Al-Buxoriy
Imom al-Buxoriy (810-870)
Imom al-Buxoriy islom dunyosining eng mashhur kishilaridan. U kishini «muhaddislar imomi» deydilar. Muhaddis – «hadis biluvchi», «hadis aytuvchi» degani. Hadis esa payg‘ambarimiz so‘zidir. Bundan chiqadiki, u kishi payg‘ambarimiz so‘zlarini yig‘gan, o‘rgangan, aytgan allomadir. Namoz jamoa bo‘lib o‘qliganda, oldindagi boshlab boruvchi imom bo‘ladi. Demak, Buxoriy barcha muhaddislarning eng oldingi qatorida turgan, hammalari tomonidan tan olingan ustozidir.
U kishining hayot yo‘llari ham ibratlidir. Imom al-Buxoriyning ismi – Muhammad, otasining oti – Ismoil bo‘lib, 810-yilning 21- iyunida Buxoro shahrida tug‘ildi. Otasi Ismoil Buxoriy ham muhaddis edi, goho tijorat bilan shug‘ullanardi. Lekin juda halol, xudojo‘y odam edi. Zamondoshlari, uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirgan emas edi, deb yozadilar.
Bularning samarasi sifatida bizga yigirmadan ko‘proq asar qoldirdi. Buyuk alloma mehnatining naqadar kattaligini tasavvur qilish uchun birgina ma’lumotni keltirish bilan cheklanamiz. U yolg‘iz «Al-jome’ as-sahih» (Ishonchli to‘plam) kitobi ustida 16 yil ishlagan. Unga kiritilgan 7397 hadis 600 ming hadisning ichidan saralanib olingan.
O‘z aql-u zakovati va tinimsiz mehnati bilan olis yurtlarda beqiyos shuhrat topgan, «muhaddislar imomi», «muhaddislar sultoni» unvonlarini olgan al- Buxoriy nihoyat, ona yurtiga, Buxoroga qaytadi. Biroq ona Buxoroda u, afsuski, o‘ziga munosib qadr topmaydi. Bir voqea yuz beradi-yu, u kindik qoni to‘kilgan shahrini tark etadi. Bu voqea shunday edi: