logo

YER SHARI TIRIK ORGANIZMLARI VA ULARNING TURLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.1328125 KB
YER SHARI TIRIK ORGANIZMLARI VA ULARNING TURLARI
Reja:
1.O‘simlik va ularning Yer yuzasida tarqalishi
2.Hayvonlar va geografik muhit
3.Tirik organizmlarni tarqalishi 1. O‘simlik va ularning Yer yuzasida tarqalishi
O‘simlikning   kelib   chiqishi   yerda   hayot   paydo   bo‘lishining   ilk
rivojlanish   davrlariga   to‘g‘ri   keladi.   Bunda   Arxey   erasida   ko‘k-yashil
suvo‘tlar   (sianobak-teriyalar)ga   o‘xshash   organizmlar   paydo   bo‘lgan.
Haqiqiy   suvo‘tlar   proterozoy   erasida,   yashil   va   qizil   suvo‘tlar   paydo
bo‘ganligi   taxmin   qilinadi.   Dastlabki   yuksak   o‘simliklar-   riniofitlar
proterozoy   va   paleozoy   chegarasida   kelib   chiqqanligini   ehtimol   qilish
mumkin.   Ularda   ildiz   o‘rniga   rizoidlari   bo‘lgan.   Karbonda   daraxtsimon
qirqquloqlar   kelib   chiqqan;   permda   ular   o‘rnini   hozirgi   qirqquloqlar
egallagan.   Karbonda   ignabargli   o‘simliklar   paydo   bo‘lgan,   trias   va   yura
davrlarida   ular   keng   tarqalgan.   Bo‘r   davrining   boshlarida   gulli   o‘simliklar
(yopiq urug‘lilar) hosil bo‘lgan va shundan so‘ng ular Yer florasida hukmron
bo‘lib qolgan.
Yerda   mavjud   bo‘lgan   barcha   tirik   organizmlar   hayotida   o‘simliklar
katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamning hayotini o‘simliksiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. 
Yashil   o‘simliklarning   geografik   qobiqdagi   ahamiyati   quyidagilardan
iborat:
-   o‘simliklar   anorganik   moddalardan   organik   birikmalarni   sintezlash
orqali quyosh nuri energiyasini to‘playdi; 
-   ayni   vaqtda   o‘simliklar   atmosferadan   CO
2   gazini   olib,   atmosferaga
deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur bo‘lgan kislorod
chiqaradi   va   shu   yo‘l   bilan   yashil   o‘simliklar   atmosfera   tarkibining
doimiyligini saqdab turadi;
-   o‘simliklar   organik   moddalarni   hosil   qiluvchi   produtsentlar   sifatida
oziq zanjirining asosini tashkil etadi.
Yer yuzidagi o‘simlik turli hayotiy shakllarni hosil qiladi:
- o‘tlar; - butalar;
- daraxtlar;
- lianalar;
- epifitlar va b.
O‘simliklar   hayoti   va   o‘simlik   qoplamining   rivojlanishida   suv   ham
quyosh   radiatsiyasi   kabi   hal   qiluvchi   omildir.   Lekin   issiqlik   bilan   yorug‘lik
miqdori   ekvatordan   qutblarga   tomon   nisbatan   bir   me’yorda   kamayib   borsa,
o‘simliklarning   suv   bilan   ta’minlaganlik   darajasi   zonal-regional   yo‘nalishda
ham,   har   bir   joyning   o‘zida   ham   ancha   murakkab   o‘zgaradi.   Suv   bilan
ta’minlanishdagi   bunday   xilma-xillikka   yog‘inlarning   notekis
taqsimlanishigina   emas,   balki   relefning   notekisligi   natijasida   ularning   qayta
taqsimlanishi   ham   sabab   bo‘ladi.   O‘simliklar   suvga   bo‘lgan   munosabatiga
qarab uch toifaga: gigrofit, mezofit va kserofit o‘simliklarga bo‘linadi.
Gidrofitlar   sernam   joylar   -   botqoqlik,   zax   o‘tloqlar   va   o‘rmonlar,   qayir
o‘simliklaridir.   Ularning   suv   iste’molini   chegaralaydigan   moslamalari   yo‘q.
Aksincha, ularning tuzilishi va morfologiyasi suv ortiqchaligiga moslashgan.
Bunday o‘svmliklar orasida suv o‘simliklari - gidrofitlar alohida ajratiladi.
Kserofitlar - quruq joylar - cho‘l va dashtlar hamda boshqa zonalardagi
quruq yerlar o‘simliklari. Ular o‘z rivojlanishi jarayonida atmosfera va tuproq
nami tanqis sharoitda yashashga moslashgan.
Namlik yetishmaydigan zonalarda vegetatsiyasi qisqa sernam davr bilan
cheklangan   bir   yillik   o‘simliklar   -   efemerlar   va   har   yilgi   vegetatsiya   davri
qioqa ko‘p yillik o‘simliklar - efemeroidlar o‘sadi.
Mezofitlar   -   o‘rtacha   nam   joylar   o‘simliklari.   Bunday   o‘simliklar   Yer
sharida eng ko‘p tarqalgan.
O‘simliklarni   geografik   tarqalishida   ayniqsa   haroratning   ta’siri   juda
katta. Quruklikdagi har xil landshaft turlarining tarqalishi ham shu omil bilan
bog‘liq.  Masalan,  Yevropada  kengbargli  dub  daraxtining  tarqalish  chegarasi yanvar oyining 0° izotermasi bilan chegaralangan bo‘lsa, xurmo daraxtining
shimoliy chegarasi yillik +19° izoterma bilan cheklangan. Havo harorati bilan
hayvonlarning   fiziologik   va   morfologik   tuzilishida,   o‘simliklarning   tashqi
ko‘rinishiga shamolning ta’siri haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud.
Yuqorida   ko‘rsatilgan   omillar   natijasida   materiklarda   geografik
jarayonlarni   bo‘ylama   va   ko‘ndalang   zonalari   vujudga   kelgan.   O‘simliklar
massasini   geografik   mintaqalar   bo‘ylab   tarqalishida   o‘ziga   xos   qonuniyat
mavjud   bo‘lib,   u   asosan   atmosfera   sirkulyatsiyasi   va   radioatsion   chegaralar
bilan   bog‘liq.   Olingan   ma’lumotlarga   qaraganda   biomassaning   eng   ko‘p
miqdori   ekvatorial   mintaqaga   to‘g‘ri   keladi.   Tropik   mintaqaga   borgan   sari
uni miqdori kamayib, mo‘tadil mintaqada yana biroz ko‘payadi.
Hisob-kitoblarga   ko‘ra   okeanda   10   mingga   yaqin   o‘simlik   turi   mavjud.
O‘simliklar   orasida   Dunyo   okeanida   suv   o‘tlarining   turi   ko‘p.   Yashil   suv
o‘tlarining 5000 ga yaqin, diatomlarning ham 5000 ga yaqin turi bor.
O‘simlikning   g‘oyat   xilma-xil   turlaridan   urug‘li   o‘simlik,   asosan,   gulli
o‘simlik   katta   ahamiyatga   ega.   Urug‘li   o‘simlik   oziq-ovqat,   kiyim-kechak,
yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqlarni beradi.
2. Hayvonlar va geografik muhit
Hayvonlar   geografik   muhit   ta’sirida   bo‘lishi   bilan   birga   tabiatga   juda
katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Bunga   sabab   shuki,   hayvonlar   yer   yuzida   juda   faol
tarqaladi   va   o‘simlik   turlariga   qaraganda   3   hissa   ko‘p   (1,7   mln   tur),   lekin
o‘simliklar massasiga qaraganda 2500 marta kam.
Hayvonlarning   geografik   muhit   bilan   bog‘liq   holda   tarqalishiga   ko‘ra
uch   bosqchili   guruhga   ajratiladi:   biotop   –   yashash   sharoiti   har   holda   bir   xil
bo‘lgan, ma’lum tur hayvonlar majmuasi yashaydigan joy. Mas, botqoq, ko‘l,
tayga, qumli cho‘l va b.
Bioxor – hayvonlari turlari majmuasiga nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lgan
biotoplar guruhi. Mas, cho‘l, o‘rmon, tundra. Biosikl – yana katta hudud. Yer yuzida   uchta   biosikl   mavjud.   Quruqlik,   ichki   suv   havzalari,   dengiz   (okean)
lar.
Hayvonlarning   landshaftga   ta’siri   o‘simliklarga   nisbatan   kamroq.
Hayvonlar   mikrorelefni   o‘zgartiradi.   Masalan,   qirchumolilar   uylarining
balandligi 4-4,5 m ga yetadi, kemiruvchi hayvonlar inidan chiqarib tashlagan
do‘ngchalar   cho‘lda   o‘simlik   ko‘payishiga   o‘pqonlar   jarlar,   o‘yiqlar   hosil
bo‘lishiga olib keladi.
Qunduzlar daryolarga to‘g‘on quradilar. Suv sathi ko‘tarilib, atrofni suv
bosadi.   Botqoqlik   ko‘payadi.   Dengiz   suvlarining   suv   tarkibi   ham   hayvonlar
tahsirida   tarkib   topgan.   Hayvonlar   suyaklari   va   chig‘anoqlardan   ohaktosh
qatlamlari hosil bo‘ladi
Hisob-kitoblarga   ko‘ra   okeanda   160   mingga   yaqin   hayvon   bor.
Hayvonlar   ichida   16   ming   baliq   turi,   80   ming   molyuskalar   turi,   20   mingga
yaqin   qisqichbaqasimonlar   turi,   15   mingga   yaqin   sodda   organizmlar   va
boshqalar   mavjud.   Umurtqalilar   orasida   baliqlardan   tashqari   okeanda
toshbaqa  va   ilonlar,  100   ga   yaqin  sutemizuvchi   (kitsimonlar)  hayvon  turlari
mavjud.
Dengiz   organizmlari,   ayniqsa,   ulaming   kattaligi   juda   xilma-xil.
Hayvonot   dunyosi   tarkibida   ham,   o‘simliklari   orasida   ham   ko‘zga
ko‘rinmaydigan   mikroorganizmlardan   tortib,   uzunligi   bir   necha   o‘n   metrga
yetuvchi organizmlar ham bor. Dengiz organizmlarini uchta ekologik guruh:
plankton,   nekton   va   bentosga   ajratish   mumkin.   Ular   asosan   ikkita   oblast   -
dengiz tubi va uning ustidagi suvda yashaydi.
Plankton   (yunonchasiga   –   “muallaq   suzuvchi”)   mikroskopik
organizmlarning   yirik   guruhi   bo‘lib,   suvda   muallaq   yuradi,   dengiz   oqimiga
qarshi yura olmaydi. Suv tubiga cho‘kib ketmasligi uchun ular moslashishga
harakat   qiladilar.   Moslashish   oqim   usulida   yoki   o‘zining   tanasini   massasini
kamaytirish   kerak   yoki   ishqalanish   kuchini   orttirishi   lozim.   Shuning   uchun ularning   har   xil   shakllarini   uchratishimiz   mumkin.   Ularning   ba’zilarining
hajmi   juda   kichik,   ba’zilari   disksimon   yoki   uzun   tuklari,   dumlari   bor.
Planktonlarning   ba’zilari   o‘z   massasini   kamaytirish   uchun   tanasidagi   suv
miqdorini   ko‘paytirishi   lozim,   masalan,   meduza   tanasidagi   suvning   miqdori
95-98   %   gacha   yetadi.   Planktonlarning   asosiy   qismi   200   m   gacha   bo‘lgan
chuqurlikkacha, ayniqsa 25-40 m chuqurlikda yashaydi.
Nekton   (yunonchasiga   “suzuvchi”)   mustaqil   harakat   qiluvchi   suv
organizmlari   baliqlar,   sutemizuvchilar,   molyuskalardan   iborat.   Ularning
ba’zilari   (har   xil   baliqlar,   kitsimonlar,   tulenlar,   dengiz   toshbaqalari,   dengiz
ilonlari, kalmar va osminoglar) uzoq masofaga ko‘chib yura oladilar.
Bentos   (yunonchasiga   “chuqurda   yashovchi”)   dengiz   tubida   yashovchi
organizmlardan   iborat.   Ulardan   ba’zilari   okean   tubiga   yopishib   oladilar,
ba’zilari o‘troq (marjonlar, suv o‘tlari va h.k.) yoki toshlar orasiga o‘yib kirib
ketuvchi   (molyuskalar,   ignali   chuvalchanglar),   o‘rmalab   yuruvchi
(qisqichbaqasimonlar, ignaterili organizmlar), erkin suzib yuruvchi (kambala,
skat) sifatida yashaydilar.
Organizmlar   doimo   mu h itning   xilma-xil   ta’siri   ostida   bo’ladi.   H amma
organizmlar   biosenozlar   ta’sirida   ma’lum   darajada   o’zgartirilgan   noorganik
mu h it   sharoitida   yashaydilar.   Faqatgina   qushlar   uchish   vaqtida   biosenozdan
tashqarida bo’ladi va bevosita tashqi ta’sirini qabul qiladi.
Organizmlarga ta’sir qiladigan muhim elementlari, muhit faktorlari deb
ataladi.   Organizmlarni   yashashini   ta’minlaydigan   muhit   faktorlari,   yashash
sharoiti   deb   ataladi.   Yashash   sharoitiga   suv,   kislorod,   temperatura,   oziq-
ovqat, namlik va boshqalar kiradi.
Har   bir   faktorda   nisbatan,   shu   faktorni   keng   miqyosda   o‘zgarishi
sharoitida   yashay   oladigan   organizmlarni   ajratish   mumkin.   Masalan
temperaturani   katta   o‘zgarishi   sharoitida   yashay   oladigan   evriterm
organizmlar.   Suvdagi   tuz   miqdorini   katta   o‘zgarishi   sharoitida   yashay oladigan   evrigolin   organizmlar.   Namlikni   katta   o‘zgarishi   sharoitida   yashay
oladigan evrigigrobiont organizmlar.
Turli   xil   faktorlarni   xilma-xilligi   sharoitida   yashashga   moslashgan
organizmlar evribiont organizmlar deb ataladi.
Muhit   faktorlarini   faqat   salgina   o‘zgarishi   sharoitida   yashaydigan
stenobiont organizmlar deb ataladi.
Hamma muhit faktorlari quyidagi bir necha gruppalarga birlashtiriladi. 
1. Abiotik   faktorlar.   Bunga   iqlim   faktori   va   edafik   faktorlar,   ya’ni
tuproq, suv va oragrafik faktorlar kiradi.
2. Biotik   faktorlar.   Bunga   o‘simlik   va   hayvonot   dunyosini   faktor
sifatidagi ta’siri kiradi.
3. Antropogen faktorlar.
O‘simliklar vahayvonot dunyosining yer sharigatarqalishi.
Tarqalishining to‘sqinliklari. Biosenozlarni tarkib topishi.
O‘simliklar   va   hayvonot   dunyosining   hozirgi   davr   tarqalish   doirasi,
ularning bir joydan tarqalishi, ikkinchi joyda esa kamayishi yoki yo‘q bo‘lib
ketishi natijasida tarkib topgan. O‘simliklar va hayvonlar boshqa organizmlar
(tirik   borliklar)   bilan   band   bo‘lmagan   quruqlik   yoki   suvda   tarqalib,   uyerda
yangi biosenozlar hosil qiladi. Harakatsiz bo‘lgan o‘simliklar va harakatchan
hisoblanadigan hayvonlarni tarqalish usullari bir biridan farq qiladi.
O‘simliklarni   tarqalishi   ularning   ko‘payishi   prosessida   yuz   beradi.
O‘simliklarni kupayishi parhishlash (shoxlarini tomirlanishi), piyoz tomirlari,
tomirchalari, sporalari, uruglari va ildiz mevalari orqali amalga oshadi. 
Gulli   o‘simliklarni   tarqalishi,   uning   yer   osti   tomirchalari,   parhish
shoxchchalari, piyoztomirlari, ildiz mevalari (kartoshka) va boshqa vigetativ
yo‘l   bilan   amalga   oshadi.   O‘simliklarni   tomirlari   sekin   o‘sadi.   Ularning
o‘sish uzunligi bir yilda 10-15 sm (pirey) to 1,5-3 metrni (saxalingrechixasi) tashkil   qiladi.   Shunday   qilib   o‘simliklarni   tomir   yordamida   tarqalishi   bir
yilda bir necha santimetrdan to 2-3 metrgacha yetadi xolos. 
O‘simliklarni   urug‘   va   mevalari   yordamida   tarqalishi   ancha
progessivroqdir. O‘simliklarni urug‘i o‘zi mustaqil tarqalishi va tashqi muhit
tasirida   tarqalishi   mumkin.   O‘z   urug‘larini   o‘zlari   uloqtirib   tarqaladigan
o‘simliklar   avtoxorlar,   tashiqi   muhit   ta’sirida   tarqaladiganlari   esa   alloxorlar
deb ataladi. 
Avtoxorlar   o‘z   urug‘larini   katta   masofada   uloqtirolmaydilar.   Odiy
teginma, geran, sariq akatsiya, binafsha va boshqalar mevasi pishganda, tezda
ochilib   ketadi   va   urug‘ini   bir   necha   santimetr   masofaga   sochtirib   yuboradi.
Faqatgina   Amerika   tropiklarida   o‘sadigan   xura   krepitans   (nicha-   scheritans)
o‘simligi   o‘z   urug‘ini   3-4   m   masofaga   sochtiraoladi.   Bu   o‘simlikni   mevasi
yorilganda toponcha (revalver) ni ovozini eslatadigan ovoz chiqaradi.
Alloxor o‘simliklar urug‘larini tarqalish usuliga ko‘ra bir necha grupaga:
baroxor, anemoxor, gidroxor, zooxor va antropoxor grupalariga bo‘linadi.
Baroxor o‘simliklar deb, o‘rug‘i dunyo tortishish kuchlari (sila tyajesti)
ta’sirida   tarqaladigan   o‘simliklarga   aytiladi.   Anemoxor   o‘simliklarga   urig‘i
shamol   vositasida   tarqaladigan   o‘simliklar   (zamburug‘lar,   grushankalar,
qayrag‘och,   aylant,   zarang,   buk,   lipa,   bignoni,   djuzgun,   tol,   terak,   kandur,
kipreya, kuray, tuya o‘ti, (salonchak astrasi) kiradi.
Gidroxor   o‘simliklarga   urug‘i   suv   bilan   tarqaladigan   o‘simliklar   kiradi.
Ular faqatgina suvo‘tlarini zmas, balki daryo va dengiz yoqalarida o‘sadigan
o‘simliklarni   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Masalan   kanallar   bo‘ylab   baxsh   daryosi
vodiysida   suv   yordamida   qishloq   xo‘jaligi   uchun   zararli   bo‘lgan   g‘umoy
utloqlari   tarqalgan.   Xuddi   shu   yo‘l   bilan   Tinch   okeanining   tropik   zonasi
orollarida   kakos   palmasi   tarqalgan.   Ba’zan   suv   faqatgina   urug‘larni   emas
balki daraxtlarni ham oqizib ketadi. Bunday holda daraxlar tanasi va shoxlari
parazit   va   epifit   holda   yashaydigan   organizmlar   ham   tarqaladi.   Daraxtlar orqali   bazi   bir   umurtqasiz   va   hatto   umurtqali   hayvonlar   ham   tarqalishi
mumkin.
Zooxor   o‘simliklarga   hayvonlar   yordamida   tarqaladigan   o‘simliklar
kiradi.   Hayvonlar   birinchidan   o‘simlik   urug‘larini   yutib   yuborish   va   hazm
qilolmaganlorini   chiqarib   yuborish   yo‘li   ya’ni(endozoxor   yo‘l   bilan)
tarqatishga sabab bo‘ladilar. Masalan golubika, chernika va busnikani xuddi
shu   yo‘l   bilan  qushlar  tarqatgani  aniqlangan.  Chermuxa   va   malinani  ayiqlar
tarqatgani   ma’lum.   Davran   ikki   tur   o‘simlikni   7   dona   urug‘ni   hazm
qilolmaslik yo‘li bilan chigirtka tarqatgani aniqlangan. 
Hayvonlar   aktiv   va   passiv   yo‘l   bilan   tarqaladi.   Hayvonlarni   tarqalishga
qobiliyatliligi  (vagilnost)  deb  ataladi.  Dengiz  tarqalish   vositasini  biri  dengiz
oqimi   hisoblanadi.   Dengiz   oqimini   tezligi   (golfstram   oqimi)   1soatga   5   km-
dan   iborat.   Oqimlar   odatda   kam   harakatli   xilma-xil   vakillarini   tarqatadi.
Bular meduza va qilga o‘xshash xivchin bilan harakat qiladigan mikroskopik
jonivorlardan iborat. Dengiz oqimlari ko‘p miqdorda bentos (dengiz ostidagi
subsitrat hayavonlarini ular lichinka (tuxum) stadiyasida bo‘lgan va plankton
holatda   bo‘lgan   vaqida   tarqatadi.   Shunday   qilib   faqatgina   kam   harakatli
organizmlargina   emas   balki   o‘troq   hayvonlar   ham   katta   masovfalarga
tarqaladi. Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

YER SHARI TIRIK ORGANIZMLARI VA ULARNING TURLARI Reja: 1.O‘simlik va ularning Yer yuzasida tarqalishi 2.Hayvonlar va geografik muhit 3.Tirik organizmlarni tarqalishi

1. O‘simlik va ularning Yer yuzasida tarqalishi O‘simlikning kelib chiqishi yerda hayot paydo bo‘lishining ilk rivojlanish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bunda Arxey erasida ko‘k-yashil suvo‘tlar (sianobak-teriyalar)ga o‘xshash organizmlar paydo bo‘lgan. Haqiqiy suvo‘tlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvo‘tlar paydo bo‘ganligi taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak o‘simliklar- riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz o‘rniga rizoidlari bo‘lgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; permda ular o‘rnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli o‘simliklar paydo bo‘lgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Bo‘r davrining boshlarida gulli o‘simliklar (yopiq urug‘lilar) hosil bo‘lgan va shundan so‘ng ular Yer florasida hukmron bo‘lib qolgan. Yerda mavjud bo‘lgan barcha tirik organizmlar hayotida o‘simliklar katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamning hayotini o‘simliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yashil o‘simliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati quyidagilardan iborat: - o‘simliklar anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini to‘playdi; - ayni vaqtda o‘simliklar atmosferadan CO 2 gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur bo‘lgan kislorod chiqaradi va shu yo‘l bilan yashil o‘simliklar atmosfera tarkibining doimiyligini saqdab turadi; - o‘simliklar organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi. Yer yuzidagi o‘simlik turli hayotiy shakllarni hosil qiladi: - o‘tlar;

- butalar; - daraxtlar; - lianalar; - epifitlar va b. O‘simliklar hayoti va o‘simlik qoplamining rivojlanishida suv ham quyosh radiatsiyasi kabi hal qiluvchi omildir. Lekin issiqlik bilan yorug‘lik miqdori ekvatordan qutblarga tomon nisbatan bir me’yorda kamayib borsa, o‘simliklarning suv bilan ta’minlaganlik darajasi zonal-regional yo‘nalishda ham, har bir joyning o‘zida ham ancha murakkab o‘zgaradi. Suv bilan ta’minlanishdagi bunday xilma-xillikka yog‘inlarning notekis taqsimlanishigina emas, balki relefning notekisligi natijasida ularning qayta taqsimlanishi ham sabab bo‘ladi. O‘simliklar suvga bo‘lgan munosabatiga qarab uch toifaga: gigrofit, mezofit va kserofit o‘simliklarga bo‘linadi. Gidrofitlar sernam joylar - botqoqlik, zax o‘tloqlar va o‘rmonlar, qayir o‘simliklaridir. Ularning suv iste’molini chegaralaydigan moslamalari yo‘q. Aksincha, ularning tuzilishi va morfologiyasi suv ortiqchaligiga moslashgan. Bunday o‘svmliklar orasida suv o‘simliklari - gidrofitlar alohida ajratiladi. Kserofitlar - quruq joylar - cho‘l va dashtlar hamda boshqa zonalardagi quruq yerlar o‘simliklari. Ular o‘z rivojlanishi jarayonida atmosfera va tuproq nami tanqis sharoitda yashashga moslashgan. Namlik yetishmaydigan zonalarda vegetatsiyasi qisqa sernam davr bilan cheklangan bir yillik o‘simliklar - efemerlar va har yilgi vegetatsiya davri qioqa ko‘p yillik o‘simliklar - efemeroidlar o‘sadi. Mezofitlar - o‘rtacha nam joylar o‘simliklari. Bunday o‘simliklar Yer sharida eng ko‘p tarqalgan. O‘simliklarni geografik tarqalishida ayniqsa haroratning ta’siri juda katta. Quruklikdagi har xil landshaft turlarining tarqalishi ham shu omil bilan bog‘liq. Masalan, Yevropada kengbargli dub daraxtining tarqalish chegarasi

yanvar oyining 0° izotermasi bilan chegaralangan bo‘lsa, xurmo daraxtining shimoliy chegarasi yillik +19° izoterma bilan cheklangan. Havo harorati bilan hayvonlarning fiziologik va morfologik tuzilishida, o‘simliklarning tashqi ko‘rinishiga shamolning ta’siri haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Yuqorida ko‘rsatilgan omillar natijasida materiklarda geografik jarayonlarni bo‘ylama va ko‘ndalang zonalari vujudga kelgan. O‘simliklar massasini geografik mintaqalar bo‘ylab tarqalishida o‘ziga xos qonuniyat mavjud bo‘lib, u asosan atmosfera sirkulyatsiyasi va radioatsion chegaralar bilan bog‘liq. Olingan ma’lumotlarga qaraganda biomassaning eng ko‘p miqdori ekvatorial mintaqaga to‘g‘ri keladi. Tropik mintaqaga borgan sari uni miqdori kamayib, mo‘tadil mintaqada yana biroz ko‘payadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra okeanda 10 mingga yaqin o‘simlik turi mavjud. O‘simliklar orasida Dunyo okeanida suv o‘tlarining turi ko‘p. Yashil suv o‘tlarining 5000 ga yaqin, diatomlarning ham 5000 ga yaqin turi bor. O‘simlikning g‘oyat xilma-xil turlaridan urug‘li o‘simlik, asosan, gulli o‘simlik katta ahamiyatga ega. Urug‘li o‘simlik oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg‘i, qurilish materiallari va boshqlarni beradi. 2. Hayvonlar va geografik muhit Hayvonlar geografik muhit ta’sirida bo‘lishi bilan birga tabiatga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunga sabab shuki, hayvonlar yer yuzida juda faol tarqaladi va o‘simlik turlariga qaraganda 3 hissa ko‘p (1,7 mln tur), lekin o‘simliklar massasiga qaraganda 2500 marta kam. Hayvonlarning geografik muhit bilan bog‘liq holda tarqalishiga ko‘ra uch bosqchili guruhga ajratiladi: biotop – yashash sharoiti har holda bir xil bo‘lgan, ma’lum tur hayvonlar majmuasi yashaydigan joy. Mas, botqoq, ko‘l, tayga, qumli cho‘l va b. Bioxor – hayvonlari turlari majmuasiga nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lgan biotoplar guruhi. Mas, cho‘l, o‘rmon, tundra. Biosikl – yana katta hudud. Yer

yuzida uchta biosikl mavjud. Quruqlik, ichki suv havzalari, dengiz (okean) lar. Hayvonlarning landshaftga ta’siri o‘simliklarga nisbatan kamroq. Hayvonlar mikrorelefni o‘zgartiradi. Masalan, qirchumolilar uylarining balandligi 4-4,5 m ga yetadi, kemiruvchi hayvonlar inidan chiqarib tashlagan do‘ngchalar cho‘lda o‘simlik ko‘payishiga o‘pqonlar jarlar, o‘yiqlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Qunduzlar daryolarga to‘g‘on quradilar. Suv sathi ko‘tarilib, atrofni suv bosadi. Botqoqlik ko‘payadi. Dengiz suvlarining suv tarkibi ham hayvonlar tahsirida tarkib topgan. Hayvonlar suyaklari va chig‘anoqlardan ohaktosh qatlamlari hosil bo‘ladi Hisob-kitoblarga ko‘ra okeanda 160 mingga yaqin hayvon bor. Hayvonlar ichida 16 ming baliq turi, 80 ming molyuskalar turi, 20 mingga yaqin qisqichbaqasimonlar turi, 15 mingga yaqin sodda organizmlar va boshqalar mavjud. Umurtqalilar orasida baliqlardan tashqari okeanda toshbaqa va ilonlar, 100 ga yaqin sutemizuvchi (kitsimonlar) hayvon turlari mavjud. Dengiz organizmlari, ayniqsa, ulaming kattaligi juda xilma-xil. Hayvonot dunyosi tarkibida ham, o‘simliklari orasida ham ko‘zga ko‘rinmaydigan mikroorganizmlardan tortib, uzunligi bir necha o‘n metrga yetuvchi organizmlar ham bor. Dengiz organizmlarini uchta ekologik guruh: plankton, nekton va bentosga ajratish mumkin. Ular asosan ikkita oblast - dengiz tubi va uning ustidagi suvda yashaydi. Plankton (yunonchasiga – “muallaq suzuvchi”) mikroskopik organizmlarning yirik guruhi bo‘lib, suvda muallaq yuradi, dengiz oqimiga qarshi yura olmaydi. Suv tubiga cho‘kib ketmasligi uchun ular moslashishga harakat qiladilar. Moslashish oqim usulida yoki o‘zining tanasini massasini kamaytirish kerak yoki ishqalanish kuchini orttirishi lozim. Shuning uchun