o’sha “Buyuk g’oya”ning asosini tashkil qilardi. Syulli rejalari, faqatgina, uning xotira kitobidan saqlanib qolgan. Amaldagi ishlar bunday g’oyalardan ancha yiroq edi. Buni Genrix IV o’zining amaliy siyosati bilan ham ko’rsatdi. Undan ham ko’proq bunday siyosatni Genrix IVning davomchisi kardinal Rishelye yuqori darajaga yetkazdi. Genrix IV shu davr uchun keng qo’llanilgan “Siyosiy muvozanat”ni saqlash borasidagi ishlarni mohirlik bilan amalga oshirdi. Yangi davlatning milliy ko’rinishda bo’lganligi, uning hududi iqtisodiyoti, madaniyati va tili yakdilligiga olib kelardi hamda bu yagonalikni o’zga davlatlar tajovuzidan himoya qilish ustuvor ahamiyat kasb etdi. Bu esa Yevropada tarixan qaror topgan kuchlar nisbatini saqlab qolish, undan tashqari 2

yangidan kuchayib borayotgan har qanday davlatga qarshi tura oladigan qarshi kuch yaratish maqsad qilindi. Bunday muvozanatni amalda saqlash faqatgina kuch ishlatishga majbur bo’lgunga qadar saqlash mumkin edi. Genrix IV o’z “Prinsiplari”ga amal qilib kelardi, u: “Aholisi ispan tilida so’zlashadigan hududlar – Ispaniyaga, aholisi nemis tilida so’zlashadigan hududlar – Germaniyaga, aholisi fransuz tilida so’zlashadigan hududlar menga tegishli bo’lishi kerak” degan fikr bildirgandi. Genrix IV ikki maqsadni ko’zlardi: Gabsburglar sulolasini kuchsizlantirish va Fransiya manfaatlariga mos keladigan holatlarda Yevropa davlatlari o’rtasidagi muvozanatga aralashish edi. Bu masalada u Angliya bilan munosabatlarini saqlab qoldi, chunki Angliya protestant va Ispaniya dushmani sifatida Fransiya taxtini egallashga ko’maklashgandi. Ammo, shunda ham Genrix IV ingliz dengizchilari va savdogarlari faoliyatiga, Italiya va Sharqdagi ingliz diplomatlari faoliyatiga, umuman inglizlar rejalariga maxfiy ravishda to’sqinlik qilib keldi. Shuning uchun ham Genrix IVning Londondagi elchilari – Tyumeri, Garle de Bomon va La Borderi oldida qiyin bir vazifa turar edi, ular Angliya bilan Yevropada yetakchilik uchun kurash sharoitida ikki davlat o’rtasida do’stona munosabatlarni saqlab qolishi kerak edi. O’zining maqsadlaridagi Gabsburglarni kuchsizlantirish maqsadida Genrix IV Ispaniya va Gollandiya o’rtasidagi tinchlik sulhi tuzilishiga ko’maklashdi. Shu bilan qirol Ispaniyadan mustaqil bo’lib ajralib chiqqan 7 ta shimoliy Niderlandiya tumanlarining tan olinishiga erishdi. Sharqda va Turkiyada Genrix IV o’zning elchilari Savari de Breva va Jan de Gonto-Bironaning mohirlik bilan olib borgan diplomatik faoliyatlari tufayli Fransiyaning diniy urushlardan keyingi davrdagi ta’sir darajasini oshirib oldi. 1535-yilda Fransisk I tomonidan qo’lga kiritilgan imtiyozlar 1604-yilda qayta tiklandi, bunda Turkiya bilan savdo qilishni maqsad qilgan barcha davlatlar o’z kemalarini Fransiya bayrog’i ostida yuborishi shart etdi. Bundan mustasno holat sifatida Angliyani kiritish mumkin, u 1599-yilda sultonlik bilan kelishuv tufayli o’z bayrog’i ostida Turkiya bilan savdo olib borardi. Genrix IVning sultonlik bilan do’stona aloqalari imperator(Gabsburg)ni turk qo’shini bosqini bilan qo’rqitish 3

uchun asos edi, ispan qirolini(u ham Gabsburg) esa turk floti bilan qo’rqitar edi. Ikkala holat ham Fransiya xavfsizligining kafolati edi. Genrix IVning turk sultonini Yevropadan quvg’in qilish va ularga qarshi salib yurishlarini boshlab yuborish maqsadi bor ekanligi keng jamoatchilik muhokamasida edi, bunda Genrix IV jamoachilikda tarqalgan gaplarga halaqit bermasdi. Genrix IV Germaniya borasidagi siyosati ham qolganlaridan farq qilmasdi, uning vakili Bongar nemis protestant knyazlarini Genrixning protestantlikdan katolik mazhabiga o’tishidan havotir olishlari shart emasligini tushuntirishga harakat qildi. Qirolning nemis knyazlariga munosabati o’zgarishsiz qolganligini alohida aytib o’tdi. Genrix IV Gabsburglarga qarshi koalitsiyani yaratishga muvaffaq bo’ldi va unga qarshi kurash boshladi. Ammo, Ravalyak xanjari uni hayotiga nuqta qo’ydi(1610). Rishelye diplomatiyasi Lyudovik XIIIning voyaga yetmaganligi borasidagi bir necha yillik muammolardan so’ng, hokimiyatni o’zining kuchli qo’llariga kardinal Rishelye oldi. U Fransiyaning birinchi vaziri va amaldagi hukmdori edi. Rishelye o’sha davrdagi o’rta va quyi bo’g’in saroy ayonlari vakili edi. Rishelye tashqi siyosat va diplomatiyada Genrix IVning “Realistik” siyosati davomchisi edi. Uning asosiy maqsadi Fransiya monarxiyasi qudratini yanada oshirish va Gabsburglar qudratini so’ndirish edi. Genrix IV Reyn daryosini Fransiyaning sharqiy tomondan tabiiy chegarasi deb hisoblashi yoki hisoblamaganligi bizga qorong’u. Uning ayrim zamondoshlari Genrix IVning maqsadi shunday bo’lganligini aytib o’tishgan. Ammo, Rishelye sharqiy chegaralar Reyngacha bo’lishini ochiqcha izhor etardi. 1633-yilda mahalliy protestantlar ustidan g’alabaga erishilgandan so’ng(1628-yilda Laroshel egallanishi), kardinal qirol Lyudovik XIIIga maktub yo’lladi. Maktubda: “Agar qirol Germaniya protestantlari tomonidan Avstriyaga qarshi chiqsa, ular Fransiyaga Reyngacha bo’lgan barcha hududlarni berishga tayyorligi” aytilgandi. Reyngacha yo’l Lotaringiya orqali o’tgan. Agar bu hudud qo’shib olinsa, Fransiya hududlarini Reyngacha kengaytirish, undan tashqari Flandriyaning Ispaniyaga 4

qarshi qo’zg’alon boshlashi ehtimolida – uni bo’lib olishda qatnashish imkoniyatlari ham paydo bo’ldi. Rishelye nafaqat qurol bilan, balki targ’ibot bilan ham harakat qilish lozimligini tushunardi. Rishelye davrida Fransiyada birinchi gazeta chop etila boshlandi, u Rishelyening rejalarini amalga oshirishda muhim vositalardan biri edi. Rishelye o’z talablarini yuridik jihatdan asoslashga ham faol kirishdi. Tez orada panflet chop etilib, u “Lotaringiya gersogligi va Barni Fransiyaga qo’shib olish uchun eng yaxshi yo’l qaysi?” sarlavhasi bilan chiqdi. Pamfletda qirolning Reyndan chap tomondagi hududlarga da’vo qila olmasligi aytilgandi, sababi bu daryo 500 yil davomida Fransiya chegarasi sifatida xizmat qilib kelgandi. Kardinal Rishelye xizmatida bo’lganlardan yana biri – bu publitsist Shantero- Lefevr edi. U qadimgi franklarning Galliyani egallaganini isbotlashga harakat qilardi. U O’rtayer dengizi va Okean oralig’idagi yerlarni ko’zda tutgandi, bu hududlar Reyn daryosi, Pireney tog’lari va Alp tog’lari oralig’ida joylashgandi. Bu hududlar qadimdan Galliya deb nomlanib, belglar, keltlar va akvitanlar yerlari edi. Shu tariqa, Shantero-Lefevr Fransiya tarkibida Elzas va Lotaringiya, Savoyya, Nitssani o’z ichiga olishi zarurligini bildirdi. Shantero-Lefevr Fransiyaning ushbu hududlarni olishi Yevropada tinchlik ta’minlanishini kafolatlashini aytgandi. Aks holda, Yevropada qaysi davlat fanko-gallar yerlarini bosib olsa, doimiy tahdidda bo’lishi aniq edi. Shantero bu bilan Gabsburglar siyosatiga sha’ma qilardi. Fransuz publitsistlarining hududiy qarashlari Germaniyani tugal ravishda bo’lib tashlagan 1648-yildagi Vestfaliya kelishuvida o’z aksini topdi. Rishelye o’z publitsistlari fikrlariga qo’shilardi. Rishelyening “Siyosiy me’rosida” shunday deyilgandi: “Mening hokimiyatda bo’lishimdan maqsad, tabiatan belgilangan Galliya chegaralarini qaytarish, gallarga gal-qirolni qaytarish, Galliya hududida Fransiyani qaror topdirishdan iborat”. O’ttiz yillik urush va Vestfaliya kelishuvi Rishelye birinchi vazir bo’lgan vaqtda (1624-1642) Gabsburglarning yana kuchayishi ehtimoli Fransiyaga tahdid soldi. XVI asr oxirlarida turklarning Gabsburglar hududlariga hujumlari sustlashdi. Gabsburglar o’z e’tiborini 5