logo

100-yillig urush

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3546.1298828125 KB
Mavzu:100-yillig urush 
1137-1453 Yuz yillik urush. Angliya va Fransiya o’rtasida bo’lib o’tgan “Yuz yillik urush” tanaffuslar 
bilan urush 116 yil davom etib, bir necha bosqichga bo’linadi: birinchi bosqich- 1337–1360–
yillar; ikkinchi bosqich-1369–1389–yillar, uchinchi bosqich-1415–1429– yillar va to’rtinchisi -
1429 – 1453 – yillarni o’z ichiga oladi. Urushni  ona  tomondan,  kapetinglar  sulolasining  vakili  qirol  Filipp  IV 
Chiroylining nabirasi bo’lgan ingliz qiroli Eduard III boshlaydi. 1328–yilda 
bu  sulolaning  erkak  tomonidan  qarindoshi  bo’lgan  so’nggi  vakili  Karl  IV 
vafot  etgach,  “Sali  haqiqati”ga  ko’ra  Filipp  VI  (Valua)ga  toj  kiydirish 
marosimi  o’tkaziladi.  Mazkur  voqyeadan  so’ng  ingliz  qiroli  Eduard 
fransuz taxtiga bo’lgan huquqlarini talab qildi. Ikki davlat bir necha yillar 
davomida  ingliz  qiroliga  tegishli  bo’lgan,  aslida  esa  Fransiya  tomonidan 
boshqariladigan  va  iqtisodiy  jihatdan  strategig  ahamiyatga  ega  bo’lgan 
Gaskon  yerlari  uchun  urush  olib  borgan.  Ingliz  qiroli  Eduard  tashqi 
siyoatda  otasi  davrida  yo’qotilgan  hududlarni  qaytarishni  o’z  oldiga 
maqsad  qilib  qo’yadi.  1329–yilda  murosaga   kelish  uchun  imzolangan 
shartnoma ikkala tomonni ham qoniqtirmaydi.  1346–YIL 26–AVGUSTDA QIROL EDUARD III BOSHCHILIGIDAGI INGLIZLARNING KICHIK OTRYADI FILIPP 
VI NING 30 000 KISHILIK FRANSUZ QO’SHININI TOR – MOR ETDI. BU VOQYEANING AHAMIYATI SHUNDA EDIKI, 
UNDA BIRINCHI MARTA INGLIZLARNING ASOSIY KUCHINI PIYODALAR (9000 KISHI) TASHKIL ETGAN. INGLIZ 
KAMONCHILARI OTLIQLAR QARSHISIDA JASORAT KO’RSATISHDI. FRANSUZLAR 2 NAFAR SHAHZODA, 1500 KISHI RISAR 
VA 10 000 TA ASKARIDAN AJRALDI. MAZKUR RAQAMLAR INGLIZLAR UMUMIY KUCHLARIDAN HAM ORTIQ EDI. 1356–YILGA KELIB ANGLIYA O’ZINING MOLIYAVIY AHVOLINI BIR QADAR TIKLAB OLDI. 1356–YIL 19–
SENTABRDA INGLIZ QIROLINING O’G’LI EDUARD “QORA SHAHZODA” BOSHCHILIGIDAGI 6000 NAFAR JANGCHI VA 
FRANSUZ QIROLI IOANN RAHIMDIL BOSHCHILIGIDAGI 20 500 KISHILIK FRANSUZLAR QO’SHINI O’RTASIDA PUATYE 
YONIDA JANG BO’LIB O’TDI. INGLIZ KAMONCHILARI SHOHDEVOR VA TOKZORLARDAN UNUMLI FOYDALANISHADI. Bu jangning Angliya foydasiga yakunlanishi bilan 1359 – yilda ikki davlat o’rtasida 
London shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra, Anju, Turen, Men, Normandiya, Giyen va Kale 
shahri, bundan tashqari Puatye, Ponte va yana bir qancha janubi-g’arbda joylashgan hududlar 
ingliz tojining mustaqil boshqaruviga o’tdi, fransuz qirollari esa mazkur hududlar ustidan 
hukmronligini yo’qotdi. Eduard III Fransiya taxtiga bo’lgan da’vosidan voz kechadi va Ioann II 
o’zining ozodligini sotib olish evaziga 4 million ekyu to’lash majburiyatini oladi.
Harbiy omadsizliklar va iqtisodiy qiyinchiliklar, xalq norozilik harakatlarini keltirib chiqardi. 
Parij va Jakeriya (1357–1358–yillar) qo’zg’alonlari ko’tarildi. Paytdan foydalangan Eduard 
shartnomani buzib Parij va Fransiya taxtini egallashga harakat qildi. Ammo Fransiyadagi og’ir 
vaziyatga qaramay, Eduard Parijni ham Reymsni ham egallay olmadi.
Fransiya dofini, bo’lg’usi qirol Karl V Fransiya uchun zararli bo’lgan Bretanda inglizlar bilan 
(1360–yil) shartnoma imzolashga majbur bo’ldi. 1360-yil may oyida Shartr shahri yaqinidagi 
Bretan vodiysida quyidagi shartlardan iborat kelishuv imzolandi :
- Eduard III Fransiya tojiga bo’lgan da’vosidan voz kechdi;
- Kale, Gaskon, Giyen, Gin va Ponte mustaqil bo’ldi;
- Ioann IIning ozod qilinishi uchun 3 million ekyu to’lanadigan bo’ldi, 600 mingi darxol, qolgan 
qismi esa 6 yil davomida to’lanishi belgilandi. Qirol Ioann inglizlar qo’lida, asirlikda o’lganidan so’ng 
uning merosxo’ri Karl, Fransiyada 1364-1380-yillarda Karl 
V nomi bilan xukmronlik qildi. Uning hukmronligi davrida 
qirollik hokimiyatini kuchaytirishga karatilgan bir qator 
muhim islohotlar amalga oshirildi. Bu kabi o’zgarishlar 
natijasida soliqlar tartibga solindi, sud ishlari tekshirib 
chiqildi va asosiysi harbiy islohot o’tkazilib, bunda tartibsiz 
risarlar o’rnini yollanma askarlardan iborat qo’shin 
egalladi. Harbiy islohotlar tufayli qirol o’zining ikki 
maqsadiga erishdi; birinchidan, yaxshi tuzilgan va tartibli 
armiyaga ega bo’ldi. Ikkinchidan, feodallarni harbiy va 
siyosiy mavqyeidan mahrum qildi. Angliya qiroli Genrix VI ni fransuz taxtiga chiqardilar (1422 y). 
Genrix bu paytda 10 oylik go’dak edi. Armanyaklarning milliy 
guruhi dofin Karlni qirol deb e’lonqilib, unga Karl VII nomini 
berdilar. Karl VIIning poytaxti bir necha yil Laura daryosining 
narigi qirg’ogidagi Burj shahri bo’ldi. Uning dushmanlari Karl VII 
ni «Burjning qiroli» deb masxara qilar edilar. Natijada davlatda 
ikki qirol, ikki qirol kengashi, ikki parlament, ikki armiya, ikki xil 
pul tizimi va ikki poytaxt- Parij va Burj vujudga keldi. 1429-YILNING YANVAR OYIDA JANNA AMAKISI DYURAN LAKSAR BILAN BIRGA UYDAN QOCHIB CHIQIB, INGLIZLARGA QARSHI KURASHGA 
TAYYORGARLIK 
KO’RAYOTGAN FRANSUZ ARMIYASIGA KELIB QO’SHILADILAR. JANNA D’ARKNING FRANSUZ XALQI VA TARIXI 
OLDIDAGI XIZMATLARI: J ANNA D‘ARK FRANSUZ XALKIGA VATANPARVARLIK NAMUNASINI KO’RSATADI, XALQNING RUHINI KO’TARA OLDI.
-JANNA D’ARK FRANSUZ ARMIYASINI O’Z ORTIDAN ERGASHTIRIB BORA OLDI. TABIAT UNI LASHKARBOSHILIK 
QOBILIYATI BILAN TAQDIRLANGANLIGINI NAMOYISH ETDI; U FRANSUZ ARMIYASINING TUSHIB KETGAN KAYFIYATINI, 
RUXIYATINI KO’TARDI.REYMS SHAXRIDA QIROLGA TOJ KIYDIRISH BILAN KARLNING FRANSUZ QIROLI EKANLIGINI RASMIYLASHTIRDI. SHU
XIZMATI EVAZIGA KARL JANNANING OILASIGA KEYINCHALIK DVORYANLIK UNVONI BILAN TAQDIRLANDI.
-1429 YIL 29 APREL KUNI ORLEAN SHAXRIGA KIRIB KELISH BILAN FRANSIYA HUDUDIDAN INGLIZLARNI HAYDAB CHIQARISHNI BOSHLAB BERDI. 1449–yilda fransuzlar Ruanni qaytarib olishdi, 1450 –yil 25–aprelda Formin jangida 
inglizlarga yordamga kelganlar graf de Klermon boshchiligidagi fransuzlar tomonidan tor–
mor etilib, deyarli barchasi qirib tashlanadi. Bu mag’lubiyat inglizlarning Fransiya 
shimolidagi hukmronligiga barham berdi.Kastilion jangi 1453–yil 17–iyunda bo’lib, bu 
jang yuz yillik urushning oxirgi jangi edi. 
Inglizlar Jon Tolbot, graf Shryusberi boshchiligida Kastilionga yordamga borishadi va 
qurshovdagilarga hujum qiladi, lekin fransuzlar pistirma qo’yib, ularni yon qanotlaridan 
yorib kirib mag’lubiyatga uchratishadi va Talbot o’diriladi. 1453–yilda ingliz garnizonining 
Botdoda taslim bo’lishi esa yuz yillik urushga yakun yasadi. Yuz yillik urush 1453-
yilda . Angliya va Fransiya o’rtasida sulh imzolanishi bilan yakunlandi, inglizlar qo’lida faqat 
Kale porti qoldi, xolos. 100- YILLIG URUSH TUGAGACH , FRANSIYADA CHAQIRILGAN OQLOV JARAYONIDA 
J.D’A NING AYBSIZLIGI TO’LA ISBOTLANGAN “1456”. RIM PAPASI KEYINCHALIK UNI 
AVLIYOLAR QATORIGA QO'SHGAN  “1920”. HOZIRGI KUNDA JANNA QATL ETILGAN 
JOY OQ BUT CHEKILGAN MARMARTOSH BILAN BELGILANGAN.

Mavzu:100-yillig urush 1137-1453

Yuz yillik urush. Angliya va Fransiya o’rtasida bo’lib o’tgan “Yuz yillik urush” tanaffuslar bilan urush 116 yil davom etib, bir necha bosqichga bo’linadi: birinchi bosqich- 1337–1360– yillar; ikkinchi bosqich-1369–1389–yillar, uchinchi bosqich-1415–1429– yillar va to’rtinchisi - 1429 – 1453 – yillarni o’z ichiga oladi.

Urushni ona tomondan, kapetinglar sulolasining vakili qirol Filipp IV Chiroylining nabirasi bo’lgan ingliz qiroli Eduard III boshlaydi. 1328–yilda bu sulolaning erkak tomonidan qarindoshi bo’lgan so’nggi vakili Karl IV vafot etgach, “Sali haqiqati”ga ko’ra Filipp VI (Valua)ga toj kiydirish marosimi o’tkaziladi. Mazkur voqyeadan so’ng ingliz qiroli Eduard fransuz taxtiga bo’lgan huquqlarini talab qildi. Ikki davlat bir necha yillar davomida ingliz qiroliga tegishli bo’lgan, aslida esa Fransiya tomonidan boshqariladigan va iqtisodiy jihatdan strategig ahamiyatga ega bo’lgan Gaskon yerlari uchun urush olib borgan. Ingliz qiroli Eduard tashqi siyoatda otasi davrida yo’qotilgan hududlarni qaytarishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 1329–yilda murosaga kelish uchun imzolangan shartnoma ikkala tomonni ham qoniqtirmaydi.

1346–YIL 26–AVGUSTDA QIROL EDUARD III BOSHCHILIGIDAGI INGLIZLARNING KICHIK OTRYADI FILIPP VI NING 30 000 KISHILIK FRANSUZ QO’SHININI TOR – MOR ETDI. BU VOQYEANING AHAMIYATI SHUNDA EDIKI, UNDA BIRINCHI MARTA INGLIZLARNING ASOSIY KUCHINI PIYODALAR (9000 KISHI) TASHKIL ETGAN. INGLIZ KAMONCHILARI OTLIQLAR QARSHISIDA JASORAT KO’RSATISHDI. FRANSUZLAR 2 NAFAR SHAHZODA, 1500 KISHI RISAR VA 10 000 TA ASKARIDAN AJRALDI. MAZKUR RAQAMLAR INGLIZLAR UMUMIY KUCHLARIDAN HAM ORTIQ EDI.

1356–YILGA KELIB ANGLIYA O’ZINING MOLIYAVIY AHVOLINI BIR QADAR TIKLAB OLDI. 1356–YIL 19– SENTABRDA INGLIZ QIROLINING O’G’LI EDUARD “QORA SHAHZODA” BOSHCHILIGIDAGI 6000 NAFAR JANGCHI VA FRANSUZ QIROLI IOANN RAHIMDIL BOSHCHILIGIDAGI 20 500 KISHILIK FRANSUZLAR QO’SHINI O’RTASIDA PUATYE YONIDA JANG BO’LIB O’TDI. INGLIZ KAMONCHILARI SHOHDEVOR VA TOKZORLARDAN UNUMLI FOYDALANISHADI.