logo

Yerdan foydalanish huquqining vujudga kelish va bekor bo’lish asoslari

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.3935546875 KB
Yerdan foy dalanish huquqini ng v ujudga
k elish v a bek or bo’li sh asoslari
Reja:
1.   Yerdan foydalanish huquqi tushunchasi va 
turlari
2. Yerdan foydalanish huquqining vujudga kelish 
asoslari
3. Yerdan foydalanish huquqining bekor qilinishi 
tartibi
4. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar              O’zbek ist on Respublik asi Yer k odek sining 17-
moddasi da yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga
bo‘lgan huquqlari belgilab berilgan. Ushbu moddaga asosan 
yuridik va jismoniy shaxslar meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) 
foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer 
uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin. 
Ko‘rinib turibdiki:
 Doimiy egalik (foydalanish) asosida;
 Muddatli (vaqtincha);
 Ijara asosida;
 Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish asosida;
 Xususiy mulk huquqi asosida yerdan foydalanish yerdan 
foydalanish huquqi shakllarini tashkil etadi.
              Yer k odek sining 49-moddasi ga muvofiq Yuridik va 
jismoniy shaxslarga muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun 
yer osti va yer usti muhandislik inshootlarini, shuningdek 
muddatli (vaqtincha) foydalaniladigan obyektlarni qurish yoki 
joylashtirish, foydali qazilmalarni qazib olish;
Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab 
chiqarish xo‘jaliklariga, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo‘jalik
tashkilotlariga – ilmiy-tadqiqot va o‘quv maqsadlari, tovar 
qishloq xo‘jaligini yuritish va ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun 
beriladi.
            Yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish 
qisqa muddatli – uch Yilgacha va uzoq muddatli – uch yildan  o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish zaruriyati taqozo 
etganda bu muddatlar berilgan muddatidan ortiq bo‘lmagan 
davrga uzaytirilishi mumkin. Yer uchastkalaridan muddatli 
(vaqtincha) foydalanish muddatlarini uzaytirish shu 
uchastkalarni bergan davlat organlari tomonidan amalga 
oshiriladi.
            Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish huquqi huquq tizimidagi va qonunchiligimizdagi 
yangi tushunchalardan biridir. Yer uchastkasiga meros qilib 
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yerdan foydalanish 
huquqi institutining subinstitutlaridan biri bo‘lib, uning asosiy 
xususiyati yer uchastkasining umrbod egalik uchun berilishi, 
avloddan-avlodga qonuniy meros orqali o‘tish, uy-joyga, 
chorbog‘ga mulk huquqi asosida ega bo‘lish oqibatida kelib 
chiqish kabilarda ko‘rinadi. Bu huquq O‘zbekiston 
Respublikasining Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jalik koopyerativlari 
(shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 
qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda o‘zining huquqiy 
asoslarini topgan. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan 
umrbod egalik qilish huquqi deganda dehqon xo‘jaligi yuritish, 
yakka tartibda uy-joy qurish, jamoa Bog‘dorchiligi va 
uzumchiligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalaridan 
foydalanish bo‘yicha munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy 
qoidalar yig‘indisi tushuniladi.
          Yer ijarasi to‘g‘risidagi tushuncha O‘zbekiston 
Respublikasida “Ijara to‘g‘risida” qonunning 1-moddasida 
keltirilgan. Ushbu moddaga ko‘ra, ijara –shartnoma asosida 
yerga, boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek, xo‘jalik 
faoliyatini va o‘zga faoliyatlarni mustaqil ravishda amalga 
oshirish uchun ijarachiga zarur bo‘lgan mol-mulkka haq to‘lash 
evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdir. Demak,  yer ijarasi – bu mulk egasi (davlat yoki uning mahalliy 
hokimiyat organlari) tomonidan yer uchastkalarini shartnoma 
asosida boshqa foydalanuvchiga (ijarachiga) mustaqil xo‘jalik 
faoliyatini amalga oshirish uchun, qoidaga ko‘ra, ma’lum haq 
evaziga va ma’lum muddatga berish shaklidir. Yer ijarasi 
huquqining vujudga kelish asosi bo‘lib ijara shartnomasi 
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida “Ijara to‘g‘risida”gi 
qonunining 11-moddasiga ko‘ra, ijaraga beruvchi bilan 
ijarachining munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat 
ijara shartnomasidir. Bunday shartnoma ixtiyoriylik va 
tomonlarning to‘la teng huquqliligi asosida tuziladi. Yer ijarasi 
shartnomasi huquqiy xaraktyerga ega bo‘lib, uni imzolagan 
tomonlar uchun bajarilishi majburiydir. Bu shartnoma, asosan 
yozma shaklda tuziladi. Unda yer uchastkasining miqdori, 
uning aniq chegaralari, joylashgan o‘rni, ijara haqi, yerni 
Ijaraga berish muddati, ijaraga beruvchi va ijarachining yerdan 
foydalanishdagi huquq va majburiyatlari va boshqalar 
belgilanadi. Yer-ijaraviy huquqiy munosabatlarning subyektlari 
yerni berish va olish xaraktyeriga ko‘ra ijaraga beruvchi va 
ijarachilarga bo‘linadi. Fuqarolarning yer uchastkalariga meros 
qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining vujudga 
kelishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib tuman (shahar) hokimining 
fuqaroga yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori hisoblanadi. 
Fuqaroning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
      
           Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga 
nisbatan bo‘lgan huquqiy munosabatlari, qonunlarda 
belgilangan tartib va asoslarda vujudga keladi.  Yer 
Uchast k asiga nisbat an bo’lgan huquqining v ujudga k elish 
asoslari v a t art ibi  o‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi, 
Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida, Dehqon xp‘jaligi to‘g‘risida, ijara  to‘g‘risida va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan. Yer 
uchastkalariga nisbatan huquqlar yer kodeksining 17-
moddasida belgilangan shakllarda vujudga kelishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 33- moddasiga 
muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga 
olish to‘g‘risidagi guvohnoma yer uchastkasiga bo‘lgan 
huquqni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Yer uchastkasiga 
bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik va jismoniy 
shaxslarga yer uchastkasi berish (ajratish) to‘g‘risidagi qaroriga
yoki ijara, oldi-sotdi shartnomasiga hamda yer uchastkasini 
o‘zga shaxsga o‘tkazishning boshqa turlariga, yer uchastkasiga
bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderiga, 
mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qaroriga
asosan beriladi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ushbu huquq 
belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin 
kuchga kiradi. Yer uchastkalariga nisabtan huquqni vujudga 
kelishi avvalambor yer ajratish kabi huquqiy tadbirni amalga 
oshirish bilan vujudga keladi. Yer uchastkalarini ajratib berish 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, 
Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni 
belgilovchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar ana shu 
huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi va davlat ro’yxatiga olish kabi yuridik harakat yer 
uchastkalariga nisbatan vujudga keladigan huquqning eng 
asosiy qismi hisoblanadi. Yer uchastkalariga egalik qilish va 
ulardan foydalanish huquqlari tuman, shahar, viloyat 
hokimining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
kengashining hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining yer berish to‘g‘risidagi qarorlari asosida 
ro‘yxatga olinadi. 
           Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son
qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan 
huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”[1] 
nizomga tayangan holda shuni ta’kidlash joizki, Yer 
uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish rasmiy, 
majburiy harakat bo‘lib, uning asosida yuridik va jismoniy 
shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari belgilanadi 
va ro‘yxatga olingan paytdan boshlab vujudga kelgan deb 
e’tirof etiladi. Yer uchastkasiga huquqning vujudga kelish 
jarayonini muayyan yer uchastkasiga yuridik yoki jismoniy 
shaxsning huquqlarini dastlabki tarzda belgilash opyeratsiyasi 
sifatida tavsiflash mumkin. Binoga, imoratga va inshootga 
bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tishi natijasida yuzaga 
kelgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish 
huquqi ana shu mulklarning oldi-sottisi, almashtirilganligi, 
hadya etilganligi, vasiyat qilinganligi to‘g‘risidagi tegishli 
shartnomalar va yer uchastkasiga oid tegishli hujjatlar asosida 
ro‘yxatga olinadi. 
           Yerga egalik  qilish v a undan foy dalanish huquqini 
bek or qilish  deganda foydalanish uchun berib qo‘yilgan yer 
uchastkalarini tegishli davlat organlari tomonidan qaytarib 
olish va shu yer uchastkasini bundan keyin o‘sha foydalanuvchi
ishlata olish huquqiga ega emasligi tushuniladi. Yerga egalik 
qilish va undan foydalanish huquqini bekor bo‘lish asoslari 
O‘zbekiston Respublikasi yer Kodeksining 36-moddasida 
ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra yer uchastkasiga yoki uning bir 
qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli
foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish 
huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:  yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;
 yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda;
 yuridik shaxs tugatilganda;
 xizmatda foydalanish uchun chek yer berib qo‘yishga asos 
bo‘lgan mehnatga oid munosabatlar bekor bo‘lganda, agar 
qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa;
 yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda 
foydalanilganida;
 yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda, bu qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun hosildorlik darajasi uch 
yil mobaynida normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) past 
bo‘lishida ifodalanganda;
 yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning 
kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik 
vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan 
foydalanilgan taqdirda;
 qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yer solig‘i, 
shuningdek ijaraga olish shartnomasida belgilangan 
muddatlarda ijara haqi muntazam to‘lanmay kelinganda;
 qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasidan 
bir yil mobaynida va qishloq xo‘jaligi sohasiga taalluqli 
bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil 
mobaynida foydalanilmaganida; 
 meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini 
beruvchi order kimoshdi savdosi asosida sotib olinganidan 
keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida 
foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib 
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi garovda bo‘lgan 
taqdirda esa — garov shartnomasi muddati mobaynida 
foydalanilmaganida.           Shunisi xarakterliki yer uchastkalariga bo‘lgan 
huquqlarning bekor bo‘lishi ham davlat ro‘yxatiga olinishi 
lozim.
           Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi 
Reyestrga huquqning bekor qilinganligi haqidagi hujjatning 
nomini hamda uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli 
yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga bo‘lgan
huquqlarning bekor qilinishi munosabati bilan yuridik va 
jismoniy shaxslar yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ilgari berilgan hujjatlarni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga qaytarishga majbur va 
ushbu hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
        Xulosa qilib aytganda, yerdan foydalanish bu ma’lum bir 
maqsadda, yerning holati va unumdorligini buzmasdan,uning 
holatini yaxshilash tadbirlarini ko’rgan holda foydalanish 
hisoblanadi. Yerdan foydalanish huquqining yuqorida 
ko’rsatilgan qator turlari mavjud bo’lib, bu huquq faqatgina 
davlat ro’yxatidan o’tkazilgandagina vujudga keladi va bekor 
bo’ladi.  Foy dalanilgan adabiy ot lar:
1. O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 17-33-
49-moddalari
2. O’zbekiston Respublikasi Ijara to’g’risida”gi 
Qonun 19.11.1991. 11-modda
3. “Yer huquqi” dasrlik, Toshkent irrigatsiya va 
qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash instituti 
mualliflar jamoasi, Toshkent-2020. 36-51-
betlar
4. “Yer huquqi” darslik, G.Uzaqova, Toshkent-
2024. 51-56-betlar 5. lex.uz
6. tsul.library.uz

Yerdan foy dalanish huquqini ng v ujudga k elish v a bek or bo’li sh asoslari Reja: 1. Yerdan foydalanish huquqi tushunchasi va turlari 2. Yerdan foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari 3. Yerdan foydalanish huquqining bekor qilinishi tartibi 4. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

O’zbek ist on Respublik asi Yer k odek sining 17- moddasi da yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari belgilab berilgan. Ushbu moddaga asosan yuridik va jismoniy shaxslar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin. Ko‘rinib turibdiki:  Doimiy egalik (foydalanish) asosida;  Muddatli (vaqtincha);  Ijara asosida;  Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish asosida;  Xususiy mulk huquqi asosida yerdan foydalanish yerdan foydalanish huquqi shakllarini tashkil etadi. Yer k odek sining 49-moddasi ga muvofiq Yuridik va jismoniy shaxslarga muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun yer osti va yer usti muhandislik inshootlarini, shuningdek muddatli (vaqtincha) foydalaniladigan obyektlarni qurish yoki joylashtirish, foydali qazilmalarni qazib olish; Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklariga, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo‘jalik tashkilotlariga – ilmiy-tadqiqot va o‘quv maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish va ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun beriladi. Yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish qisqa muddatli – uch Yilgacha va uzoq muddatli – uch yildan

o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish zaruriyati taqozo etganda bu muddatlar berilgan muddatidan ortiq bo‘lmagan davrga uzaytirilishi mumkin. Yer uchastkalaridan muddatli (vaqtincha) foydalanish muddatlarini uzaytirish shu uchastkalarni bergan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi huquq tizimidagi va qonunchiligimizdagi yangi tushunchalardan biridir. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yerdan foydalanish huquqi institutining subinstitutlaridan biri bo‘lib, uning asosiy xususiyati yer uchastkasining umrbod egalik uchun berilishi, avloddan-avlodga qonuniy meros orqali o‘tish, uy-joyga, chorbog‘ga mulk huquqi asosida ega bo‘lish oqibatida kelib chiqish kabilarda ko‘rinadi. Bu huquq O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jalik koopyerativlari (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda o‘zining huquqiy asoslarini topgan. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi deganda dehqon xo‘jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish, jamoa Bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar yig‘indisi tushuniladi. Yer ijarasi to‘g‘risidagi tushuncha O‘zbekiston Respublikasida “Ijara to‘g‘risida” qonunning 1-moddasida keltirilgan. Ushbu moddaga ko‘ra, ijara –shartnoma asosida yerga, boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek, xo‘jalik faoliyatini va o‘zga faoliyatlarni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga zarur bo‘lgan mol-mulkka haq to‘lash evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdir. Demak,

yer ijarasi – bu mulk egasi (davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organlari) tomonidan yer uchastkalarini shartnoma asosida boshqa foydalanuvchiga (ijarachiga) mustaqil xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun, qoidaga ko‘ra, ma’lum haq evaziga va ma’lum muddatga berish shaklidir. Yer ijarasi huquqining vujudga kelish asosi bo‘lib ijara shartnomasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida “Ijara to‘g‘risida”gi qonunining 11-moddasiga ko‘ra, ijaraga beruvchi bilan ijarachining munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat ijara shartnomasidir. Bunday shartnoma ixtiyoriylik va tomonlarning to‘la teng huquqliligi asosida tuziladi. Yer ijarasi shartnomasi huquqiy xaraktyerga ega bo‘lib, uni imzolagan tomonlar uchun bajarilishi majburiydir. Bu shartnoma, asosan yozma shaklda tuziladi. Unda yer uchastkasining miqdori, uning aniq chegaralari, joylashgan o‘rni, ijara haqi, yerni Ijaraga berish muddati, ijaraga beruvchi va ijarachining yerdan foydalanishdagi huquq va majburiyatlari va boshqalar belgilanadi. Yer-ijaraviy huquqiy munosabatlarning subyektlari yerni berish va olish xaraktyeriga ko‘ra ijaraga beruvchi va ijarachilarga bo‘linadi. Fuqarolarning yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib tuman (shahar) hokimining fuqaroga yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori hisoblanadi. Fuqaroning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga nisbatan bo‘lgan huquqiy munosabatlari, qonunlarda belgilangan tartib va asoslarda vujudga keladi. Yer Uchast k asiga nisbat an bo’lgan huquqining v ujudga k elish asoslari v a t art ibi o‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi, Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida, Dehqon xp‘jaligi to‘g‘risida, ijara

to‘g‘risida va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan. Yer uchastkalariga nisbatan huquqlar yer kodeksining 17- moddasida belgilangan shakllarda vujudga kelishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 33- moddasiga muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkasi berish (ajratish) to‘g‘risidagi qaroriga yoki ijara, oldi-sotdi shartnomasiga hamda yer uchastkasini o‘zga shaxsga o‘tkazishning boshqa turlariga, yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderiga, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qaroriga asosan beriladi. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi. Yer uchastkalariga nisabtan huquqni vujudga kelishi avvalambor yer ajratish kabi huquqiy tadbirni amalga oshirish bilan vujudga keladi. Yer uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar ana shu huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va davlat ro’yxatiga olish kabi yuridik harakat yer uchastkalariga nisbatan vujudga keladigan huquqning eng asosiy qismi hisoblanadi. Yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlari tuman, shahar, viloyat hokimining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar