logo

Aholi sonining davriy o’zgarish hususiyatlari

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1263.572265625 KB
•
Mavzu:Aholi sonining davriy o’zgarish  
hususiyatlari.
•
Reja:
•
1.Aholining paydo bo’lishida 
A.P.Kuznetsovning fikri.
•
2.Aholi soni bo’yicha davlatlarning 
guruhlanishi.
•
3.Aholining o’rtacha yillik ko’payishi. A.P. Kuznetsovning fikricha, qadimda odamlar taxminan 3 mln yil 
oldin SHimoli-sharqiy Afrika, Old Osiyo va janubiy Evropada 
odamsimon maymunlardan paydo bo‘lgan deb yozadi. Ularni 
antropoidlar, odamsimon maymun deb atagan. U darvinizm 
g‘oyalarini qo‘llab quvvatlagan. Aslida bugungi kunda odamlarning 
maymunlardan tarqalishini butun dunyo olimlari rad etishmoqda. 
Boshqa olimlar esa odamlar 7 mln yil ilgari paydo bo‘lgan deb 
aytishgan. Ibtidoiy odamlar 300-100 ming yil oldin Afrika va 
Evrosiyo hududlarida yashaganligi va ularni neandertal 
(Germaniyadagi vodiy nomidan olingan) deb atashgan. Hozirgi 
zamon kishisining paydo bo‘lganligiga 30-40 ming yil bo‘lgan deb 
taxmin qilishadi va ularni Kro-Manonlar deb aytishgan 
(Fransiyadagi Kro-Manon qishlog‘i nomidan olingan). Odamlar 
keyinchalik Amerika, Avstraliya va boshqa qit’alarga o‘tishgan 
(Kuznetsov, 2000). Qadimda odamlar paydo bo‘lgan davrda aholining 
tug‘ilish darajasi juda yuqori bo‘lgan, lekin dunyo 
aholisi soni o‘lim darajasining yuqoriligi sababli juda 
sust o‘sgan. Tabiy ofatlar, sovuq iqlim, qabilalararo, 
urushlar, keng tarqaladigan kasalliklar va boshqa 
omillar o‘lim darajasining yuqori bo‘lishiga ta’sir 
ko‘rsatgan. O‘lim darajasi asosan yosh bolalar 
orasida yuqori bo‘lgan, chunki qadimda tibbiy 
xizmat ko‘rsatish past bo‘lgan. Qadimda odamlar 
asosan tabiiy sharoiti yashash uchun qulay bo‘lgan 
joylarda, ya’ni suv manbalarida yakin, relefi tekis va 
o‘rmonlarda yashagan. Ko‘pchilik aholishunos olimlarning fikricha, odamlar 
paydo bo‘lgandan asosan O‘rta Er dengizi atrofida, ya’ni 
shimoliy va shimoli- sharqiy Afrika, Evropaning janubiy 
qismlari va janubig‘arbiy Osiyoda joylashgan bo‘lgan. 
Keyinchalik asta-sekin Afrikaning markaziy va janubiy 
qismlariga, janubiy Evropadan, uning boshqa joylariga, 
janubi-sharkiy Osiyodan Osiyoning boshqa qismlariga 
tarqalib ketgan. SHu bilan birga, keyinchalik Osiyoning 
shimoli-sharqiy qismlaridan yangi dunyo, ya’ni Amerikaga 
o‘tgan. Osiyoning janubi-sharkiy qismlaridan esa 
Indoneziya, Avstraliya, YAngi Zelandiya va Okeaniya 
orollariga o‘tgan. SHunday qilib, aholi er shariga 
tarqalgan. O‘sha vaqtlarda shimoliy, shimoli-sharqiy 
Afrika, janubiy Evropa va janubig‘arbiy Osiyoda aholi zich 
joylashgan bo‘lgan.  Masalan: XVIII asrning oxirida T.Maltus er shari aholisi tez 
ko‘paymoqda, ularni sayyoramizda joylashtirish va ularni 
boqish imkoniyati yo‘q, deb aytgan. XX asrda juda ko‘p 
olimlar shu masalalar yuzasidan juda ko‘p izlanishlar olib 
borib, qat’iy fikr qilib, er shari o‘nlab milliard aholini 
muammosiz joylashtira va boqa oladi deb yozganlar. SHu 
bilan birga, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 1 
mlrd. dan ko‘p qismi nochor ahvolda yashaydi, 500 mln.ga 
yaqini to‘yib ovqat emaydi, 35 minga yaqin kishi ochlikdan 
olamdan o‘tadi. SHuningdek, 36 ta mamlakat aholisini 
oziq-ovqat bilan o‘zining resurslari asosida ta’minlay 
olmaydi. Kambag‘al mamlakatlar ro‘yxatiga janubiy 
Osiyodagi Hindiston, Pokiston, Bangladesh, SHri-lanka, 
Nepal, Afrikaning Sahroi Kabirdan Janubdagi mamlakatlar. 
Lotin Amerikasi mamlakatlarining asosiy qismini kiritish 
mumkin.  So‘ngi yillarda dunyo aholi soni dinamikasi o‘sishida tabiiy ofatlar, 
urushlar, OITS (SPID) va boshqa kasalliklar, alkogolizm, 
giyohvandlik, ekologiyaning buzilishi salbiy ta’sir etmoqda. 
SHuncha qaramasdan, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikaning 
rivojlanayotgan mamlakatlari demografik inqirozga uchragan, bu 
mamlakatlarda aholi soni iqtisodiyotga nisbatan tez sur’atlarda 
o‘smoqda. Aholi sonining tez o‘sishida birinchi navbatda tug‘ilish 
darajasining yuqoriligi ta’sir etmoqda. Bu mamlakatlarda keyingi 
yillarda tibbiy hizmatning yaxshilanishi, o‘lim darajasining 
pasayishiga asosan yosh bolalar o‘limining qisqarishiga olib keldi. 
SHuning uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tabiiy 
o‘sishi yuqori bo‘lib hisoblanadi. Bu mamlakatlarga ham shunday 
vaqtlar keladiki, aholi o‘rtasidagi tug‘ilish darajasi va aholining 
o‘sishi pasayadi. Afrikada aholi sonining o‘sishi eng yuqori bo‘lib, bu 
erda yillik o‘sish 2% dan yuqoridir.  .  Osiyodagi mamlakatlarda asosan Xitoy va Hindistonda aholi 
ko‘payishini oldini olish uchun, tug‘ilish darajasini pasaytirish 
uchun demografik siyosat olib boriladi. SHunga qaramasdan, 
Osiyodagi mamlakatlarda aholining yillik o‘sishi 2% ga yaqin 
hisoblanadi. Xitoyda har bir oilada shu vaqtgacha bitta 
farzand ko‘rishga ruxsat berilgan. Agar birinchi farzand qiz 
bola bo‘lsa, ikkinchi bola ko‘rishga ruxsat berilar edi. So‘nggi 
yillarda esa, Xitoyda har bir oilaga ikkita farzand ko‘rishga 
ruxsat berildi. Agar oilada uchinchi yoki turtinchi farzand 
tug‘ilsa, u holda davlatga nihoyatda katta jarima to‘lashga 
to‘g‘ri keladi. SHuning uchun hech kim uchta farzand 
ko‘rmaydi. Hindistonda demografik siyosatga qaramasdan 
aholining tug‘ilish darajasi yuqoridir. Lotin Amerikasi 
mamlakatlarida ham aholining o‘sishi yuqori bo‘lib, bu erda 
aholining yillik o‘sishi 1,5% ga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich 
dunyo aholisining yillik o‘sishidan baland hisoblanadi.  SHimoliy Amerika mamlakatlari AQSH va Kanadada aholining o‘sishi 
mexanik harakat tufayli o‘sib bormoqda, ya’ni bu mamlakatlarda 
aholining tug‘ilish darajasi juda past bo‘lib, immigrantlar hisobida 
aholisi soni ko‘paymoqda. Dunyo aholisining yarmi 7 ta mamlakatda 
joylashgan, bular: Xitoy-1374 mln, Hindiston- 1282 mln, AQSH- 322 mln, 
Indoneziya- 258 mln, Braziliya- 205 mln, Pokiston- 192 mln, Negeriya- 
187 mln.(2016). Bu mamlakatlardan tashqari aholi sonining ko‘pligi 
bilan 8-o‘rinda Bangladesh-159 mln, keyingi o‘rinlarda Rossiya-146 mln, 
YAponiya-126 mln, Meksika-122 mln, Filippin-102 mln, Efiopiya-99 mln 
va boshqalar ajralib turadi. Dunyo aholisining 60,5%- Osiyoda, 13%-
Amerikada, 11%-Evropada, 14,7%-Afrikada va qolgan qismi Avstraliya 
va Okeaniyada joylashgan. BMT bashoratiga ko‘ra 2050 yilda dunyo 
aholisining yarmi Osiyoda, 25% - Afrikada, 8,2%-Lotin Amerikada, 
7,4%- Evropada va 4,7%- SHimoliy Amerikada yashaydi. SHuningdek, 
ularning tahminiga ko‘ra 2100 yilga er sharida aholi soni 11 milliardga 
etadi.

• Mavzu:Aholi sonining davriy o’zgarish hususiyatlari. • Reja: • 1.Aholining paydo bo’lishida A.P.Kuznetsovning fikri. • 2.Aholi soni bo’yicha davlatlarning guruhlanishi. • 3.Aholining o’rtacha yillik ko’payishi.

A.P. Kuznetsovning fikricha, qadimda odamlar taxminan 3 mln yil oldin SHimoli-sharqiy Afrika, Old Osiyo va janubiy Evropada odamsimon maymunlardan paydo bo‘lgan deb yozadi. Ularni antropoidlar, odamsimon maymun deb atagan. U darvinizm g‘oyalarini qo‘llab quvvatlagan. Aslida bugungi kunda odamlarning maymunlardan tarqalishini butun dunyo olimlari rad etishmoqda. Boshqa olimlar esa odamlar 7 mln yil ilgari paydo bo‘lgan deb aytishgan. Ibtidoiy odamlar 300-100 ming yil oldin Afrika va Evrosiyo hududlarida yashaganligi va ularni neandertal (Germaniyadagi vodiy nomidan olingan) deb atashgan. Hozirgi zamon kishisining paydo bo‘lganligiga 30-40 ming yil bo‘lgan deb taxmin qilishadi va ularni Kro-Manonlar deb aytishgan (Fransiyadagi Kro-Manon qishlog‘i nomidan olingan). Odamlar keyinchalik Amerika, Avstraliya va boshqa qit’alarga o‘tishgan (Kuznetsov, 2000).

Qadimda odamlar paydo bo‘lgan davrda aholining tug‘ilish darajasi juda yuqori bo‘lgan, lekin dunyo aholisi soni o‘lim darajasining yuqoriligi sababli juda sust o‘sgan. Tabiy ofatlar, sovuq iqlim, qabilalararo, urushlar, keng tarqaladigan kasalliklar va boshqa omillar o‘lim darajasining yuqori bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatgan. O‘lim darajasi asosan yosh bolalar orasida yuqori bo‘lgan, chunki qadimda tibbiy xizmat ko‘rsatish past bo‘lgan. Qadimda odamlar asosan tabiiy sharoiti yashash uchun qulay bo‘lgan joylarda, ya’ni suv manbalarida yakin, relefi tekis va o‘rmonlarda yashagan.

Ko‘pchilik aholishunos olimlarning fikricha, odamlar paydo bo‘lgandan asosan O‘rta Er dengizi atrofida, ya’ni shimoliy va shimoli- sharqiy Afrika, Evropaning janubiy qismlari va janubig‘arbiy Osiyoda joylashgan bo‘lgan. Keyinchalik asta-sekin Afrikaning markaziy va janubiy qismlariga, janubiy Evropadan, uning boshqa joylariga, janubi-sharkiy Osiyodan Osiyoning boshqa qismlariga tarqalib ketgan. SHu bilan birga, keyinchalik Osiyoning shimoli-sharqiy qismlaridan yangi dunyo, ya’ni Amerikaga o‘tgan. Osiyoning janubi-sharkiy qismlaridan esa Indoneziya, Avstraliya, YAngi Zelandiya va Okeaniya orollariga o‘tgan. SHunday qilib, aholi er shariga tarqalgan. O‘sha vaqtlarda shimoliy, shimoli-sharqiy Afrika, janubiy Evropa va janubig‘arbiy Osiyoda aholi zich joylashgan bo‘lgan.

Masalan: XVIII asrning oxirida T.Maltus er shari aholisi tez ko‘paymoqda, ularni sayyoramizda joylashtirish va ularni boqish imkoniyati yo‘q, deb aytgan. XX asrda juda ko‘p olimlar shu masalalar yuzasidan juda ko‘p izlanishlar olib borib, qat’iy fikr qilib, er shari o‘nlab milliard aholini muammosiz joylashtira va boqa oladi deb yozganlar. SHu bilan birga, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 1 mlrd. dan ko‘p qismi nochor ahvolda yashaydi, 500 mln.ga yaqini to‘yib ovqat emaydi, 35 minga yaqin kishi ochlikdan olamdan o‘tadi. SHuningdek, 36 ta mamlakat aholisini oziq-ovqat bilan o‘zining resurslari asosida ta’minlay olmaydi. Kambag‘al mamlakatlar ro‘yxatiga janubiy Osiyodagi Hindiston, Pokiston, Bangladesh, SHri-lanka, Nepal, Afrikaning Sahroi Kabirdan Janubdagi mamlakatlar. Lotin Amerikasi mamlakatlarining asosiy qismini kiritish mumkin.