logo

Abdulla Oripov she'riyati to'g'risida

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2418.9541015625 KB
Abdulla Oripov  
she'riy at i 
t o'g'risida Reja:
Abdulla Oripov she'riyati1
Lirik qahramon ko'ngil holatini ifodalagani2
Lirik asarda tuyg'u va o'ylar
3 A bdulla Oripov she'riy at i t o'g'risida
Abdulla Oripov lirikasi orqali 
o'zbek she'riyatiga ko'ngil 
dardlarining suvratlari, ruhiy 
iztiroblar manzarasi, armonga 
aylangan orzular inson 
sezimlarida qoldirgan izlar 
tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so'zlarni 
qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko'tarinki, ammo yolg'on 
satrlar tizish odat edi. 
Mavzuni she'r emas, balki she'rni mavzu mukarram 
qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she'rning qanday 
yozilishidan ko'ra, uning nima haqda ekanligi 
muhimroq sanalardi. Abdulla Oripov tuyg'ulari quqshagan o'zbek 
she'riyatiga o'ychil g'am va g'amga qorishgan o'y olib 
kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida 
o'yga botdi, qalam surdi.  Bu odam shoirning o'zi edi. 
Binobarin, bir odam to'g'risida 
hayqirish, baqirish noqulay bo'lardi, 
u haqda pichirlab  she'r o'qish lozim 
edi. Chunki shovqin, baland tovush  
odamni o'zga odamlardan 
yiroqlashtiradi, samimiylikdan 
mahrum etadi.  O’tgan asrning 60 – 70 - yillarida Abdulla Oripov she'riyati 
o'zbek millatini tuyg'ularning qurib qolishidan saqlab qoldi. 
Shuning uchun ham shoirni o'zbek she'riyatida o'z davrini 
yaratgan ijodkor deyish mumkin. 
Chunki chinakam iste'dodgina 
davrning to'siqlari, cheklovlarini 
yengib o'ta oladi.  Har qanday 
zamon va har qanday sharoitda 
ham asl iste'dod davridan 
marhamat kutmaydi, balki unga 
o'z ta'sirini o'tkazadi.
Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular 
chinligi kishini beixtiyor o'ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat 
va hissiyotning yaxlit obrazlaridir. U inson tuyg'ularini, hissiyotini 
shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan butun she'r emas, 
balki ayrim misralarning o'ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat 
hosil qiladi. Masalan, shoir odamlarning zilzila paytidagi ruhiy 
holatini. "Asahlar tuproqqa cho'kkan edi tiz" tarzida 
beradi. O'zining pokiza yoshlik davrini esa "Yiroq-
yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin 
tinglardim faqat' — deya ifodalaydi. 
         O'zbek xalqining yig'ma obrazi:
  "Sonsiz  egatlarga  sochilmish,  ana, 
Mening orzularim, mening o'ylarim“
  tarzida umumlashtiriladi. 
              Shoirning:  "qaro  sochlaringda 
oppoq  alanga"  degan  tashbihi 
aniqligi bilan ham, ta'sirchanligi bilan 
ham ko'ngilni rom etadi. «Shabnam shovullaydi bog’lar qo'ynida 
Salqin tumanichra ho'zarar tonglar, 
Quyoshning erinchak yog'dularida
 Nafis yaltiraydi bargi xazonlar».Uning she'riyatida vatan 
timsoli qanday chizilganiga 
e'tibor qiling: Abdulla Oripov she'riyatini millat 
rullining timsoliga aylantirgan 
sifatlardan yana biri undagi 
obrazlarning teran xalqchil 
tomirlarga egaligida. 
Eng murakkab holatlarni ham g'oyat ulkan nazokat va 
yuksak madaniyat bilan ta'sirli qilib o'zbekcha ifodalay bilish 
shoir she'rlarining qimmatini oshiradi. Shoir deyarli hamisha 
she'riy ifodaning aniq va sezimlarga ta'sir ko'rsata oladigan 
bo'lishiga erishadi. Uning:  "Oyoqlangan qo'ziday dovdirar yelda maysa, 
              Ko'm-ko'k moviy osmonda kezib yurar oq bulut" 
kabi satrlarida qo'llanilgan tasllbihlar hayotiy asosi chuqur 
hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini hayratga soladi.  A.Oripov ko'z oldiga keltirish 
mushkul, ifodalash undan-da
  og'ir bo'lgan sezimlarni mavhum 
tuyg'ularni tuyimli qilib chizish 
borasida tengsiz mahoratga 
egadir:  "Yorilmagan 
yaraday sevgi!" deydi u. o’ta 
mavhum tuyg’uni  bundan ortiq 
aniq tasvirlash mumkin emas A. Oripovning san'atkorligi shundaki, u hodisalarning 
boshqalar ko'rmagan yoki ko'rgan bo'lsa-da payqamagan 
jihatlarini o'ziga xos tarzda aks ettira oladi.
Shoir iste'dodi nazarining 
o'tkirligi, tuyg'ularining nozikligi, 
hissiyotning teranligigga 
ko’rinadi Ko'klamda  o'rik  g'o'ralarini  hamma  ko'rgan,  barcha 
bolalar,  ayniqsa,  qizlarning  unga  ishqibozligi  azaldan 
ma'lum.  Ammo  faqat  chin  shoirgina  unda  hayotni 
davom ettirish nishonasi borligini ko'ra biladi:
"Dilbar kelinchakning ko'ksida g'ulu 
Zardoli shoxiga tashlar ko'z qirin". 
Sal  e'tibor  qilgan  o'quvchi  yosh  kelinchaklarning 
ko'pincha  o'rik  dovuchchasiga  boshqorong'i  bo'lishini 
esiga  tushiradi.  Har  qanday  hayotiy  hodisada  chin 
san'atga xos belgini ko'ra olish asl shoirlikning belgisidir. LIRIK QA HRA MON
Lirik  asarda  tuyg'u  va  o'ylari  tasvirlangan  shaxs 
obrazi  Iirik  qahramondir.  U,  ko'pincha,  shoirning 
o'zini  anglatadi.  Chunki  Iirik  asarda  ishtirok 
etadigan    asosiy  timsol  shoirning  o'zi,  she'rda 
uning  o'ylari,  sezimlari,  tuyg'ulari,  kayfiyati 
namoyon  bo'ladi.  To'g'ri,  Iirik  asarlarda  ba'zan 
shoirdan  boshqa qahramonlar ham ishtirok etadi
Jumladan, A. Oripovning "Bahor" she'ridan olingan:
 
"Ravon yo'llar qarshingizda turibdi mushtoq“
Derdi bizga harf  o'rgatgan yosh bir muallim" 
misralaridagi muallim timsoli fikrimizga dalildir.  Chinakam lirik asarning qahramoni o’ziga xos tabiat, fe’l, kayfiyat, 
taqdir egasi sifatida namoyon bo’lishi, uning sezim va kechunmalari 
she’rxonni laqayd qoldirmasligi kerak. Lirik qahramoning quvonchi, 
g’ami, iztirob-u o’ylari o’zgalarga ta’sir ko’rsata olsagina, u badiiy 
qiymatga ega bo’ladi. Lirik qahramoni befarq qoldirgan she’r 
o’quvchining ongiga ham, tuyg’ulariga ham ta’sir ko’rsata olmaydi. 
Shu jihatdan qaraladigan bo'lsa, Abdulla Oripovning siz tanishib 
chiqqan barcha she'rlaridagi lirik qahramonning tuyg'ulari kishiga 
kuchli ta'sir qilganini ko'rish mumkin.  Shoir she’rlarida o’z 
shaxsiyatining turli qirralarini 
namoyon etadi. Ularda aks 
etgan kechinma va sezimlar 
chin, ifoda go'zal, badiiy til 
jozibali bo'lgani uchun lirik 
qahramon o'quvchini o'ziga 
tuyg'udosh qilib qo'yadi. 
Shundan kelib chiqib, kechinma 
va o'ylari lirik asarda ifoda 
etilgan va she'rxonni o'ziga 
tuyg'udosh qila oladigan shaxs 
timsolini lirik qahramon deyish 
mumkin. Lirik qahramon ko'ngil holatini ifodalagani, bevosita "men" 
nomidan so'zlashgani, o'zining eng ichkin, muqaddas tuyg'ularini 
she'rxon bilan o'rtoqlashgani uchun o'quvchiga yaqin va 
tuyg'udosh bo'lib qoladi.
Adabiyotshunoslikka lirik qahramon 
tushunchasi 1921-yilda rus olimi Y. N. 
Tinyanov tomonidan kiritilgan.  Shoir 
shaxsi qanchalik yirik, serqirra, uning 
tuyg'ulari qanchalar  samimiy bo'lsa, lirik 
qahramon tasviri ham shunchalik jonli va 
serjilo chiqadi. 
Shuning uchun ham Abdulla Oripov  she’rlarining lirik  qahramoni 
kishi ko’nglini butunlay zabt etadi, tuyg’ulari samimiy va 
chinligiga o’quvchini to’la ishontiradi. ESLA SH
MEN NEChUN SEVAMAN 
O‘ZBEKISTONNI..
Men nechun sevaman O‘zbekistonni, 
Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo. 
Nechun vatan, deya yeru osmonin, 
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Aslida dunyoda tanho nima bor? Paxta 
o‘smaydimi o‘zga elda yo? Yoki 
quyoshimi sevgimga sabab? Axir 
quyoshli-ku, butun Osiyo.
Men nechun sevaman O‘zbekistonni, 
Bog‘larin jannat, deb ko‘z-ko‘z etaman. 
Nechun ardoqlarkan tuprog‘ini men, 
O‘paman, tuprog‘ing bebaho, Vatan!
Aslida tuproqni odil tabiat, Taqsim 
aylagan-ku, yer yuziga teng Nechun bu 
tuproq, deb yig‘ladi Furqat, O,  Qashqar tuprog‘i, qashshoqmiding 
sen?
Men nechun sevaman O‘zbekistonni? 
Sababini aytgin, desalar menga. 
Shoirona, go‘zal so‘zlardan oldin, Men 
ta’zim qilaman ona xalqimga:
Xalqim, tarix hukmi seni agarda, 
Mangu muzliklarga eltgan bo‘lsaydi, 
Qorliklarni makon etgan bo‘lsayding, 
Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga?
Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin, Bog‘ 
unsin mangulik muzda ham, ammo, 
Yurtim, seni faqat boyliklaring chun 
Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo!Abdulla Oripov she’ri

Abdulla Oripov she'riy at i t o'g'risida

Reja: Abdulla Oripov she'riyati1 Lirik qahramon ko'ngil holatini ifodalagani2 Lirik asarda tuyg'u va o'ylar 3

A bdulla Oripov she'riy at i t o'g'risida Abdulla Oripov lirikasi orqali o'zbek she'riyatiga ko'ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan izlar tasviri kirib keldi.

Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so'zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko'tarinki, ammo yolg'on satrlar tizish odat edi. Mavzuni she'r emas, balki she'rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko'ra, uning nima haqda ekanligi muhimroq sanalardi.

Abdulla Oripov tuyg'ulari quqshagan o'zbek she'riyatiga o'ychil g'am va g'amga qorishgan o'y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida o'yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o'zi edi. Binobarin, bir odam to'g'risida hayqirish, baqirish noqulay bo'lardi, u haqda pichirlab she'r o'qish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni o'zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.