logo

Yoshlarni iqtisodiy va ekologik tarbiyalash.

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.8271484375 KB
Yoshlarni  iqtisodiy  va  ekologik tarbiyalash.
R EJ A :
1. Iqtisodiy tarbiyaning mohiyati, maqsad va vazifalari.
2. Ekologik tarbiya haqida tushuncha.
3. Ekologik tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari.
4. Ekologik tarbiyaning vositalari . Iqtisodiy   tarbiya .   O’tgan   asrning   30-yillaridan   boshlab   o’quvchilarga
iqtisodiy   bilim   berish   hamda   ularda   mehnat   va   kasbiy   faoliyatni   tashkil   etish
ko’nikma,   malakalarini   shakllantirish   masalasiga   jiddiy   e’tibor   berila   boshlandi.
O’quvchilarga   iqtisodiy   bilimlarni   berish,   ularda   ishchanlik,   tartiblilik,
ehtiyotkorlik   xislatlarini   shakllantirish   tarbiyaviy   ishlarning   tarkibiy   qismlaridan
sanaladi.
Hozirgi   davrda   kadrlar   tayyorlash   masalasi   eng   muhim   vazifa   sifatida
qo’yilib,   ta’lim   sifatini   oshirish   bilan   birga   o’quvchilarni   iqtisodiy   bilimlar   bilan
qurollantirish,   ayniqsa,   bozor   iqtisodiyoti   munosabatlari   shakllanayotgan   mavjud
sharoitda muhim va zarur.
Iqtisodiy   ta’lim   o’quvchilarga   xo’jalik   yuritish   tizimi   (oila   byudjetini
shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish,
savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar) to’g’risidagi nazariy
bilimlarni berishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Iqtisodiy   tarbiya   o’quvchilarga   iqtisodiy   bilimlarni   berish,   ularda   xo’jalik
yuritish faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy
boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va
hokazolar)ni   tashkil   etish   ko’nikma   va   malakalarini   shakllantirishdan   iborat
pedagogik faoliyat jarayoni. 
Iqtisodiy tarbiya - o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy
faoliyat   (oila   byudjetini   shakllantirish,   oila   xo’jaligini   yuritish,   mavjud   moddiy
boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va
hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo’lib,
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan iqtisodiy ta’lim
bilan   chambarchas   holda   olib   boriladi.   Iqtisodiy   tarbiyani   tashkil   etishda   oila,
ta’lim   muassasasi   va   jamoatchilik   o’rtasidagi   mustahkam   hamkorlikka   tayanish
ijobiy natijalarni kafolatlaydi. 
Iqtisodiy   tarbiyani   tashkil   etish   jarayonida   quyidagi   vazifalar   amalga
oshiriladi: 1. O’quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo’jaligini yuritish va
boshqarish,   ishlab   chiqarish   jarayonini   tashkil   etish,   ishlab   chiqarishni
moliyalashtirish,   kapital,   tadbirkor,   tadbirkorlik   faoliyati,   kichik   va   o’rta   biznes,
ijara,   shartnomalar   va   ularni   tuzish,   banklar,   bank   operasiyalari,   byudjetni
shakllantirish,   daromad,   bankrot,   biznes-reja   va   boshqalar)   borasida   chuqur
bilimlar berish va ularni takomillashtirish;
2. O’quvchilarda   iqtisodiy   ong   va   tafakkur,   xususan,   mavjud   moddiy
boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash;
3. Ularda   muayyan   kasbiy   yoki   ishlab   chiqarish   ko’nikma   va   malakalarini
shakllantirish;
4. Ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;     
5. O’quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil  etishga nisbatan ehtiyoj va
layoqatni yuzaga keltirish;
6. Ular   tomonidan   tor   doirada   bo’lsada   tadbirkorlik   faoliyatining   yo’lga
qo’yilishiga erishish.
Binobarin,   iqtisodiy   tarbiya   yosh   avlodda   iqtisodiy   bilim   va   ko’nikmalarni
rivojlantirish,   ularda   tejamkorlik,   mehnatsevarlik,   tashabbuskorlik,   iqtisodiy
faoliyatni yo’lga qo’yish to’g’risida fikrlashga o’rgatadi.
Iqtisod,   iqtisodiyotning   o’zi   nima?   Bu   tushuncha   yunon   olimi   Geliot
tomonidan   kiritilgan   bo’lib,   bu   –   «uy   xo’jaligini   boshqarish   san’ati»   ma’nosini
anglatadi. Keyinchalik bu tushunchaning mohiyati kengayib, ma’nosi ham to’ldirib
borilgan.   Iqtisodiyot   –   bu   juda   keng   va   murakkab   tushuncha.   Iqtisod   atamasi   tor
ma’noda   inson   yaratgan   barcha   boyliklarni   tejash,   shuningdek,   inson   mehnatini
qadrlash   ma’nosini   anglatadi.   Keng   ma’noda   iqtisodiyot   insonning   tirikchiligini
o’tkazishga   qaratilgan   xo’jalik   faoliyati   bo’lib,   bu   faoliyat   ishlab   chiqarishdan
boshlanib, yaratilgan mahsulotlarni iste’mol etish bilan yakunlanadi.
Demak,   iqtisod   inson   faoliyatining   asosiy   jihati   bo’lib,   jamiyatning   eng
muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng avvalo, insonning inson
sifatida   talab-ehtiyojining   qondirilishi,   albatta,   uning   iqtisodiy   faoliyati   asosida
erishiladi. Bulardan   ma’lumki,   inson   o’z   hayotida   iqtisodiyot   bilan   doimiy
munosabatda   bo’ladi.   Iqtisodiy   tarbiya,   avvalo,   oiladan   boshlanadi.   Oilada
iqtisodiy   tarbiya   zamirida   ham   mehnatsevarlikni   tarbiyalash   yotadi.   Bolalar   o’z
mehnati natijalarini ko’rgandagina o’z imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanayotganini
anglab   yetadi,   mustaqil   faoliyat   yuritishni   o’rganadi,   ularda   tadbirkorlik   va
ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi.
Oilada   yo’lga   qo’yiladigan   bolalar   mehnati   hovli   va   xonalarni   tartibli
saqlash,   kiyim-kechaklarni   asrab-avaylash,   uy   jihozlarini   ta’mirlash,   ro’zg’or
yumushlariga yordam berish kabilar ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
Ota-onalar   bolalarni   mehnat   faoliyatini   kuzatib   borib,   ularga   zarur   o’rinda
maslahat beradilar. Ayniqsa, o’quvchi-yoshlarda oilada ham, ta’lim muassasalarida
ham tejamkorlikka rioya qilishga o’rgatish katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiy   tarbiya   o’z   ichiga   o’quvchilar   tomonidan   iqtisodiyot   asoslarini
o’rganish,   ularning   unumli   va   ijtimoiy   mehnatning   turli   ko’rinishlarida   ishtirok
etish,   rejalashtirishga   doir   bilim   va   malakalarga   ega   bo’lish,   ishlab   chiqarish
mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish kabilarni oladi.
Iqtisodiy   tarbiyaning   inson   va   jamiyat,   iqtisodiy   geografiya,   tarix,
matematika, ximiya, biologiya, mehnat ta’limi darslarida amalga oshirilishi yanada
ijobiy   samaralarni   beradi.   Eng   muhimi   «Iqtisodiyot   asoslari»   o’quv   fani   asosida
o’quvchilar   iqtisodiy   tushunchalar,   kategoriyalar   hamda   ishlab   chiqarishni
rivojlantirish qonuniyatlarini o’rganadilar.
Jamiyatda keng ko’lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda
Respublika   iqtisodiyotini   rivojlantirish,   xo’jalikni   oqilona   tashkil   etish,   sanoat   va
qishloq   xo’jaligi   tarmoqlarini   takomillashtirish,   moliya   operasiyalarni   to’g’ri
tashkil   etish,   rejalashtirish,   mehnat   unumdorligi,   ishlab   chiqarish   samaradorligi,
korxonalar   rentabelligi,   kichik   va   o’rta   biznes,   ijara,   bozor   infrastrukturasi,
mahsulot   qiymati,   sof   daromad,   qo’shimcha   daromad,   budjet,   xaridor,   tovar,
tovarlar importi va eksporti, shartnoma, birja, raqobat, menejment, marketing, pul,
bank, banknot va boshqalar haqida to’la ma’lumotlarning berilishi o’quvchilarning
iqtisodiy ongini shakllantirishga yordam beradi.         Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish shakl va metodlari: 
- ma’ruza;
- seminar;
- suhbat;
- uchrashuv; 
- taqdimot;
- ko’rgazmalar tashkil etish;
- munozara;
- bahs;
- amaliy mashg’ulotlar;
- ishbop o’yinlar;
- ekskursiya;
- o’quvchilar konferensiyasi;
- turli tanlovlar va boshqalar
Sinfdan   tashqari   tarbiyaviy   tadbirlar   hamda   tarbiyaviy   soatlarda   iqtisodiy
mavzularda   tarbiyaviy   suhbat,   bahs   va   munozaralar   uyushtiriladi,   og’zaki   jurnal
yaratiladi, viktorina tashkil etiladi, to’garak yoki klublar faoliyati yo’lga qo’yiladi.
«Mehnati   faoliyatining   sifati   va   samaradorligi   nimalarga   bog’liq?»,
«Xo’jalikning   qiymati   qancha   turadi?»,   «Har   birimiz   iqtisodchi   bo’lishimiz
mumkin»,   «O’quv   yurtimizning   iqtisodiy   ahvoli   va   byudjeti   qanday   ahvolda?»,
«Iqtisod bizning hayotimizda», «Bo’sh vaqtdan unumli foydalanish mumkinmi?»,
«Tejamkorlik   nima?»   va   hokazo   mavzularda   tarbiyaviy   tadbirlarning   o’tkazilishi
o’zining   ijobiy   natijalarini   beradi.   «Yosh   iqtisodchi»   markazi   faoliyatini   yo’lga
qo’yish   maqsadga   muvofiqdir   Bularning   barchasi   o’quvchilarda   quyidagi
xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi:
1. mehnat   faoliyatiga   nisbatan   mas’uliyat   bilan   munosabatda   bo’lish,
mehnatsevarlik, vijdonlilik, jamiyat va davlat oldida o’z burchini his etish;
2. tejamkorlik, rejalilik;
3. intizomlilik, uddaburonlik;
4. uyushqoqlik, ishchanlik; 5. tartibsizlikka nisbatan murosasiz bo’lish va boshqalar.
          O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda
o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish
ko’nikma, malakalarni shakllantirish o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodiy   mavzulardagi   suhbat,   bahs-munozara,   hamda   treninglar,   ishlab
chiqarish   ilg’orlari   bilan   uchrashuvlar,   ishlab   chiqarish   korxonalariga
uyushtiriluvchi   ekskursiyalar,  tadbirkorlik  yoki  muayyan  kasbiy   faoliyatni  tashkil
etish   ko’nikmalarini   shakllantiruvchi   ishchanlik   o’yinlari,   o’quvchilarning   ishlab
chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beruvchi ko’rik-
tanlovlar,   ularning   iqtisodiy   tafakkurini   o’stiruvchi   iqtisodiy   yo’nalishdagi
konferensiya,   seminar   va   munozaralarni   tashkil   etish   iqtisodiy   tarbiya
samaradorligini ta’minlaydi.    
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   «Xalqimizning   yo’li   –
mustaqillik,  ozodlik  va  tub  islohotlar   yo’lidir»  nomli   asarida  quyidagilarni   bayon
etadi:   «Bozor   munosabatlariga   o’tish   davrida   o’quvchilarga   iqtisodiy   bilimlarni,
marketing,   menejment,   biznes   sohasida   bizning   iqtisodiy   rivojlanishimizda   bu
tushunchalarning   mohiyati   va   roli   borasida   ko’proq   bilim   berishimiz   maqsadga
muvofiqdir», - deya ta’kidlagan edi.
Iqtisodiy   sohada   amalga   oshirilayotgan   islohotlarni   samarali   tashkil   etish
uning   ilmiy   asoslarini   ishlab   chiqishni   taqozo   etadi.   O’zbekiston   Respublikasida
Prezidenti   I.A.Karimov   asarlarida   respublika   iqtisodiy   taraqqiyotining   asosiy
yo’nalishlari, omillari hamda tamoyillari  batafsil  ko’rsatib o’tilgan. Muallif bozor
munosabatlarini shakllantirishning quyidagi tamoyillariga alohida urg’u beradi:
1.Iqtisodiyotning   har   qanday   sinfiy   mafkuralardan   ozod   qilish   asosida
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash 1.  
1.  
2.Iqtisodiyotni,   moliyaviy   ahvolni   barqarorlashtirish   –iqtisodiy   islohotlarni
amalga oshirishning muhim sharti 2.
2.
Bozor   iqtisodiyotiga   o’tishda   xalqning   tub   manfaatlarini   ko’zlash,
davlatning   iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirish   tashkilotchisi   va   yetakchisi
bo’lishi. Pul siyosatini olib borishda mustaqil bo’lish, valyuta zaxiralarini boyitish.
Iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirishda   qonun   ustuvorligiga   erishish,
iqtisodiy   faoliyat,   tadbirkorlik   va   mehnat   qilish   erkinligi,   barcha   mulk
shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi 5.
5.
Bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash 6.
6.
Iqtisodiy   islohotlarning   bosqichma-bosqich,   evolyusion   tarzda   amalga
oshirilishi.
Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta’lim muassasalarida dars va
darsdan   tashqari   sharoitlar,   shuningdek,   oilada   amalga   oshirilayotgan   harakatlar
muhim   ahamiyatga   ega.   Iqtisodiy   mazmundagi   suhbatlar,   uchrashuvlar,
ekskursiyalar,   to’garaklar   ko’rinishidagi   amaliy   tadbirkorlik   faoliyati   (u   yoki   bu
hunar   yo’nalishidagi   ijodiy   ishlar)ni   tashkil   etish   o’quvchilarda   iqtisodiy
tafakkurning shakllanishiga yordam beradi. 
Ekologik   tarbiya   o’quvchilar   dunyoqarashini   shakllantirishning
tarkibiy   qismi.   Ekologik   tarbiya   bugungi   kun-dolzarb   masalasi   ekan,   biz   bu
ekologiyaning   foydasini,   uni   asrab-avaylashni   bolalarga   kichik   sinflardanok
tushuncha berib borishimiz kerak, ekologiya bu atrof muhit demakdir.
Tabiat-kishilarning   moddiy   va   ma’naviy   talabalarini   qondirish   manbai.
Odam hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan hamma narsani tabiatdan oladi, (oziq-
ovqat,   kiyim-bosh,   binokorlik   materiallari,   suv,   havo   va   hokazo).   Inson
foydalanadigan   hamma   narsa   tabiat   moddasi   bilan   mehnatning   mahsulidir.
Tabiatdan oqilona foydalanish, uning boyliklarini muhofaza qilish va ko’paytirish
jamiyatimizning eng asosiy vazifalaridan biridir.
« Ekologiya »   tushunchasi   ilk   bor   nemis   zoologi   E.Gekkel   tomonidan
qo’llanilgan.   Ekologik   tarbiya   ijtimoiy   tarbiyaning   muhim   tarkibiy   qismi
hisoblanadi.   Ekologik   tarbiya   (grekcha   «oikos»   -turar   joy,   makon,   «logos»   -fan)
o’quvchilarga   dastlabki   ekologik   bilimlarni   berish,   mavjud   ekologik   bilimlarini
boyitish,   ularda   tabiat   va   atrof-muhit   muhofazasini   tashkil   etish   ko’nikma   va
malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. O’zbekiston   Respublikasida   tabiat   va   atrof-muhit   muhofazasini   tashkil
etishga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Bu   yo’lda   amalga   oshiriluvchi   ijtimoiy-
ekologik   harakat   mazmuni   «O’zbekiston   Respublikasining   Atrof-muhitni
muhofaza qilish Milliy harakat rejasi»da o’z ifodasini topgan. 
Tabiat   va   atrof-muhitni   muhofaza   qilish,   shuningdek,   ekologik
muammolarning   ijtimoiy   xavfi   xususida   to’xtalib,   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   I.A.Karimov   quyidagi   fikrni   qayd   etadi:   «Ekologik   xavfsizlik
muammosi   allaqachon  milliy  va mintaqaviy  doiradan  chiqib,  butun insoniyatning
umumiy   muammosiga   aylangan.   Ekologiya   hozirgi   zamonning   keng   miqyosidagi
keskin   ijtimoiy   muammolaridan   biridir.   Uni   hal   etish   barcha   xalqlarning
manfaatlariga   mos   bo’lib,   sivilizasiyaning   hozirgi   kuni   va   kelajagi   ko’p   jihatdan
ana shu muammoning hal qilinishiga bog’liqdir» 1.
1.
O’quvlarda   tabiatga   nisbatan   to’g’ri   munosabatni   qaror   toptirish,   mehr-
muhabbatni   uyg’otish,   atrof-muhit   musaffoligiga   erishish   ekologik   muammolarni
hal etish yo’lida muhim bosqich sanaladi. 
Ekologik   ta’lim   o’quvchiga   aniq   maqsadga   muvofiq,   izchil,   tizimli   va
uzluksiz   ravishda   nazariy   ekologik   bilimlarni   berishga   yo’naltirilgan   ta’limiy
jarayonidir. 
Nazariy   ekologik   bilimlar   (ekologik   ong)   hamda   atrof-muhit   va   tabiat
muhofazasi   yo’lida   olib   borilayotgan   faoliyat   birligi   ekologik   madaniyatni
shakllantirishga   xizmat   qiladi.   Ekologik   ong   tabiat   va   atrof-muhitning   mavjud
holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo’lib, u
murakkab   ijtimoiy-psixologik   hodisa   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Ekologik   faoliyat
esa   ekologik   bilimlarga   tayanilgan   holda   tabiat   va   atrof-muhit   muhofazasini
ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir. 
Ekologik   madaniyat   o’quvchining   ijtimoiy   talablarga   muvofiq   tabiat   va
atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati. 
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo’lib,
uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:  1. O’quvchilarning   ta’lim   jarayonida   o’zlashtirgan   ekologik   bilimlarini
yanada oshirish.
2. Ularning   tabiat   va   atrof-muhit   ekologiyasi   to’g’risidagi   tasavvurini
boyitish.
3. O’quvchilarda   tabiat   va   atrof-muhit   muhofazasini   ta’minlash   ijtimoiy
zaruriyat ekanligi to’g’risidagi e’tiqodni shakllantirish. 
4. O’quvchilarda   ekologik   faoliyat   ko’nikma   va   malakalarni   tarbiyalash
hamda   ularning   tabiat   va   atrof-muhit   muhofazasini   ta’minlash   jarayonida   faol
ishtirok etishlariga erishish.
Oila   va   jamiyatda   tashkil   etilayotgan   ekologik   tarbiyaning     suhbat,   davra
suhbati,   ekskursiya,   bahs-munozara,   ijodiy   tanlovlar,   uchrashuv,   ijtimoiy-foydali
mehnat   (shanbalik,   hashar,   ko’kalamzorlashtirish)   kabi   shakl   hamda   suhbat,
kuzatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, rag’batlantirish va jazolash kabi metodlar
yordamida   tashkil   etish   o’quvchilarda   ekologik   madaniyatni   qaror   topishini
ta’minlaydi. 
O’quvchi  tarbiyasida ishtirok etayotgan subyektlarning shaxsiy namunalari,
o’quv   manbalari,   badiiy   adabiyotlar,   ommaviy   axborot   vositalari   (shu   jumladan,
Internet)   materiallari   va   ularning   g’oyalari   o’quvchilarda   ekologik   madaniyatni
shakllantirishning muhim vositalari sanaladi. 
Birinchi   sinf   bolalari   bilan   tabiatga   ekskursiya   o’tkazish   katta   ahamiyatga
ega.   Bunday   ekskursiyalarda   tabiat   muhofazasiga   oid   turli   materiallar   tuplash,
tushuntirish   ishlari   olib   borish,   bolalarni   inson   uchun   foydali   bo’lgan   hayvon   va
o’simliklar   bilan   tanishtirish   zarur.   Beparvolik   oqibatida   tabiatga   zarar   yetishini
misollar   bilan   ko’rsatish   kerak.   Bolalarga   foydali   ko’chatlar   o’tkazish,   qo’shlar
uchun   yasama   uyalar   o’rnatish   esa   tabiiy   resurslarni   ko’paytirish   vositasi
ekanligini anglatish kerak.
Maktablarda   tabiat   muhofazasiga   oid   qisqa   metrajli   kinofilmlar   ko’rsatib
borish xam katta ahamiyatga ega. Tabiat va uning go’zalligiga oid san’at asarlari.
chiroyli   rasmlar,   she’r   va   hikoyalar   xam   bolalarda   tabiatga   yaxshi   munosabatda
bo’lish tuyg’usini uyg’otadi. O’quvchilarning tabiat, tabiiy boyliklar va ularni muhofaza qilish to’g’risida
sinfda   olgan   bilimlari   sinfdan   tashqarida   olib   boriladigan   amaliy   mashg’ulotlarda
mustahkamlanadi.
Tabiat   muhofazasiga   oid   ishlar   maktab   tajriba   uchastkasida   olib   boriladi.
Maktab uchastkasida tajriba bog’chasi, gulzor manzarali daraxtlar ekilgan maydon,
butazor   bo’lishi   zarur,   o’quvchilar   bularni   saqlash,   parvarish   qilish   bilan
shug’ullanadilar.
Maktablarda   tabiatni   muhofaza   qilish   jamiyatining   boshlang’ich   tashkiloti
tashkil etilishi zarur. Unga o’quvchilar, maktabning boshqa xodimlari, o’quvchilar
a’zo   bo’lib   kirishlari   lozim.   Ota-onalar   xam   a’zo   bo’lsa   yaxshi   buladi.   Tabiat
muhofazasiga   bag’ishlangan   maxsus   kechalar   o’tkazilishi,   ularda   "Tabiatni
muhofaza qilish", jamiyat va uning ishlari. "O’zbekiston qo’riqxonalari va ularning
faoliyati" mavzularida dokladlar, suhbatlar o’tkazilib turilishi kerak.
Sinfdan tashqari bunday ishlarda xar bir o’quvchi uz mehnati bilan ishtirok
etishi juda foydali, o’z kuchli bilan ko’chat o’tkazgan bola uni parvarishini qiladi,
sindirmaydi, qo’shlarga uya yasab, uni daraxtga yoki boshqa joyga o’rnatgan bola
qo’sh uyalarini buzmaydi.
Maktablarda   "Yashilboy   dustlarimiz"   tashkilotlari   xam   tuzilishi   mumkin.
Ular   tabiatni   muhofaza   qilish   a’zolari   ya’ni   o’simliklar   qo’riqchilari   bo’lib
hisoblanadilar. Maktab   o’quvchilarini   tabiatni   muhofaza   qilish   ruxida
tarbiyalash ishida turistik yurishlar va ekskursiyalar yaxshi samara beradi.
Turistik   yurishlar   va   ekskurtsiyalar   o’lkashunoslikka   katta   yordam   beradi,
o’quvchilar   yiqqan   namunalar   maktabni   va   Shahar   o’lkashunoslik   muzeyini
qimmatli materiallar bilan boyitadi.
  Adabiyotlar:
1. Karimov  I.A. Barkamol   avlod –  O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.
– Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 
2. Avloniy, Abdulla. Turkiy guliston yohud axloq. – Toshkent, O’qituvchi,
1992.
3. Pedagogika.A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent,
O’qituvchi, 1996.
4. Podlasy   I.P.   Pedagogika   .Novy   kurs.   Kn.   2.   Prosess   vospitaniya.   –
Moskva, VLADOS, 1999.
5. Tabiat muhofazasi va ekologiya. Toshkent. –O’qituvchi, 1986 . 1.  
2.
5.  
6.
1.

Yoshlarni iqtisodiy va ekologik tarbiyalash. R EJ A : 1. Iqtisodiy tarbiyaning mohiyati, maqsad va vazifalari. 2. Ekologik tarbiya haqida tushuncha. 3. Ekologik tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari. 4. Ekologik tarbiyaning vositalari .

Iqtisodiy tarbiya . O’tgan asrning 30-yillaridan boshlab o’quvchilarga iqtisodiy bilim berish hamda ularda mehnat va kasbiy faoliyatni tashkil etish ko’nikma, malakalarini shakllantirish masalasiga jiddiy e’tibor berila boshlandi. O’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda ishchanlik, tartiblilik, ehtiyotkorlik xislatlarini shakllantirish tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismlaridan sanaladi. Hozirgi davrda kadrlar tayyorlash masalasi eng muhim vazifa sifatida qo’yilib, ta’lim sifatini oshirish bilan birga o’quvchilarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan mavjud sharoitda muhim va zarur. Iqtisodiy ta’lim o’quvchilarga xo’jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar) to’g’risidagi nazariy bilimlarni berishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo’jalik yuritish faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni. Iqtisodiy tarbiya - o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, oila xo’jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o’rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

1. O’quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo’jaligini yuritish va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati, kichik va o’rta biznes, ijara, shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank operasiyalari, byudjetni shakllantirish, daromad, bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish va ularni takomillashtirish; 2. O’quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash; 3. Ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko’nikma va malakalarini shakllantirish; 4. Ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish; 5. O’quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish; 6. Ular tomonidan tor doirada bo’lsada tadbirkorlik faoliyatining yo’lga qo’yilishiga erishish. Binobarin, iqtisodiy tarbiya yosh avlodda iqtisodiy bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish, ularda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, iqtisodiy faoliyatni yo’lga qo’yish to’g’risida fikrlashga o’rgatadi. Iqtisod, iqtisodiyotning o’zi nima? Bu tushuncha yunon olimi Geliot tomonidan kiritilgan bo’lib, bu – «uy xo’jaligini boshqarish san’ati» ma’nosini anglatadi. Keyinchalik bu tushunchaning mohiyati kengayib, ma’nosi ham to’ldirib borilgan. Iqtisodiyot – bu juda keng va murakkab tushuncha. Iqtisod atamasi tor ma’noda inson yaratgan barcha boyliklarni tejash, shuningdek, inson mehnatini qadrlash ma’nosini anglatadi. Keng ma’noda iqtisodiyot insonning tirikchiligini o’tkazishga qaratilgan xo’jalik faoliyati bo’lib, bu faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, yaratilgan mahsulotlarni iste’mol etish bilan yakunlanadi. Demak, iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo’lib, jamiyatning eng muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng avvalo, insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta, uning iqtisodiy faoliyati asosida erishiladi.

Bulardan ma’lumki, inson o’z hayotida iqtisodiyot bilan doimiy munosabatda bo’ladi. Iqtisodiy tarbiya, avvalo, oiladan boshlanadi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida ham mehnatsevarlikni tarbiyalash yotadi. Bolalar o’z mehnati natijalarini ko’rgandagina o’z imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanayotganini anglab yetadi, mustaqil faoliyat yuritishni o’rganadi, ularda tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi. Oilada yo’lga qo’yiladigan bolalar mehnati hovli va xonalarni tartibli saqlash, kiyim-kechaklarni asrab-avaylash, uy jihozlarini ta’mirlash, ro’zg’or yumushlariga yordam berish kabilar ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Ota-onalar bolalarni mehnat faoliyatini kuzatib borib, ularga zarur o’rinda maslahat beradilar. Ayniqsa, o’quvchi-yoshlarda oilada ham, ta’lim muassasalarida ham tejamkorlikka rioya qilishga o’rgatish katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy tarbiya o’z ichiga o’quvchilar tomonidan iqtisodiyot asoslarini o’rganish, ularning unumli va ijtimoiy mehnatning turli ko’rinishlarida ishtirok etish, rejalashtirishga doir bilim va malakalarga ega bo’lish, ishlab chiqarish mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish kabilarni oladi. Iqtisodiy tarbiyaning inson va jamiyat, iqtisodiy geografiya, tarix, matematika, ximiya, biologiya, mehnat ta’limi darslarida amalga oshirilishi yanada ijobiy samaralarni beradi. Eng muhimi «Iqtisodiyot asoslari» o’quv fani asosida o’quvchilar iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish qonuniyatlarini o’rganadilar. Jamiyatda keng ko’lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish, xo’jalikni oqilona tashkil etish, sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini takomillashtirish, moliya operasiyalarni to’g’ri tashkil etish, rejalashtirish, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi, korxonalar rentabelligi, kichik va o’rta biznes, ijara, bozor infrastrukturasi, mahsulot qiymati, sof daromad, qo’shimcha daromad, budjet, xaridor, tovar, tovarlar importi va eksporti, shartnoma, birja, raqobat, menejment, marketing, pul, bank, banknot va boshqalar haqida to’la ma’lumotlarning berilishi o’quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga yordam beradi.

Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish shakl va metodlari: - ma’ruza; - seminar; - suhbat; - uchrashuv; - taqdimot; - ko’rgazmalar tashkil etish; - munozara; - bahs; - amaliy mashg’ulotlar; - ishbop o’yinlar; - ekskursiya; - o’quvchilar konferensiyasi; - turli tanlovlar va boshqalar Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar hamda tarbiyaviy soatlarda iqtisodiy mavzularda tarbiyaviy suhbat, bahs va munozaralar uyushtiriladi, og’zaki jurnal yaratiladi, viktorina tashkil etiladi, to’garak yoki klublar faoliyati yo’lga qo’yiladi. «Mehnati faoliyatining sifati va samaradorligi nimalarga bog’liq?», «Xo’jalikning qiymati qancha turadi?», «Har birimiz iqtisodchi bo’lishimiz mumkin», «O’quv yurtimizning iqtisodiy ahvoli va byudjeti qanday ahvolda?», «Iqtisod bizning hayotimizda», «Bo’sh vaqtdan unumli foydalanish mumkinmi?», «Tejamkorlik nima?» va hokazo mavzularda tarbiyaviy tadbirlarning o’tkazilishi o’zining ijobiy natijalarini beradi. «Yosh iqtisodchi» markazi faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir Bularning barchasi o’quvchilarda quyidagi xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi: 1. mehnat faoliyatiga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo’lish, mehnatsevarlik, vijdonlilik, jamiyat va davlat oldida o’z burchini his etish; 2. tejamkorlik, rejalilik; 3. intizomlilik, uddaburonlik; 4. uyushqoqlik, ishchanlik;