logo

Yozuv malakasini shakllantirish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.0341796875 KB
Mavzu: Yozuv malakasini shakllantirish
Reja:
1. Yozuvning shakllanish tarixidan
2. Husnixatga o ‘rgatishning metod va usullari
3. Darslarda o‘quvchilar yozuviga qo‘yiladigan talablar
1                                  Yozuvning shakllanish tarixidan
            Markaziy   Osiyoda   eng   qadimgi   davrlarda   yashagan   qabilalar   to‘g‘risidagi
dastlabki   ma'lumotlar   grek,   eron,   xitoy   tarixchilari   va   yozuvchilari   asarlarida ,
toshlarda   bitib   qoldiril-gan   yozuvlar   va   boshqa   materiallarda   bayon   qilingan.
Markaziy   Osiyo   xalqlari,   jumladan,   o‘zbek   xalqi   qadimda   turli   yozuvlardan
foydalanib   kelgan.   O‘zbek   yozuvlari   tarixida   amalda   ishlatib   kelingan   asosiy
yozuv   tizimini   fonografik,   ya'ni   tovush   yozuvi,   harfiy   yozuv   yoki   alfavit   tashkil
etgan.   O‘zbek   xalqi   Markaziy   Osiyoning   boshqa   xalqlari   singari   oromiy,   yu-non,
karoshta,   sug‘d,   xorazm,   kushon,   eftalit,   pahlaviy,   suriya,   hind,   o‘rxun   (runik),
uyg‘ur,   arab,   lotin,   kirill   kabi   bir   qancha   yozuvlardan   foydalangan.   O‘rxun-runik
yozuvini   barcha   turkiy   xalqlar   birgalikda   ijod   qilgan.   Sobiq   sho‘rolar   davrida
deyarli   barcha   Sharq   xalqlari   bilan   bir   qatorda   avval   lotin,   keyinchalik   esa   rus
grafikasiga   asos-langan   yozuvni   qabul   qilish   o‘zbek   xalqi   hayotida   o‘ziga   xos
hodisa   bo‘ldi.   Eramizdan   avvalgi   VI-IV   asrlarda   Markaziy   Osiyoning   Eron-ga
yaqin   hududlarida   rasmiy   yozuv   sifatida   klinopis   (mixxat)   yozuvi   ishlatilar   (er.
avv.   V   asr),   ayrim   joylarda   esa   xalqaro   diplomatik   muomalada   oromiy   yozuvi
qo‘llanilar edi.   Oromiy   yozuvi klinopisdan oddiy va qulay edi. Turli yodgorliklarda
qayd   etilishicha,   eramizdan   oldingi   III-I   asrlarda   oromiy   yozuvi   bilan   bir
qatorda   yunon   va   karoshta   yozuvlarib   ham   ishlatilgan.   Eramizning
boshlarida   so‘g‘d   yozuvi   qo‘llanila   boshladi.   Bu   yozuv   taxminan   VI   asrlargacha
davom   etdi.   II   asrning   oxiri   va   III   asrning   boshlarida   Xorazm   shohi   chiqargan
pullarda   xorazm   yozuvi   uchraydi.   Bu   yozuv   O‘rta   Osiyoda   ancha   keng   tarqalgan
bo‘lib,   oromiy   yozuviga   yaqin   edi.   V-VII   asrlar   davomida   turkiy   xalqlar   o‘rxun-
enasoy   nomli   yozuvdan   keng   foydalanganlar.   Bu   yozuv   ba'zan   runik   yozuvi   deb
ham   yuritiladi.   Yenisey   daryosi   havzasidan   topilgan   O‘rxun   yozuvi   yodgorliklari
haqida   dastlab   XVIII   asrning   boshlarida   rus   xizmatchisi   Remezov   xabar   berdi.
Keyinroq shved ofitseri Iogann Stralenberg shu daryo havzasida noma'lum yozuvli
tosh   borligini   qayd   etadi.   Bu   haqda   olim   Messershmidt   ham   o‘z   asarlarida
ma'lumot   berib   o‘tadi.   Ammo   uzoq   vaqt   davomida   olimlar   bu   yodgorliklarni
2 o‘qishga,   uning   qaysi   xalqqa   tegishli   yodgorlik   ekanligini   aniqlashga   muvaffaq
bo‘la   olmadilar.   XIX   asrning   birinchi   choragida   « Сибирский   вестник »   («Sibir
xabarlari») jurnalida Grigoriy Spasskiyning Yenisey yodgorliklari haqida maqolasi
bosiladi.   Bu   maqola   lotin   tiliga   tarjima   qilinib,   ko‘p   mamlakatlarning   olimlariga
ma'lum bo‘ladi. Lekin turli mamlakat olimlari uni turlicha talqin qila bosh-laydilar.
1890   yilda   Fin-Ugor   ilmiy   jamiyati   O‘rxun   daryosiga   arxeologik   ekspedisiya
uyushtiradi.   1891   yil   esa   Rossiya   Fan-lar   Akademiyasi   akademik   V.V.Radlov
boshchiligida O‘rxunga katta ekspedisiya  yubordi. 1892 yilda bu ekspedisiyaning
ish   natijalari   ikkita   atlas   holida   nashr   qilinib,   ularda   noma'lum   yozuv
yodgorliklarining   surati,   ular   topilgan   joylarning   tarhi,   xaritasi   va   boshqa
ma'lumotlar berilgan edi. Yodgorliklarning birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm
Tomsen  o‘qishga  muvaffaq bo‘ldi. U bu yodgorliklarni  o‘qishda  turli  alfavitlarga
tayanmay,   ishni   harflarning   o‘zaro   nisbati   va   o‘xshashliklarini   aniqlashdan
boshladi.   Turkiy   tillardagi   ba'zi   bir   tovushlarning   qator   kelish   yoki   kelmaslik
holatini o‘rganib, uni yodgorlikka solishtirib ko‘rdi. U yodgorlik yozuvini chapdan
o‘ngga   qarab   emas,   balki   o‘ngdan   chapga   qarab   o‘qish   kerakligini   aniqladi.
V.Tomsen   birinchi   bo‘lib   turk,   tangri   so‘zlarini   o‘qib,   mazkur   yodgorlik   turkiy
halqlarga tegishli degan xulosaga keldi. 1893 yilning 25 noyabrida deyarli barcha
harflarni aniqlab yodgorliklarning «siri»ni ochdi. Bu orada akademik V.V.Radlov
ham   15   ga   yaqin   harflarni   o‘rganib   ulgurgan   edi.   V.V.Radlov   o‘zining   va
V.Tomsenning   kashfiyotiga   tayanib,   O‘rxun   daryosi   atrofidan   topilgan   bir   necha
yodgorliklar   matni-ni   birinchi   bo‘lib   tarjima   qildi.   Shunday   qilib,   Daniya   olimi
V.Tomsen   ikki   so‘zni   oldin   o‘qigan   bo‘lsa-da,   ayni   bir   vaqtda   rus   olimi
V.V.Radlovning   ham   bu   yozuvlarni   o‘qishda   xizmatlari   kattadir.   Shunga   ko‘ra,
ushbu   yozuvlarning   birinchi   bo‘lib   o‘qish   va   izohlab   berish   sohasida   har   ikki
olimning   xizmatlari   ham   bir   xil   baholanadi.   Keyinchalik   O‘rxun-enasoy
yozuvining   yangi-yangi   yodgor-liklari   topildi,   o‘rganildi   va   aniqlandi.   Umuman,
O‘rxun-enasoy yodgorliklarini tekshirish va o‘r-ganishda V.Tomsen, V.V.Radlov,
P.M.Melioranskiy,   A.Geykel,   S.Y.Malov   kabi   rus   va   chet   el   olimlarining
xizmatlari   juda   kattadir.   Hozirgi   vaqtda   ularning   ishlarini   yangidan   yetishib
3 chiqqayotgan   yosh   va   iqtidorli   olimlar   muvaffaqiyat   bilan   davom   ettirmoqdalar.
O‘rxun-enasoy   yodgorliklari   xos   ayrim   leksik   birlik   va   grammatik   shakllarni
hozirgi   o‘zbek,   uyg‘ur,   ozarbayjon,   qirg‘iz,   qozoq,   turkman,   qoraqalpoq,   tatar,
boshqird,   qorachoy,   bolqar   va   boshqa   turkiy   tillarda   uchratish   mumkin.   Shunga
ko‘ra,   S.Y.Malov   ta'kidlaganidek,   bu   yodgorliklar   ko‘pchilik   turkiy   tillar   tarixini
o‘rganishda mushtarak bir manba sifatida juda katta ahamiyat kasb etadi. Qisqasi,
O‘rxun-enasoy   yozuvi   turkiy   xalqlarning   eng   katta   madaniy   yodgorliklaridan
hisoblanadi.   Ayni   vaqtda   ushbu   yozuv   turkiy   xalqlarning   jahon   xalqlari   orasida
eng qadimiy va yetuk madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Ko‘rinadiki,
mazkur   yozuv   ham   tarixiy,   ham   siyosiy,   ham   madaniy   jihatdan   beqiyos   o‘rin
tutadi.   VI-VII   asrlardan   boshlab   turkiy   halqlar   va   mo‘g‘ullarda   uyg‘ur
alfaviti   qo‘llangan.   Akademik   V.V.Radlovning   ta'kidla-shicha,   bu   alfavit   turkiy
xalqlar   orasida   ancha   keng   ishlatilgan.   XIV-XV   asrlarda   yaratilgan
«Baxtiyornoma», «Me'rojno-ma», «Tazkirai  avliyo» kabi  asarlar  uyg‘ur  yozuvida
ko‘chirilgan.   Hatto   1469   yilda   tuzilgan   Umar   Shayx   yorlig‘i   ham   uyg‘urcha
yozilgan.   Qadimgi   uyg‘ur   yozuvi   bilan   ish   ko‘rish   ayrim   yozma   adabiy   tillarga
ham   o‘z   ta'sirini   o‘tkazdi   va   sezilarli   iz   qoldirdi.   Masalan,   qadimgi   uyg‘ur   tiliga
xos   bo‘lgan   bir   qancha   morfologik ,   leksik,   fonetik   elementlarni   Navoiygacha
yaratilgan   ko‘pgina   yodgorliklarda   uchratamiz.   VII-VIII   asrlarda   O‘rta   Osiyo
arablar   tomonidan   bosib   olinadi   va   shundan   keyin   barcha   O‘rta   Osiyo   xalqlari
qatori o‘zbek xalqi ham arab yozuvi bilan ish ko‘ra boshlaydi. Shu-ning uchun bu
davrdan boshlab, turkiy olimlarning deyarli barcha asarlari asosan  arab alifbosida
bitilgan.   Arab   yozuvi   o‘zbek   tili   xususiyatlariga   ko‘p   jihatdan   muvo-fiq   kelmas
edi.   Bundan   tashqari,   bu   yozuv   o‘zbek   xalqini   yanada   kuchliroq   asoratda   tutish,
ekspluatasiya   qilish   va   avvalgi   yozuvni   yo‘qotib   yuborish   yo‘lida   arab
assimilyatorlari   qo‘lida   qurol   bo‘lib   xizmat   qildi.   Arab   alifbosida   28   ta   harf
mavjudligiga qaramay, ularning 4 ko‘rinishda (7 harf bundan mustasno)  yozilishi
o‘zbek   xalqining   savodli   bo‘lishiga   sira   yordam   bermas   edi.   Arab   aristokratlari
mehnatkash   xalqni   abadiy   nodonlikda   saqlash   maqsadida   arab   alifbosining   xatti
nash,   xatti   ta'liq,   xatti   shikasta,   xatti   kufiy,   xatti   rayhoniy,   xatti   suls   kabi   juda
4 murakkab   shakllarini   va   turlarini   joriy   qildilar.   Arab   alifbosi,   yozilishi   jihatidan
murakkab   bo‘lishi   bilan   birga,   u   o‘zbek   tilining   maxsus   tovushlarini   ifoda   eta
olmas   edi.   Arab   yozuvining   bu   nuqsonlarini   sezgan   ayrim   olimlar,   faylasuflar,
ilg‘or   kishilar   unga   o‘z   salbiy   munosabatlarini   bil-dirdilar,   ba'zilari,   chunonchi,
Zahiriddin   Muhammad   Bobur   o‘zi-ning   « Xatti   Bobur »   yozuvini   yaratdi.   Lekin
bunday ilg‘or tadbir-lar, o‘sha zamonda amalga oshmay, e'tiborsiz qolib ketdi.
              Arab   yozuvi   Oktabr   to‘ntarishi   (1917   yil)dan   keyin   ham   bir   necha   yillar
davomida   amalda   bo‘ldi.   Biroq,   endilikda   arab   yozuvi   madaniyatning   talablariga
to‘la javob bera olmay qoldi, bu yozuv xalqni tez orada yoppasiga savodli qilish,
ilmiy,   badiiy,   siyosiy   adabiyotlarni   ko‘plab   bostirish,   gazeta,   jurnal-larni   xalq
orasiga   tezda   tarqatish   ishiga   to‘sqinlik   qiladi   tamg‘asi   bosila   boshladi.   Natijada
1929   yildan   o‘zbek   yozuvi   lotinlashtirilgan   alifboga   ko‘chirildi.   Bu   yozuv   turkiy
tillardagi   tovushlar   xususiyatini,   xususan,   ularga   xos   fonetik   hodisalarni   berishda
arab alifbosiga nisbatan birmuncha qulayliklarga ega edi, ammo 1940 yilda sobiq
sho‘rolar   hududida   yoppasiga   kirill   alifbosiga   o‘tishga   qaror   qilindi   (Boltiqbo‘yi
davlatlari   -   Litva,   Latviya,   Estoniya   va   Kavkaz   davlatlari   -   Gruziya,   Armaniston
bundan mustasno qoldi) va bu yozuv 1991 yilgacha o‘zbek xalqning ham «milliy»
yozuvi   sifatida   amal   qildi.   1993   yil   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   lotin
alifbo-sini   milliy yozuv sifatida qabul qilishga va bu yozuvga o‘tishga qaror qildi.
Lotin   alifbosi   o‘zbek   xalqi   mustaqilligining   bir   belgisi   sifatida   namoyon   bo‘ldi.
Bola   ulg‘ayib,   maktab   tarbiyasini   ola   boshlar   ekan,   bunda   u   o‘z-o‘zidan
tilshunoslik   fani   bilan   ham   tanishishga   kirishadi.   Chunki   u   yozishni,   fikrlashni
o‘rganmog‘i   lozim   bo‘ladi.   Albatta,   millatning   o‘z   yozuviga   ega   bo‘lishi   y ondsh
bo‘lishi   ham ,   qardosh   millatlardan   farqlovchi,   milliy   o‘zlikni   anglash   to‘yg‘usini
shakl-lantiruvchi   muhim   omillardan   biridir.   Tobelik   va   mustaqillik   teskari
nisbatdagi   tushunchalar   ekanligi   izohtalab   emas.   Ulardan   birining   kuchayishi
boshqa-sining   susayishiga   olib   keladi.   Shu   boisdan   o‘zga   millat   va   xalqlarga   o‘z
ta'sirini   o‘tkazishni   maqsad   qilib   olgan  har   qanday   zo‘rlik   saltanati   yoki   mafkura
ularga o‘z yozuvini sing-dirish va ommalashitirishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. VII
5 asrdan  boshlab  islomiy mafkura Markaziy  Osiy  xalqlariga  arab  yozuvini   singdira
boshladi   va   mahalliy   dulbarjin,   sug‘diy,   xorazmiy   kabi   yozuvlarni   siqib
chiqarishga   intildi.   Shuningdek,   XX   asrning   20-yillaridan   boshlab   sho‘ro
mafkurasi   ham   soxta   baynalmilalchilik   shiori   ostida   zimdan   milliy   rang-
baranglikdan   voz   kechish,   yagona   xalqni   tarkib   toptirish   uchun   xalqlarga   Kirill
yozuvini   singdirish   harakatiga   tushdi.   Shuning   uchun   o‘zlikni   anglay   boshlagan
har   bir   halq   o‘z   yozuvini   tiklashga,   uning   o‘zligiga   tajovuz   qilgan   mafkuraning
ishonchli   va   qudratli   quroli   bo‘lgan   hukmron   yozuvdan   uzoqlashishga,   xalos
bo‘lishga intiladi. O‘zbek xalqi tarixida turkiy milliy ong va madaniyat ancha yuk-
salgan   davrlarda,   xususan,   XI-XIII   asrlarda   qoraxoniylar,   XIV-XV   asrlarda
temuriylar   xukmronligi   davrida   arab   yozuviga   uyg‘ur   yozuvini   qarama-qarshi
qo‘yish, uni keng ommalash-tirishga urinish harakatlari ko‘zga tashlanadi. O‘zbek
milliy   ongi   shakllana   boshlagan   XX   asrning   10-yillaridagi   arab   yozuvini   isloh
qilish,   qolaversa,   uni   almash-tirishga   intilishlar   ham   mazkur   maqsadga
bo‘ysundirilganligi bilan xarakterlanadi. Ma'rifatchilar buni milliy ongni uyg‘otish-
ning   asosiy,   milliy   dunyoqarashdagi   yangilanishlar   uchun   poydevor   sifatida
tushundilar. Shu ma'noda jadid Samad Og‘amali o‘g‘lining   «Yangi o‘zbek alifbosi
o‘zbek   tarixiga   yangi   yo‘l   ochg‘usidir» ,   degan   fikri   g‘oyat   purma'nodir.   Shuning
uchun  o‘z   rahnamosi   I.Karimov  yetakchiligida   milliy  o‘zligini   jahonga   ko‘z-ko‘z
qilayotgan  o‘zbek   xalqi   ham   uni   topishga   erishgan   mafkura   yozuvi   –  kirillisadan
voz kechishga va lotin yozuviga o‘tishga  muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘ri, yangi, istiqlol
alifbo-si ham o‘zbek xalqning milliy yozuvi emas. Biroq, muhimi shundaki, u biz
uchun   birorta   hukmron   mafkura   quroli   ham   emas.     Bugungi   kunda   o‘quvchilar
istiqlol   yozuvi   va   imlosi   asosida   tahsil   olmoqdalar.   O‘z   yozuviga   ega   bo‘lish,
xukmron va yot mafkura kishanidan xaloslanish bola ongida milliy mafkura qaror
topishiga,   uning   o‘zligini   anglashiga,   shu   bilan   birga,   uni   o‘zgalardan   farqlay
olishiga xizmat qiluvchi muhim omil ekanligi tobora oydinlashmoqda. 
                                                                                                                                     
6                                                                                                                                 Hu
snixatga o ‘rgatishning metod va usullari
               Inson  tashqi  olamdagi  pr е dm е t  va xodisalarni  idrok etadi, shuningd е k, o‘z
tanasidagi organlarning harakatini va ularning xolatini anglaydi. Idrok-tashqi n е rv
sist е masiga   ta'sir   etishi   va   tana   harakatlarining   ta'siri   tufayli   hosil   bo‘ladi.   Inson
ko‘z,   quloq   apparatlari,   t е ri   s е zgisi,   muskul   va   ichki   organik   s е zgilar   yordamida
rangni,   muzika   ohangini,   og‘irlikni,   o‘z   harakat   muvozanatini   s е zadi.
Pr е dm е tlarning   s е zgi   organlariga   ta'siri   natijasida   miya   po‘stlog‘ida   yangi   n е rv
bog‘lanishlari   tarzida   iz   paydo   bo‘ladi.   Ana   shu   n е rv   bog‘lanishlari   idrok   va
s е zgining   fiziologik   asosidir.   Bu   bog‘lanishlar   miyada   mustahkamlanadi   va
saqlanib   qoladi.   Bu   hol   bizga   idrok   etgan   va   s е zgan   narsalarimizni   xotiraga
tushirishga imkon b е radi. Psixik jarayonlar va inson psixikasi xususiyatlari orasida
diqqat   faoliyati  alohida   o‘rin  tutadi.   U  ongning  hamma  shakllarida  ishtirok  etadi.
Inson   idrok   etish   jarayonida   diqqatqiladi,   ayrim   pr е dm е t   va   hodisalarning
xususiyatlarini ajratib oladi. Diqqat jismoniy haraktni talab qiladigan, ishni yaxshi
bajarishga   yordam   b е radigan   omillardan   biridir.   O‘qituvchi   har   vaqt   shuni   esda
tutish k е rakki, turmushimiz va faoliyatimizning har bir daqiqasida ongning hamma
shakllari   o‘zaro   aloqada   bo‘ladi.   Misol   uchun   o‘quvchilarning   o‘qituvchi   bayon
qilayotgan matnini qanday yozayotganliklarini tahlil qilib ko‘raylik. Bu jarayonni
uning   asosiy   xarakt е riga   ko‘ra,   idrok   etish   jarayoni   d е b   atash   mumkin.   Biroq   bu
idrokning   aniq   va   ravshan   bo‘lishi   uchun   o‘quvchilardan   irodasini   ishga   solish,
diqqatini   harflarning   shaklini   to‘g‘ri   ifodalashga   jalb   qilinadi.   Yozayotgan
matnning   mazmunini   tushunmasdan,   harflarning   shaklini   bilmasdan   idrok   etib
bo‘lmaydi.   Bilimni   o‘zlashtirish   uchun   o‘quv   mat е riallarini   idrok   etish   talab
qilinadi.   Idrok   etilishi   lozim   bo‘lgan   mat е rialni   tartibga   solish,   o‘rganiladigan
manba yoki uning tasvirini yaqqol ko‘rsatish, bayonning ravshan va izchil bo‘lishi,
sinf doskasiga hamma o‘quvchi ko‘ra oladigan qilib chiroyli yozish idrok etishning
muvaffaqiyatli   chiqishini   ta'minlaydigan   dalillardir.   Bola   maktabga   qadam
qo‘ymasdan   oldinroq   (3-4   yoshdan   boshlab)   qo‘liga   qalam   olib   turli   shakllarni
7 chiza boshlaydi, ammo bu chiziqlar chiroyli yozuv talablariga to‘g‘ri k е lmasa-da,
ulardagi   ayrim   malakalarning   (ruchka,   qalam   ushlash)   shakllanishiga   yordam
b е radi.   Kichik   yoshdagi   bolalarning   barmoq   muskullari   yaxshi   rivojlanmaganligi
uchun   ularga   surunkali   yozdirib,   Mashq   qildirish   yozuvning   sifatiga   salbiy   ta'sir
etadi.   Yozuv   jarayoni   turli   yozuv   qurollari   (ruchka,   qalam,   bo‘r)   orqali   amalga
oshiriladi   va   qaysi   yozuv   qurolidan   foydalanishga   qarab   qo‘l   harakatlari   shunga
moslashtiriladi.   Chiroyli   yozuvga   o‘rgatishda   birinchi   navbatda   quyidagi
malakalarni singdirib borish talab etiladi: 
            Yozuv  qurollaridan  to‘g‘ri   foydalanish.  Parta  ustida  daftarni   to‘g‘ri  qo‘yish.
Yozayotganda   gavdani   to‘g‘ri   tutish   va   tirsaklarni   to‘g‘ri   harakat   qildirish.   O‘z
xatini   b е rilgan   namuna   bilan   taqqoslashga   o‘rgatish.   Tovushni   bosma   harfga,
bosma   harflarni   esa   yozma   shaklga   aylantirishga   o‘rgatish.   Harflarning   shaklini
to‘g‘ri   idrok   etishga   o‘rgatish   (qa е rdan   boshlash   qa е rda   tugatish,   o‘ngga,   chapga
burilish, bog‘lash yoziladi). Harflarni bir-biriga bog‘lab yozishga o‘rgatish (qa е rda
qo‘l   harakati   uziladi,   qa е rda   uzilmay   bog‘lab   yoziladi).   Harflarni   bir   xil
balandlikda   va   k е nglikda   t е kis   yozishga   o‘rgatish.   Daftar   chizig‘idagi   qatorlarni
to‘g‘ri   to‘ldirish,   sarlavha,   oy   va   kunlarni   to‘g‘ri   yozish.   Harflarning   qiyaligini
to‘g‘ri   saqlash.   D е mak,   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarini   chiroyli   yozuvga
o‘rgatishdan   oldin   quyidagi   malakalarni   b е rish   lozim.   Yozuv   t е xnikasi,   ya'ni
yozuvning   turli   usul   va   priyomlaridan   foydalanish.   Harflarning   shaklini   to‘g‘ri
ifodalash, ya'ni grafik malakalarni egallash. Yozuv vaqtida harflarning shakli bilan
bir   qatorda   uning   qanday   tovush   bildirishini   ham   bilish,   ya'ni   imloga   oid
malakalarni   egallash.   Yuqorida   ko‘rsatib   o‘tilgan   har   bir   qoidani   maqsad   qilib
qo‘yadi.   Masalan,   yozuv   t е xnikasi-yozuv   qurollaridan   to‘g‘ri   foydalanish,
yozayotganda   partada   to‘g‘ri   o‘tirish,   qo‘lni   to‘g‘ri   tutish,   umuman,   gigi е nik
qoidalarga   amal   qilishni   talab   qiladi.   Grafik   malakalar   esa   harflarning   shaklini
to‘g‘ri   ifodalashni,   ularning   orasidagi   masofani   bir   xil   bo‘lishini   qiyalikni   to‘g‘ri
saqlashni   talab   etadi.   Imloga   oid   malakalarda   esa   qaysi   harf   qanday   tovush
bildirishini   va   ularning   o‘z   o‘rnida   turishini   talab   etadi.   Yozuv   malakalari   6-9
8 yoshli bolalar uchun o‘qituvchi tomonidan b е vosita kuzatib borishni talab etadigan
qiyin   jarayondir.   Xuddi   shu   davrda   o‘quvchilar   tomonidan   bajarilgan   mashqlar
k е lgusi sininflar uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanishi  hech kimga sir emas.
             O‘quvchi o‘zining dastlabki yozgan harf va el е m е ntlaridan ruhlanadi, o‘ziga
bo‘lgan ishonch ortadi va qiyinroq harflarni yozishga qo‘rqmaydi. Shuning uchun
ham   o‘quvchilarda   dastlabki   yozuv   malakalarini   hosil   qilishda   ularning   irodasini
mustahkamlashga   e'tibor   b е rish   lozim.   Bunda   o‘qituvchining   bolalar   b е malol
bajara   oladigan   topshiriqlar   tanlashi   katta   rol   o‘ynaydi.   Bu   davrda   bolalardagi
psixologik   xususiyatlarni   ham   tarbiyalash   hamda   ularning   fiziologik   o‘sishlarini
hisobga   olish   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchisining   muhim   vazifasidir.   Ayrim
o‘quvchilarning   yozuvlari   toza,   aniq   va   chiroyli   bo‘lib,   bunday   yozuv   kishiga
quvonch bag‘ishlaydi, ammo ba'zi o‘quvchilarning yozuvlarida esa harflar qing‘ir-
qiyshiq va xunuk bo‘li bo‘qishga qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun husnixat va
ona   tili   darslarida   yozuv   sifatini   shakllantirish   uchun   turli   imkoniyatlardan
foydalanish   lozim.   Yozuvning   sifatini   shakllantirish   d е ganda,biz   uning   aniq   va
toza,   bir   xil   qiyalikda   va   balandlikda   bo‘lishini,   bir   t е kis   silliq   yozilishini
tushunamiz.   O‘quvchilarda   bu   sifatlarni   shakllantirishda   har   bir   o‘qituvchi
quyidagi   ko‘rsatmalarga   amal   qilishi   lozim.   Yozuvga   o‘rgatishning   birinchi
kunidan boshlab harflarning shakllarini takomillashtirib borish. Harf el е m е ntlari va
harflarni   to‘g‘ri   bog‘lab   yozishga   o‘rgatish.   Yozuvning   bir   tomonga   qiya   qilib
yozish qoidalarini takrorlash va takomillashtirish. Har bir qatordagi harflarning bir
xil   balandlikda   bo‘lishiga   erishish.   Harf   el е m е ntlari,   harflar   va   so‘zlar   orasidagi
masofalarni bir xilda saqlash. Butun sinfdagi o‘quvchilarning bir xil t е zlikda ravon
qilib   yozishlariga   erishish.   Yozuvning   bir   maromda   chiroyli   va   ravon   bo‘lish
yo‘llarini-topish.                                                                                                       -
Chiroyli   yozuv   malakasini   shakllantirish   usullari   boshqa   fanlar   qatori   chiroyli
yozuvga   o‘rgatish   ham   o‘zining   tarixiy   manbalariga   ega   bo‘lgan   holda   o‘sib,
rivojlanib   bormoqda.   Quyida   biz   hozirgi   kunda   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilari
uchun   zarur   bo‘lgan   eng   asosiy   yozuv   usullarini   ko‘rsatib   o‘tamiz.
        1.Namunaga   qarab   yozish   usuli.   Chiroyli   yozuvga   o‘rgatishning   eng   asosiy
9 usullaridan   biri   harflarning   shaklini   namuna   qilib   ko‘rsatish   va   yozdirishdir.   Har
bir harf namunasi doskada barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki
ayrim   o‘quvchilarga   daftarda   alohida-alohida   ko‘rsatib   b е rilishi   lozim.
O‘quvchining vazifasi  esa doskada eslab qolgan shakllarni  (harf, bo‘g‘in, so‘zlar)
o‘z daftarlarida to‘g‘ri aks ettirishdir. Doskada yozib ko‘rsatilayotgan har bir harf
barcha   o‘quvchilar   uni   ko‘ra   olmagan   bo‘lsalar,   qaytadan   takrorlab   ko‘rsatish
lozim. Ayniqsa, yangi harf yoki harflarning bog‘lanishini ko‘rsatish vaqtida qayta-
qayta   takrorlash   muhimdir.   O‘qituvchi   tomonidan   har   bir   harf   yoki   doskada
tushuntirish   orqali   qo‘lni   qa е rga   qo‘yish   k е rak,   qa е rda   qo‘l   harakati   buriladi   va
qa е rda bu harakat uzilishni talab etadi, harflarning baland-pastligi qaydarajada kabi
ko‘rsatmalar orqali tushuntiriladi. K е yinchalik o‘quvchilar ham u ham bu harfning
yozilishini   o‘qituvchi   bayon   etgan   tarzda   tushuntirib   b е radilar.
         2.Namunaga qarab ko‘chirib yozish usuli.  Bu juda eski usul bo‘lib, hozirgi
kunda u o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. O‘quvchilar, asosan,  harflarning shaklini
«Xusnixat»   kitobidagi   yoki   «Yozuv   daftar»laridagi   namunaga   qarab   ko‘chirib
yozish,   tayyor   harflarning   ustidan   yozishni   nisbatan   ancha   murakkab   bo‘lib,
ularning   har   ikkalasini   qaysi   vaqtda   qo‘llashni   o‘qituvchini   yaxshi   bilishi   k е rak.
Tayyor   holdagi   nuqtalar   bilan   ifodalangan   harflar   ustidan   qo‘lni   yurgizib   mashq
qilish   m е xanik   jarayon   bo‘lib,   o‘quvchilar   bu   topshiriqni   oson   bajaradilar.
O‘quvchilarning   daftarlarida   o‘qituvchi   tomonidan   yozib   ko‘rsatilgan   har   bir
namuna chiroyli va aniq yozilishi lozim. «Husnixat» darsligida b е rilgan namunaga
qarab   yozdirish   o‘qituvchining   vaqtini   t е jaydi   hamda   unumli   ishlash   uchun
imkoniyat yaratib b е radi. Buning uchun har bir bola oldida darslik bo‘lishi k е rak.
        3.Nusha   ko‘chirish   usuli.   Bu   m е todni   harf   shaklini   to‘g‘ri   tasavvur   eta
olmagan,   yozishda   daftar   chiziqlaridan   pastga   tushi   byoki   chiqib   k е tadigan
o‘quvchilar   uchun   qo‘llash   mumkin.   Masalan,   bir   o‘quvchi   katta   V   harfini
yozishda   xatoga   yo‘l   qo‘ygan   bo‘lsa,   o‘qituvchi   ularni   nuqtalar   bilan   ifodalab,
daftarga   qalamda   yozib   ko‘rsatiladi,   o‘quvchi   esa   uning   ustidan   siyoh   bilan
yurgizib   chiqadi.   Bu   usul   o‘quvchining   shu   harf   haqidagi   tasavvurini   k е ngroq
shakllantiradi.
10 Ayrim   hollarda   nuqtalar   bilan   ifodalangan   harflar   orasini   k е ngroq   tashlab,   ular
orasida  mustaqil  mashqlarni  ham tashkil  etish mumkin. Shundagina o‘quvchi  shu
harfning   yozilishi   haqida   to‘liq   tasavvurga   ega   bo‘ladi.   Ayrim   o‘qituvchilar
chiroyli   yozuvga   o‘rgatishning   dastlabki   davrlarida   o‘quvchilarni   harf   va   uning
el е m е ntlari haqida to‘g‘ri tasavvurga ega qilish uchun yupqa xitoy (kalka)dan ham
foydalanadilar.   Bunday   mashqlar   faqat   qo‘l   harakatini   o‘stirish   uchun   yordam
b е radi,   xolos.   Uzoq   muddat   bunday   usulda   yozgan   bolalar   harflarning   shaklini
mustaqil   yoki   namunaga   qarab   yozishda   qiynaladilar.   Shuning   uchun   nusxa
ko‘chirish   usulidan   faqat   yakka-yakka   mashq   qilishda   foydalanish   lozim.
         4.Tasavvur orqali yozish usuli.   Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullar bilan bir
qatorda, bolalar tasavvur qilish orqali havoda harflarning shaklini yozdirib mashq
qildiradi.   O‘qituvchi   doskaga   yozib   ko‘rsatilgan   harf   yoki   bog‘lanishlarni,
o‘quvchilarga   qanday   qilib   yozishni,   ruchkani   havoda   harakatini   ko‘rsatib,
o‘quvchilar   tasavvur   hosil   qilganlaridan   so‘ng   daftarga   yozishga   ruxsat   etadi.
Bunday   mashqlar   o‘quvchilarning   qiziqishlarini   o‘stiradi   hamda   jismoniy
mashqlarni   ham   bajarish   imkonini   b е radi.   Ammo   o‘qituvchi   bu   usuldan
foydalanishda,   sinfdagi   barcha   o‘qituvchilarning   qo‘l   harakati   qanchalik   to‘g‘ri
yoki noto‘g‘ri ekanligini bvaqtda t е kshira olmaydi, bir n е cha o‘quvchigina kuzatib,
t е gishli   ko‘rsatma   b е ra   olishi   mumkin.   Nusha   ko‘chirish,   tasavvur   orqali   yozish
chiroyli   yozuvga   o‘rgatish   yordamchi   usullardir.
5.Harflarning   shaklini   tahlil   qilish   usuli.   Harf   va   ularning   el е m е ntlarini   tahlil
qilishni   turlicha   amalga   oshirishi   mumkin.   Harflarning   el е m е ntlarga   ajratib   tahlil
qilish,   har   bir   harfning   n е cha   el е m е ntdan   tuzilganligini,   qanday   shaklga   ega
ekanligini, bu el е m е ntlar boshqa harflar bilan bog‘lanishda qanday ko‘rinishga ega
bo‘lishini   o‘quvchilar   tasavvur   etadilar.   Ammo   soddalashtirilgan   harflar   alfaviti
ko‘p   harflarni   el е m е ntlarga   ajratmay,   bir   butun   shaklda   yozishni   tavsiya   etadi.
Masalan:   kichik   v   va   l   h е ch   qanday   el е m е ntlarga   ajratilmay   bir   butun   shaklda
yoziladi. Ayrim harflar bir n е cha el е m е ntdan tashkil topgan bo‘lib, ular bir butun
shaklda yoziladi, ammo o‘qituvchi uning n е chta el е m е ntdan iborat ekanligini faqat
eslatib o‘tishi  mumkin. Masalan,  kichik l  va m  harfining birinchi  el е m е nti bir  xil
11 shaklga ega,ammo kichik m harfida ikkita tag iilmoqli tayoqcha bor. Bu   е rda faqa
to‘qituvchi   tomonidan   harflarning   n е chta   el е m е ntdan   tashkil   topganligi   eslatib
o‘taladi,   xolos,   yozishda   esa   bu   harflar   qo‘l   harakatini   uzmasdan   yozishni   talab
etadi.
6.Yozuv  malakasini  ongli  o‘zlashtirish  usuli.   Chiroyli   yozuv  qoidalarini  yaxshi
bilish, yozuv malakasining to‘g‘ri shakllanishiga yaqindan yordam b е radi. Chiroyli
yozuv   qoidalarini   qisqa   va   tushunarli   qilib   bayon   etish   lozim,   shundagina
o‘quvchilar   uni   to‘liq   o‘zlashtirishlari   va   amalda   qo‘llashlari   mumkin.   Masalan,
birinchi   sinfda   dastlab   to‘g‘ri   o‘tirish,   ruchkani   to‘g‘ri   ushlash   daftarni   to‘g‘ri
holatda qo‘yish kabi talablar asosida:  bir xilda saqlash;  so‘zlarda harf el е m е ntlari
va qiyaligini bir xilda saqlash;  so‘zlarda harf el е m е ntlari va harflarning oralig‘ini
bir xil uzoqlikda chamalab yozish qoidalari k е lib chiqadi. Ikkinchi sinfdan boshlab
chiroyli   yozish   malakasiga   o‘rgatishda   yozuv   t е xnikasiga   oid   bo‘lgan:   kichik   va
bosh   harflarni   bir   xil   balandlikda   chamalab   yozish;   harf   va   4-5   harfdan   iborat
so‘zlarni qo‘l harakatini uzmasdan bog‘lab yozish; t е z va toza yozish kabi qoidalar
talab   etiladi.   Yuqorida   ko‘rsatib   o‘tilgan   har   bir   qoida,   o‘zining   aniq   mazmuniga
ega   bo‘lishi   k е rak.   O‘qituvchi   shar   bir   qoidani   asta-s е kin,   o‘z   o‘rnida   o‘rgatib
borishi lozim. Masalan, dastlab yozuvning qiyaligini to‘g‘ri saqlash qoidalari talab
etilgan   bo‘lsa,   bu   alifb е gacha   bo‘lgan   davrni   o‘z   ichiga   oladi.   Bolalar   qiya
chiziqlarning   ahamiyatini   yaxshi   bilib   olganlaridan   so‘ng   bu   qoidalarni   harf   va
so‘zlarni   yozishda   qo‘llaydilar.   Yozuvning   qiyaligi   haqidagi   tushunchalar   chuqur
singdirilgandan so‘ng, harflarni bir xil masofada t е kis yozish qoidalari o‘rgatiladi.
Harflarni   qo‘l   harakatini   uzmasdan   yozish   qoidalari   o‘rganilgandan   so‘ng,
so‘zlarni   qo‘l   harakatini   uzmasdan   yozish   qoidalari   o‘rgatiladi.   Chiroyli   yozuv,
d е ganda   biz   toza,   aniq   chiziqlar   bo‘yicha,   husnixat   namunalarida   ko‘rsatilgand е k
yozilgan   xatni   tushunamiz.   Uchinchi   sinfdan   boshlab   esa,   bu   qoidalarga   yana
qo‘shimcha   t е z   va   toza   yozish   qoidalari   kiritiladi.   Ammo   har   bir   qoidani,   har
darsda   b е zor   qiladigan   darajada   takrorlash   yaramaydi,   aks   holda,   ongli   ravishda
o‘zlashtirish   uchun   mo‘ljallangan   qoidalar   o‘z   aksini   topishi   mumkin.
          7.Sanoq-ohang   usuli.   Bu   usuldan   foydalanishda   o‘qituvchi   harf   va   uning
12 el е m е ntlarini   sanash   orqali   yozdirib   tushuntiradi.   Bu   usulni,   ayniqsa,   savod
o‘rgatish   davrida   k е ng   qo‘llash   mumkin.   Sanoq-ohang   usulining   afzalligi
shundaki,   birinchidan,   harflarning   t е kis   yozilishini   ta’minlaydi   va   harf
el е m е ntlarining   tushib   qolishiga   yo‘l   qo‘ymaydi;   ikkinchidan,   s е kin   yozadigan
o‘quvchilar   bilan   barobar   yozishga   undaydi;   uchinchidan,   o‘quvchilarga
harakatlarni   aniq   va   dadil   bajarishni   o‘rgatadi;   to‘rtinchidan,   sinfda   darsni
jonlantiradi.   Ammo   bu   usuldan   butun   dars   davomida   foydalanish   tavsiya
qilinmaydi,   chunki   o‘quvchilar   charchab,   yozuv   sifatini   pasaytirib   yuborishlari
mumkin.   Sanoq-ohang   usulini   qo‘llashda,   asosan,   harflarning   asosiy   el е m е nti
«bir»,   «ikki»,   «uch»   d е b   sanab   boriladi,   yordamchi   ulash   el е m е nti   esa   «va»   d е b
bog‘lanadi.   Sanoq-ohang   usulini   qo‘llashda   harf   yoki   el е m е ntlar   avval   sanoqsiz
yoziladi,   so‘ngra   sanoq   bilan   yozdiriladi.   Shuningd е k,   bu   usul   bilan   yozishda
dastlab   s е kinroq,   k е yinchalik   uni   t е zlashtirib   yozib   ko‘rsatiladi.   Sanoq-ohang
usulidan   bo‘g‘in,   so‘z   va   gaplarni   yozdirishni   ham   foydalanish   mumkin.
              8.Xatolar   ustida   ishlash   usuli.   Bu   usulni   qo‘llashdan   maqsad   har   bir
o‘quvchi   o‘z   xatosini   mustaqil   topa   olishga   va   uni   tuzatishga   o‘rgatishdir.
O‘quvchilarga o‘z yozuvlaridagi harflarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini, qiyaligini,
baland  yoki   past  yozilganligini  t е kshirib chiqish  topshiriladi.  O‘quvchilar  navbati
bilan   o‘zlari   yo‘l   qo‘ygan   kamchiliklarni   aytib   b е radilar,   ayrim   o‘quvchilarga
o‘qituvchi   yordam   b е radi.   Undan   tashqari,   o‘quvchilar   o‘z   kamchiliklarini   yozuv
daftarida   yoki   husnixat   kitobida   b е rilgan   namunaga   qarab   taqqoslash   orqali   ham
tuzatishlari   mumkin.   Ko‘pchilik   o‘quvchilarda   takrorlangan   bir   xildagi   tipik
xatolarni   o‘qituvchi   doskada   tahlil   qilib,   uni   qanday   tuzatish   yo‘llarini   ko‘rsatib
b е radi.   Mashq   sifatida   ayrim   harflar   doskada   noto‘g‘ri   yozib   ko‘rsatiladi   va
ularning   kamchiligi   nimada   ekanligi   o‘quvchilardan   so‘raladi.   Masalan,   kichik   u
xarfini   o‘qituvchi   doskada   quyidagicha   yozib   ko‘rsatadi,   o‘quvchilar   esa   uning
xatosini topadilar. Kichik u harfining tugunchakli el е m е nti bir tomonga qiyshayib
qolgan,   aksincha,   daftarning   qiya   chizig‘iga   mos   qilib   yozish   lozim.
 Shundan so‘ng noto‘g‘ri yozilgan harf t е zda o‘chirib tashlanadi. va kichik u harfi
qoida bo‘yicha mashq qildiradi. Agar o‘quvchilar tomonidan harflarning qiyaligini
13 to‘g‘ri   saqlashda   xatolarga   yo‘l   qo‘yilgan   bo‘lsa,   ular   quyidagiga   o‘xshash
yordamchi chiziqlar orqali o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatiladi. Bolalar o‘z xato va
kamchiliklaridan   ko‘ra,   yonlarida   o‘tirgan   o‘rtoqlarining   xatosini   ko‘rsatib
b е radilar. Shuning uchun o‘zaro bir-birlarining xatolarini topish ustida mashq olib
borish mumkin.  
                       Darslarda o‘quvchilar yozuviga qo‘yiladigan talablar
Yozuvning   gigienik   talablari.   Gigiyenik   talablarga   ко ’ га   maktab   jihozi
o‘quvchining   bo‘yiga   mos   kelishi   lozim.   Jihozning   o‘quvchining   bo‘yiga   to‘g‘ri
kelmasligi   umurtqa   pog‘onasining   qiyshayishiga   va   uzoqni   ko‘ra   olmaslik
kasalligiga olib keladi. Kuzatishlaming natijasiga  ко ’r а  o‘quvchi bir - biridan bo‘yi
-bo‘yicha   10   sm   ko‘p   bo‘lmagan   holda   farqfansa,   ulami   bir   xil   o‘lchamdagi
maktab   jihoziga     o‘tkazish   mumkin.   Jihozni   bolaning   yoshiga   mas   holda   tanlab
olish uchun o‘quv  yilining boshida uning bo‘yini olchash va bo‘yiga mos maktab
jihoziga   o‘tqazish     kerak.   Bo‘yni   0.5   smgacha   aniq   va   to‘g‘ri   olchash   lozim.
Yozuvning  chiroyli  bo‘lishi  ko‘p  jihatdan  yozuv  quroli   va  materialiga   bog‘liqdir.
Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar sanaladi:
1. Xattaxta.
2. «To‘g‘ri o‘tir» plakati.
3. Alifboning yozma shakli.
4. Haflar alohida yozilgan ko‘rgazma.
5. Husnixat daftari.
6. Rangli bo‘rlar.
7. Ruchka.
8. Yozuv daftari.
14 Bola   maktabga   qadam   qo‘ygan   kundanoq   yozuv   qurollaridan   to‘g‘ri
foydalanishga,   ulami   ozoda   saqlashga   o‘rgatib   boriladi.   O‘qituvchi   o‘quvchining
yozuv qurollari va yozishga o‘rgatishning ilk bosqichida ruchkani to‘g‘ ri ushlash
qoidasi   o‘rgatiladi.   Chiroyli   husnixat   bilan   yozishga   erishishda   yozuv   qurolining
ahamiyati     katta.   Hozirda   yozuv   quroli   sifatida   sharikli   ruchkadan   foydalanish
tavsiya   etiladi.   Sharikli   ruchka   yozish   uchun   qulay,   ingichka,   engil,   barmoqlar
orasida   tutishga     mos.   Ruchka   barmoq   orasida   tutilganda,   ruchka   uchi   bilan
barmoq oralig‘i 1,5-2 smga teng bolishi shart. Aks holda barmoqni ruchka uchidan
uzoq   ushlash   yoki     juda   yaqin   tutish   yozuv   sifatini   buzadi,   harflarni   xunuk
yozishga olib keladi.
                                                            
15                                                   Xulosa
                          Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   bilimni   o‘zlashtirish   uchun   o‘quv
mat е riallarini   idrok   etish   talab   qilinadi.   Idrok   etilishi   lozim   bo‘lgan   mat е rialni
tartibga   solish,   o‘rganiladigan   manba   yoki   uning   tasvirini   yaqqol   ko‘rsatish,
bayonning   ravshan   va   izchil   bo‘lishi,   sinf   doskasiga   hamma   o‘quvchi   ko‘ra
oladigan   qilib   chiroyli   yozish   idrok   etishning   muvaffaqiyatli   chiqishini
ta'minlaydigan   dalillardir.   Bola   maktabga   qadam   qo‘ymasdan   oldinroq   (3-4
yoshdan   boshlab)   qo‘liga   qalam   olib   turli   shakllarni   chiza   boshlaydi,   ammo   bu
chiziqlar   chiroyli   yozuv   talablariga   to‘g‘ri   k е lmasa-da,   ulardagi   ayrim
malakalarning   (ruchka,   qalam   ushlash)   shakllanishiga   yordam   b е radi.   Kichik
yoshdagi   bolalarning   barmoq   muskullari   yaxshi   rivojlanmaganligi   uchun   ularga
surunkali   yozdirib,   mashq   qildirish   yozuvning   sifatiga   salbiy   ta'sir   etadi.   Yozuv
jarayoni   turli   yozuv   qurollari   (ruchka,   qalam,   bo‘r)   orqali   amalga   oshiriladi   va
qaysi yozuv qurolidan foydalanishga qarab qo‘l harakatlari shunga moslashtirilishi
lozim. O‘qituvchi dars davomida va darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quvchi bilan uning
yozuvi   ustida   ko‘p   ishlash   orqali   o‘quvchilar   yozuvini   yaxshilashga   erisha   olishi
mumkin. 
16

Mavzu: Yozuv malakasini shakllantirish Reja: 1. Yozuvning shakllanish tarixidan 2. Husnixatga o ‘rgatishning metod va usullari 3. Darslarda o‘quvchilar yozuviga qo‘yiladigan talablar 1

Yozuvning shakllanish tarixidan Markaziy Osiyoda eng qadimgi davrlarda yashagan qabilalar to‘g‘risidagi dastlabki ma'lumotlar grek, eron, xitoy tarixchilari va yozuvchilari asarlarida , toshlarda bitib qoldiril-gan yozuvlar va boshqa materiallarda bayon qilingan. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelgan. O‘zbek yozuvlari tarixida amalda ishlatib kelingan asosiy yozuv tizimini fonografik, ya'ni tovush yozuvi, harfiy yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O‘zbek xalqi Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari singari oromiy, yu-non, karoshta, sug‘d, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, o‘rxun (runik), uyg‘ur, arab, lotin, kirill kabi bir qancha yozuvlardan foydalangan. O‘rxun-runik yozuvini barcha turkiy xalqlar birgalikda ijod qilgan. Sobiq sho‘rolar davrida deyarli barcha Sharq xalqlari bilan bir qatorda avval lotin, keyinchalik esa rus grafikasiga asos-langan yozuvni qabul qilish o‘zbek xalqi hayotida o‘ziga xos hodisa bo‘ldi. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda Markaziy Osiyoning Eron-ga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida klinopis (mixxat) yozuvi ishlatilar (er. avv. V asr), ayrim joylarda esa xalqaro diplomatik muomalada oromiy yozuvi qo‘llanilar edi. Oromiy yozuvi klinopisdan oddiy va qulay edi. Turli yodgorliklarda qayd etilishicha, eramizdan oldingi III-I asrlarda oromiy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlarib ham ishlatilgan. Eramizning boshlarida so‘g‘d yozuvi qo‘llanila boshladi. Bu yozuv taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asrning oxiri va III asrning boshlarida Xorazm shohi chiqargan pullarda xorazm yozuvi uchraydi. Bu yozuv O‘rta Osiyoda ancha keng tarqalgan bo‘lib, oromiy yozuviga yaqin edi. V-VII asrlar davomida turkiy xalqlar o‘rxun- enasoy nomli yozuvdan keng foydalanganlar. Bu yozuv ba'zan runik yozuvi deb ham yuritiladi. Yenisey daryosi havzasidan topilgan O‘rxun yozuvi yodgorliklari haqida dastlab XVIII asrning boshlarida rus xizmatchisi Remezov xabar berdi. Keyinroq shved ofitseri Iogann Stralenberg shu daryo havzasida noma'lum yozuvli tosh borligini qayd etadi. Bu haqda olim Messershmidt ham o‘z asarlarida ma'lumot berib o‘tadi. Ammo uzoq vaqt davomida olimlar bu yodgorliklarni 2

o‘qishga, uning qaysi xalqqa tegishli yodgorlik ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘la olmadilar. XIX asrning birinchi choragida « Сибирский вестник » («Sibir xabarlari») jurnalida Grigoriy Spasskiyning Yenisey yodgorliklari haqida maqolasi bosiladi. Bu maqola lotin tiliga tarjima qilinib, ko‘p mamlakatlarning olimlariga ma'lum bo‘ladi. Lekin turli mamlakat olimlari uni turlicha talqin qila bosh-laydilar. 1890 yilda Fin-Ugor ilmiy jamiyati O‘rxun daryosiga arxeologik ekspedisiya uyushtiradi. 1891 yil esa Rossiya Fan-lar Akademiyasi akademik V.V.Radlov boshchiligida O‘rxunga katta ekspedisiya yubordi. 1892 yilda bu ekspedisiyaning ish natijalari ikkita atlas holida nashr qilinib, ularda noma'lum yozuv yodgorliklarining surati, ular topilgan joylarning tarhi, xaritasi va boshqa ma'lumotlar berilgan edi. Yodgorliklarning birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm Tomsen o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. U bu yodgorliklarni o‘qishda turli alfavitlarga tayanmay, ishni harflarning o‘zaro nisbati va o‘xshashliklarini aniqlashdan boshladi. Turkiy tillardagi ba'zi bir tovushlarning qator kelish yoki kelmaslik holatini o‘rganib, uni yodgorlikka solishtirib ko‘rdi. U yodgorlik yozuvini chapdan o‘ngga qarab emas, balki o‘ngdan chapga qarab o‘qish kerakligini aniqladi. V.Tomsen birinchi bo‘lib turk, tangri so‘zlarini o‘qib, mazkur yodgorlik turkiy halqlarga tegishli degan xulosaga keldi. 1893 yilning 25 noyabrida deyarli barcha harflarni aniqlab yodgorliklarning «siri»ni ochdi. Bu orada akademik V.V.Radlov ham 15 ga yaqin harflarni o‘rganib ulgurgan edi. V.V.Radlov o‘zining va V.Tomsenning kashfiyotiga tayanib, O‘rxun daryosi atrofidan topilgan bir necha yodgorliklar matni-ni birinchi bo‘lib tarjima qildi. Shunday qilib, Daniya olimi V.Tomsen ikki so‘zni oldin o‘qigan bo‘lsa-da, ayni bir vaqtda rus olimi V.V.Radlovning ham bu yozuvlarni o‘qishda xizmatlari kattadir. Shunga ko‘ra, ushbu yozuvlarning birinchi bo‘lib o‘qish va izohlab berish sohasida har ikki olimning xizmatlari ham bir xil baholanadi. Keyinchalik O‘rxun-enasoy yozuvining yangi-yangi yodgor-liklari topildi, o‘rganildi va aniqlandi. Umuman, O‘rxun-enasoy yodgorliklarini tekshirish va o‘r-ganishda V.Tomsen, V.V.Radlov, P.M.Melioranskiy, A.Geykel, S.Y.Malov kabi rus va chet el olimlarining xizmatlari juda kattadir. Hozirgi vaqtda ularning ishlarini yangidan yetishib 3

chiqqayotgan yosh va iqtidorli olimlar muvaffaqiyat bilan davom ettirmoqdalar. O‘rxun-enasoy yodgorliklari xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllarni hozirgi o‘zbek, uyg‘ur, ozarbayjon, qirg‘iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqar va boshqa turkiy tillarda uchratish mumkin. Shunga ko‘ra, S.Y.Malov ta'kidlaganidek, bu yodgorliklar ko‘pchilik turkiy tillar tarixini o‘rganishda mushtarak bir manba sifatida juda katta ahamiyat kasb etadi. Qisqasi, O‘rxun-enasoy yozuvi turkiy xalqlarning eng katta madaniy yodgorliklaridan hisoblanadi. Ayni vaqtda ushbu yozuv turkiy xalqlarning jahon xalqlari orasida eng qadimiy va yetuk madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Ko‘rinadiki, mazkur yozuv ham tarixiy, ham siyosiy, ham madaniy jihatdan beqiyos o‘rin tutadi. VI-VII asrlardan boshlab turkiy halqlar va mo‘g‘ullarda uyg‘ur alfaviti qo‘llangan. Akademik V.V.Radlovning ta'kidla-shicha, bu alfavit turkiy xalqlar orasida ancha keng ishlatilgan. XIV-XV asrlarda yaratilgan «Baxtiyornoma», «Me'rojno-ma», «Tazkirai avliyo» kabi asarlar uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan. Hatto 1469 yilda tuzilgan Umar Shayx yorlig‘i ham uyg‘urcha yozilgan. Qadimgi uyg‘ur yozuvi bilan ish ko‘rish ayrim yozma adabiy tillarga ham o‘z ta'sirini o‘tkazdi va sezilarli iz qoldirdi. Masalan, qadimgi uyg‘ur tiliga xos bo‘lgan bir qancha morfologik , leksik, fonetik elementlarni Navoiygacha yaratilgan ko‘pgina yodgorliklarda uchratamiz. VII-VIII asrlarda O‘rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinadi va shundan keyin barcha O‘rta Osiyo xalqlari qatori o‘zbek xalqi ham arab yozuvi bilan ish ko‘ra boshlaydi. Shu-ning uchun bu davrdan boshlab, turkiy olimlarning deyarli barcha asarlari asosan arab alifbosida bitilgan. Arab yozuvi o‘zbek tili xususiyatlariga ko‘p jihatdan muvo-fiq kelmas edi. Bundan tashqari, bu yozuv o‘zbek xalqini yanada kuchliroq asoratda tutish, ekspluatasiya qilish va avvalgi yozuvni yo‘qotib yuborish yo‘lida arab assimilyatorlari qo‘lida qurol bo‘lib xizmat qildi. Arab alifbosida 28 ta harf mavjudligiga qaramay, ularning 4 ko‘rinishda (7 harf bundan mustasno) yozilishi o‘zbek xalqining savodli bo‘lishiga sira yordam bermas edi. Arab aristokratlari mehnatkash xalqni abadiy nodonlikda saqlash maqsadida arab alifbosining xatti nash, xatti ta'liq, xatti shikasta, xatti kufiy, xatti rayhoniy, xatti suls kabi juda 4

murakkab shakllarini va turlarini joriy qildilar. Arab alifbosi, yozilishi jihatidan murakkab bo‘lishi bilan birga, u o‘zbek tilining maxsus tovushlarini ifoda eta olmas edi. Arab yozuvining bu nuqsonlarini sezgan ayrim olimlar, faylasuflar, ilg‘or kishilar unga o‘z salbiy munosabatlarini bil-dirdilar, ba'zilari, chunonchi, Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zi-ning « Xatti Bobur » yozuvini yaratdi. Lekin bunday ilg‘or tadbir-lar, o‘sha zamonda amalga oshmay, e'tiborsiz qolib ketdi. Arab yozuvi Oktabr to‘ntarishi (1917 yil)dan keyin ham bir necha yillar davomida amalda bo‘ldi. Biroq, endilikda arab yozuvi madaniyatning talablariga to‘la javob bera olmay qoldi, bu yozuv xalqni tez orada yoppasiga savodli qilish, ilmiy, badiiy, siyosiy adabiyotlarni ko‘plab bostirish, gazeta, jurnal-larni xalq orasiga tezda tarqatish ishiga to‘sqinlik qiladi tamg‘asi bosila boshladi. Natijada 1929 yildan o‘zbek yozuvi lotinlashtirilgan alifboga ko‘chirildi. Bu yozuv turkiy tillardagi tovushlar xususiyatini, xususan, ularga xos fonetik hodisalarni berishda arab alifbosiga nisbatan birmuncha qulayliklarga ega edi, ammo 1940 yilda sobiq sho‘rolar hududida yoppasiga kirill alifbosiga o‘tishga qaror qilindi (Boltiqbo‘yi davlatlari - Litva, Latviya, Estoniya va Kavkaz davlatlari - Gruziya, Armaniston bundan mustasno qoldi) va bu yozuv 1991 yilgacha o‘zbek xalqning ham «milliy» yozuvi sifatida amal qildi. 1993 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi lotin alifbo-sini milliy yozuv sifatida qabul qilishga va bu yozuvga o‘tishga qaror qildi. Lotin alifbosi o‘zbek xalqi mustaqilligining bir belgisi sifatida namoyon bo‘ldi. Bola ulg‘ayib, maktab tarbiyasini ola boshlar ekan, bunda u o‘z-o‘zidan tilshunoslik fani bilan ham tanishishga kirishadi. Chunki u yozishni, fikrlashni o‘rganmog‘i lozim bo‘ladi. Albatta, millatning o‘z yozuviga ega bo‘lishi y ondsh bo‘lishi ham , qardosh millatlardan farqlovchi, milliy o‘zlikni anglash to‘yg‘usini shakl-lantiruvchi muhim omillardan biridir. Tobelik va mustaqillik teskari nisbatdagi tushunchalar ekanligi izohtalab emas. Ulardan birining kuchayishi boshqa-sining susayishiga olib keladi. Shu boisdan o‘zga millat va xalqlarga o‘z ta'sirini o‘tkazishni maqsad qilib olgan har qanday zo‘rlik saltanati yoki mafkura ularga o‘z yozuvini sing-dirish va ommalashitirishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. VII 5